“Yoshlik” jurnali @yoshlikjurnali Channel on Telegram

“Yoshlik” jurnali

@yoshlikjurnali


“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz

Yoshlik jurnali (Uzbek)

Yoshlik jurnali Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal Yoshlik jurnalinin rasmiy telegram sahifasidir. Yoshlik jurnali O'zbekistonda eng mashhur yoshlar uchun chiqarilayotgan jurnallardan biridir. Bu jurnal yoshlar uchun soha bo'yicha yangiliklar, maqolalar, intervyular va boshqa bir qancha maqolalarni o'z ichiga oladi. Agar siz yoshlar uchun yangi ma'lumotlar va fikrlar izlamoqchi bo'lsangiz, Yoshlik jurnali kanalimiz siz uchun ideal platforma bo'ladi. Kanalimizda jurnal maqolalari, fotosurtlar, videolar va boshqalar bilan tanishing. Yoshlik jurnali bilan birgalikda yoshlar haqida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! Sizni Yoshlik jurnali Telegram kanaliga obuna bo'lishni unutmang! Saytimizga ham tashrif buyring: yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

19 Feb, 13:25


#olis_yaqin_ovozlar

Mitti Qush

Ko‘ksimda mitti qush hamon talpinar,
Olis osmonlarning tubsiz bag‘riga.
Zaminning zalvorli nigohlaridan,
Botib ketayotir bo‘g‘zim qa’riga.

Nimtalab tashlangan jismi aro jon,
Dunyo jallod emas, jalloddir inson.
Har qanot yozganda otashdek yonar,
Jizg‘anak etgani g‘arazli har jon.

Hasratin berkitar ufq quchog‘iga,
Ko‘zlari yupanchga bo‘lib intizor.
Jonini ilgancha dard pichog‘iga,
Qayta o‘lmoq uchun tug‘ilar takror.

Ko‘ksimda mitti qush hamon talpinar,
Bag‘rimni yorgancha uchar qulochlab.
Samo ham chavaqlab ketilgan ne hol?
Qoldim yuragimni yana quchoqlab.

Marjona HAYITMURODOVA

2023/9

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

19 Feb, 07:12


#uchrashuv

Har bir yosh "Yoshlik" jurnalini o‘qishi kerak.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

19 Feb, 04:27


#bir_savol_besh_javob


Baxt nima?

* Baxt — umr lahzalaridan birining ismi
* Baxt insondan tashqaridagi hodisa emas
* Baxt — ma’naviy ehtiyoj
* Baxt — inson ko‘nglining eng chiroyli mulki
* Baxt — insonni yuksaltiradi, kunlariga ko‘rk beradi, sevdiradi.

Odam bolasi hamisha harakat maydonida yashaydi. Uning yuragi, tafakkuri, idroki hamisha yo‘lda. Orzu qiladi, intiladi, qoqiladi, yo‘qotadi, topadi… Ayriladi, kuyadi, sog‘inadi, kutadi, yetishadi… Inson umri ana shunday bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan lahzalar marjoni.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

18 Feb, 07:07


#qutlov

18-fevral – shoir Ochil HAZRAT tavallud topgan kun!



* * *
Xotiralar savalar nomsiz,
Yirtiq orzu yamalmaydi hech,
Yo‘l qontalash
Yuguradi oy,
Kun o‘targa yashaydi qishloq,
Ortimdagi kimning quvonchi,
To‘xtatinglar!..
Bu ro‘yo zarhal,
Bashar, darddan ustundadirmiz.
Aka, qara
Baxt bizni kutgan,
Ehtiroslar – ulug‘ sog‘inish,
Shamol bo‘lib,
Hoyu-havas bo‘lib,
Eng go‘zal kuy qishloqda esar.
Shahar oshiq,
Shahar bedarak.
Shipshiydon dalalar
O‘g‘ri urgan o‘y,
Zamonlar to‘qnashar
Adir bo‘yida,
Saboq ololdimi?
G‘ing‘ishadi shon,
Kun o‘targa yashaydi qishloq,
O‘tmishni tuflaydi,
Eski quduqlar,
Qishloqqa qaytishga chipta yo‘q aka,
Sog‘insam,
Poradir ming bitta jismim,
Yo‘qlasam,
Qoradir yurakdagi dog‘.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

18 Feb, 05:26


#bitik

Harbiy xizmatga majburlab olib ketilganim


Hayot o‘zi shunday, oyoq bir toysa, ish chappa ketgani-ketgan. Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirishim uchun ikki balgina yetmadi. Keyingi gal – 1979-yil, albatta niyatimga yetaman, degan ahdi paymon bilan yana kitobga yopishdim. Asarlarini men yod olmagan mumtoz shoir va adib qolmadi hisob. Ammo banda tadbir qiladi, Yaratgan esa – taqdir. O‘qiganlarni ham ko‘p ko‘rdik. Asl bilim va hikmatni O‘zi anglatmasa, quruq o‘qish bilan ham ish bitmas ekan.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

17 Feb, 06:53


#tavallud

17-fevral – yozuvchi Bahodir ABDURAZZOQ tavallud topgan kun!



To‘zon

Bu la’nati to‘zon boshlanishidan ikki kunmi, yo uch kunmi oldin Olloberdi chol omonatini topshirdi. Xudoning qarg‘ishiga qolgan shaharchani o‘rab turgan qumtepalar tomondan g‘alati hovur ko‘tarilar, shamol bu yurtni butkul unutib yuborgan bo‘lsa kerakki, onda-sonda uchraydigan butalarning shoxlari ham zobitning oldida turgan askardek qilt etmas, osmon ham xira kulrang tusda edi. Biz bolakaylar tikansimlar bilan o‘rab olingan, har joy-har joyda soqchi minorasi qo‘qqayib turadigan shaharchadan bir amallab chiqib olib, bir necha chaqirim naridagi, sho‘r va sassiq suvli zovurda cho‘milib qaytayotgan pallada, Olloberdi cholning jon taslim qilayotganini ko‘rib qoldik.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

17 Feb, 06:06


#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Ortga qaytarolmam asov dilimni,
Borsa kelmas mening yo‘lim, birodar.
Shiorim – ezgulik, ammo zulmning
Har dam yoqasida qo‘lim, birodar.

Bir boshga bir o‘lim, har bir boshda bor,
Xatarlidir o‘ng-u so‘lim, birodar!
Shoirni o‘lim-la qo‘rqitma zinhor,
She’rsiz o‘tgan har kun – o‘lim, birodar.

Quddus Asad

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

17 Feb, 04:34


#tavallud

17-fevral – shoir Mansur Jumayev tavallud topgan kun!


NIYAT

Onamni aldadim soppa-sog‘man deb,
Otamni aldadim: “Pulim bor doim”.
Og‘amni aldadim: “Borarman, nasib...”
Men seni nima deb alday, Xudoyim?!

G‘unchani gul dedim – kuldi, quvondi,
Bulbul deb aytganim chumchuqmi, bilmam,
Bunda baxt bor dedim, erkam ishondi...
Robbim, endi meni yolg‘onchi qilma!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

15 Feb, 09:59


#nigoh

O‘zingizdan uyalasizmi?


Uyat hissi… Bu g‘oyatda noyob tuyg‘u, to‘g‘rimi? Agar u bu qadar kamyob bo‘lmaganida nima bo‘lardi? Olam guliston bo‘lardi! Misol uchun, Vatan haqida she’r yasab o‘tirgan shoir qog‘ozdagi tizmalariga qarab qizarib ketardi. Soxta satrlari qoshida xijolat bo‘lardi. Vatan haqida shunchaki yozib bo‘lmasligini, bu so‘zning zalvorini har qanday yelka ham ko‘tarolmasligini his qilardi. Bu muborak kalom qarshisidagi mas’uliyatdan qo‘rqib, yozuv stolidagi nimarsalarini g‘i­jimlardi-da, burchakka uloqtirardi. Ertasi kuni esa “Tanlanma” to‘plamingizda Vatan haqida she’r yo‘q ekan, yozib keling”, degan noshirdan qo‘lyozmasini qaytarib olardi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

15 Feb, 05:36


#qutlov

15-fevral – yosh shoir Diyor Rahmon tavallud topgan kun!

Qaytar joyim


Koinot ishqida koyitma jonni,
O‘zga sayyorada o‘zga hukmron.
Ona yer, vatanga sobit insonni,
Sadoqati uchun derlar qahramon.

Qizg‘aldoq qizargan qishloq – ona yer,
Men uchun shahar ham o‘zga koinot.
Qirda qo‘zi boqib qoplamadi ter,
Kosmosga ketmoqqa egarladim ot.

Qalamga tirmashgan nozik qo‘limga,
Tegmadi otamning cho‘pontayog‘i.
She‘rlarim mash’ala bo‘lib yo‘limga,
Toleyim yoritdi adab chirog‘i.

Yurdim koinotda tentirab-daydib,
Bildim: qaytar joyim yana tuproqdir.
Ko‘rdim minbarlarda ash’orlar aytib,
Qaytanga qo‘y boqsam foydam ko‘proqdir.

Koinoti qolsin fazogirlarga,
Ularda bor ekan qayrilmas qanot.
Choponimni kiyib ketay qirlarga,
Menga hamroh bo‘lsin qanoti yo‘q ot.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

15 Feb, 05:10


#tavallud

15-fevral – yozuvchi Luqmon Bo‘rixon tavallud topgan kun!


Imom Moturidiy

Besh yildan beri Bag‘dodda yashab, kitobat hunarini o‘rganib yurgan xattot Qutlug‘ Muhammad Nuriy ota yurtida yuz bergan noxush¬liklardan g‘oyat tashvishga tushib qolgan edi. Ayniqsa, ustozi imom Abu Mansur Moturidiyning sog‘-omonligini bilish ilinjida o‘sha taraflardan kelgan katta-yu kichikning og‘ziga termulib kuni o‘tardi. Oxiri toqati-toq bo‘ldi: safar xurjunini yel¬kaga tashladi. Samarqandlik Inoyat ibn Vosiqning karvoniga ilashib yurt sari yuzlandi.


👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

15 Feb, 04:21


Янги Ўзбекистон бунёдкорлари билан учрашув ёшларимиз салоҳиятини тўла рўёбга чиқариш йўлидаги тарихий воқеа бўлди

Встреча с созидателями Нового Узбекистана стала историческим событием по пути полной реализации потенциала молодежи

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Yoshlik” jurnali

14 Feb, 16:38


Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан самимий мулоқот ўтказиб, уларни янги марралар сари руҳлантирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Yoshlik” jurnali

14 Feb, 11:05


#diqqat

⚡️⚡️“Ёшлик” журнали фаолияти кучайтирилади

Давлатимиз раҳбари ёшлар маънавиятини юксалтиришда бадиий адабиётнинг роли жуда катта экани таъкидлаб, бундан қирқ йил олдин устоз шоир Эркин Воҳидов ташкил этган “Ёшлик” журнали фаолиятини кучайтириб, уни яна ёшларимиз севиб ўқийдиган журналга айлантириш муҳимлигини таъкидлади.

@haqiqatonline_24

“Yoshlik” jurnali

14 Feb, 11:01


Бугунги кунда мафкуравий хавф-хатарлар аллақачон кибермаконга кўчиб ўтгани қайд этилди.

Шу муносабат билан ёшларимизда интернетдан фойдаланиш маданиятини янада юксалтириш, улар ёлғон маълумотлар қурбонига айланиши, дунёқараши салбий ғоялар таъсирида шаклланишини олдини олиш муҳимлиги кўрсатиб ўтилди.

Фарзандларимизнинг маънавий тарбияси ва мафкуравий иммунитетини кучайтириш, уларни ёт ғоялардан асраш ҳар биримизнинг вазифамизга айланиши шартлиги таъкидланди.

Шу боис мутасаддиларга ёшларнинг мафкуравий хавфсизлигини таъминлаш, уларни дардига малҳам бўлиб, муаммосини ҳал қилиб, турли ғоявий хуружлардан асраш, зарарли ахборотлардан ҳимоя қилиш ишларини кучайтириш топширилди.

Илм-фан ва таълим йўналишидаги фойдали маҳаллий интернет ресурслари реестри шакллантирилиб, улардан бепул интернет тармоғи орқали фойдаланиш йўлга қўйилади.

Нуронийларимиз иштирокида “Аждодлар меросига муносиб авлод” ғояси остида ёшларни бирлаштириш бўйича янги тизим жорий этилади. Шунингдек, ёшларда ватанпарварлик ҳиссини ошириш мақсадида “Мен буюк эл фарзандиман” умуммиллий ҳаракатини йўлга қўйиш бўйича ёшларнинг ташаббуси қўллаб-қувватланди.

Ёшлар маънавиятини юксалтиришда бадиий адабиётнинг роли жуда катта экани таъкидланди. Бундан қирқ йил олдин устоз шоир Эркин Воҳидов ташкил этган “Ёшлик” журнали фаолиятини кучайтириб, уни яна ёшларимиз севиб ўқийдиган журналга айлантириш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

“Yoshlik” jurnali

14 Feb, 10:12


#adib_ijodxonasi


Ijod ilohiy sadolarga javobdir


Men dunyoga kelgan yillarda dunyo xomtalash bo‘layotgan rutubatli kunlar edi. Odamlar bir parcha nonga zor bo‘lgan qaro kunlar… Bu kunlarni vaqt hisobiga keltirsak, 1943-yilning 14-fevrali bo‘lgan. U paytlarda Xorazmning bugungi Yangibozor tumani Gurlan deyilardi. Shu tuman hududida Bog‘olon deb nomlangan mo‘jaz bir qishloq bor. Kamina ana shu qishloqda dunyo yuzini ko‘rdim. Uyimizning yonida Ordjonikidze nomli o‘rta maktab bo‘lardi. Shu maktabda o‘qidim. Garchi biz tengqur kishilarning bolaligi rangbarang, baxtiyor kunlar og‘ushida kechmagan bo‘lsa-da, u kunlarni sog‘inaman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Feb, 02:41


#qutlov

9-fevral - yosh ijodkor Rayhona Davronova tug‘ilgan kun!

U 2006-yilning 9-fevralida Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi.
Ijodkorning she’rlari "Yoshlik", "Sharq yulduzi" jurnallarida chop ettirilgan.

* * *
Ko‘zlarimga seni izlab kirdi tun,
Rangin xotiralar mijgondek saf-saf.
Daydi hislarimga o‘qilgan afsun.
Nechun armonlarim yuraging taraf?

Hasratlar butun-u, baxt nimta-nimta,
Aldamchi g‘ururning basti zabardast.
Bir vaqt quyosh ingan yanoqlarimda,
Nechun yog‘dularning izi ko‘rinmas?

Yolg‘izoyoq yo‘ldir sabrning yo‘li*
Ishq o‘ksik yodimga tasbeh iladi.
Makka tomonini o‘zingdan bilib,
Ko‘ngling manzilini Haqdan tiladim.

Hijron qichqirig‘i ko‘zlarimga yod.
Illo, peshonamning xatlari qadim.
Kulgichimga nigoh to‘kgil umrbod
Istadim...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

08 Feb, 08:04


#qutlov

8-fevral - shoir Alisher Sabriy tavallud topgan kun.

Takabburlik

Yo‘l kezadi... ko‘zginasin
Samolardan uzmay sira,
Daho bilib o‘zginasin,
Maromini buzmay sira.

Do‘st-u g‘anim royishiga
Qaramaydi. Unga nima?!
Kambag‘al-u boy ishiga
Yaramaydi. Unga nima!?

Yo‘l kezadi... burni bilan
Bulutlarni kesib borar.
Yo‘l ham o‘rni-o‘rni bilan
G‘aflatini sezib borar!..

...Garchi bu kun so‘zim yoqmas,
Balo – tilim rostidadir.
Vale ko‘kdan chalpak yog‘mas,
Chohlar oyoq ostidadir!


@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

08 Feb, 04:14


#moziyga_qaytib

1986-yil 2-son muqovasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

07 Feb, 13:15


#eslaganim

Xudoyberdi akaning asl qiyofasi uning ichida edi! “Ichida” deganda adibimizning g‘oyatda sinchkovligini, kuzatuvchanligini, tahlilga moyilligini, kutilmagan xulosalar chiqara bilishini nazarda tutmoqdaman va shu ma’noda u kishini Ustoz maqomiga loyiq va munosib inson ekanligiga urg‘u bermoqchiman.

Xurshid Do‘stmuhammad

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

07 Feb, 06:13


#mulohaza

Barmoq uchidagi ruhlar qo‘zg‘aloni

Hozirgi davrda o‘zining “kitobsevar”larini o‘zi sotib olib, ko‘pchilikka bepul tarqatib yurgan “yozuvchi va shoir”lar ajiriqday ko‘payib ketgan. Sizning bu badiiy asa­ringiz shunday salbiy jarayonlarga noroziligingiz ifodasi edi. Bunday iste’dodsizlarga internet tarmoqlari – super inkubator xiz­matlarini bajaryapti, endi ularga yo‘l ochilib qoldi, kitob chiqarib yurmaydi. Internet saytlari antipoetik “koronavirus”larni tarqatguvchi gigant laboratoriyalarga aylanib bormoqda…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

07 Feb, 04:28


#qutlov

7-fevral – shoir Navoiylik Alisher tavallud topgan kun!

Bilib qo‘ying


Dashtda yurgan toshbaqa yanglig‘,
Ninachiday qo‘nib qiyoqqa.
Qarmoqdagi baliq singari
Tuyg‘ularni soldim qiynoqqa.

Oqqushlarni haydagan ko‘lday,
Kalamushday teshib kemani.
Molga o‘xshab podadan ayri
Tuyg‘ularni yuldim, yemadim.

Toshning nusxi urdi yuzimga,
So‘nib qoldi, ko‘zlarim – Orol.
Manglayidan sho‘rladi sevgi
Men yashadim chanqab, bemalol.

Sipqorilgan, so‘ngra hijronda,
Suv qo‘shilgan obi zam-zamman.
Natijada bilib-bilmasdan
Sizga o‘xshab qoldim – odamman.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

06 Feb, 11:32


#hikoya

“Bo‘ldi, gap yo‘q!”


Eshik ohista taqillab ochildi-da, xonaga cho‘pakkina yigit kirdi.
– Mumkinmi, katta?
– Keling, – rais oshig‘ich u bilan so‘rashdi. – Qandaysiz, uka? Tinchmisiz? Chopyapsizmi?
– Ha, ha.
– Bo‘lyaptimi?
– Bo‘lyapti.
– Yaxshi. Xizmat, uka?
– Shu, katta, men… biz qiz ko‘rgandik.
– Kim? Ikkimizmi?

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

06 Feb, 08:59


#olis_yaqin_ovozlar

Garov


Qalbda uvvos solib yig‘lar orzular,
Sog‘inch torlaridek uzilgan rishta.
G‘ururing, g‘ururim sinamoq uchun,
Kel, garov bog‘laymiz sog‘intirishdan.

Bir dam tin olsaydi sog‘inchga to‘lgan,
Osmonni ko‘targan kuraklarimiz.
Bu galgi bahsimiz biroz o‘zgacha –
Garovga qo‘yilgan yuraklarimiz.

To‘xtatib qo‘ysaydim jallod nigohing
Nayzadek ko‘zimga sanchilgan damni.
Azizim, shu qadar og‘ir ekan-a
Sog‘inish qarshingda turgan odamni.

Qara, ko‘ryapsanmi, shul g‘ururni deb,
Charchadik biz o‘zni ovuntirishdan.
Sen bo‘lding, men bo‘ldim, biz bo‘lolmadik…
Garov bog‘laymizmi sog‘intirishdan?

Aziza SHOKIROVA, Jizzax viloyati

2022/6

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

06 Feb, 06:23


#moziyga_qaytib

1985-yil 2-son muqovasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

06 Feb, 04:28


#saboq

Yosh yozuvchi bo‘lish qiyin


Talant kelib chiqishidagi kitobiylik xalaqit berar ekan, talant yosh vaqtida hayot bilan bog‘lanolmay qiynalishi bor gap. Aftidan, turmushni ko‘rish, bilish, mazmundor hayot yo‘li – kifoya emas. Bular o‘zidan-o‘zi asarga shundoqqina ko‘chib qo‘ya qolmas ekan. Olamni ko‘rish bilan birga, uni yozuvchi ko‘zi bilan qabul etish, idrok qilish, yurakdan o‘tkazib qog‘ozga tushira bilish zarur ekan. Adabiyotning hayotiy mohiyatini qattiq o‘zlashtirib olib, ijodni hayot bilan bog‘lay bilish juda muhim ekan.

Men aytmoqchi emasmanki, kitobda personajlar rashk qilmasin, kasal bo‘lmasin, mehmonga bormasin, deb. Aksincha, bularning hammasi hayotiy; lekin asar qahramoni hayotida uni bizning jamiyatimiz kishisi sifatida ulug‘lovchi mazmundor voqealar bo‘lishi kerak, axir.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

05 Feb, 10:50


#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
Sevgimiz hazildan boshlanganini.
Axir, menda gunoh yo‘qdir, azizim,
Bilmovdim ko‘nglimning toshlanganini.

Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
Yolg‘on o‘tli qarash rost bo‘lib ketdi.
Har nedan yuqori ko‘rgan hayotim,
Ko‘z ochib yumguncha ost bo‘lib ketdi.

Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
So‘nggi pushaymonim o‘zimga dushman.
Odamdek yashamoq istab yuruvdim,
Bir tuyg‘u tuydim-u, endi men qushman.

Men sizga aytmovdim, aytsam bo‘larkan,
Hammasi bir onda tugaydi, devdim.
Sevgimiz hazildan boshlandi, ammo,
Hazillar ichida rosmana sevdim...

Bahodir JOVLIYEV

“Yoshlik” / 2023 / 8

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

05 Feb, 06:12


#olis_yaqin_ovozlar

Yog‘ar edi oppoq qor


Hayrat

Erta bilan hovliga
Chiqib, qaradi Bilol.
Yog‘ar edi oppoq qor,
Uni ko‘rib, bo‘ldi lol.

Dedi u ukasiga:
– Ko‘chaga qara, Akbar,
Osmondan yog‘ayapti
To‘xtamasdan ko‘p shakar!..

Bahoroyning savoli

– Oyi, nega ismimni
Qo‘ygansizlar Bahoroy?
Qanday ma’no bor bunda,
Oddiymasdir, hoynahoy?

– Nafis, nozik bo‘lsin deb
Shundayin nom qo‘yganmiz.
Doim quvnab yursin deb
Shu ismni suyganmiz.

Sen tug‘ilding bahorda,
Isming qo‘ydik Bahoroy.
Unutma, ona qizim,
Bu isming ma’noga boy.

– Nega unda, oyijon,
Sizni derlar Gulchiroy?
Tug‘ilgansiz-ku yozda,
Ismingiz emas Yozoy?..

E’zoza ALIMOVA

“Yoshlik” / 2015 / 12

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

05 Feb, 04:58


#hikoya

Azador ot


– Dada, Qaldirg‘och qaytib kelibdi!
Qizi Guloraning jaranglagan ovozi Rustamning mudroq ko‘zlarini ochishga majbur qildi. “Ikkinchi marta-ya!” g‘udrandi u o‘rnidan turmay. Otasining hadeganda ko‘rinish beravermaganidan qizning yuragi siqildi. Ammo ovoz chiqarsa Qaldirg‘och qo‘rqib ketadigandek, tilini tishladi. Sekingina unga yaqinlashdi. “Yana qaytib keldingmi? Boshqa joyga o‘rganolmayapsan-da, a? Yoki oyimdan xavotir oldingmi?” Rustam egniga choponini ilib hovliga chiqqanida qizi Qaldirg‘ochni quchoqlagancha yig‘lab o‘tirardi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Feb, 12:43


#qisqa_hikoya


Jumboq

– Bugun juda mamnun ko‘rinasiz, Vatson.
– Kechirasiz-u, Xolms, bu safar jinoyatni ikki dunyoda ham fosh qilolmaysiz.
Xolms o‘rnidan turib, trubkasini jo‘shqinlik bilan silkita boshladi.
– Yana xato qilyapsiz, deb qo‘rqaman, Vatson. Missis Vorsingtonni kim o‘ldirganini bilaman.
– Juda qiziq! Na guvohlar, na dalil-isbot bor! Xo‘sh, kim qilibdi bu ishni?
– Men, Vatson!

Tom Ford


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

04 Feb, 06:03


#olis_yaqin_ovozlar

***
Samolardan izlaganim yo‘q,
Shamollarga bo‘zlaganim yo‘q.

Ilk bor sizga duch kelgan paytin,
Sevgi so‘zin pichirlab aytdim.

Eh tovushim... Yiroq ketmabdi,
Hamma tinglab, sizga yetmabdi.

Siz – boshqacha... Buni sezgandim,
Yuragingiz uzra kezgandim.

Izingizdan shamoldek yeldim,
Ammo bir kun yerga yiqildim.

Nigohingiz kuydirgan edi,
Juda og‘ir dard bergan edi.

Kulardingiz yig‘lagan kabi,
Go‘yo meni o‘ylagan kabi.

Men bir so‘zni dilda asradim,
Na erindim va na charchadim.

Nigohingiz so‘roqlar neni,
Qo‘ying... So‘rab qiynamang meni.

Hozir ayni kutilgan paytmi?
Shu bir so‘zni aytishim shartmi?

Xurshid Abdurashid

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

04 Feb, 04:32


#tavsiya

Kitoblar olamidagi hayotim


Bolalikda o‘qilgan ilk kitoblar insonning yoshi ulg‘ayganda ham qalbini nurday yoritib turaveradi. O‘tgan yillar davomidagi tuyg‘ularini, go‘zal va og‘ir lahzalardagi qarorlarini, boringki, ich-ichini titkilab qarasa, o‘zi ham o‘sha kitoblarning parchalaridan iborat bo‘ladi.

Men o‘qigan kitoblarimdagi voqealarga nafaqat ishonardim, balki kitobning birinchi sahifasidan boshlab boshqa olamga o‘tar, boshqa odamlar bilan yashay boshlardim. U yerdan darrov o‘zimni topib olardim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

03 Feb, 12:23


#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Shivirlarim shamollarni keldi chorlab,
Qahratonning qovog‘iga kulib berdim.
Ko‘kning eski choponini qo‘ydim yamab –
Yuragimdan bulutlarni yulib berdim.

Kun uyg‘ondi – xayri tushlar ko‘rib-ko‘rib,
Qadamiga tomirlarim qo‘ydim to‘shab.
Ohlarimni bu kecha oy oldi o‘rib,
Baxtning alvon dalasiga qoldim o‘xshab.

Sezimlarim, tuyumlarim sarxush-sarxush,
Tovonimni dasht xayoli yelkalaydi.
Yomg‘irlarning ko‘zlaridan sizgan ishq – xush,
Adirlarning kiprigini erkalaydi.

Yuguraman, kuyishlarim qolar ortda,
Og‘am – tog‘lar, kiftlariga qo‘nib boray.
Ey, qaro tun, oq o‘ylarim ortiq tortma,
Onam – tongdir, shabnamlarga do‘nib boray.

Onam – tongdir, shabnamlarga do‘nib boray.

Dilnavoz Berdiyeva

“Yoshlik” / 2023 / 8

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

03 Feb, 07:28


#qisqa_hikoya

Million dollarlik bazm

Charli oxirgi chaqasiga lotereya chiptasini sotib oldi va o‘n million dollar yutuq egasiga aylandi. Ko‘cha-ko‘ydagi oshna-og‘aynilari bilan yutuqni naq ikki hafta “yuvdi” va alal-oqibat ortiqcha yeb qo‘yganidan bo‘kib o‘ldi.
Hukumat uning millionlarini meros qilib oldi, ammo odamlar uning ismini hamisha yodlarida saqlashadi – u insoniyat tarixida eng katta bazm uyushtirdi, axir.
Ha, darvoqe, uning familiyasi nimaydi?

Dik Skin

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

03 Feb, 05:02


#olis_yaqin_ovozlar

Ikkimiz


Ikkimiz ham ishq deb yashadik,
Parvo qilmay insonlarga ham.
Qalbimizni garddan asradik,
Ikkimizni yengolmadi g‘am.
Yuragimiz bir bo‘ldi, so‘ngra,
Biz otlandik yorug‘lik sari.
Noshukurlik qilmadik sira,
Аxir, sabr – qalbning gavhari.
Sabr qilib yetdik manzilga,
Yorug‘likka, nurga chulg‘ondik.
Va aylandik bitta ko‘ngilga,
Va ishqni deb dunyodan tondik.

Muhammadamin HOJAKBAROV

“Yoshlik” / 2023 / 8

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

03 Feb, 04:39


#Xotira

Said Ahmad … tengqurlarimizdan Tog‘ay Murodni ko‘proq yoqtirardi, ... shu bola hammangdan yaxshi yozadi, deb maqtab yurardi. Nazarimda, u so‘z va ohangdagi o‘zi orzu qilgan va balki yetolmagan nedir sarbast va baland pardalarni Tog‘ay Murod asarlaridan topganday edi. Darhaqiqat, Tog‘ay Murod do‘stimiz shamolday erkin edi – ko‘nglida borini yozardi, yozganda ham yayrab yozardi.
Biz Tog‘ay Murod yaxshi yozishini tan olardik...

Murod Muhammad DO‘ST

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

31 Jan, 13:32


#sotildi

Jurnalimizda taniqli rassom Husan Sodiqov tomonidan ishlangan bir guruh ijodkorlarning rasmlari kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqida siz aziz o‘qirmanlarimizga bir necha kun avval xabar bergan edik. Bugun shu xabarning natijasi o‘laroq, rasmlar ijodkorlarimiz tomonidan quyidagicha baholanganini e’lon qilamiz:

Shoir Orif To‘xtashning rasmini shoirning o‘g‘li tomonidan 200 ming so‘mga sotib olindi.
Jurnalist Farrux Jabborovning rasmini Ahmad To‘ra o‘z kolleksiyasi uchun 500 ming so‘mga sotib oldi.

Shoir va tarjimon Rahmat Bobojonning rasmini yosh shoir Otabek Rahim 300 ming so‘mga sotib oldi.

Jurnalist Otabek Bakirovning rasmini yosh ijodkorning o‘zi 180 ming so‘mga sotib oldi.

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

31 Jan, 08:22


#tavallud

31-yanvar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir, tarjimon Go‘zal Begim tavallud topgan kun!

“Yoshlik” jurnali

23 Jan, 12:50


#birinchi_kitobim_2023

U borini boricha, ko‘rgan-bilganini holicha yozishga harakat qiladi. Shu bois, Zikrillaning yozganlari bizga biroz soddaroq ko‘rinadi. Ammo shu soddalikdagi beg‘uborlik, tozalik, mehr-muhabbat o‘quvchiga yuqadi. Uning ijodiy mashqlari haqida shoir ta'biri bilan aytganda, mehrdandir ozig‘i...

Nurilla Chori

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

23 Jan, 09:57


#olis_yaqin_ovozlar

Ayo, do‘stlar


Ustoz Nabi Jaloliddinga

Ishqsizlardan qochib keldik, ayo, do‘stlar,
“Ayo ishq” deb chopib keldik va yo do‘stlar.
Ko‘ngillarni qay shevada bayon etsak,
Zabonlarda ayon bo‘lgay hayo, do‘stlar?!

Kuymoq ilmi faqat emas parvonaga,
Kuygulardan quyib bering paymonaga
Qadahlarni urishtiring, so‘zonalar,
Hozir Xayyom kirib kelar mayxonaga.

To ko‘ngildan oling bu kun halovatni,
Muhabbatsiz ibodat ham ibodatmi?!
So‘zonalar davrasida so‘z aytmoqlik,
Devonaga sharofatli saodatmi?!

Ishqsizlardan bezib keldik, ayo, do‘stlar,
Bir hikmatni sezib keldik va yo, do‘stlar,
Muhabbatni qayu tilda bayon etsak,
Xayoldan ham boqib turgay hayo, do‘stlar?!

Ayo, do‘stlar!

Hasanboy NAZAROV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

23 Jan, 08:35


#nazm

OʻTGAN YIL


Bu dunyoga sigʻib
edi oʻtgan yil,
ketvorgan bir yigit edi oʻtgan yil,
baliqday umrining
oyday oʻn ikki
tangasini yigʻib yedi oʻtgan yil.

Mening aravamda
zogʻora bilan,
oʻz yuragi chalgan nogʻora bilan
yulduzni
benarvon urmoqchi boʻlib,
oʻtib ketdi teshik togʻora bilan.

Bir tomchi koʻzyoshdek
yurak yukinib
koʻngliga oldi bir osmon yukini,
Mansur Halloj yangligʻ
oʻtgan yilning ham
qolmadi dunyoda koʻrmagan kuni.

Boʻgʻzini kuydirgan oh
hijron boʻlib,
vishillar
eshikda qish nolon boʻlib,
mayli,
ilon boʻlib kelsin Yangi yil,
kelsin,
mayli,
faqat oq ilon boʻlib.

Kalishi yirtilgan
onam Vatanga,
Vatan esa oʻxshar faqat onamga,
onamning koriga yarar loaqal
oq ilon koʻz tikkan
oʻn ikki tanga.

Shuhrat Azizov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

23 Jan, 05:43


#birinchi_kitobim_2023

O‘zining aytishicha, Mohiraxon ellikka yaqin hikoya yozgan. Voy-bo‘!
Tap-tayyor yozuvchi! Axir besh-o‘nta narsa mashq qilgan havaskor hadeganda o‘rnini topolmasa, bu mashg‘ulotni tark etadi, chetga chiqadi. ...muallifimiz ta'biricha, yozilgan o'sha ellik hikoyaning ko'pchiligi "bo‘lmag‘ur". To‘g‘risi ana shu mardona e'tirof menga ma'qul kelib, ulardan ayrimlariga("Katena", "Olov raqsi") ko‘z yugurtirib bildimki, qolganlari ham juda unchalik bo'lmag'ur emas, o'qisa, dasturxonga qo‘ysa bo‘lgulik.

Erkin A'zam

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

23 Jan, 04:28


#tavallud

23-yanvar – shoir Shahriyor Shavkat tavallud topgan kun!

* * *

Men oshiq emasman
va yoki shoir,
Deyishim ham qiyin «raso insonman».
Bir dam o‘zingizni o‘rganmoq uchun
Sizga yuborilgan parcha imkonman.
Kulasiz.
Ranjiysiz.
Tuyasiz tahqir.
Men chidab beraman bari-bariga.
Hamma havas bilan qaraydi axir
Umrida ko‘rmagan havo shariga.
Ba’zan bug‘lanadi tafakkur bahsi,
Echimlar janglarning homilasidir.
Ehtimol sevgi ham sevgimas asli
Hissiy xohishlarning hosilasidir…
Men oshiq emasman
Va yoki shoir,
O‘rganib yuribman dunyoni, xolos.
Menga taqdim etar bir olam fikr,
Bir qadar ziddiyat,
Qatra ehtiros.
Fe’lim shu –
Barchaning zavqiga hokim
Bo‘lmoq ilinjida aytmoq qo‘shiqlar,
Ammo bir pand bersa menga biror kim,
Unga yopiladi barcha eshiklar!
Poyonsiz bo‘shliqda adashar idrok,
Obro‘ deb ruhingni qiynamoq nechun?!
Menga hamroh kerak fikru zikri pok
Eng toza turkular kuylamoq uchun!

yoshlikjunali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

22 Jan, 11:40


#birinchi_kitobim_2023

Ha, Erkin Hojimuhammadning satrlari samimiy, she'rlari taftli. Eng muhimi tuyg‘ulari toza, tabiiy. She'rlari sho‘x, o‘ynoqi, yorug‘. Shunisi bilan o‘zbekona. U qalbi simillab, zirqirab tursa ham hayotga quvnoq ko‘z bilan qaraydi. Va shu nekbinlikni she'rxonga yuqtiradi.

Salim Ashur

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

22 Jan, 09:17


#iqtibos

Koʻzlarini yumib olgan odam hatto kunduzi ham tun zulmatida yashashga mahkum!

📚 Katta Shahzoda
Mikoil Adiguzel


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

22 Jan, 07:33


#olis_yaqin_ovozlar

* * *

Yoʻl olis hali koʻp yuramiz sevgim,
Dengizlardan oʻtib, cho'llardan oʻtib
Dilni yashnatuvchi do'llardan o'tib
Qaqroq sahrolarga ekib gul, nihol
Qanday ajib hol...

Naq oʻlib qolaman bu kun quvonchdan,
Savol ham hayratda boqadi borliq
Baxtli chehralarni bilmadim ammo
Endi sen, sen faqat meniki jonim.

Til aytmas ma'vodan soʻylaydi koʻzlar
Baxtimga suqlanib boqadi shahar
Bugun barchasini, barib unutib
Nurafshon tonglarga soʻz berdim axir!

Qodir Xudoyimning safosi qutlugʻ,
Men deya gʻamlarda gʻolib kelganim
Ey umrim kamoli nigohi oʻtligʻ
"Daf'atanim mening kutilmaganim".

Mahliyo Xurram

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

22 Jan, 06:02


#birinchi_kitobim_2023

Durdona bilan juda ko‘p suhbatlashganmiz. Uning yig‘lay olishini, shundaygina sababini aytib o‘tirmay yig‘lay olishini shoirlik deb bilaman. Undagi so‘zga intilish, hayrat va oshiqlik meni eritadi...
Shoir degani katta sahnalarda she'r o‘quvchi degani emas, mening nazarimda. Shoir oshiq degani. Durdonada o'sha oshiq qalbni ko‘raman.

Dilorom Ergasheva

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

22 Jan, 04:58


#Luqmon_Boʻrixon_60


Bizning Luqmon Bo‘rixon…


Luqmon Bo‘rixonda ijodiy zaxira nihoyatda boy edi. Uning siymosida gigant bir yozuvchini, betakror so‘z san’atkorini umid qilar edim. Ming afsuslar bo‘lsinki, “Kuy avjida tor uzilgan”ligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Nachora, o‘lchab berilgani shu ekan. Ilohim, Yaratganning yozig‘iga shirk keltirgan bo‘lmaylik. Vallohu a’lam…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

22 Jan, 04:01


#tavallud

22-yanvar — Orifjon Komil tavallud topgan kun!

SAFAR


Safarim qaridi kuzning soʻngida,
Na bahor va na qish keldi soʻroqlab.
Bir vujud qaridi koʻzim oʻngida,
Bir koʻngil yoshardi sochimni oqlab.

Bir manglayda qator chiziqlar tushdi,
Bir qomatni bukdi xatolar yuki.
Mingta nasihatdan yigʻmagan hushni
Yigʻib qoʻydi bitta musibat oʻti.

Savobni tekinga olmayin oʻtdim,
Gunohga sovurdim dunyo molini.
Kelmaydiganlarni koʻz tikib kutdim,
Kelganni soʻramay qoʻydim holini.

Goho toatimga riyoni chirmab,
Bir kunda muslimdan gumrohga doʻndim.
Oʻzimga foydasiz narsani soʻrab,
Goho ziyonimga jimgina koʻndim.

Goh yaxshi, goh yomon zotga aylanib,
Ne-ne koʻngillarni sindirganim rost.
Har kuni taqvoga zimdan shaylanib,
Birgina duoga yaradim xolos.

Endi men nimaman,
Kimman Xudojon?!
Qandayin bandaman koʻzing oʻngida.
Oʻzing ofiyat ber chiqmasidan jon,
Safarim qaridi kuzning soʻngida...

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 14:59


#shoir_qalbi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 13:25


#xushxabar

Mansur Jumayevning “Hazrati ishq” kitobi qayta nashr etildi
!

Yaqindagina nashrdan chiqqan “Hazrati ishq” kitobi o'z kitobxonlarini topib ulgurdi.
Shoirning baxt-u armonlari to'kilgan bu mo'jaz kitob muxlislarning talab va istaklariga binoan qayta nashr etildi. "Hazrati ishq" kitobini axtarib yurgan kitobxonlar uchun havola qoldiramiz.
@fozilfarhod1

Pirim, sevgim!
Hazratim, sevgim!
Million yillik hasratim, sevgim!
Seni nafrat kezgan jahonda,
Bilmam, qanday asradim, sevgim?!

Ko'zimga in qo'yding qaysi payt?
Men ketsam-da, sen ketmagin, qayt!..
Ammo ko'zsiz qolgan jahonda
Seni kimga qoldirayin, ayt?!


Homiy: “Mikrokreditbank”
Nashriyot: “Ijod nashr”
Loyiha: “Chigʻanoq”

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 12:55


21-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar:

   Habib Rahmat, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Raʼno Azimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Xolmuhammad Karim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Zuhro Eshonqulova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi; 

   Xurshida Nishonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

   Ravshan Haqmurodov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi; 

  Nurmuhammad Abduzoirov, shoir.

   Ushbu sanada tug‘ilgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 12:19


#nazm

* * *
...Sharoblar ichildi, xum qoldi, jonim,
Dengizlar quridi, qum qoldi, jonim.
Asrlar yashaldi, faqat yodimda
Sen bilan oʻtgan bir zum qoldi, jonim.

Mansur Jumayev
🎤Ravshan Haqmurod


Yoshlikjurnli.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 08:33


#tavallud

21-yanvar – yosh iste'dodli shoir Nurmuhammad Abduzoir tavallud topgan kun!

DAYDI QOʻSHIGʻI


1.
Pul topsa bayram,
unga
Garchi yoʻq borar goʻsha.
Bosh qoʻygan joyi yostiq,
Agʻnagan joyi toʻshak.

Hayotining mazmuni
Shu bir satrga tengdir:
Puling qancha koʻp boʻlsa
Vataning shuncha kengdir.

2.
Darbadar yoʻq bu olamda undan oʻtgan,
Bevatan yoʻq, (baxt yurtida) badbaxt yoʻqdir.
Oʻzin atay suvga tashlab, urib oʻtga,
Ajal izlar qilich kabi dami oʻtkir.

Koʻkragida qashshoqlikning hamma oʻqi,
Dard-u alam nayzasiga nishon daydi.
U tugʻilgan kun(lar)iga laʼnat oʻqib,
Tugʻilmagan kunlarini nishonlaydi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 06:43


#tanlov_uchun

Botirlar

Amirqul Po'lkan she'ri
Muhammadali G'afforov o'qidi

https://t.me/amirqulpulkan

“Yoshlik” jurnali

21 Jan, 04:19


#tavallud

21-yanvar – shoir Ravshan Haqmurod tavallud topgan kun!


Sehrli kulgular aldadi meni,
Yoqimli tuyg‘ular aldadi meni,
Unutdim eng oliy maqsad neligin...
G‘aflatli uyqular aldadi meni.

Ko‘p chopdim, har yonga halloslab,
O‘zimni zo‘rlarga taqqoslab,
Borim deb, labimga bosib lab:
“Bolman” – deb og‘ular aldadi meni.

Uy dedim, joy dedim, to‘y dedim,
She’r dedim va qo‘shiq, kuy dedim,
Boshimda ming bitta o‘y dedim,
O‘tkinchi qayg‘ular aldadi meni.

Sehrli kulgular aldadi meni,
Yoqimli tuyg‘ular aldadi meni,
Tangrim, o‘zing meni uyg‘otib yubor,
Bomdodda uyqular aldadi meni.


yoshlikjunali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

11 Jan, 11:44


#bedorlik

Ogʻriqli savollar”

Erkin Vohidov
🎤 Komiljon Shamsiddinov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

11 Jan, 08:40


#iqtibos

Insonlar qariganlari uchun orzulariga intilmay qoʻyishadi degan fikr notoʻgʻri. Chunki insonlar orzu qilmay qoʻyganlari uchun qariydilar.

Gabriel Garsiya Markes

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

11 Jan, 06:43


KITOBGA SHAYDOLIK

Suriyaning sobiq muftiysi fazilatli shayx Ahmad Kuftaru juda ko‘p kitob o‘qir edi. Qayerga borsa qo‘lida kitob bo‘lar, bo‘sh vaqt topdi deguncha kitob o‘qishga kirishar edi. Birov bilan va’dasi yoki uchrashuvi bo‘lmasa ketma-ket o‘n ikki soatlab kitob o‘qir, charchoqni bilmas edi.

Doimo shunday der edi:
"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!"

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 12:44


#taqdimot

“Yoshlik” jurnali tahririyati “Akademnashr” nashriyotining “Izlam” loyihasida asarlari chop etilgan ijodkorlarni qutlaydi hamda adabiyotsevar do‘stlarni, kitobxonlarni taqdimotiga chorlaydi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 10:35


#yosh_ovozi

Unutilgan maʼrifat

Keng xona to‘rida, javon chetida,
Turardi jilmayib mungli bir kitob,
Odamlar o‘tardi parvo qilmasdan,
Men esa yoniga bordim yaqinroq.

Qarasam kitobning muqovasi chang,
Shunchalik changlikdan rang ko‘rinmaydi,
Insonning qalashiq xislari kabi,
Go‘yo, u, kulib turib unsiz yig‘laydi.

Yuragimda hayajon va g‘ashlik bilan,
Qo‘limga oldimu, changlarin artdim,
Kitobni varaqlab ochgan zahotim,
Men, o‘zim-o‘zligimni butkul yo‘qotdim...

Kitobdan go‘zal bir nur taralayapti,
Yo‘q, bu oddiy nur emas, bu ilm nuri,
Samoni yig‘latgan, sharqni yigʻlatgan,
Layli faryodi-yu, Majnun g‘ururi!

Meni oʻylantirgandi oʻtli bir savol,
Javobim topolmay xoʻp qiynalgandim.
Nechun ilm-maʼrifat topyapti zavol?
Bu savol javobin hozir angladim.

Millat maʼrifatning sustligi sabab,
Insonlar ilmni xufrotga yoʻydi,
Kitob olamini bir chetga surib,
Ahli donish Navoiyni oʻqimay qoʻydi!

Sarvinoz Qudrat qizi

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 10:01


#xulosa_sizdan

Har birimiz oʻz uyimizni yaxshi kitoblar bilan toʻldiraylik!

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 06:57


#tavallud

10-yanvar — isteʼdodli shoir Muhammad Siddiq tavallud topgan kun!


Menam sogʻinganman –
Qushlar chugʻurin,
Xazonlar shivirin,
Suvlar toʻlqinin...
Adashgan umrimning talx kitobini
Kuzning tegrasida oʻksib oʻqidim.
Ne uchun bu oʻylar topmas kifoyat,
Ne uchun bu yoʻllar bilmas nihoya?
Na oʻzim bilaman manzil-mantigʻin,
Soʻylayman bunchalar turgʻun hikoya...
Menam sogʻinganman –
Quyosh kulgusin,
Yulduzlar yogʻdusin,
Oyning toʻlishin.
Kutyapman, mingashib vaqt karvoniga,
Yo oʻngdan, yo soʻldan sening kelishing.
Hoʻv, ana!
Meni ham sogʻingan maʼvo,
Yo meni unutgan...
Yo men unutdim?
Yillar osha
Boʻm-boʻsh ravoqlarimni
Oʻsha umidim-chun lang ochib kutdim.
Mana, boshim egib bequt va yakbor
Xazonlar boʻyidan terib keldim gʻam.
Yana sensiz oʻtar qancha kuzim bor?!
Menam sogʻinganman...
Tushun, azizam.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 05:55


#tavallud

10-yanvar – isteʼdodli shoir Eldor Diyorov tavallud topgan kun
!

Bunda
bir kun yolg‘iz qolmog‘im shaksiz,
Bo‘g‘zim hirqiraydi, taysallaydi jon.
Ochunda kezaman tansiz, tarafsiz,
Na men makondaman, na menda makon.
Bunda sen ketasan kuydirib, "man"im,
Nadimlar ketishar sara va sara.
Boshiga sallasin ilgancha g‘anim,
Oyoqqa ilonni qilib paytava.
Jami darchalarda sharaqlar zulfin,
Quvonch berkinadi, berkinar g‘ussa.
Ana o‘sha payti topar bir-birin,
Jo‘ngina ruhim-u, jo‘ngina jussam.
Alla bir joylardan topaman qo‘nim,
O‘zimdan o‘zgaga bo‘lmayman gado,
Birgina Xudoga qoladi kunim,
Barisi ochilur – ma’ni, muddao.
Bemanzil nuqtaga aylanar quyosh,
O‘qlari tugaydi sadoqlarida,
Shunda to‘yib-to'yib olaman bo‘sa,
Oyning uchuq bosgan dudoqlaridan.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 04:45


#tadqiqot

Rostgo‘y Shukur


Shukur Xolmirzayev yoshligidanoq rostgo‘y, haqiqatparast edi. O‘zining aytishicha, bu fe’li tufayli ayrimlarga yomon ko‘ringan, ta’na-dashnomlarga duch kelgan, to‘siqlarga uchragan paytlari bo‘lgan, ammo alal-oqibat u rostgo‘ylikni, halollikni hayotida ham, ijodida ham asosiy aqidaga aylantirdi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

10 Jan, 04:39


#tavallud

10-yanvar — shoir, yozuvchi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavallud topgan kun!


NA’MATAK

Nafis chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga koʻtarib bir savat oq gul,
Viqor-la oʻshshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na’matak.

Mayin raqsiga hech qoniqmas koʻngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
Soʻnmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin boʻsa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yigʻlaydi kumush qor yum-yum…
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Shamol injularni separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz — chechak,
Nozik salomlari naqadar ma’sum!

Togʻlar havosining firuzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Jan, 14:06


Otarchining she’ri yoqadimi?

Yaqinda bir odamning ijtimoiy tarmoqda: “Meni...”, deb dodlab yotganiga ko‘zim tushdi. Bu “dod-voy”ga birdaniga “labbay”, deb javob beradiganlarning nihoyatda ko‘pligini ko‘rib hayron va lol bo‘ldim. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqda kimningdir orzusi ushalishi uchun qayg‘uradigan, unga mehr ko‘rsatadigan, azbaroyi yordam qo‘lini uzatadigan kishilarning safi kengligi, albatta, har birimizni quvontirishi kerak.
Ammo masalaning boshqa tomonlari ham bor-ku! Mundoq o‘ylab qarang, bolaligida to‘p tepmagan, futbolga mehr qo‘ymagan yigit bormi? Qolaversa, sportning yakka kurash turlari bo‘yicha qanchadan qancha yigit-qizlar muntazam shug‘ullanib kelishadi.
Agarda har birimiz: “Meni nega palon tashkilot o‘z safiga olmayapti”, deb dod solishga haqli bo‘lsak, anchadan buyon to‘p tepmagan kamina futbol bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga, yana kimdir O‘zbekiston Kurash federatsiyasiga, boshqa birov O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasiga da’vo qilmaydimi?
Keling, bema’ni xayolga erk bermaylik. Shundoq ham hisobchi shifokor bo‘lib, shifokor tadbirkorlik qilib, traktorchi “qo‘shiq” aytib, hosilot “kino” olib, otarchi “she’r” yozib yotibdi.
Agarda shunday odamlarga qilayotgan yumushi haqida gap boshlasangiz, bilingki, ular, albatta, tuyaqush haqidagi mana bu masalni eslatadi: “Tuyaqushga qushsan deb aytishsa, tuyaman, tuyasan deb aytishsa, qushman”, – der ekan. Aniqki, bu bilan tuyaqush hech qanday mas’uliyatni bo‘yniga olmaydi.
Advokat do‘stlar!
Siz shu odamning biror asarini o‘qiganmisiz, albatta, o‘qimagansiz! To‘g‘rirog‘i, sizga uning ijodining ham ko‘p qiziqchiligi yo‘q!
Aslida siz shu “arz-dod” janrida ijod qiladigan mardum bahonasida kimnidir obro‘sizlantirish, yana kimnidir haqoratlash, kimnidir aybdor qilish uchun javlon urib yozyapsiz.
Yo sizlarga traktorchining qo‘shig‘i, hosilotning kinosi, otarchining she’ri yoqadimi?

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Jan, 10:48


#mujda

Jurnalimizning yangi soni mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

09 Jan, 09:11


#ibrat

Tilga hurmatsizlik oqibati

Ostonadagi Qazaq Coffee qahvaxonasi qozoq tiliga hurmatsizlik koʻrsatgani tufayli kasodga uchrabdi.

Maʼlum qilinishicha, mijoz qahvaxonaning ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. Muassasa vakili esa xodimlar qozoq tilida soʻzlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan. Bu esa jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan va boykot sabab kafe zararga kirib ketgan.

Albatta, bitta ishbilarmonning bankrot boʻlishi quvonarli hodisa emas. Lekin davlat tiliga bunday munosabatning oqibati ham boʻlishi kerak. Bu – boshqalar uchun ibrat.

Qozoq qoʻshnilar tilga munosabatda ancha gʻururli ekan.

Orif Tolib sahifasidan olindi

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Jan, 07:05


#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Ko‘nglim keng, osmonning kengligi nima?
Sig‘adi kengliklar, mung‘aygan qirlar.
Ko‘nglim maydoniga to‘kilgan donday,
Dunyoning bag‘riga sig‘magan sirlar.

Shunchalar kengdirki, shunchalar cheksiz,
Siz bilgan cheksizlik ko‘nglim etagi.
Har tun tushingizda izg‘ib yuribdi
Qalbim momolari aytgan ertagi.

Ummonlar bir tomchi yoshga aylanar,
Bulutlar ko‘z yoshi dilga yetmaydi.
Mening yuragimga qo‘ngan turnalar,
To‘rt fasl o‘tsa ham tashlab ketmaydi.

Men shunday yaxshiman, balki ko‘nglimga
Yaqinlar shunchalik yaxshimikan yo.
Ko‘nglimning bir tanob yerini, mana,
Egallab turibdi bevafo dunyo.

Cheksiz bu ko‘ngilda cheksiz bir savol,
(Garchi so‘ramoqlik og‘ir bo‘lsa ham)
Torgina dunyoda qanday yuribsiz,
Mening keng ko‘nglimga sig‘magan odam?!

Dilnoza Abduhamidova

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Jan, 04:35


#tadqiqot

“Avval Vatan, keyin jon!..”


Jamol Kamol ijodini kuzatar ekanmiz, unda: Vatan, tabiat, sadoqat, mehr-muhabbat, ma’rifat kabilardan tortib adolat, do‘stlik, ota-ona, halollik, diyonat singari ezgulikka, taraqqiyotga, hayotda kurashchanlikka chorlovchi ko‘plab mavzularda qalam surilganiga guvoh bo‘lamiz. Ijoddagi mavzularning keng qamrovliligi ijodkorning badiiy tafakkuri bilan bog‘liq, albatta. Taniqli rus adibi M.Gorkiy: “mavzu muallif tajribasi asosida bunyodga kelgan, hayotning o‘zi ko‘rsatib bergan, ammo ayni vaqtda muallif tasavvurida to‘la-to‘kis shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib, muallifda ishlashga mayl uyg‘otadigan g‘oyadir”, – deganda ham mavzu va g‘oyaning muallif tafakkuriga bog‘liqligini ta’kidlaydi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

08 Jan, 11:26


#yoshlar_ovozi

Yana oʻsha oqshom…


Yana oʻsha oqshom, oʻsha manzillar,
Goʻyo senga chiqar jamiki yoʻllar.
Har nigoh – ishq toʻla, tabbassum goʻzal,
Shu kulgu, tongdagi quyoshdan oʻzar…

Menga seni eslatar osha toʻlin oy,
Oʻsha manzil, oʻsha oʻy va oʻsha yoʻllar.
Goʻyo visolingdan toʻlib toshar soy,
Ortiq muzlamaydi, bu sovuq qoʻllar

Yana oʻsha oqshom, oʻsha manzillar,
Kiprik boʻsasiday takror va takror.
Sensiz bir kun oʻtar misoli yilday,
Sen qalbimga taskin, sen ruhimga kor.

Hayotim yorishgan, bu rost, haqiqat,
Bu ishqmidir yoki, bu qanday xilqat?
Sen bor navolarim goʻzaldir albat,
Oʻzim kuychidirman, kuylagayman baxt.

Mohinur Farmonova

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

08 Jan, 09:43


#iqtibos

Aslida ulgʻayish haqidagi barcha hikmatlar yolgʻon. Insonning mushaklari kattaradi xolos, yuragi emas.

“Qoʻrqma”
Javlon Jovliyev

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

08 Jan, 07:43


#yoshlar_ovozi

Ozod qushga


Osmon,
sen yashagan moviy tushlardir –
Endi kezmoq mumkin somon yo‘lini.
Qo‘shningga aylangan charloq qushlardek
Jim qarab turmaysan ruhiy o‘limga.

Mansabi eng oliy zotlilarining
Tilla patlariga oshno ayyorlar.
Tushimda yaltiroq qanotlilarning
Go‘shtidan bir oqqush ovqat tayyorlar...

Alhazar, tushlarga suv sepgin, qaqnus,
Tunlari bog‘ingni asra, boyo‘g‘li.
Yeyishdan tolmagan ul kalxatlarning
Yayrab yashayotgan makoni – tog‘li.

Sen esa uchaver erkni his etib,
Ozodlikni istab,
bahorni xushlab.
Bir kun o‘z ko‘kidan qattiq yiqilar
“Balandparvoz” qushlar,
“havoyi” qushlar...

Nilufar ERGASHEVA

“Yoshlik” / 2023 / 6

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

08 Jan, 04:33


#hikoya

Aka-ukalar

To‘g‘risi, bizning uyga quyosh hoji boboning imoratidan oshib tushadi. Oftob bizga nurlarini to‘shashdan avval hoji boboning uyini yoritadi: keng-mo‘l, devor-darmiyonsiz dasht hovlisi. Pastga enib tushadigan joyda bir oyog‘i «oqsoq» T-28 traktori ikki yildan beri qadalgan ko‘yi, haykaldek turadi, mabodo u yursa ham yo biror transportning shatagida, yo pastga qarab sho‘ng‘ib o‘t oldiriladi, qishloqda akkumulyatori sog‘ transportni o‘zi uchratish qiyin.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

08 Jan, 04:01


#tavallud

8-yanvar — taniqli yozuvchi, jurnalist Xurshid Do‘stmuhammad tavallud topgan kun!


Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biridir. Dastlabki kitobi – 1989-yilda „Hovli etagidagi uy“ nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan keyin yozuvchining „Panoh“, „Oromkursi“, „Soʻroq“, „Sof oʻzbekcha qotillik“, „Mahzuna“, „Ibn Mugʻanniy“, „Yolgʻizim – Siz“, „Koʻz qorachigʻidagi uy“ kabi asarlari, ayniqsa 1997-yilda nashrdan chiqqan „Jajman“ hikoyasi, shuningdek, 2000-yilda nashr etilgan „Hijronim mingdir mening“ qissa va hikoyalar toʻplami, „Yolgʻiz“ qissa va maqolalar toʻplami, „Bozor“ romani va boshqa asarlari adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan. 2014-yilda yozuvchining „Qichqiriq“, 2016-yilda esa „Donishmand Sizif“ romanlari nashrdan chiqdi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

07 Jan, 12:52


#olis_yaqin_ovozlar

Tush


Tong yorishdi bo‘lib jilvakor,
Terga botdim tushimda jiqqa...
Unda sen bor, o‘tmish fusunkor,
Tikildim bo‘shliqqa...

O‘zligimni unuttirgan tush!
Xayolotim cheksizdir manim.
Mehrli ko‘z, o‘shal tabassum,
Tomirimda mavj urar qonim.

Tush. Tin oldi birrovga yurak.
Iztirobim, voh, qachon arir?
Qo‘l beraman uyalinqirab,
Xo‘rsinasan og‘irdan-og‘ir.

Ming qiynoqda qolaman bo‘zlab,
Ekanman men sensiz ojiza.
Tushlarimda bir bo‘sa yo‘llab,
Ko‘rsat mo‘jiza.

Tush yo o‘ngim bo‘lsin, mayliga,
Unda sen bor, men ham yoningda.
O‘zgalarning tushiga kirsang,
O‘t qo‘yaman xonumoningga!

Zilolabonu G‘anijon qizi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

07 Jan, 05:10


#tavallud

7-yanvar – yosh shoir Sanjar Toshbekov tug‘ilgan kun!


O‘lja

Ro‘baro‘ kelganda ochlar, tashnalar,
Suqlanib o‘tganda o‘tgan yo‘lovchi.
Chumoli iniga tortmoqchi bo‘lar,
O‘ljasan, o‘ljasan qolganlar ovchi.

Go‘shtxo‘rlarga go‘shtsan, ayiqqa asal,
Mushukka sichqonsan, ilonga tuxum.
Ozuqa zanjiri sendan boshlanar,
Va senda tugaydi boshlangan udum.

Miq etmay yashashga vijdoning og‘rir,
Churq etsang boshingda to‘qmoq sinadi.
Yutib yuboradi qimirlasang bas,
Qarmoqqa sixlangan chuvalchang kabi.

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

07 Jan, 04:34


#olis_yaqin_ovozlar

Hayvonot bog‘ida


Ukamni “sherim” deb alqardi momom,
Sirtlonpanja derdi, lochinko‘z derdi.
Momom bu dunyodan o‘tguncha tamom,
Ukamga bor ta’rif-tavsifin berdi…

Hayvonot bog‘ida ko‘rdim barini,
O‘shal alqovlarni esladim, ammo
Bir savol qiynadi qizing bag‘rini:
Nega “Odam bo‘l” deb aytmading, momo?


Yaxshi o‘yin

Uka!
To‘pponchangni irg‘itib yubor,
“Urush-urush” o‘ynama endi.
Va miltiqlar chiqmasa takror,
Urush nima bilmasang edi!

Singlim!
“Do‘xtir-do‘xtir” o‘ynama aslo,
Qaytaqolgin endi bu shashtdan.
Qo‘lingdagi qo‘g‘irchog‘ing ham
Charchagandir bemor yashashdan?!

“Xola-xola” sening uchun yot,
“Hakkala”ni suymaydi fe’ling...
Deyman: do‘stlar, sog‘indi dunyo,
“Mehmon-mehmon” o‘ynaymiz, keling!

Ruxshona NISHONOVA

2023/6

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

06 Jan, 11:55


#eslaganim

IBRAT KERAK


Ustozim, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Ibrohim G‘afurov 1985-yil yanvar oyi boshida huzuriga borganimda: “She’rlaringizni chiqartirib beryapman. Endi oz-ozdan menga ham yordamingiz tegsin, adabiy-tanqidiy maqolalar yozishni boshlang!” – deya dalda berib, 1984-yilda “Yoshlik” jurnalida chiqqan yoshlar she’riyatini tahlil qilishimni maslahat bergandi.
Shundan keyin meni tanqid bo‘limi mudiri Mahmud Sa’diyga bog‘lab qo‘yganlar. Mahmud aka biror maqolaga buyurtma berganida, urg‘uni nimaga ko‘proq qaratishim kerakligini tushintirardi. Bir safar ilk kitobi chiqqan tengdoshlarim haqida yozishimni aytdi. Bu borada ustozlar ibrati va ozgina dadillik kerak, hafsala, shu bilan birga, adabiyotga doir katta bilim va muhabbat lozim.

Olloyor Begaliyev

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

06 Jan, 09:10


#iqtibos

Tugʻilgan ilk damlaridan boshlab qay tomon yurmasin, pirovard natijada faqat bir tomonga ​​— qabriston tomonga ​​— boradi inson.

Neʼmat Arslon

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

06 Jan, 05:19


#olis_yaqin_ovozlar

Sog‘inch


Shu kun takrorlanar – may oqshomida,
Soatning ovozi buzib xayolim.
Derazani ochib qarayman asta,
Unutmoqchi bo‘lib “bebosh” hayotim.

Yo‘q,
Meni ovutmas deraza orti,
Eski odamlar-u o‘sha eski joy.
Lekin qiziqishim ketyapti ortib,
Balki, ular ichra borsan, hoynahoy.

Yig‘ishtira olmay xayollarimni,
Yana “xayol o‘lgur” ketadi senga.
Mayli, sevma, lekin so‘rab holimni.
Tushimga kirib tur – yetadi menga.

Islombek MIRZAQULOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

06 Jan, 04:07


#iqtibos

Daragi eshitilgan yaxshi kitob — sogʻinch! Uni qoʻlga kiritish — quvonch! Oʻqib chiqish — bayram! Bu qizgʻin mutolaadan soʻng yurakning yana-da hassos tortganini his qilish lazzatini aytmaysizmi?

Usmon Azim

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnalu

“Yoshlik” jurnali

05 Jan, 11:07


#nazm

★ ★ ★


Atay kuzni kutdim ayriliqqacha,
Keldi-da kuzaki tuyg'ular gali.
Senda ayb yo'qdir, bor bo'lsa erkam,
Dalli bir shoirni sevib qolganing.

Qara, ayro tushib ketgan yo'llarga
Xazonrez, yomg'ir ham yog'yapti ayni.
Men she'rlar yozaman, sen yig'la erkam
Yomg'irda yig'lasang hech kim bilmaydi.

Faqat qarg'amagin, gunohimdan o't,
Ichingni men kabi hislarga burka.
Axir bahorlarda sevishgandayin
Ayrilmoq go'zaldir kuzda ham erkam!!!

Aziz Nur

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

05 Jan, 04:34


#tavallud

5-yanvar – iste’dodli shoir Muhiddin Abdusamad tug‘ilgan kun!

* * *

Qay maqsadda kelgandim,
Anglamadim... Angladim.
Suv tomchilab ko‘zimdan
Ichimgacha zangladim.

Har tomon osti-ustun,
Ostin-ustun yer, samo.
Bu qandayin ko‘rgulik,
O rab, yo rab, rabbano!

Musichalar yoshidan
Osmon to‘la yulduzot.
Musichalar boshidan
Osmon to‘kar yulduzot.

Yerga kirib daraxtlar
Ildiz otar havoga.
Oy ko‘ngil qo‘yib yerga
Aylanar bedavoga.

Nedir “chirt” deb uzildi,
So‘kilib ketayapman.
Qorishib tuproqqacha,
To‘kilib ketayapman.

Chappa ketdi tiriklik,
Ne bo‘lsam bo‘layapman.
Men o‘lib tug‘ilgandim,
Tug‘ilib o‘layapman.

Muhiddin ABDUSAMAD

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Jan, 12:56


#nishondasiz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

04 Jan, 09:00


#nazm

Iqrorman, sizgacha ko'p bora toydim
Ko'p bora turg'azdi Rahmon qo'llari.
Ko'zingiz ko'rganim o'sha tun – oydin,
O'shanda barg ochdi qalbim gullari.

Iqrorman, nuqson-u, gunohim sonsiz,
Biroq aldamadim o'zimni-o'zim.
Muhabbat – bir qo'shiq, umrlik, so'ngsiz,
Uni sizga boqib tingladi ko'zim.

Iqrorman, maftunman, asirman, tamom!
Ortiq yasholmayman o'zimni yenga.
Necha yildan uchib keldim siz tomon,
Necha yildan kechib keldingiz menga!

Iqrorman, bir sizga muhtojligim rost
Har bitta zarramda mavjud ismingiz.
Men – chap qovurg'angiz, huv subhi alast –
Chog'ida yo'qotib qo'ygan qismingiz.

Iqrorman, oshiqman men sizga hadsiz,
Taslimman, mag'lubman, majzubman faqat
Iqrorman, men sizni sevaman shartsiz,
Iqrorman, men sizni sevaman abad!

Sitorabonu

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Jan, 06:30


#nazm

YIGIT BIR KUNDA BIR...


Kunda bir “uh” tortish – er qavmiga tan!
Buyuk hovur ko‘kka o‘rlashi kerak.
Har kun o‘zni qiynab, har kun hayotchan:
Yigit bir kunda bir terlashi kerak!

Oq ishmi, qaro ish? – Qiziqmas mutlaq!
Pok ishmi, harom ish? – Muhimi shunda!
Bor qalbu shuurin bir yerda butlab,
Bir bor terlashi shart, yigit bir kunda!

U aziz boshini sajdaga qo‘yib,
Bukilmas qaddini “Alloh” deb buksa...
Qanday baxt, o‘zini osiyga yo‘yib,
Peshona terini “Tavba” deb to‘ksa!

Xuftondan keyin ham bir yorug‘lik bor,
Shunda ham xonumon sho‘rlashi kerak!
Oltinchi mahal u – charxi kajraftor,
Yigit bir kunda bir terlashi kerak!

Hech qachon sovimas olovning beli,
Bu umr, bu yashash cheksiz farahdir:
U sergak turadi – uyg‘onar eli,
O, o‘sha
pallada
yigit
yaraqlar!

Alibek Anvariy

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Jan, 05:45


#Top_100

Izohlarda yozib qoldiring, siz kimning ijodini ko‘proq kuzatasiz?

1. Azizbek Norov – @kitob_xiyoboni
2. Aziz Said – @vaqt_manzili
3. Alisher Fayzullayev – @perezagruzka_2021
4. Alisher Sabriy – @aruz_arzi
5. Ahmad A’zam – @ahmadazam_lib
6. Abdulaziz Ahmad – @Ijoddardi
7. Abdulla Chimirzayev – @Abdulla_Chimirzayev
8. Bahodir Bahrom – @eng_suluv_armon
9. Bahodir Iskandarov – @BahodirIskandarov
10. Bayram Ali – @BeshinchiTomon
11. Behzod Fazliddin – @Behzod_Fazliddin
12. Bek ALI – @bek_ali_ijodi
13. Bobur Elmurod – @Bobur_Elmurod
14. Botirjon Ergashev – @Botirjon_Ergashev
15. Davron Rajab – @Davron_rajab
16. Dilshod Rajab – @dilshod_rajab_ijodi
17. Dilafruz Choriyeva – @Dilafruz_Choriyeva
18. Dadaxon Muhammadiy – @dadaxonmuhammadiy
19. Do‘stbek Sulaymonov – @nasr_uz
20. Dilmurod Do‘st – @Dil_Dost
21. Erkin A’zam – @e_azam
22. Eshqobil Shukur – @Eshqobil_Shukur_ijodi
23. Elyor Murod – @elyormurodfan
24. Erkin Bozorov – @erkinbozorovv
25. Faxriyor – @fahriyor_poet
26. Faxriddin Hayit – @faxriddinhayit
27. Furqat Alimardon – @f_alimardonqoralamalari
28. Feruza Xayrullayeva – @FeruzaXayrullayeva
29. Guljamol Asqarova – @Guljamol_Asqarova
30. Gulnoz Mo‘minova – @dil_siniqlari
31. G‘ayrat Majid – @gayratmajidijodiykanali
32. Gulhayo Anorova – @GulhayoAVRON
33. Gulrux Xudoyorova – @Gulrux_Xudoyorova_ijodi
34. Halima Ahmad – @halima_ahmad
35. Husan Karvonli – @karvonli
36. Humoyun Fattoh – @humoyunfattoh
37. Iqbol Mirzo – @Iqbol_Mirzo_ijodi
38. Ikrom Iskandar – @Ikrom_Iskandar_ijodi
39. Islomjon Qo‘chqorov – @islomjon_ijodi
40. Islom Ali – @IslomAli_shoir
41. Jaloliddin Sayyid – @jaloliddinsayid
42. Javlon Jovliyev – @javlonjovliyev
43. Jontemir – @jontemir_t
44. Jo‘rabek Jahon – @j_jahon_ijodi
45. Jumanazar Yo‘ldosh – @Jumanazar_Yuldash
46. Karimberdi To‘ramurod – @karimberdi60
47. Kumush O‘sarova – @Oykumushingiz
48. Kumush Abdusalomova – @kumush_abdusalomova
49. Mansur Jumayev –@Mansur_Jumayev
50. Masihulloh (Madaminov) – @Masihulloh
51. Madina Norchayeva – @Madina_Norchayeva
52. Ma’mura Zohidova – @Mamurazohid
53. Murod Muhammad Do‘st – @lolazor_MMD
54. Muhammad Siddiq – @Muhammad_Siddiq
55. Mirzohid – @bobil_kutubxonasi
56. Mehrinoz Abbosova – @mehrnoz_abbos
57. MohiRa – @Altruistning_qizi
58. Muhiddin Nido – @qora_yigit
59. Nargiza Asad – @Nargiza_Asad
60. Najmiddin Ermatov – @Najmiddin_Ermatov
61. Navoiylik Alisher – (Boymurodov) @NavoiylikALISHER1
62. Nasurullo Ergash – @xayol_soyasi
63. Nodirjon Uzoq – @n_jonuzoq
64. Nosirjon Jo‘rayev – @Nosirjon_Jorayev
65. Nodirabegim Ibrohimova – @mittihaqiqatlar
66. Nozima Habibullayeva – @Nozima_Habibullayeva
67. Nargiza Odinayeva – @Nargiza_Odinayeva_ijodi
68. Nurmuhammad Abduzoir – @Nurmuhammad_Abduzoir
69. Orif To‘xtash – @Orif_Toxtash_ijodi
70. Oydinniso – @Oydinniso_Yuldosheva
71. Orif Tolib – @oriftolib
72. O‘lmasbek Samarqandiy – @Samarqandiy77
73. Raxshona Ahmedova – @RaxshonaAhmedova
74. Rahmat Bobojon – @Rahmat_Bobojon
75. Rashid Xo‘jamov – @R_Xojamov
76. Rustam Mirvohid – @Rustam_MIRVOKHID
77. Sanjar Toshbekov – @sanjar_toshbekov
78. Salim Ashur – @SalimAshur
79. Salomat Vafo – @vafosalomat
80. Sirojiddin Sayyid – @sirojiddinsayyid
81. Sirojiddin Rauf – @SirojiddinRauf
82. Suhrob Ziyo – @suhrob_ziyo1
83. Sitorabonu Shomurodova – @sitorabonu_audiolar
84. Sevara Alijonova – @sevara_alijonova
85. Shodmonqul Salom – @Shodmonqul_SALOM
86. Shuhrat Orif – @shomuz
87. Sherzod Komil Halil – @Sherzodkomilkhalil
88. Shahriyor Shavkat – @shahriyor_shavkat
89. Shohsanam Nishonova – @Shohsanam_Nishonova
90. Shodiqul Hamro – @shodiqul_hamro_ijodi
91. Shodi Otamurod – @Shodi_Otamurod
92. Tillaniso Nuryog‘du – (Eshboyeva) @TillanisoEN
93. Usmon Azim – @usmon_azim
94. Ulugbek Hamdam – @UlugbekHamdamijodi
95. Quddus Asad – @Quddus_Asad_sahifasi
96. Vafo Fayzulloh – @Vafo_Fayzulloh
97. Vohid Luqmon – @mujdauz
98. Xurshid Davron – @xurshiddavronkutubxonasi
99. Xosiyat Rustamova – @xosiyat_rustamova
100. Xurshid Abdurashid – @xurshidabdurashid


@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Dec, 12:39


#yangi_yil_hazili

Shoir Najmiddin ERMATOVga


★ ★ ★

Otingdan tush, Adham baxshi,
Boʻrilarning zoʻrimassan.
Sen oʻrmonni uxlamayin,
Bedor turib qoʻrimassan.

Deya shoir Najmiddinbek,
Davrani keng olib kelmish.
Koʻk boʻrining yolin tarab,
Koʻkragini kerib kelmish.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Dec, 07:13


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

30 Dec, 06:40


#yangi_yil_hazili

“Yoshlik” jurnali mas’ul kotibi G‘iyosiddin O‘NARga:


Telefonda salomdan so‘ng,
Men – ukangiz G‘iyosman, der.
Do‘st, og‘ayni, yaqinlikda –
Qorajonga qiyosman, der.

O‘z ishining ustasi u,
Ildam, chaqqon, oriqqina.
Qorajon, deb chorlay desam,
Menga o‘xshab sariqqina!

Orif TO‘XTASH hazillashdi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

30 Dec, 06:05


#nazm

‍AYOLGA MAQTOV


Shoirga yoʻl boʻlsin, sizni chizay deb,
boʻyoq quyultirib turar rassomlar!
Mukammal husningiz yogʻdusi uchun
oy ham navbatchilik qilar oqshomlar!

Shoirga yoʻl boʻlsin!
Kuylay deb sizni,
bastakorlar yurar yoqa chok, tajang:
torni temirchiga topshirvorgudek,
har jarang ustida qilib necha jang.

Eʼzozingiz buyuk!
Sarkarda Bobur,
juvonmard ruhlari boʻlgay ziyoda,
qoʻshinda birgina ot qolsa, shunga
sizni oʻtqazgandir,
qolib piyoda...

Shoirga yoʻl boʻlsin!
Sizdagi talʼat,
noziklik kimlarni oʻyga solmagan?!
Oqqush, suvdan chiqmay, taranaverib,
bejiz bir oyoqda uxlab qolmagan!

Sizday yasanmoqni istab, qish bitmay,
Izhorga lab juftlab har bir kurtagi,
oʻriklar chiqdilar — bir tong toʻla gul,
Nur kiydi jaʼmiki bog’lar yurtdagi.

Shoirga yoʻl boʻlsin, kechikdi shoir
bu inja raqobat, nurli taloshga:
Ha bizga hech yumush qolmabdi endi
Sizni juda qattiq sevishdan boshqa!

Omon MATJON

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

29 Dec, 13:32


#yangi_yil_hazili

Yosh ijodkor Otabek Bakirovga

***
Mana, Otabek Bakir,
Zukko kitobxon, zakiy.
Shu eʼtirof deganda,
Boʻlib qolar jizzakiy.

Agar sabr-toqati,
Chiqsa bormi uchiga.
Shartta uylanar-qoʻyar
Biror “Zulfiya"chiga!


yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

29 Dec, 07:59


#yangi_yil_hazili


Shoir Dilmurod Do‘stga

Ko‘ylak doim shimga do‘st,
To‘p yam-yashil chimga do‘st.
O‘ylar ahli sheʼriyat,
Dilmurod Do‘st kimga do‘st?

Parij, London Rimga do‘st,
Bolg‘a-yu mix simga do‘st.
Hamon avjidadur bahs,
Dilmurod Do‘st kimga do‘st?

(Karikatura muallifi Husan Sodiqov)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

29 Dec, 05:03


#olis_yaqin_ovozlar

☆ ☆ ☆

Shu kecha hijronning ko'zi yoridi...
Shu kecha hislarga bermadim tizgin,
Nogahon yodimga tushdi,
Og'rinib,
Yurakdan ichkari,
Nedir borligi...

Shu kech sovuq keldi, g'alati birdan
Ismsiz titroqlar jonim ilg'adi,
O'ranib olgancha xotiralarga,
Achchiq-achchiq kuldim
sekin yig'ladim...

Xayolga bas kelib bo'larmi axir
Erkning qanotlari turganda yonib,
Tepkilab o'tdim jim yo'llarni,
Qarimsiq ko'ngilga suyanib...

Shu kecha jon berdim
(Qay bir ma'noda)
Ko'zimga isyonning suvi lim keldi,
Xudoyim rahmimni yegan dunyoda,
Kimningdir umrini yashagim keldi...

Umidabonu

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 16:03


#yangi_yil_hazili

Bolalarning fantast yozuvchisi Saʼdulla QURONOVga

***
Fantastika boʻsh turar,
Turganda ham xush turar.
Baayni muzlatkichda
Shundoq lahm goʻsht turar.

Saʼdulla Quronovning
Nozik burni is oldi...
Oqibat, bolalardan
Bir dunyo olqish oldi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 14:39


#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★


Tomosha haqida e’lon berildi,
Kurashga to‘plandi butun olomon.
Boshlandi!
Birinchi soniyadayoq
Yuztuban yiqildi tuproqqa polvon!

— Halol!!!

Chapaklar portladi sotqin qo‘llarda,
Burungi zafarlar eslanmadi ham.
Mag‘lub bo‘lgan polvon yaktakni olib
Chiqib ketdi davradan.

Ketdi-yu kosaga to‘la may quydi,
Sipqordi, har kuni to‘xtatmay quydi.
Oradan vaqt o‘tib, odamlar uni
Polvonga ham o‘xshatmay qo‘ydi.

Qachon tomoshadan to‘ygan olomon?!
Polvon o‘zgartirdi eski mashqini.
Qishloq kuzatardi endi u har shom
Ichib xotinini do‘pposlashini.

Jonibek ALIJONOV

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 10:17


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 09:32


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 08:16


#nazm

★ ★ ★

Osmonni ikkiga bo‘lib yubordim,
Izlarimni tilib-tilib yubordim.
Sen faqat kelishga ulgurgin, do‘stim,
Mening ko‘zlarimdan ranglar ketmoqda.

Qo‘llarim qanotdir, qo‘llarim chinor,
Tangriga yetguchi og‘riqlarim bor.
Yuragim-tarsillab yorilar anor,
O‘n sakkiz olamga zanglar ketmoqda.

Bozorda otamni yo‘qotib qo‘ydim,
Bozorda onamni yo‘qotib qo‘ydim.
Boshqacha qara deb ko‘zimni o‘ydim,
Ruh va tan oralab janglar ketmoqda.

Ko‘nglimni bosaman chaqir yo‘limga,
Toshlarni to‘ldirma g‘alvir ko‘nglimga.
Nimadir botmoqda yelkalarimga,
Somon yo‘llariga changlar ketmoqda.

Umrimning egnida dardim beqasam,
Gunohing kimga, ey buzilgan qasam?
Boshimni kaftimga qo‘yib yig‘lasam,
Tomchida ahvoli tanglar ketmoqda.

Sen faqat kelishga ulgurgin, do‘stim!

Nargiza Odinayeva

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 05:12


#faxr

Tarixingdir ming asrlar,
Ichra pinhon, oʻzbegim.
Senga tengdosh Pomir-u,
Oqsoch Tiyonshon, oʻzbegim.

Mudom soʻzi tirik boʻlsin! Xalqimiz hech qachon oʻz shoirini unutmasin!

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Dec, 04:45


#nazm

28-dekabr — O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun!


Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‘q.
Nega arrang tishi yo‘q, deb
So‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‘zimiz.
Arra tushgan o‘sha shoxda,
O‘ltiribmiz o‘zimiz..

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 16:27


#yangi_yil_hazili

***
Tun yarmida ul Farrux Jabbor
Bedor turar, demak, bir gap bor.
“Jonga tegdi matn omochlash,
Qachongacha tortaman shudgor?”

Birovlarni tahrirlash bilan,
Yil ham topar nihoyasini.
Qilsammi der biror saylanma
Toʻrt yarimta hikoyasini.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 10:18


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 10:17


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 08:48


#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

Sharjda qaysi adib aks etgan? Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring. 👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 06:37


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 06:22


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 05:49


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 05:27


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Dec, 04:24


#tavsiya

Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”


Doston XX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan otashqalb hind shoiri Nazrul Islomning hayotiga bag‘ishlanadi. Unda Hindistonni ingliz mustamlakasidan ozod ko‘rishni istagan va shu muqaddas kurashga nafaqat ijodini, balki o‘z erki va hayotini ham baxshida etgan otashqalb shoirning tutqunlikdagi achchiq qismati, qismatidan-da achchiqroq o‘y-xayollari birin-sirin hikoya qilinar ekan, Erkin Vohidov vaqti-vaqti bilan o‘quvchi nigohini insoniyat tarixida yulduzdek porlagan turli-tuman ajoyib rivoyatlarga qaratadi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

26 Dec, 06:03


#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Seni tushimda ko‘rdim.
Hammasi juda ham oddiy edi:

lablaringga tegib ketdi lablarim,
keyin kulib qo‘yding uni siypalab,
bir oz qizillashdi yuzlaring.

Qiziq,
o‘ngda bunday bo‘lishi uchun
qancha tasodif kerak odamga?
Masofachi?..

Biz birga bormagan yoqlarda
uzoq sayr etdik.
Bir uzun ko‘prik uzra
tungi chiroqlar yog‘dusiga cho‘milib
uzoq yugurdik.
Nega buncha hovliqdik?
Yashab bo‘larmi, ayt, baxtni hovliqmay,
uxlamay yashab bo‘larmi uni?..

Seni tushimda ko‘rdim,
juda ham oddiy edi hammasi.

Rafiq O‘zturk

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

26 Dec, 05:00


#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Ortga qaytarolmam asov dilimni,
Borsa kelmas mening yo‘lim, birodar.
Shiorim – ezgulik, shundan zulmning
Har dam yoqasida qo'lim, birodar.

Bir boshga bir o‘lim, har bir boshda bor,
Xatarlidir o‘ng-u so‘lim, birodar!
Shoirni o‘lim-la qo'rqitma zinhor,
She'rsiz o‘tgan har kun – o‘lim, birodar.

Quddus Asad

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

26 Dec, 04:02


#iqtibos

Har bir odamning Allohga murojaat qiladigan pok bir makoni, joynamozi boʻlishi lozim. Oq qogʻoz ​​— shoirning joynamozi. Oq qogʻozi boʻlmagan shoir iymonidan ayriladi.

Rauf Parfi

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Dec, 14:04


#nazm

★ ★ ★

O‘zimni unutib, chorladim seni,
bilmadim bu dunyo o‘ngimmi-hushim?
Azizam, kel, menga eslatgin meni,
azizam, kel, meni yodimga tushir.

Ko‘nglim siniqlarin ko‘zimdan tergin,
og‘riqlarim aytib qo‘rqit, uchuntir;
azizam, kel, meni izohlab bergin,
azizam, kel, meni tushuntir!

Azizam, kel faqat, kelsang bas, tamom,
bus-butun egallab ol borlig‘imni:
bir sen isbotlashing mumkindir
hamon
bu dunyoda men borligimni.

Mansur Jumayev
🎤 Erkin Bozorov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

05 Dec, 08:59


#tavallud

Bugun – shoir Dilmurod Do‘stbek tavallud topgan kun!



Savol

O‘ngda rahmon – chapda shayton.
(Xalq naqli)

Yo‘lda o‘ngdan yurish bu – yo‘l qoidasi!
Yo‘ldamisiz?
Demak, amal qilasiz.
Gar uni buzguday bo‘lsangiz shu on
Jazo muqarrardir, buni bilasiz.

Umr – yo‘l...
Shu qoida unda ham joriy,
Lek mudom vijdonning ipin uzasiz.
Jazo tayinligin bilib turib ham,
Yo‘l qoidasini nega buzasiz?!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

05 Dec, 08:22


#qardoshlar_ijodi

★ ★ ★

Endi bu yerga boshqa odam bilan kelasan dedi.
Kuldim.
Endi menga boshqa odam boʻlib kelasan dedi.
Kuldim.
Esdaliklar joningni choʻgʻdek kuydiradi dedim.
Kuldi.
Yoningda boʻlmasam ham yuragingni toʻldirib turaman dedim.
Kuldi.
Mening koʻz oldimdan oʻlim oʻtib borayotir
Bilding.
Sening koʻzingdan umr oqib borayotir
Bildim…

Umidsiz shayton” (Sharq maqoli)

Sen - mening soʻnggi umidimsan…
Meni shaytonga aylantirma.

Roʻza Osmonqizi

Qozoq tilidan Sanjar Toshbekov tarjimasi

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

05 Dec, 07:10


#xabar

Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi!

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2024-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

05 Dec, 06:50


#nazm

Ibodat

Matnazar Abdulhakim
🎤Erkin Bozorov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

05 Dec, 05:32


Taklifnoma

Yozuvchilar uyushmasida 5-dekabr kuni soat 15:00 da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Farmon Toshev tavalludining 70 yilligi hamda IV jildlik saylanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

“Yoshlik” jurnali

05 Dec, 03:08


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Dec, 11:45


#Olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Togʻday qanot soʻradim
Qanot bermadi qushlar.
Orzu boʻlib aldadi
Ertasi yorugʻ tushlar.
Men shamol boʻlmoqchiydim,
Men ohang boʻlmoqchiydim,
Labimga kulgu bosdim,
Yovmit zafarlar quchmay.

Yakun topdi bolalik
Jimirlab ketar etim.
Men bilgan ertaklarda
Qullar ozod, hur edi.
Qachon ishonib qoldim
Qachon, kimlar avradi?
Malika boʻlmoqchiydim
Urtoʻqmoqlar aldadi.

Faqat osmon oʻzgarmas,
Bir-da yomgʻir, bir-da qor.
"Oq terakmi, koʻk terak"
Dunyo degan savdo bor.
Shamol sochimdan tortar
Chalgʻitadi oʻyimdan,
Endi qayga qochaman,
Ilon chiqqan uyimdan.

Mayda-mayda tashvishlar,
Maydalashib boraman,
Ovloqda sarkash bilan,
May talashib boraman.
Qoʻlimda bobomdan tugʻ,
Qiz boshimga mardona
Siz jim yoting botirlar,
Men savashib boraman.

Turon degan Vatanni
Men talashib boraman!

Nilufar Ergasheva

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Dec, 07:59


#Eslaganda

Adabiyot bitta menga kerakmi?

Azim Suyun qoq yarim tunda yangi she’rini tugatgach, Qozoqboy Yo‘ldoshevga o‘qib berib, olqish olay degan niyatda qo‘ng‘iroq qilibdi.
– Alo, yaxshimisiz?
– Ha, yaxshi...
– Nima qilyapsiz?
– Yarim oqshom nima qilishim mumkin, uxlayapman.
Bu javobdan shoirning qattiq jahli chiqib:
– Nima, adabiyot bitta menga kerakmi?! – deb go‘shakni qo‘yibdi.

Qozoqboy Yo‘ldoshev hangomasidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

04 Dec, 05:39


#tavallud

4-dekabr — Ma'mura Zohidova tavallud topgan kun!


QAYTISH

G'arib kulbam, jim kulbam,
Ochilgin, sim-sim kulbam.
shohona dunyolarim
Kirgizdi esim, kulbam.
Ketgandim yiroq-yiroq,
Kun ko'ray deb yaxshiroq.
Ko'zimdan ketmadi hech
O'chib qolgan shamchiroq.
Minnatdan xolis o'zing,
G'iybatdan olis o'zing.
Suronlarga begona
Yolg'izim - yolg'iz o'zing.
Kechirsang-da ishqilib,
Qaytdim qadringni bilib.
Tunlar yig'ladim seni
O'rgimchakka rashk qilib...
Jimgina, g'arib kulbam,
Qoldingmi qarib kulbam,
Endi o'lsam ketarman,
O'zingdan arib kulbam.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Dec, 04:08


#nazm

★ ★ ★

Bu na aruz, na-da barmoq,
Vale yozmoqqa chogʻlandim.
Turoqlar tentirab tarqoq,
Hijolar ham hijolatdir... 

Talpinarman tunu tongda,
Yoʻlim poyoniga yetmas.
Har lahza ming oʻlib yonsam,
Oʻlim poyoniga yetmas.

Qarshimda u, koʻzim yumsam,
Koʻzim ochsam Arshda goʻyo.
Bul hajrdan bitay “Xamsa”,
Shudir soʻzning gashti goʻyo.

Bu baxmal qosh...
Buyuk Naqqosh
bisotim bunchalar nochor.
Xasaddan hasrati yaqqol
Xilol lov-lov yonar nochor.

Falak, rahm etgil andak,
Baytlar yubor olmos-olmos.
Eh-h-h, Navoiy emasman-da,
Shahanshoh ham Boyqaromas.

Nurmuhammad AZIZ

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

04 Dec, 02:42


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

03 Dec, 12:37


#Bir_kuni

Kimning she’rlari yaxshi?

Turli uchrashuvlarda muxlislardan G‘afur G‘ulomga har xil savollar tushardi.
“Yaxshi she’r qanday yoziladi?” degan savolga shoir shunday javob berardi:
– Yaxshi she’r yozish uchun avvalo qo‘lni yaxshilab atir sovun bilan yuvish kerak.
– O‘z tengdoshlaringizdan kimning asarlarini yaxshi ko‘rasiz?
– O‘z tengdoshlarimdan G‘afur G‘ulomning she’rlarini yaxshi ko‘raman.

Sh.O

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

03 Dec, 09:16


#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

O, g‘am-u, iztirob sizga salomlar,
Buncha ko‘hlikdursiz mening hasadim.
Bir shirin ta'mingiz tuydim alamlar,
O, mana bu bag‘rim sizga atadim.

G‘addor nafsim mening, kek, sitamlarim,
Fosh eting husningiz men qarshingizda.
Osmondek yastanib yotadi mehrim,
Erkalik tuyarman qarashingizda.

Yo‘q-yo‘q rad etmayman tashrifingizni,
Sizni quvib haydash istagim ham yo‘q.
O, men taniyapman endiki sizni,
Axir sizga intiq biror odam yo‘q.

Qarang tuxum qo‘ygan maynayu, hakka,
Manov tirqishdagi chumchuqning ini.
Qizil chumolilar chiqqan terakka,
Termulib turgan o, dunyoyim meni.

Sizga jon baxsh etar, qoldirar omon,
Hamma silkiganda sizdan etak-en.
B-a-ringizni quchdim yaxshimi, yomon,
Chunki ozod qalbni izlayotgan men.

Nuriddin Rasulov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

03 Dec, 08:02


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

03 Dec, 06:32


#nazm

Yoshlik


Yoshlik! Seni kuylamagan kim,
Ertaklaring so‘ylamagan kim,
Qariganda o‘ylamagan kim,
O‘ylab yana kuylamagan kim?
Bitmoq bo‘ldim men ham senga bayt,
Yosh yurakning haqqi bormi, ayt?

Yoshlik, asli mening o‘zimsan,
Keng olamga boqqan ko‘zimsan.
Yozgan she’rim, aytgan so‘zimsan,
Kecham, ertam, ushbu ro‘zimsan.
Bitmoq bo‘ldim sen uchun ash’or,
Ammo o‘zni kuylamoq dushvor.

Yoshlik – gulu gulg‘uncha ekan,
Bu gul olam turguncha ekan,
Yoshlik – behad tushuncha ekan,
Poyoni yo‘q garduncha ekan.
Bitmoq bo‘ldim men unga doston,
O‘ylarimga topmadim poyon.

Yoshlik, dildan shavq ketgani yo‘q,
Yurak seni tark etgani yo‘q,
Yurak seni tark etgani yo‘q,
Demak, qadringga yetgani yo‘q.
Yoshlik, seni kuylab bilurman,
Ammo bugun yoshlik qilurman.

Yoshlik – ishqu oshiqlik mayli,
O‘zi Majnun ham o‘zi Layli,
Subhi olam uning tufayli.
Mayli, unga bitmasam mayli,
Na bir g‘azal, na bir musaddas,
Uning o‘zi she’rdan muqaddas.

Erkin Vohidov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

03 Dec, 05:55


#mehmon

“Yoshlik” jurnali tahririyatida sanʼatkor Toshpoʻlat Matkarimov mehmon boʻldi.


Toshpoʻlat aka oʻzining ijodiy faoliyati davomida “Yoshlik” jurnaliga murojaat etib, koʻp shoirlarning sheʼrlarini topganini, qoʻshiq qilib kuylaganini ta'kidlab oʻtdi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Nov, 16:51


#iqtibos

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

30 Nov, 12:23


#Xotira

Yurak izmidagi ijodkor

Ochig‘i, birga ishlagan kezlarimiz “Yoshlik” desa Sobirni, Sobir desa “Yoshlik”ni tushunadigan bo‘lib qolgandik. Haqiqatan ham shunday edi-da. O‘zim guvohman. Jurnal atrofida o‘ra­lashib yuradigan “ishbilarmon” kimsalardan biri Sobirga: “Shuncha bankir tanishlaringiz bor. Hadeb jurnalga yordam so‘rayvermasdan, o‘zingizni ham o‘ylang. Men kitobingizni chiqarib beraman, siz banklar orqali sottirib bersangiz bas”, deganida bosh muharririmiz odatiga ko‘ra jilmayib qo‘ygan, so‘ng bosh chayqagandi: “Kitob qochib ketmaydi. Jurnal chiqishi kerak. Har oy...”

“Yoshlik” jurnali Sobir O‘nar hayoti, vujudi va qalbining ajralmas qismiga aylangandi go‘yo. Gurunglashib qolgan kezlarimiz “Men “Mehnat daftachasi”da bitta yozuv bilan pensiyaga chiqsam kerag-ov”, deb qo‘yardi. Biz ham shunday deb o‘ylardik. Ammo shugina niyati ham amalga oshmay qoldi sho‘rlik jo‘ramning...

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Nov, 08:41


#olis_yaqin_ovozlar

Aytimlar...

"Yaral!"-' Dedi, Rahmon оlam yaraldi!
Odam yaralgan kun,  alam yaraldi.
Sening qovurg'angdan yaratildim men,
Mening qovurg'amdan qalam yaraldi!

Oh ki, Bilmam nening kasridaman men?
E voh! Jahannamning qasridaman men.
Bilmay ta'qiq meva yemish Odamim,
Hanuz shu gunohning tasridaman men...

Tuproq aro urug' edim, do'nib bo‘ldim,
Ko'z yosh bilan sug'ordilar unib bo‘ldim.
Savobimni gunohimdek sevmadi Rab,
Avval gunoh qildim, so'ngra Munib* bo‘ldim.

Kuzak yaprog'idek g'oyat mo'rt sevgi,
Gunohim poylagan ko'zi to'rt sevgi,
Mening yuragimni yemirayotir,
Ayyubning tanini yegan qurt - sevgi.

Loyqalangan suvlar, tiningiz ortiq,
Darz ketgan ko'ngillar, siningiz ortiq,
Bitmaydi deganim sevgilar bitdi...
Bitmadimi Sizning xuningiz ortiq?..

Irmoqlar dengizga oqib yig‘laydi,
Chechaklar quyoshga boqib yig‘laydi,
Quyosh ham o'zini yoqib, yig‘laydi.
Men kimga yig‘layman...
Kimga yig‘layman?!..

Shohista Alijon qizi

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Nov, 06:10


#nazm

★ ★ ★

Tangrim, meni “yoʻq” de soʻraganlarga,
Manzilimni oʻchir yuraklaridan.
Tush koʻrganday boʻlsin bul qari morboz,
Sira koʻrinmayin istaklarida.

Yoʻq, qoʻl siltamadim, tushundim xolos,
Asli erta chiqdi mening savodim.
Buncha koʻngli nozik koʻngil bergansan!
Ruhimning taqvosin buzdi hayotim.

Tangrim, karaming keng, qattiq yashirgin,
Odam boʻyi yetmas joylaring borku.
Qushlarning tushiga meni yashirgin,
Vaʼdangda tugʻilmay yashash ham borku!

Yuragim sovqotdi, nazar qil, Egam,
Soʻraganimni ber, soʻrmagandan qoʻrq!
Ustimni yopib qoʻy, ochilmas qilib,
Bilasan – ustimni ochgiligi yoʻq!

Shodmonqul SALOM

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Nov, 04:08


#iqtibos

“Yozda qishni, Qishda bahorni sogʻinadi inson. Nima uzoq boʻlsa, shu sogʻiniladi. Aslida uchrashmoq shartmi?

Ayrim narsalar uzoqdaligida yaxshiroq boʻladi..”

Oʻzdemir Asaf

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

29 Nov, 13:00


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

29 Nov, 11:42


#yoshlar_ovozi

* * *
Quyosh nur yog‘dirdi hovuchlarimga,
Tashna edim axir, simirib ichdim!
Shabboda, kelib bir qalbimga boqqin,
Menga sendek sirdosh bo‘lolmas hech kim!

Zaminni qo‘yib tur, hislarim tingla,
Chap ko‘ksim ostida og‘riqlar sim-sim...
Boshqa gapirmayman odamlarga, o,
Yaxshisi sen bilan gaplashaman jim...

Tortgan “uh”larimdan o‘qiysan meni,
Samo dilga ovunch hissini elar...
Kel, bugun to‘kilgin yurak-yurakdan,
Shabboda, seni ham tinglagim kelar!

Laylo SOBIR qizi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

29 Nov, 08:02


#Uchrashuv

* * *
Qishloqda bodomlar koʻz ochib boʻlgan,
Kechikib uygʻotar bunda saharni.
Rangsiz tumanlarda tentirar fevral,
Yuragi entikib ketar shaharning.

Simyogʻochlar qulab-omon chiqqan el,
Yerning ostlaridan mudragan gullar
Sen mening eng olis osmonimga kel,
Mening osmonimda eng pok kulgular.

Togʻlar eshitmaydi bu yerdan endi,
She'rlarim ichimga toʻkaverar dard.
Sening koʻzlaringdan otilib chiqar,
Mening peshonamga singayotgan mart.

Qishloqda bodomlar koʻz ochib boʻlgan,
Oqlikka koʻmilib ketdi tushlarim.
Qaydan kelayotir nafasim ogʻir,
Koʻzimdan nurlarni tergan qushlarim.

Qishloqda bodomlar koʻz ochib boʻldi...

Sevinch ABDAZOVA

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

29 Nov, 06:01


#Luqma

Ikki latifa

Yoshi ellikdan oshgan, soch soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi, sartaroshga boribdi va unga:
— Usta, yaqinda uylandim. Senga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsang, debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So‘ng olingan sochlarni haligi kishing oldiga qo‘ydi.
— Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi.
Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, deb chiqib ketdi.

* * *
Bir kishi tepakal odamni ko‘rib qoldi va tog‘oraga o‘xshagan boshiga urgisi keldi; sharaqlatib bir urdi. Shapaloq yegan odam o‘qdek joyidan uchib ketdi. Uni urgan kishi:
— To‘xta, yonimga kelma. Senga do‘stona bir savolim bor, javob ber, mayli keyin meni istaganingcha ur. Sening boshinga urganimda «qars» degan bir ovoz chiqdi. Ajabo, bu shapaloq ovozi mening qo‘limdan chiqdimi yoki sening boshingdanmi? Shu savolimga javob ber.
Shapaloq egan odam uning savoliga javob bermadi. Yoniga keldi va bu odamga ham bir shapaloq tushirdi va shunday dedi:
— Do‘stim, og‘riqdan men hali qutulolmadim, qanday qilib o‘ylashim mumkin? Endi bu ovoz qayerdan chiqqanini o‘ylash navbati senda.

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

29 Nov, 04:00


#buyuklar_nazari

Hayot nima?

• Dostoyevskiy: Bu doʻzax.

• Suqrot: Bu sinov.

• Aristotel: Bu aql.

• Nisshe: Bu kuch.

• Freyd: Bu oʻlim.

• Marks: Bu gʻoya.

• Pikasso: Bu sanʼat.

• Gandi: Bu muhabbat.

• Shopengauer: Bu azob.

• Bertran Rassel: Bu raqobat.

• Stiv Jobs: Bu ishonch.

• Eynshteyn: Bu bilim.

• Stiven Xoking: Bu umid.

• Kafka: Bu faqatgina boshlanishi.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Nov, 10:40


#maktub

Xurshid Abdurashidga adabiy maktub!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

28 Nov, 06:40


#olis_yaqin_ovozlar

TARJIMAYI HOLIM

Xudo menga qismat yaratgan paytda
O‘zgacha qormishdir fe'l-u ta'bimni.
O‘zi yuragimga bir so‘zni aytib,
Va unga joylamish qutlug‘ ka'bamni.

Ko‘chalar changitib, daydib, tentirab,
Shundan buyon kezib yurgum olamni.
O‘sha ko‘ksimdagi jumlani tilab
Kezdim. Qolganlari bari aldamchi.

Siz ham ko‘p qatori odatiy banda,
Botin nigohidan mosuvo dilsiz.
Va Haqning oldida bo‘lib sharmanda
Mahkumsiz avf so‘rab turmoqqa tilsiz.

Shunda U aytarki, "Ey bandai go‘l,
Sinovli dunyoda bo‘lmading komil.
Bir bandam borganda ko‘rsating deb yo‘l
Sendan topmish faqat azob – zil-zambil.

Men esa Ka'bamni axtarib dalli
Qancha so‘zlar aytdim yurakdan holi.
Bildim bu dunyoda yuragimdagi
So‘zimni topmasam tutgay uvoli.

Bilaman, mendagi bu fe'l-atvorim
Sizga anchagina keltirgan tashvish.
Chunki mening ishim Haqqa yolvorib,
Bir Uni deyish-u, bir sizni Sevish!

Anvar Botir

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

28 Nov, 04:53


#Topilma

“QASSOBGA MOY QAYG‘U...”

Labzakda, seysmologiya instituti yonidagi uyda turardim. Bir kuni ertalab ishga ketayotsam, institut direktori, taniqli akademik ishxonasi oldidagi hovlida sayr qilib yurgan ekan, borib salom berdim. Hol-ahvol so‘rashdik. Direktor negadir xomush, parishon ko‘rinardi.
– Domla, – dedi dabdurustdan, – mana, siz yuqorida ishlaysiz, ayting-chi, tepadagilar bizning ins­titutimizni unutib yuborishmaganmi ishqilib?
– Nega unday deyapsiz? – dedim ajablanib.
– Negaki, institutimizga hech qanday e’tibor yo‘q-da, – dedi u kishi kuyunib. – Qarang, yetti qavatli mana shu binoda bor-yo‘g‘i ellikta xodim qolgan, besh qavati huvillab yotibdi. Oylik kam, ilmiy ishlarga mablag‘ yetishmaydi. Bilasizmi, bir vaqtlar, – dedi u jonlanib, – ya’ni 66-yilgi zilziladan keyin bizga e’tibor nihoyatda kuchli edi. Bu yerdan Rashidovning oyog‘i uzilmasdi, boshqa rahbarlarni-ku, qo‘yavering. Hozir rayon hokimining qorovuli ham bizdan xabar olmaydi.
– Xo‘sh, muammolaringizni hech ko‘tarib chiqdingizmi? Masalan, Fanlar akademiyasi yo hukumatga mu­rojaat qildingizmi? – deb so‘radim.
Direktorning yuzida xavotir alomatlari paydo bo‘ldi.
– Murojaat qilsam bo‘ladiku-ya, – dedi uh tortib, – lekin rahbarlarning ko‘ziga yomon ko‘rinib qolarmikanman, deb qo‘rqaman-da. Bu yog‘i pensiyaga ketishimgayam besh-olti yil qoldi.
– Ha, endi, domla, bola yig‘lamasa, ona sut bermaydi-da, – dedim yo‘l ko‘rsatib, – bunaqangi ilmiy-tadqiqot institutlari ko‘p bo‘lsa, hammasining ahvolini tepadagilar qayoqdan bilsin. Sizga maslahatim – jamoa nomidan bir xat yozib rahbariyatga murojaat qiling.
Domla bechoraning yuzi qayg‘uli tus oldi:
– Xat yozish qiyin emas-u, ammo-lekin... – U bir zum o‘ylanib turdi-da, keyin chin dildan afsuslanib: – Biz­ning baxtimizga, Toshkentda bir qattiqroq zilzilayam bo‘lmayapti... – dedi.
– E, qo‘ying, domla, nafasingizni issiq qiling-ey! – de­dim shoshib
– Zora, bizga ozgina e’tibor bo‘larmidi, deyman-da, – dedi akademik domla orzumandlik bilan.

Xayriddin Sulton

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Nov, 13:01


#tavallud

27-noyabr — Asqar Mahkam tavallud topgan kun!


★ ★ ★

Ey pokiza xilqat, xush kelding,
vojib boʻlsin Ishq duolari.
Tirnogʻingga arzimas sening
bu dunyoning bor dunyolari…

Bagʻring zahar-zaqqumga toʻlar,
kimdir otar soʻnggi toshini
va poyingga tashlaydi ular
muqaddas deb bilgan loshini…

Sen ketasan… Koʻkda yolgʻiz oy,
pastda uvlar nobakor itlar…
Tumshugʻi qon, panjalari loy,
potirlaydi qonxor burgutlar…

Sen ketasan tanho va dilxun
girdob uzra oq gul misoli…
Pok tanangni asramoq uchun
lashkar tortar yulduz qiroli…

Ey pokiza xilqat, xush kelding!
Vojib boʻlsin Ishq duolari!
Tirnogʻingga arzimas sening
bu dunyoning bor dunyolari!..

Asqar Mahkam

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Nov, 11:08


#jarayon

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va TURKSOY Xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she‘riyat festivalining ikkinchi kuni Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.
Unda jam bo‘lganlar ulug‘ mutafakkir shoir xotirasiga taʼzim bajo keltirishdi. Mumtoz adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Festival o‘zi ishini davom ettirmoqda.

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Nov, 10:30


#olis_yaqin_ovozlar

SO'NGGI PAYTLAR


Javob izlab savolimga,
Daftarimga to'ldi qaydlar.
Sevgi desa xayolimga,
Sen kelyapsan so'nggi paytlar.

Kiprikka yosh indirmasdan,
Xaydab hijron bosgan onni.
Asray deyman sindirmasdan,
Yuzingdagi shirmoy nonni!

O'ylab ko'rsam biroz oldin,
Yo'q edi ishq vujud, tanda.
So'nggi paytlar bo'lib qoldim,
Diydoringga boqimanda.

Yurak sindi xatoyimdan,
Kel, o'zing qil dilni chega.
Bilasan-ku Xudoyimdan,
Boshqa har ne juftga ega!

Faqat sen bo'l ishqiy qissam,
Quvonch haqda yozay baytlar.
Ko'z oldimga baxt deyishsa,
Sen kelyapsan so'nggi paytlar!

Erkin Xojimuhammad

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Nov, 08:27


#Gap_kelganda

Vaxshiy... shoir

Do‘rmondagi ijod uyi oshxonasida ovqatlanib o‘tirgan edik, gurung asnosida kimdir shunday deb qoldi:

– Hindistonda biz tomonlardan borib qolgan bir shoir bor ekan. Taxallusi ham g‘alati – «Urfiy» emish. «Urf» degani «modniy» ma’nosida bo‘lsa kerak-da, qiziq...

– Aslida ko‘pchilik tug‘ilgan yurtini o‘ziga taxallus qilib oladi, – dedi yana kimdir. – Masalan, Xorazmiy, Samarqandiy, Andijoniy degandek...

Shu tarzda gurung davom etayotgan edi, Shukur aka birdan «piq» etib kulib yubordi. Hammamiz «yalt» etib unga qaradik. Shukur aka kulgining sababini izohlab, shunday dedi:

– Mabodo, Vaxshlik odam shoir bo‘lib qolsa, taxallusi... Vaxshiy bo‘larkan-da?

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

26 Nov, 12:21


#Shoir_qalbi

☆ ☆ ☆

Ko‘ngil adashtirar to‘qligi bilan,
Yengil adashtirar ko‘pdan qochganni.
Dunyoning ishi yo‘q yo‘qliging bilan,
Qadri xirmon emas ushoq sochganni.

Dardingga mengzashar tog‘lar cho‘qqisi,
Do‘st bo‘lib yoningda yuribdi kimlar?
Bayrog‘in qo‘ltiqlab kelar chiqqisi,
Agar sado bersang bug‘ib jim jimlar.

Ishqni tili bilan so‘yib oshig‘ing,
Keltirsa boshinga dasta gulchambar.
Erkalashni bilar qara mashuqang.
Har neda uvol bor degan Payg‘ambar!

Savoding chiqarib otding ustozga,
Senga obro‘ bo‘ldi javobsiz savol.
Yog‘och simli bo‘lsa aylanmas sozga,
Sozni tanimagan quchsa shu ahvol.

Unutma olimning johili yomon,
Ko‘pga qulluq qilar so‘z boshidan qoch!
Farzandi ko‘rsavod oxiri zamon,
Keldimi? Dodlama bo‘ldi nailoj...

Shahrizod SHODIYEV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

26 Nov, 08:00


#Tarjima_hikoya

So‘qirlar

So‘qirlarga yordam berish haqidagi qarorning taqdirini bilgach, yosh yozuvchi Abe birdan ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Kimdir mehr bilan qo‘lini uning boshiga qo‘ydi:

– Nima bo‘ldi, o‘g‘lim? Men birinchi marta bu qaroringizni eshitganimda bekorga “bechora so‘qirlar” demadim. Ko‘ryapsizmi, bu holatda faqatgina so‘qirlar yutqazishdi. Men esa yutdim.

PS: Hikoyaning davomini jurnalimizning 2023-yil 2-sonida o‘qishingiz mumkin.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

26 Nov, 07:59


#Shoir_qalbi

* * *
Kaftingni och, tila tilaging,
Ko‘zlaringda o‘zimni ko‘rsam.
Maylimi, ishq maylaridan mast –
Urib turgan yuragim bersam.

Kaftingni och, tilagingni ayt,
Tirilayin nigohing bilan.
Yashab ketay, kun ko‘ray men ham,
Oziqlanay har ohing bilan.

Sog‘inchingga chidab bo‘lmaydi,
Nelar o‘tdi ko‘nglimdan, sezding.
Tushunmayman buning sirini,
Chap qovurg‘am o‘zingmi eding.

Yashillanib borayapsan sen,
Barmoqlaring barg yozgan guldir.
Meniki-chi, dard yozar nuqul,
Eh, dunyosi shumi – bir puldir.

Jonim bergim kelar-u senga,
Ozor bergim kelmaydi rosti.
Og‘risinmi yuragim bunda,
Og‘risinmi qovurg‘am osti...

Shodi OTAMUROD

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

26 Nov, 05:59


#Duo

Faqat to‘y qilaver

O‘zini modern she’riyatining peshqadam vakili deb hisoblovchi bir shoir katta to‘y qiladi. Ziyofat boshlanishidan oldin to‘yxonaga ustoz Abdulla Oripov tashrif buyuradi. Unga zar chopon kiygizishadi. Ustozning chehrasi ochilib, to‘y sohibiga shunday deydi:

– Mana bu boshqa gap! Zo‘r, hammasi zo‘r! Sen endi bundan keyin modern-podern deb hammaning boshini qotirmay, faqat to‘y qilaver!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

26 Nov, 04:12


#Shoir_qalbi

* * *
Kaftingni och, tila tilaging,
Ko‘zlaringda o‘zimni ko‘rsam.
Maylimi, ishq maylaridan mast –
Urib turgan yuragim bersam.

Kaftingni och, tilagingni ayt,
Tirilayin nigohing bilan.
Yashab ketay, kun ko‘ray men ham,
Oziqlanay har ohing bilan.

Sog‘inchingga chidab bo‘lmaydi,
Nelar o‘tdi ko‘nglimdan, sezding.
Tushunmayman buning sirini,
Chap qovurg‘am o‘zingmi eding.

Yashillanib borayapsan sen,
Barmoqlaring barg yozgan guldir.
Meniki-chi, dard yozar nuqul,
Eh, dunyosi shumi – bir puldir.

Jonim bergim kelar-u senga,
Ozor bergim kelmaydi rosti.
Og‘risinmi yuragim bunda,
Og‘risinmi qovurg‘am osti...

Shodi OTAMUROD

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 15:31


#Adabiy_saboq

Adabiyot – so‘zga jon bag‘ishlamoqdir

* * *
Adabiyot, ayniqsa, she’riyat shunday narsaki, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham shuhrat qozonishga sabab bo‘laveradi. Lekin ijodkor shuhratning ketidan quvib, yengil-yelpi mavzularga berilsa, xalqqa, adabiyotga, xususan, o‘z-o‘ziga katta zarar yetkazadi.

* * *
Ijodkor uchun faqat bolalik xotiralari yoki mahdud tuyg‘ulari yetarli mavzu bera olmaydi. Ijodkor asl vatan farzandi bo‘lishi, xalqini buyuk g‘oyalar bilan ta’minlashi, insonlarga yuksak fazilatlardan saboq berishi uchun o‘z vatani, o‘z xalqi tarixini o‘rganishi zarur.

Mirzo Kenjabek

Batafsil

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 13:50


#Ana_shunaqa

Tarixda qolish

Bernad Shou elga tanilib, obro‘-e’tibor qozongan payt. Kunlarning birida ko‘chada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim og‘ir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qo‘rqib ketishadi, xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan to‘xtovsiz uzr so‘ray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:

– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina g‘ayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 11:50


#Tavsiya

Atoqli san’atkorning “Ona” va “Tabassum” hikoyasini o‘qisangiz, san’atkorning adabiy mahoratiga ham tasanno deysiz.

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 09:51


#tavallud

25-noyabr – shoir Bobur Elmurod tavallud topgan kun
!

★ ★ ★

Hali otmagan tong. Osuda kecha,
Hali soʻnggigacha koʻrinmasdi yol.
Notanish yigitning qabri ustida
Turar, endigina uzilgan bir gul.

Kimning izhori bu, uyqusiz bu kech,
Tongni ham ottirmay kelgan kim, yo Rab.
Kim u, odamlarga bildirmasdan hech,
Bir yigit yodini yurgan xotirlab.

Ehtimol bir roʻzgʻor bekasidir u,
Bolalari bordir, emasdir gʻarib.
Pinhon – koʻzlariga kelmasdan uyqu,
Qabristonga kelgan taskin axtarib.

Balki keksadir u, yoshdir, lek mudom
Oʻzini baxtiyor etolmagan u.
Balki koʻngil berib yurgan bir zamon,
Hamon koʻngil uzib ketolmagan u.

Lablarim pichirlar, bilmam shu onda
Yaratgan egamdan nelarni soʻrdim.
Yuraklar urmagan bu qabristonda,
Yurak urib turgan bir hisni koʻrdim.

Mana, kun yorishib, oqarmoqda tong,
Mana, songgigacha koʻrinmoqda yoʻl.
Kelar – kop narsani bilmay olomon,
Kelar – qabrlarga qoʻyish uchun gul.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 09:30


#Fikr

Biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz.

Abdulla QODIRIY

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 07:05


#yoshlar_ijodi

★ ★ ★

Hijron bosdi kunning yuzini,
Tun qo'ynida uxladi shamol
Oy bag'riga otdi o'zini
Bir bezovta, bir bejo xayol.

Xotirlar — qush, qo'nib boshimga
kechmishlarim yodimga solar.
Umid boylab bir bardoshimga
bu sargardon ruhimni olar.

O, azizim kezib darbadar
hech umrimga kirmaydi bahor
Toki seni unutgim qadar
Yuragimda yashab tura qol.

Sitora Naimjonova

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Nov, 04:09


#Buyuklar_hayoti

Mark Tven ishlayotgan tahririyatga bir kuni qurollangan bosqinchi kirib, tahdid qiladi:

– Qo‘lingni ko‘tar! Yo pulni berasan, yo o‘lasan! Qani, tezroq qimirla!

– Xayriyat-ey! – deydi muharrir kulib. – Yana kimdir she’r ko‘tarib keldimikan deb qo‘rqqandim.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Nov, 14:01


#Ana_shunaqa

Antiqa xushomad

Aleksandr Dyuma o‘z davrining atoqli vrachlaridan biri Gistal bilan tushlik qiladi. Do‘xtir yozuvchidan “Mulohazalar kitobi”ga biror narsa yozib berishni so‘raydi. Bu kitobga ko‘pincha davo topgan bemorlar o‘z dil izhorlarini bitishar edi.
Dyuma ilk jumlasini yozadi:
“Do‘xtir Gistal hamma oilalarni davolaydigan vaqtdan boshlab shifoxonalarni berkitish kerak”.
Bu gapni o‘qigan vrach taltayib ketadi:

– Paxtaniyam tozasidan qo‘ydingiz-ku, taqsir!
Shundan so‘ng Dyuma fikrini shunday tugallaydi: “Va ikkita yangi qabriston ham ochish zarur…”

Batafsil

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Nov, 12:01


#Mashhurlar_hayoti

Qalamning quli

Onore de Balzak o‘zining katta-kichik asarlari bilan el og‘ziga tushib, Farangistonning eng mashhur yozuvchisiga aylangan payt­lar. Minglab kitobxonlar, ayniqsa, ayollar uni bir bor ko‘rishga ishtiyoq­mand, ne-ne kazo-kazolar u bilan tanishib, suhbatini olsam deydi. Adib esa qulog‘igacha qarzga botganiga qaramay, ana shu yuksak obro‘-e’tiborga munosib uy-joy qiladi, hashamatga intilib yashaydi. Xizmatkorlar yollaydi, zotdor otlar, dabdabali izvosh-u foytunlar saqlaydi. Lekin ana shu xo‘jako‘rsin farovonlik deb Balzak o‘zini bir umr mashaqqatli mehnatga mahkum etadi. Oylab, ertay-u kech tinim bilmay yozadi... Bu haqda uning o‘zi bir do‘stiga shunday degan ekan: “Men o‘zimga shunday hayotni ravo ko‘rganman. Tun-u kunning farqiga bormay ishlayveraman. Ha, shunday, siyoh va qalam­ning quliga aylanganman...”

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

24 Nov, 10:01


#Xotira

“Nozim Hikmatning turk nazmida inqilob azmini tutgan umid va armonga yo‘g‘iriq sarbast navolari asrimiz havolarini tenglik va erkinlik kuylariga to‘ldirib turibdi”
Tilak Jo‘ra

* * *
Qor kesdi yo‘lni.
Sen yo‘q eding.
Tiz cho‘kdim qarshingda,
sayr etdim yuzingni ko‘zlarimni yumib.
Kemalar kechmaydi, o‘choqlar o‘chmaydi,
sen yo‘q eding.
Qarshingda devorga suyangandim,
gapirdim,
gapirdim,
gapirdim og‘zimni ochmasdan.
Sen yo‘q eding.
Qo‘llarim-la to‘qindim senga,
qo‘llarim yuzimda edi.

Nozim Hikmat

Tarjimon Rauf Parfi

Yoshlikjurnali
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Nov, 08:01


#Shoir_yozganda

Umr

Kunlar ayyor, juda-juda shum,
Oyoq uchda yurishib asta.
Chiqarmayin xatto tovshin,
Ortta qolar, ex, bir nafasda.

Oylar esa, donishmand oylar,
O‘tishar ko‘zingga tik qarab.
Vaqt yukini dilingga joylar,
Nimanidir etganday talab.

Yuzda qamchi izin qoldirib,
Savab o‘tar berahm yillar.
Goho boshga oppoq qor urib,
Gohi esa sochingni yular.

Olimjon SUYAROV

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Nov, 06:01


#Hikoya

Do‘mbira chertgan daryo

Qishning uzoq kechalari odamlar bir-birinikiga o‘tib gurungni qizitishardi. Biz ham otalarimizga ergashib yo qochib-pusib payraha o‘tin gurillab yonayotgan mehmonxonaga kirib, poygakdan joy olardik-da quloq tutardik. Oldiniga qishloq “yangiliklari”, maroqli mish-mishlar avj olardi: falonchi unday qipti, pistonchi bunday qipti, Rayimqul boboning oti uloq ayiripti, O‘mir o‘tirikchi ayiqni ushlapti, past ovullik Ko‘charning erga tegmagan qizi qo‘chqordek o‘g‘il tug‘ibdi, yuqori ovullik Abdulla qoraning g‘arami yonib ketibdi, usta Yormat urchuqbosh olaman, deb tosh ostida qolibdi, Zargar bobo latiba-sirg‘a yasab beraman, deb Pardaxol momoning qo‘yniga kiripti, Abshukur Lo‘mmi yo‘qolgan eshagini topibdi. Uni hamsoyasi Zulfiqor bobo minib yurgan ekan…

Batafsil

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Nov, 04:27


#Tanqid

Adabiyotga o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi. Bular adabiyotni hunardan kasbga, ya’ni sababi tirikchilikka aylantirib olishadi. Bunaqa odamlar qadim zamonda ham bo‘lgan, hozir ham bor, ehtimol, bundan keyin ham bo‘lsa.

Abdulla Qahhor

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

23 Nov, 16:00


#Esla

Men yolg‘on gapirganlarni yaxshi ko‘raman!

– …Meni ularning yolg‘on gaplariga tarafdor deb o‘ylaysizmi? Bo‘lmagan gap!

Men yolg‘on gapirganlarni yaxshi ko‘raman! Aldoqchilik insonni boshqa mavjudotlardan ustun qilib turadigan birdan bir narsa. Aldasang, haqiqatga yetib borasan! Men aldoqchilik qilganligim uchungina odamman. Oldindan o‘n to‘rt marotaba aldamasdan turib bironta haqiqatga yetib bormaganlar, balki bir yuzu o‘n to‘rt marotaba aldagandirlar, bu esa o‘z novbatida ancha faxrlansa arziydigan narsa; biz esa o‘z aqlimiz bilan aldashni ham bilmaymiz! Sen meni alda, lekin aldaganda o‘z aqling bilan alda, ana o‘shanda men seni balkim o‘pib qo‘yaman. O‘z aqling bilan aldash bu boshqalarning aqli bilan haqiqatni so‘zlashdan ming karra yaxshiroq; o‘z aqling bilan aldasang, sen odamsan, bo‘lmasa sen parrexta parrandasan! Haqiqat qochib ketmaydi, hayotni esa boy berib qo‘yish mumkin; ko‘rganmiz. Xo‘sh, hozirgi ahvolimizda bizni kim deyish mumkin? Hech bir istisnosiz bizning hammamiz fan, taraqqiyot, tafakkur, kashfiyotlar, ideallar, istaklar, ko‘ngilchanlik, aql-idrok, tajriba va hokazo, va hokazo hamma, hamma, hamma, hamma, masalalarda gimnaziyaning birinchi tayyorlov sinifida o‘tiribmiz! Boshqalarning aqli bilan tirikchilik qilish juda yoqib qolgan…
Razumixin
“Jinoyat va jazo” romanidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

21 Nov, 12:36


#olis_yaqin_ovozlar


TIRIK TANOVAR


                    Ona tilimga bag'ishlayman

Borligingga qiloldim bovar,
Necha-necha yil o'tdi, afsus.
Assalom, ey, tirik tanovar!
Assalom, ey, suyukligim – so'z!

Hovuch-hovuch qo'shiq keltirdim,
Jo'shib kuyla, to'lg'onib kuyla.
Ovozingdan uyg'onsin derdim
Mudroq o'ylar, faromush o'ylar.

Mana, zalil ohanglarimda
Ko'z ochadi fasohat sim-sim.
Kuyla, tokay ko'ngling yarimta,
Mening mendan yaralgan hissim?!

Hulkaroy Sattorova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

21 Nov, 12:18


#iqtibos

Mol-mulk, mansab, shuhrat uchun ur janjal-sur janjal qilayotganlar bolaligini yo‘qotgan sho‘rlik kimsalardir.

Abdulla ORIPOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

20 Nov, 10:56


#latifa

Shoir o‘g‘risi


Bir kuni hakim Anvariy Balx bozoridan o‘tib borar edi. Qarasa, bir joyda xaloyiq to‘planib turibdi. Shoir u yerga borib ko‘rdi-ki, bir kishi Anvariyning qasidalarini o‘z nomidan o‘qib, hammani og‘ziga qaratib turardi. Xaloyiq uning she’riyatidagi salohiyati va o‘qishiga ofarin der edi. Anvariy u kishiga murojaat qilib dedi:
– Ey, kimning she’rlarini o‘qiyapsan?
– Shoir Anvariynikini.
– Anvariyni taniysanmi o‘zing? – dedi Anvariy.
– Qiziq ekansan-ku, – dedi u kishi, – Anvariy menman-da.
– Yo alhazar, – dedi Anvariy yoqasini ushlab. – Men she’r o‘g‘risini eshitgan edim-u, ammo hanuzgacha shoir o‘g‘risini ko‘rmagan edim.

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

20 Nov, 04:24


#Achchiq_fikr

Hozir hech kimni hech narsa bilan ajablantirolmaysiz. Hammaning qo‘lida bittadan telefon, boshqa hech narsa kerak emas...

Erkin A’ZAM,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Izoh: Maqolaning to‘liq variantini 2023-yil 6-sonidan o‘qiysiz!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

19 Nov, 07:39


#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Agar nurman, agar oftob,
Va yo yog‘du va yo mohtob,
Na bo‘lsam ham manim yakto
Madorim bo‘l…

Agar gulgun, agar durkun,
Va yo so‘lg‘in va yo surgun,
Na bo‘lsam ham, sen ey ko‘rkim,
Harorim bo‘l…

Agar qushman, agar xushman,
Va yo o‘ngman va yo tushman,
Na bo‘lsam ham dilim xushlar
Qarorim bo‘l…

Agar tergar, agar sergap,
Va yo ko‘ksing tilar mergan…
Na bo‘lsam ham faqat senga
Bororim bo‘l…

Iroda Rahmonaliyeva

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

19 Nov, 04:54


#iqtibos

Kitob yoki jurnalni internet sahifalaridan ham oʻqisa boʻladi. Ammo internetda kitobga xos hid yoʻq, sahifalarini varaqlashdek huzur yoʻq. Eng asosiysi, uni yostigʻing tagiga qoʻyib boʻlmaydi...

Togʻay Murod

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

19 Nov, 03:54


#Bir_kuni

Yozmasa bo‘ldi


G‘afur G‘ulom bemaza she’rlari bilan hammani, ayniqsa, tahririyat xodimlarini bezor qilib yuradigan bir shoirni ko‘chada uchratib, dangal so‘raydi:

– Menga qara, uka, shu she’rlaringga bir oyda qancha qalam haqi olasan?

– Ko‘p emas, yuz so‘m atrofida, G‘afur aka.

– Agar mutlaqo boshqa she’r yozmaslikka so‘z bersang, o‘zim senga oyiga ikki yuz so‘mdan berib turaman. Kelishdikmi?

Shoiri tushmagur hijolatdan bir zambil loy bo‘lib qoladi.

Sh.O

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

18 Nov, 10:12


#ramz

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
!

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

18 Nov, 05:20


#nazm

Vatan

Necha tog‘lar turibdi tikka,
Mardonavor, mag‘rur va bardam.
Boshiga qor tushsa ko‘nikkan,
Yelkasini oftob ursa ham.

Necha bog‘lar ochmoqda chiroy,
Maysalarga burkanar dovon.
Xarsanglarga urilsa-da soy,
Etar ezgu yo‘llarda davom.

Men-chi, bitta so‘zni loaqal
Topmadim dil lug‘atidan.
Baxtiyorman boshim silagan
Insonlarning muhabbatidan.

Ishon, oldga tashladim qadam,
Hayotimda ko‘rdim ko‘p mani.
Hech bo‘lmasa –
Shamol bo‘larman
Bayrog‘ingni hilpiratgani!

🗞Muallif: Mahfuza Imomova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

18 Nov, 04:47


#ramz

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

17 Nov, 06:59


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

16 Nov, 18:09


Sartaroshxonada kitob o‘qiganlarga 30 foiz chegirma bor

💇🏻 Hindistondagi Tutikorin shahrida sifatli ta’limdan uzilib qolgan yoshlarning o‘qishga qiziqishini oshirish uchun sartarosh Ponmariappan ajoyib g‘oya o‘ylab topdi.

📚 U sartaroshxonasida navbat kutayotgan mijozlar uchun mo‘jazgina kutubxona tashkil qildi va "Kitob o‘qiganga 30 foiz chegirma", deb yozib qo‘ydi.

Batafsil: 👉🏽 http://oyina.uz/uz/article/176

📲 Kanalga ulanish: @oyina_portali

“Yoshlik” jurnali

16 Nov, 09:52


#mujda

Muqovada rassom Alisher Aliqulov asaridan foydalanildi!

@yoshlikjunrali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

14 Nov, 04:41


#yoshlar_ovozi

Kuz


Kuzak yaproqlari yeladi mayin,
Goh sog‘inch, goh quvonch yetib keladi.
Har yoq salqinlashar, kundan kun sayin,
Ortiq xazonrezgi barglar yeladi.

Sevgimdirsan o‘zing, umidimsan – kuz,
Sen bilan yashasam men doim baxtli.
Kuzak doim baxt soch, bu g‘amlarni uz,
She’rlar bitma endi, ko‘p dardli, dardli...

Mohinur Farmonova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 16:37


Давлатимиз раҳбари Бокуда озарбайжонлик адабиётшунос ва шоир Акиф Бағиров билан учрашди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 16:34


https://youtu.be/vc7yc1l7oT4?si=twmRIt0vAd1H-_U2

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 13:10


#latifa

* * *
Bir kuni adabiy jurnal muharririga she’r qo‘lyozmasi yuborildi. She’r “Men nechun tirikman?” deb atalarkan. She’rning o‘zi esa juda uzun va zerikarli ekan. Muallifga juda qisqa javob jo‘natildi: “Siz she’ringizni pochta orqali yuborganingiz uchun tiriksiz. Agar uni idoramizga o‘zingiz olib kelganingizda, shubhasiz, bu yerdan tirik chiqmasdingiz”.

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi).

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 07:06


#olis_yaqin_ovozlar

Tun


Tushlarimni o‘g‘irlaydi tun
Va berkitar qaroqlariga.
Bardoshimni topshirdim bugun
Shaharning oq chiroqlariga.

Jim kezaman sochlarim silab,
Yuragimday kengdir ko‘chalar.
Boshqa yo‘qlab kelmasmi, yo Rab,
Mendan ko‘ngli qolgan g‘unchalar?

Dil tubiga ekkandim, kelsang,
Qarshi olar deya, baxtlarni.
O‘chirmoqqa shaylandim, bilsang,
Tunga o‘yib yozgan xatlarni.

Maysalarning uyqusi ro‘yo,
Shamollarning xonishlari chin.
Tun kechirim so‘raydi go‘yo,
“Kechikkan dil izhori uchun”.

Yangi ertak to‘qiydi xayol,
Shomlarida bezabon dilmiz.
Olis tongdan umidvor, alhol,
Tunga singib ketdik ikkimiz.

Mushtariybegim Ismoilova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 05:54


​#Umr_hikmati

Gabriel Garsia Markes: “Umrim haqida”

15 yoshda
angladimki, yaxshi narsalarni ko‘proq onalar bilishadi, ba’zida esa otalar.
20 yoshda angladimki, egri ishning hech qanday nafi yo‘q, u hatto o‘ta mohirlik bilan bajarilgan bo‘lsa ham.
25 yoshda angladimki, bola onani sakkiz soatlik kunduzdan, otani esa sakkiz soatlik kechadan mahrum qilarkan.
30 yoshda angladimki, erkakning jozibasi kuchida, ayolning kuchi esa jozibasidadir.
35 yoshda angladimki, kelajak – insonga meros qoladigan narsa emas, balki o‘zi yaratadigan narsa.
40 yoshda angladimki, baxtiyor yashash siri o‘zing sevgan ishing bilan shug‘ullanishda emas, balki qilayotgan ishingni sevishdadir.
45 yoshda angladimki, inson hayotining 10 foizi boshiga tushgan balolardan, 90 foizi esa ularga bo‘lgan munosabatdan iborat.
50 yoshda angladimki, kitob – insonning eng yaqin do‘sti, ko‘r-ko‘rona taqlid esa eng ashaddiy dushmanidir.
55 yoshda angladimki, kichik qarorlar miya bilan qabul qilinadi, katta qarorlar esa yurak bilan.
60 yoshda angladimki, sevgisiz qurbonlik bo‘lishi mumkin, lekin qurbonliksiz sevgi bo‘lmaydi.
65 yoshda angladimki, inson hayotdan zavq olishi uchun kerakli narsadan tashqari o‘zi xohlaganini ham yeyishi kerak.
70 yoshda angladimki, hayotdagi eng muhim narsa qo‘lingizda yaxshi kartalar bo‘lishi emas, balki yomon kartalar bo‘laturib yaxshi o‘ynay olishingizdir.
75 yoshda angladimki, inson o‘zini komil hisoblamaguncha harakatda davom etadi, o‘zini komil sanagan zahoti esa harakatdan to‘xtaydi.
80 yoshda angladimki, sevish va sevilish dunyodagi eng totli lazzatdir.
85 yoshda angladimki, hayot haqiqatan go‘zal.

Rahmat Bobojon tarjimasi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 05:39


#olis_yaqin_ovozlar

Vaziyat


Bazm ajoyib o‘tardi. Bir-birini maqtashar, yo‘q sifatlar bilan olqishga zo‘r berishardi. Davra oxirlay bordi. Vaqtga qarab birin-ketin tura boshlashdi.
Endi esa ketganlarning g‘iybati boshlandi. Davrada bo‘lmagan kishi – nishonda...

Zikrilla Mamatov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

13 Nov, 04:53


#iqtibos

Adabiyot uchun insondan qiziq, insondan qadrli, insondan aziz va insondan vahshiy, yovuz, yirtqich “muammo” yo‘q ekan!

Shukur Xolmirzayev,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

12 Nov, 10:58


#latifa

Tejamkorlik


Talaba avtobus orqasidan yugurib ketmoqda. Buni ko‘rgan bir kishi:
– Nega avtobus orqasidan yugurib ketyapsan
Talaba:
– 2000 so‘m tejab qolish uchun
Kishi:
– Undan ko‘ra, taksining orqasidan yugur, 20 000 so‘m tejaysan!

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

12 Nov, 10:02


​#munosabat

Millat taraqqiyoti, ma’rifati, tamadduni ochun ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta, albatta.
Bugungi kundagi shunday ijtimoiy-adabiy jurnallardan biri “Yoshlik”dir. 1982-yildan buyon bosiladigan bu jurnal o‘tgan vaqt davomida ko‘plab iste'dodlarni kashf etdi. Mustaqillikdan avval ham Tog‘ay Murod, Shavkat Rahmon, Murod Muhammad Do‘st va yana bir qancha ijodkorlarning o‘lmas asarlari ilk marotaba aynan “Yoshlik” jurnalida muxlislar e'tiboriga havola etilgan.
Bundan tashqari, jurnalda yoshlar uchun foydali asarlardan tarjimalar, ustoz ijodkorlar bilan jurnalistik suhbatlar ham berib boriladi.
Shaxsan o‘zim ham maktab paytidan boshlab jurnal orqali Nigora Muhammad, Parizoda Ro‘ziboyeva, Bobomurod Sa'dullayev, Mahliyo Xurram, Bayram Ali va boshqa ko‘plab ijodkorlar ijodi, asarlari bilan tanishdim.
2024-yilning 5-sonida o‘zimning ijodiy ishlarim e'lon qilinishi esa kutilmagan va quvonchli hodisa bo‘ldi. Chunki oddiy maktab o‘quvchisining she'riy mashqlari ustozlar imtihonidan o‘tib, tahririyat talablariga javob berib, jurnal sahifalarida joy olishi quvonarli holat. Zotan, ijodkorning ko‘ngil so‘zlari, qalb kechinmalari jurnal sahifalari orqali qanchadan qancha dil sahifalariga ko‘chadi...
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, “Yoshlik” chin ma’noda iste'dodlarni kashf etadigan va ko‘ngillarga so‘z yog'dularini ulashuvchi ko‘ngilnomadir!

Rayhona Davronova

“Yoshlik” jurnali

12 Nov, 05:28


#hozir_javob

– Yaratish va aks ettirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni biz badiiy ijod jarayonida ko‘ra­miz. Sizningcha ham, adabiyot hayotning in’ikosimi?


Guljamol Asqarova: – Adabiyot hayotning in’ikosi ham, aynan o‘zi ham emas. Adabiyot hayot bilan omixta, uyg‘un, shu bilan birga, ilohiy va ruhoniy olam bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Yashalgan tuyg‘ular, fojialar, zamiriga bashariy bir iztirob singigan quvonchlar va ruhiy larzalardan adabiyot yaraladi.
Adabiyot hayot qanday bo‘lishligi yoki bo‘lmasligi kerakligi haqida ham, yetishib bo‘lmas hayot haqida ham so‘z ayta oladi. Men adabiyot­ni hayotning ilohiy bir qo‘shig‘i deb o‘ylayman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

12 Nov, 04:31


#olis_yaqin_ovozlar

Umr


Umr – dengiz, to‘lqinlar aro
G‘arq bo‘ladi harakatsizlar.
Odam zoti hayot ekan to,
Baxtiyorlik sohilin izlar.

Umr – dengiz, uning bag‘riga
Qismat durlar aylagan nihon.
Yetib borib bir kun qa’riga,
Olib chiqqum javohir, marjon.

Umr – dengiz, dolg‘alari ko‘p,
Mashaqqatdir manziling qadar.
Yutib ketar to‘lqin, taloto‘p,
Tushib qolsang domiga agar.

Umr – dengiz, mavjlanib goho,
Jilvalari olar hushingni.
Aldanmagin unga mutlaqo,
Suvga aytib yurma tushingni.

Feruza RAHMATOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

11 Nov, 12:56


#latifa

Talaba shoir


Talaba yigit yaxshi ko‘rgan qizi bilan do‘konga kirib, narsa xarid qildi-da o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchiga:
– Qaytimi kerak emas! – desa.
Sotuvchi:
– Pulingiz kam chiqdi, to‘xtang! – deb qolsa bo‘ladimi…

(Mahmud Eshonqulov karikaturasidan foydalanildi!)

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

11 Nov, 08:03


#mulohaza

Xayriyat, uyg‘onmadi!

Dunyo. Xuddi toshbaqaga o‘xshaydigan g‘alati va sehrli xilqat... Uxlamoqchi bo‘lsa, kichkintoy qo‘llarini Quyosh chirog‘iga sekin uzatadi va pishillab uxlab qoladi, u bilan bag‘ridagi sakkiz milliard mardum ham uyqu ayiqchasini bag‘riga bosadi. “Azal va abad yo‘li”da dunyo onaga o‘xshatiladi... Ha, dunyo – ona... Dunyo deganda, ko‘zlarim o‘ngida cheksizlik qa‘rida “sarson gizgizlagan”, sabr ila mushtipar nigohini Allohning rahmatiga tikkancha, og‘irlashib borayotgan dardlari – bolalarini zo‘rg‘a ko‘tarib, jim yashaydigan, goho o‘ziga o‘zi o‘ranib kapalakday ma’sum uxlaydigan, yum-yumaloq Yer sharimizni aytyapman.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Nov, 18:26


#mitti_hikoya

Yolg‘on

Og‘ir sumkalarni ko‘targan ayol taksi to‘xtatdi. Yonida bolasi. Manzilga yetib borishganda kirakash odamgarchilik yuzasidan ayolning sumkalarini ko‘tarishib eshigigacha olib bordi. Bolakay to‘xtab unga savol berdi:
– Siz dadam bo‘lasizmi?
Erkak tushunmay, bolaning onasiga qaradi.
Ayol dovdirab qoldi. U dadasining qayerdaligini ko‘p so‘raydigan o‘g‘liga doim “Otang bir kun uyimizga keladi. Uning mashinasi bor” derdi. Dadasi ularni tashlab ketganda bolakay juda kichkina edi...

Sitora AZIZOVA


@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

09 Nov, 18:15


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

09 Nov, 04:24


#izoh_sizdan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

02 Nov, 16:50


Ijodkor

– Men katta yozuvchi bo‘lmoqchiman! – dedi u xotiniga, farzandlariga, – Ijod qilayotganimda
xalal bermanglar!
U tunu kun ijod qildi. Unga ko‘zlarini mo‘ltiratib tikkan qizini ham, yurak yutib bo‘yniga
osilolmagan o‘g‘lini ham ko‘rmadi. Juftiga aytolmagan so‘zlarini kitobiga bitdi. Oilasiga
ko‘rsatolmagan g‘amxo‘rlikni kitobda isbotladi!
U tanildi. Uning shoh asarlari minglab nusxalarda chop etildi. U shonu shuhratga burkandi.
– Endi yetar, – dedi bir kun qo‘lidagi qalamni qo‘yib, – keksayibman...
Shunday deya atrofiga qaradi: hech kim yo‘q edi.
U bir uyum kitoblari ichra yolg‘iz qolgandi.

Nodirabegim

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

02 Nov, 12:47


Alloma

Kunlardan bir kun shoir Azim Suyunning muxlislaridan biri telefon qilib, so‘raydi:
– Azim aka! Kecha “Diyor” gazetasida “Allomalar haqida hangomalar” ruknida Siz haqingizda yozilgan hangomalarni o‘qib, maza qildik. Qoyil! Sizning alloma ekaningizni bilmas edik, biz uchun bu yangilik bo‘ldi.
– Ajabo! – deydi shoir bunga javoban. – Haqiqatni yozadigan gazetalar ham bor ekan-da!

Kim nimaga qodir?

Azim Suyun o‘z tengdoshlari bilan adabiyotga kirib kelgan yillari adabiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar juda jonli, maroqli bo‘lardi.
Kunlardan bir kun Usmon Azimning uyida shoirlar to‘planib, o‘zaro nimanidir qizg‘in muhokama qilishadi. Gapdan gap chiqib, hamma beixtiyor maqtanishga tushib ketadi. Adabiyotga, she’riyatga daxli yo‘q gaplarni bir chetda indamay eshitib turgan Azim Suyun nogoh shunday luqma tashlaydi:
– O‘lay agar, she’r yozishdan boshqa ish qo‘limdan kelmaydi, jo‘ralar!

Sh.O

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

02 Nov, 10:28


​#Tomoshobogʻ

Mark Tven bir kuni...

Bir kuni Mark Tvendan birinchi marta ishlab topgan pulingizni eslay olasizmi, deb so‘radilar.
— Ha, — dedi u. — Maktabda o‘qib yurardik. U paytlar hamma bolalar maktab mulkini ko‘z qorachig‘idek saqlardilar. Bizning maktabimizda shunday qonunga amal qilinardi. Agar o‘quvchi partaga ruchka yo pichoq bilan biron belgi qo‘ysa, u butun maktab o‘quvchilari oldida tan jazosi olardi yoki besh dollar jarima to‘lardi.
— Ota, — dedim bir kuni, — men partaga ismimni yozib maktab qonunini buzib qo‘ydim. Endi men jarima to‘lashim yoki tan jazosi olishim shart.
— Sem, — dedi otam, — butun maktab oldida Klemens nomi tilga olinsa, bu yaxshi emas. Mayli, jarima to‘layman. Biroq men seni jazosiz qoldirishni xohlamayman. Yur, direktorning oldiga boramiz.
— SHunday qilib otam bilan birga direktorning huzuriga bordik. Men direktordan kechirim so‘radim. Ikkinchi marta takrorlanmaydi, deb va'da berdim.
— Xullas, men besh dollarni saqlab qoldim.
— Bu mening hayotimda birinchi marta ishlab topgan pulim edi.

“Yoshlik”/1988/10

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

02 Nov, 06:28


#olis_yaqin_ovozlar

★ ★ ★

Qo‘lyozmaga o‘xshagan umr,
Uni faqat qoralamoq bor,
Lekin imlo xatolarisiz
Ko‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Suvday serob quvonchlar ichra
Erib ketar g‘ussalar tuzday,
O‘zgasiga bu namakobni
Ichirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Ishq keladi kutilmaganda
Telefonning xatxonasiga
Kelgan xatday, uni ko‘ngildan
Kechirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Yo‘lda taksi kutgan singari
Taraddudda turibdi baxtlar,
Unga yetmay yurakni qushday
Uchirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Ortda qolar yo‘l, taksi, borliq,
Va yurakning parchalarini
telefonning xatxonasidan
O‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Suhrob Ziyo

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

02 Nov, 04:06


​#Ibrat

Iltifot

Hukmdorlardan Bahromgo‘r bir kuni ovga chiqdi. Bir kiyikni uchratib uni ovlamoqchi bo‘lganda, kiyik qochib ketdi. Bahromgo‘r uning orqasidan quvlay-quvlay, nihoyat bir qabila yashaydigan yerga yetib keldi. U qabilaning Qabiysa ismli bir sardori bor edi. Kiyik tashnalikdan betoqat bo‘lib Qabiysaning chodiriga kirib keldi, hob tili bilan undan panoh istadi. Qabiysa unga suv berdi, qornini to‘ydirdi. Shu topda Bahrom chodir eshigi yoniga yetib keldi. Qabiysaga do‘q qilib:

— Ey arab, mening ovim sening chodiringga kirdi. Darhol uni chiqarib menga topshir! — dedi.

— Ey suvoriy, yaxshi yigit, mendan panoh istab chodirimga kirgan jonivorni sening qo‘lingga topshirishim muruvvatdan emasdir,— deb javob berdi Qabiysa.

Bahromgo‘r qattiq so‘zlab, unga hujum qilib, kiyikni chiqarib berishni talab qildi. Qabiysa uning siyosatidan qo‘rqmay, aytdi:

— Ey yigit behuda so‘zlarni so‘zlama, mendan panoh istab chodirimga kirgan bechora jonivorni nechun sening qo‘lingga topshiray? Qo‘lingdagi o‘q-yoy bi-lan meni o‘ldirsang, o‘shandagina kiyikni olishing mumkin bo‘ladi. Agar meni o‘ldirsang qabilam ahli seni tirik qo‘ymaydi. Kel, o‘z joningga rahm qilib, bu bechora jonivorni qo‘lga olib, o‘ldirish savdosidan kech. Agar hirsing tomiri tinch turmasa, eshigim yonida bog‘liq turgan go‘zal va chopqir otimni egar, jabdug‘i bilan senga beray.— Bahromgo‘r Qabiysaning hamiyatiga tahsinu ofarin qildi. Uning otiga iltifot qilmay o‘z saroyiga qaytib ketdi. Ertasi kuni Qabiysani o‘z saroyiga chorladi, unga ko‘p iltifotlar qilib, e’zozladi.

Bayt:
Istagach bir qatra daryodin panoh,
Ayladi unga sadafdan takyagoh.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

01 Nov, 14:24


Qoʻshnilarning yoʻli

“Yoshlik” jurnali

01 Nov, 10:33


Chin sevgi bitigi

Sevgi haqida yozmagan shoir yo‘q hisobi. Lekin ularning hammasi ham yurakka yetib bormaydi. Yurakka yetib borish uchun shoir yuragi sevgi olovida porillab yonishi kerak. Yongan yurak “chars-churs” etib yonadi. Uning har bir charsillashi bittadan she’r bo‘lsa, barchasi bir bo‘lib, butun boshli dostonni tashkil etadi. Menga qolsa, sevgi haqidagi bitiklarning barini bir yerga to‘plab, chin va yolg‘onga ajratib chiqqan bo‘lardim. Shunda “Shodon quyosh” chin bitiklar safidan joy olardi. Uning eng muhim, eng kuchli qirrasi ham shu – sevgi otashida yongan yurakning samimiy nolalari!

Qolgan gaplar dostonning badiiy o‘ziga xosliklari haqidagi ilmiynamo mushohadalarga aylanadi, xolos. Masalan, bunday: doston avtobiografik xarakterga ega kabi. Chunki shoir ismining bosh qahramon ismi bilan bir ekanligi, uning tug‘ilgan yurti haqidagi ma’lumot, voqealar kechgan makon va zamonning mos kelishi… bularning hammasi dostonning boshdan va ko‘ngildan kechgan rost tuyg‘udan yaralganidan dalolat.

She’riy dostonning vazni turfa xil: bir og‘irlashadi, bir o‘ynoqlaydi, bir “ma’yuslanadi”, bir “umidlanadi”. Chunki ishq oshiqni shunday turfa ko‘ylarga soladi. Bu narsa aynan vaznlarda va vaznsizliklarda ko‘rinadi.

Doston adabiyotdagi an’analar ruhida bitilgan.

Doston tashbehlarga, o‘xshatishlarga, umuman, badiiy san’atlarga to‘la. Bitta chiroylisini keltiraman: “Ko‘zlaring kuladi – sevgi shaklinda..”.. Mayli-da, tashbeh ulug‘ ustozlar ijodini yodga solsa. Axir, doston an’analar ruhida bitilgan, dedik. Xurshid – ustozlar yo‘lining haqiqiy davomchisi. Lekin o‘z yuragi, o‘z sevgisi, o‘z qismati bilan davom ettiradi u! Boshqasiga ko‘nmaydi…

“Shodon quyosh” nomi bejiz tanlanmagan. Chunki sevgilining ismi Shodiya. U oshiqning yu¬ragini ham quyoshdek qizdiradi. Sevgi quyoshi u!..

…xullas, dostonni shu tarzda juda uzoq ta’riflash mumkin. Lekin bularning hammasi bir bo‘lib ham doston haqida eng birinchi aytgan fikrimizga teng kelolmaydi: dostonda “XXI asrga kelib urfdan qoldi, eskirdi, yo‘q bo‘ldi..”., deyilgan otashin sevgining – chin tuyg‘uning baland bo‘yli suvrati chizilgan.

Demak, sevgi yashayapti…

Ulug‘bek HAMDAM

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

01 Nov, 06:47


Yozuvchilik qismatdir

Men dastlab hikoyalar mashq qila boshlaganimda ular nima uchun zarur ekanligi haqida zarracha tasavvurga ega emasdim. U paytlarda hikoyalarimni bosib chiqarishlari uchun yozgim kelardi, biroq keyinchalik tushunib yetdimki, doʻstlarim meni koʻproq yoqtirishlari uchun yozarkanman, bu — bor gap. Soʻngra esa yozuvchilik hunari va boshqa yozuvchilar ijodini tinimsiz oʻrganish jarayonida shubhasiz adabiyot, ayniqsa, roman oʻzining yuksak vazifasiga ega, degan xulosaga keldim...

Shu narsa aniq: yozuvchilik degani — agar kimdaki bor ekan, hech qayoqqa qochib qutilishi mumkin emas va bu yozishi zarur ekanligini tan olishidir, chunki u shundagina dahshatli bosh ogʻrigʻi va laʼnati kundalik ikir-chikirlar ustidan gʻalabaga erishadi.

Gabriel Garsia Markes

“Yoshlik”/1988/3-son

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

01 Nov, 03:57


#tavallud

1-noyabr — yosh isteʼdodli shoira Iroda Rahmonaliyeva tavallud topgan kun!

Koʻngilginam ohidan, chap koʻksim bulogʻidan,
Koʻzimning qirgʻogʻidan ummon kelar, kelmasang.

Armongullar oʻragan koʻngil koʻshkim nuragan,
Qaygʻulashkar yuragim tomon kelar, kelmasang.

Holimdan xushhol boʻlib, yanoqlari ol boʻlib,
Ravzamga qirol boʻlib xazon kelar, kelmasang.

Men...yengildim...sen gʻolib! Xayolimni qoʻporib,
Hayotimni qoʻporib toʻzon kelar, kelmasang!

Koʻzlarimga qon kelar, boʻgʻzimga bir jon kelar,
Umrimga qiron kelar, qiron kelar, kelmasang!

...Libosiga nur singgan, farishta u koʻringan,
Va oʻshanda...oʻlimga zamon kelar, kelmasang...

Iroda Rahmonaliyeva

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

31 Oct, 16:44


​#Ibrat

Boqiy umr

Aytishlaricha, mo‘tabar bir odamning majlisida bir olim, fozil kishini ko‘p ta’rif va tavsif qildilar, Mo‘tabar odam u olimni ko‘rib suhbatidan foydalanishni orzu qilib, uni shu majlisga da’vat qilish uchun o‘z qarindoshini yubordi. Olim majlisga kelgach, salom berib hamma bilan ko‘rishdi. Keyin mo‘tabar odamga ta’zim qilib:

— Majlisingizga da’vat qilganingiz uchun tashakkur etaman, ming yil rohat va farog‘atda umr kechiring, — dedi.

Mo‘tabar odam olimning so‘ziga taajjub qilib aytdi:
— Majlisimizda hali o‘tirmay turib, mumkin bo‘lmagan so‘zni og‘zingizdan chiqardingiz, bir odamning ming yil umr ko‘rishiga aql bovar qiladimi?! Bunday so‘zni aytish sizdek olim va fozil kishiga munosibmikan?

— Insonning tirikligi faqat jismning boqiyligi bilangina emas. Odam ming yil umr ko‘rmasligini hamma biladi. Lekin o‘lgandan keyin qolgan yaxshi nom yana bo‘lak umrdir. Sizning olijanob, marhamatli, shafqatli odam ekanligingizni xalq unutmay, nomingizni doimo hurmat bilan yod etib turadi. Vafotingizdan keyin ham qilgan yaxshiligingizni xalq unutmaydi, nomingizni ko‘nglida abadiy saqlaydi, degan ma’noda «ming yil umr ko‘ring», — dedim, — deb javob berdi olim.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

31 Oct, 09:13


​#Ibrat

Mehmon

Bir kishi ulug‘ martabali bir odamdan anchagina pul qarz olgan bo‘lsa ham, qarzini o‘z vaqtida ado etmagan, va’dasidan ko‘pgina vaqt o‘tkazgan edi. Nihoyat, pul egasi qarzdordan pulini undirib olishni o‘zining katta bir xizmatchisiga havola qildi.

Xizmatchi qarzdorning uyiga bordi, unga qattiq-qattiq so‘zlar aytib, amaldordan olgan pulni darhol chiqarib berishni so‘radi. Qarzdor u xizmatchiga:
— Meni xojang yoniga olib bor, unga aytadigan maxsus so‘zim bor,— deb qayta-qayta o‘tindi. Uning yig‘lamsirab, zorlanib o‘tinishi bag‘ritosh xizmatchining ham ko‘ngliga ta’sir qilib, hojasi huzuriga olib keldi.

Amaldor bir qancha kishilar bilan o‘tirib osh yeyishda mashg‘ul edi. Xizmatchi u qarzdorni amaldorga ko‘rsatib:
— Bu kishidan pulingizni darhol chiqarib berishini so‘rab qattiq muomala qilgan edim, ko‘p tavba-tazarru qilib, sizning yoningizga olib kelishimni o‘tindi, rahmim kelib olib keldim. Endi nima qilsangiz o‘zingiz bilasiz,— dedi,

Amaldor xizmatchini ham, qarzdorni ham oshga taklif qildi. Ular ham ovqatlanishga mashg‘ul bo‘ldilar. Ovqatdan keyin amaldor haligi xizmatchiga:
— Bu qarzdor endi mening mehmonim bo‘ldi. Aziz mehmonimdan pulimni talab qilishim muruvvatdan emas. Bu bechora odam muhtojlik ichida qolgani uchun pulimni keltirib berishga qodir bo‘la olmagan. Uning shunday holda ekanini oldinroq bilgan bo‘lsaydim, seni uning yoniga yubormasdim. Endi men u pulimdan voz kechdim, aziz mehmonimning o‘ziga bag‘ishladim. Bundan keyin bu mehmonimning uyiga borib, uning ko‘nglini og‘ritma,— dedi. Qarzdor mehmonning ko‘nglini ko‘tarib, in’om-ehson qilib, izzat-hurmatini bajo keltirib, uyiga qaytishiga ruxsat berdi.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

31 Oct, 07:30


#shoir_qalbi

* * *
Nahot, shuncha yashab qo‘ydimmi?
Nahot umrim boryapti tugab.
Ortsa ortdi g‘amlar ko‘ksimda,
Men kimnidir qo‘ydimmi suyab.

Nigohlarga boqdim,
Sovidim,
Umr – darz kosada
Bol tutgan Xayyom.
Mehribonim, nega kechikding,
Yuragimga kirdi-ku oqshom.

Biz olamning ikkita qutbi,
Diydoridan ayrilar hushi.
Agar bo‘lsa ikki dunyosi,
Men Yusufning ko‘rajak tushi!

O‘ngdan kelar tushlar-ku, ammo,
Bu dunyoning yo‘qdir Yusufi…

Nargiza Asadova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

31 Oct, 04:47


​#Ibrat

Adolat mushti

Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi.. Hech umid yo‘q. O‘limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.
Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham: «Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil», degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi. Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan saqrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad… Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q… Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan, dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men adolat istayman, dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yo‘qsul..
Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qoziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining tumshug‘iga bir musht tushirdi.
Qozi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O‘zingiz uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo qo‘rasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz bo‘lishing, deya mahkamadan chiqib ketdi.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

31 Oct, 03:17


#Kun_hikmati

Millatning manfaati uchun harakat qilmagan odam oxirat saodatiga erisholmaydi.

Abdurauf FITRAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

30 Oct, 13:27


#mutolaa

“Yoshlik” jurnali o‘qirmanlari uchun jurnalning 1982-yil 4-sonini havola etmoqdamiz!

Jurnalni onlayn o‘qish!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

30 Oct, 07:40


#tavallud

30-oktyabr – O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun!

ILINJ


Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,
Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.
Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.

Almashdilar seni nomu rutbalarga,
Munglug‘ bo‘lib qolding botib shubhalarga.
Hilollaring qaytar yana qubbalarga,
Moziylarga so‘ylab-so‘ylab zorlaringdan.

Menga qadim minorlardan bir sas yetar,
Shul sas mening ko‘nglim oxir serfayz etar.
Menga dunyo kerak emas, bir xas yetar
Yassaviylar yotgan aziz yerlaringdan.

Oqsaroyga qay kunki yuz burgandim men,
So‘nmish shonu shavkating deb kuygandim men.
She’r aytishni sal-palgina o‘rgandim men
Chinorlarda yig‘lab yotgan barglaringdan.

Bu dunyoda ko‘ngillarga chirog‘ yoqsam,
Mozorlaring sukutidan saboq olsam,
Tiniqqina buloq bo‘lib oqib qolsam
Olloyorlar nazar qilgan jarlaringdan.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

30 Oct, 06:20


Aql yoshda emas boshda

Bundan besh-olti yil avval taniqli italyan yozuvchisi Alberto Moravia: “Endi qarib qoldim, yozuvchilikni tashlamasam bo‘lmaydi, shekilli”, deb bayonot bergan edi. Italiyada chiqadigan “Panorama” jurnali esa shosha-pisha A.Moraviani “insof”ga chaqirdi, ya’ni, soqoli oqargan chog‘ida ham ijodiy faoliyatini to‘xtatmagan mashhur tarixiy shaxslarning bir quloch ro‘yxatini e’lon qildi. Masalan, Platon 81 yoshida – yangi kitobini yozayotgan paytida vafot etgan ekan; Setseron 63 yoshida oxirgi ilmiy risolasini yozib bitirgan; Makelanjelo 87 yoshida Rimdagi muhtasham qasrni pardozlash bilan ovora bo‘lgan; Galileo Galiley 72 yoshida yulduzlar haqidagi ta’limotini yaratgan; Nyuton ham 72 yoshida o‘zining ilmiy asarlariga so‘zboshi yozgan; Gyote o‘limidan sal oldin “Faust”ga so‘nggi nuqta qo‘ygan; Krilov 68 yoshida yunon tilini o‘rgangan va keyingi yetti yil badalida yunon adabiyoti durdonalarini rus tiliga o‘girgan... Ko‘rinib turibdiki, xurmatli otaxon, aql yoshda emas, boshda ekan...

"Yoshlik" jurnali 1986-yil 1-son
“Tomoshabog‘” ruknidan

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

29 Oct, 03:50


#bir_kuni

Navoiy bir kuni…

Musiqiy ilmida zamonasining yagonasi bo‘lmish mavlono Alishoh bir kuni davlatmand oliy hazrat Navoiyga arz qilib, “Sizning oliy iltifotingizdan va marhamatingizdan umid shulki, vaqf boshqaruvchilari olti oylik maoshimni birdaniga bersalar, har oyda ularga bosh og‘rig‘i bo‘lib yurmasam”, dedi. Oliy hazrat javob qildi:

– Mavlono, umrimizdan olti kun qolganmi-yo‘qmi, bilmaymiz. Nima uchun siz omonat hayotga bu qadar e’tiqod qilib, olti oylik maoshni oldindan talab qilasiz?

Mavlaviy janoblari dedi:

– Siz buyruq beravering, ular pulni beraversinlar. Bordiyu o‘lib qolsam, o‘sha pul go‘ru kafanimga yarab qolar.

Shunda on hazrat dedilar:

– O‘ligi ham bir balo, tirigi ham bir balo deganlari siz ekansiz-da?!

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Oct, 15:52


​#Yosh_kitobxonga_diqqatiga

Xayriddin SULTONOV.

“Yo, Jamshid!”, hikoya.

O‘tgan asrning 80-yillarida ilg‘or, namunali ishchi-dehqonlar, paxtakorlar hayotidan chuchmal asarlar ko‘paygandan ko‘payib, adabiy jamoatchilikni ancha bezdirib qo‘ygan edi. Xuddi shunday dilgir kunlarning birida, o‘zining qator ajoyib asarlari bilan ustozlar nazariga tushgan navqiron adib Xayriddin Sultonovning “Yo, Jamshid!” hikoyasi paydo bo‘ldi. Adabiy muhitda bamisli chaqmoq chaqnadi! Nima uchun? Chunki Xayriddin Sultonovning ushbu jajji asarida hali o‘zbek o‘quvchisiga xiyla notanish olam – qimorbozlar hayoti qalamga olingan edi. Hikoyada tasvirlar, ifoda shu qadar tiniq va jonliki, o‘yinda katta pul yutqazib qo‘ygan O‘rinboyning uyiga beixtiyor o‘zingiz ham kirib borganday bo‘lasiz. Asar qahramonlari, personajlari, har biri o‘z xarakteri, o‘z xatti-harakati bilan shundoqqina ko‘z oldingizda gavdalanadi. O‘rinboy qimorga boy bergan. Qarzni ertalabgacha to‘lashi kerak. Xonadonda vahimali sukunat. Qarindoshlar yig‘ilishdi. O‘sha qarz pulni to‘plab berish yuzasidan maslahat boshlangan. Hikoyani o‘qish davomida hayotda qimorga yutqazishdan ko‘ra qarindoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, samimiyat, bag‘rikenglik yo‘qolib borayotgani katta fojia ekanligini anglab boramiz. Negadir hikoya qahramoni O‘rinboyni yaxshi ko‘rib qolasiz. Unga xayrixohlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Bu, ayniqsa, hikoyaning yakuniy satrlarida yana bir karra ko‘rinadi. “Yo, Jamshid, xalqim bahamjihat bo‘lsin! Yo, Jamshid, yigitlar yuzi yerga qaramasin!” deb hayqirging keladi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

28 Oct, 13:49


#hikoya

Boybovaning bolalari

O‘limdan go‘zallik qidiraman. Ayniqsa, kuchbermas novvosning boshini yerga xam qilib, tortib shoxidan bog‘lab…

Oldingi oyoqlarini birlashtirib chandib, orqa oyog‘ining narigisidan arqon o‘tkazib, biqinidan itara solib arqonni tortib yiqitganim jonliqning alamzada alpozidan…

Dumini orqa oyoqlari orasidan o‘tkazib mahkam tortganimda qimirlay olmay qolishidan, epchillik bilan to‘rt oyog‘ini chiy­ganimda alamli ixrashidan…

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Oct, 06:51


#olis_yaqin_ovozlar

NODIRA


Nodira ― Samoning maʼsuma qizi,
Kirlangan dunyoda suvday pokizam.
Zulmatga borimni, mayli, yutqizib,
Nur tutsam bir kosa, qonsang toki san.

Nodira, poyingga jonimni ekib,
Koʻzimning yoshidan koʻngil undirsam.
Jamiki dardlarning boshini egib,
Qoshingga baxtlarni boʻyin sundirsam.

​​Nodira, osmonim garchi qop-qora,
Xira tortib borar garchi yulduzim,
Sen umid koʻzlarin tikkan dunyoda,
Alamki, qorayib bormoqda yuzim.

Nodira, koʻkda ot oʻynatib borur
Bir norgʻul suvoriy quyoshdan enib,
Ikki jahoningni aylagay yorugʻ,
Quyoshday boshiga koʻtargay seni!

Nodira, taqdirni yasharsan alqab,
Biz ― ojiz kaslarga qilgay alam-o!
Ayt, qanday goʻzaldir, dunyoga faqat
Koʻngil koʻzi bilan qaramoq!?

Nurmuhammad Abduzoirov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Oct, 04:59


#bir_kuni

Maqsud Shayxzoda bir kuni...

Urushdan keyingi qiyinchilik yillari hozirgi Sayilgoh
koʻchasining xiyoboniga yaqin joyida bir gadoy oʻtirardi, Hazrat
Shayxzoda domla xiyobonning narigi tomonidagi Yozuvchilar
uyushmasiga boradigan boʻlsa, shu bechoraga uch-toʻrt soʻm beray
deb, atayin koʻchaning oʻsha gadoy oʻtirgan tomonidan yurardi. Bu
odat boʻlib ketib, gadoy ham shunga oʻrganib qolgan ekan.
Bir kuni domla oʻsha joyga yaqin qolganda choʻntakka qoʻl
solsa, pul yoʻq – kostyumini almashtirganida pul avvalgi
kiyimida qolibdi. Sir boy bermay “Salom” deb oʻta boshlabdi.
“Ey, birodar”, deb qolibdi shunda gadoy. Domla maqsadga
tushunib: “Pulim yoʻq” desa, “Ishlash kerak!”, debdi gadoy.

Maqsud Shayxzoda

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

28 Oct, 03:35


#Bobosoʻz_izidan

​​“Birpas”mi, “ikkipas”?..

“Biz bilan birpas oʻtiring”, deymiz. Umuman birpas soʻzini biz koʻp ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz ogʻa-inidan bir oʻzi yolgʻiz qolganligini, yetti aka-ukasi esa, tarix toʻzonlarida yoʻq boʻlib ketganligini bilmaymiz. Qizigʻi shundaki, birpas soʻzidagi pas qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan maʼnoni anglatgan. Shuning uchun ham, kechaning bir pasi, kechaning ikki pasi, uch pasi, toʻrt pasi, besh pasi, olti pasi, yetti pasi va nihoyat, sakkiz pasi kabi iboralar tilimizda ishlatilgan. Bir kecha sakkizga boʻlingan. Xullas, ular jami sakkiz ogʻa-ini boʻlishgan. Shuningdek, pas soʻzining “rioya, eʼtibor”, “saqlash, qoʻriqlash” degan maʼnolari ham boʻlgan. Birpas soʻzining paydo boʻlish tarixi “Oʻzbek adabiy tili leksikasi tarixi” kitobida shunday izohlangan. Yaponlarda ham shunga oʻxshash holat kechaning hayvonlar nomi bilan sotalarga boʻlinishi bor.

✍️ Eshqobil SHUKUR
📚 Bobosoʻz izidan


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Oct, 12:58


#kino

“Otamdan qolgan dalalar”

O'zbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani asosida suratga olingan filmni e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

Ushbu roman "Yoshlik" jurnalining 1993-yil 1-sonida eʼlon qilingan.

"Yoshlik"ni kuzatib boring!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Oct, 10:48


#nasr

“Yoshlik” jurnalining 1993-yilgi 1-soni.


Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani.
“Yoshlik” jurnalining 1993-yil 1-sonida ilk bor e’lon qilingan.

Yoshlik” bilan qoling!

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

27 Oct, 06:15


​#Yosh_kitobxonga_diqqatiga

Gabriel Garsia MARKES.

“Atirgulning tikoni”, hikoya.

Bu muhabbat haqidagi go‘zal va mahzun asar. Unda butun hayoti hashamga, farovonlikka burkangan sohibjamol Nena Dakonte va Billi Sanchesning sevgi kechinmalari tasvirlab berilgan. Markes deyarli har bir asarini sermazmun, serishora, qaysidir ma’noda muallif badiiy g‘oyasini o‘zida mujassam etgan satrlar bilan boshlovchi adiblar sirasiga kiradi. “Atirgulning tikoni”da ham shunday alomatni kuzatamiz: “Kechga yaqin chegaraga yaqinlashganlarida Nena Dakonte nikoh uzugi taqilgan barmog‘idan hamon qon tomchilayotganini ko‘rdi”. Asar personajlari qizning ko‘nglidan kechayotgan pok muhabbat hislaridan emas, uni o‘rab turgan boylik, hokimiyat, dabdabali turmushdan ko‘proq hayratlanishadi. Nena esa sevgi sharobidan mast. Qo‘lidagi jarohatni ham keyin payqaydi. Hikoya fojiaviy yakun topsa-da, o‘quvchi ko‘ngliga yorug‘ bir tuyg‘u kirib keladi. Inson umrining bahosi hasham, dabdaba ichida o‘tganligi bilan emas, bir lahza bo‘lsa-da, pokiza muhabbat og‘ushida kechganligi bilan o‘lchanishiga yana bir karra amin bo‘ladi. “Atirgulning tikoni”ni o‘qish jarayonida buyuk adibga xos teran ifodadan zavqlanamiz.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

27 Oct, 04:42


#tavallud

27-oktyabr – yosh iste’dodli shoir Olimjon Suyarov tavallud topgan kun!

DOʻSTLARIM


Janub tomon qushlarimni quvdi shamol,
Xayrlashar siltab-siltab qanotlarin.
Ortlaridan uzoq-uzoq tikilaman,
Men ularning dillarini qonatmadim.

Gʻoyib boʻlar osmonimdan oq bulutlar,
Yuragimga xavotirlar oʻrmalaydi.
Qushlarini kuzatgan bu gʻarib koʻngil,
Bulutlarni nahot qaytib koʻrmagaydir.

Vaqtlar oʻtib, qushlar yana qaytib kelar,
Paydo boʻlar osmonimda yana bulut.
Ammo u dam bulut oʻzga, oʻzga qushlar,
Yurakdan xech avvalgilar b oʻlmas unut.

Olimjon Suyarov

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

26 Oct, 13:19


Kunlardan bir kun ibn Sino Buxorodan Xorazmga karvon bilan yoʻlga tushibdi. Bundan xabar topgan aygʻoqchilar bu haqida Xorazmshohga xabar berishibdi.

Xorazmshoh tabibni yoniga chaqirtirib, uni sinab koʻrish uchun quyidagi savollarni beribdi:
— Birinchi savol: yeyaverasan-yeyaverasan — hech mazasini topmaysan. Bu qanaqa taom. Ikkinchi savol: davolayverasan-davolayverasan— hech davolab boʻlmaydi. Bunaqa kasal?

Shunda ibn Sino shohni hayratda qoldiradigan quyidagi javobni beribdi:

Ibn Sinoning aqlli javobi:
1.Shoshilib yeyilgan taom.
2.Axmoq odam.

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

26 Oct, 07:17


Mirtemir domla: “O‘zi yomon odam emas. lekin she’rlarini o‘qib bo‘lmaydi”

Sa’dulla Siyoyevning “Tazarru” deb nomlangan kitobida Mirtemir domla haqida qiziq bir xotirani o‘qib qoldim. Domlaning shoirlikdan 70 gaz yiroq bir qo‘shnisi bo‘lgan ekan. Yoshi o‘tinqirab qolganiga qaramay she’riyatga davosi katta bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u muqovasi chiroyli kitob chiqarishga ham ulguribdi. Eng qizig‘i, kitobga Mirtemir domladan so‘zboshi ham yozdirib olibdi. Kitob do‘konini aylanib yurib Sa’dulla Siyoev haligi shoirning peshtaxtada yarqirab turgan kitobiga ko‘zi tushibdi. Kitobni varaqlash asno Mirtemir domlaning imzosiga ko‘zi tushib ko‘nglidan: “Ulug‘ allomalar ham adasharkan-da” degan ishtiboh o‘tibdi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Mirtemir domlaning xonadoniga hol so‘rashga borgan Sa’dulla Siyoev: “Biz sizdan xafamiz”, deya o‘pkalagan bo‘libdi. Asl voqeadan xabar topgan Mirtemir domla jilmayib so‘z boshlabdi.

– Senga hayronman. So‘zboshini yaxshilab o‘qib ko‘rdingmi? Shoir debmanmi, yo‘qmi? – deya qo‘liga kitobni tutqazibdi.
Sa’dulla Siyoyev so‘zboshini ikki marta o‘qib chiqibdi. Biroq biror joyda shoir degan so‘zni topa olmabdi. Mirtemir domla qo‘shnisini “qo‘shiqchi”, “nazmgo‘y”, “she’riyat oshig‘i” degan so‘zlar bilan maqtagan ekan.

– Kunday qo‘shnim, ne qilay, bo‘tam? Kunda-kunoro she’r ko‘tarib kiraverib, bezor qilib yubordi. O‘zi yomon odam emas. Lekin she’rlarini o‘qib bo‘lmaydi. Axir, qo‘shnichilik haqini to‘lash kerak-da, a labbay? U yog‘ini so‘rasang, odamning yuzi issiq, – debdi.
Mana bu ikki misra she’r shu shoirniki ekan. Balki oralaringizdan o‘sha shoirni taniganlar chiqar:
Qutlug‘ bo‘lsin, paxtakorlar, xirmoningiz,
Bu dunyoda hech qolmasin armoningiz.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

26 Oct, 04:12


#iqtibos

Xudo har bir bandaning yo‘lini alomatlar bilan belgilab qo‘ygan. Alomatlarning faqat sen uchun yozilganini o‘qiy olmog‘ing darkor.

Alkimyogar
P.Koelo


Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Oct, 13:57


#nazm

BOG‘

Qorong‘i bog‘ ichra oydin bir yo‘lak…
Xufton yulduziday titraydi yurak.
Sevgilar, sog‘inchlar, qayg‘ular bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak…

Suvday totli sohir suxanlar bilan,
Gulga do‘ngan aziz xok-tanlar bilan,
Hazrati Xizr va chiltanlar bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak.

Falakda bir gulzor, yerda bir gulzor,
Har tilda ming da’vo, har dilda ming zor,
Mening ham Xudoga aytar arzim bor,
Shu bog‘da shu kecha aytolsam kerak.

Boryapman o‘z izim, o‘z so‘zim bilan,
Ko‘ksimdagi otash yulduzim bilan,
O‘zini izlagan o‘z-o‘zim bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak.


* * *
Aylanayin ovozingdan, Suv,
Iforingdan aylanay, Havo.
Ko‘nglim ichra aziz bir tuyg‘u,
To‘lqin-to‘lqin esadi navo.

Himmatingdan aylanayin, Yer,
Hayot, senga sharaf va sano!
To‘lib borar ko‘zlarimga nur,
Yuragimga to‘lmoqda Xudo.

Aylanayin ovozingdan, Suv,
Iforingdan aylanay, Havo.

VASF

Javzoning o‘n beshinchi kuni…
Oy to‘ldi.
Xushbo‘y shamol esdi tog‘lar tomondan.
Tun shunday go‘zal ediki,
U haqda she’r yozay desam
Yolg‘onchiga o‘xshab qolaman.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Oct, 12:01


#iqtibos

Yoshlik, bu – orzu. Bu – ishonch. Bu – jasoratga intilish. Bu – lirika va romantika. Bu – kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu – istiqbolning boshlanishi.

N. HIKMAT

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

25 Oct, 11:05


#Yosh_kitobxonga_tavsiya

Lev Tolstoy

“San’at nima?”

(Chto takoye iskusstvo?) falsafiy publitsistik traktat

San’at haqida juda ko‘p yozilgan. Uning asl mohiyati, qanday ehtiyoj zarurati ekanligi, tabiati, namoyandalari borasida nihoyatda ko‘p asarlar bor. Lekin Lev Nikolayevich Tolstoyning “San’at nima?” nomli qariyb ikki yuz sahifali badiha, risola, ilmiy, falsafiy, ijtimoiy traktat, badiiy publitsistika kabi nazariy ta’riflar bilan janr xususiyatini belgilasa mumkin bo‘lgan asari mushohadalarning nihoyatda teranligi va keng qamrovliligi bilan hayratlarga soladi. Mutafakkir zot san’at hodisalari minglab odamlarning yillar davomida chekadigan azoblari, intilishlari hisobidan dunyoga kelishini mushohada ob’yektiga aylantiradi. San’atning turli tabaqa toifalarida jarayonning qanday kechishini kuzatadi. Dirijyorning qo‘l ostidagi musiqachilarga zulm qilishi, haqoratlashi, garchi juda xunuk kayfiyat paydo qiladigan manzara bo‘lsa ham, lekin pirovardida insonga baxtiyor daqiqalar ulashishi bilan ahamiyatlidir. Risolani xulosalar ekan, Tolstoy bobo “San’at zo‘ravonlikka barham berishi kerak. Va faqat san’atgina bunga qodir” degan fikrni ilgari suradi hamda insonlarni san’atgina birodarga aylantirishi, kimligi, qandayligidan qat’i nazar, bir-biriga muhabbat uyg‘ota olishi mumkin bo‘lgan, insonlarga ilohiy tuyg‘ular ulashib, uning o‘zini-da ilohiy dunyolarga yetaklab ketuvchi mo‘jizaviy bir hodisa deya ta’riflaydi. Tolstoyning san’at xususidagi hayratlari va mushohadalari, nazarimizda, har bir san’atkor uchun ibratlidir.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

25 Oct, 06:23


#Yosh_kitobxonga_tavsiya

Abdulla QAHHOR. “Haq so‘zning kuchi”.

Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1989-y.
…Yuqori sinflarda o‘qib yurgan kezlarim, jurnalda bir qissacham bosilib chiqdi-yu, o‘z-o‘zidan “maktab klassigi”ga aylandim-qoldim. Xatlar, sal lofi bilan aytganda, kuniga qoplab keladi deng. O‘zimcha “Yozish oppa-oson ish ekan-ku! Eh-he, men hali…”, deya g‘o‘ddayib ham qo‘yaman. Taqdirning inoyatini qarangki, xuddi shu mahallari qo‘limga Abdulla Qahhor asarlari olti jildligining oxirgi tomi tushib qoldi. Hamon esimda, muqovasi qora edi. Kitobni bir o‘qidim, ikki… Maqolalar, suhbatlar, xatlardan tashkil topgan kitob meni osmondan yerga tushirib qo‘ydi, adabiyot kosibchilik emas, o‘ta murakkab, mashaqqatli hunar ekanligini anglatdi. Men sharillatib yozib tashlayotgan ko‘p mashqlarim “Bo‘ri tishiga sera kislotasining ta’siri” qabilidagi dovdirash, to‘g‘rirog‘i “adabiy brak” ekanligini, “yozuvchi o‘zi his qilmagan narsa to‘g‘risida yozsa, buni o‘qigan o‘quvchi ham hech narsani his qilmasligini” tushundim. Men “yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun iste’dodning o‘zi kifoya qilmasligini, insof ham kerakligini” anglab yetdim. Qarasam, yozganlarimda qoldirishdan ko‘ra o‘chirilishi kerak bo‘lgan joylari ko‘proq ekan…
Qisqasi, bu kitob men uchun o‘ziga xos adabiy kurs bo‘ldi. Kitobdan olingan uzun-uzun iqtiboslarni yon daftarimga ko‘chirib charchamasdim. Oltinchi jild uzoq yillar yostig‘im ostida saqlanadigan kitob bo‘ldi. Shunga qaramasdan, rosa targ‘ib-tashviq etganimdan so‘ng qiziqib qolib, uni olib ketgan bir havaskor tanishim qaytarish muddati kelganida “yo‘qotib qo‘ydim” deb bahona qilganida rosa kuyganman…
Nihoyat 1989-yili Abdulla Qahhorning maqola va suhbatlari besh jild­lik “Asarlar”ning beshinchi jildida chop etildi. Shundan buyon bu kitobni yonimdan qo‘ymayman.
O‘ylab qarasam, Qahhor qalamga olmagan mavzuning o‘zi qolmaganday. Kuni kecha “Yoshlik”chilar “O‘zingiz yoqtiradigan asarlar haqida bir nima yozib bering”, deb qolishganida, men beixtiyor ulug‘ adibimizning “Yaxshi jurnalning qulog‘i xalq ko‘ksida bo‘lishi kerak” degan maqolasini esladim. Yodingizdadir: “Jurnalning endigi vazifalari adabiyotimiz oldida turgan umumiy vazifalardan kelib chiqadi. Adabiyotimiz oldida turgan vazifalar esa hamon xalq hayotini bo‘yamasdan, buzmasdan ko‘rsatish, yaxshi hayot kechirish uchun kurashda xalqqa chin ko‘ngildan yordam berish bo‘lib qoladi”. Hayratlanmay bo‘ladimi: xuddi shu bugun aytilayotganday tuyuladigan bu haroratli so‘zlar 1958 yili qog‘ozga tushgan.
O‘zingiz ayting, bunday kitobni qayta-qayta o‘qimay bo‘ladimi…

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Oct, 04:50


#tavallud

25-oktyabr — iste’dodli shoir Suhrob Ziyo tavallud topgan kun!


Ay suygulim, bizning g‘am-u
bardoshimiz ham birgadir,
Ishq o‘ti yondirgan sham-u
quyoshimiz ham birgadir.
Ko‘zyoshimiz ham birgadir,
ko‘zlar piyolasida lim,
Ay suygulim...

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

25 Oct, 03:27


#Qutlov!

Mohira Eshpo‘latova 1995-yil 25-oktabrda Navoiy viloyatida tug'ilgan. Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari qatnashchisi.
Bir nechta xalqaro konfrensiyalar va yosh ijodkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Duel-2021” tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi.
“Forty first day”nomi bilan ilk kitobi AQSHda chop etilgan.

Izoh: Mohira Eshpo‘latovaning "Qirq birinchi kun" hikoyasi jurnalimizning 2022-yilgi 9-10-sonida nashr etilgan!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

24 Oct, 12:34


#Yosh_kitobxonga_tavsiya

Yigirma yildan so‘ng…

– Ammo yigirma yil yaxshi insonning yomon odamga aylanishiga yetarli muddat, – dedi novcha kishi. – Siz o‘n daqiqa mobaynida politsiya kuzatuvi ostida bo‘ldingiz, muloyim Bob. Biz Chikagodan telegramma oldik. Ular sizni suhbatga chorlashyapti. Tinchgina o‘sha yerga borasiz, shundaymi? Ha, bu oqilona ish. Stansiyaga borishdan oldin sizga berib qo‘yishim so‘ralgan xat bor. Bu politsiyachi Uvellsdan.
G‘arblik kishi kichik bir qog‘oz parchasiga yozilgan xatni oldi. Bamaylixotir o‘qiy boshladi, ammo tugatarkan, qo‘llari qaltirashga tushdi. Xat qisqa va lo‘nda edi:
“Bob, men kelishilgan paytda uchrashuv joyida edim. Sen sigarangni tutatgani gugurt chaqqaningda esa, Chikagoda qidiruv e’lon qilingan kishining yuzini ko‘rdim. Seni ushlab berishga o‘zimning qo‘lim bormadi, shuning uchun boshqa detektivni jo‘natdim.
Jimmi”.

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Oct, 08:43


KAFKA FALSAFASI

Jahon modern adabiyoti daho namoyandasi Frans Kafkaning “Evrilish” hikoyasi qalbim teranliklarida pinhon hissiyotlar dengizini favqulodda dolg‘aga keltirdi; tafakkur nigohlarimni yondosh o‘lchamlar olamiga burib yubordi. Chunki...
“Evrilish” keyin uyg‘onilmaydigan qo‘rqinchli tush... Jahon hikoyachiligi tarixida favqulodda hodisa bo‘lib, hikoyanavislik mahoratini yozuvchi ulkan cho‘qqiga ko‘targan”.
(A.Saidov, “Kafka olami”)
“Evrilish” daho adib va faylasuflarni-da o‘zining sirli olamiga yetaklagan hayratomuz asardir. Haqiqatan...
“Asar ilk satrlardanoq mening yangi hayot yo‘limni belgilab berdi. “Metamorfoza”(aynan “Evrilish” – O.G‘.) jahon adabiyotining eng buyuk asarlaridan sanaladi: “Bir kuni ertalab alg‘ov-dalg‘ov tushlar ko‘rib uyg‘ongan Gregor Zamza qo‘rqinchli hasharotga aylanib qolgan edi”.
(G.G.Markes, “Hayot – faqat yashash emas”. “Yoshlik” jurnali, 2016-yil, 4-son, 49-sahifa)
Ruhiyatimda bo‘ron ko‘targan shu ravish larzakor hissiyotlar junbushini muqaddam paytlar olamshumul “Odisseya”eposi, “Faust” fojiasi, “Jinoyat va jazo”, “Usta va Margarita”,“Jarayon” romanlari hamda “Begona” qissasi mutolaasi chog‘ida ham vujudimda his etganman.
Inchunin, men “Evrilish” falsafasini “entomologik fantastikadan muhimroq narsa sifatida” qabul qildim va zukko Vladimir Nabokov o‘z qarashlarida naqadar haq ekanligini dilimda chuqur e’tirof etdim.
Gregor Zamza – bashariyatning mangu falsafasidir!

Oqiljon G‘ofurov

@yoshlikjurnali
Yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

24 Oct, 05:45


Badiiyatga ko‘chgan zamon surati

Asl muallimlar har bir uchirma qilgan shogirdlarini yurakning bir bandi bilan kuzatadi. Ya’ni qalbi ularda ketadi. Xuddiki joni bolasining ichida turgan onaizor kabi shodumon, baxtiyor va ayni damda g‘amgin-o‘ychan. Bu g‘amgin-o‘ychanlik g‘arib¬lik, yolg‘izlik alomati emas. Bu azbaroyi ko‘rinmas iplar bilan bog‘langan ustoz-shogird robitasidirki, uni faqat qalb bilan his qilish mumkin. Yana bir tomoni, Zokir O‘rin qarshisida bugunning old odami – tadbirkor Xo‘jamboy turibdi! Ustozning shogirdga muhabbati ta’madan yiroq. Ammo Xo‘jamboy buni boshqacha tushunadi. Ustozning yo‘qlab kelishini azbaroyi pulga muhtojlikdan, ko‘zyoshlarini mutelik belgisi deb biladi. Chunki uning qalbi muhrlangan, zang bosgan. U insoniy munosabatlarni-da pul bilan baholashga, o‘lchashga o‘rganib qolgan. Beta’ma insoniy sevgi, mehr unga yot.

Batafsil

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Oct, 04:42


#tavallud

24-oktyabr – iste’dodli shoir Iftixor Xonxoʻjayev tavallud topgan kun!

“PLAN”


Doʻstim betob edi, nochor va kamtar,
Qoʻlimdan kelmasdi tasalli berish.
Bizlar yordam soʻrab borgan odamlar
Kechiring, planda yoʻq, – derdi, – bu ish.

Axir shu odamlar minbarda yonib,
“Avvalo, sogʻliq”, deb aytishgandilar.
Ozgina yoʻtalib qoʻygan kuchugin
Chet elda davolab qaytishgandilar.

Doʻstim betob edi va juda nochor,
Doktor anchagina pul kerak, dedi.
Unga borimizni topshirdik, ammo
Qoʻlda berganiga qush toʻymas edi.

Balki, bu on zotdor itingiz yungin
Silab oʻtirarsiz mehr bilan siz.
Men esa bechora doʻstimni bu on
Tuproqqa topshirdim hech bir plansiz.

Plansiz qogʻozga muhr bosishday
Goh qiyin boʻlarkan oʻzingni bosish.
Meni maʼzur tuting, birodar, asli,
Planda yoʻq edi bu sheʼrni yozish.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

24 Oct, 03:26


#tavallud

24-oktyabr – yosh iste’dodli shoir Asliddin Abdurazzoq tavallud topgan kun!

* * *
Bari o‘tdi.
Umrim – talotum –
Sudralganim rangsiz kunlarim...
O‘tdi
ko‘zda qotib qolgan xun –
tanholikning xudkush tunlari.
Bunda faqat bexud hechlikda
ich-ichimga cho‘kmish qarolig‘.
To‘larkanman shaffof bo‘shliqqa
ketdi tashlab soyalar – og‘riq.
Endi
o‘lim saqlar menda jon,
unutganman yormi, do‘stlarmi...
Og‘ritarmi tuproqni, zotan,
yuzidagi oyoq izlari?!
Bari o‘tdi.
Ko‘z yosh qurigan.
Vijdonga ham sepilmagay suv –
Xudo bergan xudosiz kunlar
iymonida quruq tazarru.
Tark ayladim
har ne mahduddir,
vaqtda mavjud sasu sukutni.
Shamollarning topgan shamoyil
ruhi yanglig‘ o‘tdimu ketdim.
Hammasi shu: munglig‘ xotima,
Toki yodim yitgayki...
Balkim,
unutilgan mangu xotira –
bu dunyodan
o‘tayotgan
men.

Asliddin Abdurazzoq

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

23 Oct, 12:17


#adib_ijodxonasi

Yoshlik bu – dunyoning ozodlik fasli

Bolaligim onamga darddoshlik (to‘ng‘ich qiz edim-da) bilan o‘tgan. Mehnat ichida ulg‘ayganman. Chunki oilamizda faqat onam ishlardilar (avval o‘qituvchi, keyin qishloq soveti raisi bo‘lganlar, “Ural” motosiklini minib yurardilar). Uch amakim, uch tog‘am, ikki enam hamda biz uch bola onam qaramog‘ida edik. Tog‘alarim, amakilarim endi o‘smirlik yoshidan o‘tgan payt­lar, biri ustaga, biri haydovchi­ga shogird, birlari kurslarda o‘qishardi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali

“Yoshlik” jurnali

23 Oct, 11:58


Diqqat, tanlov!

O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI,
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI,
O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI,
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN ISHLARI BUYICHA QO‘MITA


Islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, axloqiy komillik, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini xalqqa, ayniqsa, yoshlarga yetkazish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida buyuk mutafakkir Imom Dorimiy va allomaning ilmiy merosi davomchilari haqida badiiy asarlar yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan bir qatorda barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Asarlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asarlar (elektron varianti bilan) kompyuterda 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lishi zarur.
Belgilangan tartib bo‘yicha taqdim etilmagan asarlar ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi.
Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni o‘qib, baholab boradi. G‘olib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda kitob holida chop etiladi. Mualliflar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantiriladi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2025 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Telefon: 71. 231-83-67.
Elektron manzil: [email protected]

“Yoshlik” jurnali

23 Oct, 09:53


#tavsiya

Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.

Lev Tolstoy

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

“Yoshlik” jurnali

23 Oct, 08:55


#shoir_qalbi

✍️ Islom Ali
🎤 Mahliyo Xurramova

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz