Zakovat + @zakovat_pilus Channel on Telegram

Zakovat +

@zakovat_pilus


Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/mad_max93

Zakovat + (Uzbek)

Zakovat + telegram kanalining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! Bu kanalda yangiliklar, ko'rgazmalar, o'yinlar haqida so'nggi yangiliklar va ko'rsatmalar sizni kutmoqda. @zakovat_pilus foydalanuvchining ismida yangiliklar va ko'rgazmalar ro'yobiga yetishingiz mumkin. Agar siz o'yinlar va ko'rgazmalar bilan shug'ullanib qiziqqan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun! Xizmat ko'rsatish uchun tirikchilik.uz saytiga murojaat qiling. Agar siz ko'zdan kechirmagan ajoyib dunyoga kirishni xohlaysiz, Zakovat + kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabar qiling!

Zakovat +

08 Feb, 18:52


Shu vaziyat.

Manba: Anagramma.

🦉Zakovat +

Zakovat +

08 Feb, 13:38


Oooooo bo'p ketdi...

🦉Zakovat +

Zakovat +

08 Feb, 10:32


Ayollar ligasi 6-turining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yini natijalari

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 11:50


"Dream team" — qiziq narsa. Kanalimizda bir necha bor ushbu loyihaga qo'l urganmiz. Yillar davomida kimlar uchundir o'zgarishlar bo'lgandir.

Hozirgi kunda "Dream team"ingizdan kimlar joy oladi?

Yozib ko'ringlarchi, keyin avvalgilar bilan solishtirib ko'ramiz. Qanchalik o'zgargan ekan.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 07:42


Aytgancha, shuncha tanqidga qaramasdan, 14-fevral munosabati bilan menga kitob sovg'a qiladiganlar topiladimi👀

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 06:10


Aytgancha, anavi kuni nechta farq bilan yutganlik haqidagi ma'lumotlarni topish uchun 2022-yillargacha borib keldim.

O'sha vaqtlarda 24 ta savolning 50 foizi yoki undan kamini topish normal bo'lgan ekan. Hozir 18 ta yoki undan kamroq topilsa, tezda yomonlash boshlanib ketadi :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 06:06


Abbosga esa "eng yomon" paketdagi bir savolning topilishi yoqibdi :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 06:04


Eng qizig'i, o'zimga mavsumda eng yoqqan savollarning 3 tasi ham "Jobir Ahmedov", "Bingo" va "Farrux Rafiqov" jamoalari navbatchiliklarida tushdi — "Oshiq G'arib va Shoxsanam" haqidagi, "Peshona" haqidagi va "Sarg'aygan tishlar" haqidagi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 05:57


Bir hafta ilgari "Qaysi jamoa tomonidan tayyorlangan savollar paketi sizga ko'proq yoqdi" deb savol qo'ygandim. Eng ko'p berilgan javoblar — "Jobir Ahmedov", "Bingo" va "Farrux Rafiqov" jamoalari javoblari bo'ldi. Bir necha kishi eng yoqmagani bizning jamoa paketi ekanini ham e'tirof etdi (Yoqqanlar ham bor ekan).

Biroz oldin ayrim e'tirozlar sabab paketlarda milliy savollar soni bo'yicha o'z taxlilimni boshlagandim. Va "Milliy savol" sifatida e'tirof etish mumkin bo'lgan savollarni ajratib chiqdim.

Va qiziq holatga duch keldim :)

Mavsum boshidan beri shu kungacha o'ynalgan paketlar orasida "Magnum", "Bingo", "Jobir Ahmedov" hamda "Farrux Rafiqov" jamaoalari paketlarida milliy savollar soni boshqa turlardagidan kam bo'lgan ekan.

Shunga menda g'alati xulosa paydo bo'ldi: "Demak, doim "milliy savol, milliy savol" deyilsa-da, lekin aslida paketning yoqishi bu jihatga umuman bog'liq emaskan".

O'zi nima xohlashadi degan savol paydo bo'ldi shundan keyin :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 05:48


Balki akaga Uolli o'yin ekanini, Xalifa Laylak yoki Shoxsanamlar ancha qiyin personaj ekanini aytarmiz :)

Tanqid qilishda biroz adekvat bo'linglar. Hech yo'q, yozishdan oldin taxlil qilib chiqinglar.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Feb, 04:59


"Shaxsiy o‘yin" bo‘yicha Navoiy viloyati ochiq chempionati o‘tkaziladi.

Turnir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlab o‘tkaziladi. Turnirda respublika bo‘ylab oldindan ro‘yxatdan o'tgan barcha ishtirok etishi mumkin. Turnir 2 bosqichda, saralash va asosiy bosqichdan iborat. Asosiy bosqichga saralashdan o‘tgan 50 nafar bilimdon yo‘l oladi.

Ishtirokchilar ism-familyasini ko'rsatgan holda @JXB96 telegram manzilidan roʻyxatdan o‘tishlari shart.

"Shaxsiy o‘yin" bo‘yicha Navoiy viloyati ochiq chempionati 9-fevral (yakshanba) kuni Navoiy shahridagi Yoshlar markazida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Turnir haqida qo‘shimcha ma‘lumotlar va ro'yxatdan o‘tganlar @Navoiy_zakovatNNT rasmiy telegram kanalida e‘lon qilib boriladi.

Turnir g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun: +998943791970

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Feb, 12:19


Mavsum oxiriga ham 2 ta tur qoldi. Qanday transferlarni kutyapsizlar?

t.me/anonaskbot?start=9r95h

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Feb, 06:59


🏆Professional liga qishki mavsumining 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Feb, 06:59


🏆 Birinchi liga qishki mavsumining 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Feb, 06:02


🏆 Ikkinchi liga qishki mavsumining 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Feb, 04:57


19 ta bo'libdi. Yana + 5

Zakovat +

06 Feb, 04:47


Kecha "Zakovat Quiz" o'yinida kimgadir tegishli atir unutib qoldirilibdi.

Murojaat uchun — @Kronos1908

🦉Zakovat +

Zakovat +

05 Feb, 07:42


Natijalar chiqqunicha donat kompaniyasini davom ettiramiz bugun :)

https://tirikchilik.uz/mad_max93

🦉Zakovat +

Zakovat +

05 Feb, 05:41


Kunning ikkinchi raqami — 14.

8-tur bo'yicha kelib tushgan 47 ta apellyatsiyadan 14 tasi qabul qilinibdi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

05 Feb, 05:40


Kun raqami — 40.

Ha, biz bolalikdan o'yinlariga muxlislik qilgan inson bugun 40 ga kiribdi. Messining iqtidorini so'zsiz tan olgan holda, uning o'yinlariga boshqacha mehr bilan qarashim sababi — u mehnat bilan istalgan cho'qqini zabt etish mumkinligini isbotlay olgan.

HBD, GOAT!

🦉Zakovat +

Zakovat +

04 Feb, 07:57


Ha, antiqa o'xshashlik :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

19 Jan, 15:35


😳😳😳😳
Mbappe penaltidan gol urdi.

Zakovat +

19 Jan, 15:04


Victory kanalida Zakovat Oliy Ligasining taniqli bilimdonlari bilan suhbat boʻlishi rejalashtirilgan.

Mehmonlarimiz: Ravshan Ismailov, Otabek Hamzayev va Rushana Rajabova.

Boshlanish vaqti: 20:30.

Oʻzingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz ham mumkin.

Manzil: Victory

Zakovat +

18 Jan, 13:18


Yilning eng yaxshi jamoasi — "Espero"!

🦉Zakovat +

Zakovat +

18 Jan, 13:17


"Yilning eng yaxshi bilimdoni" — Umarxon Sharif!

🦉Zakovat +

Zakovat +

18 Jan, 13:17


"Yilning eng yaxshi ayol bilimdoni" — Madina Mirzaraxmatova!

🦉Zakovat +

Zakovat +

18 Jan, 09:41


Aytishlaricha, bugun "Eng yaxshilar"ni taqdirlash bo'lib o'tadi.

"Eng yaxshi erkak bilimdon" nominatsiyasida g'olib chiqmasligidan xabar topgan Abdulaziz Sultonov bugungi marosimda qatnashmaslikka qaror qilibdi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Jan, 07:30


Darvoqe, Vodiy Quiz'da ham chempionlar kubogi musobaqasi bo'lib o'tibdi. Quiz uchun yangilik desa bo'ladi buni. Sovg'alar esa shunchaki daxshat!

Vodiy Quiz'ning "Navro'z ligasi" ham boshlanar ekan yaqinda, biror kun qatnashib ko'rmoqchiman))

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 18:04


“Zakovat intellektual klubi” NNT - “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida g‘olib bo‘ldi!

Bugun “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” nominatsiyasida – “Zakovat” intellektual klubi” NNT O‘zbekiston Milliy media birlashmasi bilan birgalikda g‘olib deb topildi!

Ma’lumot uchun, ushbu tanlov Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Tanlovda jami 934 ta tashkilot va muassasalar ishtirok etib, ular orasidan 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 13:45


Buni obkemasam bo'masdi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 13:36


Kapitanga nima demaslik haqida mem :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 13:22


Motivatsiya bervorilare. Yaxshi so'zlar bilan...

t.me/anonaskbot?start=9r95h

https://tirikchilik.uz/mad_max93

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 12:35


Ha mayli, apellyatsiyalar o'z yo'liga.

Birinchi ligada "Salam school" dominatsiyasi bo'lib ketibdiku. "Zero" ham ikkinchi o'rinni o'ziga kadastr qilib olibdi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 11:05


🏆 Ikkinchi liga qishki mavsumining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 10:54


Ingliz tilidagi e‘lon fransuz tilidagi elonning tagiga yozilishi kerak.

Inglizchani tepasida Fransuzcha tarjimasi ham bo'lishi kerak.


Ikki apellyatsiya berilgan javob. Biri qabul bo'lgan, ikkinchisi esa yo'q. Alam qildi. Fransuzchasi inglizchani tarjimasi bo'ladiku. Ikki javob mazmunan bir xil emasmi?

Tilshunoslar bo'lsa fikr bildirsinchi...

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 10:49


🏆Professional liga qishki mavsumining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 10:49


🏆 Birinchi liga qishki mavsumining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Jan, 05:20


Oq terakmi, ko'k terak bilimdonlar uchun ishlab chiqilgan intelektual o'yin. Bu o'yin raundlari va shartlari ishtirokchilar aniqlanganidan so'ng e'lon qilib boriladi.

O'yinda 100 nafar bilimdon ishtirok eta oladi. Ushbu o'yin sizga "Kalmar o'yinini" eslatib yuborsa ajablanmaymiz.

Ha aytgandek, ro'yxatdan o'tib ham o'yinda ishtirok eta olmasligingiz mumkin. Chunki, biz ishtirokchilarni saralab olamiz!

Ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar @Diplomat2003 manziliga + belgisini yuborib qo'yishi zarur.

Ro'yxatdan o'tishning so'ngi muddati 20-yanvar soat 23-00gacha.


Tez orada ko'rishguncha🤫

Zakovat +

16 Jan, 03:58


Umumiy 20 ta apellyatsiya qabul qilinibdi. 19 tasi javobni qabul qilish bo'yicha, 1 tasi savolni yechish bo'yicha.

Jadval yaxshigina o'zgarsa kerak :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

12 Jan, 12:41


🏆Традиционно на первом синхроне года проводится Кубок памяти Азиза Алиева, одного из основателей интеллектуального движения в Узбекистане.

В этом году трофей разделили три команды: КАД, Мистерия и Экспериментальная комната.

👏Поздравляем победителей!

#результаты #кубок_азиза_алиева

🦉Zakovat +

Zakovat +

12 Jan, 06:13


Samarqand zakovat klubida movie day boʻlib oʻtyapti. Oʻyinlar translyatsiyasini BU YERDA kuzatishingiz mumkin.

Zakovat +

11 Jan, 12:57


Ayollar ligasi 4-turining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yini natijalari

🦉Zakovat +

Zakovat +

11 Jan, 11:54


#matchday

Klubni ancha sog'inibman. O'zgacha ishtiyoq bilan boryapman o'yinga...

🦉Zakovat +

Zakovat +

10 Jan, 21:10


Abduqodir Sitida!

But... Manchester is Red!!!

Zakovat +

10 Jan, 13:47


#herewego

Aytgancha, bahorgi mavsumdan oldin bizni ham kutilmagan transferlar kutib turibdi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

10 Jan, 11:56


🪖Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” musobaqasi yakuniga yetdi!

👮‍♂️O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ularning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar o‘rtasida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur musobaqada jami 58 ta jamoa ishtirok etdi.

Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Ichki ishlar vazirligining “Generalissimus” jamoasi
🥈2-o‘rin: Milliy gvardiya markaziy devonining “Favorit” jamoasi
🥉3-o‘rin: Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Ofitserlar” jamoasi

🎁 G‘olib jamoalar diplom, noutbuk hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!

🦉Zakovat +

Zakovat +

10 Jan, 05:09


Abduqodir Husanovni narxi > Butun O'zbekiston terma jamoasi narxi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

09 Jan, 09:30


Menku bu :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

08 Jan, 10:50


🤵🏻‍♀️ Ayollar ligasining 4-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 11-yanvar, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 4-tur o‘yini o‘tkaziladi.

📍Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

📝Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Jan, 17:18


Hamid Saharidan yangisi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Jan, 10:32


Wikipediyada "Zakovat intellektual klubi" haqida maqola paydo bo'libdi.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Zakovat_intellektual_klubi

Maqolani tayyorlaganlarga rahmat deb qolaman.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Jan, 09:41


Suhbatlashamizmi...

t.me/anonaskbot?start=9r95h

https://tirikchilik.uz/mad_max93

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Jan, 12:05


Once upon a time in Yoshlik.

Osh tarqatish jarayoni...

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Jan, 06:13


Abduqodir Husanov Realga o'tsa, o'zbekistonlik Barsachilar ham muxlislik qilarmikan :)

Yoki aksincha bo'lsa, Realchilar nima qilamiz :) (Baxtimizga Barsa qiziqmayapti)

🦉Zakovat +

Zakovat +

03 Jan, 09:04


Shu bilimdonlarni sog'inganlar bormidi👀

🦉Zakovat +

Zakovat +

03 Jan, 09:01


🤩 Retro bilimdonlarni sog‘inganlar uchun ajoyib yangilik!

📌 Yakshanba, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida ilk zakovatchilardan tashkil topgan G‘anisher Rahmatullayev jamoasi “Zakovat” teleo‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

🦉Zakovat +

Zakovat +

02 Jan, 13:51


"Zakovat" teleo'yini bo'yicha o'tgan yilgidek nominatsiyalar qilolmadik bu yil...

O'tgan yili o'yinlar stenogrammasi kanalga joylab borilgani uchun statistikani tayyorlash oson bo'lgandi. Bu yil bunday qilolmadik.

🦉Zakovat +

Zakovat +

27 Dec, 10:56


Kanalimiz statistikasi (TGstat versiyasi).

🦉Zakovat +

Zakovat +

27 Dec, 10:53


Kanalimiz statistikasi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

27 Dec, 06:04


Ko'rganlar bo'lsa, "Kalmar o'yini - 2" haqida spoylersiz fikr yozib qoldiringlar. Yaxshi chiqibdimi?

Zakovat +

27 Dec, 05:36


📌 Yakshanba, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi yil finali o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 13:24


🏆Professional liga qishki mavsumining 4-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

4-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 13:23


🏆 Birinchi liga qishki mavsumining 4-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

4-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 11:57


Sonlar o'zgarishda davom etmoqda. Tez orada yakuniy raqamlarni bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 11:40


2-AH ham hozircha 19 ta qabul qilibdi. Jadvalda yaxshigina o'zgarishlar bo'ladi shekilli.

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 10:06


Mana bu mavzuning davomi chiqib qoldi)

Kunlarning birida qaysidir kvizda ko'zim tushib qolgandi. Bir nechta jamoa Entoni Byordjessning mashxur asari nomini "Zavod apelsini" deb tarjima qilgan ekan :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 09:58


Teleo'yinda eng esda qolgan savolingiz qaysi bo'ldi?

Menga "Farrux Rafiqov" jamoasiga tushgan "Nasimiy" haqidagi savol juda yoqqandi (kalendar yili bo'yicha 2024-yilga to'g'ri kelyapti. Aslida 2023-yil mavsumlariga qo'shiladi).

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 09:44


"Zakovat" teleo'yinida bu yil kimning o'yini sizga ko'proq yoqdi? Qaysi bilimdonni o'zingiz uchun kashf etdingiz?

Menga masalan Abbosning jamoasidagi Sardorbek Yo'ldoshevning o'yini juda yoqdi. (Faqat iltimos, "u oldindan zo'r o'yinchi edi" degandek gaplar yozmaylar. O'zim uchun kashf qildim.)

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 09:24


🏆 Ikkinchi liga qishki mavsumining 4-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

4-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 06:41


Oxirgi hakam ham apellyatsiyalarni ko'rib chiqishni boshladi.

Hozircha 1 ta qabul qildi. Qolgan qarorlari endi chiqadi. Natijalar ham bugundan kechikmasa kerak.

🦉Zakovat +

Zakovat +

26 Dec, 05:56


Kim nima eshityapti :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

25 Dec, 06:12


Kecha bir tvitga ko'zim tushgandi. Bir yigit o'z shajarasini yozib qoldirgan ekan. Shundan keyin men nechta ajdodimni bilarkanman deb sanab ko'rdim:

1. Dadamning ismlari — Sharofjon;
2. Bobomning ismlari — Abdurashid;
3. Bobomning otalarining ismlari — (mulla) Abdulhamid (ohun);
4. Bobomning bobolarining ismlari — (mulla) Sharif (ohun).


Biroz uyaldim. Atiga 4 ta ajdodimni bilarkanman.

Sizlar nechtagacha sanay olasizlar?

🦉Zakovat +

Zakovat +

25 Dec, 05:58


3-AH 17 ta apellyatsiyaga ijobiy javob beribdi.

Demak kamida 2 ta apell qabul qilingan bo'lishi mumkin.

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Dec, 15:25


O'zim ham aytdim haftani o'rtasida Toshkentda nima qilib yuribdi deb boya...

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Dec, 15:24


Buxoro "Zakovat" klubining eng jonkuyar a'zolaridan biri Mirshod Ochilov "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlanibdi.

Chin ko'ngildan tabriklaymiz! Bundan ham yuksak e'tiroflarga erishib yuring!

Aka uchun juda ham xursand bo'ldim!

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Dec, 14:15


Zakovat va shaxsiy o'yin.

Yana kimga nima yoqadi?

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Dec, 14:00


Nimadir haqida gaplashamiz. Kettu.

t.me/anonaskbot?start=9r95h

https://tirikchilik.uz/mad_max93

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 13:45


🏆🏆🏆Professional, Birinchi va Ikkinchi liga qatnashchilari diqqatiga!

Ertaga liga o‘yinlari o‘tkazilmaydi

Ligalarning qishki mavsumi 30-noyabr kuni boshlanadi

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 07:27


Savol qiladigan zo'r joylari ham bor :)

Zakovat +

22 Nov, 07:26


Haliyam ko'rmaganlar bo'lsa, ko'rish tavsiya qilinadi.

Zakovatchilar haqidagi hazillariga dumaladim)

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 06:57


"Geksagon"chi bola profligada o'ynarkan.

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 06:02


Yil voqeasiga variantlar yozib ketinglarchi.

Masalan, "Espero"ning qayta tiklanib, "Marafon", "O'zbekiston chempionati" va mavsum o'yinida g'olib bo'lishi yoki "Metaverse"ning mavsum chempionligi kabi. Istalgan narsa bo'lishi mumkin. Sardor Ahmedovning "Espero"dan ketishi kabi voqealar ham.

Men uchun Bahodir ketib qolganidan keyin marafonda uchlikka kirib qolganimiz yil voqeasi masalan)

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 05:56


Kanalimiz versiyasi bo'yicha "Yilning eng jamoasi"ni aniqlashda yordam beruvchi reyting.

Umumiy ballni hisoblashda 1-o'rinlar uchun uch, 2-o'rinlar uchun ikki, 3-o'rinlar uchun bir ball berildi.

Lekin g'olib faqat reyting bilan aniqlanmaydi. Top-10 jamoa sardorlari va kanal a'zolari fikri ham inobatga olinadi. Shuningdek, yil davomida bo'lib o'tgan yirik turnirlardagi ishtirok ham ahamiyat kasb etadi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 05:32


"Eng yaxshi bilimdon" O'zbekiston chempionatida e'lon qilingani uchun natijalarni 2 yildan beri "O'zbekiston chempionatidan - O'zbekiston chempionatigacha" hisoblardik.

Bu yil hamma musobaqalar taqvimi moslandi. Kelasi yildan nasib qilsa "yanvardan-yanvargacha" tizimiga o'tamiz.

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 05:21


Oldinda marafon va chempionlar kubogi qoldi. Katta ehtimol bilan shu ikki musobaqa g'olibni aniqlab beradi.

Lekin g'olib faqat reyting bilan aniqlanmaydi. Top-10 jamoa sardorlari fikri va kanal a'zolari fikri ham inobatga olinadi. Shuningdek, yil davomida bo'lib o'tgan yirik turnirlardagi ishtirok ham ahamiyat kasb etadi.

*agar tugab ulgursa, kuzgi mavsum shaxsiy o'yin ham.

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 05:16


Kanalimiz versiyasi bo'yicha "Yilning eng yaxshi bilimdoni"ni aniqlashda yordam beruvchi reyting.

Hozircha raqobat ancha qiziq ketyapti. Juda ko'pchilikda imkoniyatlar bir-biriga yaqin juda.

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Nov, 05:12


#stats

Zakovat teleo'yini kuzgi mavsum o'yinlarining Yutub videoxostingida ko'rilish soni (22.11.2024 holatiga):

1.
Farruh Rafiqov jamoasi o'yini (final) — 56 519 marta;
2. Uchqun Tillayev jamoasi o'yini (shoumatch) 123 561 marta;
3. Bobur Yoqubov jamoasi o'yini 65 322 marta.
4. Muhammadamin Karimjonov jamoasi o'yini 43 206 marta;
5. Farrux Rafiqov jamoasi o'yini51 565 marta;
6. Abbos Salaydinov jamoasi o'yini50 055 marta;

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 15:54


Rahmatlar va dil izhorlarni kutaman :)

https://tirikchilik.uz/mad_max93

Zakovat +

21 Nov, 15:23


"Toshkent zakovat klubi"da bo'lib o'tayotgan profliga mavsum o'yinlari (2016-2024) umumiy reyting jadvali.

*2020-yil bahorgi mavsum hamda 2021-yilgi yozgi mavsum o'yinlari karantin tufayli oxiriga yetkazilmagan;
*2021-yil kuzgi mavsum o'yinlarida reyting hisobi yuritilmagan.

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 15:05


Profliga jamoalari apellyatsiya natijasida nechtadan ochko qo'lga kiritishgani haqida jadval.

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 14:37


#stats

Profliga:
1.
Eng ko'p g'olib bo'lgan jamoa — "Metaverse", "Benom", "Magnum" va "Farruh Rafiqov" (2).
2. Eng ko'p 2-o'rinni olgan jamoa — "Metaverse" (5).
3. Eng ko'p 3-o'rinni olgan jamoa — "Magnum", "Bingo", "Farruh Rafiqov", "Sodiq school" (2).
4. Bir o'yinda eng ko'p topgan jamoa — "Espero" (33/36).

1-liga:
1.
Eng ko'p g'olib bo'lgan jamoa — "Seven school", "KB", "Kriptonit", "Musaffo osmon" (2).
2. Eng ko'p 2-o'rinni olgan jamoa — "Seven school" (4).
3. Eng ko'p 3-o'rinni olgan jamoa — "KB" (3).
4. Bir o'yinda eng ko'p topgan jamoa — "1DAM" (28/36).

2-liga:
1.
Eng ko'p g'olib bo'lgan jamoa — "Lorem Ipsum" (5).
2. Eng ko'p 2-o'rinni olgan jamoa — "Error", "Armada" va "Zakologik" (2).
3. Eng ko'p 3-o'rinni olgan jamoa — "Parabellum" (5).
4. Bir o'yinda eng ko'p topgan jamoa — "Lorem Ipsum" (22/24).

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 14:32


Ikkinchi liga kuzgi mavsum o'yinlarida boshqa hech bir jamoa tomonidan topilmagan savollarni topish bo'yicha statistika:

1. "Orient", "Pi kvadrat", "NBU-Rezerv", "Griffindor"
va "O'zbekligim" jamoalari — 1 tadan;

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 14:18


Birinchi liga kuzgi mavsum o'yinlarida boshqa hech bir jamoa tomonidan topilmagan savollarni topish bo'yicha statistika:

1. "NBU-Yoshlik"
5 ta;

2. "Troya" va "Clay" jamoalari4 tadan;

3. "Kriptonit", "Influenserlar" va "KB" jamoalari — 2 tadan;

4. "Musaffo osmon", "Effect'", "Jazzda faqat qizlar", "Wisdom", "Alfa", "Ukademiklar" va "Last version" jamoalari — 1 tadan;

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 14:10


Birinchi liga kuzgi mavsumida jamoalar topgan savollar soni va foiz ko'rsatkichlari.

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 14:04


Profliga kuzgi mavsum o'yinlarida boshqa hech bir jamoa tomonidan topilmagan savollarni topish bo'yicha statistika:

1. "Espero", "Respect", "Benom", "Jobir Ahmedov" va "Yengil kavaleriya" jamoalari — 2
tadan;

2. "Ekspromt", "Brain time", "Nostalgy" va "Sodiq school" jamoalari — 1 tadan;

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 13:21


Professional liga kuzgi mavsumida jamoalar topgan savollar soni va foiz ko'rsatkichlari.

"Bingo" jamoasining bunchalik pastga tushib ketishi sababi esa oddiy — ular eng oson bo'lgan navbatchilikda ishtirok etishmagan :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 11:48


#savollar

📃 “Zakovat” klubi tomonidan o‘tkazilgan Professional va Birinchi liga kuzgi mavsumi savollari:

1-tur Bingo jamoasi savollari
2-tur Metaverse jamoasi savollari
3-tur Sodiq school jamoasi savollari
4-tur Espero jamoasi savollari
5-tur Doston Malikov jamoasi savollari
6-tur Farruh Rafiqov jamoasi savollari
7-tur Jobir Ahmedov jamoasi savollari
8-tur Benom jamoasi savollari
9-tur Magnum jamoasi savollari
10-tur Saidakrom Rasulev savollari

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 11:23


🤣🤣🤣

Lekin rosdanam shunday bo'lgandi)

🦉Zakovat +

Zakovat +

21 Nov, 07:08


Shu kabi tarqatmalarni (2-5 ta so'zlik) jamoalarga berish shartmi deb o'ylay boshladim oxirgi kunlarda. Tayyor ekranlar bor, shu yerga chiqarish kifoya qilmasmikin.

Har holda qog'oz isrof qilib, tabiatga zarar yetkazishning oldi biroz bo'lsa ham olinardi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 16:37


Proflarga cheklov yo'q. Birinchi marta bakalavr va magistratura bosqichida o'qiyotgan prof bilimdon talabalar qandini ursin.

Maza qilinglar.

Shundan keyin ham "cheklov cheklov" deydiganlarni bittalab bloklayman :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 16:33


🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 16:30


Oliy ta’Iim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 16:30


📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗓 Joriy yil dekabr oyida talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir - Intellektual olimpiada musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan!

🧑‍🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi

💪 Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Erudit-kvartet
Shaxmat
Shashka

1️⃣2️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi

📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani [email protected] elektron pochta manziliga o‘zining rasmiy elektron pochtasi orqali 30-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi lozim bo‘ladi

📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan

🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi

ℹ️ Musobaqaning hududiy saralash bosqichi sanasi keyinroq e’lon qilinadi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Zakovat +

20 Nov, 14:28


🏆 Ikkinchi liga kuzgi mavsumining 10-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

10-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 14:26


Qishki mavsumda jamoalarning joylashuvi butkul o'zgarib ketarkan. O'tgan mavsumdagi top-10 jamoaning hech biri oldingi mavsumdagi joyida qolmaskan.

🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 14:06


Sodiq School/Jobir Ahmedov:

Manba
: ZakoWhat?

🦉Zakovat +

Zakovat +

20 Nov, 13:53


5-6-7

Shunchaki daxshat.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Nov, 06:01


📝 UOSCH Umumiy ochiq sinxron chempionati 3-tur o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Turnir 19-noyabr, seshanba kuni 19:00 da o‘tkaziladi

🌍  Musobaqa 5 ta tilda (o‘zbek tilida ham), ko‘plab davlatlarda sinxron o‘tkaziladi

👥 O‘yinda qatnashish uchun jamoalar o‘yin kunidagi 6 kishilik tarkibini ko‘rsatib, ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tishda agar jamoadagi biror bilimdon rating.chgk.info saytidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ID raqamini ko‘rsatishi so‘raladi

Savollar soni: 36 ta. Musobaqada savollar qiyinlik darajasi o‘tgan turdagidek yuqori bo‘lishi kutilmoqda

📍 Manzil: Zakovat arena

@Toshkent_ZakovatNNT

Zakovat +

15 Nov, 10:05


Hududlarda nima gap?

1. Qoraqalpog'iston "Zakovat" klubi
kuzgi mavsum 9-turidan keyin "Armageddon" peshqadamlik qilmoqda. "Berkut" jamoasining chempionga aylanishi uchun yetakchining katta ochko yo'qotishi talab etiladi. "Mag'ripat" jamoasini esa uchinchi o'rin bilan bemalol tabriklasak bo'ladi.

2. Andijon "Zakovat" klubiprofligada mavsum yakuniga 1 tur qolganida "Tiki-Taka" yetakchilikni qo'lga olgan. "Balans"da esa "Berkut" bilan deyarli bir xil holat. Faqat farqi, ular uchun ikkinchi o'rin kafolatlanmagan — "Shedevr" va "Introvert" istalgan payt ularni quvib o'tishi mumkin.

3. Buxoro "Zakovat" klubi — mavsum boshida yaralangan qushga aylangan "Maestro Academy" jamoasi so'nggi tur oldidan "Insayt"ni 6 ochko ortda qoldirgancha birinchilikni egallab turibdi. "Avangard" va "Misteriya" sovrinli o'rin uchun kurashadi. So'nggi turdan keyin ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin...

4. Farg'ona "Zakovat" klubikuzgi mavsum ham "Reunion" va "Oltiariq" o'rtasidagi jangga aylanib ketibdi. Hozircha kurashda "Reunion" g'alaba qozonmoqda. "Alfraganuz" esa katta ehtimol bilan uchlikni yakunlab beradi.

5. Jizzax "Zakovat" klubi sakkizinchi turdan "Anduril" raqiblaridan 9 ochkoga ilgarilab ketibdi. "Infinity" ikkinchi, "Intellekt" esa uchinchi o'rinda boryapti. Ularni "Semper fortis" izma-iz quvib kelmoqda.

6. Namangan "Zakovat" klubi profligada doimgidek "Pentagon" "Alif" jamoasi "Pentagon"ni 8 ochkoga ortda qoldirib, chempionlik ostonasida turibdi. "So'nggi tur oldidan "Kapitoliy"da ham chempionlik imkoniyati saqlanib turibdi. "Brigada" esa yetakchilar yaxshigina qoqilishini so'rab duo qilayotgan bo'lsa kerak...

7. Navoiy "Zakovat" klubi kuzgi mavsum profligani "O'tukan"chilar yutib olishga yaqin turibdi. Buning uchun so'nggi tur jadvalida "Antanta"dan yuqorida turish talab qilinadi. "Black hole" esa uchinchi o'rinni o'ziniki qilibdi.

8. Qashqadaryo "Zakovat" klubibu mavsumda ham "Google" chempionlikka yaqin — "Antanta"ning ham ularni taxtdan ag'darishga kuchi yetmadi. "Diamond" va "Magnum" so'nggi turda 5 million egasini aniqlab berishsa kerak.

9. Samarqand "Zakovat" klubiprofligada "Galacticos" jamoasi muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritibdi. "Legion", "Tafakkur" va "Feniks" jamoalari 10-turda kimlar uchlikda bo'lishiga oydinlik kiritishadi.

10. Sirdaryo "Zakovat" klubi — Sirdaryoda "Sarbon" jamoasi o'z nomiga munosib tarzda sarbonlikni qo'lga olgan. "Seven" ikkinchi, "Nokaut" esa uchinchi o'rinda bormoqda. Shu bilan birga, "Alliance" jamoasi pelatondan atigi yarim ochko ortda bormoqda...

11. Surxondaryo "Zakovat" klubi — ushbu hududda profliga o'yinlari 10-turidan oldin chempionlik uchun intriga avjida — "No comment" va "Everest" 84,5 ochkodan jamg'argan holda g'oliblik uchun kurashmoqda. Ulardan keyingi o'rinlarda "Ideal Plus" va "S-team" jamoalari bormoqda. Va ular kim chempion bo'lishi katta qiziqish bilan kuzatib turishibdi...

12. Xorazm "Zakovat" klubi — "Idrok" jamoasi muddatidan oldin kuzgi mavsum chempioniga aylandi. "Zehn", "E-Auksion" va "Ural" sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda. Bu yoqda ham so'nggi tur biroz alangalaydi...

13. Toshkent viloyati "Zakovat" klubi — ortda qolgan 8 tur natijasiga ko'ra profligada "Megaminds" va "Positive intriga" jamoalari chempionlik uchun kurashmoqda. "NotIQ" va "Centurion" esa sovrinli o'rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

🦉Zakovat +

Zakovat +

15 Nov, 09:55


Surxondaryolik bilimdon Odiljon Abduraxmonov Toshkent shahrida o'tkazilgan taekvando bo'yicha jahon chempionatining U-18 guruhi 63 kg vazn toifasida 1-o'rinni qo'lga kiritib, jahon chempioniga aylanibdi.

Yosh bilimdonni sportdagi ulkan natijasi bilan tabriklaymiz!

🦉Zakovat +

Zakovat +

15 Nov, 07:45


"Zakovat" bo'yicha yana nima yozsak bo'ladi?

Takliflarni kutamiz.

Zakovat +

15 Nov, 07:25


Ikkinchi ligada esa intriga deyarli o'lib bo'lgan. "Diamond"ni biz kecha terma jamoadan kutgan mo'jizagina Birinchi ligaga olib chiqishi mumkin.

"Lorem Ipsum" birinchi o'rinni, "Error" esa uchinchi o'rinni berib qo'ymasa kerak. Lekin baribir, umid intixoda o'ladi. Ungacha esa kutmoq va umid qilmoq kerak.

🦉Zakovat +

Zakovat +

15 Nov, 07:21


Hop, birinchi ligada g'oliblik uchun kurash so'nggi tur oldidan ham so'roq ostida turibdi.

Xo'sh, "Seven school" g'oliblikni qo'lga kiritadimi yoki "KB" profligaga g'olib sifatida yo'l oladimi? "Kriptonit"chi, balki ular mo'jiza ko'rsatar...

"Musaffo osmon" 11 ochkolik farqni yo'qotib, profligaga qayta oladimi?

Bularning barchasi ertaga, kuzgi mavsum so'nggi turidan keyin ma'lum bo'ladi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

15 Nov, 05:15


Buxoroga borganimizda shahar "kal" holatda ekanidan juda ajablangandim. Toshkentda daraxt kam deymiz odatda, lekin Buxoroning men ko'rgan qismlarida daraxtlar juda ham oz edi.

Umid qilamiz, kelajakda bu holat bartaraf etiladi.

Mirshod aka, yangi ishda omad!

🦉Zakovat +

Zakovat +

14 Nov, 18:44


Islom ham yaxshi fikrlar yozibdi

https://t.me/Xurramov_Islom/203

Zakovat +

14 Nov, 13:47


Bir kishi kam bo'lib qolgan Eronga qarshi qanday o'ynash bo'yicha master-klass o'tyapti KXDR.

Zakovat +

14 Nov, 12:09


🏆 Ikkinchi liga kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

14 Nov, 09:42


Nima deysizlar, chempionlar soni 8 taga yetarmikin :)

Zakovat +

14 Nov, 09:41


Zakovat profligasida hozirgidek hisoblash tizimiga 2016-yilgi kuzgi mavsumdan o'tilgan. O'shandan beri quyidagi jamoalar mavsum chempioni bo'lishga erishgan:

1. Eng birinchi mavsum chempioni —
"Farruh Rafiqov" jamoasi (86,5 ochko bilan);
2. Hozirgacha faqat 7 jamoa mavsum chempioni bo'lishga erishgan — "Farruh Rafiqov", "Renessans", "Jobir Ahmedov", "Espero", "Benom", "Sodiq school", "Magnum";
3. Eng ko'p ochko bilan chempion bo'lgan jamoa — "Espero" (2024 kuz, 192,5)*;
4. Eng ko'p chempion bo'lgan jamoa — "Espero" (10 marta);

Jamoalar quyidagi mavsumlarda chempion bo'lishgan:
1. "Espero" — 10 marta
(2018 kuz, 2018/2019 qish, 2020 kuz, 2020/2021 qish, 2021 bahor, 2021/2022 qish, 2022 bahor, 2022 yoz, 2022 kuz, 2024 yoz);
2. "Renessans" — 4 marta (2016/2017 qish, 2017 bahor, 2019 kuz, 2019/2020 qish);
3. "Jobir Ahmedov" — 4 marta (2017 kuz, 2017/2018 qish, 2018 bahor, 2023 kuz);
4. "Benom" — 3 marta (2022/2023 qish, 2023 bahor, 2024 bahor);
5. "Farruh Rafiqov" — 2 marta (2016 kuz, 2019 bahor).
6. "Sodiq school" — 1 marta (2023 yoz).
7. "Magnum" — 1 marta (2023/2024 qish).

(Karantin tufayli ayrim mavsumlarda musobaqalar o'tkazilmagan. Bir mavsumda ochkolar hisoblanmagan. 2 mavsum esa oxiriga yetmay qolgan.)

*10 ballik tizimda Renessans 2019-yil kuzgi mavsumda 103,5 ball (olish mumkin bo'lgan ochkoning 94 %i) to'plagan.

🦉Zakovat +

Zakovat +

14 Nov, 09:17


Profligada 5-o'rin uchun kurash taxminan shunaqa :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

14 Nov, 09:13


"Benom" va "Farruh Rafiqov"da nazariy jihatdan imkoniyat bor bo'lsa-da, kurashdan uzoqlashib qolishibdi. Profliga yangi chempion ko'rishni xohlamoqda.

Ko'ramiz, "Magnum" bunga qarshilik qila olarmikin.

5-o'rin uchun kurash ham qiziq tus olgan :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

14 Nov, 09:08


🏆Professional liga kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

14 Nov, 09:08


🏆Birinchi liga kuzgi mavsumining 9-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

13 Nov, 10:52


Shaxsiy o'yin saralashida men :)

Manba.


🦉Zakovat +

Zakovat +

13 Nov, 08:21


🤵🏻‍♀️ Ayollar ligasining 2-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 16-noyabr, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 2-tur o‘yini o‘tkaziladi.

📍Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Zakovat arena binosida o‘tkaziladi.

📝Ayollar ligasida jamoalar ushbu havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

🦉Zakovat +

Zakovat +

11 Nov, 09:05


Tasodifni qarang :)

Farqi, ularda "ALFA" rad qilishga asos bo'lgan ekan.

🦉Zakovat +

Zakovat +

11 Nov, 05:54


Aytishlaricha, Edgar Dega kun kelib uning kartinalaridagi ma'noni tushunmagan xotini shunchaki "Nimaligini anglamadimu, lekin juda ham ajoyib" deyishidan qo'rqib, butun umr uylanmasdan o'tgan ekan.

Sen nega haliyam bo'ydoqsan :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

11 Nov, 05:17


Bayram bilan baxtli odamlar :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

09 Nov, 10:03


Bir ko'nglimdagi video bo'pti.

🦉Zakovat +

Zakovat +

09 Nov, 09:47


Bilagi zo'r birni yiqar, bilimi zo'r bir milliardni.

23 yoshli KIMYO (o'lay agar shu fanni hech qachon tushunmiman) fani o'qituvchisi Mohira 2 yilda o'zi xalqaro olimpiadaga tayyorlagan o'quvchilar orqasidan 1 mlrd so'mdan ko'proq pul mukofoti egasifa aylanibdi.

Shunchaki qoyil!

23 yoshda men:
- Dada pulim tugab qoldi, plastikka tashlab yuborasizmi :(


🦉Zakovat +

Zakovat +

08 Nov, 14:01


⚡️ “Tahlil”da Musaffo osmon jamoasi!

🤵🏻‍♂️ Loyihamizning 13-sonida tajriba tariqasida Birinchi ligadan Musaffo osmon jamoasi o‘yinini ko‘rib chiqamiz

👉🏻
To‘liq videoni ko‘rish

🦉Zakovat +

Zakovat +

08 Nov, 05:32


Azoblash xizmati...

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Nov, 11:55


🏆 Ikkinchi liga kuzgi mavsumining 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

07 Nov, 07:49


Savol tuzuvchilar uchun layfxak :)

Eski bo'lsa ham tashlab qo'yay shuni :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Nov, 09:05


Dilim bilim Trampiston.

Zakovat +

06 Nov, 06:10


Menga siyosiy raqobatdan ko'ra mediaraqobat qiziqroq.

Xo'sh, Ilon Mask va uning "X"i kuchlimi yoki Eminem hamda Teylor Sviftmi?)

🦉Zakovat +

Zakovat +

06 Nov, 05:57


USA is red! (deyarli)

🦉Zakovat +

Zakovat +

05 Nov, 10:13


Kelasi turda "Espero"ga qarshi tushibmiz...

🦉Zakovat +

Zakovat +

05 Nov, 09:41


🏆Professional liga kuzgi mavsumining 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

05 Nov, 09:41


🏆Birinchi liga kuzgi mavsumining 8-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

04 Nov, 09:56


Pavel Yershov o'z kanalida UOSCH 1-turidagi savollardan birini tanqid qilibdi.

Lekin o'sha kuni bu savolni juda osonlik bilan topgandik biz.

Odam bir mazza qiladiye shunaqa joylarida (Garchi, umumiy natijamiz Yershovnikidan kam bo'lsa ham)

🦉Zakovat +

Zakovat +

04 Nov, 07:25


Faqat rostini ayting — shu bilimdon "Dream team"ingizda bormi?!

Manikida yo'q masalan :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 14:14


Van Gogdan tashqari bu savolning ham juda gyuzal ekanini o'sha kuniyoq Abdulazizning o'ziga ham aytgandim. Shunchaki daxshat ma'lumot va qiziq savol bo'lgan. Haqiqatda, grob bo'lgani alamli. Topish kerak edi buni.

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 13:02


O'tgan o'yindagi 9-savol bo'yicha yechishga apell yozgandim. U ham qabul bo'lmabdi.

Bu savol tuzish texnikasini to'g'ri deb hisoblamayman. Oldin bo'lgan navbatchiliklarni birida "Fransua" deb aytilgan odamning oxirida Rene Magritt bo'lib chiqqani kabi.

Fikrimni tushuntiraman:

1. Tobut savolida o'yin jarayonida natijalar ko'rsatib turilgani yo'q. Bundan tashqari, biror savolning hech bir jamoa tomonidan topilmagani e'lon qilinmadi ham. Bunday holda "Bizda hozircha ULAR 1ta" degan jumlani jadvalga bog'lash juda qiyin masala. Ya'ni, jarayondan kelib chiqib, javob talab qilishni to'g'ri deb baholamayman (agar ko'rsatib turilmasa hamda e'lon qilinmagan bo'lsa).

Misol uchun, sham haqida umuman hech kim bilmaydigan faktni berib, masalan, 3 ta savolimizni hamma topsa "Bizda ularning soni 3 ta" desam jamoalar buni qanday topishlari kerak?

2. Fransua Magritning ikkinchi ismi ekan. Lekin Magritni biz asosan Rene ismi bilan taniymiz.

Masalan, Pablo Pikassoda nechtadir oraliq ism bor. Ularning istalgan birini (orasida hatto inglizchaga yaqini ham bor edi) berib, javobda Pikassoni so'rashim biroz g'alati bo'ladi.

Bu savol tuzish texnikalari balki noto'g'ri emasdir. Lekin baribir, shaxsiy qarashimda to'g'ri emas. Fikrlar subyektiv.

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 12:50


Qadimda ota-bobolarimiz quduqlarga go'shtlarini qo'yib saqlashgan. Shunda quduqni muzlatkichga o'xshatishim to'g'ri bo'lmaydimi?

Qanday qilib mos kelmaganini tushunmadim. Undan ko'ra, yechishga yozilgani qabul bo'lib, bizni apellarga "yechishga yozilgan apellyatsiya qabul qilingan" deb yozib qo'yilgani yaxshi edi :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 12:44


🏆Professional liga kuzgi mavsumining 6-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 12:44


🏆Birinchi liga kuzgi mavsumining 6-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 12:43


🏆 Ikkinchi liga kuzgi mavsumining 6-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

6-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

24 Oct, 12:11


📌 Ertaga, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Uchqun Tillayev jamoasi kuzgi mavsum doirasidagi shou o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

🦉Zakovat +

Zakovat +

23 Oct, 14:14


🧬 Yakshanba kuni o‘tkazilgan Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasidagi Zakovat turnirida namoyish etilgan videorolikda o‘quvchilarga genetika bilan bog‘liq qiziqarli videorolik namoyish etildi

📹 To‘liq videorolikni ko‘rish

🦉Zakovat +

Zakovat +

23 Oct, 06:49


🏆 Rus tilida bo'ladigan Zakovat Professional ligasi birinchi mavsumi yakunlandi.

🥇1-o'rin — "Экспериментальная комната" (Yegor Drujinin, Djiyana Ichigeyeva, Igor Muzikin, Valeriy Kim, Askar Zaitov, Aleksandr Li, Olga Kireyeva, Ruzel Xaliullin; shuningdek, Dmitriy Plotnikov ham jamoa uchun bir bosqichda o'ynagan).

🥈 2-o'rin — "Мистерия"
(Sardor Ahmedov, Narine Bagdasaryan, Akram Ikramov, Rustamxo'ja Saidaminov, Artyom Semyonov, Timur Kafiatullin; shuningdek, Aleksandr Raykov ham jamoa uchun bir bosqichda o'ynagan).

🥉3-o'rin — "КАД" (Abdulaziz Jalilov, Barno Jalilova, Elbek Nurmuxamedov, Azamat Nabiyev, Dmitriy Baranov, Abdulaziz Sultonov; shuningdek, Aleksey Semyonov ham jamoa uchun bir bosqichda o'ynagan).

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Oct, 13:55


Intellektual mazoxizm uchun keldik :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

22 Oct, 13:20


Namanganda ham qahramonlar tantanali kutib olindi.

Ular Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirida 2-o'rinni qo'lga kiritishgandi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

19 Oct, 18:11


"Yana uylaning deydi... Yo'q, ko'nmaganman bu taklifga... Bunday bo'lishi mumkinmasda... Menda bunday bo'lishi mumkinmas... Shuncha yil yashab... Erkakning ishi emasda..."

Kimlardir esa sog'lom xotini sal kasal bo'lsa, onasinikiga jo'natib yuboradi...

Zakovat +

19 Oct, 17:48


Ko'ringlar. Qiziq film bo'libdi. Hammasi boricha ko'rsatilgan. Ayrim ko'zbo'yamachiliklar ham boricha berilgan.

"Mening oldimga kelganlarning ko'pchiligi rasmiyatchilik uchun rasmga tushishadi. Rasmga tushmoqchi bo'lsangiz, bemalol, rasmiyatchilik uchun tushib beraveraman..."

🦉Zakovat +

Zakovat +

19 Oct, 16:01


Aytgancha, "Like cup"da yirik hisobda mag'lub bo'libmiz.

🦉Zakovat +

Zakovat +

19 Oct, 15:59


UOSCH 22-oktyabrda deyilmaganmidi :)

Lekin, ancha qiyin o'tgan bo'lsa ham, savollar yoqdi. Har bir ochkoni qiynalib, ter to'kib oldik. Rahmat.

🦉Zakovat +

Zakovat +

19 Oct, 08:15


Aytgancha, bugun 16-20 da "Like cup" 2-turi doirasida "Kotta bolla"ga qarshi o'yin bor.

Murod Xolmuhammedov, Server Jeparov, Shahboz Erkinov, Akbar Ismatullayev kabi sobiq yulduzlarning o'yinini sog'inganlar bo'lsa, borib tomosha qilishingiz ham mumkin :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

19 Oct, 07:38


📝 UOSCH Umumiy ochiq sinxron chempionati 2-tur o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Turnir 22-oktabr kuni 19:00 da o‘tkaziladi

🌍  Musobaqa 5 ta tilda (o‘zbek tilida ham), ko‘plab davlatlarda sinxron o‘tkaziladi

👥 O‘yinda qatnashish uchun jamoalar o‘yin kunidagi 6 kishilik tarkibini ko‘rsatib, ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tishda agar jamoadagi biror bilimdon rating.chgk.info saytidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, ID raqamini ko‘rsatishi so‘raladi

Savollar soni: 36 ta. Musobaqada savollar qiyinlik darajasi o‘tgan turdagidek yuqori bo‘lishi kutilmoqda

📍 Manzil: Zakovat arena

🦉Zakovat +

Zakovat +

18 Oct, 18:56


👀

🦉Zakovat +

Zakovat +

18 Oct, 18:54


Shunaqqib kim finalga chiqdi👀

Zakovat +

18 Oct, 13:39


📌 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi kuzgi mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 11:02


Al-Badr 3-1 Zakovat.

Gollar: Bobur Imamov (1-0), Muhammadali Khan (2-0), Badriddin Xusniddinov (3-0) — Ravshanbek Xursanov 3-1.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 10:13


Farruh Yoqubjonov Kapadzeni o'yindan "snyat" qildi :)

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 10:01


Tarkiblar.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 09:57


Hala "Zakovat"!

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 09:56


O'yinni onlayn ko'rmoqchi bo'lganlar uchun:

https://t.me/my5tv?livestream

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 09:39


Jamoamiz chigalyozdi mashg'ulotlariga kirishdi.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 09:35


🏆Professional liga kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 09:35


🏆Birinchi liga kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

17 Oct, 07:31


🏆 Ikkinchi liga kuzgi mavsumining 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

🦉Zakovat +

Zakovat +

16 Oct, 17:59


Aytgancha, raqibimiz "Al-Badr" tarkibida Timur Kapadze ham bor ekan...

🦉Zakovat +