Bookerberg @bookerberg Channel on Telegram

Bookerberg

@bookerberg


Birgalikda o'qiymiz 📚
Читаем вместе 📖

✏️ Murojaat uchun: @Afterway
📌 Instagram: clck.ru/R7tBJ
📌 Facebook: fb.com/Bookerberg.uz

Muallif shaxsiy blogi: @theperfectionist
🎧 Playlist: @Musicberg

Bookerberg (Uzbek)

Bookerberg kanali o'qishga huvdilarni birgalikda jalb qilish uchun yaratilgan. Bu kanalda muallifning shaxsiy blogi bilan tanishish, musiqa playlisti va boshqa qiziqarli maqolalar jamlangan. Agar siz muhlatli kitoblarni o'qib turib, ular haqida muloqot qilishni yohudagi kitoblarni baham ko'rishni xohlasangiz, Bookerberg kanali siz uchun. Kanalda yangi o'qish tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rish va muhlatli kitoblar haqida fikrlashish imkoniyati mavjud. Bookerberg kanaliga qo'shilish uchun @bookerberg kanaliga murojaat qiling. Siz hamning yaxshi kitoblari bilan tanishishingizni kutamiz! Maqolalar, tanqidiy ko'rishlar va boshqa turlarda muhlatli o'qishmateriallarini topish uchun Bookerberg kanaliga obuna bo'ling va qiziqarli vaqt o'tirishingizni ta'minlang. Sizni tomosha qilishimizni kutamiz!

Bookerberg

24 Jan, 17:23


Aktiv bo'lmaymiz ekan. Operatorimiz yo'qolib qoldi.

Bookerberg

24 Jan, 08:55


Ha, sezgir va ziyrak insonlar payqaganidek, bugun kechqurun Non-Fiction`ning navbatdagi soni chiqadi. Va u Daniel Kanemanning "Thinking, Fast and Slow" kitobi haqida bo'ladi.

Aktiv bo'lamiz! 🔥

@Bookerberg

Bookerberg

24 Jan, 08:48


Daniel Kanemanni kitoblarini o'qiganlar bormi oramizda?

@Bookerberg

Bookerberg

21 Jan, 08:59


Yangi nashriyotlar

So'nggi yillarda yangi nashriyotlar soni oshib bormoqda. Tanishlaringiz va do'stlaringizning nashriyot ochayotgani esa ikki karra xursand qiladi.

Masalan yaqinda Mirzohid Muzaffar (Massaget) va Muhammad Amin Mirsaidov (Yog'du) o'z nashriyotlarini ochishgandi. Yaqin orada bu nashriyotlardan ilk kitoblar ham chiqishni boshlasa kerak. Shaxsan o'zim Yog'du nashriyoti uchun Tina Siligning "What I Wish When I Was 20" ("Nega menga buni oldinroq aytishmagan?" nomi ostida chiqishi kutilmoqda) kitobini tarjima qilganman.

Yaqinda yana shunday kitobxon do'stlarimizdan biri Hasan Mehmonov ham o'z nashriyotini ochdi (Cosmos Books). U ham bu ishga jiddiy kirishgan. Nashriyot faoliyatini ilmiy-ommabop kitoblar bilan boshlamoqchi. Qo'llab-quvvatlayman va duo qilaman))

Bu yosh nashriyotlarni siz ham qo'llab-quvvatlang. Ulardan yaxshi, foydali va sifatli kitoblar kutib qolamiz.

@Bookerberg

Bookerberg

20 Jan, 09:07


Bir necha kun oldin Pingvin books`dan mana shunday sovg'alar kelgandi. Ayni damda farzandim uchun kutubxona shakllantirishni boshlayotgandim. Ayni muddao bo'ldi.

Hozir u kichkina, lekin bir katta bo'lgach, unda kitoblarga, komikslarga va ertaklarga qiziqish paydo bo'lishi uchun sharoit yaratmoqchiman.

Pingvin books chiqargan kitobchalar ham juda sifatli ekan. Ayniqsa jurnalsifat qogo'zda chiqarilganlari yoqdi. Ichidagi illyustratsiyalar ham ko'zni quvnatadi. Bunday ko'rinishdagi kitobchalar bolalarning ham e'tiborini tortadi. Bilasiz, zamonaviy bolalarning e'tiborini bir joyda ushlab turish qiyin. O'zi nafaqat bolalar, kattalar ham shunday bo'lib qolgan. Aytmoqchimanki, bolalar uchun chiqarilgan kitoblar va komikslar sifatli, rang-barang va o'ziga tortadigan bo'lishi kerak.

Xullas, farzandingiz bo'lsa, mana shu kitobchalardan olib, birga o'tirib varaqlashni tavsiya qilaman.

@Bookerberg

Bookerberg

19 Jan, 17:33


Hozirgi kunlarda Paul Polakning "Kambag'allik girdobidan chiqish" kitobini o'qiyapman.

O'tgan yili bahorda "Non-Fiction" loyihasining birinchi soni uchun "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobini tanlab, video uchun ssenariy yozayotganimda, "qani, bunga o'xshash qanday kitoblar bor ekan" deb qidirgandim. Va oldimdan mana shu kitob chiqqan edi. Kitob haqida ozgina o'qib tanishgach, yaxshi kitob ekan deb, "Why Nations Fail" ("Mamlakatlar tanazzuli sabablari") haqidagi sonida Paul Polakning "Out of Poverty" kitobini ham tilga olib o'tgan edim. "Pirnashr" mana shu kitobni o'zbek tilida nashr etdi. (Mana "Non-Fiction"ning foydasi deb maqtanishga urinyapman).

Polak bu kitobni 25 yillik tajribasi asosida yozgan. U umri davomida insonlarni qanday qilib kambag'allikdan chiqarish mumkin degan savolga javob izlagan (2019-yilda vafot etgan). Mana shu kitobda aynan shu izlanishlari va turli yechimlar haqida yozgan.

U bu kitobda tasvirlagan vositalar va metodlar 17 million kishini qashshoqlikdan chiqarishga yordam bergan ekan.

@Bookerberg

Bookerberg

10 Jan, 16:41


Do'stimiz Muhiddin YouTube'da o'z faoliyatini boshlabdi. Qo'llab-quvvatlaymiz, obuna bo'lamiz va izoh qoldiramiz.

@Bookerberg

Bookerberg

10 Jan, 16:40


Yangilik 🔥

Endi youtubeda har 10 kunda kitoblar va uning atrofidagi mavzularda sifatli videolar joylab boraman. Ilk sonini esa “Kitob oʻqishni qanday qilib doimiy odatga aylantirish mumkin?” degan savolga javob topishga bagʻishladim. Koʻring, manfaati tegadi degan umiddaman.

Obuna boʻling, layk, kommet va “share”lar bilan yordam qiling. Kitob mavzusida sifatli videolar boʻlishini qoʻllab-quvvatlaysiz degan umiddaman. Video haqida fikrlaringizni ham kutaman.

Videoni koʻrish uchun link:

https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo

🕊Telegram 📱Instagram

Bookerberg

03 Jan, 17:53


Menga ham Book.uz dan Yangi yil sovg'asi yetib keldi.

Ayniqsa Rayan Holideyning "Ego Is The Enemy" kitobi tarjima qilinayotganini eshitgach, uni o'zbekchada o'qishga qiziqayotgandim. Kitob o'z egoingizni yengishni o'rgatadi, bu ishni qila olgan insonlardan misollar keltirilgan. Albatta o'qiymiz.

***

Hozir Urganchdaman, yaqinda oilam bilan Toshkentga qaytaman. Buyoqqa kelayotganda o'zim bilan faqat Kindle`imni olgandim. Lekin sovg'alar va ba'zi xaridlar sababli kitoblarim yana ko'paydi. Endi bularni Toshkentga olib ketishim kerak. Heh, kerakli yukning og'iri bo'lmaydi deyishadi-ku. Bir jomadonimiz kichkintoyni narsalari bilan to'la bo'lsa, bittasiga o'zimizni kiyimlarimizni solib, + bitta ryukzakka kitoblarni joylab yo'lga otlanaveramiz.

@Bookerberg

Bookerberg

01 Jan, 17:20


🎗#BESTSELLER2024

🏆 2024 yil “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar ichida “Yilning eng yaxshi ilmiy-ommabop” kitobi:

📘 "Atrof to'la ahmoqlar"

Nashriyot: “Yangi asr avlodi” 2024

@bookuzbekistan — yangi kitoblar!

Bookerberg

29 Dec, 05:31


Ko'pchiligimiz kirib kelayotgan yilda nimalar qilishni o'zimizga rejalashtirib olamiz, maqsadlar qo'yamiz. Bularni amalga oshira olamizmi-yo'qmi, mayli, bu boshqa masala.

2025-yil uchun to-do listingizdan nimalar joy olgan?

@Bookerberg

Bookerberg

29 Dec, 05:18


@Bookerberg

Bookerberg

24 Dec, 13:20


Hayot — bu yo'l. Samurayga "finish" qiziq emas, muhimi — yo'l.

@Bookerberg

Bookerberg

21 Dec, 15:30


Oq xalat sindromi

Bir necha yil oldin bir yaqin do‘stimizga (keling, ismi Pol deylik) qon bosimi normadan yuqori deb tashxis qo‘yildi, bu tashxisni birlamchi tibbiy yordam shifokori (keling, doktor Jons deb ataylik) qo‘ygan. Shifokor Polga dori ichishni tavsiya qildi. Doktor Jons unga siydik haydaydigan dori yozib berdi, lekin u yordam bermadi, Polning qon bosimi yuqoriligicha qolaverdi.

Bir necha hafta o‘tgach, doktor Jons ikkinchi dorini, ya'ni kalsiy kanallarini bloklaydigan tabletkani yozib berdi.  Bu ham unchalik ta’sir qilmadi. Bu natijalar doktor Jonsni tashvishga solib qo‘ydi. Klinikaga uch oy davomida har hafta tashrif buyurganidan so‘ng Polning yuqori qon bosimi biroz pasaydi, ammo hali ham juda yuqori edi. Pasaytirish uchun nimalar qilinishi kerakligi noma’lum. Pol xavotirda edi, doktor Jons esa, ayniqsa, Pol nisbatan yosh, salomatligi esa yaxshi bo‘lgani uchun nima qilishni bilmay qolgandi.

Doktor Jons uchinchi dorini sinab ko‘rmoqchi edi. Shu paytda Pol boshqa shaharga ko‘chib o‘tadi va u yerda yangi shifokor (uni doktor Smit deb ataylik) bilan maslahatlashdi. Pol doktor Smitga o‘zining yuqori qon bosimiga qarshi uzoq davom etayotgan kurashi tarixini so‘zlab berdi. Doktor Smit darhol javob berdi: "Bosimni o‘lchash uchun uyda foydalanadigan to‘plam sotib oling va natijalar qanday bo‘lishini tekshirib ko'ring. Menimcha, bosimingiz yuqori emas. Sizda, ehtimol, oq xalat sindromi kuzatilayotgan bo‘lsa kerak, shunchaki shifokor ko'rigida bosimingiz oshyapti!". Pol uning aytganlarini qildi, haqiqatan ham uyda qon bosimi me’yorida edi. O‘shandan beri uning ko'rsatkichlari normal edi. Doktor Smit unga oq xalat sindromi haqida aytganidan bir oy o‘tgach, shifokorlar ko'rigidagi bosimi ham normallashdi.

Daniel Kanemanning "Noise" ("Шум") kitobidan parcha

@Bookerberg

Bookerberg

21 Dec, 07:45


"Qora Oqqush" kitobi haqidagi video ostida mana shunday izoh qoldirishibdi))

@Bookerberg

Bookerberg

20 Dec, 17:08


▶️"Non-Fiction"ning 11-soni chiqdi!

Loyihamizning 11-soni Jared Daymondning "Guns, Germs, and Steel" ("Qurollar, mikroblar va po'lat") kitobi haqida.

Muallif ushbu kitobida “nega ba’zi jamiyatlar boshqalariga nisbatan qudratliroq bo‘lib qolgan?” degan savolni o’rtaga tashlaydi va geografiya, biologiya hamda texnologiyalarning sivilizatsiyalar rivojiga ta’sirini o‘rganadi.

Keling, biz ham Pulitser mukofotini qo’lga kiritgan ushbu yozuvchining kitobini o'rganamiz.

📌 https://youtube.com/watch?v=MrlPFdnQ5Ro

@Bookerberg

Bookerberg

20 Dec, 11:55


"Guns, Germs, and Steel" ("Qurollar, mikroblar va po'lat") asarini o'qiganlar bormi?

@Bookerberg

Bookerberg

20 Dec, 06:14


#news

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori, UWED bitiurvchisi, jurnalist va endilikda yozuvchi — Jahongir aka Azimov o'z kitobini chop etibdi. U "O'zbekistonda yana bir kun" deb nomlanarkan.

Jahongir akani universitet davrlaridan beri bilaman va o'z ishining fidoyisi sifatida hurmat qilaman. Shu o'rinda, yangi kitob nashri bilan tabriklayman va o'ylaymanki, unda bayon etilgan hikoyalar vatanimizda yashayotgan ko'plab ajoyib insonlar to'g'risida oldin bilmagan yangi tassurotlarimizni bera oladi.

@panda_books

Bookerberg

17 Dec, 15:57


Stendap-komik do‘stimiz Abu Bakr Fozilov yangi yil oldidan kayfiyatingizni yana-da ko‘tarishni maqsad qilgan.

O‘zbek stendapida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan Abu Bakr 26-dekabr kuni 19:00 da navbatdagi konsert dasturini namoyish etadi. Manzil: Bog'ibo'ston 186 (Impact.T markazi).

Chiptalarni esa @abubakrfozilov ning o‘ziga yozib, xarid qilsangiz bo‘ladi. Chipta narxi — 100 ming so‘m.

Aytgancha, 20-dekabrgacha 25% chegirma!

Xullas, ajoyib insonning ajoyib konsertiga marhamat qiling. Undan oldin esa Abu Bakr ishtirokidagi quyidagi konsert va chiqishlarni tomosha qilsangiz bo‘ladi:

1. Xay mayli stand up #2 (34:19 — 43:30 gacha Abu Bakrning chiqishi)

2. Xay mayli stand-up (20:47 — 29:12 gacha Abu Bakrning chiqishi)

3. Abu Bakr Fozilov — START stand-up konsert dasturi

4. Kulgu qancha turadi? | Elmurod Haqnazarov, Qobil Karimberdiyev, Abu Bakr Fozilov | BUSOQQA

Bookerberg

14 Dec, 16:19


▶️"Non-Fiction"ning 10-soni chiqdi!

Loyihamizning 10-soni Mettyu Uokerning "Why We Sleep" ("Biz nega uxlaymiz?") kitobi haqida.

Ushbu kitob bizga uyquning salomatligimiz, jismoniy va ruhiy holatimizdagi ahamiyatini tushuntiradi. Shu bilan birga, muallif uyquni yaxshilash borasida amaliy maslahatlar ham berib o'tgan.

O'ziyam uxlash oldidan ko'rvoradigan joyi))

https://youtube.com/watch?v=5nGGKc9SO8Y

@Bookerberg

Bookerberg

11 Dec, 15:45


Har yili qayergadir sayohatga chiqaversangiz, orada bir yili sayohat qilmasangiz, bilinarkan. Sayohatni qumsab qolarkan odam. Kichkinamizni ozgina katta qilib olsak, sayohatga chiqamiz yana.

Bu yil kim qayerga sayohat qildi? (O'zbekiston ichidagi sayohat bo'lsa ham yozavering)

@Bookerberg

Bookerberg

11 Dec, 05:23


Tasavvur qiling, Yerga o'zga sayyoraliklar tashrif buyurdi yoki tashrif buyurish arafasida. Ularga insoniyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan 5 ta kitob tavsiya qilishingiz kerak. Qaysi kitoblarni aytgan bo'lardingiz?

Mening tanlovim:

1. Gyote "Faust"
2. Xaksli "Ajib yangi dunyo"
3. Xeminguey "Chol va dengiz"
4. Balzak "Dahriyning ibodati"
5. Deniel Kiz "Eljernonga atalgan gullar"


@Bookerberg

Bookerberg

10 Dec, 07:25


"O‘chishdan oldin olov yorqinroq yonadi".

— Yapon maqoli


@Bookerberg

Bookerberg

05 Dec, 05:58


Ko'pincha qaysidir kitoblardan olgan insaytlarim yoki qayerdandir o'qigan ma'lumotlarimdan ko'ra, shaxsiy fikr-mulohazalarim, qarashlarim yozilgan postlarni qayta-qayta ulashgim keladi. Ular ko'p emas. Shunchaki qachondir yozgan bo'laman va shuni qaytadan repost qilishni xohlaydigan kayfiyat bo'lib qoladi.

Kitoblarga kelsak, yaqinda Talebning yana bir kitobini o'qishni boshladim. Uning kitoblaridan ancha vaqtga tanaffus qilgandim. (Aslida uning kitoblarini "zapoy" bilan, ya'ni ketma-ket o'qib bo'lmaydi. Miyangiz "qotib" qoladi). O'qiyotgan kitobim "Skin In The Game" deb nomlanadi. Hali endi 100 bet o'qidim, lekin bir dunyo xulosalar qildim. Bu haqda hali yozaman.

"Non-Fiction"ga kelsak, loyihaning navbatdagi, ya'ni 10-soni uyqu haqida, Mettyu Uokerning "Why We Sleep" kitobi haqida bo'ladi.

Xullas, yozilajak, e'lon qilinajak narsalar ko'p. Faqat hafsala kerak)

@Bookerberg

Bookerberg

05 Dec, 05:36


Ba'zida nimadir yozishga har doimgidan ham ko'proq harakat qilasiz. Lekin aynan shunday holatda, hech narsa yoza olmaysiz. Yozganlaringiz yoki o'zingizga yoqmaydi, yoki umuman bitta jumla ham yoza olmaysiz.

Buni faqat blog yuritish nuqtai nazaridan aytmayapman. Yozuvchi, shoirlar, rassomlar ham buni his qilishadi deb o'ylayman. Yozish, ijod qilish, xuddi o'z-o'zidan sodir bo'lishi kerak bir jarayonga o'xshaydi. Ijodkor "suv kabi oqishi" kerak.

O'zingizni majburlab, biror narsa yoza olmaysiz. O'zingizni majburlab, musiqa yarata olmaysiz. Nimadir chiqarishim kerakku, deb yaxshi kino suratga ololmaysiz... Buni ijod bilan bog'liq barcha sohalarga nisbatan qo'llash mumkin.

Eng qizig'i, ijodkorda bunday sharoit, o'y uzoq vaqtlik jimlikdan so'ng yoki muvaffaqiyatsiz ijod mahsulidan keyin paydo bo'ladi. Ya'ni, aytaylik birorta yozgan/yaratgan asaringiz unchalik yaxshi baholanmadi. Tezda boshqa biror asar yaratishni, oldingi muvaffaqiyatsizlikni yuvib ketishni xohlaysiz. Bu esa ahvolni battar yomonlashtiradi. Ijodkor, bir qarashda muvaffaqiyatli ijod eng zarur bo'lgan bir vaqtda, aksiga olib, bir qancha muddat hech narsa yarata olmay qoladi.

Mana shunday paradoks. Ko'pincha muvaffaqiyat yana bir muvaffaqiyatga sabab bo'ladi. Muvaffaqiyatsizlik esa kim uchundir so'nggi manzilga aylanishi mumkin.

@Bookerberg

Bookerberg

26 Nov, 06:39


P.S. Qishning birinchi kunida. Juda "simvolichno")

Bookerberg

26 Nov, 06:27


Do'stlar, 1-dekabr kuni Zabarjad Media nashriyoti tarjimon Mirzohid Muzaffar bilan adabiy uchrashuv tashkillashtirayapti ekan. Ko'pchilik kutayotgan tadbir.

Afsuski, o'zim Toshkentda emasligim sababli bora olmayman. Lekin qiziq uchrashuv bo'lishi aniq, boringlar)

@Bookerberg

Bookerberg

22 Nov, 17:02


🎉 Nihoyat! "Non-Fiction" loyihasining 9-soni chiqdi!

Loyihamizning navbatdagi soni Robert Grinning "Hokimiyatning 48 ta qoidasi" kitobi haqida.

Ushbu kitob insoniyatning hokimiyatda erishishdagi fe'l-atvorini o'rganadi va unda juda ko’p manipulyativ hamda strategik qoidalar keltirilgan. Biz sizga bugun shulardan bir nechtasini so'zlab beramiz.

Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.

📌 https://youtu.be/1kNWSIMsfhk

@Bookerberg

Bookerberg

17 Nov, 12:51


Do'stlar, yuqorida aytganimdek, kinolar, multfilmlar va seriallar haqida blog ochdim, o'taverasizlar)

Next Episode, Please!

Ha, nomi inglizcha, lekin postlar g'irt o'zbekcha bo'ladi. Zerikmaysiz, kafolat beraman)

@Bookerberg

Bookerberg

15 Nov, 15:01


Siz taniydigan kitob blogerlarning koʻpchiligi oʻz sohasining ustasi faranglari hisoblanadi. Safimizda sanʼatkor va ijodkordan to adabiyotshunosgacha bor.

Quyida esa oramizdagi tarjimonlar bilan tanishtiramiz. Har bir tarjimondan bittadan asarni keltirdik. Qolganini ularning kanallaridan bilib olasiz.

Abu Bakr Fozilov — @phaziloff
Tarjima qilgan asari: Jeyms Cheyz — “Venetsiya missiyasi”

Temur Tangriberganov — @timur_books
Tarjima qilgan asari: Jyul Vern — "Parij XX asrda"

Raxshona Ahmedova — @RaxshonaAhmedova
Tarjima qilgan asari: Shin Kyong Suk — "Onamni asra"

Samandar Nazirjonov — @stoik_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Koyoharu Gotoge — "Iblislar qotili"

Ma'rufjon Ochilov — @marufjonblogi
Tarjima qilgan asari: Endi Veyer – "Marslik"

Nazarbek Nazarov — @bookerberg
Tarjima qilgan asari: Nassim Taleb — "Qora Oqqush"

Nurali Qahramon — @santuagaraoflibrary
Tarjima qilgan asari: Allen Ginsberg — "Uvvos"

Nodira Ibrohimova — @mittihaqiqatlar
Tarjima qilgan asari: Virjiniya Vulf — "Shaxsiy xona"

Alisher Fayzullayev — @perezagruzka_2021
Tarjima qilgan asari: U. Sorayan — "Daho"

Shohrux Usmonov — @usmonosphere
Tarjima qilgan asari: Astrid Lindgren — "Uzunpaypoq Peppi"

Mirzohid Muzaffar — @bobil_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Jorj Martin — "Taxtlar oʻyini"

Ilhom Salimov — @salimov_blogi
Tarjima qilgan asari: Sara Jo — "Londondan muhabbat ila"

Barchasiga birdan a'zo boʻlish uchun quyidagi link ustiga bosing

Bookerberg

15 Nov, 14:48


UPD. "Non-Fiction"ning 9-soni bugun chiqmas ekan. Ulgurishmabdi montaj qilishga. (Garchi menga kecha "ha, ulguramiz" deyishgan bo'lishsa-da...)

@Bookerberg

Bookerberg

15 Nov, 12:37


Robert Grinning "Hokimiyatning 48 ta qoidasi" kitobini o'qiganlar bormi? Bu kitob haqida qanday fikrdasizlar?

Bu kitob haqida kitobxonlar ikki lagerga bo'linishadi. Kimdir bu yomon kitob, yaxshi narsa o'rgatmaydi deydi. Boshqalar esa aksincha, "must-read" deb hisoblaydi. Shaxsan men bu kitobni o'qishni tavsiya qilaman, yaxshi kitob, manipulyatsiya ilmidan boxabar qiladi odamni.

Sizningcha bu kitobni nega o'qish kerak va nega o'qimaslik kerak?)

@Bookerberg

Bookerberg

15 Nov, 12:29


Biz shunday zamonda yashayapmizki, bashariyat uchun jarayon muhim emas. Eng muhimi nima? Natija. Lekin eng qizig'i, jarayonsiz natija bo'lmaydi.

Inson yetilish, katta bo'lish uchun ko'plab bosqichlarni bosib o'tadi. 3-4 yil ichida jismonan voyaga yetadigan darajada bo'lganimizda, biz ko'p narsani anglab yetishga ulgurmagan bo'lar edik. Shunchaki voyaga yetgan inson tanasiga ega, ammo go'dak kabi xarakterga, axloqqa ega inson bo'lardik.

Shuning uchun ham jarayon muhim. U hatto natijadan ham muhim. Masalan biron-bir kitobning nima haqida ekanligini bilish — bizga u kitobni o'qiganda olishimiz mumkin bo'lgan hislarni, bilimlarni yoki "jarayonni" bermaydi. Kitobni o'zini o'qimasdan, faqat uning "short plotini" o'qishdan qoniqish — dorini ichmasdan, faqat xidlagancha, "bo'ldi, menga yetadi" degandek gap.

@Bookerberg

Bookerberg

14 Nov, 14:31


Ertaga "Non-Fiction"ning yangi soni chiqadi. Biroz tanaffusdan so'ng, loyiha yana qaytmoqda.

Bu safar ham sizlar uchun bir-biridan qiziqarli kitoblar haqida videolar tayyorladik. Har hafta yangi sonini taqdim etishda davom etamiz.

Do'stlar, loyihaning navbatdagi sonini kutayotganingizni bildirish uchun reaksiya qoldiringlar ❤️🔥👏

@Bookerberg

Bookerberg

12 Nov, 18:11


"What I Wish I Knew When I Was 20" kitobining tarjimasi deyarli tugadi. Endi ancha vaqt tarjimadan dam olmoqchiman. Shu orada kino va seriallar haqida blog ochaman. O'ylab qarasam, bu borada kitoblardan ham ko'proq fikr-mulohazalar va tavsiyalar yoza olarkanman.

Bu g'oya haqida o'ylashni boshlaganimda, nomini "Kinosomelye" qilaman deb yurgandim. Somelye — bu vino bo'yicha ekspert, vino ta'mlarining farqiga boradigan odam. Kino borasida somelyechilik qilaman-da deb yurgandim. Lekin bugun nom borasida ozgina bosh qotirgandim, ancha-muncha variantlar o'ylab topdim. Tanlashga yordamlashvorasizlar endi.

Umuman bunday blog ochish ideyasi haqida nima deysizlar? Bosamizmi?

@Bookerberg

Bookerberg

11 Nov, 12:34


"200 frank — foizi bilan" hikoyasi

Parij atroflaridagi Matyuren-Sen-Jak nomli loy ko'chaning oxirida besh qavatli uy bor. Uning chordog'i ostidagi boloxonada novchadan kelgan, qiyiq ko'zli, jingalaksoch yigit ijarada turar edi. Ertalab u qo'lidagi g'ijimlangan qog'oz papka bilan Orlean gersogining devonxonasiga shoshildi. Yigit devonxonada ish yurituvchi bo'lib ishlayotgan edi. Uning tor paltosining tirsaklari, shimining tizzalari yaltirab turardi. Yigit shundoq ko'zga tashlanib, jilolanib turgan joylariga siyoh surtib olgan. Orlean gersogi devonxonasida siyoh haddan oshiq ko'p edi. Yigit juda yomon ovqatlanardi: uning odatiy tushligi piyoz va suv qo'shilgan sharobdan iborat (Fransiyada sifatsiz vino kerosindan ham arzonroq). U piyozni yomon ko'rardi, lekin sharobga yo'q demasdi.

U yashaydigan uyning ro'parasida kichik bir traktir (kichkina restoran) bor edi. Eshik tepasida yetilgan qovoqning kattaligicha keladigan qarag'ay g'uddasi (shishka) osilgan. Bu joy aynan shunday atalardi — "Qarag'ay g'uddasi". Vaqti-vaqti bilan yigit shu yerga kelib qovurilgan kartoshka iforidan bahramand bo'lib, turib qolardi. Keyin traktir xo'jayiniga qarab:

— Menga shundan o'rab bering...
— Lekin siz shundoq ham menga 40 frank qarzsiz! — dedi qizishib Jirardo amaki.
— Xo'p, ozgina sabr qiling, — ta'kidladi yigit, — yaqinda men boyib ketaman va sizni saxiyligingizga yarasha taqdirlayman.

Oxiri yigit o'z boloxonasiga qovurilgan kartoshka bilan qaytdi. Uning Jirardo amakidan qarzlari borgan sayin oshib boraverdi.

Kunlardan bir kuni, qiyiq ko'zli, jingalaksoch, novcha yigit g'oyib bo'ldi. U yashayotgan xonaga xuddi shunday kiyingan boshqa bir yigit joylashdi. (Davomi)

To'liq hikoya: telegra.ph/200-frank--foizi-bilan-hikoyasi-12-21

Sergey Dovlatov hikoyasi

Bookerberg tarjima qildi.

Bookerberg

05 Nov, 07:10


Qachondir kimgadir "minimalizm"ni o'rgataman desam — ishonmanglar, aldayotgan bo'laman.

@Bookerberg

Bookerberg

05 Nov, 07:07


Xo'sh... 1-skrindagisi "Saved Messages". Bu yerdan men asosan ish uchun foydalanaman. Kanallarimga postlarni shu yerda tayyorlayman, keyin ulashaman. Yoki kimgadir nimadir yuborishim kerak yoki o'zimga qaysidir fayl kerak — avval shu yerga tashlayman. Xullas, qisqa vaqtli xotira vazifasini o'taydi.

2-skrinshot — faqat va faqat elektron kitoblar tashlanadigan joy. U yerda mendan bo'lak hech kim yo'q. Lekin o'zimga kerak yoki qiziqarli kitoblarni shu yerga tashlab qo'yaman. Umrim davomida bularning hech bo'lmasa 10% ini ham o'qib tugata olmasam kerak.

3-skrinshot — longrid maqolalar, keyinroq o'qiyman yoki ko'raman deb tashlab qo'yiladigan narsalar makoni. Xullas, hamma narsa bor — kasha.

Oxirgi paytlarda qandaydir qiziqarli kanallarga a'zo bo'lmoqchi bo'lsam, "a'zo bo'lolmaysan, 1000 ta kanal bo'ldi, bittasidan chiqib ket" degan yozuv chiqadigan bo'lgan. Keyin biror eski, yillab hech narsa chiqmayotgan kanalni tark etaman. Xullas, Telegram men uchun cheksiz ma'lumotlar lentasi va bazasiga aylanib qolgan. Shunday ekan, mana bu uchta skrindagi makon borgan sari "shishib" boraveradi.

XXI asrda hayot — bu cheksiz ma'lumotlar to'lqinida yashash demakdir.

@Bookerberg

Bookerberg

05 Nov, 06:48


Sizlardayam har doim qiziqarli va foydali narsalar (linklar, longridlar, elektron kitoblar, videolar va h.k) tashlab boriladigan, ammo keyin hech qachon ochib qaralmaydigan yopiq (shaxsiy) kanal bormi?))

@Bookerberg

Bookerberg

04 Nov, 04:04


Tez kunlarda "Non-Fiction" loyihasining navbatdagi sonlarini suratga olishni boshlaymiz.

Sizningcha, loyihaning keyingi sonlari qaysi kitoblar haqida bo'ladi va qaysi kitoblarni ushbu loyihada ko'rishni istardingiz?

"Non-Fiction" loyihasining oldingi sonlarini hali ham tomosha qilmagan bo'lsangiz, hozir buning ayni vaqti:

https://youtube.com/playlist?list=PL-0oq3XOAVMMapS1T3clK4EJKHVMVQgnM&si=oKloMNLjkWBiqit3

@Bookerberg

Bookerberg

03 Nov, 03:55


"Atrof to‘la ahmoqlar" Tomas Erikson

Boshqalar bilan munosabatga kirishar ekanmiz har qancha xushxulq bo‘lsak ham qachondir biron muammoga duch kelamiz. O‘shanda sizga kimdir aqlli, kimdirlar esa g‘irt ahmoq bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bir kishi o‘z yaqinlari, tanishlari bilan boshqacha bo‘lgani holda, ko‘chada va ishda umuman boshqa odamga aylanadi. Durustgina do‘stingiz bittasi bilan urushib qolganida haqiqiy lavaga aylanishi, boshqasi esa har qanday tushunmovchilikni chetlab o‘tishi mumkin. Bir paytda boshlangan ishlar turli kishilarda turfa natija bilan boshqa vaqtlarda tugaydi. Odamlar boshqa-boshqa xarakterli bo‘lsa-da, bir-biriga o‘xshash yoki judayam har-xildirlar.

Xo‘sh bunday vaziyatda qanday yo‘l tutmoq mumkin? Atrof to‘la ahmoqlar qurshovida jon saqlasa bo‘ladimi? Kitob bizga ayni mana shu muammolar haqida gapirib beradi. Odamlar nima uchun o'zlarini har xil tutishi, siz o‘zingiz bilan o‘xshash fikrlmagan yoki boshqacha qadam bosgan odamni g‘irt ahmoq deb o‘ylashingiz sababini ochiqlaydi. Bu narsa kishilarning biron muomma bilan kesishishida yoki stresli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishida ko‘rinadi.

Masalan, shunday tanishingiz alabatta bor: butun dunyodagi yangiliklardan xabardor, kim qachon tug‘ulgan, kimning mushugi qanday ovqat yeydi, oylik qachon tushadi-yu, ob-havo ma‘lumotlarining qanday bo‘lishigacha biladi. Boshqasi esa judayam qiziqqon: va‘dangizni vaqtida bajarmasangiz, ishingizda imillaydigan bo‘lsangiz boshingizdan do‘l yog‘diradi. Biri esa judayam indamas va pismiq: ichida olov yonib tursa ham, o‘zini xotirjam va beparvo tutadi. Yoningizda e'tiroz qilmasa-da, siz ketgandan keyin g‘iybat qilishni xush ko‘radi. Kimdir esa barcha jarayonni yaxshilab kuzatib turadi: biron chalkashlik chiqarsangiz xatoyingizni faktlar bilan ispodlaydi. Yoki judayam tartibsiz va haddan ortiq toza stollar ko‘p narsani bildirish imkoniyatiga ega.

Bu holatlar odamlarning ahmoq yoki aqlli ekanligini uchun emas, shunchaki ularning turli temperamentlarga oidligi sabab yuz beradi. Muallif bu xarakter tiplarini ranglarga bo‘lib chiqqan. Hamma qaysidir rangga kirishi yoki ularning kombinatsiyasidan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Kitobni o‘qigan kishi yuqoridagi savollarga bemalol javob topa oladi. O‘zidagi kamchiliklar, yutuqlar, atrofdagi insonlar haqida yanayam ko‘p narsani bilib oladi. Kishilar bilan munosabati, ularni tushunishi yanayam yaxshilanadi. Biron vaziyatda turfa xarakter tiplariga mos ravishda qaror qilishni o'rganadi.

Kitob bir qarashda oddiy ma‘lumotlar bilan yozilgan bo‘lsa ham, muallif judayam qiziqarli uslub qo'llagan. Yumorga boy sarlavhalar, gaplarni o‘qirkansiz to'xtalish yoki biron zerikish paydo bo‘lmaydi. Har bir bo‘lim va rang uchun ajratilgan bir xil sahifalar, keltirilgan hayotiy misollar mutolaaga yanayam zavq bag‘shlaydi.
Oxirgi marta qachon maza qilib kitob o‘qiganim yodimda yo‘q payt qarshimdan chiqqan bu topilma mutolaaga qayta, shu bilan birga katta shavq bilan qaytishimga sabab bo‘ldi. (Hech qayoqqa ketmagan bo‘lsam-da) Tavsiya uchun Ilhom Salimovga katta rahmat.
Kitob yaqinda YAA nashriyotidan chiqdi. Dizayn, sifat, o‘qilishga qulay shrifti judayam ajoyib. Tarjimon: Nazarbek Nazarovga tashakkurlarim. O‘qib chiqishingizni qattiq tavsiya qilaman.

@quyoshtaraflarda

Bookerberg

02 Nov, 15:01


Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar

📚 Adabiy, ijodiy:
• Adabiy jarayonlar
• Barchasi kitoblar haqida
• Boburshoh va Napoleon
• Bookerberg
• Bu kitobni olaman
• Zamira O‘zturk kanali

Ilmiy, tarixiy:
• Bemaqsad qaydlar qabristoni
• Dialekt va dialektologiya
• Eng sara faktlar
• Eski savollar
• Statistikalar va foydali raqamlar
• Tarix va tahlil
• Valkiriya qizlari
• Oʻzbek tili xazinasi

🌎 Hayotiy, ijtimoiy:
• Hammasi hayot haqida
• Siyosiy va harbiy yangiliklar

👉 Barcha kanallarga ulanish uchun

Bookerberg

02 Nov, 03:50


Farzandli bo'lgach, insonning hayotida ko'p narsa o'zgararkan...

Boshida hayotingiz o'zgarib ketganini o'zingiz ham payqamay qolarkansiz. Keyin-keyin, biroz o'zingizga kela boshlagandan so'ng, uyqusiz tunlar ta'siridami, bolangizni qattiq yaxshi ko'rganingizdanmi, o'zingizni esdan og'ayotgandek his qilasiz.

Farzandimiz tug'ilgach, o'zim tug'ilgan shaharga, ota-onamni yoniga qaytishimiz — so'nggi paytlarda men qabul qilgan eng yaxshi qaror ekanligiga ko'p bor ishonch hosil qilayapman. Toshkentda ham pul topib, ham bolaga g'amxo'rlik qilish qiyin bo'lgan bo'lar edi. Aytishingizlar mumkin, farzandli bo'lib, ham pul topib, ham bolaga qarayotganlar bitta sen emas deb. Lekin baribir o'z farzandingizga sizni katta qilgan insonlar bilan birga g'amxo'rlik ko'rsatish — to'g'ri qaror. G'odak bunday sharoitda ham ona-otasidan, ham buvisi-bobosi va amaksidan mehr oladi. Buni yana bir yaxshi tomoni — sizda kelajak haqida yaxshilab o'ylash, rejalar tuzish uchun fursat ham bo'lar ekan.

Sizga aytsam, farzand — eng kuchli motivator ham ekan. Hozir endi rejalarimni ancha uzoq muddatga tuzadigan, kengroq fikrlaydigan insonga aylanib borayotganimni his qilayapman. Shu go'dakkina uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishingiz kerakligini his qilgan holda, oldin o'ylab ko'rmagan ishlarni variant sifatida ko'rib chiqa boshlar ekansiz.

Menimcha ko'pchilik muvaffaqiyatli tadbirkorlar ham o'z ishini farzandli bo'lgandan keyin boshlagan. Xullas, o'zimni go'yoki hayotim hali endi boshlanayotgandek his qilayapman.

@Bookerberg

Bookerberg

01 Nov, 15:01


Vaqti-vaqti bilan miyani oziqlantirish uchun kitob o'qib turish kerak. Yaxshi kitoblarni topa olish uchun esa bookblogerlarni kuzatish kerak.

Eng saralanagan kanallarga bittada a'zo bo'lish uchun ushbu tugmani bosing.

Bookerberg

01 Nov, 13:45


Do'stlar, kim qanday kitob o'qiyapti?
Va oxirgi o'qigan kitobingiz qaysi bo'ldi?

@Bookerberg

Bookerberg

01 Nov, 04:54


Galaktika bo'ylab sayohat

Ba'zi shunday shedevr asarlar borki, bularning haligacha nega o'zbek tiliga o'girilmaganiga hayron qolasiz...

Yaqinda shunday asarlardan biri — Duglas Adamsning "Hitchhiker's Guide to the Galaxy" asarini o'qidim. Asar nomini o'zbek tiliga "Avtostopchilar uchun galaktika bo'yicha qo'llanma" deb tarjima qilish mumkin. Bu asar g'arbda juda mashhur, xorijlik kitobxonlarning kosmos, o'zga sayyoraliklar mavzusiga bo'lgan qiziqishi pikka chiqa boshlagan davrlar — 70-yillarda yozilgan.

Asar menga juda yoqdi. Syujet ham, undagi tasvirlar ham, olib chiqilgan savollar ham juda qiziq. Voqealar rivoji Yerda, asosiy qahramon Artur Dentning uyini buzish sahnasidan boshlanadi. Arturning uyi joylashgan hududda yangi yo'l o'tishi rejalashtirilgan edi. U esa bunga qarshilik ko'rsatib, buldozerlar oldiga yotib oladi. Buni qarangki, ayni shu damda galaktikaning qaysidir burchagidan Yer sayyorasini "buzib tashlash" uchun galaktika bo'ylab sayyoralarni tekislash buyrug'ini amalga oshiruvchi o'zga sayyoralik irq (vogonlar) uchib kelishadi. Mana sizga ironiya. (Asarni o'qib muallifning yumor hissiga baho berishingiz mumkin).

15 yildan beri odamlar orasida bildirmasdan yashab yurgan, ammo o'zi boshqa sayyoradan bo'lgan Ford Prefekt Artur Dentning do'sti edi va uning hayotini saqlab qoladi. Bir lahzada Yer yo'q qilinadi. Artur esa omon qolgan yagona yerlikka aylanadi.

Ana shu joyidan Arturning galaktika bo'ylab sayohati boshlanadi. Bir necha soat oldin Yerdan boshqa sayyoralarda hayot bor-yo'qligidan xabari bo'lmagan odamning birdan kosmik kemaga tushib qolishini tasavvur qiling... Bo'ldi, boshqa spoyler qilmayman)) O'zi bu joylari ham spoyler emas, asosiy voqealar rivoji shu joyidan boshlanadi.

Xo'sh, kitob nomida nega "qo'llanma" ya'ni "guide" deyilgan? Sababi, bu kitobda shunday bir qurilma tilga olinganki, u ko'rinishdan biz bilgan elektron kitoblarga yoki planshetlarga o'xshab ketadi, u kitob Galaktika haqidagi haqiqiy qo'llanma bo'lib, minglab olamlar, galaktikalar, irqlar, mavjudotlar... xullas, misli ko'rilmagan narsalar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Artur shu qo'llanma orqali juda ko'p narsalarni bilib oladi.

Duglas Adams "Hitchhiker's Guide to the Galaxy"ni dastlab radioserial ko'rinishida yaratgan. Bu aslida bitta kitob emas, shu nom ostidagi 5 ta kitobdan iborat seriya. Ha, men hozircha faqat birinchi kitobni o'qib tugatdim. Keyingisini ham o'qimoqchiman.

Kitob rus tiliga "Автостопом по Галактике" nomi ostida tarjima qilingan. Agar rus yoki ingliz tilini bilsangiz, o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Balki hali yaqin kelajakda o'zbek tiliga ham tarjima qilib qolishar. Darvoqe, asar asosida film ham suratga olingan ekan. Lekin film qanaqa chiqqani haqida bilmayman.

@Bookerberg

Bookerberg

31 Oct, 04:21


Ertaga noyabr. Vaqt juda tez o'tayapti, yil ham oxirlab qoldi...

Yil yakuniga yetayotgani sayin xayolimizda yil sarhisobini qila boshlaymiz. Xohlaymizmi, yo'qmi, ongsiz ravishda shunday qilamiz. Go'yoki barchamiz "muvaffaqiyat" deb ataladigan tizimga dasturlashtirilganmiz va hamma muvaffaqiyatli bo'lishi shartdek.

Bizning zamonda biror narsaga erishmasdan shunchaki hayot kechirishning "to'lovi" juda og'ir. Shuning uchun hammamiz yil boshida rejalar tuzamiz, nimagadir erishishni maqsad qilamiz... Yil oxirida esa hafsalamiz pir bo'ladi.

Bu gaplarim bilan o'z oldingizga ulkan maqsadlar qo'ymang yoki muvaffaqiyat haqida orzu qilmang demoqchi emasman. Aytmoqchimanki, yil oxirigacha erishilmagan muvaffaqiyat yoki maqsad bizning o'zimiz haqimizdagi fikrimizni, munosabatimizni shakllantirishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak.

O'ylaganlaringiz bu yil amalga oshmadimi — o'zingizni koyimang, o'zingizga ishonchingizni yo'qotmang. Orzu-maqsadlaringiz — azob-uqubatlaringiz manbaiga aylanmasin.

P.S. Blogimga anchadan beri hech narsa qoralamay qo'ygandim. Endi sekin-sekin yana faollashmoqchiman.

@Bookerberg

Bookerberg

27 Oct, 17:40


​​#eŋpanj

YANGI SAV

"Bookblogerlar jamiyati" a'zolari tomonidan tarjima qilingan eng yaxshi besh asar:

Anna Dostoyevskaya - "Xotiralar". Anna Dostoyevskaya bu asarda o‘z hayoti, oilasi va mashhur zavjasi Fyodor Dostoyevskiy bilan bog‘liq xotirotlarini biz bilan bo‘lishadi. U oilaviy, shaxsiy identitet va Dostoyevskiy merosining ta'siri kabi mavzularni yoritadi. Asar o‘zbek tiliga Nodirabegim Ibrohimova tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon rus, ingliz tillaridan shu paytga qadar Roal Dalning "Mehribon va bahaybat dev", Uinston Grumning "Forrest Gamp" va Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" singari o‘nga yaqin kitoblarni o‘zbek kitobxoniga taqdim etgan.

Sara Jio - "Londondan muhabbat ila". Roman sevgi, umid va o‘tmish bilan bog‘liq hikoyalarni o‘rganadi, Londonda joylashgan va turli qahramonlarning hayotlari orqali o‘zaro aloqalarini va ulardagi hissiyotlarni tasvirlaydi. Asar o‘zbek tiliga Ilhom Salimov tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon turk tilidan shu paytga qadar Bahodir Yenishehiro‘g‘lining "Antikvarchi", Asli Sanjarning "Haram" va Zulfu Livanelining "Baliqchi va o‘g‘li" singari yigirmadan ortiq kitoblarni o‘zbek kitobxoniga taqdim etgan.

Nassim Taleb - "Qora oqqush". Kitob kutilmagan voqealar va ularning hayotimizdagi ta'siri haqida. Unda "qora oqqush" atamasi kutilmagan, ammo katta ta'sir ko‘rsatadigan hodisalarni anglatadi.Taleb, bunday hodisalar insoniyat tarixida qanday o‘zgarishlar keltirib chiqarishini va ularga tayyorgarlik ko‘rishning qiyinligini tahlil qiladi. Asar o‘zbek tiliga Nazarbek Nazarov tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon rus, ingliz tillaridan asarlarni o‘zbek tiliga jeviradi, yaqinda Tomas Eriksonning "Atrof to‘la ahmoqlar" kitobini o‘zbek kitobxoniga taqdim etdi.

Tomas Eliot - "Bepusht zamin". XX asr adabiyotining eng muhim va ta'sirchan asarlaridan biridir. Ushbu she'riy asar insoniyatning ma'naviy inqirozi, urush va qashshoqlikdan keyingi hayot, shuningdek, zamonaviy jamiyatdagi ma'nosizlik va iztirob haqida chuqur fikrlarni o‘z ichiga oladi. Asar o‘zbek tiliga Mirzohid Muzaffar tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon ingliz, turk, ispan va rus tillaridan asarlarni o‘zbek tiliga jeviradi, yaqinda Madlen Millerning "Kirka" va Pol Osterning "Nyu-York trilogiyasi" kitoblarini o‘zbek kitobxoniga taqdim etdi.

Jubron Halil Jubron - "Devona". Kitob inson ruhining chuqur qatlamlarini, erkinlik va sevgi izlanishlarini ifodalaydi. Ushbu asarda Jubron, devona obrazida, jamiyatning odatiy qoidalari va cheklovlariga qarshi chiqadi. Unda hayotning ma'nosi, sevgi, ijod va insonning o‘z-o‘zini anglash jarayonlari haqida chuqur mulohazalar bilan to‘la. Asar o‘zbek tiliga Shohrux Usmonov tomonidan tarjima qilingan. Tarjimon ingliz, rus, xitoy tillaridan asarlarni o‘zbek tiliga jeviradi, yaqinda Roal Dalning "Mo‘jizaviy barmoq" va Harper Lining "Tasbeh daraxti soyasida" kitoblarini o‘zbek kitobxonlariga taqdim etishi kutilmoqda.

Xo‘sh siz bu asarlarni o‘qiganmisiz, bookblogerlarning tarjimonlik mahoratini qanday baholaysiz, ulardan qanday tarjima asarlarni kutmoqdasiz, sizga qaysi tarjima va tarjimon ko‘proq yoqadi, o‘z fikr, hamda munosabatlaringizni bildirishingiz mumkin. Hurmat va ehtirom ila S.N.K

🕊/🌚/🏆/❤️/🎃

Bookerberg

27 Oct, 12:18


#finished

"Atrof to‘la ahmoqlar" kitobi yaxshi ma’noda xavfli ekan. Uni o‘qib tugatgach odamlar, voqealar ko‘zimga to‘rt rangda ko‘rinadigan bo‘lib qoldi. Kitobni hali o‘qimaganlarga tushunarli bo‘lishi uchun aytib o‘tamanki, qizil, sariq, yashil va ko‘k ranglar orqali insonlarning to‘rt asosiy shaxsiy xususiyatlarini aniqlash va ularning har xil muloqot qilish usullarini tahlil qilishga qaratilgan.

Kitobning asosiy maqsadi – insonlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni kamaytirish va samarali muloqotni rivojlantirish hisoblanadi. Bu kitobni o‘qib chiqqan odamda shaxslararo munosabatlar va jamoada samaradorlik ortishiga ishonaman. Chunki unda atrofimizdagilar bizdan farq qilishi ularning ahmoq emasliklarini tushuntiradi.

Kitobda keltirilgan to‘rt rang haqida qisqacha:

1. Qizil (Dominant): Ushbu turdagi shaxslar kuchli, maqsadli va rahbarlikka intilishadi. Ular tez qaror qabul qiladi va boshqalardan ham tez harakat qilishni talab qiladi.

2. Sariq (Ijtimoiy): Bu guruh vakillari ochiq va ijodkor bo‘lib, boshqalar bilan yaxshi muloqot qilishadi. Ular o‘z g‘oyalari bilan boshqalarga ta’sir o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi va motivatsiya qilishda mahoratlidirlar.

3. Yashil (Tinchliksevar): Bu shaxslar tinch, qo‘llab-quvvatlovchi va sabrli bo‘lib, mojarolardan qochishga intiladi. Ular o‘zlarining his-tuyg‘ularini boshqalardan yashirishadi va barqarorlikka qattiq rioya qilishadi.

4. Ko‘k (Analitik): Ushbu guruh odamlari ehtiyotkor, aniqlikka katta e’tibor beradi va vazifalarni puxta rejalashtirishadi. Ular tartib-intizomni sevadi va qaror qabul qilishdan oldin barcha tafsilotlarni o‘rganishni afzal ko‘radi.

Tomas Eriksonning "Atrof to‘la ahmoqlar" asari o‘quvchilariga insonlarni qanday tushunishni va ularning xulq-atvorlariga mos ravishda muloqot qilish kerakligini o‘rgatadi. Eriksonning bu kitobi, shaxsiy va professional hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun muloqot strategiyasini yaxshilashga yordam beradi.

To‘g‘ri yondashuv va odamlarni tushunishga asoslangan muloqot insonlar orasidagi tushunmovchiliklarni kamaytiradi, natijada hayotda va ishda muvaffaqiyatli bo‘lish imkonini beradi, deydi muallif. Kitobning eng katta yutuqlaridan biri – zamonaviy dunyoda introvertlar ko‘payib borayotgan davrda turli odamlar bilan samarali aloqa o‘rnatishni o‘rgatishidir.

Ushbu kitobni o‘qigandan keyin odamlar ko‘zingizga to‘rt xil rangda ko‘rinishni boshlaydigan "xavfni" aytmaganda kitobdan o‘rganadiganlaringiz bisyor bo‘ladi. Chiroyli tarjima va pishiq matn uchun kitob tarjimoni, do‘stim Nazarbekka katta rahmat. Shuningdek, dizayndagi nafislik uchun Decemberga tashakkurlar.

🕊Telegram 📱Instagram

Bookerberg

22 Oct, 14:57


Ko'rgazma qoldirilibdi va hozircha qaysi sanaga ko'chirilgani noma'lum.

@Bookerberg

Bookerberg

21 Oct, 10:08


Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Bookerberg

20 Oct, 12:28


​​Tomas Erikson – "Atrof toʻla ahmoqlar"

Kimdir darsga, tadbirga, uchrashuvlarga vaqtida va hatto koʻpincha vaqtidan avval keladi. Kimdir esa mudom kechikadi. Uchrashuv belgilangan vaqtda u tayyorgarlikni boshlaydi. Har qancha kechiksa ham bunga parvo qilmaydi, buni ayb sifatida koʻrmaydi. Vaqtida keladiganlar kechikadiganlarni ahmoq deb hisoblashadi.

Kimdir yetakchilikni yaxshi koʻradi. Har qanaqa masalada masʼuliyatni zimmasiga oladi. Qaror qabul qilishdan oldin uzoq oʻylab oʻtirmaydi. Kimdir esa bir qarorga kelguncha oʻzini ham, boshqalarni ham ezib yuboradi. Barcha ehtimoliy oqibatlarni hisoblab chiqadi. Hali yoʻq muammolarni xayolan boshdan kechirib, depressiyaga tushadi hatto. Tez qaror qabul qiluvchi liderlar imillaydiganlarni ahmoq deb hisoblashadi.

Kimdir har doim davraning guli boʻladi. U hammani ogʻziga qaratishni xush koʻradi. Latifalar aytadi, hayotidan misollar keltiradi. Suhbatdoshiga bu qiziqmi yoki yoʻqligi haqida oʻylab ham koʻrmaydi. Kimdir esa tinglashni yaxshi koʻradi. Koʻpchilik orasida iloji boʻricha koʻrinmaslikni maʼqul koʻradi. Davraning guli boʻladiganlar bunday odamovilarni ahmoq deb hisoblashadi.

Xullas, biz yashar ekanmiz, hayotimiz davomida oʻzimizga oʻxshamagan koʻplab odamlarni uchratamiz. Baʼzilarning gap-soʻzi, xatti-harakati gʻashimizga tegadi. Tan olmasakda, oʻzimizdan boshqalarni ahmoq deb hisoblashga moyilmiz. Nimadir masalada fikri yoki tutumi boshqachami, demak u ovsar. Tamom!

Tomas Erikson odamlarning turfaligini temperamentlariga bogʻlaydi. Shartli ravishda ularni qizil, sariq, yashil va koʻk guruhlarga boʻladi. Har bir guruhnig oʻziga xos jihatlarini sodda va qiziqarli shaklda sanab oʻtadiki, undan oʻzingizni osongina topasiz. Shunda nega kimdir kechikib kelishi, kimdir koʻp gapirishi, kimdir juda injiqligi, kimdir esa boqibegʻamligining sabablarini tushuna boshlaysiz.

Darhaqiqat, odam odamga oʻxshamaydi. Qarshimizdagi inson ahmoq emas, shunchaki tabiati boshqacha. Biznikidan farqli. Bu kitob oʻzimizni, odamlarni tushunishimizda yordam beradi. Xatti-harakatlarning mohiyatini, sabablarini tushuntiradi. Turfa tipdagi odamlar bilan murosa qilishni oʻrgatadi.

Misollar asosan kasbiy faoliyatga qaratilgan. Muayyan tashkilotda ishlar risoladagidek ketishi uchun u yerda turfa tiplar boʻlishi va har biri oʻziga mos lavozimga tayinlanishi juda muhim. Bu kitobni maʼlum bir ishxonadagi barcha xodimlar bir vaqtda oʻqib chiqishsa juda foydali boʻladi deb oʻylayman. Bu ishxonadagi tushunmovchiliklarni ancha kamaytiradi. Oʻzaro munosabatlarni yaxshilaydi. Oʻz-oʻzidan ish samaradorligi ham oshadi.

@salimov_blogi

Bookerberg

07 Oct, 12:40


"Atrof to'la ahmoqlar"ni o'qiganingizdan keyin...

@Bookerberg

Bookerberg

07 Oct, 11:33


Tashkent Book Fest 2024

23-24-25-oktabr kunlari Toshkent shahridagi O'zEkspoMarkazda an'anaviy "Tashkent Book Fest" kitoblar ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

@Bookerberg

Bookerberg

05 Oct, 10:12


Fedyani "Qimorboz" asarini o'qishim kerak degan xulosaga keldim shu satrlarni o'qib.

O'qiganlar bormi?

@Bookerberg

Bookerberg

05 Oct, 10:02


"Bugun ertalab bizda 20 tilla tanga (zolotie) bor edi bu juda kam, lekin na chora, bir amallaymiz.

Fedya uydan chiqib ketdi, men esa uyda qoldim. Ko'p o'tmay u uyga keldi, 5 tillani yutqizib qo'yganini aytib, yana 5 tilla so'radi. Men berdim, 10 ta qoldi. U chiqib ketdi va bu 5 tani ham yutqazib qo'ydi. Yana 5 tasini olib ketdi-da, qaytib kelib ularni ham yutqazganini aytdi va bitta tilla berishimni so'radi. Bizda 4 ta tilla tanga qoldi. Fedya chiqib ketdi, lekin chorak soat o'tgach qaytib keldi, bitta tilla uzoqqa yetarmidi. Biz juda g'amgin holda tushlik qilishga o'tirdik. Tushlik vaqtidan keyin men pochtaga ketdim, Fedya esa yana 3 tangani olib yana o'ynashga ketdi. Faqat bitta tanga qoldi.

Men alleyada yurib, uni uzoq kutdim, u kelavermadi. Oxiri keldi va bularni ham yutqazganini aytib, hoziroq buyumlarimni tikishga ruxsat berishimni so'radi".

Anna Dostoyevskaya kundaligidan

@Bookerberg

Bookerberg

04 Oct, 17:40


Keyingi safar savol-javobli tanlov qilsam, ballar tizimini bunday qilmayman endi. Qiynalib ketdi odam ballarni hisoblayman deb. Uch marta tekshirib chiqishga to'g'ri keldi hisob-kitoblarni.

Shunday tanlovlarni tez-tez uyushtirib turardim-u, lekin shu o'tkazib bo'lgandan keyin kimdir tushkun, kimdir xafa bo'lgani kayfiyatni tushiradi. Kimdir menga "pretenziya bildiradi" demoqchi emasman. Shunchaki, "ehh, o'xshamadi, omadsizman" degan odamlarni ko'rib, o'zimniyam kayfiyatim tushadi. Qani hammaga kitob sovg'a qila olsam.

Agar yutuqqa kitob qo'yib, keyinroq yana tanlov qilsam — qaysi usulni qo'llaganimiz ma'qul. Sizlarga qay biri yoqdi?

@Bookerberg

Bookerberg

04 Oct, 17:18


Qizig'i, mana shu savolga atigi bir kishi to'g'ri javob berdi. Lekin, afsuski, bu ishtirokchi faqatgina shu savolga javob yo'llagan va boshqa savollarda qatnashmagan.

@Bookerberg

Bookerberg

04 Oct, 17:16


Xo'sh, do'stlar, natijalarni e'lon qilaman. Faqat eng kuchlilarni, ya'ni eng ko'p ball to'plaganlarning nomlarini yozib qoldiraman. Lekin g'olib bitta:

Bugungi tanlovimizda eng ko'p ballni Dildora Rustamova to'pladi va bugungi o'yinimizda g'olib bo'ldi. Tabriklaymiz!

1. Dildora Rustamova — 6,1 ball
2. Jasur Maksudov — 5,4 ball
3. Saodat Abdurahmonova — 5,2 ball

Shuningdek, boshqa ishtirokchilarga ham bugungi quizda qatnashgani uchun minatdorchilik bildirib qolaman. Bugungi o'yindan keyin xulosa qildimki, keyingi tanlovlar uchun bemalol qiyin savollar tuzsam bo'laverarkan. Ko'p savollarga ko'pchilik to'g'ri javob bera oldi va qaysidir ma'noda hammasini tezlik hal qildi. Barchaga rahmat!

@Bookerberg

Bookerberg

04 Oct, 16:25


Barchaga ishtirok uchun rahmat! Tahminan yarim soat ichida natijalarni hisoblab chiqib, e'lon qilaman.

O'zimcha hisob-kitob qilishning yangicha usulini o'ylab topib, o'z boshimga bosh og'riq olib keldim shekilli. Xabarlar juda ko'p. Hammasini ko'rib chiqaman. Tanlov vaqtida o'zimga har bir savolga to'g'ri javobni yozgan birinchi uch kishining ismlarini yozib olib o'tirdim. Endi hisoblash kerak. Sabr)

10-savolning javobini 5 daqiqadan so'ng shu yerdan ko'rasizlar.

@Bookerberg

Bookerberg

04 Oct, 16:22


12-savolning javobi: Nazarbek Nazarov

Gap Tomas Eriksonning "Atrof to'la ahmoqlar" kitobi haqida ketayotgan edi. Tarjimonni esa yaxshi taniysiz. Va umid qilamanki, uning kanalini kuzatishda davom etasiz.

Tanlovimizda qatnashganingiz uchun rahmat. Birozdan so'ng natijalar e'lon qilinadi.

Bookerberg

04 Oct, 16:21


12-savol. Odamlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan mashhur kitoblardan birida muallif insonlarni to‘rt guruhga bo‘lib, har birini ma’lum bir rang ifodalaydi. Gap qaysi kitob haqida ketayotganini bilgan bo'lsangiz, siz menga ushbu kitobni o'zbek tiliga tarjima qilgan insonning ism-familiyasini yozib bering.

Bookerberg

04 Oct, 16:20


11-savolning javobi: "Uch tana masalasi", Lyu Sitzin

Lyu Sitzinning "Uch tana masalasi" nomli ilmiy-fantastik asarida "san-ti" nomli o'zga sayyoraliklar irqi haqida gap boradi. Ushbu asarning xitoycha versiyasi ham aynan shunday nomlanadi.

Bookerberg

04 Oct, 16:19


11-savol. Ushbu asarning original nomi "San-Ti" bo'lib, "san ti" bu ushbu asarda keltirilgan o'zga sayyoraliklar irqining nomlanishi hisoblanadi. Ammo biz bu asarni boshqa nom bilan taniymiz. Oramizda ushbu asar asosida suratga olingan serialni tomosha qilganlar ham bo'lsa ajab emas. Siz menga ushbu asar nomini yozib bering.

Bookerberg

04 Oct, 16:19


10-savolning javobi: "Yura davri bog‘i".

Yozuvchi Maykl Krayton. Qizcha hayvonot bog‘ida Dinozavrni topolmagan edi.

Bookerberg

04 Oct, 16:17


10-savol. Yozuvchining aytishicha bu asarini yozishiga qizalog'i sababchi bo'ladi. U qizi bilan hayvonot bog'ini aylanib yurganida qizchasi nuqul "qani u" , deb so'rab harhasha qilaverishi yozuvchini ilhomlantiradi va uni mashhur qilgan asar dunyoga keladi.

Diqqat savol: Qizaloq hayvonot bog'idan nimani topa olmaganini emas, yozuvchini mashhur qilgan asarni toping.

Bookerberg

04 Oct, 16:16


9-savolning javobi: Samuel Bekket

Bekketning "Godoni kutib" asari bosh qahramonlari Vladimir va Estragon bir joyda uchrashishadi va Godoni kuta boshlashadi.

Bookerberg

04 Oct, 16:15


9-savol. "Daryo.uz" saytida bir asarga atab chiqarilgan bu illustratsiyada ikki bosh qahramoni Vladimir va Estragonni ko‘rishingiz mumkin. Siz esa menga asar muallifini yozib bering.

Bookerberg

04 Oct, 16:15


8-savolning javobi: "Dunyoning ishlari", O'tkir Hoshimov

Bookerberg

04 Oct, 16:14


8-savol. 1981-yilda chop etilgan ushbu qissa oʻziga xos katta-kichik novellalardan iborat. Asar oxirida berilgan novella aslida birinchi yozilgan boʻlib muallifning dard-u alamlari va armonlari tasvirlangan. Said Ahmad asarni qissa emas, doston deb atashni tavsiya etgandi.

Bookerberg

04 Oct, 16:13


7-savolning javobi: Chak Palanik.

Uning "Jang klubi" asarida ham mushtlashuvdan keyin hech kim jarohatlarga e'tibor bermasdi. Ushbu asar haqidagi g'oyani adib o'z hayotida ro'y bergan mazkur voqeadan olgan.

Bookerberg

04 Oct, 16:12


7-savol. Kunlarning birida kaltaklanganidan so'ng ishga qaytgan ushbu adibning jarohatlariga hech kim e'tibor bermaydi va faqat "dam olish kuningiz qanday o'tdi" deb so'rashadi xolos. Savol: Ushbu adibning ism-familiyasini yozib bering.