I got a bad idea🚬 @vasilbro Channel on Telegram

I got a bad idea🚬

@vasilbro


Kayfiyatga qarab yozaman (18+)

Kitoblar haqida: @shisha_bino
Film linklari: @yashikodam

I got a bad idea🚬 (Uzbek)

Salom, Telegram foydalanuvchilari! Bugun sizga yangi va shunchaki ajoyib kanal haqida so'z yuritmoqchiman - "I got a bad idea🚬". Kanalda kirib, siz 18 yoshdan kattalarni qiziqtiradigan maqolalar, hikoyalar va matnlar topasiz. Kanalni ochgan vasilbro fikringizga qiziqarli bo'ladigan yozuvlar qo'shishini ta'minlaydi

"I got a bad idea🚬" kanali orqali, siz shisha bilan bog'liq yangiliklardan ham habardor bo'lishingiz mumkin. Shisha_bino atamasi ostida kitoblar haqida ma'lumotlar topishingiz, yashikodam bo'yicha film linklarini ham ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz

Agar siz ham yaratqanideyalarga ega bo'libsiz va o'z fikrlaringizni boshqalarga taqdim qilmoqchisiz, "I got a bad idea🚬" kanaliga obuna bo'ling va o'z fikrlaringizni o'z bilan bo'lgan ko'ngil qismlaringizni mukofotlab qo'ying. Hozirdan kanalga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! 🚬

I got a bad idea🚬

13 Feb, 08:36


Kim nima o’qiyapti shunday qilib ?

I got a bad idea🚬

13 Feb, 07:29


14 fevralga o’zimga sovg’a qildim )

@vasilbro

I got a bad idea🚬

10 Feb, 12:44


​​#mutolaa

Hamma narsa takrorlanadi

Madlen Millerning Kirkasida Skayla ismli maftunkor nimfa bo’lib, chiroyi tillarda doston parivash sifatida tasvirlangan. Ammo, Kirkaning la’nati tufayli badbashara maxluqqa evriladi. Yaqinlari-yu, oshiqlari bu vaziyatda pariga dalda berish o’rniga uni bir manjalaqiga qiyoslab, ustidan mag’zava ag’darishadi va tahqirlashadi. Kirka afsuni o’laroq Skaylaning asl tabiatini ochishni istagan edi, ammo atrofini o’ragan befarq ilohlarning manfur basharalarini ko’radi. Qiziq epizod. Menga Monika Belluchchi gavdalantirgan Malenani eslatdi.

Malena Sitsiliyaning eng go‘zal ayoli, uni hamma orzu qiladi, biroq hech kim himoya qilishni xohlamaydi. Yurish-turishi, nigohi, sukunati xudbinlik va hasad bilan to‘lib-toshgan shaharning ko‘zgusiga aylanadi. Erkaklar uni istashar, ayollar esa nafratlanishadi. Malena hech qanday jinoyat qilmaydi - uning yagona aybi go‘zalligidir. Ohir oqibat shafqatsiz tuhmatlarga uchraydi, omma tomonidan xo‘rlanadi, uriladi, yer bilan bitta qilinadi. Uni avval yuksak ko‘targan, unga intilgan odamlar keyin o‘zlari uni yo‘q qiladilar.

Halicha kitobni tugatmadim, ammo ostiga chizib qo’yadigan qatorlar bisyor.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

09 Feb, 14:04


#hadya

Sassiz bemor

O’qigan sayin boshni aylantiradi, sirlarga chulg’aydi va yakunda lol qoldiradi. Shahlo sovg’a qildi - tashakkur.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

09 Feb, 09:26


Men suygan rejissyor

Uslubi - psixologik taranglik, ramziylik, ijtimoiy satira. Sekin-astalik bilan kuchayib boruvchi qo’rquv orqali tomoshabin ongida zo’riqish hosil qiladi. Kinematografiyaga yangi ruh olib kirgan kimsa deb bilaman.

Kanalda yangi rubrika. Har yakshanba yuqoridagi nom ostida o’zimga manzur bo’lgan rejissyorlar va ularning filmlarini joylab boraman. Uzundan-uzun izohlarsiz. To’plamda umumiy 20 ta kinoijodkor mavjud.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

06 Feb, 11:38


Juda ko’p aylanayotgan video bor

Bugungi kun tomonda: televidenyedagi urush janjallar yoki jamiyatning axloqiy normalariga to’g’ri kelmaydigan shiorlar ko’tarib chiqqan bir-necha chuldurvaqalar. Ikkinchi tomonda: Mahatma Gandi haqida gapiryotgan kimsa (adashmasam shunday).

Osib qo’yilgan yorliq: fikrlash farqini ko’ringlar. Voy dod, biz botqoqqa botyapmiz.

Ishonch bilan aytaman, bugungi kuni odamlari ilgarigidan ko’ra ancha saviyaliroq. Shunchaki avvalari axborot senzurasi davrida istalgan odamga mikrafon tutqazilmagan. Buni tushunish shunchalar qiyinmi ? Vaziyatga to’la mos tushmasada Noam Chomskiyning bir gapi bor:

Odamlarni passiv va itoatkor bo'lishga undashning eng samarali yo'li - bu maqbul fikrlar doirasini keskin cheklash, lekin bu spektrda jonli baxs-munozaralarga ruxsat berishdir.

Shunchaki istalgan odamga mikrafon tutilyapti va tabiiyki u istaganini gapiryapti. Bu ilgarilari kaltafahm odamlar bo’lmagan degan farazni – tasdiqlamaydi, jin ursin.

Bu ham kifoya qilmasa, agar o’sha davr insoni shu darajada taraqqiy etgan ekan (hozir ayni o’shalar hukumat tepasida) – nega amaldagi tizimdan noliyapsanlar ?

@vasilbro

I got a bad idea🚬

05 Feb, 12:24


Kanal hech qanday qolipga solinmagan va shundayligicha qoladi. Kuzatib borayotgan barchaga rahmat.

I got a bad idea🚬

03 Feb, 13:53


#hint

Pining hayoti filmida bosh qahramon o’qigan kitoblar:

Jyul Vern - Sirli orol
Dostoyevskiy - Yer ostidan eslatmalar
Alber Kamyu - Begona

E’tiborli tomoni asarlar shunchaki dekoratsiya vazifasini o’tamay, syujet bilan chuqur bog’langan.

Pining o’zi bilan kechadigan suhbatlari, sirli orolga borib qolishi, begonalashuvi…

@vasilbro

I got a bad idea🚬

03 Feb, 12:30


#kinonews

Xans Zimmer "Dune-2” filmi saundtreki uchun "Gremmi"ni qo‘lga kiritdi

Bu kompozitor faoliyatidagi beshinchi mukofotdir. Eslatib o‘tamiz, ikkinchi "Dune" uchun musiqa "Oskar" uchun saralash mezonlaridan o‘tkazilmagandi.

@boredpandablog

I got a bad idea🚬

02 Feb, 07:59


Xo’sh, buni ilgari ham tashkillagan edik. Yana takrorlaymiz.

Kanal kuzatuvchilari orasida o’z blogiga ega insonlar ko’p. Karl va Karlalarni qo’llab quvvatlash dasturi doirasida 500 obunachidan kam bo’lgan kanalingiz bo’lsa, izohlarda yozib qoldiring. O’zimga manzur bo’lgan 5 tasini tanlab, reklom qilib bergum.

Yopiq kanallarga mo’ralay olmayman. Hisobga olgaysiz )

I got a bad idea🚬

02 Feb, 07:26


Men nechun kutaman fevralni )

@vasilbro

I got a bad idea🚬

01 Feb, 15:37


#longread

Har kuni eski menimning bir qismi o’lib, yangi men tug’ilajak


Yunon mifalogiyasini o’qigan kimsa borki, Tesey nomiga duch kelgan. Qahramonliklari haqida boshqa payt so’ylab bergum, hozir esa yigitcha bilan bog’liq paradoks xususida mushohada qilgaymiz. Voqea quyidagicha:

Teseyning kemasi bo’lib, uzoq safardan qaytayotgan bo’ladi. Vaqtlar o’tib, kema dengiz to‘lqinlarining shiddati va shamollar ta’sirida eskira boshlaydi. Shu sababli, uning yaroqsiz qismlari yangilariga almashtiriladi. Jarayon davom etib, yillar o’tgani sayin kemaning barcha qismlari almashtirilaveradi va kun kelib eski qismlaridan hech narsa qolmaydi. Aynan shu joyiga kelganda mantiqiy savol paydo bo’ladi: kema hali ham Teseyning kemasi bo‘lib qolaveradimi yoki mutlaqo yangi kema paydo bo‘ldimi ?

Tushunarliroq bo’lishi uchun, bu hikoyani odamga bog‘laylik. Bir necha yillar oldin sevimli filming “Qaynonasini zo’rlagan kuyov” bo‘lgan, hozir esa Kristofer Nolanning filmlaridan zavq olib yuribsan. Ayonki, fikrlaring o’zgargan. Shaxsiyat ham xuddi o‘sha kemaga o‘xshaydi: yillar o‘tishi bilan bizning qarashlarimiz, didimiz, qadriyatlarimiz tashqi ta’sirlar natijasida o‘zgarib boradi.

Xo’sh, bolalikdagi sen bilan hozirgi sen bir xil emas ekansan, unda savol tug‘iladi: hali ham aynan o’sha odammisan ? (bilaman, hikoyamiz biroz tushunarsiz davom etyapti - bu vaqtinchalik).

…ertalab uyg‘onib, kechagiga qaraganda biroz boshqacha odamga aylanasan. O‘qigan kitoblaring, ko‘rgan filmlaring, tinglagan musiqalaring seni har kuni ozgina bo‘lsa ham o‘zgartirib boradi. Demak, bugungi sen kechagi senga o‘xshab ketishi mumkin, lekin u aynan kechagi sen emas.

Shu bilan yakunlanmaydi. Tesey paradoksida yana bir savol o’rtaga tashlangan: Agar eski kemaning barcha taxtalarini yig‘ib, undan yangi kema yasashsa, qaysi biri haqiqiy Tesey kemasi bo‘ladi ? Eski taxtalardan tiklanganmi yoki asta-sekin yangilangan kemami ?

Ya’ni, sening eski fikrlaring va qarashlaring qayerga ketdi ? Agar bugunga kelib, ilgari ishonadigan narsalaringdan voz kechgan bo’lsang, o‘zgacha inson bo‘lib qolasanmi ? Yoki o‘zgarish jarayoni shaxsiyatning tabiiy qismi bo‘lib, sen hamon o‘sha odamligingni saqlab qolasanmi ? Javob yo‘q. Shuning uchun ham bu paradoks.

Shaxsiyat bu doimiy yangilanish jarayoni. Har kuni eski “sen”ning bir qismi o‘lib, yangi “sen” tug‘iladi. Fikrlar, qarashlar, tushunchalar doim o‘zgarib boradi. Sen har kuni “yangilangan” bo‘lasan, lekin shunga qaramay, hanuz “sen”ligingni saqlab qolasan. Demak, insonning fikrida mahkam turishi ham – absurd. U o’zgarishi mumkin va bu tabiiy. Uch daqiqa oldingi Karl va bu postni o’qigan Karl umuman boshqa-boshqa odamlar.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

01 Feb, 12:33


#binnarsa

Inson o’z fikriga ega bo’lishi kerak - istalgan joyda eshtishimiz mumkin bo’lgan qatorlar. Mundoq qaralsa absurdroq tushuncha, qanday qilib faqat o’zigagina tegishli fikrga ega bo’lishi mumkin ? Sening, mening fikrlarim qachonlardir boshqalar tomonidan aytib ketilgan bo’lishi ehtimoli juda yuqori. Bunday bo’lmagan taqdirda ham, fikrning vujudga kelishi, shakllanishida tashqi ta’sirlarlarning o’rni bor: filmlar, kitoblar, mahalladagi xolalarning g’iybatlari, otangdan eshitgan dakkilar, ko’z o'nginda sodir bo’lgan avto halokat, yillar davomida boqqan mushugingning o’limi, ruhiy azoblar, sevgi to’la yillar…

Shaxsiy fikr tushunchasi keng aytiladigan yolg’on, sen shunchaki tashqaridan fikrlarni qabul qilasan va ularga o’z tajribangdan qo’shib, biroz o’zgartirasan. So’ngra, bu mening shaxsiy fikrim deb olamga jar solasan. Bu xuddi fikrlar fabrikasiga o’xshaydi - minglab, millionlab fikrlar birin ketinlikda oldingdan o’tadi, ichidan birini tanlaysan, xolos. Bu jarayonda muhimi fikrning senga yoqishi emas, uning mavjud vaziyatning haqiqatiga yaqinligi bo’lishi kerak. Aksar odamlar ayni shu yerga kelganda qoqiladilar.

Xullas, o’xshash yoki ayni bir xil fikrlarning bo’lishi tabiiy.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

01 Feb, 09:59


Kadr orti. Bu ham bir mashaqqatli jarayon. Misol uchun ko’ngildagidek rasm ishlolmasam, taqriz ham yozmay qo’yadigan odatim bor.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

01 Feb, 08:40


Asarda quyidagi qatorlar bor:

Umid bizni baxt eshiklari oldida intizor bo’lishga majbur qiladi. Umidimizga yetishib, baxt eshiklari ochilgach esa baxtsizlik ostonasiga qadam qo’yamiz.

Kitobni shu qatorlar o’laroq, jindak tahlil qilsak bo’lar, pirovardida u sizga yangilik taklif qiladi, izlanishga undaydi, biroq hech qanday javob taqdim etmaydi. Savollar bilan yolg’iz qolasiz. Kitobdagi jarayon qiziq, zamonaviy asarligi dastlabki qatorlardanoq seziladi, ammo hissiy jihatdan yaxshi rivojlantirilmagan. Zamonga hamohanglik vajidan kiritilgan ba’zi baland parvoz detallari ham bor, mayda qusurlar. Muallif so’zlarni bugungi kun iste’mol demografoyasiga moslagandek, terib-terib, hikoyani jo’n uslubda yoritgan. Yutug’i ham shunda - qanchalik chigal masalalar va g’aliz holatlar bo’lsa hamki, tushunish oson. Kitobni zavq olish uchun ichilgan sharobga qiyoslagan bo’lardim. Yengil ketadi.

Kelgusida kitoblarga taqriz yozadigan bo’lsam, rasmlar yuqoridagi kabi formatda, matn shundayin qisqa shaklda bo’ladi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

29 Jan, 11:44


Bugun Chexov bratni tugʻilgan kuni. Shunga ChatGPTdan “Zamonaviy yosh Chexovni chizib ber” desam u menga Vasilni koʻrsatyapti. Bu nima degan gap?!

A tak oʻxshaydi:)

@boredpandablog

I got a bad idea🚬

29 Jan, 08:55


#mutolaada

Dunyoga kelmaganimda hayot qanday bo’lishi, borligim esa mazmunliroq bo’lganda, uni qaysi manzillar tomon eltishi mumkinligi menga noma’lum. Yo’qligim hayotni qay tarzda o’zgartirishi ham menga qorong’i. Endi bo’lsa yo’l ko’rsatkichlari hech qayoqqa boshlayotgan yo’ldan yo’qlik tomon ketib, hayot va o’lim bir-biriga juda yaqinlashib, birlashib ketgan hamda tiriklik niqobi ajal qiyofasini kasb etgan nuqtaga aylanib boryapman. Bugun tonggi quyosh shu’lasida o’zimga chetdan nazar tashlay olaman va o’zgalardan farq qilmasligimni ko’raman. Men hayotimga nuqta qo’ymayapman, balki mangulikni tiriltirmoqdaman.

Shularni yozib, faylni muharrirga jo’natgach, Viktor Mesel o’zi hech tushuna olmayotgan kuchli hayajon ta’sirida balkonga chiqdi va sakradi yoki o’zini tashladi.

Anomaliya

@vasilbro

I got a bad idea🚬

29 Jan, 06:36


​​#imho

Kulayotgan odam - Viktor Gyugo


Asar ruhi kitob chiqmasdan avval o’quvchiga singmoqda go’yo. Muqova ustudan kulayotgan kitobxon.

Gapning indallosi shuki, o’tgan galgi omadsiz urunishdan keyingi muqova ham bir ahvol. E’tibor beradigan faktorlarim:

- Kitob nomi asosida muqova yaratish
- Kitobdagi syujet asosida muqova yaratish
- Muallifning uslubidan kelib chiqib muqova yaratish

Quyidagi muqova asar nomi sababli shu ko’rinishga keldi deylik, unda nega klassika ustida jin urgur XX asr Jokeri turibdi ?

Eslayman, bozorlarda mualliflik huquqisiz bosmadan chiqqan turli kitoblar yoki arzon garov sariq adabiyotlar to’lib toshardi (balki hozir ham shundaydir) Ulardagi didsizlarcha ishlangan muqova turfa rasmlardan tashkil topgan kompozitsiyalari bilan ajralib turardi - hozirgi o’ramning ulardan farqini ko’rmayapman.

Qolip asosida emas, ijodkorona yondashadigan dizaynerlar haligacha kamligi - achinarli. Bu faqat Tirilishga taalluqli emas, kezi kelganda Zabarjad, Asaxiy, Akademnashr yoki boshqa nomdor nashriyotlardan ham xashaki muqovalar chiqib turadi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

27 Jan, 05:05


Yoshlikda eng ko’p ko’rilgan filmlardan biri - O’rgimchak odam. Shu sahnani hamma eslasa kerak:

Anonschi Parkerni “O’rgimchak”deb tanishtiradi. Yigitning havsalasi o’ladi.

Orginalda qanday bo’lgan ?

- What’s your name kid ?
- The Human Spider
- The Human Spider. That’s it ? That is the best you got ?
- Yeah
- Oh, that sucks

Keyin e’lon qiladi:

- the terrifying, the amazing Spider-Man

Parker xayron deydi:

- My name is The Human Spider. He got my name wrong.

Orginalda anonschi Parkerni birinchi bor Spider-Man ya’ni O’rgimchak odam deb atagan. Shu bilan nom qolib ketadi. Bizdagi dublyajda esa aksincha qilib ko’rsatishgan. Xullas, Karl butun bolaliging yolg’on.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

26 Jan, 09:23


Kristof Valtz faoliyati davomida ikki marta Oskar mukofotiga loyiq ko’rilgan. Qizig’i, ikkisi ham ikkinchi darajali rollar uchun, ikkisi ham Tarantino filmi.

Birida maraz Gans. Birida insonparvar Shults. Biri natsist, biri qullarni ozod qiluvchi adolatparvar kimsa.

Aktyor mahoratiga tan bermay iloj yo’q. Murakkab shaxs. Xullas, u sizga sut taklif qilsa, yaxshilik kutmang. Aksincha, qurol taklif qilsa, ikkilanmay oling )

@vasilbro

I got a bad idea🚬

26 Jan, 08:46


Бесславные ублюдки

Manfur Kimsalar deb tarjima qilingan. Keyinchalik, o’zbekchada bormi deb so’ramasligingiz uchun yozyapman.

Filmdagi eng iplos persona Gans Landa - Kristof Valtz SS ofitseri rolini qoyilmaqom ijro etgan. Ha, jin urgur ziddiyatli qahramonlarni jonlantirishda unga yetadigani kam. Aynan, shu maraz obraz sabab ham film yanada hayajonli chiqqan.

Hozir uncha ko’zga tashlanmagan, biroq qiziq detal haqida yozmoqchiman. Kirish qismida, Gans fermerning qizidan sut so’raydigan sahna bor. O’sha paytda ofitser qizning qo’lidan tutadi. Harakat uni to’xtatish uchun emas, aksincha qizning pulsini tekshirish uchun edi. Parivash hayajondaligini fahmlagan Gans, fermer bilan mushuk sichqon o’ynamasidan oldinoq, uyda yahudiylar yashirincha saqlanayotganiga amin bo’ladi. Ha, azizlar Tarantino daho.

Yakshanba oqshomi uchun nima ko’rishni tanlolmayotgan bo’lsangiz, ideal tanlov - Manfur Kimsalar. Ota Karl bilan filmlar yanada qiziqroq )

@vasilbro

I got a bad idea🚬

25 Jan, 14:10


#gift

Nuralidan sovg’a keldi. Tashakkurlar. Yaqin orada uydan muzey ochsam kerak )

Tartibsizlikka e’tibor qilmagaysiz, bo’ydoqning taqdiri shul erur ))

@vasilbro

I got a bad idea🚬

25 Jan, 05:29


Kartinani o’z talqinimda qayta jonlantirdim

Javobga yanada yaqinman

@vasilbro

I got a bad idea🚬

24 Jan, 15:23


Atalmagan

To’g’ri, menga yoqmagan narsa hammaga yoqmasligi yoki aksincha yoqsa, hammaga yoqishi kerak degan narsa yo’q. O’ta normal holat. Lekin oyni qora deb turish, albatta bu majoziy ma’noda. Didsizlik. Bu shaxsiy fikrim, shu chirib ketgan fikrimga ko’ra - sizni didsiz deb atayman. Va yuksak ongingiz ila meni rad etishingiz tabiiy. Bunga to’la haqlisiz. Ammo, didingiz o’lik, rosti.

Albatta, qandaydir ilohiy chegara mavjud emas. Did, aql, chiroy va boshqa dahmazalar meni subyektiv qarashlarim natijasi. Xuddi shunday sizniki ham. Ba’zi insonlarlarning o’xshash subyektiv fikrlari mavjudligi oqimlarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa aslida illyuziya bo’lgan haqiqatlar shakllanadi. Oqimlar, oqimlar, oqimlar

Barchasi juda murakkab. Fucking murakkab. Feminizm, shaxsiy fikrlar chegarasi, tolerantlik, munosabatlarni baholash, adekvat bo’lish va hokazo, va hokazo

Baribir, didingizga qurt tushgan.

I got a bad idea🚬

23 Jan, 14:56


Bugun anonimlashamiz. Eng yaxshi 10 savol.

I got a bad idea🚬

23 Jan, 14:44


#18+

Eslatma: ehtimol spoyler bor

Konklav shubhasiz 2024-yilda ko‘rgan eng yaxshi filmlarimdan biri. Syujet sokin bo‘lishiga qaramay, har bir daqiqasi haroratli. Ammo, hozir film haqida emas, ayni filmdagi bir epizod bilan bog‘liq rivoyat to‘g‘risida yozmoqchiman. Balki, ayni shu afsona film yaralishiga sabab bo‘lgandir, bunisi menga qorong‘u.

Afsona noodatiy “hojatxona kursisi” haqida bo‘lib, unga ko‘ra, o‘rta asrlarda yangi saylangan papa o‘zining erkak ekanligini tasdiqlash uchun maxsus teshikli kursiga o‘tirib, shifokor ko‘rigidan o‘tgan. Ko‘rik yakunlangandan so‘ng shifokor olomonga yuzlanib, baland ovozda: Duos habet et bene pendentes ! (uning ikkita urug‘doni bor va ular yaxshi osilib turibdi) degan. Bu g‘alati marosimning ildizlari yana bir afsona - Papa Yovanga borib taqaladi.

Papa Yovanning hikoyasi quyidagicha: u erkak qiyofasidagi ayol bo‘lib, ulug‘vor ilmiy iste’dodi tufayli pontifiklik darajasigacha ko‘tariladi. Ikki yil davomida papa sifatida cherkovni boshqaradi, ammo ehtiyotsizlik natijasida homila orttiradi va siri oshkor bo‘ladi. Ushbu voqeadan so‘ng, cherkov qayta shu kabi holat yuz bermasligi uchun jinsiy tekshiruv marosimini joriy qilgan, deyishadi.

Endi reallikka qaytaylik, tarixchi Tomas F. X. Nobl voqeani haqiqat bilan aloqasi yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bu afsona o‘rta asrlarning siyosiy va diniy intirgalari ortidan kelib chiqqan folklor mahsuli. Tarixiy yozuvlarda ham Papa Yovan haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Bundan kelib chiqadiki, yuqoridagi afsonalar Vatikan tarixiga qiziqishni oshirish uchun xizmat qilgan, xolos.

Ammo, bir narsa aniq. Robert Barateon “Temir taxtni” o‘tirish uchun eng noqulay joy deganda – adashgan.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

23 Jan, 06:49


Яқинда Ибн Холдуннинг “Муқаддима” асарининг бир қисмини “Тирилиш” нашриёти чоп этди. Бу китобнинг ўзбекчада бўлиши катта воқеа ва бу ишни бажарганларни фақат олқишлаш керак.

Таржимани ўқиб кўрганим йўқ, лекин айримлар ундан инсон эволюциясига доир қисми кесиб ташланибди деб айтишяпти.
Шахсий фикрим: ҳар қандай китобни қисқартириш билан таржима қилиш мумкин, аммо бунинг ҳам ўз шартлари бор:

🔹 китоб таржимасида қисқартириш борлиги ўқувчига алоҳида билдирилиши керак;
🔹 қисқартирилган жойларга <…> қўйиб кетиш лозимдирки, ўқиётган одам қаерда қисқариш борлигини билсин;
🔹 қисқартиришда муайян мантиқий изчиллик сақланиши керак. Қисқартириш сабабли матн тушунарсиз ёки хато тушуниладиган бўлиб қолмаслиги керак.

Шу шартлар бажарилса, менимча, таржимани қисқартириб чоп этиш мумкин. Лекин мафкуравий ёки эътиқодий сабабларга кўра матнни қисқартириш, ўзгартириш ва буни ўқувчидан яшириш ноширлик ва муҳаррирлик этикасига тўғри келмайди.

@khurshidyuldosh

I got a bad idea🚬

20 Jan, 04:52


Tramp qaytdi.

Bugundan prezidentlik lavozimiga kirishadi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

20 Jan, 04:35


Navbatdagi she'riy kecha ham juda mazmunli bo’ldi🥂

I got a bad idea🚬

18 Jan, 08:30


Starshipning falokati

Agar dunyo shu tariqa yakun topadigan bo’lsa, so’nggi bor jilmayish uchun imkonimiz bo’ladi (part 2)

@vasilbro

I got a bad idea🚬

17 Jan, 08:05


Grinko - Miks. Yolg'iz qolganingizda tinglang )

I got a bad idea🚬

16 Jan, 13:17


Hayotiy🚬

@vasilbro

I got a bad idea🚬

16 Jan, 06:11


She’riyat kechasi

Yakshanba soat 21:00. To’rt qator, to’rt qator she’r yodlab kelinglar.

I got a bad idea🚬

15 Jan, 16:22


Kelsang, choy yo’q. Vino quyib berishim mumkin.

I got a bad idea🚬

15 Jan, 15:53


Shu haqida maqolaga o’xshash narsa yozgandim. Reaksiyalarga qarab joylash yoki yo’qligini o’ylab ko’raman.

I got a bad idea🚬

15 Jan, 15:00


Nima uchun bu qarorga kelganimni bilmayman. Oshxonada turib, qo‘limda bir hovuch spagetti ushlab turganimni eslayman. Suv qaynayapti, bug’ ko‘tarilgan. Biqr-biqr, biqr-biqr yoki pilq-pilq edimi, yodimdan ko’tarilibdi. Yolg‘izlikda tovushlar ham o‘zgacha eshitila boshlarkan, balki kimdir yonimda bo‘lganida, bu tovushga e’tibor ham qilmagan bo‘lardim…

Youtube aylanmoqda: tanish ovoz Murakami, ortidan Spagetti yili dedi. Kimsa haqida eshitganim bor, Lestat bir nimalar deb maqtab yurardi. Biroq, qiziqish uyg’otmagan, o’qib ko’rmaganman. Taom haqida o’nlab qidiruvlar qilganim uchun algoritm sabab bir burchakdan chiqib kelgan, shekilli. Audioni tinglay boshladim. Syujetga ko'ra qahramon yil davomida har kuni spagetti pishiradi. Onasini emsin, har kuni.

Hikoya g’alati bo’lsada, nima uchundir o‘chira olmadim. Qandaydir tushunarli edi. Balki qahramon ham yolg’iz, men ham yolg’izligim, ikkalamiz ham shu jin urgur spagettini pishirayotganimiz uchun bo’lsa kerak. Taom tayyor bo’ldi, likopchaga suzdim, ko’rsatmaga ko’ra ustiga ozroq zaytun moyi tomizdim va albatta sardak. Hikoya ham tugadi. Xayol surib qolgandim, hammada bo’ladiku: biror nuqtaga uzoq qarab qolasan, to’xtashing kerakligini bilasan, ammo to’xtaging kelmaydi – termulib turaverasan. Murakamining hikoya so’ngidagi so’zlari miyamda aylanardi: Tasavvur qilyapsizmi, agar italyanlar falon yilda eksport qilayotgan narsalari aslida yolg‘izlik ekanligini bilganlarida, qanchalik hayron qolishardi ?

Spagetti tugadi, lekin ichimda nimadir qoldi. Nega buni pishirdim, nega bu hikoyani tingladim — javob yo‘q. Faqat yolg‘izlik bor. Boshqa spagetti tayyorlamayman.

P.s: hikoyani Madina Musayeva ovozlashtirgan.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

14 Jan, 09:47


Tang Maohuaning qulagan farishtasi (Fallen angel). Ohirgi paytlarda ko’rgan eng yaxshi kartinam, yangilik ma’nosida albatta. Izohlab turinglar, keyin sharhlab beraman.

Ochiq mikrofon. Hech kimning fikri xato emas.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

13 Jan, 16:43


Orginalroq😁

I got a bad idea🚬

13 Jan, 15:22


#mem

Faqatgina ikkala kanalda bor odamlar tushunadi.

I got a bad idea🚬

10 Jan, 07:05


…shundayin bir mavzu haqida yozayotgan edimki, bitilgan qatorlardan etim jimirlardi. Shod edim, mana nihoyat anchadan beri izlayotgan uslubimni topdim, derdim, o’zimga o’zim.

Yarim tun, xonamda sokinlik hukmron, fonda klassik musiqa yangramoqda, har bir lahzadan zavqlanayapman. Yozgan sarim, yozgim kelyapti. Ajoyib maqola chiqishiga ishonchim komil…

Biroq, muhitga umuman mos bo’lmagan, yoqimsiz ovoz yangray boshladi. Qarasam telefonim jiringlayapti, soat tungi uchda kim ekan desam, onam:

- alo, tinchlikmi ?
- tur bo’ldi, ishga kech qolasan.

Tush ekan, jin ursin.

I got a bad idea🚬

09 Jan, 11:14


Balki, bugungi kontent iste’moli vajidan kelib chiqsak, seni o’rtamiyona yozuvchilar qatoriga qo’shishardi, oshna.

Tvitterdagi chiqishlaringni tasavvur qilyapman:

Odam o’z gunohlarini oqlash uchun hamma narsani o’ylab topadi, deb postlar joylarding.

Inson qalbining tubiga kirib, fojiaviy iztiroblarni ochib beradigan asarlaring zamonaviy madaniyatning tezlik va soddalashtirishga bo‘lgan intilishlari bilan mos kelmasdi. Mavjudlikning mazmunini savolga tutib, insonning axloqiy inqirozlarini ko‘tarib chiqqaning nimasi ? Uzoq borsa, Inson qalbi jang maydonidir, degan fikrlaring bugungi arzon marketing bilan qorishib, qandaydir broshyuraga aylangan bo’larmidi, kim bilsin.

Tan olinmagan daho bo’larding. Shunchaki, jamiyatga haqiqatni aytgan g’amgin bir ovoz.

Sen bilan ichgan bo’lardim.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

07 Jan, 09:50


Bilasanmi, bir kun seni o‘ldiraman ! Bu seni sevishni to‘xtatganim uchun yoki rashkdan emas, shunchaki… biror sababsiz o‘ldiraman, chunki ba’zan seni butkul yutib yuborishni, borlig‘ingni o‘zlashtirishni orzu qilaman.

Dostoyevskiy. Qimorboz

Kartina 1917 yilda Gallen-Kallela tomonidan chizilgan. Yigit o’z ortidan xanjar urib, bag’ridagi mashuqasini ham halok qiladi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

06 Jan, 09:12


Be’mani savollar ko’p bo’lgani uchun anonimdan voz kechilgandi. Keling vaziyatga biroz intriga qo’shamiz, aytaylik premium obuna xarid qildim, kim yozganligni ko’ra olaman (balki aldayotgandirman). Tanlov o’zingizda. Shaxsiyatingiz oshkor bo’lish ehtimoli yuqoriligidan qo’rqmay savol yo’llay olasizmi yoki aksincha jur’atingiz yetmaydimi ? Bir o’yin deb qabul qiling !

Savol yo’llash

Ko’nglingiz xotirjam bo’lsin, savollarni kanalga joylamayman.

I got a bad idea🚬

05 Jan, 18:42


Hammaga rahmat. Juda mazmunli bo’ldi. Yakshanbani shu tariqa kuzatdik. Keyingi hafta yana tashkillaymiz )

Yozib olishni afsuski kechroq boshladim. Ma’zur tutgaysiz.

I got a bad idea🚬

05 Jan, 16:00


Live stream started

I got a bad idea🚬

05 Jan, 14:51


Demak 21:00 da boshlaymiz. Ochiq mikrafon, istalgan inson she’r o’qishi mumkin. Mendan tashqari albatta😁

I got a bad idea🚬

04 Jan, 10:10


Joker

Komiks voqealari Batman va Jokerning azaliy kurashi ustiga qurilmagan, aksincha Jokerning shaxsiyatini birinchi pardaga olib chiqadi. Uning hukmronlikka intilish sabablari, psixalogik beqarorligini ochiqlaydi. Nyuans bo’lib qolmasin, Todd Fillipsning antagonisti bilan bog’liqlik yeri yo’q, faqatgina shaxsiyatdagi beqarorligi qisman yaqin. Xullas, qorong’u va tumanli Gotemning ixlosmandlariga tavsiya qilaman.

Bir qiziq epizod ham bor. Xarli Kvinn Jokerga ko’z oynak sovg’a qiladigan sahna. Unga GEY (gay) so’zi tushurilgan edi. Joker buni mamnuniyat bilan qabul qiladi !

Endi tarixga yuzlanamiz. Ilgarilari gey so’zidan shunchaki insonning ruhiy holatini, ayni kayfiyatini izohlash uchun foydalanishgan. Xursand, baxtli, quvnoq degan ijobiy ma’nolarni anglatgan. Ammo, XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab turli ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar natijasida bugungi jinsiy orientatsiyani, ya’ni erkaklarning o‘z jinsiga bo‘lgan romantik qiziqishini ifodalovchi atamaga evriladi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

04 Jan, 05:24


So’rovnoma

Aksar insonlar o’z fikrlarini absolyut deb hisoblashadi. Shu vajdan qolganlarni o’zlariga bo’ysindirishga, ularni ham hamfikr qilishga harakat qilishadi. Endi savol.

Agar butun dunyo faqat sizga o’xshagan insonlardan tashkil topgan bo’lsa: mulohazalaridan tortib, kiyinishigacha.

Siz bu dunyoda yashagan bo’larmidingiz ?

Bu jamiyat farovon bo’larmidi ?

I got a bad idea🚬

03 Jan, 13:15


Imperator qartasi (Kaiji)

Ikki kishi uchun mo’ljallangan strategik o’yin.

Qartalar soni - 10 ta

Imperator va to’rtta oddiy xalq – umumiy 5 qarta

Qul va to’rtta oddiy xalq – umumiy 5 qarta

Qoidalar:

O’yin 4 bo’lim o’ynaladi. Har bir bo’lim 3 raunddan iborat. O’yinchilar bir bo’lim imperator tomon, bir bo’lim qul tomon bo’lib o’ynashadi. Shu tariqa 2 marta o’rin almashiniladi.

Qartalar to’qnashuvi:

Imperator va oddiy xalq – imperator g’alaba qiladi

Oddiy xalq va oddiy xalq – durrang

Oddiy xalq va Qul – oddiy xalq g’alaba qiladi

Imperator va Qul – qul g’alaba qiladi. Chunki uning yo’qotadigan narsasi yo’q va yengish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi.

Bo’limlar:

1-raundani doim imperator boshlaydi. 2-round qul. 3-round yana imperator. Raund biror tomonning qo’li baland kelmaguncha davom etadi. Birinchi raund uchun misol:

Dastlab imperator o’z qartasini tanlab stolga qo’yadi, ikkinchi bo’lib qul. So’ngra qartalar ochiladi. Imperator tomon oddiy xalq qartasidan foydalandi deylik, qul tomon esa qul qartasidan. Bunda imperator tomonning qo'li baland keladi - shu tariqa birinchi raund nihoyasiga yetadi. Qartalarni bir vaqtda tanlab, bir vaqtda ochsa ham bo’ladi, ammo bu o’yinning jozibasiga biroz ta’sir qiladi.

O’yin senga nima beradi ?

Bu omadga emas, aniq tahlilga asoslangan o’yin. Siz raqibning qaysi qartani yurishini oldindan tahmin qilishingiz kerak. Har bir kichik detal: tirjayish, ko’zlar, qo’l harakatli, manipulyatsiyon gaplar ahamiyatlidir. To’g’ri shunchaki o’ynab qo’yish ham mumkin, biroq jiddiy kirishilsa anchayin zavqli.

Istalgan odam o’ynasa bo’ladi, maxsus qartalar bo’lishi shart emas:

Sonlardan oddiy xalq. Qirol qartadan imperator, jokerdan qul sifatida foydalansangiz bo’ladi.

P.s: jiddiy yozdimmi, demak yaxshi o’yin. Endi Alice in Borderland seriali 2 mavsum 4-epizod Chishiya ishtirokidagi Valet of hearts o’yinini real hayotga moslashtirmoqchiman.

@vasibro

I got a bad idea🚬

03 Jan, 10:49


Kaijida qariya to’g’ridan-to’g’ri buyruqlar bermaydi, o’rtada odam turadi: boshqaruvchi

Kalmar o’yinida qariya to’g’ridan-to’g’ri buyruqlar bermaydi, o’rtada odam turadi: boshqaruvchi

Farqli tomoni animeda shaxsiyat yashirilmagan.

I got a bad idea🚬

03 Jan, 10:40


Kaijida hammasiga boshqosh: qariya

Kalmar o’yinida hammasiga boshqosh: qariya

Farqli tomoni animeda shaxsiyat yashirilmagan.

I got a bad idea🚬

03 Jan, 10:36


Kaijida nazoratini ta’minlovchilar: qora kastyum-shim va ko’z oynak. Shaxsni aniqlash qiyin.

Kalmar o’yinida nazoratini ta’minlovchilar: pushti rangli kiyim va niqob. Shaxsni aniqlash imkonsiz.

I got a bad idea🚬

03 Jan, 10:15


Kaiji. Birinchi mavsum (2007)

Dastlab bir muncha qiziqmasdan, e’tiborsiz ko’rishni boshladim, ammo barchasi chappasiga aylanib ketdi. Kun tunga aylandi. Anime dunyosi rostan boshqacha. Internetdagi turli iddaolar: yosh bolalar, ko’ngli bo’shlar, “nozik” tabiatlilar uchun kabilarning bari asossiz. Dunyo shunchalar kengki, undagi g’oyalar, o’rtaga tashlanadigan mavzular xilma-xilligidan boshing aylanadi – doim o’zingga yangi nimadir olasan. Bu ham axborot – ya’ni nimadir o’rganishing uchun faqat kitob o’qishing kerak emas, axborot o’z holicha absalyut qolaveradi, shunchaki uni tashuvchi vosita o’zgaradi xolos. Bu haqida yozganman ham. Kaijiga qaytaylik, endi.

Intriga, psixologik manipulyatsiya, intellektual muhit xohlayapsanmi – unda tavsiya qilaman. Bir qiziq fakt ham bor, animeni ko’rayotganimda Kalmar o’yini bilan o’xshash joylari ko’pligi e’tiborimni tortidi. G’oyaviy o’xshashlik, atmosfera, qahramonlar... Keyin bilsam, Hvan Don Hyok ijodiy krizis payti, Kaiji mangasini o’qiganligini va undan ilhomlanganligini tan olgan ekan. To’g’ri, birga-bir ko’chirmagan, ammo yo’nalish, motivlar, o’yinning tashkillanishi ayni bir chiziqda. Farqi, animeda nima bo'lishini oldindan aytish qiyin, mantiq o'z joyida.

Grafikaga ko’p urg’u beraman. Animeni boshlaganimda qiziqishim pasayganligining sababi ham shu edi: personajlar qandaydir nootabiiy, to’rtburchak, uchburchak shaklli aniq qolipga solingan yuzlar. Olam ichiga kiraverganim sari, bu bir ramziy ma’no ekanligini angladim. Moddiyat mavzusi birinchi pardaga o’tganligi vajidan, qahramonlar ham aniq geometrik shaklda, qalin chiziqlar orqali tasvirlangan. Hammasi o’lchovli, hisob kitobli, sening hislaringa tupurgan dunyo. Ijodkorlar bu tomondan personajlar va ularni o’rab turgan muhitni uyg’unlashtirishga harakat qilishgan. Demoqchimanki, grafik jihatdan maqtana olmasligi, umum hikoyaga ta’sir qilmaydi, qo’rqmay bosavering.

9/10 baholayman. Ayniqsa, so'nggi qismlardagi: Kaiji va Yukio o’rtasidagi Imperator qarta o’yini juda muhtasham. O'zim ham o'ynab ko'rdim.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

03 Jan, 05:41


O’z joniga qasd qilganning qabri

©️Vilgelm Kotarbinskiy

Sahna qora tunda, so‘ngsiz osmon ostida namoyon bo‘ladi. Bulutlarning qorong‘i pardasi bo‘yoqlarni qamrab olib, yulduzlar nurini xiralashtirgan holda g‘ayritabiiy muhit yaratgan. Toshlar va qurigan o‘simliklar bilan qoplangan botqoqlik umidsiz manzara hosil qilgan: o‘z joniga qasd qilgan kimsaning qabri.

Gul poklik va umid ramzi sifatida hayotsiz zamin bag‘ridan qat’iyat bilan bo‘y cho‘zib turibdi. Tuproqdagi qon izlari fojiadan darak, ammo nozik nihol barchasiga qaramay nur taratmoqda. Demakki, og‘riq hamda iztiroblardan go‘zallik va poklik yaratilishi mumkin.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

31 Dec, 19:38


Yangi yil tosti

Mana, yana bir yil boshlandi. Biroq, haqiqat shuki — faqat raqamlar o‘zgardi, xolos. Ichimizdagi bo‘shliq va iflos izlar o‘z joyida. Yana xato qilamiz, yanada ko‘proq hafsalamiz pir bo‘ladi va eski muammolarimiz o‘z holicha qoladi. Umid qilamanki, bu yil ham o‘tgan yil kabi ko‘p narsa va’da qiladi, ammo hech narsani bermaydi. Hayot shu demakdir.

Kelinglar, yil davomidagi yolg‘onlar, yo‘qotilgan orzular va o‘zimizni ovutish uchun qilgan yasama kulgular uchun ko‘taramiz.

Chin-chin🥂

I got a bad idea🚬

31 Dec, 19:04


Hello 2025

@vasilbro

I got a bad idea🚬

31 Dec, 15:11


​​#binnarsa

Ayonki, go’shtlarni qovurib-dimlab, olivyeni tayyorlab bo’lib, zerikib o’tiribsan. Sen uchun yozdim - o’qi.

Mistik filmalarda qorong’u xujralardagi kamin usti yoki kitoblar orasidagi kalla suyaklariga ko’zing tushgan. Bu element haroratni oshirib, ko’proq vahima uyg’otadi va o’z navbatida bugungi kun odami ongiga yovuzlik ramzi sifatida muhrlanadi. Aslida ulardan inson tafakkuri, hayotning mohiyati va o‘tkinchiligini anglash uchun qadimdan foydalanib kelingan. Ko‘plab mashhur shaxslar va faylasuflar kalla suyaklarini o‘z uylarida yoki ish joylarida saqlashgan, bu ularning hayot, o‘lim va bilim haqidagi chuqur mushohadalarining estetik ramzi hisoblangan. Misol uchun Dekart kalla suyaklarini inson aqli va tana o‘rtasidagi ramz sifatida qabul qilgan. Yoki Lord Byronni olaylik: u kalla suyagini sharob idishiga aylantirgan. Shoir uchun bu hayotdan zavq olish va o‘limni qabul qilishning o’ziga xos usuli edi.

Bosh chanoqlarning ramziy qiyofaga kirib borishida memento mori falsafasi va vanitas san’at janrining ham o’rni katta.

Memento Mori: O‘tkinchilikka ilohiy qarash

Qadimgi davrlardan beri kalla suyaklari memento mori (o‘limni esla) falsafasining ramzi bo‘lib keladi. Bu tushuncha Uyg‘onish davrida o‘z cho‘qqisiga chiqib, insonni hayotning har bir lahzasini qadrlashga undagan.

Rassomlar kalla suyagini so‘nayotgan sham, qum soatlari, yoki qurib borayotgan gullar bilan uyg‘unlashtirgan holda vaqtning tez o‘tishini tasvirlashga urinishgan. Kutubxonadagi kalla suyak esa bilimning cheksizligini, ammo hayotning qisqaligini bir vaqtda eslatib turgan.

Vanitas: Estetik ko’tarilish

Vanitas – bu hayotning go‘zalligi va moddiy boyliklarning o‘tkinchiligini aks ettiruvchi san’at turi. Kalla suyaklari bu janrning markazida bo’lib, inson hayotining ziddiyatlarini aks ettiradi. Yevropa san’atida kalla suyaklari musiqiy asboblar, mevalar yoki kitoblar bilan uyg‘unlashtirilib, abadiyatga intilish va moddiy dunyoning o‘tkinchiligini yodga solib turgan.

2024 yil uchun so’nggi post. Ha, kalla suyagimni maqtangim keldi )

@vasilbro

I got a bad idea🚬

31 Dec, 12:30


Bayraming muborak bo’lsin, megajin🥂

@vasilbro

I got a bad idea🚬

24 Dec, 16:55


Asanovning raddiyalarga javobi:

Moturidiy bo’yicha

Ibn Sino bo’yicha

I got a bad idea🚬

24 Dec, 11:48


Asanovning qadimda til o’rganish bilan bog’liq qiyinchiliklar haqidagi posti.

Marg’iloniyning postga raddiyasi: birinchi qism, ikkinchi qism.

Qiziq mavzu

I got a bad idea🚬

24 Dec, 08:32


Sen bilan qayta ko’ramiz, Karla.

I got a bad idea🚬

24 Dec, 06:33


Kanalga yangi qo’shilganlarning ko’pchiligi yo’nalishni tushunmay garang bo’lishadi.

Men kanaldagilarga Karllar deb murojaat qilaman. Qonunlarimiz ham bor.

Kanalda asosan filmlarga taqriz yoziladi (garchi buni taqriz deb bo’lmasada), ba’zan kitoblar va san’at asarlari haqida ham post chiqib qolishi mumkin (shisha bino yopilgani sababli, endi ko’proq ham chiqar). Yoritish uslubi – yumor orqali (doim emas)

Vesteros va O’rta yer muxlisiman. Shu sababli ikki olam haqida memlar, maqolalar bo'lishi tabiiy, har holda qolgan olamlarga nisbatan ko’proq. Yoritish uslubi – yumor orqali (doim emas)

Rasmlarni bo’yash jon-u, dilim. Madina bilan bordi-keldimiz bor.

Ba’zan, ilhom kelib qolsa, Quizlar tashkil qilib turaman.

Tesha tegmagan mavzularda ham postlar chiqib turadi, menimcha kanal shunisi bilan farqli.

Vinoni yoqtiraman. Siz uchun somelelik qilishim mumkin.

Hozircha shular, nimadir yodimdan chiqqan bo’lsa, eslatarsiz.

I got a bad idea🚬

24 Dec, 05:33


Va’da o‘tmishda zarur edi, lekin uni buzish hozirgi zaruriyatdir.

I got a bad idea🚬

23 Dec, 12:48


Kanalning tarixi

Bir paytrlar Xayoliyot degan kanalim bo’lardi, g’irt romantik bo’lganman. Keyin jiddiy narsalar yozishni xohlab Shisha binoni tashkil qildim. Ma’lum vaqt o’tib, u yerdagi rasmiyatchilikdan qochib I got a bad ideani ochdim. Bu yerda erkin yozardim, oldi-qochdi gaplar. Odamlar buni jiddiy qabul qildi shekilli, obunachi ko’payib ketdi. O’rtada shisha binoni yopdim, hozir bu yerdagi rasmiyatchilikdan qochib, boshqa kanal ochganman.

I got a bad idea🚬

23 Dec, 10:47


#binnarsa

Quzg’un va Men

Futbolga aloqadorligimni kanaldagi oldlar juda yaxshi bilishadi. Hayotimning mazmuni. Kitoblar, filmlar, shaxmat – xullas, har biridan ustun. Ilgari, xuv o’sha uzoq o’tmishda professional bo’lganman. Hozirchi ? Ha, o’sha siyqasi chiqqan bahona – jarohat.

Tizzamdan jarohat oldim, davolandim, yana jarohat oldim. Bu takrorlanaverdi. Men kurashdim, kurashaverdim va so’nggi so’z aytildi. Hozir ilgarigi mendan asar ham yo’q, buni Bookbloggerlar va Stand upchilar bilan o’yin tashkil qilganimizda, juda yaxshi angladim. Agar, o’z o’yinimni tashqaridan kuzatganimda:

- Joying zahirada, derdim.

Yo’lovchi quzg’un bilan olishadi. Quzg’un shunchaki metafora – u istalgan shaklda bo’lishi mumkin, sevgi iztirobi, yo’qchilik, tirnog’ing ostiga kirib qolgan tikan, tizzangdagi jarohat. Bu yerda muhimi kurash va azob. Men esa o’ynayverdim, biror mo’jiza kutardim, xuddi yo’lovchi o’sha janobning miltig’ini kutgani kabi. Ammo, biz yashab yurgan dunyoda senga kamdan-kam odamlar qo’l cho’zishadi, cho’zishsa ham kamdan-kam holatda vaqtida cho’zishadi. Sen esa kutasan. Kutaverasan. Lekin bu vaqt davomida quzg‘un cho’qilashda davom etadi.

O‘sha paytda, men tizzamdagi og‘riq bilan yelkamda quzg‘unni ko‘tarib yurganimni tushunmaganman. Har safar maydonga tushganimda, o‘zimni yana avvalgidek bo‘lishga majburlardim. Go‘yoki, har bir yugurishim bilan quzg‘unni quvib yuborishga harakat qilardim. Lekin quzg‘un qayerga borsam, men bilan birga ergashardi. Uni haydashga kuchim yetmagan.

Ahiyri, o‘zimni quzg‘un bilan kurashishga bag‘ishlashdan to’xtatdim. Uning cho‘qishiga ruxsat berishni tanladim. Yo‘lovchi hikoyasida ham o‘sha lahza keladi – quzg‘un zarbasini beradi, ammo oxirida o‘zi ham yo‘q bo‘ladi.

Quzg‘unning o‘limi – bu insonning o‘z azobini qabul qilishi. Hozir men futboldan butkul ketganman, bu yoqimsiz albatta. Lekin bu menga tajriba berdi, kurashishni o‘rgatdi va oxir-oqibat o’zi ham ketdi. Shu tariqa sizlarga filmlar haqida yozib turadigan inson paydo bo’ldi.

Har kimning o’z quzg’uni bor

I got a bad idea🚬

23 Dec, 09:37


#taqrizcha

Maxfiy daraja (Secret level)

Kun tartibidagi birinchi masala:

HBOda nima bor - Taxtlar o’yini
Netflixda nima bor - Juda g’alati ishlar

Aaa, blyat bizda nima bor ? dedi Jeff Bezos. Davay, Qudrat uzuklarini boshlanglar.

Xo’sh, ikkinchi masala:

Faqat, kino ishlayveramizmi ? Nimadir yangilik qilish kerak. Menga Netflixning: Sevgi, O’lim va Robotlari yoqadi. Binnarsa qivorilar shuni.

Tushunganingizdek, Maxfiy darajaning tamal toshini Sevgi, O’lim va Robotlar qo’yib bergan. Balki, Amazon buni tan olmas, olmasa undan nari. Animatsion serialga keladigan bo'lsak - yomon emas, ammo orginallik kam. Ba’zi epizodlar juda-juda jo’n, reytingi R bo’lsada, muhit bir muncha yorqin. Nimadir beroladi, nimagadir o’rgata oladi, lekin yetarli darajada emas. Grafika va vizual yechimlar esa alohida mavzu – muhtasham, faqat shu tomoni bilan maqtana olishi mumkin. Xullas, ko’rsa bo’ladi. 10 dan 6 ga baholayman.

Yoqqan epizod – Keanu Rivz ishtirokidagi, 8 epizodning so’nggi lahzasi (quyidagi rasm)

@vasilbro

I got a bad idea🚬

23 Dec, 06:09


Quzg'un

Quzg'un qonli tumshug'i bilan oyog'imni cho'qirdi. Poyabzalim bilan paypog'imni tilka-pora qilib tashlagan, endilikda yalang oyog'imni cho'qilardi. Tumshug'i bilan to'xtovsiz zarbalar berar, keyin boshim uzra bir necha marta charx urib aylanar hamda yana qilmishini davom ettirardi. Bir janob yonimdan o'tarkan, ahvolimga birrov nazar solib, nima uchun tishimni-tishimga qo'yib sabr qilayotganimni so'radi.

- Ojizman, - dedim men. - Quzg'un uchib kelib oyog'imni cho'qilay boshladi, men albatta, uni haydashga urindim, hatto bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'ldim, biroq bu qonxo'rga kuchim yetmadi. Quzg'in yuzimga chang solmoqchi bo'ldi, bundan ko'ra oyog'imni qurbon qilishni afzal bildim. Mana, afsuski oyog'im deyarli qonga botdi.

- Nega bu azobga sabr qilishingiz kerak ? - ajablandi janob. - Bitta o'q bilan bu quzg'unni tinchitsa bo'ladiku !

- Naxotki ?! - savolga savol bilan javob berdim. - Balki uni siz otib tashlarsiz ?

- Bajonidil, - dedi janob. - Faqat uyga borib, miltig'imni olib kelishim kerak. Yana yarim soat sabr qila olasizmi ?

- Bilmadim, - dedim men va qattiq og'riqdan tildan qolgan kabi bir necha soniya toshday qotib qoldim. - Iltimos borib keling. Har holda, chiqmagan jondan umid...

- Yaxshi, - rozi bo'ldi janob, tez borib kelaman...

Quzg'un goh menga, goh janobga tikilar ekan suxbatni hotirjam tingladi. U hammasini tushunganini angladim; u havoga ko'tarildi, biroq yana ham tezroq uchish uchun keskin ortga burildi va nayza uloqtiruvchi kabi tumshug'ini shiddat bilan og'zimga sanchdi. Yuztuban yiqilar ekanman, o'zimni qushday yengil his qildim hamda barcha teranliklar va butun sohilni to'ldirgan qaynoq qonim girdobida cho'kib quzg'un batamom mahv bo'ldi.

©Kafka

Adashmasam, bu allegoriyani 3 marotaba tashlashim. Shunga arziydi. O’qing, tahlil qiling va iching.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

20 Dec, 06:26


#parcha

Yerlik inson

Men Tavrot qadryatlari o’laroq ulg'ayganman, xotinim Qur’on o’qiydi. Katta o‘g‘lim ateist, kichigi esa sayntolog. Qizim buddizimni o’rganmoqda. Uyimda muqaddas urush uchun yetarli sharoit bor, lekin biz yasha va boshqalarga ham yashashga imkon ber tamoyiliga amal qilamiz.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

19 Dec, 16:04


Senda doim uchta yo’l bo’ladi, Karl:

Rasvo filmni tanlab, oqshomni ham rasvo qilish.

Yaxshi film tanlab, oqshomni maroqli qilish.

Men aytganimni ko’rib, keyp qilish.

Biror nima tavsiya qilmaganimga ham ko’p zamonlar bo’libdi. Demak, Yerlik insonni (The man from earth) ko’rvorishlik joyi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

19 Dec, 15:19


Ursula❤️‍🩹

Noto’g’ri vaqtdagi, to’g’ri inson.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

19 Dec, 07:38


Bratim ritsar bo'libdi, shuningdek Charlz yangani ham quruq qaytarmagan. Oqlayman va duo qilaman.

I got a bad idea🚬

18 Dec, 05:42


Yaponcha dublyaj - keyp

I got a bad idea🚬

17 Dec, 14:29


Tig’iz vaqtda, kichik taqriz. (Ko’cha sovuq, ilhom esa kutmaydi)

Yana o’n yil o’tib, U o’z rekordini qariyb ikki barobarga yangilaydi. Bu gapim ostiga qalin chiziqlar torting (la’nati - mark my wordni o’zbekchaga jimjimador kelishtirmoqchi bo’ldim)

(blya, ko’cha rostan sovuq)

Film inson qo’rquvi va umidini bir vaqtda, bir ritmda ko’rsatolgani bilan qadrli.

Uni nima o’lmas qiladi ? Ehtiyoj, albatta. Nolan yaratgan asarning hissiy ta’siri insoniyatning davomiy ehtiyojlarini qondirib kelyapti. Jaydarisiga aytganda, ko’tarilgan muammo hali o’z javobini topmagan. Agar bu sodir bo’lsa, film o’z qiymatini yo’qotadi.

(shapka kiyib yuring)

I got a bad idea🚬

17 Dec, 04:35


Mana nega orzularing amalga oshmaydi…

I got a bad idea🚬

16 Dec, 08:57


Bir mayizni qirqqa bo’lib ye degan bobokalonlar. Faqat o’zim siqilaveramanmi

@vasilbro

I got a bad idea🚬

07 Dec, 06:13


Jasur bro shu mavzu doirasida video ishlagan ekan.

I got a bad idea🚬

07 Dec, 06:11


#binnarsa

Kollejdagi so’nggi semestrim – kampus ichida piyoda ketayotib, notanish barzangi bilan to‘qnashib qoldim. Bir qarashda mayda kelishmovchilik - u mashinasi bilan o’tmoqchi bo’lgan yo’ldan kesib o’tgandim. Bari tez sodir bo’ldi, asabiylashgan haydovchi meni urdi. Og‘irligi o’ziyam 325 funt (147 kg) bo‘lgan yigitdan zarba qabul qildim, tabiiyki, hushimni yo‘qotdim. Voqea shu tariqa yakunlandi.

Vaqtlar o’tib, go‘zal bir qizni uchratdim. Qalbimda olov yondi. Bir necha oy davomida uning orqasidan sarson quvib, ko’nglini olishga harakat qildim. O‘sha kezlar u bilan munosabat o’rnatmoqchi bo’lgan yigitlar ko’p edi, ammo, u meni tanladi. Ikki yil o‘tib, biz turmush qurdik, bir yildan so’ng qizim dunyoga keldi.

Mo’may daromadli ish, ajoyib rafiqa, xullas farovon hayot kechirardim. Qizimiz ikki yoshga to‘lganda, ayolim o‘g‘limizni dunyoga keltirdi. O‘g‘lim hayotimning eng katta quvonchi edi. Har kuni ertalab ishga ketishdan oldin uning xonasiga kirar, yuziga mehr bilan qarab, bir dunyo orzular qilardim…

…ishdan qaytib, divanimga o’rnashdim, qarshimdagi chiroqqa termulib qoldim. G’alati, chiroq xuddi teskarisiga aylanib ketgandek. Unga qarab turibman-u, biroq nimadir noto‘g‘ri, tushunmayapman – sirli. Ko‘zlarimni undan uzolmadim. Tun bo‘yi chiroqqa termulib chiqdim. Ertalabga kelib, ishga borishga kuchim yetmadi. Ovqat yeyishni ham tashlab qo‘ydim. Dastlab, faqat hojatxonaga chiqish uchun divandan turardim. Oradan uch kun o‘tgach, bu odatimni ham unutdim.

Ayolim xavotirga tushib qoldi, yordamga bir kimsani yetaklab keldi, biroq foydasiz. Bu vaqtga kelib,butunlay boshqaruvni yo’qotgandim. Xotinim bolalarni onasining uyiga olib ketdi… miyamda nimadir yondi, haqiqatni anglagandim: chiroq haqiqiy emas, uy ham, xotinim, bolalarim – hech biri haqiqiy emas. Oxirgi o‘n yillik hayotim xayolotdan boshqa narsa emas…

…chiroq kattalasha boshladi. Ko‘rinishi tobora g‘alati bo‘lib, butun dunyoni egallab oldi. Atrof faqat qizil rangdan iborat, turli ovozlarni, qichqiriqlarni eshitdim, so’ngra og‘riqni his qila boshladim. Ko‘zlarimni ochganimda, yerda yotardim. Atrofimni begona odamlar o’rab olgan, kimdir vahimada, kimdir menga shunchaki qarab turardi. Politsiyachi kelib, meni qo‘ltiqlab ko‘tardi, sudrab borib, mashinasining orqa o‘rindig‘iga uloqtirdi - aftidan tez yordamni kutishni xohlamagan ko‘rinadi. Kasalxonaga olib bordi. Shifokorlar turli tahlillar qilishdi. Ayon bo’ldiki, o’sha barzangining zarbasidan so’ng 10-15 soniyaga xushimni yo’qotganman, miyam esa bu vaqt oralig’ida men uchun butun bir reallikni yaratgan.

Keyingi uch yillik hayotim zulmat ichida o‘tdi. Xotinimni va bolalarimni yo‘qotganimni anglash og’ir, ammo ular hech qachon mavjud bo‘lmaganini o’ylash yanada og‘irroq edi. Har kecha yig‘lab uxlar, tushlarimda ularni yana ko‘rishni istardim, lekin bu hech qachon sodir bo’lmadi. Ba’zan o‘g‘limni ko‘z qirichim bilan sezaman, u har doim 5 yoshda bo‘ladi. Menga nimadir deydi, lekin ovozini eshita olmayman.

P.s: shu sabab chiroqni o’chirib uxlanglar

I got a bad idea🚬

05 Dec, 12:35


Kushli mem

I got a bad idea🚬

05 Dec, 05:28


Garri Potter seriali

Severusning roliga asosiy nomzod - Paape Essedu.

Halicha nomzod, rasman tasdiqlangani yo’q.

I got a bad idea🚬

04 Dec, 11:45


Madinadan ilhomlandim

Biri retro, biri Stiven Kingning “Tuman” asari asosida ishlangan shu nomli filmning atmosferasi - ko’rmagan bo’lsangiz tavsiya qilaman.

I got a bad idea🚬

04 Dec, 09:18


Uzuklar hukmdori yoki Hobbit trilogiyasida rol ijro etganimda😁

Lensa AI yordamida yaratildi

I got a bad idea🚬

03 Dec, 14:59


"Яхши йигит синдроми" — ўзини бошқалар учун доимо мукаммал, меҳрибон ва ёрдам беришга тайёр кўрсатишга ҳаракат қиладиган одамларнинг психологик ҳолати. Ушбу синдромни бошдан кечирган шахслар кўпинча ҳис-туйғуларини инкор этиб, бошқаларнинг эҳтиёжларига кўпроқ эътибор қаратади.

Видео орқали, бу синдромнинг сабабларини, шахсий ҳаётга ва ижтимоий муносабатларга қандай таъсир қилишини, шунингдек, шахсий чегараларни белгилашнинг аҳамиятини тушуниб олиш мумкин.

Яхши йигит бўлиш интилиши, кўпинча ички келишмовчиликлар ва руҳий оғриқларга олиб келади, бу эса узоқ муддатда салбий оқибатларга олиб чиқиши мумкин.

Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://youtu.be/uqY6qmiyqL8?si=itT1srKquxluX3xP

I got a bad idea🚬

03 Dec, 07:50


#8

Anchadan beri qonun yozmabman.

Ota Karl – diktator. Ushbu kanalda uning qudrati cheksizdir. Istalganini blok qilish huquqiga ega, hech kimning o’rni kafolatlanmag’ay.

I got a bad idea🚬

03 Dec, 07:23


31 dekabr yaqinlashavergani sari oq soqolli, mayda-chuyda sovg'alar berib yuradigan amakining mavzusi yana ko’tarilishni boshlaydi. Mavsumiy “g’alayonchalar”. Shu xususida ozroq qoralama qilib ketmoqchiman.

Santa Klaus

Tarixan Santani Avliyo Nikolay bilan bog’lashsada, bolalikdan film-u, multfilmlarda ko’rib katta bo’lgan Santamiz XX asrning o’ttizinchi yillarida Coca-Cola tomonidan yaratilgan obraz xolos. Ilgarilari Santaning hamma tomonidan qabul qilingan umumbashariy ko’rinishi mavjud bo’lmagan. Ya’ni qizil yorqin libos, oq soqol va katta qorinli amakining tarixi 100 yildan ham oshmaydi. Santani to’g’ridan-to’g’ri din bilan bog’lash ham noto’g’ri, u yuzlab yillar davomida falklorlar va turli madaniyatlarning rivoyatlari natijasida shakllangan qahramon xolos. Masalan bizda ham din bilan bog'lanmagan, biroq ko'p tilga olinadigan bittasi bor - Alpomish. Hatto, aslida mavjud bo'lmagan kimsa sharafiga Alpomish nishoni ta'sis etilgan.

Qor bobo

Qor bobo va Santa Klaus ikki xil odam. Ha, Karl sen ko’rgan, bug’ular ulangan chanani boshqarib ketayotgan qariya Qor bobo emas. Sovetlar diniy va turli kapitalistik g’oyalardan xoli bayram yaratishadi - bu Yangi yil kuni edi. Katoliklar 25 dekabr Iso (a.s)ning tug’ulgan kuni (рождество) nishonlashsa, Sovetlar o’zlari uchun alohida bayram joriy qilishadi. Bayramga esa yangi qahramon kerak, vualya – Qor bobo. Bu ham XX asrning o’ttizinchi yillariga to’g’ri keladi. Ha, yana bir narsa Santaning kiyimi qizil bo’lsa, Qor boboniki ko’k rangda.

Shuni aytmoqchimanki, Qor bobo va Santani din bilan bog’lamang. 31-dekabr esa diniy bayram emas, bundan ming yil avval ham bo’lmagan. O’zbekiston ham islomiy davlat emas, aksincha asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi sekulyar davlat. Bu degani davlat boshqaruv markazida din emas, qonun turadi.

Bitta hint berib ketaman. Turli videolar chiqishni boshlaydiku, Santa aslida yovuz ruh, iblis bo’lgan qabilidagi – Krampus haqida o’zingiz izlanib, o’qib ko’ring.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

03 Dec, 04:42


Xuddi shu ma’lumotni rus tilidagisini, qandaydir ko’rsatuvda bir boshlovchi gapirib bergandi, bizga endi kirib kelibdi.

Asl voqea qanday bo’lgan ?

Hov o’sha, 2020 yil butun dunyo Covid bilan olishib yurgan zamonlar World News Daily Report o’z saytiga yuqoridagi videodagi ma’lumotlar aks etgan maqolani joylashtiradi. Bu shunchaki satirik xabar edi.

Saytning shiori: Faktlarning ahamiyati yo’q. Jin ursin seni, Karl.

Tak, qanchadir muddatdan so’ng, Alyosha bu xabarni o’qib, Sanyaga aytib beradi. Sanya o’zidan qo’shib-chatib, Vanyaga aytadi. Shu tariqa o’zimizni G’ishmiddingacha yetib keladi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

30 Nov, 08:17


Bugun kuzning so’nggi kuni - Qish kelayotir.

I got a bad idea🚬

28 Nov, 08:54


Insoniyat tarixidagi eng mistik va ramziy meva qaysi ?

I got a bad idea🚬

27 Nov, 11:54


Vino ichganda, yozib turadigan joyim.

https://t.me/+TOxXqoyGB5I0ZTcy

I got a bad idea🚬

27 Nov, 08:56


Mozaika Quiz natijalari. Top-3

I got a bad idea🚬

26 Nov, 12:17


Qizim so’raydi:

- Dada, onam bilan qanday tanishgansizlar ?

Men:

I got a bad idea🚬

26 Nov, 10:26


#premyera

Netflix "Yolg‘izlikning yuz yili" serialining birinchi qismi treylerini namoyish etdi

Gabriel Garsia Markesning romanini bir faslga sig‘dirib bo‘lmaydi. Strimingda ham shunday qaror qabul qilindi. Birinchi qism 11-dekabrda chiqadi.

@boredpandablog

I got a bad idea🚬

26 Nov, 06:14


Qish kelayotir - umumiy 102 inson qatnashibdi. Ikki marta takrorlangan va Qish kelayotir (yoki shunga yaqin so’zlar) dan tashqari bo’lgan kommentlar hisoblanmagan.

Inson omili aralashmadi, 42 sonini generator tanlab berdi. Xurshidni tabriklayman. Faollik uchun barchaga tashakkur.

I got a bad idea🚬

25 Nov, 13:38


Gladiator II uchun taqriz.

Xo’sh, Dyunani yo’lida yana qaysi qoldi ?

I got a bad idea🚬

25 Nov, 09:46


#18+

Oiran: yoxud Syogundan so’ng kurtizanlar haqida yozmasam bo’lmas


Tasavvurga erk beraylik: 18-asrning Yaponiyasida yashayapsan. Aytaylik, mavqesi baland samurayning erka o’g’lisan. Kezi kelganda, ishrat istab, Tokioning mashhur Yoshivara kvartaliga borib turasan, chunki nozikkina ko’ngling senga shunchaki xizmat ko‘rsatadigan ayolni emas, yuqoriroq kimnidir xohlaydi - Oiran.

Oiranlar oddiygina “salom-alik” yoki “qani, gooo” deyishmaydi. Ularning oldida “imtihon” topshirishga to’g’ri keladi. Ha, ular intellekting, odobing va qanchalik madaniyatli ekanligingni baholashadi. Ayonki, nafaqat cho‘ntak baquvvatligi, balki miyang ichida nima borligi ham ahamiyatga ega.

Mahorat

Oiranlarni madaniy fenomen deb atashsa “ya v hayraneee” deb yurma. Ular shamisen chalishni bilishardi - bu jin urgur musiqiy asbob bilan ko‘pchilikning yuragini eritib yuborish oson. She’r o‘qishmi ? Muammo emas ! Raqsga tushish, qo‘shiq kuylash yoki falsafiy bahslar ? Nega endi - yo’q.

Tushunarli qilib aytganda, ular sen bilan gaplashayotganda Navoiy qahramonlariday she’rbozlik qila turib, o‘rtada Aristotel falsafasini muhokama qilib yuborishlari mumkin bo’lgan. Buni o‘ziga xos “Yaponcha TED Talk” desa ham bo’ladi.

Tashqi ko‘rinish

Oiranlarni boshqa ayollardan farqlash oson. Kiyimlari murakkab va noodatiy bo‘lib, sochlariga g‘aroyib uslubdagi zargarlik buyumlari kiydirilgan bo’ladi. Bu ko’rinish nafaqat ular haqida, balki Yaponiyaning san’ati va urf-odatlari haqida ham hikoya qilgan.

Shu yerda qiziq bir fakt bor: oiranlarning kimono bog‘lamlari an’anaviy orqa tomondan emas, old tomondan bo’lgan, bu esa “Men odatiy ayol emasman” ishorasini bergan.

Oiranlar va oddiy fohishalar o‘rtasidagi farq

Oddiy fohishalar haqida ko‘p gapirishga hojat yo’q. Ular tezkor xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Holbuki, oiranlar o‘z mijozlari bilan ko‘p vaqtni birga o‘tkazishar, mijozlari bilan suhbatlashishda intelektual va madaniy jihatdan qiziqarli bo‘lishlari talab etilardi.

Oiran xizmatiga ega bo‘lish ham unchalik oson bo’lmagan. Birinchidan, ular mijozni qabul qilish uchun vaqt ajratishi kerak, istalgan vaqtda borib bo’lmaydi. Ikkinchidan, ularning o‘zgacha marosimlarida ishtirok etish shart: sharafli yurish, suhbatlar, qabul marosimlari va hokazo. “Yakun” esa juda qimmatga tushardi, shuning uchun ham ular oddiy xalqning orzusi bo‘lib kelgan.

Madaniyatning o‘chmas ramzi

Bugungi kunda oiranlar yo‘q, ammo ularning o‘rnini geishalar egallagan. Shuni tushunish kerakki, oiranlar Yaponiya madaniyatida alohida o‘rin tutadi. Ular san’at, madaniyat hamda go‘zallikni uyg‘unlashtirgan va jamiyatning yuqori tabaqasi uchun maxsus belgi bo‘lgan.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

25 Nov, 08:14


Zabarjad o’tqizgan tanlovda o’rin olibman. Sovg’a qiziq emasdi, shunchaki rasmning qadrini bilmoqchi edim😁

O’rinlar e’lon qilingan post ostiga “Qish kelayotir” deb yozib keting. Oralaringdan biriga kitobni hadiya qilaman.

I got a bad idea🚬

24 Nov, 16:43


Bir-birini fikri va qarorlarini hurmat qilish, ba'zan absurd tushuncha. Deylik siz gomoseksualsiz, men buni hurmat qilaman. Har bir shaxs o'zi qaror chiqarishi va hayoti qanday kechishini o'zi hal qilishga haqli. Xohishingizga ko'ra, it yoki baliqman deb ham hisoblashingiz mumkin, buni ham hurmat qilaman, ammo bu sizni qo'llayman degani emas. Men, sizni sog'lom fikr yuritmaydigan inson deb hisoblayman, siz esa o'z prinsipingizga ko'ra, bu fikrimni hurmat qilishga majbursiz. Ya'ni sizni fikringizni eshtishim, qarorlaringizni hurmat qilishim, buni to'g'ri deb hisoblashimni anglatmaydi.

P.s: qayta joyladim. Dolzarb hali ham.

I got a bad idea🚬

24 Nov, 13:06


Soleyloriya yoki Bolalar ko’z yoshi.

Uyimizga qayerdan kelib qolganini bilmayman, katta ehtimol onam har bahor ekadigan gul urug’lariga aralashib o’sib chiqqan. O’rta Osiyoga ham shu tariqa kirib kelgan bo’lsa kerak, chunki bu yerlarda tabiiy ravishda unub chiqishi qiyin - namlik va soyani yoqtiradi. Bizni quruq va quyoshli tabiatimizda ko’pga bormaydi. Juda zich va mayin bo’lib o’sadi.

Orqa hovlimizning har tarafi yopiq bo’lgani uchun, quyosh kunning faqat tush paytida bo’ladi, doimiy namlik. Shu sabab qishin-yozin yashillik. Chetda bu qurg’urni sotib olib, bog’ dekoratsiyasi uchun ekishadi. Onam bo’lsa gullarimni o’stirmayapti deb yuldirib tashlaydilar🗿

I got a bad idea🚬

24 Nov, 13:04


Noyabr. So’nggi yashillik.

Ancha bo’libdi jonli biror nimani suratga olmaganimga.

I got a bad idea🚬

24 Nov, 09:41


Men javobga juda yaqinman, yillar davomida unga intildim, biroq bu davr mobaynida savolni unutdim. Kalit oldimda yotibdi, unga yetishim uchun qo‘limni uzatish kifoya, biroq endi mohiyat — kalit nimani ochishi, nimaga olib borishini eslay olmayapman. Haqiqat shuki:

Javobga yaqin, ammo undan shu qadar yiroqman.

I got a bad idea🚬

23 Nov, 10:49


Reklamalar jadvali:

Dushanba kuni: 16:00/20:00
Seshanba kuni: 20:00
Chorshanba kuni: 16:00/20:00
Payshanba kuni: 20:00
Juma kuni: 16:00/20:00
Shanba kuni: 16:00
Yakshanba kuni: 20:00

Reklamalar 48 soat ichida o’zi avtomat ravishda o’chib ketadi. Matn va videolarni men tanlamayman, barchasi yandexning tanlovi.

I got a bad idea🚬

23 Nov, 06:51


Bu menman

I got a bad idea🚬

22 Nov, 10:40


#mutolaada

Psixiatr sifatida o’ttiz yil davomida pedofillar bilan shug’ullangan ishlarimning birortasida ham bolaligida zo’ravonlik qurboni bo’lmagan kishini uchratmadim. Bu zo’ravonlikka uchragan har bir bola ham kelajakda shunday bo’ladi degani emas, biroq zo’ravonlik qilmagan kishi hech qachon o’z-o’zidan zo’ravon bo’lib qolmaydi. Hech kim yovuzlik bilan tug’ulmaydi. Uinnikot aytganidek - ona bolani yomon ko’rmasdan, bola onani yomon ko’rolmaydi.

©️Aleks Mixaelides - Sassiz bemor.

I got a bad idea🚬

22 Nov, 04:48


Deus ex machina - Yaratganning kutilmagan aralashuvi.

Ish yuzasidan Toshkentga borishim lozim edi. Soat 06:00 da mashina kelishi kerak. Men esa tunda kino ko’rayotgan joyimda uxlab qolganman. Ertalabga budilnik qo’yilmagan. Qandaydir yoqimli tush ko’rayotganim esimda, ko’zimni ochdim - 05:57. Telefonim o’chib qolgan. Mana hozir yo’ldaman.

Film va kitoblarda ham qiyin vaziyatlarda, umuman kutilmagan joydan bir notanish paydo bo’lib, barcha muammolarni hal qilib tashlaydi. Shunday holatlarni tasvirlash uchun ham ishlatish mumkin.

Yoki hayotning o‘zi bizga yuqoridagi kabi kutilmagan “deus ex machina” sahnasini taqdim etadi.

I got a bad idea🚬

20 Nov, 15:57


Goosebumps.

I got a bad idea🚬

20 Nov, 13:59


Nega so'nggi yillarda chiqayotgan seriallarda hammasi rasvoroq ?

Shu ovozda endi yoki faqat menga Gollum baqirayotgandek eshtilyaptimi ?

Kelib, kelib Dyuna olami.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

20 Nov, 10:22


#parcha

Do’stimnikiga kechki ovqatga taklif qilingandim. Uning 13, 15 va 17 yoshli bolalari bo’lib, hali Matritsani ko’rishmagan ekan. Do’stim film nima haqida ekanligini bolalariga aytib berishimni so’radi. Boshlay ketdim:

Xo’sh, virtual olamda yashovchi bir yigit haqiqiy dunyo mavjudligini bilib qoladi. U nima haqiqiy-yu, nima haqiqiy emasligi haqida chuqur o‘ylay boshlaydi va haqiqatni bilishni juda-juda istaydi… Shu payt kichik qizaloq:

- Nega ? deb savol berdi.
- Bu bilan nima demoqchisan ?
- Dunyoning haqiqiy bo’lish-bo’lmasligi kimni qiziqtiradi ?
- Sen uchun buning ahamiyati yo’qmi ?
- Yo’q !

Bu ajoyib.

©️Keanu Rivz

@vasilbro

I got a bad idea🚬

20 Nov, 09:33


Eng yoqtirganim "How to train your dragon". Filmini ishlashdan mantiq yo'q edikuya, lekin ko'rib qo'yaveramiz.

I got a bad idea🚬

20 Nov, 08:52


Qaysi birini tanlardingiz va nimaga ?

Men: ko’k

I got a bad idea🚬

19 Nov, 10:18


Mad honey – Mastona asal. Zahar va ishrat.

Bugun jiddiy gaplar yozadigan kunim ekan. Yana bir qiziq ma’lumot ustidan chiqdim – mad honey. Mastona asal deb tarjima qildim, kontekstga tushadi (telba asal qo’polroq). Rododendron gullaridan olinadigan bu asal turi qizg’ish rang va achqimtir ta’mga ega. Dastlab sharqiy Turkiyaning Qora dengiz mintaqasida paydo bo’lgan.

Rododendron gullarining turlari ayni o’sha yerda ko’plab uchraydi va ba’zilarida grayanotoksin mavjud bo'lib, u odamlar va hayvonlarda jiddiy fiziologik reaksiya yuzaga keltirib chiqaradi. Grayanotoksin qon bosimi va yurak urish tezligini asta-sekin pasaytiradi, gallyusinatsiya chaqiradi, agar juda ko'p iste'mol qilinsa, o'limga ham olib kelishi mumkin. Hozir bu haqida emas, qiziq joyi endi kelyapti. Mastona asaldan tarix davomida biologik qurol sifatida foydalanib kelishgan ekan.

Asal haqida birinchi ma'lumotlardan biri Suqrotning shogirdi Afinalik Ksenofontdan kelgan. Miloddan avvalgi 401 yilda u boshchiligidagi yunon qo'shini forslarni mag'lub etib, Qora dengiz sohillari bo'ylab Yunonistonga qaytib kelgan. Biroq yo’lda, aniqrog’i Trabzon yaqinida (Turkiyaning shimoli-sharqi) qarshilaridan chiqqan asalari uyasidan o'g'irlangan mahalliy asal bilan ziyofat qilishga qaror qilishadi. Bir necha soatdan so’ng askarlarda qayd qilish, ich ketish holatlari kuzatiladi, yo'nalishini yo'qotib, o’rnilaridan tura olishmaydi. Faqatgina ertasi kuni asalning ta'siri yo'qoladi va Gretsiyaga qaytib ketishadi.

Miloddan avvalgi 67 yilda yana bir voqea yuz beradi. Buyuk Pompey boshchiligidagi rimliklar Qora dengiz yaqinida Fors qo'shinini taqib qilayotgan edi, mastona asalning ta’siridan voqif forslar esa rimliklar topib olishi uchun asal to’la ko'zalarni yo’l bo’ylab tashlab ketishadi. Asalni iste’mol qilgan rimliklar, o’zlarini yo’qotib, jangga yaroqsiz bo’lib qoladi. Forslar qaytib kelib, Rim qo’shiniga kuchli talofat yetkazishadi.

Milodiy 946 yilda Kiev imperatori Olga va uning ittifoqchilari 5000 kishilik rus qo’shinini hiyla yo’li bilan chuv tushurib, ularga mastona asaldan tayyorlangan ichimlik ichirtirishadi. Ruslar hushini yo’qotganda, Kiyev qo'shinlari barcha ruslarni qilichdan o’tkazib urushda ustunlikni qo’lga kiritishadi.

1489 yilda ham shunga o’xshash voqea yuz bergan. Imperator Olganing hiylasini yaxshi o’rgangan Buyuk Ivan tatar qo'shinlariga nisbatan xuddi shunday strategiya qo’llaydi. Mastona asal solingan sharob idishlari jang hududiga atayin tashlab ketiladi. Tabiiyki, sharobni xushlagan tatarlar mayishatni boshlab yuboradilar. Gallyutsinatsiyalar boshlangan payt ancha kech bo’lgandi, Ivanning qo'shinlari jang maydoniga bostirib kirib, tatarlarni qirib tashlaydi.

Mastona asal 16 va 18 asr oralig’ida Yevropada juda mashhur bo’lib ketadi. Uni spirtli ichimliklarga aralashtirib kayfni yangi bosqichga ko’tarishadi. Eyforiya va gallyutsinatsiya yaratish qobiliyati tufayli bugungi kunda ham keng foydalaniladi. Ba’zilar uni Viagra o‘rniga ishlatadi. Gap isbotsiz bo’lmasin Buyuk Britaniyaning Qirollik kimyo jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, mastona asal asosan o‘rta yoshli erkaklar tomonidan jinsiy faoliyatini yaxshilash uchun ishlatilar ekan.

Xulas umuman foydasiz, biroq qiziq postlar turkumidan.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

19 Nov, 05:47


Viking to’ylari haqida bir ajib narsa o’qib qoldim:

To’y payti bo’lajak ikki oila o’rtasida qilich almashish marosimi bo’lgan ekan. Kuyov vafot etgan ajdodlaridan birining qilichini kelinga taqdim qilgan, kelin esa hali tirik bo’lgan oila a’zolaridan birining qilichini kuyovga bergan. Bu oilalarning birlashuvini yanada ramziy ko’rinishga keltirgan. Gyuzal.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

18 Nov, 17:28


Gap bundoq Karllar

Sinov muddatga yandex bilan bordi, keldi qiladigan bo’ldik. Yuqorida reklama joylanish jadvali, o’zi tashlab, o’zi o’chirib yuraveradi. Allambalo postlar chiqib qolsa, xayron bo’lmanglar degan maqsadda yozib qo’ydim.

Bir mavlono aytganidek: любая бизнес хороша👌🏻

I got a bad idea🚬

17 Nov, 10:19


Shu post 1-dekabrgacha 1000 ta reaksiya yig’sa, yangi yil uchun (dekabrda) “Taxtlar o’yini” nomi ostida sovrinli quiz o’yini o’tkazamiz.

I got a bad idea🚬

15 Nov, 04:04


Karam sho’rva отмен.

I got a bad idea🚬

14 Nov, 16:38


❤️‍🔥-yangi reaksiya qo’shdim. Faqat karlona postlar uchun qo’llansin.

I got a bad idea🚬

14 Nov, 16:33


Bugun instagramdamidi yoki youtubeda bir videoga ko’zim tushgandi. Shunday so’zlar bitilgan:

Ovqatsiz 1 kun yashashim mumkin, ammo musiqasiz - yo’q.

Izohlar ikki frontga bo’lingan. Bir tomonda ovqatni birinchi o’ringa qo’ygan realistlar, ikkinchi tomonda musiqa shinavandalari.

Men aytdimki: agar insoniyatda ovqatsiz yashay olish qobilyati bo’lganida, shubhasiz undan foydalanardi. Biroq musiqani bir bor tinglagan odam, undan kecholmaydi. Ovqat bu ehtiyoj, musiqa esa tanlov.

I got a bad idea🚬

14 Nov, 15:48


*Lass, it’s your heart..🫀

I got a bad idea🚬

14 Nov, 06:31


Ikkta kanalim tenglashipti bugun. Shunchaki fikrlarimni yozib borish uchun ochilgan erkin kanalcha edi. Shisha binoga ancha vaqtdan beri e’tibor bermay qo’yganimga o’rgimchak to’ri bosib ketibdi.

I got a bad idea🚬

13 Nov, 14:29


Punch

Prezident Matbuot xizmati yangi yetakchi inspektori. Kamila opa.

I got a bad idea🚬

13 Nov, 12:43


Bu yomg’irda yana nima eshitmoqchisan, Karl ?

I got a bad idea🚬

11 Nov, 05:27


Bugun 11 oyning 11 kuni. Bir-bir-bir-bir. Butun dunyo bo’ydoqlar kuni.

Sananiyam zap tanlashganda.

Tost: bo’ydoqlik bu tanlov, bo’lganda ham to’g’ri tanlov. Erkin ruh uchun🥂

I got a bad idea🚬

10 Nov, 09:20


I said: okay

I got a bad idea🚬

08 Nov, 06:47


30 yillarda bir noneym yigitcha gitarani shu darajada mohirlik bilan chalishni boshlaydiki, uning atrofida turli afsonalar vujudga keladi. Aytishlaricha, u Iblis bilan shartnoma tuzib, o’z ruhini sotgan. Natijada uquvsiz mashshoq, yetuk san’atkorga aylangan.

Robert Jonson shaxsiyati haqida o’zingiz o’qib olasiz. Hozir har 2 reelsning birida “Me and the Devil”. Yaratuvchi Robert bo’lsada, uni yanada epiklashtirgan – Anya Plyashg bo’ladi. Ruhiyatimga yaqin tarona…

I got a bad idea🚬

07 Nov, 16:32


Anonim. Kanal qachondir yopilguncha shu yerda qoladi. Javoblar ham e’lon qilinmaydi. Shunchaki fikrlaringizni yozib turish uchun joy.

I got a bad idea🚬

06 Nov, 14:20


Ey, salomat, salomat.

I got a bad idea🚬

06 Nov, 12:41


Bu kanalga nima uchun qo'shilganini o'zi ham bilmaydigan ikki ming ikki yuz yigirma ikkta qora ko'z.

I got a bad idea🚬

06 Nov, 07:00


Bolaligimizdan qiyin vaziyatlarda, kimdandir kaltak yeganimizda yoki nochor ahvoldaligimizda beixtiyor tilga keladigan birinchi so’z ona edi.

Qizil to’ydagi Robbning so’nggi so’zi: Ona

Shimol qiroli - 18/19 yoshli yigitcha.

I got a bad idea🚬

05 Nov, 19:01


AQSh saylovlaridagi matematik xatoliklar.

Amerikadagi prezident saylovlarida ko’pchilkning ovozi muhim degan noto'g'ri fikr mavjud. Aslida, AQSHda saylov tizimi shunday ishlaydiki, unda bir kandidat ikkinchi kandidatdan ancha kam ovoz yig'ib turib ham saylovda g'olib chiqishi mumkin. Statistik hisobga ko'ra, saylovda atigi 22% ovoz olgan kandidat 78% ovoz olgan kandidatdan o'zib ketishi ham mumkin. Bu hodisa Amerikada demokratiya yo'qligidan emas, balki saylov tizimining noyob tarzda ishlashidan kelib chiqadi.

AQShda saylovlar to'g'ridan-to'g'ri emas, balki o’rtadagi vakillar (electoral college) orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, fuqarolar prezidentga ovoz berish o'rniga, prezidentni ularning o'rniga saylaydigan vakilga ovoz beradi.

Umumiy hisobda 538 vakil bor, Amerikada aholi soni 335 mln, ya'ni bir vakil taxminan 620 ming kishiga vakillik qilishi kerak. Lekin bu raqam bir shtatdan ikkinchi shtatga o'tganda o'zgaradi.

Misol uchun, Wyoming shtati aholisi 580,000 kishi va shtat 3 vakilga ega, Kaliforniya aholisi esa 39,5 mln va 55 vakilga ega. Lekin muammo shundaki, Wyomingdagi 193,000 (580000/3) kishining ovoz qiymati Kaliforniyadagi 718,000 (39500000/55) kishining ovoz qiymati bilan bir xil. Ya'ni, Wyoming shtati fuqarosining ovoz qiymati Kaliforniyalik fuqaronikidan deyarli to'rt barobar ustun.

Saylovda: 1 Wyominglik = 4 Kaliforniyalik (50% va 50%), lekin aslida 1 Wyominglik < 4 Kaliforniyalik (20% va 80%) (bir-biriga nisbatan). Bu kabi holat katta va kichik shtatlar o'rtasidagi nohaq farqni keltirib chiqargan.

Ikkinchidan, "winner takes all" tizimi, ya'ni ikki partiya o'rtasidagi farq bir shtatda 0.01% bo'lsa ham (50.01% va 49.99%), butun shtatning ovozi ozgina ustun bo'lgan partiyaga o'tib ketadi. Amerika elektoral tizimi uchun: (50.01% va 49.99%) == (100% va 0%).

2016-yilgi saylovda Klinton Trumpdan 3 millionga ko'proq ovoz olgan, lekin Trumpni qo'llovchi vakillar ko'proq bo'lgani uchun Trump g'alaba qozongan.

Bu tizim Amerika yangi davlat bo'lib paydo bo'lganida ish bergan, chunki o'sha paytda faqat oq tanli, yerga ega bo'lgan erkaklar ovoz bergan. Lekin vaqt o'tishi bilan bu tizim ko'plab nomutanosibliklarga olib kelmoqda.

@req404

I got a bad idea🚬

05 Nov, 06:56


Youtubeda Grinkoning Valsi ostidagi izoh:

Men saratonni yengolmadim. Balki bu musiqani ohirgi marta tinglayotgandirman. Shunga qaramay, u huzur bag’ishlayapti. Hammasi uchun rahmat hayot…

I got a bad idea🚬

04 Nov, 15:38


Sevgi bilan bog’liq millionlab nazariyalar bor, ammo hech birida yakuniy haqiqat yo’q. Go’yo sevgi barcha insonlar gaplasha oladigan umumiy til - hamma o’zicha eshitadi, o’zicha tushunadi, lekin hech kim to’liq tarjima qila olmaydi.

Qanday paydo bo’ladi, nega doim mavjud bo’lmaydi - boshi berk ko’cha.

I got a bad idea🚬

04 Nov, 07:08


Halicha ayni to’xtamga kelmagan mavzularimdan biri. Mahalliy ekspertlarimiz nima deydi, fikrlaringiz bilan o’rtoqlashing )

I got a bad idea🚬

04 Nov, 05:30


Dushanba memlari ruknida

I got a bad idea🚬

04 Nov, 04:36


Ispaniya qiroli Filipp IV saroyida xizmat qilgan Sebastiyan De Morra va o'zimizning Tirion.

I got a bad idea🚬

03 Nov, 10:02


Ichimdagi maraz odamcha )

I got a bad idea🚬

01 Nov, 13:04


⚡️“Nosferatu” filmining mudhish posterlari eʼlon qilindi.

“Nosferatu” — Robert Eggersning boʻlajak gotik qoʻrqinchli filmidir. “Nosferatu — tun sharpasi” (1979) filmidan soʻng, bu 1922-yilgi aynan shu nomdagi nemis ekspressionistik filmining ikkinchi qayta ishlangan talqini hisoblanadi. U oʻz navbatida Brem Stokerning “Drakula” (1897) romanining “ruxsatsiz va norasmiy” adaptatsiya varianti sanaladi. Filmda Bill Skarsgard, Nikolas Xolt, Lili-Rouz Depp, Aaron Teylor-Jonson, Emma Korrin, Ralf Ayneson, Saymon Makberni va Uillem Defo bosh rollarni ijro etishgan. “Nosferatu” Studio 8 va Maiden Voyage Pictures kompaniyalari tomonidan suratga olinmoqda. Film 2024-yil 25-dekabrda Focus Features tomonidan kinoteatrlarda namoyishga chiqariladi.

Xoʻsh, Nosferatu kim oʻzi?

Nosferatu (nemischa: Nosferatu) — “vampir” soʻzining sinonimi boʻlib, uni birinchi bor Brem Stoker oʻzining “Drakula” romanida qoʻllagan. Bir farazga koʻra, bu soʻz yunoncha νοσοφóρος (“kasallik tashuvchi”) soʻzidan kelib chiqqan. Boshqa bir talqinga koʻra, u rumincha nesuferitu soʻzidan olingan boʻlib, “chidab boʻlmas, jirkanch” degan maʼnoni anglatadi va shaytonga nisbatan ishlatiladi. Shuningdek, bu soʻzning “oʻlmas” deb tarjima qilinadigan talqini ham mavjud.

@insusambil

I got a bad idea🚬

31 Oct, 15:21


Anna Cramling - Fide Master. 22 yosh. Vinoni suyadi. Oqlar menda, yurish qoldi xolos…

P.s: 1 haftaga yetadigan jiddiy postlar yozib tashlabman.

I got a bad idea🚬

31 Oct, 08:55


​​Introvertlar💡

Introvert - bu introversiya deb nomlanuvchi shaxsiyat tipidagi fazilatlarga ega bo'lgan shaxs, ya'ni ular tashqi tomondan sodir bo'layotgan narsalarga emas, balki o'zlarining ichki fikrlari va g'oyalariga e'tibor berishni qulayroq his qilishlarini anglatadi. Ular katta guruhlar yoki olomon bilan emas, balki bir yoki ikki kishi bilan vaqt o'tkazishni yaxshi ko'radilar.

Introvert so'zini eshitganingizda, uyatchan, kam gapiradigan va yolg'iz qolishni afzal ko'radigan odam haqida o'ylashingiz mumkin. Bu ba'zi introvertlar uchun to'g'ri bo'lishi mumkin bo'lsa-da, bu shaxs turiga nisbatan ko'proq narsa bor. Siz introvertmisiz yoki ekstrovertmisiz, barchasi sizning atrofingizdagi dunyoga qanday munosabatda bo'lishingizga bog'liq.

Olimlar introvert va ekstrovert odamlar oʻrtasidagi biologik farqlar haqida aniq xulosa bera olmaydi, ammo baʼzi omillar aniqlashda yordam beradi. Introvert odamlarda miya ishlashi oʻzgacha boʻladi, ularning miyasidagi eslab qolish, muammolarni hal qilishga javob beradigan qismi biroz yuqorida, buni oʻychanlikning sababi sifatida keltirishadi. Shuningdek dofamin qabul qilish ham shunaqa, ular dofaminni tez qabul qila olmaydi, natijada tushkunlikka tezda tushib qolishadi.

Introvertlar 4 ta guruhga boʻlinadi. Ijtimoiy introvertlar - omma qochadigan, yolgʻiz yashashni afzal koʻradigan tip. Oʻychan introvertlar - yoki xayolparastlar, reallikdan koʻra fikrlash va tasavvurni yoqtiradigan. Xavotirli introvertlar - bu uyatchan tip, har qanday holatdan ham uyaladigan, koʻp odamdan hayiqadigan. Cheklangan introvertlar - bu tip harakat qilishdan oldin o'ylashadi,ular injiqlik bilan qaror qabul qilishlari mumkin emas, odatda ular harakat qilish uchun ko'proq vaqt talab etadi.

Ko'pchilik introvertlarni uyatchan deb o'ylaydi, ammo bu ikkisi bir-biriga bog'liq emas. Introversiya - bu shaxsiyat turi, uyatchanlik esa hissiyotdir. Masalan uyatchan odamlar katta bazmlarga borishdan uyalishadi, introvertlar esa buni uyatdan emas, noqulayliklar yoki keraksiz deb hisoblagani uchun borishmaydi.

Introvertlik haqida har xil "miflar" bor ammo ularning barchasi ham toʻgʻri emas! Introvertlar do'stona emas deyishadi. Introvert bo'lish sizning qanchalik do'stona munosabatda bo'lishingizga ta'sir qilmaydi. Ba'zi odamlar introvertlarni do'stona emas deb o'ylashlari mumkin, chunki ular katta do'stlar guruhlariga ega emaslar va ular yig'ilishlarda suhbatlarga qo'shilishdan ko'ra jimgina vaziyat haqida o'ylashlari mumkin. Introvertlar bilan tanishish qiyin. Ular faqat bir hovuch odamlar bilan chuqur do'stlik qilishni afzal ko'radi. Ular mayda-chuyda gaplashmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun ochiq bo'lmasligi mumkin, lekin ular bilan yaqin bo'lgan odamlar ularni juda yaxshi bilishadi, ular oʻz auditoriyasi uchun ancha ochiq.

Introvertlik bu kasallik emas, shaxsning tipologiyasi. Agarda siz introvert boʻlsangiz, buning hech qanday yomon joyi yoʻq, shunchaki sizning tabiatingiz shunday va ekstrovert boʻlishga harakat qilish ham kerak emas, chunki oʻzlikni oʻzgartirib boʻlmaydi.

Manba

@nofalsafiy

I got a bad idea🚬

31 Oct, 06:26


Ilgarilari, yon-verimdagilar bilan suhbat-u so‘zlashuvlarim go‘yoki tonggi shabadaga singib ketgan xushbo‘y hidday erkin taralardi. Barchasi oson va tabiiy edi. Ammo endi, go‘yo tilim tugilib qolgan, gaplarim ruhsiz. Oddiy bir so‘z aytish ham hayotimdagi eng og‘ir ishday tuyulmoqda. Suhbatlarni davom ettira olmayapman. Chalkash fikrlar…

I got a bad idea🚬

30 Oct, 15:49


18+

Kventin Torantino Joker: Ikki kishilik telbalik filmi haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi:

Tod Fillips - Joker. Filmga Joker rejissyorlik qilgan. U butun g’oya, hatto studiya mablag’ini ham xuddi Joker kabi sarfladi. U film tomoshabinlariga qarata fuck you deyapti. U Gollivudga qarata fuck you deyapti. U DC va Warner Brosning aksiyalariga ega har bir kimsaga fuck you deyapti. Tod Fillips haqiqiy Joker.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

30 Oct, 13:55


#review

"Joker-2: Ikki kishilik telbalik" (2024)

Filmni ko'rib tugatdim, orginalida ko'rdim. Fikrlarimni oldin ham aytgandim adashmasam, shular to'g'rimi yo'qmi taassurotlarimni bo'lishsam...

Eslayman shu kanaldagi eng birinchi yaxshi taqrizlarimdan biri — JOKER haqida edi. Bu yerda o'qishingiz mumkin. U hech kim tomonidan tushunilmagan odam haqida ajoyib drama edi. Lekin katta ehtimol bilan tomoshabin bu hikoya tugagani bilardi, faqat barchaga yosh Bryus Ueyn bilan uchrashuv ozgina dalda bergani, Jokerning otasi Ueyn bo'lishi mumkinligi kabi versiyalar joniga oro kirgani rost. Ammo spoyler filmda Ueynlar haqida bir og'iz gap yo'q.

Filmda musiqiy sahna juda ko'p. Lekin u myuzikl ham emas, chunki myuziklda voqealar raqs va kuy-qo'shiq orqali rivojlanadi, Joker-2da esa musiqadan so'ng syujet kelgan joyidan davom etadi. Film kulminatsiyasiga musiqa qanchalik yordam bergan, har kimni o'z xohishi lekin menga to'g'risi uncha o'tirmadi. O'zi bunday syujet degan narsaniyam o'zi yo'q, aslida.

Ledi Gaga. Xarli Qvinn rolida. Ammo men Feniks bilan u o'rtasida biror ximiya ko'rmadim, tomoshabin tolkom Xarli obrazini ko'rmaydiyam, Film ikki kishilik telbalik deb nomlanadi, ammo Ledi Gaga hatto Harli emas, balki filmda uni shunchaki Li deb atashadi, yana u psixopatka emas, boy oiladan chiqqan, butkul sog'. Uning yagona ehtirosi bu — Joker. U Artur Flekni Joker obrazida ko'rishni istaydi, u Jokerdan voz kechishi bilanoq uni tashlab ketadi. Men bunda biror telbalik ko'rmadim, afsuski...

Film yutuqlariga to'xtalsak, albatta bu Xoakin Feniks. Bu aktyor shu rol uchun yaralgandek, uning elastikligi, mahorati filmni ushlab turibdi. 100%.

Biroq yana takrorlaymanki, rejissor Joker-1dagi hikoyani davom ettirish uchun hech nima taklif qilmaydi. U aytadi, sizlar bilgan Joker bu - omma yaratgan obraz, men Artur Flek haqida kino olganman. Mayli. U aytadi, men komiksdagi Jokerni yaratmayman. Biz aytamiz mayli. Myuzikl qilaman, Xo'p. Siz asta-sekin shu rutubatdan nariga o'tib keta olmaysiz, shunchaki qo'lingizdan kelmaydi.

Ya'ni rejissor na muxlislar uchun, na komiks fanatlari uchun, na festival va na studiya uchun film suratga olgan. U aytadigani birinchi qismdayoq aytib bo'lgan, endi esa 2 soatu 10 daqiqa davom etadigan filmda faqat raqsga tushadi va qo'shiq kuylaydi. Uni xuddi filmdagidek, qo'li oyog'idan tortib, sudrab - mazza qilib do'pposlashingiz mumkin, haqlisiz. Ammo u o'zining tiyiqsiz va jilovlab bo'lmas kulgusini to'xtatmaydi. Bu qahqaha qanchalar asabingizni egovlamasin hech nima qila olmaysiz. Chunki u..

Chunki u Joker.

@boredpandablog

I got a bad idea🚬

30 Oct, 13:42


​​Modda

Film haqida ko’pdan-ko’p yozmoqchi bo’ldim. Ammo, bu hamma o’z boshidan kechirishi kerak bo’lgan sarguzasht degan qarorga keldim. Shunday bo’lsada film olib chiqqan yaxshi bir g’oya, aniqrog’i fransuz sotsiologi Jan Bodriyarning nazaryasi haqida yozib ketmasam bo’lmaydi, zotan bu kinoni yanada teranroq tushunishga imkon beradi. Ya’ni, barcha body horror deb talqin qilayotgan bo’lsada, filmning ko’lami bir muncha keng. Body horrorda asosiy e’tibor inson tanasining deformatsiyasi, tanani begonalashtirish va g‘ayritabiiy o‘zgarishlar orqali qo‘rquv yaratishga qaratiladi. Filmda esa bu qo’rquv elementi yo’q, aksincha estetika bor.

Jan Bodriyarning “Simulyakra va Simulyatsiya” asari mavjud (kitobda reallik, simulyatsiya va zamonaviy jamiyat haqidagi fundamental nazariya bayon qilingan) Muallifning fikricha, biz hozirda “simulyakra” davrida yashayapmiz — bu haqiqiylik va uni ifodalovchi belgilar o‘rtasidagi bog‘lanish buzilgan davr. Oddiy tilda aytadigan bo’lsam: qaysi biri haqiqat ekanligini ajrata olmaslik. Simulyakra davri 4 bosqichga bo’linadi:

1 bosqich: belgilar asl haqiqatni aks ettiradi.
2 bosqich: belgilar haqiqatni buzib ifodalaydi.
3 bosqich: belgilar haqiqiylik o‘rniga o‘zini haqiqat sifatida ko‘rsatadi.
4 bosqich: belgilar o‘z-o‘zicha mavjud bo‘ladi, ya’ni ularning ortida hech qanday asl haqiqat qolmaydi. Bu holatda simulyatsiya reallikning o‘rnini bosadi.

Zamonaviy dunyoda biz ko‘rgan ko‘p narsalar aslida ularning asl haqiqatidan uzoqlashgan. Tasavvur qiling, nimadir haqiqiydek ko‘rinadi, lekin u aslida shunchaki nusxa yoki o‘sha narsaning “soyasi” bo’lishi mumkin. Bodriyar bu holatni “simulyatsiya” deb ataydi va u ko‘pincha “giperreallik”ni yaratadi — ya’ni odamlar bu ko‘rinishlarni haqiqiy deb qabul qilishadi. Misol uchun, televizorda beriladigan reklama yoki filmlarda uchraydigan ideal shaxs yoki mukammal oila tasviri real hayotda uchramasa-da, biz uchun “haqiqiy”dek ko‘rinishi mumkin. Yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko‘riladigan baxtli hayot tasvirlarini olaylik - ular ko‘p hollarda odamlar xohlagan ideal dunyoni o’zida aks ettiradi va bizni real hayotdan chalg‘itadi. Bodriyar nazariyasiga ko’ra: endi biz “asl” narsani qidirishdan ko‘ra, simulyatsiya orqali yaratilgan dunyoni qabul qilishga o‘rganib qolganmiz. Bunda “haqiqat” va “qiyofalangan haqiqat” o‘rtasidagi chegara yo‘qoladi. Modda shu nazaryani o’zida aniq aks ettirgan. Tavsiya qilaman.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

30 Oct, 12:27


Oldindan aytib qo’yay.

I got a bad idea🚬

30 Oct, 12:25


Mem haqiqat.

I got a bad idea🚬

30 Oct, 11:36


Germaniyada Pantao nomi bilan tanilgan qo'g'irchoq teatri yaratgan mo’jiza. San'at chegara bilmaydi.

I got a bad idea🚬

29 Oct, 05:49


O’zining allambalo uslubi bilan ajralib turadigan Devid Fincher (ayniqsa Seven qalbimda bir umr qoladi) “Kalmar o’yini” serialining remeyki ustida ish boshlashi haqida xabarlar chiqyapti. Uzunquloq gaplarga ko’ra, Fincher va Netflix o’rtasida muzokralar 2021 yildayoq boshlangan.

Kuzatamiz…

I got a bad idea🚬

28 Oct, 18:02


Tamam. Qiyomatgacha shul.

I got a bad idea🚬

27 Oct, 10:06


Yo’q, hali uzoqqa ketmagan ekan.

I got a bad idea🚬

26 Oct, 15:23


O’sha gap.

I got a bad idea🚬

25 Oct, 10:18


Qiziq, qiziq. Nodir brodan eksklyuziv.

I got a bad idea🚬

24 Oct, 12:52


Gibran Alcoser - 21 yosh. Iste’dod. Musiqalarini kuni bilan tinglab yuribman. Einaudidek minimalist, Shopen kabi nafis. Kuylarida yoshiga xos jo’shqinlik bor.

Tinglayotib, ko’zimni yumdim degunimcha Uayldning so’zlari miyamda aylana boshlayapti.

O'lim juda go'zal bo’lishi kerak. Yumshoq jigarrang tuproqda yotib, tepada chayqalayotgan maysalar va sukunatga quloq solish. Kecha ham, ertangi kun ham yo'q. Vaqtni unutish, hayotni unutish - xotirjam bo'lish.

Shunday vaybni bermoqda.

I got a bad idea🚬

24 Oct, 06:09


Nurali bilan yaxshi vaqt o’tkazgandik. Ulashaman deb yoddan ko’tarilibdi. Orada Lestat ham ziyorat qilib ketgandi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

23 Oct, 14:19


Suhbat

I got a bad idea🚬

22 Oct, 16:53


Aksar odamlar yomg’irni suyadi, ammo ular orasidan sanoqlilarigina yomg’ir ostida bo’lishgan.

Inson tajribadan o’tkazishdan ko’ra, his qilaman, tushunamanga ko’proq moyil.

I got a bad idea🚬

21 Oct, 14:03


Bokiralik bu…

I got a bad idea🚬

21 Oct, 12:23


San'at bu...

I got a bad idea🚬

21 Oct, 12:22


Kino bu...

I got a bad idea🚬

21 Oct, 12:21


Musiqa bu...

I got a bad idea🚬

21 Oct, 11:39


Nyu-York shahrida “Titanlar hujumi” mangasi boʻyicha sahnalashtirilgan myuzikl-shou namoyish etildi.🔥

Qariyb ikki soat davomida anime va manga muxlislari “Titanlar hujumi”ning eng esda qolarli epizodlarini sahnada koʻrish baxtiga muyassar boʻlishdi.

@insusambil

I got a bad idea🚬

21 Oct, 05:56


Erta kelmagan, kecha esa ketmagan.

I got a bad idea🚬

21 Oct, 05:41


Dushanbani Grinko bilan yanada g'amginroq o'tkazing.

I got a bad idea🚬

20 Oct, 17:24


Qisqa revyular

Platforma II

Ba’zi filmlarning ikkinchi qismini ishlash shunchaki kerak emas, Karl. Masalan Jim Kerry ijrosidagi Niqob filmi barchamizga tanish, ushbu filmning davomi bo’lgan Niqobning o’g’li komediyasi – tarixdagi eng rasvo sikvellardan biri hisoblanadi. Unchalik uzoqqa bormasak ham bo’ladi - Joker va Joker: Ikki kishilik telbalik ham bunga misol. Platformaning ikkinchi qismini ham shular qatoriga qo’rqmay qo’shavering.

Birinchi qism umum qilib aytganda inson egoizmi va uning ortidan kelib chiqadigan muammolarni yaxshi ochib berolgan. O’zgacha surrealistik olam. Ikkinchi qism esa buni takrorladi xolos. Yangilik yo’q. Ayniqsa, ikkala qismning ham bir xil yakunga ega ekanligi bu – eng katta mantiqsizlik. Barcha jin urgur Galderdan dastlabki qismning yakunidagi “Bola” epizodi nimani anglatishi yuzasidan javob kutgandi. Umidlar esa oqlanmadi. Shundoq ham chigal yakun, to’laligicha boshi berk ko’chaga kirib qoldi. Xullas, ko’rgandan ma’no yo’q, tavsiya qilmayman.

Yovvoyi Robot (andak spoiler bor)

Syujet jo’n, ammo bolalar uchun ham iste’mol demografiyasining o’zgarganligini o’zida aks ettirgan. O’lim odatiy va tabiiy holat sifatida olib chiqilgan. Tahsinga loyiq. Biroq, yakunga borib juda ertaknamo ko’rinish olishi umidlarimni biroz oqlamadi. Eng e’tiborimni tortgan jihat, voqealar markazidagi Roz va g’oz o’rtasidagi munosabatlar.

Roz sun’iy intellektga ega robot, u odamlarning vazifalarni bajarish va yumushlarini yengillashtirish uchun yaratilgan. U va g’oz o’rtasidagi munosabatlar bir qarashda yoqimli bo’lsada, o’ylantirib qo’yadi. Robot g’ozni kuzgacha gala bilan uchib ketishini ta’minlash vazifasini oladi va aniq reja tuzib chiqadi:

G’ozni ovqatlantirish
G’ozni suzishga o’rgatish
G’ozni uchishga o’rgatish

Vazifasini a’lo darajada uddalaydi, hamma xursand. Buni A nuqtadan B nuqtaga borish deb xisoblaylik. Ammo, Roz A nuqtadan B nuqtaga qanday qilib bordi ? Burilish nuqtasi shu yerda - u o’z dasturiy ta’minotidan chiqib ketdi, uni qayta yozdi, erkin irodaga ega bo’ldi, ammo vazifani yakunladi. Bu qo’rqinchli, bu xayratlanarli, bu kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan potensial holat. Tavsiya qilaman.

Begona: Romul

Lavkraft bratimning “kosmik dahshat” kontseptsiyasi bor. Oddiy tilda tushuntiradigan bo’lsam: Insoniyat koinotning sirli va tushunib bo’lmaydigan kuchlari qarshisida ojiz – hech narsa emas. Uning asarlari o’zbekchada chop etilsa, zab ish bo’lardi-da (Zabarjad uchun hint). Begona (Alien) franshizasi ham to’laligicha shu kontsepsiya ustiga qurilgan. Buni franshizaning Promitey qismida yanada yaxshiroq his qilish mumkin. Romulda saspens maromida, shonli davrlardagi nostalgik elementlar ham bor, biroq syujet u qadar manzur bo’lmadi. Bir marta ko’rish uchun yaraydi. Ortiqcha gapga hojat yo’q, chunki film to’laligicha syujetdan tashkil topgan.

P.s: Anora va Modda haqida alohida yozgum.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

20 Oct, 09:24


Real voqea

Onam: qanaqa qiz kerak-a o’zi sanga ? Umrimni yedingku.

Men: GOT bilan Dyunani ko’rmagan bo’lsin.

P.s: Onamni qarashani ifodalab beradigan stiker yo’q ekan.

I got a bad idea🚬

20 Oct, 08:51


To’dalashib kelish.

I got a bad idea🚬

20 Oct, 08:35


Shanba oqshomi

Oyoqni cho’zib film ko’rmaganimga ham ancha bo’lgandi, kecha xumorimdan chiqdim. Quyida filmlar ro’yhati va shaxsiy reytingim.

Begona: Romul (6.5/10)
Yovvoyi Robot (7/10)
Platforma 2 qism (5/10)
Anora (7/10)
Modda (7.5/10)

Kechga borib har biri uchun taqrizlarni joylagum.

I got a bad idea🚬

17 Oct, 16:37


Oktyabr borgan sari Brittelning musiqasiga o’xshab bormoqda. Keskin, jiddiy, ammo yoqimli. M-muvozanat. Tinglang, his eting.

I got a bad idea🚬

16 Oct, 06:42


Tom Kruz ijrosidagi “So’nggi Samuray” filmidan so’ng Kun chiqar yurt madaniyati, hayot tarziga qiziqishim paydo bo’lgan. Biroq, bu gulxancha lip etib yonib, puf etib o’chgan - bola edimda. Shundan so’ng ko’plab suvlar oqib ketdi. 2010 yillar boshida Kianu Rivz bosh rolda bo’lgan “47 Ronin” chiqdi. Film juda maqtashlik bo’lmasada, bu ko’hna madaniyat haqida yana o’ylab ko’rishga undadi, ayniqsa mifalogiyasiga qiziqishimni orttirdi. Shu tariqa o’tmishda unitilgan olam, shuurimda qayta jonlandi.

Bu yil menda yaponcha vayb desam ham bo’ladi. Syogunning yangi va eski talqindagi serialini ko’rib chiqdim, Moviy ko’zli samuray animesini tugatdim, Evangilionni dam olish kunlarida sekin-sekin maydalayapman. Hozir qo’limda Yapon zobiti kitobi.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

15 Oct, 09:31


#imho

Book blogger kim ?

Book blogger – barcha mashhur kitoblarni o’qigan bo’lishi kerak degan qoida yo’q.

Book blogger – har bir o’qigan kitobiga taqriz yozishi shart degan qoida yo’q.

Book blogger – faqat jiddiy postlar yozishi lozim degan qoida yo’q.

Book blogger – doim kitob o’qib yurishi, uni qo’lidan qo’ymasligi kerak degan qoida yo’q.

Book blogger – bir yilda eng kamida 50 ta kitob o’qishi kerak degan qoida ham yo’q.

Book blogger – Dostoyevskiy yoki Tolstoyni sevishi kerak degan qoida yo’q.

Book blogger – kitobga doir kontent qilishi va o’z uslubiga ega bo’lishi kerak. Nuqta.

@shisha_bino

I got a bad idea🚬

15 Oct, 08:12


15 oktyabr.

Qizil vino kuni.

@vasilbro

I got a bad idea🚬

15 Oct, 04:40


So’rovnoma

Biror narsa haqida o’yladingiz, ketidan esa har kimda kuzatiladigan ikkinchi o’y: Qani edi amalga oshsa !

Kun mobaynida bu holat bilan bir necha bor to’qnashamiz. Savol quyidagicha:

Agarda sizga ixtiyoriy fikringiz, real hayotda ham amalga oshish imkoniyati berilsa bundan foydalanarmidingiz ?

Sharti shuki: siz bu qaysi fikrligini tanlay olmaysiz, qaysi vaqtda, umringizning qaysi davrida yuz berishini bilmaysiz. Imkoniyat bir martalik.

Deylik, kech tushganda o’zingiz yoqtirgan serialni ko’rib o’tiribsiz va xayolingizga hozir chipslar bo’lsa zo’r ketardi degan fikr keladi. Qandaydir noaniq kuch ta’sirida chipslar muhayyo - bu istalgan xohish bo'lishi mumkin. Xo’sh, foydalanarmidingiz ?

I got a bad idea🚬

14 Oct, 04:53


Dushanba qanday kun ?

Dushanba hamma o’zini aldaydigan kun. Hafta davomida erishmoqchi bo’lgan barcha muvaffaqiyatlaringni xayolingda bir-bir tizib chiqasan… ammo qo’lingdagi qahvani simirayotib, motivatsiyang allaqachon o'lganini his qilasan.

I got a bad idea🚬

13 Oct, 16:10


Инсонлар илк бор онгли тушда хабар алмашди

Сўнгги илмий тажрибалар фантастик асарларда кўп учрайдиган туш орқали мулоқотни ҳақиқатга яқинлаштирди. Шу йил октябрь ойида Калифорниядаги REMspace номли стартап биринчи бор икки киши онгли тушда (lucid dream) бир-бирига хабар юборганини маълум қилди. Бу инновацион тажриба одамлар тушда хабар алмашишлари мумкинлигини исботлади, ва бу, шубҳасиз, келажакда янги илмий йўналишлар учун эшик очади.

Тажрибада иштирокчилар уйқунинг РЕМ фазасида бўлиб, ҳар бири алоҳида жойларда жойлашган. Уларнинг уйқуларини назорат қилиш учун махсус қурилма қўлланди. Дастлаб, биринчи иштирокчига сервер орқали тасодифий сўз юборилди ва у бу сўзни ўз тушида «такрорлади». Тушни кузатувчи қурилма иштирокчининг бу маълумотни қабул қилганини қайд этди. Орадан 8 дақиқа ўтгач, иккинчи иштирокчи ҳам туш кўрди ва айнан ўша сўзни ўз тушида қабул қилди. У уйғонганидан кейин сўзни тўғри айтди ва бу воқеа тарихдаги илк онгли тушда хабар алмашиш бўлди.

REMspace компанияси бу технологияни ривожлантиришни давом эттиряпти ва келажакда тушлар орқали тўлиқ мулоқот қилиш имконини яратишга ҳаракат қилади. Тадқиқотчилар онгли тушларни психотерапияда, стрессни камайтиришда ва ҳатто янги кўникмаларни ўрганишда қўллаш мумкинлигини таъкидлашяпти. Бу йўналишдаги ишлар туфайли тушлар орқали одамлар янада чуқурроқ мулоқот қилишлари ва тушда янги билимларни ўзлаштиришлари мумкин бўлади.

Лекин ҳозирча бу натижаларнинг тўлиқ илмий текшируви ўтказилмаган, олимлар бу борада яна кўп тадқиқотлар қилиш зарурлигини қайд этяпти. Ҳозирча REMspace бу технология орқали инсонларга тушларни тўлиқ назорат қилиш ва улар орқали ўзаро алоқа қилиш имконини яратишни режалаштиряпти.

Агар шу технология кенг ишлатила бошласа амалда: Ишхонадаги бошлиғинг: Хисоботни ташавор тушимга😁

🧠@nurbekalimov

I got a bad idea🚬

13 Oct, 15:07


Yomg‘ir — qanchalar ajoyib, faqat mashinasiz ko‘chada qolib ketganingda sal sovuqroq va ho‘lroq bo‘ladi. Bunday paytda estetik zavq o‘rniga, uydagi issiq choy va quruq kiyimni eslab qolasan.