"Cho'kib ketgan tiriklar" @ch_k_t Channel on Telegram

"Cho'kib ketgan tiriklar"

@ch_k_t


Ular shu yo'ldan yurdilar garchi xohish bo'lmasa...

Cho'kib ketgan tiriklar (Uzbek)

Telegram kanalimiz "Cho'kib ketgan tiriklar" - bu yerdagi har bir matn sizni g'ayritabiiy dunyoga olib bora oladi. Ular shu yo'ldan yurdilar garchi xohish bo'lmasa, ammo bu maqola sizni o'ylab turib qo'yadi. Kanalimizda sizga qiziqarli faktlar, qiziqarli voqealar, yangi g'oyalar va boshqalar haqida ma'lumotlar topishingiz mumkin. Bu kanal sizning ma'lumotlar bazangizni kengaytirishi va yangi narsalarni o'rganishingizga yordam berishi uchun mo'ljallangan. "Cho'kib ketgan tiriklar" kanalimizga obuna bo'ling va hayotda hech qachon bilmagan narsalarni o'rganishning qiziqarli yo'lini boshlang!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

31 Dec, 06:35


Hammasini tugatish uchun qanday ajoyib sana...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

31 Dec, 01:06


O'pkang o'zingniki, o'zingdan o'pkalamaydi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

30 Dec, 12:10


​​Osmon yaqin kelar yanada yaqin
sog'inchim ismingni aytadi asta
bulutlar ko'ksidan yo'llaysan chaqin
chaqinni chaqiriq bilar jon – xasta.

Qaqragan ko'zimga quyasan yomg'ir
yulduzing yuzimga chizar tabbassum
faqat sen bilasan qanchalik og'ir
faqat sen bilasan – hammasi ma'lum.

Yashagim kelyapti o'zim uchunmas
hayot sharbatingdan ozgina ichir
o'zimni sira ham kechirgim kelmas
kechirsang yakunda sen meni kechir...

© Boxodirov Izzatillo
#BI14

- @dil_intiq

"Cho'kib ketgan tiriklar"

30 Dec, 07:20


Ming martta o'zimni yangiladim va har safar qolgan joyidan avvalgidek davom etaverdi...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

30 Dec, 07:18


Lekin uzoq tanaffus kerak. Bahorgacha... Uxlasang-u, bahorda uyg'onsang.

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

30 Dec, 06:54


Fikr makaronga o'xshaydi. Uni pishirish kerak, ilm esa suv. Ilmiy fikr qaynagan makaron demakdir. U sinmaydi... Xom fikr bilan qarsillab ketgandan sukut yaxshiroq. Bo'shliqlaring to'q bo'lishini tilayman...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 18:00


Qachondir har bir kunim ishtirok etgan hayot kitobimni o'qib, hammasini eslab o'tirishga vaqt olishni xohlayman...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 18:00


Sevgilim,
qaragin
bu hayot –
qayg'umiz ustiga qurilgan.
Dardlarning devori mustahkam
rejasi mukammal tuzilgan.
Yoshingni ichadi par yostiq
uzoqda darddoshing –
sog'indim
nigohim nuridan cho'chigan
chiqmagan ko'zyoshing –
sog'indim.
Sevgilim,
ko'naqol –
bu hayot
bizlarga bermaydi baxtlarin
kutmasdan boraylik ularga
ketkazmay yolg'onchi vaqtlarin...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 17:58


Qachondir baribir uchamiz... Qo'nishni o'ylamay, qo'l ushlashib...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 17:56


Baribir parvozga berishmaydi shekilli, xayollardan ham cheklanib qolsa ajablanmang!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 16:55


Odamlar o'ziga olam qurarkan
yurarkan, yurarkan, uzoq yurarkan
odamlar o'ziga olam qurarkan...

Bulutdan qurarkan ba'zilar
osmonga osarkan olamin
yig'lasa yomg'irni kutarkan
yashirib ko'zdagi dil g'amin...

Oyog'iga olamin bog'lab
suvlarga cho'karkan ba'zilar
cho'kkan bir kemaga in qurib
gapirmay yasharkan ba'zilar...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 16:46


#

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 16:39


2024-yilga berilgan bardosh oxirlab qoldi, shunga g'alati kunlar menimcha... Yil sanasi bilan bardosh solingan qop ham yangilanadi va yana chidashda davom etamiz.

So'ramang, qachon chidashdan yashashga o'tamiz bilmayman. Bilsam aytardim, allaqachon...

Bardoshingizga baraka!

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 08:24


​​Mudrayman. 
Etimda junjikib bekor,
Hayot toleimning izlar yo‘lini.
Siz kirib kelasiz xonaga. 
Bahor
Qishga tuhfa etar bitta gulini.

Kiftingizni quchib...
Quchog‘ingiz bo‘sh,
Dildirab turasiz.
Kulib turasiz.
Nozu ishvalarga sug‘orilgan tush,
Taqdirin davomin kutayotgan qiz.

Sochingiz sollanar,
Yeldan o‘tganmi,
Hali yo‘q visolga aytar tashakkur. 
Ko‘zingizga yulduz cho‘kib ketganmi,
Qora dengiz uzra chayqaladi nur. 

So‘ng savol berasiz.
Buzilar sukut,
Buzilar ko‘ngilda orziqqan hislar.
Dilni yondirguvchi izhorlar unut,
Faqat she’r so‘raydi hozirgi qizlar. 

Aytmoqchi siz qizmas, 
gulsiz ochilgan -
Ifori dimog‘ni erkalaguvchi.
Har bir nuqtangizga olov sochilgan,
Qo‘llarim ayni dam ninachi-duvchi. 

Gulin menga bergan bechora bahor,
Nozik kiprigingiz uchida yongan. 
Siz haddan ziyoda go‘zalsiz, kibor
Tuyg‘ularning olov to‘shida yongan...

...Olovgul avjlanar uchqunlar otib,
Parvona bo‘laman tegarasida.
Chala qolgan tushday she’r boqar qotib,
Savobu gunohning chegarasida.

© Bahodir Bahrom

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

29 Dec, 08:17


Ushbu qo'shiqni Tsyurix yo Jyeneva mayli, hech qursa Bazel ko'chalarida eshitish uchun shu yerda qoldirmoqchiman...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

28 Dec, 18:27


Xotira, la'nati xotira.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

28 Dec, 18:27


Tegmasang yaralar bitadi...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

28 Dec, 18:24


​​Dil...

1
har kim o'z ismini yoqtirgani kabi
ey dil
buncha xushlamasang yod etishimni
sen ko'ksimga siqqaning kabi
men ham bir tiqilinch avtobusda
dimiqib ketyapman
sendan farqli o'laroq
bu temir qutida uzoq qolmayman
ishon axir tushiboq
xat yozaman senga
hol so'rayman
toki yolg'iz ekanmiz
mening ko'krak qafasim kabi
avtobus ham vaqtinchalik qamoq
ey dil erkimiz yaqin
faqat chida

2
etaging bariga ilashtirib
bir harir faslimni
sen ketding

faqat dil qoldi

© Rafiq O‘zturk

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

28 Dec, 18:20


Yolg'ondan "yaxshi yozasan" deb turing. Yozib-yozib yaxshi yozar... Yozganida dardi yozilar...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

28 Dec, 18:16


"Yaxshi yozasan", demay qo'yishdi, yaxshi yozishimga ishonganim uchun hali hamon yozmoqdaman. Balki o'zimni aldab...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 18:36


Fast food'lar, gazli ichimliklar va shakarsiz o'tkazgan yilim tugashiga oz qoldi... Keyingi yil bu ro'yhat davom etadi va yana ba'zi sheriklar qo'shiladi.

Yashasa bo'larkan...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 18:33


Menimcha hammamiz o'zimizni o'ldirish uchun yashaymiz. Farqi esa kimdir buni birdaniga, kimdir tezlashtirib, kimdir o'z vaqtida sodir bo'lishini xohlaydi...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 18:31


Bolalik deganda hammani ham yaxshi xotiralar qurshab olmaydi...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 18:22


Xotira sindirilib sochilsa va o'sha joydan eng kerakli bitta qismni olish imkoni berilsa men sen bor qismini olaman.

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 18:19


Ortga qaramaydigan vaqtlar keladi. Qancha xohlama, faqat oldinga qarab yurishga majbursan.

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 18:17


​​Bu g‘arib dahrda uchrashsak yana,
Yo‘llaring oxiri chopsa ko‘zima,
Ashklaring nahridan kechib o‘tmasam,
O‘ksima.

Darz ketgan kosada may ichib tursam,
Sanasang,  qovurg‘am biri bo‘lsa kam.
Qarasang,  jismimda kam bo‘lsam men ham,
Ichikma.

Ko‘zlarim kadardan kiyinsa kafan,
Puflasang, qaqnuslar chiqmasa kuldan,
Kuyug‘ ko‘kayima kuldon qidirib,
Kuyunma.

Qushlarsiz uyaday ezg‘inlik hokim
umrima sochsa gar umidlar hokin,
Qayta butlamoqqa haddimiz yetmas,
Yig‘inma.

Ikkimiz bir dunda ikki yon ketsak,
Qismat kishanida gar tanho ketsak,
Joning omon bo‘lsin, faqat bu jonga
Ko‘nikma.

Joning omon bo‘lgur,  mensiz bu jonga,
Ko‘nikma...

iyun 2019

©Najmiddin Ermatov

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 10:12


Mayli, o'zim boshlayman.

"Cho'kib ketgan tiriklar" kanali uchun 2024-yil natijalari ekan...

O'tgan yilgi ko'rsatkichlar bilan solishtirdim. Yurakcha bosishda oqsaganimiz biroz xafa qildi. 11mingta kamroq yurakcha bu yil uchun... Qolgan joylarda sezilarli o'sish.

Endi bemalol 2024-yilda chkt'ga yangi qo'shilganlarni ham eskilar safiga qo'shishimiz mumkin.

O'tgan yili "izohlar soni pasayishi mumkin" degan ekanman, gapligicha qolibdi... O'zbekmanda :)

Kunlik 10ta post limitidan pastlabmiz... Shaxsan o'zim kutgandim buni.

2025-yil uchun hech qanday va'da yo'q. Keling, birgalikda vaqti kelganida bilib olaylik...

Fursatdan foydalanib, @ch_k_t jamoasi bilan birga ekanligingizdan xursandligimizni sizga bildirmoqchimiz!

Hammangizga rahmat va hammangizga omad!

Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz, qalbi bor odamlar...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

27 Dec, 09:49


Atrofda repperlar ko'p.
Radius 21 esa oramizda yo'q!

Usmon Azim esa hammaga ham yozib bermaydi menimcha, Shahriyor Album7 topshiringlar...

Shunchaki ruhga qo'yib bersangiz so'z kuchi sizni uxlatadi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

26 Dec, 17:27


Men bu dunyoda faqat bitta odamdan xafa bo'lishim, uni so'kishim, undan ming marta voz kechib, yana ming marta qabul qilishim mumkin...

Unga juda kam erkinlik beraman – tasavvurda, xayolda, umid va orzuda.

Unga kam vaqt beraman – osmonda uchishiga, varoqqa yozishiga, asosiysi sog'inishiga...

U bo'ynidan zanjirlangan. Kamiga zanjir bilan zindon ichida. Xushim kelsa aylantirgani olib chiqaman, rahmim kelsa ovqat beraman. Uxlamasa urib uxlataman. Tush ko'rsa "yolg'on", ko'ngli sezsa "xato" deyman!

Va meni bu dunyo eng ojiz ko'rgan ham shu! Yig'laganimda yupatgan ham kulganimda yig'latgan ham.

Men uni qachondir ozod qilaman! U allaqachon tayyor, men esa uni yo'qotishga o'zimni hech tarbiyalolmadim. Ozginasi kam ikki muchal vaqt...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

26 Dec, 17:20


Bir kun oldinga yurishdan to'xtab, hammasidan zavq olishga o'tish kerak baribir...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

26 Dec, 17:00


​​Bir

Qismat bir qilibdi ikki xillikni
senga shashka yoqar, menga-chi shaxmat
sen poylab kutasan bitta xatoni
senga qatl yoqar, menga-chi shafqat.

Qayerdan bir bo'ldik, qaydanam birmiz
sochingdan tirnog'ing qadar qop-qora
oqligim ko'zingni qamashtiradi
qoraga bo'yaysan meni yolvora.

Tushingni aytasan tunda uyg'otib,
tushsizlik tilanib uxlaganimda
o'qimay tashlaysan xatimni otib
ustimdan kulasan yig'laganimda.

Stolim ustiga kelib oqsuyak,
varoqlar chertasan qora barmoqla
vujuding yonishni istasa yondir
alamlar yonsin deb she'rlarni yoqma.

Eshitgim keladi ba'zan Shopenni
Shopen tugul sen meni sevmaysan
so'ng o'chirib qo'yasan Betxovenni
afsuski, Betxoven it deb o'ylaysan...

dekabr 2024

© Boxodirov Izzatillo
#BI14

- @dil_intiq

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 18:56


Сердце его теперь в твоих руках, -
Не потеряй его и не сломай.

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 18:55


Men ham o'zimcha bir aqllimanda, indamay o'tkazib yuboraveringlar...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 18:53


Bu dunyoni tugatib bo'lmaydi, nahotki haligacha buni tushunib yetmading? Tugab qolishingni istamayman, shu sabab dunyoni tugatish fikringdan qayt!

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 18:50


Ba'zan qanday bo'lsa shunday qoldirish, umuman o'zgartirmaslikni tushunib yetasiz, o'sha xatolar bilan yanada chiroyli, yanada go'zal. O'shanday qoldirasiz!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 18:35


Zo'r-a, hamma o'ladi!...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 18:34


https://telegra.ph/Xotira-12-25-3

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Dec, 06:05


​​Yillar shunday kechar,
Sokin va notinch.
Yillar nimadandir bezovta.
Faqat o‘tib borar hammasi beiz.
Faqat uchrashmadik sen bilan qayta.

…Qaragim keladi o‘tgan kunlarga,
Xotiralar dilda uyg‘otib shafqat.
Faqat qarolmayman, qarasam agar,
Judoliklar ko‘rinar faqat…

Sen tashrif buyurib bizning yoqlarga.
Qaro ko‘zlariigga oshiq etibsan.
Faqat Diydoringga to‘ymadim seni,
Daryo bo‘lib oqib ketibsan!..

© Farhod Arziyev

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Dec, 18:58


Yana uxlaysan, unutgansan, o'ylamay...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Dec, 18:55


Osmonda birorta bulut yo'q
yulduzlar eng yorqin bu kecha...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 15:26


Duo)

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:56


Ruhimni tiklab olishim zarur!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:51


Bu safar kutish yoki ketish haqida yozmay xayrlashaman. O'zingizni asrab turing, kelgunimcha... Kelmasam, abadiy asrang o'zingizni...

Men shuni aytaman xolos – o'zingizni asrang!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:46


Qora bulut

Ko'z oldimga qora bulutlar to'plangandek. Yarimigacha ko'rmayapman. Huddi, Tom va Jerridagi haligi uy bekasi borku, huddi o'shanday ekranim. Qop-qora bulutlar har lahzamga ta'sir qilyapti, salbiy...

Ishda, o'qishda, yozishda... Sheriklarimdan ranjidim. Bunday mahal qo'llab-quvvatlashni unutishdi. Yutuqlar ila nur sochganimda esa, o'zlaridan g'ururlanishgandi... Eslarida yo'q! Ortiq nimadir kutishim ham xato.

Hayot - o'yin. O'yinga esa jamoadosh kerak. Jamoadoshing qanchalik kuchli bo'lsa, senga shunchalik oson bo'ladi... Kuchsizlandingmi? Tamom. Joyni bo'shat.

Hayot - beshafqat o'yin. Unda qora bulut, chil-chil bo'lib yog'ib tugashini kutish yomon oqibatlarga olib keladi. Demak, ular boshqasini tanlasa xafa bo'lma, ranjima.

Qora bulutlar... Yog'adilar. To'kiladilar. Zero, bulut o'tkinchi, quyosh esa - abadiydir...

Nur sochishga qaytganingda esa ularni unutma! Qanday ketishganini esla! Qanday tashlab ketishganini esga ol! Esla. Tamom.

Mening qora bulutlarim ham boshqacha, benazir... Yaltiroq qop-qorasidan. Ulardan ham "ular"dan ham xafa emasman. Bo'lishi kerak ekan, bo'ldi-bo'lyapti. Ko'naman. Kuch beradi yengib o'taman...

Quyoshdek porlash vaqtimni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.

@ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:45


​​​​Reanitmasiya eshigi tagida

Umidsizlikni ko'rganmisiz? Ilojsizlikni-chi? Cho'kayotgan odamni bir has-cho'pga osilayotganini ko'rgandirsiz? Xullas kecha:

"Reanimatsiya eshigi tagida o'zim ko'rgan voqealar"...

"Umr" deb chuqur xo'rsinish bilan boshlar ekanman, kechagi kunni eslasam shunchaki daxshatga tushaman, hayron qolaman, ham yig'lagim, ham kulgim keladi.

Xullas, ne sabab bo'ldiki, (uncha qiziqmas) yashash joyim tez tibbiy yordam binosining reanimatsiya bo'limi eshigi tagida kutib qoldim. Shunchaki daxshat. Oyoqlarim shunaqangi azob berganidan o'tirishga joy topolmay juda qiynalardim. Hamma o'rindiqlar band. Ikki o'rindiq birlashib, divanga aylangan holatlarni ko'rib, biroz xafa bo'lgandek bo'ldim-u, chuqurroq tahlil qildim, ularga ham osonmasligini va hech kimni bunday tunab qolishlikka duchor qilmasligini so'radim. Hafsalamni pir qilgan joyi esa, o'sha "o'rindiq" tagidagi tarvuz-qovunlar edi.

Nihoyat men kutgan doktor chiqdi. Ketidan esa ichki ishlar xodimi. Aloqa ratsiyasidagi ovoz eshik tagidagi hammani chalg'itdi. Bir zumga sukunat cho'kdi. Men kutgan doktor, kuttirib qo'ygani sababini avtoavariya bilan ifodalab, yana kutib turishim kerakligini tushuntirdi. Avtoavariya o'lim bilan yakun topganini aytdi. Men hamon qiziqqon ekanman, "qanday o'libdi" dedim. Yuz qismi deyarli qolmaganini eshitgach, atrofdan uning yaqinlarini qidira boshladim.

Atrof o'rindiqlari masofasi uncha uzoqmas, sinchkov bo'lib tinglansa hammani eshitsa bo'ladi. Archani tagida esa kimdir telefonda gaplashayotganini ko'rdim. Tingladim. Qandaydir ism ketidan "akani berib qo'ydik" dedi, bir amaki. Xotirjamlik va sovuqqonlik bilan. Qo'lida sigaret. Ichki ishlar xodimlaridan yana bir uning oldida keldi. Maxsus libosda emasdi. Qo'lida bloknot. Ertaga ekspertizadan jasadni qanday olib ketishlarini muhokama qilishdi. Xo'rsinib qo'ydim, negadir. Damasda borish, yoki kattaroq yuk mashinasida, yengil mashinami degan savolni berdi sovuqqon aka. O'ylanib qoldim. Ular katta ehtimol marhumning qo'shnilari, katta ehtimol. "Yakun"... dedim. Va...

Va birdan xayolimni boshqa suhbat o'ziga qaratdi:

- Qara uchrashdingmi? Borib gapir! Shartta-shartta!
- Axir, amma.
- Nima amma? Nima? Qachongacha yurmoqchisan.

So'ng pichirlashishlar. Anglab olsa bo'ladi. Ular – sovchilar... Shu vaqtda reanimatsiyadan chiroyli hamshira qiz chiqdi. Ammasi ishora qildi. Yigit esa jim... Kulgim keldi. Qiz ish bilan chiqdi. Tez qaytdi. Sovchilar ham o'rindiqqa mixlangancha qolishdi.

Hayot shunaqa, kimdir o'ladi, kimdir kuladi. Sen o'lgan vaqtda, kimdir juftlashish taradudida bo'ladi. Yoki qo'shni bo'limda kimdir tug'iladi. Seni jasadingni qay mashinada olib kelishlarini muhokama qilishsa, kimdir "zags"ga qaysi mashinada chiqishni xayol qiladi. Hayot qiziq. Judayam qiziq.

Men esa doktorni kutishdan charchab, kecha joylangan – "Biz", she'rini dastlabki to'rt qatorini, ovozimni chiqarib qayta-qayta aytib, davom ettirdim. Telefonimga yozish bilan bir qatorda. She'r kelsa iloji yo'q, joy tanlamay uni ushlab qolish kerak. Takror-takror aytib, barmoqlarim bilan bo'g'inlarni joylashtirayotib, shunday o'grilsam bittasi turibdi-yu... Menga anqaygancha hayron qarab qoldi... Umrida she'r eshitmagan bo'lsa kerak.

So'ngra o'ylaganim o'sha o'rindiq tagidagi tarvuz-qovunlar bo'ldi. Marhumning uyiga qaytish mashinasi ham tanlangandir. Ammasidan motivatsiya olgan jiyan, go'zal hamshira bilan uchrashgandir, balki yaqinda to'ylari bo'lar. O'rindiqlar joyiga qaytgandir, reanimatsiyadan o'shalar kutib yotgan bemorlar chiqqandir. Tarvuz-qovunlar yeyilgandir. Haligi meni she'r yozayotganimni jonli guvohiga, she'rim chindan yoqib qolgandir... Balki...

Turfa xillikka cho'mib, shularni yozdim. Yana ikki o'rindiq suhbatini yozgim kelmadi. Yozishga hech nima yo'qligidan noliyotgan o'zimni koyidim. Yozishga har doim detallar bor. Atrof harakatda. Faqat kuzatmoq kerak xolos. Faqat ozroq xo'rsinish kerak. Ozgina xolos. Men xo'rsinishga, kuzatishga, tinashga erinib qolayotganimni sezdim. O'sha kutish katta dars bo'ldi.

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:42


​​Kutish haqida

Yer bag'rlaganman-u, yakunni kutyapman. Maysalar igna emas. Mayin maysalar, erkalab meni o'zlariga chorladilar. Men ularga bag'rimni berdim. Qulochimda to'rt tomon ufqini his qilish bilan birga, yer meni o'ziga tortayotganini sezyapman. Yakunni kutyapman.

Hammasi oddiy. Ular men bilan ketishi shart. Ketadi ham. Kutganim yakun xolos. Bilasizmi, siz kimdirni ayblashdan avval u bo'lib qolishingiz mumkinligi haqida hech o'ylaganmisiz? G'alati.

Biz tahminlar ustiga qurilgan tuhmatlar ichida yashashdan tiyilmasligimiz g'alati. Maysalar esa zabonsiz, tilsiz. Ular meni shitirlashlari ila siypalaydilar xolos. Meni allalaydilar. Yakun ham keladi. Qaysidir kun uxlagan tunimda. Balki uyg'oqligimda. Yakunni kutaman. Yakunni!

Maysalar esa oddiy, yashillik hayot, men hayotda yakunlanishni istayman xolos. Maysada sokin. Churq demay va churqni yozib qoldirib...

Hammasi yaxshi bo'ladi. Bormasak ham keladiganlari borligi uchun. Yaxshiyam o'zi kelar nimadir-nimadirlar bor.

Hammaga rahmat! E'tibor uchun.
Yurakchalar kutib, hurmat ila #BI14

va albatta "Cho'kib ketgan tiriklar" ijodiy jamoasi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:41


​​Kutish haqida

Hech kimsa yo'q, o'z yashash uying tomiga chiqib, ichingda nimadirlar bilan ezilib o'tirish, mash'um kechalarni-yu, uzun tunlarni yengish choralarini faqat o'tib-o'tib ketgan eng avval boshidagi baxtli kunlarning, ko'p ehtimol boshqa qaytmas jilosidan qidirishingdan ma'no ko'rinmaydi. Kutganing esa eng avval boshida o'tib ketgan serjilo kunlar-u, yog'duga boy bo'lgan yulduzli tunlar...

Oyning o'z dardi bor deysan, unga aytmaysan. Yulduz tanlaysan ishonishga ko'plik qiladi yulduzlar... Quyosh senga faqat kuch beradi. Yomg'irlar seni ichingni yumshatadi, so'zlaringni cheklaydi... Kutganing esa ichingdagilarni ko'tarib, ularni o'zinikidek tinglaydigan bittasi xolos. Hayvon, jism, inson farqi qolmaydi. O'shanda ham topolmaysan... Kutganing sodir bo'lmaydi.

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:38


​​Charsillagan yomg‘irli tunlar,
daraxtlarga ilingan osmon.
Sochlaringdek qora quyunlar
talpinadi derazang tomon.

Ehtirosning qaynoq nafasi
choyshabingni tashlaydi otib,
bir bandaning parishon aksi
derazangda turar sovqotib.

U sochlardir ko‘ksingda yongan,
mening bag‘rim yomg‘irlar aro.
U niqobdir siynangda yotgan –
men emasman, men – baxtiqaro.

Men – huv ana: tanho, parishon.
Telbalarcha yig‘lagim kelar.
Daraxtlarga ilingan osmon
va charsillab yog‘ar yomg‘irlar...

© Asqar Mahkam

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:32


Va tushunasan, hayot sen bilan sodda yo'lni aniq to'sib qo'ygan... Sodda yo'l – katta hayot tuzog'i!

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:31


Lekin endi u chalkashliklar bolalikdagidek emas...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 14:30


Ba'zi chalkashliklarni to'g'irlash yo'li bo'lishi kerak, qayerdadir...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 10:05


Dunyosining bag'rin o'yib,
Onajon sizni topsaydim...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 04:18


Kasalxonada hamma tenglashadi, bolalimi, qariyami, yoki yosh farqi yo'q! Kasalxonada hamma tenglashadi. Avtobus, metro boshqa masala.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 04:15


To'g'ri ovqatlanish bilan navbat kutish o'zbeklarni chetlab o'tgan...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

20 Nov, 04:14


Kutish – yomon. Yoqimsiz joylarda kutish undanda yomon...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:31


Kiyimingdan chiqqan ipni tishlab tortib, kun haqida o'ylab, ipni tugamayotganidan ajablanib uyg'onasan, kech bo'ladi. Kiyimingga taqdirning kemtigi ko'chadi...

Ertaga ikki kemtik bilan navbatdagi kun bilan jangga chiqasan! Aslida jang uchun emas, kemtiklarni yamash uchun kunlar beriladi. Balki pullar ham.

Uxlasang, 99% bilan bo'lmasa 50% bilan...

Yamoq solingan yoki solinadigan hammasini go'zallashtir, bir tekisda bo'lmaydi ammo eplasa bo'ladi!

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:26


Sababsiz va bildirmay rasmga olib, to'plam qilib, berkitib, sog'inganda ko'rib yuradigan odaming ham yo'q, alam.

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:24


Kemaga tushganni joni bir deb kemadagi qutqaruv qayig'iga o'tqazib, boshqa yo'l ko'rsatishdi, xarita ham ularda...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:19


Sizlarniyam bezdirib yuborgandirman-a? Nima qilay, harflarim faqat yig'laydi. Yuzim, ko'zim emas faqat shu yozganlarim...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:16


O'shanda ulgursam ham u ikki enlik o'kinchni, 20ta chiziqli, tekis taxlangan yakandozlarning 14-chizig'iga berkitib ketsam kerak...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:14


Bir varoqqa ikki enli narsa yozib ketishga ulgurganing – baxt!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:12


Mundarijangga nima yozasan?

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:10


Qo'rq!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:09


​​Ketish bor

Dunyodan ketish-ku haqiqat, ammo
Biror bir g‘alvani boshlab ketish bor.
Birovga qo‘lingni uzatgancha, yo
Birovning qo‘lini ushlab ketish bor.

Tovonda bossalar gulday dilingni,
Berkitib qo‘yishsa hamma yo‘lingni,
Ichkariga qarab tortgan tilingni
Tishing orasida tishlab ketish bor.

Ezilib ketasan o‘zingga qarab,
Yuvinsang, to‘kilgan sochingni sanab,
Xijolat chekmagin, izlama sabab,
Biror bahonani peshlab ketish bor.

Dunyo omonatdir, tiriklik sayr,
Sendan ham baxtsizni ko‘rgan bu dayr.
Sevganingga kulib aytgancha xayr,
Burilib, ko‘zingni yoshlab ketish bor.

Tolmading yo‘limga yolg‘onni qalab,
To‘ymading ilonning yog‘ini yalab.
Sevgilim, ko‘p narsa qilmayman talab –
Bir qarab ko‘ngilni xushlab ketish bor.

Ayrilsak, orqaga qarab qo‘yish yo‘q,
Ko‘rishsak keyin, hol so‘rab qo‘yish yo‘q,
Umrni iziga burab qo‘yish yo‘q,
Bir kuni barini tashlab ketish bor.

14.09.2008

© Jo‘rabek Ramazon

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:04


Yaxshi tarbiyalanib, kuchli shug'ullangan ruh ham sinarkan...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 17:03


Yo'l oxirida ko'rinayotgan yorug'lik o'chdi. Menimcha bu tunnel berk...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

19 Nov, 14:22


Hammada telefon. Odamga o'xshab gaplashmay ham qo'ydik...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

18 Nov, 18:55


Odam avvalo tushuna bilishi kerak. Qolgani yo'l-yo'lakay. Hayot, umuman tiriklik bir tempda ketavermaydi. Bir temp yoki tempsizlik – o'lim. Tiriklikning o'zagi esa o'zgarishdir... Yurak urishi chiziqlari kabi – baland-past, baland-past.

Yoziqlari yoqqan kimdir, kun kelib to'xtaydi, balki yoqimsiz yoziqlar yozishi mumkin. Rangsizlashar, yozishni unutar, balki tashlar. Har holatda uni tushunmoq shart!

Tark etishning ham o'z fursati, o'rni bor. Qolmoqning ham. Aytayotganim esa har xolda, har kimni tushunmoq formulasi:

Siz u emassiz, uni bilmaysiz! Shu sababli tahmin qilmaysiz, tushungansiz shu sabab.

U yoki ular ham shunaqa. Ular siz emas. Siz ham ularni tushunishga majbursiz. Eng kamida befarq bo'lishga imkoniyatingiz bor!

Hayot kimdirga bog'lanib qolishga judayam kattalik qiladi! Hayotni tushuning! Odamlarni ham. Ketish degani butun umrga deganimas, oz-oz keting. Qisqa-qisqa keting! Qayting yoki keling demayman, bora olsin muhimi! Rahmat.

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

18 Nov, 17:49


Hech kuzatganmisiz, Oy ikki tomondan kichrayib ketadi, to'lganidan keyin. Bir to'lishda bu tomonidan kichraysa, bir to'lishida u tomonidan. Shunchaki aytdimda...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

18 Nov, 17:42


Mozaikamni kim yasayotgan bo'lsa ham tezroq ikki ko'zimni o'rnatsin. Haliyam odamlarni asl basharasini ko'rolmayapman. Hozirgi bu ko'zlar tabiat ko'rish uchun shekilli...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

18 Nov, 17:33


Kuzgi bog‘lar kabi yuribman behol,
Ko‘rkin ko‘z-ko‘z qilib sollanar zamin.
Xudojon, tilimga o‘chmas cho‘g‘lar sol,
Xalqim qalbidagi olov bo‘layin.

Menam bir ko‘ngilman, dardi davosiz,
Menam bir yuragi yarimtalardan.
Ko‘ksim uzra ko‘kka chopar sadosiz,
She’rdan gullayotgan bir parcha vatan.

Xudoyim, shu elning nazari baxtdir,
Mehrga o‘rab ber, aytmishlarimni.
Endi bugunimga qaytmog‘im shartdir,
Ertakka aylantir o‘tmishlarimni.

© Baxtiniso Mahmudova

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

18 Nov, 17:28


Tashqarimda kechirib qo'yaveraman, qalbim kechirmaydi!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 18:24


Bizdan oldingilar kutib-kutib, o'lib-o'lib ketishdi... Biz ko'rib qolaylik, shu o'lgur futbol bo'yicha jahon chempionatini.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 09:29


Qayg'ur!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 09:29


Hech kim qayg'urmaydi!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 09:29


Bemminnat narsalar qolmagan bir vaqtda kimdir issiqroq kiyinishing haqida koshki gapirsa...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 09:24


Oyoqlardan sovuq o'tadigan vaqtlar keldi. Issiq kiyininglar. Men sovuqqotdim...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 03:31


​​Tashna

Bugun ko‘rishaylik,
Yomg‘irni qara!
Suvga bo‘kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko‘ngil – tashrifinga,
Yo‘q dema faqat.

Bugun ko‘rishaylik, xiyobonni qo‘y,
Soyabon ko‘tarib yurish ham mahol.
Yo‘qsul peshonamda g‘aribgina uy,
Unga ikki olam sig‘ar bemalol.

Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xo‘mray taqiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga termulib.

Bugun ko‘rishaylik, ikkilanma hech,
Urunma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo‘lga tush – avtolar sotqin.
Nozik badaningga chippa yopishgan
jiqqa ho‘l libosda ko‘zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay,
Yomg‘irda ivigan qaro sochlaring
uchidan chakillab tomgancha sharbat
dildirab uyga kir,
Dood, iforingdan,
Shilq etib yiqilay, sarxushu sarmast.

Kel, hozir ko‘ksimning ichi to‘la ganj,
Yor, uni, yor! Uni,
Yorug‘ nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg‘ir to‘xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.

Bugun ko‘rishaylik,
Yo‘q dema faqat...

© Jontemir

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 00:42


Ruhing uyqusi uchun she'r o'qi!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 00:41


​​Asli haq gap – biz dunyoga sig‘indi,
Go‘yo dunyo bizga qarshi yig‘ildi,
Boshimizga shuncha g‘avg‘o yog‘ildi,
Xudo bizni sinayotir, do‘stijon!

Ezg‘in-ezg‘in yuraklarda qotar qon,
Yoshga to‘lib yostig‘imda otar tong,
Mayli aybli bo‘laylik biz, yetar, jon,
Xudo bizni sinayotir, do‘stijon!

Bolam desam, otam menga kuyadir,
Men bolamni, onam meni suyadir,
Hayot shudir: umr tetapoyadir,
Xudo bizni sinayotir, do‘stijon!

Shukur, hali so‘ngan emas taftimiz,
Chidab-chidab yashamoqlik ahdimiz,
Biz o‘lganda qutularmi juftimiz?!
Xudo bizni sinayotir, do‘stijon!

Mayli, loyiq ko‘rishsinlar jazoga,
Kimni suysa, dard solarmish aroga,
Qoldirmayin bizni baxti qaroga,
Xudo bizni sevayotir, do‘stijon!

Bordir axir aytganimiz Xudoga!
Xudo bizni sevayotir, do‘stijon!

© A’zam Obid

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

14 Nov, 00:40


Uzun yo'lga tushib olganmiz, ketayapmiz hozircha oxiri yo'q...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 17:33


​​Ey siz, to‘yganlar,
Ey Siz, bashang olomon,
Yuzingizga sepaman so‘zlarimni...
Ha, hech narsa yo‘q menda, hech narsa.
Xotin — yo‘q,
Farzand — yo‘q,
Do‘st — yo‘q
Vatan — yo‘q.
Yo‘qotganlarimning alami-zahri,
Ko‘ksimdagi sanchiq olami,
She’riyatdan boshqa,
Hech narsa, hech narsa, hech narsa.

2007

© Rauf Parfi

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 17:30


Yozolmay qolganimga ancha bo'ldi, sudralib uzoq yuribman. Endi ketsam yo yil ketaman yoki butunlay.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 17:29


2x qilib umrimdan 2-3yil o'tkazib yuboray, qiziqish va qutqarilish sabab.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 17:22


Sen o'sha malina terayotgan qizmisan?

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 16:12


Sen har joyga borib qor ko'rishing mumkin, qadrdon xonang derazasidan ko'rinmasa, borib ko'rgan qorlaringni hammasi bekor...

Qamchiq to'la qor, uyga esa faqat loy yog'ar...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 16:10


Yog'masa yog'masin o'sha birinchi qor!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 16:08


Sevishganlar uchun eng chiroyli uy yurakdir...

© Qish sonatasi

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 16:08


Vodiyda "birinchi qor" degan hodisa yo'qolib, mavsum bo'yicha "bir dona qor"ga aylandi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 06:22


Boylarga ham pul kerakligini inobatga olsak, senga har vaqtda beminnat qarz beradigan odamning borligi juda ajoyib!

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

13 Nov, 06:21


Bir boshi berk ko'chaga kirib qolsang, olib chiqadigan odaming ham yo'q... Alam qiladi. Yoki o'sha odamga aylanolmagansan... Siqilasanmi? Siqilasan!

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 18:28


Rostini aytsam, qachondir o'lib ketish, bularning hammasi o'chib ketishi, yozolmay qolish... hammasi bir zumda sodir bo'lishi mumkin. Muhimi aytganimdek xotira va qalb! Bu dunyoda unutilmaslik uchun mavjudman xolos. Ertaga qaysidir meni eslatadigan kunda, mendan ozgina iqtibos ketsa, shu xolos orzu. Boshqa hech nima.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 18:18


Muhimi bu o'tkinchi tarmoqlar emas! Men qalbingizga ikki qator yozmoqchiman xolos. Unutilmaslikni xohlayman. Qolgan har narsaga kuyunishni bas qiling! Yuzakiroq his qiling... Ta'sirlanmang.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 18:16


Qayg'u va baxt orttirib olinadigan tuyg'ular emas. Mendan ko'pincha shu sabab nolishadi, tushkunlik ulashaman ekan ko'proq...

Hamma narsaga yuzaki qarashni o'rganinglar. Ertaga hammasi yo'q bo'lishi haqida o'ylanglar... Ta'sirchanlik mag'lubiyatning birinchi sababidir!

His-hayajon jarlikdan boshqasiga olib bormaydi!

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 18:12


Odamlar yashashga kuchni, fikrni, kulish va baxtni kitob yoki biror tarmoqdan topar ekan men buni qanday sodir qilishlariga tushunmadim yoki tasavvurim kichiklik qildi...

O'zingda yo'q – olamda yo'q!

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 14:07


​​Yolgʻizman, yolgʻizim...

Yolgʻizman, yolgʻizim, qoʻllagin,
Yo kel yo uyquni yoʻllagin.
Surmarang osmon bagʻrida
Oy suzar koʻnglimday yarimta.
Oʻylasam yuragim oʻynaydi,
Oʻynab oʻz holimga qoʻymaydi.
Kuylayman qoʻlimda sozim yoʻq,
Qoshimda sen qalam qoshim yoʻq.
Yoʻqdayman oʻylasam oʻzim ham,
Dunyoda sen borsan yaxshiyam...
Qorongʻi osmon bagʻrida
Oy suzar koʻnglimday yarimta.
Qoʻrqaman bir oʻzim kechasi,
Ey, pushtipanohim kelsang-chi...
Sen, meni Allohim qoʻllagin,
Yo kel yo uyquni yoʻllagin.

© Cho'lpon

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 09:53


Meni tushun...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 09:51


​​​​Umid

Kuz ertasi. Namgarchilik,
Xazon biqsib, tutun taralar.
Oyoq osti — „chilip-chilip“,
Zirqiraydi eski yaralar…
Bor umringni o‘ylaysan qayta,
Nimadir yurakni ezadi.
Imoni sustroqlar mana shunday paytda
Yashashdan bezadi.
Ammo sen boq hayot dengiziga:
U o‘jarlik bilan qilar ishini.
Razm solsang, har dam o‘ziga
Ming-ming iplar bilan bog‘laydi seni.
Fasllar almashar, dolg‘alanar havo,
Qarg‘alar tovushi — qishning daragi.
Trotuarda
bukchaygan bir bobo
Yosh ko‘chat ko‘tarib o‘tib boradi.
Niholni avaylab mahkam ushlagan
Tomiri bo‘rtib chiqqan titroq qo‘llari
Xayolida balki olamni xushlagan
Bahor,
bodroq-bodroq o‘rik gullari.
Ko‘m-ko‘k shovullashi balki qulog‘ida,
Ko‘ksi bilan sezar soya-salqinin.
Sovutgisi kelar ko‘ngil bulog‘ida
Saratonning lov-lov yolqinin.
Boboning umrida ko‘p bo‘lgandir baxt,
Lekin baxt o‘tkinchi,
Umid — abadiy.
Keksa qo‘llardagi mana shu daraxt —
Ertaga kimningdir tolei kabi.
Boboning ko‘zida umid yaltirar,
Ko‘chatni ko‘tarib shoshib boradi.
Mahalla ustida hamon qaltirar
Bebosh bolalarning qog‘oz varragi...

© Asqad Muxtor

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

12 Nov, 09:39


Qayerdan bilasan, balki bu yaproqlar umridan rozi to'kilayotgandir, kulib va baxtli...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 18:43


​​​​Uzoq yig‘ladimmi bu kecha,
bilmam,
tunning qaro to‘ni tortib qoldi nam,
shu yo‘sin bafurja gaplashib oldik
sen bilan — yolg‘izim,
anisim,
erkam.

Nur sochdi tun bo‘yi shamchiroq gaplar;
bo‘lmadi sevgidan ko‘p yiroq gaplar,
yoki sevasanmi,
chinmi, degandek
ritorik so‘roq gaplar.

Majnun topgan kabi Laylini
behush edim,
aytdim ko‘ngil maylini:
poyingga yiqilsam kunda besh mahal,
chehrang sog‘inchidan chalg‘itmaydimi?

O‘zimga noayon,
senga ma’lumman,
nodonman,
zolimman,
qulman,
mazlumman...
shundoq yaratgansan,
netay,
bir umr
seni sevmoqqa mahkumman.

© Mansur Jumayev

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 18:24


Qachondir, eng oq portlagan bulutdan yerga mo'ralayman... Kimdir men qilgan orzularda yashayotgan bo'lishini va ko'zim uning shodligiga tushishini istardim...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 18:17


Orzular
yashashga undardi
sevishga
kulishga
yig'lashga
undardi...
Umid berardi,
sevgi,
ishonch,
kuch berardi
orzular...
Men ishonaman –
ular bor
haliyam
Ular hamon meniki
mavjud
ammo
orzu qilgan men yo'qman
orzularda,
orzularimda
o'shalarni vujudga keltirgan
men yo'q!

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 18:09


Qoshimdagi har musibat – jazo...
Nahot
men shunchalik gunohga botgan?
Nahot...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 15:12


Anglam yetishmaydi yaqinlarimga
to'kilib ketsam gar anglashar oxir
qanchalar charchoqqa yengilganimni
ko'zimdan o'qisa bo'lardi axir...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 15:02


Kelaverarkanman bu yerlardan ketish yechim emasligini allaqachon tushunib yetdim.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 15:01


Charchaganingni tinglaydiganlar juda charchagan... Aytmaysan.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 15:00


Hech kim qolmagan? Yo'q, hech kim bo'lmagan meni tushunadigan...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 12:45


#maktub

Salom. Yana men. Nomsiz barmog'im tirnog'i yonidan kesilib chiqib qolgan terimni tishim bilan yulib tashladim. Azobi seni eslatdi. Qonim hamon qizil, demakki hamon odamman nomiga bo'lsa ham. Sog'inganman, xiralashibdi qonim.

Ha, desa ayrilgan mavzudagi maktublar jonimga tegdi. Bunisi sog'inch, keyingisi visol bo'ladi. Ko'nib turgin, maylimi?

Sog'inch og'ir tuyg'u, buni bilmasang kerak. Bilmasliging ham yaxshi... Sog'inchni yomon tuyg'u deb atayman ko'p hollarda, ammo... Aslida sog'inch mavjudlik. Sendagi mavjud eng ajib hisning mavjudligini isbotlovchi oq tuyg'u. "Sog'indim" deb ayt! Maktubim eshitadi, ovozingni chiqarib ayt!

Yomg'ir-qor, qish-bahor, kuz-xazon sog'inchidek qalbimni bosding... Qalbimni bepayonlikka bir hafta tinimsiz yoqqan qordek qoplading. Izlaringdan isming yozding, yangi qorga. Keyin uning ustiga yomg'ir yog'di. Keyin esa sovuq. Isming o'shandan qotgan, qorda muzlab, qalbimda... O'yiq. O'yilgan, abadiy o'chmasa kerak. Har qalbimning titkilashim sog'inching. Mendan ketolmagan iforlaring shu maktubga berkingan bo'lsa aytishsin, qanchalik sog'inganimni...

Tirikligimiz ba'zan yomon. To tirik ekanmiz bu umid o'lgur, o'lmaydi... Ishon. Aslini olsak sevgi o'limdan ham kattaroq. Biz ulkan qilib, qurdik, yashamadik yoki na bir boshqasiga sotdik...

Maktubni mehrsiz yakunlamoqdaman. Chunki bu vido... Sog'inchli ayriliq. Har kun yakunida bo'lganidek bu dunyoning har bir epizodi – ayriliq. Topgani – yakun.

Qachongacha boshlanadi sirli... Faqat bir narsa aniq: sirli yakunim boricha senga yozmog'im! Qolgani hamon sir.


© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 11:42


O'zbek tilim va uning adabiyotini o'qiyotganim eng katta baxtim!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 11:37


Vatanim...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

11 Nov, 11:37


Vatan hissi

Nelar sodir bo'lmasin, tug'ilib o'sgan joy baribir o'zbek uchun boshqacha. Jasadimni ishonib topshiroladiganim shu yer, qayerdaligi kimlargadir umuman muhim bo'lmas, ammo o'lgim chirishi shu yerlarda sodir bo'lishini xohlayman.

Sodir bo'layotgan har ishga ta'sir berish odatini orttirib oldim. Bu qandaydir g'alati. Bir ukrain mening rus qo'shig'ini eshitayotganim uchun koyidi. O'chirishimni aytdi. Hech bo'lmasa u bilan uzoqlashgunimizcha... Vatan deb ichimda sekin pichirladim. Qo'shiqni o'chirdim.

Ming yomon deymiz, surish kerak deb, green cardlar to'ldiramiz, rivojlanmaydi deymiz, jamiyat va siyosatimizdan noliymiz. Ammo baribir jonimiz achiydi. Yaxshi ko'ramiz.

Ona sababsiz seviladi. Kim bo'lishidan qat'iy nazar. Xoh u farrosh, xoh u idish yuvuchi – farqi yo'q! Vatan ham ona.

Agar shu urushlar bir kun biz bilan sodir bo'lsa (bunday bo'lmasin avvalo) qochadiganlardan ko'ra jonini qurbon qiladiganlar ko'p chiqadi ichimizdan. Men shunga ishonaman!

Bir kun qaysidir o'zbek qishlog'ida sokin hayotim oxirini o'tkazsam, bog'lar qo'ynida... Kitob yakuni ajoyib bo'lardi. Mundarijamni o'rik gullaridan yozgim bor!

Ungacha aylanib kelishni inkor qilmayman...

Floridadan turib, Bojalar-Vatanim'ni eshitib yurish yoqimli bo'lardi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 16:38


Ikki xil sevgi pozitsiyasidan bitta sevgi yaralmas ekan. Na iloj...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 16:37


Sen o'qilmaydigan maktublar egasi... Men esa ularni yozmasdan, qalbim ila yaratgan...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 16:35


Eng zulmatli tunlarda, men bir xira yulduzni chiroq deb sensizlikda senga atab nimadirlar yozaman... Uni hech kim o'qimaydi. Na men va na sen...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 07:31


Bu hayot mag'lubiyatingni kutadi. Sen baribir yutqazasan. Hayot har g'alabangdan qo'rqadi. Garchi yakunda yutishini bilsa-da, har g'alabang hayot uchun daxshatli...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 07:28


​​Xush kelibsiz, hayotda doim nimadir voqea birinchi marta sodir bo‘ladi...

© Pep Guardiola

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 07:24


Ammo hali to'liq sovuq emas... Baribir muzladim. Sensizlikni ahamiyati yo'q, baxtsizlikni ham. Baribir muzladim. Ammo...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

10 Nov, 07:23


​​Mayli

Xo‘p, mayli, siz meni unutgandirsiz,
Ammo unutmog‘im mumkinmi sizni?!
Xo‘p, mayli, siz kulib jim o‘tgandirsiz,
O‘chirolmagansiz ammo bir izni.

U izki, yurakka puflagan chandiq,
Osmonga sepkildek yulduzlar sochgan.
Majnunga tanish u, ilohiy sanchiq,
Shuni deb bechora sahroga qochgan.

Xo‘p, mayli, siz uchun men bir begona,
Ammo dil-dilimga tukkanman sizni.
Xo‘p, mayli, siz uchun tole dugona,
Ammo zo‘r tashvishlar tanlagan bizni.

Xayr, orzularim hadiya sizga,
Xayr, dudoqlarda taltaygan qahr.
Bahoriy tillarni otamiz kuzga,
Xazonlik qo‘ynida serobdir mehr!

© Xayrulla Hamidov

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 19:34


Uzun tunlar boshlangan... Sen esa xotirjam uxlaysan, baxtli...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 13:44


- Og'ir kunlarni qanday yengish mumkin?
- Faqat uxlab!

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 13:44


Og'ir kunlar, judayam...
yelkalarim charchadi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 13:43


Bugun hech nima yozgim yo'q! Kun bosqinlari juda alamli... Nima yozsang yutadi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 07:37


...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 07:31


Bordi, qiynamagin uni yer osti...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 07:29


​​Ona yerga maktub

Parvonam – sayyoram, onamsan asli!
Oh desang titradim, yig‘ladim asti.
Ruhimga bosh urgan to‘fonlar aro
Vujudim halovat topmagay, rosti.

Men seni kuylamoq istadim, zamin,
Ibtidom, intihom bilo oxarin,
Valekin yozilmay qancha she’rlarim
Samanlar yoliga o‘zlarin osdi.

Bag‘ringda bitta do‘st axtardim, Ona,
Do‘stki, do‘st demoqqa arzir yagona,
Bolam deganlaring bari begona,
Yot ekan, mot ekan, xun ekan dasti.

Zarraman, zarradan fazogacha to
Shu nolon ovozim yetgaymikin yo?..
Bilaman, meningsiz nokomil dunyo,
Men bilan ham uning to‘lmagay ko‘sti.

Yo falak, shu savdo kerakmi edi?
Bejavob vovaylo kerakmi edi?
So‘tilgan yurak ham yurakmi endi,
Choparmi boychibor simon dil aspi?!

Meningdek devona bo‘lurmi odam,
Kulyotgan ko‘zimning tublarida g‘am.
Bu dunyo lazzatin totayotgan dam,
Qalbimni u dunyo qayg‘usi bosdi.

Yerdami, ko‘kdami u yortim manim,
Do‘st deya borarman, xush qolsin g‘anim.
Yer ustida faryod bo‘ldi topganim,
Borsam, qiynamagin endi, yer osti!

© Mansur Jumayev

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 07:24


​​Qismat qizg‘anmadi dardu dog‘ini,
falak qizg‘anmadi hajru hasratin,
gul yor qizg‘anmadi gul dudog‘ini...
vasling sog‘inchini gulday asradim.

Faqat buzmasang bas, dedim, oromim,
garchi senda edi hushu’im tugal,
garchi yashayverding oyoq osti, jim,
garchi kutganim bor o‘zim ham mahtal.

Garchi muazzinning mahzun ovozi
yana bitta tongni uyg‘otib berdi,
yana bitta kunni yelkalab moziy,
izg‘ib kezib chiqdi chirpirak yerni.

Osmon ildizlari tutashgan daryo,
osmon changallari botgan ko‘hna dasht,
osmon kaftidagi zangori dunyo
osmon etaklarin qildi qontalash.

Sokin to‘lg‘ondiyu sahro ko‘ksini
qamchin izlariday qiyib ketgan yo‘l,
avval ko‘zlarimga boqdi o‘ksinib,
so‘ngra qo‘llarimdan tutdi u butkul,

yo‘l ham qizg‘anmadi juldur quchog‘in...
Faqat bir istagim bor edi, bajar:
endi mening yo‘lim tugamas chog‘im,
endi sen umrimni qizg‘anma, ajal!

© Mansur Jumayev

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 07:09


​​Men qaytaman

Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga – dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi ko‘z ochgan qoyasiga qaytaman.

Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, ko‘zlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash o‘g‘ilning orazida qaytaman.

Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin beg‘ubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror – tuproq, havo, o‘t va suv
himmatidan zarralab bino bo‘lgan basharman.

Anglamayman qandayin tug‘ilmoqda aytarim;
qulog‘ingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda va’dalashgan paytlarim.

Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab o‘ynamasin zarra nam,
g‘am chekmagin, Sendaman – pok dilingda zindaman;
shoirlar o‘lish uchun tug‘ilmaydi, jonginam!

© Mansur Jumayev

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

05 Nov, 07:02


Esingdami, aka, yoz oqshomlari...

Mansur Jumayev endi oramizda yo'q. Negadir Farg'onada besabab yomg'ir yog'maydigandek...

Borar yo'lingiz nurli bo'lsin, chin dunyosida ko'rishguncha katta shoir!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

04 Nov, 14:15


​​​​Xotira

Ukamni osmonga ko'mganman.
Qushlar qanotida parvoz etar u.
Uchaman deyman-u ruhim beqanot,
Quchishga ijozat bermaydi ochun.

Ukamni tuproqqa ko'mganman.
Faqat pastga eltar zinapoyalar,
pastga qadalgan nigohim,
Yer yuziga qoplangan parda,
Xafa bo'lgan, diydalari nam,
Sog'inch to'kar kiprik-qoyadan...

Ukamni jimlikka ko'mganman.
Xona jimligiga ko'milgan millar,
Tutqichsiz eshik,
singan deraza.
Mehmondan keyin mehmon
Bo'shab qolgan tamaki quti.
Dasturxonga o'tmish qo'yaman
So'ng g'ajiyman ularga qo'shib
Osmonni
Tuproqni
Yurakni.

Timdalab, axtarib chiqaman tunni
(Tunga cho'kib ketgan ehtimol.)
Topsam yuragimga ko'maman uni
Topsam yaqinimga yo'lama g'azzol!

Endi ukam oqar tomirlarimda,
Nozik xotiralar qiynar beomon.
Beshikka belayman uni har kecha,
To'kilgan kiprikdan eshgancha arqon.

Biroq ketolmayman o'zimdan qochib,
Yopsam ochilmaydi tutqichsiz eshik.
Ketsam tebranmaydi qorachig'imda,
Egasidan uzoq yashagan beshik.

Ukamni osmonga ko'mganman...

© Sanjar Toshbekov

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

04 Nov, 12:22


Tarnovdan yergacha bo'lgan masofada menga ko'ringan har tomchiga dalda bo'ldim... Odamlar hech nimaga arzimadi. Arzimadi...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

04 Nov, 12:21


Qachondir, yomg'ir juda kulguli yog'adi... O'shanda yonimda bo'lasan!

© #BI14

"Cho'kib ketgan tiriklar"

04 Nov, 12:20


Hali ham o'sha burchakdagi o'rindiq bo'm-bo'sh...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

04 Nov, 12:16


Xo'p, men siz aytgandek yomondirman, unda nimaga doktorlar menga yilda ikki bor shkolad beradi?

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

03 Nov, 15:21


Yaqinda fevral keladi, bir kam, menga o'xshab... Aslida fevral ham yo'qotganini to'rt yilda bir topib turadi. Men esa... Bir umr... Umrbod... Yigirma sakkizman – abadiy.

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

03 Nov, 15:19


​​Qor... Noyabr umumiy ob-havosiga qarab, unda yomg'irkunlar ko'pligi va qorkunlar ham borligi tahminini ko'rib quvondim...

Qor yoshligimni qaytargin bir bor
maktab chog'larim sog'indim
bir-birimizga otib qor...
Aslida hali to'kilib ulgurmagan barglar ustiga oq yog'duning yog'ishi ajib... Avgustdagi har yomg'ir bizni kuzga eltganidek, noyabrdagi har oq uchqun bizga qishni keltiradi.

Qish kelsa, chiroyli manzarali deraza tagida, ikki qo'lni qahvali finjonga bosib, hayot haqida o'y suramiz... Agarda qor yog'sa...

Suyaklarimiz zirqiray boshlasa, qishdan o'taylikka tushamiz... His qilamiz. Ungacha qish sonatasi...

Bolaligimiz qorbo'ron o'ynashni sog'inib o'tdi. Yillar kesimidagi uy isitish tizimi og'ir bo'lgan yurt nolasiga osmon "labbay" dedi shekilli... Statistikani qarab kelmadim, ammo ishonaman qor yildan yilga bizdan uzoqlashib bormoqda... Gazimiz ketgan tomonlarga qarab, bizga atalgan qorlar ham ketyapti shekilli... Yangi yilda ham quyosh, shular sovuqqotmasin deb xizmatga chiqadi. Zo'r-a? Qish sonatasi ham oynadan quyosh ko'rinib turgan uyda ko'riladi.

Negadir qor yegim keldi...

Qorbo'rondan qaytgan bolalar qurinishi uchun uy qanday issiq bo'lishi kerak? O'sha issiq bo'lmagan bo'lsa kerak, negadir uydagilar qor yog'masligi tarafdori bo'lishardi doim. Yil ham yog'may o'tgan qorlar bo'ldi bizda.

Keyinchalik qor yog'maslik tomonida bo'larman, bilmam. Lekin qayg'urishim hali cho'qqida emas. Demakki qorga tayyorman. Yog'sin... Zero bir bosilmagan qalinligi qarich qora shunday yotib, o'zimdan kapalak yaratishim kerak.

Men qayerlargadir borib ko'rgan qorimga ishonmayman. Bo'lmasa yiliga dovonda qor yog'maydi deysizmi? Har o'tish yoki dam olishdagi qor ko'rish va yashaydigan uyga qor yog'ishi boshqa boshqa narsalar.

Bu yil qishdan faqat qor kutyapman va boshqa hech nima!

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

03 Nov, 15:00


Если хочешь идти - иди, если хочешь забыть - забудь
Только знай, что в конце пути ничего уже не вернуть...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

03 Nov, 07:39


va osmonlardan sokin boqadi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

03 Nov, 07:36


​​Keragidan ortiq yig‘laysiz —
Keragidan ortiq qiynayman.

Xayolimga arqon bog‘laysiz —
Keragidan ortiq o‘ylayman.

Azoblarim mening bari — sir,
Siz uxlaysiz, Siz bedaraksiz.

Jonim, hozir menga, baribir,
Keragidan ortiq keraksiz.

© Behzod Fazliddin

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Oct, 23:42


Kunduzdek yorishib ketsaydi ichim
seni yana bir bor ko'rolsam unda...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Oct, 23:41


​​Anorlar yorilib ketdi kechalar ,
Qarg‘alar bazmidan titrab ketdi ko‘k.
Yiqildi tong otmay behol g‘unchalar
Daraxtlar sarg‘ardi, endi Bahor yo‘q.

Ochilgan gullarga kelmasmi raxmi,
Nechun quyosh kaftda tutib turmas cho‘g‘.
Ko‘ksida ko‘tarib turadi xaqni
Yaproqlar zaminga to‘kilgisi yo‘q.

Yana aldadilar, yana xiyonat.
Milyon bo‘yoqlarni qulatar bir o‘q.
Azizim ishonmang bu shunchaki dard,
Azizim bog‘larga kuz kelgani yo‘q.

© Muslimbek Musallam

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Oct, 23:41


Bu Taqdir shunaqa, ko'nmasak ko'ndiradi...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Oct, 02:13


Bir kun,
boshqacha bo'ladi hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
Ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...

Bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
Bugunga aylangan ertalar haqqi,
Men unda yig'lashni bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.

Aziz Nur

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Oct, 02:11


Kuz bunaqa sovuq bo'lmaydi meningcha... Unda yomg'ir yog'adi va sovuqqotmaysan. Bog'lar esa siniq rang bo'lishi shart.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

25 Oct, 01:42


Odamlar ajoyib xalq. U xalq o'z gapirgan xato gaplarini eslab qolmaydi, senikini esa... Odamlar ajoyib xalq.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 17:13


Eng kuchli tomoningga termulib, orzu kulini to'kasan... Uxlaging kelmaydi. Ertaga yana o'zing sevmagan ish seni kutadi...

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 17:05


Soxta ovunish jonimga tegdi. Ko'zimni yumdim. Hamma yoq bo'shliq. Men bo'shliq ichidagi bo'shliqman. Hech kim meni o'qimayapti. Hech kim meni kuzatmayapti. Hech kim bu bo'sh xonam ichiga qiziqib, mo'ralamayapti. Sharpalar yo'q. Taskin istayman. Ko'zimni ochsam qay bir kundagi ajiblikka qaytgan bo'lay. Ulkan tanaffus yaqinligini his qilyapman. Ketidan umrboqiyga aylanib ketishi meni qo'rqityapti. O'zimni to'yintirmayapman. Ijodiy ovqatlanishim to'xtagan. Ijodiy och ham emasman afsuski... Ko'zlarimni yumdim. Hamma yoq bo'shliq. Men bo'shliq ichidagi mayda bir bo'shliqman. Bo'shlig'im ichidagi bir bo'shliq sirtida yozilgan – u haliyam seni o'qiydi... Sharpalar yo'q! Men unutdim. Kutsam faqat tanaffus kutdim.

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 16:58


Hech kimga hech narsani isbotlashni keragi yo'q. Va bularga majbur ham emas-san/man.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 09:52


​​Sendan go‘zal edi dardlaring
(Men ularni sevdim aslida).
Menga tuhfa etding ma’yuslik,
Umrimning eng ma’yus faslida.

Ko‘zlarimdan izlading baxtni,
"Baxtli bo‘lmoq shartmi, gul", - dedim.
Odam kabi yashagim kelmas,
Odam kabi sevmoqchi edim...

Biz loyiqmiz buyuk qismatga,
Mayda qismat baxtli bo‘lmoqlik.
Ko‘zlaringning yoshini ko‘rdim -
Endi yechim emas o‘lmoqlik!

Sendan go‘zal edi dardlaring...

© Shuhrat Orif

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 09:48


Yaqinlaringizdan besabab qayg'uring!

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 09:47


Tuni bilan kimdir peshonangga kaftini bosib, tuzalishingni sendan ko'proq istab, qayg'ursa... Yolg'ondan yengil kasal bo'lishni tez-tez xohlab qolarkansan...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 08:52


I'm on the devil's trail

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 08:51


Kuz derazamgacha bostirib keldi,
oyna ochishgacha madorim yetmas...

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 08:48


Men ""topilmaslik oroli"ga ketmoq istayman. Beziganim odamlar.

"Cho'kib ketgan tiriklar"

24 Oct, 07:39


Oktabrni ham sensizlik yengish arafasida...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

23 Oct, 20:54


Mana endi bilaman, siz hozir jilmayib qo'ydingiz... Men siz uchun judayam xursandman.

Cheksiz hurmat va cheksiz sog'inch ila, haliyam dushman nabirangiz...

"Cho'kib ketgan tiriklar"

23 Oct, 17:33


Bugun yomg'ir yog'ib tugadi, ertaga qor kutamiz, yog'ib eriydi u ham.Har kuni quyosh, oy... Umr ham shunday o'tadi. Baxt ham tabiat hodisasi, keladi-ketadi.

© #BI14

- @ch_k_t

"Cho'kib ketgan tiriklar"

23 Oct, 17:31


​​Senga sog'inch yo'lladim, ammo,
Uni eltmas daydi shamollar.
Kuzni juda yaxshi ko'rardim,
Kuzga eltdi meni xayollar.

Xazonlarga yozdim xatlarni,
Va men, senga yubordim har kech.
Ular senga yetib bormaydi,
Yo'q, ularni o'qimaysan hech.

Lekin qalbim yozmoqda mudom,
Senga yetib bormas so'zlarni.
Aytgin axir, qanday unutding,
Ko'z yoshi-la to'lgan ko'zlarni...

© Abduhakimova Umida

- @ch_k_t