Mirsaidov || Shaxsiy sahifa @mirsaidov_sahifasi Channel on Telegram

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

@mirsaidov_sahifasi


Muhammad Amin Mirsaidovning shaxsiy sahifasi

Murojaat: @Mirsaidov_1997

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa (Uzbek)

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa kanalida Muhammad Amin Mirsaidovning shaxsiy sahifasi joylashgan. Kanalda uning hayotidan, faoliyatidan, so'nggi yangiliklaridan va boshqa shaxsiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Muhammad Amin Mirsaidov - bu yosh yetuk shaxs, yangi fikrlar va g'alaba qazib kelish bilan tan olingan inson. Uning shaxsiy sahifasida uning aqlli fikrlari, yaratqan ishlarini va dunyodagi yangiliklarni bilib olishingiz mumkin. Agar siz ham Muhammad Amin Mirsaidovning fikrlariga qiziqqan bo'lsangiz va uning so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lishni istasangiz, Mirsaidov || Shaxsiy sahifa kanaliga obuna bo'ling va Muhammad Amin Mirsaidov bilan aloqada bo'ling. U yozuvlari va fikrlari bilan sizni ilg'or qiluvchi va ilhomlantiruvchi bo'lishi mumkin.

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

24 Jan, 15:17


O‘tgan 27 yosh xulosalari...

Shu kanal o‘z faoliyatini boshlaganiga ham fevral oyida 5 yil to‘ladi. Ancha salmoqli davr. Bu orada birga ulg‘aydik, ko‘p yaxshi-yomon lahzalarni yashab o‘tdik. Yozganlarimdan yozolmaganlarim ko‘p bo‘ldi. Bugun ham nimalarnidir yozmoqchiman. O‘tib ketgan 1 yilligimning, 27 yoshimning qisqa sarhisobini.

1. Shaxsiy uylik bo‘ldim. Bu ham hayotimdagi qandaydir darajada yutuq. O‘ziga shukr.

2. Ko‘pyillik xizmatim singgan loyihamni norozi holatda tark etdim. Bundayam bir xayr bor ekan. Yangi nashriyot faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Nomi Yog‘du.

3. Navoiydagi maktablardan biriga direktor etib tayinlandim. Kutmagandim. Yuki, mashaqqati, mas'uliyati og‘ir. Yuzim yorug‘ bo‘lishidan umidvorman.

4. Arab tilidan onlayn va oflayn dars berishni davom ettiryapman. Shogirdlarim safi 2000 taga yaqinlashib qoldi. Eng katta yutug‘im shu.

5. 1000KITOB loyihasi doirasida xalqimiz uchun muhim kitoblarni nashr qilishdek savobli ishda hissam qo‘shildi. Kitobxonlarga muborak bo‘lsin!

6. Mutolaa loyihasida rahbarlik lavozimlaridan birida ozmi-ko‘pmi faoliyat olib bordim. Anchagina kitoblarni elektronlashtirishda mehnatim singdi. Shukr.

7. Oylik daromadimni 2000$ ga yetkazib oldim. Moliyaviy mustaqillik muhim jarayon. Bardavom bo‘lsin.

8. Yog‘du nashriyoti uchun bir qator ajib va manfaatli kitoblarning tarjima huquqini oldik. Tez orada nashrdan chiqaramiz. Oz qoldi.

9. Ko‘p yaqinlarimni yo‘qotdim. Yangi qiyofalar, yangi qalblar hayotimga kirib keldi. Hammasi Allohdan.

10. Kitob mutolaasi o‘tgan yilga qaraganda ancha sustlashib qolgani bor gap. To‘xtab qolmasin.

11. Ko‘p sinovlarda boshimiz qaynadi. Pishdim. Hammasi yaxshilikka.

12. Muhimi, kanal faoliyati to‘xtab qolmadi. Yozyapman, yozolyapman. Yana yozishim kerak. Salomat bo‘ling.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

24 Jan, 02:38


#tavallud_kun

Xush kelibsan, 28 yosh...

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

21 Jan, 06:00


Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi hamma sharoitlarga ega 3 qavatlik zamonaviy kutubxonaning qurilish jarayonini kuzatish asnosida kitobxonlikni targ‘ib qilib aytgan fikrlari diqqatimni tortdi.

"Kutubxonada qulf degan narsa bo‘lmaydi. Kitobni kelib o‘g‘irlab ketsa, men faqat xursand bo‘laman. Qaniydi hamma kitob o‘g‘irlasa. Biz to‘ldiraveramiz, hech muammosi yo‘q", deya ta’kidlagan viloyat hokimi.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

19 Jan, 04:07


#imlo

🤦‍♂

Venzin yuo‘q
Benzin yo‘q

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

18 Jan, 16:36


Britaniyaning BBC nashri 2024-yilning eng yaxshi kitoblarining 24 talik ro‘yxatini e'lon qilibdi. Ancha qiziqarli, tanish va notanish nomlar bor ekan:

1. Sally Rooney: "Intermezzo"
2. Joyce Carol Oates: "Flint Kill Creek"
3. Garth Greenwell: "Small Rain"
4. Rachel Kushner: "Creation Lake"
5. Miranda July: "All Fours"
6. Molly Aitken: "Bright I Burn"
7. Yael Van der Wouden: "The Safekeep"
8. Jo Hamya: "The Hypocrite"
9. Kaveh Akbar: "Martyr!"
10. Alan Hollinghurst: "Our Evenings"
11. Olga Tokarczuk: "The Empusium"
12. Jonathan Coe: "The Proof of my Innocence"
13. Andrew O'Hagan: "Caledonian Road"
14. Lucas Rijneveld: "My Heavenly Favourite"
15. Madeleine Gray: "Green Dot"
16. Scarlett Thomas: "The Sleepwalkers"
17. Colin Barret: "Wild Houses"
18. Édouard Louis: "Change"
19. Helen Oyeyemi: "Parasol Against the Axe"
20. Neel Mukherjee: "Choice"
21. Andrew Boryga: "Victim"
22. Chukwuebuka Ibeh: "Blessings"
23. Percival Everett: "James"
24. Alexandra Tanner: "Worry"

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

15 Jan, 17:12


Cho‘chqa bosib ketdi mening bog‘imni,
Bir-biridan oq, semiz cho‘chqalar.
Ko‘ppaklarday talab hammayog‘imni,
Hech to‘ydim demaydi bu go‘rso‘xtalar.

Ey voh, cho‘chqalardan bezorman bu kun,
Alam gulxanida yonmoqda ichim.
Alloh, Alloh, o‘zing bir chora qilgin,
Mening cho‘chqalarga yetmaydi kuchim.

© Muhammad Yusuf

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

14 Jan, 08:18


Anchagina batafsil yozilibdi. Konkret savollar berilibdi.

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

13 Jan, 12:51


Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Yoshlar ishlari agentligi 1000KITOB loyihasidan Yog‘du nashriyotining hujjatlarini so'rabdi. Bunga-ku umuman qarshiligim yo‘q. Lekin nega aynan Yog‘du? Qiziq?

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

11 Jan, 16:35


#podkast
#tavsiya
#42_qism

1. Bugun adabiyot atomdan kuchlimi?

2. Kitoblardagi 18+ sahnalar, ziyoli qatlam va kitob bozori haqida

3. Adiblar turkiy dunyoni birlashtira oladimi?

4. Kitoblarda asriy haqiqatlar bor

5. Uzr, xato qilyapsiz | Yuz podkast

6. "Izlam" – bu shunchaki adabiy to‘plam emas

Avvalgi tavsiya👇:

41-qism

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

11 Jan, 10:41


#tavsiya

Muhiddin og‘a har doimgidek TOP! O‘z uslubida o‘zgacha kontent tayyorlabdi. Juda yoqdi. Ilindim sizgayam.

Tomosha qilish uchun 👉 link

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Jan, 08:42


#6

To‘rtinchidan, men va Xurshid aka avvaldan tanishligimiz haqidayam bo‘hton yozishni rejalab yurgan bo‘lsangiz, aniq aldov yo‘ldasiz. Agar menda yoki Xurshid akada loyihadan pul o‘g‘irlash niyatimiz bo‘lganida, shu qolgan 5 ta kitob ham Yog‘duga tegishi kerakmasmidi? 3 ta kitob uchun loyihadan nashriyot foydasiga 1200$ pul berildi. Shu arzimas pul uchun shuncha qing‘irliklarni o‘ylab topib, amalga oshirishga or qilaman. Agar katta pul ishlashni reja qilganimda, Tirilish bilan ham shu ishni qilaverardim. Men, Xurshid aka va Maxfiratbegim uchalamiz Tirilish orqali o‘nlab kitoblarni o‘zimizniki qilib olib, million-million pullarni yeb yuboraverardik. Shu 3 tagina kitob uchun yangi nashriyot ochish kulgili holat-ku axir. Xullas, tuhmat va bo‘htonlarga to‘la zahringizni Yog‘dudan oling. Yangi nashriyotlarning ham toza havo olishiga qo‘yib bering. Jamoamizning emin-erkin ishlashiga yo‘l bering. Yana savollar bo‘lsa, ochiq-oydin javob berishga tayyorman. Xohlasangiz onlayn tartibda, xohlasangiz oflayn tartibda. Xurshid akadan qutilish yo‘lida Yog‘dudan foydalanmang. Boshqa asos toping, agar topa olsangiz! To‘g‘ri, Yog‘duda sizlardagi kabi katta kuch-qudrat beruvchi lavozimlar, orqasidan ergashtira oladigan katta media auditoriyalar, mo‘l pul pulmasligi mumkindir. Lekin pok vijdon bor! Salomat bo‘ling!

Tamom.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Jan, 07:33


#5

Uchinchidan, Muhammadxon aka va Maxfiratbegim o‘rtasidagi yozishmalarni tarqatishga o‘tishdi. Mana bunisi eng rasvo yo‘l. Yozishmalarga asoslanib, yana Xurshid aka va Maxfiratbegim til biriktirib, Yog‘duni ochgani va bu orqali loyihadan katta pul undirayotgani haqida navbatdagi tuhmatlar yomg‘irini yog‘dirishdi. Shu tuhmatlarga yechim o‘laroq men ham Muhammadxon aka bilan o‘rtamizda bo‘lgan yozishmalarni ochiqlashga qaror qildim. Chunki tuhmatlarga yechim kerak. Rasmdagi yozishmalardan ma'lum, nashriyot logosi uchun to‘lovni men qilganman. Xo‘sh, Maxfiratbegim bu ishga nega aralashgan, deysizmi? Undan men so‘raganman yaxshi dizayner kerakligini. Chunki nashriyot faoliyatida har doim Maxfiratbegimdan maslahat olib turganman va bundan keyin ham o‘zaro ustoz-shogird munosabatimizni kimlarningdir tuhmatlari sabab uzib qo‘yish niyatim yo‘q. Haqiqatanam nashriyot Xurshid akaniki yoki Maxfiratbegimniki bo‘lsa, menga nima foyda o‘zganing nashriyotiga pul xarj qilishning.

Davomi bor...

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Jan, 05:11


#4

Ikkinchidan, nega aynan nashriyot ochganing loyiha faoliyati boshlangan davrga to‘g‘ri kelib qoldi, deb malomat qiluvchilarga aytar so‘zim shuki, kitob bilan yashab yurgan odam kitobsiz aslo yashay olmaydi. Ancha yil kitob ichida yurdim. Ancha loyihalarda javlon urib xizmat qildim. Yutuqlarim ham, kamchiliklarim ham bo‘ldi. Oxirgi kitob bilan bog‘liq ish joylarimdan biri bo‘lmish Tirilish nashriyotidan nashriyot ta'sischisi Amirxon Valijonov bilan ba'zi masalalarda fikr-dunyoqarashimiz bir joydan chiqmaganligi sabab ketishga majbur bo‘ldim. Qiziqqanlar, Amirxon Valijonovdan so‘rab bilib olishlari mumkin. Demak, sen Tirilishdan 1000KITOB loyihasidan kitob olish uchun chiqqansan, deb navbatdagi tuhmatni qilishyapti. Kechirasiz-u, men nashriyot ochgan vaqtim loyiha doirasida hamma kitoblar nashriyotlarga bo‘lib berib bo‘lingandi. Xo‘sh, unaqada loyihaga qanday qo‘shilib qoldim? Masalaning eng kulminatsion joyi shu yerda. Maxfiratbegim degan juda yaxshi shogirdim bor. Bundan 5–6 yil avval tanishganmiz. Arab tilini o‘rgatganman. Ilk tanishuvimiz shundan boshlangan. Undan keyin ko‘p loyihalarda birga ishladik. Shu shogirdim bir kuni 1000KITOB loyihasida yana yangi kitoblarning o‘zbek tiliga tarjima huquqi olinganini, loyiha menejerlari yosh nashriyotlarga imkoniyat berayotganligi, yangi nashriyot sifatida o‘zimni sinab ko‘rishimni aytib qoldi. Avvaliga unamadim. Chunki o‘zim chiqarishni rejalab qo‘ygan ko‘plab kitoblarim bor edi. Chalg‘ib ketishdan hayiqdim, ham katta loyihaning mas'uliyati ham katta ekanligidan cho‘chidim. Lekin, keyin, tajriba orttirish uchun rozi bo‘ldim. Chunki bungacha Tirilish doirasida 6–7 ta kitob uchun 1000KITOB bilan hamkorlikda ishlab ko‘rgandim. Nashriyotlarda ishlaganim sabab ozmi-ko‘pmi tarjimon va muharrir tanishlarim ham bor edi. Tavakkaliga loyiha bosh ofisiga bordim. Menejer Xurshid aka Yo‘ldoshev istalgan nashriyot qolgan kitoblarga (o‘sha paytda 5 ta kitob qolgandi egasiz) ega chiqishi, buning uchun eng kuchli tarjimon va eng kuchli muharrir topishi kerakligini tushuntirdilar. 5 ta kitob uchun 4 ta nashriyot kurashni boshladik. Qanchadan qancha topgan tarjimonlarim va muharrirlarim Xurshid akaning saralash elagidan o‘tolmaganini, kurash haqiqiy bo‘lganini loyihadagilar ham juda yaxshi bilishadi. Qolaversa, Go‘zal Ro‘ziyeva, Nazarbek Nazarov, Munira Norova, Rafiq O‘zturk, Nodir Atayev, Muqaddamxon Saidrasulova, Hoshimbek Hatamov, Davron Parmonov, Ozodbek Ozodov kabi tarjimon va muharrirlar ham jarayondan juda yaxshi xabardor. Ularning barchasi pok va halol insonlar. Yog‘duni harom pul topganlikda ayblab, ularning pok nomlarini loyga chaplashga, bu o‘ylab topgan qing‘ir ishlarda sherik qilishga urinmang. Chunki ularning barchasi bugungi kunda Yog‘du bilan birga ishlamoqda. Natija shu bo‘ldiki, bizga 5 tadan 3 ta kitob tegadigan bo‘ldi. Qolgan 2 tasidan biri Akademnashr nashriyotiga, yana biri esa Zabarjad media nashriyotiga nasib qildi.

Davomi bor...

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Jan, 03:54


#3

Hujjatlarda ko‘rib turganingizdek, yuridik jihatdan nashriyot ochilgan MCHJ nomi "Musaffo nashriyot uyi". Avvalgi nomi "Ilm Nur Language" edi. 2021-yildan 2024-yilning aprel oyigacha ushbu MCHJning ichida o‘quv markaz faoliyat yuritardi. Tirilish nashriyotidan ketganimdan keyin o‘zim alohida nashriyot tashkil qilish uchun o‘quv markazimni yopdim. Yangi MCHJ ochish mashmashasidan qochish uchun shu MCHJning faoliyatini va nomini o‘zgartirdim. Bori shu. Avvalboshdan "Yog‘du" deb nomlamoqchi edim. Lekin g‘ harfi bilan bog‘liq muammo bo‘lgani sabab "Musaffo nashriyot uyi" deb nomlaganman. Brend sifatida Yog‘dudan foydalanamiz. Masalan, 1000KITOB loyihasidagi Tirilish nashriyotida 1 yilcha avval menejer edim. Ushbu nashriyotning yuridik nomi aslida "Trust and support" edi. Brend sifatida Tirilishni ishlatardik. Voqealar markaziga nashriyotimiz tushib qolganidan juda afsusdaman. Har qanday joyda va har qanday shaxs oldida nashriyot menikiligini, bo‘layotgan gaplarning barchasi uydirma ekanligini isbot qilishga tayyorman.

Davomi bor...

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Jan, 03:48


#2

Demak, birinchidan, kitob sohasiga umuman begona odam emasman. Telegram sahifamni avvaldan kuzatadiganlar qaysi kitob loyihalarida ishlaganimni juda yaxshi bilishadi. 2024-yil mart oyida Tirilish nashriyoti menejerligidan o‘z xohishim bilan ketib, Yog‘du nashriyotiga asos soldim. Tepadagi rasmlarda buni isboti bilan ko‘rishingiz mumkin. Bu degani Yog‘du nashriyoti Xurshid akaniki yoki yana boshqa kimlarnikidir emas, aynan menikiligiga yaqqol isbot.

Davomi bor...

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Jan, 03:21


#1

1000KITOB loyihasi atrofidagi mashmashalar. 2-qism

Avvalgi postimdan keyin hammasi oydinlashadi, hammasi o‘z o‘zaniga tushib ketadi, deb o‘ylab ancha yoshlik qilgan ekanman. Vaholanki, bu mashmashalar shunchalar chuqur va qorong‘i jarlik ekanki, borgan sari odamni domiga tortib ketyapti. Birinchi postimdan keyin ham Yog‘du nashriyoti Xurshid akaniki yoki 1000KITOB loyihasidagi qaysidir xodimniki, degan vishir-vishir gaplar arimadi. Lekin bular shunchaki qistirma gaplar, shaxsiy taxminlar ekanligini bilib, indamay qo‘ya qoldim. Axir, shuncha dedi-dedilarni yanada murakkablashtirish shartmas. Yo‘q, bo‘lmadi. Hujumga o‘tishdi. Mardlarcha, mardononavor bo‘lib emas, tuhmatlar, asossiz gaplar bilan, nomardlarcha hujum qilishyapti. Shunisiyam yaxshi bo‘ldi bir tarafdan. O‘z og‘izlari bilan tilga olishdi, ichlaridagi bor kirliklarini to‘kib solishdi. Endi kimning kim ekanligini hamma bildi. Barcha haqiqatlarni to‘la-to‘kis bayon qilish vaqti yetib keldi. Or-nomus masalasi nozik masala. Tuhmat tuhmatligicha qolib ketmasligi uchun har bir tomonga aniq dalillar taqdim qilinishi kerak.

Davomi bor...

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

20 Nov, 05:59


Bir oy avval yozganimdek, kecha Margaret Atvud bilan uchrashuv bo‘ldi. 2538 kishiga mo‘ljallangan Northern Alberta Jubilee Auditorim liq to‘ldi. Bittayam o‘rin bo‘sh qolmadi. Ishoning, yozuvchi bilan uchrashuvga oshiqish, zalni to‘ldirib o‘tirish, hatto butun oila jamlanib kelish mumkinligini birinchi marta ko‘rdim. Xonim bilan kanadaliklar chinakamiga faxrlanarkan.

1,5 soat qanday o‘tdi-ketdi – eslolmayman. Atvud xonimning yumorga boyligi, javoblari o‘tkirligi, 85 ga kirganiga qaramay, hamon tetikligi, tikligi lol qoldirdi.

1961-yildan shu choqqacha uning 18 ta she’riy kitob, 18 ta roman, 11 ta nonfikshn, 9 ta qisqa hikoyalar to‘plami, 8 ta bolalarga bag‘ishlangan asar, 2 ta grafik roman va she’riyat, adabiyotga bag‘ishlangan bir qancha tanqidiy maqolalari jamlanmasi chop etilgan.

Menimcha, odam o‘zini boshqa rakursdan (ayniqsa, ayollar) ko‘rgisi kelsa, Margaret Atvudni ko‘p o‘qishi kerak.

© Charos Nizomiddinova (Kanada) – tarjimon, muharrir

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

18 Nov, 14:55


Amerikaning The Guardian nashrining yozishicha, demokratiya, distopiya, tiraniya, feminizm va o‘ta o‘ng siyosat haqidagi kitoblar Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishidan keyin tez sur'atlar bilan bestsellerlar ro‘yxatiga ko‘tarilgan.

Xususan, nashr Tramp g‘alabasidan keyin Margaret Atvudning X ijtimoiy tarmog‘iga joylagan "Umidsizlik – bu tanlov emas. U hech kimga yordam bermaydi", mazmunidagi postini esga olar ekan, kanadalik adibaning antiutopik janrdagi "Cho‘ri ayol hikoyasi" asari so‘nggi kunlarda amerikaliklar xarid qilayotgan asarlar qatorida keskin o‘sish ko‘rsatib, Amazon platformasida TOP sotuvlar qatorida 3-o‘rinni egallaganligi haqida ma'lumot bergan.

Shu o‘rinda qisqacha eslatma, kanadalik adiba Margaret Atvudning "Cho‘ri ayol hikoyasi" asarining o‘zbek tiliga tarjima huquqini Yog‘du nashriyoti qo‘lga kiritgan bo‘lib, asar tez orada o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilishi kutilyapti.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

17 Nov, 15:06


Biz bilgan Ibn Sinoning biz bilmagan surati

Ibn Sinoga zamondoshlari tomonidan munosib qiymat berilmagani, hatto ba’zi olim va johil mullalar uni “Din dushmani” deb e’lon qilgani, natijada asarlari ta’qiqlangani, oqibatda uning Turkistondan qochib ketish majburiyatida qolgani qayd etilgan.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3202

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

14 Nov, 00:59


Uning jinoyat ishi 12 ming 192 varaqni tashkil etgan – Usmon Nosir qanday shaxs bo‘lgan?

SSSR Yozuvchilar uyushmasi raisi Bezimenskiy minbarga chiqib maʼruza qilayotganida Pushkin nemis ijodkori Gyotening sheʼrlarini tarjima qilgani haqida soʻz yuritib, oʻsha tarjimadan misollar keltiradi. Shunda eng orqadagi oʻrindiqda oʻtirgan Usmon Nosir shartta oʻrnidan turib, “Kechirasiz, Nikolay Aleksandrovich, bu Gyotening emas, Shillerning misralari!” deydi. Shunda uyushma raisi dovdirab qoladi va uni sahnaga taklif qiladi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3200

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

12 Nov, 04:08


Nashriyotlar foyda solig‘idan ozod qilinadi

O‘zbekistonda nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Nov, 00:36


Otamning bolaligi bo‘lmagan – Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida qizi xotiralari

Davr otamning bolaligini o‘g‘irlagan. U kishining eslashicha, ikki yoshlar bo‘lgan chamasi yoki undan xiyol esliroq... “Quloqning bolasi” degan da’vo bilan bobomizni uydan olib ketishgan ekan. Bobom qarshilik ko‘rsatgan shekilli, to‘rt-besh kishi o‘rtaga olib tepkilab tashlashgan...

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3187

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

07 Nov, 00:44


‍MUNOJOT

Yetar!
Shoir berma dunyoga, Tangrim,
Ruhi xastalarni xo‘rlama,
yetar!
Ummon arzimaydi ular ohiga,
Osmon arzimaydi,
gullar arzimas.
Zarrasi – Himolay gunohin sudrab
mozorda izg‘igan qullar arzimas.
Yozarkan qon yutar, qaysi johilning ko‘ngliga tegsa gar –
Qon qusar tag‘in.
Nazokat, nafosat kushandalari
quzg‘unday yoprilib kuylagan mahal,
Tilidan haqiqat to‘kilmasin deb,
bosarkan qalbiga jarohat – nag‘al,
Qoniqmay bo‘yniga soxta ayb yuklab,
Shunchaki ermakka,
tomosha uchun
terisin shilarlar,
osib, otarlar.

Yetar!
Shoir berma dunyoga, Tangrim,
Yoningda olib qol.
Gohida do‘zax,
Gohida jannatga o‘tib hurlarning
ko‘nglini xushlasin
ko‘z oldingda shod.
Qiyomat sharpasi kezinib yurgan
olam shaltog‘iga ag‘anab yotsin,
Shoirsiz kun botsin,
she’rsiz tong otsin –
Chirkin chehralarga go‘zallik uvol.

To Odam Atodan bugunga dovur
ro‘shnolik ko‘rdimi birorta kuychi?
Sinadi, zaharga to‘ladi, ammo
kosasi oqarmas bundan keyin ham.
Mayli, olim yubor,
avliyo ulash,
Dahodan qisma,
botir tug‘ilsin.
Devona, fohisha, qotil tug‘ilsin,
Ahdingni buzgin-u, payg‘ambar yo‘lla.
Axir tarix guvoh, O‘zing guvohsan,
Tuyg‘ular qarg‘ishi urgan zohirni.
O‘liklar hukmron yer kurrasida
zamin ko‘tarolmas TIRIK shoirni!
Dunyo ko‘tarolmas TIRIK shoirni!

Yetar!
Shoir berma dunyoga, Tangrim.

© Jontemir

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

06 Nov, 01:22


O‘zbek adibi AQSH nashriyotining 2025-yil "Yil yozuvchisi" mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Nazar Eshonqulga nashriyot direktori Geke Marinay tomonidan yuborilgan xatni e’lon qildi. Mundus Artium Press mustaqil xalqaro nashriyot va adabiyot va san’atga ixtisoslashgan akademik jurnaldir. 1967-yilda tashkil etilgan nashriyot kam tarqalgan tillardan asarlarni tarjima qilish va nashr etish bilan shug‘ullanadi. U dunyoning turli burchaklaridan kelgan mualliflarning ijodini targ‘ib qilishga intiladi, ayniqsa oz sonli tillarda yozadigan shoir va yozuvchilarga hamda madaniyatlararo muloqot va insonparvarlik qadriyatlarini targ‘ib qiluvchilarga alohida e’tibor beradi.

Mundus Artium Press har yili bir qancha nufuzli mukofotlarni, jumladan she’riyat, adabiyot va tarjimaga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlarni taqdim etadi. 2024-yilda adabiyotdagi yutuqlari uchun mukofotlanganlar orasida o‘zbek yozuvchisi Nazar Eshonqul ham bor.

"Mundus Artium Press jahon adabiyoti nashriyoti nomidan sizni mazkur 2025-yilning eng yaxshi yozuvchisi sifatida tanlaganimizni ma’lum qilishdan benihoya mamnunman. Ushbu nufuzli e’tirof sizning adabiyot sohasiga qo‘shgan ulkan hissangiz va ijodiy yutuqlaringizdan dalolatdir", deyiladi nashriyotning Nazar Eshonqulga yo‘llagan maktubida.

Barcha sovrindorlarning rasmiy e’lon qilinishi 2024-yil 21-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

© Vatandosh TV

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

05 Nov, 15:20


Mansur Jumayev she'ri

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

04 Nov, 02:05


#podkast
#tavsiya
#38_qism

O‘tgan oktyabr oyi men uchun haqiqiy podkastxonlik oyi bo‘ldi. Bo‘sh vaqt masalasida muammolarim bo‘lsa-da, saviyali va foydali podkastlar uchun doimo vaqt ajratishga odatlanganman. Umuman olganda, biror soha haqida tushuncha va tasavvur olish, jamiyat va davlat hayotida sodir bo‘layotgan voqeliklardan xabardor bo‘lish va ularga neytral baho bera olish, yangidan yangi bilim, ma'lumot va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun podkast muhim deb hisoblayman. Quyida o‘tgan oy davomida ko‘rgan va tinglagan podkastlarim ro‘yxatini bo‘lishyapman. Sizga ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.

1. Non-fiction #4. Yaxshi g‘oyalar qanday paydo bo‘ladi?

2. Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi

3. 1000KITOB podkast #3. Noshirda ham, o‘quvchida ham "planka" past

4. Non-fiction #7. Yovuzlik psixologiyasi: Nega ba'zi insonlar o‘ta shafqatsiz?

5. 1000KITOB podkast #4. Shaharsozlikni qanday qilsak, xalq boy bo‘ladi – bu kitob shuni tushuntiradi

Avvalgi tavsiya👇:

37-qism

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

03 Nov, 16:00


Lolazor podkastida shoirimiz Usmon Azimga Xushnud aka nega yozgan asarlaringiz targ‘ibotida juda sustsiz, keng omma tanishi va yozganlaringizni qo‘ldan qo‘ymasdan o‘qishi uchun harakat qilmaysiz, agar siz ham harakat qilganingizda, kitoblaringiz ham Ahad Qayum yozgan kitoblar kabi ommaviy bo‘lishi mumkin edi-ku, qabilida savollar bergani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Men ham shu o‘rinda o‘z fikrlarimni bildirib o‘tmoqchiman.

1. Kitob sohasi ma'naviyat bilan bog‘liq bo‘lsa-da, unda ham bozor iqtisodiyoti amal qilishi zarur. Chet el tajribasida kitob marketinggi, sotuvi, mualliflik va tarjima huquqi kabi masalalar bilan adabiy agentliklar shug‘ullanadi. Shuning uchun ham jarayon bizdagi kabi tartibsiz va noqonuniy emas.

2. Yozuvchi va shoir – ijodkor. U faqat yozadi. Haqiqiy ijodkorning esa o‘z asarlarining sotuvi yoki reklamasi bilan band bo‘lishi kulgili jarayon. Harholda men shunday deb hisoblayman.

3. Bizda ham adabiy agentliklar paydo bo‘lsa, hammasi o‘z yo‘liga tushib ketadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsam, bu sohada ham qonun ishlay boshlaydi. Chunki talab kuchayadi. Ana shundagina mualliflik va tarjima huquqiga panja orasidan qarash, ijodkorlarning noshirlardan gonorar ololmay ovora-yu sargardonligi, kontrafakt mahsulotlarning urchib ketishi kabi holatlarga ko‘z yumilmaydi.

4. To‘g‘ri. Buni bizning holatimizda amalga oshirish o‘ta og‘ir masala. Lekin qilib bo‘lmaydi degani ham emas. Birinchi bo‘lib boshlab berish har doim qiyin kechgan. O‘zbek adabiyotida ham adabiy agentliklarga yetarlicha bozor bor. Eng qulay tarafi esa bozor lang ochiq. Raqobat yo‘q. Shunchaki kimdir startni bosishi kifoya. Keyin jarayon o‘z-o‘zidan yurib ketaveradi.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Oct, 14:36


#xushxabar⚡️

Yog‘du nashriyoti uchun navbatdagi kitobning o‘zbek tiliga tarjima huquqini oldik.

Bu kitob o‘z karyerasini endi boshlamoqchi bo‘lgan va nimadan boshlashni bilmayotgan yoki o‘z faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqib, nimalarga e'tibor qaratishni bilishni xohlaydiganlar uchun. Ayniqsa, endigina maktabni tamomlayotgan va talabalik davriga qadam qo‘yayotganlarga to‘g‘ri fikrlash uchun yaxshigina qo‘llanma bo‘la oladi.

Siz qandaydir ma'lumot yoki bilimga ega bo‘lgach, nega men buni oldin bilmaganman deb hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hechdan ko‘ra kech. Hayotimizda nimalargadir erishishni xohlaymiz-u, lekin men buning uchun yetarlicha tajribali emasman yoki bunga kuchim, bilimim yetmaydi, deb o‘z shashtimizni pasaytiramiz. Nega biz biror maqsadga erishish uchun o‘zimizni haqli deb bilmaymiz? Aslida barchasi oddiy-ku. Muammoni aniqlang va uning yechimini toping. Kitob muallifi Tina Silig ushbu kitobida aynan shu kabi fikrlarni ilgari suradi. Ya'ni biror muammoning yechimini topib, siz nafaqat mavqe yoki boylikka ega bo‘lasiz, balki butun dunyo taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘sha olasiz. Axir asl maqsad rivojlanish emasmi?

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

10 Oct, 12:48


#Nobel

Bu yilgi Nobel mukofotining Koreya adabiyoti vakiliga berilishi unchalik hayron qoladigan hodisa emas, chunki oxirgi yillarda koreys adabiyoti shiddat bilan dunyoga yoyilayotgandi. Bu mukofot ana shu harakatlarning natijasi bo‘ldi.

Han Kang xonimning "Xayrlashmaymiz" romani o‘tgan yil Fransiyada nufuzli adabiy mukofotga loyiq ko‘rilgan ekan. O‘shanda intervyularining birida, bu romanni yozishga 7 yili sarf bo‘lganini va hech qanday mukofot romanini tugatganidagi zavqni berolmasligini aytgan ekan.

© Raxshona Ahmedova

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

06 Oct, 13:53


#sovgʻa

Muhiddin og‘am (@qora_yigit)dan kitoblar keldi. Ajoyib sovg‘alar va e'tibor uchun rahmat, bro!

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

25 Sep, 16:52


#podkast
#tavsiya

🌏 Do‘stlarimiz “Jahongashta bolalar” nomli loyihaga start beribdi. Ushbu loyihaning maqsadi – vatandoshlarimizni dunyo boʻylab sayohat qilishga qiziqtirish, qoʻshimcha daromadlarini isteʼmolga emas, dunyo xalqlarini tanishga, yutuq va kamchiliklarini oʻrganishga chorlash.

👤 Ilk mehmon – tarjimon, oʻqituvchi va siyosatshunos Hamid Sodiq. Mehmon bilan “Sayohat insonni siyosiylashtiradi” mavzusi atrofida suhbat qilishibdi. Menimcha, hammamiz sayohat qilishni yaxshi ko‘ramiz.

To‘liq suhbatni Youtube platformasida ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/SNYdj3Zmqw8?si=88sLXr5lh2DPGonZ

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

20 Sep, 15:16


#yangilik🎉

Yog‘du nashriyoti uchun kanadalik taniqli adiba Margaret Etvud qalamiga mansub "Xizmatkor ayol hikoyasi" asarining o‘zbek tiliga tarjima huquqini oldik.

"The Handmaid’s Tale" – insonlararo tenglik va tanlov erkinligiga doir muhim masalalarni olg‘a surgan qiziqarli va aqlli antiutopik janrdagi roman. Asar markaziga insonlarni tahqirlash, ezish obyektiga aylangan, asosiy huquq va erkinliklaridan mahrum qilingan distopik jamiyat olib chiqilgan. Margaret Etvud ushbu asarida mahorat va o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan o‘quvchini erkinlik va teng huquqlilikning qadri haqida o‘ylashga majbur qiluvchi olam haqida yozadi. Ayni vaqtda, “Xizmatkor ayol hikoyasi" asarini to‘lig‘icha totalitar g‘oyaga bo‘ysundirilgan jamiyat qanday ko‘rinish olishi mumkinligi haqidagi tadqiqot ham deyish mumkin.

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

08 Sep, 04:39


#podcast
#tavsiya
#37_qism

"1000 kitob podcast: Biz bu loyihaga hayot-mamot dasturi sifatida qarashimiz kerak"...👈

Yaxshi tandem bo‘libdi. Jiddiy, fikrlashga chorlovchi, samimiy...

Avvalgi tavsiya👇:

36-qism

@mirsaidov_sahifasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

07 Sep, 12:58


#munosabat

Bugungiga o‘xshash salbiy munosabat birinchisi emas. Lekin bu holatga chek qo‘yilishi kerak.

So‘nggi oylarda nashriyotlar va bukblogerlar o‘rtasida bugungiga o‘xshash voqealar qaysidir shaklda tez-tez takrorlanib turibdi. To‘g‘ri, xatoni hamma va har kim qiladi. Lekin biznesdagi xato uchun albatta tovon to‘lanadi. Asaxiy nashriyoti va bukblogerlar o‘rtasida sodir bo‘lgan bu kabi dilxiraliklar birinchi emas edi va qachondir bu holat sabr kosalarni toshirishi aniq edi. Xo‘sh, voqea qanday sodir bo‘lgandi o‘zi?

O‘zbek kitob sferasidagi o‘nlab bukblogerlar @kitobdoira kanaliga asos solib, o‘ziga xos loyihaga qo‘l urganidan kitobxonlar xabardor bo‘lishsa kerak. Ikki-uch kun ilgari shu kanalda Asaxiy nashriyotining oxirgi bosmadan chiqqan kitoblaridan birini muhokama qildik. Muhokamada nashriyot xodimlari ham ishtirok etishdi. Hammasi juda yaxshi o‘tdi. Bugun esa o‘sha kungi muhokamaning audio varianti @kitobdoira ga joylandi. Hammasi ana shundan boshlandi.

Inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan texnik xatoliklar sabab Asaxiy xodimining nutq qismi audioda yozilmay qolgan va bundan norozi bo‘lgan xodim bukblogerlarni qator ayblovlar bilan "o‘qqa tutgan". Shundan keyin bir qator bukblogerlar bu holatdan noroziliklarini o‘z kanallarida post qilib chiqarishdi. Birinchi navbatda, nashriyot marketing bo‘limidagilar bukblogerlarning shaxsiy profillariga ushbu holat uchun uzr so‘rab xabar yuborishdi, ba'zi bukblogerlarlarga esa telefon qilishdi. Hattoki o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bayonot ham chiqarishdi. Bu o‘z vaqtida qilingan to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Respekt!

Endi, kosaning ikkinchi tarafiga nazar tashlasak. Yuqorida aytganimdek, nashriyotlar tomonidan bukblogerlarga nisbatan qilinayotgan bugungiga o‘xshash salbiy munosabat birinchisi emas. Lekin bu holatga chek qo‘yilishi kerak.

Birinchidan, nashriyotlar tomonidan sovg‘a qilinayotgan kitoblarni bukbloger o‘qib chiqishga yoki u haqida o‘z sahifasida post yozishga majbur emas.

Ikkinchidan, bukbloger o‘z sahifasini biror manfaat uchun yuritmaydi. Aksariyatida bu jarayon sevimli hobbiga aylanib ketgan.

Uchinchidan, hech bir bukblogerning qaysidir nashriyotga nisbatan shaxsiy g'arazi yoki ginasi yo‘q. Shunday ekan, adovat qilishga asos ham yo‘q.

To‘rtinchidan, shaxsiy fikrimcha, O‘zbekistonda deyarli komaga tushib turgan kitob savdosiga aynan bukblogerlar yangi nafas, yangi ruh bag‘ishlab turibdi. Ularning ishini arzimas narsadek tasavvur qilish mutlaqo xato.

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

02 Sep, 16:04


Lev Tolstoy Fyodor Dostoyevskiy haqida:

"Yaqin kunlarda betob bo‘lib yotganimda "O‘lik xonadondan maktublar"ni mutolaa qildim. Ko‘pgina eslab qola olmaganlarimni qayta o‘qib chiqdim. Va amin bo‘ldimki, zamonaviy adabiyotda bunday asar yo‘q, hatto Pushkinni qo‘shib hisoblaganda ham. Asar ohangi emas, nuqtai-nazar hayratlanarli. Haqiqiy, tabiiy va e’tiqodga mos. Yaxshi, ruhiy-axloqiy asar. Kecha kun davomida shunday taassurotda bo‘ldimki, bunday zavqni tuymaganimga ancha bo‘lgan. Agar Dostoyevskiyni ko‘rsangiz ayting, men uni yaxshi ko‘raman".

Nikolay Straxovga yozilgan maktubdan. 26-sentyabr, 1880-yil


"Men hech qachon bu insonni ko‘rmaganman va u bilan o‘zaro aloqamiz ham bo‘lmagan. Faqat vafotidan keyingina uning men uchun qanchalar yaqin, eng qadrli va juda ham kerakli inson bo‘lganligini tushundim".

F. Dostoyevskiyning o‘limidan keyingi esdalikdan

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

02 Sep, 07:45


#jamiyat_tanazzuli

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

01 Sep, 08:51


#kuz

🍁🍂

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

01 Sep, 03:16


Mustaqillik bayrami barchaga muborak bo‘lsin!

Dunyoda o‘zbek degan millat borligi va shu millat nomida mamlakat borligi ham bir ne'mat. Mamlakat mustaqilligi esa har qanday muvaffaqiyatning, har qanday taraqqiyotning asosidir. Alloh taolo doimo yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik bersin! Har bir inson hurlikni chin ma'noda his qilib, anglab yashasin!

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

26 Aug, 02:57


Yevropa Ittifoqida soʻnggi 12 oyda kitob oʻqigan insonlar statistikasi ekan. Raqamni Eurostat bermoqda. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, reyting boshidagi mamlakatlar aholi boshiga YaIM boʻyicha ham eng yaxshilar safidadir.
Yana bir holat, aholi baxtliligi boʻyicha reytingda ham oʻrinlar taxminan shunaqa shakllanadi.

Koʻp kitob oʻqilsa, mamlakat boy va baxtliroq boʻladimi bilmadim-u, lekin boyroq va baxtliroq davlatlarda aniq koʻp kitob oʻqiladi.

© allaevuzb

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

23 Aug, 03:46


#podcast
#tavsiya
#36_qism

"Nima o‘qiymiz? Manbashunos tarixchi Hilola Nazirova tavsiya qiladi"...👈

Gazeta.uz ning "Nima o‘qiymiz?" nomli loyihasi kam-kam chiqib tursa-da, lekin maza qilib ko‘rishli va eshitishli bo‘ladi. Ko‘p insaytlar va foydali maslahatlarni olasiz. Loyihaning bu safargi mehmoni ham mutolaa jarayoni haqida foydali ma'lumotlarni ulashibdi.

Avvalgi tavsiya👇:

35-qism

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

20 Aug, 01:13


#muhim

Kecha yangiliklarga boy kun bo‘ldi

Birinchidan, Navoiy shahridagi maktablardan biriga direktor etib tayinlandim. To‘g‘risi, kutilmagan bo‘ldi men uchun. Asosiysi, shu muhim vazifa ishonib topshirilgan ekan, uning yuki va zalvorini to‘la-to‘kis his qilib, munosib bo‘lish nasib qilsin.

Ikkinchidan, Yog‘du nashriyotimiz uchun birinchi tarjima huquqini qo‘lga kiritdik. Ushbu muhim asarning tarjima jarayoni ham allaqachon boshlandi. Tarjimon ham, muharrir ham kuchli mutaxassislar. Qaysi asarligini esa Yog‘du nashriyotining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilamiz.

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

18 Aug, 04:56


O‘zbek bukbloger do‘stimiz 2,5 ming kishilik turk kitobxonlar guruhiga shunaqa savol beribdi:

"O‘rtoqlar, bir savolim bor edi. Turkiyada ham Omina Shenliko‘g‘li asarlari ko‘p o‘qiladimi? Bir o‘zbek o‘quvchisi sifatida qiziqyapman".

Javoblar shunaqa bo‘ldi (tarjimasi):

Bu yozuvchining ismini birinchi marta eshitishim.

Hozirda qanchalik o‘qilayotganidan xabarim yo‘q. Jilla qursa, bizning kitobxonlar o‘qimaydi. 90-yillarda rosa o‘qilardi. Kitoblari diniy mazmunda. Asosan qayg‘uli mavzularni yozardi, deb eslayman.

Kitoblari ma’lum bir qatlam tomonidan sevib o‘qiladi. Ko‘proq islomiy mavzudagi kitoblar yozadi. Fikrlari va yozganlari menga uncha yoqmaydi.

2000-yillarda ancha mashur edi, hatto Huzur ko‘chasi nomli kitobidan serial ham olingandi. Fikrlari menga yoqmagani uchun vaqtimni sarflashni xohlamayman.

Bizning guruhdagi kitobxonlar unchalik yoqtirishmaydi, menimcha, anchadan beri uning ismini eshitmagandim. Uning kitoblari bizning guruh kitobxonlari o‘qiydigan kitoblardan emas.

@Ilm_nur_kutubxonasi

Mirsaidov || Shaxsiy sahifa

16 Aug, 17:01


⚡️Kitobxonlar uchun yana bir ajoyib yangilik.

"Akademnashr" nashriyoti bilan hamkorlikda bolajonlarimiz uchun yana bir mega loyiha ishga tushadi. Yodingizda bo'lsa, "Jajji akademik" nomli jurnal boʻlardi. Endi ana oʻsha jurnalni yangilangan, kitobcha shaklida chop etmoqchimiz.

Bu kitobchalar bolalarimizning ilm-fanga qiziqishini orttirish, unga mehr qoʻyishi uchun ilk qadamlarimizdan.

Qaysi kitobcha sizda qiziqish uygʻotdi? Yoki qaysi sohalar qoʻshilishini xohlar edingiz?

Manba: Alisher Saʼdullayev

@Ilm_nur_kutubxonasi