Senga🩵) @unga_atalgani Channel on Telegram

Senga🩵)

@unga_atalgani


~ qachondir qahvalashamiz sen bilan
butun umrga...


@sengaad — reklama xizmati 💕
@kipkitob — kitoblar olami🥂

Senga🩵 (Uzbek)

Senga🩵 is a Telegram channel dedicated to sharing insightful and engaging content with its audience. The channel's name, 'Senga', translates to 'to you' in English, indicating that the content is directed towards the followers. Unga_atalgani, the username of the channel, promotes interaction and connection with its subscribers. The description of the channel invites everyone to join in for a cup of coffee and enjoy conversations about life. Along with meaningful discussions, Senga🩵 also offers advertising services through @sengaad and a selection of books available at @kipkitob. Whether you're looking for a place to share your thoughts or discover new reading materials, Senga🩵 has something for everyone. Join the community today and be part of the engaging conversations and connections waiting for you!

Senga🩵)

07 Feb, 16:51


https://t.me/sen_va_choy/6040

Bilasizlarku har doim eng yaxshisini ulashaman)

Senga🩵)

07 Feb, 15:51


https://youtu.be/9aJocQRuuIo?si=_aXJ6d5RW4SsAJRw

Oxirigacha ko'ramiz, his qilamiz va oxirida like&comments, subscribe bilan happy qilamiz)

Senga🩵)

07 Feb, 15:00


Sen iymonlisini, chiroylisini, pazandasini, ilmlisini xohlashdan oldin o'zingga savol ber, senda Unga loyiq bo'lgan nima bor?
Nega U aynan seni tanlashi kerak?


Xo'p unga erishding ham deylik? Unga Baxt bera olasanmi? Ilmini yanada ziyoda qilishga qurbing yetadimi? O'zi xohlagandek, orzusidagidek hayot qurib bera olasanmi?

Yoki undan alamingni olish, o'z kuchingni ko'rsatish yo'lida foydalanasanmi? Yoki rostakamiga uyingdagilar, o'zing uchun xizmatkor qilish uchundir, ehtimol? Balki vaqti kelganda boshqa kimdir bilan xiyonat qilarsan, unga undan ham "ustun"lari borligini anglatish, tiriklayin murdaga aylantirish uchun) balki vaqti kelganda u sening opa-singillaringning zardasiga chidashga ham majbur bo'lar, ehtimol...


Orzu qilishdan avval o'z xohishlaringni aniqlashtirib ol. Senga farishtadek ayol kerakmi, unda U uchun Jannat yaratib ber, chunki farishtalar Jahannamda yashashmaydi...

Senga🩵)

07 Feb, 14:51


Axir menga, bir menga zorsan,
Borlig'ing-da borlig'imga band.
Sen bo'g'zimga tortilgan dorsan,
Juda baland,
Judayam baland!

©️Zebo Mirzo

Senga🩵)

06 Feb, 17:33


***

bir o‘zing ko‘chaga chiq
bir o‘zing aylan o‘sha ko‘chani
odamlarni tomosha qil keyin -
bir o‘zing.
bir o‘zing o‘yla
bir o‘zing orzu qil
ishonma ularga
ular hatto -
orzularingni o‘g‘irlaydi
ablahlar.
bir o‘zingdan boshqalarni
shunday ata -
ablahlar.
keyin bir o‘zing
biror yaxshi
tamaddixonaga kir
to‘yib, mazali ovqatlan bir o‘zing
keyin ketidan shirinlik ye
qimmatroq shirinlik
bir o‘zing ye
ishonma ularga
ularga shirinlik berma
keyin yana ko‘chaga chiq
bir o‘zing
yana kechgacha aylan toza havoda
bitta o‘zing
keng ko‘cha bo‘ylab
aylan
juft-juft odamlarga qarab
ularning ustidan kul
ikkita ablah de ularga qarab
ikkita bir-birini
keyinchalik
tashlab ketadigan -
ahmoqlar, de!
bir o‘zing uyingga qayt keyin
ertaga yana ishga borasan
bir o‘zing.
bir o‘zing keyin uyingga qayt
mushuk boqib ol bir o‘zing
rangining farqi yo‘q
zotining farqi yo‘q -
u mushuk bo‘lsa,
qandayligini nima farqi bor?
mushuk ajratasanmi endi?
odam ajratgandek?
ablahlarga o‘xshama,
sen ajratma,
sen axir
bir o‘zingsan
bir o‘zing odam bo‘l
bir o‘zing qolasan baribir
oxirida.
boshida ham bir o‘zing eding.
umring o‘rtasida
balo bormi kimgadir?
bir o‘zing uxla keyin.
bir o‘zing uyg‘on.

shunda balki -
uning tashlab ketgani
senga og‘riqli bo‘lmas.

2023

Senga🩵)

05 Feb, 16:00


Yana bo‘laklarga ajralib qaytdim
Zulmat yalagandek butun tanamni
Bilmadim
Bularning qay bir so‘nggi
Yoxud yashamoqlik
— bu sokin o‘lim

Mayda qumursqalar kemirar tubdan
Hech yo‘qsa kimgadir bo‘ldi keragim
Sukutga tashlangan ulkan tosh kabi
Na ovozing chiqar va na jaranggi

Zahlagan devorga suyanar oqshom
Deraza ortida to‘xtagan manzil
Ijara xonada berkinib
Kutdim
Hech qachon kelmagan qaysidir damni


Xudo adolatli har vaqt har zamon
Beayb jazoga tortilmas zotan
Men hamon to‘layman aybimga iqror
Bunda yo‘qolmagan azaliy qonun

Har bosgan qadamni manzil deb bilib
Rangsiz xayollarga o‘zingni tashlash
Ammo ayanchlidir har on har nafas
Notanish odamni sog‘inib yashash
.

©️B.X

Senga🩵)

03 Feb, 17:55


Yalnız sana anlatamadım ne kadar sevdiğimi🦋

P.s: Ba'zan turk tili shunchaki hislar tili. Ayta olmaydigan, ehtimol so'zlar ham yetmaydigan tuyg'ularingiz ikki jumlada o'z ifodasini topadi ba'zan)
Ajoyib-a?!

Senga🩵)

03 Feb, 08:58


Imkonsizlikning eng qisqa ta'rifi:

Har duoyingda eng xayrli juftni soʻraysan, xayolingga U keladi, ammo sen tilingga chiqarolmaysan)

Senga🩵)

02 Feb, 19:00


Sen haqingda esimda qolgani:
Sen
kulgularing
orasida
yig'lab olarding.

***

ismingni
bilganlari uchun
seni
boshqa ism bilan
chaqirgim keladi.


***

bag‘ringga boshimni qo‘yib
o‘ylagim keladi
ikki kishi
qanday
baxtli bo‘lishi haqida.

***

sen
menga
baxtli bo‘lish
mumkinligini
eslatib turasan.

***

uyimga ketyapman, deb o‘ylab
boshqa ko‘chaga
kirib qolibman.
keyin qaytib chiqdim,
ko‘changdan.


***

bizni
mosligimizni ko‘rib
«bular birga bo‘lsa kerak»
deb o‘ylashardi.
men ham shunaqa o‘ylardim.

***

menga ko'proq
sen yoqasanmi
yoki yomg'ir –
yomg'irda qolib
shu haqda o'ylayapman!

***

"bugun tushimga kirsang,
  senda
   bitta gapim bor"

***

seni
va fursatni poyladim
faqat, fursat keldi.

***

qayerdan seni sevib qolganim haqida

senga
e'tibor berib
keyin sevib qoldim.

©️Ahmad Ali Dilmurod

Senga🩵)

02 Feb, 18:44


Yasholmayman ishq oʻlgan joyda,
Xayr endi, xush qol, azizim)

©️

Senga🩵)

01 Feb, 18:16


- Bo'ldimi, hammasini oldingizmi, hech narsangiz qolmadimi?
- Sen qolyapsan)

⏺️Nodira Nazar

Senga🩵)

01 Feb, 17:23


Yur, qochib ketamiz dunyolaridan,
Ikkimiz quramiz boshqa bir dunyo.
Biz axir qismatning xatolaridan
Va jafolaridan boʻlganmiz bino.

Qizlar koʻp – xabari yoʻqdir hayodan,
Gunohga botaman qaragan onim.
Faqat sen koʻksingni yashir dunyodan,
Faqat sen ularga oʻxshama, jonim.

Yashama taqdirni boʻyningga olib,
Koʻzing ham yoʻllarga qarab tolmasin.
Iltijo qilaman: men chetda turib,
Nomard yuraklarga kuning qolmasin.

Ishonma jilmayib boqqan odamga,
Yo koʻz yosh toʻkkanga qaratma shafqat.
Mayli oʻt ketsa ham butun olamga,
Aldanib yashashdan asrasin faqat.

Nechun yana bugun koʻzlaringda mung,
Duch keldingmi hayot choʻpchaklariga?
Yur, qochib ketamiz telba dunyoning
Hech kim bora olmas burchaklariga.

Bir dunyo quramiz, bilmaydi hech kim,
Oftobi kuydirmas, qorlari iliq…
Yur, qochib ketamiz bu yerdan, jonim,
Bizni topolmasin hatto ayriliq.


©️Joʻrabek Ramazon

Senga🩵)

31 Jan, 18:28


Xayolimdan haydolmadim
seni hatto
Tushlarimdan axir qanday
haydagayman…

***

Qo'rqqaning oldingga kelar deydilar
Men Sendan qo'rqaman!
Sendan qo'rqaman...

Senga🩵)

31 Jan, 18:15


Nega aynan biz ikkimiz ajralganmiz bir umrga...

Senga🩵)

31 Jan, 16:57



Senga🩵)

31 Jan, 16:17


Kelma!
Sog'inchni o'ldirar sening
tashrifing,
Diydorga to'yishdan qo'rqaman
Kelma...

Bir olam baxt bilan kelarsan
kelsang,
Men baxtli bo'lishdan qo'rqaman
Kelma...

©️Najmiddin Ermatov

Senga🩵)

30 Jan, 18:32


Suratingni chizaman ming bor,
O'chiraman million marta.

Yo'q bo'lsa ham zarra iqtidor,
Rassomlikni tashlolmam shartta.

Buncha shirin hijronning ta'mi,
Och tasavvur sira qo'ymas tinch.
Turfa rangga bo'yar olamni,
Kiprigimdan silqigan sog'inch.

Isming– ko'kdan kelgan maxfiy xat,
Xudo bilan o'rtamdagi sir.
Sen– tushlarim torlik qilgan baxt,
Ko'zlarimga sig'magan tasvir.

Suratingni chizgum iloj yo'q,
Mo'yqalamim to'kar ko'zyoshi.
Barmoqlarim, qo'llarim majruh,
Allaqachon olingan boshim.

©️Mehrinoz

Senga🩵)

29 Jan, 12:08


💞

Senga🩵)

28 Jan, 19:03


EPIGRAF

Ipsiz bog‘langandek ko‘rinaman-a,
Tilga talqon solib o‘tish nimasi?!
Yig‘lama — men cho‘kib ketganman senga
Va yordam berolmas Nuhning kemasi.


Aybdorman,
shunchalar gunohkorman men...
Sen men deb sarg‘aygan umringga qara.
Yo‘g‘asam, osmonga oyday osilgin,
Men yashay zaminning sochlarin tarab.

Na ulgu, na havas bo‘laman senga,
Orzular armonga bo‘yalgani rost!
Sen kazo-kazoday qaraysan menga...
Tushun, men shunchaki
oshiqman, xolos!



©️Nodira Nazar

Senga🩵)

27 Jan, 20:44


Avval aniqlashtirib ol. Sen gʻururli bo'lmoqchimisan yoki baxtli?

Senga🩵)

27 Jan, 18:59


Men senga kerakmas, shuni tan ololsang bas, lek tan ololmaysan)

Senga🩵)

27 Jan, 18:01


O’rtada gina bor, araz bor ulkan
O’rtada g’urur bor bo’ylari baland
O’zing ayt! O’zing ayt, yoki shulardan
Kichkina edimi bizning muhabbat?

O’rtada sog’inch bor qudrati tengsiz
Va bostirib kelar xavotir buncha,
Aqlim bovar qilmas ular kuchli-yu
Bizning jur’atimiz ojizmi shuncha?

O’rtada qo’rquv bor vahima solgan
Biz qora hislarga asirmiz nechun?
Oppoq hislarmiz ulg’aysin endi
Bizni kishanlardan qutqarmoq uchun…

Katta jur'at kerak katta ishq uchun!

©️Mahliyo Karimova

Senga🩵)

26 Jan, 20:34


Yo'q, sen sevgidan ko'proqsan)

Senga🩵)

26 Jan, 12:45


Kimning ko'zlariga
quyoshday botib,
Kimning ko'zlarini baxtiyor etding?

Senga🩵)

21 Jan, 18:12


Танлов:

Ушбу пост изоҳида Достоевский сўзини қолдиринг. Ва Достоевский бобонинг бир китобини ютиб олинг.

Ғолиб эртага 21.00 да рандом орқали аниқланади. Барчага омад!

Ҳа айтганча, агар сиз каналда бўлмасангиз, ғолиб бўла олмайсиз. Шунинг учун каналга аъзо бўлишни унутманг!

@Dostoyevskiy_qaydlari

Senga🩵)

20 Jan, 14:19


yomg'irlar osmondan to'kilgan g'ussа
men esa o'zimni qilmay ehtiyot,
sensiz
soyabonsiz
osmonga o'xshab
faqat yig'lab o'tdim, jonim, umrbod.

shom payti qizarib botgan quyoshga
osilib ufqqa ham cho'kmoq istadim
vaqt esa doimo shoshgani shoshgan
gohi mangulikka uchmoq istadim

yillar kemirdilar rangsiz umrimni
egik boshim silab o'tdi shum qismat
men umr kechirdim, seni sog'inib,
yo'lingga ko'z tikib, yig'ladim faqat.

menda muhabbatdan aziz nima bor?
kulrang mavhumlikka etiblar ta’zim, -
oh, jonim, bu dunyo so’nggi yoʻq qimor -
oʻzimni qoʻyganman unda yutqazib….



©️Oʻktamoy

Senga🩵)

19 Jan, 16:27


Samandar (@stoik_kutubxonasi) bilan kanallarimizni exchange qildik.

Va menimcha U o'z ishini muvaffaqiyatli uddaladi: obunachilar va ulashishlar soniga qaraganda)

"bir kunlik admin" haqida fikrlaringizni shu post ostida yozib qoldiring.

Senga🩵)

19 Jan, 13:15


Sevimli depressiyam

Hozirgi kunda depressiya nimaligini bilmaydigan odam bo'lmasa kerak. Oramizdagi ko'pchilik hatto o'zini depressiyada deb o'ylashi mumkin. Balki shunday hamdir, eng to'g'risini o'zingiz yaxshi bilasiz. Lekin shuni unutmaslik kerakki, depressiya bu aqliy hastalik. Saraton qanchalik xavfli bo'lsa, depressiya ham shunchalik xatarli.

Yaqin-yaqingacha, ayniqsa, o'zbekzabon kanallarda depressiyasi bilan maqtanadigan, faxrlanadigan ahmoqlar bo'lardi. Depressiyani aqliy ustunlik, yuqori intellektuallik bilan bog'lashardi. Ammo bularning hammasi g'irt safsata. Depressiya gendan o'tadigan kasallik, o'qish-yozishni bilmaydigan qishloq odami bo'lsangiz-da, ajdodlaringizda bo'lgan bo'lsa, sizda ham bo'lishi mumkin. Nega shuni bila turib odamlar farzandli bo'lishadi, hech tushunmayman.

Ha, yana bir gap. Doimiy baxtsiz his qilsangiz yoki qo'lingiz hech bir ishga bormayotgan bo'lsa, hatto suidsid qilishgacha o'ylayotgan bo'lsangiz, bu sizni depressiyada ekanligingizni bildirmaydi. O'zingizga bu tashxisni qo'yish uchun manavi 9 ta depressiya belgisidan kamida 5 tasi sizda bo'lishi lozim:
1) doimiy baxtsiz his qilish;
2) kunlik mashg'ulotlarga qiziqish va zavqning ozayishi;
3) Ishtaxa o'zgarishi: ishtaxasizlik yoki ortiqcha ovqatlanish;
4) Tartibsiz uyqu: uxlashga yoki uyg'onishga qiynalish
5) Doimiy horg'inlik his qilish;
6) Gapirish va harakatlarda sekinlik;
7) O'zini qadrsiz va aybdor his qilish;
8) Diqqat buzilishi, qaror qilishga qiynalish;
9) Suidsid (o’zini o’ldirish) istagi.

Menda bularning hammasi bor, lekin shunda ham o'zimni qattiq depressiyaga tushgan deb hisoblamayman. Depressiya shunchalik tuslanuvchi kasallikki, unga chalingan millionta odamda million xil kechishi mumkin. Menda yuqoridagi belgilarning hammasi passiv holda kechadi. Ho'p, shunday ekan, nima qilay, nachora, yashayveramiz. Bu esa vaziyatni osonlashtiradi (men uchun). Chunki major (klinik) depressiya degan turi ham borki, undan xudoni o'zi asrasin. Yuqoridagi 9 belgi odamni shunchalik ko'p qiynab yuboradiki, ortiq o'zimni o'ldirib qutulsam degizvoradi. Bunday turdagi depressiyaga tushgan odam oylab xonasidan chiqolmasligi, yotog'idan kunlab turolmasligi mumkin, horg'inlik shunchalik bo'ladi. Oylab o'z joniga qasd qilishni o'ylab yurishi, yillab baxtsiz, yolg'iz, qadrsiz his qilishi mumkin. Va bu depressiya boshqa aqliy hastaliklarga ham yo'l ochishi mumkin; bipolar buzilish, shizofreniya va hokazo...

Ba'zi "psixologlar" depressiyadagi odamlarga qarab, 'sport bilan shug'ullaning, seving-seviling' degan maslahatlarni berishadiyu, bular menga o'xshagan passiv depressiyalilar uchun foyda berishi mumkin. Major depressiyadagi odam uchun o'rnidan turib tuvaletga bora olishi judayam katta natija, ishini bitirgach ketini artib olishi umuman boshqa bir natija. U odam qanday qilib sport qilgani zalga borsin?

Depressiya to'g'ridan-to'g'ri odamni o'ldirmaydi, odamni suidsidga undashi va shu orqali o'ldirishi mumkin. Lekin hamma depressiyaga tushganlar ham o'zini o'ldiravermaydi, psixoterapevt (psixolog emas) bilan muntazam ishlab, bir necha yillarda buni davolash mumkin. Shunda ham 100% ga emas, ruhiy qiyinchiliklarni balki 60-70% ga kamaytirsa bordir, lekin bu og'riqlar odamni bir marta boshiga tushdimi umrini oxirigacha yoqasini qo'yib yubormaydi. Shuning uchun, jiddiy aytyapman, agar depressiyada bo'lsangiz va avlodlaringiz haqida qayg'uradigan inson bo'lsangiz, antinatalist bo'ling va hech qachon bu dunyoga farzand keltirmang. Shopengauer aytganidek, "Farzandlarimga qoldiradigan eng katta merosim, ularni bu dunyoga keltirmaganimdir.”

Senga🩵)

19 Jan, 12:15


Arqon bilan o’zingni osishing yoki arg’imchoq yasab uchishing mumkin. Shuni unutma, hayoting iplari o’z qo’lingda.

Fyodor Dostoyevskiy

Senga🩵)

19 Jan, 06:28


“Jahlda edim, uzr so’rayman” degan gap qip-qizil yolg’on.

Freyd shunday degandi: “Jahl paytida aytilgan hamma narsa avvaldan o’ylangan bo’ladi.”

Ya’ni sen buni oldinam o’ylagansan. Shunchaki buni tilga olmaydigan darajada o’zingni bosib olganding.

G’azablanishing bilan eshiklar ochildi va ichingdagilar tashqari chiqdi.

Senga🩵)

18 Jan, 19:25


Kel meni o’p, o’pa qol
Qonaguncha to labim,
Faqat shodlik va visol
Bu hayotdan talabim.

To’nkarilgan qadahlar
Bizga emas bazm aro.
Bu dunyoda yasharlar
Faqat bir bor, dilrabo!

Shom pardasi ko’k, harir,
Falakka bir qil nigoh.
Sariq quzg’un misoli
Charx uradi ko’kda moh.

O’pgin meni, o’p tezroq,
So’nayotir hayotim.
O’sha ko’kda uchgan zog’
Sezdi mening mamotim.

O’lim asli haq ekan,
Mayli, endi o’layin,
Lek ko’z yumish oldidan
Lablaringga to’yayin.

To mangulik uyquda
Yangrab tursin har nafas
Mayin, tiniq, osuda —
«Senikiman» degan sas.

Doim to’la qadahlar
Sochib tursinlar ziyo…
Bu dunyoda yasharlar
Faqat bir bor, dilrabo!

Sergey Yesenin

Senga🩵)

18 Jan, 18:00


Bir kitob bo'lsayding — eng sevimlisi,
O'qib poyoningga yetib bo'lmasa.
Bir manzil bo'lsayding hech kim bormagan,
Men borsam, u yerdan ketib bo'lmasa.

Bir dengiz bo'lsayding ko'zlaringdagi
Har tomchi mehringga cho'kib ketsaydim.
Sen samo bo'lsayding, quyoshing bo'lib
Yerdan boshim olib senga yetsaydim.

Sog'inchsan — yulduzlar giriftor etgan
Bir ishqsan hattoki Layliga havas.
Qalbimga kirsayding bir mehmon bo'lib,
Qamardim yurakka yasatib qafas.

Qo'shiqsan — oshiqman har bir so'zingga
Jim turma, ovozing — jonimga taskin.
Gapirmay tursang ham qara ko'zimga
Ko'zlaring qalbdagi ishqingga maskan.

©️Feruza Aminova

Senga🩵)

17 Jan, 19:58


You're no good for me,
But baby I want you, I want you

Senga🩵)

17 Jan, 19:43


Ko'ramiz, sen orzularim amalga oshishiga sababchi bo'lasan yoki ular hech qachon boʻlmagandek ko'milishiga)

Senga🩵)

17 Jan, 19:34


Sensizlik — cheksizlik: chegarasiz yillar, cheksiz kunlar, daqiqalar, soniyalar, poyoni yo'q sog'inch, muhabbat, rashk, nafrat, uyqusizlik va bezovtalik.

Aslini olganda, menda hammasi yaxshi edi, bugungacha. Jin ursin, nimalar deyapman o'zi, o'sha oxirgi suhbatimizdan keyin menda hech narsa yaxshi emas, yaxshilashga urinyapman bo'lmayapti, qo'limdan kelmayapti. Boshida qasd olishdir, ehtimol yoki boshqa narsa 24 soat o'zimni nimadirlar bilan chalgʻitishga harakat qildim: reading, listening, sessiya, balo-battarlar. Hatto kundalik ham tuta boshladim ichimdagilarni odamlarga emas, qogʻozga aytish uchun. Endi eng og'ir nuqtaga keldiki, bularning hech biriga kuch ham xohish ham yo'q. Aqlimda nima bor bilmayman. Qalbim bo‘m-bo‘sh. Hech narsa yo'q edi, na qahr, na gʻazab, na alamzadalik hech biri. Ammo bugun barchasi o'sha ahmoqona tushdan keyin qaytadan uyg'ondi. Tushimda va oʻngimda tuni bilan yigʻlab chiqqanimdan so'ng menda rashk bor, muhabbat bor va eng yomoni qo'rquv bor. Seni boshqa inson bilan ko'rish qo'rquvi.

Bularning bari ahmoqona ekanini, bir-birimizga umuman mos emasligimizni yaxshi bilaman. Aldab nima qildim, men o'zimni sendan anchagina yuqorida ko'raman, o'zimni emas yo'q, o'rningda bo'lishi kerak bo'lgan insonni. U mening barcha ideallarimga to'g'ri kelishi kerak, lekin sen hech biriga to'g'ri kelmaysan, muhabbatimdan boshqa.

Yana aytmoqchi bo'lganim, o'sha ilk ayriliqdek og'riqni menga yana bir marta his qila oldirganingda edi, shubhasiz, o'shanda men nazmni emas, nasrni tanlar edim, hech kimim.

Senga🩵)

17 Jan, 17:00


Qog'ozlar ichiga ko'milib qoldim,
Og'ir kuy chalmoqda bo'g'zimdagi nay.
Mana o'tiribman benavo, bedil,
Xavotir olsam ham xabar ololmay.

Holing nechuk o'zi do'st-u hamrohim,
Ne uchun ko'ksingda kechmoqda janglar?
Ketdimi ko'zingdan qayg'ular rasmi,
Qoldimi ko'ksingda ilohiy ranglar?

Kel, meni qutqargil, jonim, azizim,
Bu hijron dastidan charchadim, toldim.
Men nega hislaring to'lqinidamas,
Qog'ozlar ichida ko'milib qoldim?!

©️Guljamol Asqarova

Senga🩵)

16 Jan, 19:48


"Biroz jilmay" deding...
Suratga tushirding,
indamay ketding.
Men esa...
yuribman
hanuz jilmayib.

©️Ehson Porso

Senga🩵)

16 Jan, 18:46


Orzudan yuz burib, horib o‘ylardan
Qishga zorman — hamma bo‘lganday bezor.
“Yomg‘ir tinadi” deb beruvding va'da,
U esa quymoqda sharros va takror..

Xonam oynasidan boqib faromush
Ko‘rganim ro‘yomi, haqiqat bu on?
Qachondir aytganding: “Hayot — misli tush”,
Uyg‘onib ketdim, lek tirikman hamon.

Ertangi kun esa rol berar o‘zga,
Telbavor jaranglar kulgularim ham.
"Sevgi — azob" devding tik boqib ko‘zga,
Xatodir so‘zlaring:
Sevgi - jahannam !


©️Anna Axmatova

Senga🩵)

15 Jan, 20:40


00:46

Butun boshli qo'shiqni ma'nosini tushunmasdan turib, faqatgina shu joyi uchun yoqtirish ahmoqlikdir, ehtimol.

Lekin ba'zan bilmaslik, ko'rmaslik, tushunmaslik, nafrat sevgi tomon yetaklaydi.

Senga🩵)

14 Jan, 17:48


Men qo'ng'iroq sochlarimni sen bilan birga ko'mgan ekanman, allaqachon)

Senga🩵)

14 Jan, 15:21


Menga nimadir yoz.
Hamon tirikman,
va yashab yuribman bir ilinj bilan.
Kunlarimni asrab o‘taman, bilsang,
Sen jilmayib turgan xotiralardan.

Bebaxt lahzalarning kechishi mushkul
Intiho izlayman kun-u oy osha.
Balki baxtning umri qisqaroq edi
Men yetmagan manzil — peshonanggacha.

O, kimning ko‘zida ko‘rindim bekam,
Yashash osonmidi ich-etimni yeb?!
Yaxshiman, deb o‘zni aldashim uchun
Menga nimadir yoz
omonmisan, deb.


⏺️Hilola Jo‘raqulova

Senga🩵)

14 Jan, 10:16


💕

Senga🩵)

13 Jan, 19:39


Qalbingizga yaqin she'rlar shu to'plam ichida)

Senga🩵)

13 Jan, 16:38


Va qaysidir baxtli qishda "Biz"🌟

Senga🩵)

13 Jan, 05:43


To‘ymay borayapman sog‘inchlaringga,
Qancha talpinsam ham senga shuncha kam!
Evohkim, bu ishqqa shuncha mahobat,
Shuncha kuch beribdi, Yaratgan egam!

Ozlik qilayapti hajringda kuyish,
Ming chandon ortiqroq kuygim kelyapti.
Eng buyuk muhabbat Allohni suyish,
Seni ozgina kam suygim kelyapti!

Oz menga azizim, ishon juda oz,
Hatto bir lahzaga tark etmas yoding.
Umrim chaqin kabi, sen esa jonim,
Abadiyat bo‘lding, mangulik bo‘lding!

Yetmaydi, hamisha bo‘lsang yonimda,
Aslo bosilmaydi intiq xumorim.
Jonim aro bo‘lgin, shirin jonimda,
Senga fido bo‘lmoq mutloq qarorim!

Ozlik qilayapti hajringda kuyish,
Ming chandon ortiqroq kuygim kelyapti.
Eng buyuk muhabbat Allohni suyish,
Seni ozgina kam suygim kelyapti!


⏺️Malika Tavfiq

Senga🩵)

12 Jan, 20:15


Hislarimni ko'zlaringga ko'mib qo'y...

Senga🩵)

12 Jan, 18:03


Endi tikanlimi bu erka yo‘llar,
Yo yo‘l tugadimi — endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi cho‘llar,
Endi begonaday "xayr" aytishmi?

Oh, qachon aldashga o‘rganasan sen,
Yuzingda kulgiyu labingda titroq.
Men uchun o‘rtanmay, o‘rtanasan sen...
Qo‘rqma! Tillarimda qolmadi so‘roq.

Ne qilay? Yurakdan bo‘shadi tanim,
Najot — ko‘nishdami, najot — o‘lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo‘lishga!?

©️Usmon Azim

Senga🩵)

11 Jan, 18:23


Derazani chertib yomg'irlar o'tdi
Kechagina bizlar qoldirgan izdan.
Parishon bog'larni tumanlar yutdi,
Sevgilim, ne kechdi xayolingizdan?

Tashlab ketganida ma'yus turnalar,
Ichida yig'larkan hatto tog'lar ham.
Sevgilim, nechundir bag'rim tirnalar,
Ko'zingiz nogahon tortmadimi nam?

Daraxt shoxlariga qo'nadi bir qush,
Yomg'irlar tagida ivib, junjikkan.
Balki u mendirman, ko'rayotib tush
Yana olislardan sizga ko'z tikkan.

Bir go'zal ishq edi bizning sevgimiz,
Yorug' lahzalarning ovozi tindi.
Qo'shilib kelganda xazonlar seli,
Sevgilim, kim bilan yig'laysiz endi?

Men-ku, o'lib bo'ldim, shudir ishq rasmi,
Ammo siz g'amlarga chidaysiz qandoq?
Sevgilim, sevgilim, og'ir emasmi
Bir go'zal sevgini topib, yo'qotmoq?

....Sevgilim, kim bilan yig'laysiz endi?...

©️Zebo Mirzo

Senga🩵)

10 Jan, 20:01


Mening senga umuman ehtiyojim yo'q. Tushunsang-chi axir, men yolg'iz o'zim ham baxtsiz bo'la olaman...

©️Sabohiddin Ali

Senga🩵)

10 Jan, 15:38


Men chiroyli edim seni sevgan payt,
Oynaga bir kunda yuz bor qarardim,
Tun kabi tim qora kokillarimni,
Sening barmoqlaring bilan tarardim.


Men chiroyli edim oshiqligimda,
Ko‘zing ko‘zgusidan uzolmasdim ko‘z.
Devona qilgandi sen bilib-bilmay,
Aytib qo‘ygan o‘sha bittagina so‘z.


Gerdayib yurardim malikalardek,
Necha shahzodalar izimda sarson.
Hammadan badavlat, hammadan baxtli,
Hammadan chiroyli edim men, ishon!

Endichi...
Kuz cho‘kdi bahorlarimga,
Kunlarim qorong‘u tunga aylandi.
Ishimda rivoj yo‘q, yo‘limda unum,
Oyog‘im boylandi, qo‘lim boylandi.

Yuzlarim qiyosi so‘liyotgan gul,
Bir-bir yaproqlarim to‘kilmoqdalar.
Umidlar eskirgan chuldir matodek,
Hamma choklaridan so‘tilmoqdalar.

Qorlar yog‘ib berdi kutilmaganda,
Qaro sochlarimga tashlab izlarin.
Asar ham qolmadi ohuligidan,
So‘nayotgan shamga o‘xshar ko‘zlarim.

Men chiroyli edim, seni sevgan payt,
Qashqirlar chang soldi ishqim baxtiga,
Sen meni munosib bilmadingmi,ayt.
Ko‘ngling mamlakatin taxtiga...

©️Malika Tavfiq

Senga🩵)

09 Jan, 21:17


Aslida sevgi kipriklar orasida yashiringan bo'ladi, lekin negadir odamlar uni lablardan qidirishadi...

Senga🩵)

09 Jan, 20:25


Sensiz yuragimda armon qoldi, sevgilim)

Senga🩵)

09 Jan, 06:11


Sog‘inmayman deysiz ...
Aldamang!
Termulasiz suratimga jim!
Yig‘layapsiz???
Xijolat bo‘lmang,
Yo‘q ko‘rmadi,ko‘rmadi hech kim!


Quvmang bekor,
Rosti foydasiz,
Ismim kezar lablaringizda.
Qayga bormang, qaysi joydasiz,
Xayolingiz hamisha manda!
Badjahlsiz!
Asablar tarang,
Har narsadan topasiz ayb.
Siz ko‘zguga yaxshilab qarang,
Kimdir qarab turar mung‘ayib.

Unutganman deysiz...
Afsuski,
Bir lahzaga o‘chmadi yodim!
Qulog‘ingiz ostida mudom,
"Ketmang!" — degan so‘nggi faryodim!

Qaytmoqlikka qo‘ymaydi g‘urur,
Istak bilan qirpichoq har kun.
Bilaman-ku, sog‘inch neligin,
Bunga qanday chidamoq mumkin?!
O‘tayapti shunchaki umr,
Yuribsiz-da qismatga ko‘nib.
Bu dunyoda yetmasa sabr,
U dunyodan umidvor bo‘lib!

©️Malika Tavfiq

Senga🩵)

08 Jan, 20:02


Aldab nima qildim, ichida men bor suratlarning birortasi ham senda bo'lishini istamayman)

Senga🩵)

08 Jan, 19:30


Shunchaki U'ni qo'yib yuboring. Qaytsa — sizniki, qaytmasa hech qachon sizniki bo'lmagan...

Senga🩵)

08 Jan, 19:30


Sen shuncha masofa, shuncha toʻsiqlar, shuncha taqiqlarga qaramasdan meni azoblashda davom etyapsan?

Qiziq, qanday uddalayapsan-a?

Senga🩵)

08 Jan, 18:00


Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to‘zg‘in buluti bilan,
Nimta oyi bilan,
Hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg‘irlari bilan,
Sellari bilan,
Gullarni uyg‘otgan yellari bilan — Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim, Ko‘ngling ravshan bo‘lsin —
Chirog‘i bilan,
Bedorligi bilan,
Charchog‘i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.

Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.
"Mana, olgin, dedim,
Hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir,
Mana bu-chi — baxt..."
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.

Sevgilim, podshohlar senday saxiymas —
Menga bahori yo‘q kuz keltirding sen. Yana osmoni yo‘q ro‘z keltirding sen, Sevgilim, podshohlar senday
saxiymas.
Qatra iqboli yo‘q kuz keltirding sen.

Endi ikkimizda hamma narsa bor!
Qani, ketdik, jonim,
Bel bukilguncha,
Tomir uzulguncha,
Jon to‘kulguncha...
Yashashga iqrormiz, o‘limga iqror.

©️Usmon Azim

Senga🩵)

07 Jan, 18:36


O'zingga savol berchi? Sen U bilan hattoki shularga ham tayyormisan?
Javobing "ha" bo'lsa, sevgi sening ichingda...

Senga🩵)

07 Jan, 18:23


Bir-birimiz uchun yaralmaganimizning eng to'g'ri isboti:

Ikkimiz ham bir kitobni o'qiymiz. Lekin har xil tuyg'uni his qilamiz, ostiga chizib, belgilagan iqtiboslarimiz turlicha.

Senga🩵)

07 Jan, 16:24


Yo‘q, biz sevishmadik,
Dardlashdik, xolos…
Dardlashish – sevishish degani emas.

Axir o‘ylab ko‘rgin, azim Toshkanga
O‘qigani keldik, sevgani emas.

Men senga “sevaman” desam, bu – yolg‘on,
Sening ishonganing – eng og‘ir xato.
Chunki sof sevgiga bog‘langan inson,
Sevaman deyolmas yoriga aslo.


Sen menga ishonma,
Ko‘nglim – xiyobon…
Har kun yurib o‘tar undan qanchasi.
Har kecha tinmagan daydi shamolday
Kezar unda ishqning singan parchasi.

Ha, biz sevishmadik,
Ishq ko‘chasidan
Dardkash telbalardek yurib o‘tdik jim.
Taqdirimiz qanday xotima topar?
Aytib berolmaydi hech bir munajjim.

Dardimni yukladim dardingga qo‘shib,
Qalbingdan bosh olib, darbadar ketdim.
Yozgan xatlarimni burdalab tashla!
Senga arzimayman – tushunib yetdim…

©️Xurshid Abdurashid

Senga🩵)

06 Jan, 19:04


"Ket — deysan (titraydi qo'llaring),
— Charchadim ko'nglingga qarashdan".
"Xo'p — deyman (ketishga yo'q imkon),
— Ketaman, ketaman, ketaman".

Baxt bizga bir qiyo boqmadi,
(Men axir baxtliman sen bilan).
Ketishdan boshqa yo'l qolmadi,
(Ketish bu — qaytishga ilk qadam).

Men sendan charchadim, inongin,
(Sensizlik — eng qo'rqinch tush, bilsang).
Biz keldik manzilning so'ngiga,
(Bir umr tirgakman yiqilsang).

Dilozor bo'ldik-da chunonan,
Bunchalar zo'r berdik kurashga.
Azizim, xo'sh, endi ne deysan,
Qavslar ichida yashashga?!

💙Ma'suma Obidjonova

Senga🩵)

06 Jan, 16:05


Koʻrdingizmi, qayta koʻrishmoq
Azobining koʻzyoshi totligʻ.
Na tazarru, na-da urishmoq
Zavq bermaydi koʻngilga ortiq.

Koʻrdingizmi, parvozdan karaxt
Burgutlarning qismati shunday –
Qancha baland uchganin faqat
Qulayotgan vaqtda tushungay!

Koʻrdingizmi, Xudo mehribon,
Bizga berdi mayin ayriliq,
Sizdan sovib ketmadim hamon,
Isboti shu –
Soʻzlarim iliq…

Mendan oʻtdi. Iqrorman. Uzr.
Bilishimcha, yuragingiz gʻash.
Koʻrdingizmi, naqadar huzur
Kimnidir jim qizgʻonib yashash?


©️ Shahriyor Shavkat

Senga🩵)

05 Jan, 16:08


Xayolimda sen faqat qayda bo'lsam)

Senga🩵)

04 Jan, 09:19


Uygʻonib ketaman bemahal,
Koʻzlaring tushadi yodimga,
Soʻzlaring tushadi yodimga,
Va nafrat kezadi darbadar.

Qotilim...
Johilim...
Koʻzlaring —
Allalar, allalar koʻzimni.
Oʻzingga buyursin oʻzlaring,
Sen menga qaytib ber oʻzimni!


Boʻgʻilib bugʻlanar derazam,
Uflayman, uh tortib uxlayman.
Uxlab ham bir seni oʻylayman,
Ming oʻlib tirildim...
Oʻlmayman!

Jon berib bormoqda kulgichim,
Voh, seni oʻylasam kul ichim,
Ista kir, ista yoʻq, ista qoch,
Ismingni bastalar — kuy ichim.

Men seni eslamas yodingman,
Uzoqqa haydagan yoningman,
Eng oniy lahzaga sovrilib
Sochilgan yuz boʻlak yo mingman...

Koʻzlaring, baribir koʻzlaring...

Dengizim, sohilga oqqanim,
Koʻzimas, koʻngliga boqqanim,
Jim qarab jim qadab koʻnglimga-
Muhabbat mixlarin qoqqanim.
Qalbimga ishqingdan oʻt qalab
Jonimni kuydiri-i-i-b yoqqanim.

Qaddim togʻ.
Qalbim toq.
Dil vulqon.
Oʻzimdan Oʻzingga ketyapman.
Nafratim egasi ey, Inson
Soʻzingdan Soʻzimga ketyapman

Oh, nega koʻzlaring oʻylasam...

©️Durdona Bobomurodova

Senga🩵)

03 Jan, 18:17


Yoki sizning yurtda yog'maydimi qor?
Qo'llar muzlamasmi misoli ko'zgu.
Nega siz tomonda abadiy bahor?
Biz bitta osmonning ostidamiz-ku!

Senga🩵)

03 Jan, 17:22


​​Qoʻngʻiroq... Chinqirar ismingni aytib,
Eshikni ochaman... titrab bemador.
Sen uzoq kutganday ketasan qaytib,
Tashqarida esa yogʻayotir qor.
Qoʻllaringdan pastga tortar zinalar,
Kutmagan mezbonday turardim atay.
Yigʻlashga qoʻymaydi bizni ginalar, Men ado boʻlgandim... senga yigʻlamay.
Qarshingda... poyingga choʻkolmayman tiz,
Sogʻinchim boʻgʻzingda toshgani bilan.
Azizim, ketishing kerakligini
Hatto sezib turar oyoqlaring ham.

Ortingdan bormadim yoʻlaklar kabi,
Poyingga oʻzini tashlaganda qor.
Eshikka suyanib yigʻladim... Hali
Erta bahor kelar... keladi bahor...
Qoʻngʻiroq... Chinqirar ismingni aytib.

©️Xosiyat Rustamova

Senga🩵)

03 Jan, 04:55


Ular oshiqlikni mendan oʻrgansin)

Senga🩵)

03 Jan, 04:52


Yo'llar hech qachon sen tomon eltmas)

Senga🩵)

02 Jan, 19:23


Keragidan ortiq keraksan menga...

Senga🩵)

02 Jan, 15:57


Gar tutsang
yelkangga bosh qoʻyib
Koʻzimga hislarni belayman

©️

Senga🩵)

01 Jan, 12:16


Xo'sh, endiyam aytchi: hozir bo'lmasa qachon?

Senga🩵)

31 Dec, 19:00


Men kutdim...
Oxirgi daqiqagacha,
Nima bo‘lganda ham yangi yil, axir.
Tabrik yo‘llashingga izn bermadi,
Bizni ikki yo‘lga yo‘llagan taqdir.

Men kutdim...
Umidga to‘lib vujudim,
Shodon chehralarga termulib hissiz.
Minglab chiroqlarin yoqib, ohista,
Yangi yil kelmoqda sensiz, sevgisiz.

Men esa kutishdan kecholmadim voz,
Xar kelgan xabardan yurak potirlab.
Bir og‘iz tabrikka arzitarsan deb,
Qo‘yarsan nomiga menga baxt tilab.

Bilardim, qachonlar yodingda yo‘qman,
Hatto raqamlarim bo‘lganlar unut.
Soat o‘n ikki bor urayapti bong,
Kut! Kut! Kut!

Sensiz kelgan bo‘lsa, kelsin, nachora,
Yo‘lingga to‘kilsa, to‘kilar ko‘zim.
Faqat sen baxtiyor bo‘lishga so‘z ber,
Yangi yil muborak bo‘lsin, azizim!


©️Malika Tavfiq

Senga🩵)

31 Dec, 09:58


Bir-biriga osmonning rasmini jo‘natish bu — sevgi tili ekan.
Siz ham hoziroq unga osmoningiz rasmini yuboring🌅

Senga🩵)

30 Dec, 19:36


Nimadir quyilib ketdi ko‘zimdan,
Yaxshiyam, Siz borsiz!
Jon yo‘q jonimda!
Qancha urinmayin sig‘dirolmadim –
Ko‘zyoshlar sig‘madi chamadonimga.


Bizning o‘rtamizdan shoshib o‘tar vaqt,
Tunlarga urilib ketadi yillar.
Aeroport. Ikkimiz yig‘layotgan payt.
Muhtasham Londonda yog‘ar yomg‘irlar…

Noyabr, qarama, ko‘zim bir oz nam,
Va yana navbatda turibman shoshib.
Atrofga qarayman havotir bilan –
Inglizcha so‘zlarni bag‘rimga bosib.

Xorijlik ayolning farzandlari sho‘x,
Bir qizi o‘zini otar men tomon.
Onaning qo‘lidan yulqinib chiqib,
Sumkamni o‘ynaydi qo‘ng‘irsoch o‘g‘lon.

Bir oz unutaman dunyoni, sizni,
Aqlimni o‘g‘irlar mana shu fursat.
Mudom tarafimni oladi mani,
Mudom men tarafda turadi qismat.

Kirdi-chiqdi bo‘lib qolganmi esim?
Xayol o‘zimdamas. Kim kular-yig‘lar?
Men chiqib ketaman dunyodan sekin –
Hattoki payqamay qolar yomg‘irlar.


©️Xosiyat Rustamova

Senga🩵)

30 Dec, 19:02


Men ertadan yashay boshlayman,
Va sevmayman seni ertadan.

Senga bogʻliq xotiralarni
Oʻchiraman bitta-bittadan!

Erta kelsa, turib tong sahar,
Eng chiroyli koʻylagim kiyib.
Bogʻimdagi atirgullarni,
Yuzlaridan oʻpaman suyib!

Men ertadan, ertangi kundan,
Faqat kulib yashay boshlayman.
Yoding oʻchmas xayollarimni,
Miltiq olib qirib tashlayman!

Erta kelar, Xudo xohlasa,
Meni koʻrib hamma boʻlar lol.
— Tinchlikmi, – deb, imkoni boʻlsa,
Hech kim menga bermasin savol!

Erta kelsin, aytganim aytgan,
Dunyosiga kelgum qaytadan!
Hammasi oʻz oʻrnida qolar,
Lek sevmayman seni ertadan!

Bugun seni sevib turaman,
Yana bir kun chidash  ish emas!
Ertagacha bardoshim yetib,
Ertagacha yashay olsam bas!

©️Malika Tavfiq

Senga🩵)

30 Dec, 18:50


"Biror narsa bo'lsa yoz", — deganding… Ko'p narsa bo'ldi, yozolmadim…

Senga🩵)

30 Dec, 18:39


Суратларингни ёқиб юбордим…
Мусиқа тингламай қўйганман
аллазамонлардан буён.
Кўз ёшларимни қайта — қайта
ичкарига қамайверяпман.
Яна…
Яна яшаяпман!
Нафас олгим келмаса ҳам,
Яшайверяпман!
Осмонни яқин қилиб қўйдим,
Ерни юмшоқроқ.
Армоннинг номини сочимга боғлаб,
Жамалак қилволдим ярашмасада!
Соатларга қарамаяпман,
Ойнанинг юзига дастрўмол ёпиб,
Суратларингни,
суратларимизни юбордим ёқиб…
Унутмаслик учун Сени ўлгунча…

• Феруза Ҳайруллаева

@uyo_buyoo

Senga🩵)

29 Dec, 19:18


Seni sog‘inmayman. Qarorim qat'iy.
Sabrim hali yetar sensiz yashashga.
Senda ham zorlik yo‘q, ko‘zingdan sezdim
Men tomon bir bora kulib qarashga.

O‘rtada sevgi yo‘q.
Yuraklar bo‘m-bo‘sh.

Ko‘zlarim sendan ham boshqani ko‘rar.
Yurakmi...
Yurak ham emas bezovta,
Ismingni aytmay ham tinchgina urar.

Sening ham qalbingda menga o‘rin yo‘q
Yuragingdan o‘zga boshpanam bisyor.
Axir har tomoni huvullab yotgan
Qaqroq yuragingda menga nima bor?

Bitta gap tilimda...
Sukut aylagin
Osmonga bir zum sayr etdim-u qaytdim.
Nega ko‘zlaringda halqalandi yosh
Yolg‘onni qanchalar chiroyli aytdim?..

🥥Xurshid Abdurashid

Senga🩵)

29 Dec, 19:00


Kutaman, kelmasang dunyodan yolg'iz o'taman)

Senga🩵)

29 Dec, 16:44


Senga oid hammasini bilaman, sochingdan tirnogʻingni uchigacha derdi.
Men bugun adashtirdim.
Uni qoʻllari juda tanish, tuta olmasdan ming marta termulganman, ammo, bugun bir koʻrishda bu qoʻlning egasi U deb oʻyladim.
Unutish shunday boshlanar ekanda...

⏺️kinodan

Senga🩵)

29 Dec, 16:37


U — chindan ham uchinchi shaxs birlik. Faqat sen va men, birgalikdagi Biz bormiz)

Senga🩵)

28 Dec, 09:15


Bu qolib ketsa bo'lmasdi)😍

2024-yil davomida men bilan bo'lganingiz uchun tashakkur😍

Senga🩵)

27 Dec, 16:40


Qanchadir muddatga eski yoziqlar bilan ovuning.
Qisqa tanaffusga ehtiyojim bor.

Yangi yildan keyin barchasini yangidan boshlaymiz, nasib)

Senga🩵)

27 Dec, 16:38


Men sevishni bilmaganman, hozir ham bilmasman, ehtimol. Hozir kel-da menga seni sevishni oʻrgat)

Senga🩵)

27 Dec, 15:41


Men ulardek boʻlolmayman, azizim)

Senga🩵)

27 Dec, 15:39


Qizlar doimo bir-birovlarining sevgi tarixiga qiziqishadi. Va boshqa qizlarning sevgisini tugatish uchun qoʻllaridan kelgan barcha ishni qilishadi)

Senga🩵)

27 Dec, 13:57


Sen qarayotgan inson sendan koʻzlarini yashirayotgan boʻlsa, demak u yerda senga atalgan nimadir bor...

©️ Fyodor Dostoyevskiy

Senga🩵)

27 Dec, 10:28


Begonalashyapman. Uyimdan, xonamdan, sendan. Sen hatto meni o'zimdan uzoqlashtiryapsan. Jin ursin! Barchasi ko'zlaringni, tabassumingni qayta ko'rishdan, qo'llaring taftini his etishdan, ovozingni eshitishdan boshlandi, qaytalandi. Uyimga qaytayotganimda qanchalik baxtiyor edim, telbalarcha. Endi esa esdan ogʻyapman avvalgidek. Rashk oʻtida jizgʻanak bo'lib yonyapman, yondiryapsan.

Bularning barchasi aytilmaydigan, qog'ozga-da sig'maydigan hislar. Hattoki, senli tushlarimda ham baxtli emasman ortiq, baxtli boʻlolmayapman.

Bugun judayam ko'p xotiralarga koʻmildim. O'sha sendan arazlagan, sen esa yarashish uchun chora izlagan xonalarga bordim, birga muzqaymoq yegan ko'chalarimizdan yurdim. Hislarga koʻmildim. Hislarim meni ko'mdi.

Va shu lahzalarda angladimki, Biz hech qachon "Biz" bo'lmaganmiz, bundan buyog'iga ham bo'lolmaymiz. Biz faqat "Sen" va "Men" bo'la olamiz, abadulabad.

Sen hech qachon mening U'yim bo'lolmaysan. Men esa seniki bo'lmayman, umrbod.

Bir umr ko'zlaringni ko'rish baxtidan mosuvo bo'lgandirman, ehtimol. Balki umrbod qalbingdan hissizlik tomon surgun qilgandirsan meni.

Hatto ko'chalar, chatlar ham bizni tasodifan uchrashtira olmaydi. Sen ham buyog'iga yoziqlarimda boʻlmaysan. Men esa xotiralaringda ham boʻlmayman. Aslini olganda hech qachon boʻlmaganman.

Men tomonda sovuq shamollar, xazonlar, zulmat. Barcha yorugʻlik, iliqlik, bahor sen tomonda. Ikki qutbga ayrilganmiz, bir umrga)

Senga🩵)

27 Dec, 04:29


Tez-tez chalinadigan kasalliklarim bor. Shunchalik tez chalinganimdan qanday davolashni o'zim yaxshi bilaman)

Senga🩵)

26 Dec, 13:50


Shunchaki birinchi muhabbatingni tanlashda adashma)

Bir umr yuragingda qoladigani o'sha bo'ladi.

Senga🩵)

26 Dec, 13:35


​​Qarg‘alar ham boqar bepisand.
Qara, jonim, ko‘cha chiroyli –
Sen ham oyna oldidamisan?!
Osmon oppoq,
Yer juda mayin,
Balki qorqiz yasarsan qordan.
Senga qanday yetib borayin,
Yo‘llarimni qor bosib qolgan.

© Xosiyat Rustamova

Senga🩵)

25 Dec, 18:38


"Bana ne yaptın"

Menimcha, ayni daqiqalar uchun eng mos qo'shiq.

Senga🩵)

07 Dec, 17:38


Mana, men ketyapman!
Ketishim tayin.
Viqor-la qarshingdan oʻtyapman bu on.
“Qayoqqa ketyapmiz?!”
Hech anglolmayin,
Ortimdan toʻngʻillab borar jomadon.

Mana, men ketyapman!
Oʻylayman shu choq:
Nimadir boʻlsaydi, nedir boʻlsaydi.
Dunyo termuladi begʻam, erinchoq,
Aksiga olganday hech ne boʻlmaydi.

Mana, men ketyapman!
O, nedir boʻlsa!
Yuraklari yonib ketsa kimningdir.
Pichirlar ul eski jomadon esa:
“O, unga baribir, unga baribir!”

Mana, men ketyapman!
Ketishim – isyon.
Balki yengilmogʻim azaliy taqdir.
Menga madad berar eski jomadon:
“O, senga baribir, senga baribir!”

Senga🩵)

06 Dec, 16:26


Turmush qurish qo'rqinchli, agar u like bosgan reelslar mani xafa qila olsa)

Senga🩵)

06 Dec, 16:16


— Mendan uzoqlashmang...
— Nega?
— Sizsiz ham yashay olishim mumkinligini tushunib qolyapman)

Senga🩵)

05 Dec, 20:20


Barcha uyqusiz tunlarimning sababchisi — sensan)

Senga🩵)

03 Dec, 19:26


Gʻamning yaydoq otiga mindim,
Yugani yo'q, uzangisi yo'q.
Bir dard bilan og'ridi ko'nglim,
Lekin sira tuzalgisi yo'q.

Bu dard bilan ko'zlarim bedor.
Sen ham bedor iztirob bilan.
Kel, ikkimiz bo'laylik bemor,
Kel, yashaylik bitta dard bilan.


Kel, ko'zimda oshiyon yasa,
Kel, Ko'nglimga ko'z tikkil, oʻgʻri.
Men yashagan qayg'uni yasha,
Men chalingan dard bilan og'ri.

Sen qush bo'lsang, bag'rim — osimon,
Sen — nilufar, ko'zyoshlarim ko'l.
Yutqizmayin desang, yorijon,
Men chalingan dardga taslim bo'l.


Ozodlikdir unga tutilmoq,
Unga qulluq qilish tamkindir.
Bu daryodan cho'kib qutulmoq,
Taslim bo'lib yengish mumkindir.

Qoq yurakka qadalgan dard bu,
Bir umrni aylar chirpirak.
Ikki dilga atalgan dard bu,
Yengolmaydi uni bir yurak.


Kel, ikkimiz bo'laylik bemor,
Kel, yashaylik bitta dard bilan.

©️Mansur Jumayev

Senga🩵)

03 Dec, 19:05


Mening yangi yilim sen hayotimga kirgan kundan boshlanadi)❄️

Senga🩵)

03 Dec, 18:58


Shunchaki ba'zan bizsiz huvillab yotgan Parij koʻchalariga rahmim keladi)💘

Senga🩵)

02 Dec, 17:50


Nega qoʻlqop kiymading, axir,
Axir nega bosh kiyiming yoʻq.
Yana meni rashkda kuydirib,
Yuzlaringdan oʻpadi sovuq..


Kumush Oʻsarova

Senga🩵)

01 Dec, 19:18


Ha, azizlar, bu oxirgisi edi)

Senga🩵)

01 Dec, 19:18


🪻

Senga🩵)

01 Dec, 19:16


🎈

Senga🩵)

01 Dec, 19:15



Senga🩵)

01 Dec, 19:07


🌸

Senga🩵)

01 Dec, 19:04


bilaman bunaqasi faqat reelsda bor)🧚‍♀

Senga🩵)

01 Dec, 18:52


— You're dumb
— I can be that)🤍

Senga🩵)

01 Dec, 18:44


Not little🌑

Senga🩵)

01 Dec, 18:41


Actions🌟

Senga🩵)

11 Nov, 17:47


Some people fall in love with the wrong people sometimes)

Senga🩵)

11 Nov, 17:14


Birga siqilamiz)

Senga🩵)

10 Nov, 19:06


Psixologiya deydi: butun qalbing bilan sevgan insonni unutish uchun 15 oy 27 kun kerak bo'ladi.

Shunda seni faqatgina qalbim bilan emas, butun vujudim bilan sevgan boʻlamanmi?

Senga🩵)

10 Nov, 16:01


OSIY

Falsafa toʻqiysan har kuni yangi,
Qasamlar ichasan, tavba-tazarru.
Koʻkka yalinasan hislaring gangib:
“Etaging ochilmay turib tozar, ruh!”

Yomgʻirlar oʻtadi zoringni yuvmay,
Badtar hayajoning yondirar taqiq.
Joninga joylashdim izingdan quvmay,
Haydasang — Sanʼonman, oʻldirsang — shahid.

Chirqirab koʻzimdan izlaysan najot,
Oʻpasan va yana tavba-yu qasam...
Kechir, istagingni keltirmam bajo,
Oʻzimga tegadi ishqni qargʻasam.

Qayga ham qocharding, bu qismat — qamal,
Qalbing qutqarolmas dev, uchar gilam.
Dunyo koʻtarolmas gunohing sabab,
Xudo urib qoʻygan seni men bilan.


🥥Jontemir

Senga🩵)

08 Nov, 17:09


Seni uchratsam,
Kulib yuboraman deb oʻylagandim,
Nega kulish esimga tushmayapti?

Seni uchratsam,
Yigʻlasam kerak deb oʻylagandim.
Nega endi turibman?
Nega yuragim muzlagan?

Seni uchratsam,
Yer tortish kuchini yoʻqotadi, deb oʻylagandim.
Nega yer qaʼriga
tortmoqda
meni?

Seni uchratsam,
Uchib ketaman deb oʻylagandim.
Qayga uchay? Osmon negadir
oyogʻimning ostida
chil - parchin.

Seni uchratsam,
Aqldan ozaman deb oʻylagandim -
nega aqlim bunchalar joyida?
Beharakat -
qilt etmaydi...

Menga nima boʻlgan?..
Men kimman?
Yo sen boshqamisan?
Yo odamni tashlab ketsa,
roʻy beradimi
shunday hol?

©️Usmon Azim

Senga🩵)

07 Nov, 19:16


Ошиқмиз. Эмасмиз ёш-қари.
Мен ҳаддан ташқари севаман сени,
Сен мени севмайсан ҳаддан ташқари.

©️

Senga🩵)

07 Nov, 19:13


Ezilib-ezilib yomg'irlar yog'di,
Ezilib-ezilib ado bo'ldi jon.
Kechani gohida chaqmoqlar yoqdi,
Gohida "oh" urding – o'rtandi jahon.

Umring qorong'u ko'chalarida
Muhabbat-u nafrat horg'in kezindi.
Bahorning yomg'irli kechalarida
Ezildi... ezildi... yurak ezildi.

Taqdirning beomon shiddat yomg'iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg'irning yo'qdir oxiri –
Ezilib yig'laydi so'nggi ongacha.

So‘z kimga keradir? Lab ochmagin! Jim.
Taqdir so'zga loyiq qoldirmadi sir –
Men ham yomg'ir kabi bir yog'ib o'tdim,
Sen ham yomg'ir kabi yig'lab o'tding bir...

🥥Usmon Azim

Senga🩵)

07 Nov, 13:54


Bizlar uchrashmagan edik hech qachon,
Nechun qayta-qayta ayrilaverdik?

©️

Senga🩵)

07 Nov, 13:09


Endi "Kirka" va "Nyu-York trilogiyasi" sizda ham bo'ladi

Buning uchun quyidagi ikki qadamni qo'ysangiz kifoya:
1. @stoik_kutubxonasi va @unga_atalgani kanaliga obuna bo'ling.
2. Post ostidagi "Qatnashaman" tugmasini bosing.

Botni o'zi random tarzida bir kishini aniqlab beradi. Konkurs 10-noyabr 18:00 gacha davom etadi.

Barchaga omad.

Senga🩵)

05 Nov, 17:52


She'rlarning eng kulminatsion nuqtalarini topib joyladim.

Qiziqqan inson qayerdan boʻlmasin topib, oʻqishiga ishonchim komil🍃

Senga🩵)

05 Nov, 17:51


🥥Faqat
chidolmaysan
sendan boshqa birov
koʻngil qoʻysa
sen suygan yorga.

🥥Bahorga aylantir qishni ham, axir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!

🥥Seni qanday sevib qoldim,
Xudo haqqi, bilganim yo‘q!


🥥Nay bir qamish, navosiz qolsa,
Yashash ham dard, davosiz qolsa.
Ketmagil, men – Odam, sen – Havo,
Odam o‘lar havosiz qolsa.


🥥Ming yilkim,
Inondim
Bitta ertakka.
Ming yilkim
Soʻrayman
Axtarib taskin:
–Kelarsiz?
–Borarman!
–Qachon?
–Ertaga!
...ammo ertasi yoʻq
bugunlarimning...

©️Mansur Jumayev

Senga🩵)

05 Nov, 17:46


Qayerdadir eshitdim va kun bo'yi xayolimdan ketmagan qo'shiq)

Senga🩵)

05 Nov, 15:35


Sen shunaqa taqinchoq bermaguningcha, boʻynimga hech narsa taqmaganim bo'lsin)🫂

Senga🩵)

05 Nov, 14:37


Kunduzlar kechaga aylanib qoldi,
Yana boshimizga yugurdi to'fon.
Sendan ayrildim-u...
Sen bilan qoldim –
Yomon.

Yomon!
Yashash mengzar bosinqirashga,
Ko'zingda yosh yo'qdir yig'lamoq bo'lsang.
Yurakni otsang-u qirg'in taloshga –
O'lsang.

O'lsang!...
Shunday o'lsang..
Shu qadar o'lsang,
Dunyoda qolmasa bir tola sezging.
...Faqat bosh tortsa bas seni ko'mishdan
Sevging.

🥥Usmon Azim

Senga🩵)

04 Nov, 19:11


O'lsang!...
Shunday o'lsang..
Shu qadar o'lsang,
Dunyoda qolmasa bir tola sezging.
...Faqat bosh tortsa bas seni ko'mishdan
Sevging.❤️

Senga🩵)

04 Nov, 15:20


Hayallab ketadi tashrifing
Ko'nglimga xavotir oralar.
Ortimga qaytaman umidsiz
Sen kelmas yo'llarni qoralab.

Xazonli bog'larni kezaman
Yaproqdek keladi qulagim.
Men sening qoshingga yetguncha
To'kilib ketadi yuragim.

Kelsayding xazonlar oralab
Hamonki yo'lingga maxtalman.
Qachondir qaytsang-u yo'q bo'lsam
Iltimos, hech qachon axtarma.


🥥Durdona Bahodirova

Senga🩵)

04 Nov, 10:50


Oʻzing tushundingku)🫂🤍

Senga🩵)

04 Nov, 02:07


Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Shiringina joning omonmi?!
Unutdingmi, sogʻindingmi yo,
Seni yaxshi koʻrgan “yomonni”.

Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Gapirmaysan, termulasan jim.
Muammolar yoʻqmi ishqilib,
Ranjitdimi yoki biron kim?!

Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Kuni bilan oʻrtar xavotir.
Sendan biron habar bermaydi,
Tushlarimda siylagan taqdir!

Bilsang, seni sogʻinmay qoʻydim,
Yuragimni tosh qildi gʻurur!
Bu sevmayman degani emas....
Mayli...
Tushlarimga kirib tur!

Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Shiringina joning omonmi?!
Unutdingmi, sogʻindingmi yo,
Seni yaxshi koʻrgan “yomonni”...

©️Malika Tavfiq

Senga🩵)

03 Nov, 14:19


His love language🤍

Senga🩵)

03 Nov, 14:19


Kechiraman...

Yolvorishing shartmas,
shartim tugagan...
Ar(a)zimni qarzday o‘chiraman men.
Osmonni o‘rtaga olib olma tan
Yerga qarasang ham kechiraman men.

Ko‘zyoshmi,
qo‘ysang-chi, kimga kerak u –
Dalli odamlarning suygan maslagi.

Yig‘lagimmas,
o‘shal esim yegan hu-uv
Kunlarni eslagim kelar, eslagim.

Ko‘ngil so‘rasang ham
kechiraman men.

Zikri ziyoratlar bo‘larmi qabul,
Toki qovushmasa ko‘ksimiz mulki.

Oy – yordan gumona bilan qolgan tul,
Uning nimasiga sig‘inish mumkin.

O‘lim tilasang ham kechiraman men.

Tushun, yoding tushib mening yodimga
Sindirar yettinchi ko‘kdagi kursim.
Chap yelkamda sening gar boshim tursa...
(Mayli, o‘ng yelkamda Tyan-shan tursin)

Kechir demasang ham
kechiraman men.

🥥Rashid Xo‘jamov

Senga🩵)

02 Nov, 16:00


Bizni qay shamollar etdi yuzma-yuz,
Qaysi sukutlar-la qildik ahd-paymon,
Rost bo'lsa, osmondan umidingni uz –
Lek yerda yashash ham bo'lmaydi oson!

Endi, o'zingniki emassan, essiz,
Sochdan tirnoq qadar ishqqa tovunsan.
"Yomonsiz", - deb yaxshi ko'rasan, so'zsiz,
She'rimni o'qiysan,
meni sog'insang.


Ayro bo'lmoqlikdan ayromiz, shoyad,
Shukrkim, toq dunda toq emasman men,
Sensiz baxtiqaro edim bag'oyat,
Va haliyam baxti
oq emasman men!

Hali ulguramiz yonib-kuyishga ,
Bedorlik baxtini ko'ramiz baham!
Haddim yo'q Xudodan ortiq suyishga,
Haqqim yo'q ortiqroq
suydirishga ham!

ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤ
©️Rashid Xo'jamov

Senga🩵)

01 Nov, 19:00


Bir marta koʻzimiz boʻldi roʻbaroʻ –
Fasllar chalkashib, aqldan  ozdi.

Goʻyoki  hayitlik olgan boladek
Bulutlar oʻzini  yoʻqotayozdi.

Nogahon tiriklik isini tuydim,
Umrim – lahzalarning qoʻlida qarta.
Yulduzlar suyunchi oladi Arshdan,
Meni oʻylasangiz agar bir marta.


Togʻlar termuladi chordana qurib,
Ularning taqdiri bogʻliqdir sizga.
Ming  yilga uzaydi dunyoning umri,
Bir marta sevaman deganingizga.


Ummonlar chayqalib oʻqiydi takbir,
Ming yilda tangrining bir koʻngli toʻldi.
Oling, shu dunyoni men sizga berdim,
Labingiz bir marta entiksa boʻldi...

💙Shuhrat Orif

Senga🩵)

01 Nov, 17:48


🎀

Senga🩵)

28 Oct, 18:01


​​кел, ҳаммасини унутиб, осмонга қараб ётамиз..

Senga🩵)

28 Oct, 15:20


Eshikni hech kimga ochmayman
Kelishar, qoʻngʻiroq bosishar,
Va keyin jimgina ketishar –
Boshqa bir eshikni qoqqani.

Telefon tinimsiz jiringlar
Ekranda kimligi bilinar,
Men yashil tugmani baribir
Bosmayman javob bergani.

Avtobus kutaman – liq toʻla
Men esa bekatda qolaman,
Manzilga piyoda ketaman
Seni bir uzoqdan koʻrgani.

Sen kelsang...
Eshigim ochardim
Javob ham berardim
Qoʻngʻiroq qilsang.
Yur desang ketardim
Qayga boʻlsa-da
Liq toʻla avtobus
Yoki piyoda.


©️Anif

Senga🩵)

28 Oct, 14:50


Izlam chiqqanidan xabaringiz bor. Birinchi Izlamdan birortasi menda yoq. Lekin ikkinchisi uchun imkonim bor. Toʻliq toʻplam men uchun judayam qimmatlik qiladi, bu aniq. Lekin she'riyatga qiziqqanim uchun faqatgina nazm qismini olishni xohlayapman)

Tugʻilgan kunimni kutmasdan meni xursand qilmoqchilar boʻlsa (anonimda ko'p topilardi), sizda shunday imkoniyat bor:

9860010116653402

Siz arzimas deb o'ylayotgan summa menga ayni damda katta yordam qilishi mumkin)💙

Senga🩵)

27 Oct, 15:35


Bilaman, kelmaysan, kelmaysan,
Men esa kutaman negadir)

Senga🩵)

27 Oct, 15:04


Balki bu qo'shiq bilan bogʻliq xotiralaringiz bordir?

Senga🩵)

27 Oct, 14:52


Maktub ham yozmaysan —kutaman,
Sen deya bog‘landim ro‘yoga.
Xayolda qo‘llaring tutaman,
Begona bo‘lgancha dunyoga...
Sen — o‘sha, o‘zidan ortmagan,
Sen — o‘sha, eng olis osmonsan.
Sen — o‘sha, so‘zidan qaytmagan,
Yomonsan,
Yomonsan,
Yomonsan!
Yulduzga yetmaydi qo‘llarim,
Iqrorman o‘zimni yengmoqqa.
Kutishdan tolmas bu yo‘llarim,
Senda-chi jur'at yo‘q
kelmoqqa!
Yuzlaring ko‘rayin,
yo‘g‘asam...
Asli, men kimliging bilmayman!
Seni bu hayotda ko‘rmasam,
Men qaytib dunyoga kelmayman!

Umidim yurakka tutar bol..
O‘zimdan kuchlidir sabotim.
Ne uchun borsan-u, ey xayol,
Nimaga yo‘qsan sen, hayotim?
Ruhimdan buyukdir bu hijron
Yo‘lsizlik yurakka tosh bo‘ldi.
Men seni sahrodek kutyapman,
Dengizdek tosh — bo‘ldi, tosh — bo‘ldi!
Sen — o‘sha, armonga o‘xshaysan,
Savolga o‘xshaysan, sirsan, sir!
Bilaman...
kelmaysan
kelmaysan,
Men esa kutaman…
negadir.


🥥Nodira Nazar

Senga🩵)

27 Oct, 14:49


Yuragimga berkitdim bir soʻzni,
aqlim shoshib,
keyin...
keyin iymanibgina yoʻl soldim sogʻinish uchun.
Na sheʼrga aytdim men, na sizga.
Faqat dilni ayblab tinmay
ruhim choʻkaverdi yana va yana.
Kecha koʻrganingiz-chi
ruhi yoʻq,
ruhi yoʻq tana -
Ta'na
ta'na
ta'na..

⏺️Nodira Nazar

Senga🩵)

27 Oct, 14:46


"Yonma-yonlik olis, yonma-yonlik oz,
Bizlar bir-birovda yashashimiz shart"...

©️

Senga🩵)

27 Oct, 05:10


Qarib boraverar asrim yilma-yil,
Milodiy muhabbat,
Hijriy muhabbat, –
Urganchda kun koʻrgan intizor koʻngil,
Bir seni izlagan, bir seni, faqat –
Faqat, ogʻir kelgan gʻamda pishmoq ham,
Oʻzini har kimga atab erta-kech,
Birdayin qulamoq, birday uchmoq ham.
Bir shaharda yashab uchrashmaslik hech,
Bir shaharda yashab ayro tushmoq ham.


Ruhidan qaygʻusin aylab badargʻa,
Masrurlik qidirgan, soʻngra topgan ranj.
Bir yoʻl koʻrsatmagan yorga ketarga,
Eskirgan boʻlsa ham es kirmas Urganch.

Nasib qilolmagan shodlik vaslini,
Minglagan lahzadan yop-yolgʻiz palla.
Ismimga qoʻshmagan yorning ismini,
Na Dishon qal’a-yu,
Na Ichon qal’a.

Men seni kashf etdim.
Yoʻq, undan avval,
Betoqat kunlarning sochi oqardi.
Umrimdan kunlarim uchdi-darbadar.
Endi anglayapman, balki, u mahal,
Hislarimni oʻqiy olmasdi shahar,
Oʻgʻuz lahjasida yomgʻir yogʻardi.

Sen unda bedor-u men bunda bedor,
Sen unda sokinsan va men bunda jim.
Bu yolgʻon umrimda bitta haqiqat bor –
Men seni izladim,
Men seni topdim…


©️Rahmat Bobojon

Senga🩵)

26 Oct, 12:17


Oʻn yil oʻtib ketdi intizorlikda...
                      ©️A.A.Voznesenskiy

Siz kutasiz.
Menam boraman.
Uchib borodurman xuddi oʻq.
Faqat oldin xat yuboraman
Oʻsha xatni yozganimcha yoʻq.


Koʻngil ichra toʻkib borini,
Bir yil,  oʻn yil oʻtdi,  bu koʻpmi?
Ayriliqning alafzorini
Birgalashib oʻramiz, xoʻpmi?

Yigirma yil, oʻttiz yil  oʻtdi,
Koʻzingizga malol inmasmi?
Oʻttiz yillab  gʻovlagan oʻtni,
Oʻrar chogʻi chalgʻi sinmasmi?!

Qirq yil oʻtdi, men tez boraman,
Ranjimangiz, guvoh yeru koʻk!
Faqat...oldin xat yuboraman,
Xatni...hali yozolganim yoʻq.

Uchib borodurman xuddi oʻq,
Bu holatni qanday sharhlayman.
Borgan sari oʻrmonzor quyuq –
Men kuyinib chalgʻi charxlayman.

Siz kutasiz. Menam boraman.

💙Halima Xudoyberdiyeva

Senga🩵)

26 Oct, 12:17


Menga maktublar yoz,
yubormasang ham...
Bilsayding, bu menga orom berishin.
Chunki xotiralar xuruj qilgan dam
Bilaman, xatlaring yetib kelishin.

Menga maktublar yoz, yubormasang ham.

🥥Nodira Nazar

Senga🩵)

24 Oct, 07:12


Endi senikiman!
O‘zingga ayon,
Ham ayon bo‘lmagan sirlarim bilan.
Endi senikiman, senga atalgan
Senga atalmagan she’rlarim bilan.

Endi senikiman demoqlik uchun
Qancha g‘urur hojat, qancha tavakkal.
Endi senikiman degan bir iqror,
Kamida taqdirni eta olar hal.

Kechmoq va kechirmoq oralig‘ida
Bir qizning kulgichi nurab borgan dam.
Kutilmagan payti kutganim bo‘lib
Sen qarshimdan chiqding, hazrati Odam!

Endi bu dunyoning dunyoligi chin,
Endi sen umrimda porlagan cho‘g‘san.
Endi yig‘lamayin, dardlarim arit,
Endi ko‘z yoshlarim tutib qol, yo‘qsa..

Yo‘qsa…
Seni suyanch deganim yolg‘on,
Yo‘qsa, muhabbatga bo‘lma da’vogar.
Adolatdan bo‘lmas, sevgidan bo‘lmas,
Sen yonimda turib, yig‘lasam agar..

Ko‘z yoshlarim tutib qol…
yo‘qsa…

💙Muattar Mamatkarimova

Senga🩵)

23 Oct, 21:02


Ishqsizlik

Men ko‘p quvonchlarni istadim Sizdan,
Mudom qalbingizga ozorlar berdim.
Siz meni kechiring, najot yo‘q kuzdan,
Balki ko‘nglingizga kechikib kirdim.

Balki bu tuyg‘ular o‘ldirar meni,
Balki xarob etar bu hayajonlar,
Sizsiz hayotimga baxt ham kirmadi,
Sizsiz sha’nsiz ekan bu sharaf, shonlar.

Sizga, yalinaman men bilan qoling,
Ketmang, uzoqlashmang hatto bir qadam.
Biling, har narsadan emas aslida,
O‘lsa — ishqsizlikdan o‘ladi odam.


💙Guljamol Asqarova

Senga🩵)

23 Oct, 20:02


💌

Senga🩵)

23 Oct, 20:01


Nima desam ekan, sen bilan uzoq yashashni istayman) hech bo'lmasa umrimning soʻnggiga qadar.

Nasib etsa Jannatlarda ham💕

Senga🩵)

22 Oct, 21:02


Bedor tunlarimning yana qaysidadir senga maktub yozishni tanladim. Soʻnggi maktubim haqida eslolmayman, aslini olganda birinchisi ham esimda yo'q. Oxirgi paytlarda kurashyapman: gripp, ogʻriqlar, pessimistlik va xotiram bilan. Xotiramni boshqarishga harakat qilyapman. Faqatgina yoqimli xotiralarni qoldirib, menga ozor bera oladiganlarini unutishga butun vujudim bilan tirishyapman. Menimcha, xotiralarni yaxshi yomonga ajratmay, qizil tugmani bosish va barini birdaniga o'chirish kerakdir, balkim.

Sen ham aqlimdan, xayollarimdan va xotiralarimdan birdan chiqib ketasan, izsiz. Go'yoki hech qachon u yerda boʻlmagandek. Go'yoki koʻzlarimiz tasodifan toʻqnashmagandek. Go'yoki...

Bilmadim, so'nggi ikki hafta oralig'ida ruhiyatimda, nafaqat ruhiyatimda balki sogʻligʻimda ham kichik muammolar bor. Ruhshunosga chindan ham muhtojdirman, ehtimol. Balki men muhtoj bo'lgan ruhshunos sendirsan) Menimcha bir ruhni faqatgina o'zi yoqtirgan ruhi davolay oladi)

Yana qanchadir vaqtdan keyin qish keladi. Men bu safargi kuzni shunchaki o'tkazib yubordim. Oʻylashimcha, kuzni his qilishga kechikdim. Koʻcha aylanish, sayrlar, musiqa, kitoblar – barchasi unutildi. Menda qolgani zerikarli hayot tarzi) oldingi kuzda keyingi kuz boshqacha, tasavvurimga sig'maydigan darajada ajoyib bo'lishiga umid bogʻlaganim yodimda. Achinarlisi, endilikda keyingi kuz, ertangi kun uchun hattoki umid yo'q. Chunki hayotimga bu yaqin orada o'zgarish, yangilik kirmasligiga ishonchim komil. Tasodiflarchi deysanmi? Ertaklarga ishonmay qoʻyganimga ancha bo'lgan. Biz qaysidir romantik kitobda yoki allaqaysi kinoda yashamayapmizku, to'g'rimi? Achinarlisi yasholmaymiz ham)

Biri tog'dan, boshqasi bog'dan kelgan gaplarim uchun uzr. Aslini olganda, bularni o'qishingga ham ishonmayman. Shunchaki hozirgi vaziyatim yoqimsiz yomg'irda soyabonsiz qolishdek gap. Muammo soyabonsiz qolishda emas, hozir yoqtirmaydigan, menga ozor beradigan yomg'irni bir vaqtlar jonimdan ortiq sevganimda...

Senga🩵)

22 Oct, 20:31


Sizsiz yogʻgan yomgʻir haqida

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sezdim, maysalarning titroqlarini.
Va sizni o‘yladim kimni ko‘proq sevasiz
Menimi yoki yomg‘irni?

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Har neki begona,
har kimsa tanish.
Nigohimgiz qidiraman,
izlayman tovushingizni,
Yurak topsa deyman bir dam osoyish.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Tomchilar labimda uchdi sirpanchiq.
Men sizdan uyaldim,
bu gunoh edi axir,
Mashinalar termulib o‘tdi
ko‘zlarin har damdan kattaroq ochib.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sog‘inchim yodimga soldi tomchilar.
Yig‘ladim!
Kechiring,
kulaman degandim faqat,
aytilmagan sirlar yog‘di tomchilab.

Tomchilab, tomchilab yog‘di yomg‘irlar,
Tomchilab, tomchilab yog‘di bor sirim.
Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Men sizdan yomg‘irpo‘sh kutdim, hech kimim!
 

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda...


💙Parizoda Ro'ziboyeva

Senga🩵)

22 Oct, 15:20


Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.

O‘t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqda sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim —

Chunki tunga aytar rost "oh"ingiz yo‘q,
Falakda kezgani sha'n rohingiz yo‘q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo‘q —
Boqaman: nigohim — gumon, azizim,
Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim.

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig'ida — yurak uchadir,
So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to‘fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.

Ammo siz sarg‘aymang — gulli bog‘ bo‘ling,
Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling,
Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling —
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim...

💙Usmon Azim

Senga🩵)

22 Oct, 08:13


Tong otguncha qayta-qaytalab, sevasanmi deya soʻradim...💗

Senga🩵)

21 Oct, 18:23


Seni shunday sevdimki, qoʻlingdan ham tutmadim)

Senga🩵)

21 Oct, 05:10


So‘ngra oramizga shaharlar, mamlakatlar, balki, dunyolar kiradi. Hech qachon uchrasholmaymiz. Hattoki tasodiflar ham bizni bir yerga keltirolmaydi. So‘ngra birimiz o‘lamiz, birimizning esa bundan xabarimiz ham bo‘lmaydi.

💙Nozim Hikmat

Senga🩵)

20 Oct, 16:21


Ammo U kelmaydi…
Kelib-ketadi
Eshigimdan g‘arb-u sharq-u, ajamlik.
Dunyo boʻlmog‘i-chun butkul mukammal,
Faqat sening oʻrning qiladi kamlik!..

©️Zebo Mirzo

Senga🩵)

20 Oct, 06:11


Sovuq ham kelmoqda. Lekin bu safargi qishda qoʻlimni oʻzim emas, sen isitib qoʻyishingni istayman💕

Senga🩵)

19 Oct, 05:10


Men uchun qarshimdan chiqsang yetarli,
Sen kabi goʻzalmas hech bir tasodif.🌷

Senga🩵)

18 Oct, 11:24


Ketaylik ...
Ketishga yo‘llar yetarli,
Siz bilan ketishning o‘zi bir bayram.
Ishoning – oldinda hali aytarli –
Qancha bayramlar bor nishonlanmagan.

Ketaylik ...
G‘amlarning ochilsin ko‘zi,
Yo‘g‘imiz bilinsin har bir lahzada.
Shamollar ergashsin qorayib yuzi,
Ketaylik, barisi qolsin orqada.
Axir, jami iqbol qo‘llarimizda,
Yorug‘ dunyosi bor – bizga ishongan.
Azizim, ketaylik!
Yo‘llarimizda –
Qancha bayramlar bor –
Nishonlanmagan.

©️Xosiyat  Rustamova

Senga🩵)

17 Oct, 16:21


Oʻzing tushunding-a?

Senga🩵)

16 Oct, 17:00


Kelmang, menda hech narsa yoʻq,
Topa olmaysiz…
Ruhimda faqat xazonlarning shitirlashlari…

Men shunday mavhumman, xayolday mavhum
Koʻnglingizga uraman birdan.
Azobman, oʻziga sigʻmagan lahza
Sochilib ketaman ogʻriqqa, sheʼrga.

Tuningizni baribir qilmayman xushbaxt,
Kuningizda quyoshdek jaranglamasman.
Azobga sochrilib sokin tortgan dunyoman,
Yodingizni kezib yurgan xayolparastman.

Kelmang, menda hech narsa yoʻq ,
Topa olmaysiz,
Ruhimda faqat xazonlarning shitirlashlari.

Toʻkilib-toʻkilib sokin tortgan dunyoman


Tillaniso Nuryogʻdi

Senga🩵)

15 Oct, 19:34


Nima qilay, hatto tushimda ham seni boshqasiga bergim kelmaydi)

Senga🩵)

15 Oct, 19:33


Biz parallel chiziqlarmiz, uchrashmaymiz hech qachon...

Senga🩵)

15 Oct, 19:33


Gullar, suratidan farqliroq xushroʻy.
"Qoʻllarim qoʻlingga yetmagan",
Bu kuy...
Derazangning sovuq oynaklariga,
Sogʻinchlar sirgʻalar.
Asta qarab qoʻy!
Tund osmonning toleyi shu kun,
Bugun.
Ingradik.
Devordan siriqdi yoshi.
Bexabar muddatlar tanlading qancha?
Oʻyib boraverdi umrim naqqoshi.
Yoʻq, men sening istaklaringda hech kim,
Hech kim.
Hech daxl qilmadim!
Rahm qilmadim!
Oʻylamay deganim sari oʻylarim,
Qiqirlab kuldilar.
Yigʻladim...
Bas!
Bas!!!
Koʻzlaringning pinjida ogʻriq,
Gʻajir.
Xumori tutadi qorlarning,
Gʻajir.
Irmoqlar savdosi koʻchdi koʻnglimga,
Har tomon sochildim.
Terib ol, taqdir!

Derazangning sovuq oynaklariga,
Sogʻinchlar sirgʻalar.
Asta qarab qoʻy!

🥥Umida Nafas

Senga🩵)

14 Oct, 15:32


Biz 3.3K va sizdan bitta "💚"

Senga🩵)

13 Oct, 17:22


Sevgining matematikasi boshqacha. Ikkidan birni ayirsang, nol qoladi.

🥥Oʻzdemir Asaf

Senga🩵)

12 Oct, 18:41


Yomgʻir haqida yozaymi yoki sen haqingdami deya oʻylab qoldim.
Nima farqi bor, baribir ikkingiz ham kelmaysizlarku)

Senga🩵)

12 Oct, 18:32


Sen "Xayrli tun" tilamas ekansan, barcha tunlar xayrsiz men uchun...

Senga🩵)

12 Oct, 17:22


Men qalamning qulog'iga
sekin engashib, dedim:

"Agar, yana uning ismini yozsang,
men ham seni xafa qilaman.''

💙Jamol Surayyo