To'g'risi, faqat bitta yozuvchiga yopishib olib, ko'rpa-yostiq qilib mutolaaga sho'ng'igan do'stlarimni ko'rish men uchun og'ir) 🍷
1. "Vanity Fair" Uilyam Tekkerey
"Jinoyat va jazo"ning o'rniga ❌ " Vanity Fair" ✅ o'qib ko'rsangiz, sovuq-kulrang qishdagi manzaradan qaynayotgan London ko'chalariga yo'l olasiz. Ikkala asarni butunlay o'xshash deyolmayman. Xulosa bir xil bo'lishi mumkin. Biroq Dostoyevskiy inson psixologiyasiga chuqur sho'ng'igan bo'lsa, Tekkerey ijodini ironiya va satirasiz tasavvur qilolmaymiz.
2. "Qizil va qora" Stendal
"Martin Iden" ❌ (men uchun ayni paytda bolalar adabiyotiga aylangan, bu gapim uchun ma'zur tutasiz) "Qizil va qora" ✅ ancha murakkab shaxsiy & ijtimoiy munosabatlarni ochib beradi. Nafaqat ijtimoiy narvondan tepaga odimlash, balki fransuz jamiyati tavsiflangan nodir asar. Va ko'pincha "underrated".
3. "Pashshalar hukmdori" Uilyam Golding
Antiutopiya deganda Oruellning "1984" ❌ va Asaxiyning qator oq muqovali kitoblarini misol qilish ba'zan odamni zeriktirib qo'yadi. Fikrlarni Golding ✅ bilan bezasak, antiutopiya syujeti borasidagi tasavvurlarimizga ham rang kiradi.
P. S. Asarda bittayam pashsha qatnashmagan.
Men uchun eng zo'r antiutopiyalar "So'nggi orol" va "Pashshalar hukmdori" hisoblanadi.
Qarang, qancha yozuvchi aytildi shu yerda. Tarjima qilinmaganini bahona qilmang).
@larasinsight