SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar @shevashunos Channel on Telegram

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

@shevashunos


Dr. Avazxon Umarov

O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han
https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar (Uzbek)

SHEVASHUNOS - Bu kanalda O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganish va turkiy til va adabiy meroslar haqida fikr yuritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kanalda postlar orqali Turkiya, Turk tili va tarjimalar bo'yicha eng yangi ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Kanal sahiplari Dr. Avazxon Umarov tomonidan boshqariladi va uning @Avaz_Han profilida eng so'nggi yangiliklar va maqolalar paydo bo'ladi. Agar siz turkiy tili va adabiyotiga qiziqqan bo'lsangiz yoki O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganishni istasangiz, SHEVASHUNOS kanali siz uchun ideal manzil bo'ladi. Avazxon Umarovning Instagram sahifasiga o'tib, uning shaxsiy hayoti va yangiliklari haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin: https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

01 Jan, 04:02


Yakandoz

Uzun bir qavat ko’rpacha. Yak- bir va andoxtan felining andoz hozirgi zamon asosini qo’shib hosil qilingan. İzohli lug’atda “ oyoq ostiga, o’rindiqqa bir qavat qilib solinadigan buyum” ma’nosini anglatadi. Siz tomonda qanday ataladi?! İzoh
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

30 Dec, 07:42


Turk tili muhitini his qilishingiz uchun-yilning eng yaxshi telegram kanallari!

😐 Ko'pchilik Turkiyaga,turk tiliga yoki Turkiyada ta'lim olishga qiziqadi.Ammo o'zbek tilida ushbu mavzularda o'ziga kerakli ma'lumotlarni har doim ham topa olmaydi.

🤩
Biz bu yilda o'zining turk tiliga bog'liq foydali kontentlari yordamida o'quvchilarga katta manfaat berayotgan Hilol Eduning mutaxassislarini bir joyga jamladik.

👉
Yilning eng yaxshi turk tili telegram kanallariga ulanish

❗️Yuqoridagi havola orqali kirib, kanallarni oʻz telegramingizga qoʻshib olsangiz boʻladi.

Eng yaxshi turk tili kanallarini kuzatib boring va turk tili shuningdek, Turkiya haqidagi eng to'g'ri ma’lumotlarni oling!

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

30 Dec, 07:41


Men yaxshi bilgan va tavsiya qiladigan turk tili kanallari✍️👇

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

29 Dec, 13:31


"Qamar" kitoblar do'konida 2024-yilda eng ko'p sotilgan (Bestseller) kitoblar ro'yxati chiqibdi. Qarab chiqqanimda eng ko'p sotilgan 24 kitob ichida men tarjima qilgan ikki kitob (“MEN”, “İSHQQA OSHİQMAN) ham bor ekan. Chin dildan sevindim. Qaysidir ma’noda xalqimizga kitoblar orqali xizmat qilayotganimdan quvondim. Millatni kitob qutqaradi. İlmga qaytaylik. O’zligimizni taniylik✍️

@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

28 Dec, 04:00


Bu kanalni ham yuritaman. Asosan tarjimalar. Orada qarab turinglar😊

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

20 Dec, 15:01


Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

19 Dec, 13:24


Assalomu aleykum!

🔊🇹🇷TURK TILI o’rganmoqchi bo’lganlar diqqatiga!

Magistratura va doktorantura (PhD) bosqichlariga hujjat topshirish oldidan til sertifikati uchun tezkor TURK TILI o’rganishni hohlaysizmi?

Darslar 🇹🇷TURKIYA’dan turib, (Haftada 3 kun 2 soatdan) ONLINE shaklda olib boriladi…

okuma
yazma
Konuşma
dinleme

Murojaat uchun👨‍💻:
Instagram | Telegram

Telegram adress👇

https://t.me/PhdEgeUniversity

📆Darslar tez orada boshlanadi…!

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

16 Dec, 04:01


Qirov[qıråv] – sovuq havo natijasida paydo bo’lgan oppoq qorsimon zarralar. Bu so’z ham Devonda kıragu shaklida uchramoqda. G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z “qirov [qıråv]” ga aylangan.
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

15 Dec, 17:40


Buyug’ /Buyuq/ – qattiq sovuq. Bu ot qadimgi turkiy tilda “sovuqdan qotib o’lib qolmoq” ma’nosidagi bud- fe’lidan yasalgan so’zdir. Buyuq so’zi shevalarimizda ishlatilib kelinadi. Farg’onada, Qo’qon atrofida bu so’zni ko’p eshitganman. Odatda issiqroq havoda qavat-qavat qalin kiyinib olgan odamga e’tiroz ohangida : “Namuncha qalin kiyinib olibsan? Buyug’da qolganmisan?” deyiladi. Bud- so’zi Mahmud Qoshg’ariyning Devonida uch o’rinda keladi. Devonda shunday o’rnak bor: “Er tumlugqa budtı”- Odam sovuqdan qotib qoldi va o’ldi. Siz sovuqni anglayuvchi qanday qiziq so’zlarni bilasiz? İzohda qoldiring😊
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

15 Dec, 09:56


Shvabra bilan bog’liq so’rovnoma qilgandim. U yerda “polcho’p va polyuvgich” so’zlaridan qaysi biri mos tushadi degandim. 154 kishi qatnashgan anketada 44 foiz odam “polcho’p”ni, 54 foiz odam “polyuvgichni” afzal ko’rgan. İzohlarda berilgan variantlar ham juda yoqdi. Masalan, Xorazmda “poltayoq” deyilar ekan. Samarqandning qaysidir tumanida yerartqi, polartqi kabi orginal ismlar bor ekan. Shuning uchun aytaman-da shevalar muhim deb. Sizga ushbu to’rt variantdan qaysi biri yoqdi:
Poyuvgich
Polcho’p
Poltayoq
Yerartqi(polartqi)
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

14 Dec, 19:15


...
Қишлоқ тунлари

Ҳозир, аниқ биламан, айни шу дамда...
Қишлоқ ҳувиллаб ётибди: кимсасиз кўчалар, аҳён-аҳёнда чироқ нурлари...
Қишлоқдаги барча уйларнинг чироқлари ўчган, тунни кўмир тутуни қоплаган.
Бир болакай велосипедини ғизиллатиб ўтиб боряпти. Менга жуда таниш болакай. Унинг қўлида бир халта, халтада бир даста сурат. Плёнкадан эндигина қоғозга кўчирилган суратлар...
Кундузларни тунларга таслим қилишни истамаган болакайнинг кўзларида ҳайрат яшайди ва ўзидан баланд орзулар...

Бу қишлоқ тунлари менга тегишли. Бу тун ўша кўзларига ҳайратни жойлаган болакайга дахлдор...
Болакай мактаб рўпарасидаги катта тутдан қўрқади. Тутга яқинлашган сари бадани музлаб педални янада тезроқ босади. Тутга қарамайди. Гўё қарамаса, тут ҳам йўқ бўлиб қоладигандек...
Тоза туйғулар ва ҳаяжонларни ортмоқлаб олган велосипед қоронғу, кимсасиз кўчалардан ғизиллаб ўтиб боради. Тезроқ уйига етиб борса, эшикни очсаю бугун чиқарган расмларини отасига кўрсатиб мақтанса. Айниқса, онасининг сўрида дутор чалиб ўтирган расми зўр чиққан. Кейин синглининг атиргул олдида тушган расми ҳам мақтанишга арзийди. Отасининг сомон кесаётган пайтидаги расми ҳаммасидан яхши чиққан. Бу расмлар отасига ёқиши аниқ. Балки чиндан ёқса, унинг ўзига ҳам ўртоғиникидек расмчиқаргич аппрат олиб берармиди...

Болакай ҳозир ҳам ўша ўнқир-чўнқир қишлоқ кўчаларида тунни ёритиб велосипедини ғизиллатиб учиб юради.
У уйига шошаётган паллада қанча одам қоронғи уйлар ичида дардини деворга айтиб ётган бўлади.
Қанча одам юрагини тўкиш учун қоғоз-қалам қидираётган бўлади, билмайман. Аммо қишлоқнинг бутун тунлари менга ва ўша таниш болакайга тегишли...

©️Маъруфжон Йўлдошев

29.10.2024

🌙 https://myuldashev.blogspot.com/2024/10/blog-post_29.html?m=1

✔️@hayot_deganlari

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

14 Dec, 19:15


Tasvir, majoz go'zal berilibdi. Rahmat, Ma'rufjon domla!✍️👇

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

01 Dec, 14:00


Ilm va ijod – har ishda najot...

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

01 Dec, 11:07


Jilvir qog’oz

Buyumlarning sirtini silliqlash, sayqalalsh, jilolash uchun ishlatiladi. Qum qog’oz ham deyiladi. O’zbekcha talaffuzga moslashtirilgan ruscha “najdak” qog’oz shakli ham ko’p ishlatiladi. Turkcha zımpara kağıdı, ozarbayjoncha- qum kağızı, zımpara kağızı; qozoqcha- tegistey qağazı, kum kagaz; qirg’izcha - kum kagaz kabi ishlatiladi.
Siz tomonlarda qanday ataladi? Biz bilan bo’lishing.
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

26 Nov, 13:51


O’qituvchi
O'zbek tilida biror kishiga dars bergan, harf o'rgatgan insonga ustoz, murabbiy, o'qituvchi deyiladi. Ustoz va murabbiy umumiy ma'noda ishlatiladi. Har sohaning ustozi bo’ladi. O'qituvchi so’zi esa aynan maktabda bizlarga ilm o'rgatgan insonga nisbatan qo'llaniladi. Ba’zi shevalarda ayol ustozlarga opoy ham deyishadi. Biz ham boshlang’ich sinfda opoy der edik. Salimaxon opoy, Shahnozaxon opoy kabi ustozlarimiz bor edi. “O’qituvchi” so’zining qolgan turkiy tillarda qanday atalashi sizga ham qiziqmi?! Ko’rib chiqamiz:
Turkcha- öğretmen, hoca
Ozarbayjoncha- müellim
Turkmancha- mugallym
Uyg’urcha- o’qutquchi
Qozoqcha - mug’alim
Qirg’izcha- mugalim, okutuuchu
Mog’ulcha- bagsh (baxshi so’zidan olingan bo'lsa kerak)
Tuvacha- bashqi
Yoqutcha- uchuutal(ruscha uchitel)

Siz tomonda o’qituvchi o’rnida yana qanday so’z ishlatiladi?!

@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

16 Nov, 06:36


Angishvona

Buning oti angishvona! Ko’rpa qavishlarda ishlatiladi. Turkchada yüksük deb ataladi. Qolgan turkiy tillarda qanday deb qaray olmadim. Menda bu jihoz bilan bog’liq go’zal xotiralar bor. Buvim, onam, kelinoyilarim so’rida o’tirib ko’rpa qavish bilan barobar qo’shiqlar, salovatlar va allalar aytishardi. Faqatgina ko’rpa emas, balki xotiralarimga adabiyot qavilardı. Angishvona desa ko’z o’ngimda ko’zlariga ko’zoynak taqib olgan, yashil va oq rangli kiyimda buvim gavdalanadi. Bu bilan bog’liq sizning esingizda nimalar qolgan?! Siz tomonlarda angishvona boshqa qanday nom bilan ataladi?! Bu so’z ishtirok etkan maqol, matal, she’r bo’lsa biz bilan baham ko’ring

✍️Viloyat, tumanni yozishni unutmang!
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

10 Nov, 17:35


Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

02 Nov, 07:04


​​Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar

📚 Adabiy, ijodiy:
• Adabiy jarayonlar
• Barchasi kitoblar haqida
• Boburshoh va Napoleon
• Bookerberg
• Bu kitobni olaman
• Zamira O‘zturk kanali

Ilmiy, tarixiy:
• Bemaqsad qaydlar qabristoni
• Dialekt va dialektologiya
• Eng sara faktlar
• Eski savollar
• Qiziqarli faktlar va tarixiy suratlar
• Statistikalar va foydali raqamlar
• Tarix va tahlil
• Valkiriya qizlari
• Oʻzbek tili xazinasi

🌎 Hayotiy, ijtimoiy:
• Hammasi hayot haqida
• Siyosiy va harbiy yangiliklar

👉 Barcha kanallarga ulanish uchun

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

28 Oct, 16:23


Yoshligimizda soy yoki kanal qirg’og’ida mana shunday uychalar yasar edik. “Chumchuq uya”, “Qaldirg’och uya” deb atardik. Siz tomonlarda qanday atalardi?!
İzohlarda fikr qoldiring!
✍️ Vioyat, tumanni ham yozishni unutmang

Videoda O’rtayer dengizi/ Mersin

@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

23 Oct, 20:38


Yangi tarjima

Bu galgi tarjimam ruhimizning ziynatlari haqidadir. Kitob bizga unutilgan va egalik qilishimiz kerak bo’lgan ziynatlarimizni eslatadi. Kitobda o’qish, zamon, savol so’rash, mahramiyat, iroda ziynatlariga e’tibor qaratilgan. Kitobni o’qing va ruhingizni ziynatlantiring🎉✍️👏👇

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

23 Oct, 20:38


Тез кунда…

Навниҳол қизлар!
Замона зайли билан ҳар қандай маълумотни қўлга киритиш осон бўлиб қолган бир пайтда...
Технологиялар бизни виртуал олам қаърига шиддат билан тортиб кетаётган бир пайтда...
Бизни асл моҳиятимиз билан боғлаб турган қадриятларимиз худди арқон толалари каби кун сайин юпқалашиб, узилай деб турган бир пайтда...
Сиз йўқотиб қўйган, унутган ё-да ташлаб юборган зийнатларингизни қўлингизга яна тутқазмоқдаман.
Бу зийнатлар руҳингизга тегишлидир...
Бу зийнатлар ичингизда доим бўлган, лекин ўкситиб ташлаб кетилган фазилатларингиз билан қайта топиштириб қўяди. Маънавий зийнатлар шиша идишга солиниб, денгизга ташлаб юборилган мактублар каби ўз эгасини қидирмоқда.
Улар сизни қидирмоқда!

https://t.me/nasimkutub

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

14 Oct, 10:41


Ushbu ish quroli ustalar tilida pensa deb ataladi. Sal boshqacharog’iga ambir ham deyishadi. Ushbu asbob-uskuna turkchada kerpeten(arabchadan olingan so’z), qozoqchada tisteyik(tishlaydigan, tishlovchi), qirg’izchada qisqach deyiladi. Bu haqida sizlarning izohingizdn keyin batafsil post tayyorlayman. Siz tomonlarda ushbu asbob qanday ataladi?!
✍️ Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!
@shevashunos

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

10 Oct, 18:55


​​Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar

📚 Adabiy, ijodiy:
• Adabiy jarayonlar
• Barchasi kitoblar haqida
• Ilm va ijod uyg‘unligi
• Onlayn “kitob doʻkoni”
• Zamira O‘zturk kanali

Ilmiy, tarixiy:
• Biz bilmagan tarix
• Dialekt va dialektologiya
• Mastlikda bitilgan jurnalist qaydlari
• Qiziqarli faktlar va tarixiy suratlar
• Statistikalar va foydali raqamlar
• Tarix va tahlil
• Oʻzbek tili xazinasi

🌎 Ijtimoiy, siyosiy:
• Siyosiy va harbiy yangiliklar

👉 Barcha kanallarga ulanish uchun

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

01 Oct, 07:19


MAKTAB
Erkin Bozorov she’ri

Tasvirchi va colorist:
Qosimxon Ziyobekov

Musiqa: “And The Waltz Goes On” by sir Enthony Hopkins
———————————————
Ijodiy ishimizda ko’mak bergan Toshkent shahar 338-maktab rahbariyati, Ustoz va o’quvchilariga tashakkur bildiramiz!

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi men ta’lim olgan 15-maktabimga, qadrli Ustozlarimga sog’inch to’la salomimni yo’llab qolaman!

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

20 Sep, 16:37


​​Aziz obunachilar! Sizlarga telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan adabiy, ijodiy, ilmiy, tarixiy mavzudagi sara sahifalar jamlanmasini tavsiya etamiz. Marhamat:

👉 Barcha kanallarga ulanish uchun

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

12 Sep, 20:00


Daydi

Bevaqt, bekor yuradigan odamlarga nisbatan Qo’qon va atrof tumanlarda sanqi degan so’z ishlatiladi. Sang’i shakli ham bor. Daydi, sayoq so’zlari aynan shu so’zning sinonimi sanaladi. Siz tomonlarda bunday ma’noda qanday so’zlar ishlatiladi?
✍️Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!

@shevashunos