Endokrinolog maslahati 📄✍️ @endocrinoo Channel on Telegram

Endokrinolog maslahati 📄✍️

@endocrinoo


🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal

Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda

Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul!

Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir

Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring
Yaqinlarga ham ulashing

Endokrinolog maslahati 📄✍️ (Uzbek)

Endokrinolog maslahatini olish uchun endocrinoo Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda endokrinologik kasalliklar haqida ma'lumotlar, ularning yechimlari, tibbiy maslahatlar bepul tarzda taqdim etiladi. Endokrinologiyaga oid eng so'nggi yangiliklar, tavsiyalar va qo'llab-quvvatlash ma'lumotlari siz uchun mavjud. Asosiy maqsadimiz - sizning sog'ligingizni ishonchli qo'llarga topshirish! Kanalga @Md_Jahongir orqali bog'lanishingiz mumkin. Sizning yaqinlaringizni ham bu foydali kanal bilan ulashishga chaqiring va endokrinologiyaga oid muhim ma'lumotlardan xabardor bo'lishingizni ta'minlang.

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Jan, 10:12


O‘zbekistonda kuniga 10 ming qadam yuradigan fuqarolar yana rag‘batlantiriladi

Bu «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil» iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident Farmonida nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, Ekologiya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligiga 1 iyungacha «Bir million yashil oila» umummilliy harakati doirasida bir kun ichida kamida o‘n ming qadam bosib o‘tishni targ‘ib qilishni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shaxslarga «ekofaol fuqaro» maqomi beriladi. Ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda, shuningdek, banklardan iste’mol krediti olishda (davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan) 10 foiz miqdorida chegirmalar taqdim etiladi. Voyaga yetgan barcha a’zolari «ekofaol fuqaro» maqomi berilgan oilalarga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil beriladi.
...................

Bir necha yillar avval bu ilova bor edi. Oʻsha paytlar ancha piyoda yurib davlatni bankrot qilib yuborgan edim. Ilova pul berishdan to'xtagan edi. Yana bankrot boʻlgisi keldi chogʻi 😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Jan, 08:17


Satellit ekspres glukometri test yaproqchasi (paloska) ishlatish muddati esa ishlab chiqaruvchi tomonidan idish ustki qismiga yozilgan boʻladi

(Rasmda koʻrsatilganidek)

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Jan, 06:58


#hazil_time

Xõõõõsh shundaymi aziz ayollar 😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Jan, 05:06


Oh naqadar yaxshisiz...

Hali hamon koʻplab bemorlar menda ichki buqoq bor shunga dori ichaman degan gapni aytadi.

Ularning taxlillariga qiziqsangiz na ultra tovush tekshiruvi na gormon taxlili bor.

Yanada qiziqib koʻrsangiz bemor shifokorim qoʻlida ushlab bilgan deydi.

Shu payt qani endi meni ham qoʻlim uzi, koʻzlarim rentgen boʻlib qolsa degim keladi.

Shunda men ham qalqonsimon bez oʻlchami, chegarasi, exogenligi, soyalanishi, diffuz oʻzgarishlari, qon oqimini "xis qilgan" bo'larmidim.

Vaqtingiz oʻtdi aziz eksponatlarim

Fikrlar subyektiv © Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Jan, 03:43


#hazil_time

Sizga ham kerakmi 😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Jan, 02:25


Boʻy oʻsishida sakrash mashqi

Ushbu mashq nafaqat o'sishga yordam beradi, balki kayfiyatni yaxshilaydi, oyoq mushaklarini kuchaytiradi va vazn yo'qotishga yordam beradi. Siz shunchaki joyga sakrashingiz yoki trambolin yoki arqondan foydalanishingiz mumkin.

Sakrashda siz bir vaqtning o'zida oyoqlaringizni yerdan ko'tarib, xuddi shu tarzda yerga tushishingiz kerak.

Ushbu mashq ortiqcha vaznga ega bo'lgan va tizza bo'g'imlari bilan bog'liq muammolarga duch kelgan odamlar uchun qarshi koʻrsatmadir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 16:33


Duogoʻylar oʻzimizni qorakoʻzlar ekaneee

Boʻldi boshqa yangilik oʻqimayman 😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 16:24


Duogo'ylar hamma yerda bor ekanu 😂😂

Yozme degan sari oʻzi meni qidirib keladi shu yangiliklar

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 16:18


Balki dasturxonda pichoq boʻlgandir a yoki tuzmi😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 15:50


Samarqandda 10 nafar erkak oʻziga sogʻlik tilab aroq ichishgan. Duolari ijobat boʻlmagan

Tugadi...

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 13:07


Tungi ochlik haqida

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Insonning tabiiy bioritmlari shunday tuzilganki , tun ovqat hazm qilish uchun moʻljallanmagan.
Kechasi odam uhlaganda tana oʻz funksiyalarini tiklaydi, oʻzini tartibga soladi, kasalliklarga qarshi kurashadi.

Miya faoliyati sekinlashadi. Barcha azolar minimal energiya bilan ishlaydi. Siz esa bu vaqtda tanangizni ovqat hazm qilishga majburlashingiz eng kamida yaxshi dam olishingizga qarshilik qiladi. Boshqa zararli taraflari esa aytsa kitob boʻladi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 11:17


Boʻy oʻsishda "Osmonga ko'tarilish" mashqi

Cho'zishga asoslangan balandlikni oshirish uchun yana bir samarali mashq. Qo'l, orqa, bo'yin va qorin mushaklari ishtirok etadi.

Oyoqlaringizni birlashtirib, tekis turing. Qo'llaringizni erga parallel qo'ying va ularni asta-sekin oldinga, keyin esa yuqoriga ko'taring. Butun tanangizni osmonga cho'zing, lekin oyoqlaringizni yerdan ko'tarmang. Nafas olishni kuzatish juda muhimdir. Bu tinch va chuqur bo'lishi kerak. Burun orqali nafas oling, og'iz orqali nafas chiqaring. Boshingizni tekis ko'taring, kaftlaringizga qarang. Nafas olayotganda nafasingizni ushlab turing, asta-sekin boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va og'zingizdan nafas oling. Keyin mashqni yana bir necha marta takrorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 08:07


Accu-chek glukometrida ishlatiluvchi test yaproqcha (paloska) ning ishlash muddati 18-21 oy.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 03:11


Boʻy oʻsishida "Kobra" mashqi

Orqani mustahkamlash va qorin, ko'krak va elka mushaklarini cho'zish uchun kobra mashqlari tavsiya etiladi. U rasmdagidek holatda amalga oshiriladi.

Sizning kaftlaringiz yelkangiz ostidagi yerga qo'yilishi kerak. Qo'llaringizni cho'zgan holda yuqori tanangizni ko'taring. Shu bilan birga, boshingizni orqaga eging.
Ushbu pozitsiyani 30 soniya ushlab turishingiz kerak. Keyin boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va mashqni yana bir necha marta takrorlang.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 03:09


#music_time

Bir qarab oʻting bizga leytenant

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 02:05


Men Vatanni bir qizday sevdim. Orziqish bilan, qizg'anish, g'uborsiz, goh hirs, goh maqtanchoqlik, goh mudroq, goh uyg'oqlik bilan, neki illatlar bor, neki ezguliklar, bari-bari bilan muhabbat qo'ydim.
Bu g'aroyib sevgi tarixi esa uzundan-uzun hikoyadir.

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Jan, 01:02


14-yanvar Vatan himoyachilari kuni 🇺🇿
Bayramim bilan

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Jan, 10:52


Tugunli buqoq
Qalqonsimon bez ichidagi patologik hosila boʻlib atrofdagi toʻqimadan parenximasi bilan farq qiladi.

Kelib chiqishi:
Yod yetishmovchiligi eutireoid buqoq rivojlanishining atigi bitta bo'lsada, lekin juda ahamiyatli sabablaridan biri.

Bundan tashqari bu kasallik etiologiyasida quyidagi sabablar ham yotgan bo'lishi mumkin:
--yodning ichakda so'rilishining buzilishi,
--bir xildagi asosan zobogen effektli mahsulotlar bilan ovqatlanish,
--zobogen samarali dori vositalari qabul qilish,
--tireoid gormonlar sintezi va metabolizmida qatnashuvchi fermentlar nuqsoni va boshqalar.

Paypaslab koʻrilganda meyordagidek koʻringan qalqonsimon bez UTT qilinganda 50% hollarda tugun borligi aniqlangan. Yani diagnostikada UTT muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Jan, 08:49


#asorat

Diabetik retinopatiya

Qandli diabetda rivojlanuvchi koʻz simptomi boʻlib 3 ta darajasi mavjud.

Noproliferativ
Preproliferativ
Proliferativ

Kechishida jarayon oʻgʻirlashib koʻz qon tomirlarida tromb , mikroanevrizmlar hosil boʻlib boradi. Toʻr parda koʻchishi, qon tomirlar yanada ortib borishi sababli hatto ko'rlikka olib boradi.

Oldini olish : qondagi qand miqdorini meʼyorda saqlashga urinish , tashqi taʼsirlardan saqlash zarur boʻladi.

Davolash kechki bosqichlarda lazerkoagulyatsiya qilish va yangi qon tomir va tromb hosil boʻlishini oldini olishga qaratiladi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

12 Jan, 17:48


#music_time

Yonimda boʻl ❤️

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

12 Jan, 14:24


Qandli diabeti bor bemorlar oyoqlar parvarishida nimalarga eʻtibor berishi kerak?

✔️ Har kuni oyoqlar terisi va tirnoqlarni ko'zdan kechiring;
✔️ Doimo iliq suvda yuvib, barmoqlar orasini ham sochiq yordamida quriting;
✔️ yumshatuvchi kremlardan foydalaning, barmoqlar orasi bundan mustasno;
✔️ Tirnoqlarni jarohat etadigan darajada tagidan olmang;
✔️ Qadoqlarni mustaqil davolamang;
✔️ Paxtali matodan, alohida diabetlar uchun paypoqlardan foydalaning va har kuni almashtiring;
✔️Poyabzalingizni kiyishdan avval uning ichida yot narsalar yo'qligini tekshiring;
✔️ Yalangoyoq yurmang,
✔️ Chekmang.

Shifokoringizga uchrashib, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiling

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

12 Jan, 12:41


Kayfiyat tana vazniga taʼsir qiladimi?

Agar kayfiyatingiz tushkun boʻlsa vazn ortishi ehtimoli ortadi, agar yaxshi yoki yuqori boʻlsa ortiqcha vazn chekinadi.

Organizm stress vaqtida boshqa biror narsadan rohatlanishni xohlaydi va bu holatda koʻpincha koʻproq ovqatlanib qoʻyadi, yaʼni shundan lazzat olgisi keladi. Bu esa semirishga sabab boʻladi. Baʼzi ayollarda esa erining eʼtiborsizligi va xohlaganidek sevilmasligi sabab vazn ortish holati kuzatiladi.

Shuning uchun kayfiyatni koʻtaring, miyangizdagi boshqalarga nisbatan nafrat tuygʻusini yaxshi koʻrish, muhabbat tuygʻusiga oʻzgartiring!
Yaxshi koʻrsangiz yaxshi koʻrilasiz ...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

12 Jan, 12:00


Konservalangan gilos 🍒 ko'pincha qo'shimcha shakarni 🧂o'z ichiga oladi.

Siropga solingan 1 stakan konservalangan gilosda taxminan 60 gramm uglevodlar mavjud.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

11 Jan, 17:22


#music_time

Yana qayta kelsam dunyoga ❤️

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

11 Jan, 12:14


Semizlikdan qutilish, ozish uchun yozilgan postlarni jamlab bersam

Semizlik_turlari Diagnostikasi

5 maslahat. Bolalar semizligi

Tv va semizlik. Keto dieta

Retsept. Tavsiya

Parxez. Grechka

Ozishga_tavsiya. Ozish_formulasi

Yarim_porsiya. Orlistat(orlip)

Keto_dieta_2. Interval_och_qolish

Parxez_tavsiya. Oltin_tavsiya

Iqtisod koʻp_yeb_qoymaslik

Uyqu_rejimi kaloriyasi_kam

Oqsilli_salat Bularni_taqiqlang

Uyquning_orni Tavsiya_Taqiq

Buqoq_semizlik Bolalarda

Tungi_marsh🚶‍➡️ 100_kkal

400_kkal kofe_snikers

Qovurib_yoki_qaynatib

Arg'amchi_sakrang Suzish_muhim

Dieta_qilolmayapman Jinsiy_buzilish

Vit_D_jinsiy_tasir Qizlarda_semizlik

Ozgʻin_Semiz Tungi_ochlik

Videolar_jamlanmasi👇👇

Kam_yeyman_rostan Kaloriya

Dieta Ustozdan

Kaloriya_2 Nonushtaga

Qasamyod Sport_dieta

Irodangiz_yetadimi Tez_ozish?

Ozishdagi_dushman Ideal_vazn

Statistika Shakari_bormi?

Semizlik_kovid19 6_retsept

Asabiylik_semizlik

#ozishda heshtegi orqali joylangan maʼlumotlar 👇👇👇👇

Muvozanat ovqatlanish_ritmi

Energiya_taqiq shakar_istemoli

Koʻk_choy zardob_oqsili

Fast-food limon+asal

Mevami_yoki_sharbat tarelka👍

Suv_iching Badantarbiya

Tungi_yurish Yoga

Kardio_mashq ishga_ōqishga

Piyoda_yurish Tana_mashqi

Suzish Joyda_yugurish

☝️☝️Ushbu yozuvlar ustiga bosib semizlikdan halos boʻlish uchun yozilgan maʼlumotlarni oʻqib kerakli tavsiyalarni olishingiz mumkin

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

11 Jan, 04:51


Yon tomonga egilish

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Bo'yingizni oshirish uchun siz nafaqat mushaklaringizni kuchaytirishingiz, balki ularning elastikligini ham oshirishingiz kerak. Bunda cho'zish mashqlari yordam beradi.

To'g'ri turing, oyoqlaringizni birlashtiring, qo'llaringizni yuqoriga ko'taring va ularni bir-biriga bog'lang. Sekin-asta tanangizni chapga egib, 20 soniya ushlab turing. Boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va keyin o'ngga egilib turing. Mashqni kamida 10 marta takrorlang.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

11 Jan, 02:41


Glikemik indeksi yuqori mahsulotlar haqida poster

Diabet haqida bilimga ega inson unga qarshi kurashishda gʻalaba qila oladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

11 Jan, 01:01


Mavzudan tashqari

Fransiyaning Lans klubida toʻp tepa yotgan oʻzbek yigiti Abduqodir Husanov endi Angliya premyer ligasi liderlaridan biri Manchester City sharafini ximoya qiladi.
Futbolchimiz transferi 40 mln yevroga baholandi. Bunaqa narx hali oʻrta Osiyo va nafaqat Osiyoda ham boʻlmagan.

Tabriklaymiz 🎉

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

10 Jan, 13:22


🐼Semizlik va 💪testosteron

Testosteron — asosiy erkaklik gormoni hisoblanadi. Ushbu gormon etishmasligi oqibatida erkaklarda sababsiz semirish paydo bo'ladi. 
Agar ovqatlanish rejimiga amal qilmay, ortiqcha taomlanilsa semizlik rivojlanadi, qorin va bel sohasida (visseral) yog'lar yig'ila boshlaydi va bu yog'lar testosteronni emiradi, aktivligini va miqdorini kamaytiradi.

Eʻtibor bergan bo'lsangiz, birinchi holatda testosteron etishmasligi sabab semirish kuzatilgan bo'lsa, ikkinchi holatda semirish sabab testoteron miqdori pasaymoqda.

Agar sababsiz semirish, libido pasayishi, jinsiy zaiflik kuzatilsa testosteronni ko'paytiruvchi mahsulotlar isteʻmolini va jismoniy yuklamani ko'paytirish kerak. 

Testosteronni ko'paytiruvchi eng yaxshi mahsulotlar:
• Zanjabil (imbir)
• Ustrisa
• Anor, anjir, banan
• Vitamin D ga boy mahsulotlar 
• Sinkka boy mahsulotlar 
• Achchiq qalampir
• Sarimsoq (chesnok)
• qo'y yog'i va baliq yog'i
• Sholg'om
• Zaytun moyi (olivkovoe)
• Yong'oqlar
• Qora shokolad
• Sut va sut mahsulotlari
• Go'sht va go'sht mahsulotlari

Bundan tashqari:
- Sog'lom uyqu (7-8 soat)
- Stressni kamaytirish

Testosteronni kamaytiruvchi mahsulotlar:
• Qayta ishlangan mahsulotlar
• Konserva mahsulotlari
• Alkogol
• Gazlangan rangli ichimliklar
• Transyog'lar 
• Shakar, tuz
• Fastfudlar

Bundan tashqari:
- Semizlik
- Gipodinamiya
- Stress, tushkunlik
- Nosog'lom ovqatlanish

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

10 Jan, 05:59


Bir oyoqqa sakrash

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Boʻy oʻsishida foydali mashqlardan yana bir bu bir oyoqda sakrashdir.

Qorin va pastki tananing mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun oyoq mashqlari, ayniqsa sakrash tavsiya etiladi.

To'g'ri turing, qo'llaringizni yuqoriga ko'taring. O'ng oyog'ingizni tizzangizga buking. 10 ta sakrashni bajaring. Keyin o'ng oyog'ingizda turing, chap tizzangizni egib, yana 10 ta sakrashni bajaring.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

10 Jan, 03:36


Haqiqat achchiq boʻladi...

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

10 Jan, 03:33


"O‘tganingizdan keyin namozga uyg‘otgan kishilaringiz, shirinso‘zingiz bilan yupanch bo‘lganlaringiz, yashirin nasihat qilganlaringiz yoki samimiylik bilan boqqanlaringiz sizni izlashadi.

Shunday ekan, dunyoda musofir kabi bo‘ling. Ortingizda chiroyli izlar qolsin!".

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

10 Jan, 01:35


Sayyid ul ayyom
Hajjul masokin juma muborak 🌙

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

09 Jan, 14:05


Selen (Se) yetishmasligi


Selen elementi — qalqonsimon bez va immun tizimini normal ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, u Ye vitamini bilan birgalikda organizmni antioksidant himoya qilish jarayonlarida ishtirok etib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Uning yetishmasligi ateroskleroz, miokard infarkti, saraton kasalligi xavfini oshiradi, temir va yod yetishmasligi kuzatiladi (selen ularning kofaktori hisoblanadi) odatda autoimmun tireoidit bilan birga kechadi.

✓ Selen tanani ogʻir metallar va mishyakdan himoya qiladi (ularni antagonisti hisoblanadi).

✓ Selen ayniqsa, homiladorlik asoratlarini oldini olish uchun farzand rejalashtirishda erkaklarga kerakli element.

📌 Organizmda yaxshi soʻriladigan formalari: selenometionin va se-metil-L-selenosistein (dorixonalardan soʻrang).

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

09 Jan, 10:03


Osilish mashqi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ushbu mashq butun tananing mushaklarini o'z vazningiz bilan cho'zish orqali bo'yingizni oshirishga imkon beradi.
Oyoqlaringiz yerga tegmasligi uchun uning balandligi sizning balandligingizdan balandroq bo'lishi kerak.

Turnikni mahkam ushlaganingizdan so'ng, siz tanangizni bo'shashtirishingiz va 30 soniya davomida osilishingiz kerak. Mashqni kuniga 3 marta takrorlashingiz kerak.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

09 Jan, 06:59


#hazil_time

Damaschilarga yuboramiz😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

09 Jan, 06:16


#analiz

C-reaktiv oqsil (SRO) - cho'kma hosil qiluvchi oqsil. Kimyoviy tabiati bilan glikoprotein hisoblanadi. Sog'lom odamning qon zardobida C-reaktiv oqsil mavjud emas va u yallig'lanish va to'qima nekrozi bilan birga kechadigan patologik sharoitlarda paydo bo'ladi, xususan, u birinchi bor krupoz pnevmoniyada aniqlangan.

🔎 SRO mavjudligi kasallikning o'tkir davri uchun xosdir.
SRO ni aniqlash revmatizmning o'tkir davrida, miokard infarkti, pnevmokokk, streptokokk, stafilokok infeksiyalarida diagnostik ahamiyatga ega.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

09 Jan, 04:48


#asorat

Qandli diabetda bolalarda qanday asoratlar paydo boʻladi?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

📎Spesifik
•Katarakta
•Glomeruloskleroz
•Sindrom Moriaka
•Sindrom Nobekura
•Teri lipoid nekrozi
•Jismoniy va jinsiy infantilizm
•Oyoq qoʻl uchlarida yiringli holatlar

📎Nospesifik
•Piodermiya( teri yuringlashi)
•Furunkulyoz
•Stomatit
•Vulvit, vulvovaginit
•Balanit
•Kandidoz
•Siydik infeksiyasi

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

09 Jan, 02:53


Koʻprik mashqi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Ko'p vaqtini o'tirgan holatda o'tkazadiganlar nafaqat umurtqa pog'onasi bilan bog'liq muammolar, balki past bo'yli bo'lishi ham mumkin. Koʻprik mashqlari tananing noto'g'ri pozitsiyasining salbiy ta'sirini bartaraf etishga yordam beradi. Muntazam bajarilganda, siz o'zingizning holatingizni to'g'rilashingiz va o'sish jarayonini rag'batlantirishingiz mumkin.

Mashq chalqancha yotgan holda, yelkalaringizni erga bosib, qo'llaringizni tanangiz bo'ylab cho'zilgan holda amalga oshiriladi. Sekin-asta tizzalaringizni buking va ularni poldan ko'tarmasdan, 90 daraja burchak hosil bo'lguncha oyoqlaringizni ichki tomon torting. Tos suyagini ko'taring. Bu holatda 30 soniya turishingiz kerak. Boshlang'ich pozitsiyasiga qayting va mashqni yana kamida 9 marta takrorlang.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

08 Jan, 06:57


#hazil_time

Xõõõõsh azizlar bionur oluvchilar bormi😂
Bormi ogʻriq 🤣🤣🤣

Chatgpt orqali tayyorleman endi hazillarni rasm holida 👍😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

08 Jan, 06:26


Immunitetni pasaytiradi:

1. Kayfiyatsizlik, doimiy stress
2. Uyquni sifatsizligi va davomiyligini kamligi
3. Yetarlicha suyuqlik ichmaslik
4. Quyosh nurlarida toblanmaslik
5. Harakatsizlik (gipodinamiya)
6. Yetarlicha oqsil yemaslik
7. Gipo- yoki avitaminozlar

Ho'sh, nima qilish kerak?
Barakalla, shularni aksini qilish kerak!

1. Fe'lingizni keng qiling, bo'lar-bo'lmasga e'tibor bermang, turli yangilik va xabar kanallarni ko'rmang, kuzatmang. O'zingiz bilan holi qolib turing, ozgina tabiatga chiqib piyoda yuring.

2. Uyquni optimal davomiyligi 6-9 soat. Sifatini oshirish uchun esa xonani ko'zga yorug'lik tushmaydigan, qorong'u qilib uxlash kerak.

3. Kunda kamida 6-7 stakan toza suv iching. Bu yuqori nafas yo'llarini yuqori namligini saqlab, o'sha a'zolardagi mahalliy immunitetni doimiy faol bo'lishini ta'minlaydi.

4. Kunda yarim-bir soat tashqarida, quyosh nurlari tushib turadigan joylarda sayr qilish yoki shunchaki o'tirish, turish mumkin.

5. Faol hayot kechiradiganlar nofaol kishilarga nisbatan 80% gacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Kasallansa ham yengil o'tadi. Faol deganda faqat zalga borish tushunish kerak emas, uy ichida ham harakatlarni ko'paytirsa bo'ladi.

6. Oqsilga boy mahsulotlarni ratsionda ko'paytiring. Bular immun tanachalarni shakllanishi uchun eng asosiy qurilish materiali hisoblanadi.

7. Kunda bir mahal bo'lsada meva yoki salatlar yeb turish kerak. Shunda vitamin yetishmasligida muammo bo'lmaydi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

08 Jan, 05:18


Boʻy oʻsishida ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Tanani yetarli darajada ozuqalar bilan taminlash va oʻsish jarayonini faollashtirish uchun ratsionga quyidagi mahsulotlar kiritilishi kerak

🥥Yongʻoq. Kuniga 1 hovuch yongʻoqni gazak sifatida isteʼmol qilish yuqori foydali.

🥚Tovuq tuhumlari. Uy tovug'i tuhumlari vitaminlarga juda boy boʻladi. Kuniga 2 dona yeyish yetarli boʻladi

🥩Yogʻsiz goʻsht. Mol, tovuq, baliq, quyon goʻshtini yogʻsiz istemol qilish orqali oqsil, temir, sink qabul qilasiz va oʻsishni faollashtirasiz.

🍚Kasha. Klechatka va sekin hazm boʻluvchi uglevod manbasi boʻlib asosan grechka,yasmiq,tariq va arpada koʻp boʻladi

Vitamin defitsiti sababli boʻy oʻsishi orqada qoladi. Bunda sizga asosan vitamin A , B , C ,D zarur boʻladi. Bu vitaminlarni tabletka yoki kapsula holatda qabul qilishingiz mumkin. Albatta shifokor koʻrsatmasiga koʻra.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

08 Jan, 03:20


Boʻy oʻstirishda tavsiya va mashqlar jamlanmasi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

1. Yomon odatlardan voz keching. Ular oʻsish gormonini bloklaydi, organizmda metabolizmni buzadi.

2. Doimiy jismoniy mashq. Mushaklar choʻziladi, qon aylanishini yaxshilanadi, boylamlar rivojlanadi.

3. Toʻgʻri ovqatlanish. Organizm uchun yetarli vitamin va minerallar kirishi kerak

4. Uyquga rioya qilish. Oʻsish gormoni tunda ajraladi. Kechasi 23:00 dan avvalroq uhlash foydali boʻladi

5. Stressdan saqlaning. Butun tana ishiga salbiy tasir qilishi bilan birga oʻsish jarayonini ham sekinlashtiradi

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

08 Jan, 02:29


⚡️Magniy B6 (Magne B6) organizm uchun muhim bo‘lgan magniy va vitamin B6 (piridoksin) ni o‘z ichiga oladi. Uning foydalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Nerv tizimini qo‘llab-quvvatlash: Magniy va vit B6 nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi, stress va asabiylikni kamaytiradi.

2. Mushaklarning normal ishlashi: Mg mushaklarning to‘g‘ri qisqarishi va bo‘shashishi uchun zarur. Bu mushak spazmlari va kramplarni kamaytiradi.

3. Energiya ishlab chiqarish: Mg va vit B6 uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni energiyaga aylantirishda ishtirok etadi, bu esa umumiy energiya darajasini oshiradi.

4. Yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlash: Mg yurakning normal ritmini saqlashga yordam beradi va qon bosimini nazorat qiladi.

5. Immun tizimini mustahkamlash: Vit B6 immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.

6. So‘rilishni yaxshilash. Vit B6 magniyning ichaklardan so‘rilishini yaxshilaydi, bu esa magniyning samaraliroq ishlatilishiga yordam beradi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

07 Jan, 15:47


Qandli diabet 1-turi bilan hastalanganlarga yuboring. Yaxshi yangilik !!!

Insulinni ingalyatsiya koʻrinishida ishlab chiqarish boshlanishi mumkin

Bu haqida tajribalar ham oʻtkazib boʻlindi.
Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

Bu haqida toʻliq katta post qilaman Insha Alloh

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

07 Jan, 09:06


Har bir boshliq ishga o'z vaqtida kelgan hodimni hurmat qiladi, ammo negadir ishdan o'z vaqtida ketgan hodimni xushlamaydi.

© Mavlon Marasulov

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

07 Jan, 06:52


#hazil_time

Shifokorlar suhbatidan:
- qiziq , Amerikalik shifokorlar kabi oylik maosh olsang nimalarga sarflarding?

- bu qiziq emas, ular bizdek oylik olsa nima olardi? Shunisi qiziq😁

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

07 Jan, 04:41


❗️Kattalarda endemik buqoqning davolash usullarida ustunlik va kamchiliklar.

L-Tiroksin

Ustunligi: yuqori samaradorligi
Kamchiligi: dori to'xtatilgach buqoq qaytalanishi

Yod

Ustunligi: arzon va etiopatogenetik davo
Kamchiligi: 45 yoshdan keyin mumkin emasligi, yodindutsirlangan tireotoksikoz rivojlanishi mumkin

L-Tiroksin + Yod

Ustunligi: yuqori terapevtik samara. Nojoʻya tasiri kam. Doza monitoringi oson.
Kamchiligi: dori vositalarini narxi biroz yuqoriligi.

Endi bildingiz a nega kombinatsiyasi bilan ishlatilishini

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

07 Jan, 02:24


Suyunchi 🎉🎉🎉

Endi bu oilada 31-dekabrda qoʻshaloq bayram qilinadi.🎄👼

Esingizda boʻlsa may oyida homilador boʻlgan bemorimiz endi farzandini bagʻriga bosdi
Alloh umrini ziyoda qilsin

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 14:09


#hazil_time

Shifokor qabuliga kelgan
semiz odam

Doktor bemordan "Qanday shikoyatingiz bor?" - deb so‘ragan ekan,
— Ertalab turib, ikki qo‘limni pastga qilib egilib, keyin bir oyog‘imni ko‘tarib xakkalab turib, keyin ikkinchi oyog‘imni ko‘tarib turib, keyin ikkalasini ham qo‘yib silkinsam, belim shunaqa og‘riyaptiki, chidab bo‘lmaydi, — debdi.
— Sizga shuncha murakkab mashqlarni bajarish nega kerak!? Qilmang shuni, — desa,
— Iye, unda ishtonimni qanday kiyaman, — dermish.

Shuning uchun tezroq ozish kerak do‘stim

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 13:03


Sekinroq o'taver bizdan, qahraton.
Qoringni sog'ingan tuproq suyunsin.
Qizdirar shundog'am uch oy saraton,
Ona yer vaslingga intiq, to'yinsin.

Ayamay muzlatgin, azizam, ayoz.
O'tkinchi dunyoda vaqtga o'yinsan.
Sog'inching qalbimda emasdir sayoz,
Ko'proq biz bilan qol, bir bor bo'yinsun.

Bag'ri sovuq, ammo, vasli kumush qish.
Kimga oson fursat, kimga qiyinsan.
Mayli, muzlataver, cheksinlar tashvish.
Ko'klamni qo'msabon ko'ngil kuyunsin.

Oftob urar kunda badan nim ochiq,
Hech yo'qsa, sen borda ko'zlar tiyilsin.
Oyoqlar, yelkalar bo'lmasin yechiq,
Ummatning qizlari yopiq kiyinsin.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 07:16


#hazil_time

Mediklarga yuboramiz 😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 06:01


KETO - dieta nima o'zi?

Keto - dieta — kam uglevodli diyeta bo'lib, ratsionni asosini oqsil va yog'lar tashkil qiladi. Ya'ni ratsiondagi oqsil, yog' va uglevodlarni 100% deb olsak, shundan uglevodlar 5% ni, oqsillar 25-30% ni, yog'lar 65-70% ni tashkil qiladi.

Bu diyeta turi oxirgi vaqtlarda juda mashxur bo'lgani uchun eshitmagan odam bo'lmasa kerak.

Lekin bu dieta turi kashf qilinganiga 100 yildan oshdi. Uni Rassel Uaylder bolalardagi epilepsiyani davolash uchun ishlab chiqqan. Lekin ko'p o'tmay epilepsiyaga qarshi dorilar ishlab chiqiladi va keyinchalik klinikalarda qo'llanilmay qo'yiladi.

Hozirda modaga kirgan bu dieta haqida turli qarashlar, fikrlar, bahslar mavjud.

Shuning uchun eng to'g'ri yo'l — tasdiqlangan tibbiyot, o'tkazilgan keng ko'lamli (masshtabli) va klinik tadqiqotlar bu diyeta turi bo'yicha qanday xulosalarga kelganini ko'rib chiqsak. Shunda holis yondashgan bo'lamiz.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 04:59


Qandli diabet haqida afsonalar

Insulin in'ektsiyalari og'riqli

Ko'p odamlar ineksiyadan qo'rqishadi, shuning uchun bugungi kunda ineksiya uchun shprits qalamlari yoki maxsus insulin shpritslaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ularning ignalari juda nozik, uzunligi shundayki, preparat teri osti to'qimasidan uzoqqa ketmaydi.
Buning yordamida insulin ineksiyalari og'riqsizdir va vaqt o'tishi bilan ineksiya qo'rquvi yo'qoladi.

Siz shifokoringiz bilan maslahatlashib, insulin pompasini o'rnatish imkoniyati haqida bilib olishingiz mumkin. U mustaqil ravishda insulinni kateter orqali teri ostiga uzoq vaqt davomida kiritadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 04:13


📹 Konsta - Qor (Lyric Video) ❄️

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

06 Jan, 02:28


Pul yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan stress organizmga yaqinlarning oʻlimi yoki ajralishlardan koʻra yomonroq taʼsir qiladi - ScienceDirect izlanishlari xulosasi

Kam miqdordagi oylik, kreditlar va qarzlar insonning immun hamda nerv tizimlarini ishdan chiqaradi. Bu holatlar hattoki infarkt, migren, uyqusizlik va oʻsma kasalliklarini ham chaqirishi mumkin.

PS: Endi bemorlarni davolashda oyligi yaxshi boʻlgan ish topishniyam buyuramiz shekilli...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

05 Jan, 13:45


❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🔬Yana vahimalarga sabab boʻlayotgan yangi virus METAPNEVMOVIRUS 🦠

Xitoyda koviddan ham havfli deb ovoza qilinayotgan virus, Buyuk Britaniya va Rossiyada ham aniqlangani aytilmoqda.🩸

Qisqa vaqt ichida oʻpkani jiddiy yalligʻlashi mumkinligi eng havfli jihatidir.🩻

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

05 Jan, 13:25


Sochingiz to’kilyaptimi? Unda chekishni tashlang )

🔹Sigaret tutunida 5000 dan ortiq zaharli va kanserogen kimyoviy moddalar va og'ir metallar mavjud. Qatronlar, xrom, mishyak, qo'rg'oshin, kadmiy, formaldegid, dioksin, benzol, nitrozaminlar va hokazo.

🔹Ular soch follikulasidagi DNKga zarar yetkazadi, follikulaning yallig'lanishini keltirib chiqaradi va estrogenning o'sishni rag'batlantiruvchi ta'sirini bloklaydi.

🔹Bundan tashqari, soch ildizining qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi va natijada soch to'kilishi sodir bo'ladi. Tabiiyki, agar siz chekishni tashlasangiz, sochingizning holati sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin.


@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

05 Jan, 06:47


Qadrli obunachilar dekabr oyida oʻtkazilgan konkurs gʻolibi sovgʻani oldi mana 🎉🎉🎉

Qalb iffati kitobi yuborildi
Kitobda Qurʼonda 33 bora ismi keltirilgan Maryam onamiz
Ayollar oila qurishda kerakli tavsiyalar
Sabr toqat yoʻlida zarur tavsiyalar keltirilgan boʻlib, mutolaa qilguvchilar faqat va faqat hursand boʻlgan.

Buyursin

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

27 Dec, 15:20


🏠 Uyda yolg'iz 1-qism (Uzbek tilida)

Yoshlikka qaytib

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

27 Dec, 12:10


YOSHLIGIMNI SAQLAB QOLDIM

💬 Doktor Muhammad Rotib Nobulsiy aytadilar: “Damashqlik ustozim 97 yoshda bo‘lsalarda, tetik, hatto tishlari ham soppa-sog‘, ko‘zlari ravshan edi. Qiziqib buning sababini so‘raganimizda: “Yoshligimizda a’zolarimizni gunohlardan asragandik, qariganimizda Alloh taolo ularning xizmatidan bizni mahrum etmadi”, deb javob berdilar”

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

27 Dec, 10:33


#analiz

ECHT – eritrotsitlar cho‘kish tezligi

Eritrotsitlar cho‘kish tezligi – qon analizida qonning ikki qismga ajralish tezligini ko‘rsatadi, ya’ni plazma (yuqorigi) va shaklli elementlar (pastki). Bu ko‘rsatkich eritrotsitlar, globulinlar va fibrinogenlar miqdoriga bog‘liq. Bu qizil qon tanachalari qancha ko‘p bo‘lsa, ular shuncha sekin cho‘kadi degan ma’noni anglatadi. Globulin va fibrinogen miqdori oshishi esa eritrotsitlar cho‘kish tezligini tezlashtiradi.

Umumiy qon analizida ECHT oshishi❗️

O‘tkir va surunkali infeksion, yallig‘lanish kasalliklar (pnevmoniya, revmatizm, sifilis,sil, sepsis);
Yurak zararlanishlari (miokard infarktida – yurak mushaklari zararlanishi hisobiga, yallig‘lanish jarayoni ketib, o‘tkir davrida oqsillar sintezi, ya’ni fibrinogen miqdori oshadi);
Jigar kasalliklari (gepatitlar), oshqozon osti bezi kasalliklari (destruktiv pankreatit), ichak kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit), buyrak kasalliklari (nefrotik sindrom);
Gemotologik belgilar (anemiya, limfogranulematoz, meloma);
Endokrin kasalliklar (qandli diabet, tireotoksikoz);
A’zo va to‘qimalarning jarohatlanishlarida (jarrohlik amaliyotlarida, suyak sinishlarida) – har qanday shikastlanishlar eritrotsitlar agregatsiyasini oshirib yuboradi;
Intoksikatsiya holatalarida;
Margimush va mishyak bilan zaharlaganda;
Yomon sifatli o‘smalar.

ECHT ning normadan pastligi❗️

Mexanik sariqlik – ko‘p miqdorda o‘t kislotalarining qonga ajralishi;
Bilirubin miqdorining oshishi (giperbilirubinemiya);
Eritremiya va reaktiv eritrositoz;
O‘roqsimon anemiyada;
Fibrinogen miqdorining kamayishida (gipofibrinogenemiya).

ECHT biror bir kasallikning aniq belgisi emas, u kasallikning kechish jarayonini ko‘rsatib beradi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

27 Dec, 03:02


Iymon yoʻqdir, insof va odamgarchilik bor

Qoʻlingizdan kelgancha yaxshilik qiling
Anqoning urugʻicha boʻlsa ham yaxshilik boʻlsa biz uni xisobiga olurmiz degan Robbingiz bor

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

27 Dec, 02:42


Juma muborak 🌙

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Dec, 14:39


MAGNIY TANQISLIGI

Magniy kun davomida yuz beradigan 300 dan ortiq biokimyoviy reaksiyalar uchun zarurdir. Magniy yurak urish tezligini saqlashda, yurakni oziqlantirish uchun muhim hisoblanadi.
🔸Yurak urishini yaxshilash bilan birga, magniy asab va mushaklarning funksiyalarini, immun-tizimining ishlashini qoʻllab-quvvatlaydi.
🔸Qonda glyukoza miqdorini tartibga solishda yordam beradi.
🔸Suyak mustahkamligini saqlashda kalsiy bilan hamkorlikda ishlaydi.

🔷 Magniy yetishmasligi ishtaha yoʻqolishi, stress, xotira pasayishi va diqqatni jamlashga salbiy ta’sir qiladi.

💊 Magniyning kunlik miqdori katta yoshdagi ayol va erkaklarda har bir kg tana vazniga oʻrtacha 4,5 mg ni tashkil qiladi. Homilador va emizikli ayollarda bu miqdor biroz yuqori, 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning suyaklari yaxshi rivojlanishi uchun har bir kg vazniga 6 mg miqdorida magniy qabul qilish lozim.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Dec, 13:31


Arqonda sakrang

🔸15 daqiqa arqondan sakrash 60 daqiqa yugurishga teng. Muntazam arqonda sakrash bilan shug'ullansangiz, sizda yog‘ to‘planishi kamayadi.

🫀Bundan tashqari arqonda sakrash yurak mushaklari uchun foydali bo‘lib, qon bosimi va nafas ritmini normallashtiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi

Boʻy oʻsishida foydasi ham katta

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Dec, 13:29


#analiz

AST - bu nima?
Bu qondagi jigar fermentlaridan biri - aspartat aminotransferaza darajasini aniqlash uchun test.

Aspartat aminotransferaza (AST) asosan jigar va yurak hujayralarida joylashgan fermentdir, shuning uchun qonda AST darajasi yuqori bo'lsa, bu jigar va yurak, shu jumladan miokard infarkti bilan bog'liq muammolarni ko'rsatishi mumkin.

AST tahlili ALT tahlili bilan bir qatorda jigar testlari qatoriga kiradi; ikkala test ham jigar kasalligiga shubha qilinganida, shuningdek, ikkala fermentning nisbatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qon testida AST darajasining oshishi bemorda yurak muammolari bo'lishi mumkinligini anglatadi. Agar ALT yuqori bo'lsa, unda, birinchi navbatda, jigarni tekshirish kerak.

Qachon taxlil uchun yuboriladi
Agar bemor qorin bo'shlig'idagi og'riqlar, meteorizm, ko'ngil aynishi va qayt qilish, ishtahaning buzilishi, terining va ko'z oqlarining qichishi va sarg'ayishi, zaiflik va charchoqdan shikoyat qilsa, AST tahlili ko'rsatiladi. Sargʻaygan siydik va najasning oqarishi ham sinovni buyurish uchun tashvish beruvchi alomatlardir

Taxlil vena qonidan olinadi
Natija 2-3 soatda chiqadi

Taxlildan 12 soat oldin dori va ovqatlanishdan cheklanishi kerak boʻladi. Ogʻizni chayqash,suv ichish taxlilni hato chiqishiga sabab boʻladi

Oʻzingizni nazorat qilish uchun ham doimo shifokorga murojaat qiling

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Dec, 06:53


#hazil_time

Qaysidir asrda , qaysidir davlatda😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Dec, 04:43


Gemoglobin yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin?


Agar organizmda gem oqsil miqdori kam bo‘lsa, tana kislorodga to‘yinmaydi. Yurak, miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi, bu ularning ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Anemiyaga (gemoglobin yetishmovchiligi shunday ataladi) xos alomatlar paydo bo‘la boshlaydi:


-- O‘zingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy ishlarni qilishga ham kuch qolmagandek.

-- Biror ish boshlasangiz, tez charchaysiz.

-- Fikrlashda oqsayotganingizni sezasiz.

-- Bosh aylanishi ko‘payadi.

-- Juda rangpar bo‘lib qolganingizni aytishadi (yoki o‘zingiz sezasiz).

-- Milklardagi rangi o‘chganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa moyil rang paydo bo‘ladi.

-- Sizda nafas qisishi oson va tez-tez sodir bo‘ladi.

-- Yurak urishingiz tezlashib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.

Yurtimizda deyarli 90% ziyod ayollarda anemiya mavjud. Insonlar ichida qon bosimi 90/60 100/70 yuruvchilar buning yaqqol misoli hamdir.

Kanaldan uzoqlashmang
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Dec, 02:42


BO'Y O'SISHI UCHUN KERAKLI FOYDALI MA'LUMOTLAR 👇👇👇


-- To'yib to'yib uxlash kerak. Ayniqsa kechasi. Sababi bo'y o'sishiga sababchi bo'lgan gormon kechasi uyquda sintez boladi.

-- Og'ir ko'tarmang.

-- Kamxarakat bo'lmang .

-- To'g'ri ovqatlaning. Sut , tvorog , yogurt va shunga o'xshash kalsiyga boy taomlarni istemol qiling.

-- Shirinliklarni kam istemol qiling va oqsilli taomlar yeng.

-- Sink ( ruh ) tarkibida bo'lgan taomlar istemol qiling.

-- Doim kayfiyat yaxshi bo'lsin. Stress bo'lmaydi.







BO'Y O'STIRISHNING OPERATIV USULLARI QAYSILAR ? 👇

Bo’yni o’stirishning yanada radikal usullari mavjud. Bu oyoqlarni uzaytirish bo’yicha o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridir. Bugungi kunda bunday operatsiyalarning asosan ikki turi ishlatiladi.

Ilizarov usuli -- Ilizarov apparatini qo’llash boldirni (maksimal 6 sm) yoki sonlarini (maksimal 10 sm) uzaytirishga imkon beradi. Suyaklarga operativ ta’sir ko’rsatmasdan tez bo’y o’stirishning boshqa iloji yo’q. Odatda jarrohlik boldir yoki sonning yuqori qismida o’tkaziladi. Boldirda ikkita suyak borligi tufayli, ikkalasi ham maxsus sindiriladi. Uzaytirishning butun davri mobaynida Ilizarov apparati o’rnatilgan turadi, uning gaykalarini kuniga bir necha marta burash kerak. Ushbu usul yordamida bir kunda taxminan, 1 mm o’sishga erishiladi. Asoratlarni oldini olish uchun o’sish tezligini 1 mm dan oshirmaslik kerak.

Bliskunov usuli -- Bu birinchi usuldan ko’ra ko’proq jarohatli hisoblanadi, shuning uchun keng tarqalmagan. Bu holda operatsiya faqat son suyagida amalga oshiriladi, suyakka kichik kesish orqali maxsus distraktsion (cho’zuvchi) apparat joylashtiriladi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 16:49


#music_time

18 yoshimda edi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 13:30


Assalomu alaykum hurmatli Endokrinolog maslahati 📄✍️ kanali aʼzolari.

💌Ajoyib yangilik va chellenj bilan sizlarga murojaat qilayapman.

📌Siz uchun qadrli va albatta manfaatli boʻlgan kitob 📖 o'ynaladigan kichik chellenj e'lon qilmoqchiman.

🟢22-dekabrdan 31-dekabr tungi soat 23:59 ga 🔴 qadar @endocrinoo kanali ssilkasini 20 ta yaqin insoningizga va 4 ta guruhga yuboring. Yuborganingiz haqidagi skrinshot 📰 (ekran rasmini) @Md_Jahongir manziliga yuboring.

Shartni bajargan insonlar uchun alohida guruh tashkil qilaman va gʻolibni aniqlaymiz. Gʻolibning qiziqishi , ish faoliyatiga daxldor boʻlgan bestseller kitobni sovgʻa qilamiz.(Yani kitob hali aniq emas lekin gʻolib bundan albatta mamnun boʻladi) Yetkazib beramiz ham albatta.📩

Shart juda oddiy ☝️ ekanini bildingiz. Xech narsa bermaydigan turli kiyim kechak yoki soxta bank kredit guruhlarga aldanuvchilar koʻplab topiladi. Bizda esa aldash yoʻq ekanini kanal aʼzolari allaqachon biladi.

Skrinshotni yuboring va guruh uchun ssilkani oling. Agar shart bajaruvchilar soni 100 dan ortib ketsa gʻoliblar soni 3 tadan 7 tagacha deb belgilab va har biriga alohida kitob sovgʻa qilamiz.

Yangi yilga ajoyib sovgʻa 🎁 bilan kiring. Barchaga omad

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 13:30


Bestseller qanday kitob deguvchilar uchun. Eng koʻp sotilgan va eng koʻp mutolaa qilingan. Dunyo tan olgan kitoblardir.

Yil bestsellerlari 2024:

1. Jeyms Klir: Atom odatlar

2. Jorj Oruell: Molxona 

3. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari 

4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 

5. Jorj Oruell: 1984 

6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li

7. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari  

8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari

9. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati

10. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol


@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 13:30


11. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi  

12. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

13. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar

14. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi

15. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º

16. Hans Rosling: Factfulness 

17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja 

18. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik 

19. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi

20. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 13:30


Shuningdek cheksizlik ham mavjud bizda.

🛍Deylik diabet bilan hasta boʻlsangiz diabetik paypoq, diabetik choy yoki shu kasallik uchun qoʻllanma yoki kitob ham yuborishimiz mumkin.

Ikki dunyoyingiz uchun manfaatli deb bilgan holda roʻyxatdan oʻtgan va ilm sohiblari tavsiya qilgan diniy, tarixiy kitoblar ham sovgʻa qilishimiz mumkin.

🪄Xech bir kanal yoki guruhda bu darajada imkoniyat berilmagani aniq.

Ishga kirishing😉

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 13:30


Hozircha 11 kishi shartni bajardi va guruhga qoʻshildi.

Agar boshqa talabgorlar boʻlmasa shu 11 kishidan aniqlanadi gʻolib🎉

Vaqtingiz bor hali

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 06:57


#hazil_time

Qachon 103 ga telefon qilishni bilish ham mahorat😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 04:41


💠BO'Y O'SISHIGA TA'SIR QILUVCHI 3ta OMIL 👇

1 ) Irsiyat -- uzun kishilarning farzandlari, odatda, baland bo’yli bo’lishadi.
2) Kasalliklar -- bo’y o’sishiga buyrak, jigar, o’pka, endokrin va boshqa tizimlar kasalliklari salbiy ta’sir qilishi mumkin.

3 ) Hayot tarzi -- Ratsional muvozanatli oziqlanish, faol hayot tarzi, yaxshi tiklanish genetik xususiyatlarni maksimal darajada ro’yobga chiqishiga yordam beradi.

Umuman olganda, taxminan bo’y o’sishining 80 foizi irsiyatga bog’liq bo’lib, 20 foizi esa hayot tarzi va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi. Ikkala jins qomatining uzunligi o’rtasidagi farq suyaklarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi genlarning faolligi bilan bog’liq. Ushbu genning faolligi qancha yuqori bo’lsa, insonning bo’yi shunchalik past bo’ladi. Ushbu gen X-xromosomada mavjud bo’lganligi uchun, gen ko’proq ayollarda faol bo’ladi. Shuning uchun ayollar odatda erkaklarga nisbatan 10-12 sm pastroqdir

BO'Y O'STIRISH UCHUN QILINADIGAN MASHQLAR QAYSILAR 👇

-- Turnikda tortilish va tortilib osilib turish. Albatta bu mashqni biroz yugurib qizib keyin amalga oshirish kerak.
-- Suzish sport turi juda yaxshi samara beradi.
-- Basketbol va voleybol sportiga qatnashish .
-- Velosiped haydash . Ya'ni kursisini baland ko'tarib oyoqni zo'rg'a pedalga tekkizib haydash.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Dec, 02:35


Semizlikga sabab boʻluvchi eng koʻp faktorlar !

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

🌚Eng ko'p sabab bo'luvchi holat,kechki ovqat kaloriyasi yuqoriligidir.

🦦Ikkinchi sabab, jismoniy xarakat kamligi hisoblanadi.

📌Yana muhim jihatlardan
hisoblanuvchi, yog' to'qima gormoni- leptin energetik balans regulyasiyasida
qatnashib,gipotalamik neyropeptidlar bilan integrasiyaga kirishadi.

📎Undan tashqari, insulin, holesistokinin, noradrenalin, serotonin ham ochlik va to'yish markazlari regulyatorlari hisoblanadi.

❗️Ovqat termogenezi mexanizmi regulyasiyasida tireoid gormonlar ham qatnashadi.AKTG, Beta-lipotropin, endorfinlar ham yog' mobilizasiyalovchi faollikka ega. O'sish gormoni visseral semizlikka to'sqinlik qiladi

👫Oilaviy ovqatlanish stereotipiga ham ahamiyat beriladi.Notug'ri ovqatlanish,
shirinliklarga ruju qo'yish kabi ovqatlanish ruhiy faollik bilan bog'liq, bunda serotonin almashinuvi va endorfinlar resepsiyasi buzilishi orqali aks etadi.Aynan shu paytda uglevodli mahsulotlar o'ziga xos doping vazifasini bajaradi.Semizlik bu
holatda alkogol va narkomaniya kabi kasalliklar bilan o'xshashlikka ega bo'lib qoladi.

😡Ba'zi kishilar turmushda uchraydigan qiyin damlarda, ovqat qabul qilishdek yoqimli holatdan panoh topadilar (stressga nisbatan giperfagik reaksiya)qiladi.( Asabiylik semirtiradimi degan savolga javob)

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 14:39


Bachadon miomasi (fibromioma, leyomioma) - bachadonning mushak qavatidan o'sib chiquvchi yaxshi sifatli o'sma.

Miomaning har bir tuguni - bo'linishi izdan chiqqan bitta silliq mushak hujayrasidir.

Mioma gormonga tobe rivojlanuvchi o'sma hisoblanadi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 14:38


Bissinoz - kasbiy kasallik bo'lib, uzoq muddat paxta, zig'ir yoki kanop tolalarini nafas yo'llariga tushib turishi natijasida yuzaga keladi. Bunda etiologik agent vazifasini tolalardagi bakteriya endotoksini bajaradi.

Belgilar: Bronxial astmadagi kabi ko'krak qafasida siqilish va nafas qisishi.

Davolash: tashqi ta'sirotni to'xtatish va bronxolitiklar.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 14:29


Shakarli gazlangan ichimliklar depressiya xavfini oshiradi.

Janubiy Koreyada o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, yuqori shakarli alkogolsiz ichimliklarni haddan tashqari iste'mol qilish, odamning vazni va qonda shakar darajasidan qat'i nazar, depressiya belgilari bilan kuchli bog'liqdir.
O'rtacha yoshi 39,5 yosh bo'lgan 87 115 kishining ma'lumotlari tahlil qilindi.

Mavzular ovqatlanish va ruhiy salomatlik haqidagi savollarni o'z ichiga olgan so'rovnomani yakunladilar. Boshqa ko'plab ma'lumotlar ham hisobga olindi, masalan, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish va chekish, jismoniy faoliyatning chastotasi, tana massasi indeksi, qon bosimi, qonda shakar darajasi.

Tadqiqot ishtirokchilarining taxminan uchdan bir qismi (28,9%) haftada bir martadan ko'proq shakar bilan boyitilgan alkogolsiz ichimliklar (ShBBAI) ichgan. Baholashni o'tkazgandan so'ng, tadqiqotchilar ShBBAI iste'moli oshgani sayin, depressiv simptomlarni rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshganini aniqladilar. Bundan tashqari, ShBBAI dan foydalanganda, sub'ektlar metabolik jihatdan sog'lommi yoki yo'qmi, depressiya darajasi bir xil edi.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu munosabatlar ichak mikrobiotasi va stressga javob berish tizimidagi o'zgarishlar, shuningdek surunkali yallig'lanish bilan izohlanadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 03:15


11. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi  

12. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

13. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar

14. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi

15. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º

16. Hans Rosling: Factfulness 

17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja 

18. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik 

19. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi

20. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 03:15


Assalomu alaykum hurmatli Endokrinolog maslahati 📄✍️ kanali aʼzolari.

💌Ajoyib yangilik va chellenj bilan sizlarga murojaat qilayapman.

📌Siz uchun qadrli va albatta manfaatli boʻlgan kitob 📖 o'ynaladigan kichik chellenj e'lon qilmoqchiman.

🟢22-dekabrdan 31-dekabr tungi soat 23:59 ga 🔴 qadar @endocrinoo kanali ssilkasini 20 ta yaqin insoningizga va 4 ta guruhga yuboring. Yuborganingiz haqidagi skrinshot 📰 (ekran rasmini) @Md_Jahongir manziliga yuboring.

Shartni bajargan insonlar uchun alohida guruh tashkil qilaman va gʻolibni aniqlaymiz. Gʻolibning qiziqishi , ish faoliyatiga daxldor boʻlgan bestseller kitobni sovgʻa qilamiz.(Yani kitob hali aniq emas lekin gʻolib bundan albatta mamnun boʻladi) Yetkazib beramiz ham albatta.📩

Shart juda oddiy ☝️ ekanini bildingiz. Xech narsa bermaydigan turli kiyim kechak yoki soxta bank kredit guruhlarga aldanuvchilar koʻplab topiladi. Bizda esa aldash yoʻq ekanini kanal aʼzolari allaqachon biladi.

Skrinshotni yuboring va guruh uchun ssilkani oling. Agar shart bajaruvchilar soni 100 dan ortib ketsa gʻoliblar soni 3 tadan 7 tagacha deb belgilab va har biriga alohida kitob sovgʻa qilamiz.

Yangi yilga ajoyib sovgʻa 🎁 bilan kiring. Barchaga omad

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 03:15


Bestseller qanday kitob deguvchilar uchun. Eng koʻp sotilgan va eng koʻp mutolaa qilingan. Dunyo tan olgan kitoblardir.

Yil bestsellerlari 2024:

1. Jeyms Klir: Atom odatlar

2. Jorj Oruell: Molxona 

3. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari 

4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 

5. Jorj Oruell: 1984 

6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li

7. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari  

8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari

9. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati

10. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol


@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 03:15


Shuningdek cheksizlik ham mavjud bizda.

🛍Deylik diabet bilan hasta boʻlsangiz diabetik paypoq, diabetik choy yoki shu kasallik uchun qoʻllanma yoki kitob ham yuborishimiz mumkin.

Ikki dunyoyingiz uchun manfaatli deb bilgan holda roʻyxatdan oʻtgan va ilm sohiblari tavsiya qilgan diniy, tarixiy kitoblar ham sovgʻa qilishimiz mumkin.

🪄Xech bir kanal yoki guruhda bu darajada imkoniyat berilmagani aniq.

Ishga kirishing😉

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Dec, 03:15


Hozircha 11 kishi shartni bajardi va guruhga qoʻshildi.

Agar boshqa talabgorlar boʻlmasa shu 11 kishidan aniqlanadi gʻolib🎉

Vaqtingiz bor hali

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 15:55


#music_time

Abror Doʻstov - nadur doʻstim

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 15:48


Bolalarda tungi enurez(siyib qoʻyishi)ni davolashning asosiy turlari:

❗️Tartib: yotishdan oldin qo'rqinchli kitoblarni o'qish va faol o'yinlarni kamaytirish. Zo'ravonlik elementlari bo'lgan filmlar va kompyuter o'yinlari ham bolaning hali ham zaif ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi.

🥗Parhez: oxirgi ovqat 18.00 gacha tavsiya etiladi. Uyqudan oldin ko'p suyuqlik ichmaslik kerak, peshob haydovchi vositalarni chiqarib tashlash zarur: sut, sharbatlar, choy, kofe, bodring, tarvuz.

🚴‍♂Mashq: tos suyagi mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan. Suzish, velosiped haydash siydik chiqarishda qatnashadigan orqa, toz va bel mushaklarini kuchaytiradi. Agar bola hali besh yoshga to'lmagan bo'lsa, yotoqda tunda siyish haftada ikki martadan ko'p bo'lsa, u holda davolanish tushuntirishli xotirjam suhbat ko'rinishida bajarilishi mumkin. (Bu o'yin shaklida bo'lishi mumkin). Kattaroq bolalarni (5-8 yosh) tunda uyg'otish mumkin. Davolashning kalendar usulini qo'llang. Agar bir oydan keyin yaxshilanish bo'lmasa, usulni bekor qiling yoki muvaffaqiyatli bo'lsa davom eting. Taglik ishlatmang.

🧘‍♀Qovuqni tayyorlash usuli. Siydik chiqarish istagini iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Bola kun davomida xojatga kamroq borishga harakat qiladi. Yetti yoshdan boshlab ushbu usul tavsiya etiladi, samaradorlik -50%.

📆Kalendar usuli. O'yinga o'xshab o'tkaziladi. Bolada taqvim o'rnatiladi, u yerda "quruq tunlar" va "nam ko'rpa" kunlari belgilanadi. "Quruq tun" uchun rag'batlantiruvchi sovrin (konfet, hayvonot bog'iga sayohat) yoki ball beriladi. Usulning samaradorligi 25-35% ni tashkil qiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 13:43


Diabetda sitrus mevalar haqida

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Barcha insonlarga yoqqanidek sitrus mevalar diabetiklarga ham yoqadi.
1 dona apelsin, 2 dona mandarin, yarimta greypfrut barchasi bir hil miqdorda yani 1 non birligi saqlaydi.

Sitruslar tarkibida vitamin A,C,E va mikroelementlar Selen , sink, temir, marganes saqlaydi.

Bular haqida maqolalar

Sitrusning semizlik, yalligʻlanish, ateroskleroz, neyrodegenativ kasalliklardagi foydasi haqida
Manba

Sitrus flavonoidlarning qonda glukozani pasaytirish va insulin ajralishini oshirishdagi roli
Manba

Sitrus mevalarning qandli diabetdagi nerv tolalari tiklashdagi roli
Manba

Sitrus mevalarning muskul toʻqimalarga insulin sezgirligini oshirishi , qonda glukozani tushirish va xolesterinni tushirishdagi roli haqida
Manba

Manbalar orqali bular naqadar foydali ekanini oʻzingiz oʻqishingiz mumkin.
Eng keng tarqalgan sitruslarga: laym, apelsin, mandarin, limon, greypfrut

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 09:57


QIMMAT DORILARNING ARZON ANALOGLARI

•Kreon - Pankreatin
•Omez - Omeprazol

•Azimak - Azitroromitsin
•No-shpa - Drotaverin

•Futsis - Flukanazol
•Rotatsef - Seftriakson

• Lioton- Geparin
• Ambrosan - Ambroksol

❗️Yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 09:35


#Ozishda_33

Shakar iste’molini kamaytiring

Shakar iste’mol qilishda me’yorni bilish juda muhim, eng yaxshi holatda esa undan butunlay voz kechish zarur. Bu ozishning eng tezkor usullaridan biri. Avvalo, oziq-ovqatning 90 foizida shakar mavjudligini tushunish lozim va bu bir qarashda beziyon mahsulot ortiqcha vazn olishga ulkan hissa qo’shadi.

Tushlik vaqti ichilgan gazlangan ichimlik, kechki ovqatdagi makaron yoki nonushta uchun yorma o’z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlaydi. Shu sababli har safar do’konga borganda mahsulotning shakar darajasini tekshirib ko’ring va u kam bo’lgan mahsulotlarni tanlashga harakat qiling.

Hech kim shakar iste’molini butunlay bekor qila olmaydi va buni amalga oshirish kerak ham emas. Tabiiy shakarni iste’mol qilish organizm uchun normal holatdir, ammo tozalangan shakar sog’liq uchun zararli hisoblanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 05:30


Hozircha 7 kishi shartni bajardi va guruhga qoʻshildi.

Agar boshqa talabgorlar boʻlmasa shu 7 kishidan aniqlanadi gʻolib🎉

Vaqtingiz bor hali

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Dec, 02:57


Diabetda mandarin🍊 mumkinmi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Mandarin bayramlarda sevimli meva hisoblanadi.

100 gr mahsulot tarkibida
0.8 gr oqsil
0.2 gr yogʻ
7-13 gr uglevod

Bu glukoza toza shakar emas va fruktoza tolalari shaklida boʻladi. Manba

Kaloriyalikligi 35-40 kkal

Glikemik indeks 30 - 35
Qonda qandni sekin koʻtaradi. Manba

Koʻplab mineral va vitaminlarga boy
Vitamin C , A , B
Kaliy, molibden, kobalt

Kuniga 2-3ta yeyish mumkin. Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

22 Dec, 04:53


Shuningdek cheksizlik ham mavjud bizda.

🛍Deylik diabet bilan hasta boʻlsangiz diabetik paypoq, diabetik choy yoki shu kasallik uchun qoʻllanma yoki kitob ham yuborishimiz mumkin.

Ikki dunyoyingiz uchun manfaatli deb bilgan holda roʻyxatdan oʻtgan va ilm sohiblari tavsiya qilgan diniy, tarixiy kitoblar ham sovgʻa qilishimiz mumkin.

🪄Xech bir kanal yoki guruhda bu darajada imkoniyat berilmagani aniq.

Ishga kirishing😉

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

22 Dec, 04:45


11. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi  

12. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

13. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar

14. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi

15. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º

16. Hans Rosling: Factfulness 

17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja 

18. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik 

19. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi

20. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

22 Dec, 04:45


Bestseller qanday kitob deguvchilar uchun. Eng koʻp sotilgan va eng koʻp mutolaa qilingan. Dunyo tan olgan kitoblardir.

Yil bestsellerlari 2024:

1. Jeyms Klir: Atom odatlar

2. Jorj Oruell: Molxona 

3. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari 

4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 

5. Jorj Oruell: 1984 

6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li

7. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari  

8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari

9. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati

10. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol


@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

22 Dec, 03:56


Assalomu alaykum hurmatli Endokrinolog maslahati 📄✍️ kanali aʼzolari.

💌Ajoyib yangilik va chellenj bilan sizlarga murojaat qilayapman.

📌Siz uchun qadrli va albatta manfaatli boʻlgan kitob 📖 o'ynaladigan kichik chellenj e'lon qilmoqchiman.

🟢22-dekabrdan 31-dekabr tungi soat 23:59 ga 🔴 qadar @endocrinoo kanali ssilkasini 20 ta yaqin insoningizga va 4 ta guruhga yuboring. Yuborganingiz haqidagi skrinshot 📰 (ekran rasmini) @Md_Jahongir manziliga yuboring.

Shartni bajargan insonlar uchun alohida guruh tashkil qilaman va gʻolibni aniqlaymiz. Gʻolibning qiziqishi , ish faoliyatiga daxldor boʻlgan bestseller kitobni sovgʻa qilamiz.(Yani kitob hali aniq emas lekin gʻolib bundan albatta mamnun boʻladi) Yetkazib beramiz ham albatta.📩

Shart juda oddiy ☝️ ekanini bildingiz. Xech narsa bermaydigan turli kiyim kechak yoki soxta bank kredit guruhlarga aldanuvchilar koʻplab topiladi. Bizda esa aldash yoʻq ekanini kanal aʼzolari allaqachon biladi.

Skrinshotni yuboring va guruh uchun ssilkani oling. Agar shart bajaruvchilar soni 100 dan ortib ketsa gʻoliblar soni 3 tadan 7 tagacha deb belgilab va har biriga alohida kitob sovgʻa qilamiz.

Yangi yilga ajoyib sovgʻa 🎁 bilan kiring. Barchaga omad

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

21 Dec, 16:08


#music_time

Dunyo oʻzi nadur doʻstim

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Nov, 15:12


Buqoq nima ?

❗️Buqoq - qalqonsimon bezning tugunli yoki tugunsiz holatda hajmining oshishidir.

Buqoq kattalashganlik darajasiga va tugunlar mavjudligiga qarab tasniflanadi.🩺

Qalqonsimon bezning gormonal fonini albatta tekshirish kerak🩸

Davolash qalqonsimon bezning kattalashishi darajasiga va gormonal darajasiga bog'liq.💉💊

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Nov, 11:33


Ketle indeksi- ortiqcha vaznni aniqlashning eng oddiy va obyektiv usuli.

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Vaznni grammda olamiz va uni boʻyni santimetr hisobiga boʻlamiz.

Vazn ( gramm)
Ketle= -----------------------
Boʻy (santimetr)

Natijangizni rasmdan koʻrib olasiz.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Nov, 08:26


#hazil_time

Hamma aytganimizni qiluvchi bemorlardan namuna😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Nov, 07:41


SSV 50 yoshdan oshgan ayollar 7 ta muhim tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerakligini aytdi.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan ayollar salomatligini saqlash va hayot sifati yuqori bo‘lishi uchun muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tib turishi lozim.

Chunki bu yoshda ular ko‘plab kasalliklar va salomatlik muammolariga duch kelish xavfi ostida bo‘ladi. Quyida 50 yoshdan oshgan ayollar uchun tavsiya qilinadigan asosiy tibbiy tekshiruvlar haqida ma’lumot berildi:

📌Ko‘krak bezi saratoni skriningi.
Ko‘krak bezi saratonini o‘z vaqtida aniqlash juda muhim. Shu bois 50 yoshdan oshgan ayollar uchun har yili bir marta mammografiya tekshiruvidan o‘tish tavsiya etiladi. Agar oilada ko‘krak bezi saratoni bilan og‘riganlar bo‘lsa, bu tekshiruvni tez-tez o‘tkazish kerak.

📌Bachadon bo‘yni saratoni skriningi.
Ushbu tekshiruv o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan eng xavfli kasalliklardan biri — bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashga yordam beradi. Biroq ayrim ayollar bu tekshiruvni e’tiborsiz qoldiradi. Qayg‘uli oqibatlar ko‘pincha bemorlar o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolposkopiya bachadon bo‘yni o‘smalarini tashxislash uchun qo‘llaniladi.

📌Osteoporoz diagnostikasi.
Menopauza boshlanishi bilan ayollarda osteoporoz (suyaklarning mo‘rt bo‘lishi) xavfi ortadi. Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini o‘lchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan o‘tib turish foydali.

📌Qon bosimi nazorati.
Menopauza va u bilan bog‘liq o‘zgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Agar u nazorat ostida bo‘lmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.

📌To‘liq gormonal tekshiruv.( @endocrinoo )
Estrogen va testosteron yillar davomida o‘zgarib turadigan asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya faoliyati, ishtaha, tana harorati va boshqalarga ta’sir qilishi mumkin.

📌Qonda shakar va xolesterin miqdorini aniqlash. ( @endocrinoo )
Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa qandli diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu ko‘pincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi. Yomon xolesterin (LDL) uchun o‘z vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insultning sababi bo‘lgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.

📌Ko‘z va eshitish tekshiruvlari.
Ko‘z va eshitish qobiliyatini saqlash uchun oftalmolog va otorinolaringolog ko‘rigidan o‘tib turish zarur. Ko‘rish va eshitish darajasida o‘zgarishlar aniqlansa, tezda mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

26 Nov, 02:55


#hazil_time

Qo'qonlik tabib sila❤️‍🔥
🤣🤣🤣

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Nov, 15:27


#klinik_vaziyat
👨‍⚕Fayzullayev Jaxongir

Bemor 1993-yil ayol.
33 hafta 3 kunlik homilador. 4-homiladorlik. 3 nafar farzandi bor.Soʻnggisi 4 kg tugʻilgan.

📌Shikoyatlari qon bosimi ortishiga.Hozirda statsionar davolanishda.
Och qoringa qonda glukoza miqdori 10.3 chiqqan.Buni 1 kun avval yegan shirinliklar bilan bogʻlaydi.
Bugungi qayta glukoza taxlili chiqmagan. Qayta glukometr orqali taxlil olganimda ( ovqatdan soʻng) 15.0 chiqdi.
Tavsiya boshqa qoʻshimcha taxlillar va diagnoz asoslangach shunga koʻra davolash (insulinoterapiya)ni boshlash.

Homiladorlik uchun uchotga turish payti qonda glukoza yaxshi chiqqanini aytadi.
📎Shu yerda bizning yurtimizda notoʻgʻri boʻlgan tizim haqida aytib oʻtsam gestatsion diabet tashxisi uchun 28 haftaligidan soʻng analiz olinishi kerak.Bizda esa 8-12 hafta orasida olinadi.Homilador ham tezroq qoʻl qoʻydirib ketgisi keladi.Asoratlari ona va bola uchun havf tugʻdiradigan bu kasallikni davolash shart.

Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Nov, 13:54


#sheriyat

©Xayrulla Hamidov

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Nov, 07:50


📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Yer yuzida 2 milliard insonda semizlik mavjud boʻlib.
Yiliga 4 million inson semizlik yoki uning natijasi boʻlgan kasallik va uning asoratidan vafot etadi.

1975-yilga nisbatan semizlik 3 barobarga ortgan

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Nov, 06:50


Sobiq Ittifoq davlatlarida semizlik tarqalishi boʻyicha erkaklar va ayollar foiz ulushida. 2017-yilgi natija

Oʻzbekistonda erkaklarda 12.5%
Ayollarda 18.6 % holatda semizlik mavjud boʻlgan.

Bu statistika aniqki oʻsib boradi.
Dunyoda eng semizlar AQSHda miqdori jihatdan koʻp

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

25 Nov, 05:48


Bolalar semizligi

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Statistikaga koʻra 2016-yilda dunyoda 5 yoshgacha boʻlgan 41 mln bolada va 5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 340 million bolada ortiqcha vazn va semizlik mavjud edi.

Toshkentda bolalar orasida 7.6% ortiqcha vazn va 4.1% semizlik kuzatilgan.

Semiz bolalar UTT hulosasiga koʻra 25-45% qismida jigarni yogʻ bosishi aniqlangan.

Semizlik sabablari esa rasmda☝️

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

24 Nov, 02:40


Sabzi 🥕 va Qandli diabet

📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Sabzi bundan 4000 yil avvaldan Janubi-sharqiy Osiyoda yetishtirish boshlangan.

🥕 100 gr sabzida
- 1.3 gr oqsil
- 0.1 gr yogʻ
- 6.9 gr uglevod saqlaydi
- Kaloriyalikligi 32 kkal 🔥

B,PP,C,E,K vitaminlari
💥Magniy,kaliy,kalsiy,sink,fosfor,temir,nikel elementlari mavjud.

Glikemik indeksi
- 35 ( xom sabzida )
Agar qaynatilsa yoki pishirilsa 80-85 gacha yetishi mumkin. Yani xom holatda sizga havf tug'dirmasa ham qaynaganda bu havf ortadi.
Shunda ham karam, pomidor, bodring, koʻkatlar, tovuq goʻshti, tvorog bilan istemol qilinsa deyarli havf yoʻq.

📎Tavsiya:
Kuniga 3-4 dona oʻrtacha xom sabzi mumkin.
Kunning 1-qismida istemol qiling.
Kam kaloriyali mahsulotlar bilan yeng.

🧃Sabzi soki isteʼmoli ham mumkin lekin 1 stakandan ortmasligi va kam kaloriyali mahsulotlar bilan birga albatta.
Manba:

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Nov, 11:12


#hazil_time

Gap kim haqida ekanini angladingiz a aziz kuzatuvchi😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Nov, 09:08


#analiz
#bepushtlik
Prolaktin gormoni nima?

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Prolaktin - gipofizning oldingi boʻlagidan ajraladigan va sut hosil boʻlishi, koʻkrak bezi shakllanishini taʼminlovchi gormon hisoblanadi.

Prolaktinning normadan ortiq miqdorda boʻlishi ( hatto yuqori chegarasi ) homila boʻlishiga qarshilik qiladi(emizikli yoki homilador boʻlmasa)

Homiladorlikda uning miqdori 20 30 barobar ortishi tabiiy.
Uning tasirini kamaytirish uchun dostineks,kabergolin,abineks kabi dorilar buyuriladi.

Agar shu dorilar bilan ham prolaktin kamaymasa unda gipofizni MRT qilish kerak va adenomani izlash kerak boʻladi. Adenoma oʻzidan prolaktin sekretsiya qiladi va bunda dorilar effekti boʻlmaydi.
Davolash hirurgik usulda burun orqali kirib adenomektomiya qilinadi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Nov, 06:57


Nevropatolog yoki psixiatrda nazoratda turuvchi erkak bemorlarda koʻkrak bezi kattalashishi kuzatiladi. ( Ginekomastiya )

Buning sababi kundalik qabul qiluvchi dorilardir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Nov, 06:53


Bepushtlik haqidagi plakat ham tayyor
Yordam berganlardan Alloh rozi boʻlsin

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Nov, 05:36


Shu kunlarda qalqonsimon bez soxada yirik o'lchamdagi xosila (kista,tugun) aniqlanishi koʻp uchrayapti. Bemorlardan soʻralganda qisqa vaqtda ( baʼzilar 1 2 kunda ) paydo boʻlganini aytishmoqda.
Befarq boʻlmang. 1 yilda 1 marotaba xech qanday bezovtalik boʻlmasa ham qalqonsimon bezni ultratovush tekshiruvidan oʻtkazing

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

23 Nov, 03:27


#hazil_time

😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 12:16


#tibbiy_fakt

Miyaning chap yarim shari tananing o'ng tomonini, miyaning o'ng tomoni esa chap tomonini boshqaradi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 06:52


#hazil_time

Siz ham jigarni asraysizmi?

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 05:51


Bilaman, turfadir bu ko'hna olam
Eyfelga chiqmasang, yigʻlama, bolam.
Mevalar ko'rasan sahrosida ham,
Sevmay boʻladimi shunday Vatanni.


Bugun 18-noyabr Oʻzbekiston respublikasi bayrogʻi qabul qilingan kun

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 04:17


𝗗𝗶𝗮𝗯𝗲𝘁𝗶𝗸 𝗸𝗲𝘁𝗼𝗮𝘁𝘀𝗶𝗱𝗼𝘇 (𝗗𝗞𝗔)

Patafiziologiyasi
DKA birinchi navbatda 1-toifa diabetga  ta'sir qiladi.

𝐎𝐬𝐦𝐨𝐭𝐢𝐤 𝐝𝐢𝐮𝐫𝐞𝐳 𝐯𝐚 𝐠𝐢𝐩𝐨𝐯𝐨𝐥𝐞𝐦𝐢𝐲𝐚

• Insulin odatda qondan glyukozaning hujayra tomonidan so'rilishini oshiradi.

• DKA ning insulin tanqisligi holatida 𝐠𝐢𝐩𝐞𝐫𝐠𝐥𝐢𝐤𝐞𝐦𝐢𝐲𝐚 yuzaga keladi.

• Giperglikemiya, o'z navbatida, osmotik diurez orqali hajmning asta-sekin kamayishiga olib keladi.

• Insulin etishmovchiligi -> giperglikemiya ->giperosmolallik->  osmotik diurez va elektrolitlar osmini yo'qotish → gipovolemiya

DKA natijasida kelib chiqqan gipovolemiya buyrak qon oqimining pasayishi tufayli  𝐨'𝐭𝐤𝐢𝐫 𝐛𝐮𝐲𝐫𝐚𝐤 𝐬𝐡𝐢𝐤𝐚𝐬𝐭𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐢𝐠𝐚  (AKI) olib kelishi mumkin! Gipovolemik shok ham rivojlanishi mumkin.

𝐀𝐧𝐢𝐨𝐧 𝐛𝐨'𝐬𝐡𝐥𝐢𝐠'𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐨𝐫𝐭𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐦𝐞𝐭𝐚𝐛𝐨𝐥𝐢𝐤 𝐚𝐭𝐬𝐢𝐝𝐨𝐳

• Insulin etishmovchiligi yog'larning parchalanishini ham oshiradi (𝐥𝐢𝐩𝐨𝐥𝐢𝐳).

• Metabolik atsidoz lipoliz natijasida hosil bo'lgan erkin yog' kislotalari ketonlarga aylanganda rivojlanadi, ulardan ikkitasi kislotali (asetoasetik kislota va beta-gidroksibutirik kislota).

• Sarum bikarbonati kislotali ketonlar uchun bufer sifatida iste'mol qilinadi. Anion bo'shlig'ining ko'payishi bilan metabolik atsidoz DKA uchun xarakterlidir.

• Insulin tanqisligi -> ↑ lipoliz -> ↑ erkin yog' kislotalar -> jigar keton ishlab chiqarish (ketogenez) -> ketoz -> bikarbonat iste'mol qilish (bufer sifatida) -> anion bo'shlig'i metabolik atsidoz

DKA nafas olish kompensatsiyasi bilan anion bo'shlig'i metabolik atsidozining muhim sababidir.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 04:10


Davomi...

𝗚𝗶𝗽𝗲𝗿𝗴𝗹𝗶𝗸𝗲𝗺𝗶𝗸 𝘁𝘂𝗿𝗹𝗮𝗿𝗶 :
* 𝐃𝐢𝐚𝐛𝐞𝐭𝐢𝐤 𝐤𝐞𝐭𝐨𝐚𝐭𝐬𝐢𝐝𝐨𝐳 (𝐃𝐊𝐀): Bu giperglikemiyaning og'ir shakli bo'lib, organizm energiya uchun yog'larni parchalashni boshlaydi va qonni kislotali qiladigan ketonlarni ishlab chiqaradi.
* 𝐆𝐢𝐩𝐞𝐫𝐨𝐬𝐦𝐨𝐥𝐲𝐚𝐫 𝐠𝐢𝐩𝐞𝐫𝐠𝐥𝐢𝐤𝐞𝐦𝐢𝐤 𝐡𝐨𝐥𝐚𝐭 (𝐇𝐇𝐒): Bu giperglikemiyaning yana bir og'ir shakli bo'lib, juda yuqori qon shakar va suvsizlanish bilan tavsiflanadi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 04:04


𝗚𝗶𝗽𝗲𝗿𝗴𝗹𝗶𝗸𝗲𝗺𝗶𝗸 𝗵𝗼𝗹𝗮𝘁 - bu qondagi glyukoza darajasini xavfli darajada ko'tarilganda yuzaga keladigan jiddiy holat. Bu diabet bilan og'rigan odamlarda eng ko'p uchraydi, ammo ba'zi tibbiy holatlar yoki dori-darmonlar tufayli diabetsiz odamlarda ham paydo bo'lishi mumkin.

𝗦𝗮𝗯𝗮𝗯𝗹𝗮𝗿𝗶

* Qandli diabet: nazoratsiz diabet, ayniqsa 1-toifa, giperglikemik holatga olib kelishi mumkin. Bu tanada etarli miqdorda insulin ishlab chiqarilmasa yoki tana hujayralari insulinga to'g'ri javob bermasa sodir bo'ladi.
* Tibbiy sharoitlar: pankreatit, buyrak etishmovchiligi yoki ba'zi dorilar kabi ba'zi holatlar ham giperglikemiyaga olib kelishi mumkin.
* Boshqa omillar: Stress, kasallik, jarrohlik va retsept bo'yicha dori-darmonlarni qabul qilmaslik ham giperglikemik inqirozga yordam beradi.

Davomi bor...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

18 Nov, 02:16


#tibbiy_fakt

Har kuni boshingizdan 80 tagacha soch tushishi mumkin.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

17 Nov, 12:16


#tibbiy_fakt

Ko'p odamlar daqiqada taxminan 25 marta ko'zni pirpiratadilar.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

17 Nov, 09:58


ANEMIYA (temir taqchil kamqonlik) muolajasi.

Retsept:

— Yegan taomingizni tarkibidagi temir (Fe) elementi ichaklarda yaxshi soʻrilishi uchun vitamin “C” ga boy: limon, apelsin, mandarin, qizil bulgʻorni ovqat bilan yeyishingiz kerak.
— Tadqiqotdan ma’lumki, kofe temirni soʻrilishiga 40% gacha, choy esa hatto 98% gacha qarshilik qiladi. Shuning uchun kofe va choyni ovqatdan kamida 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin iching.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

17 Nov, 06:38


#hazil_time

Xar doim dunyo koʻzingizga qorongʻu boʻlsa, yupanch topa olmasangiz buni oʻqing 😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

17 Nov, 03:10


Bugun 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni.
Shu munosabat bilan barcha talabalarga oʻqish va hayotda omad, zafarlar tilayman. Oʻqib oʻrganib oʻzi, oilasi,vatani va ummat uchun foydali shaxs boʻlib yetishlarini tilayman.
🎉💐🎉💐🎉💐🎉💐🎉💐🎉💐🎉

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

17 Nov, 02:14


#tibbiy_fakt

Inson butun umri davomida o‘rtacha 5 yilni oziq-ovqatga sarflaydi va o‘z vaznidan 7000 baravar ko‘p ovqat iste’mol qiladi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

16 Nov, 12:13


#tibbiy_fakt

Tana uyquga ketganda va chuqur uyqu fazasiga kirsa, miyaning harakatga javob beradigan joylari o'chiriladi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

16 Nov, 07:06


#hazil_time

Shu yerdamisilar #afsona lar🤣

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

16 Nov, 05:27


Qalqonsimon bez kistasi nima?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

Qalqonsimon bezda (QB) odatda 90% holatda tugunlar yaxshi sifatli boʻladi. Shulardan bir turi bu QB kistasi.

Kelib chiqish sabablari:
--Gormonal disbalans
--Selen va yod yetishmasligi
--Nasliy moyillik
--Ekologiyaning yomon taʼsiri
--Toksik zararli taʼsirlar

Shuningdek: stress, immunitet tushishi,endokrin bezlar patologiyasi, autoimmun jarayon.

Diagnostika:
--Dastlab ultratovush tekshiruvi (UTT) qalqonsimon bez uchun
--Biopsiya - agar tugun oʻlchami 10 mm dan katta boʻlganda zarur tekshiruv
--Gormonlar taxlili : TTG, T4(erkin),T3 AT-TPO

Shuningdek: bronxoskopiya, angiografiya, KT

Davolash: 2 turda olib boriladi
-- Konservativ 💊
Qalqonsimon bez gormonlari, yod, so'rdiruvchi terapiya

-- Hirurgik🔪
Bu usul ham 2 turdan boʻladi:

1- maloinvaziv usulda ingichka maxsus igna orqali kista suyuqligi tortib olinadi

2- qalqonsimon bez boʻlagi olib tashlanadi
Gemitireoidektomiya - qalqonsimon bez 1 boʻlagi olib tashlanadi
Subtotal strumektomiya - qalqonsimon bez 2 boʻlagi ham olib tashlanadi

Qalqonsimon bez olib tashlanganda qalqon oldi bezi ham olib tashlanadi.
Natijada keyinchalik vitamin D va kalsiy ham qoʻshimcha sifatida ichib turiladi.
Agar qalqonsimon bez toʻliq olib tashlangan boʻlsa davomiy qalqonsimon bez gormonlari ichib turiladi ( eutiroks, l-tiroksin, levotiroksin natriy)

Kista haqida avvalgi post

Oʻzingizni professionallarga topshiring

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

16 Nov, 03:27


📣Tez ozish faqat kasallikda bo‘ladi.

Qandli diabet, tireotoksikoz , rak va boshqa kasalliklarda organizmda yog‘larni tez parchalash, dissimilatsiya jarayoni aktivlashib ketadi. Natijada odam bir oyda 15-20 kg gacha ozishi mumkin.

Boshqa xollardagi bir oyda buncha miqdordagi ozish organizmni sistemasini izdan chiqaradi.

15-20 kg ozish uchun kamida 4-5 oy vaqt kerak.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

16 Nov, 02:13


#tibbiy_fakt

Ko'zning to'r pardasida yorug'likka sezgir bo'lgan 137 million hujayra mavjud bo'lib, ko'zni to'ldiradigan suyuqlik kuniga 15 marta o'zgaradi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Nov, 08:26


Diabetda mandarin🍊 mumkinmi?

📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Mandarin bayramlarda sevimli meva hisoblanadi.

100 gr mahsulot tarkibida
0.8 gr oqsil
0.2 gr yogʻ
7-13 gr uglevod

Bu glukoza toza shakar emas va fruktoza tolalari shaklida boʻladi. Manba

Kaloriyalikligi 35-40 kkal

Glikemik indeks 30 - 35
Qonda qandni sekin koʻtaradi. Manba

Koʻplab mineral va vitaminlarga boy
Vitamin C , A , B
Kaliy, molibden, kobalt

Kuniga 2-3ta yeyish mumkin. Manba

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Nov, 03:12


#tibbiy_fakt

O'rtacha odam yetti daqiqa ichida uxlab qoladi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

15 Nov, 01:27


Shuaro surasi 80-81 oyatlar

JUMA MUBORAK 🌙

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 17:20


1889-yil Jozef fon Mering va Oskar Minkovski oshqozon osti bezining itlarda pankreatoektomiya operatsiyasi o‘tkazib, qandli diabet sababi insulin yetishmovchiligi ekanligini isbotlab bergan

1921-yil Frederik Banting va Charlz Gerbert Bestom birinchi marotoba insulin sintezlagan.
1923-yil Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishgan.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 12:10


#tibbiy_fakt

Bolada 300 dan ortiq suyaklar mavjud. Voyaga etgan odamda ba'zi suyaklar birlashadi, ularning soni kamayadi va jami 206 suyakni tashkil qiladi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 10:08


Butun dunyoda ommalashib ulgurgan suniy intellekt yani suniy ong ham tanib ulguribdi bizni. U ham biladi sifat qayerda ekanini 😁

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 07:01


#hazil_time

Osteoxondroz bu dunyoni boshqa rakursdan koʻrish imkonini beruvchi kasallik🦒

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 06:16


Statistika
👨‍⚕Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir

Jahon bankining 2019-yilgi ma’lumotlarida 20 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston aholisining 7 foizida qandli diabetning birinchi va ikkinchi turi borligi ta’kidlanadi. Xalqaro diabet federatsiyasining O‘zbekistondagi qandli diabetga doir 2021-yilgi ma’lumotida kattalarning 6,3 foizida diabet borligi qayd etilgan. IDF Atlas ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonda diabet tashxisi qo‘yilmagan aholi soni 74 foizni tashkil qilgan. Bu — xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan baho.

O‘zbekistondagi rasmiy raqamlar esa ancha kamtarona. Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yilgi ma’lumotida O‘zbekistonda 230 610 kishi diabet tashxisi bilan ro‘yxatga olingan aytiladi (2021-yilda ular soni 245 mingdan oshgan — ya’ni, O‘zbekiston aholisining 1 foizi ham emas). Butun dunyoda ushbu kasallikka chalinish holatlari soni oshib borayotgan bir vaqtda, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonda qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallanish (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 21,4 nafardan 2021-yilda 18,3 nafargacha kamayganini hisoblab chiqqan.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 05:25


Jismoniy faollik diabetda surunkali buyrak kasalligining rivojlanishini sekinlashtiradi

Xitoylik olimlar jismoniy faollik ortiqcha vazn yoki semizlik va 2-toifa diabetga chalingan odamlarda surunkali buyrak kasalligining rivojlanish xavfiga qanday ta'sir qilishini aniqladilar. Tadqiqot natijalari British Journal of Sports Medicine jurnalida chop etildi.

Look AHEAD tadqiqotida 1746 ishtirokchi ma'lumotlari tahlil qilindi. Jismoniy faollikni baholash uchun akselerometr ishlatilgan.
Surunkali buyrak kasalligining rivojlanishi glomerulyar filtratsiya tezligining 60 ml / min / 1,73 m2 dan past bo'lishi, kuzatuv tashrifida (boshlang'ichga nisbatan) kamida 30% pasayish yoki surunkali surunkali rivojlanishning oxirgi bosqichi sifatida baholandi.

Tahlil shuni ko'rsatdiki, har 100 daqiqada o'rtacha va kuchli intensivlikdagi jismoniy faollik surunkali buyrak kasalligiga o'tish xavfini 9% ga kamaytiradi.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 05:10


Statistika
👨‍⚕Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir

Akademik Yolqin To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan “Gazeta uz”ga ma’lum qilishlaricha, O‘zbekistonda 2022-yil davomida jami 48 711 kishi (ularning 616 nafari bolalar, 151 nafari o‘smirlar)da qandli diabet aniqlangan.

2023-yilning yarim yili davomida bemorlar soni 17 970 kishiga ko‘payib, jami 363 585 nafar (O‘zbekiston aholisining 0,99 foizi)ga yetgan; ularning 3206 nafari bolalar, 1175 nafari esa o‘smirlardir.

Markazning qo‘shimcha qilishicha, butun 2022-yil davomida O‘zbekistonda 10 778 kishi qandli diabet asoratlaridan vafot etgan.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 04:52


Tarix

Diabet soʻzi 2-asrda Gretsiyada Dimetres tomonidan dastlab qoʻllanilgan boʻlsa, 1675-yilda Tomas Uillis tomonidan Diabetes Mellitus soʻzi bilan qoʻshib atala boshlandi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 02:20


🎉

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 02:01


🩸14-noyabr Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni !

Aynan bugun 1991-yildan buyon Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni sifatida nishonlab kelinadi.

🌍Hozirda 540 mln dan ortiq insonlar ushbu kasallik bilan hasta va bu koʻrsatkich 2030-yilga kelib 642 mln ga, 2045-yilga kelib katta yoshli aholining har 8 tadan 1tasi yani 783 mln aholi ushbu kasallik bilan kurashishi tahmin qilinadi.

Yashash sharoiti, ovqatlanish ratsionining turli buzilishlari, hayot sifati ortishi, stresslar koʻpayish, kamharakat hayot tarzi bu kasallikning yanada ortishiga katta hissa qoʻshuvchi omillardandir.

🧬Kasallik •qanday kelib chiqishi
•Uning dastlabki belgilari
•Yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan asoratlari
•Asoratlarga qarshi kurashish
•Toʻgʻri ovqatlanish
•Davolash
•Kasallikni oldini olish toʻgʻrisida kundan kun yangiliklar chiqadi.

Shu yoʻlda ochilgan ushbu kanalni ( @endocrinoo )2022-yilda ochgan boʻlsamda 2023-yildan yuqori tezlik va intensivlikda faoliyat yurita boshladi.

📝Yozilgan maʼlumotlar sabab oʻziga foyda olgan insonlar boʻlsa biz bundan bahtiyormiz. Yanada yangi va yaxshi maʼlumotlar bilan sizlarni sogʻlom boʻlishingizda xissa qoʻshishdan umidvormiz.
👨‍⚕Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

14 Nov, 00:10


#tibbiy_fakt

Agar odam bir ko'zini pirpiratsa, u 200 ga yaqin mushakni ishlatadi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 13:12


Hozirda bolalar orasida semizlik ancha avj olgan. Buning sabablari esa juda koʻp:

°Kam xarakat hayot tarzi
°Fast-foodlar
°Notoʻgʻri ovqatlanish
°Sportga qiziqish kamligi
°Tarkibida esterogen saqlovchi mahsulotlar

Natijada bolada ginekomastiya rivojlanishi ortgan. Uning sabablari esa:

•Semizlik
•Oʻzboshimcha dorilar ichish
•Narkotik vositalar
•Gormonal oʻzgarishlar
•Gipogonadizm

Testosteron kamayishi esterogen va prolaktin ortishi kuzatiladi bunday holatda va bu holat kelajakda bepushtlikka olib kelishi mumkin boʻlgan holatdan biridir!

📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir
( @endocrinoo )

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 12:09


#tibbiy_fakt

24 soat ichida tanadagi qon jami 19 000 km masofani bosib o'tadi - bu ekvatorning yarmiga teng.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 11:11


Kayfiyat tana vazniga taʼsir qiladimi?

Agar kayfiyatingiz tushkun boʻlsa vazn ortishi ehtimoli ortadi, agar yaxshi yoki yuqori boʻlsa ortiqcha vazn chekinadi.

Organizm stress vaqtida boshqa biror narsadan rohatlanishni xohlaydi va bu holatda koʻpincha koʻproq ovqatlanib qoʻyadi, yaʼni shundan lazzat olgisi keladi. Bu esa semirishga sabab boʻladi. Baʼzi ayollarda esa erining eʼtiborsizligi va xohlaganidek sevilmasligi sabab vazn ortish holati kuzatiladi.

Shuning uchun kayfiyatni koʻtaring, miyangizdagi boshqalarga nisbatan nafrat tuygʻusini yaxshi koʻrish, muhabbat tuygʻusiga oʻzgartiring!
Yaxshi koʻrsangiz yaxshi koʻrilasiz ...

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 09:26


🔷Insulin ineksiyasi qanday qilinsa to'g'ri bo'ladi ?


Igna sanchilib insulin yuborilgandan so'ng 10 soniya kutib turib keyin sug'urib olish kerak (esda saqlang).


@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 07:03


#hazil_time

Uhhhh yana aldandim, u samolyot emas 1 qoshiq kasha ekan

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 05:25


📝 Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo )

🦴Suyaklar tirik organ sifatida taxminan 70% mineral va 30% organik komponentlardan iborat.
🌍Dunyo bo'ylab 200 millionga yaqin odam osteopeniya va osteoporozdan aziyat chekmoqda.
Taxminan 3 ayoldan 1 tasida va 50 yoshdan oshgan 5 erkakdan 1 tasida suyak anomaliyalarining ayrim shakllari mavjud.
Aholining qarishidan kelib chiqqan holda, yaqin kelajakda suyak kasalliklarining tarqalishi ko'payishi taxmin qilinmoqda. Amerika Qo'shma Shtatlarida 2050 yilgacha suyak kasalliklari ayollarda 2,4 baravar va erkaklarda 3,1 baravar oshishi taxmin qilinmoqda.

⚡️Osteoklastlar suyak rezorbsiyasi(yemirilishi) uchun javobgar bo'lgan asosiy hujayralardir. Ular suyaklar yuzasida joylashgan bo'lib, vazifasiga ko'ra xandaklar hosil qiladi. Faollashtirilgan osteoklastlar suyaklardagi biriktiruvchi to'qimalarni yo'q qiladigan proteolitik fermentlarni chiqaradi. Shuningdek, ular suyaklarning mineral qismini parchalovchi ba'zi kislotalarni chiqaradilar.

🧩Osteoblastlar esa suyak hosil boʻlishida qatnashuvchi hujayralardir.

‼️Qarilik, estrogen etishmovchiligi, yallig'lanish, metabolik kasalliklar, noto'g'ri ovqatlanish,stress , buyrak funktsiyasining buzilishi, glukokortikoidlar kabi ba'zi dorilarning yon ta'siri ham suyak salomatligi uchun bir qator xavfdir.

Suyakni endogen va ekzogen xavf omillaridan himoya qilishning ko'plab usullari mavjud. Rejalashtirilgan jismoniy faoliyat suyak salomatligini himoya qilishning yana bir foydali usulidir. Jismoniy faollik, sog'lom ovqatlanish va tibbiy aralashuv yoshga bog'liq suyaklarning yo'qolishi yoki osteoporozning oldini olishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar o'smirlik davrida suyak massasining eng yuqori darajasini yaxshilash orqali osteoporozning boshlanishini kechiktirishi mumkin.

Suyak parchalanishini bloklovchilar va suyak shakllanishini kuchaytiruvchilar kabi bir qancha dorilar postmenopauzal davolash qatorida boʻlsa osteoporoz bilan kurashish yengilroq boʻladi.Bularga bifosfonatlar (masalan, alendronat), stronsiy ranelat, denosumab (RANKL inhibitori) va PTH kiradi.
D vitamini, kalsiy, fosfor, magniy, sink va mis skelet shakllanishi uchun zarur bo'lgan ozuqa moddalarining ba'zi namunalaridir.

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

13 Nov, 02:07


#tibbiy_fakt

Bolalar bahorda faolroq o'sishni boshlaydilar.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

12 Nov, 15:20


#music_time

Bu olis 18 yoshimda edi (orginal)

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

12 Nov, 12:07


#tibbiy_fakt

O'rta barmoq ustidagi tirnoq eng tez o'sadi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

01 Nov, 14:32


Semirishga yordam beradigan dorilarni faqat shifokor tavsiyasi va nazorati ostida qabul qilish lozim.Ba’zi dorilar va qo‘shimchalar vazn ortishiga yordam berishi mumkin,lekin ularning samaradorligi va xavfsizligi har doim ham kafolatlanmaydi. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:

1. Ishtaxani oshiruvchi dorilar:Ba’zi dorilar appetitni oshirish orqali vazn ortishiga yordam beradi.Masalan, megestrol atsetat va siprogeptadin shunday dorilar qatoriga kiradi.

2. Antidepressantlar:Ba’zi antidepressantlar, masalan, mirtazapin, vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

3. Steroidlar:Glukokortikoidlar kabi steroidlar ham vazn ortishiga olib kelishi mumkin, lekin ularning nojo‘ya ta’sirlari ham bor.

4. Protein qo‘shimchalari:Protein qo‘shimchalari va maxsus ovqatlanish qo‘shimchalari ham vazn ortishiga yordam berishi mumkin.

⛳️Shuni esda tutingki,dorilarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish juda muhim.Dorilarning nojo‘ya ta’sirlari va boshqa salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

01 Nov, 14:28


Glyukofaj (metformin) asosan 2-toifa diabetni davolash uchun ishlatiladi. Bu dori qondagi qand miqdorini pasaytiradi va insulin sezgirligini oshiradi.

Ba'zi hollarda, shifokorlar uni ortiqcha vaznni kamaytirish uchun ham tavsiya qilishlari mumkin, lekin bu faqat tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak.

Glyukofajni ozish uchun qabul qilishning xavfsizligi va samaradorligi har bir inson uchun turlicha bo'lishi mumkin. Shu sababli, uni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish juda muhimdir. Shifokor sizning sog'lig'ingiz holatini baholab, dori vositasini qabul qilishning xavf va foydalarini aniqlaydi.

⚡️Glyukofajni noto'g'ri qabul qilish quyidagi nojo'ya ta'sirlarga olib kelishi mumkin:

- Oshqozon-ichak muammolari (ko'ngil aynishi, diareya)
- Laktatsidoz (kamdan-kam hollarda, lekin jiddiy asorat)
- Vitamin B12 yetishmovchiligi

Agar siz ozish uchun Glyukofajni qabul qilishni o'ylayotgan bo'lsangiz, avvalo shifokoringiz bilan maslahatlashishni unutmang.

@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

01 Nov, 14:24


Insulin haqida #afsona

Kanalga aʼzo boʻling
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

01 Nov, 04:42


Hammasi yaxshilik bilan tugaydi, agar hali yaxshi boʻlmasa bilingki hali tugamagan

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

01 Nov, 03:03


Juma muborak azizlar 🌙

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

01 Nov, 02:55


#tibbiy_fakt

Ko'z qovoqlari uch yarim foiz tuzdir.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

31 Oct, 05:58


#afsona

Insulin haqida afsona va haqiqat

Nega insulindan qo'rqishadi? Sababi oddiy. Endokrinolog boʻlmagan har qanday isnonni gaplariga ishonishgani uchun va bunday notoʻgʻri maʼlumot aytuvchi shifokorlar ham bor afsuski.

Ushbu maʼlumotni imkon qadar koʻproq tarqating zero savollariga bu yerda javob berganman

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

31 Oct, 03:41


#hazil_time

Travmatolog va hirurglarga

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

31 Oct, 02:53


#tibbiy_fakt

Kapillyarlar esa shunchalik kichikki, inson sochining qalinligiga mos kelish uchun ulardan o'ntasi kerak bo'ladi.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

30 Oct, 13:56


Oʻzbekistonda qaysi soxa vakillari qancha oylik oladi. Eng yuqori 10 soxada kutilganidek tibbiyot yoʻq.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari (4,7 million so‘m), taʼlim (3,5 million so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,3 million so‘m) sohalarida to‘lanayotgan o‘rtacha oylik rasmiy ko‘rsatkichdan pastligicha qolmoqda.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

30 Oct, 13:38


Gemoglobin yetishmovchiligini qanday aniqlash mumkin?


Agar organizmda gem oqsil miqdori kam bo‘lsa, tana kislorodga to‘yinmaydi. Yurak, miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi, bu ularning ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Anemiyaga (gemoglobin yetishmovchiligi shunday ataladi) xos alomatlar paydo bo‘la boshlaydi:


-- O‘zingizni holsiz sezasiz. Xuddiki, sizda odatiy ishlarni qilishga ham kuch qolmagandek.

-- Biror ish boshlasangiz, tez charchaysiz.

-- Fikrlashda oqsayotganingizni sezasiz.

-- Bosh aylanishi ko‘payadi.

-- Juda rangpar bo‘lib qolganingizni aytishadi (yoki o‘zingiz sezasiz).

-- Milklardagi rangi o‘chganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa moyil rang paydo bo‘ladi.

-- Sizda nafas qisishi oson va tez-tez sodir bo‘ladi.

-- Yurak urishingiz tezlashib borayotganini sezib turasiz. Yoki ba'zida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.

Yurtimizda deyarli 90% ziyod ayollarda anemiya mavjud. Insonlar ichida qon bosimi 90/60 100/70 yuruvchilar buning yaqqol misoli hamdir.

Kanaldan uzoqlashmang
Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

30 Oct, 11:09


Arqonda sakrang

🔸15 daqiqa arqondan sakrash 60 daqiqa yugurishga teng. Muntazam arqonda sakrash bilan shug'ullansangiz, sizda yog‘ to‘planishi kamayadi.

🫀Bundan tashqari arqonda sakrash yurak mushaklari uchun foydali bo‘lib, qon bosimi va nafas ritmini normallashtiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi

Boʻy oʻsishida foydasi ham katta

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

30 Oct, 05:46


IGF-1 (Insulin-like Growth Factor 1) bu inson organizmida tabiiy ravishda ishlab chiqariladigan, insulin bilan o'xshash xususiyatlarga ega bo'lgan bir polipeptid.

U asosan jigarda ishlab chiqariladi va o'sish gormoni (ÕG) yordamida tasir qiladi.IGF-1 organizmning o'sishi, hujayralar rivojlanishi, regeneratsiyasi va metabolizm jarayonlarini tartibga solishda muhim rol o'ynaydi.

IGF-1 quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1.Hujayra o'sishi:
Hujayra ko'payishini rag'batlantiradi va mushaklar-suyaklarning o'sishini qo'llab-quvvatlaydi.

2. Metabolizm:
Bu peptid glukoza va yog'larni metabolizatsiya qilishda ishtirok etadi, insulinga õxshash ta'sir kõrsatadi.

3. Regeneratsiya:
Jarohatlardan keyin tiklanish va regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirishda yordam beradi.

IGF-1 darajasi yoshga qarab farqlanadi va sportchilar tomonidan mushak massasini oshirish maqsadida ba'zida sun'iy ravishda qabul qilinadigan moddalardan biridir.Biroq, uning ortiqcha istemoli salbiy ta'sirlarga olib kelishi mumkin.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

30 Oct, 04:35


#hazil_time

Qani erim uxlagandan foydalanib ko'rayinchi. Nimalar koʻrar ekan googleda😏

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

30 Oct, 02:53


#tibbiy_fakt

Inson tanasida taxminan 5,6 litr qon mavjud. Bularning barchasi 30 soniya ichida butun tanani aylanib chiqadi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

29 Oct, 16:05


Yaqin kunlarda reja qilgan post mavzularim 📝

1⃣⤵️
Nega tunda ishtaxa ortadi? Buni qanday yengish mumkin?

2⃣⤵️
Hayz vaqtida ogʻriq boʻlishi sababi nimada?

3⃣⤵️
Ifr-1 boʻy oʻsishida qanday vazifa bajaradi?

Shu va shu kabi global postlarni reja qilganman. Sizlardan esa ushbu maʼlumotlarni imkon qadar koʻproq guruhlarga va yaqinlarga ulashish qoladi.
Kerakli bilimni albatta ulashish kerak deb bilaman zero ular bundan foyda olishi sizga albatta manfaat beradi.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

29 Oct, 14:52


📹 Umar ibn Hattob r.a filmidan Hazrati Umar adolati !

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

29 Oct, 14:16


#hazil_time

Qo'shnimiz uyimizga yugurib
chiqibdi:

Senga savol bor edi, — deydi
Bering, — dedim.
Jismoniy tarbiya institutini
bitirganlar jismoniy shaxs,
yuridik institutini bitirganlar
yuridik shaxs bo'ladimi? — deydi-

Savolni, savodni qarang...

Boshim qotib qoldi: tarixni
bitirganlar shunda tarixiy shaxs
bo'larkan-da..


@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

29 Oct, 04:56


Insulin fiziologiyasi va qandli diabet patofiziologiyasi

Normal insulin fiziologiyasi
Insulin oshqozon osti bezidagi langerhans orolchalarida joylashgan β-hujayralarda sintezlanadi. Proinsulin molekulasi (insulinning avvalgi shakli) parchalanish orqali C-peptid va insulin ishlab chiqaradi, insulin esa ikkita zanjirdan (A va B) tashkil topgan peptid bo‘lib, asosiy metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.

Insulin ta’siri:
● Uglevod almashinuviga ta’siri: Insulin qondagi glyukoza miqdorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamaytiruvchi yagona gormon.
● Oqsil almashinuvi: Insulin oqsil sintezini rag‘batlantiradi, proteolizni (oqsil parchalanishini) tormozlaydi va aminokislotalarni hujayralarga o‘zlashtirishni oshiradi.
● Yog‘ almashinuvi: Yog‘ to‘qimalarini saqlashga yordam beradi va keton tanachalari hosil bo‘lishini kamaytiradi.
● Elektrolitlar muvozanati: Insulin kaliyni hujayra ichiga to‘planishini rag‘batlantiradi.

1-tip qandli diabet (T1DM) patofiziologiyasi
1-tip diabetning rivojlanishiga genetika va tashqi omillar (ko‘pincha virus infeksiyalari) sabab bo‘ladi. Ushbu omillar β-hujayralarga qarshi autoantitanalar, masalan, anti-glutamat dekarboksilaza (anti-GAD) va anti-orolcha hujayra sitoplazmatik antitanalari (anti-ICA) ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bu esa langerhans orolchalaridagi β-hujayralarni bosqichma-bosqich yo‘q qilish orqali organizmni mutlaq insulin yetishmovchiligiga olib keladi. Shuningdek, bu jarayon glyukozani to‘qimalar tomonidan so‘rilishini kamaytiradi.

2-tip qandli diabet (T2DM) patofiziologiyasi
● Periferik insulin qarshiligi: Ko‘p sonli genetik va ekologik omillar natijasida rivojlanadi. Ayniqsa, markaziy semizlik insulin sezgirligining kamayishiga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Bu holat glyukoza so‘rilishini buzib, qondagi glyukoza miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi.
● β-hujayralarning disfunktsiyasi: Oshqozon osti bezida pro-amylin (islet amiloid polipeptid) to‘planadi, bu esa endogen insulinni ishlab chiqarishni kamaytiradi va diabetga olib keladi.

Kasallik rivojlanishi: Boshlang‘ich bosqichda insulin qarshiligini oshgan insulin va amilin sekretsiyasi bilan qoplashga harakat qilinadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan insulin qarshiligi kuchayib, β-hujayralarning insulin ishlab chiqarish qobiliyati pasayadi. Bunda dastlabki belgilar faqat ovqatdan keyin qondagi glyukoza miqdorining oshishi bo‘lsa, keyinchalik qonda doimiy ochlik glyukozasi ko‘tarilishi bilan diabet rivojlanadi.

Manba: Space_med

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

29 Oct, 04:05


#hazil_time

Ayollar shunchalik qiyinmi kiyinib tayyor boʻlish 😂😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

29 Oct, 02:52


#tibbiy_fakt

Inson tanasidagi soch miqdori maymunning sochlari miqdori bir xil, shunchaki maymunning sochlari qalinroq va uzunroq.

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

28 Oct, 16:14


#hazil_time

Baliq mavsumi boshlandi a😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

28 Oct, 06:48


Kaliy asosan hujayra ichidagi suyuqlikda bo'lgan kationdir. Bu qo'zg'aluvchan to'qimalarning (nervlar va mushaklar) normal ishlashi shuningdek, dam olish potentsialini saqlash uchun zarurdir.

Giperkaliyemiyada hujayradan tashqari suyuqlikda kaliy miqdori ortib ketadi. Giperkaliyemiya xavfi shundaki, u yurak ritmining buzilishi va yurak tutilishiga olib kelishi mumkin.

Davolash uchun ishlatiladigan dorilar:

• Kalsiy glukonat: yurak mushaklari hujayra membranasini barqarorlashtirish uchun.
• Beta-agonistlar, bikarbonat: kaliyni hujayradan chiqarish uchun.
• Insulin + glyukoza: kaliyni hujayradan tashqari suyuqlikka o'tkazish va gipoglikemiyani oldini olish.
• Kayeksalat: Ichaklardagi kaliyni bog'laydi.
• Diuretiklar: kaliyni olib tashlash uchun.
• Dializ: agar dori-darmonlar natija bermasa.

@endocrinoo

@endokrinolog_maslaxatii

Endokrinolog maslahati 📄✍️

28 Oct, 04:04


#hazil_time

Akamiz doktorlarga ko'rsatib qoʻymoqchi 😂😂

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

28 Oct, 03:43


Vitaminlar nomi
Kunlik ehtiyoj
Mahsulot manbalari
Yetishmasligi

@endocrinoo

Endokrinolog maslahati 📄✍️

28 Oct, 02:52


#tibbiy_fakt

Inson tanasining har bir kvadrat santimetrida o'rtacha 20 million bakteriya mavjud.

@endocrinoo