Ba'zi shunday shedevr asarlar borki, bularning haligacha nega o'zbek tiliga o'girilmaganiga hayon qolasiz...
Yaqinda shunday asarlardan biri โ Duglas Adamsning "Hitchhiker's Guide to the Galaxy" asarini o'qidim. Asar nomini o'zbek tiliga "Avtostopchilar uchun galaktika bo'yicha qo'llanma". Bu asar g'arbda juda mashhur, xorijlik kitobxonlarning kosmos, o'zga sayyoraliklar mavzusiga bo'lgan qiziqishi pikka chiqa boshlagan davrlar โ 70-yillarda yozilgan.
Asar menga juda yoqdi. Syujet ham, undagi tasvirlar ham, olib chiqilgan savollar ham juda qiziq. Voqealar rivoji Yerda, asosiy qahramon Artur Dentning uyini buzish sahnasidan boshlanadi. Arturning uyi joylashgan hududda yangi yo'l o'tishi rejalashtirilgan edi. U esa bunga qarshilik ko'rsatib, buldozerlar oldiga yotib oladi. Buni qarangki, ayni shu damda galaktikaning qaysidir burchagidan Yer sayyorasini "buzib tashlash" uchun galaktika bo'ylab sayyoralarni tekislash buyrug'ini amalga oshiruvchi o'zga sayyoralik irq (vogonlar) uchib kelishadi. Mana sizga ironiya. (Asarni o'qib muallifning yumor hissiga baho berishingiz mumkin).
15 yildan beri odamlar orasida bildirmasdan yashab yurgan, ammo o'zi boshqa sayyoradan bo'lgan Ford Prefekt Artur Dentning do'sti edi va uning hayotini saqlab qoladi. Bir lahzada Yer yo'q qilinadi. Artur esa omon qolgan yagona yerlikka aylanadi.
Ana shu joyidan Arturning galaktika bo'ylab sayohati boshlanadi. Bir necha soat oldin Yerdan boshqa sayyoralarda hayot bor-yo'qligidan xabari bo'lmagan odamning birdan kosmik kemaga tushib qolishini tasavvur qiling... Bo'ldi, boshqa spoyler qilmayman)) O'zi bu joylari ham spoyler emas, asosiy voqealar rivoji shu joyidan boshlanadi.
Xo'sh, kitob nomida nega "qo'llanma" ya'ni "guide" deyilgan? Sababi, bu kitobda shunday bir qurilma tilga olinganki, u ko'rinishdan biz bilgan elektron kitoblarga yoki planshetlarga o'xshab ketadi, u kitob Galaktika haqidagi haqiqiy qo'llanma bo'lib, minglab olamlar, galaktikalar, irqlar, mavjudotlar... xullas, misli ko'rilmagan narsalar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Artur shu qo'llanma orqali juda ko'p narsalarni bilib oladi.
Duglas Adams "Hitchhiker's Guide to the Galaxy"ni dastlab radioserial ko'rinishida yaratgan. Bu aslida bitta kitob emas, shu nom ostidagi 5 ta kitobdan iborat seriya. Ha, men hozircha faqat birinchi kitobni o'qib tugatdim. Keyingisini ham o'qimoqchiman.
Kitob rus tiliga "ะะฒัะพััะพะฟะพะผ ะฟะพ ะะฐะปะฐะบัะธะบะต" nomi ostiga tarjima qilingan. Agar rus yoki ingliz tilini bilsangiz, o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Balki hali yaqin kelajakda o'zbek tiliga ham tarjima qilib qolishar. Darvoqe, asar asosida film ham suratga olingan ekan. Lekin film qanaqa chiqqani haqida bilmayman.
@Bookerberg