“Аkademnashr” nashriyoti @akademnashr Channel on Telegram

“Аkademnashr” nashriyoti

@akademnashr


“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

“Akademnashr” nashriyoti (Uzbek)

Sizning o'qitish yo'nalishlaringizda yangi ma'lumotlar va mavzular oson topish uchun “Akademnashr” nashriyoti kanaliga obuna bo'ling! Bu rasmiy kanalda talabalarga yo'nalishlar bo'yicha foydali maqolalar, darsliklar va ko'p yopiq matnlar mavjud. Siz ushbu kanal orqali o'z bilim va ko'nikmalaringizni kengaytirishingiz mumkin

Ayni paytda, agar sizda kitoblar, darsliklar yoki boshqa nashrlar sotib olish uchun buyurtma berish hojati bo'lsa, “Akademnashr” nashriyoti onlayn buyurtmalar qabul qiladi. Kanalda foydalanish uchun quyidagi havola yordamchi bo'lishi mumkin: t.me/akademsavdo nnAgar sizda savol, taklif yoki shikoyat bo'lsa, “Akademnashr” nashriyoti bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. Kanal bilan bog'lanish uchun @akademnashr_bot bilan muloqot qilishingiz mumkin

Sizning ilmiy-kutubxona hajmingizni kengaytirish uchun vaqtini to'g'ri foydalanishingiz uchun, “Akademnashr” nashriyoti kanaliga obuna bo'lishni unutmang! Kanalda ish vaqti dushanbadan jumaga soat 9:00 dan 18:00 gacha. Ajoyib ilmiy manbalar, yopiq ma'lumotlar va foydali ko'rsatmalar uchun sizni “Akademnashr” nashriyotiga taklif qilamiz! Ishonchli vaqtingiz uchun rahmat!

“Аkademnashr” nashriyoti

16 Feb, 13:57


“Fonus” adabiy kechasi qanday oʻtdi?

Tomosha qiling 👇
https://youtu.be/_Nw3sRNzoxw?si=XNCJ0VJpeEdOitWv

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Feb, 11:15


Ausionda 12 mln so‘mga sotilgan to‘plam, izlamchilar chiqishi - “Fonus” she’riyat kechasi qanday o‘tdi? (foto)

“Izlam” to‘plamining maxsus nashri auksionida Milliy universitet talabasi Nurali Karimov tomonidan sotib olindi.

Batafsıl: https://oyina.uz/uz/posts/26808

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Feb, 09:46


Yangi O‘zbekiston universitetida “Akademnashr” chiqargan “Izlam” to‘plamlarining maxsus nashri kimoshdi savdosida sotildi. Kitoblarni 12 mln so‘mga sotildi. Auksionda universitet talabasi Nurali Karimov g‘olib chiqdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi “Akademnashr” rahbari Sanjar Nazar edi — 11,5 mln so‘m taklif qilgandilar :)

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Feb, 03:30


Bugungi tadbir boʻlib oʻtadigan joy
https://t.me/Akademnashr/4282

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Feb, 14:00


Eslatma:

Bu kitoblar yagona nusxada, kim oshdi savdosiga qo‘yish uchun maxsus chop etilgan.

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Feb, 07:25


Ertangi tadbir uchun navbatdagi syurpriz 💥

"Izlam" muxlislari uchun maxsus stikerlar to‘plami sotuvda! 😍

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Feb, 07:17


Daryoqalb olima, Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Hilola Nazirova izlamchilar bilan adabiy uchrashuvga taklifnoma joʻnatibdi. Adabiyotsevarlarni kutamiz. Syurpriz va sovgʻalar koʻp boʻlishi kutilayotgan ekan.

Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

12 Feb, 16:27


“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi

Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, Izlam toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.

📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.

👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)

Men o’zimni sendan izladim

🔁 English

#izlam #adabiyot #shoirlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

12 Feb, 13:22


Bir o‘tirishda o‘qish bo‘yicha shaxsiy rekordingiz qanday? (tanaffuslarsiz)

Sahifalar soni yoki soat o‘lchovida javob bersangiz bo‘ladi. 👇

“Аkademnashr” nashriyoti

09 Feb, 13:26


Gʻazal va ruboiylardan tashqari, Alisher Navoiyning qaysi yirik asarlarini oʻqib tugatgansiz?

“Аkademnashr” nashriyoti

07 Feb, 12:24


#blits

Faqat 3 nafar ijodkorni o‘qish imkoniyatingiz bo‘lganida kimlarni tanlardingiz?
[To'liq video]

🎙 Jumanazar Yo‘ldosh

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

06 Feb, 13:15


#yangi_video #youtube

Muallif minbari: Jumanazar
Yo‘ldosh

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/z9DAJ4Pmd4A?si=RQY9oEjz4Qzr9HZs

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

06 Feb, 12:00


“Hech”ning birinchi nashri, 2019-yil. Hasan va Husan Mamasaidovlar.

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

05 Feb, 06:26


🎬 Andrey Platonovning "Xandaq" romani haqida

Manba: "Bitmas xazina" ko‘rsatuvi / UzReportTV
Muallif: Nigora Hasanova

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

04 Feb, 14:03


🧐 Jamiyatimizning ideallari kimlar?

Bugun biz jamiyat va millat saviyasini ko‘tarishga hissa qo‘shayotgan inson bilan suhbatlashamiz.

"NmaGap" loyihasining bu galgi mehmoni noshir, adabiyotshunos, "Akademnashr" asoschisi Sanjar Nazar.

Sanjar aka bilan suhbatlashish biz uchun maroqli bo‘ldi, lekin muhokama qilgan mavzularimiz anchagina og’riqli.

50 yildan keyingi hayot va farzandlaringiz kelajagini o‘ylab ko‘rganmisiz?

🎥 Yaxshiroq o‘ylash uchun hoziroq YouTubega o‘ting: 👉 https://youtu.be/cT0uJ6YSMG4?si=aP6Xve_nEVEDmJyB

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat

“Аkademnashr” nashriyoti

04 Feb, 12:48


😇Sevimli nashriyotimiz “Akademnashr”ning bolajonlar uchun ham turli kitoblar taqdim etayotganidan xabaringiz boʻlsa kerak. 🏠Feruza Nazarning “Anisaning uyi” kitobi mana shulardan biri boʻlib, unda Anisa, mushukvoy, toychoq va qoʻzichoq obrazlarining ajoyib suhbatlariga duch kelamiz.

Kitobda Anisaning Qur’onni yod ola boshlagani mushukvoy tilidan gapiriladi. Kitob 5 yoshdan katta bolalar uchun moʻljallangan boʻlsa ham, menimcha, bolalarga biroz qiyinlik qiladi. Yozuvchi bermoqchi boʻlgan gʻoya bolalarga xos til va qandaydir voqealardan koʻra koʻproq, da’vat va undashga yaqin. Bu bilan bolaning koʻngliga kirish qiyin.

Rasmlarda ham aniq, quvnoq ranglardan foydalanilmagan. Odamlarning yuzlari yashirilgan. Menimcha bolalar, obrazni yuzlari orqali koʻproq tasavvur qila oladilar.

☘️Ammo kitob borasida hammaning didi har xil. Ehtimol, bu kitobcha farzandingizning sevimli kitoblaridan biriga aylana olar.

@biyron_cha

“Аkademnashr” nashriyoti

03 Feb, 15:35


Kitob yoki non

Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

02 Feb, 13:14


#IZLAM

📹 Youtube mundarijasi: intervyular


🎬 Bayram Ali

🎬 Furqat Alimardon

🎬 MohiRa

🎬 Suhrob Ziyo

🎬 Sevara Alijonova

🎬 Rahmat Bobojon

🎬 Jaloliddin Sayyid

🎬 Najmiddin Ermatov

⭐️ IZLAM 2-fasl taqdimot videosi

Tomosha qiling va youtube sahifamizga obuna boʻling.

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

31 Jan, 15:30


#premyera

IZLAM 2-fasl taqdimoti

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/HbMHkJC_dEI?si=ChyGxIlKXDDwYN3o

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

30 Jan, 06:53


​​Eshqobil SHUKUR:

«Bosiriq» kitobidagi “Dardli qush” degan hikoyani o‘qib tugatishimga uch-to‘rt sahifa qolgandi. Bu paytda tashqarida izzatli bir birodarim kutib turardi. Keyinroq o‘qirman, deb o‘yladim. Lekin hikoyaning davomini bilishga qiziqish meni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Xullas, kitob yutdi. Bu hikoyani tugatmasdan kitobni yopib qo‘ya olmadim. O‘quvchini reallikdan uzib, voqeaga bog‘lab olish esa faqat katta iste’dodlarga xosdir. “Bosiriq”qa kiritilgan ikki qissa va barcha hikoyalarda mana shunday jozibani tuyasiz.

Bayram Ali “Bosiriq” qissasida o‘z kechinmalarini yangicha uslubda ifoda etishga harakat qilgan. Yangilikka intilishning o‘zi yangilik. Asarda yaxshi voqelar, fikrlar, badiiy ifodalar va Markes uslubiga yaqin allanarsa bor. Menimcha, qissaning qamrovini bundan ham kengaytirish kerak. Undagi personajlar atrofidagi kechmishlarni, xarakterlarni, voqealarni to‘ldirish kerak. Bunga asarda imkoniyat eshiklari ochilib turibdi.

Bayram Ali nasrimizda katta ishlar qilaman deb qat’iyat bilan bel bog‘lagan yosh adiblarimizdan. Bu yo‘lda u o‘zbek folkloridagi ramzlar, timsollarni tinmay o‘rganishi va ulardan foydalana bilishi zarur. Milliy ruh adabiyotda ko‘p narsani hal qiladi. Xalq og‘zaki ijodiyotimizda tayyor xazinalar bor, ularni qayta ishlash, yangicha zamonaviy ruhda badiiy ifodalash kerak. Ishonamanki, u buni uddalaydi. Jozibador, sermazmun asarlarni o‘z ichiga olgan yangi kitob bilan Bayram Alini tabriklayman.

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

28 Jan, 10:10


🎬 Kortasarning "Ishg‘ol qilingan uy" hikoyalar to‘plami haqida

Manba: "Bitmas xazina" ko‘rsatuvi / UzReportTV
Muallif: Nigora Hasanova

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

27 Jan, 14:57


#blits

Faqat 3 nafar ijodkorni o‘qish imkoniyatingiz bo‘lganida kimlarni tanlardingiz?
[To'liq video]

🎙 MohiRa

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

23 Jan, 05:29


©️ Dinara Muminova, bolalar yozuvchisi (#)

📘@akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

22 Jan, 13:24


#blits

Faqat 3 nafar ijodkorni o‘qish imkoniyatingiz bo‘lganida kimlarni tanlardingiz?
[To'liq video]

🎙 Suhrob Ziyo

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Jan, 11:36


#yangi_video #youtube

She’rlar — Najmiddin Ermatov, Jaloliddin Sayyid, Rahmat Bobojon

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/uNZ7m_fOaBE?si=uvr7aT_Hc7o2WDSq

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Jan, 10:48


#blits

Faqat 3 nafar ijodkorni o‘qish imkoniyatingiz bo‘lganida kimlarni tanlardingiz?
[To'liq video]

🎙 Furqat Alimardon

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

20 Jan, 13:58


Qadrdon kitobxonlar, siz qaysi 3 ijodkorni tanlardingiz?

“Аkademnashr” nashriyoti

20 Jan, 13:49


#blits

Faqat 3 nafar ijodkorni o‘qish imkoniyatingiz bo‘lganida kimlarni tanlardingiz?
[To'liq video]

🎙 Najmiddin Ermatov

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

19 Jan, 13:17


#nazm

«Niyat»


Mansur Jumayev she’ri

🎙 Erkin Bozorov

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

19 Jan, 12:04


Bayram Ali ijodida Shukr Xolmirzayev, Tog‘ay Murod, O‘tkir Hoshimov, Luqmon Bo‘rixonlarning ta’siri sezilsa-da, ularning birortasiga ko‘r-ko‘rona ergashish, taqlid qilish kuzatilmaydi. Iloji boricha sodda va tushunarli, samimiy yozishga intiladi. Yozganlari orasida tagiga chizib o‘qiladigan jumlalar, badiiy topilmalar ko‘pligi adibning yana bir yutug‘idir:

“...serharakat va keskir nigohlari mening g‘amgin nigohimga qoqilib, to‘xtadi”.

“Inson ruhi o‘ta kuchli bo‘lganda, yo o‘ta zaif bo‘lganida ilohiyot bilan aloqa bog‘lashga qodir”.

“Shu-shu, narx-navo qanchalik osmon-u falakka ko‘tarilsa, el shunchalik qisinib-qimtinadigan, o‘zini aybdor sanaydigan bo‘lib qoldi...”.

“Dono gaplarning ham yaroqlilik muddati o‘tishi mumkin...".


Behzod IBROHIM

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

18 Jan, 13:13


#nazm

Men dunyoni sharh etsam ham
Baribir tushunmaysiz.
..

Suhrob Ziyo she’ri

Muallifning oʻzi oʻqigan.


📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

17 Jan, 14:30


#blits

Faqat 3 nafar ijodkorni o‘qish imkoniyatingiz bo‘lganida kimlarni tanlardingiz?
[To'liq video]

🎙 Rahmat Bobojon

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

17 Jan, 07:32


Qaysi shoir, yozuvchilarning telegramdagi ijodiy kanallarini kuzatib borasiz?

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Jan, 13:33


#nazm

«Taraddud
...»

Sirojiddin Rauf she’ri

Muallifning oʻzi oʻqigan.


📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Jan, 08:38


📚 "Izlam" jamlagan yosh ijodkorlar

📃 "Hurriyat" gazetasi

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Jan, 16:33


#mahalla_yangiliklari

"Izlam" to'plami taqdimoti bo'lib o'tdi.

🗓 13.01.2025

@mahalla_yangiliklari_tv

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Jan, 10:49


Пойтахтимизда “Излам” тўплами тақдимоти ўтказилди.

@yangidavr_rasmiy

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Jan, 06:34


🎬 "Izlam-2" taqdimoti

UzReport telekanali tayyorlagan reportaj (#)

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

13 Jan, 05:40


#IZLAM taqdimotidan kadrlar.

📸 Abdumannon Muhammad

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

11 Jan, 13:06



Milliy Gvardiya qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Akademnashr tomonidan chiqarilgan “Izlam-2” kitoblar toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Ushbu turkumning bu yilgi mualliflari ijodidan namunalarni o‘qish uchun quyidagi havola ustiga bosing:
👉 jadid.uz/izlam-davrasida

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

“Аkademnashr” nashriyoti

10 Jan, 15:48


Ertangi taqdimotimiz Milliy Gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida boʻlib oʻtadi.

Kirish rasmdagi binoning orqa tomonidan.

Lokatsiya

“Аkademnashr” nashriyoti

10 Jan, 12:03


ERTAGA!

Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A
👉 Joylashuv | Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi

“Аkademnashr” nashriyoti

08 Jan, 15:14


“Bosiriq” kitobi muallifi Bayram Ali “Izlam-2” taqdimotiga barchani taklif etadi.

11.01.2025 | 11:00

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

08 Jan, 07:47


💥 Yaqinroq keling! Uzoq kutilgan yil hodisasi - "Izlam-2" taqdimotiga oz fursat qoldi!

Kelmasangiz nimalardan bebahra qolishingizni bilasizmi? 🤫

— ijodkorlarning o‘zlari tomonidan o‘qiladigan she’r va monologlarni tinglash;
— mualliflardan maxsus dasxatlar olish;
— "Izlam" kitoblarini xarid qilish;

Demak, 11-yanvar (shanba) 11:00 da ko‘rishamiz! Boshqa rejalaringizni ortga surib turing😊


Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A
👉 Joylashuv | Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

07 Jan, 14:39


📚“Izlam”-2 taqdimotini kutayotganlar bormi?

“Аkademnashr” nashriyoti

05 Jan, 06:50


Men uchun adabiyotimizda yil voqeasi

“Аkademnashr” nashriyoti

31 Dec, 16:36


“Soʻrov“

🎙
️ Najmiddin Ermatov

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

31 Dec, 12:27


#IZLAM

📹 Youtube mundarijasi

🎬 Bayram Ali

🎬 Furqat Alimardon

🎬 MohiRa

🎬 Suhrob Ziyo

🎬 Sevara Alijonova

🎬 Rahmat Bobojon

🎬 Jaloliddin Sayyid

🎬 Najmiddin Ermatov

Tomosha qiling va youtube sahifamizga obuna boʻling.

📘 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

31 Dec, 12:14


📚 2025-yilda «Akademnashr»dan nimalar kutyapsiz?

Savollar, fikrlar, taklif yoki e’tirozlaringizni yozib qoldiring.

“Аkademnashr” nashriyoti

30 Dec, 08:58


#yangi_video #youtube

Muallif minbari: Najmiddin Ermatov


Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/pkiSlR2rm_g?si=j01iSbAI0Tb6JjAq


📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

29 Dec, 16:29


Ertaga soat 13:00 da youtube kanalimizda “Muallif minbari”ning yangi soni chiqadi.

Bu galgi mehmonimiz “Turon sogʻinchi” toʻplami muallifi Najmiddin Ermatov.

Ungacha kanalimizga obuna boʻlib, avvalgi suhbatlarni tomosha qilishingiz mumkin: LINK

“Аkademnashr” nashriyoti

29 Dec, 13:21


📚 2024-yilda o‘qigan kitoblaringiz orasida eng yaxshisi qaysi bo‘ldi?

“Аkademnashr” nashriyoti

28 Dec, 11:09


Shu kunlarda shoir Suhrob Ziyo va yozuvchi MohiRa Ozarboyjonda boʻlib oʻtayotgan Turk dunyosi yosh yozarlarining Lankaron anjumanida ishtirok etishmoqda.

Anjuman doirasida ijodkorlar Ozarbayjon xalq shoiri Sobir Rustamxonliga “Izlam” turkumidan oʻrin olgan mualliflik kitoblarini hadya etishdi.

@akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

25 Dec, 14:51


#yangi_video #youtube

Muallif minbari: Jaloliddin
Sayyid

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/rA9lRWYnIn4?si=eFiw0OtDZViW1KSo

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

25 Dec, 13:59


Ertaga yangi nashr etilgan ikkita kitobni sotuvga chiqaramiz: biri nazm, biri nasr. 2024-yilning so‘nggi nashri bo'lishi kutilayotgan kitob ham bor, u esa o‘quv qo‘llanma.

Aytgancha, yaqin daqiqalar ichida youtube sahifamizda shoir Jaloliddin Sayyid bilan suhbat videosini e’lon qilamiz.

“Аkademnashr” nashriyoti

22 Dec, 14:27


📘 Harper Li: Mazaxchini oʻldirish

✍️ Temur Tangriberganov (@timur_books)

https://telegra.ph/Mazahchini-%D1%9Eldirish-12-21

“Аkademnashr” nashriyoti

19 Dec, 05:52


Murod Chovushning qahramoni begona emas, u orqali bizni hechliknig cheksiz qiyofalariga safar qildiradi.

Bu dunyoga kelgan har bir inson hechlik ko‘chasidan baribir o‘tadi. Ammo, har kim har xil tarzda.

Bir umr topolmaganhaqiqat bir kun ro‘y berishini anglab yetdimu, yuragim zirqirab ketdi. Men uch marotaba avtomobil halokatidan tirik qoldim. Bir qadam...dan qaytib keldim.

Ammo, bu haqiqat qachondir ro‘y beradi. Balki hali ko‘p yillar o‘tib... Uni tan olishga majburman. U — o‘lim. O‘lim haq. Bu dunyoda faqatgina o‘lim hech emas.

O‘ljaboy Qarshiboy

To'liq maqola:
t.me/akadem_taqriz/132

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

18 Dec, 13:27


#yangi_video #youtube

Muallif minbari: Rahmat
Bobojon

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/hFSWM2Os-Bc?si=9rgKW7HkeyV1_mct

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

17 Dec, 06:33


📘 Gulhayo Anorova, “Avron

“Аkademnashr” nashriyoti

16 Dec, 05:52


​​Sevara Alijonovaning “Mahkum sayohati” esselar to‘plami kitob holida chop etilganidagina ushbu janr ixlosmandlari unga jiddiy e’tibor berishdi. Chunki yosh muallifning ko‘nglida kundan kunga murakkablashib borayotgan dunyoviy voqea-hodisalar mohiyatini, insonning favqulodda chigal olamini, o‘zaro munosabatlar, unutilayotgan va urfga kirayotgan yangi qadriyatlar zamirida nimalar borligini anglashga intilish borligi uchun ham shunday bo‘ldi.

Sevara essechilikda deyarli shakllangan uslub va yo‘ldan osongina yurishni, qalamini koyitmaslikni emas, tuyg‘ulari, hayrat va iztiroblari, goho buguncha jo‘nroq eshitilayotgan ovozini ifodalashda o‘z yo‘li va uslubini topishga harakat qilayotganini o‘quvchi sezadi, albatta. Fikrimcha, uning “Sukunat shovqini”, “Begemot va men”, “Mahkum sayohati” esselarining muhim yutug‘i shu.

Ammo yo‘l topish, boshqalarnikiga o‘xshamaydigan ovozga ega bo‘lish oson emas. Bundan ham og‘iri — esseda muallif ko‘p o‘rinlarda (tug‘yon va hissiyot vujudini butunlay egallab olganida, idrok ko‘zlari nimadandir kattalashib qotib qolganida ham) o‘zini o‘zi cheklamasligi, o‘zi bilan o‘zi kurashib, bu jangda g‘olib bo‘lishi zarur.

Ahmadjon Meliboyev

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Dec, 13:29


“4+ gurung”imizning yil yakunlariga bagʻishlangan sonini yozmoqchimiz.

👉 Barcha sonlar

Savollar yozib qoldiring, suhbat davomida javob berib oʻtamiz.

@akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Dec, 08:01


📘 Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz”

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Dec, 14:55


#keling_gaplashamiz

Nihoyasiga yetib borayotgan 2024-yilda nechta kitob o‘qishga ulgurdingiz? Orasida «Akademnashr» kitoblari ham bormi? :)

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Dec, 05:47


#suhbat

🎬 «Izlam»chilar «Qo‘shtirnoq» podcastda


👉 Tomosha qiling

🎙 Najmiddin Ermatov
🎙 Sevara Alijonova
🎙 MohiRa

“Аkademnashr” nashriyoti

02 Dec, 05:13


Ayni paytda sotuvda mavjud kitoblar ro‘yxati

Onlayn xarid
: t.me/akademsavdo
Manzil: Chilonzor, So‘galli ota - 5.

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

02 Dec, 04:55


Gitler kutubxonasi (#)

Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

01 Dec, 11:31


🎬 Yozuvchida mas’uliyat bo‘lishi kerakmi?

🎙 Furqat Alimardon

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

01 Dec, 10:37


Muhammad Siddiq, shoir:

Shoir Jaloliddin Sayyidning hamma yozganlarini oʻqib chiqqanman. Men uchun allaqachon kashf etilgan, ovozi baland isteʼdodlardan bittasi, oʻzini hadeb oʻqdan choʻqqa urmaydigan, qoralamalarini qoʻltiqlab olib, hadeganda gazeta-jurnallarga chopmaydigan va yozganlarini eʼlon qilishga shoshilmaydgan kamyob xarakter egalaridan biridir.

– Sanʼat oddiy narsadan ajoyiblik, ajoyib hodisadan oddiylik topa bilishdan iborat, – deydi Deni Didro. Shoir ham oʻzi yashayotgan muhit taʼsirida, sanʼatkorona nigohi bilan atrofga qaraydi va ana shu oddiylik orqali oʻz falsafasini aytib, jamiyatda roʻy berayotgan voqealarga oʻz munosabatini bildiradi. (#)

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

30 Nov, 13:21


🎬 Sizning she'r yozishingiz dunyodagi nimanidir o'zgartiradimi? (#)

🎙 Suhrob Ziyo

📚
@akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

29 Nov, 13:56


Iroda Eshonxonova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori:

Universitetda birinchi marta darsga kirayotgan guruhimda bir talaba yigit “Eski she’rlarimdan o‘qib beraman, ustoz” deb otboqarlar (quloqqa g‘alati eshitilarkan) haqidagi balladasini o‘qib berdi. Bir vaqtlar o‘zim ham she’rlar mashq qilib yurganim bois, qarshimda havaskor shoir yoki talaba emas, balki rosmana ijodkor turganini his qildim. Shundan keyin Rahmatjon bilan she’riyat, tarjima borasida ko‘p mulohaza almashdik.

Shu kunlarda “Izlam” loyihasida ko‘plab yosh ijodkorlar qatori Rahmat Bobojonning ham kitobi nashrdan chiqdi. Odatda, “ro‘baro‘” so‘zini qo‘llaganimizda, kim bilandir yuzma-yuz kelish, tasodifan uchrashish ma’nosini tushunamiz. Shoir esa his-tuyg‘ulari bilan, yana ham shoirona aytsak, o‘zi bilan ro‘baro‘ kelmoqda go‘yo. Fikrlarini, hayajonlarini saralamoqda. Dardlarga yuragini ochib bermoqda...

👉 To'liq o'qish uchun

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

29 Nov, 10:20


📘 Atrofimizdagi olam

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

29 Nov, 06:54


🎬 MohiRa qanday yozadi? (#)

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

28 Nov, 11:00


“Дардисар” романи ҳақида мулоҳазалар.

Мактубни чоп этгани учун @yoshlikjurnali ижодкорларига миннатдорчилик билдираман.

“Аkademnashr” nashriyoti

28 Nov, 09:29


Men bilan sayohatga chiqqan “mahkum”dan oʻrganganlarim – bir kitob tahlili

Umuman, har bir esseda muallif bir savol ortidan fikran-xayolan oʻtmish-u kelajakni, azal va abad dunyoning ibtidosi-yu intihosini kezib chiqadi. Goh torlik dunyosiga qamaladi. Goh hadsiz kengliklarda sarson yoʻqoladi, bizni ham ortidan tortqilab ketadi. Topganlarini mantiq zarrabiniga soladi, zarralab oʻrganmoqchi boʻladi. Bularning barini boricha soʻzga sigʻdirishga, shaklga solishga urinadi. Muallif asli oʻzini ezgʻilagan qay bir savoldan, qay bir ogʻriqdan, yukdan xalos boʻlish uchun ichini qogʻozga toʻkkanini payqaysan.

To‘liq maqola 👉
https://oyina.uz/uz/article/3239

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

27 Nov, 15:51


#IZLAM

Youtube mundarijasi


🎬 Bayram Ali

🎬 Furqat Alimardon

🎬 MohiRa

🎬 Suhrob Ziyo

Tomosha qiling va youtube sahifamizga obuna boʻling.

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

27 Nov, 06:48


Xurshid Abdurashid:

“Jon” asarini o‘qish davomida kitobxon mualliflik filmlarini tomosha qilganday bo‘ladi. Qandaydir mavhumlik bor, go‘yo hech narsani tushunmaysiz, lekin shu bilan birga syujet odamning ko‘ksini g‘ijimlab, nafas olishingizga yo‘l qo‘ymaydi, tanangizdagi eng nozik asab tolalarini uzib yuboradi.

Bu kitobni o‘qish kitobxon uchun qiyin – asarning ichiga kirib o‘qisangiz, o‘pkangizga qum tiqilib qolganday bo‘ladi, qulog‘ingiz ostida bo‘g‘izlangan odamning nochor xirillashi eshitilib turadi. Yolg‘izlik. Vayronagarchilik. Umid yo‘q. Ammo ma’no chuqur. Teran metafora tiniq ko‘rinib turadi – jon qavmi saodat izlab sahro bo‘ylab sarson-sargardon bo‘ladi, odamlar adashgan qo‘ylardek tarqalib ketishadi, birov holsizlanib yiqiladi, birov o‘ladi...

Omon qolish uchun qon kerak – u suv o‘rnini bosadi. Ammo asarni tiriklikning rangli surati deb atash mumkin. Asar ruhiyatiga
chidash uchun, bu ruhiyatni yengib o‘tish uchun kitobxonga jasorat kerak.

📚 @akademnashr | Xarid: t.me/akademsavdo

“Аkademnashr” nashriyoti

27 Nov, 04:44


“Jajji akademik kutubxonasi”

To‘plam narxi: 230 000 so‘m 180 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

26 Nov, 14:04


#yangi_video #yotube

Muallif minbari: Suhrob
Ziyo

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/CRnft95k9IU?si=krsMR3pLgp1cTDZ6

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

26 Nov, 11:26


Yaqinda “Izlam” haqida gapira turib “Masalan, Bayram Alining yozganlari so‘nggi yillarda o‘zbekchaga tarjima qilingan 90% asarlardan yaxshiroq” deb yubordim. Keyin o‘ylanib qoldim: “Oshirib yubormadimmikan?” O‘zimdagi parazit individual idiomalarni o‘zim bilaman va “to‘qson foiz” deganim foizni anglatmaydi (Darvoqe, bunaqalaridan bir nechta, afsuski). Ammo bunga alohida izoh bermasam, eshitgan odamda yanglish tasavvur qolishi mumkin-da degan istihola bor edi.

Bugun ustoz yozuvchimiz Temurpo‘lat Tillayevning quyidagi e’tirofini o‘qigach, ancha tinchlandim. Darhaqiqat, Bayram Ali tarjima qilinayotgan yozuvchilarning to‘qson foizidan kuchli ekan.

O‘qish uchun 👉 https://teletype.in/@akademnashr/Bayram-Ali-Bosiriq

Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Nov, 09:31


“Jajji akademik kutubxonasi”

👉 https://t.me/Akademnashr/4076

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Nov, 08:39


#yangi_nashr 🤩💥

“Jajji akademik”ni ko‘pchilik sevib eslaydi, sog‘inadi. Bu
sevgi va sog‘inchga javoban “Jajji akademik kutubxonasi” rukni
ostida quyidagi 10 ta kitob to‘plam shaklida nashrdan chiqdi:

1. “Aqlni charxlovchi o‘yinlar”
2. “Sog‘lomjon”
3. “Eng qiziq tajribalar”
4. “Mening galaktikam”
5. “Jajji iqtisodchi”
6. “Jajji huquqshunos”
7. “Mening vatanim”
8. “Atrofimizdagi olam”
9. “Komikslar”
10. “Texnoolam”


[Video]

Narxi: 22 000 so‘m (har biri)
Quti narxi: 10 000 so‘m

❗️Butun to‘plam ko‘rinishidagi xaridlar uchun 22 foiz chegirma va bonus sifatida kitoblar sovg‘abop qutida taqdim etiladi.

To‘plam narxi: 230 000 so‘m 180 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

20 Nov, 15:02


#yangi_video #yotube

Muallif minbari: MohiRa


Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/hUlqFxBJths?si=LG0Qb8syIxk8zv90

“Аkademnashr” nashriyoti

20 Nov, 14:11


Jajji akademik kutubxonasi. Ertaga sotuv bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni e’lon qilamiz.

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

20 Nov, 07:41


🎬 Yozuvchi Furqat Alimardon o‘zining “Qorakuya” kitobi haqida (#)

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

19 Nov, 11:43


Yomgʻir ostida bosmaxonamizdan ajoyib tuhfa keldi. 😍

Yangilikka tayyormisiz 🥳


📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

19 Nov, 07:37


– Ijod siz uchun nima? – auditoriyada savol yangradi.
– Mashaqqatli mehnat, iztirob, dard, huzur, ehtiyoj… o‘ttiz besh xil javob aytildi. Ammo savol egasining javobi bir umrga xotirimda muhrlanib qoldi: Ijod, bu – mubtalolik!

📘 Sevara Alijonova, “Mahkum sayohati”

“Аkademnashr” nashriyoti

18 Nov, 05:55


📘 Harper Li: Mazaxchini o‘ldirish

“Аkademnashr” nashriyoti

17 Nov, 13:18


"Izlam" haqida (#)

Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

17 Nov, 07:24


«Akademnashr» jamoasi barcha talabalarni bayram bilan qutlaydi 👨‍🎓

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

16 Nov, 11:43


“Izlam”dagi qissalar:

1️⃣ “Bosiriq” — Bayram Ali;

2️⃣ “Tunkezar bolalar” — Bayram Ali;

3️⃣ “Qorakuya” — Furqat Alimardon;

4️⃣ “Ilk” — Muhammadxon Yusupov
;

Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

16 Nov, 11:12


👉 Antiqa kitoblar

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Nov, 13:43


#yangi_video #yotube

🎬 Muallif minbari: Furqat Alimardon

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/P_QHq1_9ih0?si=UVp1aLF8VkUYRWWk

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Nov, 06:54


📘 Nozima Habibullayeva, “Nafas”

“Аkademnashr” nashriyoti

13 Nov, 09:55


Yozish sizga nima beradi?

🎙 Bayram Ali

“Аkademnashr” nashriyoti

12 Nov, 13:04


📘 Rahmat Bobojon, “Ro‘baro‘”

“Аkademnashr” nashriyoti

12 Nov, 06:21


#yangi_video #yotube

🎬 Muallif minbari: Bayram Ali

Tomosha qiling: 👇
https://youtu.be/hMrgFdv1fWo?si=EfflhDNq9_rpG3Vy

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

11 Nov, 11:06


Kitob Mohiraning katta enasiga yozgan maktubi bilan boshlanib va u kelajakda orziqib kutayotgan qizi To‘marisga yozgan maktubi bilan tugagan. Yozuvchi mana shu ikki maktub orqali o‘z olamini to‘la ochib bergan. Bolaligidan uni nimalar tashvishga solgani, yuragiga azob bergani...

Qiziga yozgan maktubidan esa uning kelajak orzulari, rejalari, hayotdan va o‘zidan kutayotganlari anglashiladi. Mohira qiziga yozgan maktub so‘nggida "Yolg‘iz gunohim - ayolligim. Ayol bo‘lish hatto Xudo bergan tafakkurdan ham odamlarning ra'yiga qarab foydalanish demakdir" deydi. Niyat qildimki, qizlarim ulg‘ayganda ularga shu maktubni o‘qib beraman. Umuman har bir ona mana shu maktubni o‘qishi va qizlariga ham o‘qib berishi zarur bizning jamiyatda. (#)

©️ Kumush Abdusalomova

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

10 Nov, 14:17


akadem•nasr

1️⃣ Xulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Sharifjon Ahmad
Hajmi: 272 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm

2️⃣ Andrey Platonov: Jon
Tarjimon: Sharifjon Ahmad
📖 Fragment va mundarija
Hajmi
: 192 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm

3️⃣ Andrey Platonov: Xandaq
Tarjimon: Sharifjon Ahmad
📖 Fragment va mundarija
Hajmi
: 216 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm

4️⃣ Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Gulnoz Nabiyeva
Muqova: qattiq
Hajmi
: 192 bet
Narxi: 50 000 so‘m

5️⃣ Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi
: 264 bet
Narxi: 50 000 so‘m

6️⃣ Anton Chexov: Kuchuk yetaklagan xonim
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Humoyun
Muqova: qattiq
Hajmi
: 272 bet
Narxi: 50 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

07 Nov, 11:21


O‘zlikni anglashga urinish

Sevara esselarida o‘quvchi bilan muloqotga kirishadi, chuqur mulohazalar, falsafiy va estetik mushohadalarni o‘rtaga tashlaydi. Esselari ijtimoiy, shaxsiy va ongni charxlaydigan qarashlarni o‘zida jamlagan. Bu esseler adabiy badiiy janrlarga xos bo‘lgan mulohazalarni, o‘zgacha falsafiy teranlikni ifodalaydi. Ba’zi o‘rinlarda insonning cheksiz izlanishlari, borliqni tushunishga intilishi va ruhiy mushohadalari yoritiladi.

Esselarni o‘qish jarayonida har bir so‘z muallifning keng falsafiy nuqtai nazaridan kelib chiqishi, o‘zining shaxsiy izlanishlari va ichki qarashlari bilan boyitilgani seziladi. Sevaraning esselari nafaqat shaxsiy kechinmalar, balki keng jamiyat oldidagi vazifa va mas’uliyatni anglash, insonning o‘zini anglashga urinishini namoyon qiladi.

Sevara Alijonovaning yaqinda “Izlam” to‘plamida “Mahkum sayohati” kitobi nashr etildi. Aminmanki, bu kitob dunyoni va o‘zini anglashga intilayotgan har bir inson uchun manzur bo‘ladi.

Furqat Alimardon, yozuvchi

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

07 Nov, 09:38


Bayram Ali asarlarining tili juda shirali, sodda, samimiy. O‘qigan sari kishi qalban uzoqlashgan "ildiziga" qaytaveradi. Muallif bayonchilikning nafaqat badiiy-estetik, balki tashkiliy-kompozision funksiyasi ham mavjudligini aslo yoddan chiqarmaydi.

Har bir asarida shakl va mazmun mutanosib bo‘lishiga intiladi. U go‘yo oldin bo‘lib o‘tgan voqeani roviy tilidan hikoya qilib berayotganday tuyulsa-da, yo‘l-yo‘lakay qahramonlar tushgan holatlar, ruhiy manzara va obrazlar qiyofasini tasvirlab ketadi, syujet liniyalariga izoh kiritadi. Asarlarini qurish, insonni tahlil qilishda jahon adabiyotidagi turli oqimlardan mohirona foydalanadi.

Aynan “Bosiriq”ga kelsak, u katta adabiy tahlilga muhtoj. Qissaning ilk jumlalaridanoq jo‘n asar o‘qimayotganingizni his etasiz. Siz asar davomida yosh yozuvchining ilohiyotga, siyosatga, san’atga, davr bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarga hali hech bir muallif turmagan nuqtadan nazar tashlaganiga guvoh bo‘lasiz.

Muhayyo YO‘LDOSH, adabiyotshunos

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

05 Nov, 06:59


Aziz obunachilar... Bugun ertalab sovuq xabar yetib keldi. Mualliflarimizdan biri, adabiyotimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tibdi. Kechagina uning "Izlam" to‘plamiga kiritilgan yangi kitobi chop etilgan, shoirning xursandchiligiga sherik bo‘lgan edik. Nima ham derdik, bu yolg‘onchi dunyoga hammamiz mehmonmiz. Alloh oxiratlarini obod qilsin, yaqinlariga sabri jamiyl bersin.

“Аkademnashr” nashriyoti

04 Nov, 04:28


🎁Tugʻilgan kunida bola uchun eng yaxshi sovgʻa nima?

“Akademnashr”da tayyorlangan “Tugʻilgan kunimga sovgʻa” nomli kitobchada shu savolga javob olamiz.

👨Qizchaning dadasi ixtirochi va uzoq safarga ketgan. 3 kundan keyin esa qizaloqning tugʻilgan kuni. U dadasining uyga qaytishi uchun chora qidira boshlaydi.

🤖Robot, mashina va qanot yasaydi, juda koʻp muzqaymoqlar tayyorlash haqida oʻylaydi. Oxirida esa eng yaxshi chorani topadi. Buni kitobchani oʻqib qizcha bilan birgalikda topish maroqliroq.

Muallif va rassom Dinara Muminovaning sifatli tayyorlangan kitobi, qiziqarli va tushunarli rasmlar bolalarga yoqishi aniq.

🥰Ixtirochi boʻlishga, rasm chizishga qiziqadigan va dadasini yaxshi koʻradigan barcha bolajonlar uchun ideal kitobcha. Uni albatta farzandingizga sovgʻa qiling.

Ayting-chi, sizningcha bola uchun eng yaxshi sovgʻa nima?

@biyron_cha

“Аkademnashr” nashriyoti

01 Nov, 17:05


©️ Shahriyor Shavkat

“Аkademnashr” nashriyoti

31 Oct, 09:41


📘 Mansur Jumayev, “Biz kutgan fasl”

“Аkademnashr” nashriyoti

30 Oct, 13:15


📘 MohiRa, “Qirq birinchi kun”

“Аkademnashr” nashriyoti

28 Oct, 16:08


“Izlam” - 2 bilan tanishamiz!

https://youtu.be/tnafLDtQTaI?si=6OnEQAtCkCKo4N59

“Аkademnashr” nashriyoti

28 Oct, 06:37


Bir oyda o‘rtacha nechta kitob o‘qiysiz?

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

27 Oct, 14:39


​​📘 Sanashni o'rganamiz — Qo‘llanmada sonlarning tarkibini o‘zlashtirishga yordam beruvchi xilma-xil topshiriqlar keltirilgan. Ularni bajarish jarayonida bolalarda misollarni ishlash ko‘nikmalari shakllanadi, mantiqiy fikrlash, diqqat va eslab qolish qobiliyati rivojlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan bo'lib, maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha qo‘llanma sifatida ham, uyda mustaqil shug‘ullanish uchun ham foydalanish mumkin.

Narxi: 17 000 so'm

📘 Задачник — Bolaning 1-sinfda egallashi kerak bo'lgan asosiy ko'nikmalardan biri bu misol va masalalarni tez yechish qobiliyatidir. Qo'llanmadagi qiziqarli vazifalar va misollar 1-sinfda matematika o'quv dasturini yengil o'zlashtirish va mustahkamlashga yordam beradi. Qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

Narxi: 17 000 so'm

📘 Men maktabga boraman 1) Alifbo 2) Mantiqiy fikrlash — kitoblar ota-onalarning mustaqil tarzda bolalarini maktabga tayorlashda foydalanishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, dars mashg'ulotlarini tuzishda katta yoshdagilarning yordami ko'zda tutilgan. Shuningdek, mavzular ilk savodxonlik saboqlarini olayotgan bolalarning fikrlash darajasi va qiziqishlarini inobatga olgan holda tayyorlanib, bo'limlarga ajratilgan.

Narxi: 15 000 so'm (har biri)

Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

25 Oct, 14:34


#IZLAM haqida so‘nggi yangiliklar

Dushanba kuni Izlam ruknining yangi mavsumi sotuvga chiqadi. Kutubxonangiz birvarakayiga 15 nomdagi yangi kitoblar bilan boyishi taraddudini ko'ravering.

Kitoblar janrlariga ko'ra quyidagicha ko'rinish oldi:

nasr — 5;
nazm — 8;
publitsistika — 1;
adabiyotshunoslik — 1;


Sotuv e’lon qilinadigan postda barcha narxlar ko'rsatib o'tiladi, kitoblarni to‘plam holida xarid qilsangiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

Izlamning 16-kitobi istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

Kuzatib boring: @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

24 Oct, 07:00


🎬 Bolalar adabiyoti bo‘yicha tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Qobiljon Shermatovning “Buvamning oshqozonidagi mamlakat”va Dinara Mo‘minova kitoblari haqida fikr bildirdi.

Manba: Vatandosh TV
To'liq video:
LINK

📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Oct, 14:12


📘 Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin

​​2019 yil Jianna Molinarining mazkur asarini “Deutsches Buchpreis” (Germaniyadagi eng nufuzli adabiy mukofot) nomzodlari ro‘yxatida ko‘rib, uni o‘qib chiqqandim. Mutoalaa asnosida o‘ziga xos uslubi bilan menga ma’qul bo‘ldi va uni tarjima qilishni boshladim.

Oradan biroz vaqt o‘tib, asar muallifi bilan Shveysariyada o‘tkaziladigan seminar haqidagi e’lon diqqatimni tortdi va men unda qatnashish uchun ariza berdim. Seminar bir hafta davom etdi va unda yetti xil til vakillari, ya’ni ushbu romanni o‘z tillariga o‘girish istagida bo‘lgan tarjimonlar ishtirok etdilar.

Bu ajoyib tajriba edi. Dastlab, muallif tarjimonlardan asardan olgan taassurotlarini so‘radi. Qizig‘i shundaki, uni har kim turlicha, o‘z madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda talqin etgandi. Shu jumladan, asarda uchraydigan ramziy obrazlarni ham. Yosh tarjimonlarga bunday seminarlarda ishtirok etish o‘z uslubini rivojlantirish, asliyatdagi matnni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qolaversa, so‘lim maskan, hamroz dillar, savollaringga javob berishga shay turgan muallif...

Tarjimon uchun bundan a’loroq ijod uchun sharoiti yaratish mumkinmi?! Shu tariqa Jianna Molinari o‘zbek tilida gapira boshladi. (#)

Gulnoz Nabiyeva
tarjimon

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Oct, 09:35


Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

“Аkademnashr” nashriyoti

21 Oct, 02:46


21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni!

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

18 Oct, 15:16


“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.

Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).

1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook

“Аkademnashr” nashriyoti

17 Oct, 14:06


“Qog‘ozga yozsam, ko‘proq yozaman”

🎤 Baxtiyor Abdug'afur


🎬
To'liq video

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

16 Oct, 10:58


Rasmda #IZLAM'ning ikkinchi faslidan o'rin olgan 16 nafar yosh ijodkor ismlari gorizontal va vertikal holatda yashirilgan.

Kimlarni topdingiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✍️

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

16 Oct, 06:03


Bugun Germaniyaning Frankfurt shahrida xalqaro kitoblar ko'rgazmasi — Frankfurter Buchmesse start oldi. Ko'rgazma 5 kun davom etadi, unda "Akademnashr" nashriyoti ham ishtirok etmoqda.

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

“Аkademnashr” nashriyoti

15 Oct, 09:43


“Qishloq ayoli”

Xurshid Abdurashid she'ri,
Lochinbek Erkinzoda o'qidi.


📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

14 Oct, 13:41


📚 ”Frankfurt book fair”da “Akademnashr” kitoblari

@akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

13 Oct, 08:02


Siz «Izlam»ga qanday ta'rif berasiz?

Madina Norchayeva: «Izlam — rangli ohanglar yozilgan plastinka».

Xurshid Abdurashid: «Izlam bu xuddi Kolumb kabi Amerika ochish uchun safarga otlangan 9 ta kema. Maqsad-u muddao uni qaytadan kashf etish emas, yangi bir dunyoni ochishdir».

Tillaniso: «Izlam - o'zing bilan to'lish, "men ham yashayapman", deb aytish va yashayotganingni oqlash sharti!»

Jontemir: «Oxirgi 20 yildan buyon jamiyat, odamlar ruhiyati qay ahvolda ekanini shu to‘qqiz kitobni o‘rganib chiqqan odam bemalol anglaydi, zamonga tashxis qo‘ya oladi».

Rafiq O‘zturk: «Izlam ong va his-kechinmalar sohibi o'laroq o'zini va dunyoni tanishga bo'lgan ishtiyoq bo'lsa kerak. Hayratga ko'milgan shoir ichidan qaynab chiqayotgan tuyg'ularini taftish qilib, uni so'zlar yordamida oqqa ko'chiradi va o'zi ko'rib turgan tashqi olam bilan bo'lishadi».

Azizbek Norov: «Izlam - qoliplar, chegaralar, to‘siqlarni yorgan kichik tuynuk... Bani odamzod AZALda ham, ABADda ham izlagan, izlayapti, izlaydi, izlayveradi... Izlashdan to‘xtalgan kun esa ma’nan hayot va uning mohiyati umri bitgan kun. To‘xtamang!»

Mirzohid Muzaffar: «Izlam bu men uchun yangilanishdan charchagan ruhning bir to‘xtab, nafas rostlab olishini eslatadi. Aynan mana shu nafas rostlash paytidagi baridan voz kechib, xo‘rsinishdir Izlam».

Muhammad Siddiq: «Izlam – qalb va xayolot qa’ridagi g‘amgin xulosa, nekbin xotiralar qirindisidan taralib, yuz berajak voqellikka akssado qaytarayotgan nola».

Feruza Xayrullayeva: «Izlam — aytish, ko'rish, bilish, yashash istagi...»


📚 @akademnashr | #IZLAM

“Аkademnashr” nashriyoti

12 Oct, 13:36


Izlamning birinchi faslida nazm (8) nasr (1) dan ko'p edi. Ikkinchi faslda ijodkorlar soni deyarli 2 barobarga oshgan (15). Bu safar nazm va nasr nisbati qanday ko'rinish olgan deb o'ylaysiz?

Taxminlaringizni yozib qoldiring. 👇

“Аkademnashr” nashriyoti

11 Oct, 09:10


​​2020 yil ikkinchi qizim dunyoga kelgandan so‘ng maʼlum bir sabablarga ko‘ra oilamda notinchliklar boshlandi. Bu holat farzandimning ruhiyatiga ham taʼsir qildi. Serjahl, asabiy bo‘lib qolgandi. Ikkimiz psixologga qatnay boshladik. Yillar o‘tib menda yaxshi o‘zgarishlar kuzatildi, ammo farzandimdagi holat hech o‘zgarmas, qaytanga yomonlashib borardi.

Vaqti kelib bog‘chaga chiqdi. O‘rtoqlari bilan chiqishishi qiyin, injiqlik, arazchilik, qo‘pollik kabi illatlar yaqqol ko‘rina boshladi. Bundan juda xavotirda edim. Qancha kitob o‘qib bermay, qancha yaxshi gapirmay bari foydasiz edi. Uch farzandim bir taraf, u boshqa taraf bo‘lib qolgandi.

Bir kuni xo‘jayinim «Anisaning uyi» nomli kitobni olib keldi. Bolalarimga kitobni o‘sha kuniyoq o‘qib berdim. Kitob o‘qisam zerikganini bahona qilib boshqa xonaga qochadigan qizim bu safar joyidan qo‘zg‘almay tinglab o‘tirardi. O‘sha kundan boshlab nima ish qilmay yonimga «Anisaning uyi»ni ko‘tarib kelib, uni o‘qib berishimni iltimos qiladigan bo‘ldi. Men ham o‘qib beraverdim.

Eng quvonarlisi bir kuni u mendan sura yodlatishimni so‘radi. Bilgan kichik suralarimni o‘rgatdim. 2-3 kunga qolmay 4 ta surani yodlab oldi va o‘yin jarayonida ham aytib yuradigan bo‘ldi.

Baʼzida kechalari derazadan qarab bizning uyimizdan ham xuddi Anisaning uyidek nur chiqyapti deydi. Taom tayyorlaganimda Qurʼon suralarini aytsam, meni Anisaning onasiga o‘xshatadi. Qurʼon oyatlarini aytib pishirgan taomlar mazaliroq bo‘lishini taʼkidlab ham qo‘yadi.

«Anisaning uyi»dan keyin bolamning feʼli ijobiy tomonga o‘zgarishni boshladi.

 Bir insonni yaxshi tomonga o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan kitob uchun kitob muallifga tashakkur bildiraman!

Adiba Meyliyeva, 4 farzandning onasi

@akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

10 Oct, 09:20


Sho'ro mustamlakasi haqida

🎤 Baxtiyor Abdug'afur


🎬
To'liq video

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

09 Oct, 07:30


#yangi_video

Madaminbek, tarixiy romanlar, bio-xavfsizlik, sun'iy idrok va adabiyot haqida — Baxtiyor Abdug'afur

TOMOSHA QILING: 👇👇
https://youtu.be/3DFtoPnpNJQ?si=1WHokXmk8h-yoM_y

📚 @akademnashr

“Аkademnashr” nashriyoti

08 Oct, 15:59


“Samimiyati bilan dunyoni zabt etgan asar” (#)

Telegram | Instagram | Facebook