MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal @uzadeuz Channel on Telegram

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

@uzadeuz


"Online-mahalla" elektron platformasi

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal (Uzbek)

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal bizning faoliyatimiz, tadbirkorlik sohasidagi yangiliklar va mahallabayning ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha eng so'nggi yangiliklarni o'z ichiga oladi. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi qanday faoliyat yuritadi? Bu agentlik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlik sub'ektlariga biznesni rivojlantirish bo'yicha konsultativ xizmatlar ko'rsatadi. Bizning rasmiy kanalimizda siz tadbirkorlik sohasiga oid tajribali ko'rsatuvlar, biznesda muammolar va ularning hal qilish yo'llari haqida ma'lumotlar, yangi mahsulotlar va xizmatlar haqida yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Sizga qanday qo'llanishimiz bo'lishi mumkin? Kanalimizni to'liq foydalanish uchun Instagram, Facebook va veb-saytimizni ziyorat qiling yoki biz bilan bog'lanib, savollaringizni bering! Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi sizni o'z foydali ma'lumotlar bilan ta'minlaydi va biznesingizni rivojlantirishga yordam beradi. Telegram kanalimizga obuna bo'lib, yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

14 Jan, 05:00


Online-mahalla platformasidagi texnik nosozlik bartaraf etildi.

t.me/uzadeuz

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

14 Jan, 04:25


Hurmatli hokim yordamchilari!

Online-mahalla platformasida texnik sabablarga ko'ra uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Nosozliklar bartaraf etilgandan so'ng xabar beramiz.

http://t.me/uzadeuz

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

13 Jan, 06:36


Uy-joy sharoitini ta'mirlash uchun kredit ajratish bo'yicha yo'riqnoma

https://youtu.be/i3Wu9zW2rak

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

20 Dec, 09:33


Suv ta'minoti so'rovnoma yo'riqnomasi

https://youtu.be/JrcFRYMatr4

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

18 Dec, 10:41


Uy-joy ta'miri uchun kreditga ariza berish yo'riqnomasi

https://youtu.be/4PmlBz7ObrM

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

14 Dec, 00:59


Hurmatli Mirzohid Murodilovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar, barcha oldingizdagi rejalashtirgan niyat-maqsadlaringizni amalga oshirishingizni istab qolamiz!

Sizga va oila a'zolaringizga sog'liq-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo'lida olib borayotgan mashaqqatli va shu bilan birga sharafli ishlaringizda kuch-quvvat, sabr-qanoat tilaymiz. Umringiz uzoq, rizqingiz ulug', martabangiz bundanda ziyoda bo'lsin. Siz har doim biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo'lib kelgansiz va har doim shunday bo'lib qolishingizga tilakdoshmiz.

Tavallud ayyomingiz qutlug' bo'lsin!

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

11 Dec, 10:29


#Tayinlov

Azimov Zafar Abdumajidovich Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Z. Azimov Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

11 Dec, 10:29


#Tayinlov

Boboqulov Sirojiddin Suyunovich
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar S. Boboqulov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

11 Dec, 10:29


#Tayinlov

Muratov Alisher Akmalovich
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar A. Muratov “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

10 Dec, 11:09


Alisher Muratov vazir oʻrinbosari etib tayinlandi

Biznesni rivojlantirish banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Alisher Muratov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

https://t.me/uzadeuz

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

09 Dec, 05:27


Ҳурматли Мирзоҳид Миродилович!

Сўнгги йиллар давомида Сиз раҳбарлигингиз остида Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш агентлиги ҳамда ҳоким ёрдамчилари жамоаси ҳамжиҳатликда самарали натижаларга эришди. Албатта, бу ютуқлар ортида Сиздаги меҳнатсеварлик, ташаббускорлик ва фидокорлик, айниқса, инсоний бағрикенглик хислатлари мужассамдир.

Қадрли Мирзоҳид Миродилович, жонкуяр раҳбар ва қалбидарё устоз сифатида бизга катта ўрнак бўлганингиз учун Сизга чексиз миннатдорлигимизни билдирамиз!
Келгусидаги масъулиятли вазифангизда ҳам сизга мустаҳкам соғлик, куч-ғайрат ва улкан муваффақиятлар тилаймиз!

Барчаси учун раҳмат!

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

06 Dec, 09:21


Online-mahalla platformasidagi texnik nosozlik bartaraf etildi.

t.me/uzadeuz

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

06 Dec, 05:25


Hurmatli hokim yordamchilari!

Online-mahalla platformasida texnik sabablarga ko'ra uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Nosozliklar bartaraf etilgandan so'ng xabar beramiz.

http://t.me/uzadeuz

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

06 Dec, 04:45


Hokim yordamchilari tomonidan mahalla ixtisoslashuvini belgilash bo'yicha yo'riqnoma

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

06 Dec, 04:42


Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz a'zolari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2024 yildagi PQ-347-son qaroriga asosan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

Kanalda bugundan boshlab hokim yordamchilari faoliyatiga oid yangiliklar hamda "Online-mahalla" elektron platformasiga kiritilayotgan o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot berib boriladi.

http://t.me/uzadeuz

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

31 Oct, 13:20


Камбағалликдан фаровонлик сари: еттита имконият ва масъулият

“Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури 2024 йил 1 ноябрдан “Камбағал оилалар учун еттита имконият ва масъулият” тамойили асосида амалга оширилади.

2025 йилдан кўп ўлчовли камбағалликни аниқлаш мезонининг янги тизими жорий этилади. Бу мезонлар нималардан иборат?

Камбағал оилаларнинг ижтимоий шароити ва камбағалликка тушиш сабабларини ўрганишда “Маҳалла еттилиги”нинг иштироки қандай бўлади?

Батафсил: "Studiya 24"da.

@mehnatvazirligi

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

31 Oct, 11:54


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Xitoyning Pekin shahrida “Kambagʻallikka qarshi global kurashish va barqaror rivojlanish - 2024” xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda.


💎Mazkur forum Xitoyning Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xitoy Xalqaro kambagʻallikni qisqartirish markazi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida oʻtkazilmoqda. Tadbirda xalqaro tashkilotlarning iqtisodchilari va ekspertlari kambagʻallikka qarshi kurashning asosiy masalalarini muhokama qilishmoqda.

💎Xalqaro forumning navbatdagi sessiyasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining departament direktori oʻrinbosari Muxtor Shonazarov ham oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etib, kambagʻallikni qisqartirish sohasida Oʻzbekiston tajribasi, erishilgan yutuqlar va ustuvor vazifalar haqida nutq soʻzladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

29 Oct, 09:28


Xotin-qizlar uchun o'quv seminarlari davom etmoqda

📍Tadbirkor ayollarning elektron tijorat salohiyatlarini rivojlantirish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv seminari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Uzum market bilan hamkorlik qilish va o‘z biznesini rivojlantirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

💎Mazkur seminar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, xususiy sektor hamkorlari bilan birgalikda BMTTD tomonidan xotin-qizlar o'rtasida raqamli va moliyaviy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan. 

💎Bu kabi o‘quv-seminarlar respublikamiz bo‘ylab muntazam davom etib, 500 nafar xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishni maqsad qilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

29 Oct, 05:27


Якка тартибдаги уй-жойни қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш мақсадлари учун 120 млн сўмгача, 20 йилгача муддатда ипотека кредитлари ажратиш йўлга қўйилди.

У кимларга,  қай тартибда берилади?

Бу жараёнда дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун ажратиладиган кредитнинг 15 фоизи миқдорида ҳамда фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун кредит муддатининг биринчи беш йили давомида 12 фоиздан ошган қисмига субсидия тўланади.

Батафсил: "Fakt 24" да.

@mehnatvazirligi

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

28 Oct, 11:24


🇺🇿🇹🇷 OʻZBEKISTON-TURKIYA: hamkorlik davom etadi.

Kambagʻallikni qisqartirish siyosatini yuritish va hokim yordamchilari faoliyatini kompleks muvofiqlashtirish departamenti direktori oʻrinbosari Muxtor Shonazarov hamda Turkiyzabon dunyosining munitsipal ittifoqi Bosh kotibi Doktor Faxri Solak oʻrtasida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan, hokim yordamchilarining Turkiyaga oʻquv-amaliy tashrifini davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Navbatdagi seminar-treninglar joriy yilning noyabr oyida bo’lib o’tishi va unda 10 nafar hokim yordamchilari ishtirok etib qaytishi rejalashtirilmoqda. Tashrif dasturi va seminar materiallari birgalikda ishlab chiqiladi.

Hokim yordamchilaring malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini tashkil etishda quyidagi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish taklif etildi:

1.Hududiy hokimiyat organlari va tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro hamkorligi;
2. Munitsipalitetlarning aholi bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashi borasida koʻrsatayotgan koʻmaklari;
3. Aholini kasbga oʻrgatish hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlganlarga oʻz biznesini boshlash uchun koʻrsatilayotgan yordamlar va undagi mahalliy hokimiyat organlarining oʻrni;
4. Aholini kambagʻallikdan chiqarish, ularni tadbirkorlikka jalb etishda munitsipalitet va mahallalarning oʻrni.


Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

26 Oct, 17:16


#Subsidiya

📍Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida tumandagi ishsiz, bandligi taʼminlanmagan, "Ayollar daftari"dagi ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi.

Uchtepa tumani mahallalaridagi hokim yordamchilari tavsiyasi asosida ish qurollariga ega bo'lgan mazkur fuqarolar endilikda oʻzi-oʻzini band qilgan holda, oilalariga daromad olib kelishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

25 Oct, 11:06


Xotin-qizlar uchun tadbirkorlik ko'nikmalari

🟢 “Tadbirkor ayollarning elektron tijorat salohiyatlarini rivojlantirish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Uzum market bilan hamkorlik qilish va o‘z biznesini rivojlantirish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

25 Oct, 05:55


4,6 trln so’m aktivga ega bo'lgan kompaniyaning bir qismiga egalik qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktyabrgacha amal qiladi.

🌐 ipo.e-auksion.uz savdo platformasi orqali Xalqchil IPOda ishtirok eting va siz ham aksiyadorga aylaning!

Call markaz: ☎️+998712022111

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

25 Oct, 05:46


KAMBAGʻAL OILALARGA IPOTEKA KREDITLARI AJRATILADI

“Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisida“gi nizomni tasdiqlash haqida”gi (VM-691-sonli, 21.10.2024y.) qarori tasdiqlandi.

Unga koʻra:

🟢Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun Markaziy bank asosiy stavkasi (13,5%) dan toʻrt foiz bandga yuqori (17,5%) stavkada 120 mln soʻmgacha, 20 yilgacha muddatda ipoteka kreditlari ajratish;

🟢Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlash;

🟢Ipoteka kreditlari va ular boʻyicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartiblari tasdiqlandi.

Shuningdek,

🟢Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va Moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan qoida tariqasida, Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantirish banki tomonidan ajratiladi;

🟢Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonyatruksiya qilish va taʼmirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyhatidan oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;

🟢Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar subsidyplatform.mf.uz platformasi orqali ajratiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

23 Oct, 12:24


#OAV_biz_haqimizda

Kambag‘allikdan farovonlik sari: Qashqadaryo tajribasi


Batafsil: "Maxsus reportaj"da.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

21 Oct, 12:36


Maxsus reportaj | «Xalqaro hamkorlik tashabbuslari» haftaligi
#21oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

21 Oct, 07:34


#Live

«Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл»


Айни дамда Пойтахтимизда давом этаётган халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги доирасида «Ижтимоий хизматларнинг камбағалликни қисқартиришдаги ўрни: Барқарор ривожланиш сари йўл» мавзусида халқаро давра суҳбати бoшланди.

Тадбир Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги билан биргаликда ташкил этиляпти.

Унда маҳаллий ҳамкор ташкилотлар масъулларидан ташқари 10 дан ортиқ хорижий мамлакатлардан экспертлар мавзуга доир маърузалари ва тақдимотлари билан иштирок этмоқда.

Давра суҳбатида халқаро ташкилотларнинг иқтисодчилари ва экспертлари камбағалликка қарши курашнинг асосий масалаларини муҳокама қилишади. Шунингдек, ушбу соҳасидаги мамлакат тажрибаси ва халқаро амалиётлар билан ўртоқлашишади.

Ушбу давра суҳбатини ташкил этишдан мақсад, хорижий ва миллий экспертлар, таҳлилчилар ўртасида Янги Ўзбекистондаги демократик ислоҳотлар, уларнинг моҳияти, эришилган ютуқлар ва навбатдаги долзарб вазифалар, мамлакатда вужудга келаётган мутлақо янги ижтимоий-иқтисодий, сиёсий-ҳуқуқий ва маънавий-маърифий макон ва муҳит, давлат ташқи ва ички сиёсатининг устувор вазифалари тўғрисида фикр алмашишдан иборат.

Халқаро ҳамжамият Ўзбекистонни камбағалликка қарши самарали кураш олиб бораётганини эътироф этмоқда, бу эса хорижий экспертлар билан ўзаро тажриба алмашиш учун янги замин яратади. Бундан ташқари якунда ишлаб чиқиладиган амалий таклиф ва тавсиялар жаҳон миқёсида камбағалликни камайтиришда янги қадам бўлади.

@mehnatvazirligi

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

21 Oct, 07:24


21-октябр — Ўзбек тили байрами куни

Сана муносабати билан Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлигида филология фанлари номзоди ва нотиқ Раҳимбой Жуманиёзов ҳамда Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, «Дўстлик» ордени соҳиби Бобур Бобомурод иштирокида маданий- маърифий тадбир бўлиб ўтди.

Миллий қадриятларимиз ва давлатчилик тимсоли бўлган она тилимиз ҳар доим дунё минбарларида жаранглаб турсин! Ўз софлиги ва жозибасини ҳеч қачон йўқотмасин.

Тилимизни асрайлик!

@mehnatvazirligi‌‌

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

21 Oct, 05:57


Til-millat ko‘zgusi

🖋Til millat ruhini va o‘zligini aks ettiruvchi eng muhim boylikdir.

🇺🇿 1989-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qoʻyilgan dastlabki qadami boʻldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tili” ekanligi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi ham belgilab qoʻyilgan.

🖌Har bir millatning kelajagi, uning ona tiliga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. O‘zbek tili esa bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning ko‘plab burchaklarida e’zozlanib, sevib o‘rganilayotgan tillardan biridir!

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

20 Oct, 06:11


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

18 Oct, 14:48


⚡️Сиз аёл тадбиркормисиз?

Ўз бизнесингизни бошлаш ва бутун мамлакат бўйлаб харидорларни топиш ҳақида ўйлаяпсизми?

У ҳолда сизни Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги, БМТТД, Ижтимоий ҳимоя Миллий агентлиги ва Uzum Academy томонидан аёллар учун ташкил этиладиган молиявий саводхонлик ва электрон тижорат бўйича бепул ўқув семинарларига таклиф этамиз!

Ўқув семинарида иштирок этишни истасангиз қуйидаги Мономарказларга ташриф буюришингиз мумкин:

▪️21-22 октябр кунлари Нукус шаҳридаги Мономарказда

▪️23-24 октябр кунлари Урганч шаҳридаги Мономарказда

▪️ 25-26 октябр кунлари Бухоро шаҳридаги Мономарказда

👉Мономарказлар манзиллари ва телефон рақамлари

@mehnatvazirligi

MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI|Rasmiy kanal

18 Oct, 12:20


#Kambaģallikdan_farovonlik_sari

Men uddaladim!

📍Surxondaryo viloyati Termiz shahri Turon mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Furqat Qurbonov jismomiy imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramasdan mehnatsevarligi va matonati ortidan yutuqlarga erishmoqda.

U mahallasidagi hokim yordamchisi ko'magida imtiyozli kredit olib o'z tadbirkorligini yo'lga qo'ydi va nafaqat o‘zini, qolaversa, mahallasidagi 6 nafar xotin-qizni ham ish bilan ta’minladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️

Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|