Mohichehra A’zam 📚 @boqiy_darbadarr Channel on Telegram

Mohichehra A’zam 📚

@boqiy_darbadarr


Kitoblar, she'rlar, fikrlar, hislar, musiqa, kino yana bir nimalar...


Yoqmaganlar qolmasin, ruxsat...

Izlasangiz shu yerdaman – @Mohichehraga_bot

Mohichehra A’zam 📚 (Uzbek)

Welcome to Mohichehra A’zam 📚, a Telegram channel dedicated to sharing books, poems, thoughts, emotions, music, movies, and much more. If you are a fan of literature and arts, this is the perfect place for you to explore and indulge in a diverse range of content.

Get ready to immerse yourself in a world of creativity and inspiration curated just for you. From classic novels to contemporary poetry, from thought-provoking ideas to soul-stirring music, you will find it all here.

Don't miss out on this opportunity to discover new horizons and expand your cultural knowledge. Join us on this journey of exploration and enlightenment. Let your mind wander and your soul be enriched.

Join Mohichehra A’zam 📚 today and be a part of a vibrant community that celebrates the beauty of literature and art. Don't hesitate, start your adventure now! Read, listen, watch, and feel the magic unfold before your eyes.

Come on in and join the conversation, let's create a space where our love for books and creativity can thrive. Explore, share, and connect with like-minded individuals who appreciate the power of words and the beauty of expression.

Experience the joy of discovering new perspectives, the thrill of exploring different genres, and the warmth of connecting with fellow book lovers. Let's make Mohichehra A’zam 📚 your go-to destination for all things literary and artistic.

Don't wait any longer, come on board and let your imagination soar. Let Mohichehra A’zam 📚 be your companion in this journey of self-discovery and cultural enrichment. Dive into a world of words and wonders, where every page is a new adventure waiting to be explored. Join us now at @Mohichehraga_bot and let the magic begin!

Mohichehra A’zam 📚

23 Jan, 16:00


https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc7fCSIWy-yo1dt2efwtN5tBfJAx1enwNQkr0BoArNfZxh4fg/viewform?usp=dialog

So'rovnomani to‘ldiring, azizlar. Omadingiz kelsa kitob yutib olasiz.

Mohichehra A’zam 📚

21 Jan, 10:42


#nimadir

Shunday odamlar bo‘ladi: kishiga azob beradigan darajada samimiy, sodda. Ularning yonida o‘zingning naqadar kir ekanligingni sezganing sabab ham azoblasan kishi...

***

Anna Karenina sindromi bor narsa. Bu sindromni o‘zida sezgan ayol sevmasin, sevilsin faqat. Shunda hayoti yaxshiroq kechadi. Bunday ayolning muhabbati oxir-oqibat baribir fojiaga aylanadi va o‘zini yakson qiladi.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

19 Jan, 15:32


#taqriz

📌 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Yaxshilik va silayi rahm. (1-juz)

Ushbu kitob Husayn ibn Hasan Marvaziy rahmatullohi alayhining “Kitobul birri vas-sila”(Yaxshilik va silayi rahm) kitobining Shayximiz tomonidan qilingan ta‘lifidir.

Kitobni tushunmoq uchun eng avvalo “birr” va “sila” so‘zining ma’nolarini bilib olish lozim. Arab tilida “birr“ sodiqlik, toat, bog‘lash, isloh qilish, odamlarga keng miqyosda yaxshilik qilish degan ma’no anglatadi. Birrning bundan tashqari ham ko‘plab ma’nolari bor va o‘quvchiga yengillik bo‘lishi uchun kitobda bu so‘z “yaxshilik” ma’nosini ifodalashi aytiladi.

Xo‘sh, yaxshilik nima? Biz o‘z-o‘zimizcha yaxshilik qilyapman deb o‘ylayotgan ishlar aslida islomdagi yaxshilikka mosmi? Alloh taolo “Baqara” surasining 177-oyatida yaxshilikka quyidagicha ta’rif beradi:

• Iymon keltirish (Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, Kitobga, Nabiylarga iymon keltirish);

• Mol-dunyosidan nafaqa qilish (Yaqin qarindoshlariga, yetimlarga, miskinlarga, yo‘qsil yo‘lchiga, tilanchilarga va qul ozod qilishga);

• Namozni to‘kis ado etish;

• Zakot berish;

• Ahdiga vafo qilish;

• Yo‘qchilik, qiyinchilik va shiddat vaqtida sabr qilish.

Kitobda yuqoridagilardan tashqari ham yaxshilikning turlari, sifatlari oyat va hadislar bilan go‘zal bir tarzda anglatilgan va odamlar o‘zlari o‘ylab chiqargan narsalar yaxshilik bo‘la olmasligi alohida e’tirof etilgan.

“Sila” esa qo‘shish, bog‘lash, jamlash, payvandlash ma’nolariga ega. Ulamolar istilohida esa asosan silayi rahm, ya’ni qarindoshlarga va yaqin kishilarga yaxshilik qilishga “sila“ deyiladi.

Kitobda bizga yaqin kishilarning va qarindoshchilikning eng birinchi bo‘g‘ini ota-ona hisoblanib, ularning farzand ustidagi haqlari biz o‘ylagandan nihoyatda ko‘p ekanligi, bu haqni ota-onani qul holatida topib olib ozod qilsagina uzish mumkinligi, boshqa hech bir vaziyatda ularning haqlarini ado etib bo‘lmasligi, ota-ona kofir bo‘lganda ham farzanddagi haqlari o‘sha-o‘sha bo‘lishi aytiladi. (Amina Shenliko‘g‘lining qaysidir kitobida ota-onasi Islomda emasligi uchun ularga butun zahrini sochib, do‘zaxidan olib do‘zaxiga solgan qiz obrazi bormidi?!) Undan tashqari farzandning ham ota-onada alohida haqlari(chiroyli ism berish, go‘zal odobli qilib tarbiyalash, nafaqasidan bo‘yin tovlamaslik, balog‘atga yetganda uylantirish/uzatish) bo‘lib, ularni ado etishga chaqiriladi.

Kitob juda ko‘plab e’tiborsiz qoldiradigan narsalarimizni sodda tarzda tushuntirib, go‘yo chaynab og‘zimizga solib qo‘yadi. Uni yutib, amalimiz bilan mustahkamlash esa o‘zimizda qoladi.

Mutolaadan charchamang, kitobxon!

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

15 Jan, 15:18


#nimadir

Masalan, insonni birgina yaxshi so‘z bilan xursand qilish mumkin. Hatto, o‘limdan saqlab qolish mumkin. Lekin o‘sha so‘zni aytmaslik haqiqiy razillik.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

14 Jan, 16:00


#muhim

Hozir kitob o'qishning o'zi yetmaydi, kitob o'qiydiganlarni kuzatib borish ham kerak

Mohiyatga o'zgacha ko'z bilan qaray olish va fikrlar xilma-xilligini yaratishda bu juda muhim. Quyida siz uchun shunday bloglarni yig'dik:

📚Bookblogerlar jamiyatiga obuna bo'lish uchun bosing

Mohichehra A’zam 📚

13 Jan, 16:44


G‘urbat

Shu qadar achchiq
Ki ne bo‘lsa ichimda.
Bari menga begona,
Bari boshqa bichimda.

Eriyman bora-bora,
Har umidga alvido,
G‘urbat o‘zligimni-da
Bitirgandir ichimda!

Na orzum, na amalim,
Yaralangan bir qo‘lim,
Men g‘urbatda emasman,
G‘urbat mening ichimda!


“Turk she’riyati antologiyasi“. Kamoliddin Kamu

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

12 Jan, 16:37


Pirnashrdan yana sovg'alar keldi.

Avval ham Erkin A’zamning “Gonoluluga elchi“ va Rizvon Oqlonning “Uzoq tuzoqlar” kitoblarini yuborishgandi)

Nashriyot ishlariga omad tilab qolamiz.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

11 Jan, 14:11


#nimadir

Xudoning dargohi keng. Bizning miyamizdagi Xudo tushunchasi tor.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

10 Jan, 19:46


#music

Harchand mohi qurbon kelodur,
Har dam qilurman jonimni qurbon...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

10 Jan, 16:22


Yangilik 🔥

Endi youtubeda har 10 kunda kitoblar va uning atrofidagi mavzularda sifatli videolar joylab boraman. Ilk sonini esa “Kitob oʻqishni qanday qilib doimiy odatga aylantirish mumkin?” degan savolga javob topishga bagʻishladim. Koʻring, manfaati tegadi degan umiddaman.

Obuna boʻling, layk, kommet va “share”lar bilan yordam qiling. Kitob mavzusida sifatli videolar boʻlishini qoʻllab-quvvatlaysiz degan umiddaman. Video haqida fikrlaringizni ham kutaman.

Videoni koʻrish uchun link:

https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo

🕊Telegram 📱Instagram

Mohichehra A’zam 📚

10 Jan, 14:54


Bilsalaring bu kayfiyatni ko‘tarib yuboradigan xabarlardan biri)

Mohichehra A’zam 📚

08 Jan, 12:13


“Izlam“ taqdimotidan bizga ham taklifnoma keldi, azizlar!

Hammasi yaxshi-yu, ammo viloyatda yashab shunday tadbirlardan qolib ketishing yomonda)

Xullas, xalqim, meni o‘rnimga siz boring! Adabiy davradan zavq oling. Zotan, “Izlam” katta izlanishlari ila hali daryo bo‘lib oquvchi ijodkorlarning kitoblari.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

07 Jan, 16:02


#shu_gap

Ba’zi odamlarni chetdan ko‘rib ixlos qo‘yasiz, sababini o‘zingiz ham anglamagan holda hurmat qilasiz. Keyin esa... Yo‘q, chetdan hurmat qilib yuraverganingiz ma’qul.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

04 Jan, 13:38


#eski_yoziqlar

***
Tun o‘ylash, mutolaa qilish, musiqa tinglash uchun eng qulay vaqt.

17.06.2022

***
Yarim tunda birovga nega haliyam uxlamading deb hech qachon savol bermang. Qayerdan bilardingiz balki siz yonidan ham o‘tmagan dardlar, o‘ylar, o‘zi bilan murosasiz bahslar, javobi yo‘q savollar qiynayotgandir uni.
Qil sig‘mayotgan yuragiga farosatsizlik bilan bergan savolingiz nimasi?!

19.06.2022

***
Yaxshiyam Xudo bor, yaxshiyam so‘z bor, yaxshiyam she’r bor...va yaxshiyamki, hech kimdan so‘ramay nafas olasan.

18.07.2022.

***
Uzluksiz kitob o‘qimang. Bir kitobni tugatgach biroz dam ham olish kerak ekan. Oradan bir kun ham o‘tkazmay yangi kitob boshlash baribir miyani charchatar ekan.

27.07.2022

***
Xuddi och qolgan odam ovqatlangach nafsi qonib, xotirjam bo‘lgani kabi men ham hozir kitob o‘qib o‘zimni shunday his qilyapman.

12.08.2022.

***
Hali oladigan, o‘qiydigan kitoblari, o’rganadigan ilmlari ko‘pligini o‘ylab ham yashagisi keladi odamning.

19.08.2022.

***
Ko‘chada she’r o‘qib, kulib ketyotganimda odamlarning jinniga qaragandek qarashlariga maza qilamanda. Battar jinim qo‘ziydi. Ovozimni yanayam balandlatib o‘qiyman. Tavba-ee, nimaga hamma ko‘chada jiddiyni yoqib, sipo yurishi kerak. Kulib yurganlarga tentakdek qarashadi. Menga esa baribir lekin.

03.09.2022

***
O‘zingni o‘zing tushunmasliging fojia. Buning oqibatida yaqinlaringni xafa qilib qo‘yishing ikki karra fojia...

08.09.2022

***
11.09.2022. soat 23:¹³. Chigirtkalar chirillayapti. Osmonda oy. Yonida mittigina yulduz. Havo salqin. Haqiqiy kuz havosi. Shunday paytlarda diling allanechuk orziqib, entikib ketadida.

***
Engashib yashab bo‘lmaydi. Engashib yashamayman!!

14.09.2022.

***
Qorong‘u dunyoni nurga to‘ldirgan kitoblar, yaxshiyam borsizlar!

16.09.2022.

***
Bugungi kunim internetsiz o‘tdi. Mehmon kuzatdik. Kun bo‘yi onam bilan bo‘ldim. Rosa kuldik, dildan yayrab suhbatlashdik, hazillashdik. Eeeh, bu hislarni hech narsa bilan tenglashtirolmayman.
Odatda jisman emas, aqliy va ruhiy charchayman. Bugun aksi bo‘ldi. Ruhim yayradi, jismim charchadi. Lekin bu charchoqdan rohat tuyayapman. Bilasizmi, ruh charchog‘i oldida jismning toliqishi bayramdek gap ekan.

18.09.2022.

***
“Farosat“ degan ilova bo‘lganida ko‘pchilikning miyasiga o‘rnatardim.

19.09.2022.

***
Hozir bookbloger bo‘lish uchun kitoblarni chiroyli rasmga olish kifoya

23.09.2022.

***
Sokin tun bilan allaqayerga daydib ketishni istayman.
Yolg‘iz, faqat va faqat yolg‘iz....

29.09.2022.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

03 Jan, 17:04


📌 ​​Men tan olaman:

– Yangi kitoblarni hidini sevaman.(eski kitoblarni hidida nimadir bor. Allergiyamni qo‘zg‘ab aksirishimga sabab bo‘ladi.)
– Kitob o‘g‘irlaganman.
–Narsa yeb kitob o‘qiy olmayman.
–Istalgan narsani xatcho‘p qilib ishlataveraman.
–Kitob olaman deb ko‘pincha tushlik pullarimdan kechib och qolganman.
– Kimlarnidir majburlaganman menga kitob sovg‘a qilishga.
– Kitob sovg‘a qilishni emas, sovg‘aga olishni yaxshi ko‘raman.
– Kitob haqida suhbatlashishni sevaman.
– Klassik asarlar shaydosiman.
– Yumshoq muqovali kitoblar unchalik yoqmaydi. Qattiq muqovasevarman.
– She’r o‘qish jon-u dilim
– Hozircha zamonaviy kitob javonim yo‘q.(onamning eski uslubdagi javonini o‘zlashtirganskiy)
– Shovqin bo‘lsa ham kitob o‘qiy olaman.
– Bayram, to‘y va tadbirlarga borishdan ko‘ra uyda tinchgina kitob o‘qishni ma’qul ko‘raman.
– Zamonaviy turk adabiyotini va motivatsion, psixologik kitoblarni yoqtirmayman.
– Badiiy asarlar eng ko‘p yoqadi.
– Juda ko‘p bookbloglarni kuzataman.
– Kitoblarni chiroyli rasmga olishni sevaman.(odatda lekin yaxshi ololmayman suratga😐)
– Audio kitob umuman eshitmaganman, juda yomon ko‘raman buni. Miyam birovning ovozini qabul qilolmaydi.
– Pdf kitoblarni maktab paytda o‘qirdim. Hozir deyarli pdf kitob o‘qimayman.
– Kitob do‘koni yonidan o‘tsam olmasam ham bir kirib o‘taman.(pulim bo‘lsa-ku, olmasdan chiqmayman. Hatto u so‘nggi pulim bo‘lsayam)
– Galeriyamning katta qismini kitoblar rasmlari va videolari egallagan.
–Diniy kitoblar ham o‘qiyman.
– Boshqa tilda ham kitob o‘qish eng katta orzularimdan biri.
– Doim o‘zim bilan kitob olib yuraman.
– Kitoblar asosida ishlangan kinolarni sevaman.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

30 Dec, 16:23


#yilsarhisobi 2024

2024-yilni yaxshi kayfiyatda boshlamagan bo‘lsamda ajoyib voqealarga to‘la bo‘ldi. Avvalo fevraldan iyunga qadar kitob do‘konida ishlash orzuyim amalga oshdi. Institutni tamomlab, bakalavr darajasiga ega bo‘ldim. Ishga kirdim. Oilamga biroz bo‘lsada moliyaviy tomondan yordamim tega boshladi. Hali loyiq bo‘lmasamda endi meni ham ustoz deyishmoqda) Sentyabr-oktyabr oylarida milliy sertifikat uchun tayyorlandim va uni qo‘lga kiritdim. Hozir o'tgan yili boshlab davom ettirmaganim turk tilini yana o'rganyapman. 2025-yilda turk tilidan ham sertifikat olmasam bo‘lmaydi)

Kecha yil davomida sotib olgan va sovg‘a qilingan kitoblarni sanab ko‘rdim. Naq 90 ta chiqdi. Qoyilmisiz? O‘zim ham hayratlandim, rosti) Quyida esa o‘qigan kitoblarim:

📌 Yanvar

1. Lev Tolstoy – Uch o‘lim. (hikoyalar to‘plami)
2. Jan-Dominik Bobi – Skafandr va kapalak.
3. Yeji Koshinskiy – Rangin qushcha.
4. R. N. Guntekin – Tamg‘a.
5. R. N. Guntekin – Xazonrezgi.
6. Sara Jo – Londondan muhabbat ila.
7. Devid Nikolls – Bir kun. Bir muhabbat tarixi.

📌 Fevral

8. Lev Tolstoy –  Anna Karenina. (1-qism)
9. Lev Tostoy – Anna Karenina. (2-qism)
10. Chingiz Aytmatov – Somon yo‘li.

📌 Mart

11. Anna Dostoyevskaya – Xotiralar.
12. Etel Lilian Voynich – So‘na.
13. Herman Hesse – Cho‘l bo‘risi

📌 Aprel

14. Onore de Balzak – Dahriyning ibodati.
15. Ivan Turgenov – Otalar va bolalar.
16. Tadeush Dolenga-Mostovich – Tabib.
17. Ulug‘bek Hamdam – Yaxshiyam, sen borsan.
18. Aziz Said – Vaqt manzili.

📌 May

19. Xulio Kortasar – Ishg‘ol qilingan uy.
20. Asli Sanjar – Haram.
21. Andrey Platonov – Jon.
22. Lev Tolstoy – Muhammad(s.a.v) o‘gitlari•Maktublar•Iqrornoma.
23. Klayv Steyplz Lyuis – Nariya saltanati.(Arslon, jodugar va kiyim javoni)
24. Erix Mariya Remark – G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q.

📌 Iyun

25. Murod Chovush – Hech.
26. Jon Duglas, Mark Olsheyker – Qotilning psixologik portreti.
27. Shin Kyong Suk – Onamni asra.

📌 Iyul

28. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Vasatiya – hayot yo‘li.
29. Murod Muhammad Do‘st – Lolazor.
30. Ch. Aytmatov va M. Shoxonov – Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori.
31. Teodor Drayzer – Jenni Gerxardt.
32. Herman Hesse – Siddhartha.
33. Xuan Rulfo – Pedro Paramo.

📌 Avgust

34. Ernest Xeminguey – To‘qchilik va yo‘qchilik
35. Harper Li – Mazaxchini o‘ldirish
36. Tara Vestover – Talaba.

📌 Sentyabr

37. Odil Yoqubov–Ulug‘bek xazinasi(qayta mutolaa).
38. Erkin Vohidov–Ruhlar isyoni.
39. Abdulla Oripov–Sohibqiron.

📌 Oktyabr

40. Luqmon Bo‘rixon–Jaziramadagi odamlar.
41. Tog‘ay Murod–Yulduzlar mangu yonadi.

📌 Noyabr

42. Chingiz Aytmatov–Asrga tatigulik kun.
43. Fyodor Dostoyevskiy–Telba.

📌 Dekabr

44. Anton Chexov–Kuchuk yetaklagan xonim.
45. Jianna Molinari–Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
46. Tomas Harris–Qo‘zichoqlar sukunati.
47. Isajon Sulton–Boqiy darbadar.

Yangi yil barchangizga omadli va barakotli kelsin. Sizlarga cheksiz hurmat bilan Mohichehra

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

25 Dec, 19:07


#retro_time

Telba (o'zbek film) | Телба (узбекфильм)
https://youtube.com/watch?v=oDgbigMiKkU&si=QckP6VcEhxO-mBSo

Mohichehra A’zam 📚

24 Dec, 14:57


​​#taqriz

📌 Tomas Harris. Qo‘zichoqlar sukunati

Asar FQB kursanti Kleris Starlingga xulq-atvor bo'limi boshlig‘i Jek Kraufordning maxsus topshiriq berishi bilan boshlanadi. Topshiriq o‘zi mashhur psixolog, ammo qotil bo‘lgan qamoqdagi doktor Gannibal Lekter bilan suhbatlashib ayollarning seriyali qotili Buffalo Bill haqida ma’lumot olishga erishish, ya’ni qotilni boshqa bir qotil haqida gapirtirish edi.

Asar badiiy jihatdan mukammal bo‘lmasada, shiddat, hayajon va etingizni jimirlatib yuboruvchi qo‘rquv bilan o‘qiladi. Ayollar qotilini topishda FQBdagi ayol agentning jalb qilinishi hamda vahshiy odam bo‘lgan Lekterdagi cheksiz sinchkovlik, odamni rom etadigan darajadagi katta aql, psixologik bilim, musiqa, rassomchilik va didning uyg‘unligi asarga alohida bir jon bag‘ishlagan. Undan tashqari Buffalo Billdagi hayvoniy vahshiylik va Jek Kraufordning dilidagi odamiylik, muhabbat hislari, ishdan tashqaridagi tuyg‘ulari ajoyib kontrastni hosil qilib asarni yanada o‘qishli qilgan.

Kitobni tugallashim bilanoq filmini ham ko‘rib chiqdim. Film haqida taassurotlarim yaxshi emas. Xayolimda yaratgan filmim undan dahshatliroq edi) Faqat Doktor Lekter obrazini gavdalantirgan Entoni Hopkinsgina rolini asardagi qahramonga mos tarzda ijro etgan. (Lekterning ko‘z qarashlari, ichingizga chuqur kirib boradigan savollari va gapirish ohangi, o‘zini tutishi uchun ham filmni ko‘rsangiz arziydi)

Filmini ko‘rish-ko‘rmaslikni o‘zingiz bilasiz. Lekin asarni,albatta, o‘qib chiqing. Nimaga “Qo‘zichoqlar sukunati” deb nomlangani va muqovasida qonli kapalak rasmi borligini o‘qigach bilib olasiz)

Mohichehra A’zam
📸 @shisha_bino

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

22 Dec, 15:49


“Jinoyat va jazo” romanining kichik animatsioni

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

21 Dec, 15:38


#nazm

Dunyoning sevgidek rozi yo‘q, jonim,
Yor ko‘zidek rostgo‘y qozi yo‘q, jonim.
Quyuq soya solgan og‘och osti-yu
Sening suhbatingdan sozi yo‘q, jonim.

Mansur Jumayev

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

20 Dec, 18:52


#music

Sinaganing uchun, ayaganing uchun rahmat, hayot...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

15 Dec, 05:02


Havolar sovudi. Odamlar sovuq.
Toshkentda qor yogʻdi, qishloqda yomgʻir.
Shamollar zabtidan seni qoʻruvchi,
Qoʻlingdan tutguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...

Yoʻllar juda yomon. Odamlar yomon.
Ishdan qaytadursan toʻliqib, xorib.
Hech kimga bildirmay yigʻlaganingda
Yoshingni artguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...

Ey mening oʻjarim, xudbin malagim!
Ey kunda ming bora vido aytguvchi!
Gʻururning zoʻridan qaytmaganingda
Yoningga qaytguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...

Balki baxtlidirsan oʻz olamingda,
Balki bilmasdirsan gʻam-qaygʻu nadir.
Garchi begonasan anchadan beri,
Garchi uzoqdasan, balki shungadir,
Sendan xavotirman...

Ilhom Salimov

@salimov_blogi

Mohichehra A’zam 📚

13 Dec, 14:37


#hadya

Xabaringiz bor bayramlarda bookblogerlar bilan “Secret Santa” o‘ynaymiz. Xullas bugun men ham Santa sovg‘alarini qabul qilib oldim. Naq 11 ta kitob. Santa nafaqat o‘zimga balki, bo‘lajak farzandlarim uchun ham ertak kitoblar yuboribdi) Hecham kutmagandim. Tashakkur.

Sizningcha mening Santam kim?

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

13 Dec, 10:35


#nimadir

Ha, ba’zi odamlar hatto yomon ko'rishingizga ham arzimaydi. Ularni yaxshi munosabatingiz bilan jazolang)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

10 Dec, 18:27


Aytishlariga qaraganda, bir-biriga osmonni rasmini jo‘natish - bu sevgi tili ekan
Siz ham hoziroq unga osmonni yuboring)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

07 Dec, 06:33


​​#taqriz

📌 Anton Chexov. Kuchuk yetaklagan xonim

Kitobdan Chexovning 20 dan ortiq hikoyasi va “Qora rohib” qissasi o‘rin olgan. Muallif biror hikoyani o‘zicha yakunlamaydi. Hammasi ayni kulminatsion nuqtada tugab qoladi. Uslubning go‘zalligi ham shunda: yakunni o‘qirmanning o‘ziga qoldiradi. Qolaversa, Chexov hammamiz bilgandek realistligi va kam so‘zda ko‘p ma’no ifodalay olishi bilan kitobxon diqqatiga sazovor.

“Yozuvchi”– bu hikoyada choy sotadigan kompaniya egasiga reklama yozishga kuni qolgan yozuvchi haqida gap ketadi. Eng yomoni u reklama matnida 3 yil avval omborga keltirilgan choylarni kuni kecha keldi deb yozishi, hammani aldashi kerak edi. Qahramonning qanchalik zabun, mushkul ahvolda qolganini: “Rossiyani aldayapman! Butun Rossiyani! Bir burda non uchun Vatanimni aldayapman! Eh!”– degan gaplaridan bilish mumkin.

“Bebaho ko‘ppak”–hikoya nomini o‘qiganda, albatta, menga o'xshab qahramonga qadrli bo‘lgan, zotdor it nazarda tutilyapti deb o‘ylashingiz aniq. Ammo...

“G‘urbatda”– eng ayanchli narsa kimgadir tobe bo‘lish.

“Jaholat”–g‘oyaviy jihatdan Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasiga o‘xshatdim. Savodsiz, nochor xalq va ularni sariq chaqaga olmaydigan amaldorlar kontrasti ayovsiz reallikni ochib berib, kishi qalbida cheksiz achinish, nafrat hislarini uyg‘otadi.

Hikoyalarning barchasi davr va uning turfa odamlari, yashash tarzi, fe’l-atvori haqida aniq tasavvur beradi. Kamiga qanday o‘qib tashlaganingizni bilmay qolasiz.

Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

06 Dec, 14:59


#iqtibos

Sen hamma narsaga ahamiyat beraverasan. Bu seni eng baxtsiz odamga aylantiradi.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

05 Dec, 16:13


#hadya

Bugun Pirnashrdan sovg‘alar keldi. Erkin A’zam asarlarini sevib o‘qiyman. Ikkinchi muallif nomini endi eshityapman. Kitoblar men o‘ylaganimdan ko‘ra sifatli ekan. Agar nashriyot saviya va sifatga birdek e'tibor berishda davom etsa tez orada bundan ham ko‘p kitobxonlarga ega bo‘lishi tayin.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

04 Dec, 14:46


#nazm

​​AYRILIQ

Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik,
Nailoj, boshqa bir shaharimiz yo‘q.
Balki biz baxtiyor bo‘la olardik,
Ehtimol, baxtlimiz, xabarimiz yo‘q.
Oradan, o, qancha yil o‘tib ketdi,
Tanimay qolibman kechirgin meni.
O‘ylardim men sensiz o‘lib qolaman,
Men sensiz o‘lmadim...
Kechirgin meni.
"O‘lmadim," — deyman-u, bu so‘z ko‘p og‘ir,
O‘lib bo‘lgandirman balki men sensiz.
Qabrsiz, kafansiz o‘lganman aniq,
O‘limdan og‘irdir axir ayriliq.
Balki biz o‘shanda ayrilmasaydik,
Na men avvalgiman, na sen endigi.
Ayrildik, shaytonni kuldirdik u dam,
Bu yil-u, bu oyning bu kunidagi,
Mana bu ko‘chada uchrashib turgan,
Meni ham, seni ham o‘ldirdik u dam.
Yon-atrof to‘ladir odamlar bilan,
Qo‘l ushlashgan erkak-ayollar o‘tar.
O‘zidan bexabar xayollar bilan,
O‘zini o‘ldirgan odamlar o‘tar.
O‘tar o‘z qoniga botgan odamlar,
Holbuki, qon qani?
Oh-vohlar yo‘qdir.
Hamma gunohkorlar dunyoda ammo,
Dunyoda hech kimning gunohi yo‘qdir.
Bizsiz yozilmishdir bu tole, bu baxt,
Sopqondan otilgan bir juft toshmiz biz.
Balki bu dunyoda o‘n-o‘n besh yilmas,
Ming yildan ko‘proqdir ayrilig‘imiz.
Biz yo‘lda adashib ketdik nogahon,
Bir manzilni ko‘zlab yo‘lga chiqqan on.
Firoqda yashaymiz ming yildan buyon,
Ming yillik xatoga bo‘lganmiz qurbon.
Ehtimol, almashib qolgan qish-bahor,
Ehtimol, almashgan qishlog‘-u shahar.
Balki o‘z qornida o‘gay onalar
O‘gay bolalarni ko‘tarib yurar.
Balki boshdan oyoq yolg‘ondir umrim,
Balki, toleyim ham aslida yolg‘on.
Hov yo‘ldan o‘tgan qiz onamdir balkim,
Balki o‘g‘limizdir anavi o‘g‘lon.
Bu yolg‘on umrimda sen o‘zi kimsan?
Balki, sevgilim ham bo‘lmagandirsan?
Balki onamdirsan, opam, buvimsan,
Bir Olloh biladi — Sen kimsan, kimsan?
Bizni kim qutqarib olar firoqdan?
Ohimizga yetar na samo, na yer,
Na o‘lik, na tirik. Ammo yiroqsan,
Kel, hech yo‘q, o‘paman. Qo‘llaringni ber!
Deysanki, murdaman. Meni o‘pmagin,
Kaftlarim ichida sovuq yer qo‘ling.
Deysan, rahming kelsin, meni o‘pmagin,
Qo‘limdan hidlari kelar o‘limning.

Ramiz Ravshan

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

01 Dec, 13:58


#hadya

Tug‘ilgan kun sovg‘alari rubrikamizni davom ettiramiz. Bilaman, oxirgi paytlar ko‘p maqtanyapman. Chidaysizlarda endi)

Dengiz tomonlardan maxsus hadya uchun tashakkur, qadrdon)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

30 Nov, 17:17


#hadya

Anchadan beri olaman deb yurgan kitobimni Quyosh qizi va Shohsanam tug‘ilgan kunimga sovg‘a qilib yuborishibdi)

Qizlar, tashakkur!

P/s.Aytgancha, original turkcha kitob qidirayotganlarga shu kanalni tavsiya qilaman: @quyoshli_kitoblarr
Narxlar ham hamyonbop

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

30 Nov, 17:01


#oysarhisobi 2024

Kuz

sentyabr

1. Odil Yoqubov–Ulug‘bek xazinasi(qayta mutolaa).
2. Erkin Vohidov–Ruhlar isyoni.
3. Abdulla Oripov–Sohibqiron.

oktyabr

1.Luqmon Bo‘rixon–Jaziramadagi odamlar.
2. Tog‘ay Murod–Yulduzlar mangu yonadi.

noyabr

1. Chingiz Aytmatov–Asrga tatigulik kun.
2. Fyodor Dostoyevskiy–Telba.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

30 Nov, 03:39


O'ttizinchi Noyabr

Noyabr yashaydi so'nggi kunini,
So'nggi sayohatda -
So'nggi soatlar,
Tun teskari kiyib olar to'nini -
Qo'lini cho'zgancha qolar daraxtlar,
O, mayda qushlar ham
Bilmagay tinim.
Havoda raqs etar,
Barglar uyumi
Noyabr!
Noyabr! - aylanmas tilim -
Dunyodan ketmoqlik  -
Shuncha  qiyinmi?!
Keksaygan bulutlar
Topar yo'lini -
O'zin to'foniga o'zin etar g'arq.
Nahot, xazonlarga
To'la umringni -
Noyabr,
Bir kunda etasanami tark?!

©Xosiyat Rustamova

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

29 Nov, 19:25


22 yosh...)

Mohichehra A’zam 📚

28 Nov, 13:57


Alhamdulillah...

Mana men nima uchun 2 oy yo'qolib qoldim)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

26 Nov, 14:02


Diqqat! Qish kelmoqda! ☃️

1-dekabr kuni Zabarjadmedia tashabbuskorligida tarjimon Mirzohid Muzaffar bilan kitobxonlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bitta meni emas, barchamizni taklif qilishgan. Bemalol, behijolat shu kanaldan keldim deb boraverasizlar! Bahonada tarjimondan dastxat ham olib kelasiz)

📍 Manzil: Bunyodkor shohko‘chasi, 3A uy, EduMaster tadbirlar zali

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

23 Nov, 03:49


Shaxsiy farovonlik yo‘q bizda. Bor, lekin noto‘g‘ri ko‘rinishda. Bitta jihatiga to‘xtalmoqchiman. Deylik, ikki sevishgan yoki er-xotin. Kelisholmay qoldi, munosabatlar taranglashdi, biri ikkinchisiga yoqmay qoldi va h.k. Nima qilish kerak, aqlli odamlarday o‘tirib muhokama qilish, masalalarni o‘rtaga tashlash kerak. Keyin, masalan, yaxshilash uchun vaqt belgilaydi yoki ma’lum vaqt tanaffus qilishi mumkin. Ko‘zi yetmasa, ajrashadi tinchgina. Bo‘ldi. O‘rtadagi sevgi, mehr qolaveradi, do‘stona munosabat saqlanadi. Bu – shaxsiy farovonlik uchun qilingan ish.

Lekin o‘zimizda munosabatlar eng rasvo ahvolga kelguncha yashayveradi yoki sevishganlar bo‘lsa, hech qanday mas’uliyatsiz, muhokamasiz “ignor” qiladi, bir-biriga loy chaplaydi... Umuman nosog‘lom. Ajrashgan juftliklar bisotidagi bor haqorat bilan siylaydi bir-birini, nima siri bo‘lsa, ochadi barini. Yetim qolgan bola yanayam kuchli bosimda o‘sadi, er xotinni, xotin erni yomonlaydi farzandga. Xullas, qanday bo‘lishini bilasiz-ku, ko‘rib yuribsiz.

Hayotda, shaxsiyatda chegaralar bor, o‘shalar bizning yaxshi yashashimiz uchun muhit hosil qiladi. O‘zimizni va barobarda boshqalarni baxtsiz qilishni bas qilishimiz kerak. Buyam ancha beri ko‘tarilayotgan eski gap. Jin ursin, bitta men aqlliman-e))

© Shahobiddin Luqmon

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

19 Nov, 15:53


“Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq”

Usmon Azim
🎙 Mohichehra A’zam

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

18 Nov, 17:20


#nazm

...Olomon ko‘nglingni g‘ajib ham
Hijolat chekmaydi negadir?!

R. Xo‘jamov

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

17 Nov, 04:16


Talabalar, bayramingiz muborak. 4 yil nima bo‘lganda ham eng yaxshi vaqt. Uni chiroyli o‘tkazmoq lozim.

Mohichehra A’zam 📚

12 Nov, 15:37


#nazm

Yangi tong.
Tongda erib ketar
Kecha .
Uyqusini quvib kòchaning
Avtolar shovqin solib kechar.

Dunyo sòrarmidim sendan,
Do'stim, shu daqiqa.
Shunchaki, tong nafasi yangligʻ
Tabassuming kerak
Faqat.

©Rauf Parfi

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

11 Nov, 05:44


Bugun Dostoyevskiy tug‘ilgan kun. Kuz–dunyoga daholarni bergan fasl!

Men “Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”, “Oydin tunlar”, “Ma’suma”, “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar”, “Maktublar”, “Kambag‘allar” asarlarini o‘qiganman. Kechagina “Telba”ni boshladim.

Siz qaysi kitoblarini o‘qigansiz bu adibning?

Mohichehra A’zam 📚

09 Nov, 14:01


– Hoooy, eshitdingizmi?🧐
–Nimani?🤔
–Asarchada tanlov bo‘lyapti-ku. Haliyam bexabarmisiz. Gap oramizda qolsin-u,😉 eng zo‘r 3 ta kitob sovringa qo‘yilgan. 📚
Qani, teeeezzz kanalga o‘tib oddiygina shartlarni bajarib, raqam oling-chi! Men aynan SIZ g‘olib bo‘lishingizni istayman! 🤩🙂‍↔️

Mohichehra A’zam 📚

09 Nov, 05:41


#misra

Ruhimga puling yetmas
Bo'm-bo‘shmi qalb hamyoning?!

Jontemir

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

08 Nov, 06:48


#jarayon

Ammo oliy tafakkurda sarhad yo‘q

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

07 Nov, 14:35


– Qo’llar qanchalar chiroyli a!..
– Shunaqami?
— Bu barmoqlar qurol ishlatish uchun emas, pianino chalish uchun.
— Buniyam o’ylab ko’ramiz.
— Yur, ketamiz bu yerlardan. Sen pianino chalasan, men sen uchun Menemen pishirib beraman.
— Qayerdan bilasan Menemenni yaxshi ko’rishimni?
— Men faqat shu ovqatni pishirishni bilaman-da, shundan! ))

“Qashqirlar makoni” seriali Elif hamda Po‘lat Alemdar suhbatidan

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

05 Nov, 15:26


#xarid

Bugun o‘zimni mana shu kitoblar bilan siyladim) Nihoyat, endi menda “Boqiy darbadar” bor.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

04 Nov, 19:44


#tungi_mutolaa

Nodar Dumbadze. Hellados (hikoya)

O‘ylab qarasam, dinozavrlar davridan beri #tungi_mutolaa heshtegi ostida hikoya ulashmabman)

Nodar Dumbadzeni hammamiz maktab darsligidagi shu hikoyasi orqali taniymiz, ma’nosiga tushunib-tushunmay o‘qiganmiz. Ammo, bilasizmi, Venetsian ko‘chasining kichik "zolim"i Yangulining vataniga bo‘lgan tuyg‘ulari barchamiznikidan buyukroq. Negaki, u haqiqiy. Adib esa ortiqcha soxtaliksiz, pafossiz ham yurakning eng tubiga yetadigan asar yozishni eplagan buyuk ijodkor.

Kishi avval o‘qigan narsasini bir necha yildan keyin o‘qisa oldingiga qaraganda o‘zgacha tuyg‘ularni his qiladi. Kuni kecha "Hellados"ni qayta o‘qidim-u, shu tuyg‘uni boshdan kechirdim. Albatta, yozuvchining boshqa asarlarini ham topib o‘qishingizni xohlardim.

@boqiy_darbadarr

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-nasri-onlayn-antologiyasi/nodar-dumbadze-1928-1984-gruziya/nodar-dumbadze-hellados-hikoya

Mohichehra A’zam 📚

04 Nov, 17:45


#nimadir

Ulg‘ayganlik belgilaridan biri– endi fasllar va sanalarning ahamiyati yo‘qolishi.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

03 Nov, 18:45


#nazm

Tilingda kimnidir ismi boʻlsa,
Ketishing – muhabbat,
Yolgʻizgina ketish esa –
Koʻngilga ketishdir,
Dunyo goʻzal tortgusi
Bu ketishingdan.

Sen esa yigʻlab ketyapsan.
Bu – sogʻinchli ketishda
Parvardigorga yetgaysan,
Xudo xohlasa...

Usmon Azim

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

03 Nov, 08:39


Assalomu alaykum, xalqim. Salomatmisiz?

Kamina qaytdi. Endi ko‘p-ko‘p kitob o‘qiymiz. O‘ziyam 2 oy ichida o‘qilmagan kitoblarim qalashib ketdi. Qay birini o‘qishni bilmayapman)

Sizlarda nima gap? Meni esdan chiqarib yubormadingizlarmi o‘zi?

Mohichehra A’zam 📚

08 Oct, 17:29


Assalomu alaykum, barchaga. Ba’zi obunachilarim kanalimni batamom to‘xtadi, endi davom etmaydi deb yurgan ekan. Yo‘q, do‘stlar, shuncha paytlik mehnatim, qalbimning qo‘ri singgan kanalni batamom to‘xtatib qo‘yadigan jinni emasman. Hali sizlar bilan ko‘p kitoblar o‘qishimiz, muhokama qilishimiz, uzun yo‘llarni bosib o‘tishimiz kerak. Davom etamiz, albatta davom etamiz. Faqat hozircha dam olib turaylik) Ikki-uch kunning birida qarab qo‘yaman: kimlardir chiqqan-u kimlardir kirganiga ko‘zim tushadi. “Ha, mayli”,–deb qo‘yaman. Xullas, xalq, oz qoldi, qaytaman!

P/s. Kanalga vaqtim yo‘qligining sababi to‘y bilan bog‘liq emas😄 Shunday deb botga yozayotganlar ham bor)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

16 Sep, 09:30


Bir muddat faol bo‘lmayman. Kommentariya esa qachon ochiladi bilmadim, kitobdoshlar.

Murojaatlaringiz bo‘lsa @Mohichehraga_bot yozib qoldiringiz. Albatta javob berurman.

Hurmat bilan Mohichehra.

Mohichehra A’zam 📚

14 Sep, 15:29


Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to‘zg‘in buluti bilan,
Nimta oyi bilan,
Hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg‘irlari bilan,
Sellari bilan,
Gullarni uyg‘otgan yellari bilan — Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim, Ko‘ngling ravshan bo‘lsin — Chirog‘i bilan,
Bedorligi bilan,
Charchog‘i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.

Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.
"Mana, olgin, dedim,
Hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir,
Mana bu-chi — baxt..."
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.

Sevgilim, podshohlar senday saxiymas —
Menga bahori yo‘q kuz keltirding sen. Yana osmoni yo‘q ro‘z keltirding sen, Sevgilim, podshohlar senday
saxiymas.
Qatra iqboli yo‘q kuz keltirding sen.

Endi ikkimizda hamma narsa bor! Qani, ketdik, jonim,
Bel bukilguncha,
Tomir uzulguncha,
Jon to‘kulguncha...
Yashashga iqrormiz, o‘limga iqror.

Usmon Azim

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

14 Sep, 09:26


#mood

Masalan, hayotda yaxshi suhbatdoshing bo‘lsa kanalga hech narsa yozib o‘tirishga hojat qolmaydi.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

12 Sep, 17:07


© Shavkat Rahmon

Mohichehra A’zam 📚

12 Sep, 16:36


#nazm

Qaro tunlar oqarib borar,
Jism-u jonim, o, qarib borar.
Borgan sari umrim rangida
Qaro ortar, oq arib borar.

G. Asqarova

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

12 Sep, 04:56


Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi

Yagona alifbo 34 harfdan iborat boʻlib, ular turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/24753

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Mohichehra A’zam 📚

11 Sep, 17:37


#music

To‘xtatolmay men halak
Yurgizganmi Xudoyim...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

10 Sep, 16:31


​​Adabiyot yaxshi narsa-da, Varenka, juda yaxshi narsa; men buni undan uchinchi kuni bilib olganman. Chuqur narsa! Odamlarning qalbini mustahkamlaydi, tarbiyalaydi va uning mana bu kitobchasida qolgan turli xil narsalarning hammasi yozilgan. Juda zo‘r yozilgan! Adabiyot - bu suvrat, ya’ni suvrat va oynaga o‘xshagan bir narsa: ehtirosli gaplar, nozik tanqidlar, pand- nasihatlar, hujjatlar hammasi bor unda. Bular barini men unikida bo‘lganimda bilib olganman. Sizga ochig‘ini aytaman, onajon, ularning ichida o‘tirganingda (ularga o‘xshab sen ham trubka chekasan, albatta), ularning turli narsalar haqida tortisha ketganlarini ko‘rasan, tinglaysan, bunaqa narsalar mening qo‘limdan kelib bo‘pti, onajon, siz bilan bizga yo‘l bo‘lsin ularning oldida. Gʻirt to‘nka bo‘lib qolaman, o‘zimdan uyalib ketaman, butun oqshom davomida ignaning uchida o‘tirganday bo‘lasan odam, jillaqurmasa bir og‘iz so‘z aytib, davraga qo‘shilging keladi-yu, biroq qani o‘sha bir og‘iz so‘z? O‘chakishganday, tilga hech narsa kelmaydi-da! Keyin o‘zingdan xafa bo‘lib ketasan, Varenka, bir pulga qimmatliging shundoq bilinib qoladi, maqolda aytiladi-ku-xudo bo‘ydan beribdi-yu, aqldan bermabdi-da deb, o‘sha bo‘lasan-qolasan.

“Kambag‘allar”

P/s. Asarni 2 yil oldin ayni kuz pallasi – oktyabr oyida o‘qigandim. Kitobdagi eng yoqqan parcha esa mana shu.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

09 Sep, 03:45


#xulosa

Ba’zi odamlarni chetdan ko‘rib ixlos qo‘yasiz, sababini o‘zingiz ham anglamagan holda hurmat qilasiz. Keyin esa... Yo‘q, chetdan hurmat qilib yuraverganingiz ma’qul.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

08 Sep, 17:35


​​#mutolaa

“...Uning borlig‘ini sovuq sergak befarqlik egallab oldi. Birinchi marta gunohga yo‘l qo‘yganidan qattiq iztirobga tushganida yuragining tub-tubidan vulqonday qaynab-toshib kelgan g‘azab va nafrat otashi tanini yo bo‘lmasa ruhini kuydirib, bir umrga majruh qilib qo‘yadiganday tuyulib, qattiq qo‘rqqandi. Biroq hayot to‘lqini uni goh g‘arq qilib, goh pasayib-tushib asta-sekin o‘ziga keltirdi. Bu talato‘pdan uning tani, ruhi omon qoldi va ular o‘rtasida so‘zsiz-so‘roqsiz bitim-murosa paydo bo‘ldi. Yuragidagi behalovat tuyg‘ularga barham bergan mubhamlik bir qadar befarq bo‘lib, sovuqqonlik bilan o‘zini o‘zi anglashga aylandi. U bir emas, bir necha marta og‘ir gunohga qo‘l urgan edi va birinchi qilgan gunohining o‘zi uchun abadiy la’natga qolishi tayinligini bilar, keyingilari esa tortajak azoblariga yana azob qo‘shardi, xolos. O‘tayotgan kunlar, mashg‘ulotlat va azobli o‘ylar endi uning gunohlarini yengillatmas – ob-hayot bulog‘ining huzurbaxsh suvi endi uning qashshoq ruhiga tiriklik shavqini bag‘ishlamas edi. Endi u gadoylarga sadaqa berganida bir zum to‘xtab, ularning duolarini eshitib o‘tirmas, burilib ketib qolar, horg‘in xayol surib, balki shunday qilsam ozgina bo‘lsa-da savob olarman deb umidlanardi.”

Jeyms Joys. Musavvirning yoshlikdagi shamoyili

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

06 Sep, 19:52


Men Abdulaziz akani 6 yildan beri kuzatar ekanman. U payt aka 2-kurs talaba edi. Kanali har doim samimiy, ko‘ngil va ijod kundaligi bo‘lgan. Avvallari Abdulaziz akani harakatchanligi, rostgo‘yligi, ijodi, postlarida tirik va rost hayotning harorati, uyg‘oq vijdonning ovozi borligi uchun hurmat qilib kuzatib yurgan bo‘lsam, endi ayolining o‘qishini deb barchasini tashlab Anqaraga ketgan, bu yo‘ldagi barcha mashaqqatlarda ayoliga yelka tutgan er sifatida ham qadrlayman.

Oilaga juda havas qilaman. Hammaga nasib qilsin ilm yo‘lini jufti bilan birga Abdulaziz aka doim aytganidek “Nevaralarga aytib beradigan hikoyalar” tarzida bosib o‘tish.

Yuqorida ikkita kanal (@Ijoddardi va @bookexpress_uz) yozilibdi.

@uzbek_sofrasi – bu yer esa Sitora yangamizning oshxonasi!

Mohichehra A’zam 📚

06 Sep, 19:40


​​Har doim ham ayollar qurbonlik qilishi shart emas.

Men Abdulazizni Factor Booksda ishlab yurganida koʻrgandim. Koʻztanish edik shunchaki. Anchadan keyin tasodifan uning blogini koʻrib qoldim. Postlarini qiziqib oʻqidim. Tushundimki, rafiqasi Sitora Turkiyadagi oliygohga magistraturaga kiribdi. Abdulaziz esa aynan shu uchun Oʻzbekistondagi hamma ishini yigʻishtirib Anqaraga joʻnabdi. Sitora qiynalmasligi uchun undan oldin kelib, uy, oʻziga ish topib qoʻyibdi.

Siz buni tasavvur qilyapsizmi? Atrofga qarasak turmush qurgach aksar hollarda qiz bolaning karyerasi toʻxtaganini koʻramiz. Bu yerda esa aksincha, er birinchi navbatda rafiqasining bilim olishi uchun harakat qilyapti. Farzandli boʻlishdi, bu ham ilm olishga yoki maqsadlaridan qaytishga toʻsiq boʻlgani yoʻq.

Oʻzbekistonda doim qogʻoz-qalamlik ishlarda yurgan Abdulaziz Anqarada baliq pishirdi. Oliy ma'lumotli baliqchi boʻlish ogʻir botgani aniq boshida. Bu his menga tanish. Uyda oʻzbek taomlarini ham tayyorlab sotishadi. Shuningdek, turk tilidagi kitoblar sotuvini yoʻlga qoʻyishgan.

Menga ularning bloglarini kuzatish yoqadi. Er-xotin ahil boʻlsa, bir-birini qoʻllab-quvvatlasa har qachon va har yerda baxt toʻkis boʻlishini koʻraman. Ularga yordam berayotgan vatandoshlarimiz haqida eshitib, dunyoda haliyam yaxshi odamlar borligiga ishonaman.

@Ijoddardi – Abdulazizning shaxsiy kanali. Oʻqib boring. Samimiy, hayotiy, qiziq postlar yozadi.

@bookexpress_uz – bu yerda esa ulardan turk tilidagi kitoblarni sotib olishingiz mumkin. Olmagan taqdiringizda ham kuzating, tomosha qilishning oʻziyoq yoqimli. Shunaqangi noyob kitoblar borki, qoyil qolasiz.

Mohichehra A’zam 📚

06 Sep, 15:23


Balki men eskicha odamdirman, balki,  stereotiplar asiridirman, lekin kitob o‘qimaydigan odam men uchun achinarli va g‘arib ko‘rinadi.

© F. Dostoyevskiy

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

02 Sep, 16:31


#nimadir

Hammasiga kulib qo‘ydim degan siyqa gap bor. Odam kuyib-kuyib, yig‘lab-yig‘lab bo‘lganidan keyin kulib qo‘yadigan darajaga boradi. Keyin u darajadan yanada yuksaladi. Shaxsiy yuksaladi, hissiy yuksaladi, obro‘si, kariyerasi yuksaladi. Yaralarning o‘rnini chuqur chandiqlar bosadi. O‘shanda kuygan narsalari ko‘ziga endi rostdanam kulgili tuyula boshlaydi. Tuyg‘ulariga asir bo‘lib chiqargan qarorlarini sovuq aql bilan tahlil qilib eski o‘zi o‘ziga ahmoqdek tuyulsa ham ne ajab.
Xo‘sh, baribir hayotidagi eng muhim poyezdni o‘tkazib yuborgan, eng daqiq lahzada nigohini bir dam chetga qaratgan-u qiziq tomoshadan quruq qolgandek bo‘laversa nima qilish kerak?

Bilsangiz, insonga qiyin, juda qiyin...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

01 Sep, 16:33


#nimadir

15 yildan beri har sentyabrni o‘qish boshlanadigan, qadrdon auditoriyamga boradigan, do‘stlarimni ko‘radigan kun sifatida sog‘inib kutardim. 15 yildan beri men o‘qitiluvchi edim. Bu yil sentyabr esa boshqacha keldi. Aslida odatiy, boshqachaligi o‘zim uchun. Chunki bu safar men o‘qituvchi sifatida ish boshlayman. Doim o‘rganuvchi rolida bo‘lgan odamning o‘rgatuvchiga aylanishi boshqacha bir mas’uliyat yuklaydi. Jamoa bilan ishlash mas’uliyati, o‘quvchilarning mendan kutuvlari, o‘zimning o‘zimdan kutyotganlarim...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

01 Sep, 05:36


#movie_time

🎞 Pianinochi haqida afsona

Mustaqillik bayramingiz va dam olish kuningiz bilan tabriklagan holda sizlarga shu filmni ko‘rishni tavsiya qilaman. Bayram bayramdek, dam olish dam olishdek o‘tsinda)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

31 Aug, 12:46


#oysarhisobi avgust. 2024

1. Ernest Xeminguey – To‘qchilik va yo‘qchilik
2. Harper Li – Mazaxchini o‘ldirish
3. Tara Vestover – Talaba

Va shuning bilan yozni ham yakunladik...