ABITURIYENT News @uzbmb_uz Channel on Telegram

ABITURIYENT News

@uzbmb_uz


🔎 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 𝗡𝗲𝘄𝘀 – Ta'lim yangiliklari!

Abituriyentlarga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin!

👨‍💻 Reklama uchun: t.me/Click_Edu/6
🤝 Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

ABITURIYENT News (Uzbek)

ABITURIYENT News Telegram kanalimiz siz abituriyentlar uchun tayyorlangan yangiliklar bilan tanishtiradi. Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklarni bu kanalda topishingiz mumkin. Testlar va imtihonlar haqida ma'lumotlar, ta'lim jarayoniga oid foydali tavsiyalar ham bu kanalda sizni kutmoqda. Siz ham abituriyent bo'lgan do'stlaringiz bilan bu foydali kanalga a'zo bo'ling va o'zingizga foydali ma'lumotlar olish imkoniyatini qo'llab-quvvatlang. Biz bilan birga o'qishga tayyormisiz? ABITURIYENT News kanaliga a'zo bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! 📚💬

ABITURIYENT News

21 Feb, 15:22


⚡️Diplomatiya (JIDU) 2024-yil oʻtish ballari

BMBA saytidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti «Yurisprudensiya» yoʻnalishining kirish ballari quyidagicha:

📊 Kunduzgi (oʻzbek):
grant - 180,6 ball
kontrakt - 168,5 ball

📊 Kunduzgi (rus):
grant - 180,6 ball
kontrakt - 158,3 ball

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

21 Feb, 13:02


🤔 Kirish imtihoniga tayyorlanyapsizmi?

Unda bu botni sinab ko‘ring:


👉 BOTNI ISHGA TUSHIRISH

Ilovadan foydalanish bepul
— Hoziroq tayyorlanishni boshlang!

ABITURIYENT News

20 Feb, 06:52


🇺🇸 Ingliz tilida kitob o'qishga qiziqadiganlar uchun maxsus

Kitob ilmiy emas, ensiklopedik, Movie haqida juda qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

(Ayniqsa turli qiziqarli rang-barang rasmlari va grafiklarini ko'rib o'qigingiz kelib ketadi)

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

05 Feb, 03:06


Yuridikka kirish uchun qaysi fanni o'qish kerak? IELTS nechchi bo'lishi kerak?

Yuridik yo‘nalishlar uchun birinchi fan — huquq. Bu faqat Toshkent davlat yuridik universitetida emas, respublikadagi barcha yuridik kadr tayyorlovchi OTMlar uchun amal qiladi.

IELTS talabi ham yumshatilgan

2023-yilgi imtihongacha Toshkent davlat yuridik universitetiga IELTS balli yozish ko‘nikmasi kamida 5,5 ball bo‘lishi kerak edi. Bu talab olib tashlangan. Endi writing balli nechchi bo‘lsa ham, sertifikat darajasi B2  bo‘lsa, qabul qilinaveradi.

Xabarni yuridik universitetga topshirmoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuboring.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

27 Dec, 18:57


Oliy ta’lim!

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

19 Dec, 16:47


Bormi og’riq birinchi kurslar🤔

ABITURIYENT News

09 Dec, 11:59


#Bilasizmi

Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor

🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Bilimni baholash agentligi

ABITURIYENT News

05 Dec, 16:45


Kursdoshlarim yangi yilda o‘tirmoqchi bo’lganda sesiya yaqinligni aytsam 😂

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

22 Nov, 15:29


Kamyob hodisa. Liftdan talabalarning foydalanishini taqiqlash faqat davlat oliy ta’lim muassasalarida emas, xususiy OTMlarda ham uchrab turarkan. Qaysi OTMligini bilish uchun logoga qaralsin.

P.S.: Talabaning OTM liftidan foydalanishini man etishni oqlashga har xil gaplarni aytish befoyda. Talaba kontraktini to‘layapti. Sifatli ta’lim olishga, yaxshi sharoitda o‘qishga haqqi bor.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

04 Nov, 07:21


😂 Egiladi, bukiladi, lekin o'lmaydi deganlari shu bo'lsa kerak)

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

04 Nov, 03:00


🔥 NIU'ga qo‘shiling va orzungizdagi karyerani qurishni boshlang

Innovatsion dasturlar, yetakchi o‘qituvchilar va yorqin talabalik hayoti sizni kutmoqda!

Navoiy innovatsiyalar universitetida bilim cho‘qqilari sari o'z yo‘lingizni boshlang!

📞 Bog‘lanish uchun telefon: +998(55)500-00-43

📲 havola: https://niuedu.uz/uz/cv/2

📄 Litsenziya (№432755)

✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt

ABITURIYENT News

25 Oct, 05:40


⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

22 Oct, 09:46


⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

Abituriyentlarga tarqating.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

22 Oct, 06:29


⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi

Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.

Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.

📞 +998(55)500-00-43

Telegram | Instagram | Web-sayt

ABITURIYENT News

22 Oct, 05:43


⚡️Huquqdan imtihon topshiradigan abituriyentlar nima o'qishi kerak?

Huquq fanidan imtihon topshirishingiz kerak bo'lsa, yuqoridagi dasturlarni yuklab oling.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

12 Oct, 18:42


Bog’chani xususiysi yaxshi,
Maktabni xususiysi yaxshi,
Un
iversitetni esa….

ABITURIYENT News

04 Oct, 12:20


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

28 Sep, 03:15


⚡️1-bosqich talabalari ijara pulini qoplab berish uchun ariza berishlari mumkin

Ulardan ariza 24–27-sentyabr kunlari onlayn olinadi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

23 Sep, 05:52


🔝Leksiyalardan foydali ma'lumotlarni olishning eng yaxshi 5 usuli

1️⃣ Ma'ruzada qatnashing va diqqatni o'qituvchiga qarating. Diqqat bilan tinglang, telefoningiz yoki boshqa narsalarga chalg'itmang.

2️⃣ O'qituvchi foydalanadigan asosiy tushuncha va kalit so'zlarga diqqat qiling, ularni yozib oling. Bu mavzuni yaxshiroq tushunishga va muhim ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi.

3️⃣ Ma'ruzada qatnashing, biror narsa aniq bo'lmasa, savollar bering. Bu ma'lumotni aniqlashtirishga va mavzuni ko'proq tushunishga yordam beradi.

4️⃣ O'z bilim va tushunchangizni chuqurlashtirish uchun o'qituvchi taqdim etishi mumkin bo'lgan qo'shimcha materiallardan, masalan, taqdimotlar yoki maqolalardan foydalaning.

5️⃣ Ma'ruzadan keyin olingan bilimlarni mustahkamlash va muhim fikrlarni eslab qolish uchun materialni takrorlashni unutmang.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

19 Sep, 06:35


⚡️Rasman: Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;

"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.

Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (ta'lim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.

Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi. Manba

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

17 Sep, 06:06


⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

✔️ Abituriyent News

ABITURIYENT News

15 Sep, 05:18


Yakshanba kuni talabalar😂

ABITURIYENT News

12 Sep, 10:19


🇨🇳 🇬🇧 Xitoy va Angliyada o'qish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi!

Til kursi + Bakalavr / Magistratura

O'qish shaharlari:
🇬🇧 Angliya: London, Birmingham
🇨🇳 Xitoy: Pekin, Tsingdao, Chengdu, Shijiazhuang va boshqalar

O'qish dasturlari: 1 yil til kursi + 3-4 yil bakalavr yoki magistratura

Grantlar: Xitoyda grantlarga murojaat qilish imkoniyati (IELTS 6.0 va yuqori, HSK 3-daraja va yuqori talab qilinadi)

Qabul uchun talablar: O'rta maktab, kollej yoki bakalavr diplomiga ega bo'lgan barcha talabgorlar

📈 Bizning afzalliklarimiz:

Universitetlar: Angliyaning TOP-300 universitetlari, Xitoyning birinchi darajali universitetlari bilan ishlash.

Konsalting kompaniyamizning o'z xitoy tili maktabi bor, HSK imtihonini topshirishga yaqindan yordam beriladi.

Grant olish imkoniyati bor!

Karyera: Stajirovka va bitiruvdan so'ng ishga joylashish tavsiyalari, ish vizasini rasmiylashtirishda yordam

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️+998778006686 | Shengli

ABITURIYENT News

11 Sep, 14:38


Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

📋 Ma'lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi.

👨🏻‍🎓 Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etdi, 3 224 nafari esa ishtirok etmadi.

🏢Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etildi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

✔️ Abituriyent News