Panda Books @panda_books Channel on Telegram

Panda Books

@panda_books


Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot

Panda Books (Uzbek)

Salom kitoblar do'stlari! Sizni "Panda Books" kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda sizga zamonaviy mutolaa repertuarini taklif qilamiz. Kitoblar va kitoblar haqida tahlillar, sharhlar va ko'ngilochar maqolalar sizni kutmoqda. Biz bilan birga bo'lgan uchrasuvlaringizni bahramand qilish uchun, pastdagi manzillar orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin:nnInsta: instagram.com/pandabooksuznnDonat: tirikchilik.uz/PandaBooksnnReklama: @pandapochtabotnn"Panda Books" – bu sizning ma'naviy do'stingiz va qiziqarli o'qish matnlariga yo'l qo'yadigan o'quvchilar jamiyatiga aylangan mehmonxona. Eng so'nggi kitoblarning taqdimotlari, yangi mualliflar va zamonaviy adabiyot doiralariga oid yangiliklar sizni kutmoqda. Bu kanalda o'z fikrlaringizni bayon qilishga chaqiring, bir-biringizga qarashingiz va hayol qildingiz ma'lumotlarni o'ylab borishingiz mumkin. Bizning maqsadimiz – adabiyotga oid sevimli mavzular to'g'risida interaktiv muloqotni ta'minlash va o'qituvchi faoliyatingizni oshirish. "Panda Books" kanali sizni o'zining qiziqarli dunyasiga olib keladigan yo'lga yo'naltiradi. Sizni kutishni boshlaymiz!

Panda Books

21 Nov, 10:33


Urushlarni to'xtashishni qoidasi oddiy: urushga ovoz bergan har bir kishining kamida bitta avlodi (o‘g‘li yoki nabirasi) frontga jo‘natilishi shart.

Ralf Neyder

👉 Qisqa satrlar

Panda Books

21 Nov, 05:21


Elektron bukriderlari bor odamlarning kutubxonasi be like:

@panda_books

Panda Books

20 Nov, 09:46


#reading

Shu kunlarda men turli davrlar va turli mintaqalardan tanlab-tanlab o'qiy boshladim. Va shu paytgacha ko'p joylar adabiyoti, misol uchun Bolqon haqida hech narsa bilmasligimni angladim. Endi Kusturitsa filmlari va Bolqon yozuvchilarining kitoblari orqali bu bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilyapman.

Demak, navbatdagi "Jahon nasri" ruknida o'qish uchun tanlagan mintaqam — Bolqon. Uni menga tanishtiradigan inson esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan yagona yugoslaviyalik yozuvchi Ivo Andrichdir.

Ivo Andrichning (1892-1975) "Drina ustidagi ko‘prik" tarixiy solnomasi (1945-yil) XVI asrda Usmonli imperiyasi bosh vaziri Mehmet Posho farmoyishi bilan qurilgan ko‘prik taqdiri orqali Vishegrad (hozirgi Bosniya va Gersegovina) shahrining qismatini tasvirlaydi.

Roman tarixiy o‘zgarishlar va inson tabiatining o‘zgarmasligi haqidagi kuchli allegorik asar sifatida tan olinadi. Ivo Andrich ushbu asari tufayli 1961-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi.

@panda_books

Panda Books

20 Nov, 06:33


​​#review #taqriz

📗Karel Chapek — "Salamandralar bilan jang"

"Ma’lumki, kishi jamiyatda qanchalik yuqori mavqega ega bo‘lsa, uning eshigidagi taxtachada shunchalik kam yozuv bo‘ladi".

Ushbu mashhur chex yozuvchisining ijodi bilan ilk tanishuvim ajoyib o'tdi deyish mumkin. Dunyoda Chapekni ijtimoiy fantastika janri asoschisi sifatida bilishadi. Aynan u o'zining "R.V.R" (1920) qissasida ilk bor "Robot" terminini o'ylab topgan. "Salamandrlar bilan jang" (1916) romani Chapek ijodining cho‘qqisi hisoblanadi.

Roman syujetiga ko'ra, uzoq Indoneziya orollaridan birida suvostida yashivchi "aqlli" maxluqotlarning kashf qilinishidan boshlanadi. Avvaliga ulardan suv tubidan marvarid olishda ishlata boshaydilar. Keyinchalik katta foyda olish maqsadida kapitalistlar salamandralardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanadilar. Bora-bora insonlar ushbu maxluqotlarni "gumanlashtirish" yo'lidan borishadi. Salamandralar misolida yozuvchi Homo Sapienslar jamiyati qanday tuzilgani, rivojlangan sivilizatsiyalar ibtidoiy sivilizatsiyalar bilan qanday munosabat qilishini tushunib olasiz.

Kitob yengil hajv va o'sha paytda Yevropada yuksalayotgan fashizm ustidan kinoya shaklida yozilgan bo'lsa-da, o‘qigandan keyin ko‘ngilda yozuvchi ko‘p jihatdan haq degan og‘ir tuyg‘u qoladi. Oxirgi marta "Yuqoriga qarama" filmini ko'rganimda shunga o'xshash taassurot bo'lgan, olomonning johilligi va ochko‘zlik bizni vayron etishiga amin bo'lgandim.

Romanni biror janrga to'liq kiritish qiyin, ammo misol, voqealar boshida muallif kapitan van Tox orqali romantik badiiy tasvirlardan keng foydalangan bo'lsa, asar o'rtasida boshqa usullarni, masalan, salamandrlarni topish jarayoni ekspeditsiya kundaligi, salamandralar rivoji tarixini gazetalardagi xronologik maqolalar shaklida kitobxonga yetkazishga harakat qiladi. Umuman olganda, syujet juda yorqin va qiziqarli.

Bularning barchasi, shubhasiz, xayolot mahsuli. Ammo barcha fantast yozuvchilar kabi muallif ham o‘zi bilan o'zi bahsga kirishadi va Oxirzamonga o'z yechimini berishga urinadi. Oramizdan hech kim keyin nima bo'lishini bilmaymiz, shu sababdan ham bu doimo bizni qiziqtirib kelgan. Lekin shu narsa aniqkki, agar qachondir dunyo yo'q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolsa, bu hech qanday o'zga sayyoraliklar yoki qaysidur maxluqotlarning "ong"ga ega bo'lishi tufayli yuz bermaydi. Barchasi oddiv siyosiy va iqtisodiy sabablar tufayli yuz beradi. Insoniyat fojeasi shundaki, biz birlashib boshqa sayyoralarga raketa uchirishdan ko'ra, boshqa davlatlarga raketa uchirishni afzal bilamiz.

Psixologiyada "Rad qilishdan to qabul qilishgacha" bo'lgan bosqichlar bor, asarda shu bosqichlarni salamandralar misolida yaqqol ko'rish mumkin, unda boshida shunchaki ezilgan maxluqlar keyinchalik turli jamiyatlarda turlicha pog'onalarni egallashadi. Bu orqali Chapek o'z davridan ilgarilab, zamonaviy postkolonial jamiyatimizni nihoyatda aniq tasvirlaganini ko'rishimiz mumkin.

Mutolaa menga nihoyatda manzur bo'ldi, ayniqsa xotima qismi. Kitobni barcha qattiq tavsiya qilaman, men o'zbek tilidagi kitobni topa olmaganim uchun rus tilida o'qidim, agar sizda bo'lsa, albatta mutolaa qiling.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books

Panda Books

19 Nov, 15:49


#newbook #yangikitob

Asaxiyda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning – “Jannat” romani chop etilibdi.

Unda inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo'ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.

Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi.

@panda_books

Panda Books

19 Nov, 02:56


​​#haqida

Kulgu

Siz bilan bizning bugungi uchrashuvimizdan 2000 yil oldin Rim shoiri Goratsiy juda yaxshi ritorik savolni o‘rtaga tashlagan edi: Kulayotgan odamga haqiqatni aytishiga nima to‘sqinlik qila olardi?

Mening nazarimda, ustimizdan dunyo va taqdirning barcha masxaralashlariga kulgidanda kuchliroq javob yo‘q. Faylasuf Aleksandr Gersen kulgu haqida yozar ekan, u inson odatda kulmaydigan holatlarni sanab o‘tadi. Odam kulmaydi: ibodatxonada, saroyda, front chizig‘ida, departament boshlig‘i oldida, o'lim oldida. Ko‘ryapsizmi, u nima qilyapti? U haqiqatni qo‘riqlash uchun tayinlangan odamlarni sanab o‘tmoqda. Bunday mustahkam, an’anaviy haqiqatni bilasiz. Uni bugungi kunda odatda Vatan, Ona yurt, Xalq so‘zlari bilan almashtiradilar. Bu shunday haqiqatki, u uchun albatta hayot qurbon qilish kerak, yanayam afzali o‘zingizniki emas, balki boshqa birovning hayotini. Agar sen xalq yoki vatanni juda sevadigan bo‘lsang, hatto ko‘proq jonni ham qurbon qilishing mumkin. Kulgi-chi, nima qiladi? Kulgu bu o‘ta jiddiylikka masxaraboz qalpog‘ini kiydiradi. Kulgi hech qachon odamlarni gulxanga jo‘natmaydi. Kulgi dogmalar yaratmaydi.

Men kulguda taqiq va cheklovlar yo‘qligini his qilaman, chunki kulgu bunday to‘siqlarni yaratmaydi. Zo‘ravonlik va zulm hech qachon kulgu tilida so‘zlamaydi. Kulgu bizni qo‘rquvimizdan ozod qiladi, axir, kulayotgan odamga haqiqatni aytishga nima to‘sqinlik qila olardi?

@panda_books

Panda Books

18 Nov, 11:39


Bugun, 18-noyabr O'zbekiston bayrog'i kuni!

Ushbu munosabat bilan yaxshi rolik olishibdi.

@panda_books

Panda Books

18 Nov, 09:45


#haqida

Ustoz qadri

Oldingi davrda muallimlarni yetarlicha hukumat qo'llab-quvvatlamasa-da, ammo xalqni orasida obro'si bor edi. Bolalar o‘qituvchisidan shikoyat qilsa, yo o'yinqaroqligi uchun gap eshitib kelib, ota-onasiga aytsa "Ayb o‘zingda o‘qimagansanda!" deyishardi. Ota-ona maktab ishlariga araslashmasdi.

Hozirchi? Bir yoqda ustozlarni o'sha byurokratiya ezsa, endi ayrim jamiyatimiz vakillari ham ulardan qolishmayapti.

Bugun ham maktabda bolamni nega urasan deya bitta ona muallimani kaltablabdi. Kim aybdor, nima bo'lgan bu hech kimga qiziqmas, hamma kuchiga ishonadigan jamiyatda yashayapmiz. Yana o'g'lini qo'liga telefon berib, videoga oldirgan, orada o'quvchi ham oyisiga qo'shilib, ustoziga qo'l ko'targan...

Xullas, xulosam yo'q, o'zingiz tushunib olarsiz.

@panda_books

Panda Books

18 Nov, 05:52


Gʻalati garov

Xeminguey nafaqat buyuk yozuvchi, balki hayotga oʻzgacha nazar bilan qaraydigan hazilkash inson ham edi. Bir kuni u do‘stlari bilan garov o‘ynab qoladi. U dunyodagi eng qisqa hikoyani yozib, uni o‘qigan har kimni hayajonga solishini aytadi. Do‘stlari bunga ishonmay, garov tikishadi.

Xeminguey bir qog‘oz olib, atigi olti so‘z yozadi:

“Bolalar poyabzali sotiladi: kiyilmagan.”

Bu jumlani o‘qigan do‘stlari sukutga cho‘madi. Hikoya haqiqatdan ham qisqa, lekin unda butun bir hayotning fojiasi yashiringandi. Xeminguey garovni yutadi va bu voqea adabiyot tarixida eng qisqa va ta’sirchan hikoya sifatida qoldi.

Keling, bugun siz ham shunday ta’sirli bir jumla yozishga harakat qilib ko‘ring!

@panda_books

Panda Books

18 Nov, 05:40


Kanalda oʻzi oxirgi paytlar reklamalar qiziqro boʻlayapti a:)?

Panda Books

17 Nov, 14:37


Mana oʻsha joy lokatsiyasi.

Panda Books

17 Nov, 12:02


Second hand books.

@panda_books

Panda Books

17 Nov, 08:18


#haqida

Talabalar kuni

Aziz talabalar! deb rasmiy tarzda boshlavoraymi:) Sizlarni bugungi bayramingiz bilan tabriklayman! Bugun oʻqish haqida nimadurlar aytgim keldi.

Chunki hozir qilishingiz mumkin bo'lgan eng muhim ish - bu o'qishdir.
Imkon qadar ko'proq.
Imkon qadar tezroq.
Imkon qadar yaxshiroq.
Qolgani u qadar ahamiyatli emas.

Bitta narsani aytishim mumkinki, ertaga o'qishni tugatganizdan keyin, o'z ustingizda ishlash uchun vaqt topish oson bo'lmaydi. Har narsaning oʻz vaqti bor deganlaridek. Bir narsa aniqki, uzoq kutilgan imkoniyat seni kutib turmaydi. Bunga tayyor boʻlish lozim.

Aslida hozir ta'lim olayitganizning oʻziyoq katta yutuq. Bu ham barchaga nasib etavermaydi.

Maslahatim, hayotda hech qachon har qanday holatdayam ko'ngilni cho'ktirmang. Hali hammasi oldinda. Lahzadan zavq ola biling. Vaqtdan unumli foydalaning. Kimdur yo nimadur uchun o'qimang. O’zingiz sevgan sohani oʻrganing.

Unutmangki, barchangiz kelajkda albatta oʻz sohangizda eng TOP bo'lasizlar! Bundoq qarasa, hoziram Topsizlar, axir bekorga Panda Booksni o'qimaysizlarku:)

Omad!

@panda_books

Panda Books

16 Nov, 18:27


#haqida

Erkinlik

Mana shu videoyimni TikTok oʻchirib tashlabdi, masalan. Qaysidur rasm taqiqda demak. Qiziq.

Panda Books

16 Nov, 17:02


Servant olaymi yoki kitob javoni olaymi deganlar uchun maxsus taklif yaratishibdi:)

@panda_books

Panda Books

16 Nov, 12:20


Do or die!

Kimlar “Jinoyat va jazo” serialini koʻrayapti?

@panda_books