Madaniy meros agentligi @madaniy_meros_uz Channel on Telegram

Madaniy meros agentligi

@madaniy_meros_uz


O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
🌐 https://madaniymeros.uz/
☎️ +998712000118
📥 [email protected]
📩 [email protected]
📲 https://www.facebook.com/Madaniy-meros-agentligi/
📲 https://instagram.com/madaniymerosuz?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Madaniy meros agentligi (Uzbek)

Madaniy meros agentligi - bu O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining rasmiy Telegram kanali. Kanalda madaniy meros bo'yicha eng so'nggi yangiliklar, maqolalar va tadbirlar haqida foydali ma'lumotlar topishingiz mumkin

Agar siz o'zingizni madaniy meros sohasida rivojlantirmoqchi bo'lsangiz yoki ushbu soha haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun eng muhim manzil

Madaniy meros agentligining rasmiy sayti https://madaniymeros.uz/ saytidan ham ma'lumotlar olishingiz mumkin. Ayni paytda madaniy meros agentligi bilan bog'lanish uchun quyidagi manzillar orqali murojaat etishingiz mumkin: n☎️ Telefon: +998712000118 n📥 Elektron manzil: [email protected] n📩 Elektron manzil: [email protected] n📲 Facebook: https://www.facebook.com/Madaniy-meros-agentligi/ n📲 Instagram: https://instagram.com/madaniymerosuz?igshid=YmMyMTA2M2Y nnMadaniy meros agentligi Telegram kanaliga obuna bo'ling va madaniy meros sohasida eng so'nggi va foydali ma'lumotlardan xabardor bo'ling!

Madaniy meros agentligi

28 Jan, 08:30


"Одна из целей Биеннале — объединить и собрать воедино сообщества коллекций со всего мира." Доктор Амин Джаффер
Художественный руководитель Исламской биеннале искусств 2025

В рамках этого видения Узбекистан играет ключевую роль, представляя своё богатое художественное наследие, включая редкие рукописи и исторические сокровища, которые подчеркивают глубокие культурные связи между цивилизациями.

Madaniy meros agentligi

28 Jan, 08:30


“Biennalening maqsadlaridan biri butun dunyodagi hassos sara to‘plamlar majmuasini birlashtirish va bir joyga to‘plashdan iborat”. – d-r. Amin Jaffer, 2025-yilgi Islom san’ati biennalesi badiiy direktori

Mazkur mulohaza doirasida O‘zbekiston tamaddunlar orasidagi teran madaniy rishtalarga dalolat qiluvchi nodir qo‘lyozmalar va xazinaga teng tarixiy risolalardan iborat boy badiiy merosni taqdim etishda zalvarli o‘rinni egallaydi.

Madaniy meros agentligi

27 Jan, 16:16


На Второй Биеннале исламского искусства в Саудовской Аравии, проходящей под темой «И всё, что между ними», Узбекистан впервые представил миру уникальные артефакты, отражающие богатое исламское наследие страны.

Выражаем глубокую признательность Aya Al-Bakree, генеральному директору Diriyah Biennale Foundation, и Rakan bin Ibrahim Al-Touq, заместителю министра культуры Саудовской Аравии, за содействие в реализации этого важного проекта.

Отдельная благодарность художественным руководителям биеннале Julian Raby, Amin Jaffer и Abdul Rahman Azzam, а также расширенной кураторской группе за их вклад в представление исламского наследия: Masa Al-Kutoubi, Rizwan Ahmad, Heather Ecker, Marika Sardar, Joanna Chevalier, Amina Diab, Sarah Al Abdali, Bilal Badat, Faye Behbehani и Wen Wen.

Благодаря усилиям кураторов, исследователей и организаторов, уникальные артефакты Узбекистана стали частью глобального диалога о культуре, истории и науке исламского мира.

Madaniy meros agentligi

27 Jan, 16:16


Saudiya Arabistonida “Va sarhadlar osha barcha jihatlar” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi islom san’ati biennalesida O‘zbekiston mamlakatimizning boy islomiy merosini aks ettiruvchi noyob osori atiqalarini dunyoga ilk bor taqdim etdi.

Ushbu muhim loyihani amalga oshirishga ko‘maklashganlari uchun “Diriyah Biennale” jamg‘armasi bosh direktori Aya Ol-Bakriy va Saudiya Arabistoni madaniyat vaziri o‘rinbosari Rakan bin Ibrohim Ol-Tuqga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.

Biennalening badiiy rahbarlari Julian Rabi, Amin Jaffer va Abdul Rahmon Azzam, shuningdek, islom merosini taqdim etishga qo‘shgan beqiyos hissalari uchun Masa Ol-Kutubiy, Rizvon Ahmad, Hizer Eker, Marika Sardar, Joanna Shevalyer, Amina Diab, Sara Ol Abdaliy, Bilol Badat, Faye Behbehaniy hamda Ven Ven kabi keng muhofizlik guruhi a’zolaridan alohida minnatdormiz.

San’at arboblari, tadqiqotchi va tashkilotchilarning sa’y-harakatlari sharofati bilan O‘zbekistonning betakror osori atiqalari islom dunyosining madaniyati, tarixi va ilm-faniga doir jahon miqyosidagi muloqotning bir qismiga aylandi.

Madaniy meros agentligi

26 Jan, 14:02


На Второй Биеннале исламского искусства в Саудовской Аравии, проходящей под темой «И всё, что между ними», Узбекистан впервые представил миру уникальные артефакты, отражающие богатое исламское наследие страны.

Выражаем глубокую признательность Aya Al-Bakree, генеральному директору Diriyah Biennale Foundation, и Rakan bin Ibrahim Al-Touq, заместителю министра культуры Саудовской Аравии, за содействие в реализации этого важного проекта.

Отдельная благодарность художественным руководителям биеннале Julian Raby, Amin Jaffer и Abdul Rahman Azzam, а также расширенной кураторской группе за их вклад в представление исламского наследия: Masa Al-Kutoubi, Rizwan Ahmad, Heather Ecker, Marika Sardar, Joanna Chevalier, Amina Diab, Sarah Al Abdali, Bilal Badat, Faye Behbehani и Wen Wen.

Благодаря усилиям кураторов, исследователей и организаторов, уникальные артефакты Узбекистана стали частью глобального диалога о культуре, истории и науке исламского мира.

Madaniy meros agentligi

26 Jan, 14:02


Saudiya Arabistonida “Va sarhadlar osha barcha jihatlar” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi islom san’ati biennalesida O‘zbekiston mamlakatimizning boy islomiy merosini aks ettiruvchi noyob osori atiqalarini dunyoga ilk bor taqdim etdi.

Ushbu muhim loyihani amalga oshirishga ko‘maklashganlari uchun “Diriyah Biennale” jamg‘armasi bosh direktori Aya Ol-Bakriy va Saudiya Arabistoni madaniyat vaziri o‘rinbosari Rakan bin Ibrohim Ol-Tuqga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.

Biennalening badiiy rahbarlari Julian Rabi, Amin Jaffer va Abdul Rahmon Azzam, shuningdek, islom merosini taqdim etishga qo‘shgan beqiyos hissalari uchun Masa Ol-Kutubiy, Rizvon Ahmad, Hizer Eker, Marika Sardar, Joanna Shevalyer, Amina Diab, Sara Ol Abdaliy, Bilol Badat, Faye Behbehaniy hamda Ven Ven kabi keng muhofizlik guruhi a’zolaridan alohida minnatdormiz.

San’at arboblari, tadqiqotchi va tashkilotchilarning sa’y-harakatlari sharofati bilan O‘zbekistonning betakror osori atiqalari islom dunyosining madaniyati, tarixi va ilm-faniga doir jahon miqyosidagi muloqotning bir qismiga aylandi.

Madaniy meros agentligi

26 Jan, 14:02


Искусство соединяет времена

Архитектурные чертежи XVI века из Бухары вдохновили Тимо Нассери на создание Echoes of the Skies — инсталляции, представленной на Исламской Биеннале в Джидде.

Хранящиеся в Институте Востоковедения имени Абу Райхана Беруни Академии наук Узбекистана, эти чертежи отражают мастерство древних каллиграфов и архитекторов. Их узоры и точность стали основой для современного переосмысления.

Вдохновлённая мистической поэмой, Echoes of the Skies — это путешествие к самопознанию. Зеркальные птицы парят в пространстве, отражая свет, тени и сам мир, напоминая, что поиск истины — вечен.

Madaniy meros agentligi

26 Jan, 14:02


San’at zamonlarni bog‘laydi

Buxorodagi XVI asr me’moriy chizmalari Timo Nasseriyni Jiddadagi Islom biennalesida namoyishga qo‘yilgan “Osmon aks-sadolari” qurilmasini yaratishga ruhlantirdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan mazkur chizmalarda qadimgi xattot va me’morlar mahorati mujassam bo‘lgan. Ularning naqshlari va aniqligi zamonaviy qayta talqin etish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

Tasavvuf she’riyatidan ilhomlangan “Osmon aks-sadolari” asari bu o‘zlikni anglash sari sayohatdir. Shisha qushlar fazoda parvoz qilib, haqiqatni izlash abadiy ekanlinigi yodga tushirgan holda nur, soya va atrofimizdagi olamni o‘zida aks ettiradi.

Madaniy meros agentligi

20 Jan, 09:11


Jidda islom biennalesida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi quyidagi nodir tarixiy qo‘lyozmalarni taqdim etadi:

— Katta Langar Qur’oni sahifalari (VIII asr boshlari);
— Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim li Ava’il Sino‘at at-Tanjim” (“Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar”) kitobi (XIII asr);
— Mirzo Ulug‘bekning “Zij-i Ulug‘bek” asari (XVI asr);
— Toshkent sahifalari (XVI asr).

Aloqada qoling.



Фонд развития культуры и искусства Узбекистана (ACDF) представит следующие редкие исторические манускрипты на Исламской биеннале в Джидде:

— страницы из Катта Лангар Корана (начало VIII века),
— «Ат-Тафхим ли Аваиль Синаат аль-Танджим» («Книга наставлений по основам искусства астрологии») Абу Райхана Беруни (XIII век),
— «Зидж-и Улугбек» Мирзо Улугбека (XVI век),
— Ташкентский свиток (XVI век).

Даты биеннале: 25 января - 25 мая 2025 года

Оставайтесь с нами на связи.

Madaniy meros agentligi

13 Jan, 07:43


#Tayinlov

Gulbahor Izentayeva I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining direktori etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, lavozimga qadar Gulbahor Jollibayevna Izentayeva 2017−2020-yillarda I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020−2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi YUNESKO vakolatxonasining yuqori kengashida madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan. 2023-yildan boshlab hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Gulbahor Izentayevaga kelgusi ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube 🌐Veb-sayt

Madaniy meros agentligi

08 Jan, 05:32


В Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого продолжает свою работу масштабный выставочный проект «Узбекистан: Авангард в пустыне», который на протяжении полугода демонстрировался в галереях и экспозиционных залах Италии.

Одна из самых ярких работ экспозиции, знаменитое «Северное Сияние» Алексея Рыбникова (на фото справа), изображает редкое небесное свечение в зимнюю пору, когда снег окрашивается в красный и жёлтый цвета. Рыбникову, который получил своё образование у основоположника авангардного течения «лучизм» Михаила Ларионова, удалось изобразить это природное явление похожим на праздничный салют. Впоследствии художник станет частым участником северных экспедиций, сюжеты которых воплотит в своих следующих работах.

Выставка «Узбекистан: Авангард в пустыне» продлится в Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого до 15 января 2025 года.

🖼 Алексей Рыбников, Северное Сияние, 1914

Madaniy meros agentligi

08 Jan, 05:31


I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Ko‘rgazmaning eng yorqin asarlaridan biri Aleksey Ribnikov mo‘yqalamiga mansub mashhur “Shimol yog‘dusi” (o‘ngdagi rasm) asari hisoblanib, unda qish kezlaridagi qor qirmizi va sarg‘ish tusga kirib ko‘zlarni qamashtiruvchi nodir samoviy shu’la gavdalangan. “Nurli” avangard harakatining asoschisi Mixail Larionov huzurida tahsil olgan Ribnikov ushbu tabiat hodisasini tantanavor mushakbozlikka o‘xshash tarzda tasvirlashga muvaffaq bo‘lgan. Pirovardida rassom shimoliy ekspeditsiyalarning tez-tez ishtirokchisiga aylanib, u yerdan olgan taassurotlarini o‘zining kelgusi asarlarida mujassam etadi.

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.

🖼 Aleksey Ribnikov, “Shimol yog‘dusi”, 1914

Madaniy meros agentligi

03 Jan, 11:03


I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining 3-qavati vaqtinchalik yopildi

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining 3-qavatida muzey ashyo va buyumlarini yangi zamonaviy qiyofada namoyish etishga hozirlash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu sababli muzeyning ushbu qavatdagi ekspozitsiya zallari 2025-yil 3-yanvardan 7-martga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

Renovatsiya ishlari muzey ekspozitsiyalarini yangilash, zallarni ta’mirlash-tiklash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va tashrib buyuruvchi san’at ixlosmandlari uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Muzeyning 3-qavati ishga tushgunga qadar:

• muzeyda mavjud kolleksiyalar fond zaxira xonalariga joylashtiriladi;

• muzeyga kirish chiptalari hamda ekskursiya xizmatlariga 50% chegirma taqdim etiladi.

🌐 O‘zbek tilida 🌐 Rus tilida

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt

Madaniy meros agentligi

24 Dec, 06:38


📣Assalomu alaykum hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

2024-yilning 26-dekabr kuni Madaniy meros agentligida “O‘zbekistonga oid Al-Azhar universiteti kutubxonasidagi qo‘lyozma asarlar reyestri” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Agentlik xodimlari, o‘zbekistonlik va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida jamlangan mazkur noyob risolada qariyb 2,5 mingta qo‘lyozmaning batafsil bibliografik tavsifi keltirilgan. Barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu tadbirga taklif etamiz.

🏢Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy

Boshlanish vaqti: 26-dekabr soat 11:00

📞 Telefon: 99-025-93-97
________________________

Здравствуйте, уважаемые представители средств массовой информации!

26 декабря 2024 года в Агентстве культурного наследия состоится презентация книги «Реестр рукописных произведений, относящихся Узбекистану в библиотеке университета Аль-Азхар». Подробное библиографическое описание почти 2500 рукописей представлено в этой уникальной брошюре, составленной в результате научных исследований сотрудников Агентства, узбекских и зарубежных ученых.

Приглашаем всех представителей средств массовой информации принять участие в этом мероприятии.

Адрес: г. Ташкент, Мирабадский район, ул. Тараса Шевченко, д. 1

Время начала: 26 декабря в 11: 00

Телефон: 99-025-93-97

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt

Madaniy meros agentligi

24 Dec, 05:18


I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Vasiliy Lisenkoning mashhur “Buqa” asari I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyining ramziy timsolidir. Gap shundaki, agar bir tasodif bo‘lmaganda, ushbu asar muzey ekspozitsiyasidan o‘rin olmagan bo‘lar edi. Musavvir tarjimai holini o‘rganuvchilarning hikoyalariga ko‘ra, “Buqa” mato surati rassomning uyi tomi teshigiga yamoq sifatida tutilib, Savitskiy tomonidan Lisenkoning saqlanib qolgan 5 dona asari qatorida qo‘qqisdan topilgan. Asar bir vaqtning o‘zida ko‘plab rangtasvir yo‘nalishlari: primitivizm, modern, post-ekspressionizmni o‘zida mujassam etadi. “Buqa”ga nazar tashlar ekansiz, beixtiyor miloddan avvalgi XV asrdagi Knossos saroyining mashhur devoriy suratlarini eslamaslikning iloji yo‘q. Va, albatta, bu jonivor shoxlarining turlichaliligiga ham e’tibor qilmaslik mumkin emas, ulardan biri handasaviy mavhumlikka oid rasmlar bilan hashamdor bezatilgan.

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.

🖼 Vasiliy Lisenko. “Buqa” 1920

Madaniy meros agentligi

20 Dec, 05:51


В Британском музее в Лондоне продолжает работу выставка Silk Roads («Шелковые пути»), в рамках которой выставлены 14 экспонатов из собраний Узбекистана, которые наглядно демонстрируют миграцию людей и предметов искусства по главной торговой магистрали в период с 500 по 1000 гг. н.э.

Вместе с исламом арабский язык путешествовал по Шелковому пути. На территории Саманидского государства (875 — 999 гг.), где было изготовлено это блюдо, большинство людей говорили на персидском языке, но арабский в какой-то момент стал использоваться в высшей администрации и мусульманском богословии. Арабский текст на керамическом блюде, выполненный ярким куфическим шрифтом, включает в себя пословицы, благословения и призывы к вкушению пищи и напитков. На ободке блюда можно прочитать перефразированный аят из Корана: «Пропитание было распределено между людьми милостью Господа».

Выставка Silk Roads будет открыта до 23 февраля 2025 года в галерее выставок Сэйнсбери в Британском музее.

Madaniy meros agentligi

20 Dec, 05:51


Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi davom etmoqda, uning doirasida Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta ashyo namoyishga qoʻyilgan boʻlib, ular bosh savdo yoʻli boʻylab milodiy 500–1000-yillar davomida kishilar va sanʼat buyumlarining koʻchib oʻtganini namoyish etadi.

Islom dini bilan birga arab tili Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilgan. Ushbu lagancha tayyorlangan Somoniylar davlati (875–999) hududida ko‘pchilik fors tilida so‘zlashgan, ammo arab tili muayyan payt oliy ma’muriyat va musulmon fikhi arboblari orasida qo‘llanila boshlaydi. Yorqin kufiy yozuvida bitilgan sopol idishdagi arabcha matndan maqollar, oq fotihalar hamda tanovul va iste’molga oid xitoblar o‘rin olgan. Idish atrofi bo‘ylab Qur’on oyatidan ilhomlangan quyidagi jumlani o‘qish mumkin: “Odamlar orasida rizq maishat Robbingiz rahmati ila taqsimlangan”.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.

Madaniy meros agentligi

18 Dec, 14:51


Делегация Фонда развития культуры и искусства Узбекистана во главе с председателем Фонда Гаянэ Умеровой посетила церемонию награждения Al Burda Award 2024 в Абу-Даби.

Во время мероприятия был подписан Меморандум о сотрудничестве между Министерством культуры ОАЭ и Фондом развития культуры и искусства Узбекистана. Соглашение направлено на укрепление культурного диалога, поддержку традиционных ремёсел, а также реализацию стажировок, арт-резиденций и образовательных программ.

Особое внимание уделено грантовой программе Al-Burda, нацеленной на сохранение исламского наследия и развитие ремёсел. В рамках сотрудничества планируется проведение совместных выставок и участие в международных культурных инициативах, включая Бухарскую биеннале, для укрепления творческого обмена.

Madaniy meros agentligi

18 Dec, 14:51


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabidagi “Al Burda Award 2024” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Bitimda madaniy muloqotni mustahkamlash, anʼanaviy hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash hamda malaka oshirishlar, badiiy qarorgoh va taʼlim dasturlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Alohida e’tibor islom merosini asrab-avaylash va hunarmandchilikni rivojlantirishga qaratilgan “Al-Burda” grant dasturiga qaratilgan. Hamkorlik doirasida ijodiy almashinuvni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qoʻshma koʻrgazmalarni oʻtkazish, xalqaro madaniy tashabbuslar, jumladan, Buxoro biennalesida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Madaniy meros agentligi

09 Dec, 08:35


2024-yilgi Doha Forumida O‘zbekistonning madaniy diplomatiya sohasidagi tashabbuslari, jumladan, kutilayotgan yirik loyihalar – Buxoro biennalesi va YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi taqdim etildi.



На Форуме Доха 2024 были представлены инициативы Узбекистана в культурной дипломатии, включая предстоящие масштабные проекты – Бухарское биеннале и 43-ю сессию Генеральной конференции ЮНЕСКО.

Madaniy meros agentligi

09 Dec, 08:35


Председатель Фонда развития культуры и искусства Узбекистана Гаянэ Умерова выступила на Форуме Доха 2024, который прошел под темой “The Innovation Imperative: Diplomacy, Dialogue, and Diversity”. В рамках панельной дискуссии “The Power of Culture: Global Diplomacy in the 21st Century” был презентован опыт Узбекистана в продвижении культуры как ключевого инструмента дипломатии, способствующего укреплению взаимопонимания и международного сотрудничества.

В своем выступлении Гаянэ Умерова подчеркнула уникальную роль Узбекистана в продвижении культурной дипломатии. Были отмечены такие инициативы, как предстоящее Бухарская биеннале,
43-сессия Генеральной конференции ЮНЕСКО в 2025 году, которая пройдет в Самарканде, цифровизация архивов и деятельность арт-резиденций, которые помогают объединить историческое наследие с современными креативными подходами.

Особое внимание было уделено правительственным мерам по развитию креативных индустрий в Узбекистане. Панельная дискуссия стала важной площадкой для обмена опытом, где был представлен уникальный путь Узбекистана в продвижении культуры.

Madaniy meros agentligi

09 Dec, 08:35


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova “Ilgʻorlik mezoni: diplomatiya, muloqot va xilma-xillik” mavzu ostida o‘tgan 2024-yilgi Doha anjumanida so‘zga chiqdi. “Madaniyat qudrati: XXI asrda jahon diplomatiyasi” mavzusidagi shoʻba muhokamasi doirasida madaniyatni o‘zaro anglashuv va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan diplomatiyaning ustuvor vositasi sifatida targ‘ib qilish boʻyicha O‘zbekiston tajribasi haqida taqdimot qilindi.

Oʻz nutqida Gayane Umerova O‘zbekistonning madaniy diplomatiyani ilgari surishdagi noyob rolini ta’kidladi. Unda bo‘lajak Buxoro biennalesi, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi, arxivlarni raqamlashtirish hamda tarixiy merosni zamonaviy ijodiy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirishga koʻmaklashuvchi sanʼat qarorgohlari faoliyati singari tashabbuslar qayd etildi.

Alohida eʼtibor hukumat tomonidan Oʻzbekistonda kreativ sanoat tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlariga qaratildi. Shoʻba munozarasi O‘zbekistonning madaniyatni yuksaltirishdagi o‘ziga xos yo‘li namoyish etilgan, tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi.

Madaniy meros agentligi

08 Dec, 06:01


Sizlarni bugun nishonlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan muborakbod etamiz.

Mazkur zalvarli hujjat ozodlik, tenglik va adolat kafolati oʻlaroq bizlarni yanada obod kelajak yoʻlidagi orzu-umidlarimizni birlashtiradi. Har doim ushbu kun mushtarak qadriyatlar va jamiyatning gullab-yashnashi sari ezgu intilishlar ahamiyati xususidagi yoʻlchi yulduzga aylansin!

Madaniy meros agentligi

05 Dec, 06:26


#muzeyga_sayohat

🕌Buxoro – sharqona hashamat darbozasi


➡️Buxoro o‘zining boy tarixiy merosi, noyob me’morchiligi va madaniy yodgorliklari orqali o‘tmishining jonli hikoyalaridan so‘zlab turadi.

📌Shahar o‘zining noyob yodgorliklari bilan yetti iqlimga dong taratib ulgurgan. Buxoro bugun dunyo bo‘ylab betakror obidalarga shaydo jahongashta ziyoratchilar orasida qiziqish so‘nmayotgan manzillar sirasiga kiradi. Qadimiy durdona shahar bugungi kunda qayta dunyoga yuz tutmoqda.

Dunyo sayyohlarining diqqat markazidagi mazkur ko‘hna shaharning tarixiy qiyofasi zamonaviy bunyodkorlik ishlariga o‘zaro hamohang ravishda tashrif buyuruvchilarning olqishlariga sazovor bo‘lib, ularni maftun etishda davom etmoqda.


Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt

Madaniy meros agentligi

04 Dec, 12:19


В Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого продолжает свою работу масштабный выставочный проект «Узбекистан: Авангард в пустыне», который на протяжении полугода демонстрировался в галереях и экспозиционных залах Италии.

В ходе работы над выставкой кураторы намеренно отказались характеризовать представленное искусство «туркестанским авангардом» и придумали новый более всеобъемлющий термин Avanguardia Orientalis, где понятие Avanguardia не имеет эпигонского характера, а обозначает установку на принципиальное новаторство. Определение Orientalis же охватывает несходные стилистические особенности, вытекающие из различных традиций. Не забывая и о том, что понятие «Восток» можно рассматривать и как категорию духовного, и как конкретное географическое обозначение.

Выставка «Узбекистан: Авангард в пустыне» продлится в Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого до 15 января 2025 года.

Madaniy meros agentligi

04 Dec, 12:19


I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Ko‘rgazma ustida ishlash jarayonida loyiha muhofizlari taqdim etilgan san’atni “Turkiston avangardi” deb ta’riflashdan ataylab voz kechib, unga yangi, yanada kengroq “Avanguardia Orientalis” atamasini o‘ylab topdilar, bunda “Avanguardia” tushunchasi taqlidiy tusga ega bo‘lmay, balki tamomila peshqadamlikka yo‘naltirilgan yondashuvni anglatadi. “Orientalis” ta’rifi esa turli an’analardan kelib chiqadigan noo‘xshash uslubiy xususiyatlarni ham qamrab oladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, “Sharq” tushunchasiga, ham ma’naviy tasnif, ham o‘ziga xos jo‘g‘rofiy belgi sifatida qarash mumkin.

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida 2025-yil 15-yanvarga qadar davom etadi.

Madaniy meros agentligi

28 Nov, 05:34


#muzeyga_sayohat

🕌Ochiq osmon ostidagi O‘zbekiston javohiri


➡️Tosh ko‘chalar, ulug‘vor minoralar va tarixiy madrasalar… “Ichan qal’a” osha davrning jonli muhitini yaratadi.

📌O‘tmishga qaytadan sayohat qilishni, qadimiy ko‘chalarni sayr etib haqiqiy tarixiy shahar qiyofasini ko‘rish istagidagilar uchun “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi eng to‘g‘ri yechim bo‘la oladi.

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt

Madaniy meros agentligi

15 Nov, 07:15


Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari!
2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Уважаемые соотечественники и гости нашей страны!
С 15 ноября по 15 декабря 2024 года в стране пройдут мероприятия «Месяца пожарной безопасности».
Мы просим Вас принять активное участие в этом месяце.

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt

Madaniy meros agentligi

15 Nov, 05:41


✒️ Мамлакатимизда маданий меросни ҳимоя килиш, оммалаштириш йўналишидаги ишлар

АОКАда Маданий мерос агентлиги ахборот хизмати раҳбари Моҳинур Имомова иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎥 Брифинг
〰️〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 18:07


📢15 ноябрь, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Мамлакатимизда маданий меросни ҳимоя килиш, оммалаштириш йўналишидаги ишлар
⚫️Вақти: 10:00
⚫️Иштирок этади: Моҳинур Имомова, Маданий мерос агентлиги ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Соҳада жорий йилнинг ўтган даврида амалга оширилган ишлар
⚫️Вақти: 12:00
⚫️Иштирок этади: Анвархон Акабиров, Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 14:30


В Британском музее в Лондоне продолжает работу выставка Silk Roads («Шелковые пути»), в рамках которой выставлены 14 экспонатов из собраний Узбекистана. Экспозиция демонстрирует, как в период с 500 по 1000 гг. н.э. перемещения людей, предметов и идей по Шелковому пути способствовали формированию культуры и истории.

В искусстве и архитектуре Саманидского государства (875 — 999 гг.) можно найти персидские черты. Их можно подробно рассмотреть в большом ганчевом панно с цветочными медальонами, обнаруженном археологом Михаилом Массоном при раскопках 1919 года в западной части городища Афросиаб, Самарканд. Работа значительного размера (102х282 см.), что украшала стену саманидского жилого комплекса, сохранилась практически в идеальном состоянии.

Выставка Silk Roads будет открыта до 23 февраля 2025 года в галерее выставок Сэйнсбери в Британском музее.

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 14:30


Londondagi Britaniya muzeyida “Silk Road” (Ipak yoʻllari) koʻrgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda, unda Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta eksponat taqdim etilgan. Ashyo va buyumlar orqali milodiy 500–1000-yillar mobaynidagi davrda Ipak yo‘li bo‘ylab kishilar, mahsulotlar va g‘oyalarning o‘zaro harakati madaniyat va tarixning shakllanishiga qanday hissa qo‘shgani namoyish etiladi.

Somoniylar davlati san’ati va me’morchiligida (875 - 999 yy.) forsiy xususiyatlarni uchratish mumkin. Ularni 1919-yilda arxeolog Mixail Masson tomonidan Samarqanddagi Afrosiyob xarobalarining g‘arbiy qismidan topilgan jimjima naqshin to‘qimalardan iborat katta ganchli pannoda to‘liq ilg‘ash mumkin. Somoniylar turar-joy majmuasi devorini bezab turgan salmoqli hajmdagi (102x282 sm) qo‘l mehnati namunasi deyarli mukammal holatda saqlanib qolgan.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyining Sainsbery galereyasida tashrif buyuruvchilar uchun muntazir.

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 07:05


В Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого продолжает свою работу масштабный выставочный проект «Узбекистан: Авангард в пустыне», который на протяжении полугода демонстрировался в галереях и экспозиционных залах Италии.

Присутствие в выставке знаковых систем прикладного искусства даёт возможность понять феномен заимствования как встречи культур. Чтобы понять, как национальные орнаменты, цвета и другие визуальные элементы находили своё место в работах туркестанских авангардистов, на выставке представлены одежда и предметы быта жителей региона. Как например, этот женский стёганный чапан — самостоятельное произведение искусства народа Каракалпакстана и настоящая жемчужина коллекции Государственного музея искусств имени И. В. Савицкого.

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 07:05


I.V. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida yarim yil mobaynida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Amaliy san’atning timsolli tizimlarining ko‘rgazmada mavjud ekani o‘zlashtirish jarayoni hodisasini madaniyatlar uchrashgan chorraha sifatida anglash imkonini beradi. Turkiston avangardi rassomlari ijodida milliy naqshlar, ranglar va boshqa tasviriy unsurlar qay tarzda mujassam bo‘lganini tushunish maqsadida ko‘rgazmada mintaqa aholisining kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari taqdim etilgan. Xususan, ushbu ayollarning qavilgan libosi Qoraqalpog‘iston xalqining mustaqil san’at asari va I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarining haqiqiy durdonasi hisoblanadi.

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 07:05


В мечети Лангар Ота, объекте культурного наследия, в махалле «Кукбулок» Кашкадарьинской области начаты реставрационные работы, поддержанные грантом Университета Чикаго при содействии Посольства США в Узбекистане и Агентства культурного наследия. Проект включает участие международных экспертов, включая профессора Гила Стайн (Университет Чикаго) и реставраторов из Италии, а также специалистов из узбекского Института искусствоведения.

Реставрация проводится в три этапа: замена крыши, восстановление майолики и фасада, а также консервация двора и колонн. Цель проекта — сохранить уникальное наследие мечети для будущих поколений.

Madaniy meros agentligi

14 Nov, 07:05


Qashqadaryo viloyati “Ko‘kbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan madaniy meros obyekti hisoblanmish “Langar ota” masjidida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va Madaniy meros agentligi ko‘magida Chikago universiteti granti bilan moliyalishtirilgan restavratsiya ishlari boshlandi. Loyihada xalqaro ekspertlar, jumladan, Chikago universiteti professori Gil Stayn, italiyalik restavratorlar va O‘zbekiston San’atshunoslik instituti mutaxassislari ishtirok etadilar.

Muazzam yodgorlikning dastlabki qiyofasiga keltirish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi: tomni almashtirish, mayolika va bino old qismini tiklash hamda hovli va ustunlarni konservatsiya qilish. Loyihadan ko‘zlangan maqsad tarixiy obidaning betakror merosini kelajak avlodlar uchun bezavol yetkazishdan iborat.

Madaniy meros agentligi

12 Nov, 05:53


#Диққат_танлов

⚡️ Совринларнинг умумий қиймати 40 млн сўмлик танлов❗️

🇺🇿 "Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони" ўтказилади

📝 Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 32 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ва ТДЮУнинг Мақсадли капитал (Endowment fund) жамоат фонди ҳамкорлигида Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.

📌 Танлов шартлари билан батафсил бу ерда танишинг.

❗️Танловда иштирок этиш учун @huquqbilimdonibot телеграм ботини ишга туширишингиз лозим.

🔰 Ғолиблар қуйидаги миқдорда рағбатлантирилади:
3️⃣-ўрин 8 млн сўм;
2️⃣-ўрин 12 млн сўм;
1️⃣-ўрин 20 млн сўм.

Имтиҳонда қатнашиб билимингизни синовдан ўтказинг ва ғолиб бўлинг!

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Madaniy meros agentligi

09 Nov, 12:40


Председатель Фонда развития культуры и искусства Узбекистана Гаянэ Умерова провела встречу с представителями Фонда ALIPH Foundation— международной организации, занимающейся защитой культурного наследия.

На встрече присутствовали исполнительный директор фонда Валери Фреланд и председатель Совета Фонда ALIPH Бариза Хиари, которая также является специальным представителем президента Франции Эммануэля Макрона по вопросам культурного сотрудничества.

В ходе встречи обсуждались перспективы сотрудничества в реставрации и консервации объектов культурного наследия, а также возможности развития программ и проектов, направленных на сохранение нематериального культурного наследия. Особое внимание уделили совместной работе в рамках Аральского культурного саммита, целью которого является защита культурного наследия и экосистемы региона.

Madaniy meros agentligi

09 Nov, 12:40


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova ALIPH jamgʻarmasi – madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda jamgʻarma ijrochi direktori Valeri Freland va ALIPH jamg‘armasi boshqaruvi raisi, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning madaniy hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Bariza Hiari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatoriya qilishda hamkorlik istiqbollari hamda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan dastur va loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Alohida eʼtibor mintaqaning madaniy merosi va ekotizimini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan Orol madaniy sammiti doirasidagi hamkorlikdagi ishlarga qaratildi.

Madaniy meros agentligi

04 Nov, 06:41


Председатель Фонда развития культуры и искусства Узбекистана Гаянэ Умерова посетила открытие выставки «Видеть — значит верить: искусство и влияние Жерома» в Музее Матхаф, посвященная наследию французского художника Жана-Леона Жерома, одного из ведущих ориенталистов XIX века, и включает около 400 работ.

Исследуя тему интерпретации о Востоке, на выставке также представлены работы таких художников Александр Волков, Надия Кааби-Линке и Гера Буюкташчиян.

Кураторы выставки — Эмили Уикс, Джайлс Хадсон и приглашенный куратор Сара Раза — создали уникальное пространство, которое позволяет зрителям увидеть ориенталистское наследие Жерома сквозь призму современных взглядов на искусство.

Madaniy meros agentligi

04 Nov, 06:41


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Mathaf muzeyida XIX asrning yetakchi Sharq sanʼati shaydolaridan biri boʻlmish fransuz rassomi Jan-Leon Jerom merosiga bag‘ishlangan, qariyb 400 asardan iborat “Ko‘rmoq inonmoqdir: Jerom san’ati va uning ta’siri” ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Sharq xalqlari va turmush tarziga oid talqinlar mavzusini tadqiq etuvchi koʻrgazmadan rassomlar Aleksandr Volkov, Nadya Kaabi-Linke va Hera Buyuktashchiyan moʻyqalamiga mansub durdona asarlar ham oʻrin olgan.

Ko‘rgazma muhofizlari Emili Uiks, Jayls Hadson hamda taklif etilgan kurator Sara Raza tomoshabinlarga Jeromning orientalist merosini sanʼatga zamonaviy nuqtai nazar orqali razm solish imkonini beruvchi noyob maskanni yaratganlar.

Madaniy meros agentligi

31 Oct, 11:00


Прошла встреча руководства Фонда развития культуры и искусства во главе с председателем Гаянэ Умеровой с Послом Турции в Узбекистане Олганом Бекаром. В ходе встречи обсуждались ключевые вопросы культурного сотрудничества между Узбекистаном и Турцией.

Стороны обсудили успешные примеры взаимодействия, включая реализацию совместных культурных проектов и обмен опытом между специалистами двух стран. Особое внимание было уделено планам по дальнейшему расширению культурных обменов, в том числе организации выставок и проведению Дней культуры в 2025 году, которые поспособствуют укреплению связей между народами Узбекистана и Турции.

Также на встрече обсуждался вопрос реконструкции Музея наследия джадидов в Бухаре, что станет значимым шагом в сохранении культурного наследия Узбекистана.

Madaniy meros agentligi

31 Oct, 11:00


Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi rahbariyatning Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning ustuvor masalalari muhokama etildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyatli namunalari, jumladan, qo‘shma madaniy loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashuvini muhokama qildilar. O‘zbekiston va Turkiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy almashinuvlarni yanada kengaytirish, shu jumladan, 2025-yilda ko‘rgazmalar tashkil etish va Madaniyat kunlarini o‘tkazish rejalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylashda muhim qadam bo‘ladigan Buxorodagi Jadidlar merosi muzeyini rekonstruksiya qilish masalasi bo‘yicha fikr almashildi.

Madaniy meros agentligi

30 Oct, 05:54


В Государственном музее искусств имени И. В. Савицкого продолжает свою работу масштабный выставочный проект «Узбекистан: Авангард в пустыне», который на протяжении полугода демонстрировался в галереях и экспозиционных залах Италии.

В экспозиции вы можете увидеть редкие работы художников группы «Амаравелла». Сообщество появилось в 1923 году и собрала в одном кружке главных мистиков от искусства — Петра Фатеева, Сергея Шиголева, Веры (Руны) Пшесецкой и других. Вдохновляясь абстракциями Кандинского и идеями Циолковского, художники фокусировались на отображении беспредметных образов своего внутреннего мира.

Madaniy meros agentligi

30 Oct, 05:54


I.V.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyida Italiyadagi galereya va koʻrgazma zallarida yarim yil davomida namoyish etilgan “Oʻzbekiston: sahrodagi avangard” nomli keng koʻlamli koʻrgazma loyihasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Namoyishga qo‘yilgan suratlar orasida siz “Amaravella” guruhiga mansub rassomlarning nodir asarlarini tomosha qilishingiz mumkin. Hamjamiyat 1923-yilda vujudga kelib, san’atda g‘ayrtabiiy kuchlarga inongan Pyotr Fateyev, Sergey Shigolev, Vera (Runa) Pshesetskaya va boshqa zabardast mo‘yqalam ustlarini bir to‘garakka birlashtirgan. O‘z asarlarida Kandinskiyning mavhumlik va Tsiolkovskiyning g‘oyalaridan ilhomlangan musavvirlar o‘zlarining ichki dunyolarining predmetsiz tasavvurlarini aks ettirishga e‘tibor qaratganlar.

Madaniy meros agentligi

28 Oct, 16:27


Состоялась встреча между первым заместителем председателя Фонда развития культуры и искусства Узбекистана Эльмуродом Нажимовым и доктором Фарханом Низами, директором Оксфордского центра исламских исследований.

Представители Фонда рассказали о поддержке национальных культурных институтов и реставрационных проектах, а также о шагах правительства Узбекистана по развитию креативной экономики и участию в международных культурных обменах, включая успешные выставки в Лувре, Берлине и Британском музее.

Также обсуждалась возможность проведения выставки, посвященной культурному наследию Узбекистана, в Оксфордском центре, что могло бы укрепить культурные связи и открыть новые перспективы для сотрудничества. Стороны проявили интерес к образовательному и научному обмену для узбекских специалистов в области искусства и договорились продолжить диалог по совместным культурным инициативам.

Доктор Низами подчеркнул: "Богатое культурное наследие вашей страны является частью общего культурного достояния человечества".

Madaniy meros agentligi

28 Oct, 16:27


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov va Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori, d-r Farhan Nizomiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jamg‘arma vakillari milliy madaniyat muassasalari va restavratsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston hukumatining kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqaro madaniy almashinuvlarda, jumladan Luvr, Berlin va Britaniya muzeylarida o‘tkazilayotgan muvaffaqiyatli ko‘rgazmalarda ishtirok etish borasidagi qadamlari haqida so‘zlab berdilar.

Shuningdek, Oksford markazida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani o‘tkazish imkoniyati muhokama qilindi, bu madaniy aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikning yangi istiqbollarini ochishga hissa qo‘shadi. Tomonlar san’at sohasidagi o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ta’lim va ilmiy almashinuvdan manfaatdor ekanliklarini bildirdirib, qo‘shma madaniy tashabbuslar yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

D-r Nizomiy: “mamlakatingizning boy madaniy merosi insoniyat umumiy madaniy merosining bir qismidir”, deya ta’kidladi.

Madaniy meros agentligi

23 Oct, 15:09


Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Ushbu qaror 2024-yil 22-oktabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.

Mukofot ikki yilda bir marotaba sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi eʼtirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.

-

Учреждена международная премия ЮНЕСКО–Узбекистан имени Беруни, направленная на поддержку этических исследований и разработок в области искусственного интеллекта. Это решение было инициировано Президентом Республики Узбекистан и принято единогласно на 220-й сессии Исполнительного совета ЮНЕСКО, состоявшейся 22 октября 2024 года в Париже.

Премия будет вручаться один раз в два года за выдающиеся проекты, способствующие развитию этики и инклюзивности в области ИИ, а также укрепляющие международное научное сотрудничество. Лауреаты, которых выберет независимое международное жюри, получат денежное вознаграждение, сертификат и медаль в знак признания их вклада в мировую науку.

Первая церемония награждения состоится в Самарканде в ноябре 2025 года в рамках 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО, что подчеркнёт важность инициативы в контексте укрепления связей между Узбекистаном и международным сообществом.

Madaniy meros agentligi

23 Oct, 11:19


Состоялось церемония подписания Меморандума о взаимопонимании между Департаментом культуры и туризма Абу-Даби и Фондом развития культуры и искусства Узбекистана. Данное соглашение укрепляет сотрудничество между двумя странами в сфере культурного обмена и сохранения наследия.

Ключевыми направлениями сотрудничества станут организация совместных выставок, где коллекции музеев Узбекистана будут экспонироваться в музеях Абу-Даби. В рамках данного соглашения планируется также проведение совместных исследований по темам, представляющим взаимный интерес с целью более глубокого изучения и сохранения культурного наследия обеих стран.

Особое внимание уделяется обмену опытом в области музейного дела, реставрации и управления культурными объектами. Ожидается организация учебных программ, семинаров и конференций, направленных на повышение квалификации специалистов и развитие взаимного сотрудничества в области сохранения культурных ценностей.

Madaniy meros agentligi

23 Oct, 11:19


Abu-Dabi Madaniyat va turizm departamenti va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida "O‘zaro anglashuv memorandumi"ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bitim ikki mamlakat oʻrtasida madaniy almashinuv va madaniy merosni asrab-avaylash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qo‘shma ko‘rgazmalarni tashkil etish bo‘lib, ularda O‘zbekiston muzeylariga mansub sara to‘plamlar Abu-Dabidagi muzeylarda namoyish etiladi. Mazkur kelishuv doirasida har ikki davlat madaniy merosini yanada chuqurroq o‘rganish va asrab-avaylash maqsadida o‘zaro manfaatli mavzularda qo‘shma tadqiqotlar olib borish ham rejalashtirilgan.

Muzey masalalari, madaniy yodgorlik va ashyolarni restavratsiya qilish va boshqarish sohasida o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mutaxassislarning malakasini oshirish va madaniy boyliklarni asrab-avaylash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, amaliy mashg‘ulot va konferensiyalar tashkil etilishi kutilmoqda.

Madaniy meros agentligi

23 Oct, 09:29


На встрече между его превосходительством Шейхом Салемом бин Халидом Аль Кассими, министром культуры ОАЭ, и Гаянэ Умеровой, председателем Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, обсуждались ключевые вопросы культурного сотрудничества между двумя странами. В конструктивной атмосфере стороны подчеркнули важность дальнейшего укрепления культурных связей.

Было отмечено успешное проведение Всемирной конференции по креативной экономике (WCCE) в Ташкенте, для создания возможности для искусствоведов в креативной сфере. Участие представителей ОАЭ на мероприятии получило высокую оценку, подчеркнув значимость сотрудничества.

Также было обсуждено участие искусствоведов и каллиграфов из ОАЭ в Бухарское Биеннале, что позволит углубить культурное взаимодействие и обмен опытом между странами.

В завершение встречи было обсуждено участие Узбекистана на отборе на выставку Al-Burda в Дубае в 2025 году, что предоставит новые возможности для узбекских художников и культурных деятелей.

Madaniy meros agentligi

23 Oct, 09:29


Birlashgan Arab Amirliklari madaniyat vaziri Shayx Salim bin Xolid Ol Qosimiy Janobi Oliylari va O‘zbekiston Madaniyati a san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova o‘rtasidagi uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning ustuvor masalalari muhokama qilindi. Bunyodkorlik ruhida o‘tgan uchrashuvda tomonlar madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

Unda Toshkentda Kreativ iqtisodiyot boʻyicha Butunjahon anjumani (WCCE) muvaffaqiyatli o‘tkazilgani san’atshunoslarga ijodiy yo‘nalishda keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. Tadbirda BAA vakillarining ishtiroki yuqori baholanib, hamkorlik ahamiyatga molik ekanligiga urgʻu berildi.

Shuningdek, BAA san’atshunoslari va xattotlarining Buxoro biennalesida ishtirok etishlari mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy hamjihatlik va tajriba almashinuvini chuqurlashtirishga xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning 2025-yilda Dubayda boʻlib oʻtadigan Al-Burda koʻrgazmasi tanlovida ishtirok etishi oʻzbekistonlik rassom va madaniyat arboblari uchun yangi imkoniyat ufqlarini taqdim etishi xususida fikr almashildi.