Zabarjad Mediа @zabarjadmedia Channel on Telegram

Zabarjad Mediа

@zabarjadmedia


«Zabarjad Media» nashriyoti rasmiy kanali


Murojaat uchun: t.me/Sotuv_Zabarjad

🌐Facebook: fb.com/zabarjadmedia
🌐Instagram: instagram.com/zabarjadmedia

Zabarjad Mediа (Uzbek)

«Zabarjad Mediа» kanali yangi ilovaga ega bo'lgan nashriyot. Ushbu kanal orqali yangiliklar, maqolalar va videolar bilan tanishishingiz mumkin. Zabarjad Media sizni dunyo va mamlakatimizdagi eng so'nggi voqelar bilan ta'minlaydi. Kanal bilan bog'lanish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

🌐 Facebook: fb.com/zabarjadmedia
🌐 Instagram: instagram.com/zabarjadmedia
🌐 YouTube: https://youtube.com/@ZabarajadMedia?si=3o4buNAchOsCF8gZ

Barcha so'nggi yangiliklar va qiziqarli ma'lumotlar uchun Zabarjad Media kanaliga obuna bo'ling! Sizni doimiy yangiliklar bilan ta'minlaymiz.

Zabarjad Mediа

19 Jan, 14:41


#video

Sizdan ham shunday holat boʻlgani aniq 😁

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

18 Jan, 10:26


Yangi kitob kutayotganlar uchun 😊

Bilamiz, nashriyotimizdan yangi kitoblar kutyapsiz. Aytmoqchi bo‘lganlarimiz kutganingizga arziydi.

Ko‘pchilikning sevimlisiga aylangan «Londondan muhabbat ila» kitobi tarjimoni Ilhom Salimov bilan hamkorlikda yangiliklar tayyorlab qo‘yganmiz. Shu kunlardan ijodkorning bitta tarjima kitobi va muxlislari uchun tuhfa bo‘la oladigan mualliflik kitobi nashrdan chiqish arafasida.

Tez kunda Ilhom Salimov ijodiga yana bir bor baho berish imkoniga ega bo‘lasiz. Va biroz muddatdan keyin adabiy uchrashuv tashkil qilish niyatidamiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

17 Jan, 04:45


«Bu kitob nima uchun nashr qilindi?» ruknimizni boshlab qo‘ygan ekanmiz-ku 😊

6 oy oldin, «Nimaga aynan fentezi?» degan savol bilan Ma’mura opaga murojaat qilib, javob olgandik. «Taxtlar o‘yini» kitobiga keyinroq qaytamiz.

Izohlarda ko‘p so‘ralgan Sara Joning «Londondan muhabbat ila» asari ruknning keyingi kitobi bo‘ladi.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

16 Jan, 14:52


Haqiqiy muxlis 😍

«Taxtlar o‘yini» kitobi haqida qo‘yilgan postning izohiga yuqoridagi suratlar kelibdi. Kitob uchun alohida tayyorlangan albom. Kitobni o‘qishlari balki hafsala bilan bejirim albom tayyorlashlari bizni xursand qiladi.

So‘rashingizni bilamiz, turkumning davomi hisoblangan «Qirollar to‘qnashuvi» haqida yangiliklarni tez kunlarda e’lon qilamiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

16 Jan, 05:29


#yangilik

O‘zgacha rukn 💡

Yangi ruknga start bermoqchimiz. Nashriyotimizda chop etilgan har bir kitobning tarixiga yuzlanib, «Bu kitob nima uchun nashr qilindi?» degan savolga javob berishga qaror qildik.

Bir asar nashr etilar ekan, uning o‘ziga xos sabablari bo‘ladi. Noshir faoliyati davomida chiqarishni orzu qilgan, bir xodimning taklifi ma’qul keladi yoki tarjimon yaxshi asarning tarjimasi bilan eshik qoqadi. O‘ylaymizki, nashrga tanlash jarayoni kitobxonlarimiz uchun qiziq bo‘ladi.

Birinchi bo‘lib qaysi kitob haqida aytishimizni xohlaysiz?
Izohda yozib qoldiring, ko‘p so‘ralgan kitob bilan ruknimizni boshlaymiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

14 Jan, 15:27


#video

«Taxtlar o‘yini» kitobini o‘qiganlarga tanish holatmi? 😊

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

04 Jan, 06:33


#jamoa #tabrik 🎉

Bugun nashriyotimiz asoschisi va rahbari Ma’mura Qutliyevaning tavallud ayyomlari! Ushbu munosabat bilan jamoamiz nomidan Maʼmura opani chin dildan tabriklaymiz.

Millat o‘g‘il-qizlarining ilmli bo‘lishi, kitobga mehr qo‘yishi, xalqimizni kitoblarga qaytarish uchun qilayotgan mehnatlarini qadrlaymiz. O‘zbek noshirlari orasida ilk ayol noshir sifatida 5 yil vaqt davomida «Zabarjad Media» nashriyotini eng yaxshi nashriyotlar orasiga qo‘sha oldilar va hozirgi kunda ham bu yo‘ldan og‘ishmay olgʻa bormoqdalar.

Ma’mura opaga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-u saodat, kelajak ishlarida zafarlar tilaymiz. Bizga bosh bo‘lib turar ekanlar, mudom yonlarida qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz.

Doimo shunday shijoatli, go‘zal ayol bo‘lishingizni tilab, nashriyot qora ko‘zlari!

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

03 Jan, 06:42


#sarhisob

2024-yil nashriyotimiz uchun barakali yil bo‘ldi. Kitob ixlosmandlari uchun yaxshi kitoblar taqdim eta oldik, deb o‘ylaymiz.
Keling, ortda qolgan yil davomida qanday kitoblar nashr etilganini ko‘rib chiqsak:

⏺️«Jadid adabiyoti namoyandalari» turkumi doirasida Alixonto‘ra Sog‘uniyning eng sara asarlari jamlangan kitob nashri bilan yil boshlandi.

⏺️Fentezi muxlislari uchun haqiqiy tuhfa bo‘lgan Jorj R.R. Martinning «Taxtlar o‘yini» asarini hech shubhasiz nashriyotimizda Yil kitobi deb e’lon qilsak bo‘ladi.

⏺️Uzoq tanaffusdan keyin Mirzohid Muzaffar tarjimasi bilan Madlen Millerning «Kirka» va Pol Osterning «Nyu-York trilogiyasi» kitoblari premyerasi bo‘lib o‘tdi.

⏺️Yil so‘ngini esa o‘zligimizni anglash, ming yillardan buyon og‘izdan og‘izga o‘tib kelayotgan xalq dostonlari, qo‘shiqlar, ertaklar, topishmoq va tutallarni xalqimizga yana bir bor tuhfa etish baxtiga musharraf bo‘ldik. «O‘zbek xalq og‘zaki ijodi» to‘plami Shomirza Turdimov boshchiligidagi O‘zRFAning bir guruh folklorshunos professor-olimlari bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Yakunlagan yilda qadrli kitobxonlarni yaxshi kitoblar bilan xursand qila oldik deb o‘ylaymiz.

🗓 Oldimizda turgan 2025-yil rejalari bilan sizni qisman tanishtirib o‘tsak. Bu yildagi asosiy maqsadimiz to‘plam kitoblarga e’tibor berish, ya’ni nashrdan chiqadigan kitoblar bir nom va turkum ostida birlashtiriladi.

⏺️«Jadid adabiyoti namoyandalari» turkumi yana davom etadi. Vadud Mahmud, Shokir Sulaymon, Elbek, Sadriddin Ayniy («Inqilob» romani ilk marotaba o‘zbekcha tabdili bilan), G‘oziy Yunus, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadidlarimizning nomlari to‘plamga qo‘shiladi.

⏺️2025-yil nashriyotimizda bolalar adabiyoti yili bo‘lishi kutilmoqda, «Quyoshim» nomli 100 kitobdan iborat turkum uchun ishlar boshlanib, «Terabitiya ko‘prigi» va «Meri Poppins» kitoblari to‘plamni ochib beradi.

⏺️Tarjimon Ilhom Salimov bilan ham bir qancha kitoblar ustida ishlar boshlangan. Kitob nomlari hozircha sir, ammo yilning kutilmagan tuhfalari bo‘lishi aniq.

⏺️Ko‘pchilikning sevimlisiga aylangan 7 kitobdan iborat Klayv Steypliz Lyuisning «Narniya solnomasi» to‘liq holda Sardor Salimov tarjimasida e‘tiboringizga havola etiladi. Kitoblar uchun mualliflik huquqi olinib, tarjima jarayoni ham yakunlanish arafasida va har bir kitob uchun illyustratsiyalar ishlanmoqda.

⏺️«Turkiy adabiyot durdonalari» rukni ostida professor Nasimxon Rahmonov bilan hamkorlikda tuhfa hozirlab qo‘yganmiz.

⏺️«Qirollar to‘qnashuvi»ni siz kabi biz ham kutyapmiz 😉

⏺️Hattoki o‘zimizdan ham qizg‘anadigan sirlarimiz bor…

⏺️Jorj R.R. Martindan ilhomlanib yangi yilda Jon R.R. Tolkinga murojaat qildik. Tolkin bobo faqat «Zabarjad Media» bilan ishlashni vasiyat qilgan ekan, yo‘q deya olmadik 😄

Yangi yilda bir-birdan qiziqarli nashrlar ila sizlarni xursand qilish istagimiz bor. O‘zbek kitob bozorini sifatli kitoblar bilan boyitish, o‘zbek kitobxoniga asl kitoblarni taqdim etish o‘zgarmas maqsadimiz bo‘lib qoladi. Zero kitob bir marta o‘qib foydalanib qo‘yiladigan buyum emas, yillar davomida javoningizni bezab, vaqt o‘tsa-da, qayta-qayta murojaat qiladigan haqiqiy xazinangiz bo‘lishi kerak.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

31 Dec, 19:05


Yangi yilingiz muborak boʻlsin 🎉

Zabarjad Mediа

28 Dec, 14:05


#video

Addushi kechirim so‘raymiz 😉

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

28 Dec, 10:02


1 yillik xatcho‘p 🔖

Noodatiy va foydali xatcho‘pni e’tiboringizga havola etyapmiz 😊

Yuqoridagi fayldan xatcho‘pni chiqarib olishingiz mumkin. U sizga bir yil davomida kitob o‘qishda hamroh bo‘ladi.

Foydalanish tartibi:
1. Tepa qismiga xatcho‘pdan foydalanayotgan yilingiz va shu yilda nechta kitob o‘qishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, kitoblar sonini yozib qo‘yasiz.

2. Asosiy jadvalni kunlik necha sahifa o‘qiyotgan bo‘lsangiz, o‘sha orqali to‘ldirib borasiz (gorizontal qismida oylar, vertikal qismida kunlar yozilgan).

3. Kitoblarni necha yulduz bilan baholaganingiz va necha betlik kitob o‘qiganingizni pastdagi qismda mos qatorga belgilaysiz.

4. Yil davomida aniq o‘qilgan kitoblar sonini yozib, oxirgi qismda yil boshidagi maqsadingiz bilan taqqoslashingiz mumkin.

Xatcho‘p 2025-yil davomida sizga eng yaxshi yordamchi bo‘lishiga ishonamiz. Do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying 😉

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

27 Dec, 10:09


#mem

«Kitob xarid qilmayman!» deyishda ehtiyot bo‘ling 😉

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

26 Dec, 12:12


«Yil yakuni» chegirmasida kimlar kitob xarid qildi?

Qanday kitoblarni oldingiz?


Izohda fikrlaringizni kutib qolamiz.

*chegirma tugashiga 5 kun qoldi

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

26 Dec, 05:28


#jamoa #tabrik

Bugun nashriyotimiz Sottisi, qadrli a’zosi Onajon Ro‘zimovaning tavallud ayyomi munosabati bilan tabriklaymiz.

Sotti deyilishiga sabab «shpionligi» emas 😁, qaynonasi(Ma’mura opa)ning oʻng qoʻli boʻlgani, doim nima qayerda turganligini bilgani, kimga biror narsa kerak bo‘lsa yordam bera olgani uchun aytilgan. Shu jihatlari bilan Onajonni hurmat qilamiz.

Kelajakdagi hayot yo‘lida, kasbiy faoliyatida Onajonga muvaffaqiyat tilaymiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

21 Dec, 13:26


🛵 Yetkazib berish

Nashriyotimizdan kitob buyurtma qilsangiz, qanday yetkazib beriladi?

Bu haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tamiz:

Toshkent shahridan buyurtma bersangiz, Yandex taksi orqali yetkaziladi yoki o‘zingizga qulay bo‘lsa, nashriyotdan kelib olib ketishingiz mumkin

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatlardan buyurtma bersangiz, kitoblarni Starex pochtadan yuboramiz. Agar siz yashaydigan shahar, tumanda bu pochta ofisi bo‘lmasa, sizga qulay bo‘lgan istalgan boshqa pochta xizmatlaridan yuboramiz (EMU, Fargo, UzPost, BTS).

*yetkazib berish xarajatlari oluvchi tomonidan to‘lanadi

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

20 Dec, 07:34


#chegirma 🎉

«Yil yakuni» nomli katta chegirmalarni qashi oling. 20-dekabrdan 31-dekabrgacha belgilangan miqdorda xarid qiling va sevimli kitoblaringizga chegirmada ega bo‘ling:

100 000 so‘mdan boshlanuvchi xaridlar uchun 10% 😊

200 000 so‘mdan boshlanuvchi xaridlar uchun 20% 😎

300 000 so‘mdan boshlanuvchi xaridlar uchun 30% 🤩

500 000 so‘mdan boshlanuvchi xaridlar uchun 35% 🥳

Siz so‘radingiz, bir muhayyo qildik ☺️
Shoshilamiz, 10 kun ichida xarid qilishga ulgurib qoling!

*bundan oldingi barcha chegirmalar amal qilishdan to‘xtaydi, yil oxirigacha yuqoridagi foizlardan foydalanishingiz mumkin

🔊Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

30 Nov, 14:50


#video

Bir urunishda sahifani oching 📖

Nashriyotimizda qiziqarli o‘yin o‘tkazdik.
Siz ham albatta sinab ko‘ring.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

29 Nov, 07:06


#video

Yomg‘irli kun uchun qanday rejalar tuzasiz?

Izohda yozib qoldiring.


🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

28 Nov, 06:32


#challenge

Nashriyotimiz kitoblarining umumiy bo‘yi qanchaligi bilan qiziqdik 🤔. O‘lchab ko‘rsak, 53 sm chiqdi, bo‘yi ancha cho‘zilib qolibdi. Ha aytgancha, bu yerda faqat qattiq muqovalilar.

Xo‘sh, xazinangizning bo‘yi qancha?

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

27 Nov, 07:34


#video

Uni xursand qilish oson
@sotuv_zabarjad ga yozing

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

26 Nov, 08:40


#tadbir

Hurmatli kitob ixlosmandlari!

«Zabarjad Media» nashriyotining yosh va qalami o‘tkir tarjimoni Mirzohid Muzaffarni kitobxonlar bilan yaqinlashtirish; «Rangin qushcha», «Taxtlar o‘yini», «Nyu-York trilogiyasi» va «Kirka» asarlari yuzasidan paydo bo‘lgan o‘y-fikrlar va hislarni bevosita tarjimon bilan o‘rtoqlashish uchun siz azizlarni 1-dekabr 11:00 da tashkil qilinayotgan adabiy uchrashuvga taklif qilamiz.

Ushbu tadbirda sizni ajoyib adabiy suhbatlar, qiziqarli o‘yinlar, shuningdek, kamtargina dastxat marosimi kutmoqda.

Ehtirom bilan nashriyot jamoasi!

📍Manzil: Bunyodkor shohko‘chasi, 3A uy, EduMaster tadbirlar zali

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

25 Nov, 14:13


#tadbir

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

23 Nov, 11:09


#aksiya

1-dekabrgacha xarid qilgan kitoblaringizga «sotib olinganligi haqida sertifikat» va skotch qo‘shib beramiz.


P.S: Bu aksiya nashriyotimizdagi hamma kitoblar uchun amal qiladi.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

23 Nov, 07:02


#foydali

Kitob o‘qiganda ko‘zlar toliqmasligi uchun 3 maslahat

1. To‘g‘ri yoritish

Kitob o‘qiyotganda yorug‘likning to‘g‘ri tushishi eng muhim jihat hisoblanadi.

Yorug‘lik yuqoridan yoki chap yon tomondan (o‘ngdan chapga o‘qiladigan matnlarda o‘ng yon tomondan) tushish lozim.

Elektron kitob o‘qiyotganingizda, ekran yorug‘ligi xona yorug‘ligidan yuqori bo‘lmasin.


2. 20-20-20 qoidasi

Har 20 daqiqada tanaffus qiling va 20 soniya davomida 20 fut (taxminan 6 metr) masofada turgan buyumlarga qarang.

Mashq qilish ko‘zingizni ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘ymaydi.


3. Tik holatda va masofa saqlab o‘qing

Ko‘zlardan kitob yoki ekrangacha bo‘lgan masofa 30-40 sm bo‘lishi zarur.

Yotgan yoki tanani bukilgan holatida o‘qimang – bu ko‘z va bo‘yin mushaklarining toliqishiga olib keladi.

Qomatingizni tekis tuting.


Ko‘proq kitob o‘qishimiz uchun bu qoidalar juda muhim, kitobxon do‘stlaringizga yuborib qo‘ying.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

23 Nov, 04:11


Tanlov uchun suratlar bugun 23:59 gacha qabul qilinadi. Natijalar dushanba kuni e’lon qilinadi.

Zabarjad Mediа

22 Nov, 15:11


#video

«Rimlik ayol» kitobini oʻqiganmisiz?

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

19 Nov, 16:03


Hattoki o‘zimizdan ham qizg‘anadigan sirlarimiz bor

Zabarjad Mediа

18 Nov, 14:28


#jadidadabiyoti

«Jadid kulliyoti» to‘plamidagi kitoblar ilk bor qachon nashr etilgan?

📖 «Sabsazor» to‘plami 1914-yil 22-avgustda Toshkentda «Ilin bosmaxonasi»da nashr etilgan va 49 sahifadan iborat bo‘lgan.

📖 «O‘zbek yosh shoirlari» to’plami 1922-yili Toshkentdagi «Turkiston davlat nashriyoti»da chop etilgan va 105 sahifadan iborat bo‘lgan.

📖 «Ichkari» 1926-yili «O‘zbekiston Davlat nashriyoti»da eski o‘zbek yozuvida chop etilgan.

📖 «Buloqlar» she’rlar to‘plami dastlab 1923-yili «Turkiston davlat nashriyoti»da chop etilgan.

📖 «Go‘zal yozg‘ichlar» to‘plami 1923 va 1925-yillarda nashr qilingan.

📖 «Uyg‘onish» she’rlar to‘plami 1922-yili Toshkentda Turkiston jumhuriyatining davlat nashriyotida chop etilgan.

📖 «Ulug‘ Turkiston» to‘plamidan 1917-yil 25-apreldan 1918-yil 30-noyabrgacha chiqqan shu nomdagi gazetaning sara maqola va xabarlari o‘rin olgan.

📖 «Adabiyot parchalari» to‘plami 1926-yili «O‘zbekiston davlat nashriyoti»dan maktab o‘quvchilari uchun darslik sifatida nashr etilgan.

Mazkur to‘plamdan qaysi kitoblarni mutolaa qilgansiz?

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

18 Nov, 07:25


#buqiziq

Lev Tolstoy va uning so‘nggi romani «Tirilish» haqida qiziqarli ma’lumotlar:

Asar 1889-yildan boshlab, 10 yil davomida 1899-yilgacha yozilgan.

Roman asosida naqd 32 ta film va seriallar ishlangan.

Romanning qo‘lyozma nusxasi 8000 sahifadan ortiq bo‘lgan.

1891-yilda muallif barcha asarlarining mualliflik huquqidan voz kechadi va ularni bashariyat mulki deb e’lon qiladi.

Lev Tolstoyning asarlari jami 114 ta tilga tarjima qilingan.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

14 Nov, 08:42


Muqovaga o‘z hissangizni qo‘shishni xohlaysizmi?

Xabaringiz bor, Ketrin Petersonning «Terabitiya ko‘prigi» kitobini nashr qilish arafasidamiz.

Ammo biz ikkilanib qoldik: kitob muqovasida film qahramonlarini tasvirlaymizmi yoki boshqa uslubdan foydalanamizmi? Nashriyot jamoasi ikkiga bo‘lingan ☹️.

Shuning uchun kitobxonlar fikrini ham bilishni xohladik. Oramizda ko‘pchilik shubhasiz filmini ko‘rgan. Ayni paytda bizga yordamingiz zarur. Muqova qanday bo‘lishini istaysiz?

Fikrlaringiz biz uchun muhim, o‘z g‘oyasi tasdiqlangan kitobxonga sovg‘amiz bor 😉.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

09 Nov, 15:17


Tez kunda...

Sahifalari qatida bolalik yashiringan kitob

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

08 Nov, 13:48


💬 Keling bir suhbatlashamiz!

Qadrdon kitobxonlarimiz bilan suhbat qurishni istadik. Izohda nashriyotimiz faoliyatiga oid savollaringizni bering, biz esa batafsil javob beramiz.

Do‘stlaringizni ham suhbatimizga taklif qiling 😉

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

07 Nov, 13:40


#mehmon

Bugun nashriyotimizga o‘z mahallalarida kutubxona ochib ko‘pchilik mehrini qozongan Shahnoza Navruzova tashrif buyurdilar. Albatta, suhbat kitob va kitobxonlik atrofida bo‘ldi. Jamiyatimizda kitobga befarq bo‘lmagan fidoyi insonlar borligidan faxrlanamiz. Shahnoza Navruzovaning mahallada tashkil qilgan kutubxonalari andozasida Toshkent shahrida ham 109 ta mahalla kutubxonalari tashkil qilindi. Tashkil qilingan kutubxonalar faoliyatida Shahnoza Navruzovaga omad tilaymiz va doim ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

05 Nov, 14:45


Nyu-York trilogiyasi – uch hikoya. Har bir hikoyada o‘ziga xos qahramonlar va sirlar Nyu-York shahriga bog‘lanadi. Pol Oster detektiv voqealarni falsafiy mulohazalar bilan uyg‘unlashtirib, Nyu-Yorkni sirli va kutilmagan burilishlar to‘la makonga aylantiradi.

Suratlar sun’iy intellekt tomonidan yaratildi.

🔊Buyurtma uchun: @sotuv_zabarjad

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

26 Oct, 15:35


#yangi_nashr

Kutilgan va kutilmagan kitoblar yaqin kunlarda kitobxonlarga taqdim etilish arafasida 😍

Kutubxonangizda naqd 14 ta kitob uchun boʻsh oʻrin tayyorlab qoʻysangiz boʻladi.

Yuqoridagi suratda kitoblarning bir qismi.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

25 Oct, 15:30


#taqriz

📖 Madlen Miller – Kirka

“Dunyo oʻta jirkanch makon. Biz esa uning bagʻrida yashashga majburmiz”

Kirka. Quyosh xudosi Helios va dengiz nimfasi Perseysning toʻngʻich farzandi. Bolalikdan sevilmagan, istalmagan, har doim kamsitib kelingan ma’buda. Yolgʻizlikka doʻst tutingan, har yerda begona sanalgan Kirka.

Madlen Miller bu asarida Kirkani isyonkor, kuchli qilib tasvirlaydi. Qadimgi yunon diyorlarining patriarxal tuzumiga qarshi bosh koʻtargan qahramon edi bu.

“Ayollarni tinmay yerga urish baxshilarning eng sevimli mashgʻulotidek tuyulardi menga. Yerda sudralgan koʻyi sochimizni yulib yigʻlamasak, xuddi rivoyat oʻz sehrini yoʻqotadigandek”

Uning qobiliyati ham tangrilarga tugʻma in’om etilgan emas, balki uzoq yillik matonat bilan qilingan mehnat natijasi edi.

Bu asarda Kirkaning yoʻli Odissey, Prometey, Medeya, Yason, Afina kabi mashhur qahramonlar bilan kesishadi. Ularning taqdiriga Kirkaning nigohi bilan nazar tashlaymiz. Yunon mifologiyasidagi eng muhim hikoyalarni bir nuqtaga jamlagan asar bu.

Va albatta, Kirkaning oʻzini, oʻzligini anglashi, oʻz “men”iga yetib borishigacha boʻlgan jarayonning guvohi boʻlasiz. Mutolaa jarayonida anglaganim, ming yillardan beri hech narsa oʻzgarmagan. Yashash sharoitlarimiz oʻzgargan boʻlishi mumkin, ammo muammolarimiz, ogʻriqlar va oʻy-xayollarimiz oʻzgarishsiz qolmoqda.

Muallif bu asarida ayol tabiatining serqirra va murakkabligini ochib bergan. Kirka qiz, opa, yor, ona, doʻst edi. Uning hikoyasiga turli nuqtalardan nazar tashlar ekanmiz, ayol zotining mukammal portretini koʻrishimiz mumkin.

Asarning tiliga toʻxtalsam. Huddi dostonlardek oʻqiladi. Bu endi yozuvchining mahoratimi yoki tarjimonniki, tushunolmadim, ammo ilk sahifalaridanoq asar sizni olis yunon oʻlkalariga olib ketadi. Tashbehlar oʻz oʻrnida qoʻllanilgan. Jumlalar toʻgʻri koʻnglingizga yetib boradi. Nasr va nazm toʻqnashgan nuqtada yaralgan bu asar.

Agar yunon mifologiyasi bilimdoni boʻlsangiz, asar sizga voqealarga yangi rakursdan qarash imkonini beradi. Bordiyu bu boradagi bilimlaringiz menikiga oʻxshab u yer-bu yerda eshitgan/oʻqigan, filmlarda koʻrilgan uzuq-yuluq ma’lumotlar bilan cheklangan boʻlsa, ularni boyitib, tartibga solish uchun ayni muddao. Hech qanday bilimga ega boʻlmasangiz ham oʻylanmang, asar sizni yunon ma’budlarining sehrli olamiga qanday olib ketganini bilmay qolasiz. Xullas, barchaga tavsiya qilaman.

Dildora Rustamova

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

25 Oct, 08:00


O‘zbek xalq og‘zaki ijodi 🎩

Tutallar (tez aytish)

Xalq – donishmand, xalq – daho. Ming yillar davomida xalq tomonidan yaratilgan og‘zaki ijod namunalari o‘zida ulkan ma’rifat, tajriba va tafakkur tarzini tashib kelgan. Bolalari aqlli, zehnli va ziyrak bo‘lishini istagan o‘zbek xalqi qadim-qadimdan ular uchun turli o‘yinlar, sanamachoqlar, tutal (tez aytish)lar va chaldirmoqlar kabi kichik janrdagi og‘zaki ijod namunalarini yaratib kelgan.

Bular orasida tutallar ayrim nutq tovushlarining ko‘p qaytarilishi yoki tovushlarning so‘z va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi.

Tutallar bolada nutq ravonlashishi, har bir tovushning aniq va to‘g‘ri talaffuz qilinishi, so‘z boyligining ortishi hamda gap mazmunini qisqa va lo‘nda yetkaza olish mahoratining oshishiga xizmat qiladi.

Tutallardan namunalar:

Chumchuq chug‘urchiqni cho‘qimasa,
Chug‘urchiq chumchuqni cho‘qimaydi.


Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk.

Boqi qoqini Soqiga sotdimi?
Soqi qoqini Boqiga sotdimi?


Olim Olimadan olma oldimi?
Olima Olimdan olma oldimi?


Tutallarni aytib ko‘rishga harakat qiling ☺️

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

24 Oct, 15:10


#video

Nashriyotda "qotillik" yoxud Muharrirning kasb kasalligi

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

24 Oct, 06:14


«Kirka» yoki «Nyu-York trilogiyasi»

Qaysi kitobni birinchi boshladingiz?

Boshlagan kitobingiz haqida ilk taassurotlaringiz bilan bo‘lishingiz mumkin.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

22 Oct, 06:00


O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarining qaysilari bilan tanishsiz?

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

22 Oct, 04:18


#ovozlichat 🎙

💬 «Suhbat»imizning 3-soni. Dildora Karimova, Dildora Rustamova: Ayol, Oila, Karyera va Kitob

Jonli efirda ishtirok eta olmagan boʻlsangiz, yozib olingan audiodan bemalol tinglashingiz mumkin. Keyingi ovozlichatlar uchun takliflaringiz bo‘lsa izohlarda yozib qoldiring, sizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilishga tayyormiz.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

21 Oct, 15:30


https://t.me/ZabarjadMedia?livestream

Shu post ostiga savollaringizni yozib ketishingiz mumkin.

Zabarjad Mediа

21 Oct, 15:30


Live stream started

Zabarjad Mediа

21 Oct, 15:30


Live stream scheduled for

Zabarjad Mediа

21 Oct, 11:31


#ovozlichat 🎙

❗️Bugun 20:30 da bo‘ladigan Suhbatimizda qatnashish yodingizdan chiqmasin.

Zabarjad Mediа

21 Oct, 05:00


#bayram

21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

20 Oct, 09:30


#ovozlichat 🎙

Suhbat 3-son

«Ayol, oila, karyera va kitob» Dildora Karimova (@doctorsmind), Dildora Rustamova (@dildora_bookaholic)

Bu galgi suhbatimiz bevosita kitobxonlik bilan bogʻliq. Mehmonlarimiz oila, mehnat faoliyati va kitobxonlikni bir vaqtda uddalayotgani bilan qadrli.

Balki suhbatimizdan keyin sizda ham bahonalarga oʻrin qolmas.

❗️Suhbatni o‘tkazib yubormaslik uchun eslatmani yoqib qo‘ying.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

20 Oct, 05:29


#video

«Taxtlar o‘yini» kitobini o‘qishda ehtiyot bo‘ling 😉

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

19 Oct, 05:59




Hattoki o‘zimizdan ham qizg‘anadigan sirlarimiz bor


🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Zabarjad Mediа

17 Oct, 05:00


❗️Pol Osterning «Nyu-York trilogiyasi» kitobi to‘g‘rilangan qayta nashrdan keldi. Ertadan boshlab oldindan buyurtmalarni yetkazishni boshlaymiz, nashriyotimizdan olib ketmoqchi bo‘lganlar ham ertadan olishlari mumkin.

Zabarjad Mediа

16 Oct, 15:15


#qahramon

Kirka – Aiaye orolida yashaydigan jodugar, Helios (quyosh tangrisi) va Perseysning qizi. Ismining kelib chiqish tarixini tilshunoslar burgut yoki qirg‘iy so‘zlariga borib taqalishini yozgan. «Odissey» dostonida Odisseyning odamlarini to‘ng‘izga aylantirib qo‘yadi, lekin Odissey uni yakkama-yakka bahsda yenggach, uni o‘ziga ma’shuqa qilib oladi, odamlarini o‘z hollariga qaytarib, o‘zi bilan yashashga ruxsat beradi va takror yelkan ochganida ularga yordam beradi. Kirka G‘arb adabiyotida Ovidiy, Jeyms Joys, Eudora Velti va Margaret Etvud kabi atoqli yozuvchilarga ilhom parisi sifatida xizmat qilgan.

Yuqorida Kirka qahramoni uchun ishlagan tasviriy san’at asarlari.

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!