Usmonip @usmonosphere Channel on Telegram

Usmonip

@usmonosphere


Soʻz, ohang, tasvir va eng muhimi koʻngil haqida

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere

🥂 Shuningdek: @sanduvoch_uz, @soz_lab, @ohangzor, @sheriston

💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip

📬 Aloqa: @qori_ishkamba

Usmonip (Uzbek)

Usmonip telegram kanali - usmonosphere, kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida maʼlumotlarni oʻrganish uchun yaratilgan. Kanalda ijtimoiy tarmoqlardagi soha oʻzgaradi, qiziqarli maʼlumotlar va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Usmonipda @sanduvoch_uz tomonidan iqtiboslar mavjud. Iqtiboslar bilan tanishib, oʻz oʻzgaruvchisiga ega boʻlishingiz mumkin. Donat qivorila ushbu kanaldan xarid qilish imkoniyatiga ega. Siz tirikchilik.uz/usmonip havolasi orqali donatni sotib olishingiz mumkin. Agar savollar yoki takliflar boʻlsa, aloqa @munshaotbot orqali bogʻlanishingiz mumkin.

Usmonip

16 Feb, 17:32


У тебя новое анонимное сообщение!

Sevganingiz sizni rad etsa qanday qaraysiz?

Shohrux Usmonov:
Miltillagan koʻzlarim bilan😁

Usmonip

16 Feb, 17:26


Энг катта мифлардан бири: “Кўз ёшлар алдамайди”. Кўз ёш ҳам, самимийдек кўринган кулгу ҳам алдайди, қаттиқ алдайди. Аслида йиғи қудратли манипуляция қуроли.

@khurshidyuldosh_lite

Usmonip

16 Feb, 16:34


💘 У тебя новое анонимное сообщение!

Sevgi? Din? Eʼtiqod? Axloq?

Shohrux Usmonov:
Xuddi bitta narsani toʻrt xil nomlaganday...

@usmonosphere

Usmonip

16 Feb, 16:16


Bugun yakshanba ekan-ku a, ketdik ichiga alav:

👉🏿 http://t.me/anonaskbot?start=sanduvoch

Usmonip

16 Feb, 07:48


Kecha Mirshakar Fayzullayevning konsertiga bordik. Konsertga soʻnggi daqiqalarda bilet olib borganimiz bir tomon-u, konsertgdagi intriga bir tomon boʻldi.

Hazillar, mavzular doimgidek zoʻr. Avvaliga Mirshakarni ancha ulgʻaygan, egosi bilan kurashayotgan inson sifatida koʻrdim. Chunki u oʻz prinsiplarini ezgu niyatda aylanib oʻtishi mumkinligini konsert boshida koʻrsatgandi.

Ammo oxirida bu taassurot yana parchalandi: orzu qilish haqida hazillar, qora jentra, kotta bollar... Va qora jentra koʻrinishida insonlarning maishiy orzulari “majaqlandi”!

Ha, bu isrofgarchilik, yaxshigina xarajat. Lekin uning ortidan keladigan internetdagi gap-soʻzlar, PR va reklama anchagina qimmat turadi. Jentrani esa uch-toʻrt soʻm sarflab tuzatib olish muammo emas.

Qoyil. Mirshakar hazillari ham, uslubi ham, egosi ham oʻziga yarashadigan komik ekanini yana bir marta isbotladi: “oʻzinglaga boshqa orzu topingla”

Video manbasi: @nofalsafiy

@usmonosphere

Usmonip

15 Feb, 23:41


#iqtibos

Shoir derki, “Qalbim eshigiga «Kirish mumkin emas» deb yozdim”.
Ishq keldi-yu, dedi: “Men besavodman”

© “Billur yomgʻir” filmidan

@usmonosphere

Usmonip

15 Feb, 21:37


Usmonip pinned «Xoʻsh, kim baxtli va kim baxtsiz?»

Usmonip

15 Feb, 20:31


Agar soʻrasalar mendan u haqida,
Yuzimda paydo boʻladi tabassum

© Konsta

@usmonosphere

Usmonip

15 Feb, 10:11


🎉 Результаты розыгрыша:

Победители:
1. Aziz Samiyev (@Ablaxello)
2. Nozima.. (@lekin_n42021)

Проверить результаты

Usmonip

15 Feb, 08:17


Xaloyiq, ertaga 14:00 da Respublika bolalar kutubxonasiga qadam ranjida qilingiz, kitobxonlar mashvarati boʻlgay.

Mashvarat ahli Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” roʻmonini muhokama qilgay.

Kelganlar darmonda, kelmaganlar armonda qolgay. Bizdan xabar, sizdan ixtiyor.

P.S: kitobxon doʻstlaringizni ham xabardor qiling, eshiklar barchaga ochiq :)

@usmonosphere

Usmonip

14 Feb, 18:24


#tanlov

Hechdan koʻra kech deganlaridek, kichik tanlov oʻtkazamiz. Ikki nafar gʻolibga Jubron Xalilning "Devona" kitobi sovgʻa qilinadi.

Demak, shartlar quyidagicha:
1) @usmonosphere va @sanduvoch_uz ga obuna boʻlasiz;
2) postni yaqin doʻstlaringizga yuborasiz;
3) pastdagi "qatnashaman" tugmasini bosasiz.

Boʻldi, shu. Gʻoliblarni ertaga 15:00 da bot avtomatik aniqlaydi. Hammaga omad! Bayramni yaxshi oʻtkazing. Tanlovga yaqinlaringizni ham jalb qilish esdan chiqmasin :)

@usmonosphere

Usmonip

14 Feb, 14:20


Bu dunyoning g‘amlarida
ko‘p kuyundim – jigar ketdi.
Otdan tushgan damlarimda
egar mindim – egar ketdi.

Do‘stdan – vafo, yordan – safo,
g‘animlardan ko‘rdim jafo.
“Yor tark etdi, do‘st ham yitdi”,
deb o‘kinsam – digar ketdi.

Ko‘ksim yalang, sipar ketdi;
hal bo‘ldi jang – zafar ketdi.
Bu sar ketdi – sarsar etdi;
agar qolib, magar ketdi.

Egar ketdi…

Gʻulom Mirzo

@usmonosphere #nazm

Usmonip

14 Feb, 12:54


#bugun_bayram

Qamar kitoblar doʻkonidan ajoyib sovgʻa keldi. Bayram kayfiyati va e’tibor uchun katta rahmat.

Sovgʻa oʻrami esa alohida san’at!

@usmonosphere

Usmonip

14 Feb, 12:38


#ajabtovur

“Jang san’ati”... “Muhoraba san’ati”... “Urush san’ati”...

Jumboqni toping-chi, gap nima haiqda ketyapti?

@usmonosphere

Usmonip

14 Feb, 10:58


#anons

Mana bu roʻyxatdagi birinchi film bugun 23:00 da Mahalla telekanalida namoyish etilarkan.

Faqat boshqa nom bilan tarjima qilingan.

@usmonosphere

Usmonip

14 Feb, 10:04


#tavsiya

Xoʻsh, do‘stlar, hayot nima bilan go‘zal? Albatta, sayohat bilan-da. Hayotimni go‘zallashtiraman desangiz, jannatmakondan chetga chiqib ketish ham shart emas. Shundoqqina yon-verimizda bir talay ertaknamo go‘shalar bor. Ana shu yerlarga boring.

Masalan, indinga 16-fevral kuni Reverietour'dagilar Chukuraksu bilan Paltau sharsharasiga ketishyapti emish. Vaqt borida qo‘shilib oling, bir aylanib kelasiz.

Narxi esa hamyonbop: 269 ming so‘m.

Joyingizni band qilish uchun @thewakh ga yozib qoʻyasiz. Usmonipni ukatoyi ekansiz-u, desalaring ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib javob beradi. (20% chegirma ham qiberadi 🤫)

Bo‘pti, yakshanbani yaxshi taassurotlar bilan o‘tkazib qaytasizlar degan umiddaman.

@usmonosphere

Usmonip

10 Feb, 14:02


#forscha @ohangzor

Usmonip

10 Feb, 13:49


Agar sendan tonar boʻlsam nasibim oh-u zor oʻlsin,
Bahorim qishga aylansin, chechaksiz bir diyor oʻlsin.
Chamanzorim, bogʻim-bogʻcham toʻkilsin, bori xor oʻlsin,
Mazorim oʻt olib yonsin, bu ishqim oshkor oʻlsin.

Qoʻy ey bulbul! Tin, ey dovul, ki xohish istirohatdir,
Bu yerlarda ilinjim yoʻq, yupanchim bir sayohatdir.
Oʻlim, eyvoh, bu ne’matdir, bu bir shonli saodatdir,
Agar bevaqt oʻlar ersam, raqibim baxtiyor oʻlsin.

Falakdan intiqom istar joʻshib ruhimda boʻronlar,
Na insofni, na vijdonni bilar, yo rab, bu insonlar.
Yoz, ey Vurgʻun, yana joʻshsin bugun olamda toʻfonlar,
Yiqilsin mehvari olam, u tubdan tor-u mor oʻlsin!..

Samad Vurgʻun
(Razzoq Abdurashid tarjimasi)

P.S: Dadaxon Hasanov shedevr qoʻshiq qilgan buni

@usmonosphere #nazm

Usmonip

10 Feb, 13:06


Boringiz, sevishaykonlar :)

Usmonip

10 Feb, 13:05


Hilola G'ayratova

Hilola G'ayratova ,, SEVGI"

Sevgi haqida gaplashamiz va kuylaymiz.
Sevishganlar uchun ajoyib sov’g’a! Uni taklif qiling, gul va sevgi izhori esa bizdan!
Chiptalar : Shu yerda

🗓 Sana: 14.02.2025 20:00
🎫 Narx: 300 000 UZS

Usmonip

09 Feb, 19:21


Tilshunosga

Juda odam,
Sal odamroq.
Qaysi biri eng odam?
Odamlarni darajalab
Bo'lmaydimi, ey odam?

Ko'rganlarim, bilganlarim,
Odamsifat bo'lsaydi.
Siz "odam"ni Ot dedingiz,
"Odam" SIFAT bo'lsaydi!

Vinera
@venera_inoyatovna

Usmonip

09 Feb, 19:20


NAVOIYNI O‘QIR BO‘LSAM

Navoiyni o‘qir bo‘lsam
Har so‘z navolanib kelgay.
Navokim qat-baqat hikmat,
Sehri safolanib kelgay.
Navosiz bu nazm basdur,
Ki go‘yo sabzarang xasdur.
Har lutf-kuy hushnafasdur,
Umr savdolanib kelgay.
Ne zamonlar na’rasidan,
Ham quyosh-u zarrasidan,
So‘z dunyosin g‘aznasidan.
Lafzi laylonanib kelgay.
Berib dilga ixtiyorlar,
Oh urgay oshiq-u zorlar
Ki Majnunchalik abgorlar
Aqli rasolanib kelgay.
Ham shariat, ham tariqat,
Ham ma’rifat, ham haqiqat,
Vatandek bepoyon hilqat
Sharhi ma’nolanib kelgay.
Nosiro, o‘zni hurram tut,
Odamlikni mukarram tut,
Faqat mehringni san jam tut,
U nur siymolanib kelgay.

✍️Nosir ABBOS

@mehrnoz_abbos

Usmonip

09 Feb, 14:23


Olti tomli izohli lugʻatni sotib olish niyatim bor edi. Ayni shu kitobni Nurmuhammad doʻstim kimoshdiga qoʻyibdi, pul zarurligidan.

Masalan, men kimoshdisiz ham narxini kelishib olishim mumkin edi. Lekin vaziyatni tushunish kerak. Mabodo sizga shu xazina darkor boʻlsa, kimoshdida qatnashing.

P.S: men imkonim yetadigan summani taklif qildim, ehtimol, siz balandroq narxga ololarsiz

Havola qoldiraman: https://t.me/Nurmuhammad_Abduzoir

Usmonip

09 Feb, 10:08


Kimdir men becharani chin koʻngildan qargʻagan shekilli... Bugun telefonim oʻz-oʻzidan taq etib oʻchdi-qoldi. Umri tugabdi shoʻrlikning.

Mayli, aslida nahorgacha yangi telefon olish rejasi bor edi. Endi yangi telefon kelgunicha qadrdon noutbukimdan post yozib turaman.

Faqat Facebook, Instagram va hkz tarmoqlardan yozilgan biror xabarga, sms va telefon qoʻngʻiroqlariga javob bera olmayman. Munshaotbot ham faqat telefonimda bor edi xolos.

Reklama, hamkorlik, yoki biror mavzudagi savollar boʻlsa, bemalol quyidagi shaxsiy hisobimga murojaat qilishingiz mumkin: @qori_ishkamba

Ungacha ahil boʻlinglar!

@usmonosphere

Usmonip

09 Feb, 05:28


STALINNING SHEʼRLARI

Adolf Hitler rassom edi. Motsartga hasad qilib zahar bergan Salyeri Motsartdan ziyoda musiqa yozardi. Zolim va daho bir shaxsda jamlanganlar ham koʻp. Voyaga yetib, dohiyga aylanganida eng koʻp ruhoniylarni, taqvodorlarni va shoirlarni qirgʻin qilgan Stalin Tiflis ruhoniy seminariyasida saboq olgan hamda Iosif Jugashvili imzosi ila sheʼrlar yozgan, ularning bir qanchasi gazetalarda ham chop etilgandi. Uning dastlabki beshta sheʼri 1895-yilning 14-iyunida gurji madaniyatining mashhur arbobi Ilya Chavchavadze tomonidan “Iveriya” (№№123, 203, 218, 234 va 280) gazetasida, oxirgisi ​​— 1896-yil iyulida “Kvali” gazetasida chop etilgan. “Dila” (Tong) sheʼri esa 1912-yilda atoqli olim Yakob Gogebashvili tartib bergan boshlangʻich sinflar uchun “Ona tili” darsligiga ham kiritilgan.

TONG

Atirgullar gʻuncha ochdilar,
Boshin moviy binafsha egdi,
Shabadalar ifor sochdilar,
Marvaridgul maysaga tegdi.

Soʻfitoʻrgʻay kuylar samoda,
Bulutlardan baland uchar ul
Va butalar uzra havoda
Bolalarga kuylaydi bulbul:

“Gulla, ona Gurjiston, yerim!
Tinchlik boʻlsin yurtda, boʻldiring!
Sizlar esa oʻqib, doʻstlarim,
Bu Vatanni shonga toʻldiring!”

OYGA BAGʻISHLOV

Suz samoda har doimgiday,
Bulut yopgan yer uzra suzgin,
Kumush nurlar bilan paydar-pay
Tumanlarning zulmatin buzgin.

Uyqusi kam yurt tuprogʻiga
Egil shirin tabassum bilan,
Alla aytgin Kazbek togʻiga,
Uning muzi yuksakda, baland.

Shuni bilgin, kimdir, qachondir
Ezgʻilansa, xoʻrlansa bedod,
Turar – goʻyo ul Mtasminda,
Umidlari yozajak qanot.

Nur soch qora samoda yorqin,
Oppoq nurlar bilan yayratgin,
Doimgiday tekis va sokin
Yorishtirgin yurtim siyratin.

Men koʻksimni senga ocharman,
Qoʻllarimni uzatarman jim,
Yana titroq dilni socharman,
Oyga boqib, yonar koʻzlarim...

* * *

U yurardi, kezib uyma-uy,
Eshiklarni ketma-ket chertib,
Eski eman pandurida kuy
Taratib va qoʻshiqlar aytib.

Uning soʻzi, qoʻshigʻi gʻoyat –
Oftob nuri kabi muazzam,
Unda buyuk, yuksak haqiqat,
El orzusi, dardi mujassam.

Eritardi tosh yuraklarni
Uning soʻzi, isyonkor bongi,
Uygʻotardi bul zimistonda
Mudrayotgan aqlni, ongni.

Ammo uni eʼzozlashmasdi,
Hamyurtlari, ul tuproqdoshlar
Rad etilgan bu otashinga
Qadah ichra berdilar zahar.

Unga derlar: “Ey sen, laʼnati,
Soʻngigacha zaharni ich, bas...
Teginmagin bizning yolgʻonga,
Haqiqating bizga kerakmas!”

* * *

Oy ham sim-sim nurlari bilan
Yoritarkan dunyo yuzini,
Uning nuri olis qirradan
Oʻynatarkan ufqning tusini,

Oʻrmonzorlar uzra jaranglab,
Taralarkan bulbul ovozi,
Salamuri sasida mahzun
Jaranglarkan ozod tavoze,

Togʻlardagi buloqlar bir dam
Tinib, soʻngra qilarkan shovqin
Va shamolning mayin esishi
Uygʻotarkan oʻrmonni ichkin,

Qorongʻuda toriqqan jonni
Oʻz bagʻriga olsa bu Vatan,
Qorongʻuda toriqqan bu jon,
Bu oftobni koʻrsa dafʼatan, -

Shunda qalbni ezgan bulutlar
Tarqaladi goʻyoki tumon,
Umidimning qudratli sasi
Yuragimdan chiqar nogahon.

Koʻkka uchar shoirning ruhi,
Yuragi ham tinmaydi sira:
Men bilaman, ana shu umid
Sharaflidir hamda bokira!

15 yoshli Iosif Jugashvili,
1894-yil.

Karim BAHRIYEV tarjimalari

@usmonosphere

Usmonip

08 Feb, 16:16


Avval sizlardan boshlaylik unda. Ayni dam miyangizda aylanayotgan uzuq-yuluq xayollar, chaqmoq fikrlar bilan oʻrtoqlashing-chi?

https://t.me/anonaskbot?start=sanduvoch

Usmonip

08 Feb, 16:08


Baʼzi-baʼzida keladigan uzuq-yuluq fikrlarni ham shu yerga yozib boraversammikan?

@usmonosphere

Usmonip

08 Feb, 13:32


#kino

Oʻlib ketishingizdan avval koʻrib chiqish shart boʻlgan yettita forscha film. Hozircha men 3 tasini koʻrgan ekanman.

1. Ayriliq (rej. Asqar Farhodi)
2. Olcha taʼmi (rej. Abbos Kiarustamiy)
3. Velosipedchi (rej. Muhsin Mahmalbof)
4. Samo farzandlari (rej. Majid Majidiy)
5. Yirik plan (rej. Abbos Kiarustamiy)
6. Jannat rangi (rej. Majid Majidiy)
7. Doʻstning uyi qayerda? (rej. Abbos Kiarustamiy)

@usmonosphere

Usmonip

07 Feb, 17:38


Auksionda yuta olmagan boʻlsa-da, kitobni olishni juda xohlaganlar bormidi, faqat rostini aytinglar :)

Dardingizni manavi yerga yozinglar-chi: @munshaotbot

@usmonosphere

Usmonip

29 Jan, 14:48


Kanalimda tahrir bilimdonlari, oʻzbek tili normalaridan yaxshigina xabardor insonlar, jumladagi gʻalizlikni payqaydigan yoki soʻzlarning turli tovlanishlarini his qiladiganlar bor.

Sizlarga savol bilan yuzlanaman. Baxtli hayot texnologiyasi” degan jumla, sizningcha, toʻgʻri tuzilganmi? Oʻzbek tili tabiatiga mos keladimi?

Javoblaringizni kutaman. Ijobiy yoki salbiy yondashuvingizni izohlar qismida bildirishingiz mumkin.

@usmonosphere

Usmonip

24 Jan, 09:39


#ajabtovur

Iye, bu Asaxiy deganlari balo chiqdi-ku, oʻlay agar, men biror nima buyurtma qilmagandim.

Taxminimcha, nashriyotning yangi chop etilgan kitobi boʻlsa kerak, tagʻin bilmadim.

Mayli, berganning betiga qarama deydi donolar. Hozir chiqib shundoq yonginamizdagi doʻkondan joʻnatmamni opkelay-chi, keyin maqtanaman.

@usmonosphere

Usmonip

22 Jan, 11:02


📝 Она шодон бешик тебратар


✍️🏻 Амирқул Пўлкан

🎤 Нурмуҳаммад Абдузоир

🎬 Бегзод Ҳазратов

https://t.me/amirqulpulkan

Usmonip

21 Jan, 18:45


Xoʻsh, yana kimnidir shu savol bezovta qilsa, bemalol mening javobimdan layfxak sifatida foydalanishingiz mumkin.

Osh boʻlsin!

@usmonosphere

Usmonip

21 Jan, 18:07


Xoʻsh, uch-toʻrtta suhbat qileyk-chi?

👉🏿 http://t.me/anonaskbot?start=sanduvoch

Usmonip

21 Jan, 08:30


#tabrik

Bugun yelkadosh doʻstim, yozganlarimni ilk bor koʻzdan kechiradigan birinchi qoʻl muharririm, xullasi kalom, katta shoir Nurmuhammad Abduzoirning tavallud kuni.

Nurmuhammadga sogʻlik, doimgidek ijodiy parvoz tilab, sheʼrini eʼtiboringizga havola etaman.

DAYDI QOʻSHIGʻI

1.
Pul topsa— bayram,
unga
Garchi yoʻq borar goʻsha.
Bosh qoʻygan joyi yostiq,
Agʻnagan joyi toʻshak.

Hayotining mazmuni
Shu bir satrga tengdir:
Puling qancha koʻp boʻlsa
Vataning shuncha kengdir.

2.
Darbadar yoʻq bu olamda undan oʻtgan,
Bevatan yoʻq, (baxt yurtida) badbaxt yoʻqdir.
Oʻzin atay suvga tashlab, urib oʻtga,
Ajal izlar qilich kabi dami oʻtkir.

Koʻkragida qashshoqlikning hamma oʻqi,
Dard-u alam nayzasiga nishon daydi.
U tugʻilgan kun(lar)iga laʼnat oʻqib,
Tugʻilmagan kunlarini nishonlaydi.

Nurmuhammad ABDUZOIR

@usmonosphere

Usmonip

20 Jan, 16:22


Darvoqe, yoqqan postlarga bemalol yulduzcha bosishingiz mumkin, hech kim urushmaydi :)

@usmonosphere

Usmonip

20 Jan, 15:07


#xarid

Bayram munosabati bilan oʻz-oʻzimga naq xazinaga teng kitoblarni sovgʻa qildim!

Ana endi haqiqiy olovqalb sheʼriyatdan bahra oladigan payt keldi...

@usmonosphere

Usmonip

20 Jan, 12:34


#vakansiya

Soqqali ish bor! Nashriyotga toʻliq stavkada ishlayoladigan, tajribali musahhih (yaʼni, korrektor) kerak!

Nomzodlardan talab qilinadi:
• sohada yetarlicha tajriba;
• toʻliq stavkada ishlash imkoniyati;
• ofisda javlon urib mehnat qilish.

Nomzodlarga taqdim etiladi:
• yaxshigina oylik maosh;
• shinam ofis sharoiti;
• bagʻrikeng va xushchaqchaq jamoa
• karyeraviy (moliyaviy) oʻsish imkoniyati

Oylik miqdori va boshqa shart-sharoitlar haqida maʼlumot faqat nomzodlarga ochiqlanadi. Ilgʻor nashriyotning kreativ jamoasiga qoʻshilishni istasangiz, quyidagi manzilga CV hamda Portfoliongizni yuboring:
👉🏿 [email protected]

Omad sizga, boʻlgʻusi hamkasbim!

@usmonosphere

Usmonip

19 Jan, 12:26


#ajabtovur

Masalan, sizning jinsini oʻzgartirgan (transgender) tanishingiz bormi?

Feysbukka kirsam, tasmamda begona hisob egasi va begona surat turibdi. Ammo suratdagi qiyofa tanish... Qayerdadir koʻrgandayman. Hisob nomi “Kristen Fort” ekan. Darhol esladim. Bu oʻzbek adabiyotidan qator tarjimalar qilgan Kristofer Fort emasmidi?

Oʻzi ekan. Eski postlarini koʻrsam, Kristoferlik paytidagi suratlari turibdi. Yaqin orada jinsini erkakdan ayolga oʻzgartirgan, shekilli.

U bilan hayotda koʻrishmaganmiz, ammo bakalavr yillarim tarjima borasida yozishib turardik. Iltimosimga koʻra, qilgan tarjimalaridan boblarni betaʼma yuborgandi.

U “Kecha va kunduz”, “Boqiy darbadar”, “Oʻtmishdan ertaklar” kabi asarlarni oʻzbekchadan ingliz tiliga oʻgirgan. Koʻp bor Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda boʻlgan. Eshitishimcha, zamonaviy adabiyotimizga oid yana bir mashhur asar tarjimasi ustida ishlanoqda.

Mayli, gunoh-savobi oʻzining boʻynida, anmo erkakligida istaraliroq edi :)

@usmonosphere

Usmonip

17 Jan, 16:08


QAROR

1.
Bir sigor xumori tutar gohida...
Afsus, chekmayman.
Bir nigor yigʻlaydi ishq dargohida,
Afsus chekmayman.

2.
Birodar, dastxatmi? Chakkamni qashlab
Chekaman imzo.
Pirovard qarorim: Bugundan boshlab
Chekaman! Imzo.

Shohrux Usmonov

P.S: Javhar opamgila suratimni chekkan :)

@usmonosphere

Usmonip

16 Jan, 17:41


Sen mana shu qoʻshiq singari yoqimlisan :)

@usmonosphere

Usmonip

16 Jan, 15:16


#ajabtovur

Katta, judayam katta ehtimol bilan mana shu muqovalardagi deraza bitta derazaning ikki xil rakursdan olingan surati boʻlsa kerak...

Menimcha, muqova dizaynerlari ham bir-birining ishlarini kuzatib tursa chakki boʻlmasdi, a?

@usmonosphere

Usmonip

16 Jan, 09:47


Agarda sizda tarix yoki siyosatdan bir oz bo'lsada bilim bo'lmasa bu kitobni tushunmaysiz. Bilmaganingizdan keyin o'qib shunchaki ensangizni qotirasiz va tushunarsiz yozilgan ekan deysiz aqllilarcha.

Ishoning sizda yuqorida aytilgan bilimlar bo'lmasa bu kitob sizga nafaqat "500 yillik bilim" ni, balki 5 soniyalik bilimni ham bermaydi.

Aytmoqchi bo'lganim ko'pchilikning ko'r-ko'rona ergashishi, o'zining fikri yo'qligi. Isbot sifatida bu kitobni ancha vaqtlardan beri borligi (boshqa tillarda bo'lsa ham), shu vaqtgacha yarimtasi ham qiziqmay, bittasi gapirib qo'ygani uchun mingtasi izlab yugurganidir.

@Librarians_life

Usmonip

15 Jan, 20:59


#sheʼrparcha

Tobora ruhingni ishgʻol etar tun,
Tobora moyildir gunohga jisming...

Gulhayo Anorova

P.S: bejirim, haqqoniy, musavvirona, jonli misralar! Tuygʻumisan tuygʻu, lirikamisan lirika, tasvirmisan tasvir!

@usmonosphete

Usmonip

15 Jan, 20:32


Ey quyosh, sening ham intizoring koʻp.

Gulhayo Anorova

@usmonosphere #sheʼrparcha

Usmonip

15 Jan, 18:48


Rostini aytsam, hamma qatori men ham PIR nashriyotidan sovgʻa olgandim. Ammo koʻrib turganingiz suratdan u qadar ichim chiqmadi-yu, maqtanishni ortga surdim. Baribir boʻlmadi, oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas: maqtanmay turolmadim.

PIR nashriyoti rebrendingi omadli keldi, menimcha. Qatorasiga bir-biridan sifatli, saviyali kitoblar chiqarishyapti. Ayniqsa, Erkin Aʼzam asarlarini chop etishayotgani uchun nashriyot oldida qalpogʻimni yechvoraman.

Ochigʻi, ilmiy-ommabop kitoblarga juda ishqiboz emasman. Shu bois “Bayramdan boshqa kunlar”ni oʻqishga ishtiyoqmand boʻlib turibman. Nasib etsa, tez kunda kitob haqida yozaman. Bundan avval muallifning “Gonoluluga elchi”si haqida post tayyorlagandim. Oʻqiganmidingiz oʻzi?

Darvoqe, surat mavzusiga qaytsak. Hozircha qingʻir-qiyshiq suratlarga sabr qilib turing, yaqin orada kitob blogim uchun fotoburchak yaratishni reja qildim. Shunda suratlarim tuzukroq chiqadi, degan umiddaman.

@usmonosphere

Usmonip

14 Jan, 16:03


Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak. Eng muhimi, avvalo oʻziga qilishi kerak.

Yaxshi kanallarni kuzatish ham ezgulikning bir turi, men sizlarga aytsam.

👉🏿 Kitob, adabiyot va sanʼat mavzusidagi bloglar

Usmonip

14 Jan, 05:48


🧦🧦🧦🧦🧦

Hayronman, bizning qorakoʻz kontentmeykerlarda ijodkorlik shu qadar anqoning urugʻimi yo siyqasi chiqqan hazilni chaynashni xush koʻramizmi?

Har gal 14-yanvar va 8-mart sanalari oldidan jamiki kontent yaratuvchilar paypoq mavzusiga kanaday yopishib oladi. Bilmadim, oʻzi paypoq sovgʻa qilish haqidagi gap qayerdan kelib chiqqan? Masalan, shuncha yildan beri qaysidir yigit bayramga paypoq hadya olganini koʻrmaganman.

Qachondir rostanam yoppasiga hamma erkaklarga paypoq berilganmikan oʻzi? Yoki hozirgi kontentmeykerlar umrida paypoq sovgʻa olganmikan?

Umuman olganda, sovgʻa qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, birov xohishi bilan sizga ilingan, qadrli narsa. Yaqinlikni, safdoshlikni va munosabatlarni sovgʻa qiymati bilan oʻlchamagan maʼqul.

Xullas, shu bayram kunlari ijtimoiy tarmoq yoppasiga magʻzavaga, siyqasi chiqqan hazillarga toʻladi. Ayni shu sanalarda tarmoqlardan detoks qilishni maslahat beraman.

@usmonosphere

Usmonip

13 Jan, 17:19


Bulardan birini tarjima qilganman, birini esa nashrga tayyorlaganman...

Usmonip

11 Jan, 20:47


bitta yolgʻon keldi, bitta rost keldi,
bir yolgʻon boʻyimga shuncha mos keldi.
“sevdim” desam, tilga tushdi bir tushov,
“sevdi” desam, dildan eʼtiroz keldi.

“yo sen” dedim.
qildi “Yosin” tilovat,
qiroati bilan uchdi halovat.
egildim — sajjoda boʻldim poyida,
unda xushu' yoʻqdi, menda — tahorat.

bitta hazil keldi, bitta chin keldi,
shu nuqtada ishqim chilparchin keldi.
“sevaman” degandim, qildi tabassum,
“sevasanmi?” dedim...
uzun tin keldi.

Kamoliddin Azzam

@usmonosphere #nazm

Usmonip

11 Jan, 11:46


#tavsiya

Xaloyiq, olamga mashhur Muhiddin Nido YouTubeʼda blog yuritishni boshlabdi. Kitobxonlik, mutolaa madaniyati va asarlar tahliliga bagʻishlangan bir-biridan goʻzal videokontentlar ulashib borishni maqsad qilgan.

Blogning ilk soni “Kitob oʻqishni qanday doimiy odatga aylantirish mumkin?” mavzusida ekan.

Qolaversa, kanalga aʼzo boʻlganlar kitob yutib olishi ham mumkin.

Marhamat, tomosha qiling va qoʻllab-qoʻltiqlang:
https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo

P.S: videoda mening kanalimni ham aytib oʻtgan ekan, izohlar qismida Usmonipdan salom deb kelinglar :)

@usmonosphere

Usmonip

10 Jan, 16:18


Ana endi majburan qoʻshilganlar chiqib ketaversa boʻladi :)

Ketadiganlarga oq yoʻl, qoladiganlar bilan mazza qilamiz :)

@usmonosphere

Usmonip

10 Jan, 16:13


Demak, umumiy natijalar:

1-oʻrin: Jasmina
2-oʻrin: Mohidil

Random gʻolibi: Baxt

Barcha qatnashchilarga tashakkur! Keyingi tanlovlarga tayyorlanib turing :)

@usmonosphere

Usmonip

10 Jan, 16:12


Kutilmagan hodisa! Random orqali gʻolibni aniqladik va gʻolib ishitrokchi 1-raqam egasi boʻldi!

Men hayotimda birinchi marta 1-raqam gʻolib boʻlishiga guvoh boʻlyapman.

Baxt profili egasi, sizni tabriklayman!

@usmonosphere

Usmonip

10 Jan, 16:02


#tanlov #natijalar

Demak, barcha qatnashchilarga rahmat!

Gʻoliblarni qutlaymiz:

1-oʻrin: Jasmina (92 obunachi)
2-oʻrin: Mohidil (87 obunachi)

Qolgan barcha ishtirokchilar randomda qatnashish imkonini qoʻlga kiritadi!

Hozir qolgan ishtirokchilarni qayta raqamlab chiqaman va randomni amalga oshiraman. Kuting!

@usmonosphere

Usmonip

09 Jan, 21:16


Bir gaplashish xumorim bor...

@usmonosphere

Usmonip

09 Jan, 18:52


Ey dard, yodga solding tirikligimni!

Sirojiddin Rauf

@usmonosphere

Usmonip

09 Jan, 17:28


Shu matndan soʻng, xonadoshlarimning gʻayrati joʻshib, ilhomlanib, faqat oʻzbekcha suhabtlashish fikri paydo boʻldi.

​​— Bugundan boshlab sof oʻzbekcha gapiramiz!
​​— Davay!..
​​— Iye, srazi buzib qoʻydiz-ku?!

Shu bilan tamom :)

@usmonosphere

Usmonip

09 Jan, 17:23


​#ajabtovur

Oʻzbek tili shevalaridagi farqning yaqqol yuzaga chiqishini hayotda, oʻz ishtirokimda koʻraman deb oʻylamagandim. Qisqasi, voqea bunday boʻldi: uch kishi (biri sirdaryolik, biri fargʻonalik va biri men, qashqadaryolik) oʻtirgandik. Men va fargʻonalik xonadoshim bir mavzuda berilib gaplashayotgandik. Shunda sirdayoligimiz luqma tashladi:

​​— Nimani hangamasini qilyapsizlar? ​​— deb soʻradi u.
​​— “Unwanted Boys” degan media futbol jamoasi haqida, ​​— javob berdim men, uning shevasini tushunganim sabab.

Fargʻonalik xonadoshimiz bu savoldan hayron qoldi:

​​— Hech kimni ustidan qotmayapmiz lekin...

Shunda men vaziyatni bittada angladim. Sirdaryolikning shevasini tushunadigan odam sifatida fargʻonalikka aql oʻrgatmoqchi boʻldim.

​​— E siz tushunmadiz, bular gurungni “hangama” deydi. Nimani gurung qilyapsizlar demoqchi...

Shunda fargʻonalik sherigimiz battar tang ahvolga tushdi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, “hangama”ning ustiga “gurung” ham qoʻshildi. Yana tilshunosligim tutib, vaziyatni tushundim-da, kulib yubordim:

​​— E siz yana tushunmadiz, suhbatlashib oʻtirishni bular hangama deydi, biz esa gurung deymiz. Oddiy suhbatlashish, qisqasi.
​​— ​​Shunaqa denglar-da, biringlar hangama deysizlar, biringlar gurung deysilar. Oddiy aytsayam boʻlarkan-u...

Ayni biz oʻtgan voqeadan kulishib, shevalardagi farqni tahlil qilib oʻtirganimizda andijonlik xonadoshimiz kirib keldi. Voqeadan xabar topgach, “ha-a, umi, bizda otamlashish deydi buni” desa boʻladimi...

P.S: mabodo sizning shevangizda suhbatlashishning yana boshqa varianti yoʻqmi? Quloqqa chalinganda hayron boʻlmaylik deyman-da :)

@usmonosphere

Usmonip

09 Jan, 16:09


#tavsiya

Bekzod Yusupovning stendap chiqishlarini anchadan beri kuzataman. Kecha “Gapir” nomli konsertini tomosha qildim. Vauv! Juda zoʻr, ayniqsa, yakuniy qismlari oʻta dahshat.

Bu gal Bekzod koʻzim oʻngida yosh komik emas, oʻz dardlarini, achchiq haqiqatlarini yumor vositasida yetkazib bera oladigan tajribali ijodkor sifatida gavdalandi.

Sizlarga ham konsertni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Marhamat: https://youtu.be/43zEJYM-Gk4?si=lZ5Us96LVC0GElhB

@usmonosphere

Usmonip

08 Jan, 14:18


#tanlov

Kimga “Jannat” kerak? Unda qatnashing!

Tanlov! Shartlari oddiy: post ostiga ism-familyangizni (yoki nikneym) qoldiring, men sizga maxsus link beraman. Shu linkni kanalingizga, storis yoki guruhlaringizga joylab, “Usmonip” kanalini doʻstlaringizga tavsiya qiling.

Gʻolib uchta boʻladi:

2 nafar eng samarali tavsiya egasi (siz orqali kanalga qoʻshilgan obunachilar soniga qarab)

1 nafar tasodifiy tavsiya egasi (kamida 3 ta obunachini kanalga taklif qilganlar oʻrtasida random orqali aniqlanadi)

P.S: Gʻoliblar texnik-avtomatik aniqlanadi (Telegram va Random)

Demak, sizda 10-yanvar 21:00 gacha vaqt bor! Hozirdan ismingizni qoldirib, linklarni oling. Barchaga omad!

Har bir gʻolibga Abdurazzoq Gurnaning “Jannat” asari sovgʻa qilinadi!

Tanlov yuzasidan savollarni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@usmonosphere

Usmonip

08 Jan, 13:44


Xaloyiq, 11-kuni Izlam ruknining 2-faslida chop etilgan kitoblar taqdimoti boʻlar ekan. “Keling: fikrlashaylik, koʻrishaylik, muloqot qilaylik, qaytadan tanishaylik” debdi tashkilotchilar.

Mayli, tanishsak tanishoʻramiz-da deb boringiz. Batafsil maʼlumotni qayerdan olishni mendanam yaxshi bilasizlar degan umiddaman.

@usmonosphere

Usmonip

08 Jan, 07:09


Laʼnati kitoblar...

Usmonip

07 Jan, 20:31


*    *   *

Oshib ketolmaysan haddingdan hatlab,
Oʻzingdan, oʻzgadan zerikkan vaqtlar.
Osmon bilan nochor xayr-u xoʻsh aylab,
Qoʻllarin silkitar kuzgi daraxtlar.

Oʻzim bilan oʻzim kezarman tanho,
Havoda muallaq...
Na baland-pastman.
Butunlik qolmagan butun dahr aro
Xayolingdan butun chiqmoqchimasman.

Ostimizda zamin olayib qarar,
Ustimizda osmon turar aylanib.
Yuraklar holidan butkul bexabar,
Mayda gap singari ketdik chaynalib.

Bir zum koʻz ochirmas,
Koʻzim oʻngida
Koʻngilning oynasin qoplagan gʻubor.
Bir xayol tentirar yodim boʻgʻzida...
Chaynalma...
Yo tupur...
Yo yutib yubor...

Shahodatbonu Imomnazarova

Surat: Yuval Robichek

@usmonosphere #nazm

Usmonip

27 Dec, 19:34


#manzilsiz_maktublar

Rukn omadli ochildi. Boshidanoq bu qadar koʻp xatlar keladi, deb oʻylamovdim. Hammasini eʼlon qilolmadim, kechiring. Demak, aksariyatingiz toʻkilishga bir turtki istagan ekansiz. Turtki berolgan boʻlsam, xursandman.

Doim maktub yozib turing. Mayli, kimdir oʻqisa ham, oʻqimasa ham yozing. Muhimi, oʻzingiz biroz yengil tortasiz, ruhingiz tozaradi. Ishonaman, hech kim maktublarida yolgʻon gapirmaydi, aldamaydi. Shuning uchun ham maktublarni sevaman.

Qogʻozga ham yozib turing, buning gashti boʻlakcha. Xullas, odatga aylantirsangiz zarar qilmaydi.

Ruknni buguncha toʻxtatamiz. Ammo yana qachondir manzilsiz maktublaringiz boʻlsa, yuboring. Bajonidil oʻqiymiz, tahlil qilamiz va ulashamiz.

Qimmatli tuygʻularingiz bilan boʻlishganingiz uchun tashakkur!

@usmonosphere

Usmonip

27 Dec, 19:02


​#manzilsiz_maktublar

Ogʻriqli maktublardan yana birini eʼtiboringizga havola etaman:

☃️ У тебя новое анонимное сообщение!

Oyijon, bilasizmi, sizning o‘rningiz juda bilinyapti.
Ko‘rsatuvlarda ko‘rardim, kimningdir onasi yo‘q edi va kimdir bilmasdan undan onasiga yaxshi ko‘rishini aytishini so‘ragandi va haqiqatni bilgach, uzr so‘ragan edi. Onasiz insonning ko‘zlari namlanib,  kayfiyati tushib ketganini ko‘rib hayron qolardim (u paytlari yosh edim-da, ona). Endi tushunyapman, ich-ichimdan his qilyapman, bu... bu...bu juda yomon tuyg‘u ekan.

Bilasizmi, siz hayotlik paytingizda "menga hech kim kerak emas, yigitlarsiz ham, dugonalarsiz ham mustaqil yashay olaman" deb o‘ylardim. Endi tushundim, o‘sha paytda yonimda siz bo‘lganingiz uchun men o‘zimni kuchli his qilar ekanman. Hozir yonimda dadam bor, ammo qiz bola uchun baribir ona eng yaqin sirdosh bo‘larkan.

Oyi, ko‘nglingiz juda sezgir ekan-a, hayotlik paytingizda kimnidir yoqtirmaganingizda, u unaqa odam emas-ku derdim. Hozir hammasini tushundim, nega yoqtirmaganingizni tushundim, oyi. Siz farishta ekansiz. Faqat birgina armonim siz bilan so‘nggi marta vidolasholmaganim...

Sizga hech qachon aytmaganman, lekin men sizni juda yaxshi ko‘raman.

@usmonosphere

Usmonip

27 Dec, 17:35


Ajoyib bir fikr keldi!

Bilaman, maktub yozmay ketganingizga ancha boʻlgan. Bilaman, ichingizda kimgadir aytadigan gaplaringiz, soʻraydigan uzrlaringiz bor. Lekin nimadir sizni toʻxtatib turadi...

Hammasini bir chetga surib, maktub yozing. Ammo oʻsha insonga emas, menga yuboring. Istasangiz, anonim holda yoʻllang. Men sizlarning xatlaringizni sahifamda eʼlon qilaman. Zora, oʻsha kishining koʻzi tushsa.

Demak, shart shu: xat yozing, menga yuboring, ichingizdagi hammasini ifodalang, istasangiz, ochiq-oydin, istasangiz anonim yozing yoki faqat oʻzingiz biladigan laqablardan foydalaning. Xullas, hislaringizni qogʻozga toʻkadigan vaqt keldi.

Kutib qolaman. Maktublaringiz barchamizga qiziq.

Xat yuborish uchun havola

@usmonosphere

Usmonip

27 Dec, 16:19


If you like your coffee hot,
Let me be your coffee pot.
🩵

@usmonosphere

Usmonip

27 Dec, 10:33


​#sevimli #nazm

***
Ichikdim. Sog‘indim  seni, shekilli,
Tongim  rangi  sariq,  xasta  kunduzim.
Ixrab  quyosh  chiqar,  o‘qchib  oy  sho‘rlik,
Osima –
Sen  kimning  qizi!

Ko‘rpaga  burkansam,  ko‘rpa  ilvirar,
Yostiqqa  yopishsam,  ilvirar  yostiq.
O‘y  menga  sig‘maydi,   uy  menga  sig‘mas,
bosiriq – bosiriq...

Zirillar borlig‘im yursam,  yo‘l  ko‘nmas,
Qoyaga tirmashsam,  puchmayar  qoya.
Qarg‘asam,  qarg‘ishim  duoga  o‘xshar,
voooya...

Ichikdim. Sog‘indim  seni,  shekilli,
Xo‘rligim  keltirar  g‘alati  gina.
Nimaga odamlar  shod,  xurram,  mamnun,
Bizlar  odammasmi,
Osima?!

Abduvali  Qutbiddin

@usmonosphere

Usmonip

26 Dec, 19:25


Diqqat!

Sahifamning bir kunlik egasi aniqlandi. Tanishing, 31-raqam egasi ​​— Sarvinoz Baratova!

Hozir sizni maʼmurlikka saylayman. Bir kun davomida oʻzingiz qosh-koʻz boʻlasiz obunachilarimga. Sahifamni sizga, sizni Xudoga topshiraman.

P.S: Sarvinoz Baratova qabul qilmasa, 32-raqamga yuzlanamiz :)

@usmonosphere

Usmonip

26 Dec, 14:56


#ajabtovur

Qiziq eksperiment koʻrib qoldim. Shuni sinab koʻrmoqchiman.

Xullas, kanalni bir kunga birorta obuanchimga beraman, u bir kun davomida xohlagan postlarini qoʻyishi mumkin. Faqat senzura bor: 18+, 21+, bukmekerlik, qalloblik, reklama va hokazo narsalarni joylamaysiz.

Oʻsha “bir kunlik mehmonni” random orqali aniqlaymiz. Bugun 00:00 gacha izohlarda “+” qoldiring. Sizlarga raqam beraman. Shular orasida bir kishi vaqtinchalik adminlikni qoʻlga kiritadi.

Qani, ketdik...

@usmonosphere

Usmonip

25 Dec, 18:44


U oʻzining oʻzini chizayotganini va oʻzining oʻzini chizayotganini va yana oʻzini chizayotganini chizdi.

👨‍🎨 Rassom: Seamus Wray

@usmonosphere

Usmonip

09 Dec, 16:25


#tavsiya

Qish ayni kitob mutolaasiga shoʻngʻiydigan fasl. Buning uchun sizga issiqqina oʻrindiq, kitoblar, qahva hamda bukblogerlarning kanallari zarur boʻladi.

Qolgan narsalarni oʻzingiz tashkil qiling, men sizga oxirgisini ilindim:

Bukblogerlarning Telegramdagi sahifalariga ulanib oling

Usmonip

09 Dec, 14:54


KOʻRGAZMAGA MARHAMAT!!!

Fotografiya/Fotojurnalistikaga befarq boʻlmaganlarni yilning eng oʻziga xos fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz.

"Bir maktab – turfa nigoh" nomli ushbu koʻrgazma ʼʼUstoz-Shogirdʼʼ anʼanasiga asoslangan boʻlib, unda fotorassom va fotojurnalist Husniddin Atoning shogirdlari — Dilruh Isomiddinova, Madina A'zam, Xolida Musulmon, Kamron Hasanov, Ezoza Umr, Fazilat Soib, Mumtozbegim, Marvarida Isroil, shuningdek eshitish imkoniyati cheklangan fotosuratchilar— Murod Yusuf, Gulnoza Adham hamda
Mariya Malinovskayalarning turli yoʻnalishdagi sara foto asarlari, shuningdek, Husniddin Atoning Parij 24 Paralimpiya o‘yinlaridagi eng sara asarlari oʻrin olgan.

Fotoko'rgazmada koʻrishguncha.


📆 Sana: 11-dekabr, 2024-yil;
Vaqt: 17:00 (ochilish marosimi)
📍 Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi.

Lokatsiya!

Barchangizni taklif etamiz!

@Xolida_Musulmon

Usmonip

08 Dec, 19:50


#ajabtovur #sanʼat

Mashhur kino rejissyorlarining ijodiy uslubi haqida ijodkorona infodizayn. Sizga qaysi biri yoqdi?

Muallif: Behzad Nohoseini

@usmonosphere

Usmonip

08 Dec, 08:18


Necha yilki har doim ilk qor yoqqanida shu sheʼrimni eʼlon qilishni anʼanaga aylantirib oldim. Hoʻ-oʻ bir zamonlar yozilgan, hamon qadrdon sheʼrcham bu.

Marhamat, qor kayfiyati toʻkis boʻlsin:
👉🏿 https://youtu.be/G-692DIbDR0

@usmonosphere

Usmonip

07 Dec, 20:20


Bismilloh deb boshladim...

👉🏿 @soz_lab

Usmonip

07 Dec, 16:00


#diqqat

Doʻstlar, sahifa yurishi uchun hamma narsa tayyor. Faqat obunachilar soni 100 taga yetishini kutyapman...

@soz_lab × @usmonosphere

Usmonip

07 Dec, 10:19


“Анора” филми чиқаётгани ҳақида эшитган бизнинг “санъатсеварларимиз” ҳали ўзлари сюжетини аниқ билмайдиган филмига “ўзбекистонлик қизнинг фоҳишалиги ҳақида экан”, “қизларимиз шаънига тош отяпти”, “миллатимиз номини булғашяпти” деб аюҳаннос солишганди. Шу филм American Film Institute Awards томонидан йилнинг энг яхши филмларидан бири деб топилибди. Ундан аввалроқ 77-Канн кинофестивалида энг юқори мукофот ҳисобланган “Олтин палма новдаси”ниям қўлга киритганди.

Қизиғи, бу филм бош қаҳрамонининг ўзбек эканлиги ҳақида аниқ далиллар йўқ ва у қизларга Анора исми қўйилиши мумкин бўлган исталган бир миллатга мансуб бўлиши мумкин эди. Унданам аянчлиси, филм қайсидир миллатда кўпроқ “суюқоёқ” чиқиши ҳақида эмас, шунчаки жамиятнинг ҳар қандай қатламидаги одам ҳам бахтли бўлиши мумкинлиги ва бу йўлда оилавий, ижтимоий каби турли тўсиқларни енгиб ўтиш ҳақида бўлган. Бизнинг жамият эса ҳалиям буни қабул қилолмай ҳалак. Тўғрисиямда, четга ўқишга кетган ҳар қандай қизни “вой бу бузилиб кетади” деб хаёл қиладиган, лекин ўзи “Миллион”, “Браво”ларнинг Чилонзор мост, Шуҳрат, Қатортол деган арзон ҳазилларига ичаги увишиб куладиган одамлардан кўп нарсани кутиш керак эмас, шекилли.

@safarblog

Usmonip

07 Dec, 08:30


#ajabtovur

Odessadagi (Ukraina) bir hajviy jurnalda 1917-yil iyun sonida chop etilgan karikatura. Unda ozodlikka har kim har xil qarashi ifodalangan.

Amerikalik:
​​— Bizda erkinlik bor, endi toʻgʻri kelgan odam meni doʻpposlolmaydi.
Rus:
​​— Bizda erkinlik bor, endi toʻgʻri kelgan odamni bemalol doʻpposlashim mumkin.

@usmonosphere

Usmonip

06 Dec, 19:45


#diqqat #oramizda_qolsin

Yaqinda Otabek Mahkamov bilan boʻladigan uchrashuvga ikkita taklifnoma bor. Taklifnoma egalari ayni oʻsha kuni bora olmasliklari sabab, sotishga qaror qilishibdi.

Mr. Otabekning muxlislari boʻlsa, @munshaotbot ga aloqaga chiqing, narxlarini bilib olasiz.

P.S: bunaqa taklifnoma soni juda cheklangan...

@usmonosphere

Usmonip

06 Dec, 17:31


#gurung

👉🏿 @munshaotbot

Savollaringiz, gaplaringiz, taklif va tanqidlaringiz boʻlsa, yozib qoldiring. Yoʻlda oʻqib boraman. Uyga kirvolib javob yozaman 🤝

@usmonosphere

Usmonip

06 Dec, 10:14


​#iqtibos

Mikoil Adiguzelning “Katta shahzoda” asaridan iqtiboslar

• Ajab… Ulg‘ayishdan kim ham quvonardi odamzotdan boshqa? Harqalay, gullar daraxtdek baland bo‘lishni xohlashmasa kerak.

• Baxtga yetmoqchi bo‘lsang, horimoqqa tayyor tur.

• Bilganlaring eng katta dushmaningdir.

• Bitta yosh bolaga vaqt sarflash mingta katta odamni tanishdan yaxshiroqdir.

• Ba’zan eng yaxshi niyatlardan chuqur jarohatlar paydo bo‘ladi.

• Bolalarning sofligi har qanday donishmandlikdan ustun.

• Top-toza tomchi butun boshli ummondan a’lodir.

• Chin yurakdan yaxshi ko‘rgan odam qayerda bo‘lsa ham sevgilisi bilan birgadir.

• O‘ylamay gapirgan kishi gapining asiriga aylanadi.

• Nimaiki qidirsangiz, bir kun qalbingizda topasiz.

• Insonlar eng ko‘p o‘zlari bilan yuzma-yuz kelishdan qo‘rqadilar.

• Bitta daraxtni o‘rganish uchun to‘rt fasl, ya’ni bir yil sarfladingiz. Odamni tanish uchun esa bundya yillardan bir nechtasi kerak bo‘lishini hech qachon unutmang.

• O‘zingizni bilmay turib, o‘zgalarni bilishga urinmang.

• Yo‘llar ayro tushgan mahal yolg‘iz yurishni ham bilishingiz kerak.

• Ayriliq - ko‘z bilan sevganlarning dardidir.

• Ba’zan tushlarimiz hayotdagida ko‘ra ko‘proq saboq beradi.

• Muhimi, bolalikka qaytish emas, bolalar bilan birga vaqt o‘tkaza olishdir.

• Sen esa qup-quruq tuproqqa o‘xshaysan. Yuragingdagi gullarni sug‘orishing kerak bo‘lgan vaqtni boy beryapsan. Bunaqada so‘lib qoladi ular, e’tiborliroq bo‘l!

• To tirik ekansan, pushaymonlik foyda beradi.

• Zotan, barcha xotiralaring, boshdan o‘tkazganlaring - sensan, sening o‘zingsan!

• Bizni biz qilgan narsa qo‘lga kiritgan bisotimiz emas, hayot davomidagi hissiyotlarimizdir.

• Topdim deydiganlar yo‘qotganlardir.

@usmonosphere

Usmonip

05 Dec, 07:40


#ajabtovur

Dizayner Sherbek Safariy ijodidan: oʻzbek tilidagi baʼzi soʻzlarning vizual koʻrinishi.

Menimcha, juda goʻzal va ijodkorona ish boʻlgan!

Manba

@usmonosphere

Usmonip

04 Dec, 16:13


​#taqriz

Shahzodamiz katta boʻlmagani yaxshi...

Mikoil Adiguzelning “Katta shahzoda” asari chiqishi haqida eshitishim bilanoq, oʻqishni niyat qilgandim. Nomi oʻziga tortgan, Kichkina shahzodaning ulgʻayganiga qiziqdim.

Lekin Ekzyuperining shohasari va turk adibining shahzodasi oʻrtasida yer bilan osmoncha farq bor. Saviya jihatdan ham, syujet ravonligi va asar qurilishi jihatdan ham.

Birinchidan, “Katta shahzoda” menga butlul sunʼiy tuyuldi. Mening, va ehtimolki, koʻplab oʻquvchilarning tasavvuridagi Kichkina shahzoda vaqti kelib katta odamga aylanmasligi, aylanganda ham bu qadar biqiq inson boʻlmasligi kerak. Qisqasi, personaj ishonarsiz chiqqan, nazarimda.

Ikkinchidan, Katta shahzoda yana avvalgi yoʻl xaritasi boʻylab sayohatga otlanishini va eski qadrdonlari yoki ularning izdoshlarini uchratishini, ularga endi katta inson sifatida nazar solishini kutgandim. Afsuski, Katta shahzodaning sayohati notugal va yuzaki koʻrindi.

Uchinchidan, asardagi syujet chizigʻi ham juda oʻynoqi: kutubxona, tush, sayohat, taʼlim olish, kitob yozish va hokazo. Ammo baʼzi hikmatnamo jumalalar, tagiga chizsa boʻladigan satrlar bor. Ekzyuperinikichalik boʻlmasa-da, bor har qalay.

Qolaversa, kitobdagi illyustratsiyalar sunʼiy idrok yordamida tayyorlangan shekilli. Asar ruhiyatiga deyarli mos emas, xatolari koʻp: barmoqlar koʻpmi-yey, toshbaqaninh tanasi ayqash-uyqashmi-yey, cholning hassasi oʻzi tik turibdimi-yey. Shu oʻrinda umumiy fikr: suratlarda sunʼiy intellektdan foydalanish yaxshi, lekin shundayicha kitobga joylash yaramaydi. Professional rassomlar bilan ishlash maqsadga muvofiq.

Asar tarjimasi ham menga maʼqul kelgani yoʻq. Turkchadan tarjima qilingani shundoqqina bilinib turibdi. Yaʼni gaplar turkcha qolipda, baʼzi soʻzlar turkchadagisini shundoqqina oʻzbekcha alifboda yozib qoʻyganday tuyiladi. Masalan: “parvosizcha” ravishidan foydalanilgan. “Parvosiz” shundoq ham oʻsha maʼnoni beradi, “-cha” qoʻshish shart emas. Yoki “beparvo” deb ifodalash mumkin edi.

Gapning qisqasi, mening nazdimda “Katta shahzoda” unchalik ham oʻzini oqlamagan taqlid. Kitobning nomigina odamni jalb qiladi. Agar “Kichkina shahzoda”ning (ashaddiy) muxlisi boʻlsangiz, bu asarni oʻqishni tavsiya qilmayman. Kutganingizga yarasha narsa olmaysiz. Siz va biz uchun “Kichkina shahzoda” kichkinaligicha aziz.

@usmonosphere

Usmonip

04 Dec, 11:48


#ajabtovur

Aytishlaricha, bugun butunjahon achom-achom kuni emish... Bayramni yaxshi oʻtkazinglar, tepadagilar :)

Surat muallifi: Yuval Robichek

@usmonosphere

Usmonip

04 Dec, 09:39


#yangi_kitob

Bugun “Pir nashr”dan sovgʻa keldi. Erkin Aʼzamning “Gonoluluga elchi” va Rizvon Oqlonning “Uzoq tuzoqlar” kitoblari ekan.

Bir necha kun avval Halima Ahmadning uylariga borgandim. Halima opa “Erkin aka zoʻr asar yozibdi, tili juda ravon, katta yurak bilan yozgan ekan, albatta oʻqib chiq shuni” deb rosa maqtagandi.

Orada 2-3 kun oʻtib oʻsha kitob oʻz oyogʻi bilan kelib tursa deng. Quvonadi-da odam. “Pir nashr” mutasaddilariga rahmat. Mutolaani “Gonoluluga elchi”dan boshlayman.

@usmonosphere

Usmonip

04 Dec, 09:06


#sanʼat #tavsiya

Davlat teatrlari va sanʼat saroylarining dekabr oyidagi repertuari ekan. Sanʼatsevar doʻstimiz Axrorxon yubordi.

Sizga ham ilindim, vaqtingizga qarab madaniy hordiqni rejalashtirsangiz boʻladi.

P.S: Ilhom, ArtHouse Hamsa, Shams-i-Qamar, Maʼvo kabi teatr-studiyalar repertuari ushbu roʻyxatdan joy olmagan :)

@usmonosphere

Usmonip

03 Dec, 20:46


MAVZUNA

Sizdan dunyo soʻraganim yoʻq,
men dunyodan sizni soʻradim.
Shoir boʻlib tugʻildim, axir,
axir, oshiq boʻlib toʻradim.

Qarshingizda bukmadim tizni,
qoʻl uzatmang siz ham, iltimos;
men shunchaki sevdim-u sizni,
sizdan sevgi soʻradim, xolos.

Otim tutib, mayli, toʻkmang yosh
va chorlamang ogʻushingizga...
Men ham qishda boʻlmasman quyosh,
shamol boʻlmam sovushingizga.

Hamdam boʻlmang, mayli, umrbod,
hasratimga sabab qilmayman,
sevsangiz bas meni, parizod,
boshqa narsa talab qilmayman.

Elantirmang endi bunchalik,
oqilasiz, donosiz, zakiy...
Nahot, qiyin boʻlsa shunchalik
bir odamni sevmoq shunchaki?!

Mansur Jumayev

@usmonosphere #nazm

Usmonip

03 Dec, 08:41


#ajabtovur

Kim qaysi avlodga mansub?

Yoʻqotilgan avlod ​​— 1883-1900
Buyuk avlod ​​— 1901-1927
Sokin avlod ​​— 1928-1945
Bumerlar avlodi ​​— 1946-1964
X avlod ​​— 1965-1980
Milleniallar avlodi ​​— 1981-1996
Zed avlod (zumerlar) ​​— 1997-2012
Alfa avlod ​​— 2013-yildan buyogʻi

Otam bumer, onam X avlod, akalarim milleniallar, men zumerlar avlodiga mansubman. Siz-chi?

P.S: keyingi avlod katta ehtimol bilan Beta avlod deb atalsa kerak :)

@usmonosphere

Usmonip

02 Dec, 20:07


#SoʻzLab

Nurmuhammad bilan loyihacha uchun logotiplar oʻylab koʻruvdik. Hozircha birinchisi qoʻyib turibmiz.

Sizga qaysi biri yoqdi? Quyidagi soʻrovnoma orqali javob bersangiz, xursand boʻlardim.

@usmonosphere

Usmonip

02 Dec, 19:23


#yangi_loyiha

SoʻzLab ​​— tilimiz sofligi yoʻlida kichkina qadam

Har kuni turli-tuman soʻzlar bilan toʻqnashaman. Baʼzan ajnabiy soʻzlarning oʻzbekchasini topishga yoki yasashga toʻgʻri keladi. Baʼzan boshqalar (yozuvchi, shoir, tarjimon va hkz) qoʻllagan yangi soʻzlarni koʻrib koʻnglim yayraydi, xazina topgandek boʻlaman.

Anchadan beri turli manbalarda uchraydigan, shevalarda yoki xalq isteʼmolida faol qoʻllaniladigan, olinma soʻzlarning oʻrnini bemalol bosa oladigan, tarix qatlarida qolib ketib qayta jonlanayotgan soʻzlarni jamlash haqida oʻylardim.

Yaqinda shoir doʻstim Nurmuhammad Abduzoirga shu fikrimni aytdim. Eshitdi-yu har doim soʻroqlab, turtkilab turadigan boʻldi. Uning ijobiy qistovi bilan bismilloh deb boshladim mana.

Umidki, dardmand tilimizga ozroq madad boʻlsa. Yana umidki, kelajakda bizdan moʻjazgina lugʻat qolsa. Yuzimiz yorugʻ boʻlsin, iloyim!

@SOZ_LAB ​​— oʻzbekchamizning tomirlarida yangi qon yugurishi uchun

Usmonip

02 Dec, 11:44


#sanʼat

Doʻstlar, 7-dekabr kuni 17:00 da “Studio Artikul 32”da multidisiplinar ijodkor Elnur Egamov va adabiyotshunos Dilbar Haydarova hamkorlikda “MIF: Unutilgan afsonalar” koʻrgazmasi ochiladi.

Elnur Egamov ajoyib rassom. Zamondosh rassomlar ichida peshqadamlardan biri. Bundan ilgari Elnur akaning “Nostalgiya” nomli ijodiy koʻrgazmasi haqida post yozgandim.

Vaqt bilan ishtiyoq boʻlsa, boringlar :)

@usmonosphere

Usmonip

30 Nov, 19:11


#gurung

Qish keldi. Kuz ketdi. Kuzni suhbat bilan tugatib qoʻysak-a? Kuzdan olgan xulosalaringiz bilan boʻlishing :)

👉🏿 @munshaotbot

Usmonip

28 Nov, 17:41


#tarmoqdan

Bilmadim, nimadir deb izoh bildirishga ojizman. Ammo, qiz izlashni ham ijodkorona boshlabdi.

P.S: aytgancha, birorta kino (kinoning oʻzi) tavsiya qilinglar-chi...

@usmonosphere

Usmonip

23 Nov, 19:58


#tavsiya #kitobxonlar_ligasi

Diqqat, diqqat! Kitobxonlar uchun muhim tadbir bor!

“Kitobxonlar ligasi”ning navbatdagi soni bugun 14:00 da Respublika bolalar kutubxonasida boʻlib oʻtadi. Bu gal muhokama qilinadigan asar ​​— Oskar Uayldning “Dorian Greyning portreti” romani.

Asarni muhokama qilmoqchi boʻlganlar va shunchaki jarayonga qiziqqanlarni kutubxona bagʻriga chorlaydi.

@usmonosphere

Usmonip

22 Nov, 17:19


TAKLIFLI ZOʻR GʻAZAL
 
Kel, soqovdek turma, sayrona bo‘laylik,
Bir-birovga sha’m-u parvona bo‘laylik. 
 
Notaruslab ovro‘paviy nikoh-hujjat,
Mullaga so‘ng borib sharqona bo‘laylik. 
 
Jadal ishlab chiqarmak-chun bola-baqra,
Ikkimiz zo‘r qo‘shma korxona bo‘laylik. 
 
Tijoriy sayr etib Istanbul-u Tehron,
Bozorlarda umri kayfona bo‘laylik. 
 
Kelsa omad — birga yashnab, yuksalib juft,
Ketsa omad — birga vayrona bo‘laylik. 
 
Bo‘ldi ertak birlashib Farhod-u Shirin,
Janna-Kulkul bo‘lib, afsona bo‘laylik.

Anvar Obidjon

@usmonosphere #nazm

Usmonip

22 Nov, 01:18


Bu qala – Zahar

Jamiyatimizga rock musiqani albomlab eshitish barokoti qaytdi deyishmoqda.

Bu qalaning yangi ‘‘Zahar‘‘ post-punk, indie-rock konseptual mini-albomini barcha musiqiy platformalarda to‘xtamasdan tinglang.

Apple Music

Spotify Music

Yandex Music

@rokerlar_jamiyati

Usmonip

21 Nov, 16:06


#tanlov #natijalar

Doʻstlar, ilk bor bunaqa formatda tanlov oʻtkazishim edi! Qatnashganlarga tashakkur! Menga katta turtki boʻldi!

Endi gʻoliblarni eʼlon qilsam:

🥇 1-oʻrin ​​— Usmonova Diyora (64)
🥈 2-oʻrin ​​— Rushana Fozilova (57)
🥉 3-oʻrin ​​— Muslimaxon Saidova (46)

Gʻoliblarni tabriklaymiz! 1-oʻrin egasiga “Dunyo daholari” ruknidagi 5 ta kitob, 2- va 3- oʻrin egalariga vaʼda qilingan kitoblarni pochta orqali joʻnataman.

Barchangizga yana bir bor rahmat! Kanaldan ketib qolmang, tez-tez sizlarni kitob bilan siylab turaman :)

@usmonosphere

Usmonip

21 Nov, 15:53


#tanlov

Iye, hash-pash deguncha gʻoliblarimizni aniqlaydigan vaqtga ham oz qolibdi-ku...

Xoʻsh, kim birinchi oʻrinni egallarkin bugun?

@usmonosphere

Usmonip

21 Nov, 12:06


#tavsiya

Oʻta goʻzal va bejirim sheʼrlar muallifi, doʻstim Humoyun Fattoh bir necha kun avval yozgandi. “Tanlov oʻtkazmoqchiman, sovgʻalar oldim, oʻzim uchun emas, adabiyot targʻiboti uchun nimadir qilgim kelyapti” dedi.

Oʻrtada maslahatni pishitdik va mana natija! Moʻjazgina loyiha yaraldi. Humoyunni qoʻllab-quvvatlang, tanlovda qatnashing, kamarbasta boʻling.

Hali yana goʻzal loyihalar qilishga shaylanib turibdi bu yigit!

@usmonosphere

Usmonip

21 Nov, 12:02


🔥DIQQAT, KONKURS

🥸 Assalomu alaykum, qadrli adabiyotsevar doʻstlar, she’riyatning ashaddiy muxlislari!

🧨 “Iqtidor” adabiy-badiiy harakati oʻzining ilk konkursiga start beradi!

🤝 Shartlar quyidagicha:

1. Telegramda
@humoyunfattoh kanaliga obuna boʻlasiz;
2. Quyida nomi zikr etilgan shoirlardan birining ijodi asosida videoshe’r tayyorlaysiz va
#iqtidor xeshtegi ostida oʻz sahifangizda ulashasiz;

Asqar Mahkam
Abduvali Qutbiddin
Faxriyor
Aziz Said

3. Videoshe’rni nafaqat oʻz sahifangizda ulashishingiz, balki
@humofath ga ham yuborishingiz kerak boʻladi.

🕰 Muddat: 30.11.2024 gacha

🙋🏻‍♂️ Konkurs gʻoliblarini esa https://t.me/iqti_dor telegram sahifasida ovoz yigʻish natijalariga koʻra aniqlaymiz!

🥇 Konkursda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan ishtirokchiga yangi nashr etilgan Izlam toʻplamidagi barcha kitoblar taqdim etiladi.
👀 2 va 3-oʻrin gʻoliblarini ham sirli sovgʻalar kutmoqda!

Oʻz omadingizni sinab koʻring, Soʻzdan uzoqlashmang!

@humoyunfattoh

Usmonip

20 Nov, 19:15


Aql oʻrgatmanglar, kitob oʻqimasa shundogʻam uylanmayman :)

@usmonosphere #chellenj

Usmonip

20 Nov, 17:12


#nazm

BIR TOMCHI YOSH

Cho‘qqidan bir kichik tosh yumalasa,
Tog‘ni qulatgudek suron qiladi.
Ko‘zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog‘day yuragimni vayron qiladi.

Agar ko‘ksim uzra qulasa birdan,
Tutmoqqa qodirman tog‘lar toshini.
Hayhot, ko‘tarolmam kipriklaringdan
Uzilgan bir qatra qayg‘u yoshini…

Erkin Vohidov

@usmonosphere

Usmonip

20 Nov, 09:43


#mujda #tarjima

“Yoshlik” jurnalining 9-10/2024 soni mundarijasi.

Unda Mark Sukerbergning 2017-yili Harvard universiteti bitiruvchilariga soʻzlagan nutqi ham oʻrin olgan. Tarjimoni kamina.

Ochigʻi, ayni maqsad va missiya haqida oʻylab yurgan paytlarim shu nutq tarjimasi menga kor qildi. “Yoshlik”ni qoʻlga olsangiz, siz ham oʻqib koʻring.

@usmonosphere

Usmonip

19 Nov, 18:12


#tanlov

Hozircha oʻnlab ishtirokchilarga referral havolalarni berdim. Yaxshi ketayotganlar, hali hech kimni taklif qilmaganlar ham bor.

Keling, oʻyinga bir oʻzgartirish kiritamiz. Gʻolib faqat bitta emas, 3 ta boʻladi!

Yaʼni, odamlarni taklif qilish boʻyicha 2- va 3-oʻrinni olgan ishtirokchilarga ham sovgʻa bor! 2-oʻringa 3 ta, 3-oʻringa 2 ta ajoyib kitob sovgʻa qilaman. (Lekin qaysi kitoblar ekani sir!)

Demak, hammada imkoniyat bor, referral oling, kanalga doʻstlaringizni chorlang, kitob yutib oling! Xullas, otni qamchilang!

P.S: “Sanduvoch” referrali egasi oʻzim, u yutuq olmaydi :)

@usmonosphere

Usmonip

18 Nov, 14:01


#diqqat #tanlov

Yaqinroq keling, vaʼda qilingan tanlovni boshlaymiz.

Sizda 5 kitobdan iborat “Dunyo daholari” toʻplamini qoʻlga kiritish imkoni bor. Bu toʻplamga boshdan-oyoq oʻzim muharrirlik qilganman. Mehrim va mehnatim singgan. Shu sababdan sizga ravo koʻryapman.

Sharti esa ozgina-yu sozgina: izohlar qismida ism-familyangizni yozib qoldirasiz, men sizga maxsus havola beraman. Oʻsha havola orqali doʻst-u birodarlaringizni sahifamga taklif qilasiz.

21-noyabr 21:00 ga qadar eng koʻp odam taklif qilgan obunachimga mana shu toʻplamni hadya qilaman.

Demak, vaqt borida shoshiling, doʻstlarim! Barchangizga omad!

@usmonosphere

Usmonip

18 Nov, 10:49


#vakansiya

Doʻstlar, nashriyotda tajribali sahifalovchiga (vyorstkachi) ish bor. Orangizda nashriyot yoki matbuot sohasida tajriba ega mohir sahifalovchi topilsa, CV yuboring.

Yoki yuqoridagi koʻnikmalarga ega biror tanishingizni tavsiya qiling. Demak, talablar oddiy: tajriba, mahorat, toʻliq stavkada oflayn ishlay olish.

CV yuborish va savollar uchun: @qori_ishkamba

Oylik maosh va hokazo gaplar suhbat davomida kelishiladi. Tanishlarga tarqatsangiz, duo qilaman.

@usmonosphere

Usmonip

16 Nov, 13:17


#kechinma

Oxirgi paytda yelkamdan bir dunyo narsa bosib turibdi. Baʼzida unisiga ulgursam, bunisi qolib ketadi. Bunisi qilsam, unisi chala qoladi. Har kuni ishdaman, kechgacha qolyapman. Oxirgi metro bilan qaytgan kunlarim ham boʻlyapti. Orada oʻqish ham bor. Fors tilini oʻrganishni boshlagandim, unga bazoʻr ulguryapman.  Qolaversa, tarjimalarim, blogim va hokazolar bor.

Xullas, qaysi biridandir voz kechishim yoki ortga surishim kerak. Avvaliga qaysarlik bilan hammasiga ulguraman deb boʻynimga bas degancha masʼuliyat olaverdim. Lekin kundan-kunga oʻzimdan koʻnglim toʻlmayapti.

Nimadan alamimni olyapman buncha, bilmadim. Bir xayolim “hech qursa bittasidan voz kech” deydi. Bir xayolim “hammasi qoʻlingdan keladi” deydi. Ham jismoniy, ham ruhiy bosim his qilyapman.

Aslida post yozishga ilhom yoki gʻoya yoʻq edi. Shunchaki bugun post qoʻyishni reja qilgandim va ichimdagini boʻlishgim keldi. Surat esa shunchaki surat. Aloqasi yoʻq hech narsaga.

@usmonosphere

Usmonip

15 Nov, 05:11


#diqqat

Yuqorida keltirilgan iqtiboslar asarning men tarjima qilgan nusxasidan olinmagan.

Shunday boʻlsa-da, ulashgim keldi. Kecha ulugʻ adiba Astrid Lindgrenning tugʻilgan kuni edi.

@usmonosphere

Usmonip

14 Nov, 20:41


#sheʼrparcha

Bolaning qoʻrquvidek haqqoniy,
Taʼsirli —
Jon chiqar mahal
pichirlangan kalima misol
Ilk bor Momo Havoni koʻrib
Dong qotgan Odam Ato
Hayratiday izhor
Topmaguncha to
Tilimga osilgan qulfni
Ochmaslikka ichganman qasam.
…Qonib ishq hoʻplaymiz hali labo-lab.
Faqat hozir…
Axir tushunsang-chi
“Men seni sevaman” bu —
Hamma ayta oladigan gap!


Jontemir

@usmonosphere

Usmonip

13 Nov, 16:11


#sheʼrlarim

Ora-sirada obunachilar oʻzim yozgan sheʼrlarni soʻrab qolishadi. Bugun ham bir kishi soʻrabdi. Mayli, kanalda eʼlon qilinganlarini bir yerga toʻplab qoʻyaman. Ulashishga va oʻqishga oson boʻlsin.

• “Rassom”
• “Qor”
• “Koʻylaklar”
• “Lojaram”
• “Qorlar yogʻar...”
• “Oynur”
• “Sevgiga oʻxshash...”
• “Fojia”
• “Yigirma ikki”
• “Axir siz muattar...”
• “Soʻroq”

P.S: hozircha topganim shu. Bu roʻyxat toʻldirib boriladi :)

P.S: oʻzimning yozganlarimdan tashqari, menga eng yoqadigan sheʼrlarni @sheriston manzilidan topasiz :)

@usmonosphere

Usmonip

13 Nov, 15:37


Oooh, ayni qorli havoda toʻrttagina suhbat qurmaymizmi, oʻrtoqlar?

@usmonosphere

Usmonip

13 Nov, 10:45


​#tarjima #til #tahrir

Mashina tarjimasi, inson tarjimasi va lug‘at boyligi

Bugun bir asar tarjimasini qiyosiy tahrir qilish jarayonida ajoyib topilmaga duch keldim. Tarjimon ingliz tilidagi “populism” so‘zini o‘zbekchaga “ommabozlik” deb o‘giribdi. Mana shu birgina so‘zning o‘zidayoq tarjimonga hurmatim oshdi.

Mana o‘sha gap: “Kelib chiqishi ishchilar sinfiga mansub bo‘lsa-da, uning yaqindagina shakllangan ommabozligi soxta va jamoatchilik fikriga qarab qolgandek, qiyofasidan boshqa maqtangulik jihati yoʻqdek tuyulardi”.

Chindan ham “ommabozlik” biz har kuni ishlatib kelayotgan “populizm” so‘zining ayni muqobili bo‘la oladi. Ma’no o‘sha, har qaysi kontekstga mos tushadi, hatto ortiqcha izohsiz ham anglash mumkin. So‘z yasalish qolipi ham bizga begona emas.

Tarjimonning o‘rni va qiymati mana shu nuqtada bilinadi. Ya’ni ma’lum so‘zni ikkala tilda ham yaxshi tushuna oladigan, o‘zbek tili xususiyatlarini biladigan ilmli va iste’dodli tarjimongina tilni boyitishi mumkin. No‘noq tarjimonlar yoki tarjima dasturlari esa, shunchaki “populizm”ning o‘zini matnga yopishtirgan bo‘lardi.

Nega tarjima dasturlari professional tarjimonning o‘rnini bosa olmasligiga misol bu. Chunki tarjima dasturlari avvaldan mavjud bo‘lgan, o‘zbekcha matnlarda qo‘llanilgan, lug‘atlarga kiritilgan va bazasida mavjud so‘zlarnigina taqdim eta oladi. Yangi so‘z yasash va mavjud so‘zlarning kontekstga mosini tanlashga hali imkoniyati hali yetmaydi. Katta ehtimol bilan hech qachon yetmasa kerak.

So‘zimni amalda isbotlash uchun ayni gapni eng takomillashgan tarjima dasturiga joyladim. Avvaliga u ham “populizm” deb o‘girdi. Matnni sayqallash tugmasini bosgandim, “xalqchillik” so‘zidan foydalandi. Ammo bu variant lug‘aviy va kontekstual jihatdan muqobil bo‘la olmaydi. Ikkinchi bor sayqallaganimda esa, “xalqparvarlik” deb tarjima qildi. Afsuski, bunda ham xuddi “xalqchillik”dagi kabi muammo ko‘zga tashlanadi. Uchinchi va to‘rtinchi sayqallashda ham shu so‘zlarni qayta taklif etaverdi.

Demak, sxema quyidagicha:
Inson tarjimasi: “populism” → “ommabozlik”
Mashina tarjimasi: “populism” → “populizm”, “xalqchillik”, “xalqparvarlik”...

Ko‘ringanidek, inson faktori vositasida muttasil ravishda bosqa tillardagi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobillari topiladi yoki yasaladi. “Ommabozlik”ga o‘xshagan yangi so‘zlar og‘zaki nutqda muomalaga kirib, lug‘atlardan o‘rin olib, matnlarda faol qo‘llanilganidan keyingina uni tarjima dasturlarida ko‘rish mumkin.

Aniq statistika yo‘q, lekin tarjimonlar, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar-u muharrirlar har kuni o‘nlab, balki yuzlab yangi so‘zlarni yaratadi, eskilarini qayta muomalaga kiritadi, mavjud so‘zlarga yangi ma’no yuklanadi. Tilshunos va lug‘atshunoslardan esa, shu kashfiyotlarni doimiy kuzatib borishni, unda-bunda uchraydigan yangi so‘zlarni bee’tibor qoldirmasdan, lug‘atlarga kiritishni so‘ragan bo‘lardim. Hozircha tilimiz uchun bundan foydaliroq tadbir yo‘q.

Shohrux Usmonov

@usmonosphere

Usmonip

13 Nov, 07:00


#yangi_kitob

“Asaxiy Books”da Jordan Pitersonning “Hayot uchun 12 qoida” nomli kitobi chop etildi.

Ichida rasmchalari, sheʼrchalari bor. Olib varaqlanglar :)

@usmonosphere

Usmonip

12 Nov, 10:13


#diqqat

Yana sizlarni bezovta qilaman. V harfi bilan boshlanadigan hayvon yoki qush nomini bilasizmi?

Bilganingizni botga yozib yuboring 🙏

@usmonosphere

Usmonip

11 Nov, 08:51


#diqqat

Oʻzbek tilida “R” harfi bilan boshlanadigan hayvon nomi bormi?

Variantlaringizni botga yozib yuboring 🙏

@usmonosphere

Usmonip

11 Nov, 08:26


#siz_nima_deysiz

Dostoyevskiy qanday ijodkor?

Eynshteyn:
​​— Buyuk yozuvchi, u menga Gausdan ham koʻproq narsa bergan.
Nitsshe:
​​— Eng zoʻr psixolog, uning asarlari bilan hayotimda quvonchli kunlar boshlangan.
Markes:
​​— Men orzu qiladigan choʻqqilar Dostoyevskiy va Sofokl.
Kafka:
​​— Dostoyevskiy mening “qon qarindoshim”. Uning “Oʻsmir” romani mening asarlarimda koʻp narsani belgilagan.
Folkner:
​​— Dostoyevskiy inson qalbiga kira olish borasida har bir yozuvchi havas qiladigan daraja.
Freyd:
​​— “Aka-uka Karamazovlar” adabiyotning eng buyuk asari.
Tolstoy:
Dostoyevskiy oʻlganda yigʻladim.
Akutagava:
​​— Uning romanlari iblisni ham ma’yus torttiruvchi masxaraomuz obrazlarga boy.

...

Boqivoy:
​​— Dostoyevskiy hech kim emas...

@usmonosphere

Usmonip

10 Nov, 19:00


#lahza

Yakshanbabop yangilik: “Neyming xizmati”mdan foydalanganlar soni yana bittaga oshdi!

Yaʼni, jiyanchali boʻlibman hozirgina. Ismini oʻzing qoʻyasan deyishdi. Shunday qilib, butun umr amakisi qoʻygan nomni koʻtarib yuradigan jabrdiyda jiyan yana bittaga koʻpaydi :)

Xush kelibsan, Yangi Oʻzbekistonning yangi Xushnudi!

@usmonosphere

Usmonip

10 Nov, 12:26


Yakshanba suhbat kuni

Usmonip

09 Nov, 11:16


Muhim eʼlon!

Bugun 21:00 da @karamazovlar sahifasida Uilyam Shekspirning 5 tomli saylanmasi ezgu niyatda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.

Ham Shekspirli boʻling, ham yaxshi ishga bosh qoʻshing.

👉🏿 @karamazovlar

Usmonip

08 Nov, 06:46


SOʻROQ

Boʻsh yelkamga bosh izlaymi,
Bosh urarga tosh izlaymi,
Tosh diydamga yosh izlaymi,
Neni izlay, onajon?

Sevgi desam, titrogʻi yoʻq,
Bahor desam, yaprogʻi yoʻq,
Gard tegmagan tuprogʻi yoʻq,
Qayga tizlay, onajon?

Bilmam, kimga oʻrni lozim,
Bilmam, kimga qorni lozim,
Kimga boʻlib koʻr mulozim,
Kimni sizlay, onajon?

Ezgin chaling, tanbur qani,
Koʻzi mungli, purnur qani,
Qani, ogʻo Mansur qani,
Qancha boʻzlay, onajon?

Savolim koʻp, javobi qarz,
Sheʼrim chala, davomi qarz,
Olovman, ki yonishim farz,
Nechun muzlay, onajon?

Shohrux Usmonov

@usmonosphere

Usmonip

07 Nov, 15:06


“Shoh soxta ekan”... Faktchek qilmasdan sizlarning hissiyotingizni qoʻzgʻaganim uchun uzr.

Bu shunchaki qaysidir Nobel olgur ayolning kallasiga kelgan tanilish usuli ekan xolos. Bundan keyin tarmoqlardagi xabarlarga tagʻinam sovuqqon boʻlish kerak.

Ayolga qoyil lekin. Agar shunaqa gʻoyalar topib tursa, yaxshi PR ustasi chiqadi. Lekin har qanday ezgu gʻoya odamlarni ahmoq qilish va ikkita goʻdakni sarson qilish bilan realizatsiya qilinmasligi kerak.

@usmonosphere

Usmonip

07 Nov, 14:08


“Ayol choy qadoqchasiga oʻxshaydi ​​— qaynoq suv ichiga solmaguningcha uning qanchalar qudratli ekanini bilolmaysan”, degan edi Eleanor Ruzvelt.

Bu suratni ijtimoiy tarmoqda koʻrdim. Suratni joylagan kishi ayol ikki goʻdagi bilan eltuvchilik xizmatida yurgani, shunga qaramay juda tez harakatlanganidan toʻxtatib raqaminini olib qololmaganini yozgan ekan.

Haqiqatbin koʻz bilan qarasak, atrof-oʻngimizda yana qanchalar “qaynoq suv ichiga” tushgan ayollar bor ekan-a?

Surat manbasi

@usmonosphere

Usmonip

06 Nov, 18:55


#taklif

Ertaga 11:00 da Alisher Navoiy kutubxonasida “Kitobxon bolalar” va “Dunyo daholari” ruknidagi kitoblarning taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Tadbir qiziq boʻlsa, vaqt topsangiz keling.

@usmonosphere

Usmonip

06 Nov, 08:54


Мансур Жумаев
📜 Менинг хатоларим
🎙 Муаллиф

@sheriylahzalar

Usmonip

06 Nov, 08:44


Make Usmonip great again!

@usmonosphere

Usmonip

06 Nov, 06:11


#maqola

Uzoq tanaffusdan soʻng, yana Oyina'da materialim chiqdi. Qiziq mavzu: katta-katta yozuvchilarning bolalar uchun yozgan asarlari haqida. Oʻzim ham miriqib yozdim, sizlarga ham yoqsa kerak.

Oʻqib koʻring, ehtimol, siz uchun yangilik boʻlar. Fikr bildirsangiz, qoʻllab-quvvatlasangiz, boshim osmonga yetadi. Yana yozib turishga ruhlantiradi :)

Marhamat: https://oyina.uz/uz/article/3182

@usmonosphere × @oyinauz

Usmonip

05 Nov, 17:08


Suhbatlashamizmi?

Usmonip

05 Nov, 14:50


MEN QAYTAMAN

Men qaytaman, kipriging soyasiga qaytaman,
irmoqlarga – dunyoning doyasiga qaytaman,
boshlarini toshlarga urgan keksa burgutning
polaponi koʻz ochgan qoyasiga qaytaman.

Men qaytaman, dilu yod orasida qaytaman,
men qaytaman, koʻzlaring qorasida qaytaman,
bir qizchaning kulgichli chehrasida porlagum,
bir jununvash oʻgʻilning orazida qaytaman.

Men shundayin kuyuk dil porasida yasharman,
men shundayin begʻubor, norasida yasharman,
men shundayin beqaror – tuproq, havo, oʻt va suv
himmatidan zarralab bino boʻlgan basharman.

Anglamayman qandayin tugʻilmoqda aytarim;
qulogʻingga shivirlab aytayotgan baytlarim
andozasi ruhimda yaralgandir, ehtimol,
rabbim bilan falakda vaʼdalashgan paytlarim.

Men qaytaman, ketdi deb suyunma bir lahza ham,
yo qaroqda jimirlab oʻynamasin zarra nam,
gʻam chekmagin, Sendaman – pok dilingda zindaman;
shoirlar oʻlish uchun tugʻilmaydi, jonginam!

© Mansur JUMAYEV

@usmonosphere

Usmonip

05 Nov, 11:29


​Kun sovuq xabar bilan boshlandi. Mansur aka endi oramizda yoʻqligi haqidagi gap hamma joyda. Kuni bilan kayfiyatim boʻlmadi. Ijodini, shaxsiyatini, nuktadonligini, ilmini hurmat qilgan, har doim quyuq koʻrishadigan odamlarimdan biri, katta isteʼdod olamdan ketdi.

Hali ham chuqur oʻylar girdobidan chiqolmayapman. Oxiratingiz obod boʻlsin, Mansur aka. Goʻzal va toza sheʼrlar uchun butun umr minnatdormiz!

ISHQULLOH

Kimsan boqiymi, foniy,
yerlikmi yo osmoniy,
yo firʼavni misriysan,
yo kisroyi eroniy,
qaysar rummomiding yo,
qavmi tubbomiding yo,
yo sheri turk, yo ey jon,
xulafoyi musulmon,
yo yerdagi qirolsan,
yo koʻkdagi hilolsan
nechuk sanga qul boʻldim,
koshki edi bilolsam...
san roviy, ravodirman,
san cholgʻu, navodirman
el bir kun sani man deb
oʻylarmi, xavotirman.
Kimsan, seningmi dunyo,
nesan, seningmi dunyo,
yo men sening edimmi,
yo sen meningmiding yo?!
Qalb degan mulkim bilan
safirman silking bilan;
rizoman, agar robbiy
oʻldursa ilking bilan.
Ey ishqi Haq, ishqullo,
manim oshiqligim, o,
sanam sezganmiding yo,
sanam sevganmiding yo?!
Kel-u oshiq qoshiga,
boqmay koʻzim yoshiga,
sochib yubor ruhimni
oshiqlarning boshidan.
San qalbimga asir-u,
sanga asirman asru,
gʻaribman dunyosida,
ishq ichra vale masrur.
Bitganim bor xatimmi,
ishq avval-u xatmmi
sevgi bilan siylagay
Tangri muhabbatimni!

Mansur JUMAYEV

@usmonosphere

Usmonip

04 Nov, 15:25


#tarjima

Esingizda boʻlsa, Xuan Rulfoning “Makario” degan hikoyasini tarjima qilgandim bir zamonlar. Shu asar “tarjimalar uz” saytida eʼlon qilindi.

Rulfo ajoyib yozuvchi, u bilan adabiy sayohatimiz hali oldinda :)

Oʻqib, fikr bildirsangiz xursand boʻlaman:
👉🏿 https://tarjimalar.uz/?p=580

@usmonosphere

Usmonip

03 Nov, 15:10


* * *

Ishq avvali – baland, bepoyon osmon,
Ishq oxiri – botqoq, dunyo – qorongʻu.
Ishq avvali – yosh va qaynoq orzular,
Ishq oxiri – qarib, keksaygan orzu.

Ishq avvali – qoʻllar yorning boʻynida,
Ishq oxiri – qoʻllar qoʻltiqda bari.
Ishq avvali – nigoh yorga yuzma-yuz,
Ishq oxiri – boqar yuzsizlik sari.

Ishq avvali – kokil uzra gul-chechak,
Ishq oxiri – bir bogʻ xor-u xas, soʻnik.
Ishq avvali – tengsiz dunyo egasi,
Ishq oxiri – essiz, egasiz oʻlik.

Ishq avvali – mardlar toʻnin kiygan lof,
Ishq oxiri – nomard toʻqigan tuhmat.
Ishq avvali – dilda lazzatli azob,
Ishq oxiri – dilda oʻrtangan gʻurbat.

Ishq avvali – labda erigan boʻsa,
Ishq oxiri – achchiq, shoʻr bosgan kadar.
Ishq avvali – diydor nash’u namosi,
Ishq oxiri – hijron tutqazgan zahar.

Ishq avvali – gulga burkangan bahor,
Ishq oxiri – xazon fasli, xiyonat.
Ishq avvali – ilk bor yaralgan dunyo,
Ishq oxiri – qoyim boʻlgan qiyomat.

Loyiq Sherali

[Tojik tilidan Odil Ikrom tarjimasi]

@usmonosphere #nazm

Usmonip

03 Nov, 06:11


​#tarmoqdan

Umberto Ekoning ulkan shaxsiy kutubxonasida bir necha oʻn minglab kitoblar boʻlgan. Baʼzilar uning kutubxonasidagi kitoblar soni 30 mingga yaqin deb taʼkidlashgan. Yozuvchidan koʻpincha shuncha kitoblarning qanchasini oʻqib chiqqanligi haqida soʻrashar edi. Umberto Ekoning oʻzi bu haqda shunday degan:

“Mening uyimga birinchi marta kelib, katta kutubxonamni koʻrgan kishi «Bu kitoblarning hammasini oʻqib chiqqanmisiz?” deb soʻraganida, javob uchun bir nechta tayyor variantlarim bor. Mening bir doʻstim oʻziga berilgan bunday savolga quyidagicha javob beradi: “Ha, hatto bundan ham koʻproq kitob oʻqiganman”.

Menda esa ikki xil javob bor. Birinchisi: “Yoʻq. Bu yerda faqat kelasi hafta oʻqishim kerak boʻlgan kitoblar turibdi. Oʻqib boʻlgan kitoblarim esa universitetda saqlanadi”. Ikkinchisi: “Men bu kitoblarning birortasini oʻqimaganman. Aks holda, ularni uyimda saqlashimning nima keragi bor?” Albatta, suhbatdoshimni yanada qattiqroq “jazolashim” uchun yana boshqa turli-tuman javoblarim ham bor.

Haqiqat shundaki, har birimizda — agar kutubxonasi juda katta boʻlsa — oʻqilmagan oʻnlab, yuzlab, balki minglab kitoblar bor. Ammo vaqt oʻtib ularni qoʻlimizga olsak, ularni tanishday his qilamiz. Qanday qilib? Qanday qilib oʻqimagan kitobni bilamiz?

Birinchi javob - mistik, lekin men uni qabul qilmayman: kitobdan sizga qandaydir toʻlqinlar oʻtib turadi, deyishadi.

Ikkinchi javob - aslida, yillar davomida biron marta ham bu kitobni ochmaganingiz toʻgʻri emas; siz uni koʻp marta joyini oʻzgartirgansiz, ehtimol, hatto bir ikki sahifalarini varaqlab chiqqansiz, lekin esingizda yoʻq.

Uchinchi javob: yillar davomida boshqa koʻplab kitoblarni oʻqigansiz, ularda esa bu kitob haqida iqtiboslar keltirilgan, va oxir-oqibat u sizga tanish boʻlib qolgan.

Demak, biz oʻqimagan kitoblar haqida nimalardir bilishning koʻplab yoʻllari bor. Yaxshiyamki, shunday. Aks holda bir kitobni toʻrt marta oʻqish uchun vaqtni qayerdan topamiz?

©“Kitobxonlar davrasi”dan olindi

@usmonosphere

Usmonip

02 Nov, 17:49


Oʻldim-u, ikki koʻzim qabrim boʻlib qoldi mening,
Ruhlar orzusidagi bezovta bozor mandadur.

© Halima Ahmad

@usmonosphere

Usmonip

02 Nov, 11:58


#tarjima

“Saodat” jurnalida tarjimam bosilibdi. Jurnal tahririyati va sababchi boʻlgan ogʻamga katta rahmat.

Jurnal sahifalarini quyidagi havola orqali varaqlashingiz mumkin:
👉🏿 https://t.me/gazetalar_sharhi/32112

@usmonosphere

Usmonip

02 Nov, 09:30


#parcha

“Biz farangilar diningizning dushmani esak-da, diniy xusumatlarimiz taqozo qilganidek, Qurʼon va hadislarongizni kuydirish oʻrniga ulardan oʻz manfaatimiz nuqtayi nazaridan foydalanmoqqa, sanqogʻimizni qondirmoqqa oʻrgandik. Uning amrlarini amalga oshirdik va favqulodda taraqqiyotgʻa erishdik...”

© Fitrat, “Munozara”

@usmonosphere

Usmonip

01 Nov, 15:38


Bilamizki, inson tanasini ovqat, ruhini esa ilm va maʼrifat toʻydiradi.

Ikkinchisini birinchisidan ortiqroq toʻydirish muhim

Hammasiga ulanganlar 🔥

Usmonip

25 Oct, 19:23


Oʻzim bir bor qoʻlingdan tutmay turib,
Yellar yuzingdan qizgʻonaman...

@usmonosphere

Usmonip

25 Oct, 17:40


​​BUYUK YOZUVCHI LEV TOLSTOYNING HAYOTIY TARTIB-QOIDALARI

Tolstoy 22 yoshida oʻzi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda-sabot, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yoʻriqlar hammaga, jumladan, yosh ijodkorlarga ulkan foyda berishi aniq.

1. Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.

2. Har kun zaifroq biladigan tilingda sheʼr yodla.

3. Qoʻlingdagi mulkning oʻndan birini ehson qil.

4. Oʻn barobar boyib ketsang-da, hayot tarzingni oʻzgartirma.

5. Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham koʻr.

6. Oʻzing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.

7. Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.

8. Boshqalarning fikrini oʻylab oʻtirgandan koʻra oʻz ustingda koʻproq ishla.

9. Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.

10. Oʻzing uchun iloji boricha koʻp mashgʻulot oʻylab top.

11. Bir oʻzing tugallashing mumkin boʻlgan ishga yordamchi talab qilma.

12. Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.

13. Yaqin kishingni oʻzingday yaxshi koʻr, ikki yaqin kishingni (ota-onangni) esa oʻzingdan ham koʻproq yaxshi koʻr.

14. Iloji boricha kam uxla.

15. Har tun kunduzi oʻrganganlaringni takrorla.

16. Ortiqcha narsangni oʻzing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.

17. Yaxshilik qilishga imkon izla.

18. Yaxshi boʻl va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.

19. Hammani birday yaxshi koʻr, bu muhabbatdan oʻzing ham chetda qolma.

20. Elning muhabbati uchun mayda tuygʻulardan voz kech.

21. Shart-sharoit qancha yomon boʻlsa, harakatni shuncha kuchaytir.

22. Bor narsalarga qanoat qil.

23. Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.

24. Yaqinlaringning hayoti shirin boʻlishiga hissa qoʻsh

(“Xotiralar” kitobidan)

@usmonosphere

Usmonip

25 Oct, 10:32


#ajabtovur

Til haqida intervyu beruvdim ekan. Mendanam shundaychikin aqlli-aqlli gaplar chiqarkan-ey, qoyilman. Intervyu uchun rahmat, Azizbek boʻla.

Ayniqsa, “boʻlalar” bilan hayotda koʻrishmaganimizga ancha boʻluvdi, shu bahona “Yangi Oʻzbekiston” sahifalarida koʻrishdik. Mindey qarasam, boʻlalar ham kazo-kazolar boʻp ketibdi: tarjimon, iqtisodchi, shoir, magistrant, muxbir...

Ha mayli, “Yangi Oʻzbekiston”ning 214-sonida oʻqinglar.

@usmonosphere

Usmonip

24 Oct, 10:30


"Toshkent-Samarqand" poyezdi yo‘lga chiqmoqda!

Yandex Music va Yulduz Musa afsonaviy "Toshkent-Samarqand" qo‘shig‘iga yangicha ohang baxsh etdi. Ular "Tandir Music Lab" loyiha bilan birgalikda nafaqat trekni yangilashdi, balki reliz haqida so‘zlab berishning noyob usulini ham tanladilar.

Tinglovchilarni qo‘shiq ruhiga to‘liq singdirish uchun joy sifatida Shimoliy vokzal tanlandi - bu yerda "Toshkent-Samarqand" shunchaki yo‘nalish nomi emas, balki qalb holati hamdir. Aynan shu yerda yo‘lovchilar poyezdlar haqidagi e’lonlar orasida trekning yangilangan talqinini eshitishdi.

Promo doirasida yo‘lovchilarga trekni tinglashga chorlovchi maxsus "chipta"lar tarqatildi. Suhandon esa "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishi bo‘ylab musiqiy sayohat boshlanganini e’lon qildi.

🎧 Endi trekni nafaqat vokzalda, balki Yandex Plus obunasi orqali Yandex Music ilovasida qayerda bo‘lishingizdan qatʼiy nazar tinglashingiz mumkin: https://ya.cc/t/X7N6A5fj5Y28xA

Yandex Plus — bu Kinopoisk-dagi filmlar va seriallar, Yandex Music-dagi qo‘shiq va podkastlar, Yandex Books-dagi kitoblar va komikslar, shuningdek, Yandex Go-dagi sayohatlar uchun Plus ballari koʻrinishidagi keshbek demakdir.

Usmonip

23 Oct, 12:23


агар хеч қачон ўлишни хохламасанг, бирорта ёзувчига айт, севиб қолсин сени.

@moonabsurd

Usmonip

23 Oct, 05:02


Kecha bilimdonlar kuni, zukkolar g’alabasi bo’ldi.

Yoshlar bilan birga jamoada o’ynadim, muloqot qildim, yutdik, yutqazdik. Kitobxonlik marafoni g’oliblarini taqdirladik.

Aytganimizdek, marafon doirasida ishtirok etganlarning hammasi rag’batlantirildi.

Pul mukofotlari, bookreader va kitoblar jamlanmasi, topshirildi. Ishtirokchilar orasida uy bekalari, talabalar, o’qituvchilar, prorektorlar, blogerlar va boshqa soha vakillari bor.

Eng muhimi, barcha bilim atrofida birlashdi, kitoblararo yashadi. Maqsadimiz bunday yoshlarbop, bilimga chorlovchi marafonlarni davomli o’tkazish va kitobxon millat bo’lgan xalqimizni shunday e’tirofga munosib avlodlarini tarbiyalashdir.

@otabek_khasanov

Usmonip

22 Oct, 14:03




@usmonosphere

Usmonip

21 Oct, 20:03


Naprimer, kecha 21-oktyabr edi, guys

Usmonip

21 Oct, 11:20


Oruelldan olti maslahat

“1984”, “Molxona” asarlari hamda esselari bilan butun dunyoga tanilgan ingliz yozuvchisi Jorj Oruell “Siyosat va ingliz tili” nomli essesida yaxshi yozish borasida quyidagi olti qoidani keltiradi:

1. Siyqasi chiqib ketgan istiora, tashbih va shu kabi badiiy sanʼat namunalaridan zinhor foydalanmang.

2. Tushunchani qisqa soʻz bilan ifodalash mumkin boʻlganda uzundan-uzoq soʻzlarni ishlatmang.

3. Biror soʻzni olib tashlash imkoni boʻlsa, albatta olib tashlang.

4. Aniq nisbat qoʻllasa boʻladigan gapda majhul nisbat qoʻllamang.

5. Kundalik soʻzlashuv tilida muqobili boʻlmasagina xorijiy, ilmiy va jargon soʻzlardan foydalaning.

6. Oʻta beadab soʻzlarni ishlatgandan koʻra, yaxshisi yuqoridagi qoidalardan birortasini buza qoling, mayli.

P.S: yuqoridagi koʻrsatmalar nafaqat yozuvchilarga, balki matn yozadigan har qanday insonga asqatadi, deb oʻylaganimdan sizlarga ulashdim.

@usmonosphere

Usmonip

21 Oct, 10:03


Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Usmonip

20 Oct, 13:53


Qani, qani toʻrdan oʻting...

Usmonip

19 Oct, 12:20


#dunyo_daholari

Bolalar va oʻsmirlar uchun tayyorlagan kitoblarimiz soni yana bittaga koʻpaydi.

Kitobda Muhammad Alining bolalik yillaridan tortib, to umrining soʻnggi yillarigacha hayot yoʻli hikoya qilinadi. Qolaversa, bokschining falsafiy mushodalari ham oʻrin olgan.

Oilangizdagi kichkintoylarga sovgʻa qilinglar. Nasib qilsa, ruknimiz hali davom etadi.

@usmonosphere

Usmonip

18 Oct, 20:41


Falastinlik jahoniy shoir Mahmud Darvishning sheʼrlarini inglizchada oʻqigandim, juda gʻaroyib sheʼriyati bor.

Ammo tarjima baribir tarjima-da, shoʻrvasining shoʻrvasi deganday gap. Ayniqsa, sheʼrni tarjimada oʻqish xuddi ustingda yomgʻirpoʻsh bilan dush qabul qilishga oʻxshaydi, deb bekorga aytishmagan.

Hozirgina uning arabchada oʻqigan sheʼrini eshitdim, haqqoki qasam, men bu shoirning sheʼrlari oʻz tilida bunchalar jozibali ekanini tasavvurimga ham sigʻdirolmagandim. Toʻliq tushunmasangiz ham, shoirni oʻz tilida tinglagan boshqacha ekan.

@usmonosphere

Usmonip

18 Oct, 18:02


#tavsiya

Mazza qilib nimadir mutolaa qilishni istasangiz, rahmatli Zarif Sultoniyning “Yobondan gulxonaga maktublar”ini oʻqing.

@usmonosphere

Usmonip

18 Oct, 12:31


2-3 kunda ona tili haqida yolgʻon-yashiq shiorlar, ehtirosga boy nutqlar, allambalo lavhalar eʼlon qilinishi avj oladi, tayyor turing.

Lekin bizdan koʻra Afgʻonistondagi oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar tilimizni koʻp sevsa kerak. Har gal afgʻonistonlik oʻzbekning gapirganini yo qoʻshiq aytganini eshitsam, shunday tuyilaveradi.

Bizda esa shuncha dod-voyga yarasha hali birorta millatparvar qoʻshiqchi (oʻzi bunaqasi qolmadi desa ham boʻladi) afgʻonistonlik oʻzbek Xayr Muhammad Chovushday til haqida samimiy qoʻshiq aytganini koʻrmadim.

Iltimos, bayram qilib karnay-surnay chalmang, oʻzbekcha gapiring, shuning oʻzi yetadi.

@usmonosphere

Usmonip

17 Oct, 21:24


Kichkinagina, emin-erkin yuritadigan yopiq yo kam kishi uchun ochiq sahifangiz boʻlsa, meni taklif qiling. Oʻylab qarasam, shular eng samimiy kanallar ekan.

P.S: izohlarni yopib qoʻydim, shaxsiy kanallaringiz havolasini ommaga koʻrsatmasligingizni tushunaman. Oʻzimga joʻnatsangiz boʻladi, maʼqul topsangiz :)

@usmonosphere

Usmonip

17 Oct, 10:24


#diqqat

Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU da oʻqiydiganlar, qanisiz? Universitet hududida xuddi shunaqa yozuvli konvertni kim birinchi koʻrsa, ichida ajoyib kitob bor. Tasodifiy obunachimga mendan sovgʻa.

Chamasi besh daqiqa oldin talabalar koʻp oʻtib qaytadigan yerga qoʻydim. Topib olsangiz, maroqli mutolaa tilayman!

Oʻzingiz boshqa joyda boʻlsangiz, hozir universitetdagi talabalarga joʻnating :)

@usmonosphere

Usmonip

16 Oct, 16:10


Mark togʻo bilan suhbatimiz eʼlon qilindi. Yoqimli tomosha tilayman🤓

@usmonosphere

Usmonip

15 Oct, 21:39


Kel-ey, umidim gʻunchasi, kel kulimsab-kulimsab...

@usmonosphere

Usmonip

15 Oct, 19:09


Menimcha, tosh boʻlmoq kerak hijronda,
Hijron yengilmaydi achchiq yosh bilan.
Uni yengmoq mumkin eng mashʼum onda,
Tosh kabi mustahkam, zoʻr bardosh bilan!

© Xayriddin Saloh, “Tosh” sheʼridan

@usmonosphere

Usmonip

15 Oct, 08:32


#luqma

​​— “Chol va dengiz”ni oʻqiganmisan?
​​— Kimam oʻqimagan uni!
​​— Xoʻp, sen oʻqiganmisan?
​​— Axir bu maktab dasturidagi narsa-ku!
​​— Demak, oʻqigansan?
​​— Klassika-ku bu!
​​— Oʻqiganmisan yo yoʻqmi?
​​— Yoʻq...

P.S: baʼzida shunaqa dialoglar ham boʻp turadi :)

@usmonosphere

Usmonip

13 Oct, 16:51


Pleylistingizdan yoqimli-yoqimli qoʻshiqlardan ulashing-chi, qimirlab-qimirlab ishleyk 🤓

@usmonosphere

Usmonip

13 Oct, 16:26


Aytgancha, gap-gap bilan haligi kungi taqdimot haqida aytish esdan chiqibdi-yu.

Rostini aytsam, bunchalik anshlag boʻladi deb oʻylamovdim. Qariyb ikki soat davomida doʻkonda odam toʻlib turdi. Muxlislar hali Mark Ris kelmasidan, vaqt boʻlmasidan yigʻilib boshlagandi. Mark kelishi bilan gurillab imzo qoʻyish boshlanib ketdi.

Kutilgan va kutilmagan mehmonlar koʻp boʻldi. Kazo-kazolar ham kelishdi. Kelolmaganlar menga ayttirib kitob imzolatishdi. Qisqa vaqt ichida, ortiqcha tayyorgarliksiz oʻtgan tadbirda buncha koʻp kishi qatnashadi, deb oʻylamovdim.

Boshida “menga tarjimonlikni ham oʻzingiz qilasiz” deyishgandi, ammo qarasam, tarjimonga hojat ham yoʻq ekan. Hamma inglizchada gaplashib, kitoblariga imzo qoʻydirib ketaverdi.

Tadbir soʻngida Mark Ris naq ikki soat tinmay dastxat qoʻyaverib, qoʻli tolganidan hazilomuz yozgʻirdi.

Hamma ketgach, “Jadid Media” taklifi bilan tarjimondan improvizatsion intervyu ham oldik. Yaqinda eʼlon qilinsa kerak. Xullas, kelgan barchaga rahmt.

@usmonosphere

Usmonip

13 Oct, 13:48


#suhbat

Hash-pash deguncha yana bir hafta oʻtdi, yana yakshanba keldi. Anʼanamizga koʻra, yakshanbaga suhbat bilan yakun yasaymiz :)

👉🏿 http://t.me/anonaskbot?start=sanduvoch

Usmonip

11 Oct, 20:45


Kun yaxshi oʻtdi, goʻzal qoʻshiq bilan tugatsa yarashgulik :)

P.S: Sabringiz yetmasa, 01:20 dan boshlab eshiting

@usmonosphere

Usmonip

11 Oct, 12:13


Eslatma: koʻpchilik tadbirda faqat taklifnoma orqali kiriladimi, deb soʻrashibdi. Yoʻq, hamma erkin kelaversa boʻladi.

Bemalol kelin, kitob xarid qilib, imzo qoʻydirib, tarjimon Mark Ris bilan ikki ogʻiz suhbat qilib, surat-puratga tushib, ketaversangiz boʻladi.

Hammaga eshiklar ochiq 🤓

@usmonosphere

Usmonip

11 Oct, 11:57


#taqdimot

Kitoblar tayyor, taqdimot uchun joy yasatilgan, tarjimon yoʻlda, doʻkon tashrifingizga muntazir...

Xoʻsh, keladiganlar bormi bugungi tadbirga?

@usmonosphere

Usmonip

11 Oct, 07:31


#luqma

Mana shunaqa qiliqlarni qayerdan yo kimdan oʻrganyapsizlar? Bir qarasam, lotin alifbosidagi harflar oʻrtasiga arabcha harf tiqib qoʻyishadi, bir qarasam koreyscha va hokazo.

Kreativlikmi? Menimcha, bu oʻzini oqlamagan kreativlik. Birinchidan, lotin yozuvining oʻzida xato bor; ikkinchidan arab yozuvidagi harflar soʻz oʻrtasida bosh shaklda kelavermaydi; uchinchidan, Alloh «ح» bilan yozilmaydi.

Taʼlimiy maqsadda desakmikan? Lekin bitta harf oʻrniga boshqacha shakl qoʻyilganda ham oʻrgangan koʻz soʻzlarni oʻz holicha oʻqib ketaveradi.

@usmonosphere

Usmonip

10 Oct, 20:24


Negadir shu Hirai Zerdüşni hamma qoʻshiqlari qulogʻimga yoqimli eshitilaveradi :)

@usmonosphere