Xushnudbek's blog) @xushnudbek_kutubxonasi Channel on Telegram

Xushnudbek's blog)

@xushnudbek_kutubxonasi


Men doimo jannat kutubxonaga o‘xshagan joy bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman!

©️Jorj Luis Borxes

- Barchasi kitoblar va adabiyot haqida!

Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog (Uzbek)

Xushnudbek's blog, or "xushnudbek_kutubxonasi" in Uzbek, is a Telegram channel dedicated to all things books! If you're a bookworm or just someone who enjoys a good read every now and then, this channel is perfect for you. Xushnudbek shares his thoughts, reviews, and recommendations on various books, helping you discover new literary gems and expand your reading horizons. Whether you're into fiction, non-fiction, self-help, or poetry, there's something for everyone on Xushnudbek's blog.

Follow Xushnudbek on Instagram at http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi for even more book-related content and updates. Don't miss out on the opportunity to connect with fellow book lovers and immerse yourself in the wonderful world of literature. Join Xushnudbek's blog today and let the reading adventures begin!

Xushnudbek's blog)

03 Jan, 13:09


#Nazm

Kutubxona...
Kezadi jimlik...
Hamma kitob o‘qish bilan band.
Kirib kelding, shaxd bilan yurib,
Eng kelishgan, bo‘ylari baland.
Sen tomonga qadaldi nigoh,
Dil tomondan keldi bir yig‘i.
Bormoqchiydim kitoblar bilan,
Yuraklaring tomon ochig‘i.
Jiringladi shunda telefon,
Kuting deding, eshitdi kimdir.
Chiqib ketding, qayga bilmadim,
Barchasini tog‘ri tushuntir!
Uchramading keyin yo‘limda,
Uchratmadi kitoblar bizni.
Taqdir ravo ko‘rmadi senga,
Kitob o‘qib o‘tirgan qizni....

©...

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

03 Jan, 07:50


Isteʼdod qanchalik muhim?

Koʻpchiligimiz biror sohada muvaffaqiyatga erishgan insonni koʻrsak, "ha, u yoshlikdan shunaqa edi, tugʻma talant edi, Xudo bergan isteʼdodi va qobiliyati tufayli bu natijaga erishdi" deymiz.
Bu qanchalik toʻgʻri? Isteʼdodning oʻzigina biror sohada muvaffaqiyatga erishish uchun kifoya qiladimi? Tugʻma isteʼdodi boʻlmagan, ammo shu sohaga qiziqqan odam mehnat va harakat qilsa, muvaffaqiyatga erisha oladimi?

"Isteʼdod va tugʻma qobiliyat - muvaffaqiyat kaliti" degan fikr xato ekanini isbotlash uchun bir nechta tarixiy shaxslarni eslash kifoya. Amerikalik mashhur golfchi Ben Hogan bolaligida tanasini yaxshi boshqara olmaydigan va besoʻnaqay boʻlgan. Hech kim undan sportchi chiqishiga ishonmagan. Cindy Sherman - 20-asrning eng taniqli fotografi, bu soha bilan endi shugʻullanishni boshlaganida qayta-qayta imtihonlardan yiqilavergan. Taniqli aktrisa Geraldine Page ga tugʻma qobiliyati yoʻqligi tufayli "bu soha sen uchun emas" deb maslahat berishganiga nima deysiz?

Amerikalik psixolog Benjamin Blum tajribalarining va ilmiy izlanishlarining asosiy qismini inson qobilyatini oʻrganishga bagʻishlagan. Uzoq yillik izlanishlari natijasida u shuni isbotladiki, bolaligida hech qanday iqtidor va tugʻma qobiliyatga ega boʻlmagan yuzlab bolalar, tinimsiz oʻz ustida ishlash natijasida oʻzi qiziqqan sohada maʼlum qobiliyatini shakllantira olgan.

Siz ham maʼlum sohada "men muvaffaqiyatga erisha olmayman", "menda tugʻma isteʼdod yoʻq" deb oʻylayotgan boʻlsangiz, xato qilasiz. Allaqachon muvaffaqiyatga erishgan doʻstlaringiz shunchaki sizdan oldin boshlashgan, nimadan qanday foydalanishni bilishadi, yetarli resurslarga ega yoki qobiliyatlarini shakllantirish yoʻllarini topishgan, xolos. Motsart musiqiy salohiyatini oshirish uchun qoʻllari qonaguncha mashq qilganini, Darvin tabiatshunos va geolog sifatida qobiliyatini shakllantirish uchun erta yoshligidanoq qoʻliga tushgan har qanday narsani toʻplab yurganini eslang.

Zero, siz hozir yaxshi natija koʻrsata olmayotgan testlar va imtihonlar hozir sizning qayerda ekaningizni koʻrsatadi, xolos. Kelajakda qayerda boʻlishingizni emas! Harakatdan toʻxtamang.

Xushnudbek.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

02 Jan, 18:43


#Filmdan

"Mening fojeam shunda ediki, men So‘zni uni yozishga ilhom bergan ayoldan ko‘ra ko‘proq sevar edim"

©"So‘z o‘g‘risi"
Rejissyorlar: Brayn Klagmen, Li Sterntal.
AQSH, 2012.

T.me/Xushnudbek_Kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

02 Jan, 15:01


Siz bilgan yozuvchilarning, siz bilmagan tomonlari.

Lev Tolstoy (1828–1910)

▪️Shu'lasida hayajon, aldov, alam, yovuzlik to'la kitobni o'qigan sham har vaqtdagidan ham balandroq lopillab yondi, ilgari zulmat ichida qolib kelgan narsalarni Annaga yoritib ko'rsatdi, chirsillab so'na boshladi va oxir abadiy so'ndi... Anna Karenina

▪️1851–1853 yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtrok etgan.

▪️Tolstoyning Turgenevni koʻrishga koʻzi, otishga oʻqi boʻlmagan. Hatto uni duelga chaqirgan.

▪️Lev Tolstoy – 15 tilni bilgan Rossiyalik eng tanilgan poliglotlaridan biri. Ingliz tili bilgan holda esa istagan boshqa Yevropa tilini atigi uch oyda o’rganib olish mumkin deydi Tolstoy.

▪️Tolstoy boboning asarlari qaziga o‘xshaydi. Chaynagan sari mazasi chiqadi.
Abdulla Qahhor

▪️Tolstoy nafaqat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o‘zbek jadidlarining e'tiborini o‘ziga jalb etgan. Xususan Fayzulla Xo‘jayev bilan yozishmalari saqlanib qolgan.

t.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Jan, 13:15


Kitob oʼqishdan koʼra arzon koʼngilxushlik va ayni paytda, uzoq davom etuvchi orom boʼlmasa kerak.

Montegyu

t.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Jan, 07:32


2025-yilga "Shaxsiy xona" bilan qadam bosamiz))

Siz yilni qaysi kitob bilan boshladingiz?!


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Jan, 04:01


01.01.2025, Chorshanba, soat 00:00🤍

Yangi yil, yangi hayot va yangi orzularning boshlanishi!

Yangi yilingiz bilan💛
Hayotingizning eng unitilmas yili bo‘lsin!🔆

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

31 Dec, 07:01


​​#Yil_sarhisobi2024

2024-yilning tugashiga ham oz fursatlar qoldi. Keling, yakunlanayotgan yilda o‘qilgan kitoblarni birgalikda sarhisob qilamiz.

2024-yilda o‘qigan kitoblarim:

Yanvar oyida:
1. Hermann Hesse "Cho‘l bo‘risi"
2. Henri Marsh "Ozor berma"

Fevral oyida:
3. Bernhard Shlink "Kitob o‘qib beruvchi"
4. Tadeush Dolenga-Mostovich "Tabib"
5. Y.V.Gyote "Faust"

Mart oyida:
6. Murod Muhammad Do‘st "Lolazor"
7. Jahon hikoyalar to‘plami
8. Deniel Kiz "Eljernonga atalgan gullar"

Aprel oyida:
9. Hind xalq eposi "Kalila va Dimna"
10. E. Xeminguey "Yo‘qchilik va To‘qchilik"
11. V.Frankl "Hayotga ha de"

May oyida:
12. Carol S. Dweck "Mindset: the new psychology of success "
13. G.G.Markes "Oshkora qotillik qissasi"
14. T.Harris "Qoʻzichoqlar sukunati"

Iyun oyida:
15. Stefan Sveyg "Noma'lum ayol maktubi"
16. Anna Dostoyevskaya "Xotiralar"
17. Tillaniso "Sunbula"

Iyul oyida:
18. Sh.K.Suk "Onamni asra"
19. Jek London "Martin Iden"
20. Halima Ahmad "Shafaq ibodati"
21. M.Bulgakov "Yosh vrach kundaligi"

Avgust oyida:
22. A.Camus "The plague" (Vabo)
23. Gustav Flober "Bovari xonim"
24. Shavkat Rahmon she'riy toʻplami

Sentabr oyida:
25. Han Kang "The vegetarian"
26. Jon Steynbek "Sichqonlar va odamlar"
27. Sherbek Bobonor oʻgʻli "Qora suyaklar"
28. Yuy Xua "Yashamoq"

Oktabr oyida:
29. M.Bulgakov "Xosiyatsiz tuxumlar"
30. Gi De Mopassan "Marjon shodasi"
31. Stendal "Qizil va qora"

Noyabr va dekabr oylarida:
32. Balzak "Gorio ota"
33. Adham Sharqoviy "Tungi suhbatlar "
34. F.M.Dostoyevskiy "Telba"
35. Nodar Dumbadze "Abadiyat qonuni"
36. Evril Turon "Oynur"
37. Erkin A'zam "Gonoluluga elchi"
38. Rizvon Oqlon "Uzoq tuzoqlar"
39. Nodar Dumbadze "Kukaracha"
40. Sara Jo "Londondan muhabbat ila"

Sizda natijalar qanday?

Ha aytgancha, kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo'lsin!☃️🥂

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

28 Dec, 10:48


Kanalimizning yil statistikasi ekan)

2024-yilda men bilan bo‘lgan barchaga rahmat, 2025-yilda ham men bilan qoling!🦚

T.me/ushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

25 Dec, 04:13


Mashhur “bevafolar”: ular nafratga loyiqmi, shafqatga?

Yunon mifologiyasidagi Pandora har qanday xiyonatkor ayolning arxetipi sifatida koʻriladi. U Pandora qutisini ochishi bilan insonlar dunyosiga oʻlim va yomonliklar kirib kelgan. Shundan soʻng u xiyonat va aybdorlik ramziga aylangan. Lilit ham mifologiyadagi mashhur ayol obraz boʻlib, u Odamni tashlab ketib, iblis bilan ittifoq tuzgani aytiladi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3334

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

Xushnudbek's blog)

24 Dec, 12:44


2024-yilda oʻzingiz uchun kashf qilgan, eng yaxshi yozuvchi kim?

#izohlashamiz
T.me/ushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

23 Dec, 10:59


2024-yilda o‘qigan eng yaxshi kitobingiz qaysi?

#izohlashamiz
T.me/ushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

21 Dec, 18:03


#mutolaa

Kitoblarning kinolardan farqi shuki, biz ulardan panoh topa olamiz. O‘zimizning dunyomiz ostin-ustun bo‘lganda kitob bizni o‘z dunyosiga olib o‘tadi. Sahifalar orasida yashirinishingiz, orom topish yoki himoyalanish uchun o‘sha yerda tin olishingiz mumkin. Eng yaxshisi nimaligini bilasizmi? Xoh yetti, xoh oltmish yetti yoshda bo‘ling, eng sevgan kitobingiz qadrdon do‘st kabi sizga quchog‘ini ochib turaveradi..

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

21 Dec, 09:43


Yangi kitoblarim bilan tanishing:

1. L.M.Olkott "Kichkina xonimlar"
2. T.Drayzer "Jenni Gerxardt"
3. N.Eshonqul "Momoqo‘shiq"

P.S: yemagan rasm😂

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

21 Dec, 06:24


20.12.2024, Juma, kechki 19:00.

Hayotimda yana bir butunlay yangi sahifa!

Alhamdulillah!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

18 Dec, 18:09


Oʻqiganlar bormi?
Siz qanday kitoblar oʻqiyapsiz?


#mutolaa
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

17 Dec, 23:00


Enjoy life. There is plenty of time to be dead.

Welcome home!

18.12.2024, Chorshanba, tonggi 04:00❤️

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

17 Dec, 08:44


Men o‘lsam odamdek o‘lmayman, men uchib ketaman qushga aylanib...
Dunyoning eng go'zal oppoq qushiga!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

15 Dec, 03:48


#nazm

Yig‘lamoq uyatdek... bo‘lmaydi kulib,
Tunning quchog‘iga otilgan viqor-
Bir paytlar kuzakning poyoni bo‘lib,
Otamning sochiga yog‘ar edi qor.

Oppoq soch-soqolli, ne go‘zal sevinch,
Olis-olislardan termulgan bahor:
Munis qabristonda abadiy sog‘inch-
Otamning boshiga yana yog‘ar qor...

Xayrulla HAMIDOV

15.12.24. QOR❄️


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

14 Dec, 18:53


​​Rizvon Oqlon - "Uzoq tuzoqlar"

"...uzoq joylar qochish uchun ayni muddao, faqat... borganingda tuzoqlar bo‘lmasa!"

Odatda, o'zimiz bilan o'zimiz ko‘p gaplashamiz. Lekin siz hech vijdoningiz bilan suhbat qurganmisiz? Qahramonimiz Janer keng o'rmon ichida, og‘ir yaralanib o‘lim bilan yuzlashganda o‘z vijdoni bilan suhbatlashadi. Bunda unga asarning ikkinchi qahramoni yoshgina bolakay ko‘maklashadi. Kitobning aksariyat qismi ularning turli mavzulardagi o‘zaro suhbatidan iborat.

Janer ota-onasining istagi bilan o‘zi xohlamagan sohada ish boshlaydi. U o‘rmon qorovuli. Kunlardan bir kun u kiyiklarni quvlayotib, yiqilib tushadi va og‘ir jarohat oladi. Ana shu onda u birinchi marta o‘lim haqida o‘ylaydi, o‘z o‘tmishini, qilgan xatolarini eslaydi. Shunda yoshgina bola kelib, unga yordam beradi. Ular o'rtasida qizgʻin suhbat boshlanib ketadi. Bolakay Janerga o'lim, nafs bilan kurash, iymon, gunoh va savob, ota-ona, oila kabi nozik mavzularda mazmunli tavsiyalar berib, uning o‘tmishiga va o‘zligiga shu qadar tiniq oyna tutadiki, Janer hayron qoladi. Eng qizigʻi ana shu bolakay uning vijdoni edi...

Asarning bosh g‘oyasi - o‘zlikni anglash. Inson o‘zligini anglashi va o'zini topishi uchun esa vijdoni oldida hisob berish kerak. Boshqacha aytganda, vijdoni oldida yuzi yorug‘ bo‘lishi kerak. Muallif Janer va uning vijdoni bilan qilgan shu kichik suhbati misolida o‘zingizni sarhisob qilishga undaydi.

Umuman olganda, zamonaviy turk adabiyotiga befarq bo‘lmasangiz va tarbiyaviy ahamiyatga ega nimadir o‘qishni reja qilib yurgan bo‘lsangiz, bu kitobni o'qib qo‘yish zarar qilmaydi. Zotan, vijdoningiz uygʻonib sizni suhbatga chorlasa😄
⭐️7/10

P.S: 2024-yilda o‘qilgan 38-kitob)

#kitob_taqriz #book_review
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

06 Dec, 07:48


Umut varken yaşamaya devam et!

6.12.24. Juma.❤️

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

04 Dec, 15:59


Kutubxonamga kelgan yangi kitoblarim bilan tanishing:

1. Jeymas Joys "Musavvirning yoshlikdagi shamoyili "
2. Evril Turon "Oynur"
3. Andrey Platonov "Jon"

Sizda qanday xaridlar?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

04 Dec, 10:37


@pirnashr sovgʻalar keldi.

Nashriyotga va Muhiddin ogʻaga katta rahmat)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

04 Dec, 08:10


Yangi o'zgarishlarga yana bir qadam!

04.12.2024, Chorshanba.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

03 Dec, 12:55


Oxirgi marta qachon yigʻladingiz va nima uchun?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

02 Dec, 05:05


Qishni o‘sha biz sevib o‘qigan mashhur hikoya - "Hellados" ning muallifi Nodar Dumbadzening yana bir mashhur asari - "Abadiyat qonuni " kitobi mutolaasi bilan boshladim.

Siz qaysi asarni o‘qiyapsiz?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Dec, 15:33


Noyabrda 3 tagina kitob o‘qibman.
(300+ 245+700, jami 1245 bet). Bu oyda umuman kayfiyatim bo‘lmasligi va noyabr men uchun mutolaa oyi emasligini hisobga olsa yomon emas. Ayniqsa, "Telba" ni o‘qiganim katta hodisa. Dostoyevskiyni menga tanitgani uchun noyabrdan minnatdorman.

Sizda nima gaplar?
Sarhisob qiling.
Biz bilan ham oʻrtoqlashing.


#noyabr
#Sarhisob
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Dec, 05:30


Nega bolalarga Dostoyevskiyni o‘qishga ruxsat berishmagan?
Hech o'ylab ko‘rganmisiz?


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Dec, 02:10


Bir kun albatta baxtli boʻlaman..🫧

Qishingiz bilan❄️
01.12.24. Yakshanba.Tonggi 07:10.


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

30 Nov, 10:43


Shukr, la'nati noyabr ham tugayapti..

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

27 Nov, 04:30


Tarixda qolish

Bernad Shou elga tanilib, obro‘-e’tibor qozongan payt. Kunlarning birida ko‘chada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim og‘ir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qo‘rqib ketishadi, xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan to‘xtovsiz uzr so‘ray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:

– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina g‘ayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

26 Nov, 08:17


Boringizlar)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

25 Nov, 07:53


en sevdiğim şarkı💔

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

24 Nov, 02:03


Kitob o'qimaydigan insonning bahonalari:

Dushanba – bugun og‘ir kun demak, bugun dam olamiz.

Seshanba – og‘ir kundan so‘ng dam olmasak bo‘lmas.

Chorshanba – Gagarinni oyga uchganini nishonlaymiz.

Payshanba – haftaning qoq o‘rtasi bugun o‘qisak charchaymiz.

Juma – shunday ulug‘ kunda o‘qiymizmi?

Shanba – kichik sinflardan nima kamimiz bor, o‘qimaylik.

Yakshanba – iyee hamma dam oladi. Biz o‘qiymizmi ?

Kitob o'qimaydigan do'stlaringingizga yuborib qoʻying.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

22 Nov, 14:25


#new_books

Yangi kitoblarim bilan tanishing:

1. Stefan Sveyg "Qalb besabrligi"
2. Nodar Dumbadze "Abadiyat qonuni"
3. Den Braun "Raqamli qal'a"

🫠❤️

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

21 Nov, 12:00


"Yangi yil" ga ham oz qoldi doʻstlar. Agar menga kitob sovgʻa qilish niyatida boʻlsangiz quyidagi wishlistim aynan siz uchun.

Sizlarni oʻylab turk, inglizcha emas faqat oʻzbekcha kitoblarni tanladim.


Sizlarga ishonaman❤️.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

21 Nov, 11:57


Xushnudbek's wishlist
View my online wishlist here.
https://mywishlist.online/w/hhf9d3/xushnudbeks-wishlist

Xushnudbek's blog)

20 Nov, 16:59


Modomiki hayot bu oʻyin ekan. Sen chiroyli oʻyna.

Modomiki hayot bu kurash ekan. Sen gʻalaba uchun kurash.

Modomiki hayot bu tanlov ekan. Sen eng zoʻrini tanla.

20.11.24❤️


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

19 Nov, 08:49


Lekin shunday bo‘lsa ham yana qo‘shib qo‘yishim kerakki, inson kallasida tug‘iladigan har qanday daho g‘oyada yoki fikrda boshqa odamlarga anglatib yetkazib bo‘lmaydigan, jild-jild asarlar va sharhlar yozib, o‘ttiz besh yil tushuntirishga harakat qilib ham anglatib bo‘lmaydigan allanima qolib ketadi. Miyangizda aslo chetga chiqishni istamaydigan allanima doim qoladi, abadiy sizdan ajralmaydi. Siz shunday o‘lib ketasiz, o‘zingizning eng asosiy fikringizni hech kimga bildirmay, hech kim bilan o‘rtoqlashmay o‘tib ketasiz.

#mutolaa #telba
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

14 Nov, 10:59


#new_books

Yangi kitoblarim yetib keldi.🧡

Siz ham asaxiyning 11.11 aksiyasida chegirmali narxlarda kitob xarid qilishga ulgurib qoling. Bugun aksiyaning oxirgi kuni
)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

14 Nov, 02:21


Tongni go‘zal musiqa bilan boshlang va bugunni eslab qoling.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

12 Nov, 08:30


​​Adham Sharqoviy - "Tungi suhbatlar "

"Dunyo - bir qadah. Biz doimo unga quyganimizni ichamiz.."

Hayot turli voqea va hodisalar bilan to‘la. Ular yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat'iy nazar, inson ularning har biridan ibrat olishi va uni kelgusi hayotiga tatbiq qilishi kerak. Adham Sharqoviyning "Tungi suhbatlar" kitobi ana shunday ibratli hikoyalar va ulardan chiqarilgan saboqlar haqida hikoya qiladi. Ya‘ni bu kitob turli hikoya va voqealarni sharhlash orqali bizga hayotiy dars beradi.

Kitobga juda koʻplab hikoyalar kiritilgan. Ular orasida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam davrlarida sodir bo‘lganlari ham, bugungi zamonga aloqadorlari ham bor. Ular mavzu jihatdan ham xilma-xil. Birida do‘stlik, yaqinlarga va ota-onaga bo‘lgan munosabatlar, oila qurish haqida fikr ketsa; boshqasida nafsni yengish, ichimizdagi "men" ga qarshi kurashish haqida yoziladi. Yana birida yovuzlik, yolgʻon, kibr va boshqa illatlar qoralanib; ezgulik, rostgo‘ylik, kamtarlik kabi insoniy fazilatlar ulugʻlanadi. Ularni birlashtirgan jihat esa bitta: har qanday vaziyatda ham haqni sevish.

Xo‘sh, bu kitobni kimlar o‘qishi kerak?
Bu kitob yosh, jins yoki kasb tanlamaydi: har qanday inson o'qishi mumkin. Ayniqsa, ruhiy dunyosi endi shakllanib kelayotgan yoshlar, oila qurish arafasida bo‘lgan yigit-qizlar va o‘smir yoshdagilar o‘qigani ma'qul. Chunki, bu kitobda har tomonlama sogʻlom oila qurish, er-xotin munosabatlari, inson ichki dunyosini poklash va jamiyatda na‘munali shaxs bo‘lib yetishish uchun yoshlarga kerakli tavsiyalar berilgan.

Kitobni o‘qishingizni istagan bo‘lardim. (Kitobning "Tonggi suhbatlar" degan qismi ham bor). O‘zi kichik, yo‘l-yo‘lakay o‘qib ketiladigan, lekin mag‘zini chaqsa foydadan holi bo‘lmaydigan kitob.
⭐️7/10

P.S: 2024-yilda o‘qilgan 33-kitob)

#kitob_taqriz #book_review
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

11 Nov, 17:35


Diqqat bilan o'qing🔥

Ingliz tilida qo'rqmasdan, o'ylanmasdan ravon gapirmoqchimisiz?
Til o'rganib o'z sohangizda yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqchimisiz?
Qisqa muddatda speakingdan darajasini oshirmoqchimisiz?
Grammatikani bilasiz, lekin uni gaplarizda qoʻllolmaysizmi?

Unda sizga oʻzimning online kursimni taklif qilaman👩‍🏫

BASIC ENGLISH SPEAKING kursi orqali siz kundalik hayotizni, ishlarizni, hissiyotlarizni ingliz tilida bemalol aytishni oʻrganasiz🗣.

Kurs davomiyligi 1 yarim oy. Darslar haftaning 5 kunida oʻtiladi. Yakshanba kuni tarkorlash 🔂

Narxi: 200 000 soʻm

Bogʻlanish uchun: @Laylobafoyevna

#reklama_emas, #jiddiy_tavsiya!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

11 Nov, 13:52


Bugun 11-noyabr, millionlab kitobxonlarning eng sevimli yozuvchisi F.M. Dostoyevskiy tavallud topgan sana.

Shu munosabat bilan noyabrni "Telba" bilan davom ettiraman.

Siz muallifning qaysi asarlarini oʻqigansiz/oʻqiyapsiz?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

11 Nov, 12:47


Yangi kitoblarim bilan tanishing:

1. F.M.Dostoyevskiy "Telba" (noyob nashr)
2. F.Kafka "Evrilish"
3. Yavuz Bahodiroʻgʻli "Alvido Buxoro"


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

09 Nov, 12:01


Oxirgi bir yilda toʻplagan kitoblarim asosiy javonimga sigʻmay har qayerda yotgan edi.

Bugun ularni yangi mini javonchamga joylashtirdik)😌

Zoʻrmi?😅

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

09 Nov, 11:25


Nimalar boʻlyapti?🤯

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

08 Nov, 12:22


Va nihoyat "Kirka" menga ham yetib keldi.

@asaxiybooks ga rahmat)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

08 Nov, 05:08


#ibrat

ISTAKLARINGDAN CHEKINMA!

Muallim o‘quvchilaridan quyidagi mavzuda insho yozishlarini talab qildi:
"Katta bo‘lganingizda kim bo‘lmoqchisiz?"

O‘quvchilar ichida Monti degan bola bor edi. U shunday deb yozdi:
"Men katta bo‘lganimda, juda katta va keng yerlarga ega bo‘laman. U yerlarda ko‘plab otlar va chorvalar bo‘ladi!"

Muallim Montiga past baho qo‘ydi. Chunki, bu juda ham amri mahol ish edi. Shuni sabab qilib ko‘rsatdi. Keyin o‘quvchisiga yana bir imkon bermoqchi bo‘ldi. Unga dedi:

- Men senga boshqa bir imkoniyat beraman. Senda bahongni o‘zgartirib olish imkoni bor. Yangidan yoz: katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?

Monti dedi:
- Qo‘ygan bahoyingiz qolaversin. Men istagimdan voz kechmayman!

Tabiiyki, o‘qituvchi o‘sha bahoni saqlab qoldi.

Monti ham o‘z istaklariga sodiq qoldi. Bugungi kunda Monti Kaliforniyaning eng badavlat kishilaridan biri. Uning juda katta yerlari bor. Minglab otlari va chorvalari bor.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

07 Nov, 18:40


​​Onore de Balzak - "Gorio ota"

"Pinhona yaxshilik qilish faqat Xudoga ishonadigan odamlarning qoʻlidan keladi.."

Odamlar pul, mansab, obro‘ uchun nimalar qilmaydi deysiz?
Hatto o‘z oilasi, otasi va yaqinlaridan ham voz kechishi mumkinmi? Mumkin.

"Gorio ota" ana shunday voz kechilgan, qadrsiz, faqat nafi tekkandagina eslanadigan ota haqida hikoya qiladi. U hissiyotlariga asir, faqat mehr-muhabbatni tan oladigan, jamiyat va hayotning boshqa unsurlarini nazarga ilmaydigan ota. Ikki qizi uchun har narsaga tayyor, ular "oʻl desa o‘ladigan, qol desa qoladigan" ota. Ammo kimnidir haddan ortiq sevish hamisha ham yaxshilikka olib kelmaydi. Aynan Gorio otaning ikki qiziga bo'lgan ana shu sevgisi cholning fojiasiga sabab bo‘ladi. Chunki qizlari uchun bu sevgi qadr-qiymatsiz va bir tomonlama edi.

Roman Parijda joylashgan kichik bir oilaviy pansionda birgalikda yashovchi bir qancha insonlar hayotini tasvirlaydi. Ammo ularning aksariyati bir mavzu atrofida birlashadi: mol dunyo orttirish va o‘z mavqeiga ega bo‘lish.
Asarda 3 ta markaziy qahramon bo‘lib, ulardan birinchisi Gorio ota bo‘lsa, ikkinchisi Ejen de Rastinyak ismli yosh huquqshunos talaba yigit. U o‘z ambitsiyasiga ega bo‘lib, jamiyatdagi mavqeini ko'tarish uchun kiborlar davrasiga kirishga qaror qiladi va Gorio otaning qizlari bilan yaqin munosabat o‘rnatadi. Uchinchi qahramon - Votren, o‘z o‘tmishini yashirib, jamiyatga qarshi urush ochgan va bu urushda insonlardan foydalanishga harakat qiladigan sirli va xavfli shaxs.

Balzak asar qahramonlari misolida o‘sha davrdagi fransuz jamiyatining barcha chirkinliklarini, "usti yaltiroq, ichi qaltiroq" hayotni, inson qadrining mol-dunyo oldida sariq chaqa etilganini koʻrsatishga harakat qiladi. U Parijdagi yuqori va pastki sinf vakillari oʻrtasidagi ijtimoiy farqlarni, Gorio ota va Rastinyak misolida eski va yangi avlodlar orasidagi tafovut va oʻxsashliklarni ochib beradi. Qisqacha qilib aytganda, Gorio ota - faqat ikki qizidan mehr koʻrmagan ota emas, balki u butun jamiyatning, oʻsha davr fransuz ijtimoiy tizimining qurbonidir.

Romandan olgan taassurot va xulosalarim ijobiy. Siz ham men kabi fransuz klassik adabiyotini sevsangiz, kitob aynan siz uchun.
Oʻqishni tavsiya qilaman.
⭐️9/10.

P.S: 2024-yilda o‘qilgan 32-kitob)

#kitob_taqriz #book_review
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

06 Nov, 18:40


#nazm

Koʻzyosh yarashmaydi erkakka harchand,
diydam qattiq deya nechuk aldandim:
xasta onasining boshida farzand
yigʻlaganin koʻrib koʻzim namlandi.

Bir ogʻriq kezarkan ikki ochunda,
boʻgʻzimni tirnadi yovvoyi ingroq;
doʻstim onasiga achingan kunda
men oʻz volidamga qildim qoʻngʻiroq...

Nogoh otasidan ayrildi doʻstim:
har ayriliq — nogoh,
hamma gʻam — nogoh,
birov qon yigʻladi,
birov qon qusdi —
ayrilish dardidan boʻldim men ogoh.

Bir ogʻriq kezarkan ikki ochunda,
diydam yumshadimi — tosh qotgan qadim,
doʻstim otasidan ayrilgan kunda
oʻz otamga umr soʻrab yigʻladim...

Bu bodi bolangni kechir, onajon,
uloqqan oʻgʻlingdan oʻkinma, ota,
har nechuk yodiga tushirsa al-on
yo gʻam,
yo xastalik,
yo dard,
yo motam.

Ikki ochundagi, ey, ikki habib,
diydam qotgan boʻlsa, oʻksimang hayhot,
bogʻbon gul ostini yumshatgan kabi
yumshatib turibdi diydamni hayot!

Mansur Jumayev

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

06 Nov, 14:33


#IZLAM

"Izlam" sotuvga chiqqanidan xabaringiz bor. Quyida uning narxlari bilan tanishing:

1. Shahriyor Shavkat “Ham” — 31 000 so‘m
2. Nozima Habibullayeva “Nafas” — 27 000 so‘m
3. Mansur Jumayev “Biz kutgan fasl” — 27 000 so‘m
4. Najmiddin Ermatov “Turon sog'inchi” — 31 000 so‘m
5. Furqat Alimardon “Qorakuya” — 27 000 so‘m
6. Suhrob Ziyo “Daryo” — 31 000 so‘m
7. Muhammadxon Yusupov “Deraza ortida” — 31 000 so‘m
8. Bayram Ali “Bosiriq” — 35 000 so‘m
9. MohiRa “Qirq birinchi kun” — 35 000 so‘m.
10. Gulrang “Gulqaychi” — 27 000 so‘m
11. Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz” — 31 000 so‘m
12. Jumanazar Yo'ldosh “Sir” — 31 000 so‘m
13. Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘” — 35 000 so‘m
14. Gulhayo Anorova “Avron” — 27 000 so‘m
15. Sevara Alijonova “Mahkum sayohati” — 31 000 so‘m

Umumiy narx: 457 000 so‘m
Chegirmali narx: 370 000 so'm

Chegirma butun to‘plamni sotib olganlar uchun amal qiladi: @akademsavdo

Shoshiling. "Izlam" ni birgalikda oʻqiymiz.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

05 Nov, 18:33


#podcast_time

Usmon Azim bilan bo‘lgan podcastni ko‘rishga endi vaqt topdim.

Har tomonlama qizg'in va manfaatli suhbat bo‘libdi.

Ayniqsa, shoirning o‘zbek tili va uning bugungi ahvoli haqida bildirgan fikrlari juda o‘rinli.

Ko‘rishni tavsiya qilaman.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

05 Nov, 07:06


Shunday shoir ketdiya...
She'r va adabiyotga befarq boʻlmagan butun oʻzbek xalqiga sabr tilayman!

Alloh rahmatiga olgan boʻlsin!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

04 Nov, 04:37


Yangi mutolaa)

Siz noyabrda qaysi kitoblarni o‘qimoqchisiz/o‘qimoqdasiz?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

04 Nov, 01:44


Baribir bolalik boshqacha edi...

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

03 Nov, 12:02


Masalan, taksida ketayotganingda O‘zbekistonni yomonlab, Rossiyani ko‘klarga ko‘taradigan noshukur ayollarning gapini eshitmaslikka yordam bergani uchun quloqchinlarni o‘ylab topgan odamga rahmat aytish kerak.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

03 Nov, 03:09


Tugadi. Tez orada yangi taqriz.

#finished #Balzak #Gorio_ota
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

02 Nov, 09:57


Baxt bu - obunachilaring seni kitob bilan siylashidir.

"Gorio ota" ning kitobini hech qayerdan topolmagach, elektron variantini o‘qiyotgan edim. Obunachim menda bor deb, yoniga ikkita turkcha kitob ham qo‘shib yuboribdilar.

Tashakkurlarim

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Nov, 14:04


#new_books

Yangi kitoblarim bilan tanishing🫠❤️

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

01 Nov, 06:56


Yonida shuncha oʻqilmagan kitobi boʻlsada, elektron kitob oʻqib oʻtiradigan va svet boʻlsada, lampada dars qilishni yoqtiradigan bitta menmi?😂

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

31 Oct, 12:45


Agar erkak kishining tabiatida tug'ma hissiyot mavjud ekan - bu hissiyot o'zidan zaif kimsani hamma vaqt o'z himoyasi ostida saqlay olishidan g'ururlanishidir.

#mutolaa #Balzak #Gorio_ota
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

31 Oct, 12:42


Hayotda jallod boʻling, jallod boʻlmasangiz, uning oyboltasi ostida oʻzingiz halok boʻlasiz.

#mutolaa #Balzak #Gorio_ota
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

31 Oct, 05:47


Bugun oktabrning oxirgi kuni. Men uchun kuz oktabrda tugaydi. Noyabrni yomon koʻraman. U menga qishni eslatadi!


#nazm

Harakat cheklangan, avtolar tirband.
Yashil yo‘q. Qizillar, sariqlar yondi.
Shaharning qop-qora yuziga birdan
Katta tezlik bilan urildi yomg‘ir.

Alvon yo‘lchiroqlar to‘kilmoq istar...
Endi yashil chiroq yonguncha sabr.
Yoshli ko‘zlarini boladay ishqab,
Yonginamdan o‘tib ketdi Oktyabr.

S.Z.

#kuz #noyabr_yaqin
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

31 Oct, 03:28


Doim shunaqa noyob topilmalarni topib yuraman, qoyil o‘zimga 😍😄

O‘qiganlar bormi?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

30 Oct, 14:57


30.10.24, Buxoro.❤️

#bugungi_kun

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

24 Oct, 17:16


3 yoshli jiyanimning chizgan ilk surati)

Zo‘r chizgan-a🫠❤️

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

21 Oct, 17:09


​​#book_review

Gi De Mopassan "Marjon shodasi"

Gi De Mopassan fransuz adabiyotining yorqin vakili boʻlib, u bir qancha roman, hikoya va boshqa dramatik asarlari bilan mashhur. Ayniqsa uning qisqa hikoyalari fransuz adabiyotida alohida oʻrin tutadi. Bu hikoyalar qisqa va sodda tilda yozilgan bo'lsada, o‘z davrining nozik masalalariga tegib o‘tishi, inson tabiatining murakkabligini va qahramonlarning ichki kechinmalarini to‘la ochib bera olishi bilan ahamiyatlidir.

"Marjon shodasi" to‘plamidan muallifning turli-tuman mavzularga qaratilgan bir qancha hikoyalari o‘rin olgan. Ular orasida ayniqsa "Qo‘rqoq", "Intiqom", "Do‘ndiq", "Marjon shodasi", "So‘qir", "Marhuma" kabi hikoyalari o'zining dolzarb mavzusi va ta‘sirchan tili bilan ajralib turadi.

Mopassan o‘z hikoyalarining aksariyatida ijtimoiy sinflar ya‘ni o‘rta va past tabaqa vakillarini qalamga oladi, mulkchilik va ijtimoiy adolatsizlikni tanqid qiladi. Masalan, "Do‘ndiq" hikoyasida u erkinlik va qaramlik o‘rtasidagi ziddiyatni tasvirlab, o'z tabiatiga muvofiq yashashni istagan, ammo hayoti boshqalar tomonidan boshqarilgan ayol haqida hikoya qilsa, boshqa bir qancha hikoyalarida kuchli va murakkab xarakterga ega ayollar hayoti, ular atrofidagi ijtimoiy bosimlar va ularning erkaklar bilan munosabatlarini tasvirlaydi.

"Marjon shodasi" esa muallifning materializm va uning inson hayotidagi salbiy ta‘sirini ochib bera olgan asaridir. Unda hayotini boylik va go'zallik bilan o‘lchaydigan Matilda ismli ayolning ayanchli taqdiri va qiyinchiliklari ko‘rsatiladi.

Mopassanning menda o‘zgacha taassurot qoldirgan yana bir qisqa, ammo ta‘sirchan hikoyasi - "Marhuma" dir. Unda o‘z sevgilisini yo‘qotgan bir erkak misolida o‘lim, yo‘qotish, sevgi, hayot va xiyonat kabi universal mavzular mahorat va o‘zgacha uslub bilan tasvirlanadi.

Umuman olganda, Mopassan barcha hikoyalarida inson taqdiri va tabiati, uning ruhiyatidagi murakkabliklar, o‘z davrining ijtimoiy va siyosiy muammolariga qo‘l uradi. Ayniqsa uning o‘sha davr hayotini to‘la va boricha ochib bergan realistik uslubi tahsinga loyiq.

Tavsiya: o'qing!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

18 Oct, 07:12


Meni aytayapti)))

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

17 Oct, 11:56


Siz ham "Kirka" ni olishga ulgurdingizmi?

Ha aytgancha, kitob oktabr oyi muhokamasiga qo‘yilgan va u offline bo‘lishi rejalashtirilmoqda)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

16 Oct, 15:38


Hamma bookblogerlar kitob oʻqib, video olib, taqriz yozib yurgan bir paytda men bir sutkada 2 soat uxlab, 22 soat ishlab yuribman😢

Kasbim - faxrim😆🫠

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

15 Oct, 15:58


Kuzning qoq yarmiga ham keldik.
Men yangi mutolaa boshladim.

Siz qaysi kitobni o‘qiyapsiz?
P.S: kitob "qulagan farishta" dan olindi)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

14 Oct, 17:05


Dunyoni goʻzallik va bolalarning kulgisi qutqaradi...

Bolajonlar bilan oʻtgan unutilmas kun

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

10 Oct, 13:45


Futbolni koʻrishga tayyormizmi?
Yutamizmi?🥹

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi

Xushnudbek's blog)

10 Oct, 13:11


Oldinroq bironta asarini o‘qisam bo‘lmasmidi?

Men bitta kitobini o‘qigandim "Nobel" oldi desam-a😄😂.

Nima bo‘lgandayam sevindim. "Vegetarian" kitobi orqali yuragimga yaqin bo‘lib qolgandi bu yozuvchi.

Ma'lumot o‘rnida unga mukofot "Tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan, inson hayotining nozikligini ochib beruvchi nasriy sheʼri" uchun berilibdi.

#Nobel_2024

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi