insan.uz @insan_uzb Channel on Telegram

insan.uz

@insan_uzb


Murojaat uchun:
👨🏻‍💻 @Insan_support
☎️ 55 500-17-17

insan.uz (Uzbek)

insan.uz Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bizning kanalda eng so'nggi yangiliklar, foydali maqolalar va sizning hayotingizni o'zgartiradigan ko'plab foydali ma'lumotlar paydo bo'ladi. insna.uz kanali sizga qanday yordam bera oladi? - Sizga eng so'nggi yangiliklar va maqolalar bilan taqdim etadi, aynan sizning hayotingizni o'zgartiradigan foydali tavsiyalar va ko'rsatmalar beradi. Kanalimizda har kuni bir necha foydali ma'lumotlar uchun tashrif buyuring! Agar savol yoki takliflaringiz bo'lsa, murojaat uchun @Insan_support ga murojaat qiling. Sizni insan.uz kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz!

insan.uz

22 Nov, 12:16


Executive biznes club Sharm El-Shey safar yakuni😃

insan.uz

22 Nov, 09:26


Ayyom muborak. Misrdan salomlar

insan.uz

22 Nov, 04:30


Assalomu alaykum, barchaga Juma tongi muborak bo’lsin❤️

Ancha bo’ldi jonli suhbatlashmaganimizga?

Jonli efirni sog’inganlar bormi?🙌

Bor bo’lsa izohda yozib qoldiring.

Agar ushbu post izohida 50 ta yozib qoldirilsa sizlar bilan yaqin vaqt oralig’ida jonli efir tashkil qilamiz😉

insan.uz

21 Nov, 16:39


🎉 Kodeks Kouching kursimizning yana bir muvaffaqiyatli mavsumi yakunlandi!

📊 1 oy davomida 100 ga yaqin tadbirkor yangi bilimlarga ega bo‘ldi, o‘z bizneslarini tizimlashtirishning samarali usullarini o‘rgandi va kuchli natijalarga erishdi. Ushbu kurs bizning o‘quvchilarimizga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham taqdim etdi.

🥳 Yakuniy darsda har bir ishtirokchining yutuqlarini ko‘rib, ularning muvaffaqiyatidan ilhomlandik. Biz uchun eng katta mukofot – sizning rivojlanishingiz va muvaffaqiyatingizdir!

⚡️ Kodeks Kouching – biznesingizni yangi bosqichga olib chiqishning ishonchli yo‘li! Siz ham keyingi mavsumida qatnashishni xohlaysizmi xohlaysizmi? Unday bo'lsa + belgisini qoldiring!

| Telegram | Instagram | You tube |

insan.uz

20 Nov, 14:24


Rasmga olish bóyicha layfhak

insan.uz

19 Nov, 12:08


Biznega qoidalar nima uchun kerak?

Qoidalarni tuzmaslik oqibatlar qanday bòladi?


Audioni eshiting va bilib oiling

Foydali bòlsa ulashing

insan.uz

18 Nov, 09:39


"O'rganishni to'xtatgan Biznes — orqada qoladi!" yoxud Farhodning tajribasi

Farhod yosh tadbirkor. U kichik shirinlik do‘koniga ega. Do‘konni ochgandan so‘ng, dastlab yaxshi foyda ko‘rdi. Ammo vaqt o‘tishi bilan boshqa do‘konlar ham ochildi, raqobat kuchaydi.
Savdo esa tobora pasayib borardi. Farhod esa muammo sababini rosa izladi.

Zamonaviy marketing va sotuv texnikalari haqida bilimning yetishmasligi — qiyinchiliklar sababi ekanini tahlil qildi!

⚡️ Shundan soʻng, biznesni rivojlantirishga qaratilgan tadbir va o‘quv kurslarida doimiy oʻrganishga kirishdi.

Yangicha uslublar, do‘konini ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish va mijozlarga ko‘proq e’tibor qaratish yoʻllarini oʻrgandi. Natijada, Farhodning savdosi yana ko‘tarildi 📉

Farhod oʻzi tushgan vaziyat/ tajribadan bildiki, tadbirkor doim o‘rganib, o‘zini rivojlantirib bormasa, biznesi rivojlanishdan toʻxtaydi!

‼️ Har bir yangi bilim — bu muvaffaqiyat sari muhim qadam!

🔥 Biznesni rivojlantirishda ilmga intilishning ustun jihatlari:

Ustunlikka erishish! Zamonaviy bilim bilan raqobatchilardan oldinda bo‘lish.

Shaxsiy va biznesdagi rivojlanish! Shaxs sifatida oʻsish, yangi strategiyalarni o‘rganish va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish.

Xatolardan saqlanish! Oʻrganilgan bilim orqali xatolarni oldini olish yoki kamaytirish, muvaffaqiyatli qarorlar qabul qilish.

🔹 Biznesda katta muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, doimo yangi bilimlarga ochiq bo‘ling.
Bu — murakkab yoki zerikarli jarayon emas, balki — biznesni yangi darajaga ko‘taradigan kalit.

🔹 Har bir muvaffaqiyatli tadbirkor zamon bilan hamnafas bo‘lib, yangidan-yangi bilimlarni oʻzlashtirishga intilishi shart!

🔹 Bugun bir necha daqiqa vaqt ajratib o‘rgangan kichik maslahatlaringiz kelajakda katta natijalarga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, vaqtni boy bermang va birinchi qadamni bugun tashlang!"

🚀 Insan — xalqni ilm ustida jamlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Telegram | Instagram | Youtube

insan.uz

18 Nov, 08:38


Ilm olishni osonlashtirish uchun tavsiya.

Videoni koʻring👆