Stoik kutubxonasi @stoik_kutubxonasi Channel on Telegram

Stoik kutubxonasi

@stoik_kutubxonasi


📚🥂🎒🎬🔭

"qiyin qarorlar, oson hayot -
oson qarorlar, qiyin hayot"

- falsafa
- adabiyot
- mifologiya

Kanalni moddiy qo'llab-quvvatlash uchun: https://tirikchilik.uz/stoik_kutubxonasi

Per Aspera Ad Astra 💫

Reklama va hamkorlik uchun: @stoik_ads

Stoik kutubxonasi (Uzbek)

Do you enjoy philosophy, literature, and mythology? If so, the "Stoik kutubxonasi" Telegram channel is the perfect place for you. With a mix of thought-provoking quotes and discussions on topics such as philosophy, literature, and mythology, this channel aims to stimulate your mind and spark intellectual conversations. The channel's motto, "qiyin qarorlar, oson hayot - oson qarorlar, qiyin hayot" reflects the core themes of the content shared here. Whether you are a seasoned philosopher or just have a casual interest in these subjects, you will find something of value on this channel

"Stoik kutubxonasi" regularly posts content related to philosophy, literature, and mythology, covering a wide range of topics within these fields. From classic philosophical quotes to analysis of literary works, there is something for everyone to enjoy and engage with. The channel also provides links to resources for further reading and exploration of these topics, making it a valuable resource for those looking to delve deeper into these subjects

If you are looking to expand your knowledge and engage in stimulating discussions with like-minded individuals, be sure to join the "Stoik kutubxonasi" Telegram channel. Per Aspera Ad Astra - through hardships to the stars!
Join now and start your journey of intellectual exploration with "Stoik kutubxonasi": https://tirikchilik.uz/stoik_kutubxonasinn@Yelvizak

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 19:31


asli sen borliqsan
yo butkul sarob.
qilasan o‘zingni mendan himoya
g‘ashliksan
mavhumsan
va sovuq oftob
eng mujmal hislarni etasan hadya


menchi? zimistonda najotsiz oqqush
ilinjim o‘zingsan
panoh kutaman
shirin hayollardan beorom, sarxush
tushlarimda titroq qo‘ling tutaman

senga talpinaman,
ko‘zlaring osmon
dudog‘ing eng nafis, bebaho aqiq

ammo nega hatto tushlarimda ham labingdan o‘pmoqni etasan taqiq?

©O‘ktamoy

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 19:05


Bilarmidingiz?

Cemal Süreya bir odam bilan bahslashgan va bahsda yutqazib familyasidagi bitta y dan ayrilgan) o’shandan keyin Süreya bo’lgan.
Rahmat shart emas🙂‍↔️

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 19:00


Bir taqvim va bir shisha aroq yetadi menga.
Taqvim: sen keladigan kunlarni belgilash uchun.
Aroq: sen kelmagan kunlaringni unutish uchun...

©️Jamol Surayo

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 16:01


Siz badiiy asarlarda Oxirgi stoldagi odam'ni qanday tasvirlashganini eslay olasizmi?

Yoki siz o'qigan asarlarda unday personaj yo'qmi?

Pastda bir havola qoldiraman, unda siz ana o'sha oxirgi stoldagi odamning kitoblar, sayohat, ijtimoiy voqealarga munosabatlarini kuzatib borishingiz mumkin.

👉 @oxirgi_stoldagi_odam

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 13:18


Adabiyotdagi eng toksik sevgi qissalari

Persefona va Hades.
Hades Persefonani sevib qoladi va uni o'zining yerosti dunyosiga olib qochadi. Demeter qizi Persefonani qidirayotgan mahal dunyoda ocharchilik boshlanadi. Oxiri oraga Zevs kiradi va Persefona yilning bir qismini yerostida, bir qismini onasi bilan o'tkazadi. Mavsumlar shundan kelib chiqadi. Buni tarixdagi birinchi stokholm sindromi deyish ham mumkin.

Gvinera va Lanselot.
Gvinera eriga xiyonat qiladi. Lanselot esa eng yaqin do'stining ayoli bilan bo'lib, keyinchalik unga ham xiyonat qiladi.

Romeo va Julietta.
Romeo Rozalinani unutish uchun Juliettadan foydalanadi. Julietta esa buni sevgi deb oʻylaydi.

Eloiza va Abelard.
Abelard 12-asrda Parijda yashagan mashhur faylasuf va din odami. Eloiza esa yosh va go'zal qiz, shuningdek Abelardning o'quvchisi. Bu ikkisi orasida o'quvchi-o'qituvchidan ko'ra ko'prog'i, buyuk sevgi tug'iladi. Eloiza xomilador bo'lgach turmush qurishadi, lekin jamiyat bu munosabatni qabul qilolmaydi. Abelard bichiladi, Eloiza esa rohiba bo'ladi. So'ng umrining oxirigacha maktublashib yurishadi.

100 ta “💔” yig’ilsa maqolani 2-qismini ham joylayman)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 11:30


Reklama va hamkorlik uchun: @stoik_ads

Ro’yxatga VIP tarif ham qo’shildi. Tanishib chiqishni maslahat beraman)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

18 Jan, 07:43


Insonlar orasida bo‘sh vaqtini falsafaga ajratadiganlardan tashqari hech kimni haqiqiy ma’noda yashayapti deyolmaymiz. Faqatgina o‘z hayotiga e’tibor berish yetmasligiga ishonuvchi bu kishilar bo‘lib o‘tgan har bir davrni o‘z hayotiga tajriba o‘laroq singdirishadi.

O‘tmishning butun hosili ularning omborlarida to‘planadi. Mana shunday buyuk me’morlarning bugungi kunimizga qo‘ygan tamal toshini ko‘rolmaslik uchun faqat va faqat nonko‘r bo‘lish kerak.

— Seneka.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

17 Jan, 14:58


Yaqinda ingliz tilidan kurs so'rab yozganim esingizdami? O'shanda bir qancha kurslar bilan tanishib chiqdim va mustaqil o'rganish men uchun mosligini tushundim.

Shundan keyin menga "choyxona"ni tavsiya qilishdi. U yerda mustaqil o'rganishga doir ma'lumotlar, mimlar, kitob va kinolardan iqtiboslar joylab borilarkan. Ayni menbop.

An'anaviy o'rganish metodlaridan zerikkan bo'lsangiz, sizgayam bu kanalni tavsiya qilaman - @teaxona

Stoik kutubxonasi

17 Jan, 14:36


Cosmos Books nashriyotida kontent menejer bo'lib ish boshladim. Kelajakda fantastik, ilmiy va klassik janrlarda sara asarlarni nashr qilmoqchimiz.

Nashriyot kanaliga ulanib, yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin - @cosmosbooks📚

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

17 Jan, 14:27


Fikrlashga Jur’at Et!

Biz ko‘rib turgan bugungi rivojlangan dunyo har narsani so‘roqlashdan qo‘rqmaydigan, xurofotlarga qarshi chiqa oladigan, dunyoni o‘zgacha ko‘z bilan ko‘ra oladigan, yangiliklar qilishga intiluvchan, telbalarcha tasavvurlarga boy, fikrlashga jur’ati yetguvchi insonlar tomonidan barpo etilgan. Ishonchim komil, bizning oramizda ham xuddi shunday ishtiyoqmand yoshlar talaygina. Ularning qo‘llariga bilim manbai bo‘lib xizmat qiluvchi kitoblarni tutqazsak bas. Aynan shunday mas’uliyatli vazifaga ozmi-ko‘pmi o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida "Cosmos Books" Nashriyotiga asos soldik.

Cosmos nashriyotining asosiy maqsadi ham o‘zbek jamiyati orasida ilmiy fikrlashni rivojlantirish, yoshlar orasida fantastik dunyolar haqidagi taassurotlarni yaratish, fikrlashga tashna kitobxonlarga klassik adabiyot durdonalari-yu falsafiy tafakkur namunalarini taqdim etish, geek madaniyatining sarhadsiz dunyosini o‘smirlar hayotiga olib kirishdan iboratdir.

Nashriyotimizda asosan quyidagi 3 turkumni o‘z ichiga olgan kitoblar nashr qilinadi:

CosmoScience — ilmiy-ommabop, ilmiy va falsafiy adabiyotlar;

CosmoGeek — fantastika, ilmiy fantastika, sarguzasht, manga, komiks, manhwa, mifologiya va dahshat janrdagi romanlar;

CosmoClassic — rus, amerikan, nemis, yapon va boshqa xalqlarning klassik adabiyot durdonalari, badiiy-falsafiy, detektiv va she’riy adabiyotlar.

Asli nashriyot ochilganiga bir yil bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, podadan oldin chang chiqarmaslik maqsadida tarjima kitoblarimiz yakunlangunga qadar bu haqida e’lon berishni afzal topmadik. Endi esa yangi kitoblar va kelajakdagi rejalarimiz haqida keyingi postlarimizda ma’lumot berib boramiz.

Gapning indallosi shundaki, ayni damda uzoq va mashaqqatli yo‘l bo‘sag‘asida turibmiz. Sizdan yagona umidimiz — savol berishdan, izlanishdan va ilm o‘rganishdan to‘xtamang. Muhimi Fikrlashga Jur’at Eting. Shu orqali bizga ko‘maklashgan bo‘lasiz.

@cosmosbooks

Stoik kutubxonasi

17 Jan, 10:56


Kichik sarhisob

Bugun YouTube sahifamdagi a’zolar soni 1 000 dan oshibdi. Hozirgacha faqat shorts videolar joylab, shu auditoriyaga erishdim. Hali uzun videolar ham olish niyatim bor.

Shu o’rinda, Instagramda 7 500 va Telegramda 5 500 dan ziyod obunachi yig’ib qo’yibman. Hammasini qo’shib hisoblaganda 14 000 odam. Yomon emas, shunday davom etamiz 💪

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

16 Jan, 19:46


#nazm

Ne bo‘lar yonimda bo‘lmasang?
Qalbim sendan iborat 'masmi?
Uzoqdan sevish mushkul debmishsan?
Qo‘ysangchi gulim...
Ko‘rmasdan sevish ibodat 'masmi?

Jamol Surayo
©️eski tarjimalarimdan

Stoik kutubxonasi

16 Jan, 19:42


#nazm

Meni goʻzal xotirla
Bular soʻnggi satrlar
Farz etki, shamol edim
Esdim jim hayotingdan

Yoxud bir yomgʻir yangligʻ
Sel boʻldim so'qog'ingda
Soʻngra yer tortdi suvni
Yoʻq boʻlib ketdim

Balki roʻyo edim sen chun
Uygʻonding
Va men bitdim.

Orhan Veli Kanık
©️o'zim tarjima qildim

Stoik kutubxonasi

16 Jan, 11:39


Martin Idendan yigitlar uchun lifehack:

- Mart, qanday qilib shuncha qizni o’zingga rom eta olasan a?
+ Bilmadim, ularga e’tibor bermayman. Bori shu.


@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

15 Jan, 16:36


Martin Iden sindromi

“Martin Iden” asarini o’qiyotib shu mavzu bilan tanishib qoldim va video olishga qaror qildim.

Sizningchi video…
foydali - “🔥
zerikarli - “🗿

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

15 Jan, 15:07


Barcha ishtirok etganlarga kattakon rahmat aytaman. G’olibalarni esa chin qalbdan tabriklayman. Dostoyevskiy asarlarini yutib olishni haqiqiy baxt desa bo’ladi)

Qolganlar ko’ngilni cho’ktirmasin, chunki hali yana ko’p tanlovlar uyushtiramiz. Demak, Stoik kutubxonasi kanalida ko’rganda ko’rishguncha 👋

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

15 Jan, 15:01


🎉 Результаты розыгрыша:

Победители:
1. Зулайхо
2. Xolisboyeva

Проверить результаты

Stoik kutubxonasi

15 Jan, 14:22


Taxminan yarim soatdan keyin kitoblar o‘z egasini topadi. Eslatay dedim)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

15 Jan, 04:22


Eslatma: “Telba” bilan “Jinoyat va jazo” romanlarini yutib olish uchun sizda 20:00gacha vaqt qoldi. To’liq ishtirok uchun har ikkala kanalga a’zo bo’lishiz va kanallardan chiqib ketmasligiz lozim.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

14 Jan, 07:19


"Birburchak" gegemoniyasi sekin-asta kengayib, butun tarmoqlarni egallayapti. Shepim instagram, telegramdan keyin Youtube sarhadlarigayam ko'z tikkan ko'rinadi.

Birinchi qo'ygan videosi ham juda sifatli chiqqan. Mana havola. Kommentga "Stoiklar keldi" deb ketarsizlar)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

09 Jan, 18:49


Shunday tunlarning birida bu kanalni ham o’chirib yuborishimni o’ylasam, hayotda hali kooop sarguzashtlar kutib turganini tushunib yetaman.

Stoik kutubxonasi

09 Jan, 18:35


Hissiyotiga bo’ysungan inson hayotda ko’p yutqazadi. Har doim aql bilan ish tutishni o’rganmaguncha zarba olaveradi. O’rganganidan keyin hayot osonlashgandek ko’rinadi, lekin aslida u kuchaygan bo’ladi.

Stoik kutubxonasi

09 Jan, 04:46


Mashhur adiblarni yozish bilan bog‘liq g‘alati odatlari bo‘lgan ekan. Biriga faqat kechasi ilhom kelsa, boshqasi chekmaguncha yaxshiroq yozolmagan. Boshqa biriga faqat yugursagina ilhom kelgan.

Postga 500 ta “❤️” yig’ilsa, shu mavzuda maqola joylayman.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

08 Jan, 16:30


2-sezonini boshlaydigan havo bo’lyapti 🤧

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

08 Jan, 07:02


Agar siz ham menga pochta yubormoqchi va qanday yuborishni bilmayotgan bo’lsez, mana manzil 👀

Farg’ona vil. Oltiariq tumani
Samandar Nazirjonov
916695396
Starex va BTS pochta filiallari tumanimizda bor


@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Jan, 13:03


Bugun xarid qilgan kitoblarim:

1. Yovvoyi yo’rg’a, Ernest Seton-Tompson
2. Ayol, Takeo Arisima
3. Dengiz sargizashtlari, Liyelays

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Jan, 10:50


Oilalilar ajrashishni, bo’ydoqlar uylanishni xohlaydi. Oddiy odamlar mashhur bo’lishni, mashhurlar esa shunchaki shaxsiy hayoti bo’lishini xohlaydi. Kambag’allar boy bo’lishni, boylar esa boy bo’lgandan keyin yo’qolgan halovatni xohlaydi. Maysalar har doim narigi tomonda yashilroq ko’rinadi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Jan, 07:32


Reklama va hamkorlik uchun: @stoik_ads

Stoik kutubxonasi

06 Jan, 17:26


Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga ham oz qoldi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

06 Jan, 14:25


Klassik yapon yozuvchisi Osamu Dazaining shu asarini o’zbekchada o’qigan bo’larmidiz?

O’zi umuman yapon adabiyotiga qiziqasizmi?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

06 Jan, 06:04


Bugun buvim screen-shot qilishni o’rganib olibdi. Kechagina sensor telefon olgandi. Naqadar tez ulg’ayishyapti 🥹

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

05 Jan, 18:55


Bu hali boshlanishi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

04 Jan, 15:49


2025-yilda o'qishim kerak bo'lgan 50 ta asar

Bu yil o'zimga tanish yozuvchilardan emas, balki notanishlaridan ko'proq o'qimoqchiman. Shu sabab, internetdagi taqrizlarga asoslanib, mana shu ro'yxatni tuzdim.

1. Uch jism muammosi, Liu Cixin
2. Qorong'u o'rmon, Liu Cixin
3. O'limning oxiri, Liu Cixin
4. Imkonsizlik qo'shig'i, Haruki Murakami
5. Kafka sohilda, Haruki Murakami
6. Baxti qarolar, Viktor Hugo
7. Esseylar, Monten
8. Evrilish, Kafka
9. Jarayon, Kafka
10. Oq yurak, Javier Marias
11. Foydasiz odam, Maksim Gorki
12. Hay Bin Yakzon, Ibn Tufayl
13. Tovush va g'azab, Uilyam Folkner
14. Baxtli Moskva, Andrey Platonov
15. Suidsid, Jek London
16. Inson tabiatini o'rganish, Alfred Adler
17. Suidsid, Emil Durheym
18. Jannat, Mieko Kavakami
19. Cho'ri qizning hikoyasi, Margaret Etvud
20. Ortingdan, Natsume Soseki
21. Shaytonning yugurdagi, Shiro Hamao
22. Bir mushuk, bir erkak, ikki ayol, Junichiro Tanizaki
23. Pandorra qutisi, Osamu Dazai
24. Botgan quyosh, Osamu Dazai
25. Suidsid klubi, Robert Stivenson
26. 1Q84, Haruki Murakami
27. Ayollarsiz erkaklar, Haruki Murakami
28. Nitshe yig'laganda, Irving Yalom
29. Sofiyaning dunyosi, Josteyn Gaarder
30. Begona, Stiven King
31. Monaning ko'zlari, Tomas Sehlesser
32. Uch robot qonuni, Ayzek Azimov
33. Chigal hislar, Stefan Sveyg
34. Uy sohibasi, Dostoyevskiy
35. Telba, Dostoyevskiy
36. Qimorboz, Dostoyevskiy
37. Aka-uka Karamazovlar, Dostoyevskiy
38. Ikki shahar hikoyasi, Charlz Dikkens
39. Yo'qotilgan vaqtni izlab, Marsel Prust
40. O'ziga xiyonat, Arno Gruen
41. Qor, Orhan Pamuk
42. Masumiyat muzeyi, Orhan Pamuk
43. Ko'rlashish, Elias Canetti
44. Tunning oxiriga sayohat, Luis Ferdinand Celine
45. Anna Karenina, Tolstoy
46. Urush va tinchlik, Tolstoy
47. Afrosiyob hikoyalari, Ihsan Oktay Anar
48. Soatlarni sozlash instituti, Ahmad Hamdi Tanpinar
49. Kun tartiblari, Meyson Kurrey
50. Dostoyevskiy - yerosti odami, Rene Girard

#2025mustread
@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

04 Jan, 12:31


2025-yilda o'qiladigan kitoblar ro'yxatini tuzdingizmi? Men ham tuzishim kerag-u, ammo erinyapman. Shu post 100 ta "💋" yig'sa, mayli tuzaman.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

03 Jan, 18:00


Endi oʻylab qoldim: hayotni kam sevish natijasimikan bu? Bir kishi bilan hayotni chegaralab olish, hayotida undan boshqa hech narsa boʻlmasligi...
Men xayrlashuvdan keyin 5-6 yil oʻtib, ota boʻlganimdan keyin hayotni boshqacha seva boshladim. Hayotga talpinish kuchaydi. Hayotiy strategiya tuzildi. Tizimli maqsadlar qoʻyildi. Hayotdan zavq ola boshladim. Hatto yolgʻiz qolishdan qoʻrqmaydigan boʻldim. Chunki men odamlarni emas, hayotni seva boshlagandim. Yaʼni kimni yoʻqotma, bari bir sen eng sevgan narsa - hayot oʻlguningcha davom etadi. Uni oʻlimgacha hech kim tortib ololmaydi. Men hayotning goʻzalligini avval his qilmaganimni tushundim. Men endi bu musaffo havoda kim bilan nafas olsam ham boʻgʻilmayman. Madonna bilanmi, Komila yo Kamola bilanmi, farqi yoʻq. Agar insonda yaratish ishtiyoqi paydo boʻlsa, odamlarga bogʻlanib qolmas ekan. Lekin bu beeʼtiborlikdan biroz farq qiladi. Sevasan, lekin sening goʻzal hayoting toʻxtab qolmasligini sezganing uchun qoʻyvorishga ham tayyorsan. Hayotni sevganing uchun baxillik, qizgʻanchiqlik qilmay, bemalol baxt tilay olasan. Biz lahzalarni emas, jarayonni qadrlaganda har qanday lahzaning tugashi bizni qoʻrqitmaydi. Muhimi, jarayon, yaʼni yashash, yangi sarguzashtlar davom etadi. Hayot - bu sarguzasht! Biz esa uni oʻzimiz qoyada osilib qolgan tragediya deb tasavvur qilganimiz uchun ham yoʻqotishlardan qoʻrqamiz. Biz hech narsani yoʻqotmaslik uchun emas, yashash uchun, yangi sarguzashtlarni topish uchun kelganmiz. Bir paytlar ochkoʻz, xasisga oʻxshab, bitta qizni qoʻyvormay, hayot bor-yoʻgʻi shundan iborat deb telbaliklar qilib, bitta odamga yopishib olganimga kulgim qistaydi. Mendek telba boʻlmagandir. Lekin hozir
u yonimdan chiqib qolsa, qimmatli vaqtimni oʻgʻirlab, xalal beradi, xolos.
Yaʼni hayot oq-qora emaski, uning mazmuni faqat sevish desak. U kamalak. Faqat uni sevganlarga koʻrsatadi qolgan ranglarini. Necha yildirki, otamning orzularini amalga oshirish men uchun hayotiy missiyaga aylangan. Yoqimli, qiziqarli jarayon!

Stoik kutubxonasi

03 Jan, 14:23


Kechagi postdan keyin 100 dan ortiq odam kanalini qoldirdi. Har bir izohni o'qidim va diqqatimni tortganlariga obuna bo'ldim. Quyida shu kanallar:

@Mohidasblog — o'zim uchun yangi va o'zgacha bookblog kashf qildim;
@soyadaginuur — lifestyle blog, she'r, musiqa va estetik videolar uchun a'zo bo'ldim;
@noaniqliklar — falsafa, tanqid va tahlillar;
@ayolga_maktub — rassom qizning blogi, cute🎀
@hikmatillo_kutubxonasi — umidli mo'jazgina bookblog;
@Xudoynazarov_blogi — hikoyanavis ijodkor kundaligi;
@Nurmuhammad_Abduzoir — shoir Nurmuhammad akani ijodiy kanali;
@HamKitob — hammaga qattiq tavsiya etadigan blogim, kanalni boshidan o'qib tushsangizam bo'ladi;
@elizabets_library — kam lekin sifatli postlar joylanadigan bookblog;
@sarvinoz_collecti0n — singlimni shop kanali, ayollar kiyimi kerak bo'lsa, kirib ko'raverasiz;
@malinadann — hech kim eshitmagan kitoblarni o'qib yuradigan va pishiq taqrizlar yozadigan qizning blogi;
@kulrang_falsafa — falsafiy fikrlar yoziladigan blog.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Jan, 17:11


Bu kichik kanal egalarini qo’llab-quvvatlash uchun post 👨‍💻

Kommentda o’z kanalingizni qisqacha izohi bilan qoldirishingiz mumkin.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Jan, 05:55


Kitob o’qishning 10 ta foydasi ❤️‍🔥

@nigorahasanovasblog

Stoik kutubxonasi

01 Jan, 15:23


sababi shuki…

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

27 Dec, 09:11


Biznes egalari mahsulotini reklama qilib berishi uchun YouTube'ga pul to'laydi. Foydalanuvchilar esa ana shu reklamalarni ko'rmaslik uchun YouTube'ga pul to'laydi. Eng qizig'i, uchala tomon ham o'ziga yarasha foydada bo'ladi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

26 Dec, 13:30


Uzoq kutilgan yangi video YouTube’da. Qo’llab-quvvatlang. Ko’ring, ulashing, izoh yozing va a’zo bo’ling

https://youtu.be/2OSpP5bzQ0I?si=mhp2_iYihQwJ1q-5

Stoik kutubxonasi

25 Dec, 15:08


Instagramga yangi post joyladim. Bugungi videoni ko’rib, kitobli bo’lishiz mumkin. Foydalaning)

https://www.instagram.com/reel/DEAWEs4II6Q/?igsh=MWVraWh4bHFlZ3JqcA==

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

25 Dec, 10:52


​​Ikkinchi qo'l kitoblar

Oxirgi paytlar eski kitoblar savdosi ancha jonlanib qoldi. Bukinistlar ko'paydiyu, raqobat ta'sirida narxlar tushish o'rniga tikkasiga ko'tarildi.

Shu sabab kitob oldi-sottisi uchun o'zim guruh ochdim. U yerda istalgan odam istagan kitobini sotishi/sotib olishi mumkin.

Boshqalardan farqi narx nazorati. Xohlagancha narx qo'yishmasligi uchun e'lonlarni shaxsan kuzataman.

Guruh havolasi: @bukinist_kitoblar

Stoik kutubxonasi

24 Dec, 10:02


Kristofer Nolan Homerning "Odissey" dostoniga asoslanib film ishlamoqchi ekan. Uning premyerasi 2026-yilning 17-iyunida e'lon qilinadi.

Nolanning qaysi filmi sizga yoqqan?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

24 Dec, 07:14


Men: 1 dan 50 gacha raqam tanla
ChatGPT: 20
Men: 20 kun ChatGPT ishlatmayman
ChatGPT: Boshqa raqam tanlasam bo’ladimi?
Men: ha
ChatGPT: 50

😐😐😐

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

23 Dec, 15:20


5000-obunachimni topdim. Rasmdagi nuqta belgili odam ekan))

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

23 Dec, 15:07


G’olibimiz aniq bo’ldi. 189 ball bilan Rayhona Xakimjonova astranavtni yutib oldi. G’olibamizni chin dildan tabriklayman.

Munisa va Muxlisa g’oliblikka judayam yaqin kelishdi. Shu sabab ularniyam mehnatiga ko’z yumolmayman. Ular ham sovg’asiz qolmaydi.

Barcha ishtirokchilarga kattakon rahmat. 1-2 kun ichida yangi yil konkursimiz boshlanadi. Xabaringiz bo’lsin a, chikketish yo’q))

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

23 Dec, 13:56


5000-obunachimni kofega taklif qilsammikan?👀

Stoik kutubxonasi

23 Dec, 06:17


Kunni yangi kitoblar bilan boshladim.

(Kitob javonimni kattalashtirish vaqti kelyapti)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

22 Dec, 17:02


Sizdayam shunaqa holat bo’lganmi? Qaysi kitob bilan?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

22 Dec, 06:18


Tanlov haqida 3 og’iz

Natijalarga qaraganda, hozirni o’zida noldan odam taklif qilib ham yutib ketishingiz mumkin.

Shaxsiy havola olgan, lekin umuman qatnashmayotgan ishtirokchilar konkursdan chetlashtiriladi.

Taklif qilgan odamingiz konkurs tugamasidan chiqib ketsa, sizga -1 bo’ladi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

21 Dec, 15:51


Bugun kutubxonamga qo’shilgan yangi kitoblar.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

09 Dec, 15:16


#tavsiya

"Seni kitob o'qiydigan odamlar bilan tanishtiraman. Hayot faqat shunday odamlar bilan bir joyga yig'ilsanggina yashashga arzirli bo'ladi."

Bookblogerlar jamiyati a'zolarining kanallari

Stoik kutubxonasi

09 Dec, 13:31


Kanalda Tanlov 🔥

Ko'pchilik bilan kelishib, bu safargi yutuq uchun pul mukoti qo'ydim. Bundan tashqari, odam taklif qilishingiz ham shart emas. O'rinlar soni 3 ta va har bir g'olibga 50.000 so'mdan beriladi.

Tanlov sharti juda oddiy:
1. Stoik kutubxonasi va sarvinoz_collection kanaliga obuna bo'lasiz.
2. Pastdagi "Qatnashaman" degan tugmani bosasiz.

Va tamom. Telegramni o'zi 3 kishini bizga aniqlab beradi. Konkurs 11-dekabr soat 20:00 gacha davom etadi. Barchaga omad!

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

09 Dec, 11:46


Ayni paytda Silvia Plath’ning “Shisha fonus” asarini o’qiyapman. Plath o’limidan 1 oy avval nashr etilgan bu asarda muallif o’zining iztirobli hayoti haqida yozadi.

Romanning asosiy mavzusi esa zamona insonining begonalashuvi, jamiyatdan uzilishi. Tugatib yana fikrlarimni yozaman.

P.s. Oldimdan nuqul suidsid qilgan odamlarni kitobi chiqyaptiye. Yo koinotni menga xabarimikin bu)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

08 Dec, 15:49


Singlim har doim savdo-sotiqqa qiziqqan. Yaqinda kiyim-kechak do'koni ochmoqchiligini aytganda, undan ko'ra online magazin ochish yaxshiligini maslahat bergandim. Bugun shu ishni boshlab, savdo qilayotganini aytib qoldi. Kiyimdan kamingiz bo'lsa, aytaverasiz: https://t.me/sarvinoz_collecti0n

Stoik kutubxonasi

08 Dec, 11:42


Dostoyevskiyning yana bir asari - “Oydin tunlar”ni o’qidim. O’qidim-u, boshimga tushmagan sevgini azobini chekdim.

Kimgadir yaraband bo’lish naqadar og’ir. Inson uchun bundan battar jazo bo’lmasa kerak.

Dostoyevskiy yuragining qanchalik sof, sevgi tushunchasini qanchalar zarifligini o’qiysiz bu kitobida.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

08 Dec, 08:16


#mutolaa

Sizning qo'llaringiz sovuq, meniki esa cho'g'dek qaynoq. Naqadar ko'rsiz, Nastinka!

Oydin tunlar, Dostoyevskiy.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Dec, 16:47


Foydali lifehack 😇

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Dec, 15:03


Konkurs nixoyasiga yetdi. Ko’rib turganingizdek 136 ta taklif bilan Dilrabo mutloq g’olibga aylandi.

Shuningdek, 127 ta taklif qilgan Gulshanoy va 126 taklif qilgan Jasminaga ham kitob sovg’a qilishga qaror qildim.

Barchaga ishtirok uchun rahmat. Keyingi konkurslarda ham shunday faollikni kutib qolaman. G’oliblar men bilan bog’lanishi mumkin: @Yelvizak

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Dec, 13:02


Kitoblar egasi aniq bo'lishiga 2 soat qoldi.

Ayni paytdagi natijalarni kommentda ko'rishiz mumkin👇🏻

Stoik kutubxonasi

07 Dec, 06:36


Oraliq natijalar. Yutish uchun hali ham sizda vaqt bor. Konkurs bugun soat 20:00 da yakunlanadi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Dec, 05:33


Yashash va yashamaslik baribir bo‘lganda odam butunlay erkin bo‘ladi.

Dostoyevskiy

Stoik kutubxonasi

06 Dec, 07:53


Konkurs natijalari. Ertaga soat 20:00 gacha vaqtingiz bor.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

05 Dec, 18:41


Bu yaxshi yozuvchilar, lekin…

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

05 Dec, 13:28


Bugun "Pir" nashriyotidan yangi chiqqan asarlari "Gonoluluga elchi" va "Uzoq tuzoqlar" sovg'aga keldi. E'tibor va kitoblar uchun nashriyotdan minnatdorman.

Bu kitoblarning taqdimoti 15-oktabr kuni Abdulla Qodiriy ijod maktabida bo'lgandi. O'shanda muallif Erkin A'zamni o'zidan dastxat olgandim. Ya'ni bu ikkala kitobni o'shanda olganman.

Shu sabab, bugun kelgan kitoblarni o'z obunachilarimga sovg'a qilmoqchiman.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

04 Dec, 15:10


Yo'qotilganlar

Bir kuni inson "vergul"ni yo'qotdi. Shundan keyin qiyin jumlalardan qo'rqadigan va sodda ifodalar ishlatadigan bo'ldi. Jumlalar soddalashgach, fikrlar ham soddalashdi.

Keyin "undov" ishorasini yo'qotdi. Past ovozda, ohanggini o'zgartirmasdan gapira boshladi. Endi na biror narsaga jahl qilar va na sevinardi. Hech narsa unda zig'irchalik hayajon uyg'otmaydigan bo'ldi.

Keyinroq "so'roq" belgisini yo'qotdi va savol bermaydigan bo'ldi. Hech narsa uni qiziqtirmasdi: na borliq, na dunyo va na o'z uyi.

Bir necha yil o'tib "ikki nuqta" ishorasini yo'qotdi va xatti-harakatlarining sabablarini boshqalarga tushuntirishdan voz kechdi.

Umrining so'nggiga kelganda unda faqat "qo’shtirnoq" qoldi. O'ziga tegishli bitta ham fikri yo'q edi. Boshqalarning fikrlarini qaytarardi xolos.

Fikrlashni unutishi bilan navbat oxirgi "nuqta"ga kelgandi...

Alex Kanevsky.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

04 Dec, 13:58


Detroit: Become Human — Inson Bo'lish

Uchinchi marta o'ynashimda bu o'yinning falsafasini tushunib yetdim. Nomidan aytib turgandek, inson bo'lishning nimaligi, insonni nima inson qilishi haqida bu o'yin. O'yin deyish balki past baholash bo'lar. Chunki bu loyihani bemalol san'at asari deyish mumkin, xoh grafik, xoh falsafiy, xoh texnik tomondan bo'lsin.

Bugungi qismda asosiy mavzu androidlarning odamlarga qarshi protest qilib, o'z huquqlarini talab qilgani bo'ldi. Ayniqsa, "Bizga jon berdingiz, endi huquqlarimizni ham bering" degan joyida etlarim jimirlab ketdi. Xullas, kino ko'rgandek bo'lasiz:

https://youtu.be/7ujA3owKVBQ

Like, comment va follow esdan chiqmasin!

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

03 Dec, 18:31


Yarim kechasi kelgan o'ylar

Yashash qiyinligidan noliyapsan. Ha, balki tug'ilmasang yaxshiroq bo'lardi. Lekin tug'ilib bo'lding, endi vaqtingni nolishga sarflagandan ma'no yo'q.

Shunday ekan, buyog'iga yashash kerak. Yashagandayam hammaga o'xshab, shablon hayotda, boshqalar belgilab bergan tartib bo'yicha emas. Unda robotdan nima farqing qoladi?

Kallangni ishlat. O'zing uchun qoidalarni tuz, o'z yo'lingni top, manzilingni belgila. Maqsad bu - manzil. Maqsadsiz ruh o'z yo'lini yo'qotadi. Shu sababli, manzilingni aniq qil-da, harakatni boshla. Va to'xtatma. Davomiylik eng muhimi.

Odamlar nima deydi, deb emas aksincha odamlarga nima deyman, deb yasha. Boshqalarga aytadigan so'zing bo'lsin. O'rning bo'lsin. Yo'ling bo'lsin. Maqsading bo'lsin.

Yarim kechasi motivatsiya berishiga balo bormi, deyabsizlarmi?) Bu o'zimga o'zim bergan nasihatlar. To'g'ri kelsa, siz ham foydalaning.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

03 Dec, 17:03


Dekabrda qaysi kitoblarni o'qishni bilmay, ikkilanayotgan bo'lsangiz, bu video siz uchun:

https://www.instagram.com/reel/DDH5n8cILx-/?igsh=MWV2MHAwMXQwcWI2bw==

Like, comment, follow!🫡

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

03 Dec, 12:13


Noyabrda kitob o’qimadim. Endi dekabrda planni to’ldiramiz.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Dec, 13:05


Bir hafta deganda nixoyat 2-qismni chiqardim. Bu safar oldingidek qotishlar yo'q. Syujet ancha keskinlashdi. Androidlar yig'ilib, isyon rejasini tuzishdi. Urush yaqin...

https://youtu.be/CZjyY-Ih1xY

Videoga layk, komment qoldirib, kanalimga obuna bo'ling. Tezroq 1000ta bo'lsak YouTube'da ham jonli efirlar qilamiz🙏

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Dec, 09:40


Senga kerak emas

Senga motivatsiya kerak emas, o'zingni nazorat qila olishing kerak.

Senga ko'proq vaqt kerak emas, vaqtni to'g'ri boshqarishing kerak.

Realroq narsalarni maqsad qilishing kerak emas, atrofingdagi odamlarni o'zgartirishing kerak.

Qudratli bo'lish uchun kuchliroq bo'lishing kerak, yaxshi strategiyaga ega bo'lishing kerak.

Yanada ko'prog'iga ega bo'lishing kerak emas, o'zingda borini qadriga yetishing kerak.

Yanada ko'proq pul ishlashing kerak emas, uni to'g'ri sarflashing kerak.

Yanada ko'prog'iga erishishing kerak emas, o'zingni yetarli ekaningni anglashing kerak.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

01 Dec, 12:22


- Bro, salom deb yozma, uje eskirdi bu.

+ G’oyam zoti oliyingizga tajovvuz etmoq emas, afkori umumiyda suhbati-muhabbat etmoqdir. Javobi musbatingiz qalbi zorimni ta’mir va taskin etajagidan dasti-muhabbatingizga zoru-benavodurman.

Bunaqa salomga nima deb javob berardingiz?)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

30 Nov, 15:39


Dostoyevskiy: Meni hayotim bormidi?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

30 Nov, 07:09


Kecha “Yovvoyi nok daraxti” nomli turk kinosini ko’rdim. Isyonkorlik, o’z potensialini isbotlash, jamiyatdan uzilib chiqib, o’zgachaligini ko’rsatib qo’yish, otaning oiladagi roli kabi mavzular o’rin olgan filmda.

Hayotga, dinga, adabiyotga doir dialoglarni eshitib maza qiladi odam. Bosh qahramonni sal-kam Raskolnikov desa ham bo’ladi. Uning favqulodda odamligi kino davomida bilinib turadi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

29 Nov, 20:09


Usmon Azim

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

29 Nov, 19:50


Мен сенсіз, жаным-ау, шыдамаспын
Бір айға, бір айға
Жүрегім мазасыз удай маспын
Бұл айда, бұл айда..


3-4 martadan keyin tarjimasiz ham tushuna boshlaysiz.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

29 Nov, 14:42


"Qiziltanlilar ko'p yurib yuborgan paytlari darhol bir daraxt topib, uni tagida o'tirar va kuta boshlashardi. Ulardan nimani kutayotgani haqida so'rashganda shunday javob berishadi: tanamiz tezlashdi, ruhimiz ortda qoldi, ruhlarimizni kutyapmiz." Bu musiqa esa meni daraxtlarimdan biri...

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

29 Nov, 14:35


Sizni azob-uqubatlardan qutqaradigan ikki yo'l bor, deydi Nitshe. Tez fursatda o'lish yoki uzoq muddatli sevgi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

23 Nov, 15:47


📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

Qaysi OTMda oʻqiysiz? Tarjimonlik boʻyicha bilimlarni qayerdan(qaysi ustozdan) olgansiz?

OTM'da o'qimaganman, tarjima bo'yicha ko'nikmalarni Mirzohid Muzaffar (@bobil_kutubxonasi) dan o'rganganman.

Kim yoki nima uchun yashayapsiz?
Yoki savolni yanayam aniqroq qilaman. Nima uchun yaratilganingizni anglaganmisiz? Yoki shu haqida o'ylab ko'rganmisiz?

o'zimni baxtim uchun yashayapman. nima uchun yaratilganim, nega yashayotganim, borliqdagi meni vazifam kabi masalalarda boshimni qotirib o'tirmayman. baribir foydasi yo'q. o'zim xohlaganday yashab, o'zimdan nimadir qoldirib ketsam, men xursand.

Stoik kutubxonasi

23 Nov, 15:34


📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

hi

havoyu

Qimorboz asari sizga yoqadimi va unda sizni tasirlantirgan narsa nima

Qimorboz asarini hali o'qib ko'rmaganman, lekin manavi videoyimda kitobdan ma'lumotlar keltirib o'tgandim.

Tinchlikmi

tinchlik-osudalik

Nega jinoyat va jazoni o'qish qiyin

nimasi qiyin, hafsala bilan o'qisa hech qiyin joyi yo'q.

Assalomu aleykum. Sizga qaysi janrdagi kitoblar yoqadi? Kelajakda kitob yozmoqchi bo'lgan odamga qanday maslahatlar berasiz?

menga tarixiy, mifologik, triller, horror, detektiv janrlari ko'proq yoqadi. yozmoqchi bo'lgan odam avval boshqa yozganlarni ham o'qishi kerak, judayam ko'p.

Nechinchi yilsiz va tug'ilgan kuningiz qachon?

2004-yil, 21-iyun

Yurakka boysunish kerakmi yo aqlgami

har ikkala holatdayam pushaymon bo'lasiz, shuning uchun istaganingizga bo'ysuning.

Instagramiz bormi bor bolsa qancha vaqt sarflash norma deb hisoblaysiz

aaa, instagramda bir o'tirsam soatlab qopketaman, qaram qiladigan narsalarda norma nimaligini bilmayman. shuning uchun, faqatgina g'oya topish uchun kiradigan bo'lganman oxirgi paytlar.

Jyul vern asarlaridan ham tarjima qilinglar

menimcha, qilishyapti katta tarjimonlar.

Assalomu alaykum. Sizga tarjimonlik borasida ayrim savollarim bor edi..

xo'p, bilsam javob beraman.

Assalomu alaykum
Maslahat soramoqchi edim, filolog sifatida hozirda qaysi tilni oqishni tavsiya qilasiz
A) ingiliz tili
B) Arab tili
C) türk tili

ingliz tili, shak-shubhasiz

Assalom aleykum iltimos menga kitob nomlari yashirilgan tasvirli kitoblarni tashlab bering kerak edi javoblari bilan

tushunmadim nima demoqchiligizga, lekin yo'q.

Sizda triposfobiya bormi?

yo'q, menda akrafobiya bilan kinofobiya bor

Oʻgʻil bola va qiz bola doʻst boʻla oladimi

yo'q

Stoik kutubxonasi

23 Nov, 14:35


Savollaringizni yozib qoldiring, haliroq hammasiga javob beraman:

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=607a84b609f

Stoik kutubxonasi

23 Nov, 13:30


Kimnidir aytishicha, stoik falsafasi bu o'z kuchsizligini yashirish usuli ekan. Va rasmda ko'rib turganingiz, eng mashhur stoik faylasuflar. Nafaqat stoiklar, balki boshqa oqim faylasuflari ham jismonan baquvvat bo'lishgan.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

23 Nov, 01:23


* * *

Bir o‘zim yashayveraman. Kuylayveraman
bir o‘zim.
Bir o‘zim ovqatlanaman.
Bir o‘zim
kuzni tomosha qilaman.
Bir o‘zim
kuz tortiq qilgan she’rlarni
yuragimdan to‘kaman qog‘ozga,
bir o‘zim “Xudoyim!” deb nola qilaman,
kuchim yetmaganda bu olamga.
Bir o‘zim
superbirbalo do‘konga boraman.
Bir o‘zim
bir o‘zim uchun
xarid qilaman bir narsalarni.
Bir o‘zim
eng ulkan baxtda ham bebaxt bo‘laman.
Bir o‘zim dorilar sotib olaman. Og‘risam,
o‘zimga qarayman bir o‘zim.
Bir o‘zim
o‘lmaslikka harakat qilaman...

Chunki
kelasanmi, deb o‘ylayman
bir kunmas bir kun.

Usmon Azim

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

22 Nov, 16:01


Usmon Azimning "Saylanma"si Zamira O'zturk (@hamidovazamira) ga sotildi

Stoik kutubxonasi

22 Nov, 16:00


1

Stoik kutubxonasi

22 Nov, 16:00


2

Stoik kutubxonasi

22 Nov, 15:59


3

Stoik kutubxonasi

22 Nov, 15:29


Kimoshdi savdosi tugashiga 30 minut qoldi

Stoik kutubxonasi

22 Nov, 10:13


Hozircha eng baland narx shu bo'lib turibdi. Kimoshdi tugashiga 6 soat qoldi❗️

Stoik kutubxonasi

21 Nov, 16:06


Zamira O’zturk narxni 20$ ya’ni 257 mingga olib chiqdilar.

Stoik kutubxonasi

21 Nov, 15:59


Kitobning boshlang'ich narxi — 150 ming so'm.

Narxlarni kommentga yozishingiz mumkin. Kimoshdi ertaga 21:00 gacha davom etadi.

Stoik kutubxonasi

20 Nov, 19:33


Kitob o’qisa-o’qimasa uylanmang.

Stoik kutubxonasi

18 Nov, 17:09


Shumerlik Ludingirra haqida mana bu postdan bilib olsangiz bo'ladi. Hozirgacha kanalda kitobni yarmini tarjima qilib, joylab chiqqanman. Qolgan yarmini o'girishga motiv qolmagandi.

Sababi bu kitobni nashrdan chiqarish dargumon, o'zbek kitobxoniga yangi mavzu bo'lgani uchun qanchalik o'qilishi so'roq ostida. Shu sabab, nashriyotlar tavakkal qilishni xohlamaydi.

Lekin bugungi xabardan keyin baribir tarjimani tugatib qo'ygim keldi. Bunda esa sizni ko'magingizga muhtojman. Yana oldingidek bobma-bob tarjima qilib, kanalda ulashib borishim uchun moddiy-ma'naviy dastak berishingiz mumkin.

Ikki og'iz fikr, ozgina donat ham, ko'pchilik bilan dunyoni yordami bo'ladi. Bu esa menga doimiy tarjima ulashib borishim uchun katta motiv beradi.

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/stoik_kutubxonasi
Karta raqam: 4073 4200 8141 4819 S. N.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

18 Nov, 16:44


Shumer mavzusida qator ilmiy asarlar yozgan arxeolog, shumerliklarning so'nggi qirolichasi, men tarjima qilgan "Shumerlik Ludingirra" kitobi muallifi Muazzez Ilmiye Chig' kecha, 110 yoshida vafot etibdi.

U sabab butunlay notanish svilizatsiyaga nisbatan qiziqish uyg'ongandi menda. Qadimgi tarix madaniyatlarini sevdirgandi. Qachondir o'zi bilan ko'rishib, kitobingizni tarjima qildim, deb aytmoqchi edim. Afsus.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

17 Nov, 16:38


Intihor (suidsid) bilan hazillashib bo'lmaydi. Depressiya kabi ruhiy muamollari bo'lgan kishilarda bu vaziyat ko'proq uchraydi. Shu sababli, bu haqda o'ylab yuradigan kishilarni aniqlab, ularga vaqtida yordam berish kerak.

Odamning suidsidga maylli ekanini ko'rsatuvchi belgilar:

- o'lish yoki o'ldirish haqida gapirish;
- umidsizlikka tushish yoki yashashga sabab topolmaslik;
- boshqalarga yuk bo'layotgani haqida o'ylash;
- alkogol yoki narkotik qabul qilish haqida gapirish;
- tashvishli yoki xavotirli yurish;
- oila va do'stlardan uzoqlashish;
- ovqat va uyqu tartibining buzilishi;
- qadrli buyumlarini berib yuborish
- yaqinlari bilan xayrlashish;
- ishlarini bitirish haqida gapirish.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

16 Nov, 17:11


Bir oydan keyin yangi yil kelarkan. Hamma bir-biriga sovg'a ulashadigan payt. Shu sabab bookblogerlar bilan kelishib, "sirli santa" o'yinini o'ynaydigan bo'ldik. Mabodo, kimdir sovg'a bermoqchi bo'lsa deb, wishlist'imni tuzib chiqdim:

https://mywishlist.online/w/skf2ti/samandars-wishlist

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

15 Nov, 19:53


Sun’iy intellektga o’zim haqimda gapirib, meni va menga mos qizni tasvirla degandim. Natija shunday bo’ldi 🌝

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

15 Nov, 13:17


Monetizatsiyani o'chirdim. Sizlarga ham tavsiya qilmayman. Arzimagan pulga qiziqib o'z kontentizni aynitmang. Kanalizga reklama tushib tursa, hech qanday monetizatsiyani keragi qolmaydi o'zi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

14 Nov, 18:46


Hamma to'g'ri kishini qidiradi, lekin hech kim to'g'ri kishi bo'lishga urinmaydi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

14 Nov, 15:07


Faylasuflar, yozuvchilar, qo’mondonlardan hayotiy hikmatlar:

Zavq ma’lum nuqtadan so’ng jazoga aylanadi.
~ Mark Avreliy.

Eng kuchli kishi - o’z kuchiga ega bo’lganidir.
~ Seneka.

Hayotingizdagi baxt fikrlaringiz sifatiga bog’liq.
~ Mark Avreliy.

O’zing uchun eng yaxshisini talab qilishni yana qancha kutmoqchisan?
~ Epiktet.

O’lishga rozisan qo’rqoq, lek yashashga emas.
~ Herman Hesse

Haqiqatlardan ko’ra ko’proq xayolotimizdan azob chekamiz.
~ Seneka.

Kar insonning eshigini abadiy taqillatishing mumkin.
~ Nikos Kazantzakis

Aqlli jangchi jangdan uzoq yuradi.
~ Sun Tzu

O’z ustingda ishlash badalini yolg’izlik bilan to’laysan.
~ Samandar Nazirjonov

Sizga qaysi biri ko’proq yoqdi?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

13 Nov, 09:57


Telegramda monetizatsiya yondi🥳

Biz kutgan shonli kunlar keldi. Endi telegramda kanal yuritadigan har kim "ko'kida" pul ishlay oladi. Buning yagona sharti obunachingiz soni 2000 dan ortiq bo'lishi kerak. Tamom.

Endi monetizatsiyani qanday yoqishni tushuntirsam. Google'dan "partner yandex" deb qidiruv berasiz. Chiqqan birinchi sahifaga kirib barcha ma'lumotlarni to'ldirasiz. Yandex platformasining o'zi kanalizga reklama joylashtiradi. Shu yo'l bilan hisobizga pul yog'ila boshlaydi.

Sayt sozlamaridan qay turdagi reklamalar olishiz, nechi kun va qaysi paytda joylanishigacha belgilashiz mumkin. O'zim ham ro'yxatdan o'tib, monetizatsiyani uladim. Kanalga noodatiy reklamalar joylansa, hayron bo'lmang tag'in))

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

12 Nov, 14:19


Faqat o'yin yo reaksiya videosi emas, mutolaa, dars yoki tarjima jarayonidan ham jonli efir qilsammikan? Chet elda bu sohadagi kanallar ko'p, bizda hali bunaqasini ko'rmaganman. Nega bo'lmasin?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

11 Nov, 18:17


Sizlarga kichik e'lonim bor :)

Strim sahifalarim:
Twitch | YouTube

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

10 Nov, 13:19


Maftunaxonni tabriklayman. Qolganlardan esa kanalda qolishini so’rab qolaman. Chunki endi har hafta mana shunday konkurslar o’tkazib turamiz.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

10 Nov, 13:15


Результаты конкурса:

Победитель:
1. Мафтунахон (@maftunakhan_salokhiddinova)

Проверить результаты

Stoik kutubxonasi

10 Nov, 06:31


Bugun 18:00 da ikkala kitob egasi aniqlanadi. Qatnashishga ulgurmagan bo’lsangiz sizda hali vaqt bor. Ko’rsatilgan ikki kanalga a’zo bo’lasiz va qatnashish tugmasini bosasiz. Omadiz kelsa kitobli bo’lib qolasiz.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

09 Nov, 16:54


Turkchani biladiganlar va o'rganayotganlar uchun muloqot guruhi ochdim. Bu yerda turk tilida suhbat qilib, speaking yoki writing qobiliyatizni oshirishiz yoki hech bo'lmaganda yangi tanishlar orttirib, turkzabon atmosferada bo'lishingiz mumkin.

https://t.me/+DEZVgma3W1hlYzFi

Stoik kutubxonasi

08 Nov, 17:49


Jeyn Ostin hayoti davomida umuman turmushga chiqmagan. Lekin deyarli hamma romanidagi ayol qahramonlarni erga bergan. Uning eng mashhur asari "Andisha va g'urur".

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

07 Nov, 13:05


Endi "Kirka" va "Nyu-York trilogiyasi" sizda ham bo'ladi

Buning uchun quyidagi ikki qadamni qo'ysangiz kifoya:
1. @stoik_kutubxonasi va @unga_atalgani kanaliga obuna bo'ling.
2. Post ostidagi "Qatnashaman" tugmasini bosing.

Botni o'zi random tarzida bir kishini aniqlab beradi. Konkurs 10-noyabr 18:00 gacha davom etadi.

Barchaga omad.

Stoik kutubxonasi

05 Nov, 18:32


Menga bitta qo’shiq yuboring. 100 marta eshitsayam medaga tegmaydigan. Mana bu qo’shiq mendan sizga.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

05 Nov, 16:05


Anchadan beri o’ylab yurgan ishim - ijtimoiy so’rovnomalar olish edi. Birinchisi adabiyot mavzusida bo’ldi. Ko’rib fikr bildiring.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

05 Nov, 11:35


​​Mansur Jumayev - Tangriga maktub

Darveshlar topindi qalbi - shohiga,
kemalar yukindi bandargohiga.
Ollohim, Ollohim, eshityapsanmi,
qanday chidayapsan bandang ohiga?

Rizqimi,
tinchimi,
erki bo'g'ilgan -
tili tugilganning mushti tugilgan.
Ruhi but,
ko'zi to'q,
ko'ngli sog' odam
tug'ilganmi o'zi,
qachon tug'ilgan?

Nochor kulgilarda navo ko'rmadim,
uzlatimdan bo'lak davo ko'rmadim.
Ko'rgiliklar ko'rdim,
ko'rgan kunimni
ko'rmagan kimsaga ravo ko'rmadim.

Sezmadim jaholat chohiga, Egam,
tushmaganimni ham,
tushganimni ham.
Do'stlarim qonini to'ktirma, Xudo,
Xudo, yig'latmagin dushmanimni ham.

Komil bir ko'ngilni yurdim sog'inib,
garchi ko'rsatmading umid dog'ini,
tuzgan jahoningdan ko'nglim to'lmadi,
Tangrim, qaytadan chiz yaxshirog'ini!

Kechagina "Izlam" to'plamini olib, shoir Mansur Jumayev ijodi bilan endigina tanishgandim. Bugun esa qora xabarni eshitib, yaqinimdan ayrilgandek yuragim og'ridi. Oilasi va do'stlariga hamdardlik tilayman.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

04 Nov, 17:14


​​Yaponlar insonning uchta yuzi borligiga ishonadi

Birinchisi, tashqi dunyoga ko’rsatadigan yuzimiz.
Ikkinchisi, yaqin do’stlarimiz va oilamizga ko’rsatadigan yuzimiz.
Uchinchisi esa hech kimga ko’rsatmaydigan yuzimiz. Va mana shu yuz aslida kim ekanligimizni aytib beradi.

Yaponlarning 3 yuz haqidagi metaforasi o’zimiz va atrofimizdagi rollarni chuqurroq o’ylashga undaydi.

Tashqi dunyoga ko’rsatadigan yuzimiz - jamiyat kutuvlariga mos bo’lish bilan gavdalanadi.
Eng yaqinlarimizga ko’rsatadigan yuzimiz - ehtimol biroz ochiq va himoyasizdir.

Lekin bular ichida eng ahamiyatlisi, faqatgina o’zimiz biladigan yuz. Mana shu bizning haqiqiy yuzimiz bo’ladi. Stoik falsafasi ham bizni ichki yuzimizni tanishga va unga sodiq qolishga da’vat etadi.

Xo’sh, asl yuzimizni qanday aniqlaymiz? Har kuni uxlashdan oldin o’zimizga shu savollarni berishimiz zarur: Bugun asliyatimga qanchalik sodiq bo’ldim? Tashqi unsurlarning meni yo’naltirishiga qo’yib berdimmi yoki o’z qadriyat va tamoyillarimga ko’ra ish tutdimmi?

Haqiqiy erkinlik ichki yuzimizni tanishdan boshlanadi. U bilan yuzlashish oson bo’lmasligi aniq, lekin stoiklarga ko’ra, “O’z zehnimizni nazorat qilish, tashqi dunyodan muhimroqdir”.

Bugundan ichki yuzingiz bilan ko’proq uchrashing. Vaqt ajrating, o’ylang, so’roqlang va eng muhimi, o’zingizga nisbatan rostgo’y bo’ling. Faqatgina shu yuzingiz bilan to’g’ri munosabat o’rnatganingizda, haqiqiy halovat va ichki kuchga erishasiz.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

03 Nov, 18:31


Eng qisqa qoʻrqinchli hikoya:

"Ertaga dushanba."

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

03 Nov, 16:13


O'zbek tilida falsafaga ixtisoslashgan ilk sayt - fasih.uz

Bu sayt haqida eshitishim bilan maqolalarga bir qur ko'z yugurtirib chiqqandim. Bugun meni shu saytning tg-kanaliga suhbatga chaqirishdi.

Unda saytda ishlayotgan tarjimon va muharirlar bilan fikr almashdik. Tarjima bo'yicha o'z tajriba va bilganlarimni o'rtoqlashdim. Bir maqolani tanlab, jamoaviy tahlil qildik.

Saytdagi mavzu va maqolalarni ko'rib, juda xursand bo'ldim. Bunday loyihalarni ko'payayotgani odamni quvontiradi.

Siz ham sayt uchun maqolalar tarjima qilib, shu asnoda o'qish yoki ishga kirishda yaraydigan portfolio yaratishingiz mumkin. Atrofdagilarga ham o'zingga foyda keltirish, zo'r-a?

Telegram kanali: 👉🏻 @fasih_uz 👈🏻

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Nov, 06:17


Bugun soat 13:00 dan o’tganda Farg’ona bog’i tarafga yana bir kitob yashiraman. Yaqin atrofdagilar tayyor turing 🙏

Kitobni qayerga yashirganim, kim topgani - hammasini instagram stories’imga joylab boraman.

https://instagram.com/stoik.kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Nov, 05:21


Noyabrning melanxoliyasi va asta-sekin yaqinlashayotgan qishga mos iqtibos:

"Kun kelib qayerdadir yana uchrashamiz, deb o'ylardi, lekin shunchalik ko'p vaqt o'tadiki, ikkimiz ham u vaqtga qadar boshqa insonlarga aylanamiz."

Gabriel Garsiya Markes, "Yolg'izlikning yuz yili"

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

02 Nov, 03:34


📖 Kitoblaringizni o'qib bo'ldingizmi? Unda sizga yangiligimiz bor)

🔜 Tog'ri topdingiz kitobxonlar uchrashuvi yaqin...
🦠 Kitob sizning barcha hujayralaringizni tiriltirib yuborganiga shubhamiz yo'q)

🌅 10-noyabr – quyosh "Kitobxonlar klubi" tomondan chiqadi 😉

Sizlarni uchrashuvda nimalar kutyotgani haqida quyidagilarni o'qib bilib oling:

1. Tanishtiruv
2. Kahoot (quiz)
3. Kitob suhbati
4. Taqdirlash marosimi sara kitoblar bilan)
5. Sir 🤫

🔖 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling!!!

🧑‍💼Aloqa: @fau3z

📍Aytgancha, bu postni kitobxon do'stlaringizga yuborish esdan chiqmasin 🤭

Stoik kutubxonasi

01 Nov, 10:51


Kitobxonlardan so’rovnoma olish uchun bookuz’ni Farg’onadagi filialiga kirgandim. Videoga olish mumkin emas, deb chiqarvorishdi. Tugadi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

31 Oct, 16:31


Bugun oy sarhisobini tuzishga ulgurmadim. Lekin siz o’zingiznikini yozib qoldirsangiz bo’ladi.

Oy davomida nimalar qildingiz, qaysi kitoblarni o’qidingiz?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

30 Oct, 13:34


Badiiy Tarjima Darslariga Barcha Qiziquvchilarni Taklif Qilamiz.

Darslar uch oy, haftada ikki marta davom etadi.

Bu jarayonda sizga o'rgatiladiganlar:

- Badiiy Tarjima
- Tarjima Uchun Matn Tanlash
- Mualliflik Huquqlarini Olish
- Nashriyot Topish
- Tarjima Metodlari

Dars narxi oyiga 600.000 so'm
Faqat ingliz va turk tillarini kamida B2 darajasida biluvchilar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: @willemesque

Stoik kutubxonasi

29 Oct, 18:40


Telegram va instagram sahifam uchun kontent reja tuzayotib, har xil yangi fikrlar keldi. Hozirgi energiyada davom etsam, ularni ro’yobga yetkazish unchalik qiyinmas.

Menga sizni ham fikringiz qiziq. Qanday mavzu yoki uslubdagi matn/video postlar tayyorlashim kerak? Hozirgi paytda talab bo’lgan va e’tibordan chetda qolayotgan nimalar bor?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

28 Oct, 16:04


Ba'zida bir-birimizga qanchalar katta ta'sir o'tkazganimizni sezmaymiz ham

- necha yillar avval qilgan iltifotingiz kimgadir hanuz o'z-shonch beradi.

- kimdir hali ham unga eshittirgan qo'shig'ingizni tinglaydi.

- qiyin vaziyatida yordam qo'lini cho'zgan kishingiz har safar kimgadir yordam berganda sizni eslaydi.

- kimdir siz bilan tanishgani uchun do'stlikning kuchiga ishonadi.

- kimdir siz bilan o'tkazgan damlarini eslab hozirgacha jilmayadi.

- kimdir haliyam sizdan eshitgan hazillarni aytib yuradi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

26 Oct, 17:04


Umumiy natijalarni ko’rishingiz mumkin.

91 ta taklif bilan Munisa ismli ishtirokchimiz g’olib bo’ldi 🥳

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

26 Oct, 08:08


Kanalga yangi kelgan barchaga salom 👋

Konkurs tugashi bilan to’rvani yig’ishtirib, chiqib ketishga shoshilmang. Chunki ertaga ham o’yin o’tkazamiz.

Unda muqovasidan qaysi kitobligini topishingiz kerak bo’ladi. Eng ko’p to’g’ri topganga esa rasmdagi kitobni sovg’a qilaman. O’yin ertaga soat 22:00 da boshlanadi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

26 Oct, 06:07


Bugun 22:00 da konkurs tugaydi va g’olibni e’lon qilaman.

Ishtirokchilar orasidagi farq deyarli bir xil. Bu esa ozgina harakat bilan qolganlardan o’zib ketishingiz mumkin degani.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

25 Oct, 17:14


Menga eng ko’p yoqadigan kirish so’zlari.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

25 Oct, 11:05


Hozir Ibrohim G’afurov tarjimalaridan biri “Ayyub nidosi” ni o’qiyapman. Bu hazrati Ayyub Ibrohim Halilullohdan qolgan qadimiy-ilohiy qissa bo’lib, keyinchalik Injili Sharifga ham kiritilgan.

Tarjimonning yozishicha, bu qissani tarixdagi ilk mansura (sochma she’r) deyish ham mumkin. Qissada yaxshi hayot kechirayotgan Ayyubning boshiga ketma-ket kulfatlar yog’ilishi va shu orqali xudo tomonidan sinovga tashlanishi yoziladi.

Ayyub bo’lsa uch do’st bilan boshiga tushgan ko’rgiliklari yuzasidan Xudo borasida qizg’in suhbatga kirishib ketadi. Gyotening “Faust”i yoki Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlari” dagi dialoglar ayni mana shu qissadan ilhomlanilgan ekan.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

23 Oct, 12:09


Kanalda konkurs 📚

Aynan siz mana shu uchala kitobni yutib olishingiz mumkin. Shartlar quyidagicha:

1. Izohga ism-sharifingizni yozasiz.
2. Men sizga shaxsiy havola beraman.
3. Shu havola orqali kanalga odam taklif qilasiz.

Eng ko'p odam taklif qilgan bir kishiga rasmdagi kitoblar sovg'a qilinadi. Konkurs 26-oktyabr soat 22:00 gacha davom etadi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

22 Oct, 18:08


Noyabrning sovuq kunlarida qaynoq qahva bilan o'qiladigan 5 ta kitob:

1. Lev Tolstoy — Anna Karenina (havola)
2. Jorj Martin — Taxtlar o'yini (havola)
3. Boris Pasternak — Doktor Jivago (havola)
4. Xarper Li — Mazaxchini o'ldirish (havola)
5. Luiza Mey Alkott — Kichik xonimlar (havola)

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

21 Oct, 10:47


Siz ham kanal rivojiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz: https://tirikchilik.uz/stoik_kutubxonasi

Yuqoridagi donat qilganlarga esa kattakon rahmat. Boshqacha motivatsiya bo'ldi 🫡

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

20 Oct, 17:29


Seni nima baxtli qiladi?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

20 Oct, 16:29


Mediya sohasiga qiziquvchilar uchun taklif 📸

Murojaat uchun: @Yelvizak

Stoik kutubxonasi

19 Oct, 15:33


Hozir 16-asrda yashagan fransuz faylasuf Mishel de Montenning “Esseylar”ini o’qiyapman. Uning tarixdan, ayniqsa yunon faylasuflaridan misollar keltirib, o’z fikrini ochiqlab berishi menga juda yoqdi. Bir qancha fikrlaridan uning stoitsizmga yaqinligini ham sezdim.

Monten o’zi badavlat oilada tug’ilgan va bir muddat davlat ishida ishlagan. Keyinchalik o’z qasriga uzlat qilib, insoniyat va hayot borasida esseylar yoza boshlagan. Bu bilan u menga rimlik imperator va faylasuf Mark Avreliyni eslatib yubordi.

Kitob haqida yana bir qiziq ma’lumot: Lev Tolstoy 1910-yilda Yasnaya Polyanadagi uyini tark etib, Astapovoga ketgan kuni yonida “Esseylar” bo’lgan ekan.

Siz qaysi kitobni o’qiyapsiz?

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

18 Oct, 04:06


“O’quvchi qiz” dan yozib olingan iqtiboslar:

“Ularning orasidan biriga shunchaki jilmaysam, faqatgina shu jilmayganim uchun ham unga turmushga chiqishga majbur bo’lishim mumkin. Ayollarga o’z qismatini belgilashi uchun birgina tabassum yetib ortadi. Daxshat.”

“Bir kun ulg’ayib ortga nazar tashlaganimizda barcha dard va iztiroblarimizning naqadar axmoqona bo’lganligini elas-elas xotirlaymiz ehtimol. Lekin faqat katta odam bo’lgandan so’ng o’tib ketadigan bunday uzoq va qo’rqinchli jarayonni qanday o’tkazishimiz kerak? Hech kim buni o’rgatmaydi.”

“Ertaga ham har doimgidek oddiy kun bo’ladi. Baxt hech qachon kelmaydi.”


@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

17 Oct, 07:50


Kitobni yashirib qo’ydim. Manzil: Kitoblar olami yoni. Kim topsa ham rasm/videoga olib kommentga yuborsin.

tahrir: Topildi.

@stoik_kutubxonasi

Stoik kutubxonasi

17 Oct, 06:38


Oramizda farg’onaliklar ham bormi?

Al-Farg’oniy bog’i atrofiga kitob qo’yib ketmoqchiman. Yarim-bir soatlarda joyini aytib, video joylayman.

Stoik kutubxonasi

17 Oct, 05:06


Maktabda o’rgatilgan odob-axloq bilan hayot qonuniyatlari orasida jarlik borligini ulg’aygan sari yaxshiroq angladim.

- O’quvchi qiz, Osamu Dazai.

@stoik_kutubxonasi