Jamol Kamol
O‘zbekiston xalq shoiri
EY FALASTINLIK BOLAM...
(“Anvarmirzo hikoyatlari” kitobidan)
Ey falastinlik bolam, ey sen yuraklar nolasi,
Ey G‘azo tuprog‘ining qonlarga botgan lolasi,
O‘t-olovlar ichrasen, yurting jahon vayronasi,
Har tarafdin yer-u osmoningga tashlandi juhud,
Bir quturgan it kabi joningga tashlandi juhud.
Ko‘ylaging qon, ko‘kraging qon, manglaying qondir bu dam,
Mushtipar, sho‘rlik onang boshingda giryondir bu dam,
Yer-u ko‘k ham chorasiz, holingga hayrondir bu dam,
Chun ilon erdi, yovuz ajdarga aylandi juhud,
Sen go‘dakni bir yo‘la yutmoqqa shaylandi juhud...
Yoqdi jonimni o‘shal ma’yus yuzingda iltijo,
Mo‘ltirab, yoshlarga to‘lguvchi ko‘zingda iltijo,
Titraguvchi lablaring, unsiz so‘zingda iltijo,
Gar yiroqdin bo‘lsa ham bag‘rimga bosgaymen seni,
Qahramonim deb ko‘zim oqiga yozgaymen seni.
Jim turar qavming, agarchi necha milyondir ular,
Sen bani Odam dema, olifta hayvondir ular,
Garchi muslimdir og‘izda, nomusulmondir ular,
Ko‘rmagaylarmu yovuzlarning jafo-yu jabrini,
Necha yuzlab yosh go‘daklarning G‘azoda qabrini?
Qolmadi senga, bolam, jabr-u jafodin o‘zgasi,
Erta-kech ohu fig‘on-u iltijodin o‘zgasi,
Yo‘q magar, bo‘lmas panoh yolg‘iz Xudodin o‘zgasi,
Sen Xudoyim de, najotingni yuborgaydir Xudo,
Ul kasofat xaylini kulfatga qorgaydir Xudo!
Ey jahon ahli, bu ishning chorasin qilmoq kerak,
Haq jazosin ahli zolim bo‘yniga ilmoq kerak,
Lek juhud boshqa, yahudiy boshqadir, bilmoq kerak,
Qavmi Musodir yahudiy, or-nomus qavmidir,
Qavmi iblisdir juhud, makr-u tajovuz qavmidir...
02.09.2014-yil
@abbosova_mehrinoz