Yevropa sarguzashtlari @yevropa_sarguzashtlari Channel on Telegram

Yevropa sarguzashtlari

@yevropa_sarguzashtlari


Sayohat
Yevropadagi o'zbek talaba hayoti:
2019-2021: Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management
2021-2023: MA Economics in Vienna
Data analyst

Bog'lanish: @YS_muloqot_bot

Yevropa sarguzashtlari (Uzbek)

Yevropa sarguzashtlari kanali, Yevropadagi o'zbek talabalar hayotini o'z ichiga olgan Telegram kanalidir. Kanalda 2019-2021 yillarida Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management bo'ylab o'qigan va 2021-2023 yillarida MA Ekonomika ni Vienna da o'qiyotgan o'zbek talabalar haqida malumotlar, sayohat dasturlari, ko'ngil ochar savollar va yordam, ma'lumotlar va boshqalar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanal ayni paytda data analizatori mavqelarini ham ko'rsatib, talabalarga ma'lumot beradi. Agar siz ham Yevropada o'qish va yashash haqida xabarlar, tajribalar va fikrlar almashmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va yangi sayohatlar uchun navbatdagi qadamni qo'ying! Bog'lanish uchun: @YS_muloqot_bot

Yevropa sarguzashtlari

08 Jan, 12:09


Va nihoyat bir paytlar olingan uyimiz bitdi😍 Ijara qidirayotganlar bo'lsa, botga yozinglar (@YS_muloqot_bot). Working individuallar uchun ideal uy qilingan.
Joy kichikligini hisobga olsa, 1 yoki maksimum 2 kishi turishi mumkin.

Kvartira maydoni: 25,92 kv metr. 2-qavatda. Rejasi suratda.
Jihozlar: shkaflar (zal, oshxona, dahliz), stol va stul (oshxonada), gilam, parda.
Texnika: kir mashina, muzlatgich
Manzil: Olmos metro bekati (4-bekat) yonida. Golden House Assalom Havo 2 kompleksida. Atrofda bozorcha, supermarketlar va boshqalar bor.
Ijara narxi: $300

1-fevraldan kirib yashash mumkin. Hali hech kim turmagan yap-yangi uy😌

P.S. Hali yana rasmlarini qo'yib maqtanaman😆

Yevropa sarguzashtlari

07 Jan, 20:20


#mindset

Bo'lajak erim oyiga falon ming dollar topishi kerak, deyishayotganmish qizlar. Yigitlar esa bir paytlar olib bergan lavashini pulini qaytarishni so'rayotganmish. Ikkisi ham O'zbekistonda.

Rosa bir-biriga mos ikki tomon ham. Bittasi erkakni faqat hamyon sifatida ko'radi, boshqasi esa ayolni mol sifatida. Men bilan payting "boqaman", boshqaga ketsang "yemga qilgan xarajatimni qaytar" - "Manga faqat lyuks yem va lyuks og'ilxona olib beroladigani kerak"🤦‍♀

Qanoatli, munisa o'zbek ayoli-yu, tanti, mard o'zbek erkaklari qirilib bitayotganidan darakmi bu? O'g'limni o'ylab siqilishni boshlayveraymikan?

Yevropa sarguzashtlari

07 Jan, 19:04


#life

Monstrchaga faqat sovg'a olishnimas, boshqalarga ham berishni o'rgatyapmiz. Mening tug'ilgan kunimga bir quti shokolad sovg'a qilgandi. Bugun dadasiga 2 juft jun paypoq sovg'a qildi😆
Muhimi chiroyli va tantanavor taqdim etish.

Yevropa sarguzashtlari

07 Jan, 15:17


#life

Westminsterda birga o'qigan kursdoshim bir necha yil avval ko'krak saratoniga chalingandi. O'shanda kerakli muolajalarni olib, tuzalgandek bo'ldi. Yaqinda yana metastaza boshlanib, saraton 4-bosqichiga chiqibdi.

O'zi o'tgan yili turmush qurgandi. Davlat tashkilotida ancha yuqori lavozimlarga ko'tarilib, xorij safarlariga chiqib, karyerasi zo'r ketayotgandi...Rosa quvnoq, mehribon qiz edi. 4-bosqich saratonni deyarli davolab bo'lmaskan, qimmat-qimmat muolajalar qilib tursa 4-5 yil yashash mumkin.

30-32 yoshlilar shunaqa bevaqt ketyapti. So, live your life to the fullest, guys.

Yevropa sarguzashtlari

03 Jan, 19:49


#mindset

Arablar nega kitob o'qimaydi? mavzusida qiziq video ko'rib qoldim. Bugun monstrcha ko'p kitob haqida gapirganigami, YouTube shu videoni tavsiya qildi o'z-o'zidan.

Videodagi fikrlarning qisqacha mazmuni:

- o'zi arablarda oldin ham kitob o'qish odati bo'lmagan, asosan, og'zaki ijod ommabop bo'lgan. Sababi, aksariyat xalq savodsiz bo'lgan.

- Xalqning savodxonligi oshgandan keyin badiiy adabiyot rivojlana boshlagan, lekin baribir o'qish ommalashib ketmagan.

- O'rtacha olganda, arablar yiliga 6 daqiqa kitob o'qiydi. Ha, BIR YILDA 6 daqiqa. (
bu statistikani qayerdan olganini bilmayman)

Qur'on o'qish, yangiliklar, gazeta-jurnallar o'qishni qo'shib hisoblasa, bu raqam sal oshadi, lekin baribir boshqa davlatlarga qaraganda nihoyatda kam.

- Bolalar ota-onasi kitob o'qiganini ko'rmay o'sadi. Hech kim ularni kitobga qiziqtirmaydi. Maktabdagi adabiyot darsi esa og'zaki nutqdan katta farq qiladigan klassik arab tilidagi matnlarni o'rganishdan iborat. Adabiy tilning murakkabligi bois bolalar mutolaaga mehr qo'yishi qiyinlashadi.


- Talab kamligi tufayli nashriyotlar, kitob chiqarish sohasi rivojlanmagan.

Men uchun qiziq yangilik bo'ldi. Nega yonginasidagi tili, madaniyati o'xshash yahudiylar kitobga mukkasidan ketgan, yiliga minglab kitob yozishadi-yu, arab xalqlari esa kitoblar va yozuvchilikdan yiroq?

Yevropa sarguzashtlari

01 Jan, 19:31


#languages

Mayli, oldimdan chiqqan payti yozib ketay. Oʻzbekcha iboralarning nemischasini koʻrish ham qiziq, chunki qaysi biri maʼno jihatdan toʻgʻriroq shakllangani haqida oʻylash mumkin😃

Yelkamdan togʻ quladi/agʻdarildi

nemischada "Yuragimdan tosh quladi/tushdi" deyishadi:

Mir ist ein Stein vom Herzen gefallen.

Mantiqan qaralsa, yurakdan tosh tushmaydi-ku, buyragimdan tosh tushdi desa ham tushunsa boʻlardi😆
Shu bois bu holatda oʻzbekcha ibora zukkoroq oʻylangan, chunki farazan yelkani togʻ bosishi mumkin.

Yevropa sarguzashtlari

01 Jan, 15:33


#languages

Turli tillardagi idiomalar va iboralarga juda qiziqaman. Nemis tilidagi idiomalar ayniqsa zukkolik bilan oʻylab topilgandek tuyuladi. Mana bittasi:

O'ziga boshqaning patlari bilan zeb bermoq (sich mit fremden Federn schmücken)

Boshqaning mehnatini o'ziniki qilib ko'rsatadigan va ishni qoyillatgani bilan maqtanadigan odamlarga nisbatan ishlatiladi.

Masalan, Kamzuldagi postlarimni nuqta-verguligacha o'g'irlab, kuzatuvchilariga "Reaksiya bilidirib, motivatsiya berib tursanglar, yanada foydaliroq postlar yozamiz (ko'p-ko'p o'g'irlaymiz)" degan kattagina kanal egalariga shunday deyishim mumkin edi:

- Birovning patlari bilan bezanmasang-chi, vey!

Yevropa sarguzashtlari

31 Dec, 18:22


#Austria

Yangi yilni kutish yana mo'jizaviy voqeaga aylanganda☺️

Ikki erkak bilan yashashning oqibati: kun bo'yi manti qilasan, tort "pishirgisi" keladi, yarim yo'lga yetmasdan "endi o'zing pishir, mommy, men charchadim". Osonroq ovqat tomoqdan o'tmasa kerak:

- Mommy, bilasanmi mini sivimli ovkatim nima?

- Nima ekan?

- Manti! Daddyniki ham manti. Both of us like manti! Manti pish! Pishasanmi, mommy? Ikkitamiz yashshi ko'lamiz!

Stolni ota-bola bezagan. Ijod qilib🙈

2025 yozishga shokoladchalarimiz yetmadi😆 Shifrlashga to'g'ri keldi.

Yevropa sarguzashtlari

30 Dec, 12:32


#Austria

Qirg'izcha osh, ketchupli manti

Rus tilida gapiradigan tanish qizlar yig'ilgandik o'tgan hafta. Qirg'izistonlik qiz osh qilibdi. Tuvalik qiz manti qilgan. Ayam tatib ko'rsa, ikkala ovqatni ham "molga berishga qildingmi, nima balo?" derdi🥲

Yana tuvalik qiz oshni maqtab qo'yadi:

- Aynura palovni zo'r qiladi, super mazali, undan zo'r qiladiganini ko'rmaganman.

Osh suzildi. Oppoq, guruchi sal kam shavlanikidek ezilgan osh. Xo'rsinib qo'ydim "super osh"dan. Ruslar so'radi:

- Gulsanam, o'zbekcha osh bilan qirg'izcha oshni nima farqi bor?

Hayratdan tiqilib qolay dedim.

- Qirg'izlarni oshi yo'q. Tojiklarda bor, o'zbeklarda bor. Qirg'iz va qozoqda yo'q. Bu xuddi o'zbeklarni beshbarmog'i degandek gap.

Keyin manti suzishdi. 2 cm qalin qilib yoyilgan xamir ichiga qup-quruq qiyma solgan😭 Manti demanglar buni, degim keldi. Mantiga haqorat-da, deb o'ylab tursam, bir payt butun davra bir-biriga ketchup bilan mayonez uzatyapti!!!

Mantini ketchup-mayonez bilan yeyisharkan madaniyatsizlar😭 Yuragim og'rib ketdi. Odamlar buni yogurt (suzma), smetana, kefir, sarimsoq-pomidorli sous bilan yeydi, dedim.

- А мы всегда манты с кетчупом едим, - deyishdi🤦‍♀

Yevropa sarguzashtlari

29 Dec, 13:55


#child_development

- Mommy, hozir singa kanday eltak o'kib belishing kelakligini ko'lsataman.
- Mayli, san o'qib berasan, man eshitib uxlab qolaman.
- Yok, uxlama. Yaxsilab esit, keyin sunday o'kib belasan!

Kadim-kadim zamonda, uzok-uzok tomonda...

Yevropa sarguzashtlari

29 Dec, 12:30


#baby_language

Monstrcha kecha dinozavrlar ko'rgazmasiga borib keldi. Bitta chipta 360 ming atrofida🥲 5 soatcha o'sha yerda o'ynagan. Kelganda so'radim:

- Kayfushamisan, Komil?
- Kayfusha nima?
- Har kuni mazza qilib yashaydigan odam. Mazza qildingmi?
- Oh yeaaah😎 Kayfushachaman!

Bugun tushki uyqudan oldin yana biror nima yegisi kelib qoldi. Nonga shokolad surtib berganimni yeb olgach:

- Oo, kayfushamaaan☺️ Patir yedim, chocobrot yedim, mevalar yedim...Kayfushacha, hihihi.

P.S. Siz ham kayfushamisiz? Yashash mazzami?

Yevropa sarguzashtlari

27 Dec, 14:00


#Austria

Ikki haftalik ta'tilning bir haftaginasi tugadi. Yana bir hafta nima qilishni, qayerlarga borish mumkinligini o'ylash kerak🥲 Bugun 3 soatimiz kitob do'konida o'tdi, masalan. O'ziyam hamma bolalar kitoblarini varaqlab chiqdik.

Rasmda Donauzentrum savdo markazidagi bolalar maydonchalaridan biridagi monstrcha. Hamma multfilm ko'rsa, u "o'o'o', matematikal kilaman".

Yevropa sarguzashtlari

26 Dec, 12:00


#Austria

Avstriyaga kelganiga 1 yil bo'lgan rossiyalik tanishimizning o'g'li shu yil maktabga chiqibdi. Nemischani bilmagani uchun 1-sinfga qabul qilishibdi. O'zi 2-sinfga borishi kerak ekan.

Sinfida 18 boladan 12 nafari arab ekan, 2 nafari ukrain. Bola uyga qaytib:

- Men arabchani o'rganaman, - debdi😆

- Avval nemis tilini o'rgan, keyin o'rtoqlaringni o'zi o'rgatib tashlaydi, - debdi onasi.

Sinfdagilarning hech biri nemischa bilmasa, u bola yaqin orada nemischadan ko'ra arabchada gapira boshlashi tayin. Boshqa tomondan esa, agar Avstriya ham Rossiyadek yo'l tutganda, nemis tilidan imtihon olishi va bolakayni umuman maktabga qabul qilmasligi kerak bo'lardi.

O'zlarining farzandlari xorijdagi bolalarni "til bilmasdan ortga tortsa, qoloqlik qilsa" mayli, a? Lekin Rossiyada o'rta osiyolik bolalar ruscha gapirmasa dodlaydi. Maktabga qabul qilmaslik to'g'risida qonun chiqaradi.

Yevropa sarguzashtlari

23 Dec, 19:35


#child_development

Monstrcha 4 yosh 2 oylik. Matematik misollar ishlashni o'rganyapmiz. Ayirishni o'ziga yoqmagan ovqatdan yana necha qoshiq yeyishi kerakligini hisoblashda yaxshi bajaradi. Qo'shishni esa vitaminli ayiqchalar yoki boshqa kichkina mazali narsalarni olayotganda qoyillatadi: "Iye, nega 3 ta berasan? Yana 1 ta berishing kerak. Shunda 4 bo'ladi. 4 yoshman-ku chunki!"

Lekin misol ko'rinishida yozganda hozircha faqat qo'shish amalini tushunib ishlayapti.

P.S. Fonda ko'rinib turganidek, harflarni chiroyli yozishda hozircha fiasko. Hamma harfni yoza oladi, lekin chiroyliroq yozishni mashq qilgisi kelmaydi. "X" bu "Yo'q, yozmayman" degani. Harf emas😆

Yevropa sarguzashtlari

23 Dec, 14:34


Bugun tasodifan mana bu videoni ko'rib qoldim. Honey nomli kupon qidiruvchi kengaytma haqida. Iste'molchilarni va hamkorlik asosida ulushga ishlaydigan inflyuenserlarni qanday qilib kuppa-kunduzi tunashini tushuntirib beribdi.

Chrome brauzeri kengaytmalarini (extensions) o'rnatishda ularga nimalar qilishga ruxsat berayotganingiz, kengaytmani kim ishlab chiqqani va qanday ishlashini o'rganib qo'yish zarar qilmasligiga yaxshi misol ekan😉

Yevropa sarguzashtlari

19 Dec, 08:03


#Austria

Venada tumanli tong. Bog'chaga borguncha tuman ichida qizil, sariq, yashil ko'zli monstrlar, sikloplarni topdik. Faqat yaqiniga borganda har gal svetofor bo'lib chiqaverdi😆

Bir ko'chada qizil ko'zli pakana monstrchalar armiyasini ham uchratdik. "Probka"da turgan avtomobillar ekan..

Yevropa sarguzashtlari

16 Dec, 09:10


#child_development

Yaqinda bir ma'lumot o'qidim:

Onalarda oksitotsin ("muhabbat gormoni") farzandni quchoqlaganda, erkalaganda ishlab chiqilarkan. Otalarda esa bu gormon bola bilan o'ynayotganda ishlab chiqilarkan.

Ya'ni, ona bolasini quchoqlash orqali o'zini baxtliroq, bolaga yaqinroq his qilsa, ota o'yinlar orqali bola bilan yaqinlik (attachment, привязанность) o'rnatadi va bundan zavq oladi. Odam o'zi buni sezmasligi, "ishdan charchab kelganda, o'yinga balo bormi" tuyulishi mumkin, lekin biologik jihatdan ota bolasi bilan o'ynaganda baxtlilik darajasi oshadi.

Ba'zi erkaklar "Uyga kelib, o'g'lim/qizim bilan 10 daqiqa o'ynab, charchog'im chiqib ketadi" deyishiga biologik jihatdan asos bor ekan, xullas.

Yevropa sarguzashtlari

14 Dec, 13:11


#child_development

Yoningda skripkang bo'lsin

O'tgan yili yahudiylarning ilm-fanga qiziqishi qanday shakllanishi haqida o'qiganlarimdan ozroq yozgandim. Shu mavzuda ularning yana bir foydali odati haqida yozmoqchiman:

Yahudiylar farzandini bitta kasb va bitta hunar o'rganishga undarkan. Ya'ni, shifokor, bankir, huquqshunos kabi hurmatli kasb egasi bo'lsang ham, doim yoningda "skripkang" bo'lsin, deyisharkan. Skripka deb biror hunar nazarda tutiladi.

Sababi, asrlar davomida yahudiylar ko'p quvg'inga uchragan, bir kechada bor-budini tashlab qochishga majbur bo'lgan. Ko'chib borgan joyida birdan kasbi orqali non topolmasligi aniq, shunda ularga "skripkasi" asqatgan.

Ko'pchiligi chindan skripka chaladi, kasbi pul keltirmaganda, skripka chalishdan dars berib yoki ko'cha musiqachisi bo'lib non topgan. Nega aynan skripka? Chunki yengil, qochishda yelkaga osib ketaveradi. Bundan tashqari, yahudiylar insonlar talab qiladigan hunarlarni o'rganishadi: soatsozlik, radio, televizor yoki uy texnikalarini tuzatish, naqshli yog'och qutilar yasash, zargarlik va hkz.

Shu odatni eshitganimda, menga juda ta'sir qildi. Chindan ham foydali. Masalan, xorijga o'qishga ketganda ham kuryer yoki boshqa og'ir ishlarni qilish o'rniga hunari orqali ko'proq va osonroq pul topish mumkin. Tezroq jamiyatning kerakli bo'lagiga aylanish mumkin.

Xo'sh, skripkangiz bormi? Istalgan hunar jonga oro kiradi: qandolatchilik, novvoylik, avtomobil ustasi, santexnik, telefon ustasi, tikuvchilik, to'quvchilik, sartarosh...

Yevropa sarguzashtlari

13 Dec, 07:50


#child_development

Monstrcha 4 yosh 2 oylik. Suralarni yodlashni boshlaganimizga 1 oycha bo'lib qoldi. Hozircha:

Kalimalar
Ixlos surasi
Fotiha surasi

Mulk yoki Yasin surasidan qaysi birini yodlatishni o'ylayotgandim. Mulk talaffuzga qiyinlik qildi. Yasinni yodlaymiz ekan😎 Beshta-beshtadan oyat qilib, bo'lib-bo'lib yodlatmoqchiman.

Qiziqqanlar bo'lsa, yosh bolaga yodlatish uslubi haqida post joylarman keyinroq. Bu yilgi yutuqlarimdan biri shu, xullas☺️

P.S. Yo'q, tun-u kun din haqida gapirib, do'zax bilan qo'rqitayotganimiz yo'q. Kuniga 1-2 marta o'zi xohkagan paytda takrorlaymiz, qolgan payti chizish, matematika, ertak kitoblar..

Yevropa sarguzashtlari

12 Dec, 08:05


#baby_language

Monstrcha nemis tilida ancha bemalol suhbatlasha oladigan bo'lganidan beri boshqa tillarda ham osongina gapirolaman, deb o'ylayapti. Bugun rus tilida gaplashgisi kelib qoldi:

- Mommy, let's speak Russian!

- Mayli. Ruscha so'zlarni o'rgandingmi?

- Прждетьсяшматака?

- Что это значит?

- Щястремячтакукаля?

- Komil, san ruscha gapirmayapsan. Bitta so'zni ham tushunmadim.

- But you said that you speak Russian! Warum verstehst du denn nicht? (Ruscha bilaman deganding-ku. Nega tushunmayapsan unda?)

- Ha, mayli. Kel, sanga rostakam ruscha so'zlarni o'rgataman. Bugun borganingda Leonardga "Привет, Леонард. Как дела?" de. Andreyga ham aytsang bo'ladi. Keyin ruscha so'zlarni o'rgat manga, desang bo'ladi.

- O'o'o', russisch gapirayotganimdan shocked bo'ladi!!😈

- Bunaqa 3 ta tilni aralashtirib, bo'tqa tilda gapirishingdan manam shokdaman, Komil🤦‍♀

- Eey, maaayliii. Hech naysa kilmidi.

Yevropa sarguzashtlari

10 Dec, 10:52


Toshkentda noutbuk olish haqida yozgandim. Natijasi haqida so'raganlarga:

Nout.uz sayti bor ekan. Malikada va Next yonida do'konlari bor. Shulardan oldik. (Reklamamas, bir tiyin ham chegirma qilishmadi🥲).

O'zlarining aytishi bo'yicha, ular birinchi qo'l emish - o'zlari chetdan olib kirisharkan bozorga. Shu bois boshqalardan arzonroqmish. Operatsion tizim o'rnatilmagan noutbuklarga o'zlari o'rnatib berarkan.

Grafik dizayn o'rganayotganda alohida grafik karta/videokarta juda shart emas, protsessori kuchlirog'ini olamiz, dedik. Chunki ichki Intel UHD yoki Iris Xe kartalari ham o'quvchi darajasidagi grafik vazifalarni bemalol bajaradi. Shuning uchun byudjet cheklangan holatda alohida grafik karta borini emas kuchliroq protsessorlisini tanladik.

Asus Vivobook 15, i7, 512 GB SSD, 16 Gb RAM, Intel UHD Graphics - 7 095 000 so'm ($550) ga oldik.

Yevropa sarguzashtlari

09 Dec, 19:14


#life

Monstrchaning sabzili pishiriqlari. Izlab-izlab shu odamcha (Gingerbreadman - bo'g'irsoq ertagining inglizcha versiyasi qahramonj) shaklini topib keldim bugun. Shakari kam bo'lib qolganini aytmasa, mazali chiqdi😋

Yevropa sarguzashtlari

06 Dec, 08:26


Besh yildan oshiq miq etmay ishlagan HPcham🥹 Necha marta stoldan tushib ketib, monstrchani taglarida qolib ketib, tag qismi sinib, teshilib qolsa ham ishlayverdi bechora.

Yevropa sarguzashtlari

06 Dec, 08:07


Maslahatlar, tajribalar haqida yozganlarga katta rahmat. Uzumdan ham, Asaxiydan ham olmaydigan bo'ldim😃

Noutbuk o'zimgamas. Grafik dizayn o'rganmoqchi bo'layotgan jiyanimga. Grafik dizaynchilar bo'lsa, qanaqa noutbuk ishlatayotganingiz, protsessor vs videokarta borasida qaysi birida pulni iqtisod qilganinglar haqida yozsangiz xursand bo'lardim.

O'zim Venada Macbook oldim birinchi marta😌

Yevropa sarguzashtlari

05 Dec, 19:52


#life

Bugun Makbukim kelgan pochtadan😎 Black Friday sharofati bilan chegirmali narxda olib qoldim. Qutisida turibdi. Monstrcha bog'chaga ketib, vaqtim bemalol bo'lganda sekiiin ochib rohatlanmoqchiman😆Apple mahsulotlari odamga o'zini boy his qilishga yordam berarmish-ku.

Ochish davomida nogahon milliarderga aylanib qolsam, bilib bo'ladimi🥹

Yevropa sarguzashtlari

05 Dec, 14:40


#help

Uzum platformasidan elektronika olish qanchalik ishonchli? Masalan, noutbuk olmoqchiman. Meni o'ylantirgani - Uzum sotuvchidan 30% komissiya olsa ham, undagi narxlar Asaxiydagidan arzonroqligi. "Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyruq na qilur" bo'lmasin deyapman😃

Operatsion tizim (Windows) o'rnatilmagan noutbuk olsam, Toshkentda rasmiy versiyasini o'rnatib beradigan joylar bormi? O'zi OS o'rnatilgan noutbuklarda rasmiysi o'rnatilgan bo'ladimi?

Xullas, maslahatinglarni ayamanglar🥹

@YS_muloqot_bot

P.S. Malikaga borolmayman. Faqat onlayn olishim mumkin.

Yevropa sarguzashtlari

03 Dec, 08:44


#baby_language

O'zbekcha ertak aytib bog'chaga ketyapmiz. So'zlarni bilish-bilmasligini, tarjima qila olishini tekshiraman:

- Kun nima edi o'zi?
- Quyosh!
- Nemischada?
- Die Sonne!
- Qumursqa-chi?
- Chumoli. Ant auf English und Ameisen auf Deutsch!

Gohida meni to'g'rilab qo'yadi:

- Sigir-mollar meni yeb qo'yadi, debdi o't-o'lanlar...

- Mommy, o'zi sigir mol-ku! Bilmiysanmi shuniyam?!

So'zlarni tahlil qila oladigan sherik bilan suhbat maroqli bo'ladi baribir😆

Yevropa sarguzashtlari

02 Dec, 14:48


#Austria

Yangi yil shukuhi❤️
Hamma joyda Christmas bozorchalar, qaynoq shokolad, mazali Vena pishiriqlari...

Yevropa sarguzashtlari

28 Nov, 10:41


#Austria

Metroning U1 liniyasida o'tgan hafta passajirsiz poyezd yonib ketgandi. Shu sabab shu liniyaning o'rtadagi 5 tacha bekati yopiq. Poyezdlar liniyaning ikki oxiridagi bekatlar orasida qatnayapti faqat. Menga keraklisi esa shu o'rtadagi markaziy bekatlar oralig'i😭

Temir yo'l ta'mirlash ishlari keyingi hafta ham davom etishi mumkin ekan. Ikki hafta ichida har xil tramvay, avtobuslarda "peresadka" bilan yuraverib, jamoat transporti eksperti bo'lib ketdim.

Yomg'irda "qimmat Mercedes"dan "qimmat shahar"ga tikilib ketayotgan men🥹

Yevropa sarguzashtlari

27 Nov, 12:12


Men ham shunday fikrdaman. Ona bolani istamaganida 4-8 haftalik vaqtidayoq abort qildirardi. 9 oy sog'ligini ketkazib, ming azobda tug'ib, keyin bolani o'ldirish aqlga sig'maydi. Juda kuchli depressiyada bo'lsa, bola bilan birga o'z joniga qasd qilishi mumkin. Lekin faqat bolani o'ldirishiga ishonish qiyin.

Bir hamkasbim tug'ruqdan keyin qattiq depressiyaga uchrab, bolasi bilan derazadan sakramoqchi bo'lganini aytib bergandi.

- Nega bola bilan birga sakramoqchi bo'lgansan? Bolani qoldirib, o'zing sakrasang bo'ladi-yu.

- O'lsam, bolamga kim qaraydi va qanday qaraydi, deb siqilganman. Boshqalar azoblamasligi uchun men bilan o'lib qo'yaqolsin, deganman. Lekin sakramoqchi bo'lganimda xonaga onam kirib qolgan, - degandi.

Shuning uchun hatto depressiv ona ham bolani o'ldirib, o'zi yashashni tanlashiga ishonishim qiyin.

Yevropa sarguzashtlari

27 Nov, 12:03


#Austria

O'tgan hafta Venadagi tug'ruqxonalardan birida 7 kunlik chaqaloq yo'qolibdi. Onasi palatadan chiqqan ekan. Hamshira palataga kirsa, ona ham, bola ham yo'q. Onani topib, chaqaloq yo'qolganini aytibdi. Politsiyaga xabar berishgan.

Politsiya vertolyotlarni ham ishga solib, butun shaharni qidirishdi. Ertasi kuni politsiya iskovuch iti chaqaloq murdasini shifoxona hududidagi chiqindi qutisidan topibdi. Bosh chanog'i yorilgan, suyaklari singan ahvolda.

Politsiya birdan chaqaloqning onasini hibsga olibdi. Hozirda otasi ham so'roq qilinyapti ekan.

Ko'pchilik ona chaqaloqni o'ldirmagan, boshqa birovni himoya qilish uchun bo'yniga olyapti, chunki hatto tug'ruqdan keyingi depressiyada bo'lsa ham o'z bolasini bunchalik vahshiy usulda o'ldirmasa kerak, deyishyapti.

Yangiliklarda Avstriya fuqarosi, deb yozishayotgandi. Bugun bilib qoldim, millati turk ekan.

Yevropa sarguzashtlari

27 Nov, 08:44


Bog'chaga kelsak, monstrchaning bir o'rtog'i garderobda burchakka tiqilib, yig'lab o'tirgan ekan. Biror bola urdimikan, deb, nima bo'lganini so'radim. Gapirmadi. Monstrchaga o'tog'ingni ahvolini so'ra-chi, desam:

- No. He's just sad, - dedi-da, ichkariga kirib ketdi. Mana, sizga oqibat.

Bitta qizcha chiqib, boladan hol-ahvol so'radi.

- Azat, nima bo'ldi senga? Nega xafasan?

- Kim bilandir urushdimi? - so'radim men.

- Yo'q, kelganidan beri xafa, ichkariga kirishni xohlamayapti.

Azat savollardan qutulmoqchi bo'lgandek, burchakka qarab oldi. Keyin ilgichda osig'liq kurtkasining cho'ntagidan 5 yevro oldi-da, pulga termulib, tinchlangandek ko'rindi. Har holda yuzidan oqayotgan duv-duv ko'z-yoshlar to'xtadi.

Ichimda:
"To'g'ri yo'ldasan, bolakay. Kayfiyat yo'q payti aqcha terapiya jonga oro kiradi"😆

G'amgin bolasini garderobda qoldirib ketavergan ota-onasining xotirjamligiga havas qildim lekin.

Yevropa sarguzashtlari

26 Nov, 16:07


#Austria

Yo'l-yo'lakay do'konda qiziqarli kitoblar topib oldim. Varaqlari qalin, qattiq kartondan. Juda sifatli va foydali matnlar/rasmlar bilan ishlangan.

Lekin nega Germaniyada 3 yevro sotiladigan narsa Avstriyada 3,5 yevro bo'lishi shart?! Bizni Germaniyadagilardan boyroq deb o'ylashadimi?😭

Yaqinda Venaga aylanishga kelgan tanishim "Boylar shahri elan, hamma narsa qimmat" degani esimga tushdi. Amallab boyib ketsak bo'ldi endi🥲

Yevropa sarguzashtlari

26 Nov, 12:03


#mindset

Rossiyada rus tilini bilmagan migrant bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqida qonun kiritish muhokamasi bo'lyapti ekan. Internetda 2022-yildan keyin boshqa davlatlarga surgan ruslar yozmoqda:

- Farzandim portugalchani umuman bilmasdi. Lekin maktabga muammosiz qabul qilishdi, o'qituvchisi u bilan qo'shimcha shug'ullanib, unga yordam berib turdi.

- Belgiya/Ispaniya/AQSH/Italiyada ham xuddi shunday qilishdi. Hatto nisbatan kambag'al hisoblangan Serbiya ham maktabda migrant rus bolalarga qo'shimcha til darslarini kiritgan.

Qiziq, xalq, a, shular? Shovinist. O'zlari boshqa davlatlarga borib, til bilmagan bolasini maktabga "yuk" qilib bersa mayli. Lekin "bechora rus bolalari" "qoloq o'rta osiyoliklardan" jabr chekmasin. Ba'zi kreativ ota-onalar bolalarini pravoslav maktablarga berishini maqtanib yozishmoqda. Cherkov qoshidagi maktablarga musulmon migrant bolalar borib, bolasini ortga tortmasmish🤦‍♀️

Yevropa sarguzashtlari

26 Nov, 08:58


#life

7:30 da borish kerak bo'lgan bog'chaga 10 da bordik. Tarbiyachisi hayron bo'lmay qo'ydi. "Ha, yana uxlab qoldimi?"

Ha, "uxlab qoldi". Turgandan keyin ham bir soat nonushta qilishi, orada rasm-pasm chizib, "bittagina" o'ynab olishi hisobmas🥲

Bog'chadagi gullar chiroyli ochilibdi. Shuni yozmoqchidim😃

Yevropa sarguzashtlari

25 Nov, 21:58


Ko'pgina xalqaro nashrlar Birlashgan Arab Amirliklarida uch nafar o'zbek erkak moldovalik yahudiy ruhoniyni o'ldirganlikda gumonlanayotganini yozishmoqda. Ikkitasi 28, biri 33 yoshda ekan.

BAA qonunlariga ko'ra qasddan qotillik qilganlarga o'lim jazosi belgilanarkan. Chindan odam o'ldirib jannatga tushishiga ishonganidan qilganmi shu ishni bular yoki "savob" bahona pul ilinjida qilishdimikan?

Yangilikni o'qib, vizasiz rejim ham tagiga oldi, shekilli, deb o'yladim. Endi-endi odamlarimiz arzon parvozlar, sayohat, degan narsalarni totib ko'rayotgandi.

Nega chetga chiqishi bilan nuqul qotillik, o'g'rilik, terrorchilik qilishi shart bular, a? Odamdek yashasa o'lib qoladimi? O'zi rivojlangan davlatlarga viza olishimiz amri mahol bo'lsa, endi fanatik terrorchi imiji yopishtirilishi yetmay turgandi.

Yevropa sarguzashtlari

24 Nov, 20:10


#Austria

Noyabr o'rtasidan boshlab Venada Mavlud bozorchalari (Christmas markets) ochiladi. Har hafta bittasiga borsak ham bolaga ancha ovunchoq😌

Bunday bozorchalar shaharning turli qismidagi katta maydonlarda ochiladi. Bolalar uchun turli karusellar, yegulik va ichimlik do'konchalari, turli suvenir do'konlari bo'ladi bozorda. Soat 16:00 dan kech tushayotganini hisobga olsak, tushdan keyin bolani nima bilan band qilishni bilmaganlar uchun ajoyib yechim.

Bugun Belvedere saroyi hovlisidagi bozorchaga bordik. Keyingi safar Rathaus maydonidagi asosiy Mavlud bozorchasiga boramiz. U yerni juda bir o'zgacha qilib bezatishadi har yili. Konkida uchish uchun 2-3 ta muz maydonlari ham qurilgan tashqariga. Faqat uydan chiqib olsak bo'ldi🥲

Yevropa sarguzashtlari

24 Nov, 15:28


#life

Yarim yilcha oldin monstrchaga sekin-asta suralarni yodlatishni boshlagandim. "Senga sehrli so'zlarni o'rgataman", dedim. Boshida qiziqdi. Lekin "La ilaha illalloh"dan nariga o'tmadi.

Bir hafta oldin yana boshladim. Bu safar yodlayapti. 10 tasini yodlasang harflarini ham o'rgataman, o'zing o'qiydigan bo'lasan, dedim. Zo'r mukofotdek eshitildi, shekilli, harakat qilyapti😆

Xayoliga o'rnashib qoldimi, uyqudan uyg'onganda yoki o'ynab yurganda qo'shiq qilib aytib yuribdi:

- La ilaha illalloh...
- Lam yalid, va lam yulad...

Men nechchi yoshda yodlaganim esimda yo'q, lekin muzqaymoq uchun yodlaganim esimda😆 Qur'on o'qishni o'rganishga tog'amnikiga qatnardim har kuni. Har bitta yodlangan sura uchun ayam nimadir olib berardi: muzqaymoq, shokolad, rangli ruchka, oyoq kiyim, yana nimadir... Yarim Qur'onni shunaqa "g'arazli maqsad"larda yodlaganman😆

Yevropa sarguzashtlari

23 Nov, 19:34


Tilga oid faktlarga qiziqaman. Suratdagi pishiriqni koʻpchilik "Daniya pishiriqlari" (Danish pastry) sifatida taniydi. Qatlama xamir oʻrtasiga pishloq, murabbo, marsipan, shokolad, mayiz va hokazo solib pishirishadi.

Qiziq tomoni shu pishiriqni Daniyada "Vena noni" (wienerbröd) deb atashadi. Venada esa u "Kopenhagener" (kopengagenlik) deb ataladi😃

Tarixini oʻqisam, aslida kelib chiqishi noaniq boʻlgani uchun nomlanishida chalkashlik bor ekan. 1850-yillarda Kopengagenda novvoylar ish tashlashadi. Novvoyxona egalari xorijdan novvoy chaqirishga majbur boʻladi. Shunda avstriyalik novvoylar Daniyaga borib ishlay boshlaydi va oʻzi bilan birga tuxumli, qatlama xamir qorish anʼanalarini ham olib boradi.

Oʻsha davrda Kopengagenda "Vena novvoyxonalari" ham ochiladi va suratdagi pishiriqni oʻsha novvoyxonadan olgan daniyaliklar uni "Vena noni" deb atay boshlaydi. Daniyada ishlab qaytgan novvoylar Venada ham shu pishiriqni pishira boshlaydi va odamlar uni "kopenhagener", yaʼni, Kopengagendan kelgan deb nomlaydi.

Yevropa sarguzashtlari

17 Nov, 12:36


#Austria

Bolalar ijod namunalari😃

Kimning uyida nimaga qiziqishlarini bilib olish mumkin:

- Manikyur qilingan qo'l. Makiyajli yuz.

- Sayyoralar, quyosh, yulduzlar.

- Messi the GOAT😆

Monstrcha:
- Tornado, qora tuynuk, monstr akula! Qara, mommy. My painting is so dangerous!

Yevropa sarguzashtlari

17 Nov, 12:15


#Austria

Zamonaviy tasviriy san'at muzeyida bolalar uchun Atelier tashkil qilishibdi bugun. Bitta qavatda qog'ozga turli bo'yoqlar bilan chizish, kitob o'qish mumkin. Boshqasida esa Disco Drawing ekan. Quloqchinda musiqa eshitib, qalam bilan yer va devorga yopishtirilgan qog'ozga chizish mumkin.

Xohlasang yotib, xohlasang turib, xohlasang emaklab chizasan. Istalgan joyga. Bolalar mazza qilishyapti. Disco degani bilan quloqchinda faqat sokin musiqa qo'yilgan.

Yevropa sarguzashtlari

15 Nov, 19:37


#life

Bolasi haqida bitta maqtov eshitgandan keyin men:

Google - Avstriyadagi iqtidorli bolalar maktablari ro'yxati

- Oo, topdim. Gimnaziya bor ekan. Falon sinfdan IQ testlar orqali saralab olarkan. Bo'ldi, IQ testga tayyorlaymizmi?

- Qiziq, 5 yoshdan ham maktabga olisharmikan?

- O'zi 3-4 ta bola asrab olsak bo'larkan, a? Yaxshi ota-ona chiqarkan-ku bizdan😎

U:
- Hozirdan buncha hovliqma. Hali iqtidorli deyishga vaqtli.

Shuningdek, kecha ertalab bolani bog'chaga kiyinishga yaxshi gap bilan ko'ndirolmay, sabri tugagan yaxshi ona:

- Quloqlaringni kesvolaman hozir, hayvoncha! Kiy mana buni! Hozir oyoq kiyimimni kiygunimcha kurtkani kiyib bo'lmagin-da, nima qilaman man sani😡

- Nima kilasan?

- ... (ichimda: ko'zlaringni o'yvolaman). Qimirla tez-tez!

- Min bilan o'ynamay qo'ymokchimisan, mommy?

Yevropa sarguzashtlari

15 Nov, 16:07


#kids

Monstrcha 4 yosh 1 oylik. Dadasi bugun bog'cha o'qituvchisidan navbatdan tashqari maqtov eshitib kelibdi. Og'zi qulog'ida😃

– O'qituvchisi qayerdansizlar deb so'radi. Nemischa bir nimalar deb rosa gapirdi. Nemischa yaxshi tushunmayman, degandim, keyin o'zbekligimizni eshitib turkcha gapirdi. Komil yozishni ham, chizishni ham, matematikani ham zo'r bajaradi, yana bir narsalar, dedi. Ishqilib maqtaganini tushundim, to'liq nimalar deganini tushunmadim. Olmoncha ham, inglizcha ham gapiradi, deb, "chok iyi" bir nimalar dedi, xullas.

– Faxrdan koʻzingizga yosh keldimi?

– Yoʻq, sanash, qoʻshish-ayirishlarni bilishini shunqogʻam bilamiz-ku.

Odatda tarbiyachi bola haqida ota-onaga yilda bir marta yakkalik suhbatda aytib beradi. Falon narsada ortda qolyapti, bu narsada juda faol, deb umumiy hisobot beradi. Suhbatni kutmasdan maqtaganiga biror favqulodda ish boʻldimikan, deb monstrchadan soʻradim:

- Bogʻchada oʻqituvching nima oʻynatdi?
- Qoʻziqorin sanatdi, olib qoʻydi, koʻproq qoʻziqorin berdi. Nechta dedi.
- Kim birinchi javob berdi?
- I did, of course😏

Kamtarlikda tengi yoʻq bolamiz bor🥲

Yevropa sarguzashtlari

12 Nov, 14:55


#Austria

Yana bir qiziq holat: chiptasini imillab ko'rsatadiganlarga 50 yevro jarima to'latisharkan. Sababi - chiptalarni onlayn sotib olish mumkin. Tekshiruvchiga "hozir-hozir" deb, shartta onlayn olib, jarimadan qutilib qolishga urinishlar ko'p uchragani uchun shunday qilingan, menimcha.

Baribir ko'pchilik "quyon"lar tekshiruvchi avtobus/poyezdga chiqqanini ko'rishi bilan onlayn sotib olishga kirishsa kerak. Instagramda hatto tekshiruvchilar bugun qaysi hududlarda bo'lishi haqida ma'lumot beruvchi bloglar ham bor ekan😆

Pul to'lamaslik uchun odam nelarga qo'l urmaydi, a?

Yevropa sarguzashtlari

12 Nov, 10:53


#Austria

Karlsplatz metro bekatidan chiqishda chipta tekshiruvchilar reyd o'tkazyapti ekan bugun😃 Uch kishiga jarima qog'ozlarini chiqarib berayotganini ko'rdim. Bir martalik metro chiptasi 2.40 yevro. Shuni olishdan qochaman deb, endi 115 yevrodan jarima to'lashyapti. Kim biladi yana nechtasini ushlashgan.

Qizig'i, 3 ta jarimaning puli deyarli bitta yillik chipta narxiga teng. Yillik chipta 365 yevro turadi va shahardagi barcha jamoat transporti turlariga o'tadi (metro, avtobus, tramvay). Uch marta chiptasiz qo'lga tushgandan ko'ra, tinchgina yillik chipta olgan foydaliroq.

P.S. Vena jamoat transportlarida turniketlar ham, chipta tekshiruvchi konduktorlar ham yo'q. Faqat vaqti-vaqti bilan turli bekatlarning chiqish joyida yoki transport ichida chipta tekshiruvchilar reyd o'tkazib turadi. Ya'ni faqat tekinga quyon bo'lib yurib, keyin orada 3 marta qo'lga tushib, jarima to'lasangiz, 1 yillik chipta puli ketadi baribir. To'rtinchi martadan boshlab minusga kirib ketasiz😃

Yevropa sarguzashtlari

11 Nov, 10:30


O'zbekistonda hali uncha mashhur bo'lmasa ham lekin Gen Z avlodi auditoriyasiga yoqadigan yosh qo'shiqchi yoki blogerlarni bilmaysizlarmi?

Ovozi baland, "melodichniy", tashqi ko'rinishidan kuchli va g'ayratli ko'rinadigan qiz blogerlar bordir instagramda. Men hech kim/ narsani kuzatmaganim uchun Z avlodga yoqadiganlardan xabarim yo'q.

Qizlar topilmasa, o'g'il bola ham bo'ladi😁

Botga yozinglar. Bitta xalqaro brend reklamasiga tavsiya so'rashgan edi. Rahmat.

P.S. O'zbekcha kuylashi kerak bo'ladi.

Yevropa sarguzashtlari

09 Nov, 15:03


#baby_language

Monstrcha o'z-o'zidan suyulib, qandaydir ovozlar chiqaryapti:

- Mee, meee, ingaaa...

- Ha, tinchlikmi? Nimasan?

- Baby bo'lyapman.

- Erkalataymi?

- Mea, ingaa🥹

- Babyni o'zbekchasini bilmaysanmi?

- Bilaman. Baby means Zaxro! (Zaxro amakisini chaqalog'i😆)

- Zaxro ism-ku. Babyni o'zbekchasi chaqaloq. Sani isming Komilmi? Chaqaloqni ismi Zaxro.

- Lekin hamma Zaxro-Zaxro dedi-ku O'sbekistonda. Min ular o'zbekcha gapiryapti deb o'ylabman.

- O'zbekcha gapirgan. Chaqaloq-chaqaloq, demasdan ismini aytgan-da.

- But that's so confusing🤦‍♂

Yevropa sarguzashtlari

09 Nov, 10:46


#Austria

Yo'lda bir ustaxonaning oynasida turgan reklamaga ko'zim tushdi.

Qabr to'plami (qabrtosh, yozish/chizish, qabrni chiroyli qilib qo'yish, yozuv va rasmga tilla suvi yugurtirish ham mumkin ekan) narxi 3 345 yevrodan. Bu boshlang'ich narxi. Sal yurgach do'konning boshqa tomonida reklamaning davomini ham ko'rdim:

Falon muddat ichida buyurtma berishga ulgursangiz, 25% gacha chegirma bor ekan. Shoshilinch o'lishga undayaptimi yoki o'ldirishga, tushunmadim uncha😆

Yevropa sarguzashtlari

08 Nov, 10:56


#projects

Tikilgan koʻylak bilan tasavvurimdagi obrazni yaratish uchun ChatGPTdan yordam soʻragandim. Shu ikkita rasmni yaratib berdi. Lekin nega "piskakoʻz", sochi kalta model chizganini tushunmadim, men unga oʻzimning rasmimni hech koʻrsatmaganman. Buyruqda ham osiyolik model yarat, demagandim😆

Sunʼiy intellekt hali rasmlarni aniq-tiniq "koʻrolmaskan", demak. Biroq umumiy tasavvur hosil qilishga yaraydi – bor kiyimlarni bir-biri bilan uygʻunlashtirish yoki garderobingizga mos kiyim tanlashda foydasi tegadi.

t.me/kamzul_uz

Yevropa sarguzashtlari

07 Nov, 15:27


#baby_language

"O'qituvchim bilan gaplashma"

Besh daqiqa ichida murabbiy kamida 15 marta "Komil" dedi.

- Komil, aylanishni bas qil.
- Komil, boshqa oyoqni ko'tar.
- Komil, sana.
- Komil, sekinroq sana.
- Komil, joyingda tur. Qayerga emaklab ketyapsan?

Bog'chaga ham borishimiz bilan hamma bolachalar "Komil keldiiii", deydi. Monstrcha esa bir oy ichida atigi 6-7 tacha ismni eslab qolgan, undan ham 3 tasi avvalgi guruhidan katta guruhga birga o'tgan bolachalar🥲 Nega hamma buni taniydi-yu, bu boshqalarning ismini bilmasligini endi tushungandekman. Bog'cha opasi ham "Komil" deb jag'i tinmasa kerak-da.

O'tgan hafta tarbiyachisi "Ota-onang bilan gaplashaman", debdi. Shundan beri har kuni bog'chaga borguncha "Ticherdan hech narsa so'rama, mommy. Faqat Hallo deysan, keyin ketasan. Gaplashma, xo'pmi?" deydi.

- O'zi nega ota-onang bilan gaplashaman, dedi?
- Bilmayman.
- Quloqsizlik qildingmi?
- Yo'q.
- Shunaqa degan payti nima qilayotganding?
- Leonard bilan o'ynayotgandim.
- Nima o'ynayotganding?
- Tag! (Quvlashmachoq)
- O'qituvching yugurma dedimi?
- Ha🥹
- San baribir yuguraverdingmi?
- Bitta o'zimmas, Leonard ham yugurdi-ku😈

O'qituvchilarim onam bilan faqat meni maqtash uchun gaplashishardi lekin😭

Yevropa sarguzashtlari

06 Nov, 11:20


#thoughts

Woke ideology faqat AQSHda emas, boshqa davlatlarda ham liberallarni boshiga yetadi yaqin yillarda. Masalan, Germaniyada o'ngchilar hokimiyatga kelishiga yaqinda liberallar kuchga kiritgan "Gender Self-Determination Act" qonuni katta hissa qo'shsa, hayron bo'lmayman.

Yevropa sarguzashtlari

06 Nov, 10:43


#thoughts

Woke ideology demokratlarning boshiga yetdi.

Albatta, bu natijani iqtisodiy omillar, rasizm, mizoginiya va hokazolar bilan ham izohlash mumkin. Mayli, Harris ayol bo'lgani uchun yutqazdi, deylik, lekin Senat bilan Quyi palatani ham qo'ldan boy berilishiga mizoginiya sababchi, deb bo'lmaydi.

Yevropa sarguzashtlari

31 Oct, 16:37


#Austria

Bolang qanchalik taltayib ketganini shunaqa joylarda sezarkansan. Murabbiy o'tgan safar o'rgatgan mashqlarni takroran o'rgatsa, monstrcha bilag'onlik qiladi:

- Yeah, yeah, ich weiß das schon (Ha, ha, buni allaqachon bilaman).

Turib-turib, diqqati bo'linadi-da, ko'zguga qarab qo'shiq boshlab qoladi🤦‍♀ Sanashga sabri yetmay, "eins, zwei, drei, vier, blah, blah, blah, blah" deb tashlaydi. Murabbiyni o'rnida bo'lsam, men chakkasiga shapaloq tortib yuborardim🥲 O'zbekistondagi murabbiylar ham shunday qilgan bo'lardi-yov.

Payshanba kunlari faqat 2 kishi keladi: monstrcha va ukrainalik Mixaylo. Biram odobli, og'ir-bosiq bola ekan. Diqqat bilan murabbiyni ketidan takrorlaydi, bitta ham oshiqcha gapirmaydi. Mashg'ulot tugagach, mashq qurollarini yig'ishtirib qo'yadi.

Onasiga "Bola almashaylik?" degim kelib ketdi😭

Yevropa sarguzashtlari

31 Oct, 08:08


#Austria

Go'zallik qurbonlik talab qiladi, degani shu bo'lsa kerak😆

Ko'chada ketayotib, bog'chadan chiqib ketayotgan ona-bolani uchratdim. Qizcha onasining poshnali tuflisini kiyib olgan. Zo'rg'a yuryapti. Tufli uning oyog'iga 2 baravar katta. 2 o'lcham emas, 2 baravar😆 U tufliga qizchaning oyog'idan 2 tasi sig'adi.

Onasining yuzida faqat taslimlik ifodasini ko'rish mumkin. Ona qizchasi bu tuflida ko'chaga chiqishiga rozi bo'lguncha nechta emotsional bosqichdan o'tdi ekan: kulgu, jahl, muzokaralar, tahdidlar, iltimoslar...

P.S. Qizcha toj ham taqib olgan. Bayramga yasangan, shekilli.

Yevropa sarguzashtlari

29 Oct, 08:01


#languages

Aytgancha, yanvarda nemis tilidan C1 daraja uchun imtihon topshirib ko'raman. Hali ham gapirish ko'nikmam uncha ko'nglimdagidek emas-u, lekin rivojlanish bor. Va nihoyat, 6-urinishda men nemischani o'zlashtiroldim, deyishga sal-pal yetarli darajada🥹

Shu paytgacha 10 yildan oshiq muddatda 5 marta boshlab, 5 marta tashlab ketganman nemischani. Har safar nemis tili men uchunmas ekan, deb ta'bim tirriq bo'lardi. Har gal A2 darajadan qo'l siltardim. Lekin bu safar - 6-martasida epladim. Amallab bo'lsa ham.

Tak chto, don't give up.

Yevropa sarguzashtlari

29 Oct, 07:45


#Austria

Kitob do'konida ko'rib qoldim. Gugurt qutisidek mitti kitobchada 5 000 ta so'z bor ekan. Vena shevasiga oid so'zlarning izohli lug'atchasi😃

Maktab, litseyda o'qib yurgan paytlarimda inglizcha-ruscha lug'atim bo'lardi. Uning ham kattaligi 2 ta ustma-ust turgan gugurt qutisidek kelardi. Oksfordniki edi, adashmasam. Juda qulay lug'atcha edi, ichida so'zlarga doir ibora va idiomalar ham bo'lardi. U paytlar telefonda Google Translate bo'lmasdi, shunga mazza qilib ishlatganman o'sha lug'atchani.

Yevropa sarguzashtlari

26 Oct, 14:20


Avstriya neytralitetining asosiy jihati - bu hech qanday harbiy uyushmalarga qo'shilmaslik va o'z hududida boshqa davlatlarning harbiy bazalari ochilishiga ruxsat bermaslik.

Lekin Avstriya o'z hududini himoya qilish, xalqaro tinchlik operatsiyalarida ishtirok etish uchun harbiy kuch ishlatishi mumkin. Masalan, Avstriya NATOga a'zo emas, biroq avstriyalik askarlar Yevropa Ittifoqi, BMT va NATOning tinchlik o'rnatish operatsiyalarida qatnashadi.

Yevropa sarguzashtlari

26 Oct, 14:12


#Austria

Bugun Avstriya milliy kuni. Ikkinchi jahon urushidan keyin ancha vaqt Sovet ittifoqi, AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya askarlari Avstriyada "tartib o'rnatishgan". 1955-yilda shu askarlar vataniga qaytib ketgan, Avstriya esa neytralitet e'lon qilgan. Avstriyaliklar shu kunni Milliy kun deb nishonlashadi.

Bugun markaziy maydonlarda harbiy texnikalar namoyishi, askarlar va harbiy orkestr marshlari bo'ldi. Hamma joyda shiorlar yozilgan plakatlar:

Neytralitet saqlab qolinsin.
Urushga "yo'q" deymiz.
Osmonimiz harbiy uchoqlardan ozod tursin.


Biz ham shiorlarni ma'qulladik: "To'ppa-to'g'ri. Musaffo osmonga nima yetsin?!"

Yevropa sarguzashtlari

24 Oct, 14:32


#Austria

Monstrcha taekwondoga boryapti. Murabbiyni ortida ko'zgu bor. Murabbiy bir chetda qolib, monstrcha ko'zgudagi o'ziga mahliyo bo'ladi:

- O'-ya-ya-ya-yaaa! - baqiradi mitticha qovoqlarini uyib, jiddiy qiyofada.

Ustozi zo'rg'a o'zini kulgudan tiyadi:

- Komil, bitte! Menga qara, harakatlarimni takrorla.

Monstrcha o'ziga maftun bo'lib, diqqati bo'linavergach, murabbiy sanashni unga topshirdi oxiri😆

Yevropa sarguzashtlari

22 Oct, 20:04


#life

O'tgan hafta qattiq gripp bo'lib, ishtaham bo'lmagan kunlari ayam bergan echki quruti va oyijon berib yuborgan turshakni kavshab yurdim. Tugab qolganida ko'proq olavermaganimizga ichim achidi. Rosa mazali edi.

Shunaqa. Ikki onam ham mehribon☺️ Onalar borasida juda bir peshonasi yarqiragan odamman😇

P.S. Yukimiz me'yordan oshib ketishini o'ylab, er-xotin qurutni ham, turshakni ham tashlab kelmoqchi bo'lganimiz va bu yerda yeb tugatgach, ko'proq olmaganimizga afsuslanganimiz endi boshqa hikoya😆

Yevropa sarguzashtlari

22 Oct, 07:44


#baby_language

Ertalab bog'chaga borguncha monstrcha bilan gaplashish kerak. Piyoda yurganimiz uchun naq yarim soat ketadi yo'lga. Bugun qora tuynuklar haqida aytib bergisi keldi:

- Do you know how black holes appear? ( Qora tuynuklar qanday paydo bo'lishini bilasanmi?)

- Yo'q, aytib ber-chi.

- Gigantic stars explode and become a black hole. Then the black hole starts to swallow everything! Planets, stars, aliens, even rockets! (Ulkan yulduzlar portlab, qora tuynukka aylanadi. Keyin qora tuynuk hamma narsani yutib yubora boshlaydi. Sayyoralar, yulduzlar, o'zga sayyoraliklar, hatto raketalarni ham!)

- O'o', qo'rqinchli ekan-da?

- Of course! They are very strong. That's why I love them. Black holes are my favorite holes in space! ( Albatta. Ular juda kuchli. Shuning uchun ham men ularni yaxshi ko'raman. Qora tuynuklar mening koinotdagi eng sevimli teshigim..ee, tuynugim😆)

- Yerda-chi?

- I don't have a favorite hole on Earth yet. Tornado is also a hole and it is on Earth, but I don't like it.

- Yeah, don't worry, you'll discover your favorite holes on Earth later.

- I really hope so, - xo'rsinib qo'yadi o'zicha. - But why are you laughing?

I just lost it at this point🤣🤣

Yevropa sarguzashtlari

15 Oct, 11:11


#Austria

Tramvayda ketyapman. Bir guruh boshlang'ich sinf bolachalari (6-7 yosh) o'qituvchisi bilan tramvayga chiqdi. Katta-katta kishilar turib, bolalarga joy berdi. Bir qizcha deraza yoniga o'tirdi. Asalari kirib qolgan ekan, chiqolmay o'zini derazaga urayotganini ko'rgan qizcha:

- Go'zal aricha, hammasi yaxshi bo'ladi. Eshikdan uchib chiqishing kerak. Hozir to'xtaganimizda aytaman, tashqariga uchasan, xo'pmi?

Qo'li bilan arini tinchlantirishga urinyapti😃

Agar uning o'rnida monstrcha bo'lganda nima qilardi? Butun vagonni boshiga ko'tarib baqirardi:

- O'ldir uni, mommy, o'ldir!! Hozir chaqvoladi! O'ldir! Nimaga o'ldirmayapsan?!

Yoki o'zi oyoq kiyimini yechib, bangillatib derazaga urayotgan bo'lardi😆

Yevropa sarguzashtlari

13 Oct, 16:38


#baby_language

Monstrcha bilan nemischamizni mashq qilib turamiz. Shunday paytda maqtanib qo'yadi:

- Min boska tillarni ham bilaman.

- Ooo, nechta til bilasan?

- 4 ta! English, Deutsch, Uzbek and ... - 2 daqiqacha o'ylanib turadi.
- Spanish!!

- Rostanmi? Gapir-chi, - Ispaniyada yashagan sal kam 1,5 yilidan biror narsa esida qolgandir, deb taxmin qilaman.

- I can say "ZAYCHIQ" in Spanish. Yana "Volk", "Mishka", "Krokodile", - deydi mag'rur.

- Zaychiqmas, zaaaychiK. Bu rus tili, ispanchamas. Rus tilini bilaman, demoqchimiding?

- Yes😎 I speak it really well.

Shunaqa payt rus/ingliz tilida amallab gapirsa ham, xato-pato gapirib, xato qilayotganini anglamasa ham, "Man rus tilini mukammal bilaman, shunga o'zbekchaga tilim kelishmaydi-da" deb yuboradiganlar esimga tushib ketadi🥲

Yevropa sarguzashtlari

12 Oct, 10:07


#languages

Nemis tili: lug'at boyligini oshirish uchun kitoblar

Til o'rganishga oid manbalarni ulashish esimdan chiqib qolyapti. Avval tavsiya qilgan kitoblar va sun'iy intellektdan foydalanish maslahatlariga yaxshi qo'shimcha:

Deutsch Großes Übungsbuch Wortschatz aktuell A2-C1

Lug'at boyligini oshirish uchun mashqlar kitobi. Darajalarga bo'linmagani uchun ko'p betlik kitob ekan - 400 bet. Lekin bir varaqlab chiqishga arziydi.

Yana Deutsch Intensiv seriyali lug'at mashqlar to'plangan kitoblar bor. A1 darajadan C1 darajagacha moslab chiqarilgan kitoblar:

Deutsch intensiv Wortschatz (A1, A2, B1, B2, C1)

Nomiga o'zingizga kerakli darajani qo'shib izlaysiz. Masalan, men imtihondan oldin Deutsch intensiv Wortschatz B1 kitobini mustaqil o'rganib chiqqandim. Juda foydali bo'lgan. Endi B2 va C1 ktioblaridagi mashqlarni ham erinmay bajarib chiqishim kerak.

Barcha kitoblar mavzulashtirilgan. Ya'ni, mashqlarni ketma-ket bajarish shartmas. Birdan kerakli mavzulardan boshlash mumkin. Masalan, shifokorga borishdan oldin "Salomatlik va kasalliklar", "Tana a'zolari" kabi mavzularni ko'rib chiqish foydali bo'ladi.

Yevropa sarguzashtlari

12 Oct, 09:15


#projects

Onangga chiroyli ko'ylakni maqtashga yordam berging kelsa-yu, ko'rinmas qalpoqchang bo'lmasa🤣

https://t.me/kamzul_uz

Yevropa sarguzashtlari

09 Oct, 11:01


#baby_language

Monstrcha kecha 4 yoshga kirdi. Ayasi isitmalab yotgani uchun tort ham, tug'ilgan kun dasturxoni ham bo'lmadi.

Bir hafta oldin Toshkentda opasi tort olib kelib, sham puflatgandi. Shunga yana tug'ilgan kuni bo'layotganiga hayron qoldi:

- Baby, buggun tug'ilgan kuning. 4 yoshga kirding endi.

- Iya, Dilnoza opa toyt olib keldi-ku last time. Endi yana tug'ilgan kunimmi? O'shanda 4 ga kirgandim-ku.

- Ha, u pre-birthday party edi. Bugun rostakam tug'ilgan kuning.

- Eee maaayliii. Bayibiy to'ytga kiyganman.

Yevropa sarguzashtlari

07 Oct, 14:03


#Austria

Yonidan birorta qiz-ayol o'tsa "voy-voyey"laydiganlar millat tanlamasligini bugun ko'rdim😃

Katta ko'chani to'liq kavlab, quvurlarni yangilashyapti. Beton yoradigan lom-mashina vang'illab ishlayapti. Tovushi quloqni teshib yuboradi. Oldimda ketayotgan qiz shovqinga ta'sirchan, shekilli, mashina ishlayotgan joyda quloqlarini kaftlari bilan yopib oldi. Lom-mashina haydovchisi bir soniya mashinani o'chirdi. Qiz kaftlarini tushirdi. Haydovchi qiyqirib kuldi-da, yana mahsinani yoqdi. Qiz shoshgancha quloqlarini yopdi. Sherigini tashqaridan kuzatib turgan quruvchi kishi ham hingillab kuldi:

- Oi, ooooi, oida!

Ma'lumot uchun: haydovchini bilmadim-u, lekin tashqarida turgan quruvchi 40 dan oshgan avstriyalik kap-katta odam.

Ichimda rosa so'kdim. "Beting qursin. Qarib quyulmaganlar!".

Yevropa sarguzashtlari

05 Oct, 21:19


Yana shundoq farishta xotindan ham nolishga sabab topiladi. "Jannatim xotinim" deb yurishi kerak o'zi😏

Yevropa sarguzashtlari

05 Oct, 21:08


#life

Men kasal bo'lsam:

Ota-bola nima qilishni bilmay, men tomonga imkon qadar qaramaslikka harakat qiladi. Maksimum qiladigani - qayt qilishga tog'oracha, turolmay qolganimda suv, dorixonadan dori olib kelib berishadi. Sal past ovozda o'ynaydi. Juda ahvolim chatoq bo'lsa, ikkovlon boshimni silab o'tiradi.

O'zim esa qizargan, yoshlangan ko'zlarim bilan internetdan kasalni yengillatuvchi maslahatlarni izlayman. Inqillab muzlatkichdan u-bu narsa topib yeyman yo buyurtma qilaman.

U kasal bo'lsa:

Yaqin-atrofimizdagi yaxshi shifokorlarni qidiraman. Dori beraman. Sut, choy qaynatib, asal qo'shib beraman. Ovqatlar qilaman. Oyoqlarini taglarigacha uqalab, krem/yog'/yod/anqoni urug'ini surtib qo'yaman. Internetdan kasaliga nima tezroq shifo bo'lishini izlayman. Ishqilib "domashniy doktor"ga aylanaman.

U esa 37 daraja issig'i chiqishi bilan soqolini oladi. Pullari qaysi banklarda turganini menga telegramdan yozib, pin qilib qo'yadi. Yashirincha vasiyatnoma ham tuza boshlasa kerak, lekin vaziyat vasiyatnomani qo'limga tutqazadigan darajaga yetib bormagan hech...

Yevropa sarguzashtlari

03 Oct, 11:34


#Austria

Ko'chada bepul tarqatishayotgan ekan. Bir marta ichib ko'rganimda almdudler yoqmagandi. Tekin bersa, yotib ye, degandek, olaverdim😃 Bunisi Guaranali emish, kofein dozasi yuqori ekan. Energetik ichimlik, qisqasi. Baribir bu safar ham ta'mi yoqmadi. O'zi umuman energetiklarni ta'mi yoqmaydi.

Yevropa sarguzashtlari

02 Oct, 09:43


Ko'ylak, futbolkalardan xop etib kurtka kiyiladigan yomg'irli, sovuq havoga tushib qoldik.

Xotirjamlik topilgan har qanday joyda o'zingni uydagidek his qilaverasan...Kurtkadami yo futbolkadami - ahamiyati yo'q.

Yevropa sarguzashtlari

01 Oct, 08:29


#safar

Mana, masalaning rus va ingliz tilidagi matnida 5 ta pechenye bor va uni 6 nafar bolaga teng bo'lib berish kerak. Ammo o'zbek tilida 5 ta pechenye 1 ta bo'lib qoldi birdan. Mayli, korrupsiyani hisobga olishgandir, lekin bu darajadamas-da?

Masalaning javobini esa Google Tarjimonga tashlab olishganmi, uni o'qib, quloqlarga qo'shilib ko'zlar ham qonaydi😭

Hali ham kechmas. Qanot Sharq, jurnalni ham, saytni ham o'zbekcha versiyasini tahrirlab beray? Bizni monopolistdan qutqarayotganlaring uchun rivojingizga chegirmali narxda hissa qo'shaman, mayli😆

Yevropa sarguzashtlari

01 Oct, 08:20


#safar

Qanot Sharqda uchdik. Ovqatlari, xizmat sifati, o'rindiqlari Havo yo'llarinikidan yaxshiroqdek tuyuldi. Styuard va styuardessalari o'zi qirol, yo'lovchi qaroldek muomala qilmaydi. Firuza degan styuardessa bilan ikki yosh styuard yigitlar ishini zo'r qilarkan. Ruschada aksent bo'lsa ham o'zbekchada tiniq gapiradi, ingliz tilisi ham yaxshi. Juda samimiy, o'zbekcha xushmuomalalik bilan muloqot qilisharkan.

Lekin bitta ismi o'zbekcha styuardessa bilan yana bir rus/tatar styuardessa baribir "Chikishga chakiramiz. Bolsaniiiz, xavo xarroratii, orindiklarni togrilab olin" deb chala o'zbekchada quloqlarimizni qonatdi🥲

1. Ruschasida aksent bo'lsa ham o'zbekchasi tiniq xodimlarni yollashsa;

2. Aviakompaniya vebsaytini ishga tushirib, to'g'ridan-to'g'ri chipta sotishni yo'lga qo'ysa;

3. Sayt va bortdagi jurnalning o'zbekcha tarjimasini normallashtirsa,

Havo yo'llaridan ancha ustun bo'lish salohiyati bor, xullas😃

Sayti-ku, mayli, hali sinov rejimida ekani uchun sifatsizmish. Lekin bort jurnalining muharriri bordir-ov? Hozir bitta misol qo'yaman.

Yevropa sarguzashtlari

01 Oct, 01:20


#home

Toshkentda opamnikiga borgandim. Sochimni kestirishga chiqib keldik. Borganimizdan boshlab chiqib ketgunimizcha qo'shnilar kuzatib o'tirishgan ekan.

- Anu kuni bitta chiroyli qiz keldi-yu, shu kim? Singlizmi?

- Hijobdamidi?

- Yo'q, sochi kalta kesilgan, "takooy" qiz edi. Bolachasi ham bor edi, shekilli. Birga qatgadir chiqib ham keldinglar.

- Haa, u ham singlim.

- Boy ekan, a? Eri qimmaaat moshinada obketdi-ya?

"Eri qimmat mashinada olib ketgan" boy men: ilova 50% chegirma bergani uchun komfort taksi chaqirgandim😆 "Takooy" men keng jinsi shim va futbolkada edim "esli chto".

Yevropa sarguzashtlari

29 Sep, 05:25


#home

Boy ota

Kecha Parkent bozor tomonda gilam do'konga kirib, kvadrat metri 150 mingdan gilam olmoqchi bo'lgan odamni "chalg'itib", bugun yaqinimizdagi gilam bazaga kelishga undadim.

- Kecha o'sha yerda ham bor edi kvadrat metri 80-90 minglik gilamlar.

- Ularni enlisi yo'q ekan, dedingiz-ku.

- Chalg'itmaganingda borini olaverardim-da.

- Juda sarflagingiz kelayotgan bo'lsa, ortgan 100 dollarni manga beraqoling? O'zim ketadigan joyini topaman🥹

- Bor, sen uyga ketaver. O'zim gilamlarni olib borib tashlayman.

Yevropa sarguzashtlari

26 Sep, 05:13


#home

Taksida. Haydovchi baland qilib har xil duolar va ularni qanday vaziyatda o'qisa nima natija berishini eshitib ketyapti. Bitta duo arabchada o'qildi, keyin o'zbekchada sharhi keltirildi va:

- Agar shu duoni ertalab o'qisangiz, kechgacha joningiz uzilsa, jannatga kirasiz, - dedi magnitofondagi ovoz.

Yana bir duo xuddi shu ketma-ketlikda o'qildi:

- Agar bu duoni falon marta tunda o'qisangiz, ertalabgacha omonatingizni topshirsangiz, jannatga tushasiz.

Shu payt qizil chiroq va 5-6 qator probkachaga duch keldik. Haydovchi shartta qarama-qarshi yo'nalishga chiqdi-da, tezlikni oshirdi. Baxtimizga 1-qatorga yetguncha yashil yondi va haydovchi probkada turganlarning oldini kesib o'tib o'zimizning yo'nalishga qaytib oldi.

- O'x, mana nega bu tinimsiz jannatga tushish duolarini o'qiyapti. Shu qilmishi bilan o'ziga qo'shib boshqani ham "rahmatli" qilib yuborsa, to'g'ri jahannamga ketadimi? Yo odam o'ldirsa ham, duo o'qisam hisob, deb o'ylashadimi?🤦‍♀

Yevropa sarguzashtlari

24 Sep, 09:15


Aslida o'zimiz turmaymiz. Chiptalar keyingi haftaga olingan😃

Sal epaqaga kelsin, muammolari kamaysin, deb harakat qilyapmiz, xolos. "Yalqov" mas'ullar bilan kurashish mening sevimli mashg'ulotim endi.