Hid Gallyutsinatsiyasi @tillanisoen Channel on Telegram

Hid Gallyutsinatsiyasi

@tillanisoen


Agape

Hid Gallyutsinatsiyasi (Uzbek)

Hid Gallyutsinatsiyasi kanali - bu O'zbek tilidagi Telegram kanali, tillanisoen nomidan boshqariladi. Bu kanalda sizning hid gallyutsinatsiyangizni oshirish uchun eng yaxshi maqolalar, videolar va audio materiallar jamlangan. Bu kanal sizga sevimli musiqani tinglash, kitoblar haqida o'qib, yangi filmlar to'g'risida ma'lumot olishga yordam beradi. Agar siz musiqa, adabiyot va kinoga qiziqsansiz, ushbu kanal siz uchun mo'ljallangan. Ushbu kanalga a'zo bo'lish orqali, siz yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib, mavjud ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin. Hid Gallyutsinatsiyasi kanaliga a'zo bo'ling va dunyodagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Feb, 19:07


Bugun bitta muhim narsani tushindim o'zim uchun: dardni qabul qilishni. Odamlarning dardini qabul qilishni. Biz masalan, kimnidir eshita turib, unga yengil bo'lsin deb ortiq darajada ta'sirchanligini , bunaqa bo'lmasligini, yengil qarashni, "e'tibor bermaslik" ni ko'p ta'kidlaymiz. O'zimga ham ko'p shunaqa qilishgan. O'zim ham boshqalarga ko'p (ming vahki, asosan onamga). Aslida bu bilan biz u chekayotgan iztirobni yerga urishga intilamiz, iztirobdan ko'ra o'sha odamni qadrini pasaytirayotgan bo'lamiz. "Seni gaping muhim emas", "his qilayotganing muhim emas" deb. Keyin shu bilan o'sha odam tinchlanadimi? Yo'q, battar bo'ladi, dardi qabul qilinmagan odam battar og'irlashadi, alamzada, jizzaki bo'ladi. Sovib boradi atrofdan. Masalan, ming yillardan beri ayollar dardini maishiy deb keldik. Lekin ayollar tinchlanib qoldimi, yo'q, muammoni bekitsa isitmasi oshkor qilaverdi. Ko"p hollarda o"zini yoqishga, o"zini o'zi jazolashga o'tdi. Eng qizig'i, bokiralik masalasida gap ketsa, ayollar dardi maishiydan chiqib, o'ta siyosiy ahamiyat kasb etib ketdi. Sababi oddiy: tanasi boshqa dard bilmas. Muammoning bir uchi bizga tegmaguncha uning o'ta jiddiy ekanini bilolmaymiz. Kamsitib, go'yoki yaxshilik qilib, qochaveramiz. Agar tinglovchi bir quloq topilib, dard o'sha paytda qabul qilinsa (chunki o'sha odam ham dardini qabul qilolmayotgan bo'ladi kimgadir aytishni istasa agar), o'ziga keladi. Tinchlanib, boshqa tomondan qarab ko'rishga urinadi. Shuning uchun ayollar haqidagi hatto ilmiy maqolalarda ham yechim deb absolyut empatiya ko'rsatiladi. Iloji bo'lsa, kimdir yig"lasa qo'shilib yig"lang deyiladi. Dardi qabul qilinayotganini bilish odamga muhim. Bu faqat ayollarga emas, butun jamiyatimizga tegishli. Negadir biz bir-birimizdan eshitmasdan itarishga odatlandik. Biz uchun mukammal odam - hech qanday emotsiyasiz odam, buni jilovlay oladigan odam. Aslida boshqacha, mukammal odam hissiyotlaridan zaifligu ojizligi, jahlu nafrati, sevgisiyu quvonchidan qochmaydigan, bostirmaydigan odam. Endi mukammallik va jamiyat qanday xulq-atvorni mezon qilib olgani haqida ham tushinchalarni o'zgartirish kerak. Bunda ijtimoiy munosabatlarda empatiya - hamdardlik va bugun qozoqlar shior qilib ko"targani, tumanim Qorako'l odamlari har kun ta'kidlaganidek og"zibirlik muhim bo"lishi kerak.

Birovning dardini inkor etishga shoshilmang. Bir uchi shu dardning sizga tegishi bilan yonib ketmasligingizga, muvozanatdan chiqmasligingizga, hamdard izlab qolmasligigingizga kafolat yo'q.

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Feb, 06:23


Аксдаги Аждар сайёраси ва Кунгабоқар Book.uz да тугабди. Қойил. Ҳикоялар тўплами демак, анча ҳаридоргир. 🔥 Шу ойдаги тақдимотгача қайта нашр этиларкан. Бу муаллифларнинг илк китоби эди. Шунча йиллик меҳнат мевасини берганидан, бир ойга бормай дўконда қолмаганидан уларни табриклайман 👏 ўқувчиларингиз кўпаяверсин. Иккинчи китобга олға!

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Feb, 15:02


https://telegra.ph/GUL-VA-TOSH-BILAN-KUTIB-OLINGAN-IZHODKOR-02-07

Ko'pchilik AKS seriyasidagi kitoblar old sahifasida kelgan Qr kodga e'tibor bermagan bo'lsa kerak, bilmadim, balki e'tibor bergan chiqar.

Xullas, o'sha QR kodlar ortida asar haqida o'quvchi, tahlilchi, shuningdek, ustoz ijodkorlar fikri bor. Xuddi so'zboshi kabi. Ammo zamonaviy variantda. Shunaq qilib zamonaviylashamizda😋 "Shakl" dagi Qr kod orqasida ustoz Ulug'bek Hamdamning juda katta tahliliy so'zboshi-maqolasi bor. O'qiganlarga tahlil haqida fikrini yozish, o'qimaganlarga o'qishi uchun o'sha maqolani shu yerda qoldirdim

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Feb, 12:52


Shivirladim: - Men oxiri yo'q bir ko'cha,
Shivirlading: - Mayli, yuraman adashib.


A. Qutbiddin.

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Feb, 11:11


Jonon kitob chiqdi - Absurd dramasi I. Tez orada ikkinchi kitobi chiqadi. "Jahon adabiyoti" jurnali kutubxonasidan. To'plovchi va g'oya muallifi Maftuna Muhammadaminova, muharrir Alisher Fayzullayev, nashriyot - Yangi asr avlodi.

Keyingisida Dyurrenmatt, Mrojek, Kafka va Arraballar bor.

Tandirdan yangi uzilgan. Hididan bosh aylanadiyeee😇😇😇

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Feb, 08:18


Bu o‘zlashtirish jarayoniga ko‘ra, Islom kabi tushunchalar yangi dunyoda, o‘zining tarixiy maʼnosidan mahrum va qisqartirilgan holda, yangi joylaridagi hukmron hokimiyat tuzilmalarining maqsadlariga xizmat qilish uchun paydo bo‘ladi. Mustamlakachilik diskursi buni muvaffaqiyatli amalga oshira oldi, asosan, bunga sabab bu tushunchalar endi tarixiy jihatdan asosli deb hisoblanmayotgan edi.
Aynan shu sababli Asad (1996) islom anʼanasini Gʻarb tarixiy tajribalari bilan oʻlchanadigan ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida emas, balki oʻzigagina xos shart-sharoitlari asosida koʻrib chiqishni talab qiladi. Biroq bu yondashuv qiyinchiliklarsiz kechmaydi, chunki Gʻarb liberal modernizmi oʻzini neytral, universal va tarixdan tashqari hakam sifatida namoyon qiladi. Gʻarb liberal modernizmi oʻz falsafasida axloq va ratsionallikni ajralmas deb hisoblovchi absolyutist pozitsiyaga tayanadi (MakIntayr, 1988).



Hazefa SHERIN, "Ayol islomi" kitobidan.

SukutSaqlama Kitob klubi doirasida yangi maqola tarjimasi tayyor. Liberalizm ostida qolgan ma'nosidan uzoqlashib borayotgan islom va ikkisi orasida e'tiqodini qanday saqlayotgan ayollar haqida

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Feb, 16:56


Aksimiz

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Feb, 11:22


#BookClub

Joriy yilning 1-fevral kuni Sukut Saqlama Ayollar klubida Nikola Gavining “Jinsiy qurbon emasman, lekin…” maqolasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Avvalgi postda muhokama doirasidagi ayrim shaxsiy hikoyalarni e’lon qilgan edik.

Bugun esa klub koordinatorining quyidagi savoliga javoblarni o‘qishingiz mumkin: Maqola jinsiy zo‘rlash muammosi sifatida tashlangan yana bir nozik firk bor. Bu yaqinlar orasidagi istalmagan jinsiy aloqa. Masalan, er-xotin orasida. Er xohlaydi va ayol bunda ko‘nglini olishga majbur bo‘ladi. Yoki istamasayam rozi bo‘lishga. Sizlar bunga qanday qaraysizlar? Bu ham zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi desa bo‘ladimi?

Fikrlarni kartochkalarda o‘qishingiz mumkin ▶️▶️▶️

#SukutSaqlama #AyollarKitobKlubi

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Feb, 11:11


Tahrirga yangi kitob oldim. Remarkning yangi asari. Boburning seriyasi yana boyiydigan bo'ldi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Feb, 13:12


Bugun Bukuz kitob do'koniga kirib-chiqish asnosida 7-8 ta "Shakl" xaridorlariga dasxat berdim. Kitob dastxat bilan kerak bo'lsa, kelaveringlar, shu yerda bo'laman. Erta-indin ham.

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Feb, 07:50


📣Diqqat, tanlov!

“AKS” - JAMIYATGA KO‘ZGU

🎉«Yangi asr avlodi» nashriyoti “AKS” turkumida chop etilgan kitoblar bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi. 

Tanlov uch yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

📝- Eng mazmunli taqriz;

🌌- Eng kreativ foto;

🎬- Eng qiziqarli videorolik.


Demak, “AKS” turkumidagi oltita kitob (yoki bittasi) bo‘yicha taqriz yozishingiz yoki kitoblarni original tarzda suratga tushirishingiz yo bo‘lmasa ushbu kitoblar ishtirokida qisqa va maʼnoli rolik ishlashingiz kerak. So‘ng taqriz, foto yoki videoni ijtimoiy tarmoqlarda (Telegram kanal yoki Facebook, Instagram sahifasi) ulashasiz. Uning havolasini va telefon raqamingizni @bookuz_marketing manziliga jo‘natasiz. G‘oliblarni hakamlar hayʼati aniqlaydi. 

🎁 Uch yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3 o‘rin g‘oliblari diplom, qimmatbaho sovg‘alar, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
🥇 Jumladan, 1 o‘rin egalari bookreader, 2,3 o‘rin egalari kitob vaucherlari, mualliflardan maxsus sovg‘alar taqdim etiladi.

Tanlov materiallari 5 fevraldan 20 fevralgacha  qabul qilinadi. G‘oliblar taqdimot kuni taqdirlanadi. Barchaga omad!

📚@bookuzbekistan

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Feb, 18:34


Hozir orzumdagi hayotda yashayapman: tetik va sog'lom tana, har burchagi o'zimniki bo'lgan shaxsiy xona, yoqimli va ham ijodiy, ham kasbiy va ruhiy o'stiradigan ish, samarali va sifatli to'layotgan vaqt, atrofimdagi mehrli va xayrixoh eng yaqin odamlar... bu yoqda kitoblar ham chiqib turibdi. Dunyoga aytadigan gapimni shunchaki sokin tarzda aytyapman. Muhimi, qalb to'q, yurak xotirjam. Ichki uyg'unlik bor.

Ulg'aydim shekilli, o'z xonamga va qalbimga tartib berishdan lazzatlanadigan bo'lib qoldim. O'zim o'zimga yetarli. Ko'z tegmasin.

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Jan, 13:35


Sevgilim, hidingda qonning ta'mi bor.
Darrov nish urib, shuvillab to'kilgan yaproqlar ta'mi.
Musiqa ohangi - olisdagi fon,
Kuchdan qolgan oyoq, qo'llarning ta'mi.

Qayga bekinishni bilmagan jonzot
To'da orasida yalong'och qoldi -
O'zin urolmay qolgan yo'lning ta'mi bor.


Ko'chada qolgan boshpanasiz his,
Yetimcha his,
"Uh"ning ta'mi bor -
O'pkalaring yaxshilab to'ymagan nafas
Yashaging kelaru,
O'lging keladi
Kuzning ta'mi bor.

Dorlarga bo'g'zidan osilgan zocha*
Nahot ta'sirchanlik bo'lurmi shuncha
Har bir holatimdan bag'rim yiqildi -
Men qochib ketadigan yolg'izlikning ta'mi bor!

Sevgilim, yolg'izlikka qoldir hidingni -
Hislarimda o'lim ta'mi bor!


(*qo'g'irchoq)

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Jan, 09:04


Самарқанд мени баҳорда чақиради,
Минорлар юради гаплашиб.
Дарғомда уйғонган балиқлар бақиради,
Камалаклар қувлашар ранг талашиб.

Боғлар гуркирайди, осмон ҳам
ғилт- ғилт.
Бир йиғлаб олади, кулар қалдираб.
Қушлар гурросига мўлтираб мўлт-мўлт
Шаҳарга киради қирлар галдираб.
Ҳай-ҳайлаб томларга чиқар одамлар,
Дўппиларга тўлар юлдузлар нури.
Тизилиб рақс тушиб берар оқшомлар
Кундузларга чироқ кўтартиришиб.

Самарқанд мени чақиради бир кун,
Сочларин қиздириб иажнунтолининг,
Кўкрак қафасини ёриб бораман,
Қон пуркаб юзига шамолнинг.

****

Бебаҳо матога томган доғдайин
Ўчмайди шафақлар минг ювилса ҳам.
Сарсари, шақиллаб ўтса-да, йиллар
Сен ўша, ўша…
Томчи-ла тасвирлаб бўлмайди сени
Ҳатто англатолмас, билса-да кўршаб.
Тап-таранг тасмадай кокилларингни,
Тараган исёнлар бермас изоҳлаб.
Сен ўша, ўша…
Беҳуда даъволар қиламан гоҳо,
Хобгоҳинг қўриқлар фалак лашкари.
Ошкор этмоққа тутинаман гоҳ,
Ақлдан ташқари,
Фикратдан ташқари…
Во ажаб ингичка қилдан ҳам нозик
Иплар чувагувчи балогир сарҳад
Аро, минг йиллик бутхона янглиғ
Тоқатни тоқат-ла тилгувчи қаҳат—
Ўша, ўша…


Abduvali QUTBIDDIN

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Jan, 08:49


Toqatni toqat-la tilguvchi qahat -
O'sha, o'sha.

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Jan, 08:38


ҚУЁШ
Ay Tsin

Қадимул олис кабрлардан
Зулумот онларидан
Бани башар ўлмакка бораётган
Ўлкалардан
Ширин ухлаётган тоғларни титратиб
Мисоли дум тепаларда пириллаб учаётган оловли ғилдирак

Қуёш менга етар…
Унинг енгиб бўлмас чукурсингар нури
Нафас бахш этади жами жонборга
Рақс бахш этади баланд дарахтларнинг қуюқ шохларига
Девонавор қўшиқ бахш этади ўшқироқ дарёлар тошқинларига
Қуёш келиши билан менга эшитилур
Қишга ўхшаб заминда ухлаётган қуртлар ва ҳашаротлар ҳаракатлари

Майдонларда инсонларнинг янгроқ суҳбатлари
Олис шаҳарларнинг қуёшга хитобномалари
Электр пўлат темир хитобномалари

Ва шунда аланга қўллари
Юрагимни ёриб ташлайди
Қийноқ тортган дилим
Тушиб борар баҳр қирғоғига
Ва шунда мен ишонаман бани башарнинг уйғонишига

Abduvali Qutbiddin tarjimasi

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Jan, 06:28


Ulg'ayish o'ziga xoslik bilan keladi!

20 gacha umr nazoratda o'tadi. Odam o'zini o'zi va uni nazorat qilishadi. Bu xuddi Mao, Gitler, Firavnnikiga o'xshagan totalitar nazorat.
20 dan 30 gacha o'zini o'zi anglash bilan band bo'ladi. Doimiy ichida munoqasha va kurash o'tadi. Nazoratdan chiqib sevgi tomon borgisi keladi.
30 dan boshlab esa har ikkisini kechib o'tib endi oddiy ishni ham dunyoni yaxshilash uchun qila boshlaydi. Mavjudlikni yaxshilash uchun. Sababi bungacha inkor, nigilizm bosqichlaridan o'tadi. Uning tirik qolishi uchun bitta yo'l bor - Mavjudlikning yaxshi ekaniga irratsional ishonch. Buning uchun kichkina dunyosi, harakatlari ham mavjudlikni yaxshilashiga qurila boradi. Nainki endi gunoh qilmaslik nazorati bor, balki ezgulashish umidi bor.
Ayni shu yoshda odam o'ziga xos bo'ladi. Solishtirganda, nimasidir bor, nimasidir yo'q. Ulg'aygan sari odam kimdandir qolib, kimdandir g'olib ketaveradi. Ayni shu sababga ko'ra u o'ziga xosdir - chunki o'z yo'li bor. Ulg'ayish umumdan (umumiy tasavvurlarimiz, hayotimiz, orzularimiz manzarasidan) ajralib, o'ziga xos bo'lish demakdir.
Masalan, 18 yoshli qizlar er orzu qilishardi. 25 da allaqachon ularning ko'pi erli bo'lgan. Kimdadir 3 ta, boshqada bitta bola. Kimdir shaharda, kimdir qishloqda yo chetda yashaydi, kimningdir eri yaxshi, kimnikidir alkash, qaysidir birovi ajrashgan, kimdir juda to'kis, kimdir hali erga tegib ulgurmagan. Bu ma'lumotlarning hammasi bizni o'ziga xos qiladi - o'sha 18 yosh startidagi umumiylikdan ko'ra o'ziga xosmiz endi.

Shunday ekan, ulg'ayish o'z yo'lingda yurish degani. Buni xursand bo'lib qarshilash kerak. Yana bitta ajoyib tomoni - 30 yoshingda sen hech qachon nazorat tomonlama o'zingga Stalin yo Maocha munosabatda bo'lmaysan, o'zingni sizlaysan va boshqalar ham bo'lolmaydi, bu esa sevgiga yo'l ochadi.


(Jordan PITERSONning "12 qoida" kitobini o'qib kelgan o'ylar bu)

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Jan, 10:34


Кеча Сукут сақлама лойиҳаси доирасидаги муҳокамада Шахсий хона, Кўринмас аёллар асарларини таҳлил қилдик. Гапдан гап чиқиб, суицид масаласига тўхталдик. Дунё бўйича ҳам, Ўзб.да ҳам жинслар кесимида эркаклар аёлларга қараганда кўпроқ ўз жонига қасд қиларкан. Биз кўп ҳолларда аёл нега жонидан тўйиб суицид қилганини сабабларини биламиз, лекин эркакларники мавҳум. Муҳокамада буни ўғил болаларга ҳиссиётларини блоклаш, йиғлашга рухсат бермаслик, кўнглиги бўшатолмаслик, дардлашишга имкон йўқлиги туфайли келиб чиқадиган депресия оқибати деб фикр беришди. Адабиётда ҳам жонига қасд қилган аёл образлар етарлича, муаллиф уларнинг руҳий ҳолатини яхши очиб беришган. Эркак образлардан хаёлимга фақат Мартин Иден келди. Ҳаётдаям, адабиётдаям эркаклар суициди сабаби ўрганилмай, ёритилмай, эътибор берилмай қоляпти, назаримда.
Бу ҳақда аввал ҳам ёзгандим - аёллар ҳар жабҳада, шеъриятдаям ўз изтиробларини олиб чиқяпти, эркаклар бу борада жиловланган, тўла очилишга ички цензура, жамият босими қўймаяпти, шекилли. Яна билмадим.

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Jan, 08:44


Bugun Jek Londonning tug'ilgan kuni ekan. Hamisha uning ishlash tartibiga havas qilganman. 22 yoshidan boshlab kuniga 12 soat ishlagan. Har kuni 5 ming, eng kami 2 ming so'z yozgan. U "Shekspir emasligimni bilaman, shuning uchun qattiq ishlashga majburman", deydi.
Qirqida o'lishini biladigandek mehnat qilgan u ijod ustida. Bunaqa mehnat bizga orzu hozircha.

Yana bitta havasim keladigan joyi -uni gonararlari bemalol boqqan. Qancha irodali bo'lma, geofrafiya taqdiringni hal qilib qo'yishi - bu yomon. Hozir 18-20 yoshida orzularining qadri bor joylarga keta oladigan yoshlar yutadi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Jan, 07:15


Bugundan "Aks" sotuvda. Shoshiling!

Yaqin kunlarda qolgan uchtasi qo'lingizda bo'ladi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Jan, 07:15


🔥 KATTA PREMYERA | SOTUVDA

📚 AKS to'plamining dastlabki uchta kitobi sotuvga chiqdi. Kitoblar va mualliflar haqida rasmlardan batafsil o'qishingiz mumkin.

Tongotar - 30 000 so'm
Kungaboqar - 28 000 so'm
Ajdar sayyorasi - 25 000 so'm

✍️ AKS - Jamiyatga ko'zgu.

Buyurtma berish:
@bookuzbot / +998712300050

📚 @bookuzbekistan

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Jan, 12:45


Mana shunaqa maqolalardan keyin katta avlod vakillaridan ancha-muncha qo'ng'iroqlar bo'ladi. Kechayam bir qanchasini qabul qildim. Doim shu kabi maqolalarni ko'paytirishni, ularga hozirgi jarayonni tushinishda foydali bo'lganini ta'kidlashadi. Faqat kattalarmas, yoshlar ham shu kabi fikrlarni o'zimga tez-tez yozishadi. Tushinamanki, o'zimizni, hozirgi jarayonni faqat o'zimiz tushintirib berishga ehtiyoj bor. Hamma talmovsirab, qanday qarashni bilmayotganda "hoy, buyoqqa qaravoring" deyish muhim. Toki umuman oqim yana teskari tomonga burilib ketmasidan, asossiz munosabatlar jarayonni pufakdek shishirmasidan. Shunday ekan, biz o'zimiz va yonimizdagilarni o'zimiz anglatishimiz lozim. Bo'lmasa, o'quvchi ko"p hollarda angsharmay qolyapti.

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Jan, 13:01


MAYSA

(Epifaniya)


Azizim,
Tog'larga tushdi qor.
Kel qo'lingdan tutay.
Qo'llaring taftini ber menga.
Oq oydin yo'lda
Qo'lingdan tutib
Huv o'sha cho'qqiga yetay.
Azizim, lahzani ushlab ol
U hozir bolalar yasaganu
Qorbo'ronda otgan qortosh kabi
Yog'ar qo'lingga,
yo'lingga.
Azizim, dunyoni kez,
Chirpirak qil dunyoni
Qayda moviy qushlar bor
Qayda oydin bug'ular,
Yotganmikan kaltakesak inida?
Xaslarning ostida nima bor
His qilib ko'r, azizim.
Xaslarning ostidagi o'sha moviy his bo'lgim kelar
Gizli, parqu va yoyiq
Azizim, qor ostidagi maysani yupat,
Silab qo'y yuzimni silagan kabi
Asosiysi, maysa yupatmoq
Shekspir aytgandi
"Eng muhimi toptab o'tmaslik maysani" -
Dunyo chirpirak bo'lib aylanadi shu so'z ichida
Kel tavof qilaylik uni,
dunyoni,
so'zni.
Eng go'zal ishq gizli va nozik
Eng go'zal his inja va parqu
Eng nozik ishq va his - maysa.
Azizim, kaltakesakni o'pganingdagi o'sha nozik lahzani keltir
Lablarim qonsinlar lahza ta'midan
Cho'qqi yuksakligin sezayin
Azizim, ko'z ilg'amas narsani
Masalan, qushlar sayrog'in keltir qalbimga
Dugonam aytgandi:
Odamlarning o'ylari xalaqit beradi qush sayrog'iga.
Azizim, maysa, maysa...
Darvoqe o'simlik va maysa ismi Matilda
O'simlik va hisning ismi Matilda -
Nerudaning dilbar sevgisi.
Ishqimizning ko'z ilg'amas hisidir maysa.
Ko'z ilg'amas lek
Dunyo oqib yotar bu hisda
Va ishqimiz bir ummon kabi.
Azizim, kaltakesakni o'pganingdagi lahzani keltir.
Yuragim qonsin.
Eng nozik hislarni toptap o'tmasin dunyo
Qo'llaring taftidan qo'llarim yonsin.
Maysa toptamoq - taftni o'ldirmoqlik va
Manguga muz qotgan qo'llarimizdir.
Munosabatlar eng nozik hisda yashirin
Ko'z ko'rgan narsani avaylash mumkin
(O'ylash mumkin dunyoni tutib turibdi ular
Tog'larni yerning ustuni deb bilgan kabi odamlar.)
Lek ko'z ilg'amas narsani,
hisni
Toptashdan vayron bo'ladi dunyo
Vayron bo'ladi inson
So'nadi taftlar,
Ungan sevgilar.
Bir do'stim bor, Ruhimning do'sti
Garchi ko'rmoqqa ko'zim yo'q
Nafratlanmoq istab
Qalb va aql-la
Ruhim bilan intildim unga.
Nafrat istab qalb va aql-la
Ruhim bilan sevaman, sevgum.
Azizim,
Biz u bilan maysani toptab o'tdik,
Azizim,
Bilmagandek, munosabatda
Muhimi maysa.
Azizim,
azizim,
maysani yupat,
Azizim,
azizim,
maysa...
Maysa...

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Jan, 20:29


Pitersonning Hayot uchun 12 qoidasi o'zbek tiliga o'girilayotganidan xabardor edim. Naq 3 yil kutdim. Hozir qarasam, allaqachon chop etilgan ekan. Yarim tunda o'qishni boshladim.

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Jan, 08:29


O'lik shahar

1.

Shahar o'lgan,
Tuyg'ular jim-jit
Zaminidan uchgan baraka
"Bepusht za- miin."
Go'ringizda tinch yoting,  shoir

Shahar o'lgan,
Uyqusi o'lik.
Qachondir bosh olib ketarak
O'ylardim uchta to'lqin qoladi menda-
Shahardagi uch odam-
Borliqning borlik to'lqini edi.
Keyin to'lqinlarini olib ketishdi
O'zlari bilan
Men ketmadim.  Shahar ketdi mendan.
Yagona to'lqin o'zim edim.
Yolg'izlik to'lqini.
Yovuzlikdir-  yolg'izlik ham.

Nafrat ekdim bepusht zaminga
Qayg'u,  Kin ekdim.
G'azabimni qadadim ulkan.
Ur-sur,  qotillik ekdim-
Tuyg'umni ekdim.
Ishoning tuyg'ular qo'rqinchli emas,
Qo'rqinchlisi qo'rquvingizdir.

Koinot to'lqinlari chiriyotir.
Zamin hosilsiz.
Odamlar xasta,  o'lar kunba-kun
Tovushlar esa hamon muallaq
"Sufeee,  suf"
"Uffffffff!"
Tushunmayman sizni demang
O'sha chirik to'lqinni ushlang.

Qayg'ular ranglidir,
Ranglar qorishiq.
Ochlikdan qusayotir chaqaloq-
O'qchish!
O'qchish!
Ochlikdan qusdim.

O'qchish va chirik to'lqin o'lik shaharda.
O'qchishdan to'kiladi  -
Suv ham  -  zardobdir!
Va lekin ovqat istamas odam.
Zardobiga qorishiq.  Qayg'ular rangli.
Odam xudo bo'lmoq istar.
Gohida lahzaga xudo deb sig'inadi.
Lekin lahzalar ham ochlik.
O'qchish lahzalar.
Qayt qilib tashlang,
Tuyg'ungizni,
Sevgingizni,
Umidingizni.
Qayt qiling!!!

Odam istamay turib ham istar
Istaklar   -  ochlik
Istaklar o'qchish!

Odam xudo bo'lmoq istar
Va lekin xudo bo'lmagani xudolik.
Gohida lahzaga xudo deb sig'inadi.

Lahzalar   - o'qchish,
Ochlik  -   lahzalar.
Istaklar  -  xudodir,
Ochlik  - xudolik.


®Tillaniso

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Jan, 09:54


"Aks" turkumi kitoblari tez orada qo'lingizda bo'larkan.

https://t.me/perezagruzka_2021/1007?single

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Jan, 15:32


YO'L QISSASI

       (Epifaniya)
                                      Ori           Rustamjonovaga

Yilim, xush qol endi,
              biz ketayapmiz.
Qaytmas bo'lib ketamiz.
Yil nima o'zi?
Zamon nima?
Yashadikmi zamoningda, yilim?
Bir oyog'imiz osmonda mudom
Birisi go'rda
Bu oraliqda qadam tashlolmaymiz
Ayrilar putimiz
Yorilar chotimiz.
Ilohlar kabi zamon ustida
Oyoq yozib turibmiz
Bir oyog'imiz osmonda
Birisi go'rda
Ayrilgan putimiz,
Yorilgan chotimiz.
Biz seniki emasdik, yilim
Yo o'tmishniki, yo kelajaknigi
Yo bir nafratniki.
Seniki bo'lmadik, yilim
Yashamadik sen bilan
Va lekin yashamoq nima degani?
Odamlar har ko'yli yashar
Kimdir odam so'yadi,
    kimdir o'zini
Kimdir esa muallaq qotgan zamon ustida
Unutgan u borlig'ini ham
Yilim, zamonga to'r yozgan senmiding
Yig'ib oladirsan o'sha to'rlarni -
Loqayd va befarq seni o'zdan uloqtiramiz
Yulib otamiz seni.
Yilim,bugun sevganim xotini bilan urishdi
O'zi ko'tarolmagan og'irlik sezdim so'zida
Uni doim urishgan bu olam,
hayot
Qay burchakka qochmasin
Mudom tund, mag'lub
Nigohlari muztar, og'irva mag'rur
O'zi ko'tarolmagan dardlari bilan quchadi meni
Lekin qayga olib boray
Qayga olib borib adashtiray dardlarni
Ertakdagi o'rmonga olib bordim adashtirgani
Biroq o'zim adashdim qismatning o'rmonida.
Qaytib kelmadim.
Suvga oqizoq qildim
Baribir ketmadi oqib
U dunyoga xabarchi emas suvlar ham
Faqat hozir bor
Ha, faqat hozir
U dunyo ham,
Bu dunyo ham "hozir"da qovushgan
Biz esa hozirdan hatlab o'tmoqchi bo'lamiz mudom
Ikki oyog'imiz hozir ustida kerilgan
Biroq hatlolmaymiz,
Zero, sakramoqqa tomon yo'q.
Bir oyog'imiz osmonda,
Birisi go'rda
Ayrilgan putimiz,
Yorilgan chotimiz.
U dunyodan ham, bu dunyodan ham sakrab o'tmoq bo'lamiz
Ammo tomon yo'q.
Sening sharafingga qadah ko'tardik
Xayrlashdik sen bilan, yilim
Bir do'stim keldi oldimga
"Ular mudom oqlaydi o'zni
(Do'stlarni ko'rsatdi nuqib)
Men qoraladim.
Xiyonatni ko'rdim. Ko'rdim bevaqt ayriliqlarni".
Oqladi o'zni. Bu telba, xoksor odamlar qalbida
Uyg'ongan shafqat va mehr
Ovutarmi alamlarini?
Alam yirtqich bo'ri
Panalarda turib ovladi bizni.
Ovlanmagan bir zog' qolmadi.
Hammamiz endi uning qulimiz.
Ovutmaydi bizni
sevgimiz,
kulgimizi,
yong'in, kulimiz.
Bu dunyoda odam o'zini oqlagan emas.
Oqlagan zamon,
Oqlagan qismat,
Oqlagan olam.
Odam qora.
Oqlolmagan odam o'zini.
Oqlamagan odam o'zini.
Yilim, senda oq eding.
Sen odam emassanku, yilim.
"Koshki yiqilsa dilim
Qaltirab turar qo'lim
Jigarimni yulmasdan."
Sen odam emassan, yilim.
Dugonam yozdi : uzoq turing filmlardan, mahzun kuydan, qo'shiqdan.
Lekin kuysiz, qo'shiqsiz yashash mumkinmi, Dilim?
Mumkinmi, Yilim?
Olamning har qatida kuy sizib kelsa
Ko'z yoshimda kuy suzib kelsa
Mumkinmi, Dilim?
Mumkinmi, Yilim?
Yo mahzunlik yashash emasmi?
Yashash nima o'zi?
Mahzunlik nima?
Qismat bo'lgan narsa yashalgan
Yashalgan har narsa mahzunlik!!!
Har kim har ko'yli yashar
Qismatini yashar har odam
Qismat esa oqlangan. Qismat mudom oq.
Doim cho'chib tushadi
Nigohimdagi nafratdan
Menga xona bergan uyning egasi.
O'z taftimdan sovqotaman o'zim.
Nafratimdan ketaman cho'chib.
Men bu haqda yozishni istamayman.
Ha, istamayman. Na nafrat, na uy egasi haqda.
Bilaman, yanagi yilda ham
Ko'chib ketolmayman uyidan
Shunga mahkumman.
Men odamman. Mahkumman o'z ojizligiga.
Bir dunyo qulamoqda
Dardlar, sevgi, Aqllar
Bir dunyo qulamoqda.
Bir dunyo qolmoqda.
Men aytolmayman qanday dunyo bu
Ortiq odam emasman axir
Men bir Yodman, Hammasidan qolgan Telbalik
Men hech qachon bo'lmagan yo'lman endi
Na kelishim, na ketishim bordir.
Yilim, sen zamonning uzun yo'li
Senga ketish,
Menga Yodlar,
Qolgan Gardlar,
Mangulik Yordir!

2019, 24-dekabr

P.S: yangi yilning kechikkan she'ri

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Jan, 13:01


Joriy hukumat arzimagan gap uchun qamalib sudda qulab tushgan erkakdek ko'z oldimizda quladi. Essiz, yovuzlikning bu darajada siyqaligini ko'ramiz deb o'ylamagandim.

Mana shu siyqalik orqali odamlar hissiyotlari bilan o'ynashilyapti. Aynan shunisi xavfli. Oxiri baxayr bo'lsin.

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Jan, 10:23


Sen buni qil

Sevganing seni sevmasa ham
Sevishda et davom.
Boshqa yasholmaganing uchun qil buni.
Hayot o'yinida allaqachon yutqazding
Ammo o'ynashda et davom.
Mudom sovqotasan
Lekin hech kimga gapirmaysan
Nur va sovuq haqida
Sovuqda et davom
Yerda qolgan loshingni
Ko'tarmaslikda
Qaqroq yersan
Unmaslikda, o'smaslikda
Yulduzlarga qo'ling yetmasligida
Hammasini
Sevishda et davom.
Boshqacha yashashni bilmaysan.
Kuydirmaydi seni quyoshning tafti
So'zlar ham zarracha o'yib olmaydi.
Yiqilishda et davom.
Bir zum boshqa narsani keltirma xayolingga
Bir zum mavh bo'lmoqni o'ylama , aslo,
Ishon, biz o'lmaymiz
Biz shunchaki osmonga ketamiz uchib
Ungacha bularni yashash deb ata
Va sevgi deb ata yashashni
Sevishda et davom.
Sevganing seni sevmasa ham.
Boshqacha yashashni bilmaysan.

****

Tayyorgarlik

Hech qachon tayyor bo'lmaysan
Sevgiga, qayg'uga, buyuk hislarga -
To'satdan va birdan o'psang -sevasan.

Ko'rganingda to'satdan o'p,
To'satdan ur yuzimga,
To'satdan qo'yningga tort,
To'satdan Selga itar
Itar to'fon tubiga -
O'lsam yig'laturman,
Mangulik bo'laman
O'lmasam.

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Jan, 09:16


Yilning ilk nashri - Turkiya jurnalida Ruxsora Nur o'girmasida she'rim bosilibdi

Hid Gallyutsinatsiyasi

02 Jan, 13:44


Exactly

Hid Gallyutsinatsiyasi

01 Jan, 19:20


"O'g'ilvozlik" sindromi


Yangi yil kunlari "Tundan tonggacha" filmini 5 martadan ortiq berdi tvda. Mana hozir zo'rg'a asabim chidab oxirini ko'rdim. Oxirida kelin tug'adi, ikki tomon qudalari va er sevinib yer tepishi uchun nima tug'ishi kerak - ALBATTA O'G'IL! Baxtli yakun uchun rejissyor shunday "topilma" qilishi aniq edi. Hamshira "qiz tug'ildi" desa buncha sevinch, yer tepish qayda - mayli, eson-omon qutilibdiku, hali yana tug'adi, bu birinchisi" deyilardi, hayotda bo'ladigani kabi.

Xay, shu "o'g'il" hayqirig'i, yer tepishlar bilan tugasa mayli, ikki erkak quda kerilyapti: men bilardim, o'g'il bo"lishini bilardim, menikiyam birinchisi o'g'il bo'lgan deb qichqirishyapti. Bunisi endi slishkom.

Qizig'i, shu kinoni 6 yoshli qiz jiyanim 5 martayam maza qilib ko'rdi. Chunki hozircha kino miyasiga qanday messej yuborayotganini bilmaydi. Balki biladi, shuning uchun ham qizlar ongsiz tarzda ikkinchi rolga o'tishga o"zini sozlab boradi.

Dekonstruksiya qilish kerak bunaqa kinolarni! Qadriyatlar va miyani inchunin.

P.s.: "Mahallada duv-duv gap" dan keyin birorta ayol-qizlar kuchli, mard, jamiyatda ta'sirli, erkin qilib tasvirlangan o'zbek kinosi ko'rmabman. Hammasida ayollar qanaqadir ahmoq, cho'zilib, inqillab gapiradi yoki o'ta shallaqilik qiladi. O'zbek ayollariga o'ta xunuk imij chizilyapti - yomoni miyagayam shu imij singdirilyapti. Dovdir, ahmoq, shallaqi ayollar siymosi...

Hid Gallyutsinatsiyasi

01 Jan, 11:19


Qishloqda muammolar yangilanibdi. Butkul boshqa darajaga chiqibdi. Avval erini yo xotini o'ldirgan odamlar, to'yi buzilgan yo cho"zilgan juftliklar, saratondan o'lim, qari qizning qanday erga tegishi, Toshkentga ishlashga ketgan va har bayram to'lib toshib keladigan savdogarlar asosiy mavzu bo'lsa, hozir X bet, onlayn psixologlar va kartadan mln so'mlarda pul o'g'irlab hakerlik qilish asosiy mavzu bo'pti. Bir 10-sinf yigiti xakerlik qilib juda katta summa o'g'irlab yuribdi ekan, lekin o'ziga ishlatmaydi, pullar qayerdaligi noma'lum; bir harbiy yigit Xbetga o'tirib qopti, oilasiyam, karyera ham barbod bo'lish arafasida ekan; bir 20 yoshli qiz esa onlayn-psixolog bo'p ketibdi, soati 50 dollar ekan, onasini tuzatibdi; Xorazmdan psixolog kelib, qizni o'qitibdi. Xullas, svilizatsiya! Qishloqlar ham zamonaviy muammolarga yetib keldi! Globallashuv borgan sari tezlashmoqda.

Qishloqda turib, sexlar ochib, instagramda sahifa yuritib, biznesini katta qilib yuborgan ayollar, kelinlar ko'payibdi.

Qishloq-shahar orasida farq qolmayapti, oddiy qo'limizdagi telefonning shuncha ta'siri! Rostdan odamlarga imkon berilsa, sharoitni o'zlari qilib olaveradi (agar majburiyat yelkaga tushsa) .

Hid Gallyutsinatsiyasi

31 Dec, 18:26


Bayramga kelib, menga o'xshab zerikib o'lib ketayotganlar bormi😢 o'zi bu bayramni nimasi bayram?

P.s: vaqt o'tgan sari oila degan tushinchaga ham qarash o'zgarar ekan, o'z oilang, o'z odamlaring bilan ko'proq mazali

Hid Gallyutsinatsiyasi

31 Dec, 11:14


Kelasi yilga adabiy, ilmiy tahliliy maqola yozishimni so'ragan ekansizlar, sizlarga aytsam, hamma narsani tahliliy nuqtadan ko'raverish ham odamni charchatadi. Masalan, yaqinda ikkita kino tarjima qildim. Biri Afrikaning hukmdor ayoli haqida edi. Ko'rsangiz, shundoq arxetipik kinoda. Jozeff Kembellning "Ming yuzli qahramon" kitobida erkak qahramonning doim yordamchilari bo'ladi - bular: yor, ot, do'st deydi. Bu narsa shundoq "Alpomish" da ham turibdi. Lekin kurashchi ayol qahramon doim yolg"iz. Bu uning arxetipik qismati. Unga oshib borsa ayol-dugonalar yordam beradi", deydi. Buyog"i, amazonkalik endi. Qizig'i, kino tarixiy voqealar asosida va ramziy ma'noda Afrika amazonkalarini - jangchi ayollarining yo'li deyish mumkin. Tarjima qib bo'guncha, tahliliy fikrlarimdan ichim ziq bo'ldi. Chunki bir paytda bitta ishni qilish kerak-da.

Yaqinda adabiyot va san'atda etnik tahlillar, postkolonializm, dekolonializmni o'qigandim. Ikkinchi kino tahlili g'irt shunga tortyapti. Kino o'zi tosh bosmaydi. Ammo hindlar ahmoq va qotil, qoralar takabbur, xitoy esa nodon qib ko'rsatilgan . Oq tanlilar ustidan ham yaxshigina kulinadi, lekin ular oxirdi g'olib kelishadi. Bilmadim, ko"zimga shunday ko'rinyaptimi yoki yevrosenterizmni chuqurroq sezyapmanmi, har holda bitta kinoni o'girishdan o'tirivolib bitta maqola yozib tashlash osonroqdek😁 ammo yangi tajribalarni ham o'rganish kerak.

Umuman yil samarali o'tdi va shunday yakunlanyapti - mana hozir ham bir qo'limda kompyuter, bir qo'limda idish-tovoq😄

Hid Gallyutsinatsiyasi

31 Dec, 09:28


Turkiyaning Manshet gazetasi yangi yil sonida she'riy chiqish.

Tarjima ustida mehnat qilgan va chiqishiga sababchi bo'lgan Abdulazizga rahmat. U "Qon" to"plamini to'liq turkchaga o'girgandi kuzda. Endi esa Turkiyada nashr bo"lishi uchun nashriyot izlayapti. Men bu borada biroz umidsiz bo"lganim uchun ( nashr xarajatlari va yoyinlanish masalasi), qo'yavering, shartmas desam ham, intilishdan to'xtamadi. Mayli, iloyim tarjimonimizning ham , mening ham yuzimiz yorug' bo'lib, ishimiz o'ngidan kelsin. Yana bir bor Abdulazizga rahmat deyman!

Hid Gallyutsinatsiyasi

31 Dec, 07:57


Yangi yil bilan sizlarni tabriklaymiz!

Hid Gallyutsinatsiyasi

29 Dec, 15:40


2025 yilda kanalimda nimalar va qanday mavzularda yozishimni kutasizlar? O"zim uchun reja qilyapman, fikrlarniyam inobatga olaman.

Hid Gallyutsinatsiyasi

26 Dec, 20:22


Bir qish kechasida to‘satdan
Mendan ilhom ketdi.
Ketganin sezganimda
Gapirolmay qolgandim
Olib ketgandi bari so‘zlarni
O‘zi bilan.

Menga yig‘ilarni qoldirdi faqat
Har tun she'r yozgim kelardi
Har kun baqirgim,
Har on yolvorgim kelardi Xudoga
Biroq so‘zlar yo‘q edi:
Toqatsizlik!
Baxtsizlik!
So‘zsizliik!
Oh, bu ne balo ediki,
So‘zlarim uning tomirlarida
Sargardon yugurib yurardi
Iltijo qilardi, bizni qaytar deb!

Sizifning toshidek so‘zlarim,
Tegirmon toshidek so‘zlarim
Boshimni yanchardi oqshomlar
Tushlarim ichida aylanib,
Yozmoqchi bo‘lardim uyg‘onib...

Bir kuni yozishni o‘rgandim
Ko‘z yoshning shovqini,
Shamolning isi,
Yomg‘irning notalari-la.
So‘zlarsiz go‘zalroq edi she'rlarim.
Ularni ilardim har sahar
Kir ilgich dorlarga.
Va har sahar ularni qushlar
O‘qib berar edi daraxtlarzorlarga.

Nihoyat bir kuni
Men so‘zga do‘ndim
O‘zim!
Xudoning aytgan bitta so‘ziga
Xuddi sizlardek,
Xuddi gullardek,
Xuddi dunyodek
Hechkimsa o‘qimas
Bahaybat
So‘zga!

@FeruzaXayrullayeva

Hid Gallyutsinatsiyasi

26 Dec, 16:38


Rivojlanish yo'lidagilar, ruhni ko'taringlar! Bir kun ham boy, ham shukuhli, ham yorqin bo'lamiz. Bayroq qo'limizda bo'ladi. Fursatni boy bermay, yo'lda davom etinglar!

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Dec, 12:43


Yaxshini ko'ran savob

Momom rahmatli shu gapni ko'p aytardi.
Bugun bayram kayfiyati quchog'ida bir quchoq cho'g'dek yallig'lanib yotgan poytaxtni ko'rib ko'nglim yayradi, yaxshini ko'ran savobda baribir.

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Dec, 09:52


Me'yoriy odam

Men ming bo'lakka bo'linganman
Anov latta putta
Anov atir quti
Anavi faryod.
Anavi rang - qizning ko'zida.
Anavi rangsizlik (Afrika bolalari tilida)

Vasiyatim hozirdan bajo:
Bo'laklab-bo'laklab o'ldiring meni.
Har shaklim xochday qoqilgan.
Ongimga mix qoqadi rassomlar -
Miyamni qatig'idan (rangida)
So'rib oladi televizor
Bitta yaxlitlikni.
Zamonaviy odam ta'rifim.
Miyamni qatig'idan ichadi kampir.
Onam so'kardi : miyasiga urilgan qo'yga o'xshaysan -
- dang - dang.
Anov tovush,
Anov faryod - dang-dang
Men esa xursand bo'lganman
Mendan ham battar
Miyasi ichilgan bolalar borligiga.

Shahar esa yana ham rangin.
Rangsizlik kabi qarg'algan Ongim.
Shahar rangini o'qiy olmaydi
Tomirimizda ajdodlar geni
Deb tashxis urgandi do'stim.
Avtolar bosimidek
Shahar bosimini
"O'qimaydi" ajdodim qoni -
Qonim rangsiz.
Rangsiz programmasan deydi zamon.
Afrikalik bolalar bo'lganda erdi
Qarg'algan ranging derdi.
Vasiyatim oldindan bajo:
Bo'laklab o'ldiring meni -
Anov shahar
Anov qishloq
Anov bola
Anov bolalik.

Xiyobonlar aro emaklab yurgim keladi
To'rtta oyoqlab
Ko'zimni yumsam faqat shu xayol
Mening hayvoniy ibtidom go'zal.
Ibtidomni taniydi qonim.

Yaxlitligimni olib ko'zim oldida
Dunyo dang-dang deydi
Dunyo tovush qon.
Tasavvurimni ichgan rassomlar.
Ongimdagi yaxlitlikni olib
Bokiralikni olgandek mag'rur bu zamon.

Bo'laklangan ongim tasavvur
Narsalarning ismin bilmayman
Narsalarning ismini tanib
Keyin atalgandim odamizot deb.
Bittalab olingan Ongimdan
Ismlar
Ranglarni mix qoqib
Hech narsaning ismin bilmayman.
Hech narsaga javobim yo'qdir.
Zotan yanchib tashlangan
Miyamda savol taassuroti.
Va ushlashga biror tayanchim ham yo'q .

Gazetalar yozadi - aqldan ozganim me'yoriy holat
Doim telba bo'lgan me'yoriy odam.
Hamma tashxis qo'yar har yoqdan
Hamma guldiraydi
Guldiraklar gapiradi -
Har kuni bir xulosa azalu abad
Har bir xulosa bilan
Yolg'izlik qafasida tashlab ketadi mardum
Me'yoriy deyishar, me'yoriy bari,
Me'yoriy mahkum -
Me'yoriy zamonaviy odam.

Tillaniso

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Dec, 09:20


Hamma narsaga ko'z yosh bilan nuqta qo'yiladi-
kelgan xulosa
porlagan his
kutgan on
sevgan visol
ketgan ish
Nogohonda onangni qayta tushinib yetganing
Umring onangni tushinishning uzun yo'llari -
Hammasiga izma-iz tomadi nuqta
bargday to'kilib
qorday ko'llab
yomg'irday sellab yoqqaning
Uzun arg'amchida uchganing tinmay
Nafaslaring qaytib olgan nafasing
Yotganing o'z yuragingga o'zing bosh qo'yib
Hammasiga qo'yilar nuqta -
Bilasanmi,
ko'llab borayotgan ko'z yosh chizig'idan o'tib boryapsan,
Ko'zyosh arg'amchisida o'ynab yurgan tiniq dorbozsan
Bilasanmi, qo'yilar nuqta
Osmon yuragingga bostirib kelar
Tomiringni ikki yondan silkib o'ynatar morboz
Bilasanmi, ikkita sukunat bor - ko'zlaring yutgan
Bilasanmi, yurag'ing yelpig'ich bo'ladi
ishq hammomida
Bilasanmi, tomiring to'rt qoziqqa bog'lanar,
Bilasanmi, omonsan,
anuv dorda osilib turibdi nuqta.
Bilasanmi, nuqtamsan,
Dorlarda osilib o'ynagan nuqtamsan mening -
Muallaq nuqtamsan.
Omonat - Nuqta.


Tillaniso

Hid Gallyutsinatsiyasi

24 Dec, 12:07


Ma'rifatning bayram sonini bezabman😊

Hid Gallyutsinatsiyasi

24 Dec, 12:06


“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 25-dekabr kungi sonida:

👉 Menejerlik salohiyatiga ega rahbarlar: ta’lim muassasasida nimani o‘zgartira oladi?
👉 Adabiy ta’lim tamoyillari va baholashning yangi tizimi
👉 Xavfsizlik samarali ta’limning asosi
👉 Yangi yil – yangi umidlar, yangi muvaffaqiyatlar
👉 Dilnoza Kubayeva: Ustoz bo‘lgim keladi
👉 Avaz Oxun: Har bir kasb egasining ortida ustozlar turadi
👉 2024-yil kashfiyotlari: hayotni osonlashtiradi
👉 Ko‘hna Shomning yangi tongi

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Dec, 13:53


Xalq bankidan taklifnoma keldi. Faqat pazlimni yaxshi yig'olmadim

Ertaga boramiz

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Dec, 15:56


#kechikkanpost
Bu postni ancha avval yozishim kerak edi.

12 yildan beri turli sohalarda ishlab ko'rdim - asosan jurnalistika, ammo ichida boshqa har turli "qora" va oq ishlar bor. Jismonan charchagan yoki ruhan ezgan ishlar bo'lgan, lekin ikkisi birda bo'lmagan hech. Ularning orasida eng qiyini - o'qituvchilik bo'ldi! Aytishingiz mumkin, pedagogik mahorat, tug'ma pedagog bo"lib tug'ilish, zamonga moslashish kerak" kabi gaplarni. Lekin hamma gap bundamas. Bunda bo'lsa, qani?! Bitta o'qituvchi o'z ustida ishlagani bilan muammo hal bo"p qolsa.
Ta'lim tizimida muammolar ko"p, baholashda muammolar ko"p, qadriyatlar parchalanib ,o'rniga qonun ishlasin degan zamondamiz - ishlamayotgan qonunlarimizda muammolar ko'p - shu sabab ma'suliyat tuyg'usi tolibi ilmlarda kamayib ketgan. Xay, mayli bular o"z yo"liga. Hatto shular to'g'irlanganda ham o'qituvchilik eng og'ir kasb bo"lib qolaveradi. Ishoning, bolalarni o'qitish, qiziqtirish, baholash - to'g'ri yo"naltirish - bor kuch va energiyangizni oladi. Ham jismonan, ham ruhan. O"zingiz uchun yashamay qo'yasiz. Shunaqa og'ir kasb ekan o'qituvchilik!

Bu tizimga qaytish niyatim yo'q, ammo o"zimgayam, sizgayam gapim shuki, nima uchundir kurashmoqchi bo"lsangiz, o'qituvchi uchun kurashing! Kim eng baland oylikka munosib deyishsa - o'qituvchi deb ayting! Mamlakat, jamiyat kimni ko"p qadrlashi kerak deyishsa, o'qituvchini deb ayting!

Men bir yillik tajribamdan shu xulosani oldim ! Va nihoyat tushindim bekorga o'qituvchi va shifokor mamlakat va jamiyatning eng qadrli odami bo'lishi kerak deb aytilmasligini! Va nihoyat mehnati o'ta kichik ko'rinadigan, kam qadrlanadigan, davralarda dovruq solmaydigan bu odamlar eng og"ir , eng muhim ishni qilayotaganini! Tan olaylik, qolganlarimiznikida ko"proq shaxsiy manfaat ustun. O'qituvchi sarflaydigan energiya esa o"sha shaxsiy manfaat - puldan ming karra ko"proq keladi. Biz o"qituvchilar sohasida nimanidir noto'g'ri qilyapmiz. Na podkast, na ko'rsatuv, na tarmoqlarda ular haqida gapirmayapmiz! Biz eng kerakli odamlarni ko"zdan pana qilganmiz - asosan tanqid yog'diramiz! Shu tanqidchilarimiz ham o'qituvchining bir kunlik ishiga dosh bermay dod deb ketishini tushindim! Bilmadim, hozir ichimda eng ko"p shu soha xodimlariga hurmat va hamdardlik bor!

Jamiyat va davlat o"qituvchi bilan muloqotga ochilishi kerak - bo"lmasa o"zimizni o"zimiz aldaymiz.

Hid Gallyutsinatsiyasi

21 Dec, 19:24


Bbc uzbek tayyorlagan va o'zining ijtimoiy tarmoqlarida joylagan feminizm haqidagi lavha ostida qoldirilgan izohlardan hayron qoldim. (Aslida o'rganib ketganmiz) Hayron qolganim izohchilarning 99% i erkaklar va asosan haqoratli kommentlar. Maqolani o'qib, suhbatni eshitmagan deyarli bari. Bundan menda bitta xulosa qoldi: jamiyatimizdagi istalgan johil erkak ham o'zini ayollardan kamida ikki bosh baland deb biladi. U ayollarning nimani gapirayotgani, o'ylayotgani, o'qiyotgani , mushohada qilayotgani farqsiz. Ehtimol, sen shu ayollar darajasida ham fikrlamassan, lekin sen erkakmisan, shuning o'ziyoq ustun ekanligingga yetarli! Aslida feminizm shu haqda - ustunlik da'vo qilmasdan, ayolmi erkakmi, fikr ko'lamiga, o'lchoviga qarash haqida. Shu orqali fikrlar tengligini, erkinligini - shaxs tengligini yaratish haqida. Ammo doim o'zini kimdandir ustun sanashga o'rgangan yaratiq buni qaydanam tushinsin!
Eng qizig'i, ayollar ko"proq bag'rikeng. Jamiyat erkaklari siyosiy, ijtimoiy ta'sir kuchiga ega bo'lmay qolgani uchun ayollarning kichkinagina raqobat muhitiga kirib oldi. Yelkaga oftob tushishi mumkin bo'lgan joy o'zi tangadek edi, endi mana o'sha raqobat muhitida ayollar ham, erkaklar ham tirik qolish, so'zini o'tkazish uchun kurashib yotibdi. Ayollar buni biladi, bilgani uchun ham o'sha erkaklarga hamdardlik vajidan jim turadi. Ammo erkaklarning o'zi bunaqa hamdardlikni nainki qadrlaymaydi, sezib ham o'tmaydi hatto. ( shundayam ayollar jamiyat mustahkamligi uchun ma'suliyatni bo'yniga olmayaptimi?!) Toptaydi.
Ko"pchilik feminizmni islom rad etishi vajidan haqorat yog'diradi. Lekin allaqachon biz diniy davlatlarda yashamayotgan bo'lsak, qanday qilib ayol siyosiy huquqi haqidagi masalani din bilan hal qila olamiz?! Buyog'i feminizmning islomiy to'lqini eng katta to'lqinlardan biri ekanini ko'pchilik bilmasa kerak! Germaniyada ko'plab lider feministlar - musulmon feministlari!
Undan ham qizig'i nima aytaymi - ko'pchilik uyg'ongan erkaklar ham ayollarni qutqarish uchun avval erkaklarni qutqarish kerakligini da'vo qiladi. Lekin erkaklar davralarida bu haqda gapirolmaydi. Boshqacha gapiradi. Xo'p, erkaklarni qanday qutqarish kerak? Nega erkaklarimiz shu mavzu ustida bosh qotirib, bir joyga jam bo'lmaydi? Muammoni ko'rib turib, ko'z yumadi?

Bu masalalarda ayollar ilg'or ekani esa ko'pchilikning jig"iga tegadi. Afsuslanarli tomoni shu.

Islom feminizmi haqida o'zbek tilida manba: https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Islom_feminizmi?utm_source=chatgpt.com

Hid Gallyutsinatsiyasi

20 Dec, 08:30


Suv qiyasida
boshmog'imni chiqarib o'tirdim,
oyoqlarim suv ichinda.
Naqadar yashilman bugun,
Naqadar tiniqqanman!
Yoki huzun tog'dan inarmi?
Daraxtlarning ortida kim bor?
hech kimsa,
bir inak o'tlar faqat.
Yozgi peshinda
yoz qandayligini yaxshi biladi soyalar,
dog'siz soyalar.
Bolalar! o'yin maydonida o'ynashadi.
Behuda emas yasham:
Sevgi bor, olma bor, ishonch bor.

Suhrob Sipehriy


(Turkchadan moslashtirdim)

Hid Gallyutsinatsiyasi

19 Dec, 15:35


https://youtu.be/S7neJ8U56y4?si=G5b1Ed9lTJyFbmB3

Neuyatga kelgan qizlar, tilbizrga chiqib ketibmiz)

Hid Gallyutsinatsiyasi

19 Dec, 12:34


​​#BBCUzbek

Ўзбекча феминизм: тараққиёт белгисими ё ижтимоий таҳдид? Видео

Тошкентдаги "NeUyat" кўргазмаси ташкилотчилари Ўзбекистондаги хотин-қизларга қарши содир этилаётган зўравонликларга яна бир бор жамият эътиборини қаратишни мақсад қилдилар. Аёлларга нисбатан адолатсизлик “уят” деб аталадиган умум қадрият ортига беркинаркан, аслида уялиши керак бўлган жиноятчилар жазосиз қолади, дейдилар ташкилотчилар.

https://www.bbc.com/uzbek/articles/c0j1q9ywx7wo/lat

Hid Gallyutsinatsiyasi

19 Dec, 12:33


O‘zbekcha feminizm: taraqqiyot belgisimi yo ijtimoiy tahdid? Video - BBC News O'zbek
https://www.bbc.com/uzbek/articles/c0j1q9ywx7wo/lat

Hid Gallyutsinatsiyasi

18 Dec, 05:21


Arxetipik bosqichlarda shakllanadigan shaxsiyat – Nima uchun ichimizdagi “bola”ni saqlab qolishimiz kerak?

Qadimgi xalqlarda bola ota-onasidan ajratilib, uzoq vaqt qabiladan tashqariga olib ketilgan va turli sinovlardan oʻtgan. Sinovdan oʻta olgan bolalar ota-ona “men”idan ajralib chiqqan shaxs sifatida jamiyatga qabul qilingan, oʻtolmaganlari esa yo oʻldirib yuborilgan, yo qabilaga qayta qabul qilinmagan.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3303

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

Hid Gallyutsinatsiyasi

17 Dec, 15:02


Abduvali Qutbiddinning "Izohsiz lug'at" ida keladigan "Oyoqqa tushgan qon qorayar" , degan misra ma'nosini biror o'n kuncha o'ylab yurdim. O'ylab o'yimga yetolmadim. Oxir ustoz Aziz Saiddan yordam so'radim. Javob bunday bo'ldi:

"Оёқққа дегани ерга дегани. Ерга тушган қон қораяди.

Бу ердаги қон маъносини турлича талқин қилиш мумкин.
Қон қайнаб турган ҳаёт рамзи.-- ҳаммаси ўтиб кетади, ҳеч.
Қон жон рамзи.-- у ҳам чиқиб кетгач ҳечдир.
Қон --ранг. Бу кўриб турганинг дунё ва тириклик ранги асли бошқа, ўтса, макони ўзгарса асл кўринади.

Карочи, "эй набера, кўпам дунё ишларига куйиниб, ҳовлиқаверма, ҳаммаси сен кўраётганингдек эмас", девоттила.

Яна талқинлари бор, мақола қилиб ёзса ҳаммасини айтиш мумкин. Абдувалини бу шеърида ишоралар, ишоралар остида тасаввуфий тушунчалар, ривоятлар кўп, уларнинг зоҳирий, ботиний маънолари талқинлари ҳам."

Mana, nima uchun she'rni sevish kerak. Bir misra orqasida o'ndan ortiq fikr aytasiz! Mana shu - san'at!

Hid Gallyutsinatsiyasi

17 Dec, 14:20


«Ҳаво» ошкор қилган иситма – ўзбек шеъриятидаги феминизм

Шахссиз шеъриятни сизга ёлғиз табиатгина беради. Бундай шахссизланиш шеърияти Томас Элиотдан бошланди, дейишади. Аслида йўқ. Элиот бизга буни идрок этиб берди. Сакура гулларига кунлаб тикилиб ўтиришдан ибтидо олган япон ҳаккулари ва «ишқ бу лаҳза, лаҳзадагина ишқ бор» деган тасаввуф шеъриятимизда ҳам бу бор эди.

Oʻz:
https://oyina.uz/uz/article/3305

Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3306

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Hid Gallyutsinatsiyasi

17 Dec, 06:14


Gul bog'chasi

Ne kengish dashtlar! Ne yuksak tog'lar!
Gul bog'chasinda mudhish bir yashillik hidi!
Bu yerlarda bir nimalar axtardim:
uyqu, yorug', qum va kulimsa yetovindaman.
Teraklar orqasidan ulug' bir sassizlik meni chaqirar.
Qamishzorlar ichida qoldim, shamol esmoqda,
Tingladim;
Men bilan kim gaplashdi?
Bir timsoh sirg'alib o'tdi.
Yo'lga tushdim.
Yo'l boshida yo'ng'ichqa,
So'ngra, tuproqning unutganligi.

Suhrob Sipehriy


(Turkchadan moslashtirdim)

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Dec, 19:41


ONDAGI VOHA

Meni izlasangiz agar
bo'shliq orqasidaman, bo'shliq orqasida,
bir yerda,
xabarchilar havoning tomirlarinda
Uzoq tuproqda ochilan chechaklardan xabarlar tashir.

Pion guli me'rojiga ketan otlilarning izlari qumlarda.
Orzu soyaboni ochiqdir bo'shliq orqasinda;
yolg'iz yaproq suvsizlik esintisida esa
yag'mur qo'ng'iroqlari tinglanadi u yerda.

Bu yerda inson yolg'izdir.
So'ngsizlikka to'g'ri uzanur ko'lka, bu yolg'izlikda.
Meni axtarsangiz agar,
ohista, mayin keling
chortlamasin yolg'izligim inja chinnisi.


Suhrob Sipehriy.


(Turkchadan moslashtirdim)

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Dec, 08:59


(shunchaki matn)

Qor nima bu - zarrachalarning jipslashuvimi, ruhimning halovati yo bezovtaligi? Yo men yozolmagan she'rimmi - paytini yillab kutgan va yog'ilgan paytini kutib - yog'ilib qoplagan dunyoni.
oppoq qorlar - qor qoplonlari - qor ham yerdan bosh ko'taradimi - eshitadimi jim yo'q quyoshni yo shamol-bo'ronni - lahzadek yengilmi u, yuzimizga urilgan tajribalarmi - yo yelkamdan qo'zg'olgan yerga tortar og'riqmi - singish istab yerlarga - qor mavjudmi - oq mavjudlikmi, mavjudlikmi ko'zlarim - avtolar shovqiniga shohid shunchaki - g'ijimlangan varaqmi - g'ijimlab yasalgan qorbola kabi - shakl olgan mohiyat - erib bitar - ikkita ko'zimga qo'yilgan o'ng va chapmi u - so'limga yursam titroq - o'ngimga yursam titroq - entikib junjikkan yo'qsilligimmi - ko'zlarimda yumshab, erib bitar - QOR!

Hid Gallyutsinatsiyasi

14 Dec, 15:56


https://youtu.be/4cCsiKQ5maA?si=FgeovJznMySUvf_E

Yakshanbada ko'rishli podkast

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Dec, 09:43


https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdXMji4wCW1VTnsjsCoKv1K0RDb-wI-wQHZWRxGXbXrIJePTA/viewform

Bir ilmiy tadqiqot uchun juda zarur. Shuni to'ldirivoraylik , do'stlar

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Dec, 19:36


Qaytib kelarmisan yana yoshligim mening!

Hid Gallyutsinatsiyasi

09 Dec, 13:14


Nafis chayqaladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida.
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul
Viqor-la o'shshaygan qoya labida.


OYBEK


Foto muallifi: Sobir Muhammad

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Dec, 08:45


QISH

Qishni kim qanday yoqtiradi, bilmadimu, men alohida yaxshi ko'raman. Assotsiativ xotiralarim ko'proq ikki momom bilan bog'liq ekan. Ona momomnikiga qishda borganimizda doim sho'rva osilgan bo'lardi va ichida sholg'om qaynaydi. Biz ovqatga negadir sholg'om solmasdik. Ona momomnikida esa qishda sholg'om hidi taraladi. Shuning uchun qish yodimga sholg'om hidli sho'rva bilan tushaveradi. Shu hidni, ta'mni izlayman. Es-es bilaman - bochkaga yangi yil arafasi ko'k pomidor tuzlab tashlangan bo'lardi. Hozir ham shu pomidorni qidiraman har qishda. Ba'zan momomdan so'rayman: nega hozir qilmaysizlar shuni?! Men uchun xotirjamlik ramzi bular.

Ikkinchisi katta momom - otamning onasi bilan bog"liq. Bolaligimdagi ramazonlar qishga to'g'ri kelgan. Ro'zadorlar pista holva yerdi qishda to'q tutadi deb. U do'konlarga faqat qishda kelardi shunga. Yozda erib ketadi. Momom tishimga muloyim deb shundan sotib olardi. Menam o'lgudek yaxshi ko'rardim. Momomning pinjida kavshab, rohatlanib o'tirardim.

Ko'p iliq xotiralarim qish bilan bog'liq. Ilk sevgi xotirjamligi, o'z odamimni topdim deb ruhiy tiniqishlarim ham... Qish alohida.
Xuddi o'zingga qaytish, tinish chillasi bu. Tabiatning o'zi kabi. Noyabr oxirida "Chillam" deb kalendarga kiritgan ekanim. Endi rostdan chillam keldi. Soatlab qorga tikilib o'tirish pallalari...
Ish zaruratidan ko'chaga chiqish majburiyatidan ham ozodman endi. Qishni faqat shunday o'tkazish yarashadi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Dec, 07:17


O'sha kitobdan parcha:

"Она ютиб юбориш хавфи билан боғлиқ бўлган қудратли мавжудотдир. Эркаклар дастлабки ўз ожизлик ҳолатини онани ва у ифодалаган барча ғамхўрлик ҳамда ҳамдардликни кескин рад этиш орқали қоплашга ҳаракат қилади. Эркак идентитети ва ҳокимияти бўлиши учун она бўйсундирилиши ва у билан боғлиқ ҳамма нарса ёвузлик сифатида ифодаланиши керак. Эркак ҳаётидаги ушбу рамзий дастлабки объект, умуман олганда, албатта, барча аёлларга кўчирилади. Нега анъанавий жамиятларда аёллар кўпинча эрларининг тўлиқ назорати остида бўлишини шу билан тушунтириш мумкин."

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Dec, 06:47


ADABIYOTDA YOVUZ HUKMDOR AYOLLAR

Yaqinda Hang Kangning "Vegeterian" kitobini ayol qahramonning otasi va eriga munosabati uchun tanqid qilishgandi o'zbek segmentida. Ana, bu ochiq feminizm deb.
Hozir Oksfordning 2015-yilda chiqqan adabiyot nazariyasi darsligini o'qiyapman (yaqinda bu kitobning o'zbekchasi ham chiqib qoladi) . Qarangki, adabiyot va san'atda ayollar bilan bog'liq eng ko"p tarqalgan motiv hukmron ayolning yovuzligi motivi ekan. Bu erkakning dastlabki qo'rquvi onasidan kelgani bilan izohlanarkan (onalarimiz parvarish qiladi, quloq solmasak, kichikligimizda yasab tashlaganiyam bor gap-da). Mualliflar aytadiki, ijodkor ulg'aygach onadan ko'rgan shafqat va hamdardligini unutadi (o'zi bilmagan holda) va o'sha yovuz hukmronlik qolib ketadi. Shuning uchun kino, adabiyot, qolgan san'at turlari yovuz hukmron ayol obrazlariga to'la deydi. Chunki san'atni shu paytgacha asosan ERKAKLAR yaratib keldi. Demak, bugun tanqid qilanayotgandek ayol qahramonning otasiga e'tirozi motivi adabiyotning hatto 10 % foiziniyam egallamaydi, onaga o"zi bilmas qahrdan yuzaga kelgan yovuz ayol obrazi va motivlari 90%. Ammo biz bu haqda bilmaymiz. Bilmaganimiz uchun Hang Kang yo boshqa yozuvchilarning shunday obrazlari haqida so'z ketsa o'zimiznikini asosli himoya qilolmaymiz.

O'qiganim sari ko'z oldimdagi dunyo manzari mutlaqo chappa aylanib ketyapti. Faqat bir savol: nega biz bilmaganmiz, bilmaganmiz degan o'kinch?!

Shuning uchun aytamanki, faqat o'qing, o"qing, o'g'ilmisiz, qiz, faqat bilim ILLYUZIYADAN qutqarar ekan.

Adabiy tadqiqlar borasida esa umidim shuki, keyingi avlodda yosh bilimli zamonaviy intellektga ega tadqiqotchilar chiqadi va adabiy tahlilni boshqa darajaga chiqarishadi. Chindanam dunyoning chappaligi, adabiyot bizga buni ko'rsatib kelganini ko'rsatib bera olishiga chuqur OPTIMIZM bilan umid qilyapman.

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Dec, 06:21


Философия клитора | Colta.ru
https://colta.ru/articles/specials/26750-katrin-malabu-kniga-stertoe-udovolstvie-klitor-i-mysl-glava-1

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Dec, 19:37


Nega xayollarimizdagi ideal muhabbat hayotimizda yo'q?

Muhabbat faqat xayollarimizda xolosmi...

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Dec, 16:16


Bugungi ma'ruza ham yaxshi o'tdi. Tobora bu mavzularni ko'proq muhokama qilishga ehtiyojimiz bor. Ayniqsa, feminizmni. Chunki o'zbek ayollarida o'zini qayta anglash boshlangan. Bu jamiyatga katta ta'sir qiladi. Shuni uchun bir-birimizmi eshitishimiz, gaplashishimiz kerak. Bu mavzularni tarmoqlarda bir-birimizni so'kib gapirgandan ko'ra jonli muloqot orqali fikr almashgan samarali ekanini sezyapman.

Ijtimoiy, siyosiy hayotda bo'hron bormi, birinchi bo'lib ayollar otilib chiqadi, bu yo'lda hamma qurbonlikni bo'yniga oladi. Bu otilib chiqish olqishlanmaydi, lekin ayolning bundan boshqa yo"li bo'lmaydi.
Hamma buni ayolning komfortga intilishi deb atadi. Albattada, qullik komfort emas, erkinlikka esa ayol jamiyatimizda eng ko"p ehtiyoj sezayotgan qatlam. Meni o'ylantirgani, nega faqat ayollar komfortga intiladi deyishadi, nima erkaklar uchun qullik komfortmi?!

Bugun romanchiligimiz haqida gapira turib, romannavis ayollar nega shoiralardek taniqli emas deb savol berishdi. Muhim savol, o'ylamagan ekanman, o'ylash kerak. Lekin butun dunyoda ayol romannavislar allaqachon nasrni qo'lga olib bo'ldi. Menimcha, o'zbek adabiyoti ham bu tendensiyadan endi chetda qolmaydi. Yana bir narsa - bizda azaldan she'riyat o'quvchisi ko'p bo'lgan.

Umuman, ma'ruza yakunida mazkur 10 yillikda ham ayollar adabiyot va jamiyatda yorib chiqolmaydi, chunki ular o'ziga o'zi senzor degan fikr yangradi.

Ha, shunday bo"lish ehtimoli katta. Agar shunday bo"lar ekan, demak, ayollar yetarli darajada jonidan to'ymagan (90-yillardagi "poxol" ayollardek), fikrini himoya qilish uchun yetarli bilimga ega emas ( afsuski, shu eng oqsaydiganimiz, buni yaqinda yozadiganim "Konfessial she'riyat" maqolamda tushintiraman. Ayollar o'zini o'zi tushintirib bermasa, ularni tushinadigan qatlam shakllanib chiqmadi, tushintirish uchun esa bilim kerak), oxirgi sabab esa siyosiy - siyosiy erkinlik yo'qmi, bu avvalo ayollar va bolalar hayotidagi totalitarizm bilan ko'rinadi. Ayollar fikr erkinligini namoyon qilib, hokimiyatga da'vo qilmas ekan, biz hech qanday feminizm yo adabiyotdagi ayollar inqilobi, tafakkur erki haqida gapirolmaymiz. Hamma ma'nodagi hokimiyat uchun kurash motivi ayollar ijodida afsuski ko'zga ko'rinmas darajada zaif.
Uyg'onish uchun o'zbek ayollari faqat dard aytuvchi bo"lishdan ayovsiz jangchiga aylana olishi kerak. Yomon tomoni siyosat va jamiyatda fikr erkinligi bo"lmasa bu ayollar bo'g'izlanadi. Aftidan, 20 asr boshida jadidlar o'limni bo'yniga olib yozganidek endi ayollar tom ma'noda shuni bo'yniga olishi kerak. Balki hayotning o'zi shunga majbur qilar. Ayol o'ta emotsional mavjudotki, oldindan biror narsa aytib bo'lmaydi, ammo qizlarjonlar, bilimni oshiraylik, fikr aytish va uni himoya qila olishning birdan bir vositasi bilim - biz tomonimizda faqat bilim va jasorat bor, boshqa hech kim va hech narsa biz taraf emas!

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Dec, 05:18


https://youtu.be/DFg4pGzKu1I?si=MtSl7yelfEl-U3LO

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Dec, 15:02


Shubhasiz, ma'naviy hayotimizda jadidlar davridan keyingi eng muhim hodisa ayollarning roman yozadigan darajaga chiqib kelishi, yozishi bo'lgan.

Ertaga shularni gaplashamiz

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Dec, 13:21


Shoira Oygul Mamatova: Rahbarlarni xalq saylasin
https://www.amerikaovozi.com/a/a-36-2006-10-29-voa1-93343634/795248.html

Ertangi ma'ruzada birinchi o'zbek romannavis ayoli haqida gapiraman. Qarangki, Oqdaryo tumanining oddiy o'qituvchisi bo'lgan ayol -Oygul Mamatova bo'lgan ekan. Til, paxta ishi, erkin saylov uchun shu darajada qattiq kurashgan ekanki, avvaliga tuman deputati va "Erk" partiyasining sobitqadam a'zosi bo'lgan. Keyinchalik ham partiyadan chiqmagan. Mana bu intervyuda 2006 yilda ham partiya a'zosi bo'lib qolgani ko'rinadi va 2000-yillar siyosati va deputatlari, hatto partiya ichidagi shoiralarni ham munis she'rlari uchun tanqid qiladi.

90-yillar boshida yozilgan "Jannat qushi" romani siyosiy roman -tumanda yo'q non; til, erkin saylov masalalarini ko'targan ekan. Ayollarning ilk romani mutlaqo siyosiy bo'lgani ayol nosirlar haqida ko'p narsani gapiradi.

Ertangi ma'ruzaga keling. Mavzu haqida chuqurroq, siz kelsangiz esa qizg'inroq gaplashamiz.

Undan tashqari Salomat Vafoning "Tilsim saltanati", Shahodat Isaxonova va Risolat Haydarovaning tarixiy , Zulfiya Qurolboy qizining ijtimoiy romanlari haqida ham gaplashamiz.

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Dec, 08:33


"BAXTINISO" MUKOFOTI

Bir orzum bor edi. Rahmatli Baxtiniso o"tganda, qachondir boy bo'laman va Baxtiniso nomidagi fond tuzaman, u fond yosh ijodkorlarga yordam beradi deb niyat qilgandim. Bu o'sha motam lahzalarida Baxtiniso oldida uzolmagan qarzlarim uchun yolg'iz tasalli edi. Ammo chin dildan edi. Bugun angladimki, bunday fond yaratish va nomini abadiylashtirish uchun boy bo'lishim shartmas. O'zimga o'xshagan fikrdoshlarim, yo'ldoshlarim bilan aslida boy ekanman.
Xullas, yangi bir adabiy tanlov boshladik. Xotin-qizlar uchun. Moddiy qo'llash uchun. Ruxsora Nur tashabbusi bilan. Do'stlarimiz bilan kelishib unga BAXTINISO nomini berishga qaror qildik.
Asosiy homiylari o'zimiz - 10 -15 ijodkor hozircha.
Ammo sizdayam imkon bor : bu xayrli tashabbusga qo"shiling. Qancha homiylik va donat ko'paysa, g'oliblarimizga shuncha arzirli summa taklif eta olamiz.
Va o'ylaymanki, bu g'oliblar ham xuddi Baxtiniso kabi hayotning eng qiyin lahzalaridayam oldinga borib, yozishda bardavom bo'ladi.

9860010102719001

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Dec, 07:18


Manzil shu

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Dec, 06:54


#NeUyat24 фестивали доирасила "Ўзбек романчилигида аёл қалами" маърузасига таклиф этамиз

Ўзбек аёлларининг роман ёзиш тарихи узоққа бормайди. Яккам-дуккам бу романлар маиший турмуш даражаси ва ҳамдардликдан иборатми?

Бизнинг махсус меҳмонимиз Тилланисо Нурёғди сизни ушбу ажойиб оламга олиб кириб, ўзбек аёлларининг насрий ижодининг келиб чиқиши ва ҳозирги ривожи ҳақида сўзлаб беради.

Тилланисо 3 шеърий ва 2 насрий асар муаллифи. "Дилхат“, ”Оловранг туғён“, ”Қон“ каби шеърий, ”Сунбула“, ”Шакл“ номли насрий асарлари чоп этилган. 2021 йилда ”Таҳсин" ёшлар мукофоти билан тақдирланган. 59-Венеция Биенналесининг Ўзбекистон Миллий павильони очилиш маросимида шеърий чиқиш билан  ҳамда Германиянинг Кассел шаҳрида бўлган documenta 15 кўргазмасида Ўрта Осиё аёл руҳиятининг турли томонлари ифода этилган шеърий перформанс, эссе ва Ўрта Осиё мифологияси ҳақидаги маърузаси билан қатнашган

Сана: 7 декабрь
Вақти: 18:30

Манзил: 139 Documentary Center галереяси, Тарас Шевченко кўч., 8 (мўлжал: "Патрики" қаҳвахонаси)

Кириш бепул

18+

#NeUyat24 #СукутСақлама

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Dec, 08:29


"Ochlik" albomi yana kimning "samiy lyubimiy-lyumibiy" si?

Eshitmagan bo'lsangiz, Yandeks, Spotify, Amazondan izlang

P.s: Rejissyor Sarvar Karimovning samiy lyubimiysi ekan😊

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Dec, 06:28


Yaqinda Anifning "Oqdan qizilga" sini tugatdim. Endi esa shu kitob asosida konfessial she'riyat haqida yaxshi bir tahlil yozish niyatidaman.

Bu nega kerak:

1) hozirgi she'riyat o'ta shaxsiy, shoirning (ayniqsa, ayol shoirlarning) o'z dardiga o'ralashib qolganmi? Shunchaki o'simlikka qarab baxtli bo"lsa, bo'lmaydimi, degan savollarga javob berish uchun

2) shaxsiy va ijtimoiy dard chegarasi buzilishi va bu dunyo she'riyati/ adabiyoti uchun allaqachon tabiiyligi uchun. Lekin o'zbek o'quvchisiga buni tushintirib, izohlab berish ehtiyoji borligi uchun.

3) Konfessial she'riyat tarixi, paydo bo'lish sabablari bilan chuqur tanishtirish uchun. Va shaxsiy yo maishiy ko'ringan dardning aytilishi/ yashashga haqliligining sabablarini izlash yoki buni inkor etish uchun.


Biroz kutinglar. Chunki konfessial she'riyat bo'yicha ozgina tadqiq o'tkazishim kerak ekan. Keyin taqdim etaman.

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Dec, 17:43


Oxirgi oylarda ko'rgan podkastlarim ichida eng topildig'i. Manimcha Sarvinozning misolida biz haqiqiy psixolog qanday bo'lishi kerakligi javobini ko'ramiz. Yoshlikning ayblash maksimalizmidan xoliligi, mutaxassis ko'zi bilan qarashi ayniqsa to'yintirdi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Dec, 17:41


https://youtu.be/4rDO0mQs-sQ?si=z1vdqyNUPNyHYYfb

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Dec, 14:58


Bugun hayotimdagi muhim qarorni qabul qildim. Qanchalik afsus qilaman, yoki yo'q, shunday qilishim to'g'ri deb topdim. Bu qarorim hayotimda Volterning "sening fikr aytishing uchun jonimni beraman , garchi fikring yoqmasa ham" degan gapini katta bir qurbonlik evaziga tushinish bilan keldi. Mayli, shuni tushinish uchun shu qurbonlik kerak ekan

*

Ikkinchi qarorim ham bor: buni aniq to'g'ri deb bilaman! Ta'limdan ketdim. Mutlaqo endi shu ta'lim tizimiga qaytmas bo'lib. O"zi bu yil o'qish ochilganida zo'rdan qaror qilgandim: mayli, Tilla, chida, yana bir yil, tishingni tishingga bos, o"rganasan, yo ko"nikasan, o'xshamasa ketasan degandim.
Xayriyatki, ungacha yetib bormadi. Bugun nihoyat ketdim! Odam o"zini qadrlamaydigan tizimda bir kun ham ishlamasligi kerak. 1 yildan ortiq ishlab qo"yibman. Hozircha asosiy qadriyatim pul emas. Shuni uchun asosiy mezoni pul bo"lgan, pul bersa, boshimga chiqib nog'ora chalsin, degan joylarda qololmayman.
Tirik jon qulab tushmas - tirikchilik pulga qullikka aylanmasa ham yashash mumkinligiga ishonaman.

Maslahatim, mabodo o'qituvchilikni zinhor tanlamang. Sizu biz sohadan ketsak ham o"rnimizga kamida robotlar dars o"tadigan zamonga kelyapmiz. Shu tirikchilik bir amallanar - nega Rossiyaning ko"chasini supirish o"qituvchilikdan ko'ra yaroqliroq ekanini endi tushingandayman.

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Dec, 06:32


Bizda yana bir ma'ruza. Kelishni unutmang

Hid Gallyutsinatsiyasi

03 Dec, 06:32


Приглашаем вас на лекцию: «Женское перо в узбекских романах» в рамках фестиваля #NeUyat24

Как изменился мир узбекской прозы с участием женщин-писательниц? Что стоит за их произведениями — эмпатия, семейные переживания или нечто большее? На эти вопросы ответит наша специальная гостья — Тилланисо Нурёгди, авторка стихов и прозы, лауреатка премии «Тахсин» (2021), участница международных событий, таких как Венецианская биеннале и Documenta 15 в Касселе.

Тилланисо поделится своим взглядом на зарождение и современное развитие творчества узбекских писательниц и расскажет о своих произведениях, включая «Сунбула» и «Форма».

Дата: 7 декабря
Время: 18:30

Адрес: Галерея 139 Documentary Center, ул. Тараса Шевченко, д. 8 (ориентир: кофейня "Патрики")

Вход свободный

18+

#NeUyat24 #НеМолчиУз

Hid Gallyutsinatsiyasi

02 Dec, 16:39


Bir qarasam, do‘st-u yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, ko‘zim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yo‘g‘rilganman,
Bir qarasam, endigina tug‘ilganman.

1998 yil, avgust

Manba https://tafakkur.net/bir-qarasam/abdulla-oripov.uz

Hid Gallyutsinatsiyasi

01 Dec, 13:00


O'tish metafizikasi marosimi yoxud “Havo” oshkor qilgan isitma – Telegraph
https://telegra.ph/Otish-metafizikasi-marosimi-yoxud-Havo-oshkor-qilgan-isitma-12-01

Zaminimizda qish oyoqlanyapti. Unga qo'shilib “Havo” ham. “Havo” orqali esa sariqlanayotgan hislarning yuqumlari va zehniyatimiz sari emaklayotgan yangi bir tafakkur... Yuqumlanayotgan va emaklayotgan qismlarni ikkiga  kesib tahlil qilamanki, birida sizgayam, mengayam ustiga binolar qurib tashlagan  urbanistik ruhiyatimizda nafas olish uchun bo'sh joy ( Antonino o'z filmlarida ochiq, bo'm-bo'sh makonlar orqali urg'ulaganidek)  qolsin – bu bo'sh joy esa sizu mendan “havo” ga to'yish uchun singishni talab etadi, ikkinchisi esa yangi havo sipqoruvchilarga bo'sh joy ochish uchun iyulning qovjiragan harorati ichida bahoriy shabadani  tanangizning eng so`nggi irodasi orqali hosil qilishni…

Hid Gallyutsinatsiyasi

01 Dec, 06:25


https://youtu.be/luqYQB1Agu8?si=UIVTN6io7w3Xw6_m

Munira Norova bilan qilgan podkastimiz


-Adabiy agent kim?
-Nega O'zbekistonda adabiy agent yo'q?
-Munira Norova adabiy agentligini qanday ochgan?
- O'zbekchadan o'giradigan malakali tarjimonlar qachon chiqadi?
- Davlat yordam qilsagina, adabiyotimiz tarjima qilinib dunyoga chiqadimi?
- Jadid adabiyoti tarjimasi nega dunyo uchun qiziqmas?
- Hang Kang qanday Nobel oldi?
- O'zbek ijodkori Nobel olishi uchun adabiy agentdan nima kerak?
- O'zbekistonning o'zida kitob chiqarish uchun adabiy agent kerakmi?

Shu mavzularda suhbatlashganmiz. Ko'ring, fikrlarni izohda qoldiring.

Hid Gallyutsinatsiyasi

30 Nov, 15:01


Yuragim, ayt,
Nima sening asling?
Nega turmaysan to'rt chiziqning ichida?
Bola bo'lib sakraysan,
ajab,
Sevingin desam,
So'ng hatto sevinchingdan portlaysan...
Aslingga hech ko'niming yo'q,
yuragim,
Nega sening qo'niming yo'q, Yuragim?

Ajab, buncha yig'latding
Uning sakrab ustida
Yuragim, sen jo'rttaga
Ham oyni yulding,
Ham kirding go'rga
Yuragim, ayt,
Bir paytning o'zidami
Sakrash-so'nish
Lahzasi birga?!

Ajab, yuragim
Oqib ketasan,
(Yo'lingga hech to'g'on yo'q)
Shukrki, nurmas, havo;
Shakl - chagasan*,
Bir tarsaki urib sevgiling
Keltirar Yerga.


*
Chaga- shevada. Tuproq, qum degani.

Hid Gallyutsinatsiyasi

30 Nov, 11:43


Kecha bekorchilikda AI bilan she'r tahlil qildik. Men 15 dan ortiq shoirning o'zim yaxshi deb biladigan she'rlarini tashladim. Ular orasida katta klassik avlod vakillari (jumladan, Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim" she'ri) va hozirgi davr o'rta yoshu yosh shoirlari ham bor edi. AI faqat ikkita she'rni har tomonlama yetuk deb topdi. Nozimaning yuqoridagi she'ri va Guljamol Asqarovaning "Ichkarida" she'ri. 50 dan 50 berdi. Reytingda ham bu she'rga birinchi o'rin berdi. Ba'zi shoirlar she'riga past ball berdi (masalan, "Birinchi muhabbatim" ga 41 ball) ammo reytingda 15 talik ichida yuqori o'rinlarga qo'ydi. Uyam shaxsiy dididan keb chiqdi shekilli😁. Lekin Asqarova va Habibullayevaga ham eng baland ball, ham eng yuqori o'rinlarni berdi. (Ha, bular orasida boshqa shoirlarimizning zo'r ijtimoiy, falsafiy she'rlari ham bor edi)

Nima demoqchiman, AI ham biladi qanaqa she'r yaxshiligini😊

"NAFAS" ni olib o'qinglar.

Hid Gallyutsinatsiyasi

30 Nov, 06:01


СИҒИНДИ

Ўша кун... ортиқчалик қилдим
жаннатга —
Лаш-лушсиз учдим-у,
Машриққа тушдим.
Қирқ йиллик фироқда жоним увишди —
Либосим япроқ эди.

Худо беҳудага бермас қирқта жон,
Кўнглимни кундага қўйиб чопдилар,
Чопқилар гуллади, чопқилар!
Сотдилар...
Қадримга дунё топдилар —
Дунёси қуроқ эди.

Бир кун остонадан ҳайдалди онам,
Вазифасин янглиш уққани —
Ўғил эмас мени туққани
учун.
Ваҳоланки уларга меҳрим
Ўғилдан кўпроқ эди.

Бошқа ҳаётимда очиқ қабрга
Қўғирчоғим билан кўмдилар,
Ўйладим: "Ҳалиям мен билан бирга
Беркинмачоқ ўйнаяпти улар...
Нега ҳалигача топишолмади?"
Қўрқардим, дилдираб совуқда таним.
Охирги нафасда чақирдим зўрға...
Сўнгра
ҳўнграб-ҳўнграб қоришдим гўрга...
Асосим тупроқ эди.

Яширин, — дедилар, — югур, қопга кир,
Беркитгил, — дедилар, — кўзларинг гўзал.
Қуёш олгани чун юзимдан бўса
Тошбўрон остида чайқалиб боқдим,
(гўё)
Илма-тешик мешдан май каби оқдим...
Кайф-у сафосига қон томиб турган
Кўйлагим — байроқ эди.

Ўз уйи бўлмаган ҳеч вақт аёлнинг —
Отаси,
боласи,
эрининг уйи...
Аъвомнинг умрида энг олий ўйи —
Аёлдан қутилишдай
жирканч озодлик!
Бу эрк — чин қамоқ эди.

Одамзот ғажир ўз қовурғасини,
Ишлашга қўймайди,
Тишлашга қўймас,
Миннатга йўяр-у,
Суннатга йўймас,
Мен туққан оломон ҳуркди ўзимдан,
Нақадар қўрқоқ эди.

Томоғимдан ўтган ҳар томчи сувда,
Рақамлар акс этар ҳисобин жамлаб,
Сўнг қоришиб кетар оби дийдам-ла
Шунчаки,
Малолим келмасин ҳеч кимга дедим,
Уволим келмасин ҳеч кимга дедим,
Истагим топ-тоза авлод ўстириш,
Умидим буроқ эди.
Бироқ энди...

Жаннат оёғимнинг остидалиги
Бошидан сўроқ эди.

___

@Nozima_Habibullayeva


P.s: Kecha ma'ruzaga shu she'rni olganimda, ohangidan "voh" dedim. Mast bo"ldim. Taqdimot payti o'qib yana bir bor sel bo'ldim. O'qigan she'rlarim ichida ohangida sel bo'lib oqadigani shu edi. Kechga kelib, yana shu ohang xumor qildi-da. Qayta topib o'qidim. To'ymadim. Keyin Nozimaning boshqa she'rlarini qiroat etdim.
Nozimaning ilk kitobi chiqqanida xonadoshim bilan birga ovoz chiqarib o'qigandik - yillar narisida. O'shanda xonadoshim "Nozima kompozitor-da, darrov bilinadi. Uning she'ri tayyor musiqa" degandi. Ha, agar she'r bu avvalo ohang deydigan bo'lsak, hozirgi yosh shoirlar ichida Nozima uloqni ilib ketadi. Ohangning bunaqa garmonik ritmini undan boshqa shoirda topmadim. She'r degani, dard deganiyam shunaqa shirin musiqaviy bo'ladimi?! Xuddi Chaykovskiy asarlaridek...

Aytgancha, Nozimaning yangi kitobi "Izlam" ning ikkinchi faslida chiqdi. "Nafas" nomida. O'qing, yomg'ir nafasidek sipqorasiz bu she'rlarni.

Hid Gallyutsinatsiyasi

29 Nov, 19:10


Bugungi ma'ruzaga tinglovchilar qatorida siyosatshunos Hamid Sodiq va Turkiyadan olim Fazliddin Madiyevlar ham kelishdi. Men o'z ma'ruzamda yetkazib berolmagan ma'nolarni ham bugungi siyosiy voqelik, jaroyondan kelib chiqib tushintirishdi.

Yakunda xulosa shu bo'ldiki, o'zbek ayollari o'z siyosiy erkinliklari yo'lida yoppa-yolg'iz va faqat o'zlarigina buni tortib ola oladi. Ularga hech kim yordam bermaydi. Millat tafakkuri liberal zehniyat tomon ketishda davom etadi va ayollar ham tezroq liberal zehniyatning bir qanoti bo'lgan feministik harakatni boshlashi kerak (chunki u hozir yo'q hisobi). Qancha kechiksak, shuncha feminizmning radikal ko'rinishi kirib kelishiga yo'l ochgan bo'lamiz. Sababi bu g'oyaning jamiyatimizda harakatga aylanishi baribir muqarrar. O'zbek she'riyatidagi feministik iztirob (hozircha faqat iztirob bor, kurash emas) mana shu kurtaklanayotgan g'oyaning harakatga aylanish yo'lidagi ilk bosqichidir.

Hid Gallyutsinatsiyasi

29 Nov, 18:10


Bugungi ma'ruzada Gulnoz Mo'minovani rasman o'zbek poeziyasidagi "ona femkalik" taxtiga o'tqazdik va "Havo" to'plamini feministik poeziya manifesti deb e'lon qildik.

Hid Gallyutsinatsiyasi

29 Nov, 13:50


Ko'rgazmada shu matnli kollajli zin ko'proq yoqdi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

29 Nov, 08:55


ИЛЛЮЗИЯ ВА ҲАҚИҚАТ ОРАСИДА

Тилланисо Нурёғду бир нечта шеърий ва ҳикоялар тўплами муаллифи. «Шакл» — унинг илк экспериментал романи. Тилланисонинг ижоди инсон руҳияти, изоляция ва ҳаётдан маъно қидириш каби экзистенциал мавзуларни ўрганади. Асарларидаги персонажлар кимлигини, яшашдан мақсадини излайди, кўпинча ўзларини жамиятдан ажралиб қолган ҳис қилишади. Мутолаа ўқувчига ўз ҳаёти ва дунё ҳақида чуқур фикр юритишга ёрдам беради.

"Шакл" ҳақида: https://telegra.ph/ILLYUZIYA-VA-%D2%B2A%D2%9AI%D2%9AAT-ORASIDA-11-29

Hid Gallyutsinatsiyasi

28 Nov, 08:55


talab

Ustoz, suv ichsam maylimi,
Ustoz, yuvib kelay qo'limni,
Ustoz, yuzimni yuvib kelay,
Ustoz, ana chaqirishdi, tel.ni ko'taray,
Ustoz, namuna degani namuna deganimi o'zbek tilida,
Ustoz, dars yarmida keldim - mavzuni qayta boshdan boshlang siz,
Ustoz, mumkinmi? Kiray? Bor-ku 10 daqiqa -
Boshdan tushintir.
Ustoz, berganmisiz bunday topshiriq,
Ustoz, bersangiz ham chiqibdi esdan...
Ustoz, suv ichay,
Ustoz, havo,
Ustoz, birmi ikkimi?
Ustoz, suv,
Ustoz, hojat
Ustoz, ustoz, ustooozzz ustozzzzzzz

Ustoz indamadi,
Berib savolni
Yozishin kutardi talabalarning
Va ichida bir she'rni yodlab yig'lardi -
O'tmagan mavzularni.

Keyin keldi, yaqinlashdi qiz
Tegdi - qo'liga
Shivirladi : ustoz, suv
Ustoz, hojat, ustozzzz...
Tegindi yelkasiga
Qimirlamadi
Keyin qaqrab kuldi sochidan tortib -
Muzdek jimlik - xursand yugurdi
Qolgan talabalar -
Xo'rlikka qalqib.
Tortdi qo'llaridan, quloqdan tortdi,
Yechdi ko'zoynagin, etakdan tortdi -
Qaradi qushmi yo haykal edimi -
Yo tugmasin bossang - "ha" yo "yo'q" deydigan bir magnitafon.
Jim edi -go'yo odam emasdi -
Go'yo yo'q endi hech kimda qasdi.
Qarashdi - partada qaychi yotardi
Yoprildi hammasi -
Ko'zlariga tig'lab suqardi.
Qon oqardi - yuragi kapalaklardi
So'ngso'z bo'lib
Mezonlarga yoyildi dardi.
Qulamadi
Qulashga ham haqqi yo'q uning,
U qarol, mardikor, qo'g'irchoq u
Haddi yo'q uning.

Kesarkanmiz qo'l barmog"in tuyqus tushindim -
Nega onam yashaganin haykaldek qotib
Nega jannat gulimas axir bolalar
Go'dakdan qarigacha yovuzlik tabiati -
Bildim - gul edi onam bog"dagi
Biz yo'q qildik onamizni
Yovuz shamoldek
Yosuman shamoldek "ona-onalab"
Yosumandek "ona-onalab" -
Talab !

Biz yo'q qildik.

Hid Gallyutsinatsiyasi

28 Nov, 03:41


Boshimda uzun shokilali og'riq bor. Peshonamdan tushib ko'kragimcha botib turibdi. Kunlardirki. Xuddi ming yillardan beri zanglab ketgan tikanakli tojni kiyib yuribman. Boshimning ichiga. Shokilalari esa bo'g'zimga bir tiqilib o'tib ko'kayimga tushadi. Hayronman qachon, qaydan olgandim bu tojni? Kimga qaytaraman?

Hid Gallyutsinatsiyasi

27 Nov, 17:05


Сизни #NeUyat24 фестивали доирасида “Феминизм ва ўзбек шеърияти" (Янги Ўзбекистон шеърияти мисолида) мавзусидаги маърузага таклиф этамиз

2016 йилдан кейинги шеъриятнинг қаҳрамонлари кимлар? Замонавий ўзбек шоирлари аудитория билан қандай туйғуларни бўлишадилар? Ҳозирги ўзбек шеърияти феминистикми? Ўзбек шеъриятининг глобал дунёдаги истиқболлари қандай?

Шу ва бошқа масалаларни ёш шоира, ёзувчи, филология фанлари бўйича номзод (Phd) Тилланисо Нурёғди (@TillanisoEN) билан таҳлил қиламиз.

Тилланисо 3 шеърий ва 2 насрий асар муаллифи. "Дилхат”, “Оловранг туғён”, “Қон” каби шеърий, “Сунбула” “Шакл” номли насрий асарлари чоп этилган.

2021 йилда “Таҳсин” ёшлар мукофоти билан тақдирланган.
59-Венеция Биенналесининг Ўзбекистон Миллий павильони очилиш маросимида шеърий чиқиш билан  ҳамда Германиянинг Кассел шаҳрида бўлган Documenta 15 кўргазмасида Ўрта Осиё аёл руҳиятининг турли томонлари ифода этилган шеърий перформанс, эссе ва Ўрта Осиё мифологияси ҳақидаги маърузаси билан қатнашган. 

Сана: 29 ноябрь
Вақти: 19:00

Манзил: 139 Documentary Center галереяси, Тарас Шевченко кўч., 8 (мўлжал: "Патрики" қаҳвахонаси)

Кириш бепул
Маъруза ўзбек тилида бўлиб ўтади. Таржима кўзда тутилмаган.
18+

#NeUyat24 #СукутСақлама

Hid Gallyutsinatsiyasi

27 Nov, 09:35


Juma kungi "Uyatmas" tadbirimiz o'tadiga lokeyshn - Shu!

Soat 19:00 da boshlanadi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

26 Nov, 05:31


ТОМЧИЛАР

Бедорлик қалбига ёғду сингдириб,
Ой қадим сирларга изларкан гувоҳ,
Маъшуқлар руҳига томчи кийдириб
Ерга йўллайверар меҳрибон Аллоҳ.

Шаффоф мўъжизани кузат, кўр ўзинг –
Жульетта томчилар, Узро томчилар.
Қалбинг долғаланар. Каттаяр кўзинг -
Сирғалар тун бўйлаб Лайло томчилар.

Зулайҳо томчилар - савдо томчилар.
Изольда томчилар, Ҳелен* томчилар.
Боқсанг – чин, ўгрилсанг – рўё томчилар.
Дилором томчилар, Ширин томчилар...

Тутиб қололмассан уларни. Бир он
Ҳадик ойнасидан боқар сийратинг.
Кўзингда милтирар энг шаффоф армон:
Киёлмас томчини бужур тийнатинг.

*Ҳелен-Елена (“Илиада” қаҳрамони

*


ЯНГИ ХИРГОЙИ


Уфқ эски майпараст,
Фақат саҳбо ичади.
Майкосасин тутиб даст
Ҳар кеч ўздан кечади.


Шафақ – кўҳна оловзор,
Ўтолмайсан қадамлаб.
Қўл силтар чекиб озор
Ўтдан қочган одамлар.


Булутлар олар чирмаб
Чақмоқнинг боласини,
Ўзанлар ичар титраб
Дарёлар ноласини.


Оқиб борар ол дарё,
Югуриб етолмайсан.
Севгинг – бир юрак саҳбо,
Уфққа тутолмайсан.

"HAVO" dan


P.S: Tabiatning yurak bilan "beshinchi ummon"day qo'shilib oqayotgan chirpirak, chirmovuq, mayparast, sahbo, nolakor tasvirlaridan to'yib-to'yib ichinglar dedim.

Mast bo'linglar, mast bo'linglar.

Bularga mast bo'lib, o'lvoray dedim!

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Nov, 17:20


Ajab, qancha vafo qilsam, shuncha giryona yig'latding...

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Nov, 16:48


ШАҲАР ЧЕККАЛАРИНИНГ ЯҚИНЛАШУВИ (1) – Telegraph
https://telegra.ph/SHA%D2%B2AR-CHEKKALARINING-YA%D2%9AINLASHUVI-1-11-25

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Nov, 15:14


Приглашаем вас на лекцию: «Феминизм и узбекская поэзия (на примере поэзии Нового Узбекистана)» в рамках фестиваля #NeUyat24

Что изменилось в узбекской поэзии после 2016 года? Какие темы поднимают современные поэты и какие чувства они разделяют с аудиторией? Феминистична ли современная узбекская поэзия, и каковы её перспективы в глобальном контексте?

Эти и другие вопросы мы обсудим с молодой поэтессой, писательницей и кандидаткой филологических наук Тилланисо Нурёгди. (@TillanisoEN)

Тилланисо — авторка трёх поэтических и двух прозаических произведений, включая сборники «Дилхат» и «Кровь», а также прозаические работы «Сунбула» и «Форма».

Она является лауреаткой премии «Тахсин» (2021) и участницей значимых международных событий, таких как 59-я Венецианская биеннале и Documenta 15 в Касселе, где представила поэтические перформансы, эссе и лекции, посвящённые мифологии и женской психологии Центральной Азии.

Дата: 29 ноября
Время: 19:00

Адрес: Галерея 139 Documentary Center, ул. Тараса Шевченко, д. 8 (ориентир: кофейня "Патрики")

Вход свободный
Язык лекции - узбекский. Перевод не предусмотрен.
18+

#NeUyat24 #НеМолчиУз

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Nov, 18:04


Shamshod Abdullayev o'zbek tilida yozganida Hamid Ismailov aytmoqchi tilni boshqa darajaga ob chiqarkan chindan. Ehhe, bundagi ma'noni qo'ying - tashqi ritm tuzilishining o'zi bir maktab. Verlibr oson deydiganlar uchun "mana senga" deb naq peshonasiga yopishtiriladigan namuna. Nuqtali vergullardagi (;) nafas tushib chiqishi, she'rning metafizikasi ikkiga ajralishi va bu shaklda ask etgani - oxiridagi c ning (she'r aslida uchta "ch" li so'z va italyanya satrdagi ikkita "c" keyingi kelayotgan satrda "so'qirlik" (ruscha - слепота") ga urg'u berishi... ma'no bilan birgalikda shakl jihatidan ham nihoyatda chuqur ishlab chiqilgan, rosa sayqallangan.

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Nov, 16:00


https://telegra.ph/SHA%D2%B2AR-CHEKKALARINING-YA%D2%9AINLASHUVI-1-11-23

She'rni qayta tahrir qildik. FAXRIYOR tuzatishlari va umumiy tahriri ostida bo'ldi. Deyarli qayta tarjima🤦‍♀ faqat ma'no emas, ritmniyam saqladik bu safar. She'rning orginaliga ichida havola berilgan.

Endi o'qinglarchi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Nov, 11:23


Эътибор берилса, муаллифнинг ҳикояларида экзистенциализмнинг таъсири сезилади. Қаҳрамонларининг ўзига хос фалсафий мулоҳазалари, мавжудликнинг маъносига бўлган изланишлари ва ўзини топишга бўлган интилиши буни тасдиқлайди. Унинг қаҳрамонлари нозик ҳис-туйғуларга эга, аммо бефарқ жамият уларнинг бу туйғуларини қадрламайди, кўп ҳолларда рад этади. Қуйида унинг «Аждар сайёраси» китобидан ўрин олган айрим ҳикояларини таҳлилга тортамиз.

Ўқиш: https://telegra.ph/INSON-RU%D2%B2IYATINING-%D2%B2ASSOS-TAD%D2%9AI%D2%9AOTCHISI-11-23

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Nov, 08:24


САРИҚ ТУЛКИ

Октябрь –
Қўлга ўрганган сариқ тулки.
Аста суйкаланар оғочларга,
Нимагадир кўзи ялинчоқ.

-Ҳой, сариқ тулки,
Нима керак сенга?
Емишми,
Меҳрми,
Уями?
Ёнимда олиб қолсам,
Қушларимни еб қўймайсанми,
Саноқлигина қушларимни?
Биласанми, улар мен ухлаётганда
Кўксимдан учиб чиқишни севишади.


"HAVO" dan

P.s: Gulnoz Mo'minova oktabrz xazonrezni qo'lga o'rgatilgan tulkiga o'xshatishni qaydan topgan, a? Opaning o'xshatishlari odamni shoshirib qo'yadi - sariq tulki bilan xazon va parr-parr uchayotgan nozik masofada qolib ketasan. Xazonning tulkiga o'xshashidan shoshib qoldim.
Boshqa she'rlarida ham shunday: bir zamonning beton kabi og'ir ruhi suyuq sement kabi tomirimga quyilgan bo'lsa, birida ruhiyatning yengil uchayotgan kapalaklardek mayinligidan, tiniqligidan huzurlanyapman. Tasvir ustiga tasvir, o'xshatish ustiga o'xshatish o'rkach-o'rkach bo'lib keladi. Avval shu tomoniga tuzuk qaramagankanman. Tepadagi "Qizil gul"ni o'qing, o'zingiz ko'rasiz.

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Nov, 08:17


Дунёнинг энг ифлос мегаполиси.

Қуритилган кўллари ўрнида
Қад ростлаган оғир биноларнинг
Тушларига қайиқлар кирар
Кесилган дарахтлари
Одамларнинг тушларида
Судралишар майриқ аскарлардай
“Ҳаво қўрғошиндай оғир”*
Бунда
“Болалар – келажагимиз” деган
Баландпарвоз ёзувга анграйганча
Эшитмай қоласан
12 ёшда зўрланаётган қиз чинқириғини
Бу юртда
Ҳар кун мингларча чақалоқ туғилар
Пайғамбар, саҳоба, султон,
Жаҳонгир исмли чақалоқлар:
Келажакнинг юртга сиғмас даҳолари,
Золим-у юҳолари,
Мазлуми-ю жафокашлари,
Шоҳ исмли қуллари, малика исмли чўрилари
Туғилишар бошларига кўтариб Дунёни
Улар ҳали билмаслар
Қандайдир доридан ёки
Бахтсиз ҳодисалардан ўлмоқ эҳтимолини,
Чиқинди қутисида ёинки
Ёт бир эшик олдида қолдирилмоқ даҳшатини,
Бахтга, пулга, машинага, уйга... Қўйингки
Қандайдир имконга айирбошлаш эҳтимоли
Ҳали анча йироқ улардан
Лек булар ҳақида ўйлаганда
Ёрилгудай ғовлар миянг
Яқинда кўрганинг фильмдаги каби
Инсоннинг кексайган ҳолида туғилиб
Чақалоқ ҳолида ўлмоғин истайсан:
Гўдакларни асраб қолмоқнинг
Бошқа йўли кўринмас бунда...

Дунёдаги энг ифлос мегаполис.

"HAVO" dan

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Nov, 07:53


Биламан, қачонлардир   
Ер белида оташ нутфасин қайнатган 
Қудрат бармоғила халос этгайсан
Кўк ирмоқларимни қуритган исмлардан,
Эй, севгилилар севгилиси!..

****

ЭҲТИЁЖ

Боларилар ёлғиз куйлаётган
Апрель караокесида
Илонлар рақс тушар

Мавсум ҳовлисида
Сандироқлаб юрар ҳаккалар

Руҳлар боғчасига жамлагай шамол
Оғочларнинг тушган ҳомиласини

Энди уларни аллалайдиган одам керак...

****

ҚИЗИЛ ГУЛ

Апрель болалар туғар
Бармоқ катталигида
Сўнг пионгул ғунчасида 
Улғайтирар уларни –
Яшил қўнғизларга қўриқлатиб.
Биз эса сен билан 
Лабларимиз қонагунча
Фўруғ*дан айтамиз:
“Қизил гул, қизил гул, қизил гул”...
Токи қизил тусга кирсин апрель кўчаси,
То шафақлар улуш олсин фасл юзидан,
То қизғалдоқ қадаҳини рангга тўлдирсин,
То ишқ аҳлин сурур эмас, ғусса ўлдирсин –
Қадимдагидек...
То қизил гул эшкак бўлсин Тонг кемасига,
Кема туйғу тўлқинида тебрансин токи, 
Капалаклар лангар боғлаб Кун ёлқинига,
Қанотларин жуфтлаганча тин олсин ёки –
Тинмасинлар...
Зотан, бугун милён дудоқлардан 
“Қизил гул” тўкилар –
Ризоликлар, афсуслар,
Севикли, севиксиз  исмлар, 
Бут ва ярим изҳорларга қўшила.
Тикилсанг, қаршингда 
Яна бир Қизил денгиз пайдо –
“Қизил гул” тошқинини 
Симиролмас рўзадор Дунё.


G.Mo'minovaning "Havo" to'plamidan

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Nov, 15:02


Osmon tiniq, top-toza
Qilt etmaydi ko'lmakda suv
Achchiq tushlarini yuvadi
Kundan qolgan oq yog'du
Yog'du notinch kundek qaltirar
Go'yo zamom irillar badanida
Moshinlar qulog'in batang qilganu
Temirlar mo'rtligin qilar pisanda
Cho'miladi bu qora yog'du
Kundan qolgan qorani ishqab
To'lqinlarday tinib qolsaydi
Kelar kunga berolsaydi chap -
Sevgisiga siniiiib qaytsaydi
Oy aksida qolsaydi uxlab...

Yog'du... u faqat bir yog"duydi -
Osmonning uzun tomchisi,
Ba'zan o'y,
Ba'zan qo'llarga,
Salqin yellarga o'ralmoq ishi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Nov, 04:56


O'zi tarmoqlarga kirmay, hech qanday axborotga reaksiya qilmay detoks saqlayotgandim. Hozir kirishim bilan shu xabar chiqdiku...
Shu yil boshidan beri Namanganda elga oshkor bo'lgan 3 chi qiz/ayol qotilligi. Avval ota 16 yoshli qizni boshiga urib o'ldirgandi (qanaqadir yigit ortidan ergashgani uchun), bugun bu ota, bir er esa talaba xotini ajrashishni istagani uchun universitet oldida kuppa-kunduzi so'ygandi. Samarqandda bir ota kelinchak qizini o'ldirib qo'ygandi.
"Havo" ga yozilgan maqola, fikrlar va kitobdagi she'rlar ta'sirida bu fojealarning masshtabi to"la ko'rinib, yuragimga sig'mayapti. Dod deging keladi. Ammo doding befoyda...

Biz ayollarga nisbatan na milliy, na diniy emas, vahshiylik qadriyatlari ostida yashaymiz.

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Nov, 04:40


Hid Gallyutsinatsiyasi pinned «Do'stlar, Nemolchi dagi kelasi hafta juma kuni o'tadigan ma'ruza-taqdimotim uchun ayol erki, erksizligi, ruhiyati, ijtomoiy o'rni haqida yonib yozilgan she'rlar kerak. O'zim tanlagan 5-6 ta shoir she'rlari bor. Ammo bu kam. Ehtimol men bilmagan, o'tkazib…»

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Nov, 04:39


Do'stlar, Nemolchi dagi kelasi hafta juma kuni o'tadigan ma'ruza-taqdimotim uchun ayol erki, erksizligi, ruhiyati, ijtomoiy o'rni haqida yonib yozilgan she'rlar kerak. O'zim tanlagan 5-6 ta shoir she'rlari bor. Ammo bu kam. Ehtimol men bilmagan, o'tkazib yuborgan yaxshi she'rlar juda ko'pdir. Iltimos, izohda she'r va muallifini ulashsangiz. Ayol yoki erkak muallif, boshlovchi yo profi ekanining farqi yo'q.

Faqat bir talab: 2016 yildan keyingi she'rlar bo'lsa. Chunki mavzum Yangi O'zbekistonda feministik she'riyat.

P.s: yuqoridagi maqola ham ayni men kutgan material ekan.

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Nov, 04:35


Гулноз Мўминова шеърияти – бу аёлнинг нафақат руҳияти, балки жамиятдаги ўрни, ижтимоий адолат ва инсоний қадр-қиммат ҳақидаги мулоҳазаларини ифода этувчи бетакрор адабий ҳодисадир. Унда тириклик ва ўлим, тақдир ва эркинлик, гуноҳ ва кечирим каби умумбашарий мавзулар қаламга олинади. Бу шеърлар ўқувчига нафақат эстетик завқ беради, балки ҳаёт ҳақида чуқур мулоҳаза юритишга ҳам ундайди. Гулноз Мўминова замонавий аёлнинг овози бўлиб, у ўз ижодида аёлларнинг қудратини, оғриқларини ва интилишларини кўрсатади.

«Ҳаво» тўпламидаги шеърларга мулоҳазалар:
https://telegra.ph/MU%D2%9AADDASLIKDAN-ZHUDO-B%D0%8ELGAN-ODAM-11-21

Hid Gallyutsinatsiyasi

20 Nov, 17:54


​#NeUyat кўргазмаси 2024 йилнинг 14 декабригача узайтирилганини мамнуният билан эълон қиламиз.
Экспозицияга ташриф буюриш ва ҳафта давомида бўлиб ўтадиган тадбирларга қўшилишга таклиф этамиз:

Янгиланган дастур:

23 ноябрь (шанба), 18:00 — "Темир хотин" фильм намойиши. Намойишдан сўнг сценарийлар муаллифи Алия Темурийзода билан муҳокама бўлиб ўтади. Ўзбек тилида.

29 ноябрь, 19:00 — Тилланисо Нурёғдидан маъруза. «Феминизм ва ўзбек шоиралари». Ўзбек тилида.

7 декабрь, 18:30 — Тилланисо Нурёғдидан маъруза. «Ўзбек романида аёл қалами». Ўзбек тилида.

10 декабрь, 19:00 — “2023 йилда Ўзбекистонда оилавий зўравонлик бўйича жиноий ишлар: тизимли муаммолар ва тавсиялар” тадқиқотининг тақдимоти. Тадқиқот муаллифи Нигина Худайбергенова.

14 декабрь, 18:30 — Кўргазма ёпилиши.

Кўргазмага сешанбадан якшанбагача 11:00 дан 19:00 гача ташриф буюришингиз мумкин.
Манзил: 139 Documentary Center галереяси, Тарас Шевченко кўчаси, 8 (мўлжал — Патрики қаҳвахонаси)

Кириш бепул.

18+

#СукутСақлама #NeUyat24

Hid Gallyutsinatsiyasi

20 Nov, 08:32


ҲИД ГАЛЛЮЦИНАЦИЯСИ
 
Бир неча ойлар ўтди,
Сувдай оқиб ўтди
Бур неча ойлар
Тақвимдан қиш ўтди,
Кимдан бахт ўтди,
Кимдан изғирин.
 
Бурнимнинг остидан аччиқ ҳидлар ўтди бир неча ойлар.
Сассиқ ҳидлар ўтди бир неча ойлар -
Руҳиятнинг ўз фасли бор,
ўз ойлари,
ҳидлари бор тизгинсиз , асов -
Бурнингизни бекитинг кибор хонимлар,
Кибор эрлар
Сизга эмас бу сўзларим,
Қўшиқларим
Аччиқ таъмларим,
Сассиқ ҳидлари
Қўланса ҳидлари ҳаётнинг,
Руҳимдан кўтарилган аёвсиз ўтнинг.
 
 
Тушкунликни севмаганман ҳеч
Ва ҳаётни севардим деб айта олмайман
Аммо атрофимда мудом содир воқеа
Масалан, ҳидлар -
Масалан, сассиқ ва аччиқ.
Кўз очгач қалқиб кетдим
Ҳар тонг бир ҳиддан
Номлолмайман -
Таъриф ҳам йўқ менда ҳид тасвирига.
Ҳаётдан бошингиз айланиб
Сармаст онда
Неки кўнглингизни қилса беҳузур
Ўша ном билан атанг ҳидини.
 
Хотирамда сузган
Онгимни қалқитган бу ҳид - момомдан ёдгор дедим
Ва дедим ичимда :
Бу дунёда қариялар учун мамлакат йўқ.
Ҳидлар бор, атрофида қўланса ҳидлар -
Хотир ва хаёл
Ҳаёт босиб ўтган тирик мурдалар ҳиди масалан.
Бу дунёда қариялар учун мамлакат йўқ
Ва йўқ бир илинж -
Ҳаёт ёмон кўрган каби ғамни, қайғуни
Шундай туфлаб ташлаш истар қарияларин ҳам.
Ҳар руҳнинг ўз иситмаси бор,
Ҳар қалбнинг ўз касаллиги.
Ў з ҳиди -
Ҳар фаслнинг,
Ҳар кайфиятнинг.
 
 
 
Таъқиб этган яна бир ҳиддан ағдарилди кўнглим
Шомларим
Тонгларим
Ва оғзимда чайнаган ноним.
Жуда кичкиналигимда касалхонада ётиб
Зада бўлган эдим бу ҳиддан -
Нақадар келарди қочгим онам бағрига.
Қалқди ўша ҳид онгим қаърида.
Таним хаста эди, руҳим умидвор,
Ҳаётга томон
Тезроқ қочгим келарди хастахонадан
Умидлар билан
Ҳозир ўша ҳид тақибида
Шошиламан тезроқ
Яшашга улгуришга
Зотан эплолмайман дейман яшашни.
Аммо шошаман уйқусиз
Тунларсиз
Тонгларсиз
Унутганча Вақтнинг ҳукмини.
Ва лекин нега шошяпман
Юпатгувчи нима кўнглим шиддатин?
Менда жавоб йўқ.
Саволлар йўқ менда
Саволларнинг бори
Эмасдир муҳим.
Менда - тақвимда,
Онгим қаърида
Бурним остида фақат ҳидлар бор -
Бу дунёда бирор ҳаловат йўқ!
Ва балки ўлимнинг уйғотувчи ҳиди
Балки шошаман тезроқ уйғониб
Тезроқ яшаб ва тезроқ ўлимга томон.
Уйғотувчи ҳидларнинг қўланса бари.
Ўлим десам - ўйин деманг,
Деманг изтироб,
Бошқа реалликка шошаман.
Зотан уйғониб ҳам ҳеч нарсани билмаслик
Англамаслик чўчитди мени
Чарчатди
Ва қўрқитди мангу.
Балки қарилик ҳеч нарсани билмай ўтишнинг
Чираётган саволи эди -
Момомнинг ҳиди.
Бу дунёда қариялар учун мамлакат йўқ
Ва йўқ ҳаловат.
 
 
Яна бир ҳид унутиш ҳиди эди.
Тез унутдим ҳаммасини
Баъзан кўз очиб
Қайдалигим унутдим.
Назаримда хотирам шалоқ ва эски
Назаримда Ерга илк марта тушиб
Ҳеч нарсани танимай турган
Одам Атоман.
Назаримда кетимни қўйсам ер ўпирилади
Назаримда учай десам осмоним ҳам йўқ
Ва эслаб қолмагандим қушнинг парвозин.
Назаримда мангу муаллақдайман
Назаримда миям ишламайди
Назаримда назарим хира.
Назаримда куйган, унутилган хотира.
Назаримда унутилган осмоннинг
Парвознинг ҳиди
Куйган тақвимнинг ҳиди қўланса
Муқаррар муқаррар кунларнинг ҳиди
Муқаррар муқаррар қисматнинг ҳиди.
Фақат тақвимдан саралаб олган
Фақат хотирам кенгликларин берган бамайлихотир
Болалигим мангу унитилмасдек.
 
 
 
Болалигим ҳар нарсанинг кўзига
Қарагай тикка
Ҳидлар бўлиб эшигимдан кириб келади
Тўлдиради қўланса савол бўлиб бу бўшлиғимни.
 
 
Ва ўзи жавобдир ёдимда ёруғ.
Болалигим тошқиндай
Ёнғиндай бостириб келиб
Забт этади тақвимларимни
Кўз ешимни
Кулгумни
Туйғумни.
Болалигим ўзи ёнғин руҳимда
Кенглик бўлиб қайта улғаяди қалбимда.
 
Олиб кетади ойлар, кунлар мени
Таъқиб этади ҳидлар мени.
Зотан ҳар руҳнинг ўз иситмаси бор
Ва ҳар қалбнинг танҳо кенглиги.
 

Hid Gallyutsinatsiyasi

20 Nov, 05:52


Дўстлар, адабиётшунос Раҳимжон Раҳматга қўлдан келганча ёрдам берайлик. Совуқ кунда уйсиз қолиш азоб.

фейсбукка карта рақам қўйибдилар, имконингиз бўлса, кўмак қилинг.

9860 0803 9124 3013 (kuldasheva)

@mittihaqiqatlar

P.s: o'zimdan boshladim. Yordam beraylik, do'stlar.

Hid Gallyutsinatsiyasi

20 Nov, 05:49


Уйим ёниб кетди.
Касал ҳолимда ноқулай вазиятга тушиб қолдим.
Дори-дармонларим ҳам ёнди.
Совуқ кунда кўчада қолдим.
Тўсинларгача ёнди. Том ўпирилиб тушди. Касал ҳолимда шунақа балога йўлиқдим. Энди ҳозир келиб укамнинг уйида ўтирибман.
Бахтсизлик ҳам эгиз келади дейишади. Бандамиз. Сабр қиламиз. Кўнамиз. Насиб. Дўстлар ёрдамида уйни тиклаб оларман. Шу ҳолимда халқ мени ташлаб қўймас.

Hid Gallyutsinatsiyasi

18 Nov, 05:13


Umrimda birinchi marta bunaqa katta parad ko'rishim. Talabalar va askarlar shahar markazi tomon ketishyapti.

Bayrog'imiz kuni muborak!

Yurak yayradiyeee

Hid Gallyutsinatsiyasi

17 Nov, 17:02


Daraxtlar yorug'lik kenglikda o'sgan,
Ko'zimda ulg'aygan eng yorug' xayol.
Osmonlar ko'ksimning ostidan kirib
Ko'ksimda o'sgan kenglikka timsol.

Osmonlar
Osmonlar - eng yorug' xayol ko'zimda o'sgan
Ko'zim quchog'ida yorug'lik uxlar.

2013.

Hid Gallyutsinatsiyasi

17 Nov, 12:22


Har kim o'zi biladi
Qay zinadan chiqib kelganin.
Qanday palinodiyada o'ynaganin bilar har kimning o'zi
Suzgandek muz ustida mixli etikda.

"Ko'rildi." "Borildi." "Sezildi".
Shaxssiz so'zlar olar o'rtani
Moychechak gulbargday tutib qo'lidan.
Bir tong ochilib hamma so'zlar
Puchmoqqa oladir o'zni.
Orada oq bo'shliq - vertikal. Tutash.
Ista, sing.
Ista, to'l.
Ista, zarra.
Ista puchmoq,
Ista, tutash
Borliq Bo'l.

Hid Gallyutsinatsiyasi

17 Nov, 11:44


https://youtu.be/NAG4e3tXYQ4?si=hvTHgGqtVzqt5bLu

Hid Gallyutsinatsiyasi

16 Nov, 11:00


йўқ, албатта. Г. ўз ақлини еган миттигина қизалоқ, худди ўрмонда адашиб қолган қуёндек дағ-дағ титрайди. дуо қилади, кимдир, ким бўлишининг асло аҳамияти йўқ, уни қутқарсин. Худоми, бошқами, буткул фарқсиз, ва шунинг учун у зўр бериб ҳаракат қиляпти. ахир у бор йўғи ақлини еган қизалоқ, аммо ўрмон уни тишлари орачсига олиб мажақлаб ташлайди, бунга унинг ақли етиб турибди. шунга у кўзини юмишдан қўрқади. биласизми, болалар қўрқувни икки йўл билан енгади, ўткизиб юборади, бошқача айтганда қарши олади, пешвоз чиқади (умуман, катта одамлар ҳам шу): бир тоифа кўзларини қаттиқ юмиб олади, бошқа тоифа кўзларини катта очади.

Г.нинг очиқ кўзлари реалликдан шу қадар қўрқувдаки, унга бутунлай бошқа нарсани айтяпти ва бу айтишнинг, ҳикоя қилишнинг, ҳаёт реаллигини кўрсатишнинг битта яхши хусусияти – оғриқсизлантириши. унинг бу ўрмонда ёлғизлигини, юмшоққина қуёнлигини кўрсатмаслик оқибатида у ўзининг қўрқинчли, зерикарли, бахтсиз ва шавқсиз ҳаётини охиригача, масалан бўрининг оғзига тушганча (аммо бунга кўп вақт қолгани йўқ) бемалол пушти кўзойнакда ўткизиши мумикн. аммо онг Г. билан ўйин ўйнайди. бу ўйинга ҳаёт тикилган экан, онг Г.га ўзининг алдаётганини ҳам билдиряпти – ахир буларнинг бариси ёлғон, у шунчаки оғриқсизлантирди ва унинг олдида бу оғриқсизлантиришга қарши туриб бериш ҳам бор ва ҳақиқий реаллик – бўри унинг жонини бирдан олмайди, аста, шошилмай ва имкони бўлса, терисини тириклай шилиб ўзи қўрққан барча ожизликлари олдида мазах қилади. бу Г.нинг тақдири, бечора, у ўз онггига қандай қарши чиқади, кимни айбдор қилади, кимни ўзига халоскор қилади, кимга талпинади ва кимдан қочади – ахир унинг бирдан-бир душмани ҳам ўзи, халоскори ҳам.

Hid Gallyutsinatsiyasi

16 Nov, 09:27


шаклда шакл йўқ?

негадир ҳар қандай нарсанинг шаклини кўришга ўрганиб қолганмиз, ҳатто сояларимизнинг шаклигача аниқ ёдимизда бор. аммо яшаш тарзимиз аллақандай шаклсиз, хаотик ҳолатлардан иборатга ўхшайди. қанчалик хаотик бўлмасин, космоснинг абадий бир қоидаси бор, у кенгаяди, ўсиб бораверади. аммо онгчи? онгнинг космосдан қанчалик фарқи бор, ўхшашлигичи? уни кўтариб юрган одам ўз онггининг пучмоқларида қанчалик адашиб қолиши мумкин? қанчалик ҳақиқатки, масалан онг ўзини асраб қолиш учун эгасини янги ўйинга тортиши? бу ўзини оқлайдими, ахир нима қилганда ҳам тирик қолиш муҳим. эволюция минглаб йиллар давомида одам тугул жониворларни ҳам битта қоидага ўргатди: ўрмон қоидаси. кучлилар тирик қолади ва кучлилар қоидаларни белгилайди. асрлар давомида кучлилар ҳамма нарсани шакллантирди, ё нотўғрими? ахлоқни биринчи бўлиб қайси одам ижтимоиятга киритди? қайси одам қария ва болаларни қаноти остига олди ва бундан нима наф эди? ўрмон ғалати жой. Г. буни дунёга келганида билганмиди?

Hid Gallyutsinatsiyasi

16 Nov, 09:03


Zo'ravonlik zo'ravonlikni tug'diradi. Ona qiziga qilgan, qiz bolasiga takrorlaydi.

Nigina Gayduk ishi

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Nov, 15:54


Ikki narsani beskanechna eshitish mumkin: biri Sezen Aksuning mast qiladigan ashulalarini ozroq mast bo"lib, ikkinchi - gre-gre - namozshomda nafasi qaytgan ulkan shaharning tig'iz harakatdan to"lg'onib titrashlarini

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Nov, 10:22


Kuz qo'rquvlari


Men sizdan qo'rqaman -
Nogohon yangragan qo'ng'iroq
Yuragim uchib tushadi -
Nahot xato qildim,
Nahot bormadim,
Nahot uxlab qoldim -
Nahot haydashsa -
Yosh boladek yuragim titroq...
Potirloq...
Ishsiz,
Kimsiz
qolishdan qo'rqaman
Kuzga onsiz termilib
Taka-puka payti hislarim
Kelgan qo'ng'iroq...
O'zida emasdek jonim alag'da
O'ylab ketganimda xolam,
Uzoooq tog'amni
Sizdan qo'rqaman -
Mezonning tekis tortilgan
Ingichka ipida yurmaganimda
Egri-bugri torlarda yursam turtilib -
Qo'rqaman -
Nima bor chayqalgan olamda qatida?

Men sizdan qo'rqaman nogohoniy
His
shitir
qo'ng'iroq...

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Nov, 08:31


https://youtu.be/dGbsYzeCmQg?si=hSMDgtAVnY9_T73p

"Havo" to'plami muallifi ochiq mikrafonga ham tashrif buyurgandi.

Shoiraning o'z og'zidan she'r tinglaymiz.

#AKS

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Nov, 07:43


Ustozlar e'tirof etgan maqolani shu yerda o'qiysiz.


Ayniqsa, Xurshid Do'stmuhammadning to'lqinlanib gapirganidan sevindim. Bunday narsalarni ko'proq yozib turishim kerak.

Hid Gallyutsinatsiyasi

15 Nov, 06:34


Bir begona og'ush bo'lsa
Onang qorniga
Qaytgandek qunishib qaytsang bag'riga.

Tafti tanish - sutdek iliq - toza sog"ilgan
Hislaringni almiysoqda tanigan
Rohat suvi kelganidek og'zingga
Ko'nglingga kelgan
Lazzat tinishining so'nggi oromi
Tungi daraxt soyasining notanish shitirida
Topsang sen Uni!

Bir begona kimsang bo'lsa...

Hid Gallyutsinatsiyasi

14 Nov, 12:07


Kitobni kecha o'qishni boshlagandim. Yarmidan o'tdim. Xatolarimni, qayerda qoqilganimni tushindim. Tushindimu tarsaki yegandek bo'ldim. Ammo xatolarni o'ylamasdan faqat "qilmoq" bilan mashg"ullik, sidqillik, chalg'imaslik tamoyillarini uqtiryapti. Ruhlantiryapti. Ishlayapman. Faqat ishlash haqida o'ylayapman. Miyamda ko'p narsa tartibga tushyapti. Meni keragida topib kelgan kitob bu.

Kitob Hamletdagi "Bor bo"lmoq yo yo'q bo"lmoq" masalasini "Qilmoq"qa aylantiradi. Ishlang, ishlang, chalg'imang, kamtar bo"lib, natija emas, doimiy jarayon va ishda bo"lsin diqqatingiz. Dil bayoru dastbakor.

Kitob egongizni shu tarzda tartiblaydi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

14 Nov, 08:31


https://youtu.be/fkfLoV05w9s?si=TLt2vCuXcmE2ZqLS


Sevimli shoirimiz, ustoz shoir, Xalq shoiri Xurshid Davron Gulnoz Mo'minovaning ikki she'rini ich-ichiga kirib o'qigan ekan.


Bu she'rlarni "AKS" turkumida chiqayotgan "Havo" to'plamida o'qiysiz.

#AKS

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Nov, 10:05


https://youtu.be/zToRGERERN4?si=_Y9z2IAab5qrNl99

"Havo" muallifining ichida qanday gaplar bor - mana shu podkastda pardani xiyol ko'tarib, shoira ichiga boqishingiz mumkin.

Inson sifatida o'ylar va dardlar, insonlik sharafi va mashaqqatlari - shunindek, ayollikning ham - Anglami qarashlaringizni turtkilashiga ishonaman.

"Havo" to'plami shoira yuragiga oyna tutadi. "AKS" da o'qing.


#AKS

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Nov, 05:29


OLA

Yel o'ynaydi, nur o'ynaydi,
Lahzalar o'ynaydi xonamda
Jimir o'ynaydi.
Qiz yuzida sepkildek yomg'ir
Tomchilab bosadi oynani,
darchani
Sepkillar xiralik qiz yuzidagi,
Yomg'ir xiralik.
O'ynaydi tomchilar, o'chgan tuyg'ular,
Tuyg'ular oladir, tuyg'u qirrali

Olislarda qolmaydi o'tmish
Ichagingga turar tiqilib
U qaytib keladi tez-tez
Aksa urmoq istagi bo'lib
Tabiiy keladi.
Ko'priklar bitmaydi yonib
Ko'priklar bugunmas, na kecha, indin
Ko'priklar qulamas, ko'prik xiralik

Uzoqlarda qolmaydi o'tmish
U qaytib keladi aksa urmoq istagi bo'lib
Tabiiy keladi
Keladi ko'prikdan yomg'ir, tuyg'ular
Goh jimir keladi, xazon, xiralik
Etagiga ilashtirib ola kunlarni
Yiroqlarda daydib dalli devona
Daydi ruhimizga Sabiy keladi.

Uzoqlarda qolmaydi...

12.12.2019

Hid Gallyutsinatsiyasi

13 Nov, 03:08


https://youtu.be/tVY8sP6pw8o

"HAVO" to"plami muallifining mashhur she'rini bir guruh xotin-qizlar o'qigan edik

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Nov, 15:16


Aks | Tez kunda

***

Yarador ilonman – yoqilmoqqa shay,
Alanga domiga otilmoqqa shay.
Yo so‘nggi bor yanchib o‘tilmoqqa shay,
Inimdan chiqargan qo‘llaring kulsin.

Sirg‘alib umringdan o‘tdim – bilmading,
Jonu jahonimni tutdim – bilmading.
Borlikdan yo‘qlikka ketdim – bilmading,
Shohlardan uzoqsan, qullaring kulsin.

“Umrim mening aslan ishqqa qasida,
Uni tinglaganlar qolur rasida”,-
Desam, tun dolg‘asin har jilvasida
Hilolni suzdirgan ko‘llaring kulsin.

Sog‘laring ichinda xasta jon
o‘ldim,
Inonch berolmading – badgumon o‘ldim.
Mudom barbod o‘lgan xonumon
o‘ldim,
Xonumon qabrinda gullaring kulsin. 

Gulnoz Mo‘minova “Havo” kitobidan

📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Nov, 11:23


​​Men seni bo'salarga ko'maman
Va tunning badanini ham
Bo'sadan ketar u yorishib...

© Tillaniso

Rasm: Franchesko Ayets, "Boʻsa".

🎨 ZakovArt

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Nov, 11:07


"Shaxsiy xona" bir yarim oyda qayta bosishga tushdi. Zo'r natija. Hammaga rahmat. Yana o'qishda, taqrizlar yozishda bardavom bo'ling

Hid Gallyutsinatsiyasi

12 Nov, 05:30


Sevgi kelsa ruhingda oqib
Holatlardan joning ayrilsa
Sokin, tiniq havoni quchib
Yotib olsa bag'ring-la g'ussa
Alag'damas - yuraging toti
Kipringlaring - uzun mezonlar -
Tutashib titradi osmonga -
Harir ip, yupqa huzur -
Solinchak yer-osumon o'rtasida.
Nuqtadan kengaysa, qaytmasa hech nuqtaga
Hayajon yuragim jimriga ketsa qovshib
Xonam, yulduz, choy nafas olardi -
His, so'z, Anglamning orqasida.

Hollarim - qiqirdab qaynagan choy idishi.

2.

Tomiringdan hayot kelsa quyulib
..................................................
Ichingdan o'sib kelgan yupqalik -
Chirmovuq guli silasa.
Beshik tebranishi ustida alla -
Ohanglaring tebransa O'zlik ustida
So'ngsiz adirlarni sog'insa orom.
Ipak qurti senga qayta homlador o'lsa
O'zing boqsang tut berib - bolalik qo'llarida -
Senga homilador o'tmishmas, lahza!
Jimirladi sarmast bolalik -
O'tgan -
Ortda.

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 18:23


Ishqilib, joninga joy axtargulik. Hech qatta halovat yo'q.

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 17:54


Aql va hisning boshqa tomoniga o'tib olgim keladi. Kenglik va yomg'irdan keyingi havodek tozargan tomon

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 17:52


Qanaqadir - olamga yoyilib ketishga ehtiyojim bor. Singibmi yo ichida kengayibmi?!!

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 17:38


Yurak kuydi. Yurak g'ash. Yana o'zimni urib tashlash istagi. O'lguncha savalash. Yo kimdir shunday qilishini qo'msash... Yana jazo sog'inchi...

Xuddi tanangga kelib uriladigam har zarbadan ichingni tepkilab yotgan dod tashqariga chiqib ketadigandek... Boshqa yo'li yo'qdek...

Yurak kuydi. Yurak g'ash.

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 10:02


Biz qalbga oid nimaniki kutsak, yosh ekanimiz uchun kutamiz. Agar Hamlet 40 yo 50 yoshda bo‘lganda edi, u ham Ofeliyaning otasi kabi ko‘proq pul yig‘ishga oshiqqan bo‘lardi. Faqat yoshlikkina hayot bilan murosa qilmaydi, minilgan toychoq bo‘lmaydi, keksalar esa ich-ichidan yoshlarga va yoshlikka hasad qiladi. Yoshlik to‘g‘ri yo noto‘g‘ri narsa uchun iztirobga tushadi, o‘limga boradi, isyonga keladi. Keksalar esa bir chekkada buni kuzatib, «yuribsan-da, shuni ham hayot deb» istehzoli kuladi. Yoshlikkina to‘g‘ri-noto‘g‘ri qarshisida larzaga tushgan borliq bilan «men o‘z qadriyatlarimni o‘zim yarataman» deya bahsga kirishadi. U shu mas’uliyatni bo‘yniga olishga jur’at topadi. Yoshlikkina aqlning chinakam erkiga qodir. Hayot bilan murosa qilganlar tez qariydi, o‘ladi. Yoshlik javob izlash, savol qo‘yish, isyon va ko‘ngilxushlik, nafrat va apatiya bosqichlaridan o‘tadi. O‘tib borarkan, ongni ozod qiladi – qadriyatini yaratish uchun, tafakkur erkiga erishish uchun ozod qiladi. Va endi kim unga bu yo‘lda qarshi chiqsa, hayot bilan murosani uqtirsa – uni o‘ziga dushman deb ataydi – to‘g‘ri va noto‘g‘rini o‘zi belgilashi uchun eng oliy va yagona quroli – qalb va tafakkurini ishga tushiradi. Mezonini o‘zi yaratishi kerakligi anglaydi.

"Shakl" dan

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 09:47


Barakot nomli kitob do'konda "Qon" bor ekan. Onlayn buyurtma orqali yetkazishadi.

Tg. manzili bor

Hid Gallyutsinatsiyasi

11 Nov, 06:41


шаклни бугун тугатдим. бу тугатиш ҳали охирига етгани йўқ, ҳали Тилла билан яна бир-икки ҳафталар ишласак керак: у кўриб чиққан 10-15 бет нарсасини юборади, ман устидан кўриб чиқиб, олиб ташланадиган қисмнинг устига кийгизаман. таҳрир жараёни бир тарафдан жуда азобли, ҳатто Шомансуровнинг кунгабоқарини ўқиганда ҳам бироз қийналдим, аммо барибир зақли. бир биридан бутунлай фарқ қиладиган китоблар дунёга келишини кузатишнинг завқи бор

шакл – мия космосидаги хаотик ҳаракатлардан дунёга келган, ўз ритми бор феноменал асар. у кўтарган мавзулар ҳали замонавий ўзбек насри тушига кирмаганди

романга Улуғбек Ҳамдамнинг тушунтириши бор, уни китобга қўймадик, бошқа ғоя бор эди: аксдаги ҳар бир китобга тақризни QR kod орқали кириб ўқиш мумкин. ҳали шаклга ҳам, оқдан қизилга ва кунгабоқарга ҳам зўр тақризлар ёзилади, зукко ўқувчилар бу қаҳрамонларни китобини майда майда қилиб ўрганади ва тақризлар ёзади. биз эса уларни аксдаги китобнинг саҳифасига, тақризлар бўлимига қўямиз

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Nov, 17:29


Вақтида Нодира, Увайсий, Анбар Отин, Дилшоди Барно, Самарбону, Ҳиндистон тарафларда Зебунисо, Гулбаданбегим каби асли туркий бўлган ижодкорлар ҳам ўз замонасига нисбатан шундай позицияда турганлар. Фақат улардаги исён, аёл кўнглини, дардини изҳор қилиш кўҳна Шарқ адабиётининг одоб, ахлоқ ва санъат  нормалари доирасида кечган. Кейинроқ ушбу тамойил Ҳ.Худойбердиева, С. Вафо, Ҳ. Аҳмад, З. Мирзо каби ўзбек аёл ижодкорлари томонидан давом эттирилди. Салафларидан фарқ қилиб, Тилланисо битикларида ўзини кўпроқ ва хўпроқ “фош” қилиб қўйди. Ҳамда деярли ҳеч қандай “норма”ларга риоя қилмаган ҳолда, деяверинг. (Хўш, нега? Чунки бу вақтга келиб дунё билан бир қозонда қайнаш юз берди, Ғарб маданиятининг, умуман, дунёда устивор мавқега эга бўла бошлаган оммавий маданиятининг таъсири чунон ортди). Айнан шунинг учун ҳам унинг шеърлари ўқувчилар оммаси томонидан икки хил кутиб олинди: бирлари унга “гул” тутишган бўлса, бошқалари “тош” билан қарши олишди.  Шунингдек, бир қўлига гул, бошқасига тош олганлар ҳам талайгина.
“Қалбимни бутунлай яланғочлаб ташлашни исташимни бир аёлга сўзлаб берганимда, бу катта хато бўлишини, жамият мени топтаб ташлашини айтди...” дейди “Шакл”нинг “шаклсиз” қаҳрамони.

Ulug'bek Hamdam

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Nov, 16:19


ГУЛ” ВА “ТОШ” БИЛАН КУТИБ ОЛИНГАН ИЖОДКОР – Telegraph
https://telegra.ph/GUL-VA-TOSH-BILAN-KUTIB-OLINGAN-IZHODKOR-11-10

Тилланисо аёл қалбининг янгиланган сувратларини мавжуд шаклларга сола билди. Фақат эркаклар адабиётида эмас, балки аёллар адабиётида ҳам, профессор Қ. Йўлдош таъбири билан айтганда, “ўйчил”, яъни тафаккур қилгич қаҳрамон кириб келди. Ҳаёт ҳақида, инсон, жамият, унда ўрнатилган тартиб-интизом ҳақида жиддий фикр юритадиган аёл қаҳрамон – мана “Шакл”нинг энг катта Мазмуни!..

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Nov, 16:10


Kechagi so'rovnomada "Shakl" nima deb so'rashgan ekan - roman! ILK ROMANIM! U va umuman ijodim haqda Ulug'bek Hamdam yozgan fikrlarni quyida o'qing 👇👇👇

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Nov, 10:17


Amsterdami kechagi "attack" haqida X da tun va tongda bir necha xabarlar, tvitlar o'qidim, oavning reaksiyasini kuzatdim. Qizig'i, Cnn, Bbc kabi oavlarning noxolis ekaniga ishondim. Niderlandlarning o'zi X bo'lgan voqeani tred qilib yozib, buni islamistlarmas, haqiqiy gollandlar qildi, chunki yahudiy muxlislar bor ularning derazalariga ilingan Falastin bayrog"ini yulgan, janjal chiqarib hujum qilgan desa ham, fakt sifatida voqea joyidan videolar ilova qilsa ham, dunyoning katta qismi o'sha yerdagi imigrant musulmonlarning ishi, ular varvarlar, sivilizatsiyadan ortda qolgan, musulmonlardan Nobelchilar yo'q, shuning uchun qirish kerak deb yotibdi. Jaholatdan yoqa ushladim. Eng qizig"i, asli bir-biriga dushman ukrainlar va ruslar bu masalada ko'proq yakdil. immigrantlarga "oqmaslarga" yo'l ochib, Yevropani tiqatidan yeriga tiqishdi deb yotibdi. Bilmadim, balki rus tilli yahudiylardir ular. Ammo immigrantlarga shuncha nafratni, shovinistlikni, natsisizmni, dinga toqatsizlikni ko'rib yoqa ushlaysan. ("MEN TERRORCHI EMASMAN" kinosini ko'rivorishlik joyi). Musulmon davlatida yashaydigan yo kelgan kimki bor, ular uchun terrorist, fundamentalist ekan. Bugun Ukrainaning 10 mlndan ochiq aholisi xuddi shunday surgunda, qochqinda. London, Berlin, Venetsiyada bo'lganimda ularning yurtidan qochgan ziyolilari qora ishda ekanini ko'rganman. Uysiz, ko'chada -palatkada yashayotgani ham ancha. Nahot boshidan shuncha zulm o'tkazayotgan xalq boshqa zulm ko'rganga, ko'rayotganga qayisholmasa? Yo natsizm, shovinizm ham rus, ham ukrainlarning qon-qoniga singib ketganmi?!
Ruslarchi? Ular bugun o"zlariga o'xshamagan irq va din vakillarini varvar deb kamsitib, Yevropaning "shomi" uchun qayg'urayotganda Yevropa ruslarni chetga surib, ko'chada uchratgan rusi yonidan moxovdan uzoqlashgandek yiroqlab, "Slava ukraina" deb ataylab mazaxomuz qichqirishlari esidan chiqqan ko"rinadi. Yevropa Rossiyani hech qachon o'zidan yo o"ziniki deb bilmaydi. Ruslar esa taalluqli bo"lishga zo'r berib urinadi.
O'zlari mana shunday abgor holdagi ikki xalq Yevropa holi uchun achinib yotibdi. Yevropaliklar esa zo'r berib buni immigrant yo musulmonlar qilmadi, hammasi fanatlarning qilmishi ortidan chiqdi deb isbotlashga urinmoqda. Chunki yevropaliklar allaqachon manipulyatsiya va propaganda nima ekanini anglab yetgan.

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Nov, 07:06


ЁВВОЙИ ТАНОВОР

Расмингизга термилиб чиқдим тун бўйи.
Кўз ёшларни бир бир тердим нигоҳингиздан.
Шуълангизда рақс этдим.
Кафтимдан сирғалиб тушди синиқ ва тирик ҳақлар.
Мен рақс этдим.
Кулгингиздан синиб тушди борлиғим.
Рақс этдим.

Дунё бизни олиб боролмаган ҳеч
Ҳаёт йўлларида сира кўрмаган
Манзилларга етди оёғим.
Мен рақс этдим.

Қиёфангиздан бир бир тердим лаҳза борлиғин -
Ўткинчилик кетди сидрилиб.
Қалбимга қоришди лаҳза борлиғи
Ёғду ва оҳ каби қоришдингиз сиз
Ой ёғдусин ўраб оҳ каби чекдим.

Мен рақс этдим манзилларнинг устида ёлғиз
Мен ёд этдим гулни, бахтни, фасли хазонни
Йўлларнинг тошига шунчаки тикдим - жонни арзонни
Сомон йўлларига сочдим сабрни - синди борлиғим.
Мен рақс этдим.

Мен оҳ чекдим
Ёдингизда кулгийингизда.
Мен рақс этдим.
Кулгингиздан синди борлиғим.
Мен оҳ чекдим.
Оҳким,
Оҳким
Шуълангиздан бедор йиқилдим.

©

@TillanisoEN

Hid Gallyutsinatsiyasi

10 Nov, 07:05


#qarakolcha

Orom bo'l, orom o'tir, orom yot-

Bas qil, tinch o'tir. Tinchlan. Orom yot esa chaqaloqlarga nisbatan "yig'ini to'xtatib, uxla" degani.

Hid Gallyutsinatsiyasi

09 Nov, 10:09


So'lg'in ifor

Sig'inaman xira chiroq nuriga,
Sig'inaman yomg'ir tovshiga,
Quvaman o'yimdan xayol qushlarin
O'ylamaslik uchun men seni.

Zinadan tushaman, peshvozdir qayg'u,
Ergashaman yaproq shivriga,
Sog'inmaslik uchun men seni.

Iviyman yomg'irda, ivib so'liyman-
Yoyiladi havoga so'lg'in iforim
O'layotgan gulning zaif bo'yidek-
Sog'inmaslik uchun hech seni-
Iviyman yomg'irda, ivib so'liyman.

Hid Gallyutsinatsiyasi

08 Nov, 15:54


#qarakolcha
#ibora:

Og'zidan gap kelish -

dardingni dunyoga ayta olish. Shu darajada kuchga ega bo'lish. Joyi kelganda urishib, joyi kelganda o'zini tushintirib. Ichidagi gapira olish. Og'zidan gap kelishi Qarako'lda alohida status sanaladi.

Ko'z olish -

ko'rib, qarab, odamlarga aralashib, nimalarnidir tajriba qilib hayotni o'rganish.
Ko'proq bolalarga nisbatan ishlatiladi. Masalan, "bachangni bozorga/ olimpiadaga/ musoboqaga/ bayramga yubor. Hech bo'lmasa ko'z olsin.

Chortlamoq -

darz ketmoq.
Masalan: piyola, kosa chortlabdi.
Ko'chma ma'noda: yuragim chortladi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Nov, 12:58


https://youtu.be/wXVp8z9et_U?si=FebV5pc28aH0LBr0

Shu yerda o'z depressiyam haqida gapirgandim. Sizam gapiring balandroq

Hid Gallyutsinatsiyasi

07 Nov, 11:34


Depressiyani gapirish kerak. Uni ichga qamagandan endi foyda yo"q. Pichoq borib suyakka yetgan. Ruh qopchiqlari allaqachon to'yinib, o'zandan toshgan. Depressiyani gapirish -Jarayon, gapirmaslik turg"unlik ustiga yana Turg"unlik! Og"ir odamni egib, yiqib, yurakni mayib, umrni zavol qiladi.

O"lsin bu vahshiy olomon. Shuni gapiraman desang, oyog'ingga tosh taqib, suvga tashlayman deydi... O'zini tanimaydi. Ichidagi qorong"uligini ham. Hatto hech kimga aytilmas dardning to'kilish maydoni bo'lgan adabiyotni ham ahmoqona kutuvlari bilan zaharlab tashlashgan. Shundan oshib yozaman deganni bo"g'aman deydi - bir bo"g'moqchi bo'lganiga minglabi ergashadi. Hamish, chiroyli so'zlar bo'lishi kerak, hamish baxtsizlik haqida baxtli bo'lib yozish kerak, hamish dardingni taroshlab, uyalab yozish kerak, hamish faqat va faqat ularni ko'nglini olish kerakmish! Bularni ijodlarniyam zaharlagan. Tiliga tushov ozgan. O"zinikini, qorong"uligini gapirolmaydi. Zahar zaqqumi to"kib socholmaydi, ichiga yutadi - tupirdim hammaga deyolmadi. Oxiri bu dunyoga tupiradi xolos. Boshqa iloj ham bormidi?!

O'z depressiyasini, azobi gapirishga qo'ymaydigan adabiyot adabiyotmi, o'quvchi o'quvchimi?!

Do"stlarim, lekin siz yozing. Erkakmisiz, ayolmisiz, to"kilgingiz kelsa, hech bo"lmasa anonim bo"lib to'kiling! Bu o"quvchi sadqayi asar, kutuvlari bilan badar ketsin!
Depressiyangizni Jarayonga aylantirining, ichga yutib turg"unlikni battar semirtirmang! Depressiya, dard gapirilganda, aytib- eshitilganda Jarayonga evriladi. Bo'lmasa, yeb bitiradi.

Odamlar bir-birini tinglamaydi. Ori rost. Tinglasayam, faqat ichiga muvofiq tinglaydi, sizni eshita turib, o'zini tinglaydi xolos. Dunyo qoidasi shu. Shuning uchun ijodni yaratgan odam. Faqat yozilgan dard yonidan shunchaki o'tolmaydi, aytilganiga qo'l silkiydi xolos. Shuni uchun yozing. Oxirigacha borini yozib tashlang.

Bizga, sizga berilgani, Bori shu. Qoladigani ham.

Hid Gallyutsinatsiyasi

06 Nov, 14:57


🔥 АКС тўплами муаллифларининг ижодий каналлари:

Гулноз Мўминова — @dil_siniqlari

Шаҳзод Шомансуров — @ShakhzodShomansurov

Рахшона Аҳмедова — @RaxshonaAhmedova

Алишер Файзуллаев — @perezagruzka_2021

Аниф — @Anif_poetry

Тилланисо — @TillanisoEN

Бонусига

Дизайнер Декабр —
@december_art

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Nov, 19:41


Chuqur kirma, qaytib chiqarlaring bor...


Bu satr Halima Xudoyberdiyevaniki. Do'stlar, hech narsaga chuqur kirmanglar. Ayniqsa, ruhiyat degan o'pqonga. Chiqar yo'li topilmay qoladi. Yolg'onchining shamolida yayrab yashanglar.

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Nov, 19:25


​​Катта ижодкор дўстимиз МАНСУР ЖУМАЕВ оламдан ўтди. Худо раҳматига олсин!

Биз сени ҳеч қачон унутмаймиз. Шеърларинг эса миллат кўнглида абадий яшайди, дўстим!

МАНСУР ЖУМАЕВ


Эсингдами, ака,
ёз оқшомлари,
зангор шуълаларга чўмган сўримиз,
бақалар сайраган тун илҳомланиб,
кўклам кенгликлардан аразлаган кез,
осмон ҳавзасида порлаган қизлар,
нозбўй ҳидларини улашган палла,
шакароб тупроқдан сочилган ислар,
кимсасиз маҳалла?!
Эски "Женифер"га термилиб қандай
ажаб афсоналар кўрардик қанча:
Дэвид Аттенборо,
Мел Гибсон,
Ван Дамм,
Жет Ли,
Жеки Чан...
Фильм ярмидаёқ ухлаб қолардик,
қолгани тушимда бўларди бунёд.
Қизиқтирмас эди бизни беҳадик
Бинямин расмига топинган дунё.
Бизни қизиқтирган ўшанда фақат
уруш саҳналари
ва жанг-талотум
ва мардона ўлим
ва буюк тоқат,
"бидиш-бидиш",
"бум-бум"...
Ажаб далли эдик иккаламиз ҳам,
мен — бир хаёлпараст,
сен — бир шумтака...
саҳарлар чанг ютиб арпа ўрган дам
эсингдами, ака?!
Ям-яшил пайкаллар ўроқ дамидан
бироз тин олганда — кар, соқов, сўқир —
кечаги кинони қолган ярмидан
айтиб берар эдинг ичингдан тўқиб.
Сенинг қиёфангда келарди балқиб,
сўзларди,
урарди
ва бўларди гум:
Брюс Ли,
Шоҳруххон,
Маколей Калкин;
"бидиш-бидиш",
"бум-бум"...
Ёлғон эди сенинг ҳикоянг гарчи,
гарчи ишланмаган сен айтган фильм,
аммо ишонардим сенга чиппа-чин,
шундай содда эди,
кенг эди феълим.
Эсингдами, ака,
ёз оқшомлари,
зангор шуълаларга чўмган сўримиз?!
О, ҳануз қўмсайман ўша онларни,
о, ҳануз қолсайдим ўшандай тамиз!
Гарчи давом этар то мана-ҳануз
уруш саҳналари,
кураш,
талотум,
ўлимлар,
ўлимлар...
ва яна ҳануз
"бидиш-бидиш",
"бум-бум".
Энди зерикарли бўлиб туюлар,
энди қўрқитади бу ваҳший "кино",
сенинг қиёфангда аврамоқ бўлар
Бинямин расмига топинган дунё.
Энди толиқади руҳим
ичимда
кечган "бидиш-бидиш, бум-буму буфф"дан,
зориққан,
ичиккан маҳдудман чиндан
қудуқда хожасин кутган Юсуфдай.
Ажаб икки далли бўлган эдик жам:
мен — бир хаёлпараст,
сен — бир шумтака...
ва ҳануз ишонай
ёлғон бўлса ҳам
кино тўқиб бергин мен учун, ака!
Ёлғон гапирмайсан энди, биламан,
биламан, рўйирост айтасан энди,
акажон,
ҳозирги ростгўйлигингдан
ўша ёлғонларинг азизроқ эди.
Биламан, уруш ҳам кўрдинг — ҳақиқий,
талотўплар ичра яшадинг ҳар зум,
чиндан чангал урди ҳар бир дақиқа
"бидиш-бидиш",
"бум-бум"...
Аммо унутмагин
шуълага ботган
эски "Женифер"га ёндош сўрини,
ёлғон ҳикоянгга ишониб ётган
уканг кўзларингга турсин кўриниб.
Осмон ҳавзасида порлаган қизлар,
кўйна зовурларда ҳайқирган бақа,
шакароб тупроқдан сочилган ислар...
эсингдами, ака?!

Эсингдами, ака,
ёз оқшомлари?!.

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Nov, 14:29


Bugun ertalabdan shoir Mansur Jumayev haqidagi sovuq xabardan yurak yaxladi. Shu qadar karaxtmanki, tongdan beri, nima yeb-ichganim qayga borib kelganim farqindamasman...

Shoirning u dunyosini bersin!

Hid Gallyutsinatsiyasi

05 Nov, 06:37


Bugun bir nashriyotda tasodifan Elfrida Yelinak romani nashrga tayyorlanayotganini ko'rib qoldim. Ko'zlarim porladi. Yelinekni o"sha mashhur "Bu haqda emas" she'rimda eslab o'tganman.

Kim biladi, Yelinak asarlari o'zbekcha gapirishni boshlagach, o'sha she'r ham ko"pchilikka boshqa tushinarli bo"lar.

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Nov, 16:58


Yangi podkastimizning ilk soni. Hazir turinglar. Qo'llab-qo'ltiqlash uchun. Yaqin kunlarda yutubda bo'ladi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Nov, 16:56


“Chek” loyihasining ilk soni.
Podcastimizda adabiy agent va tarjimon Munira Norova bilan adabiy agentlar, ularning zarurati, tarjima qiyinchiliklari, Nobel mukofotini qo’lga kiritgan Han Kang ijodi haqida suhbatlashdik. Tez kunlarda Youtube tarmog’iga joylanadi. Qo’llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz.

Hid Gallyutsinatsiyasi

04 Nov, 12:58


Do'stlar, bir yordam kerak.

Inglizchadagi outskirts, suburb,
Ruschadagi окраин, пригород, предместье o'zbekchada bir so'z bilan nima deyiladi?

Shahar tevaragi, atrofi, chekkasiligini bilaman. Ammo bir so'zda ifodasi kerak. Bizda bormi shunday so'z?

"Shaharosti" desa bo'lama masalan😃

Hid Gallyutsinatsiyasi

02 Nov, 09:29


Hamid Sodiq

Hid Gallyutsinatsiyasi

02 Nov, 05:23


Oyna.

Tillaniso Eshboyevaning Shakl asarini o'qib, asar bo'yicha tushunchalarimni qisman yozdim. Gap shundaki hech bir nasriy yoki nazmiy asar bo'lsin taqriz yozmaganman. Shu kungacha o'qigan asarlarimga Shaklga bog'lanib qolganchalik bog'lanib qolmaganman.
Asar bizga qaratilgan oyna bo'lib, bizning avlodni(19 asr oxiri va21 asr boshida tug'ulganlar) to'laqonli yoritib bergan. Asarda fikr ustunligi, voqelik kamligi bor. Biroq asar mavqeiga umuman ta'sir qilmaydi bu, aksincha o'quvchini kengroq fikrlashga, tafakkur chegaralarini buzishga undaydi. Did haqida bahslashilmaydi degan gap bor, muallifi esimda yo'q. Shakl bilan ham bahslashib bo'lmaydi, hech qachon. Agar kimdir bu asarni qay bir darajaga qo'ymoqchi bo'lsa adashadi, shaklni yashash kerak. Bizning avlod Shaklni yashab o'tdi, allaqachon biz yo'q bo'ldik. Afina kim edi - u G.ning yaxshilikka xayrixoh vijdoni, Temur esa umid, ilinj edi isyon sog'ingan. Bu ikkisi ham vijdon, ikkisi ham shaxsiyati edi G.ning. Afina Ota va Onasiga bo'lgan muhabbatini saqlashga uringan vijdon, Temur o'ziga nisbatan ishonchni, inson "meni"ni saqlashga uringan, "men"ga hiyonat qilishga yo'l bermaydigan vijdon edi. Afina farovon hayotni, Temur esa erkni kuylab o'tgan G.ning onggidagi musiqorlardir. Asardagi asosiy qahramon G. bo'lib o'tmishining xoziriga ta'sir etishi tasvirlangan. Muallif zamon va avlod o'rtasidagi ziddiyatlarni ochib bergan. Jinoyat va jazoda zo'r jumla bor - "O, men uchun aziz va nohaq yurak" degan, G.njng Ota Onasi uni himoya qilmoq istab qanotini kesgan, bu tabiiy jarayon ekanligini muallif mahorat bilan o'quvchiga bayon etadi. Qadriyatlar haqida og'zimizni ko'pirtirib gapiramiz, qadriyatlarni ulug'laymiz. Ammo o'zimiz ulug'lagan qadriyatlarni amalda oyoq osti qilamiz, asar ko'zgusida ushbu sahnalar birma bir ko'rinish beradi. Ota va Ona siymosi go'zal tasvirlangan, G.ning kechmishini chetga surib qarang, haqiqiy o'zbekning oila kattalari gavdalangandek(bu kesatiq emas). Asar fikr va g'oyalari bilan odam zeriktirib qo'ymaydi, ammo miyani zo'riqtirishi aniq, voqelikni qabul qila olsangiz tushunish lazzatini tuyasiz, qabul qila olmasangiz ziddiyatlar ichida adashib qolishingiz hech gap emas. Shaklni hamma o'qishi shart deb bemalol ayta olaman, ammo tavsiya qilishda ehtiyot bo'ling. Shakl ko'zgusi insonning hech bir istisnolarsiz bor budini ko'rsatib tashlaydi, shuning uchun ham kitobni tavsiya etishda ehtiyot bo'ling.
G. va Temur o'rtasidagi ishqiy munosabatlar o'rtadagi pardani ko'tarib tashlaydi, o'quvchi endi G.ning ruhiy iztiroblarini va kechmishi naqadar og'ir ekanligini aniq-tiniq ko'ra oladi, G.ning ishonish qudratini atrof muhit parchalab tashlaganini sezadi. G. tafakkuri ila vijdon va "Men"larini Afina, Temur, va uning ukalariga bo'laklab o'zini tushunishga urinadi. Biroq zamon baribir bu urinishlarini chippakka chiqaradi, bunda ommaviy bilimsizlik qurboniga aylanganini sezadi, shuning uchun Temur Afinani yo'q qiladi. Afinaning o'limi jamiyat qusurlariga bo'lgan urushni ochib beradi, o'z meniga esa shafqat qilganligini. Bu esa biz hammaga bir yoqishimiz imkonsiz ekanligiga ishora. Shu joyda jumboq yuzaga keladi, o'zini saqlab qolishni istasa nega Temurni o'ldirdi? Temurning o'limi G.ning kurashda taslim bo'lganini, yoki donishmandga aylanganini anglatadi, ikki holatda ham muallif haq bo'lishi ravshan. Negaki G. hamma qadriyatlarni e'zozlashi kamsitish, ularning buyruqlariga itoat qilish evaziga kaltaklanishga uchraydi. Bu holatlarga bardosh berishi, jinniga aylanib qolmaganligi G.ning qalbini parchalab koinot uzra sochib tashlaydi. Asar ayni zamondoshlarimizni bilimsizlarcha ishonib ergashuvchi va fikrlovchi qatlamga ajratib achchiq haqiqatni ko'zgu ichiga joylaydi. Shakl bir ko'zguki, bu ko'zgu sizning ruhingizni sug'urib uchinchi shaxs sifatida o'zingizga va atrofingizga boqishga majburlaydi.

Yangi kitob muborak bo'lsin o'zbek xalqiga.

YuSuF_QaLaNDaR.
@YuSuF_QaLaNDaR

Hid Gallyutsinatsiyasi

02 Nov, 05:23


Bir narsani tushunib qoldim, Dostayevskiyning "Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar" asarida ham vijdon bo'linishi qisman bor edi, Tillanisoning Shaklida ham vijdon ziddiyati bor. Bu bilan nima demoqchiman insonning vijdoni o'zi bilan o'ziga qarshi chiqishi mumkinligini Tillaniso juda tabiiy jarayon bilan yozganki Fedya amakidan o'tib ketgan. Jinoyat va jazoda bir juma bor "O, men uchun aziz va nohaq yurak" degan, ko'rinib turibdiki Fedya amaki vijdon qarshiligini ob'ektiv tasvirlagan bo'lsa, Tillaniso sub'ektiv bilan tasvirlagan. Ob'ektiv tasvirlarni so'z orqali to'laligicha mag'zini chaqish neytral tuyuladi shaxsan menga, sub'ektiv esa bor bo'y bastini mana deya peshonang tagiga olib kelib beradi. Shuning uchun O'zbekistonda Dostayevskiy paydo bo'ldimi deb o'ylayman, nima bo'lganda ham o'qish kerak. "Tillaniso Dostayevskiy" ham kitob bilan qulluq bo'lsin o'zbeklarga.

YuSuF_QaLaNDaR
@YuSuF_QaLaNDaR

Hid Gallyutsinatsiyasi

02 Nov, 05:20


"AKS" sadolari kela boshladi.


"Havo" va "Oqdan qizilga" tayyor. Navbatda hikoyalar, keyin romanlar.

Turkumning "Shakl" nomli romani haqida previewni quyida o'qing.

👇👇👇

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Oct, 07:57


Chindan ham o'z adabiyotimizni, undagi novatorlarni bilmaymiz. Anglab, yetmaymiz. Kechagina o'tgan , yonimizda yashagan Shamshod Abdullayevni ham, hamnafas shoir-yozuvchimiz Hamid Ismailovning estetik dunyosini ham

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Oct, 07:55


VOH! Qandoq zo'r yozilgan matn. O'qib yig'ladim. Bag'rim iyib ketdi. Hech qanday ma'nosiz, sababsiz iyidi. Matndan iyidi.

Bu Matn Shamshod Abdullayev ijodi haqida Hamid Ismailovning "Hoshiya" kitobidan olingan.

****

Ғазал структураси дедик, унинг универсаллиги ҳақида гапирдик, бунинг учун Навойию Фузулийлар ишлатмаган ажнабий (лотинми, юнонми, рус) сўзлардан фойдаландик. Бир нарса ҳақида гап юритмоқчиман. Бошқа тилда (асосан рус тилида) ижод қилаётган ўзбек шоирларими, бошқа санъат арбоблари ҳақида. Бу китобнинг бошқа ерида ҳам улар ҳақида айтган эдим – Шамшод Абдуллаев, Рустам Ҳамдамов, Шавкат Абдусаломов ва бошқалар ҳақида. Уларнинг онгига ҳам худди шу ғазал структураси ва унинг универсаллиги сингиб кетгани ҳақида.
Буларнинг ҳар бири ўз соҳасида рус ҳамкасбларидан ҳам ошиб тушган новаторлар шуҳратига эгадир, бироқ ўзбек нуқтаи назаридан қаралганда, буларнинг асарларида ўта анъанавий унсуру усулларни кузатиш мумкин. Келинг, булардан ёшроғи – Шамшод Абдуллаевдан бошлайлик. Даста-даста танқидий асарларда уни “Ўртаер денгизи эстетикаси билан боғлиқ” “Фарғона мактаби” асосчиси сифатида талқин этишади. Чиндан ҳам Шамшод ўзининг шеъру эсселарида кўпинча итальянми, ё француз шоирлари, ёзувчиларини, лекин кўпроқ киночиларини тилга олади ва уларни яхши билади. Айтишимиз керакки, айни шу хусусият – Шамшод асарларининг битта мунтазам унсуридир.
Худди шу нуқта – мунтазамлик, ғазалнинг ҳам асосий хусусияти эмасми. Хўш, бошқа унсурлар ҳам Шамшод шеърларида ва эсселарида шу қадар мунтазамлик билан учрармикан? Ҳа, дейлик, Фарғона ёбонларидан бир маҳаллий манзара: ёш муллами, гилам парчасими, мозор деворими, атлас кийган навжувонларми...
Яна қандай унсурлар? Лузумсизлик. Аслида буни катта ҳарфлар билан ёзишим керак эди: ЛУЗУМСИЗЛИК, яъни Мутлақ Лузумсизлик. Яна? Шоирнинг бу лузумсизликда белузум ашёю манзаралар орасида белузум дайдиган нигоҳи... Яна борми? Кўпгина ҳолларда, айниқса эсселарда “анъанавий” ёзиш услублари устидан мийиғида кулган бир-икки жумла... Мана, Шамшоддан тўғри келган бир шеър:

ДАВНО, НЕДАВНО
Многое меняется – здесь, там, всюду.
Рука Висконти, благословляющая свой
последний фильм; ладонь и крест, Бог мой, сколько света и слякоти,
когда
мы выходили из кинозала, и запах смолы напирал вместо весны,
как будто меня уменьшили и вымарали в черное, которое
хочется жевать; мимо зеленой стены – женщина
так нежно смотрела на малыша,
словно гладила его на расстоянии; в какой-то момент
голос запоздалой вороны пронесся над крышей кинотеатра, как
цитата из Корана – особенно темная строка,
в которой говорится о чем-то белом: пустота, молоко. За углом
тянулся минуту похоронный люд,
и не было слез над мартовской грязью,
лишь полы пиджаков и платки у старух тряслись на ветру,
будто плакали. Вдобавок летучие песчинки хлестали воздух, и от этого
важный погребальный ритм казался более неуместным и даже незаметным...
Но все решила
эта скорбная медлительность; что-то ушло
из груди подростков, и они убежали
от страха смерти к другому страху – к ней,
в ее стародевичью комнату, и мы обнялись втроем,
вцепились в комок, точно от боли, в отчаянии. В тот миг
мы боялись ее губ так же сильно, как их
отсутствия; порочно-голой рукой
она открыла впервые нам трюк – обоим сразу.
Светло-синие цветы
на подоконнике молчали холодным укором – их
тишина сквозь прохладную свежесть струилась в меня
почему-то как песни монахинь-урсулинок, которых я слушал когда-то
у знакомого меломана. И ты не выдержал их отстраненной враждебности,
в ярости ты сорвал самый крупный цветок
в наказание за его спесивую зримость. И тотчас
раздался долгий-долгий невыносимый женский плач,
разбилась вдребезги сладостная напряженность:
кара?

Шамшод асарларининг танқидчилари яна бир хусусият ҳақида яна бир ажнабий сўзни кўп ишлатишади: “медитатив” дейишади улар. Агар ўзимизнинг “ялпоқ” тилга ўгирсак, улар паст-юқори бу сўз билан “зикр” хусусиятини ифодалашгандек. Зикрнинг шеъру, мусиқаю ғазалда тадқиқ этган мутахассисларнинг фикрича у қандай ҳосил бўлади – мунтазам унсурлар айни йўлда кўп бор қайтарилаверади ва сўнгги сафар булардан бири ўзгаради-қўяди.

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Oct, 07:55


Ана ўшанда аллаланган инсон онги “лоп” этиб, “катарсис” ё жозибага етишади.
Зукко ўқувчи сезган бўлса керак – ахир буларнинг бари анъанавий классик ғазалнинг унсурлари-ку! Бир тарафдан мажнунваш, саёқ ошиқ – муаллифнинг ўзи. У кимга ва нимага ошиқ? Албатта ёрга, ё ЁРГА. Шамшод асарларида бу ЁР - бояги Мутлақ Лузумсизлик, олдида кучанган тил ҳам зое ЛУЗУМСИЗЛИК. Шоирнинг ва ушбу таниб бўлмас, тил тўрига тутиб бўлмас лузумсиз Борлиқнинг орасида – одатдагидек – енгиб бўлмас Ҳажр, Фироқ, Айролиқ. Анави бачканалар ўзларининг эски-туски араваларида «етдим» деб юришибди, Шамшод уларга Навойи нигоҳи билан қарагандек: «Кимса бормуким анга кўрганда кулгу келмади” дейди... Узоқдан етган сабоми, билимли фаранги табибми бу ҳолатга ёрдам берармикан: буларнинг отлари ғариб – Хандке, Фосколо, Висконти, Клейст...
Ғазал кетидан ғазал, ғазал олдидан ғазал...
Ажнабий тилдаги бу ғазалларнинг яна бир хусусиятини тилга олай, Фузулийдек тилни зичлаштириш. Фузулий буни изофа кетидан изофа силсилалари ёрдамида қилар экан, Шамшод тилни истиора устига истора қалаштириб зичлайди.
Мана, бир пайтлар ундан қилинган бир парча таржима:

“Нью Йорк тахайюлга ҳозир бўлмаган шаҳардир. У улкан музлаган нишон. Бунда неки мавжуд экан, карахт бир қотқинликка чулғанган ва хатто унинг мижжа қоққан соялари ҳам мени жунбушга келтирмайди. Бундан на қуёшга, на ошкора яқинликка йўл очиқ. Неки бор экан бунда ¬ ташқари боқади, чор атроф фойда ғимири ¬ унинг кўзига адабиёт шубҳали лойқаю ҳалақит бўлиб чапланади. Йўловчилар ичи тугул -¬ ён¬верига қарамайди. Уфқлар ¬ қайдасиз? Буларнинг боққани ¬ ҳеч! Кўзлари ¬ нураган фарқсизлик.
Буларнинг ёнида хатто масофа ҳовурини ҳам сезмайсан киши. Атрофингдаги ғимир¬ғимир абадий йўқотиш шаклини эслатади. Шаҳарнинг у бурчагидан бу бурчагига юриб чиқсанг¬да ¬ нотаниш бегоналарнинг мумсимон кўзларида акс ҳам топмайсан. Ҳиссиёт асл бўлган бирон бир осудалик ва ё хотиржамликни топиш эса абадан амри маҳол...
Атлантика соҳилларида кўнглимда уйғонган энг кучли туйғу ¬ менинг тушларим - ¬ Фарғона ёбонлари, велосипед учган қирмасоч йигитчалар, қабристон устида оҳиста қанот қоққан гард... Кўз ўнгимда эса ¬ ирқу миллатларнинг мижозлари учун ерда яратилган фирдавс... Ҳеч бўлган, ҳолиқ куннинг ҳар бири учун мусаффо бўлган бирор кимса йўқ... Сен кимсан, мен ҳеч кимман, сен¬чи ¬ мен ҳам ҳеч кимман. Демак биз бир жуфтмиз...
Нью Йоркда борлиқ ¬ похол тўла арава янглиғ: ундан ҳар ким бир қулоч сомон суғургудек. Танлар гавжумлиги, гавдалар гавжумлиги. Буларнинг биронтаси бирон бир нарсага холис боқмайди. Биронтаси ўз имтиёзлари: амаллаш, мақсадга етиш, эгаллашдан воз кеча олмас. Шундан саволларим фақат бўш кўчалару, Бруклиннинг инсонсимон биноларига шивирлар: қалбсиз дунёнинг қалби бўлмиш тирик сиртлон қани?..
Ажойиб тил! Афсуски, янги ўзбек адабиётида камдан-кам учрайдиган услуб! Бу ерда Фитратнинг “Ўзбек тили ҳақида” мақоласида айтгандек: “Бунлари ўз биликларини туркча ёзсалар эди, букун турк улусининг ҳоли эҳтимолки бошқа турли бўлар эди».
Рустам Ҳамдамовнинг ҳам мунтазам чизган расмларини шу йўлда таҳлил этиш мумкин: гўзал аёл (одатда ё тож, ё шляпа кийган), шишадаги Қрим шароблари, узум ғужумлари, қуёшу соя... Бу ҳам ғазалнинг ўзгинаси эмасми?

HAMID ISMAILOV

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Oct, 05:50


https://youtu.be/aOgU7osA3c8?si=1BjiWRW_bh-Pn4uB

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Oct, 05:12


https://kun.uz/kr/27512535

Hid Gallyutsinatsiyasi

25 Oct, 04:51


Bugun!

Hid Gallyutsinatsiyasi

24 Oct, 04:07


Qanaqa o'xshatish va uyg'unlik bor bilmaymanu, bu yerda men va Abdulla Oripov she'rlari tahlil qilinibdi.

Maqolada meditativ she'riyat haqida gapirilibdi. Kecha mediatativ she'riyatning buyuk vakili, "Farg'ona poeziya maktabi" asoschilaridan biri - Shamshod Abdullayev olamni tark etdi.

Shoir bilan ko'rishish umidida bahordan boshlab mail va tarmoqlar orqali xat yozgandim manzillariga. Afsuski, javob kelmagan.

Bilsam, og'ir kasal bo'lgan ekan. She'riyati bilan yaqindan tanishishni boshladim.

Har bir adabiyot ixlosmandiga tavsiya qilaman.

Hid Gallyutsinatsiyasi

24 Oct, 04:01


Ertaga Gyotega borib she'r o'qiymiz.
O'zini shoirman degan, bir chuchkirib she'r yozib yuboradiganlar - kelinglar birga she'r o'qiymiz o'sha kun!

Soat 19 da boshlanadi.

Hid Gallyutsinatsiyasi

24 Oct, 03:59


🌞“Ezgu tilak” ekologik festivaliga marhamat.
Unda sizni sovrinli o’yinlar, Rasul Kusherbayev bilan open talk, bolalar uchun sahnalashtirilgan o’qish, qiziqarli mahorat darslari va she’riyat kechasi kutadi.

🪲25-oktyabr 14:00-20:00
📍Gyote instituti
🌱Kirish bepul
-
🌞Wir laden Sie herzlich zum Umweltfestival „Ezgu Tilak“ ein!
Erleben Sie einen Tag voller spannender Aktivitäten: tolle Preise, ein offenes Gespräch mit Rasul Kusherbayev, gemütliche Lesung für Kinder, vielfältige Workshops, Abend der Poesie.

🪲25. Oktober, 14:00-20:00 Uhr
📍Goethe-Institut
🌱Eintritt frei
-
🌞Приглашаем вас на экологический фестиваль «Эзгу тилак»
Вас ждут розыгрыши, open talk с Расулом Кушербаевым, теплое чтение для детей, интересные мастер-классы и вечер поэзии.

🪲25-октября 14:00-20:00
📍Институт Гете
🌱Вход свободный

Hid Gallyutsinatsiyasi

23 Oct, 16:09


https://youtu.be/vgZQTC121lw?si=VKMMsJy8lZcRLqDl

Nihoyat chiqdi!

Hid Gallyutsinatsiyasi

22 Oct, 05:54


O'lim tekkan qismim bor -
Qayerdan kelganim esimda qolgan
Shundan ruhimda muazzamliklar...

Hid Gallyutsinatsiyasi

21 Oct, 08:49


Oqtosh butazorlari va pasttekisliklarida kuzni tomosha qildik o'tgan kun


O'rmonlariga kiritishmadi