Abu Bakr Fozilov @phaziloff Channel on Telegram

Abu Bakr Fozilov

@phaziloff


tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid…

Tirikchilik.uz/phaziloff

Abu Bakr Fozilov (Uzbek)

Salom! Siz Abu Bakr Fozilov ning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal @phaziloff nomi bilan tanilgan va uni taklif qilamiz, agar siz tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tanqid va tahdid mavzulariga qiziqsiniz. Abu Bakr Fozilovning kanali, maxsus ravishda bitimlarni tahlil qilish va muhim muddatlarni taqdim etishga bag'ishlangan. U sizni so'nggi yangiliklar va maqolalar bilan xabardor etadi. Bu yerda, oz tahlil va taqrizlarimizni, o'z fikrlarimizni bir-biriga taqdim etamiz. Agar siz ham bu sohada mutaxassis bo'lsangiz, Abu Bakr Fozilov kanalini obuna bo'lib, fikrlaringizni bo'lishingizga imkoniyat yaratsangiz. Xususan, bu kanal tahlil, taqriz, tanqid, taqlid va tahdid mavzulari bilan shug'ullanganlar uchun mo'ljallangan. Bu yerda eng so'nggi yangiliklar va olami qiziqtiradigan maqolalar topiladi. Siz ham Abu Bakr Fozilov kanaliga qo'shiling va eng so'nggi ma'lumotlar bilan xabardor bo'ling!

Abu Bakr Fozilov

05 Dec, 09:23


O'z yo'lida xato qilish, birovning yo'lida to'g'ri borishdan yaxshiroqdir.

"Jinoyat va jazo"

@dostoyevskiydan_qaydlar

Abu Bakr Fozilov

04 Dec, 03:17


Ahmoq odam har jabhada ahmoqdir)

Abu Bakr Fozilov

30 Nov, 20:36


Kvartirani egasi keldi seni soʻroqlab…

Abu Bakr Fozilov

30 Nov, 12:42


Doʻstlar! Kimdir e’tibor berayotgan boʻlsa, bu kanalga kamroq va qisqaroq yozadigan boʻlib qoldim. Chunki yopiq kanalda yozish ancha qulayroq, erkinroq va qiziqroq boʻlib qoldi man uchun. U yerda bemalol dard-u hol qilishim, fikr va tuygʻularimni qoʻpol soʻzlar aralashtirish orqali ravshanroq bayon qilishim, maqtanishim va hatto baqirishim ham mumkin, uzr)

Bularni nimaga yana qayta aytyapman? Sababi shundaki, kanalga qoʻshilish narxini oshirmoqchiman. Bu hech qanaqa kurs sotuvi uchun progrev emas)

Faqat bugun va ertaga eski narx — 39 ming soʻm evaziga qoʻshilishingiz mumkin. Undan keyin juda koʻplab sabablarga koʻra narx oshadi. Rostanam)

Hammasi oʻsha-oʻsha. Karta raqam ham, aloqa uchun profil ham yuqorida turibdi. Har kimdan qanaqadir reaksiya yoki javob kutaman bu borada. Kimga qanday bilmadim, balki kulgilidir, lekin man oʻzimcha kelajakda yashayapman)

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

29 Nov, 23:34


XXI asr vabosi — dedlayn

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

24 Nov, 19:27


“Yoki Jumongni qayta koʻrib chiqsammikan…”
@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

15 Nov, 15:08


Siz taniydigan kitob blogerlarning koʻpchiligi oʻz sohasining ustasi faranglari hisoblanadi. Safimizda sanʼatkor va ijodkordan to adabiyotshunosgacha bor.

Quyida esa oramizdagi tarjimonlar bilan tanishtiramiz. Har bir tarjimondan bittadan asarni keltirdik. Qolganini ularning kanallaridan bilib olasiz.

Abu Bakr Fozilov — @phaziloff
Tarjima qilgan asari: Jeyms Cheyz — “Venetsiya missiyasi”

Temur Tangriberganov — @timur_books
Tarjima qilgan asari: Jyul Vern — "Parij XX asrda"

Raxshona Ahmedova — @RaxshonaAhmedova
Tarjima qilgan asari: Shin Kyong Suk — "Onamni asra"

Samandar Nazirjonov — @stoik_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Koyoharu Gotoge — "Iblislar qotili"

Ma'rufjon Ochilov — @marufjonblogi
Tarjima qilgan asari — Endi Veyer – "Marslik"

Nazarbek Nazarov — @bookerberg
Tarjima qilgan asari: Nassim Taleb — "Qora Oqqush"

Nurali Qahramon — @santuagaraoflibrary
Tarjima qilgan asari: Allen Ginsberg — "Uvvos"

Nodira Ibrohimova — @mittihaqiqatlar
Tarjima qilgan asari: Virjiniya Vulf — "Shaxsiy xona"

Alisher Fayzullayev — @perezagruzka_2021
Tarjima qilgan asari: U. Sorayan — "Daho"

Shohrux Usmonov — @usmonosphere
Tarjima qilgan asari: Astrid Lindgren — "Uzunpaypoq Peppi"

Mirzohid Muzaffar — @bobil_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Jorj Martin — "Taxtlar oʻyini"

Ilhom Salimov — @salimov_blogi
Tarjima qilgan asari: Sara Jo — "Londondan muhabbat ila"

Barchasiga birdan a'zo boʻlish uchun quyidagi link ustiga bosing

Abu Bakr Fozilov

14 Nov, 19:17


Bizdanam bir dunyo neft topilsa, yutamiz Qatariniyam)

Abu Bakr Fozilov

14 Nov, 19:03


Bir paytlar Janubiy Koreyani yutolmay, Jahon chempionatidan qolib ketganimizda, dadam “Koreyani yutish uchun o‘zbeklar Koreyaga emas, koreyslar O‘zbekistonga non topish ilinjida ishlagani kelishi kerak” degandilar.

Qatar bilan ham shunga o‘xshash gap, birodarlar...

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

14 Nov, 17:19


Kursdoshlar gruppasiga bolalarining rasmini tashlaydigan amaki-xolalar endi bizmiz, birodar…

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

07 Nov, 11:23


Isitish tizimi haliyam yoqilmagan Toshkent aholisi:

Abu Bakr Fozilov

06 Nov, 19:58


​​“Taxtlar o‘yini”ni ko‘rib yoki o‘qib tugatganlik haqida rezyumega yozib qo‘ysa bo‘ladi, men sizlarga aytsam. Ish beruvchilar GoT muhlislari uchun ustama belgilashi kerak)
@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

01 Nov, 16:34


Avgustda pullik kanal ochgandim. Yoqib qoldi o‘zimga ham, qo‘shilganlarga ham. Shu sababli o‘sha bir oylik faoliyati haliyam davom etyapti. Bu yerda kamroq yozayotganim boisi ham shundan balki)

Muddao shundaki, o‘sha tarafdagi mashvaratchilar roziligi bilan kanalga yana qayta obuna sotishga qaror qildik. Qo‘shilsanglar, yaxshi suhbatlar bo‘lib turadi. Narxi 39 ming. Faoliyati o‘rtacha 1 oy davom etadi. @abubakr_ph’ga yozsanglar, bu masalani istalgan tomoni bo‘yicha to‘liqroq gaplashib olamiz)

6262730053313948

Eslatma: U yerda ma’naviyatimizga muxolif so‘zlar va fikrlar ishlatilgani sabab obuna 18 yoshdan kichiklarga tavsiya qilinmaydi!

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

01 Nov, 15:44


Balandparvoz gap topolmadim, shunchaki obuna boʻling! Zero, roʻyxatdagi barchasi yaxshi insonlar)

https://t.me/addlist/PYtt2yTCdOAzYTRi

Abu Bakr Fozilov

01 Nov, 07:09


Noyabr keldi seni soʻroqlab…

©️ Kvartirani egasi

Abu Bakr Fozilov

30 Oct, 08:27


Bugun Bekzodning konsertiga hamma boryaptimi ishqilib? Chipta olinglar, tugab qolmasidan

Abu Bakr Fozilov

28 Oct, 08:18


Viktor Tsoyni qo‘shiqlari tushunarsiz va yoqimsiz tuyulmaydigan yoshga ham yetib kelibmiz bir pasda

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

24 Oct, 13:39


Har kuni ishdan chiqayotganimda barcha taksi narxlarini solishtiraman-da, qancha tejab qolayotganimni hisoblab, tirjaygancha, xursand kayfiyatda avtobusda uyga qaytaman)

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

21 Oct, 19:07


Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov o‘zbekchada yaxshi gapirarkan.

P.S: Anaqqisa, til bayramimiz uchun nimadir yoqimli gap aytay, dedim-da)

Abu Bakr Fozilov

10 Oct, 16:44


Xuddi hayotimizda hammasi joyidadek, yetmaganiga futbolam ko‘ramiz, onasini emsin)

Abu Bakr Fozilov

04 Oct, 13:30


Sevaman deyilmaydi, yuborgan videolariga layk bosib qo‘yiladi

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

02 Oct, 03:14


Salom hammaga

Mening ismim Bekzod va men 24 yoshdaman. Hozirgi kunda Stand up bilan shug’ullanaman. Va o’zimning birinchi konsertimni syomka qilmoqchiman.

Konsert nomi GAPIR va nega GAPIR ekanligiga konsertda to’xtalamiz.

Agar sizda imkoniyat bo’lsa mana shu postni o’zingizni telegram kanalizda reklama qilib bering va menda ozroq obunachilar soni oshsin. Va sizni bu yordamingizni hech qachon esdan chiqarmayman

Chiptalar:
https://t.me/sahnastandup_bot?start=66fa88ff3f9db_uz

Abu Bakr Fozilov

01 Oct, 06:28


Bir oy davomida muntazam kontrast dush qilib kelganimning foydasini bugun issiq suv o‘chganda sezdim

Abu Bakr Fozilov

30 Sep, 19:25


“Indinga kim bor-kim yo‘q, ertadan qoldirmay bajarib qo‘yishim kerak”

Abu Bakr Fozilov

30 Sep, 03:01


10 yillik e’tiqodimga qarshi borib, Telegramimni “last seen recently”ga o‘tkazdim bugun)

Abu Bakr Fozilov

15 Sep, 10:39


Molbazar

Abu Bakr Fozilov

12 Sep, 12:12


здарова, ждули
со мной все в порядке, настроение бодрое, не переживайте
третьи сутки пошли, книг начитаюсь, стану умнее

Abu Bakr Fozilov

10 Sep, 18:02


Bratni qamab qo‘yishibdi

Yaqinda Rossiyaga qaytib, mamlakat bo‘ylab tur konsertlarini boshlagan Dimitriy Gavrilovni 8-sentyabr kuni Nijniy Novgoroddagi konserti oldidan hibsga olishibdi. Sud qaroriga ko‘ra, “mobilizatsiya paytida Gruziyaga ketib qolgan va u yerdagi chiqishlarida rusofobiya ruhidagi hazillar aytgan” stendap komikka “aybiga iqrorligi, afsusdaligi va pozitsiyasini qat’iy o‘zgartirganligini inobatga olib” 13 kunlik qamoq jazosi tayinlanibdi va barcha konsertlari bekor qilinibdi.

Shaxsan o‘zim Dima Gavrilovning muhlisiman. U haqida yozish orqali boshqalargayam tanishtirish fikri doim bo‘lgan manda. Lekin erinardim. Ana endi ayni vaqti!

Aka mani nigohimda ortiqcha haypga berilmagan, o‘z prinsiplari, fikri, obro’si va to‘lqiniga ega inson va yumorist. Birinchi konsertini “Stiv Jobsning Stenford bitiruvchilari qarshisidagi nutqi” deb nomlagani va bu haqida bittayam hazil aytmagani Dimaning qanchalik “прикольный парень”ligini ifodalaydi. Masalan, montajda videoning rangi yoqmagani uchun butun boshli konsertni oq-qora rangda bosvorgan Youtube’ga! Ikkinchi konsertining nomi — “Stendapokalipsis”. Ikkala konsertini ham bir nafasda ko‘rib chiqish qiyin emas! Youtube kanaliga o‘tib ko‘ringlar. “Dima Gavrilov o‘ylayapti” degan bir o‘zi qatnashadigan podkasti bor. Telegram kanali nomi “Dima Gavrilov yozyapti”)

Yuqoridagi sifatlar uning o‘ziga xos odamligini anglash va muhlislik qilish uchun yetarli, manimcha!

Bratning ta’qibga uchrashi katta yo‘qotishni ifodalaydi. Ya’ni, endilikda rus stendaperlari nafaqat isyonkor ruhdagi hazillar (shunaqa hazil qilganlar allaqachon xorijiy agent deb e’lon qilingan va mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘lgan), balki shunchaki tinchlik so‘rash ohangidagi fikrlari uchun ham qamalib ketishlari mumkin! Bu haqda ko‘plab “tashqaridagi komiklar” ham yozishyapti. Mamlakat ichidagi komiklar uchun esa har doimgidek jim qolishni “ma’qul ko‘rishmoqda”.

Xulosa yo‘q, shunchaki stendaperlik yurak xuruji va qamoq o‘rtasidagi dordan ehtiyot bo‘lib yurish kerak bo‘lgan qaltis soha ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik! Gavrilovga esa tezroq ozodlikka chiqishini tilab qolardim!

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

08 Sep, 18:40


Yaxshilab kuzatsam, manda har yilning birinchi 4 oyi muhim rejalar tuzish, keyingi 4 oyi ta’tilga chiqqandek issiqdan nolib yotish va soʻnggi 4 oyi muhim rejalarni keyingi yilga qoldirish haqidagj bahonalar oʻylab topish bilan oʻtarkan…

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

06 Sep, 17:47


Muyassar boʻldik tushishga

Abu Bakr Fozilov

02 Sep, 21:12


Million’ni konserti oldingilariga nisbatan ancha yaxshiroq chiqibdi

Abu Bakr Fozilov

23 Aug, 19:53


Choʻntak oʻylab topilishidan avval odamlar qoʻllarini ortiqcha his qilishmaganmi?

Abu Bakr Fozilov

13 Aug, 20:07


“Odamlarga qiziqman” deb o‘ylaysizmi? Adashayotgan bo‘lsangiz-chi?

Abu Bakr Fozilov

08 Aug, 21:08


Bir kunda ikkita oltin! Kontraktga kirgan o‘g‘ildek xursandman)

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

05 Aug, 20:04


Uzumni hech qachon toza yuvolmasligimiz nahotki bezovta qilmaydi sizlarni?

Abu Bakr Fozilov

02 Aug, 16:22


“Tragediya”

…va yakunda rostanam ular aqlli, faqat san nodon boʻlib chiqsang-chi…

@phaziloff

Abu Bakr Fozilov

01 Aug, 15:16


Barchasiga bittada a'zo bo'lish uchun esa ushbu havola ustiga bosing.