Nofalsafiy fikrlar (20+) @nofalsafiy Channel on Telegram

Nofalsafiy fikrlar (20+)

@nofalsafiy


Faqat fikrlashamiz!
Murojaat: @Farhod_Azamov - "5 ta kam" jurnalist(ish boʻlsa yozinglar, ishsiz ham hozirda), kinomen, 82 foizli "romantik"

Reklama: @rekanomika

Kino haqida - @bobilkinoteatri

Qoʻllab quvvatlash: https://www.tirikchilik.uz/nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+) (Uzbek)

Salom dostlar! Sizni Telegramning eng yangi va zamonaviy kanaliga taklif qilamiz - Nofalsafiy fikrlar (20+)! Kanalimiz, @nofalsafiy nomi ostida mavjud va faqat 20 yoshdan katta fikrli va saqlanayotgan fikrlar bilan to'ldirilgan. Bu kanalda, hayotni o'z o'rnida oldin olgani orqali ko'rishni, yangi nazarlar va tushunishlarni o'rganishni qulaylashtirish uchun bir-biriga boy tezlashish, hamda zamonaviy mamlakatlarda voqealar va yangiliklar haqida fikrlarni almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz

Bu kanalda yangiliklar va interaktiv matnlar paydo bo'lishi mumkin bo'lgan eng so'nggi mamlakatlarda, kirish va ularning bevosita qanday ta'sir etganligi haqida fikrlar kelib chiqadi. Siz ham qo'shiling va fikrlaringizni birlashtirib, bilimlaringizni kengaytiring

Agar siz ham zamonaviy fikrlarni ko'rish va ularga qo'llab quvvat bermayla qolmasangiz, yangi makonimiz @bobilkinoteatri sifatida e'tibor qiladi!
Qoʻllab quvvatlash uchun quyidagi havola ga murojaat qiling: https://www.tirikchilik.uz/nofalsafiy nnBiz bilan birga, fikrlarimiz yana ham kuchliroq bo'lishi uchun yuborilgan bularni istalgan vaqtingizda ko'rishni o'z ichiga olgan holda qo'llaysiz

Birga, biz birga yana bir adim oldinga! Nofalsafiy fikrlar kanalida to'plangan fikrlar bir-biriga bog'liq bo'lib, dunyoda yuzdan ortiq odamning fikrlariga ega bo'lishimizga yordam bermoqda

Qo'llab quvvatlash havolasiga bosing va biz bilan birga, ko'ngildagi fikrlar yana ham rivojlanishiga yordam bermoqda! Sizni Telegramning eng yangi kanalida ko'rishimizni unutmang!
Nofalsafiy fikrlar (20+) kanali - bu sizning eng yaxshi hujjatingiz bo'ladi! Sizni kutib qolamiz!

Nofalsafiy fikrlar (20+)

16 Feb, 07:38


Qora gentra endi отмен!

"Oʻzinglaga boshqa orzu topinglar"

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

14 Feb, 07:32


Agar bugun kimgadir sovgʻa bermoqchi boʻlsangiz, oʻzingizdan boshlang. Odam birinchi navbatda oʻzini sevishi kerak.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

10 Feb, 09:28


Yaqinda, agarda imkon boʻlganda qachon va qayerda yashar edingiz, degan savolni eshitib qolgandim. Juda uzoq oʻyladim, hozirgi turishimda qayerga mos kelaman ekan, deb.

Oxiri oʻtgan asrning 20-yillarida, urushdan keyin xarob boʻlgan va oʻz navbatida qayta tiklanishni boshlagan Gʻarbiy Yevropa, Fransiya va Germaniya, ehtimol Angliyada yashagan boʻlardim.

Bu davrda odamzod ilk marta urushni yomon ekanini haqiqatdan his qilishdi, endi qurolni tashlab, intelektual urush boshlandi, kimning gʻoyasi kuchliroq boʻlsa, endi u eng muhim odam, butun dunyo adabiyoti qaytadan tugʻila boshlandi. Ilk marta dunyoda "yoʻqotilgan avlodlar" paydo boʻla boshladi. Menga oʻxshagan pasifist, ammo qandaydir ilmiy/falsafiy bahs boʻlsa hech qachon qaytmaydigan odam uchun bu eng zoʻr davr boʻlardi.

Bu davr odamlari nega yashayotgan ekanligini ham bilmaydigan davrga kelgan, urushdan keyingi dunyo shunaqangi oʻzgarib ketganki, ana endi nima boʻlishini hech kim umuman tasavvur ham qilolmas, endi odamlarga hech qanday ilohiyotga ishonmay qoʻygandi. Menga oʻxshagan nega yashayotgani bilmay, yana kamiga buni qidirishga ham urinmayotgan odam uchun ideal davr. Ehtimol men bu dunyoda qandaydir chala faylasuf boʻlgan boʻlardim, hozirgidan koʻra baxtliroq yashagan boʻlardim.

Xoʻsh, sizda bunday imkoniyat boʻlganda qaysi davr va qayerda yashagan boʻlar edingiz?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

04 Feb, 11:51


Yerosti yoʻllarida, odam koʻp toʻplanadigan joylarda oʻz "halolini" topib yurgan odamlarga aniq koʻzingiz tushadi.

Endi savol, bir joyda qogʻozga oʻz ahvoli haqida yozib qoʻygan qandaydir odam (yoki bola) va gitara (yoki qandaydir musiqa asbobi) chalib turgan yigit/qiz turibdi. Xoʻsh, qaysiga pul berib ketasiz(izohi shart emas).

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

03 Feb, 15:34


#tavsiya

Nodirbek yaxshi bola, ayniqsa kanalida yozganida)
Shunchaki, bu kanal unchalik aktiv emas, ammo "Qoralama"da aktivlik juda yaxshi va menimcha kanallarimizda umumiylik bor(ikkalamiz ham bilganimizcha soʻylaymiz). Shu uchun qoʻshilib qoʻyish ancha manfaatli boʻladi deb oʻylayman, shunchaki bir koʻz tashlab qoʻysangiz amin boʻlasiz.

Hamma Nodirbeklar bir xil emas, bunisi bilan qoʻl berib soʻrashsangiz ham boʻladi, adashmasam)

Link: https://t.me/+TlSI6e9qKcphY2M6

Nofalsafiy fikrlar (20+)

03 Feb, 15:00


We donʼt say: "Korrupsiya".

In Uzbekistan we say: "Oling-oling chin koʻngildan".

Nofalsafiy fikrlar (20+)

31 Jan, 14:21


Sizlarda ham shundaymi yoki faqat man uchun oy ogʻir keldimi?

Darvoqe, 30 kun oldin bu yil aniq qilaman deb daftarchaga yozib qoʻygan ishlaringni qildinglarmi?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

31 Jan, 10:41


"Mening sheʼrlarim Xudo haqida, sening sobiq yigiting haqida emas "

© Rumiy

Masalanda))

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

30 Jan, 10:38


2024-yil noyabrida, kuppa-kunduz kuni Toshkent markazida bir necha yigit bir qizni o‘g‘irlab, tog‘ga olib qochib ketgan. Ular o‘rtasidagi bungacha qanday munosabat bo‘lgan, ular sevishganmi-sevishmaganmi, ahamiyatsiz. Eng muhim fakt shu - bir guruh barzangi, qilayotgan ishi jinoyat ekanini bila turib, bir odamni, uning xohish-irodasiga zid ravishda, o‘g‘irlagan. Tushunmaydigan “tupoy”lar uchun alohida yozaman: TOSHKENTDA ODAM O‘G‘IRLANGAN!

Hali ham bu dunyoda yaxshi odamlar bor. O‘sha o‘g‘irlash hodisasi bir xususiy ta’lim muassasasining kamerasiga tushib qolgan, u yerdagilar darhol “102”ga xabar bergan. Kameraga qizni o‘g‘irlashda ishlatilgan mashinaning avtoraqami ham tushgani uchun ko‘p o‘tmay o‘g‘irlashga bosh bo‘lgan shaxsga Yakkasaroy tuman IIB boshlig‘i, GAI boshlig‘i, jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘i ketma-ket telefon qilgan. Lekin hech kim uni na to‘xtata, na ortga qaytara olgan.

O‘sha kuni qizning onasi kechki mahal oxiri jinoyat-qidiruv bo‘limining xodimiga telefon qilib, qizining o‘g‘irlanishi haqida so‘raganida haligi xodim: “Bu o‘g‘rilik emas, sevgi”, deb javob bergan (padariga ming lan’at bunaqa melisaning - o‘zining qizini ham shunday o‘g‘irlab ketishsa, “bu o‘g‘rilik emas, sevgi” deb o‘tirarmikin o‘sha yaramas?!).

Shundan keyin qiz va uning oilasi uni o‘g‘irlagan shaxslar ustidan, ularning boshqa tahdidlari, harakatlari (bir necha bor o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan, jismoniy kuch ishlatishlar ham bo‘lgan, qo‘lini kesishgan va hokazo) yuzasidan ichki ishlarga murojaat qilgan. “Sevgishunos” xodimlar bu arizalar bo‘yicha chora ko‘ravermagach, qiz va uning oilasini haligi o‘g‘ri-zo‘ravondan himoya qilmagach, 27-yanvar kuni qiz yana bir bor o‘g‘irlab ketilganidan keyin, noyabrdagi birinchi o‘g‘rilik videosi internetga chiqarilgan.

Endi chora ko‘risharmish, hamma aybdorlar qonunda belgilangan jazosini olarmish. Shu vaqtgacha chora ko‘rmaganlar-chi, ular ham jazosini oladimi?

Melisamiz bundan battar sharmandagarchiliklarni ham bezbetlarcha yengib o‘tgan, ming afsuski, bunisi ham yengib o‘tadi. Vaholanki, bunaqa voqeadan so‘ng nafaqat tuman yo shahar melisasi boshliqlari, balki butun tizim rahbariyati pogonlari yulib olingan holda ishdan haydalishi kerak edi - agar ularning o‘zida “qo‘l ostimdagi bunaqangi rasvo xodimlar bilan ishlash, ular sabab sharmanda bo‘lish jonimga tegdi”, deb ishdan bo‘shashga jur’at va farosat yetmasa. Bu qurib ketgur melisa tizimini tag-tubi bilan isloh qilish kerak.

Ey Xudo, podyezdlardagi velosiped va kolyaskalarni hech bir ogohlantirishsiz olib ketib (“o‘g‘irlab” deyaversa ham bo‘ladi), keyin uni ehson qilib yuboradigan, chet ellik turistdan pora so‘raydigan, bozorlarda odamlarning cho‘ntagidagi telefonlarini “o‘g‘irlab olib” o‘zicha aqllilik qilmoqchi bo‘ladigan, qizi o‘g‘irlanganlarni “bu o‘g‘irlik emas, sevgi” deb ovuntiradigan hamda yana boshqa har xil aqlbovar qilmas jinniliklarni o‘ylab topgan, topayotgan va hali yana topishi mumkin bo‘lgan kaltabin o‘zbek melisasiga ishimiz tushishidan o‘zing asra!

O‘sha gap - suv balosidan, o‘t balosidan va melisa balosidan o‘zing asra! Bularga qarshi boshqa bir chora, boshqa bir davo yo‘q.

Nofalsafiy fikrlar (20+)

29 Jan, 08:39


Yoʻlda harakatlanayotganda hamma narsani bir maromda, hech kimga zarar bermasdan ushlab turish uchun bizga svetafor kerak. Agarda siz piyoda boʻlsangiz - unga qarab harakatlanasiz, u sizni ehtimoliy jarohatlardan, balki oʻlimdan ham saqlaydi, u "buyurganda" yoʻldan oʻtasiz, toʻxtab tur desa kutasiz. Agarda haydovchi boʻlsangiz - unga qarab harakatlanasiz, u sizni nafaqat boshqa odamlarni jarohatlashingizdan, balki oʻzingizga hamda oʻzingiz kabi haydovchilar hayotiga zomin boʻlishingizdan saqlab turadi, agarda hamma haydovchi oʻzi bilganicha harakat qilsa, juda katta tartibsizlik kelib chiqadi. Svetafor hech kimga yon bosmaydi, unda hammasi aniq belgilab qoyilgan va u hamma tarafdan mukammaldir.

Qonun - bu oʻsha svetafordir. Ayni u jamiyatdagi qoidalarga javobgar, barchasi u belgilab berganchalik boʻladi. Bu yerda barcha tomon huquq va manfaatlari hisobga olinadi, har qanday shaxsiy qarashlardan holi boʻladi bu. "Agarda mening dunyoqarashim boʻyicha..." degan narsa boshlanishi bilan tartibsizlik kelib chiqa boshlaydi (svetafordagi kabi). 38 million odam - 38 million subyektiv fikr. Agarda hamma faqat oʻzi ishongan, oʻzi toʻgʻri deb bilgan aqida boʻyicha ishlashni boshlasa, jamiyat parokanda boʻla boshlaydi.

Nilufar Sotiboldiyeva keysi ham ayni shu kabi. Uni haqorat qilgan, umuman kimni boʻlsa ham, faqat oʻz dunyoqarashi boʻyicha notoʻgʻri boʻlgani uchun haqoratlaydiganlar - jinoyatchi. Birinchidan ayol hech qanday qonunni buzmagan, shunchaki oʻzi va qizini xursand qilgan va buni oʻzining shaxsiy sahifasiga joylagan, agarda bu sizga yoqmasa, buni hech narsa boʻlmagandek oʻtkazib yuborish mumkin. Ammo oʻsha odam(hamda undan keyin boshlovchi sahifasiga hujum uyushtirayotgan baʼzi "jinoyatchiar") boshqa yoʻlni, ayolni oʻz aqidasiga koʻra yashamayotgan ekanligi tufayli haqorat qilishni tanladi. "Qizil chiroq"da oʻtishga harakat qildi.

Hech qachon, hech qaysi odam bir-biriga oʻxshamaydi. Shunchaki, "hamma menga oʻxshab yashashi kerak" degan fikrni tashlab yuborish vaqti keldi.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

27 Jan, 17:31


O‘zbek shaxmatchisi hind ayol grossmeyster bilan qo‘l berib so‘rashmadi. Internetda shovqin ko‘tarildi — chet elliklar va mahalliy dunyoviy qatlam vakillari: "sharmanda qildi, o‘zini ko‘rsatyapti" va h.k. Dindor qatlam, tabiiyki, himoya qildi: "urf-odatimiz shunaqa, diniy qadriyati shunaqa, aralashmanglar".

Shu bahslardan tashqarida, xolis qaraganda, bu voqeaning nimasi xavfli, nimaga olib keladi, bir mulohaza yuritib ko‘rsam.

Bizdan keyingi avlod bizdan dindorroq. Bu yaxshi yoki yomon emas, shunchaki reallik. Lekin dunyo (Gʻarb deylik) O‘zbekistonni sobiq SSSRning bo‘lagi, demakki, dunyoviylashgan, "madaniylashgan" jamiyat deb biladi. Shunga yarasha muomala qiladi. Masalan, diniy radikalizm o‘chog‘i deb qaramaydi, chegaralarini osonroq ochadi, sayohatga bemalol keladi, "nohalol" bizneslarga pul kiritishni o‘ylaydi va h.k. O‘zbek siyosiy elitasi ham bunday imijdan manfaatdor va dunyoviy davlatchilikni saqlab qolishga urinmoqda.

Lekin yangi tug‘ilib, ulg‘ayib borayotgan o‘zbeklar borgan sari dindorlashib boryapti. Moʻtadil dindorlari xalqaro arenalarda qo‘l berib so‘rashmayapti, "nohalol" bizneslarga qarshi (xayollaring buzilmasin, buning ichida banklar ham bor), agressiv dindorlari internetda Fransiyada o‘qituvchining boshini chopgan chechen terrorchini-yu yana kimlarnidir himoya qilib, Gʻarbni so‘kib yotibdi, o‘zbeklardan chiqqan terrorchilar Suriyada daga-daga o‘ynab yuribdi. Nodirbek Ëqubboyev — oxirgi oylarda o‘zbeklarning dinga qay darajada berilib ketganini va radikallashib ham borayotganini namoyon etib kelayotgan ko‘plab o‘rnaklardan biridir, O‘zbekistonning yangicha imijini yaratish yo‘lidagi navbatdagi unsurdir.

Bu xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga munosabatini o‘zgartiradi. Uni diniy o‘lka deb bilib, shunga yarasha muomala qiladi. Balki bu kimgadir yoqar ("zo‘rku, musulmon o‘lka deb bilsin hamma, harom-harish kerakmas!"), kimdir bundan manfaatdordir. Men yaxshi-yomon demayapman — kimga yaxshi, kimga yomon. Shunchaki ma’lum davlatlarga, kuch bloklariga bu yoqmaydi va ular chegaralarida o‘zbeklarga to‘siq qo‘yadi, sayohatga kelmaydi, biznes qilgani kelmaydi va h.k. Davlat esa bundan zarar ko‘radi. Xalq ham zarar ko‘radi aslida, lekin buni hech qachon anglamaydi va masonlarni, yahudlarni ayblab yuraveradi.

Sodda tushuntirishga harakat qildim, aslida murakkabroq.

Eldor Asanov

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

26 Jan, 08:04


Tramp prezident boʻlishidan oldin turli jinslilar va umuman jinsini oʻzgartirish borasida keskin fikrlar aytib, buni qoʻllab-quvvatlovchilar ovozlarini olgandi. Endi esa tarmoqlarda uning rahbarlikda kelgandan keyin, faqat ikki jins bor: erkak va ayol, degan gapi mashhur boʻlib ketibdi.

Qiziq holat, Tramp ushbu toifa va ularni qoʻllovchilarga qaysidir maʼnoda urush ochgan, lekin bu aslida populizm xolos, bularni sonini va qaysidir maʼnoda targʻibini kamaytirishi mumkin, ammo ularni batamom yoʻq qilolmaydi. Bu toifa odamlar sizlarga yoqmasligi mumkin, lekin bular azaldan mavjud boʻlgan va keyin ham boʻladi, shunchaki hozirgi oshkoralik zamonida biz ular haqida koʻproq bilyapmiz xolos.

Oʻzi Trumpning qayta "taxt"ga kelishi ham qaysidir maʼnoda haddan ziyod erkinliklar natijasi sabab boʻldi. Bu doimo boʻlib kelgan jarayon, har doim muxolifat boʻladi, ular vaqti-vaqti bilan hukumatga kelib, erkinlikni kuchaytirishadi, lekin buning dozasi oshib ketgach, yana konservativ qatlam tepaga koʻtariladi.

Masalan oʻtgan asr boshida sotsializm paydo boʻlgan, u dunyoga tarqalib, odamlarni ongini yashin tezligida egallay boshlagan, hukumatlar sotsiallashib ketgan, kommunistik jamiyatlar rivohlana boshlagan. Keyin esa bunga qarshi avvalgi feodal jamiyatning zamonaviylashtirilgan shakli boʻlgan kapitalizm rivojlanib, hammasi yana oldinggi koʻrinishga qayta boshlagan, mamlakatlar kapitalizmga oʻtgan. Ayni paytda esa sotsialistik jamoalar yana faollashib qoldi, ular yana bir necha mamlakatlar hukumatlariga kelishni boshladi, chunki odamlar kapitalizmdan "toʻyib ketdi".

Trump boʻlgan holat ham ayni shunga oʻxshash, qaysidir oʻn yillik boʻldiki, kamalak umuman boshqa maʼnoni anglatishni, ayollar va erkaklar oʻrtasidagi farqlar yoʻqqa chiqishni, mamlakatlarga kirdi - chiqdi juda oddiy "oʻyin" boʻlib qolishni boshladi, bu esa albatta odamlarni toʻydirib yuborib, hammasini avvalgi holatiga qaytaradigan odamni istab qolishdi. Lekin bir haqiqat bor, endi hech narsa avvalgidek boʻlmaydi, u Trumpmi yoki boshqasi, qancha chiranmasin odamlar ongini oʻzgartira olmaydi.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

24 Jan, 12:52


"Miloddan avvalgi avlod, milodiylar buzilib ketyapti degan emish".

© Twitter

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

20 Jan, 14:15


Bir tanishim aytgan edi, qanday qilib ochgan kanallaringni oʻchirib yuborish yoki birovga berib yuborish mumkin, axir bu xuddi seni bolangday, uni ochib, yuritib, shuncha vaqt davomida mehr berding va birdan hammasi tamom, deb aytgandi.

10 kuncha avval oʻrtogʻimni tugʻilgan kuni edi, uyiga borgandim, u bilan yashaydigan xonadoshlari bilan ham tanishman, lekin unchalik emas, eng qizigʻi oʻsha yerdagilarning deyarli barchasi(yoki deyarlisiz barchasi) mani faqat shu kanalim bilan tanigan, baʼzilari hattoki mani tanishini aytib doʻstlariga maqtaganini ham aytdi, toʻgʻrisi semirdim. Rostdan ham bu nom meni shaxsiy brendimga ayblanib qolganday.

Kanalga takliflar boʻlmadimi? Yoʻq, boʻldi, hattoki oxirgi kunlarda bir necha kishidan men sotishga tayyor boʻlgan summalar taklif qilindi, shundan keyin oʻyladim, nega kerak oʻzi bu ish, 2 haftada yoʻqolib ketadigan pul 2 yillikka arziydimi? Shaxsiy kanal(cha)m bor, oʻsha yerdagilardan soʻradim, ular toʻliq sotishga qarshilik qilishdi, bu uchun sabablar keltirib berishdi(rahmat hammaga).

Kanal oʻzimda qoladi, demak. Aktivligi qanday boʻladi oʻzim ham bilmayman, balki avvalgidek, balki undan koʻra yaxshiroq balki umuman ahvol yanada yomon boʻlar, lekin bu meniki va faqat mening soʻzlarim yangraydi bu yerda, shu uchun, oʻzim tushunib yetganim uchun xursandman.

Sizlarni ham fikringiz qiziq, xoʻsh?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

02 Jan, 15:27


Mayli kelishtirib beraman, toʻgʻrisi pul kerak, arzonroq (ehtimol ancha arzonga) sotaman, faqat tezroq sotish kerak.

Haliyam oʻzgarmadi: @Farhod_Azamov

Nofalsafiy fikrlar (20+)

27 Dec, 13:37


Statistikalarni koʻrdinglar, deyarli yarim yil ishlamagan kanalning statistikalari bu, menimcha yomon emas, shundaymi?

Muddaoga oʻtsam, kanal sotiladi. Narxi - 100$(yana kelishamiz).

Aniq oladiganlar boʻlsa - @Farhod_Azamov ga murojaat qiling. Rahmat!

Nofalsafiy fikrlar (20+)

27 Dec, 10:53


2024

Nofalsafiy fikrlar (20+)

26 Dec, 09:18


"бу домла унақа деган, у домла бунақа деган, демак шунақа" мантиғидаги одамларни, умуман анъаначилар, урф-одатчиларни, стереотипларни "5 та маймун тажрибаси"га ўхшатаман.

бир қафас тасаввур қилинг. ичида бешта маймун бор. қафаснинг ўртасида бир нарвон ва унинг тепасида осилган бананлар бор. маймунлардан бири табиий равишда бананни олиш учун нарвонга чиқа бошлайди. аммо шу заҳоти қафасдаги қолган 4 та маймунниг устига совуқ сув сепилади. демак, бананларни олишга ҳаракат қилиш оғриқли натижага олиб келади.

бироз вақт ўтгач, бошқа маймунлар ҳам шуни синаб кўришади, аммо натижа ўзгармайди. ҳар сафар бир маймун нарвонга чиқмоқчи бўлганида, қолган бутун гуруҳ совуқ сув билан жазоланади. вақт ўтиши билан ҳеч қайси маймун нарвонга чиқишга ҳаракат қилмайди. ҳатто янада қизиқ нарса содир бўлади:
агар бир маймун нарвонга чиқмоқчи бўлса, бошқалар уни тўхтатади. чунки улар учун "нарвонга чиқиш = оғриқ"
бу "ижтимоий ўрганиш" дейилади.

тажрибанинг кейинги босқичига ўтамиз. гуруҳдаги маймунлардан бири янгисига алмаштирилади. янги келган маймун, табиий равишда яна бананларга етиб боришга ҳаракат қилади. аммо бошқа тўртта маймун совуқ сув тажрибасини эслашгани учун янги маймунни уриб, уни тўхтатади. қизиқ жиҳати шуки: янги маймун, нега жазоланганини билмайди, аммо бананни олишдан воз кечади.

кейинги босқичда яна бир янги маймун қўшилади ва эски маймун чиқариб юборилади. худди шу жараён давом этади. янги келган маймун ҳам бананларга етишишга ҳаракат қилади, аммо гуруҳдаги бошқа тўртта маймун томонидан тўхтатилади. энди эътибор беринг: бу тўртта маймундан фақат учтаси совуқ сув тажрибасини бошдан кечирган, биттаси бу ҳодисани умуман кўрмаган. шунга қарамай, у ҳам жазолаш ҳаракатига қўшилади.

бу жараён қафасдаги барча асл маймунлар алмаштирилгунга қадар давом этади. охирида қафасда, совуқ сувни ҳеч қачон кўрмаган, тажрибани билмайдиган бешта янги маймун қолади. аммо шунга қарамай, ҳеч ким нарвонга чиқмайди ва бананларни олишга ҳаракат қилмайди. чунки "шунақа қилиш керак!"

аслида бу ҳикоя, маданий қоидалар ва анъаналар қандай шаклланишини ва кўпинча сўроқ қилинмасдан қандай давом эттирилишини кўрсатади. инсон орасида ҳам шунга ўхшаш ҳолатлар кузатилади. бир одатнинг асосий сабаби унутилса ҳам, одатлар ва қоидалар қандайдир тарзда давом этаверади.

бу ҳикоядан чиқариладиган хулоса шундаки, жамиятда шахслар, баъзан сабабини тушунмаган ёки билмаган қоидаларга амал қилади. бу инсон эволюциясининг бир қисми. аммо илмий ёндашув, ҳар доим "нега" деган саволни беришни талаб қилади. аналитик фикрлашнинг асосий нуқтаси шу. агар сабаб-оқибат муносабатларини сўроқ қилмасак ва тушунишга ҳаракат қилмасак, худди беш маймун сингари, анъаналарнинг қулига айланамиз.

хулоса қилиб айтганда, бу ҳикоя бизга ижтимоий ўрганишнинг кучини, аммо шу билан бирга сўроқ қилишнинг зарурлигини ўргатади. чунки "шундай қилиш керак!" деган фикр билан ҳаракат қиладиган жамият ҳеч қачон янги бананларга етиша олмайди.)

мана бу видеода яхшироқ тушуниб оласиз.

@absurdologia

Nofalsafiy fikrlar (20+)

22 Dec, 12:03


❤️

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

21 Dec, 09:16


Rostdan ham yaxshi davrlarda yashayapmiz ekan.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

20 Dec, 13:50


Hamma oʻzi uchun yilni sarhisob qilyapti. Manku oʻzim uchun yil qanday oʻtdi hali oʻylamadim, lekin bu yil boʻyicha biladigan yagona narsam, men eshitgan eng yaxshi qoʻshiq shu ekanligi

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

16 Dec, 14:21


😎 2025-yilni «Hur fikrlar» bilan boshlang!

🤓 «Hur fiklar»da siz:

1. Yigirmaga (20) yaqin bookblogerlar bilan birga kitob oʻqish;

2. Oʻqilgan kitoblarni bookblogerlar bilan tahlil qilish;

3. Mashhur insonlar bilan suhbat qilish imkoniyatiga ega boʻlish;

4. Har kitob yakunlangach kitob yutib olish.


Marafonda qatnashish uchun quyidagi tugmalardan birini bosing:

Nofalsafiy fikrlar (20+)

15 Dec, 15:08


2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahridagi barcha avtobuslarda narxlar oshib, quyidagicha koʻrinish oladi:

- bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif — 3000 so‘m. Bunda, bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda — 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi;
- bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun — 4000 so‘m;
- qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif — 1600 so‘m.

Shuningdek, endilikda avtobuslarda naqd puldan toʻlashdan toʻliq voz kechiladi va faqatgina elektron tarzda toʻlanadi, xusus:

- ATTO transport va virtual kartalari;
- ATTO mobil ilovasi bilan NFC orqali;
- QR-koddan foydalangan holda Click, UzumPay, MyUzcard, Alif ilovalari;
- Uzcard, Humo, MasterCard, Visa, UnionPay kontaktsiz bank kartalari orqali.

Toshkentda yashovchi va oʻquvchilarga joʻnatib qoʻyamiz)

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

15 Dec, 11:43


Qor toʻxtadimi)

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

15 Dec, 08:37


U ijtimoy tarmoqlarga, feminizm yot gʻoya, ayollar va erkaklar hech qachon teng boʻlmaydi, bu tenglik ayollar uchun haqorat, deb yozardi va uyiga kelib, xotini ovqatni shoʻr qilgani uchun uni kaltaklardi.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

10 Dec, 13:16


Bugun madhiya qabul qilingan kun, 32 yil oldin. Ungacha eskisini yana bir eshitib koʻringlar:

Nofalsafiy fikrlar (20+)

10 Dec, 10:15


Ota-onasi oʻzbek, millati oʻzbek boʻlgan ikki odamning koʻchada bir-birini koʻrib qolganda rus tilida suhbat qilishi - achinarli, aslida.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

04 Dec, 09:54


Esinglarda boʻlsa, 4 oy oldin kommentga oʻz shaxsiy kanallaringizni linkini yuboring, yaxshi deb hisoblaganlarni kanalga qoʻyaman, degandim. Shu narsa choʻzilib ketdi, bu bir tarafdan yaxshilikka ham, baʼzi kanallar allaqachon oʻz intihosiga yetib ulguribdi ham. Xoʻsh, bulardan shaxsan oʻzimga yoqqanlari:

@bobilkinoteatri - ha, bu oʻzimniki. Lekin yaxshi kanal, agarda kinoga qiziqsangiz, goʻzal maskan.

@iqtibos_va_musiqa - qandaydir oʻziga xoslik yoʻq. Menimcha shuni oʻzi ham oʻziga xoslik boʻlsa kerak.

@cinephilessclub - bu yerda oʻzim anchadan beri borman, yana bir kino kanal. Borimiz shu.

@art_211 - kanal 20+ ekanligi ham esga keb qoldi. Sanʼatni sevganlar uchun (ha, men ayollarni sanʼat deb ataydigan turdanman).

@poetophile - she'r

@shady_verse - kino boʻlsa-yu, musiqa boʻlmasa uyatda. Zamonaviy musiqani bir tomonidan kirib, narigi tomonidan chiqadi.

P.s. bu ishni hali yana davom ettiramiz degan umiddaman.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

30 Nov, 19:04


Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.

Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.

Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.

Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.

P.s. Qishdan nimani kutyapsiz?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

30 Nov, 17:36


Kuzda chiqargan eng katta xulosangiz?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

29 Nov, 17:36


Agarda oynaga uzoq vaqt(5-10 daqiqa) davomida tiklab tursangiz, miya bundan zerikib, sizga boshqa narsalarni chiqarib beradi, degan faktni oʻqigandim. Bu haqida Chatgpt quyidagi fikrlarni berdi:

Oynaga uzoq vaqt tikilib qarash (ayniqsa, yuzingizga yoki ko'zingizga diqqat bilan) odamda turli illyustratsiyalar va g'alati his-tuyg'ularni paydo qilishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Bu hodisa "Troxler effekti" va boshqa vizual-adaptatsiya jarayonlari bilan izohlanadi. Keling, batafsil tushuntirib beraman:

1. Troxler effekti

Troxler effekti — bu miya va ko'zlar bir xil stimulyatsiyaga uzoq vaqt davomida moslashganida, statik narsalarni yo'qotib, ularni "ko'rmaslikka" moyillik holati. Oynaga tikilib turganingizda, ko'zingizning ma'lum qismlari doimiy ravishda bir xil bo'lib qoladi, bu esa miyangizning ushbu tasvirlarni e'tibordan chetda qoldirishiga olib keladi. Natijada yuzingiz yoki oynadagi tasvirda g'alati o'zgarishlar ko'rinadi.

2. Perseptual buzilishlar

Oynaga qarab turganda miyaning vizual korteksi stimullarni qayta ishlashni davom ettiradi, lekin bu jarayonda charchoq yuz berishi mumkin.

Bu tasvirlar buzilgan, surilgan, qoplangan yoki hatto boshqa yuzlar shakliga o‘xshab ketishi mumkin.


3. Pareidoliya

Miya notanish yoki noaniq shakllardan ma'noli narsalarni izlashga odatlangan. Agar siz uzoq vaqt davomida oynadagi yuzingizga qarasangiz, miya g'alati narsalarni (masalan, boshqa yuzlar yoki soyalar) ko'rishni boshlashi mumkin.

4. Psixologik ta'sirlar

Bu hodisa faqat vizual emas, balki psixologik hamdir. Ayniqsa, qorong'i xonada yoki tinch joyda oynaga uzoq tikilib qarash odamda qorquv yoki paranoya hislarini kuchaytirishi mumkin. Bu ta’sir shuningdek, “Bloody Mary” kabi xalq ertaklarida ham aks etgan.

Ilmiy tajriba

2010-yilda psixolog Giovanni Caputo tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda ishtirokchilardan 10 daqiqa davomida o'z akslariga qarash so'ralgan. Natijada, ko'pchilik ishtirokchilar yuzlarining buzilganini, boshqa odamlarning yuzlarini yoki hattoki g‘alati hayvonlarni ko‘rganini ta'kidlashgan.

Xulosa

Haqiqatan ham oynaga uzoq vaqt qarash turli vizual va psixologik effektlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu normal miya va ko'z funksiyalarining bir qismi hisoblanadi.

Ammo bu har bir odamda bir xil darajada sodir bo‘lmaydi, chunki bu shaxsning kayfiyati, xayoloti va diqqat darajasiga bog‘liq.


Agar buni o'zingiz sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz, qorong'u joyda yoki sekin yorug'likda, tinch muhitda harakat qilib ko'rishingiz mumkin. Shu jarayonda yuzaga kelgan hissiyotlarni e'tiborga oling!

Xoʻsh, bu haqida nima deb oʻylaysiz?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

25 Nov, 10:05


Baʼzi filmlar bor, ularni orginal tilidan koʻra, oʻzbek dublyajida koʻrish filming darajasini bir necha darajaga oshiradi. Shulardan biri - "Troya"(2004) filmi.

Yunon mifologiyasi hamda folklori asosidagi ushbu filmning oʻzbek sheʼriy dublyajini har doim koʻrganda, oʻzbek tilining qanchalik boy va goʻzal ekanligini anglayman. Sizlarda ham iloji boʻlsa yana bir marta filmni qayta koʻrishni maslahat beraman, agarda yaqinda koʻrgan boʻlsangiz, fikrlaringizni bemalol qoldirishingiz mumkin.

@bobilkinoteatri

Nofalsafiy fikrlar (20+)

24 Nov, 10:33


Baʼzi futbol koʻrsatuvlarida ikkitasidan bittasini tanlash qilishadi, Ramos yoki Maldini desa Xayrulla Hamidov jiddiy turib javob beradi. Yoki adabiyotdan, Kafka yoki Dostoyevskiydan birini tanlash kelganda aqlli basharani yoqvolishadiyu. Xuddi shuni kinolardan, aktyor-u rejjisyorlardan qilsanglar bir, mani yoʻlda toʻxtatib, savol bersanglar, har birini sabablarigacha aytib, tushuntirib bersam, keyin oxirida Kurosawa va Skorseze qolganda, jiddiyni yoqvolib, men bu savolga javob berishga ojizlik qilaman desam. Qalay?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

22 Nov, 09:58


Футбол бўйича россия чемпионатини ҳар-ҳар замон кузатиб қоламан. Уёқда ўйнаётган ўзбеклар гол урганида ёки шунга ўхшаш вазиятларни парчаларини кўрганман. Ўйинларни ҳам бир икки марта 15-20 минут кўрганман. Мен бу ерда уларнинг чемпионати савияси ҳақида гапирмоқчи эмасман (савия жиҳатидан дунёдаги ўнталикка кирмаслиги аниқ).

россия чемпионатида стадион атрофида русларнинг Украинага босқини қўллаб-қувватловчи баннерлари жуда кўп, мухлислар ҳам, керак бўлса жамоаларнинг ўзлари ҳам очиқчасига СВО аталмиш босқинни қўллаб-қувватлаб акциялар уюштиришади. Бунга кўзингиз тушиши учун исталган марказий ўйинни кўриш етарли бўлади.

Энг қизиғи, ўзбекистонликларни пули орқали мавжуд бўлган МТРКнинг Спорт канали, ўзбекистонликларнинг пули эвазига шу чемпионат ўйинлари трансляциясини харид қилибди. Бу дегани, ҳали шу пайтгача россия-Украина уруши ёритилмаган МТРК каналларида энди очиқчасига фашизмни қўллаб-қувватловчи лозунглар ва баннерларни кўриб қолишингиз мумкин дегани.

Катта ҳарфли шармандагарчилик.

Nofalsafiy fikrlar (20+)

20 Nov, 12:05


Xalq juda katta kuch, u birlashsa juda katta toʻlqinga aylanib, yoʻlidan chiqqan, unga qarshi chiqqan kuchni bosib ketadi.

Ushbu ishni oqlayman. Xalqqa xizmat qiladigan har bir tashkilot, har bir shoxobcha mijozlarni hurmat qilishga, ularni istagini qonun doirasida bajarishga majbur. Bularni bajarmagan holatda esa jazo muqarrar. Bir necha yilda yildan beri bunday hodisalar juda koʻp boʻlmoqda, Inbazar voqeasi, undan oldingi bloggerlar, ana endi bu kabi kichik ishlar.

Sekinlik bilan boʻlsada xalq uygʻonmoqda.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

19 Nov, 13:59


Gʻalaba bilan barcha oʻzbek futboli muxlislarini tabriklayman, albatta bu safar Jahon chempionatiga chiqamiz.

Oʻyindan keyin aytadigan yagona gapim - kech boʻlmasidan Katanesga chiqish eshiklarini koʻrsatish kerak, yangi murabbiyda 2 oy vaqt boʻladi jamoani tushinib olish uchun. U bu jamoaga munosib emas!

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

18 Nov, 15:51


Kanalga reklama ulay deyapmanu, lekin haftaga bir marta oʻzi nimadir yozsam, faqat reklama bilan toʻlib ketsa, deb vijdonim qiynalyapti(

Nofalsafiy fikrlar (20+)

11 Nov, 09:50


Hamma narsadan kechib, tabiatga singib ketishni, u bilan hamnafas boʻlib yashashni, ushbu jonzotlarni rasmini olishni istaydi bu koʻngil.

Rasmda esa begʻubor jonzotlar bilan boʻlgan qiziqarli voqealar.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

07 Nov, 13:27


​​Bugun buyuk yozuvchi, 1957-yilgi Nobel sohibi, "Gʻarb vijdoni" deb atalmish Albert Kamyu tugʻilgan kun. Mayli, uning bir necha "jumlalarini" eslab oʻtamiz shu bahonada.

Hayotdagi eng muhim masala - odamlar orasida umrguzaronlikni qanday oʻtkazish.

Barcha buyuk ishlar va gʻoyalar muqaddimasi arzimasdir. Buyuk gʻoyalar koʻpincha chorrahada yoki restoranga kirishda tugʻiladi.

Sent-byo: "Men hamisha shunday faraz qilamanki, mabodo, inson zoti bir daqiqa yolgʻondan toʻxtab, ichidagini oshkor aytsa bormi, jamiyat shu zahoti titilib ketgan boʻlardi "

Dostoyevskiy, mazmunidan koʻra bu hayotning oʻziga koʻproq muhabbat qoʻyish kerak, deydi. Toʻgʻri, darhaqiqat, hayotga muhabbat soʻnganida uning mazmuni ham oʻz-oʻzidan oʻchib qoladi.

Bemaʼnilik insoniyat ongining toʻqnashuvi va dunyoning jimjitligi natijasida paydo boʻladi.

Inson - oʻzi qanday boʻlsa, shunday boʻlishni rad etadigan yagona mavjudotdir.

Bilmaganingni - boʻrttirasan.

Odam hech qachon butkul bebaxt boʻlmaydi.

Odamlarni yomon koʻrishdan koʻra yoqtirishga asoslar koʻproqdir.

Odamlar oʻzini qonunni hurmat qilayotganday qilib koʻrsatishadi, aslida ular faqat kuchga boʻysunadilar.

Aldash judayam zerikali.

Hammasi odatga bogʻliq.

Umidsizlikka odatlanish, umidsizlikning oʻzidan ham yomon.

Men sening kelishingni bilsam, qancha boʻlsa ham kutishga tayyorman.

Qoʻrqinchli sudni kutmang, u har kuni boʻladi.

Bizning tugʻilishimiz va oʻlishimiz bemanilikdir.

Nima qilsang ham baribir biror narsada gunohkor boʻlib chiqaverasan.

Doʻzax - unga tushishga sabot bilan intilganlar musharraf boʻlgan alohida iltifotdir.

Mendan baxtsizroq odamlar ham bor.

Oʻlimdan qochib qutula olmasliging ravshan: qachon va qanday oʻlishingni ne ahamiyati bor?

Yurakning xotirasi kuchli.

Odamda ona yagonaku!

Odamlar nega ichishadi? Shuning uchun boʻlsa kerakki, sharob butun tafakkurga jilo berib, jami vujudni junbushga keltiradi. Xulosa shul: qadah - nochorlik yoki norozilik alomati.

Yashashdan maqsad toʻgʻrisidagi savolni barcha savollar orasidan eng kechiktirib boʻlmaydigan deb hisoblayman.

Xudkushlik - bu oʻz taqdiri(meʼyorlari) bilan kelishish demakdir.

Sevilmaslik bu faqatgina omadsizlikdir. Baxtsizlik - sevmaslikdadir.

Odamlar orasida qanday yashash kerak? Hayotning ulugʻ savoli.

Oxir-oqibat, hamma narsaga koʻnikasan.

Oʻzligimizcha boʻlish uchun vaqtimiz yetishmaydi. Vaqtimiz faqat baxtli boʻlish uchun yetarli boʻladi.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

06 Nov, 06:57


@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

01 Nov, 11:29


Yolqin Toʻychiyev filmogarfiyasi haqida qisqacha (faqat rejjisyorlik)

@bobilkinoteatri

Nofalsafiy fikrlar (20+)

31 Oct, 11:02


Usmon Azim bilan boʻlgan podkastni koʻpchilik koʻrdi chamamda. Men bu insonni shunchaki yaxshi bir shoir sifatida bilaman, undam tashqari ishlariga unchalik qiziqib koʻrmaganman. Bu yerda esa uni mustaqillikdan oldin va mustaqillikni ilk yillaridagi "faoliyati" haqida gapirib oʻtilibdi, shu haqida ikki ogʻiz.

Gʻafur Gʻulom keysi bilan juda koʻpchilik tanish, u oʻz davrining "hurfikr" ijodkorlari ustidan yozib bergan deyishadi. Boʻlsa bordir. Lekin? Lekin nega bunday qilgan degan savol tugʻiladi, katta ehtimol oʻz jonini asrab qolish uchun. Buni juda koʻpchilik qilgan, ehtimol yoqtirmay, balki ushbu idealogiyaga ishongan holda oʻsha davr hukumatini qoʻllagan, xususan, Usmon Azimning oʻzi ham.

Uni Lenin haqidagi sheʼri bor, uni maqtab, koʻklarga koʻtargan, oʻsha davrni juda "ideal" qilib tasvirlangan. Umuman siz yillar davomida maktab darsliklarida oʻrganadigan koʻplab shoir va yozuvchilarning oʻz davri va hukumatini olqishlagan asarlari talaygina. Bu yomonmi? Yoʻq!

Keling faraz qilamiz, 50-60 yil oʻtdi. Bizda umuman hukumat, tizim, jamiyat - barchasi oʻzgardi. Endi hozirgi davr "yomon"ga chiqarildi, oʻzbek tarixidagi yigʻlab eslanadigan davr sifatida koʻrsatildi, shunda siz ham 90 foiz shu fikrlarga qoʻshilasiz, oʻzingiz yashagan boʻlsangizda, baribir ommaviy fikr ustun kelaveradi. Ana oʻsha paytda hozirgi ijodkorlarning davrni alqab chiqqanlarini, yoziqlarini oʻqib odamlar gʻalati boʻlib qolishi mumkin, xuddi hozir bizda boʻlganday. Men 1 yilcha oldin SSSRning yutuqlarini yozgandim(nomim rusparast deya muhokama ham qilingan, postni topa olmadim), doimi yomon deya aytiladigan jamiyatda ham yutuqlari boʻlishi mumkin ekanligini aytgandim. Lekin oʻshanda tugʻilmagan savol endi tugʻildi, aslida ham yomon edimi?

Balki, biz bilmaymiz endi. Lekin bir narsa aniq, har qanday yangi tuzum, oʻzidan oldingi tuzumni yomon deydi, keyin bu oʻsha tizimning yaxshiroq taʼsiriga sabab boʻladi. Men kapitalistman, kommunizmga butunlay qarshi odamman. Lekin mendan yarim asr oldingi davr haqida soʻrasangiz, oʻz davri uchun qulay, ammo biz uchun ehtimol yomon deyman.

Yana chalgʻib ketdim, oxirgi paytlarda nimadir haqida yozaman desam, nuqul chalgʻib ketyapman. Asosiy masalaga yana qaytsam - Usmon Azim oʻsha davrda oʻz paytini alqagani uchun aybdor emas, hech kim aybdor emas bunga. Lekin agarda avval alqab, yoʻq aslida atayin qilgandim deya bahonalar bilan oʻzini oqlashni boshlasa, bu umuman boshqa masalaga aylanadi.

P.s. Gʻafur Gʻulomni tinch qoʻying. Undan koʻra "Shum bola"ni oʻqing.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

31 Oct, 08:52


​​Introvertlar💡

Introvert - bu introversiya deb nomlanuvchi shaxsiyat tipidagi fazilatlarga ega bo'lgan shaxs, ya'ni ular tashqi tomondan sodir bo'layotgan narsalarga emas, balki o'zlarining ichki fikrlari va g'oyalariga e'tibor berishni qulayroq his qilishlarini anglatadi. Ular katta guruhlar yoki olomon bilan emas, balki bir yoki ikki kishi bilan vaqt o'tkazishni yaxshi ko'radilar.

Introvert so'zini eshitganingizda, uyatchan, kam gapiradigan va yolg'iz qolishni afzal ko'radigan odam haqida o'ylashingiz mumkin. Bu ba'zi introvertlar uchun to'g'ri bo'lishi mumkin bo'lsa-da, bu shaxs turiga nisbatan ko'proq narsa bor. Siz introvertmisiz yoki ekstrovertmisiz, barchasi sizning atrofingizdagi dunyoga qanday munosabatda bo'lishingizga bog'liq.

Olimlar introvert va ekstrovert odamlar oʻrtasidagi biologik farqlar haqida aniq xulosa bera olmaydi, ammo baʼzi omillar aniqlashda yordam beradi. Introvert odamlarda miya ishlashi oʻzgacha boʻladi, ularning miyasidagi eslab qolish, muammolarni hal qilishga javob beradigan qismi biroz yuqorida, buni oʻychanlikning sababi sifatida keltirishadi. Shuningdek dofamin qabul qilish ham shunaqa, ular dofaminni tez qabul qila olmaydi, natijada tushkunlikka tezda tushib qolishadi.

Introvertlar 4 ta guruhga boʻlinadi. Ijtimoiy introvertlar - omma qochadigan, yolgʻiz yashashni afzal koʻradigan tip. Oʻychan introvertlar - yoki xayolparastlar, reallikdan koʻra fikrlash va tasavvurni yoqtiradigan. Xavotirli introvertlar - bu uyatchan tip, har qanday holatdan ham uyaladigan, koʻp odamdan hayiqadigan. Cheklangan introvertlar - bu tip harakat qilishdan oldin o'ylashadi,ular injiqlik bilan qaror qabul qilishlari mumkin emas, odatda ular harakat qilish uchun ko'proq vaqt talab etadi.

Ko'pchilik introvertlarni uyatchan deb o'ylaydi, ammo bu ikkisi bir-biriga bog'liq emas. Introversiya - bu shaxsiyat turi, uyatchanlik esa hissiyotdir. Masalan uyatchan odamlar katta bazmlarga borishdan uyalishadi, introvertlar esa buni uyatdan emas, noqulayliklar yoki keraksiz deb hisoblagani uchun borishmaydi.

Introvertlik haqida har xil "miflar" bor ammo ularning barchasi ham toʻgʻri emas! Introvertlar do'stona emas deyishadi. Introvert bo'lish sizning qanchalik do'stona munosabatda bo'lishingizga ta'sir qilmaydi. Ba'zi odamlar introvertlarni do'stona emas deb o'ylashlari mumkin, chunki ular katta do'stlar guruhlariga ega emaslar va ular yig'ilishlarda suhbatlarga qo'shilishdan ko'ra jimgina vaziyat haqida o'ylashlari mumkin. Introvertlar bilan tanishish qiyin. Ular faqat bir hovuch odamlar bilan chuqur do'stlik qilishni afzal ko'radi. Ular mayda-chuyda gaplashmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun ochiq bo'lmasligi mumkin, lekin ular bilan yaqin bo'lgan odamlar ularni juda yaxshi bilishadi, ular oʻz auditoriyasi uchun ancha ochiq.

Introvertlik bu kasallik emas, shaxsning tipologiyasi. Agarda siz introvert boʻlsangiz, buning hech qanday yomon joyi yoʻq, shunchaki sizning tabiatingiz shunday va ekstrovert boʻlishga harakat qilish ham kerak emas, chunki oʻzlikni oʻzgartirib boʻlmaydi.

Manba

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

30 Oct, 07:37


Izoh🔥

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

28 Oct, 18:31


Elmurod Haqnazarov konsertida aytgandi, bitta tanishim bor, green card yutib Amerikaga ketganiga 5 yil boʻldi, 5 yildan beri uydagilari pul joʻnatib turadi, deb.

Green cardga topshirganlar bormi, nimalarni kutyapsiz pushti koʻzoynak orqasida turib)

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

26 Oct, 11:17


Darvoqe, mana bu video ruslarni 6 yil oldin chiqqan ushbu videosidan oʻgʻirlangan ekan. Ular videoni oʻzbekcha qilishmoqchi boʻlishgan, ahvolni esa koʻrib turibsiz.

Shu yerda savollar paydo boʻla boshlaydi, nega doim ogʻirlashadi? Orginal gʻoya chiqishi, juda kamayib ketyapti. Toʻgʻri, hozir butun dunyoda gʻoyaviy tansiqlik boshlangan, bizda esa bu boshlanmadi, azaldan shunaqa, yana ilhomlandik deb qoʻyadi bir-ikki "shovvozlar", ilhomlanish shu boʻlsa, oʻgʻirlash qanday boʻlarkan, heh.

Yana bir savol, nega bular oʻzbek deganda shunaqa boshida doʻppisi bor, ogʻzi shaloq, qaysidir chekka qishloqda yashaydigan laqmani tushunishadi? Hech narsani fahmiga bormaydigan, bilimsiz omini koʻrsatib, tirjayib turib, mana shu oʻzbek deyishadi. Bir mashhur oʻzbek rejjisyoridan qolgan uslubmi bu? Yoki rostdan ham hammani xayoliga oʻzbek deganda shunaqa odamlar keladimi?

Kechadan beri yozishayapti, tirnoqni tagidan kir qidirasan, u-bu deb. Birinchidan, yana qaytaraman, ushbu video bilan xalqni ustidan kulishyapti, senlar saviyasiz sanlar, shunaqa qilib aytmasa, baloniyam tushunmaysan deyapti, ushbu vaynerlar. Ikkinchidan bunaqa turdagi videoni oldirish, hamda buni rasmiy akkaunt orqali targʻibot qilish, ikki karra haqoratli.

Ertaga saylov, unutmang.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

26 Oct, 06:17


Oxirgi kunlarda shunchaki oʻzim uchun chiqargan baʼzi xulosalarim:

Bu yilgi saylov eng koʻp harakat qilinayotgan, lekin negadir eng kam istalayotgan voqea.

Avvallari koʻchada tanishini koʻrib qolib, bir-birini eshitmay "yaxshimisan, ishlar yaxshimi, bla bla bla" deb soʻrashadigan odamlarni koʻrsam gʻashim kelardi, hozir oʻzim shunaqa odamga aylanib qoldim.

Ajdarni oʻldirgan jangchi oʻzi ajdarga aylanishi haqidagi xitoy ertagi bor. Yuqoridagi gap ham xuddi shuni biri. Bir kun kelib baribir sen, oʻzing qoʻrqqan narsaga aylanasan.

Toshkentda chiqindi qutilari nihoyatda kam. Bunchalik aholi koʻp va zich yashaydigan shaharda bu juda zarur, odamlar juda koʻp holatda qoʻlidagi axlatni koʻchaga tashlab ketadi, juda koʻp koʻchalar iflos boʻlib yotibdi. Toʻgʻri, bu odamlarni oʻzi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin, ammo axlat qutilari koʻproq boʻlsa bundaylar soni ancha kamayadi.

Bizda navbatda turish madaniyati juda rasvo. Deyarli barcha navbat vujudga keladigan joylardagi tartibsizlikni koʻrib, bular odam emas deysan kishi.

Sevgiga erishish juda oson, ammo uni saqlab qolish juda mushkul vazifa. Buni uddalayapsanmi, yorugʻ kunlar oldinda demak.

"Fight club" aslida hamma narsani kuch bilan hal qilishni qoralab chiqqan asar. Ammo baʼzi ahmoqlar buni toʻgʻridan-toʻgʻri tushinib qolishgan. Filmlar qoldiradigan izlar bazan dahshatli boʻlishi mumkin.

Sen menga qaysi paytda uygʻonishingni ayt, men senga kimliging va kelajaging haqida spoyler qilaman.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

25 Oct, 14:09


Saylov haqidagi reklama roligi ekan. Storyga qoʻyishibdi, menimcha odamlarni saylovga daʼvat qilishmoqchi boʻlgan. Lekin...

Lekin nega bunaqa oʻta norasmiy uslubda? Saylovga mediani aralashtirish - normal. Amerikadagi saylovlarda nomzodlardan koʻra koʻproq media vakillari chiqishlari kuzatilmoqda, bir tomondan Elon Musk, bir tomondan Taylor Swift yana boshqa tomondan Eminem. Lekin birortasi mana bunaqa krinj video bilan chiqmadi, shunchaki chiqib, nega u odamni qoʻllab quvvatlashini aytmoqda xolos.

Saylov uchun rolik tayyorlash - bu oʻta normal. Ushbu rolik ham aniq buyurtmaga qilingan. Eng alam qiladigan joyi, biror yaxshiroq, rasmiyroq bloger topishmagani, bu bilan ular butun xalqni ustida kulishyapti, odamlarni saviyasi shunchalik past deb oʻylashyapti.

Saylov bu muhim jarayon, koʻpchilik hali ham buni toʻliq anglab yetmadi. Bu saylov mamlakatning keyingi besh yillikdagi taqdirini hal qiladi. Jiddiy qarash kerak.

Video: https://www.instagram.com/reel/DBge3wotbs0/?igsh=YThwMjRuaDVmemJ1

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

23 Oct, 06:40


27-oktaybr - parlament deputatlari saylovi kuni!

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

21 Oct, 04:19


21-oktyabr - Oʻzbek tiliga davlat tili berilgan kun!

Ssenariy muallifi va rejjisyor: Shoxrux Norqulov

@bobilkinoteatri

Nofalsafiy fikrlar (20+)

15 Oct, 16:23


Nima qilamiz endi bu kanalni?

Nofalsafiy fikrlar (20+)

13 Oct, 18:50


Brbalo’chi akalarni xalq orasida mashhur bo’lib ketgan hazilomuz klipi uchun qamashibdi.

Videolar Youtube’da o’chirilgan.

Bir tiyinga qimmat kanallarning birida ularning klipini “bachchavozlikning targ’ibi” deb yozishibdi.

Tasavvurlari biram boyki, yo’q narsaniyam ko’rolishadi! Erkak kishi ayolni rolini o’ynagan joylari ko’pku. Masalan, Valijon Shamshiyevning bir necha rollari bor. Hech kim ularni bachchavozlikni targ’ib qilishda ayblamasdiku?!

Qonunga qarshi emasmiz. Mayli aybi bo’lsa e’tirozimiz yo’q. Lekin ozgina izoh berishsa yaxshi bo’lardi. Nega qamashdi, uzr so’ratishmadi doimgidek? Nega jarima emas?

Har qalay shu bahonada ijodkorlar erkinlikning chegarasini bilvolishardida))

@plossla

Nofalsafiy fikrlar (20+)

13 Oct, 16:43


​​#film_tavsiya

Substance 2024(modda)


Bir yilcha oldin ham oldimdan doim ozdiradigan dori reklamasi chiqardi. Artofimdagi tanishlarimdan ko'pi olib ichgan, kimdir foydasini bilgan, kimdir yo'q. Yana shuni orqasidan zarar ko'rganlar haqida ko'p o'qiganman. Eng dahshatlisi shu dori oqibatida vafot etganlar ham yo'q emas. Bu dorilarni ichishdan maqsad esa-go'zal bo'lish. Go'zallikka qo'yilgan talablarga erishish esa qurbonlik talab qiladi.

Yakshanba uchun tanlagan filmim ham aynan shu mavzuda. Substance ya'ni modda deb nomlangan ushbu film mening sevimli janrim, horror uslubida, to'g'rirog'i body-horror. Ko'pchilik bu janrni foydasiz deb biladi va shunaqa o'ylaydigan insonlarni fikrini o'zgartirib yuboradigan kino. Ko'pchilik ayollarning og'riqli nuqtasi bo'lgan ovqatlanish(parhez)ni haqiqatanam qo'rqinchli holatga aylantirolgan film. O'zidan qoniqmay, tashqi ko'rinishidan doim norozi yuradigan va shuni oqibatida o'zini ancha ezib qo'yadigan qizlar(ayollar) haqidagi qissa.

Voqealar haqida aytmoqchi emasman. Shunchaki hech qanday spoylerlarsiz ko'rish kerak bo'lgan film. Faqat bir sahnasi meni qattiq ta'sirlantirdi. Bosh qahramon Elizabeth Sparklin oynaga qarab o'z go'zalligini ko'ra olmaydi. Bo'yanadi, kiyinishiga qandaydir qo'shimchalar qiladi va baribir o'zidagi go'zallikdan ko'ra keksalik alomatlari va kamchiliklarini ko'radi. Lab bo'yog'ini to'qroq rang qiladi va yana o'ziga tikilib, barcha bo'yoqlarini tajovuzkorlik bilan o'chiradi. Hech bo'lmasa bir marta har ayol boshidan kechiradigan holat. Aktrisa esa bu holatni judayam ta'sirli qilib o'ynagan. Xuddi shu paytida ich-ichimdan achinish hissi chiqdi, xuddi shu holga tushgan har bir ayolga.


Film nima demoqchi, hech bir ayol mukammal bo'lishga, go'zal bo'lishga majbur emas. Bu yo'lda o'zingizni qiynamang, hayotingizni xavf ostiga qo'ymang, o'zingizda boridan zavqlaning, shundog'am go'zalsiz. Va atmofingizdagilarga semirib ketgani, yuzidagi dog'lari, tirishlari haqida gapirmang, bu bilan ozib qolmaydi, yoki dog'lari yo'qolib qolmaydi, lekin o'ziga nisbatan ishonchi tushadi, qoniqmasligi kuchayadi xolos...


@oyjamol_books

Nofalsafiy fikrlar (20+)

11 Oct, 09:00


Инфографика: турли тадқиқотларга кўра, 1930-2024 йилларда одамлар қандай қилиб турмуш ўртоғини топишгани ҳақида

@themantiq

Nofalsafiy fikrlar (20+)

06 Oct, 13:30


Oʻzbekistonda saylovga odamlarni jalb qilish qiyin, ularning koʻpchiligi ovoz berishga kelishni ham istamaydi.

Qozogʻistondagi dinozavrlar:

@nofalsaafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

05 Oct, 18:28


Qiziq. Juda qiziq. Barchasini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman, ekan. Chunki ayni paytda nishonlanayotgan vaqtlaridan koʻra ushbu sanalar har qanday mezonlar boʻyicha ham toʻgʻri keladi.

Xoʻsh?

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

01 Oct, 07:43


Bugun oʻqituvchi va murabbiylar kuni, avvalambor bu kasb egalari boʻlgan barchani tabriklab qoʻyaman. Bugun oʻtirib oʻyladim (negadir biror mavzu topilsa, hamma ishimni qoʻyib, faqat oʻylayman, overthinking balosi), oʻqituvchini, ayniqsa birinchi oʻqituvchini inson hayotida oʻrni qanchalik katta?

Meni maktabdagi ilk oʻqituvchim bor albatta, ammo hayotimda ilk oʻqituvchi u kishi emas, ayam boʻlgan ekanlar. 3-4 yoshlarimda, nimanidir soʻrasam, nimadirga qiziqsam, erinmasdan tushuntirib berganlar. Manga aytardila, sani oʻzing oʻqishni oʻrgangansan, ob-havodagi yozuvlarni koʻrib, bu nima, bu qanday oʻqiladi deb soʻrading, deydila. Ha oʻzim oʻrgangandirman, lekin sizni yordamiz bilan, shu joyda erinmasdan, barchasini tushuntirib berganiz uchun oʻrgana olganman.

Maktabga chiqqanimda, men uchun boshlangʻichdagi yillar zerikarli boʻlgan, chunki bu narsalarni 5-6 yoshimdayoq oʻrganib boʻlgandim, boshqalar matematik amallar nimaligini oʻrganayotganda, man murakkab hisob-kitoblarniyam bilardim. Bularni yana bir oʻqituvchim - dadam oʻrgatganlar. Hech qanday tushuntirishlar boʻlmagan, shunchaki bu misollarni bajarsam, dadamdan ragʻbat olardim, 5 yoshimda karra jadvalini 1 soatda yodlab aytib berganman, evaziga mehmonga borishga ruxsat olganman. Umuman bu usulni eng toʻgʻrisi deb bilaman, ayniqsa 5-6 yoshli bolalar uchun, bu kelgusidagi ishlari uchun ham yordam beradi.

Ular keyinchalik ham menga juda katta yordam berishdi - aralashishmadi, qarorlarimni hurmat qilishdi. Chunki ular ishonishardi, oʻz "maktab"laridan chiqqan oʻquvchi, albatta nimadirga erisha oladi. Bugun men aynan shu ikki oʻqituvchim - ota-onamni tabriklayman.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

30 Sep, 14:01


Dunyoviy tashvishlardan chalg'ib, haqiqiy qayg'uni yoki xursandchilikni his qilishni istaganlar uchun maxsus kanallar:

https://t.me/addlist/WtrhN77L4WhmY2Zk

Nofalsafiy fikrlar (20+)

29 Sep, 13:21


Ijtimoiy tarmoqlar bizga bitta narsani tushuntirib qoʻydi - biz hammamiz bir xil odamlarmiz.

Instagramga kirasiz, qaysidir videoni koʻrib kuldiz va unga sizdan boshqa 3 million odam kulgan, siz bu hazilni tushundiz, xuddi ular kabi, bu sizga kulguli, xuddi ular kabi. Qaysidir bizdan nechadir million kilometr uzoqlikdagi bir odam, bolalikdagi odatlar(ruchkani tishlash, joʻkrrakdagi suv bilan oʻynash kabi) ni video qilib qoʻydi, shunda siz ham nimadir his qilasiz, chunki bu narsalar sizdayam boʻlgan.

Qaysidir ijtimoiy tarmoqdagi video izohlarini oʻqiysiz, juda koʻp narsa xuddi siz yozmoqchi, siz aytmoqchi boʻlgan gaplar, koʻpincha shunga layk bosib ketasiz, chunki bu narsa sizni ham xayolingizga kelgan. Fikrlash, dunyoqarash, mentalitet kabilar 2 inson oʻrtasida keskin farq qilishi mumkin, lekin ikkingiz ham buni his qila oldingiz. Chunki ikkingiz ham bir xil odamsiz.

Har bir shaxs - alohida individ. Ammo ularni farqli jihatlaridan koʻra oʻxshash jihatlari koʻproqdek, nazarimda. Va bu yaxshi deb oʻylayman, millatlararo toʻsiqlar ayni shunday lahzada chekkaga chiqib turadi.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

28 Sep, 10:21


1945-yildan beri san'at maktablari imtihon topshirgan hammani oʻqishga qabul qilib, hech kimga rad javobi bermayapti ekan)

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

28 Sep, 09:27


Menimcha eng yaxshi hafta kuni - bu shanba. Chunki kun boʻyi, bugun nima qilsam ekan-a, deb oʻylab hech narsa qilmay yotishing mumkin. Bunga siqilmaysan, chunki senda oʻylash uchun hali yana bir kun bor)

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

27 Sep, 09:01


Oʻzbekistonda ayollar huquqlarini kengaytirish kerak, konstitutsiyaviy huquqlarini mustahkamlash kerak, oiladagi tenglik, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni saqlash lozim.

Meanwhile in Uzbekistan:

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

27 Sep, 03:10


Rus tili oʻqituvchisi bilan boʻlgan voqeani koʻpchilik eshitdi, nazarimda. Qisqacha shu haqida.

Voqea. Toshkentdagi bir maktabda, oʻquvchi oʻqituvchidan rus tili darsini rus tilida oʻtishni talab qilgan (har xolda rasmiy manbalarda shunday), lekin bu oʻqituvchiga yoqmay, bolani kaltaklagan. Maktab kameralariga tushib qolgan video internetda tarqalib ketgan. Bunga esa rus mansabdorlori millatchilik deb nom berib qoʻyishgan. Tashqi ishlar vazirligidagi bir "kenayi" aytishicha, bu narsaga davlat aralashishi va shunga oʻxshagan (bla, bla, bla) qilishi kerak ekan.

Toʻgʻri. Oʻqituvchiga nisbatan chora koʻrilsin (maksimal xayfsan), bola toʻgʻri talabni qoʻygan, rus tili darslarini rus tilida oʻtishni soʻrashga haqqi bor albatta. Undan tashqari oʻqituvchini bolaga qoʻl koʻtarishga haqqi yoʻq (ombudsman allaqachon aralashgan, adashmasam).

Xato. Ruslarni bunga burun suqishi. Bu faqat Oʻzbekiston ichidagi masala, har bir rus soʻzi bilan aloqador narsani rusafoblik deydiganlar koʻp u tomonlarda, maksimal shularni fikrlarini yaqinlashtirmaslik kerak, ular bizga "katta aka" emasligini tushuntirib qoʻyish kerak (davlat qilmasa, xalq qilishi kerak buni). Bir suveren davlatning ichki ishlariga boshqasi bi tarzda, yana doimiy aralashishi yaxshilikdan dalolat bermaydi.

Undan tashqari, ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan odamga ham chora koʻrilishi kerak. Albatta bu notoʻgʻri holat, ammo uni pr uchun tarqatish oqlanmaydi, bu xuddi davlat sirini sotishday gap, aslida.

Keyingi masala. Rus tili darslari oʻzi kerakmi? Maktabda haftada 3 marta oʻtiladi(adashmasam, yoki 2 marta boʻlgandir hozir), bu judayam koʻp emasmi? Rus tili umuman Rossiyadan boshqa yana qayerda bizga kerak boʻladi? Bu til orqali davlat intelektual insonlarni emas, potensial ishchilarni ishlab chiqarmayaptimi? Undan koʻra, ingliz tiliga asosiy fokus qaratgan maʼqul emasmi, butun dunyoda 1,35 mlrd odam ayni shu tilda gaplashadi va bu yildan-yilga koʻpaymoqda (Oʻzbekistonda ham). Taqqoslash uchun, 258 mln odam rus tilida gaplashadi (ularning juda katta foizi faqat Rossiyaga toʻgʻri keladi). Til oʻrganish yomon emas, ammo barcha uchun majburiy til tanlanayotganda, oʻtmishni biroz unutib, kelajakka qarab yurish maʼqulroq. Yana oz qoldi deb oʻylayman, baribir rus tili siqib chiqariladi mintaqadan, hozirgi oʻsib kelayotgan bizning avlod vakillari orasida bu tilga boʻlgan qiziqishi teskarisi qarab ketmoqda. Yana bilmadim.

@nofalsafiy

Nofalsafiy fikrlar (20+)

25 Sep, 13:02


Darvoqe, izohlar qismini olib tashladim. Oʻylab oʻylab javob topdim, odamlarni qanday reaksiya bildiradi, deb qoʻrqib hech narsa yoza olmay qolibman ekan. Qani endi oʻzim bilan oʻzim boʻlib yozib koʻray-chi, qanday boʻlarkan.

Fikrlarni izohlarda qoldiring..

Nofalsafiy fikrlar (20+)

25 Sep, 12:58


Oʻylab qolamanda, nega shuncha odam yoʻllarda oʻlib ketsayam, odamlarni ongi oʻzgarmayapti, balki avvalgidan ham koʻproq qoiz buzishlar yuz bermoqda. Balki bu aks-ta'sir berayotgandir bu.

2-3 kun oldin maktab bolasini urib ketib, mashinamga oʻlikni ortmayman degan odamni eshitgan boʻlsanglar kerak. Manimcha bu odam hayoti qanchalik qadrsiz ekanligini juda katta isboti. Nega u olmasa ham, boshqalar olmagani ham qiziq men uchun. Odam shunaqa paytda oʻylamasmikan, kimnidir farzandi, singlisi, opasi nevarasi shu deb, mendayam bor deb. Yoki mashina odamdan ustun boʻlib ulgurdimi(bu ritorik savol edi).

Yuqoridagi, aks-ta'sir haqida. "Fight club" nima haqida deb oʻylaysiz? Aniq bilmadim, lekin aniq hamma narsani "erkakcha" - mushtlashish orqali hal qilish deb oʻylaydiganlar bor, aslida film(asar) buni qoralab chiqqan, bu tizim eng yomon ekanligini aytgan. Ammo teskari tomondan tasir qilib, hozir ham sal narsaga, "urishasanmi" deydigan neandertellar mavjud. Ayni shunday, tinimsiz yoʻldagi oʻlimlar, halokatlar haqida gapiraverib, odamlarni meʼdasi qotib ketmadimikan.

Lekin nima boʻlgandayam, odam hayoti hammasidan ustun boʻlishi kerak. Hamma odam piyoda yursin, jamoat transportida yursin, 1 soatlik yoʻlni 1 oyda bosib oʻtsin, umr yoʻlda oʻtsin, lekin odam tirik qolsin. Oʻzbekistonda eng koʻp oʻlim, top 3(adashmasam) yoʻlda avtohalokat tufayli, shuni oldi olinsin, boshqa har qanday narsa ikkinchi darajali.

Deb oʻylayman endi, balki manam bitta uloqchani ovolsam, rulchaga oʻtirvosam, oʻtib ketayotgan odamlarga qarab, hammasiga shu aybdor deb tursam kerak. Lekin hozir biladiganim, bu notoʻgʻri.

@nofalsafiy