Kitoblar ombori @kitob_ombori Channel on Telegram

Kitoblar ombori

@kitob_ombori


Abdulloh ibn Muborak dedi:

- Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol...

Hamkorlik uchun: @tezkorxatlarbot

Kitoblar ombori (Uzbek)

Kitoblar ombori kanali o'zbek adabiyoti va kitob sferasida yuz berayotgan eng so'nggi voqealar, yangi kitoblar haqida qaynoq yangiliklar, kitoblar uchun chegirmalar, taqrizlar, maqolalar hammasi shu yerda. Bu kanalda siz o'zbek adabiyoti va kitoblar haqida eng so'nggi va maqbul ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Kitob sevganlar, kitoblar haqida ma'lumot olishni istaganlar uchun Kitoblar ombori kanali eng yaxshi manba. Kanalda sizga tezkor xabarlar yordamchi bo'lib @tezkorxatlarbot himoyalari mavjud. Tashrif buyurish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: https://tirikchilik.uz/kitobombori

Kitoblar ombori

19 Jan, 08:39


Sezaman oldindan: tahqir etadi
Alamli sirlarning bayoni sizni.
Qanday mag‘rurona nafrat-la bizni
Ko‘zingiz hukm etib dog‘lab ketadi!

Men nima istayman? Va qaysi g‘oya
Bilan men ruhimni sizga ochaman?
Va qanday g‘azabli sevinch, xandaga,
Ehtimolki, sabab beraman shundan!

Bir vaqtlar uchrashib men tasodifan,
Mehr uchqunlarin sizda tuyarman.
Lekin ishonishga botinmagandim:
Yaxshi odatga buysunmadim u kun,

Bezdirgan erkimni qo‘limdan butun
Yo‘qotib qo‘yishni xohlamagandim.
Ayirdi bizlarni yana bir narsa…
Lenskiy mahv bo‘ldi-tolesiz qurbon…

Jahonda qalbimga nima xush esa
Undan men qalbimni uzdim shu zamon:
Hammadan yotsinib, beqayd, beg‘avg‘o
O‘ylagan edimki, erkinlik, uzlat
Baxtning adashidir.
Rabbim, na zillat!

Qanday adashganman, bu qanday jazo!
Yo'q. Siznigina ko‘rish har daqiqa sayin,
Har yerda soyangiz kabi ergashish,
Lablar tabassumin, ko‘zlar chiroyin
Sevgiga tutilgan ko‘zlar-la ilish.

Sizni uzoq tuyish va ko‘ngil ila
Kamolotingizni anglash, so'ng albat
Oldingizda qotish, qiynoq ichinda
Siniqish va so'nish… mana shavq, lazzat!

Men bundan mahrumman: siz uchun faqat
Har yerda bosh urib surkalanaman,
Menga har kun qimmat, har soat qimmat:
Men esa ziqlikda isrof qilaman
Umrimning sanoqli kunlarin bekor,
Busiz ham ulardan yuragim bezor.

Bilaman: hayotim yo‘li o‘lchangan,
Lekin menim umrim davomi uchun,
Har tongda ishongan bo‘layki chindan
Siz-la ko‘rishaman kunduz – shu bugun…

Qo‘rqaman: yolvorish, ojiz nolamda
Qahrli ko‘zingiz ko‘rinajak birdan
Chirkin bir hiyladan kirdikorgina,-
Qinli itobingiz ham eshitarman.

Bir on bilsaydingiz na qadar dahshat,
Ishqning chanqog‘ida horg‘in dard yutish,
O‘rtanish va aql bilan har soat
Qondagi isyonni bosish, tinchitish;

Yana tizingizni quchish armoni,
Sizning oyoqlarda xo‘ngrab yig‘lamoq,
E’tirof, nadomat, o‘tinch, nidoni,
Nima ayta olsam – barchasin demoq,

Holbuki men vazmin, yasama bir tus
Berib so‘zimga ham, ko‘zlarimga ham,
Sokin suhbatlashish va sizga har dam
Shod bo‘lib qarashga bo‘lamen majbur!

Taqdirim shu ekan o‘z-o‘zimga may
Qarshi turish uchun yo‘q menda mador,
Gap tamom: men taslim, sizda ixtiyor,
Men endi beraman taqdirimga tan.

Onegin

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

19 Jan, 06:26


Bugun sizlar bilan qo‘rquv haqida gaplashmoqchiman. Yurakni gupullatib, adrenalinni oshirib, daydi itdan qochishga undaydigan qo‘rquv haqida emas, balki sezdirmay ichingizga kirib oladigan, makkor qo‘rquv haqida.

Bu qo‘rquv bir necha hafta davomida o‘qib-izlanib, qayta-qayta tahrir qilib blogingizga "post qilish" tugmasini bosishga to‘sqinlik qiluvchi sokin va ayyor qo‘rquvdir. Bu har safar o‘zingiz chizgan yoki yaratgan san’at asarini boshqalarga ko‘rsatishni o‘ylaganingizda "Ular ustingdan kulsa-chi?" deb shivirlaydigan qo‘rquv. Bu siz "Agar gaplarim to‘satdan esimdan chiqib qolsa-chi?" deb taqdimotingizni ko‘zgu oldida yuzinchi marta mashq qilishga majbur qiladigan qo‘rquvdir.

Hozir sizga boshqalarga o‘xshab "o‘zingizga ishoning, siz buni albatta uddalaysiz" degan motivatsion shablon gaplarni aytmoqchi emasman. Men bu qo‘rquvlar haqiqiy emas ham demayman. Ular haqiqiy. Haqiqiy his qilinadigan qo‘rquvlar. U xuddi sahnaga chiqish oldidan qorningizda paydo bo‘ladigan og‘riq kabi haqiqiy.

Oxirgi marta qachon biror kishining yangi narsani sinab ko‘rganini ko‘rganingizda "Voy, anavini qara, naqadar ahmoq ekan-a?" deb o‘ylagansiz? Yoki biror hamkasbingiz apelsinlar bilan jonglyorlik qilishga urinib, butun polni sitrus mevalari bilan to‘ldirib yuborganida kulib yuborgansiz? Lekin shu sababli u haqda yomon fikrlarga bordingizmi? Ular harakat qilishga jur’at etgani uchun ko‘z oldingizda obro‘si tushib ketdimi? Agar shunday bo‘lsa, muammo ularda emas, sizda, o‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlikda.

Xo‘p, mayli siz qo‘rqqan o‘sha yomon voqea yuz berdi. Aytaylik, yangi bir narsani sinab ko‘rdingiz va kimdir sizning ustingizdan kuldi. Kimdir sizni ahmoq deb atadi. Kimdir qilayotgan ishlaringizni bema’ni deb masxara qildi. Xo‘sh, nima bo‘pti?

Yo‘q, rostdan ham. Nima bo‘pti?

Yer aylanishdan to‘xtadimi? Quyosh chiqmay qoldimi? Siz doim ovqatlanadigan oshxonada sevimli taomingiz tayyorlanmay qo‘ydimi? Albatta, yo‘q. Hayot har doimgidek davom etaveradi.

Bu narsalarni anglab yetganingizdan so‘ng - ahmoqona ko‘rinishdan qo‘rqish, xuddi siz qo‘rqadigan yo‘lbars aslida qog‘ozga chizilgan oddiy rasm ekanligini tushuna boshlaysiz va o‘zingizdagi super kuchni qayta kashf etasiz. Bu qo‘rquvlarni oddiy qabul qilganingizdan so‘ng, cheklovlarsiz ijod qilishni, o‘zingizni filtrlarsiz ifoda etishni boshlaysiz.

Buyuk kashfiyotchilar, dunyoni o‘zgartirgan san’atkorlar, imperiyalar qurgan odamlar haqida o‘ylang. Ular hech qachon ahmoq bo‘lib ko‘rinmagan deb o‘ylaysizmi? Ular ustidan hech kim, hech qachon kulmagan deb o‘ylaysizmi? Albatta, kulishgan. Ammo ular bunga bardosh berishgan. Ular doimo oldinga intilishgan. Ular haqiqiy iste’dod hamda qat’iyat oldida olomonning fikri o‘zgaruvchan va oxir-oqibat ahamiyatsiz ekanligini tushunib yetishgan.

Bu odamlar masxaralardan qochganlari uchun emas, balki ularga qaramay oldinga intilganlari, davom etganlari uchun muvaffaqiyatga erishganlar. Ular eng muhim haqiqatni tushunib yetishgan: ijod, o‘z tabiatiga ko‘ra, dastlab ahmoqona ko‘rinadi. Haqiqiy yangilik, haqiqiy kashfiyot dastlab shubha, masxara va kulgi bilan kutib olinadi.

Bu narsalarni qabul qilganingizdan so‘ng, ahmoqona ko‘rinish bu mazmunli nimadir yaratish yo‘lidagi duch keladigan muqarrar haqiqat ekanligini tushunib yetasiz va ana o‘shanda siz haqiqiy ruhiy ozodlikka, erkinlikka erishasiz.

Bu insonni mast qiluvchi erkinlikdir. Bu o‘z qo‘lyozmasini cheksiz tahrir qiladigan, ammo uni hech qachon dunyoga namoyish etishga tayyor bo‘lmagan yozuvchi bilan, o‘z asarini bor kamchiliklari bilan birga e’lon qilib, keyin yangi bir asar yozishga o‘tadigan yozuvchi o‘rtasidagi farqdir. Bu tanqiddan qo‘rqib, qo‘shiqlarini hech qachon e’lon qilmaydigan musiqachi bilan, tomoshabinlar sonidan qat’i nazar, har bir ijrosiga butun qalbini beradigan musiqachi o‘rtasidagi farqdir.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

19 Jan, 05:18


Shaxsiy hayotingizni boshqalarga aytishni to'xtating. Ba’zi odamlar siz haqingizda gap tarqatish uchungina siz bilan suhbatlashadi.

Nipsey Hussle

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

18 Jan, 16:55


Qizlarning allambalo g'alati aqli bo'ladi. Ular iste’dodli odamdan faqat kamchilik qidirishadi, ahmoq odamdan esa fazilat izlashadi.

"Sag'ri teri tilsimi"
Onore De Balzak


@kitob_ombori

Kitoblar ombori

18 Jan, 07:43


Гарри Поттер — БАЗА

Ҳозир бир подкастда кўриб қолдим, стендап-комик айтаяпти: агар сен ҳазилларинг доим кулгили бўлишини истасанг - уни ичига Гарри Поттерни аралаштир. Гарри Поттер ҳақидаги ҳар бир ҳазил кулгили бўлиши кафолатланган. Ҳеч ким унга бефарқ қарай олмайди, уни ўтказиб юбориш мумкинмас.

Унинг суҳбатдоши профессор ўқитувчи ҳам бу гапни тасдиқлаяпти. Агар дарс ўтаётганингизда талабалар зерикишни бошлашса, маърузангиз ичига Гарри Поттер’дан иқтибос киритиб кетинг ва барчани диққатини ўзингизга жалб қиласиз. Талабалар яна сизни тинглай бошлайди.

Албатта бу гапларни руслар айтяпти ва бизга 100 фоиз мос келмаслиги мумкин, лекин 70-80 фоиз бизда ҳам шунга ўхшаш ҳолат юз берса керак. Чунки стендапни эшитадиган аудиторияда базавий билимлар бўлади, уларнинг аксарияти Гарри Поттерни ёки ўқишган, ёки фильмини кўришган. Бу аудиторияни Миллионни аудиториясидан фарқи бор хуллас. Талабаларга келадиган бўлсак ҳам ҳолат деярли шундай. Уларнинг аксарияти билимли, базавий билимларга эга, Гарри Поттер эса - База.

Россиялик адабий танқидчи Галина Юзефовичнинг бир гапи бор, Гарри Поттер бутун бошли битта авлодга китобга бўлган муҳаббатни уйғотган. Болалигида Гарри Поттерни ўқиган авлоднинг аксарияти китобхонга айланган.

Бутун бошли авлодни китобхон қилишда бошқа бир асар унга рақобат қила олмаса керак, менимча ҳам. Афсус, унинг китоб версияси бизга анча кеч кириб келди, биз унинг фильмларидан лаззатланиб катта бўлдик. Балки биздаги киноманларнинг фундаментига ушбу франшиза сабабчидир?

Бу битта стендапчи, ўқитувчи ва танқидчининг гаплари. Балки бошқа соҳаларда ҳам Гарри Поттер муҳим аҳамиятга эгадир, ким билсин. Юқоридагилардан келиб чиқиб хулоса қиладиган бўлсак битта факт юзага чиқади: Гарри Поттер - БАЗА. Агар фарзандингизда китобга бўлган муҳаббатни уйғотмоқчи бўлсангиз Гарри Поттер ҳақидаги китобларни олиб келинг, бутун дунёда синалган усул сизда ҳам иш берса ажабмас.

Kitoblar ombori

17 Jan, 15:39


«SEVISHNI BILMAYDI SHARQLIK AYOLLAR»

Sal katta bo‘ldimu, dunyoga boqdim,
Ko‘nglimni qurshadi turfa xayollar.
Gʻarblik xonimlarning ko‘zidan o‘qdim:
«Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Nazokat bobida buloqdek tiniq
Ovro‘po – hammadan farqlik ayollar.
Gʻarblik yigitning-da tasdig‘i aniq –
«Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Gollivud ko‘rsatar har bir yo‘lakda
Ming bir Romeolar bo‘lmish uvollar.
Julyetta topilmas boshqa o‘lkada,
«Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Sharqqa safar qilib ne muarrixlar
Mushtipar nigohdan so‘rmish savollar.
Javob yo‘q, bu holni ilojsiz sharhlar:
«Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Huquqshunos xonim aylaydi taftish
Va o‘z xulosasin uyalmay yo‘llar:
«Nega xo‘rlanmasin, axir, oddiy ish –
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Anjeli Joli ham topibdi bir gap,
O‘zi ko‘rsa hamki, turli visollar:
«Kundoshi bo‘lsa ham indamas, sabab –
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Ne zotlar farangiy ishq otashida
Kuyib yonmishdirlar, ko‘pdir misollar:
Ne bois farang qiz Zidan qoshida?
«Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

Ha, bundoq misollar ko‘pdir ehtimol,
Ehtimol go‘zaldir g‘arblik ayollar,
Shu sabab aytarsiz balki bemalol:
«Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!»

To‘g‘ri, sharq ayoli aytmas sevgisin,
Bir umr sir tutar yostiqdoshidan,
Qattiq rashk qilganin bila olmaysiz,
Sezib qolmasangiz ko‘zda yoshidan.

O‘sha sharq ayoli qattiq suygandan
Muhabbat bog‘iga xayolan kirar,
Hayosi o‘ta zo‘r kuchli bo‘lgandan
Tushini ham zo‘rg‘a, uyalib ko‘rar.

Jimgina qimtinib, kulib odimlar,
Samo ham tinglayur buyuk xayol bu.
Qaniydi, bilishsa g‘arblik xonimlar –
Sevishda beqiyos sharqlik ayol bu!

Birovga sochmayin ko‘ngil sirini
Qo‘lini jimgina tutgan ham udir,
Jangda o‘lib ketgan sodiq erini
O‘lguncha indamay kutgan ham udir.

Sadoqat bobida cheksizdir didi,
Tunlari yostiqqa to‘kar ko‘z yoshin,
Musibat chog‘ida ko‘rsangiz edi
Sharqlik ayollarning temir bardoshin:

...Momom bor edi, qirq uchinchi yili
Qoraxat olganu, kuchaygan dardi.
Sovchilar uch yilcha qo‘yishmagan tinch,
Farzandi yo‘q edi... Tegsa bo‘lardi.

Erga tegsa, birov koyimas sira,
Lokin momom mani sharqlik edi-da -
Birovning qo‘yniga kirishdan ko‘ra
Yoqardi yonishlik xijron dardida.

Kutdi, kutaverdi xayol to‘rida,
Shod bo‘lib yashardi ishq taskinidan.
Birdan... qirq oltinchi yil oxirida
Bobom qaytib keldi finn zaminidan.

Qoraxat ne bo‘ldi, dersiz, aslida
Bunga sabab – jangda ko‘p ofat edi.
Bobomning qaytishi sirsiz – aslida
Momomning sabriga mukofot edi.

Urushgacha o‘n yil yashab befarzand,
Ularning qalbiga sanchilardi o‘q.
Taqdirni qarangki, ajib, shul kundan
Farzandlar tug‘ildi birin-ketin sho‘x.

Mana sizga sevgi, mana sizga g‘am!
Ko‘ring dunyodagi eng yuksak farqni -
Insofdan bo‘lurmu shundan keyin ham
Sevishdan bexabar deyishlik sharqni?!

Men g‘arblik ayolning sha’niga zinhor
Yomon sifatlarni tirkalamasman,
Ammo o‘z momomning sha’nin beg‘ubor
Himoya qilmasam, farzand emasman.

Ey g‘arblik do‘stlarim, bilmasangiz gar
Haqiqiy sevgini, buyuk xayolni,
Tilingizni tiying qiyomat qadar
Tinch qo‘ying, tinch qo‘ying SHARQLIK AYOLNI!!!

Xayrulla HAMIDOV
«Suyanchiq» kitobidan

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

17 Jan, 14:08


Luxury hayotning tashqi jilosi va uning ruhiyatga ta'siri

Bugungi kunda ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarning dabdabali hayoti, qimmatbaho narsalarini namoyish qilayotganini kuzatadi. Ammo siz uchun bu kuzatuvning natijasi qanday?

Ular uchun bu hayotdan zavqlanish, xotiralar yaratish, balki o‘zini ko‘rsatish vositasi bo‘lishi mumkin. Ammo bu bilan ular sizga nima beradi?

Sizga ta’siri:

Havas va hasadga sabab bo‘ladi;
O‘z hayotingizdan norozi bo‘lish hissini kuchaytiradi;
O‘z qadr-qimmatingizga bo‘lgan ishonchingizni kamaytiradi;
Stress va ichki muvozanatsizlikka olib keladi.

O‘z hayotingizni boshqalarning "yolg‘on idealiga" qiyoslash, qoniqmaslik va salbiy his-tuyg‘ularni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish uchun ongli yondashuvni tanlash muhim:

O‘zingizni rivojlantirishga e’tibor qarating;
Ijobiy va foydali kontentlarni kuzatib boring;
O‘z hayotingizdagi kichik yutuqlarni qadrlang;
Har bir insonning yo‘li o‘ziga xos va uni boshqalarnikiga taqqoslash o‘rniga o‘z baxtingizni izlang.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

17 Jan, 06:54


Xayol, xayol… Yolg‘iz xayol go‘zaldir,
Haqiqatning ko‘zlaridan qo‘rqaman.
Xayoldagi yulduzlarkim, amaldir,
Olovimni alar uchun yoqaman.

Cho‘lpon

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

16 Jan, 15:35


...Bugun boshqa yozmayman, negadir ishonchsiz ko‘rina boshladi...

Felisiyaga maktublar, 01/10/1913, 30

@kafkadan_qaydlar

Kitoblar ombori

16 Jan, 12:12


“Maqtanish yoki nolish emas, bu bizning har kunlik sumkamiz. Yevropada talabalarining odatiy sumkasi shunday ko’rinadi. Hamisha daftar-kitobga to’la. Bu yerda kichik, hech narsa sig’maydigan, nomigagina sumka bo’lgan, masalan “bananka” taqib yurgan talabani ko’rmaysiz. Kutubxonalar, talabalar o’qishi uchun maxsus o’quv binolarida bo’sh joy zo’rg’a topasiz. Parta yetmasa, yerda o’tirib ham vazifa qilishadi.

Afsuski, bizda hali hamon buning teskarisi. Qancha talabalarni ko’rdim, faqat bir yoki ikkita daftar bilan o’quv yilini yakunlagan.

Bu yerda talabalar qanday kiyinishga, nima kiyishga qiziqmaydi. Juda boy oiladan bo’lgan talabalar ham shu eski oyoq kiyim, eski rusumdagi telefon, 10 yillik rugzak bilan yuradi.

Afsuski, bizda odatda eng so’nggi texnika, kiyim bo’yicha kim o’zar qilishadi.

Bu yerda telefon, kiyim yoki mashina bilan emas, bilimingiz bilangina odamlarni hayratlantira olasiz. Faqat va faqat bilim bilan”.

Akbar Ibragimov

@mirzo_zominiy

Kitoblar ombori

16 Jan, 06:44


Turkiyaning kosmonavtika shirkatining nomi FERGANI (Fargʻoniy) bo‘ldi va kecha SpaceX raketasi koʻmagida ilk suniy yo‘ldoshini fazoga uchirdi.

Asliyatimizga qaytish va uni avvalgi obroʻsini tiklashda bizdan koʻra 3000 km narida yashovchi qardoshlarimiz tashabbus koʻrsatmoqda.

Biz turkiymiz, asliyatimiz, qadriyatimiz va tilimiz, ancha-muncha yevropaliklardan koʻra qadimiyroq hamda sharafliroqdir.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

16 Jan, 04:36


Butun bir qudratli davlatlar ittifoqi, kichik bir shaharni taslim qila olmadi. Ular tinmay aytadigan "Alloh eng yaxshi vakildir" duolari qabul boʻldi. Qalb ogʻriqlari nihoyat barham topadi. Ammo unda 47000 halok boʻlgan insonlar qoldirgan katta chandiqlar butun umr qolajak.

Kitoblar ombori

15 Jan, 19:52


Musiqani eshitib his qilgan, oʻylagan narsalaringizni kattagina post qilib yozishingiz uchun

Kitoblar ombori

15 Jan, 18:05


Qachonki Remark o'qiganingda...

@remarkdan_qaydlar

Kitoblar ombori

15 Jan, 17:35


Sizga maslahat kerak bo‘lsa, hamma yordam berishga tayyor. Sizga yordam kerak bo‘lsa, hamma maslahat berishga tayyor.

Chaplin

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

15 Jan, 12:20


Kuchlilarni sevishmaydi – ular juda noqulay odamlar. Ularni boshqarib bo‘lmaydi.

Ular o‘zlariga quloq solishadi, o‘z qadrini bilishadi.
Ularning botinida langar bor, langarki, u orqali halol yashash hamda hech nimaga qaramay baxtli bo‘la olish istagida sobit bo‘la oladilar.

Ildizlari mustahkam va zaminga shu qadar chuqur kirganki, sug‘urib olish yoki uzib tashlash mumkin emas. Xuddi ularning metin irodasi, g‘ururi, axloqi va o‘ziga ishonchini yo‘q qilib bo‘lmaganidek.

Kuchlilar har qanday haqiqatga, taqdirning zarbalariga, xiyonatga va o‘z hislari to‘fonlariga yolg‘iz dosh berishga qodir.

Ular og‘riqdan qo‘rqmaydi, chunki o‘z qalbidagi savashni  yashab o‘tib va buning do‘zaxiy otashiga dosh berib, jarohatlarini hikmatga aylantira oladi, shu sababli qalblarini go‘zallik va nafosat tark etmaydi.

Kuchlilar birovning yo‘liga chiqib sadaqa so‘ramaydi, baxtni bozorga solmaydi, muhabbat tilanmaydi – biroq Yaratgan ularga ishqni ravo ko‘rsa, uni buyuk ne’mat deb qabul qiladi va sevgililarini (va ularning sirlarini) hech qachon sotmaydi.

Halol yashaydilar, vijdonan ish qiladilar, o‘tmishlarini – anduh va mukofotlarini ko‘zko‘zlamaydilar, boshqalarga qanday yashashni o‘rgatmaydilar, faqat o‘z qalblari bilan mashg‘ul bo‘ladilar.

Hayotiga o‘zi mas’ul, uni birovning yelkasiga ortmaydi, o‘z aytmishlari va qilmishlarining mas’uliyatini zimmadan soqit qilmaydi, yiqilsa faqat o‘zini ayblaydi, xatolardan xulosa qiladi xolos. Kuchlilar bekorchi afsuslar qilmaydi, foydali xulosalar chiqaradi.

Ular farosatli – aldash va o‘zlariga yot narsalarni (agar o‘zlari istamasalar) singdirish mumkin emas. Hech qachon va hech qanday shart evaziga!

Va ular ketishni biladi. Bir marta va butunlay. Kuchlilarning hislari, tabiati va sabrini sinashga urinmang – o‘zingiz sinasiz.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

14 Jan, 12:33


Uzilib zil bo'ldi ko'nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt.
Mensiz ahvolingga yig'laymi, yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi ayt?

Mashriqlardan kutib olgali bongni
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda.
Men hali o'nglolmay bu telba oyni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda.

Xo'sh, men nima qilay bundayin tongni!?
Sensiz kirib kelar tundayin tongni!?
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim.

Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim:

Sensiz on — asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.

Nima bo'ldi menga? — Xayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda?!
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'sh bardosh
Menga, faqat menga! Ortig'i menga!

Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi: Mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok:
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor!?

Oh, Sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar.
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg'onsin bog'lar.

Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir.
Kechiktirma, yo Rabb, o'zing darakni.

Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari shu — holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!

So'rovim, tilovim, shugina borim:
Dunyo-yu duningga qaytib qo'y meni...
Hech qursa... hech qursa, yo Rabb,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni...

Xayrulla Hamidov

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

14 Jan, 10:16


#eslatma #foyda
⚡️"Muqaddima"ni o'qishga shoshilmang

⚡️Ibn Xaldunning "Muqaddima" asarini yaxshi tushunish va to‘g‘ri talqin qilish uchun,uni o'qishdan avval bir nechta fanlarni o‘rganish zarur yoki yetarlicha tushunchaga ega bo'lish juda muhim. Agar o'quvchida mana shu ilmlar yetarli bo'lmasa kitob "aks ta'sir kuchi" qonunida ishlab notog'ri tushunchaga olib kelishi mumkin.

Quyida bu uchun muhim bo‘lgan fanlar ro‘yxati keltirilgan:

1. Tarixshunoslik va tarix falsafasi

Ibn Xaldun tarixni voqealardan iborat hodisalar yig‘indisi emas, balki ularning sabab va oqibatlarini tahlil qiluvchi ilm sifatida ko‘radi.
Tarix falsafasi va tarixiy metodologiyani o‘rganish, uning tarixga yangicha yondashuvini tushunishga yordam beradi.

2. Ijtimoiy fanlar (sotsiologiya)
Ibn Xaldun ijtimoiy hayotni chuqur tahlil qilgan. U sotsiologiya tamoyillarini asarlarida nazariy jihatdan bayon etgan.
Jamiyat tuzilishi, qabilachilik, shahar madaniyati va davlat shakllanishi kabi masalalarni tushunish muhimdir.

3. Islomiy ilm-fanlar
Fiqh va shariat ilmlari: Uning asarida davlat boshqaruvi va qonunlar bilan bog‘liq masalalar chuqur bahs qilingan.
Ilmul kalom (islom falsafasi): Ibn Xaldunning diniy-falsafiy qarashlarini anglash uchun kerak. Ilmul kalom uchun esa mantiq ilmi zarur.

4. Falsafa va islom falsafasi
Ibn Xaldunning asarida falsafiy tafakkur va nazariyalar (masalan, Aristotel, Forobiy va Ibn Sino kabi faylasuflarning ta’siri) sezilib turadi. Falsafiy tushunchalarni bilish asarni yaxshi tahlil qilishga yordam beradi.

5. Iqtisodiy bilimlar

U iqtisodiy faoliyat, mehnat taqsimoti, boylik va jamiyat rivojlanishini chuqur tahlil qilgan. Bu esa zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi asoslarini o‘rganish uning g‘oyalarini yaxshi tushunishga yordam beradi.

6. Geografik ilmlar haqida tushuncha
Ibn Xaldun jamiyat rivojlanishida geografik omillarning ta’sirini muhim deb bilgan. Shuning uchun uning bu jihatini to‘g‘ri tushunish uchun geografiya fanidan xabardor bo‘lish kerak.

7. Psixologiya va inson xulq-atvori
Ibn Xaldun jamiyat va inson xulqining ichki sabablarini o‘rganadi. Shuning uchun inson psixologiyasini tushunish ham muhimdir.

*"Muqaddima"*ni tushunib o‘qish uchun yuqoridagi kabi keng qamrovli bilimlar kerak bo‘lsa-da, asosan tarix, sotsiologiya, iqtisodiyot, falsafa va islomiy fanlarga asosiy e’tibor qaratish lozim. Shu fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish Ibn Xaldunning g‘oyalarini mukammal tushunish va zamonaviy dunyoda ulardan foydalanish imkonini beradi.
"Muqaddima" kitobidan arab tilida yetuk olim, muhaddis, faqih Muhammad Mujiyr al-Xotiy tomonidan olib borilayotgan dars:

Biz kitobni o'qimang demayabmiz, avval mutaxasislar o'qib xulosa berishsin, keyin yuqoridagi kabi dars yoki shunga o'xsash kitobni tushunishga yaqinlashtiruvchi davralar tashkil qilinsa,keyin kirishsangiz juda afazal demoqchimiz.Ungacha vaqtni va zehnni kerakli o'ringa sarflab turing.
Bunaqa yuqori saviyadagi asar shunchaki oson tushuniladigan bir roman kabi yozilmaydi.Shuyam esdan chiqmasin..

Manba: Xushnudbek Xolmuhammad

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

14 Jan, 04:30


🇺🇿 Barcha aka-ukalarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman!

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz doimo xotirjamlikda yashasin.

🫡 🫡

Kitoblar ombori

13 Jan, 16:50


Reklama orqali kanalga kirganlar: qisqa iqtiboslar ko'p ekan. Uzundan-uzun kitob sifat postlar yozmas ekan.

Kanalda avvaldan borlar: becharalar, hali bironta longread o'qib ko'rishmagan. Ruhiy azoblanishini bilishmayapti.

Kitoblar ombori

08 Jan, 06:10


Shunday qilib, men vannaga yo'l oldim, suvga tushdim va shu orqali o'zimni cho'ktirishga qaror qildim. Keyin birdaniga kecha do‘kondan olgan shokoladli pirogim borligi esimga tushdi. Kim nima desa deyaversin-u, ammo dunyoda yashashga arzigulik narsalar bor.
ㅤㅤ ㅤㅤ
Sesiliya Axern

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

08 Jan, 04:55


Postlarga ko'p-ko'p reaksiya bosish, ma'noli, tahliliy, go'zal izohlar yozish boshqa (yangi) obunachilar hamda reklama beruvchilarni jalb etar ekan.

Kitoblar ombori

07 Jan, 17:38


Yashashni Entoni Xopkinsdan oʻrganish kerak!

1. Men bahaybat Atlant emasligimni tushundim. Dunyo tashvishini bir o‘zim yelkamda ko‘tarib turganim yo‘q.

2. Har kunimni xuddi umrimning so‘ngi kunidek yashashni o‘rgandim. Axir, rostan ham bugun oxirgi kunim bo‘lishi mumkin-ku.

3. Umrim davomida ota-onam, aka-ukalarim, farzandlarim, oilamni sevdim. Umrim poyonida esa o‘zimni sevishni o‘rgandim.

4. Odamlar xato qilayotganini bilsam ham xatoni tuzatmay qo‘ydim. Butun odamzotni mukammal qilishga majbur emasman. Tinchlik mukammallikdan afzal.

5. Men his tuyg‘ularimdan uyalmay qo‘ydim. Hislarim men inson ekanimni anglatadi.

6. Xizmat ko‘rsatuvchilarga yaxshi choychaqa qoldiraman. Bu choychaqa ularni biroz bo‘lsa ham xursand qilsin. Axir ular pul topish uchun mendan ko‘ra mashaqqatliroq mehnat qilishadi.

7. Meni qadrlamaydigan insonlarni tark etaman. Ular mening qadrimni bilmasa bilmasin. O‘z qadrimni o‘zim bilaman-ku.

8. Qariyalar bir hikoyani qayta-qayta aytib berganda “avval ham aytgansiz” deb ularning so‘zini bo‘lmayman. Keksalar biror hikoyani takrorlar ekan o‘z xotiralari yo‘lagidan qayta o‘tib, yoshlikni qayta yashaydilar.

9. Insonlarni ko‘p maqtayman. Maqtov eshitgan kishining kayfiyati ko‘tariladi. Buni ko‘rib men ham xursand bo‘laman.

10. Meva-cheva va sabzavot sotuvchilari bilan tortishib savdolashmayman. Men uchun arzimas bo‘lgan uch-to‘rt dollar ular uchun juda zarur – bolasini o‘qitishga ko‘mak bo‘ladi.

11. Ko‘ylagimdagi g‘ijim yoki kichik dog‘ga e’tibor bermayman. Shaxsiyat tashqi ko‘rinishdan muhim.

12. Birov mendan o‘zish uchun g‘irrom o‘yin qilsa o‘zimni yo‘qotib qo‘yib asabiylashmayman. Men kalamush emasman, men kim o‘zarga musobaqalashmayman.

13. Insonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun kibrni yig‘ishtirish kerak. Kibr va xudbinlik insonni yolg‘izlatib, jamiyatdan yakkalab qo‘yadi.

14. Men o‘z baxtimni o‘z qo‘lim bilan yarataman. Hayotimni baxtli yashash faqat o‘z qo‘limda.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

07 Jan, 17:19


Dunyoda, atrofimizda muammolar tiqilib ketgani tufayli bu joyga iloji boricha qiziqroq, kayfiyat koʻtaradigan, odamni taʼbini xira qilmaydigan narsalar yozishga harakat qilaman.
Baʼzan "siz ham xalq dardini, muammolarini olib chiqmaysizmi? tanqidiy narsalar yozmaysizmi?" deyishadi.
Mensiz ham bu mavzuni bu jamiyat odamlari juda sevadi va mendan koʻra ustalik bilan koʻtarishga usta.

Hayot qisqa, oʻlayotganimizda afsuslanadigan narsalarimiz qatoriga: oila aʼzolarimiz bilan kamroq vaqt oʻtkazganimizdan, doʻstlar davrlariga bormaganimizdan, sayohat qilmaganimizdan, tuygʻularimizni yaqinlarimizga izhor qilmaganimizdan koʻproq nadomat chekamiz. Qaysidir poyafzali teshik insonga, otasini tan olinmagan bolasini hayotiga, yoki qaysidir ayolning tana aʼzosini oʻylab oʻlmaymiz.

Atrofingizdagi voqeliklarni koʻngilga ortiqcha olmang, hamma axborotlarga ham qiziqmang, sevgan ishingiz bilan shugʻullaning, yaqinlaringizni seving, Alloh yaratgan yerda uning rizoligini izlab yashang.

Kitoblar ombori

07 Jan, 16:23


Navbatdagi Nobelchilar oilasi

Chapdagi kishi Daniyalik nazariy fizika daholaridan biri Nils Bor. Fizika bo‘yicha  1922-yilda Nobel mukofoti sovrindori. Doska oldida turgan kishi uning o‘g‘li Oge Bor. U ham fizika bo‘yicha 1975-yilda Nobel mukofotini olgan.
Ularga taqlid qilishga urinayotgan bolakay uning nabirasi Tomas Bor. U bugungi kunda Daniya texnika universiteti professoridir.

Ilm va unga bo‘lgan muhabbat to‘xtamasdan ko‘chib yuribdi. U bobo, o‘g‘il va nabiraning o‘rtasini ajratmayapdi!

Siz bosgan izni farzandingiz bosayapdimi? O‘zingiz yetgan joyga farzandingiz yetadimi? Bunga ko‘zingiz yetadimi?

Afsus! Bizda unday emas...

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

07 Jan, 16:20


Mariya Kyuri. Bu ayolning jasorati, ilmga boʻlgan muhabbati, har qanday qarshiliklarga qaramay qobiqni yorib chiqqani meni doimo hayratga solgan.

Har qancha qiyin bo‘lmasin, muhit va olomon fikriga qarshi borib o‘qimishli bo‘lgan polshalik ilk olima ayol, shu bilan bir qatorda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol kimyogar hamdir.

Oilaning yutuqlari:

Mari Kyuri (Kimyo va fizika bo'yicha Nobel mukofoti);

Turmush o‘rtog‘i - Pyer Kyuri (fizika bo'yicha Nobel mukofoti);

Qizi - Iren Joliot Kyuri (Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti);

Qizining turmush o‘rtog‘i - Frederik Joliot Kyuri (Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti).

Oilamisan-oila!

P.S: Suratda Mari Kyuri va uning qizi Iren Joliot Kyuri tajriba jarayonida.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

07 Jan, 13:08


Bir vaqtlar inson yolg‘iz qolishga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o‘zi bilan muloqot qilishi mumkin edi. Hozir esa yolg‘iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o‘yinlarga berilib ketadi. Ular texnologiyaning quliga aylanib bo‘ldi. O‘tmish mo‘jizalari yangilillar tumani ichra ko‘zdan yo‘qolmoqda.

Den Braun "Ibtido"

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

07 Jan, 12:04


https://t.me/bushro_05/815

Mana bu yerda yaxshi tanlov boʻlyapti. Yutish ehtimolingiz biz oʻtkazgan tanlovdan koʻra koʻproq. Har holda sal mehnat qilgan, salgina hafsala qilgan yutadi.

Mayli, men sizlarga fora beraman)

Kitoblar ombori

07 Jan, 09:02


Gabriele D’Annunsio. Fransuz adibi Floberdan keyin Tolstoy, Yakobson va D’Annunsio yaxshi romanlar yozdi.

Hans-Kristian Andersen – Daniyadagi eng yaxshi yozuvchi. Dunyoda undan yaxshi yozadigani yo‘q. Hech kim Andersenchalik tarixni bolalarga yaxshi hikoya qilib berolmaydi. U jahonda noyobdir. 

Stendal asarlari Napoleon urushlari, ya’ni fransuzlar dunyoga hukmron bo‘lgan davrlar haqida. Uning pozitsiyasi shunday. Bundan tashqari, uning kitoblari romantizmdan iborat, biroq ularda muallifning his-tuyg‘usi juda kam. U hech qachon sentimentalizm ruhida shakllanmadi. 

Uilyam Vordsvort barcha ingliz shoirlaridan ko‘ra buyukroq, ham daholikka loyiq. Uning oqpadar o‘g‘il haqidagi kitobi – “Ekskursiya”ni o‘qing. 

Daniel Defo asarlari menga juda yoqadi. Kutubxonasida hamma yozuvchilarning saylanma asarlari bo‘lib, u barchasini oxirigacha o‘qib chiqqan. Jumladan, Flober, Ben Jonson va Ibsenni. U “Robinzon Kruzo” asarini inglizlarning “Uliss”i deb aytgan edi. 

Jon Donn ijodi Shekspir asarlari singari jozibador va o‘qishli. Agar boshqa asarlar bilan solishtirilsa, aminmanki, fransuz shoirlari kitoblarining siyqasi chiqqani oydinlashadi. Jon Donn klassisizim oqimi ortidan ergashmagan daho. U va Choser “mo‘min-qobil” odamlarga qo‘shilmagan, hayotni sevguvchi adiblar edi. 

Aristotel mening nazdimda, hamma zamonlarning eng buyuk mutafakkiri. Uning asarlarida hamma narsaga aniq va oddiy ta’rif beriladi. Keyinchalik esa uning fikrlari asosida tom-tom kitoblar yozildi. 

Ernest Heminguey hayot va adabiyot orasidagi tafovutni kamaytirdi. Aslida, bu ishni barcha yozuvchilar qilishi kerak. Ernest Heminguey hamma narsani boricha yozdi. Shuning uchun ham biz uni sevamiz. U biz yozuvchilarni yozgan va hali yozishga ulgurmagan hayotga olib kirdi.

Onore de Balzakning dong‘i va mahorati o‘quvchini ushlab turadi, deb o‘ylayman.

Dante. Italyan adabiyoti Dantedan boshlanib, Danteda tugaydi. Shuning o‘zi kifoya. Danteda hamma narsa tiklanish ruhida. Men Danteni Bibliyani sevganchalik sevaman. U ruhimni oziqlantiradi. Qolgan hammasi daxmaza.

Gi de Mopassan… Qiziqarli va jonli… ammo uning asarlarini buyuk ishlar deb aytmagan bo‘lardim.

Iogann-Volfgang Gyote. Keksa Faustning yoshartirilishi menga yoqmaydi.

Mixail Lermontov. “Zamonamiz qahramoni” asari jahonda mening kitobimga o‘xshagan yagona asar. “Zamonamiz qahramoni”ning shafqatsiz taqdiri menga kitobimni eslatib turadi.

Aleksandr Pushkin. Men bir narsani tushunolmayman: Pushkinning askarlar, yovuz odamlar, tanti qahramonlar haqidagi asarlaridan qanday zavqlanish mumkin? Pushkin bolalarcha yashadi va yozdi, shu tariqa o‘ldi ham.

Lev Tolstoy. Hamma davrlarda ham adabiyotga yangilik olib kirganlar eng yaxshi yozuvchi deb tan olingan. Lev Tolstoy buyuk adib. Uning asarlari hech qachon o‘lmaydi. Chunki uning yelkasida doim boshi bo‘lgan.

Jek Londonga qarshi biror gap aytolmayman. Chunki biz bir-birimizdan tubdan farq qilamiz.

Homer barcha aspektlar va spetsifikalarni “Odisseya”da ifodalab bergan, shu jumladan, mayda detallarni ham. U oddiy so‘zlardan favqulodda ma’nolar chiqara oladi. Homerning asarlari shu darajada ajoyib yozilganki, ulardan bir nechta yozuvchilarni topish uchun odam juda aqlli bo‘lishi shart emas. Bular ertaklardek ajoyib va butun yer yuzini birdek bog‘lab turadigan asarlardir. Ularni qayta yozishning iloji yo‘q. Hammasidan ko‘ra eng ajoyibi va keng qamrovlisi “Odisseya”dir. U “Hamlet”, “Don Kixot”, “Ilohiy komediya”, “Faust”dan ham buyukroq va ijtimoiyroq.

Anton Chexov adabiyotga yangilik olib kirdi. Sirtdan qaraganda, u birinchi dramaturg. Chexov kichkinagina detallardan ham tragediya, komediya, xarakter va his-tuyg‘u yarata oladi. Shuningdek, uning asarlarini o‘qiganda pyesalar xuddi ko‘z ochib yumguncha tugab qolgandek taassurot uyg‘otadi. Chexov asarlarida qahramonlar doim ko‘zbo‘yamachiliklardan o‘zini tiyadi va parda tushiriladi. Ammo, bilingki, ular his-tuyg‘uni unutib, yangi ko‘zbo‘yamachiliklarni yaratishadi.

Marsel Prust – analitik natyurmortchi. U faqat gersoginyalar haqida yozadi. Meni esa ularning xizmatkorlari ko‘proq qiziqtirgan.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

06 Jan, 15:07


Eng katta yutuq mana shu kanalni topganingiz va unda mavjud ekanligingiz emasmi?

Blocklanib, kanaldan post oʻqiy olmaydiganlar qancha...

Oʻzini qadrini bilganlar - 🎉

Kitoblar ombori

06 Jan, 15:02


Результаты конкурса:

Победители:
1. Baxawatdiyin (@Seylibekov)
2. ㅤㅤ 𝑲𝒆𝒏𝒋𝒂𝒚𝒆𝒗𝒂 (@the_kenjayeva)

Проверить результаты

Kitoblar ombori

06 Jan, 14:25


Hozir Sizga tarixda o‘tgan ayanchli voqealardan birini hikoya qilib beraman, xulosani o‘zingiz chiqaring:

...Misrda fransuz bosqinchilariga qarshi kurashib, ularga katta talafotlar yetkazgan qo‘mondon Muhammad Karimni tutib, Napoleonning huzuriga keltirishadi.
- Men sening mardligingga, jasoratingga tan berdim, - deydi Napoleon. – To‘g‘ri, sen menga katta zarar yetkazding, ammo, men o‘z xalqining himoyasi uchun jonini berishga tayyor qahramonlarni qatl qilgan imperator sifatida tarixda qolishni istamayman. Shuning uchun, senga imkon bermoqchiman. Sen mening juda ko‘p askarlarimni o‘ldirding. Agar ular evaziga menga o‘n ming oltin tanga keltirsang, seni ozod qilaman. Bu bir va’dadir, so‘zdan qaytish yo‘q!
- Roziman, - deydi Muhammad Karim. – Shartingni to‘liq bajaraman, bunga imkoniyatim bor. Ammo ayni damda qo‘limda shuncha oltin yo‘q. Bozorlarda tirikchilik o‘tkazadigan odamlarga yuz ming oltin tanga qarz berganman. Ruxsat bersang, ulardan pullarimning sen aytgan miqdorini qaytarib olsam.
Napoleon unga ruxsat berib, muhlat tayin etadi.

Muhammad Karim oyoq-qo‘llari zanjirband holda, o‘nlab fransuz askarlari qurshovida har kuni Misr bozorlariga borar, o‘zi qarz bergan odamlarga Napoleonning shartini aytib, bergan pulining hech bo‘lmasa ma’lum miqdorini qaytarishni iltimos qilardi.
- Men sizlarning ozodligingiz, farovonligingiz yo‘lida jonimniyu molimni tikdim. Sizlarga hech bir aziyat yetishini istamayman. Hozir ham sizlarga yaxshi bo‘lishi uchun harakat qilyapman. Agar Napoleon aytgan oltinlarni olib borib bersam, u bizlarga ortiq zarar yetkazmaydi, - deya o‘tinadi. Ammo birorta qarzdor savdogar uning pullarini qaytarishni istamaydi. Qaytaga, Muhammad Karimning o‘zini malomat qiladilar.

- Sen Iskandariyaning vayron bo‘lishiga sababchi bo‘lding! Seni deb tijoratimiz kasod bo‘ldi! Avvalroq taslim bo‘lganingda, shu qadar katta zarar ko‘rmagan bo‘lardik! – deya tashlanishadi unga.
Muhammad Karim Napoleon bergan o‘n kunlik muhlatni shunday xorlik bilan o‘tkazadi. Hech kim bir tanga ham bermaydi unga.

Muhlat bitgan kuni Napoleon iztirobdan boshini ko‘tara olmay qolgan bu azamatga ham achinish, ham g‘azab bilan hayqiradi:
- Sen qatl qilinishga loyiqsan! Sababini bilasanmi? Sen qorin qayg‘usini yurt qayg‘usidan ustun qo‘yadigan, johil vatandoshlaringni deb, mening yuzlab azamat askarlarimni o‘ldirding!..
Muhammad Karim o‘sha kuniyoq qatl qilinadi.

...«Johil olomonni qutqarish uchun maydonga otilgan odam – ko‘rlarning yo‘lini yoritish uchun o‘ziga o‘t qo‘ygan odam kabidir», deya yozgan edi faylasuflarning biri.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

06 Jan, 11:06


Кеча Маккайи мукаррамада устоз Абдулҳаким қори домлани зиёрат қилган эдик, суҳбат асносида бир гап айтдилар:
— Шайх ҳазратлари кўп шундай дер эдилар, “онаси илм учун етаклаб келган болалар одатда, олим бўлиб етишади, энг озида, қори бўлмай қолмайди”.
Бунга мисол қилиб, ўзларига онаси етаклаб келган, ўзлари ўқитган кишиларни ва бунинг исботи аслида тарихда имом Бухорий, имом Молик, имом Аҳмадларнинг мисолида ўз тасдиғини топганини эсладилар.

Ҳа, бу гапни кўп эшитганмиз. Аммо бу гапни такарор ва такрор эшитиб туравериш керак экан. Айниқса, ҳаётда ўзлари бунга гувоҳ бўлган улуғ устозлардан эшитиб, сир-синоатини сўраб туриш керак. Ўзим ҳам олдиндан онаси илмга ихлос қилган, боласининг одоби, илми учун куйиниб юрган оналарни кўрсам, ўша болалардан катта яхшиликлар умид қиламан.

Азиз оналар — опа-сингиллар, сизларда гап кўп. Бугунги фитналарга, турли макр-ҳийлаларга чалғиманг, алданманг.
Сизлар тепратаётган бешикда, сизлар ювиб-тараётган ўша кир устибошнинг ичида буюк инсонлар ўсаяпти аслида. Уларнинг буюклиги сиз билан! Сизнинг ихлосингиз, иффатингиз, сабр-матонатингиз, қаноатингиз ва ғайратингиз билан!

@IkromSharif

Kitoblar ombori

06 Jan, 09:03


"Vaqtim yo‘q!" iborasini biroz tahlil qilsak, aslida bu ibora “men shuni yoqtirmayman” degan ma’noga olib borar ekan.

Masalan, "kitob o‘qishga vaqtim yo‘q" degan odam, kitob o‘qishni yoqtirmasligini aytmoqchi. 

Agar insonda istak bo‘lsa, 24 soatning hammasini o‘sha ishga sarflasa ham, u bu bilan qanoatlanmaydi, yanada ko‘proq vaqtini usha ishga sarflashni xohlaydi.  Istak bo‘lmagandan keyin qanchalik vaqting ko‘p bo‘lsa ham foydasiz!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

06 Jan, 08:19


Nima uchun hali hamon sahifamizni kuzatmoqdasiz?

Hayotingizga ozgina boʻlsada foydasi tegdimi?

Kitoblar ombori

05 Jan, 17:10


- Boshimga bir ish tushib, pulga muhtoj bo‘lib qoldim, shuning uchun arzonga bervoraman, bo‘lmasa, bu narxga sotmas edim, - deydi mo‘ltirab.
Siz: "Yo‘q, birodarim, buni sotmang. Men ehtiyojingizga yarasha yordam beray, muammolaringizni hal qilib oling", demaysiz - bunga hatto imkoningiz bo‘la turib ham.
- Falonchi majburlikdan sotayotgan ekan, suv tekinga oldim, - deysiz maqtanib. Birovning hojatini chiqardim deb hisoblaysiz.
Sizni eshitayotganlar achinadi... U odamning holidan bexabar qolganiga emas, u odamning yaxshi bir molini suv tekinga sotayotganidan bexabar qolganiga achinadi. Ichida: "Eyy, ertaroq bilganimda o‘zim olardim-a", deydi.

Bu – hayotimizning eng oddiy chizgilaridan biri - dinu diyonatdan, odamgarchilikdan gapirib, katta ketishga haqqimiz yo‘qligini eslatuvchi bir chizgi...

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

05 Jan, 16:05


Siz introvertmisiz?

Agar shunday bo‘lsangiz tabriklayman! Sizdan yaxshi yozuvchi chiqishi mumkin.

Bu shunchaki balandparvoz yoki ruhlantiruvchi gaplar emas balki ilmiy tadqiqotlar natijasida chiqarilgan xulosalar.

O‘tkazilgan tadiqoq va o‘rganishlardan kelib chiqilsa, ko‘p yozuvchilar hayotda ancha odamovi hamda jamiyat orasida yurishni yoqtirmaydiganlar bo‘lishgan.

Introversiya kimgadir yolg‘iz o‘ylash uchun ko‘proq vaqt beradi. Yolg‘izlik esa ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

🔥 - bosingizlar introvertlar! Adabiyot sizniki)

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

05 Jan, 15:05


🎯 Kun tartibini rejalashtirishda eng yaqin yordamchingiz!

«Kundaligim 2025» bilan har kuni maqsadlaringizni aniq belgilab, vazifalarni oson boshqarishingiz mumkin. Ushbu kundalik nafaqat samarali ish tartibini yaratish, balki o‘zingizga vaqt ajratish, muvaffaqiyatlaringizni kuzatish va muhim voqealarni eslab qolish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Nega aynan bu kundalik kerak?

Tartib va aniqlik: Soatbay dastur bo‘limi yordamida kuningizni aniq rejalashtiring.

Motivatsiya kuchi: Har kuni kayfiyatingizni baholab, o‘zingizga ma’naviy yordam berishingiz mumkin.

Yozib borish oson: Muhim vazifalar va "bajaraman" degan qismlar bilan maqsadlarga erishish yo‘llarini aniq ko‘rasiz.

Estetik ko‘rinish: Kundalik dizayni shunchaki oddiy emas — ilhom beruvchi elementlari sizga alohida zavq bag‘ishlaydi.

Xulosa: Agar siz kuningizni samarali va mazmunli o‘tkazishni istasangiz, bu kundalik aynan siz uchun! Bugun o‘z kunga yangicha nazar tashlab, marralarni zabt etishga tayyor bo‘ling! 😀

Sizga bunday foydali yordamchini olib, har bir daqiqani qadrlash imkonini qo‘ldan boy bermang!

Elektron shakli: 20.000
Kitobcha shakli: 30.000
Murojaat uchun: @hurfikrlar_admin

https://t.me/+2UHxUTzrhWtjODBi

Kitoblar ombori

05 Jan, 06:47


Dunyoning mayda masalalari atrofida o‘ralashib qolish, ijtimoiy tarmoqlarga mukkadan ketish, har xil voqea-hodisalar (ayniqsa, adolatsizlik, zulm, yovuzlik) haqida juda ko‘p o‘qish yoki videolarni tomosha qilish odamni asabiy va tushkun qilib qo‘yadi. Shuning uchun telefon va kompyuterdan foydalanishni tartibga solish, ijtimoiy tarmoqlardan, ayniqsa, duch kelgan yengil-yelpi narsalarni o‘qish va ko‘rishdan chetlanish tavsiya etiladi.

Qolaversa, ko‘proq do‘stlar, yaxshi insonlar bilan suhbatlashish, ilm olish, tabiat qo‘yniga sayohat qilish, tog‘larni, bog‘larni aylanish insonga rohat beradi, tanasi va ruhini sayqallaydi, tushkunlikdan chiqishga ko‘maklashadi, hayotga, yashashga bo‘lgan intilishingizni oshiradi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

04 Jan, 13:38


#0009

Bir kuni u menga dedi:

"Yo meni tanlaysan yoki kitobni!".

O‘shandan beri har gal yangi kitob sotib olganimda uni eslayman.

Agata Kristi

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

04 Jan, 12:07


#0008

🇰🇿 Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlarda yangi trend ommalashdi: foydalanuvchilar jamiyat uchun foyda keltirmaydigan, xalq dardini yoritmaydigan blogerlar va mashhur shaxslardan obunani bekor qilishga chaqirishdi.

Ushbu g‘oya ko‘plab shikoyatlar fonida paydo bo‘ldi. Unda ko‘plab inflyuyenserlar faqat o‘zlarining qimmatbaho hayot tarzlarini namoyish etishga e’tibor qaratayotgani qayd etilgan. Foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, bu voqelikni qabul qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qozog‘istonliklar aytishicha, bunday postlar hasad, ishonchsizlik va hatto oilaviy nizolarni keltirib chiqaradi.

«Ularning maqsadi faqat pul topish. Ular o‘zlarining bezakli fotosuratlari va hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan reklama bilan xalqni buzishyapti», — deb yozadi muhokama ishtirokchilari.

Biz ham mana shunday chellenjlarni boshlashimiz kerak!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

04 Jan, 05:08


#0007

Bilasizmi, biz o‘zbeklar tug‘ilganimizdan birdaniga ball taqsimlash tizimiga tushamiz. Ushbu ballarni biz bir-birimizga berib charchamaymiz, lekin matritsadan o‘lib ham qutila olmaysan.

Masalan, o‘g‘il bo‘lib tug‘ilsang, avtomat +50 ball, qiz bo‘lib tug‘ilsang, -50 ball.
Toshkentda tug‘ilgan, avtomatom 20 ball plyus.
Qizing boyvachcha joyga tushdi +50 ball, sarpa zo‘r berdingiz +100 ball.

O‘g‘lingiz Malibu oldi +200 ball, keliningiz o‘g‘il tug‘madi -200 ball.
Chiroyli uchastkaga ko‘chdingiz +300 ball, qizingiz ajralib keldi -400 ball.

Oilangizda nogiron bola tug‘ildi... Buyam sizning reytingizni ancha pasaytiradi, shuning uchun o‘zbeklar ko‘pincha nogiron bolasini uyda bekitib o‘tiradi. Chet ellarda ko‘p oilalar bu bolalarni aravachada olib jamiyat hayotiga jalb qiladi, bizda esa ularni yorilgan boshga teng ko‘rib do‘ppi tagida berkitishadi.

Eh, mening o‘zbegimning do‘ppisi, nima nimalar yo‘q uning tagida.

Har birimiz o‘ylab ko‘raylik, balki hech kimga kerak boʻlmagan musobaqalar, hech kimga kerak boʻlmagan reytinglar orqasidan yugurib o‘zimizni va yaqinlarimizni baxtsiz qilayotgandirmiz?

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

27 Dec, 11:00


"Kitoblar ombori (blog)" 2024-yilda ham juda faol faoliyat olib bordi.
O‘tgan yili niyat qilgan niyatlarimiz amalga oshdi. Obunachilar soni soni 5000 mingga ko'paydi.

Postlarni ko‘rishlar soni 9.5 milliondan ortiq, ulashishlar soni 81200dan ortiq ekanligi, qilayotgan ishlarimizdan boshqalar ham manfaat olayotganini belgisi deb umid qilaman.

Barchaga rahmat do‘stlar!
2025-yilgi sarhisobimiz ham Alloh nasib etgan bo‘lsa, yana-da samaraliroq bo'ladi deb umid qilamiz!

#sarhisob

P.S: oʻzimiz uchun like bosamiz

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

27 Dec, 07:48


- Domla, yozuvchi bilan shoirning nima farqi bor, - deb Alloh rahmat qilsin Tohir Malik domladan so‘rashibdi.
Shunda domla: - Bolaligida baland joydan boshi bilan qattiq yiqilib, davolangan bo‘lsa yozuvchi bo‘ladi, agar davolanmay qolib ketgan bo‘lsa shoir bo‘ladi,- deb aytgan ekanlar...

Ehh bechora shoirlar)))

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

27 Dec, 03:55


27-dekabr — Tohir Malik tavallud topgan kun

Yozuvchi 1946-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri.
Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969).

Asarlari:
▪️«Hikmat afandining o‘limi» (1972).
▪️«Zaharli g‘ubor» (1974),
▪️«Falak» (1975),
▪️«Somon yo‘li elchilari» (1978),
▪️«Bir ko‘cha, bir kecha» (1983),
▪️«Alvido, bolalik» (1989),
▪️«So‘nggi o‘q» (1990),
▪️«Ov» (1995)
▪️«Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000; 5-kitob 2009)
▪️«Jinoyatning uzun yo‘li» (2004),
▪️«Mehmon tuyg‘ular» (2003)
▪️«Odamiylik mulki» va b.

Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
2019-yil 16-mayda Toshkent shahrida vafot etgan. Yozuvchining ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

26 Dec, 16:00


Yaqinda «Yangi Yil»
Axlatlarni tashlashni unutmang!

Chelakdagi;
Miyadagi;
Hayotingizdagi!


@kitob_ombori

Kitoblar ombori

26 Dec, 13:59


Yilning eng yaxshi telegram kanallari

Shunday blog va kanallar bor: oʻqigan sari oʻqigisi kelaveradi kishining. Ularda ulashilayotgan maʼlumotlar va yangiliklar aynan siz izlab yurganingiz boʻladi.

📲 Bu yilning eng yaxshi, foydali telegram kanallari qaysi ekanini bilasizmi?! Biz oʻtgan yilda oʻzining sifatli kontenti, postlari bilan oʻquvchilarga manzur kelgan bloglarni bir yerga jamlab chiqdik.

👉 Eng yaxshi kanallarni koʻrish uchun

❗️Yuqoridagi havola orqali kirib, kanallarni oʻz telegramingizga qoʻshib olsangiz boʻladi.

Eng yaxshi kanallarni kuzatib boring, sifatli kontentni qoʻllab-quvvatlang

Kitoblar ombori

26 Dec, 08:25


Dangasalar kitob tugul, taqriz ham o'qishmas emish)

Kim taqriz o'qimagan bo'lsa ular - prollardir!

Prollar kim ekanligini taqrizni o'qiganlargina bila oladi

Kitoblar ombori

26 Dec, 08:22


Zohiran hammada va har joyda tuzumdan rozilik, hayotdan mamnunlik namoyon. Boshqa chora ham yo‘q, har qadamda teleekran va mikrofonlar ta’qib qiladi, «Katta Og‘a seni kuzatib turibdi» — uning nigohlaridan pana joy yo‘q, «bosh chanog‘ingning ichidagi bir necha santimetr kub xayoldan boshqa narsa senga tegishli emas».

Bundan boshqa chora yo‘q: yiroqda tomlar orasida polisiya guruhi vertolyoti, hammasidan o‘tadigan Fikrlar polisiyasi fuqarolarni to‘liq nazorat qiladi.  
Botinan esa kishilarda tuzumdan norozilik kayfiyati hukmron. Lekin hech kim sir boy bermaydi. O‘taketgan ingsosparast Parson ham tushida «yo‘qolsin Katta Og‘a!» deya xitob qiladi, bayroqbardorlik va shiorlarni qichqirib aytishda peshqadam bo‘lgan Juliya hissiyotlariga erk beradi, mamlakat yangi tilini ishlab chiqishda jonbozlik ko‘rsatadigan Saym ham dabdurustdan «yo‘qolib» qoladi.
Asar bosh qahramoni Uinston Smit Haqiqat vazirligida tarixni soxtalashtirish (aslida «bir safsataning o‘rniga boshqa safsatani to‘qib chiqarish») bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, partiyaga isyon, Katta Og‘aga nafrat hissi bilan yashaydi, Juliya bilan ishqiy munosabatlar o‘rnatib, o‘z isyonini namoyish qilgandek bo‘ladi. Partiyaga qarshi tuzilgan maxfiy «Birodarlik harakati»ga qo‘shilishga intiladi, quyi qatlam — prollar bir kun kelib partiyani ag‘darishidan umid qiladi.
Asardagi eng ziddiyatli shaxs — O’Brayen. Dastlab «Birodarlik harakati»ning tarafdori kabi ko‘rinsa ham, partiyaning ashaddiy rahnamosi, Fikr polisiyasi a’zosi. U partiya qarashlarini jon-jahdi bilan targ‘ib qilsa-da, ich-ichidan o‘zining nohaqligi-yu Uinstonning haqligini tan olayotgandek taassurot qoldiradi. U «gaplashsa bo‘ladigan yagona odam». Biroq, u hokimiyatning shunday qurilishi, jamiyat nazorat etilishiga rozi, shuning uchun O’Brayen nohaqligini bila turib, o‘rnatilgan tartibni saqlashga urinadi. Jamiyatning xotirasi sust, kecha olqishlangan kishi to‘satdan yo‘qolib qolsa ham hech kimda savol paydo bo‘lmaydi, uni hech kim qidirmaydi. Negaki, barcha fuqarolar yo‘qolgan kishi allaqachon jisman yo‘q qilinganiga ishonadi. Ba’zan bunday kishilar sud zallarida paydo bo‘lib, kimgadir qarshi ko‘rsatma berish uchun «tirilib ketadi».
Jorj Oruell o‘z asari orqali, balki o‘tmishni tasvirlagan, balki kelajakni bashorat qilgandir. Kimdir nafrat daqiqasida nafratlanayotgan yoki nafratlanishga majburlangan bo‘lishi, ikki karra ikki besh deyishni istamagani uchun birov tirik murdaga aylantirilishi, ongsizlik holatidagi Parson esa bizga zamondosh bo‘lishi mumkin.
Kitobning oxiriga yetmay turib, o‘quvchida fikr uyg‘onadi: bizni hozir aldashmayaptimi? Balki, asar bilan tanishgan kishi statistika, keltirilayotgan yangiliklar, olamshumul marralar haqidagi hikoyalarga shubha bilan qaray boshlar. Oruell dahshatli, qayg‘uli voqealarni, shu bilan birga siz va bizga tanish haqiqatni tasvirlaydi. U kishilarni manqurt bo‘lmaslikka, fikrlashga, o‘z so‘zini aytishga chaqiradi, so‘z va fikr erkinligi mavjudligini eslatadi. ​

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

26 Dec, 08:22


Oruell aksiomasi: erk – qullikdir, bilimsizlik – kuchdir

Erkinlik ikki karra ikki to‘rt ekanligini ayta olishingdir.

Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruellning antiutopik yo‘nalishda yozilgan «1984» romani dunyoning eng mashhur asarlari ro‘yxatiga kiritilgan. Asar o‘zbek tilida ham nashr qilingandan so‘ng o‘zbek kitobxonlari orasida tezda mashhur bo‘lib ketdi, asarni mutolaa qilish, u haqida fikr bildirish haqiqiy chellenjga aylandi. Harqalay, raqsga tushib, boshidan muzdek suv quyishdan ko‘ra, foydali va tartibli musobaqa boshlandi.
«1984» asarida o‘tgan asrning 80-yillarida Ummoniya (Angliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Janubiy Afrikaning umumiy nomi) mamlakatida hukm surgan siyosiy tuzum haqida so‘z boradi. Nom ham aynan voqealar sodir bo‘lgan yildan kelib chiqib tanlangandek. Kitobda tasvirlangan holatlar tarixiy dalillar bilan solishtirib ko‘rilganda esa real makon Sobiq sovet ittifoqi bo‘lgani, ingliz sosializmi tushunchasi ostida kommunizm nazarda tutilgani, «1984» esa totalitar tuzum avj olgan palla — 1948 yil ekani (shunchaki raqamlarning o‘rni almashtirilgan) haqida o‘quvchida ehtimol paydo bo‘ladi.
Oruell dunyosida o‘quvchini jalb qiladigan narsa – asarning nomi. Dastlab, uning ishchi nomi «​Yevropadagi oxirgi inson»​ bo‘lgandi. Robotlashayotgan Ingsos jamiyatida yashayotgan, xotirasi, ongi, hissiyotlarini saqlab qolishga intilgan bosh qahramonni yozuvchi faqat tashqi ko‘rinishi odamsimon bo‘lgan maxluq emas, chin ma’nodagi Inson sifatida ko‘rsatishni istaydi. Kuchli ehtimol bilan aytish mumkinki, roman bu nomda ham hozirgidan kam shuhrat qozonmagan bo‘lardi.
Asar voqealari yuz bergan Ummoniyada yagona partiya, boshqaruvchi hokimiyat, jamiyat Ko‘zi mavjud. Ammo, u yerda tirik qonunlar yo‘q. Nimaiki partiya istaklariga uyg‘un bo‘lsa, shularning barchasi qonuniy. Uning manfaatlariga zid har qanday holat, xatti-harakat esa g‘ayriqonuniy. Mantiqan qaralganda, partiya – kishilar jamoasi, ya’ni asar bir guruh kishilar istagi amalga oshirilishi doimo qonuniy sanalgan Ummoniya haqida.
Partiyaning g‘oyalari matematik aksiomaga o‘xshaydi, uni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishga majbursan, nega va qanday qilib degan «o‘rinsiz» savollarga isbot talab qilinmaydi. Partiyaga shaxs emas, individ, ongsiz individ kerak.
«1984» asari uzoq yillar davomida (u 1949 yil chop etilgan) sovet makonida tarqalmaganini to‘g‘ri tushunish mumkin. Asar kapitalistlarning xuruji sifatida avtoritar rejimlar tomonidan inkor etilgan.
Unda tasvirlangan Ingsos (ingliz sosializmi) jamiyatida bir necha vazirlik faoliyat yuritadi — Haqiqat vazirligi, Muhabbat vazirligi, Farovonlik vazirligi. Lekin biz qo‘llaydigan «ismi jismiga monand» tushunchasi shu nuqtada o‘z ma’nisini batamom yo‘qotadi: Haqiqat vazirligida haqiqatdan boshqa hamma narsa bor. Farovonlik vazirligi istalgan narsaga xizmat qilishi mumkin, faqat farovonlikka emas. Muhabbat vazirligining vazifasi esa muhabbatni tag-tomiri bilan yo‘qotish. Shunga qaramay, Ummoniyada faqatgina Katta Og‘aga nisbatan muhabbat bo‘lishi mumkin. «Katta Og‘aga itoat qilish — bari ular uchun sevimli mashg‘ulotlar».
Kundalik buyumlarning nomi ham partiyaning sharafini e’tirof etish uchun qo‘yilgandek go‘yo: g‘alaba sharobi, g‘alaba sigaretalari, g‘alaba uyi... Hamma narsa partiyaning mutlaq g‘olibligi nishonasi. O‘z navbatida, uy xarob ahvoldaligi, sharob jig‘ildonni qaynatishdan boshqasiga yaramasligi, sigaretalarning kayfni uchiruvchi achimsiq ta’mini tasvirlash orqali yozuvchi bu g‘oliblikning mo‘rtligiga ishora qiladi. Axir, bu sharoitda yashayotgan jamiyatda qilib, «o‘tgan yilga nisbatan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy anjomlari, doshqozonlar, yonilg‘i, kemalar – hamma narsa ko‘payadi». Ummoniyada faqat «jinoyatlar va aqldan ozishlar kamayib, yildan-yilga, daqiqadan-daqiqaga hamma va hamma narsa shiddat bilan yangi va yangi cho‘qqilarga ko‘tarilishi» mumkin. Shu zaylda har kuni «teleekran afsonaviy statistikani vulqonday otishda davom etadi».

Davomi pastda... 👇

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

26 Dec, 05:03


Metro vagonlari va avtobus salonlaridagina audiokitoblarni eshitib maza qilaman ekan

Sizchi?

Kitoblar ombori

26 Dec, 04:15


2025-yil uchun planlar yozdim. Bunga atigi 5 soniya ketti.

Shunchaki, 2024-yilda yozgan planimni 2024 oʻchirib, 2025 qilib qoʻydim 🙂

Kitoblar ombori

25 Dec, 15:33


Kimdir sen tufayli sevishni o‘rgangan.
Kimdir senga havas qilib, sendan ilhomlanadi.
Kimdir seni uchratgani uchun chinakam do‘stlikka ishonadi.
Kimdir sening kulgili voqealaringni boshqalarga aytib, ularga quvonch ulashadi.
Kimdir hali hamon sening so‘zlaringni takrorlaydi.
Kimdir sen tavsiya qilgan musiqani tinglab, ruhiy tasalli topadi.
Kimdir sening maqtoving tufayli o‘zini kuchli his qiladi.
Kimdir sening maslahatlaringni hayotida qo‘llaydi.
Kimdir uyquga ketishdan avval sen haqingda o‘ylaydi.
Kimdir sen tavsiya qilgan kitob sababli mutolaaga mehr qo‘yadi.

Sen dunyoga o‘z nuringni sochayotganingni unutma!
SEN BU DUNYOGA KERAKSAN!


@kitob_ombori

Kitoblar ombori

25 Dec, 15:05


Stendaper @phaziloff ning uzoq kutilgan konsertiga bir kun qoldi. Ilgarigi chiqishlari juda muvaffaqiyatli oʻtib, doʻstimizga ancha mashhurlik olib kelgandi. Bu yengil-yelpi emas, intellektual yumor. Samimiy tavsiya qilaman. Chipta xarid qilish uchun @abubakr_ph ga yozishingiz mumkin. Vaqt oz qoldi.

Kitoblar ombori

25 Dec, 10:59


Ashnaqa

Kitoblar ombori

25 Dec, 05:00


Cho‘kmaydigan molni ko‘paytiraylik!

Ibnul Qoyyim rohimahulloh o‘zining "Miftohu dorus saodati" nomli kitobida aytadi:
Olimlardan biri bir guruh savdogarlar bilan kemaga mindi. Dengiz o‘rtasiga borib kemalari dovul tufayli sinib ketdi. Kema va undagi mollar cho‘kib ketdi. Ular ovchilar tomonidan qutqarilib  o‘sha yerga yaqin bir shaharga olib kelindilar.
Oldin boy-badavlat bo‘lgan savdogarlar endi faqirlikda qolishdi. Olim esa masjidda ilm halqasi tashkil qilib odamlarga ilm o‘rgata boshladi. Tezda u shaharda mashhur bo‘lib ketdi. Hokim uni shaharda qozi qilib tayinladi.

Savdogarlar o‘z diyoriga qaytmoqchi bo‘lishganda olim ham narsalarini yig‘ishtira boshladi. Hokim va shahar aholisi olimning huzuriga kelib undan shaharda qolishini o‘tinib so‘rashdi. U noiloj shaharda qoldi. Savdogarlar olimdan:
- Yaqinlaringizga aytadigan gapingiz bormi?- deb so‘rashdi.
Olim dedi:
- Ha. Ular shunday molni jamlashsinki, kema sinib cho‘kib ketganida  ham u mol cho‘kmasin!

Inson o‘rganadigan har qanday ilm va hunar cho‘kmaydigan moldir. Insonning eng qimmatbaho moli uning cho‘ntagidagi emas, miyasidagi molidir, desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Ma’rifat mol jalb qilishi mumkin. Ammo mol ma’rifat jalb qilmaydi. Men molning qadrini yerga urmoqchi emasman. Kishilarga tushadigan ehtiyojni Alloh qatl qilsin.

Unda xorlik va yuzning suvini to‘kilishi bor. Ammo mol ketadi, ma’rifat qoladi.
Ko‘pgina islom diyorlarida oxirgi vaqtlarda siyosiy hodisalar va to‘polonlar bo‘ldi. Buning oqibatida oldin kuzatilmagan hijratlar va ko‘chib ketishlar yuzaga keldi. Insonlar yolg‘iz ustilaridagi kiyimlari bilan o‘limdan qo‘rqib mamlakatlaridan chiqib ketishdi. Ular faqat miyalaridagi fikrlarini va oldin o‘rgangan hunarlarini olib chiqib ketishdi. Ana shunaqa insonlarga qayerda bo‘lishmasin ish topish oson bo‘ldi.

Duradgor ustaxonasini olib chiqib keta olmadi. Ammo hunarini o‘zi bilan olib ketib, borgan joyida ustaxona topdi.
Shifokor o‘zining qabulxonasini olib chiqib keta olmadi. Ammo bilimini olib ketib, o‘sha yerda qabulxona ochdi.
Insonlar imoratlar, yerlar va uylarini tashlab ketishdi. Aniqki, ularni orqalab ketib bo‘lmaydi. Ularning o‘z diyorlariga qaytish-qaytmasligini faqatgina Alloh biladi.

Cho‘kmaydigan molni ko‘paytiraylik!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

24 Dec, 17:49


Anjanlilar, hafta oxirida bir yigʻilaylik. Navroʻzdami, Oʻzbegimdami umuman qayerda boʻlsa ham.
Anjancha vayblarni sogʻindi odam

Shu yakshanba, obed paytlarni moʻljalga olib turoraslar

Kitoblar ombori

24 Dec, 13:33


"Subyektiv" ko‘rsatuvini Jamshidxon Ziyoxonov tayyorlagan paytlari bu ko‘rsatuvni O‘zbekiston uchun fenomen hisoblardim. Chunki ko‘rsatuvlarda doim mavzu dolzarb, nutq samimiy, tasvirlar go‘zal, montaj mukammal bo‘lardi.
Jamshidxon u ko‘rsatuvdan ketgach, to‘g‘risi birorta ham sonini ko‘rganim yo‘q.
Bugun shu muallifning "Qora Angliya" ko‘rsatuvini ko‘rdim.
Meni qoyil qoldirgan joyi ko‘rsatuv sifat jihatidan yanada o‘sgan. Tasvirlar, montaj yanada yaxshiroq chiqqan. Muallifning mavzuga astoyidil kirishishi, hamma mavjud holatlarni o‘rganib, tahlil qilib, qayta ishlab, o‘zbek tomoshabiniga bir butun muloqot birligi (kontent deylik urf bo‘lgan tilda) sifatida taqdim eta olishi birinchi o‘rinda yuksak aqliy qobiliyat, undan keyin jonkuyarlik va katta mehnat samarasidir.

Ko‘rsatuvda ko‘tarilgan bir masala haqida fikrimni qo‘shib ketgim keldi: Angliyaga o‘qishga deb borib, ammo o‘qishini tashlab ishlab yurganlar ochiqcha intervyu berishni istashmagani... Nega biz shunaqamiz? Aslida bizning aybimiz bo‘lmagan narsani o‘zimizga ayb sifatida yuklab olib, undan uyalamiz. Bu esa hayotimizni badtar qiyinlashtirayotganini ham tan olmaymiz yoki anglamaymiz. Bularning tagida qo‘rquv va jurʼatsizlik yotganday tuyuladi. Qo‘rqmaslik kerak. Muammolarni ochiq tan olish va bor holicha jamiyatga yuzlashishdan qo‘rqmaslik kerak. Aslida hamma shu yoki boshqa qiyinchilikdan o‘tadi hayoti davomida va hech kim ideal emas! Samimiyatni kimdir aybsitsa, demak uning o‘zida muammo bor.

Ko‘rsatuvni albatta ko‘rish kerak.

https://youtu.be/AJmuzuTJuh8?si=LNtwy5UfrTQVS9gY

@psixolingvist

Kitoblar ombori

24 Dec, 06:42


Dunyodagi eng go'zal narsalarni nartsisslar yaratgan.
Eng qiziqarlilarini shizoidlar yaratgan.
Eng ezgularini depressivlar yaratgan.
Eng imkonsizlarini psixopatlar yaratgan.
Sog'lom odamlar esa insoniyat tarixiga deyarli hissa qo'shishmagan.

Pyotr Gannushkin

Izoh:

1. Nartsiss

O‘zini haddan tashqari muhim deb hisoblaydi.
E’tibor va maqtovga juda muhtoj.
Boshqalar his-tuyg‘ularini inobatga olmaydi.
Tashqi ko‘rinishi va muvaffaqiyatlari orqali o‘z qadrini belgilaydi.

2. Shizoid

Yolg‘izlikni afzal ko‘radi, ijtimoiy aloqalardan uzoq turadi.
Hissiy jihatdan sovuq va masofa saqlaydi.
O‘zgalar bilan yaqin munosabatlarni qurishga qiziqmaydi.
Ko‘proq ichki dunyosiga qaratilgan.

3. Depressiv

Doimiy xafa kayfiyat, tushkunlik hislari bilan yashaydi.
O‘zini past baholaydi, muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadi.
Ko‘pincha o‘zini ayblash yoki noqulay his qilishga moyil.
Hissiy jihatdan ezilgan va quvonchni his qila olmaydi.

4. Psixopat


Qonun-qoidalarga bo‘ysunmaslik, manipulyativ va sovuq hissiyotlar bilan ajralib turadi.
Hamdardlikka ega emas, boshqalarning huquqlarini mensimaydi.
Tashqi ko‘rinishda jozibador bo‘lishi mumkin, lekin ichki niyatlari o‘z manfaatiga qaratilgan.
Javobgarlikni his qilmasdan harakat qiladi, tez-tez agressivlik ko‘rsatadi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

23 Dec, 07:25


"Majolisi Hakimul-Umma" ("Hakimul-Umma majlislari") kitobi Muhammad Shafi' Usmoniy tomonidan yozilgan bo'lib, unda Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy rahimahullohning hikmatlarga boy va maroqli suhbatlari jamlangan. Muallif ushbu suhbatlarni o'z qulog'i bilan eshitib, go'zal tartib bilan to'plagan.

Ashraf Ali Tahonaviy (rahimahulloh) kim?

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy (rahimahulloh) (1863–1943) — Hindistonning yirik islom olimi, tasavvuf va fiqh sohasidagi mohir mutaxassis va ruhiy tarbiyachi. U islom ummatiga diniy va ma’naviy yo‘nalishda katta hissa qo‘shgan ulamolardan biri hisoblanadi.

Olim 1863-yil, Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Tahanavat qishlog‘ida tug‘ilgan. Kunyasi ham (Tahonaviy) o'zi tug'ilgan qishloq nomidan olingan. Yoshligida Deoband madrasasida tahsil olgan va u yerdagi mashhur ulamolardan ilm olgan. Ta'limini tugatgach, umrini xalqni diniy va ma’naviy tarbiya qilishga bag‘ishlagan.

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy ko‘plab asarlar yozgan bo‘lib, ularning soni 100 dan oshadi. Uning asarlari Qur’on tafsiri, hadis, fiqh, tasavvuf, ahloq va shariat masalalariga bag‘ishlangan. Eng mashhur asarlaridan biri "Bayonus-Sunan" va "Bahishti Zewar" bo‘lib, ular musulmonlarning kundalik hayoti uchun yo‘riqnomadir.

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy tasavvufning Naqshbandiya yo‘nalishida faoliyat yuritgan. U "Hakimul-Umma" (Ummat donosi) unvonini olgan bo'lib, bu uning xalq orasidagi yuksak maqomini anglatadi. Butun umrini musulmonlarning ruhiy va axloqiy kamolotiga bag‘ishlagan.

Hazratning suhbatlari va ma’ruzalari o‘z zamonasida katta ta'sir ko‘rsatgan. Ustozlari va muridlari orqali uning diniy va ma’naviy yo‘nalishlari bugungi kunga qadar davom etmoqda. Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy — diniy ilmi va ruhiy tarbiyasining chuqurligi bilan mashhur bo‘lib, u ko‘plab musulmonlarning iymon va ma’naviyatini yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan ulug‘ ulamodir.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

23 Dec, 05:02


Do'stlaring kitobxon bo'lsa hech ham o'qish uchun kitobsiz qolib ketmaysan))
Rahmat birodar. Har kimning sizdek birodarlari bo'lsin

Kitoblar ombori

22 Dec, 17:17


Bir paytlar oddiy, tashvishi yo‘q, dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan, beg‘am bir inson edim. So‘ngra kitob o‘qishni boshladim...
Hozir butun dunyoning tashvishi kallada...!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

20 Nov, 15:39


Hikmatlarga to'la iqtiboslar, ruhlantiruvchi va ko'ngilga yaqin bitiklar, turli xil mavzulardagi qiziqarli postlar bilan o'z ma'naviy olamini boyitmoqchi bo'lganlar uchun xolis tavsiya qilaman. Yuzlagan kanallardan ko'ra manfaatliroq.

https://t.me/rrwisdom

Kitoblar ombori

20 Nov, 14:52


Mukammallikka intilish
Perfektionizm nima?
        
Perfektionizm – mukammal bo‘lishga intilishni ifodalovchi, ko‘p qirrali psixologik fenomen va shaxsiyat belgisi. Bu sifat insonni o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan talabchan bo‘lishga undaydi. Har qanday murakkab psixologik hodisa kabi, perfektionizmning ham ijobiy va salbiy tomonlari mavjud.

Fenomenning ijobiy tomonlari perfektionisga xos bo‘lgan, quyidagi sifatlarda ko‘rinadi:


mehnatsevar;
o‘ziga tanqidiy yondashuvchi;
o‘ziga nisbatan talabchan;
o‘rganish va rivojlanishdan hech qachon to‘xtamaydi;
shaxs sifatida kamol topishga tirishadi;
kasbiy tajribalarini mukammallashtirib, san’at darajasiga olib chiqadi;
tan olinish, ehtirom va sharafga loyiq hayot yo‘lida ko‘plab marralarni zabt etadi.

Perfektionizmning salbiy tomonlari:

haddan tashqari talabchanlik;
o‘zni asossiz tanqid qilish;
o‘ziga past baho berish;
tanqidga nisbatan o‘ta ta’sirchanlik;
tajanglik, asabiylik, holdan toydiruvchi kayfiyat;
mahmadonalik va mijg‘ovlik;
erishilgan natijadan, agar u mukammal bo‘lmasa, qoniqmaslik;
erishsa bo‘ladigan maqsadlar qo‘yishni bilmaslik.

Perfektionizmning salbiy ta’sirlarini qanday yengish mumkin?

Kattalar o‘zlariga va boshqalarga maktabdagi bilimlari uchun olgan baholari kabi baholar qo‘yishda davom etadilar. Bu odatning qanchalar bema’ni ekaniga qaramay, odamni kimgadir yo nimagadir baho qo‘yish istagidan xalos qilish qiyin.

O‘zingiz uchun yangi qoidalar o‘rnatishingiz kerak:

1) har bir inson o‘ziga xos, shuning uchun darajalarga ajratilishi kerak emas;

2) haqiqiy muhabbat baholanishga muhtoj emas;

3) har qanday mehnat hurmatga loyiq.

Ikkinchidan maqsad va idealni farqlab olish kerak.
Ideal sizning maqsadingiz emas, ilhom olish uchun namuna bo‘lishi kerak. Qaysidir boshqa birovga aylanishdan ko‘ra, o‘z kamoloting sari rivojlanib borishga harkat qilgan durust. Hozirgi o‘zingizni kelajakdagi o‘zingiz bilan solishtiring.

Maqsadlar erishish mumkin bo‘lgan, aniq va ma’lum bir muddat bilan chegaralangan bo‘lishi kerak. Perfektionist o‘z maqsadiga erishadigan vaqtni aniqlab olgani yaxshi.

Uchinchidan, ijobiy kayfiyat va yondashuv. Natijaga erishgach, o‘zingizda faxr hissini tuyishingiz,  mehnatingiz zoye ketmaganini anglashingiz zarur. Arzimagan yutuqdan ham mamnun bo‘la olish qobiliyati yangi maqsadlar tomon intilish va erishishga ilhomlantiradi.
Xatolar bo‘lishi tabiiy va, to‘g‘ri xulosalarga kelish uchun ham, ular zarur. Ular sabab kasbga bo‘lgan ishtiyoqni yo‘qotish va o‘zni ayblash yaramaydi.

To‘rtinchidan, dam olish va o‘zni bo‘sh qo‘yish.  Organizmning yaxshi ishlashi va salomatligi uchun dam olish zarur. Keyinga qoldirish, bir muncha vaqt unutish, dolzarb muammolardan bir oz chalg‘ish qobiliyati sizga dam olish va o‘zni bo‘sh qo‘yishingiz va yangi maqsadlar uchun kuch yig‘ishingizga yordam beradi.
O‘zingizni hurmat qilganingiz kabi o‘z mehnatingizni ham qadrlashni o‘rganing!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

20 Nov, 08:09


#kamina_haqqinda

Haddan tashqari nozikta’b, ko‘ngilchan kishilarning xususiyati:
1. Ijodkorlikka xos fikrlar.
2. Yaxshi tinglovchi.
3. Ichki dunyosi boy
4. Yaxshigina kuzatuvchilik qobiliyati
5. Aytilmaganlarni ham his qiladi.
6. Tez xafa bo‘ladi.
7. His-tuyg‘ularini nazorat qilishda qiynaladi.
8. Boshqalarning quvvatini his qiladi.
9. Boshqalarning behuzurligini o‘z boshidan o‘tkazganday bo‘ladi.
10. Uddaburro, epchil, chaqqon
11. Ruhiyatni o‘qiy oladi.
12. Qobiliyatli

Shunday inson bo‘lsangiz quyidagilarga e’tibor bering:
1. To‘g‘ri kishilar bilan munosabatda bo‘ling.
2. Gavjumlik, shovin-surondan uzoq bo‘ling.
3. Ijodkorligingizni ifodalaydigan hobbingiz bo‘lsin.
4. Quvvatingizni tuproqda ishlab tozlanib turing.
5. Ibodat va tafakkurga vaqt ajrating.

Manba

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

20 Nov, 06:04


🤨 No‘noq daho?

Xans Kristian Andersen asarlarini tahrirlash uchun butun boshli musahhih(korrektor)lar jamoasi ishlagan. Gap shundaki, mashxur bolalar yozuvchisi imlo va tinish belgilariga umuman ahamiyat bermas edi.

• Asarlarining nuqsonsiz nashr etilishini istaganidan u, imlo xatolarini tuzatish uchun odamlarni yollashga majbur bo‘lgan.

Yodingizda bo'lsin, do'stlar: muammoga yechim yo‘li doimo bor bo‘lgan. Faqat sizda xohish bo'lsa kifoya!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

20 Nov, 04:31


Oʻzingizni kamsitmang

Inson nafaqat kuchi va qobiliyatlari, balki kamchiliklari, nuqsonlari va zaif tomonlari bilan ham bir butundir. Hech birimiz mukammal emasmiz. Hammamizning ijobiy va salbiy tomonlarimiz, kamchilik va xatolarimiz bor. Eng muhimi, oʻzimizni borimizcha qabul qilishimizdir.

Oʻzingizda qandaydir xato yoki aybni koʻrsangiz, oʻzingizga jahl qilmang, oʻzingizdan uzoqlashmang. Oʻzingizni boringizcha qabul qiling, chunki qabul qilish chiroyli tarzda davolash va shifo usulidir. Qabul qilishni odat qilganingizda oʻzingizni koʻproq baxtli va xotirjam his qilasiz.

Aslida, biz hammamiz darz ketgan chelaklarmiz. Hindistonda bir xizmatkor yigit boʻyniga osgan tayoqning ikki uchiga ikkita katta chelak bilan suv tashir ekan. Chelaklardan birining yorilgan joyi bor ekan. Suv toʻldirilgan butun chelakdan daryodan uygacha boʻlgan uzun yoʻl davomida umuman suv toʻkilmas, darz ketgan chelakda esa suv yarimlab qolarkan. Bu holat ancha vaqtgacha davom etibdi.

Xizmatkor yigit har safar xoʻjayinining uyiga bir yarim chelak suv olib borishga muvaffaq boʻlarkan. Butun chelak oʻzining muvaffaqiyati va mustahkamligi bilan faxrlansa, darz ketgan chelak oʻz vazifasining faqat yarmini bajarayotganidan uyalarkan. Shu yoʻsinda oradan ikki yil oʻtibdi.
Kunlarning birida daryoning boʻyida darz ketgan chelak xizmatkor yigitga qarab shunday debdi:
-Men oʻzimdan uyalaman, buning uchun sendan kechirim soʻramoqchiman.

-Nima uchun? soʻrabdi yigit, - Nimadan uyalasan?

Yoriq chelak javob beribdi:

Ikki yildan beri yorigʻimdan suv sizib chiqqani bois vazifamning yarminigina bajara olaman, xolos. Mening aybim tufayli sen shuncha mehnat qilsang ham, mehnatingga yarasha mukofot ololmaysan. Xizmatkor jilmaygancha darz ketgan chelakka javob beribdi:
- Xoʻjayinning uyiga qaytayotganimizda yoʻl chetidagi gullarga eʼtibor berishingni istardim.

Yoriq chelak xoʻjayinning uyi tomon eltadigan yoʻl chekkasida quyosh nuriga intilib boʻy choʻzgan bir qator turfa xil gullarni koʻz oldiga keltirdi. Oʻsha gullar uning ham eʼtiborini tortganini va ularni juda yoqtirib qolganini esladi; lekin yoʻl oxirida yana suvining yarmini yoʻqotganiga achinib, xizmatkor yigitdan yana uzr soʻradi...

Yigit chelakka bir zum tikilib qaragancha soʻradi:
- Yoʻlning faqat sen tomonida gullar borligini va narigi mustahkam chelakning tomonida hech qanday gul yoʻqligini payqaganmisan? Buning sababi men sening qusuringni bilishim va undan juda yaxshi foydalanishimda... Yoʻlning sen tomonga toʻgʻri keladigan qismiga gul urugʻlaridan ekdim va har kuni daryodan qaytarkanmiz, sen ularni sugʻording. Ikki yildan beri men oʻsha goʻzal gullardan terib, xoʻjayinning dasturxonini bezamoqdaman. Agar sening bunday kamchiliging boʻlmaganida, ular oʻz uyida bunday goʻzallikni koʻrib, dillari yayramasdi.

Darhaqiqat, biz hammamiz yoriq chelaklarmiz, Hammamizning oʻz kamchiliklarimiz bor. Kamchiliklarimiz tufayli oʻzimizdan gʻazablanib yoki oʻzimizdan yuz oʻgirishning oʻrniga biz ularni qabul qilishimiz va ulardan toʻgʻri saboq chiqarishimiz kerak. Eng muhimi, oʻzimizni past baholamasligimiz lozim. Boshqalarning koʻziga kamchilikdek koʻringan narsa, ehtimol, bizning moʻjizamizdir. Biz bunga shunday koʻz bilan qarashimiz darkor.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

20 Nov, 04:18


Men zamonaviy adabiyotga ishonmayman, demayman. Shunchaki, vaqt sinovidan o’tmagan asarlarga vaqtimni sarflagim kelmaydi. Hayot qisqa.

Xaruki Murakami

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

19 Nov, 14:52


Xitoyda “PotterPhone” chiqarildi!

Oppo “sehrli” Reno 12F modelini millennialarning sevimli ertagi uslubida taqdim etdi. To‘plamda: Hogvarts maktabi gerbi tushirilgan g‘ilof, sehrli tayoqchaga o‘xshash stilus, oltin snitch shaklidagi brelok, SIM-karta uchun “Ajal tuhfasi” ignasi va hatto Hogwarts maktubi mavjud.

Sehrli gadjetning texnikasi ham kuchli: 6,67 dyuymli OLED-ekran FullHD, 120 Gts chastotada, MediaTek Dimensity 6300 chipi, 12 GB operativ xotira, 256 GB ichki xotira, 5000 mA·soat batareya va 50 hamda 32 MP kameralar.

Siz ushbu telefonni sotib olgan bo'lar edingizmi?

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

19 Nov, 14:20


Qorong'u tushdi.
Ish ishxonalarda qoldi.
Oshxonada qozon qaynagan.
Stolda achchiq-chuchuk.
Shiftda chiroq - kichkina quyosh porlaydi.
Gangur - gungir suhbat.
Kulgu yangraydi. Gangur-gungur...
Xatto telikka hech kim qaramas.
Uy baxt bilan to'la.
Baxtga hech kim etibor bermaydi.
Bu etiborsizlikdan negadir kattarar baxt.
Bu etiborsizlikdan negadir yana charaqlar.
Xullas, uy baxt bilan to'la.
Ammo uni hech kim ko'rmaydi.

Xuddi shunday!
Baxt yo'qligida ko'rinadi, xalos.
Yo'qligida esa tushlarga kiradigan baxtning
Surati esa mana bunday; qozon qaynayapti,
Shiftda esa mittigina quyosh.
Gangur - gungur, gangur - gungur...
Kulgi yangraydi.

(c) Usmon Azim

Kitoblar ombori

19 Nov, 13:35


Shimoliy Koreya maktab bolalariga mo'ljallangan darsliklarda "KXDRning oliy rahbari, partiya, armiya va xalqning yetakchisi" Kim Chen In avtomobil boshqarishni atigi uch yoshida o'rganganganligi yozilgan. Yana aytilishicha, u to'qqiz yoshida chet el kompaniyasi ijrochi direktoriga qarshi yaxtalar poygasida g'olib chiqqan.

Kim Chen In "nima bo'lishidan qat'iy nazar" g'alaba qozonardi. Shuningdek, kitobda uning otasi Kim Chen Ir o'zining birinchi bouling o'yinidayoq mumkin bo'lgan 300 ochkodan 300 ochkoni qo'lga kiritgani, klyushkani qo'lga olishi bilanoq, jahon rekordini o'rnatgani qayd qilingan.

Shunchaki, O'zbekiston futbol terma jamoasi va Shimoliy Koreya terma jamoasi o'yinini ko'rib bu ma'lumotlar esga kelib qoldi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

19 Nov, 11:04


Ilm-fan rivojiga, insoniyat hayotini yengillashtirishga ulkan hissa qo‘shgan olim va olimalar

Siz kimlarni tanidingiz?

Kitoblar ombori

19 Nov, 06:39


O‘rgimchak o‘ljasini qalin ipiga o‘rmab chirmab, ichiga og‘zidagi maxsus bezlaridan suyuqlik yuboradi. Ipli g‘umbak ichida hashorat o‘lja tanasi suyulib kerakli moddalarga parchalanib ozuqa atalaga aylanadi. Bir so‘z bilan hazm qilish jarayoni tashqarida ro‘y beradi. Tayyor bo‘lgan bio-ozuqani o‘rgimchak so‘rib olib organizmiga oson o‘zlashtiradi.

Ziyoli odam o‘rgimchakka o‘xshab o‘qiyotgan narsasini yutib yubormay puxta taxlil bilan qaraydi, tafakkuri bilan muolaja qiladi. Puxta hazm qilgan fikrlarnigina o‘z fikrlariga olishi mumkin. Hazm qilinmay o‘qilgan kitoblar, eshitilgan ma’ruzalar kishini ko‘r ko‘rona ishonuvchan qilib qo‘yadi. Yoki yutib yuborilgan g‘oyalar bilan bo‘kib, zaharlanib, umuman boshqa fikr qarashlarni tushuna olmaydigan qilib qo‘yadi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

19 Nov, 04:41


Soxta olimlarga, soxta domlalarga, soxta voizlarga aldanayotganlardan so‘rang-chi, umrlarida necha marta soxta dollarning farqiga bormay, aldanib qolgan ekanlar? Katta ehtimol bilan, biror marta aldanmaganlar. Chunki, u dollar-da! Dollarning soxtasi qanday bo‘lishi haqida o‘ziga yarasha ma’lumotlar bor. Qo‘llariga tutqazilganini qayta-qayta sinchiklab tekshirib oladilar. Ammo, etagiga yopishib topinayotganlari - miyalarni zaharlovchimi, miyalarni yuvundiga to‘ldiruvchimi, ahmoqlashtiruvchimi, omilashtiruvchimi, qullashtiruvchimi, bilmaydilar.
Soxta «kumir»lariga ozroq sinchkovlik bilan, bir parcha ko‘k qog‘ozga e’tibor berganchalik e’tibor berganlarida edi...

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

18 Nov, 13:29


Oskar Uayldning hayoti va fojiasi

(K. Paustovskiy, 1937-yil)

1895-yilning noyabr oyida mashhur ingliz yozuvchisi Oskar Uayld Londondan Redding qamoqxonasiga qo‘llari kishanlangan holda olib kelindi. U «axloqiy buzuqlik» aybi bilan bir necha yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Redding vokzalida uni ko‘rishga qiziqqan odamlar guruhi yig‘iladi. Hibsga olingan Uayld kamzul kiygan, qo‘riqchilar orasida sovuq yomg‘ir ostida turardi va hayotida birinchi marta yig‘lardi. Odamlar esa uning holiga kulishardi.

Shu paytgacha Uayld hech qachon ko‘z yoshini to‘kmagan, qiyinchiliklar ko‘rmagan odam edi-da axir. U Londonning mashhur dendi(olifta)si hech bir ish qilmaydigan bir gapdon-safsatabozi edi. U Pikadilli ko‘chasida quyosh charaqlagan paytida tuvaklarga gul ko‘chatlarini qadab chiqar edi. Zodagon (aristokrat) London ahli unga taqlid qilardi: Uning kabi kiyinishar, uning qiliqlarini takrorlashar, Uayld kabi qimmatbaho toshlarni sotib olishar edi.

Uayld Angliyaning ijtimoiy adolatsizligini ko‘rishni istamas edi. U bunday voqealarga duch kelganida o‘z vijdonini o‘zi o‘tkir paradokslar bilan yo‘q qilardi va kitoblar o‘qishga, she’rlar yozishga, qimmatli toshlar sotib olishga hamda rasmlar tomoshasiga berilardi.

Uning tabiatidagi sun’iylikka bo‘lgan muhabbat juda katta edi. U tabiatni o‘tkir va charchatuvchi deb o‘ylardi. U hayot bilan o‘yinchoq kabi o‘ynashar, hamma narsani faqat lazzatlanish vositasi sifatida ko‘rardi.

Uayld bir kuni Londondagi uyining oldida turgan bir gadoyni ko‘rib, uning eski kiyimlaridan asabiylashgan edi. U Londonning eng yaxshi tikuvchisini chaqirib, unga katta pulga bejirim kiyim tikishga buyuradi, lekin ularning ba’zi joylariga maxsus chiziqlar qildirdi. Endilikda o‘sha gadoy Oskar Uayldning estetik didiga mos tushardi.

...

Redding qamog‘ida Uayld adolatsizlik, qiyinchilik va haqiqiy do‘stlik nima ekanini tushundi. Kameradagi ayrimlardan ko‘rgan mehr va o‘ziga nisbatan ko‘rsatilgan yordam unga bu dunyodagi eng samimiy narsa bo‘lib ko‘rinadi.

U qamoqdan chiqqanidan so‘ng ijtimoiy adolatsizlikni qoralovchi ikki muhim maqolani yozdi. Bular Uayldning eng teran fikrli va haqiqiy shox asarlari edi.

Bir qancha vaqt o‘tib, Uayld Parijda qashshoqlikda, jamiyatning esidan chiqqan holda vafot etdi. Uning jasadi ortidan faqat o‘zi yashagan mahallasidagi qashshoqlar yurdilar, xolos. Biroq Oskar Uayldga o‘limidan keyin uni barhayot qiluvchi shon-shuhrat kelgan edi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

18 Nov, 12:36


Aqlli odamlar yolg‘izlikka intilmaydilar, ular ahmoqlar yaratgan shovqindan qochishadi xolos.

Artur Shopengauyer

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

18 Nov, 10:00


Kitob o'qish nafaqat miya uchun, hayot uchun ham foydali bo'lishi mumkin.

Kunlarning birida shaxmat tarixchisi Garold Myurrey politsiyachi Fergus Pinchdan minnatdorchilik maktubi oladi.

Unda yozilishicha, Myurreyning cho'ntak kitobi ko'rinishida chiqqan "Shaxmat tarixi" asari politsiyachining hayotini saqlab qolgan.

Qanday qilib deysizmi? Gap shundaki, Pinch asarni bo'sh vaqtida o'qish uchun ko'krak cho'ntagida olib yurgan. Kunlarning birida jinoyatchilardan biri tomonidan otilgan o'qni ushbu kitob ushlab qolgan.

Pinchning yozishicha, o'q kitobning to'rtinchi bobi o'rtasigacha yetib borolgan ekan.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

15 Nov, 10:06


Go‘zallik degani nima? Go‘zallik ‒ 17 yoshli qizni mashhur qilib, sahnalarga chiqargan, suhbatlariga jurnalistlar oshiqqan, undan esa faqatgina puldorlar maishat uchun foydalanib, keyin esa bir chetga uloqtirib ketiladigan bo‘y-bastmi? Yoki erkaklarni o‘ziga rom etadigan qosh-ko‘zmi? Yoki bo‘lmasa, bu go‘zallik deganlari ayolni hurmatga sazovor qilgan, uni har holatda ham aziz qilgan onalik yoki buvilikmikin?!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

15 Nov, 04:44


“Bu dunyoda men bir yo‘lovchi,
Shodon menga qo‘l silki, erkam.
Xuddi shunday tinch, erkalovchi
Ziyo to‘kar kuz fasli Oy ham”.

©️Yesenin

Kitoblar ombori

14 Nov, 07:04


Shvetsiyada hozir "Garri Potter" marafoni o‘tkazilmoqda. U yerda filmlardagi barcha musiqalar haqiqiy orkestr tomonidan ijro etilarkan. Tasavvur qildingizmi? Men tasavvur etib maza qivordim. Hayotda esa nima his qilishimni bilmayman(

🔥 - havas qildim
❤️ - men ham

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

14 Nov, 06:30


Xotini Sofiya bilan navbatdagi janjaldan so'ng, Sergey Yesenin unga quyidagicha xat qoldirgan ekan:

"Sonya. Seni xafa qilganim uchun meni kechir. Lekin bilib qo‘y, barcha janjalga o‘zing aybdorsan”.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

14 Nov, 06:06


Dardlaringiz yoki muammolaringiz yechimi mana shu eshikdan kirganingizdan soʻng paydo boʻladi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 13:27


«Fidokor kishilar insoniyatga quyoshdek zarur. Ular jamiyatning eng hayotbaxsh qismidir.

Ular bu dunyoda bema’ni bahslar yurituvchilardan tashqari,

xom-xatala «asar»lar yaratuvchilardan tashqari,

keraksiz loyihalar bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari,

bir tiyinga arzimaydigan dissertatsiyalar yoqlovchilardan tashqari,

axloqsiz, qorin to‘ydirish dardida yolg‘on gapiruvchi kishilar toifasidan tashqari,


boshqacha odamlar ham borligini, ya’ni jasoratga, e’tiqodga va aniq, foydali maqsadga ega bo‘lgan odamlar ham borligini hammaga ko‘rsatib, isbotlab turadilar».

Anton Chexov

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 11:46


#vertualsayohat

Eronga turfa xil rakurslardan nazar tashlaymiz.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 10:29


Shunday qilib, XXI asr tarixdagi eng "rasvo" davrmi yoki eng "yaxshi" davrmi degan savolga aniq javob berish qiyin. Har ikkala qarash ham o‘z o‘rnida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq, biz o‘z hayotimizni yaxshilash va kelajak avlodlar uchun yanada qulay sharoit yaratish yo‘lida ishlashda davom etishimiz kerak.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 10:29


XXI asr tarixdagi eng rasvo davrmi?
(Maqolani o'qish davomiyligi 2.5 daqiqa)

Hozirgi kunda XXI asr haqida ikki qarash keng tarqalgan: biri XXI asrni yashash uchun eng yaxshi davr deb biladi, boshqasi esa oxirgi paytlardagi siyosiy va iqlimiy muammolar sabab bu davrni yashash uchun eng yomon davr deb hisoblaydi. Bugun ana shu mavzu haqida qisqacha fikr yuritmoqchiman.

Hammamizda biron marta bo‘lsa ham o‘tmishga sayohat qilish, o‘sha davrlarda yashashni orzu qilish tuyg‘usi bo‘lgan. Kimdir Temuriylarning muhtasham asrida yashashni xohlar, kimdir Sanoat inqilobi davrida yoki Da Vinci bilan bir asrda bo‘lishni istar, yana kimdir Geografik kashfiyotlar davrida Amerikani "qayta ochish"ni xayol qilgan. Hatto, Sovetlar davrini yodga olib, o‘sha davrni qo‘msaydiganlar ham mavjud. Lekin, aslida, bu davrlar biz o‘ylaganimizdek yashash uchun qulay davrlar emas edi.

50-100 yil oldin insonlar hayoti qanday edi?

50–100 yil oldin insonlarning o‘rtacha yashash umri 50–60 yildan oshmasdi, undan ilgari esa bu raqam yanada past bo‘lgan. Chaqaloqlar o‘limi rekord darajada yuqori edi. O‘rta asrlarda bir oilada 10 ta farzand tug‘ilsa, faqat 5 tasi yashab qolgan bo‘lishi mumkin edi. Qolganlari chaqaloqlik davrida turli kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Hatto bu holat qirollik oilalarida, zodagonlar orasida ham uchrab turgan. Ko‘p shahzodalar 3-4 yoshida kasalliklardan vafot etar, natijada sulolalar bir-birini almashtirardi.

Tibbiyotdagi inqiloblar

Birgina Penitsillinning kashf qilinishi tufayli taxminan 2 milliard odamning hayoti saqlab qolindi. Shunday qilib, bizning davrimizda kasalliklar, ayniqsa, ilgari halokatli bo‘lgan Vabo, Ispan grippi, Qora vabo kabi kasalliklar bilan solishtirganda, COVID-19ning ta’siri nisbatan kichikroq deb hisoblanishi mumkin. Bu faqat tibbiyotdagi yutuqlar haqida gapirishimiz mumkin bo‘lgan misollarning bir qismidir.

Urushlar va tarixdagi qirilib ketgan oilalar

Urushlar ham tarixning achchiq sahifasidir. 20-asrda ikki jahon urushi ko‘plab insonlarning hayotini olib ketgan. Biroq, O‘rta asrlar, Mo‘g‘ullar bosqini, Kolonializm, quldorlik davri va inqiloblar davomida ham qancha oilalar vayron bo‘lib, minglab insonlar qirilib ketgan. Bu davrlar yashash uchun, ko‘plab insonlar uchun dahshatli edi.

Zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiy o‘sish

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va internet insonlarga imkoniyatlarni yanada oshirdi. Endi, Da Vinci kabi buyuk ustozlarga shogird tushish shart emas, chunki internet orqali har qanday sohada bilim olish osonlashgan. Oldin faqat qirollarning kutubxonasida bo‘lgan kitoblarni hozir pdf variantlarida topish mumkin. Odamlar o‘zlarini rivojlantirish uchun onlayn kurslarga yozilishlari, kerakli ma’lumotlarga erishishlari mumkin.

Oziq-ovqat sanoatida ham sezilarli yutuqlar bor. Hozirgi o‘rtacha odamning nonushtasi, ehtimol, o‘rta asrlardagi eng badavlat qirollarning nonushtasidan ham yaxshiroqdir. Ammo, oziq-ovqat sanoatidagi ayrim muammolar mavjud bo‘lsa-da, ilgari yuz bergan ocharchilik kabi halokatli vaziyatlar endi ancha kam uchraydi. Masalan, SSSRdagi "Holodomor" (1932-33) voqealari davomida 5 milliondan ortiq odam ochlikdan vafot etgan.

Hozirgi muammolar va kelajakdagi xavf

Hozirgi kunda jamiyatda katta yutuqlar mavjud bo‘lsa-da, ular bilan birga siyosiy va iqlimiy inqirozlar kabi katta xavflar ham mavjud. Iqlim o‘zgarishi, ekologik inqirozlar, siyosiy beqarorlik, urushlar kabi masalalar jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi odamlar bu davrda yashashning nafaqat qiyin, balki o‘limga olib kelishi mumkinligini his qilishmoqda.

Xulosa

Misollar juda ko‘p va har bir davrning o‘ziga xos yutuqlari ham, salbiy tomonlari ham mavjud. Bugungi kunda bizda mavjud bo‘lgan "komfort" hayotimizni saqlab qolishimiz uchun juda ko‘p ishlashimiz kerak. Insoniyat tarixida hayotning qandaydir cheksiz va abadiy bo‘lishi hech qachon bo‘lmagan. Hozirgi davrda ham odamlar yaxshi hayotni yaratish uchun kurashmoqda, lekin siyosiy, iqtisodiy va ekologik muammolar jiddiy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kitoblar ombori

13 Nov, 10:29


Kitoblar ombori pinned «Sovuq va yomg'irli havoda issiq choy ustida suhbatlashishlik kayfiyat https://t.me/anonimnye_smss_bot?start=707734900»

Kitoblar ombori

13 Nov, 09:52


Sovuq va yomg'irli havoda issiq choy ustida suhbatlashishlik kayfiyat

https://t.me/anonimnye_smss_bot?start=707734900

Kitoblar ombori

13 Nov, 08:25


Diqqat, matematiklar uchun mem!

Nega bunday boʻlganini izohlarda yozib qoldiring.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 07:14


Aqlli odamlar:

Hamma narsani o‘zlariga olavermaydilar;

Gapirganlaridan ko‘ra ko‘p o‘qishadi;

Ular o‘rganishga moyilli;

Ular xatolarni tan olishadi;

Ular sobit fikrli emaslar. Ularning fikrlari o‘zgarishi mumkinligini bilishadi;

Ular tortishishdan qochmaydilar, lekin urushmaydilar;

Voqealarga boshqa tomondan qaragan holda yaxshiroq tushunishadi.


@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 04:48


Sahifamizga suyub, kuzatuvchi bo‘lib, tanqidchi bo‘lib, haqoratlovchi bo‘lib tashrif buyurganlarga rahmat aytaman. Boringizga shukur!

Biringizdan kuch olsak boshqangizdan sabr va hikmatni o‘rganamiz!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 02:38


Hayotning har lahzasi go‘zal

 Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo yuvilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Qaymoq isi yayratar tanni,
Dasturxonda issiq kulchalar.
Suv bosgandek qaqroq o‘zanni
Odamlarga to‘lar ko‘chalar.
Asli hatto go‘dak emizmoq
Barobardir og‘ir yumushga.
Oshiqarlar, yuraklar qaynoq,
Birov ishga, birov o‘qishga…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Barchinoylar nigohida sir,
Alpomishlar ko‘zida yashin.
Yoshlik qaytar qalbga sochib nur,
Eslaysan ilk sevgi otashin…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bir mahallar berishgan salom,
Endi esa olishar alik.
Tillarida duo, xush kalom,
Saodatdir hatto keksalik.
Kulib turgan munchoqko‘z bola
«Tinchlik» so‘zin solar yodingga.
Sochlaringdan erib oq tola
Intilasan yana oldinga…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bu yurtda alp chinorlar o‘sar,
Ko‘k gumbazlar o‘ngu so‘lingda.
Bir azaga kirib o‘tsang gar,
So‘ng o‘nta to‘y uchrar yo‘lingda.
Goh birovlar tanishar ilk bor,
Goh yig‘ilar eski ulfatlar.
Odamzotga dunyo bo‘lmas tor
To mavjuddir shirin suhbatlar…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Bosh ko‘tarmas kimdir ishidan,
Kimdir o‘ylar ulug‘ bir reja.
Yana sirli orom qushiday
Qo‘na boshlar yurtimga kecha.
Bugunidan el ko‘ngli to‘lib,
Ertangi kun uchun to‘plar dosh.
Anvar shoir charchog‘i bo‘lib
Tog‘ ortiga yonboshlar quyosh…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat…

Anvar Obidjon

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

13 Nov, 02:38


Shu videoni bir vaqtlar har kuni ertalab "Yoshlar" telekanalida takror qoʻyardi...
Haqiqatda ajoyib va yoqimli kayfiyat beruvchi sheʼr.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

12 Nov, 16:50


Vaqtlararo sayohat bilan bog'liq paradoks. Ilk bora Nataniel Shaxnerning 1933-yilda nashr etilgan "Ajdodlar ovozi" hikoyasida, Rene Barjavelning 1943-yilda nashr etilgan "Beparvo sayohatchi" kitobida hamda 1930-40-yillarda nashr etilgan boshqa bir qator asarlarda tasvirlangan.

"Beparvo sayohatchi" romani syujetiga ko'ra, qahramonlardan biri vaqt mashinasidan foydalanib, o'tmishga qaytadi hamda u yerda o'zining hali buvisi bilan uchrashmagan bobosini o'ldiradi. Natijada ushbu qahramonning ota-onasidan biri va sayohatchining o'zi o'zgargan kelajakda dunyoga kelmaydi. Bu esa o'z-o'zidan o'sha qahramonning keyinchalik vaqt bo'ylab sayohat qila olmasligiga va bobosini o'ldirmasligiga olib kelardi. Bobo tirik bo'lgach, u tug'iladi va yana vaqt bo'ylab sayohat qilib, bobosini o'ldirishi mumkin.

Shu tariqa o'ziga xos mantiqiy paradoks yuzaga keladi

Bu paradoks asosida olmonlar NETFLIX bilan hamkorlikda "Dark" serialini suratga olishgan.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

07 Nov, 10:09


Mark Sukerberg 19 yoshida Facebookni yaratgan.

Stiv Jobs 20 yoshida ilk Macintosh kompyuterini yaratgan va Applega asos solgan.

Bill Geyts esa 21 yoshida Mircosoft kompaniyasiga tamal toshini qo'ygan.

Senga esa allaqchon kech bo'ldi.
Qilayotgan ishingni davom ettiraver.


@kitob_ombori

Kitoblar ombori

07 Nov, 08:41


Do'stlar, mana bu komiksni bir vaqtlar o'zim va kanal uchun qo'yib borar edim. Shuni to'liq tarjima qilib qo'yganman. Xo'sh, siz pul to'lab bu kitobni to'lig'ini o'qishni xohlarmidingiz?

Kitoblar ombori

07 Nov, 05:44


"Kitoblar ombori" kanalini ashaddiy muxlislari kanaldagi har bir postni chiqishini mana shunday kutishadi deb tasavvur qilaman😄

Kitoblar ombori

07 Nov, 04:31


🪨 Atrofimizda sodir boʻlayotgan hodisalar sababini bilish — ajoyib! Formulalardan farqli oʻlaroq ilmiy-ommabop kitoblar sizga tabiiy jarayonlarning asl mohiyati haqida sodda va qiziqarli usulda hikoya qiladi.

📚 Siz ilmiy-ommabop yoʻnalishdagi yana qanday asarlarni tavsiya qilgan boʻlardingiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

06 Nov, 18:36


📊 Statistikaga koʻra, telefon ekranidagi rasm inson xarakterini ifodalashi aniqlangan.

Masalan:
Gullar rasmi — xotirjamlik, kulgan hayvonlar — begʻuborlik, abstrakt (noaniq) tasvirlar esa jiddiy xarakter egasini anglatadi. Oʻz rasmini qoʻyadiganlar esa oʻzini sevuvchilar ekani aytilgan. 😅

Siz telefoningiz ekraniga qanday rasmni qoʻygansiz? Izohlarda yozib/rasm qoldiring. 🙂

Kitoblar ombori

06 Nov, 15:26


Live stream finished (1 hour)

Kitoblar ombori

06 Nov, 15:10


Yulduzlarga qarash - iqtisodni yaxshilamas, urushlarni to‘xtatmas yoki muskullaringni ishirmas, hatto munosabating va hayoting bilan qanday qaror qilishinga ham foydasi tegmas. Lekin bu sen va sening muammolaring naqadar kichikligi hamda cheksiz koinotning bir parchasi ekanligingni eslashinga yordam beradi.

"Ko‘zgudagi aksim"

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

06 Nov, 14:20


Live stream started

Kitoblar ombori

06 Nov, 11:43


Barchaga xayr do'stlar. Yo'limiz shu yergacha ekan. Men tg kanal yuritishdan ketmoqchiman.

Sabab, kam reaksiya, odam sonini ko'paymasligi, uzun postlarga izohlar yozilmasligi va yana har xil sabablar.

Qarorimni o'zgartirishim ehtimoli bor, agar...

Kitoblar ombori

06 Nov, 11:14


Новый донат от (Анонимно)
Сумма доната - 50,000 сум
Сообщение:
Biror yaxshi taqriz kelar degan umiddaman

Kitoblar ombori

06 Nov, 06:19


Tolstoy inson ruhining qa'riga tushsa,
Dostoyevskiy qorongʻu tomonlarimizga koʻzgu tutadi.

Umberto Eko hikoya aytibgina qolmay, hayot haqida mushohada yuritadi.

Oskar Uayld yumor va keskin xulosalari bilan jamiyatni tanqid qiladi.

Sveyg qahramonlaring psixologik portretini mukammal yaratadi.

Bu yozuvchilar adabiyotning turfa burchaklarini yoritib, inson va dunyoga nisbatan chuqurroq yondashuvni taklif qiladi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

06 Nov, 03:35


Kitob – hayotimizdagi eng bebaho ne’matlardan biri. Ularning javonda tizilib turishini ko‘rib bahri-dilimiz ochiladi. Buni qarangki, kitoblarni javonga terishning ham bir nechta uslubi bor ekan. Bugun sizlarga shu haqda ma’lumot beraman.

Xronologik usul, chop etilgan yiliga qarab

Bu – kitoblaringizni yaxshiroq anglashingizga imkon beradigan usul. Kitoblaringiz shu tartibda joylashgan bo‘lsa, har bir davr tarixini chuqurroq anglaysiz, bir davrda yashagan mualliflarning voqealarga turli rakursdan munosabatini ko‘rasiz.

Rangiga qarab

Agar kitoblaringiz judayam ko‘p bo‘lsa, bu siz uchun oqilona uslub emas. O‘qiydigan kitoblaringiz kam bo‘lsa va ularni ranglariga qarab ajratib chiqsangiz, ajoyib manzara hosil bo‘ladi.

Mavzusi va janriga qarab

Biror mavzuga oid kitoblarni kolleksiya qilayotgan bo‘lsangiz yoki alohida bir janrning ashaddiy muxlisi bo‘lsangiz, kitoblarni javonga terishning ajoyib usuli shu. Bundan tashqari, muallif va kitob nomini yoddan chiqarib qo‘yadigan odatingiz bo‘lsa, asqatadi.

Geografik jihatdan

Nega endi yo‘q? Kitoblarni mualliflarning tug‘ilgan joyiga qarab yoki muallif tilga oladigan joylarga qarab tartiblab chiqsangiz ham bo‘ladi.

Muhimlik yoki sifat darajasiga qarab

Bu usul mehmonlar kelganda ular bilan suhbatlashishda asqatadi.

Sirlilik darajasiga qarab

Agar siz o‘qiydigan kitoblarni boshqalar bilishini istamasangiz, ularni javonning eng oxiriga qo‘yishingiz mumkin.

Alifbo tartibida

Eng zerikari uslublardan biri, lekin ko‘pchilikka shu usul qulay. Izlagan kitobingizni tezda topib olasiz.

Hajmiga qarab

Agar sizda turli hajmdagi kitoblar bo‘lsa, ularni kattasidan kichigiga qarab qo‘yib chiqsangiz bo‘ladi.

Albatta, kitoblaringizni qanaqadir tartibda qo‘yishga majbur emassiz. Lekin ashaddiy kitobxon javondagi tartibga xam alohida e’tibor qiladi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

05 Nov, 18:09


Shunday yaqin insonim boʻlishini istaymanki, men u bilan xuddi oʻzim bilan gaplashganday va hamma narsa haqida gaplasha oladigan boʻlsam.

@dostoyevskiydan_qaydlar

Kitoblar ombori

05 Nov, 15:36


Biz kutgan fasl

Necha bor qalbingda tikladim qasr,
Ayriliq bo‘roni buzdi muttasil.
Nechun yana qattiq qish kelayotir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Sahroyi sevgimiz ko‘kargan dashtim,
Sog‘inch o‘rdasida muncha savashtim?..
Nahot, adashtirdim, nahot, adashdim,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Sevildik – sevindik, ammo aqlli
Zotlardek bo‘lmadik sipo shaklli,
Ertaroq nishonlab qo‘ydik shekilli,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Azizim, asalga evrilsin zahr:
Sevgida saxiy bo‘l, nafratda – baxil,
Bahorga aylantir qishni ham, axir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!

Mansur JUMAYEV

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

05 Nov, 07:50


Eng ko'p qaysi bookblogerni kuzatasiz?
(Bu kanaldan tashqari)

Kitoblar ombori

05 Nov, 03:32


Muvaffaqiyat kaliti — sahar turib harakat qilishda!

Siz Sugoi Hayaoki (Hayratlanarli barvaqt uyg‘onuvchi) nomidagi yapon tilida yozilgan kitobni eshitmagan bo‘lsangiz kerak, shunday emasmi? Unda ushbu asar muallifiga quloq soling.

Hozir tanishtirmoqchi bo‘lgan ushbu kitobda, ertalab barvaqt turishning foydalari haqida yozilgan. Uning muallifi Ryo Tsukamotoning yuqori maktabda o‘qish davrida uning fanlarni o‘zlashtirishi aslida juda ham past darajada bo‘lgan. Shundan keyin, maktabning so‘nggi yilidan boshlab har kuni ertalab barvaqt turib, dars tayyorlash orqali o‘zlashtirish natijalarini yaxshilab, Kiotodagi Doshisha universitetining iqtisodiyot fakultetiga qabul qilinadi.

Saharda turib, kitob o‘qishda davom etgan Ryo Tsukamoto Doshisha universitetini tamomlashi bilan Angliyadagi mashhur Kembrij universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinadi. O‘qish juda ham qiyin va vazifalar haddan ziyod ko‘p bo‘lishiga qaramay, kechasi ertaroq uxlab, tongda barvaqt turib ishlash orqali eng oldingi safda namunali baholar bilan universitetni muvaffaqiyatli tamomlashga erishadi.

Ryo Tsukamoto ushbu kitobdagi muvaffaqiyat sirlarini kitobxonlar bilan o‘rtoqlashadi.

Muallifning yozishicha, tongi soat 5 da turish bilan miya to‘liq ishga tushadi.

- Ertalab turib ishlash va o‘qish kechqurungi mehnatdan ancha yaxshi natija beradi;

- miyaga oid ilmiy ishlardan aniq bo‘lgani shuki, tungi uyqumizda miyamiz dam olib, yana tartibli holga keladi, ertalab turganda, miyamiz sport uchun tayyorlangan yangi stadion kabi tiniq va chiroyli shakl oladi;

- natijada, ertalabki ilk 2-3 soatlik vaqt o‘qib yozish uchun qulay payt hisoblanadi;

- o‘rgangan narsani miyamizda uzoq muddat saqlash uchun uni takrorlash eng muhim usuldir. Ilmiy tadqiqotga ko‘ra, 20 daqiqa oldin o‘rgangan bilimlarimizning 42 foizi, bir kundan so‘ng esa 74 foizi esdan chiqib ketadi;

- ertalab sahar vaqtidagi o‘qish-yozishning foydasi juda katta. Eng muhimi, kechqurun o‘qib tushunish qiyin bo‘lgan murakkab darsliklar ham ertalab osonlik bilan miyamizga o‘rnashadi va ularni tushunish ancha yengil kechadi;

- ertalab sahar vaqtida miyaning turli ma’lumotlarni qabul qilishining tezlashishi ortida ham miyamiz to‘liq quvvat bilan ishlayotgani mujassam.

Muallifning aytishicha, kechki payt dars qilishni davom ettirish insondagi ishtiyoqning pasayishiga olib kelar ekan. Sababi ish va o‘qishdan uyga qaytib, tamaddi qilgandan keyin, toliqqan miyani majburlagan bilan, miya qabul qilmaydi. Tamaddidan keyin, qondagi glyukoza darajasi ortadi va uyqu keladi.

Miya toliqqan vaqtda, qilmasam bo‘lmaydi deya o‘zini majburlash oqibatida inson tushkunlikni his qilib, o‘zi kutgan narsalarga erisha olmasdan, ishtiyoqning birdaniga pasayib ketishiga sabab bo‘lar ekan.

Siz ham sahar turib dars tayyorlaysizmi?
Bu mavzudagi o‘z tajribalaringizni boshqalar bilan ham o‘rtoqlashing!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

04 Nov, 18:54


Ko'p uyg'oqlik o'limga olib keladi.

Kitoblar ombori

04 Nov, 13:10


https://t.me/egamberdiyeev_a tanlov tugaguncha mashi yoqda aktiv bo'b turaman. U kanal ham shunchaki cringe narsalar emas faqat sal ko'chacharoq

Kitoblar ombori

04 Nov, 03:07


Tonggi motivatsiya

Hayotdan maqsading senga ana shunday turmuladiganini topish bo'lishi kerak

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

04 Nov, 02:07


Samoda taniqli bo‘lganlarning hammasi ham yerda mashhur emas ekan. 
Yerda mashhurlarning hammasini ham samoda e’tirof qilishmaydi....!  

Bir kuni Nabiy sallollohu alayhi vasallam sahobalarga dedilar:

- Hozir huzuringizga bir kishi kirib keladi, sizlar u tufayli rizqlanasizlar, chorvalaringiz u tufayli rizqlanadi, u tufayli yomg‘ir yog‘adi, u tufayli sizlarga nusrat beriladi!  

Sahobalar qarab turishdi. Shunda doim masjidni supurib tozalab yuradigan qop-qora, ko‘rinishi xunik bir yigit kirib keldi!  

Bugun zaminda arzimagan, lag‘v ishlar bilan kishilar mashhur bo‘lib ketishayapti. Birovning xotini bilan qo‘lga tushgan zinokor bolaning obunachilari, bugun yuzlab kitoblar yozgan olimnikidan ancha ko‘p bo‘lishi ham mumkin.
Bunaqalar yerda balki taniqlidir,  ammo samoda...

Samoda kimlar taniqli ekanini faqat samo ahli biladi!  

Samoda taniqli bo‘ling!

Manba

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

03 Nov, 16:05


"Dushman" Erix Mariya Remarkni qaysi kitobidan oʻqishni boshlasam ekan deyayotganlar uchun tavsiya

Atigi 6 bet xolos

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

03 Nov, 15:46


Men anglagan hayot

Ertangi kundan shunday beadog‘ baxtiyor damlarni tiladim va ishondimki, tokim inson o‘z nafsidan ko‘ra nimanidir yuqoriroq qo‘yib, o‘sha yuksak orzusi yo‘lida kurasha boshladimi, shubhasiz, u albatta baxtli bo‘ladi. Odam bolasining ana o‘shanday saodatmand onlariga bog‘langan ishonch tuyg‘ularimni dilimga mahkam qilib tugib qo‘ydim. Yana shunga qattiq amin bo‘ldimki, ruhiy oromijonlik hamda hoksorlik hammavaqt irkit mechkaylik, olchoqlik, tubanlikni zabt eta oladi. Mening esa bor e’tiqodim, bor mehru muhabbatim alaloqibat oddiy mehnatkash odamlar uchun fido bo‘ldi. Zero bir fransuz kishisi aytgani kabi: “Davr mashinasi doimo yog‘och kovush ostida sado bergaydir, moylangan oyoq kiyim esa baribir toyib ketgusidir”.

Jek London

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

03 Nov, 11:49


- Menga boshqa qo'ng'iroq qilmang ... hech qachon !!
- Tushunarli.
- Nimasi tushunarli?
- Keyinroq qo'ng'iroq qilaman.

R.Valiullin "Har bir sukunatning o'ziga xos xislati bor"

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

02 Nov, 21:16


https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=ac33a4388d6

bilmadim nega hali ham uxlamaganimni lekin

Kitoblar ombori

02 Nov, 15:14


Shu desangizlar bugun kun boʻyi Toshkentni Eski shahar qismini kezdim. Chorsu bozorini u yogʻidan kirib bu yogʻidan chiqdim. Xoʻja Ahror Valiy ziyoratgohiga kirdim va Chorsudagi kitob doʻkonlarini aylandim.

Naqshi, Hilol, iBook, Qamar, Ansor va nomi esimda qolmagan boshqa kitob doʻkonlarni astoydil tomosha qildim.

Eng esimda qolgan voqea Qamar doʻkonida, konsultant qiz va mijoz sifatida kelgan boshqa qiz oʻrtasida goʻzal suhbat boʻldi.

Shayx hazratlarini "Iymon" kitobi atrofida astoydil suhbat qurishdiyey, oʻzimni suhbatga aralashishdan ketishdan zoʻrgʻa tutib qoldim😄

U yerdan "Yoz. Qisqartir"ni qoʻltiqqa qistirib, Hazrati Imom majmuasi tarafga qarab yoʻl oldim. Toshkentdagi kuz manzaralarini tomosha qilgancha 3kmlik yoʻlni yurib qoʻyibman.
Asrga yetib borib, soʻng Baroqxon madrasasi tomon oʻtdim. Menga negadir mana shu taraflarda yurish yoqadi. Qandaydir oʻzimni yengil his qilaman. Bu tarafga kelishimga asosiy sabab "Usmon Qurʼoni"ni qayta koʻrish edi ammo afsus kech boʻlib qolgani sabab kira olmadim. Bu Qurʼon haqida shu darajada berilib maʼlumot qidirganmanki, har safar Toshkentga kelib koʻrmay ketsam oʻzimni koyiydigan darajada boʻlib ketganman.

Hoʻsh, esimga kelgani shu boʻldi. Lekin baribir bugun zerikdim. Ertaga yana nimadir reja qilish kerak.
Uyda qolsam alamimni ovqatdan olib semirib ketyapman 😁

Dam olish kunlari uchun takliflar boʻlsa aytinglar

Kitoblar ombori

02 Nov, 14:04


Aynan chet elga sayohat qilish va oʻqishga qiziquvchilar zoʻr imkoniyat

18 yoshida Amerikaga borgan
O'tgan yili yozda Work and Travel orqali Amerikaga ikkinchi marta borib kelgan.
US-CAEF granti yutib Amerika universitetida 4 yil grantda oʻqib, qoʻshimchasi oyiga $350 stipendiya ham olgan
8 yildan beri tekinga sayohat qilib,yetmaganiga yana ayasiga ham Turkiyaga sayohat qilishga ham erishgan

Surrayo Gʻayratovna tomonidan aynan 7-8-9-noyabr kuni qanday qilib Amerikaga 100% tekinga GRANT yutib sayohat qilish va oʻqish haqida bepul marafon tashkillashtirildi.

Sizlarda ham shunaqa orzular borligiga ishonamiz, marafon aynan sizlar uchun unumli foydalanib eng qimmatli ma'lumotlarni oling. Hammani kutaman

https://t.me/+QMqC-OOhmVFjMmIy
https://t.me/+QMqC-OOhmVFjMmIy
https://t.me/+QMqC-OOhmVFjMmIy

Kitoblar ombori

02 Nov, 11:38


O’zingizga yaqin olavermang

Atrofingizda nima sodir bo’lmasin buni o’zingizga yaqin olavermang. Boshqalar qilayotgan hech bir ishi siz tufayli emas. Bu ularning o’zlari tufayli. Hatto vaziyat sizga juda tegishlikdek ko’rinsa ham buning sizga hech qanday aloqasi yo’q. Odamlar nima deyishi, nima qilishi va berayotgan fikrlari o’zlarining ichki o’ylarining aksidir. Har kimning o’z haqiqati bor. Biron narsani o’zimizga yaqin olganimizda ular bizning haqiqatimizni bilishadi deb taxmin qilamiz va uni ularga singdirishga harakat qilamiz. Agar narsalarni o’zimizga yaqin qilib olmasak bu
fikrlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va
harakatlarimiz ustidan ko‘proq nazoratga ega bo‘lishimizga imkon beradi. Hodisalarni o’zimizga yaqin qilib olmasak boshqalarning o‘ziga xosligini tan olamiz va
ular bizdan farqli ekanligini qabul qilolamiz.
O’zgalarning bizga qanday qarashi va munosabatini nazorat qilishimiz qiyin. Biroq o’zimizga va vaziyatga boqishimiz va unga qanday baho berishimiz ustidan ko’proq nazoratga egamiz. Aslida, boshqa odamlar haqida to’liq ma’lumotni bilmasdan taxminlarga asoslanib ish ko’ramiz va ko’pincha bir inson haqida qilgan taxminimiz noto’g’ri chiqadi.

Kitoblar ombori

01 Nov, 15:04


Bilamizki, inson tanasini ovqat, ruhini esa ilm va maʼrifat toʻydiradi.

Ikkinchisini birinchisidan ortiqroq toʻydirish muhim

Hammasiga ulanganlar 🔥

Kitoblar ombori

01 Nov, 12:10


Taniqli shoir Erkin Vohidovga muxbir savol berdi.

– Kelinoyi bilan salkam ellik yil yashayotgan ekansizlar, qanday qilib tanishgansizlar?

– Men taqdirimni uzoq-uzoqlardan qidirib yuribman. Buni qarangki, o‘zimizning mahallada, o‘zimizning ko‘chamizda, qo‘shni ekan! Shuni aytadilar-da " Falokat oyoq ostida" deb...

© Erkin Vohidov

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

01 Nov, 07:28


2 oydan keyin 2025-yil.
O’zingga va’da bergan biror narsangni bajara oldingmi?

Kitoblar ombori

01 Nov, 03:49


Bugungi Veganlar kuni bilan barcha oʻtxoʻrlarni veganlik yoʻlini tanlaganlarni goʻshtxoʻrlar nomidan tabriklayman!

Ilohim yer yuzida meva va sabzavotlar hech qachon tugab qolmasin!.

* Veganlar hayvonlar bilan bog‘liq har qanday taom va mahsulotlardan voz kechgan insonlar bo‘lib, ular go‘sht, tuxum, sut, asal, baliq iste’mol qilishmaydi, charm va ipakdan tayyorlangan kiyimlarni kiyishmaydi. Bir soʻz bilan aytganda, faqat tabiiy mahsulotlarni yeyishadi va undan foydalanishadi. Qanday qiyin hayot! Bugun oʻshalarni kuni ekan

Kitoblar ombori

31 Oct, 19:14


Noyabr qat’iyatli oy. Sentyabr-u oktyabrdek nozlanmaydi. Yaxshi qol, deydi. Men endi yo‘qman, deydi. Ketayotganida eshikni qarsillatib yopadiyu, ketadi. 

Sovuq bo‘ladi noyabr. "Qalinroq kiyinsang-chi" deydi. "Soyaboningni yoningda olib yursang-chi!" deydi.

Vidodir noyabr. Yarmingni yuladiyu, ketadi!...

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

31 Oct, 11:52


Bugun "ajinalar" bayrami ekan 🎃

Bu haqida post o'qimoqchi bo'lsangiz izohlarga oshqovoq stickerini yozib qoldiring

Kitoblar ombori

31 Oct, 08:42


“Sizda 5 dollar boshlang‘ich kapital va uni ko‘paytirish uchun 2 soat vaqtingiz bor. Vaqt ketdi!”

Dunyoga mashhur Stenford universitetidagi tadbirkorlik va innovatsiyalar bo‘yicha kurs, shu so‘zlar bilan boshlanadi.

O‘qituvchi Tina Silig talabalarni bir nechta guruhlarga bo‘lib, ichiga 5 dollar solingan konvertlarni juma kuni tarqatib chiqadi.

Talabalar esa dushanba kuni qaysi guruh shu ikki soat davomida qanday g‘oya bilan qancha pul ishlab topishganini taqdimot qilishadi. Eng ilg‘or kreativ jamoalar hattoki 650 dollar pul topgan paytlar ham bo‘lgan. Qanday deysizmi? Hozir bilib olasiz.

Variantlar xar-hil. Bir jamoa 5 dollarga nasos sotib olib, universitetdagi boshqa talabalarning velosiped g‘ildiraklarini 1 dollar evaziga damlab chiqishgan. Yomonmas) Yana bir guruh esa, mashhur restoranlarda odam ko‘p bo‘ladigan paytga stol bron qildirib qo‘yib, navbat kutishni xohlamagan insonlarga sotishgan buyurtma joylarni.

Lekin, bu musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalar hamisha boshqalarga nisbatan boshqa burchak ostida kreativ o‘ylashadi.

650 dollar ishlab topgan jamoaga qaytsak.

Hammasi juda oddiy. Dushanba kuni aytib o‘tganimday, har bir jamoa Stenford talabalari qarshisida, 2 soatda nimalarga erishishgani haqida o‘z g‘oyalarini 3 daqiqalik prezentatsiya qilishadi.

Xullas, bir safar, bir jamoa o‘zlariga ajratilgan 3 daqiqalik vaqtini, talabalarni ishga yollashni xohlagan kompaniyaga sotishadi. Stenford universiteti hamisha dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida kuchli uchlikka kiradi (2018-yilda hatto Garvarddan oldingi o‘rinda edi) uning bitiruvchilari jahon mehnat bozorida talash. Jamoadagilar genial yo‘lni tanlashgan a?

Talabalarga o‘z kompaniyasini tanishtirib, ishga qiziqtirmoqchi bo‘lgan kompaniya, ular bilan 3 daqiqa gaplashish uchun 650 dollar to‘lagan jamoaga

Tina Siligning kurslari Stenfordda juda mashhur. Chunki bu kurslarda talabalar dunyoga boshqacha nazar bilan qarashga o‘rganishadi. Hamma bilan bir xil o‘ylamaslik, boshqalardan ajralib turish, o‘rtoqlaringni ichida “bu g‘alatiroq” degan gaplardan qo‘rqma. Bu kamchilik emas, aksincha, bu katta yutuq. Absolyutno farqi yo‘q, sening qancha muammolaring borligini. Bularning hammasini to‘g‘ri o‘ylash bilan muammolarni imkoniyatga aylantirish mumkin. Faqatgina sal boshqacharoq o‘yla.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

30 Oct, 13:36


Куз фаслида кўп тушкунликка тушаман. Шунгами таниш-билиш, қариндошларимга сюрприз қилишга ҳаракат қиламан ва бундан энергия оламан.

Масалан иссиқина егуликларни, ширинликларни ва кофе курьердан етказаман. Бу мен томондан юборилганини этмиман.
Негадир менга сюрпризлар қилишмайди. Кўнгилаканда...

Kitoblar ombori

30 Oct, 07:29


Sevgi o‘zi nima? Sevgi bu - u kulayotganda, sen uning yuzidan ko‘zingni uza olmasliging va doimo uni yana kuldirish uchun nimalarnidir qilishga intilishing. Shunda yana unga tikilib, ko‘zlaringni uzmay qarash imkoni tug‘iladi.

Maks Fray

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

30 Oct, 05:17


Fyodor Dostoyevskiyning xolasi, savdogar Aleksandra Kumanina "Jinoyat va jazo" asaridagi sudxo'r kampirning prototipi bo‘lishi mumkin.

Adabiy egizagi kabi, Kumanina ham xasisligi va pul to‘plashga ortiqcha mehr qo'yganligi bilan mashhur edi.

Vafotidan so'ng to‘plagan butun boyligini cherkov ehtiyojlari va xayriya ishlariga vasiyat qilib qoldirgan.

O'z akasining yetim qolgan bolalariga ya'ni jiyanlariga esa bir tiyin ham qoldirmagan.

Bu qaror oila uchun jiddiy zarba bo‘lgan va ehtimol, Dostoyevskiyda biz Alyona Ivanovna timsolida his qiladigan nafratni keltirib chiqargan...

...ochko‘zlik va bemehrlik ramziga aylangan kampirlar.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

28 Oct, 13:42


O‘rta Osiyo darvishlari qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

Sankt-Peterburgdagi Davlat Din tarixi muzeyida O‘rta Osiyo darvishlarining buyumlari mavjud. Ular jahongashta darvishlarning tashqi ko‘rinishini tasavvur qilish imkonini beradi.

Muzeyda siz chopon, qalpoq, kamar kabi darvesh kiyimi elementlarini, shuningdek, oziq-ovqat uchun maxsus idishlar – kadi va kashkulni ko‘rishingiz mumkin. Ular o‘ymakor kalligrafik yozuvlar, qimmatbaho toshlar, o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan.

Darvishlarning sirli buyumlari qatoriga boltalar, sayqallangan shoxdan yasalgan tayoqlar, devlarning boshi shaklidagi to‘qmorlar ham kiradi.

“O‘zbekiston madaniy merosi Davlat Din tarixi muzeyi (Sankt-Peterburg) to‘plamlari” kitob-albomida yanada ko‘proq ma’lumotlar mavjud.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

28 Oct, 12:24


Yozmasam bo'lmadi...

Xullas bu Toshkentga kelib toza boshog'riq bo'lgan narsa kvartira topish bo'ldi. Hozir turgan joyim yaxshi, o'zimni tanishlarim ammo ishgacha masofa anchagina uzoq. Tirbandlik bo'lsa-ku yetib borish soatini tahmin qilishni ham iloji yo'q. Shu sabab 1 haftadan beri Sergeli metro tarafdan ijaraga uy qidiryapman. Tanlov yo'q emas, hattoki ko'p. Lekin menga yoqqan uy egalariga meni jinsim va oilaviy ahvolim to'g'ri kelmayapti. Bari zo'r lokatsiya va zo'r sharoit, ideal narxdagi uylar yo qizlar uchun yoki oilalar uchun. Mendek sho'rlik so'qqabosh yigitlarga o'tgan asrda qurilgan, sharoitlar haminqadar yoki juda uniqqan uylar taklif qilinyapti. Kamiga kazarmadagidek sharoitlarda.
Bugun kunimni asosiy qismi kvartira qidirish bilan o'tdi. Ochig'i pichoqqa sop bo'ladigani chiqmadi. Kecha ham uchramagan edi. Bugun ham uchramadi. Endi sizlardan yordam so'rashlik variantidan boshqa variantim qolmadi.

Qayerdadir, Sergeli, metro atrofidan o'g'il bolalar uchun 2 kishilik ijaraga uy bor degan e'lonni ko'rib qolsangiz @tezkorxatlarbot ga jo'nating. Topilib o'rnashib olsam bitta 100k gacha bo'lgan kitob mendan.

Kitoblar ombori

28 Oct, 10:02


Qizlaringizga ilm bering!
Ular millatni tarbiyalaydilar!


Bilasizmi, Singapurda diplomi bor ayollar turmushga chiqsalar, davlatdan katta to‘yona, agar farzand ko‘rsalar boshqa o‘qimagan ayollarga nisbatan ko‘proq suyunchi pullarini oladilar. Xo‘sh, nima uchun shunaqa? Chunki buyuk islohotchi Li Kuan Yu mamlakatning muvaffaqiyati avvalambor ilmli, ziyoli ayollar va onalarga bog‘liqligini tushunib yetgandi. Tarix ko‘rsatdiki Li Kuan Yu yuz foiz haq bo‘lib chiqdi.

Aqlli va ilmli ayol, ilmsiz, dunyoqarashi past ayollardan ko‘ra dunyoga, hayotga haqiqiy ko‘z bilan baho bera olarkan. Bunday ayollar zamonaviy tendensiyalar va haqqoniylik bilan o‘z hayotlari va oilalarining kelajagini qura oladilar. Ular o‘z turmush o‘rtoqlariga, farzandlariga to‘g‘ri yo‘nalishlarni bera olish qurbiga ega bo‘ladilar. Eng kamida bunday ayollar o‘z sog‘liqlariga va oila sog‘lig‘iga katta e’tibor bera oladilar. Ular o‘z turmush o‘rtoqlariga kelajak istiqbollariga olib boruvchi porloq yo‘llarni ko‘rsata oladilar, kerak payti tanqid qilib, zarur paytda maqtov bilan muvaffaqiyatlarga erishtira oladilar.

Ilmli, aqlli ayollar qorin g‘amidan, uydagi mebel, idish-tovoq, latta-putta kabi mayda narsalardan yuqori turadilar. Ular mo‘ljalni juda yuqori oladilar va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini qila oladilar. Bunday ayollar o‘z erlari va farzandlariga kitob tutqazadilar va ilm-fanga yo‘naltiradilar.

Har qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi, deb bejizga aytilmagan. Intellekti yuqori ayol albatta buyuk farzandlarni kamolotga erishtiradilar. Otadan qon, jism o‘tsa-da, aql, tafakkur ko‘proq onadan o‘tadi. Shuning uchun ilmli, iymonli ayollarga uylanish maqsadga muvofiqdir.

Intellektual o‘tkir bilimga ega, aql-farosatli ayollar o‘z erlarini yo‘qotgan tarzda ham, yoki ularning ablah bo‘lib chiqishidan qat’i nazar baribir o‘z hayot yo‘llarini topib keta oladilar. Chunki bunday ayollar o‘z oilalarini iqtisodiy-ma’naviy jihatdan qo‘rg‘on kabi himoyalash usullarini topa oladilar.

Nima uchun intellektuallar o‘zlariga juda iqtidorli intellektual kuchli ayollarni tanlaganlar. Chunki ular biladilar faqat kuchsiz odamlar o‘zlaridan ham kuchsizlarni tanlashlarini, ular o‘zlariga mos va xos, zamon bilan hamnafas yuruvchi juftni bejizga tanlamaganlar. Chunki bunday kuchli odamlarga faqatgina shunaqa kuchli ayollargina ilhom bera oladilar.

Xo‘sh bizda-chi? Bizda esa "Ayol baxti" nomli treninglar. Ayollarga yosh qizaloqligidan bo‘ysunish, ovqat qilish, tikish-bichish, o‘z hayotini qurbon qilish yo‘llari o‘rgatiladi. Tendensiyalar qanchalik o‘zgarmasin, dunyo qanchalik taraqqiyotga qadam qo‘ymasin, bizdagi qarashlar haliyam XV asrdagi ahvolda. "Bo‘lmasa ersiz qolasan va tamomsan" prinsiplari ustunligicha qolmoqda.

Dunyo ayolning bo‘g‘irsoq pishirishni bilishi yoki bilmasligiga emas, balki uning tafakkuri va professionalizmiga hayratlanadi.

O‘zingizning iste’dodingizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi g‘oyalaringizni amalga oshirishdan hech qachon qo‘rqmang, eski stereotiplardan baralla voz keching. Kir yuvish va ovqat qilishni istagan paytda o‘rganib olish mumkin, ammo miyani bilimga, tafakkur va ko‘nikmalarga to‘ldirishga kech bo‘lishi mumkin.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

24 Oct, 16:43


Dushman bilan kurashib yashaydigan odam dushmanning hayot bo'lishidan manfaatdor.

Kitoblar ombori

24 Oct, 15:06


Doʻppili Kopirayter haqida eshitganmisiz?

Taʼlim sohasida oʻqib, keyinchalik zamonaviy kasblarga qiziqib qolgan bu yigit hozir Telegramda oʻz faoliyatini yuritmoqda.

Ushbu blog orqali siz:

200 ming soʻmdan boshlangan telegram kanal biznesi qanday boshlanganligi;
• Yozishni va oʻqishni yoqtiradiganlar uchun maxsus kopirayting sohasiga kirib kelishning aniq yoʻli;
• Shayx hazratlarining kitoblarini oʻqishga targʻib qilayotgan «Bumerang» loyihasi haqida foydali va aniq maʼlumotlarni olasiz.

Tortinmasdan toʻrdan oʻtaverasiz👇

Kitoblar ombori

24 Oct, 12:21


Kinodan ta'sirlanib yig‘laydigan odamlar erta yoshda vafot etishi mumkin!

Britaniyalik olimlarning fikricha, bunday odamlarda asabiylashish darajasi yuqori bo‘lish ehtimoli bor. Shu sababli, ular stress va salbiy his-tuyg‘ularga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Bu esa ularning muddatidan oldin hayotdan ko‘z yumishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, asabiylikning yuqori darajasi kishini tez-tez qo‘rquv, xavotir, tashvish va umidsizlik hislarini boshdan kechirishga majbur qiladi. Buning natijalari esa achinarli - bunday odamlarda vafot etish ehtimoli 10 foizga yuqori bo‘ladi.

Shu sabab ko'p ham asabiylashmang, ko'p ham ta'sirlanmang. Kanalimizni kuzating va uzoq umr ko'rishingizga sabab bo'luvchi postlardan bahramand bo'ling!

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

24 Oct, 11:22


Qaysi dostonni uch ming xil uslubda o‘qish mumkin?

Tarixda ko‘plab shoirlar boshidan oxirigacha va aksincha bir xil o‘qiladigan asarlar yaratishda o‘z kuchlarini sinab ko‘rganlar. Ammo IV asrda yashagan xitoylik shoira Su Xuey iyerogliflardan iborat kvadrat yaratgan. Uning o‘lchami 29x29 iyeroglifdan tashkil topgan.

Bu dostonning noyobligi shundaki, uni vertikal, diagonal va gorizontal yo‘nalishda o‘qish mumkin. Ushbu adabiy durdonani o‘qishning jami 2848 ta usuli mavjud.

Sen esa bittagina o'qish uslubidagi kitobni o'qishga ham erinasan Karl(a)

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

24 Oct, 07:02


Bilarmidingiz?

Dostoyevskiyning eng mashhur romanlari o‘zining qorong‘u tabiati bilan kishini hayratga soladi.
Tanqidchilar "Jinoyat va jazo"da 21 ta, "Telba"da 31 ta, "Iblislar"da 15 ta, "O‘smir"da 34 ta, "Aka-uka Karamazovlar"da esa 43 ta o‘lim holati mavjudligini aniqlaganlar.

Dahshatlar, triller asarlar qiroli Stiven King deb kim aytgan edi?

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

24 Oct, 06:35


39 yoshli Mahsa Jalol Badiiy Eron respublikasi rejimi tomonidan evolyutsiya nazariyasi haqidagi kitobni o‘qiganligi uchun 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Eshitayapsanmi Karl? Kitob o'qigani uchun qamoq! Bu xabarni o'qib hayolingizga qaysi kitob keldi?

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

23 Oct, 18:30


Ehtimol yanglishayotgandirman, ammo menga shunday tuyuladiki, kulgi orqali odamni tanib, bilib olish mumkin. Agar siz ilk uchrashuv paytidayoq mutlaqo notanish odamlardan birining kulgisi sizga yoqimli tuyulsa, u holda hech ikkilanmay uni yaxshi odam deb aytaverishingiz mumkin.

"O‘lik uydan maktublar"


@dostoyevskiydan_qaydlar

Kitoblar ombori

23 Oct, 12:38


Twitterdan...

Menga yiliga ikki marta olti oylik ta’til kerak.

Horijga chiqadigan pasportim meni qamoqda deb o‘ylaydi.

Dangasa emasman. Shunchaki quvvatni tejash rejimidaman.

Tasavvur qil. Pul deb bir qari odam bilan turmush qurding. Va ko‘p o‘tmay o‘lib qolding.

Nega chivin yog‘imnimas qonimni so‘radi?

Hozirgi eng yaxshi ishlarim ro‘yxati
1.

Qalbim meni muzlatgichga olib keldi.

Kech uxlab, tongda afsuslanamiz.

Hayotim dam olish kunlarni kutish bilan o‘tyapti.

Hech kimni majburlama, hech kimga yalinma. Ta’qib qil.

2024-yil yarmini sovurib bo‘ldim.

Hammaning uyida dushi bor. Negadir hamma ham uni ishlatmaydi.

Ba’zan o‘zim bilan gaplashib, mazza qilib kulishamiz.

Negadir qo‘ng‘iroqqa javob berging kelmaganda odatdagidan ko‘ra uzoq chaladi.

Gap egasini topadi: “Iltimos, cho‘milib yur!”

Konspirologiya nazariyalari spoyler bo‘ladi.

Xaligacha tushunmayman. Qanday qilib ishsiz yurganlar iphone 15 pro max tutib yuradi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

23 Oct, 08:24


Natali Makdonald

Xogvarts talabasi
, Garri Potter to'rtinchi kursda o'qiyotganda o'qishga kirgan. Kurslarga tarqatuvchi shlyapa Natalini "Griffindor"ga yuboradi. U Lili Evans bilan birga o'qigan Meri Makdonaldning qizi bo'lishi mumkin.

Ushbu personaj kitobda tasodifan paydo bo'lib qolmagan.

Kunlarning birida asar muallifi J.K.Rouling 9 yoshli kanadalik qizaloqdan xat oladi. Qizaloq Joandan kitobning keyingi qismida nima bo'lishi haqida so'ragan, bu unga juda ham qiziq ekanligini, keyingi kitob chiqquniga qadar bu dunyoda bo'lmasligi mumkinligini aytib o'tgandi. Xatni olishi bilanoq adiba qizning e-mailiga javob yuboradi. Ammo allaqachon kech bo'lgandi...

Bundan qattiq tasirlangan Joan "Garri Potter va olov kubogi" filmiga Natali Makdonald nomli personajni kiritadi hamda uni "jasur va oliyjanoblar fakulteti"ga yuboradi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

23 Oct, 07:05


Davomini kechga, uyga borib, yoki yo'lda yozaman. Ungacha bemalol ishlaringizni qilaveringlar. Ijod shu - bir kelsa kelaveradi, bir to'xtasa urvoqchalik gap ham chiqmaydi.

Kitoblar ombori

23 Oct, 04:07


- Ha, buni payqadim.

- Nahotki? Qanday qilib? - hayratli nigohlari bilan menga qaradi.

- Shoperingizda Van Gogning "Yulduzli tunlar"i, telefoningizning gʻilofida esa "Marvarid sirgʻali qiz" suratining stickeri.

- Haa, hah, bulardanmi? - yengilgina kulib qoʻydi.

- Ha, men ham ozroq sanʼatga qiziqaman, - dedim. Har holda sanʼat odami boʻlsa katta gapirib qoʻyib keyin kalovlanib qolsam hijolat boʻlishni oʻylab.

- Qiziq. Xoʻsh. Boyagi savolimga qanday javob berasiz?

- Qaysi?

- Kino tavsiyaga...

- Haa, ungami, - men bu paytda voqealar zanjirini butkul unutib boʻlgan edim. Kim bilan, qayerda ketayotganim ham yodimdan chiqib boʻlgan edi.

- Sizga nimani tavsiya qilishga ham ikkilanib qoldim. Har holda shunchaki kinohavaskor odamga oʻxshamaysiz.

Telefonimga qaradim. Kelayotgan bekat meni bekatim. Tushishim kerak. Ammo bu suhbatni shunchaki tugatib qoʻyishni umuman xohlamayapman...

Kitoblar ombori

23 Oct, 03:19


- Boya telefoningiz ekraniga toʻsatdan koʻzim tushib qoldi. "Шрам" kinosini koʻrayotgan ekansiz. Bu kino meni juda taʼsirlantirgan. Koʻp tanishlarimga tavsiya qilganman ammo ularni hech qiziqtira olmagan. Sizni koʻrayotganingizni koʻrib xursand boʻldim. Uzr, gʻalati savollar berayotganim uchun.

- Yoʻq hech qisi yoʻq - dedimu miyam rostdan bu holat real hayotda yuz berayaptimi yoki tush koʻrayapmanmi degan oʻy bilan andarmon edi.

- Bu kinoni kimdir tavsiya qilganmi?

- Ha, arman genotsidi haqidagi maqolada shu film ham eslab oʻtilgan ekan. Shundan soʻng qiziqib qolgandim. Haqiqatda kuchli gʻoyadagi film ekan.

- Tarixchimisiz?

- Yoʻq. Filologman ammo tarixga qiziqaman. Siz tarixchimisiz?

- Afsuski yoʻq. Soham sanʼatga oid. Lekin tarixchi boʻlmaganimga afsuslanaman...

Kitoblar ombori

23 Oct, 02:55


Davomini pullik kanaldan oʻqishingiz mumkin😆

UPD: qaragʻanganlar haqqi-hurmati hammasini shu yerga yozaman

Kitoblar ombori

23 Oct, 02:47


Odatda meni oldimga kamdan-kam holatlarda qiz bola oʻtiradi (maqtanish: koʻp holatlarda oʻzim ularga joy beraman). Xullas darazadan tashqariga qarab ketayapman. Musiqa, avtobus harakati, yengilgina sovuq havo odamni uxlatishga qattiq urinishyapti. Bir payt oldimdagi odam shiqirlatib narsalarini oldida bekatida tushib qoldi va uning oʻrnini yoshi taxminan 20 yoshlardagi bir qiz shaxdam harakat bilan egalladi. Eʼtibor bermadim. Telefonim jiringladi. Onam ekan. Avtobusda, umuman jamoat transportida uzoq vaqt gaplashgan odamni yoqtirmayman. Bilamanki boshqa odamlar ham yoqtirmaydi. Onamga mashinada ekanligimni aytib, keyinroq qayta qoʻngʻiroq qilishimni aytib telefonni oʻchirdim va chala qolgan hayol surishlarimni davom ettirdim. Bir payt yonimdagi qizning ham telefoni jiringladi. U ham yaqin odamiga mashinada ekanligini, xotirjam oʻzi qayta qoʻngʻiroq qilishini aytti va men tomonga bir qarab qoʻydi. Ichimda "qandayin farosatli insonlar bor-a" deb xursand boʻldim.
2 bekat yurdik. Bir payt:

- Kino koʻrishni yoqtirasizmi? - degan ovoz eshitildi. Goʻyo bu narsa hayolimdan oʻtgan savoldek boʻldi. Balki oʻsha paytda yengil mudroq bosgandir ham. Savol qayta takrorlandi.
- Aaaa? - deya atrofga alangladim. Savol miyamda emas yonimdagi qizdan ekanligi idrok etishim sal qiyin boʻldi...

Kitoblar ombori

23 Oct, 02:21


Kecha juda ajobtovur voqea sodir boʻldi. Bu huddi Hollivud filmlaridek syujetga ega. Bunday voqeani yaxshi bir romantik film koʻrgandan soʻng hayolga berilib tasavvur qilish mumkin. Ammo men bilan aynan shu narsa sodir boʻldi.

Kechki payt avtobusda uyga qaytayapman. Men tushadigan bekatgacha 1 soatli yoʻl. Kuzning rutubatli, seryomgʻir havosi. Avtobus oynasidan kechki shaharni tomosha qilgancha eski xotiralarga berilib yarim mudragancha ketayapman. Avtobus ham huddi beshikdagi bolani chayqatib uxlatishga urinayotgandek odamni "alla"layapti. Radioda Kumush Razzoqovaning "Yomgʻir" qoʻshigʻi. Goʻyo atrofimda romantik film uchun dekoratsiya qurilayotgandek edi.

Ha, siz oʻyladingizdek men ham yana nimadir, bu syujet uchun eng asosiy unsur kam ekanligini anglab turgandim. Va u unsur ham oʻzini uzoq kuttirmadi...

Kitoblar ombori

23 Oct, 01:37


Olimlar nihoyat kuzgi apatiyaga qarshi dori topishdi – bu juda oddiy narsalar ekan: ko‘chaga chiqib sayr qil, toza havo bilan nafas ol, o‘zingni pozitivga tayyorla, faqat yaxshiliklar haqida o‘yla, ko‘proq sabzavot va mevalar iste’mol qil, yangi xobbi top, ko‘proq suv ich va ertaroq uxla.

Kitoblar ombori

22 Oct, 18:22


Ushbu videodagi amaki Toshkent shahridagi koʻplab tuman, mahalla, koʻcha nomlarini etimologiyasi chiroyli tarzda aytib beribdi. Bundan tashqari menga eng qiziq joyi Hazrati Imom majmuasidagi Usmon musxafini qanday qilib Oʻzbekiston hududiga kelib qolganini ham eshitish menga yangilik boʻldi. Bir oʻtirib fact-checking qilish uchun mavzu topildi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

22 Oct, 14:50


Kitobxon qizlar! Sekin cloudga saqlab qoʻyoraslar. Bir kun kelib kimgadir qurdirarsizlar😂

Kitoblar ombori

22 Oct, 09:23


Илк марта ўзбек сўзи ишлатилган Қуръон қўлёзмаси топилди.

Туркиянинг Сулаймония кутубхонасидан топилган қуръон қўлёзмасини айни пайтда реставрация қилиш ишлари олиб борилмоқда. Бу ҳақда Тошкентда ўтаётган Ўзбекистон маданий мерос ҳафталиги доирасида маълум қилинди.

Ушбу Қуръон 1318 йилда Олтин Ўрда хони — Ўзбекхонга атаб, олтин вараққа кўчирилган ва бу Мўғуллар давридан кейин сақлаб қолинган асосий Қуръон мусъҳафи ҳисобланади. Туркиялик профессор Эмек Ушенмезнинг таъкидлашича, қўлёзма усмонийлар ҳукмдори Фотиҳ Султон Меҳмет томонидан 1475 йилги Қрим юришидан ўлжа сифатида Истанбулга олиб келинган.

Маълум қилинишича, ушбу қўлёзма Ислом маданияти ва таълимида алоҳида аҳамият касб этади. Шунингдек, у диний матнларни сақлаш ва мусулмон давралар ўртасида саводхонликни оширишда хизмат қилган.

Умуман олганда, Ўзбекистон маданий мероси ҳафталиги кўплаб шов-шувли янгиликларга бой ўтмоқда. Улар сирасига темурий малика ўз қўли билан ёзган, Амир Темур даврига оид ноёб қуръон қўлёзмалари ҳамда Бобурийларга оид муҳташам альбомнинг топилгани киради.

@shahnozxon

Kitoblar ombori

22 Oct, 06:43


Yahudiylar qirg'iniga sabab bo'lgan kitob.

1941-yil
da AQShda Teodor Kaufmanning "Germaniya yo'q qilinishi kerak!" nomli kitobi nashr etiladi. Unchalik ham mashxur bo'lmagan yahudiy muallif o'z kitobida urush yakunlangach nemislarni yo'q qilib yuborish va Germaniya hududini Niderlandiya, Belgiya, Fransiya, Chexoslovakiya va Polsha kabi davlatlarga taqsimlab berish g'oyasini ilgari surgandi.

Ushbu kitobdan nemislar antisemit propagandasi uchun foydalanishgan. Kitob nemis xalqiga nisbatan "yahudiylar fitnasi" mavjudligi dalili sifatida targ'ib qilingan. Bu ishlarga shaxsan Yozef Gebbels rahbarlik qilgan.

Ko'pgina tanqidchilar ushbu kitob Uchinchi reyxning yahudiylarni yo'q qilish haqidagi g'oyalarini targ'ib qilishda boshqa har qanday usuldan ko'ra samaraliroq bo'lganini ta'kidlashgan.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

22 Oct, 05:24


Ruhingiz butunlay tushib ketganda, kasalxonaga boring. Saraton bo‘limini bir marta aylanib chiqishning o‘zi har qanday tushkunlikni bir zumda davolab yuboradi.

@remarkdan_qaydlar

Kitoblar ombori

21 Oct, 14:12


Angladim, bahorga atalmaganmiz,
Kuzda tugʻilganman, demakki kuzman.
Eng soʻnggi yaprog'im to'kilgunicha,
Sen ketgan yoʻllardan koʻzimni uzmam.

Sen ham bahorlarni axtarib yurma,
Bexishtdan quvilgan nochor azizim.
Boshqa fasllarning borligi ro‘yo,
Bu dunyoda faqat kuz bor, azizim...

Shuhrat Orif

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

21 Oct, 09:12


Amerikaliklar ommani qanday jalb etishni bilishadi. Masalan, O'zbekistondagi AQSh elchixonasi har bayramlarda o'zbekistonliklarni o'ziga xos tarzda, o'zbek tilida tabriklaydi. Videolarga ham ijodkorlik bilan yondashadi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

21 Oct, 08:03


Ko'pchiligimiz kitob o'qiyotganimizda to'xtagan joyni belgilab qo'yish uchun o'sha sahifani qayirib qo'yamiz.

Mana shu unchalik ham yoqimli bo'lmagan odatni inglizlar dog-ear (it qulog'i) deb atashadi.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

21 Oct, 07:06


Texas supermarketlari tokchalarida sotilayotgan Jeyson Dudashning "Kamala Xarrisning yutuqlari" nomli kitobi amerikaliklar orasida katta-bahs munozara va kulgularga sabab bo'lmoqda. Gap shundaki kitobning aksariyat sahifalari bo‘sh. Foydalanuvchilar bu kitobni ijtimoiy tarmoqlarda video va rasmlar orqali ulashishmoqda.

Kitob atigi 191 betdan iborat. Kitobga berilgan ta’rifga ko‘ra, bu Xarrisning 20 yillik siyosiy faoliyati haqidagi eng to‘liq hisobot bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni Xarrisning prezidentlikka nomzod bo‘lishga munosibligiga ishontirishdir. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Texasdagi Walmart do‘konidagi kitob videosi ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Foydalanuvchilar kitobni "zamonaviy klassika" va bestseller deb atashmoqda. Kitobni Amerika onlayn-do‘konlaridan ham xarid qilish mumkin. Biroq, ba’zilar buni kitob emas, balki hazil-mutoyibaga boy kundalik deb taxmin qilishmoqda.

Esingizda bo'lsa, 2024-yil noyabr oyida AQShda navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimga Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezident Kamala Xarris va Respublikachilar partiyasidan sobiq prezident Donald Tramp da’vogarlik qilmoqda.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

21 Oct, 02:48


Bayram kunigina "eslanuvchi", "qadrlanuvchi" va "ulug‘lanuvchi" o‘zbek tilim. Bayraming muborak!

Kitoblar ombori

20 Oct, 15:54


Yozuvchi tang ahvoldan qanday chiqib ketadi?
Ernest Xeminguey qoidasi


Kichik maqola yozasizmi yoki 500 sahifali romanmi — farqi yo‘q. Ba’zan ikki qator yozish ham juda qiyin bo‘ladi. Toza qog‘ozga yoki bo‘sh ekranga tikilib o‘tiraverasiz, o‘tiraverasiz, yarim soat vaqt o‘tib ketganini sezmay qolasiz.

Tikilib o‘tirishdan esa foyda yo‘q

Ernest Xemingueyning ijod bilan bog‘liq tang ahvoldan chiqib ketishda bir qoidasi bor edi. Bu qoida uning tinmay yozishiga yordam berardi.

Xeminguey daho yozuvchi edi! Lekin ba’zan unda ham ijodiy inqiroz kuzatilardi. Bunday holatlada u qanday yo‘l tutardi? Bilishga qiziqyapsizmi? Unda maqolaning davomini o‘qing.

“Ba’zan, yangi voqeani boshlay olmaganimda, kamin yoniga o‘tirib, olovning ko‘k tillari gurillab yonishiga tikilib, apelsin po‘chog‘ini tashlayman. Turib, Parij tomlariga qarayman-da, o‘zimga: “Tashvishlanma. Avval yozgansan va yozishda davom etasan. Asosiysi — bitta haqiqiy gap yozish”, deyman.

Har qanday voqea — hajmidan qat’i nazar, u kitob bo‘ladimi yoki hikoyami — bitta haqiqiy gapdan boshlanishi kerak. Keyingi gal ekran qarshisida tang holatda o‘tirganingizda, quyidagi ko‘rsatmalarni eslang:

1. Muhim biron narsa haqida o‘ylang.

2. Bitta arzirli gap yozing.

3. O‘quvchilaringizga shu gapga asoslanib qiziq voqeani aytib bering.

Bittagina gap yozgach, qanday boshlashni o‘ylashni bas qilasiz. Buning o‘rniga voqeani qanday hikoya qilishni o‘ylay boshlaysiz, bu esa bo‘sh ekranga anqayib o‘tirgandan yaxshiroq, to‘g‘rimi?

Siz hikoya qilgan voqeani tanqid qilishlari mumkin, lekin bu muhim emas. Bu sizning voqeangiz, siz o‘quvchining qo‘lidan tutib, voqealar ichiga olib kirishingiz va ko‘rsatishingiz mumkin, chunki siz yozayotgan voqea — muhim. Shunchaki bitta arzirli gap topishingiz kerak.

@kitob_ombori

Kitoblar ombori

20 Oct, 14:40


🏠✍🏻Agar yozuvchilar uy bo'lganida...

38 yoshida italiyalik arxitektor va grafik dizayner Federiko Babina Barselonaga ko'chib o'tgan va hozirda ham o‘sha yerda istiqomat qiladi.
U yangi joyga ko‘chib o‘tgach, hayotdagi asosiy narsa qiziquvchanlikni saqlab qolish va narsalarga bolalarning soddalarcha nigohlari orqali qarash ekanligini anglab yetadi. Va bu nigohlar bilan dunyoga dong‘i ketgan yozuvchilarga qaraydi va u bu yozuvchilarni parallel koinotda bo'lishi mumkin bo'lgan uylar ko‘rinishida loyihalashtiradi. Uning bu g‘oyasi g‘alatidek tuyuladi, lekin qiziqarli.

Qani kitobsevarlar. Arxitektor yaratgan uylar qaysi yozuvchilar bo‘lishi mumkinligini topishga harakat qilib ko‘ringlarchi

@kitob_ombori