Mutolaa sehri @mutolaa_sehri Channel on Telegram

Mutolaa sehri

@mutolaa_sehri


📖“Birga kitob o‘qiymiz”
__
❗️Siz o‘zingiz o‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin!

📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot
🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1

Mutolaa sehri (Uzbek)

Mutolaa sehri kanali, "Birga kitob o‘qiymiz" mottoni o‘zida yoritadi. Bu kanalda o‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlarini bultinlay olasiz. Siz o‘zingiz o‘qing va shu kitobni boshqalarga ham o‘qish uchun ilhomlandiruvchi bo‘lmaslik uchun, fikrlarini o‘z kanalimizda ulashishingiz mumkin. Bu kanal, kitobxonlar uchun ajoyib bir muhco manzil bo‘lib, kitoblar haqida suhbatlashish, fikrlar almashish va yangi yozuvchilarni tanishuv uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi. Agar siz ham kitoblarni o‘qishni yoki o‘qingan kitoblar haqida fikrlar almashni yaxshi ko‘rasangiz, Mutolaa sehri kanaliga a'zo bo‘ling! Bog‘lanish uchun @Maktub_yozing_bot bilan bog‘lanishingiz mumkin. Guruhga qo‘shilish uchun esa @kitobxonlar_klubi1 guruhiga qarang.

Mutolaa sehri

25 Jan, 04:20


🗓 #bugun #kuntarixi

25-yanvar - O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov(1934 — 1994) tavallud topgan kun

O‘lmas Umarbekov 1934 yil 25 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956).

📚Romanlari:
▪️«Odam bo‘lish qiyin» (1970),
▪️«Fotima va Zuhra» (1994)

📚Qissalari:
▪️«Sevgilim — sevgilim» (1963),
▪️«Kimning tashvishi yo‘q» (1965),
▪️«Urush farzandi» (1972),
▪️«Yoz yomg‘iri» (1973),
▪️«Oq qaldirg‘och» (1974)

📚Dramalari:
▪️«Qiyomat qarz»
▪️«Oqar suvlar», 1971;
▪️«Tuhmat», 1987;
▪️«Oqsoqol», 1991;
▪️«O‘zing uchun o‘l yetim», 1992 va b. boshq.

Yozuvchi Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1984), O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992) mukofot va unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

23 Jan, 10:48


📖YASHAMOQ”— Ko'z yoshlarga g'arq qilgan asar...

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

22 Jan, 05:52


A.L.Qozonchining "O'gay ona" asari haqida

Bu kitobdan olgan taassurotlarim: Asarda bir muslima hayoti tasvirlangan. U qiz bola bo'lishiga qaramay bolali erkakka turmushga chiqadi. Bolalariga o'gay ona bo'lsa ham o'z onasidanda mehribon bo'ladi. Bolalarini ilmli qilib tarbiyalaydi.

Har joyida o'zimni tuta olardi. Biron marta bolalarini dilini og'ritmaydi. Nafaqat bolalari balki, o'g'lining onadan yetim qolgan va o'gay onasidan aziyat chekadigan bolaga ham mehr beradi. Xuddi o'z bolasiday g'amxorlik qiladi. Fotima bu mening eng sevgan qahramonim.

✍️Tolibjonova Yulduzxon

© @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

20 Jan, 03:40


​​🗓 #bugun #kuntarixi

20-yanvar — adib Xurshid Davron tavallud topgan kun!

Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlog’ida tavallud topgan. Toshkеnt universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Uzoq yillar nashriyot sohasida, Ma’naviyat va ma’rifat markazida, O’zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan.

📚 Nazm:
▪️Qadrdon quyosh” (1979)
▪️“Shahardagi olma daraxti” (1979)
▪️“Tungi bog’lar”(1981),
▪️“To’marisning ko’zlari” (1984),
▪️“Bolalikning ovozi” (1986),
▪️“Bahordan bir kun oldin” (1997)
va b

📚 Nasr:
▪️“Samarqand xayoli” (1991),
▪️“Sohibqiron nabirasi” (1995),
▪️“Shahidlar shohi” (1998),
▪️“Bibixonim” (2006),
▪️“Kubroning tushlari” (2010) 


📚 Dramaturgiya:
▪️“Boburshoh” (1996)
▪️ “Algʻul yoki Mirzo Ulugʻbek”
▪️“Temurnoma” teleserial (1996),
▪️“Jaloliddin Xorazmshoh”(Noʻmiq Kamol asari) telespektakl (1998),
▪️“Buxoroyi sharif” film-operasi,
▪️“Ming bir rivoyat” teleloyihasi va b.


Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron 1989 yilda Mahmud Qoshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot, 1997 yilda “Doʻstlik” ordeni, 2009 yilda Xalqaro “Oltin qalam” milliy mukofoti bilan taqdirlangan.

Siz adibning qaysi kitoblarini o‘qigansiz?

@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

19 Jan, 06:00


​(#bugun #kuntarixi)

19-yanvar – Mahmudxoʻja Behbudiy tavallud topgan kun

Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida dunyoga kelgan.

Dastlab Samarqand madrasasida, soʻng Buxoroda tahsil olgan. Anʼanaviy tahsil, soʻng esa oʻz ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi.

Uning tashabbusi bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin (A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu maktab­lar uchun darsliklar tuzishga kirishadi.

1912-1913 yillarda Behbudiy Samarqandda “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnaliga asos soladi. Shuningdek, Behbudiy o‘zbek va fors tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, “Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905), “Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1903), “Kitob-ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1904), “Muxtarasi tarixi islom” – “Qisqacha islom tarixi”(1904). “Amaliyoti islom” (1905), “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” (1908) kabi darslik va kitoblar yozgan. Uning 1901-yildan boshlab “Turkiston viloyatining gazeti”, “Taraqqiy”, “Hurriyat”, “Turon”, “Sadoi Turkiston”, “Najot”, “Mehnatkashlar tovushi”, “Tirik so‘z”, “Vaqt”, “Samarqand”, “Oyna” kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari esa taraqqiyparvar kishilar va ayniqsa, yoshlarning diqqat-e’tiborini qozongan.

Behbudiy adib sifatida “Padarkush” dramasini yaratgan. 1913-yilda Samarqand shahrida nashr etilgan bu dramada u yoshlarning ilmli, madaniyatli bo‘lishi lozimligini qayd etgan.

@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

18 Jan, 07:47


​Yashamoq qorami yo sariq…?

So’ngi umidni ham tirik qo’ymagan yozuvchi!

Oddiylik chindan ham daholikmi?

Oxirgi paytlarda «trentga» chiqqan asarlardan biri shubhasiz Chin vakili Yu Xuaning «Yashamoq» nomli romani bo’lib turibdi. Bu asar haqida shu kunlarda shu qadar ko’p eshittimki, urfga qarab mutoaala qilmasamda barbir olib o’qidim va tan olishim kerak - afsuslanmadim. Ochig’ini aytganda keng omma orasida bu qadar ommalashgan kitoblar «sariq», hech bo’lmaganda «sariqroq» bo’lib chiqardi. Lekin u ko’tarib chiqqan mavzular: inson ruhiyatidagi qarama-qarshiliklar, hayot va o’lim o’rtasidagi chegarani bunchalar oddiy va tushunarli ochib bera olganini ko’rib asarni ikkilanmay Klassik asarlarning qatoriga qo’shib qo’yish mumkin, fikrimcha.

Asar har qanday davr va jamiyat uchun dolzarb bo’lgan mavzularni yoritib, hayotning beqarorligi, taqdir zarbalari va unga qarshi ularoq inson matonatini qarama-qarshi qo’yadi. O'lmasang yashayverasan, deganlaridek asar bosh qahramoni ham bir inson boshdan kechirishi mumkin bo’lgan jamiki kulfatlarga duch keladi, lekin yashaydi, oxirigacha mardonavor turib beradi. Qaysidir manoda yozuvchi bu orqali bosh qahramonni jazolagan deyish ham mumkin. Chunki aynan uning yengiltakligi, qimorbozligi ortidan farovon oilasi qashshoqlikka yuz tutib chok-chokidan so’kilib ketadi va ko’z ko’rib quloq eshitmagan sinovlarga duch keladi. Ammo yozuvchi bunda aynan bir insonni aybdor qilmoqchi degan fikrga ham bormaslik kerakligini asar davomida tushuntirib qo’yadi. Ya'ni, inson taqdiriga bitilganidan istasa ham qochib qutula olmasligiga ishora qiladi.

Asarda qora rangning haddan tashqari ko’pligi esa biroz oshirib yuborilgandek. Yozuvchi o’quvchini ezib, yuragini tilka-pora qilib tashlaydi, umuman umid degan narsa ko’rinmaydi asarda, qaytanga borini ham ko’mib yuboradi. Koʻpchilik kitobxonlar Rus adabiyotida, ayniqsa Dostaveskiy asarlarida qora rang haddan tashqari ko’pligini ta'kidlashsada oxir oqibat intihoda yiltiragan nur, sal boʻlsada umid uchqunlari qoldiriladi, barbir. Lekin Chinlik adib bariga tupurgan holda hammani qatl etib, bosh qahramonni kòrgiligini kòrsatib o’lguncha yashatadi…

Shu o’rinda asar uslubi haqida ham ikki og’iz aytib o’tishim kerak. Minimalizm va oddiylikni uning asosiy «kuziri» deyish mumkin. Yu Xua nozik va mahoratli tasvir uslubi, sodda lekin ta'sirli tildan foydalangan. Ayrim yozuvchilardek insonlarning diniy his tuygulari markaziga ‘zarba’ berish orqali asarni yanada o’qishli qilishga urunmagan ( Aslini olganda buni iloji ham yòqda, axir u Chinlikku). Jimjimador so’zlar va tashbehlardan maksimum qochilgan. Shu bilan birga bu oddiylik asardagi hayot va o’lim o’rtasidagi munosabatlarni, yashashga bo’lgan ishtiyoqni ramziy va falsafiy jihattan aks ettirishiga zarracha to’sqinlik qilmaydi, aksincha barchaga birdek tushunarliroq qiladi. Bu - klassik adabiyotga xos albatta.

Nashriyotiga tarjima, qolaversa asarni xalqimiz orasida ommalashtirgani uchun Abdukarim Mirzayev va Rasul Kusherbayevga ham rahmat.

Har qalay, hammaga mashhur siyqasi chiqqan sap-sariq ònlab «egizak» asarlardan mana shu Chinlik adibning asari kitobxonga kòproq foydali bòladi, nazarimda...

© Adham Muhiddin o‘g‘li

@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

15 Jan, 05:24


​​#taqriz

Muhammadga (Salollohu Alayhi Vasallam) sodiq Muhammad Sodiq

📌 "Olim shaxsiyatiga bir nazar"

📜
"Rasulluloh Salollohu Alayhi Vasallam ŏz hadisi shariflarida: "Alloh taolo ushbu ummatga har yuz yilda Uning dinini yangilaydigan bir odamni yuboradi".

    Ushbu kitob Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hayot lavhalarini ŏz zamondoshlari tomonidan bayon etadigan informativ qöllanmadir. Unda bir buyuk inson, din va davlat arbobi shaxsiyatiga havasli nazar ila, ixlos bilan mutolaa qilasiz. Nafaqat Ŏzbekiston, Örta Osiyo mintaqasi va boshqa ko'plab e'tiqodimiz bir bo'lgan mamlakatlar uchun qilgan sharafli ishlari, diniy tanazzulni hamin qadar bartaraf etishda körsatgan jasoratlari haqida bilib olasiz.

    📜 "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari sof Islom, ya'ni Ahli sunna val jamoa aqiydasining posboni, hanafiy mazhabining himoyachisi, Naqshbandiya tariqatining tarğibotchisi edilar".

Din, dunyo va ilm ishlarida barqaror, soğlom turmush tarzi - sport bilan, umr soniyalarini-da zoye ketkazmay kitob mutolaalari bilan hamnafas, pok iymon, sof niyatlar, soğlom fitrat, yuksak axloq egasi bilan yaqindan tanishasiz.

📜 "Yurish-turishlari, xatti-harakatlari, gap-sözlari - hamma-hammasi ibrat edi".

Ohh... U viqor, salobat, salohiyat, sönmas shijoat, barokat, ruhan va ma'nan barkamollik, sunniy mukammallik - bir olimning sharafli umr jozibasi har kimni-da hayratga solib qo'yishiga namli qaroqlaringiz ila shohid bölasiz.

📜
"Kuniga ön varaqdan ko'proq yangi kitob yozish bilan birga yangi kitobdan öttiz sahifa mutolaa qilish qilishni ham vazifa qilib olgandilar".

Kitobda öz davri va davrasining tafakkur mayoği bo'lgan olimning teran nigohi, ötkir zehni, xolislik, odillik va kamtarlik, behisob, oliy fazilatlari va suhbatlaridan bahramand bo'lgan ilm ahlining xotirotlarini maroq bilan mutolaa qilasiz.

📜 "Siz vafot etgandan keyin dahr doyasi siz kabi bir allomani öz etagida parvarish qila olmagan"

Va shu bilan birga, Hazratning kitoblarini doim ŏqiydigan har bir xonadon ahli va kitobxonlar ma'naviyati baland, ongi, ruhiyati soğlom, hidoyat yölidan oğishmay, qanoat va sabrda mustahkam, ilm talabida boqiy bölishiga haris-la amin bölasiz.

📌 Albatta ŏqib kŏring!

Mahbuba Ubaydullayeva
@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

10 Jan, 04:20


​​10 yanvar — Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavallud topgan kun

Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943). Toshkent universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925—27), Leningrad xalq xo‘jaligi institutida (1927—29) o‘qigan va og‘ir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent universitetida o‘qishni tugatgan (1930).
A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romani, M. Yu. Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan.
Oybek 1968 yil 1 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

Nazm:
▪️«Tuyg‘ular» (1926),
▪️«Ko‘ngil naylari» (1929),
▪️«Mash’al» (1932) she’riy to‘plamlari.

Dostonlari
:
▪️ «Dilbar — davr qizi» (1932),
▪️«Uch» (1933),
▪️«Baxtigul va Sog‘indiq» (1934),
▪️«Qahramon qiz» (1936),
▪️«Gulnoz»,
▪️«Kamonchi»,
▪️«Navoiy» (1937).

Romanlari:
▪️«Qutlug‘ qon» (1940);
▪️«Navoiy»(1942);
▪️«Quyosh qoraymas»(1943—59);
▪️ «Ulug‘ yo‘l» (1967);
▪️ «Oltin vodiydan shabadalar» 1949.

Qissalari:
▪️«Shonli yo‘l»,
▪️«Nur qidirib»,
▪️«Bolalik xotiralarim»,
▪️«Bola Alisher».

Siz adibning qaysi asarlarini o'qigansiz?
___
📖 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

28 Dec, 15:09


📖 2024-YILDA:

1️⃣ Nechta kitob mutolaa qildingiz?
3️⃣ Nechta kitob sotib oldingiz?
3️⃣ Nechta kitob sovg'a qildingiz?
4️⃣ Nechta kitob sovg'a qilishdi, sizga?
5️⃣ Siz o'qigan eng katta hajmli asar nomi?
6️⃣ O'qishni boshlab, oxirigacha o'qimagan(o'qishni istamagan) kitob(lar)ingiz?
7️⃣ Siz o'qigan eng yaxshi asar?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

28 Dec, 10:41


🗓 "Mutolaa sehri" kanali uchun #yil_sarhisobi

Bu yil ancha o'sdik, deya olamiz. Obunachilar soni jihatidan ham, berilayotgan ma'lumotlar sifati jihatidan ham.

Va yana youtube hamda instagramda ham @mutolaa_sehri kanalini ochdik. Kelayotgan yilda bu kanallarni sizlar bilan birgalikda boyitamiz deb umid qilamiz!

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun, minnatdormiz. Kelayotgan yilda ham birgalikda ko‘p yangi loyihalarni amalga oshiramiz...

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

28 Dec, 07:45


28 dekabr — xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun (#bugun)

    Vohidov Erkin Vohidovich (1936.28.12, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani — 2016.30.05, Toshkent) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. O‘zbekistan xalq shoiri (1987), O‘zbekiston Qahramoni (1999).
   ToshDU filologiya fakultetini tugatgan (1960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985— 87), «Yoshlik» jurnali bosh muharriri (1982-85) bo‘lib ishlagan.

Ijod namunalari:
   ▪️«Orzu chashmasi»,
   ▪️«Nido» (1964),
   ▪️«Quyosh maskani» (1970),
   ▪️«Baxmal» (1974),
   ▪️«Ruhlar isyoni» (1978— 79),
   ▪️«Toshkent sadosi» (1983),
   ▪️«O‘zbegim» qasidasi (1968) va b. 

   Shoir I. Gyotening «Faust» asarini, S. Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, F. Shiller, Iqbol, Ulfat, R. Hamzatov, L. Ukrainka, A. Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

27 Dec, 06:47


🗓 #bugun #kuntarixi

27 dekabr — adabiyotshunos, tarjimon Ibrohim G‘ofurov tavallud topgan kun

▪️1961-yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetini bitirgan.
▪️1961–1982-yillarda – Davlat badiiy adabiyot nashriyoti muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, 
▪️1982–1995-yillarda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
▪️1995–2006-yillarda – “Milliy tiklanish” gazetasi bosh muharriri va Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi.
▪️1997–2005-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

Mukofotlar:
🎖 1995-yil: “Doʻstlik”
🎖 2007-yil: “Mehnat shuhrati”
🎖 2017-yil: “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”
🎖 2021-yil: “Oʻzbekiston Qahramoni”

Tarjimalari:
🪶“Chol va dengiz”(E.Xemenguey)
🪶“Alvido, qurol”(E.Xemenguey)
🪶“Azizim”(Mopassan)
🪶“Telba” (F.Dostoyevskiy)
🪶“Jinoyat va jazo” (F.Dostoyevskiy)
🪶“Qimorboz” (F.Dostoyevskiy)
🪶“Iblislar” (F.Dostoyevskiy)
🪶“Aka-uka Karamazovlar” (F.Dostoyevskiy)
🪶“Qiyomat” (Ch.Aytmatov)
🪶“Chingizxonning oq buluti”(Ch.Aytmatov)
🪶“Buzrukning kuzi” (G.Markes)
🪶“Uliss” (J.Joys) va b.

📚Siz qaysi tarjimalarini o‘qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

27 Dec, 04:20


27 dekabr — Tohir Malik(1946 — 2019) tavallud topgan kun (#bugun #kuntarixi)

   Yozuvchi 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri.
    Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969).

Asarlari:
    ▪️«Hikmat afandining o‘limi» (1972).
    ▪️«Zaharli g‘ubor» (1974),
    ▪️«Falak» (1975),
    ▪️«Somon yo‘li elchilari» (1978),
    ▪️«Bir ko‘cha, bir kecha» (1983),
    ▪️«Alvido, bolalik» (1989),
    ▪️«So‘nggi o‘q» (1990),
    ▪️«Ov» (1995)
    ▪️«Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000; 5-kitob 2009)
    ▪️«Jinoyatning uzun yo‘li» (2004),
    ▪️«Mehmon tuyg‘ular» (2003)
    ▪️«Odamiylik mulki» va b.
   
    Rus yozuvchisi F. M. Dostoyevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
     2019 yil 16 mayda Toshkent shahrida vafot etgan. Yozuvchining ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin.

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

23 Dec, 06:45


🗓 #bugun #kuntarixi

23 dekabr — Adib Asqad Muxtor (1920-1997) tavallud topgan kun


Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan.

Faoliyati davomida adib «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O‘zbekiston» gazetalarining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960—1965), O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnaliga, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligiga muharrirlik qildi.

U O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980), Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga (1972) sazovor bo‘lgan. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995).

📚 Pesalari:
🪶«Mardlik cho‘qqisi» (1948),
🪶«Yaxshilikka yaxshilik» (1949),
🪶«Samandar»

📚Qissalari:
🪶«Daryolar tutashgan joyda» (1950),
🪶«Qoraqalpoq qissasi» (1958),
🪶«Buxoroning jin ko‘chalari»

📚Romanlari:
🪶«Opa-singillar» (1955),
🪶«Tug‘ilish» (1963),
🪶«Davr mening taqdirimda» (1964),
🪶«Chinor» (1973),
🪶«Amu» va b.

Siz adibning qaysi ijod namunalarini o'qigansiz?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

22 Dec, 04:02


🗓 #bugun #kun_tarixi

22 dekabr — Tursunoy Sodiqova (1944–2017) tavallud topgan kun

Bugun 22 dekabr — voiz, notiq, adiba, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova (1944–2017) tavallud topgan kun.

Kitoblari:
😇 “Bolam derman” (2001), 
😇“Qaynonalik ilmi” (2002), 
😇“Kelin bo‘lish ilmi” (2002),
😇 “Kuyov bo‘lish ilmi” (2003), 
😇“Murabbiylik ilmi” (2003), 
😇“Yashash tilsimi” (2004), 
😇“Rizolik izlab” (2006), 
😇“Atirgul isi” (2007), 
😇“Ayolga qasida” (2010), 
😇“So‘z sehri”, 
😇“Dildagi nur” (2011), 
😇“Men kimni sevdim”, 
😇“Baxt qayerda?”, 
😇“Umr bittadir”, 
😇“Bugungi erkak” (2012), 
😇“Saylanma” va b.

Siz, adibaning qaysi kitoblarini o‘qigansiz?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

20 Dec, 04:17


​#Aytmatov

Ch. Aytmatov "ALVIDO EY,GULSARI" asari

Ch. Aytmatovning "Alvido ey, Gulsari" asari boshqa asarlari kabi juda ham mashhur va o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan asarlar sirasiga kiradi. Asar urushdan keyin qirg‘iz xalqining ayanchli ahvoli va turmush-tarzini cho‘ponlar va yilqichilarning hayoti orqali ochib bergan.
Gulsari bu otning nomi. Asar ham otning o‘limi bilan bog‘liq lavhalar bilan boshlanadi. Ammo asarning bosh g‘oyasi Gulsarining hayoti emas balki, o‘sha davrdagi qirg‘iz xalqining o‘ta ayanchli ahvoli, og‘ir turmush-tarzi, partiya a‘zolarining qahramonona mehnatlari, qiyinchiligi, azob-uqubatlari, oddiy xalqqa nisbatan qilinadigan nohaqliklar,zug‘umlar, kattalarning safsataboz maqtovlari va shu bilan birgalikda umrning o‘tkinchiligi, keksaygan sari hech narsaga yaramaydigan va keraksiz bo‘lib qolishi kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Urushdan keyin xalq shu darajada ayanchli ahvolga tushganki, o‘zlari yetishtiradigan narsani o‘zining ehtiyoji uchun ishlatolmagan. To‘lanboylarning o‘tovi yamalaverib yaroqsiz ahvolga keladi. Kigizni topib bo‘lmaydi. O‘tovni yamash uchun jun kerak. Junni narxi esa oltin bilan barobar. Qo‘lida qancha qo‘yi bo‘lsa ham ularning oddiygina junidan foydalanolmaydi.

ASARDAGI OBRAZLAR TALQINI:
Asar bosh qahramoni Tanaboy Bekasov-haqiqiy kommunist, hukumat uchun jonini ayamaydigan va buning uchun o‘z akasini quloq qilgan inson. U umri davomida partiyaga sodiq xizmat qildi. Nohaq partiya a‘zolari safidan chiqarilgandan ham, u o‘z ishini davom ettirdi, haqiqiy kommunistligicha qoldi. Ammo men uni ijobiy obraz deb atay olmadim. To‘g‘ri, u adolatparvar, xalqni o‘ylaydigan, mehnatkash, to‘g‘ri so‘z, halol inson. Ammo xiyonatkor. O‘z xotini va farzandlari bo‘la turib Bibijonni sevib qoladi. Xotiniga xiyonat qiladi. Ancha vaqt o‘tgandan keyin ham Jo‘raning dafn ma‘rosimida Bibijonni ko‘rib " Qaniydi menga kelib dalda bersaydi" deydi.
Asarda hammaga o‘rnak bo‘ladigan ijobiy obraz sifatida Jaydar va Karimbekovni aytishimiz mumkin.

"Agar er xotining yoki xotin erining nuqsonini bilib turib yashirsa, qiyomatda Alloh ularning nuqsonlarini yashirar ekan". (HADISDAN)

Jaydar ana shunday ayollardan edi. Dovul bo‘lib, yilqilardan xavotir olib To‘lanboy Bibijonning uyidan ich kiyimda chiqib ketadi. Jaydar shunda ham erining obro‘sini o‘ylab: "Sen shu yerda tura tur. Senga ovqat, kiyim-kechak keltiraman. Bu ahvolda odamlarning ko‘ziga qanday qaraysan",- deydi. Jaydarni biz o‘ta sabrli va matonatli, eriga doimo to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan , yomon kunida hamdard bo‘ladigan ayol sifatida ta‘riflasak arziydi.
Karimbekov obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak u hukumat a‘zosi. Shunday bo‘lsada u boshqalar kabi o‘zini o‘ylaydigan , haqiqatni ko‘ra turib ko‘z yumib ketadiganlardan emas. Xalqning ahvolidan kelib chiqib mulohaza yuritadigan, oddiy xalqni himoya qiladigan, haqiqatdan qo‘rqmaydigan, adolatparvar inson. Vaholanki, o‘sha davrda bunday insonlar juda ham kam bo‘lgan. Balki, Karimbekov kabi adolatpeshalar ko‘payganda xalqning ahvoli bu darajada bo‘lmasmidi?

✍️
Sadoqat Istamova
💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

17 Dec, 04:00


🗓 #bugun #kun_tarixi

17 dekabr — Xudoyberdi To‘xtaboyev(1932 — 2021) tavallud topgan kun

Bugun, 17 dekabr — "Bolalar adabiyoti qiroli", barchamizga sehrli qalpoqcha tutib, sehrli o‘lkalarga olib borgan inson, ustoz yozuvchi — Xudoyberdi To‘xtaboyev(1932 — 2021) tavallud topgan kun.
Xudoyberdi To‘xtaboyev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» (1982) unvoni sovrindori, O‘zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).

📚 Asarlari:
🪶«Sehrli qalpoqcha»,
🪶«Sariq devni minib»
🪶«Sariq devning o‘limi» (1973),
🪶«Besh bolali yigitcha» (1976),
🪶«Qasoskorning oltin boshi» (1981),
🪶«Yillar va yo‘llar» (1983),
🪶«Shirin qovunlar mamlakatida» (1986),
🪶«Mungli ko‘zlar»,
🪶«Sir ochildi» (1964),
🪶«Omonboy va Davronboy sarguzashti»,
🪶«Jannati odamlar» (1996) va boshq.

Yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

12 Dec, 05:00


🗓 12 dekabr — yozuvchi Chingiz Aytmatov (1928-2008) tavallud topgan kun (#bugun #kun_tarixi)

Qirg‘iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan (1953). 1956-58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg‘iz va rus tilida yozgan.

Asarlari:
▪️«Jamila» (1958),
▪️«Sarvqomat dilbarim» (1961),
▪️«Bo‘tako‘z»,
▪️«Birinchi muallim» (1962),
▪️«Momo yer»,
▪️ «Somon yo‘li» (1963),
▪️«Alvido, ey Gulsari» (1966)
▪️«Oqkema» (1970)
▪️«Dengiz yoqalab chopayotgan olapar» (1977)
▪️«Asrga tatigulik kun» (1980),
▪️«Qiyomat» (1986),
▪️«Kassandra tamg‘asi» (1990)
▪️«Erta qaytgan turnalar»

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o'qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

12 Dec, 04:04


🗓 12 dekabr — Hamid Olimjon(1909-1944) tavallud topgan kun (#bugun #kun_tarixi)

Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi.

Hamid Olimjon A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A. Serafimovich, T. Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarini tarjima qildi.

Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qildi.

📚 She'riy to'plamlari:
🪶«Ko‘klam» (1929)
🪶«Olov sochlar» (1931)
🪶«O‘lim yovga» (1932),
🪶«Poyga» (1932)
🪶«Daryo kechasi» (1936)
🪶«O‘lka» (1939)
🪶«Baxt» (1940) va b.

📚Dostonlari:
🪶«Ikki qizning hikoyasi» (1935—1937),
🪶«Oygul va Baxtiyor» (1937),
🪶«Semurg‘» (1939)

Siz shoirning qaysi she'rini yoddan aytib bera olasiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

11 Dec, 03:18


📚 1⃣9⃣8⃣5⃣

"1985" ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, birinchi qism Oruellning "1984" asarining muhokamasi va tahliliga bag‘ishlangan, ikkinchi qismda esa Byordjessning kelajakdagi tasavvurlari yoritilgan.

"1985" ning asosiy qahramoni Bev tarix o‘qituvchisi bo‘lib, yetarli maosh olmagani va darslarda davlat aytgan tarixnigina o‘qitishga majbur bo‘lganligi sababli o‘z kasbidan voz kechib, shirinliklar fabrikasiga oddiy ishchi bo‘lib joylashadi.

Kunlarning birida uning rafiqasi - Ellen - davolanayotgan kasalxonada yongin chiqadi. Baxtga qarshi, o‘sha kuni yong‘inchilar kasaba uyushmasi zabastovka e’lon qilgan bo‘ladi va kasalxonada bemorlar tiriklayin yonib ketadi.

Ellenning vafotidan so‘ng Bev nosog‘lom tug‘ilgan o‘n uch yoshli farzandi Bessi bilan yolg‘iz qolib ketadi. Yong‘indan qutilishga urinayotgan Ellen Bevga go‘yo "Mening o‘chimni ol. Ularni jazosiz qoldirma" deganday bo‘lgani uchun, Bev kasaba uyushmalarga qarshi qattiq kurashishga ahd qiladi.

Tuzumga qarshi chiqqan Bev ongi past farzandi bilan ishsiz, pulsiz, boshpanasiz ko‘chada qolib ketadi. U qizini qandaydir bir "Qizlar Gʻamxo‘rlik Uyiga" topshiradi-da, uzi hayotda tirik qolishga, o‘rnatilgan tuzumni sal bo‘lsada o‘zgartirishga harakat qiladi. Uning harakatlari muvaffaqiyatli bo‘ldimi? Nima deb o‘ylaysiz?

Byordjessning kelajak haqidagi tasavvurlarini o‘qir ekansiz, ko‘plab joylarda ularning aniqligidan hayratga tushasiz. Misol uchun, yozuvchi kelajakda feminizm absurd darajaga kelib qolishini ko‘ra bilgan.

✍️ Mushtariy Mamadaliyeva
💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

04 Dec, 07:10


📖 "Kitob" so'zining nechta sinonimini bilasiz? Izohda yozib qoldiring

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

30 Nov, 08:37


🗓 #bugun #kun_tarixi

🗓 30 noyabr — yozuvchi Mark Tven (1835-1910) tavallud topgan kun

📚 Asarlari:
🪶«Geklberri Finning sarguzashtlari» (1884)
🪶“Shahzoda va faqir”
🪶«Ekvator bo‘ylab» (1897)
🪶«Missisipidagi eski davrlar» (1875)
🪶«Missisipidagi hayot» (1883)
🪶«Shahzoda va gado» (1882)
🪶«Ovsar Vilson» (1894)
🪶«Tom Soyer chet elda» (1894)
🪶«Tom Soyer — josus» (1897)
🪶«Sirli notanish odam» (1916)
🪶“Tom Soyerning sarguzashtlari” (1876)
🪶"Yanki va qirol Artur"
🪶«Qorong‘ida o‘tirgan odamga» (1901) va b.

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o'qigansiz?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

27 Nov, 16:49


🗓 27- noyabr — Asqar Mahkam tavallud topgan kun.(#bugun #kun_tarixi)

Borimizni berdik...
Qolmadi
o‘zimizga eshakning yoli,
Bu yolni ham berdik,
olmadi...
xunuk edi
uning matohi...
Do‘ppimizni berdik,
boshyalang
kirdik tojlar ichiga hayron
Choriqni ham berdik-da
arang
yalangoyoq kezdik sargardon...
Borimizni berdik...
So‘z qoldi,
bir oz qo‘rqoq til bilan jasad...
Lek bir gado shuni ham oldi
Unda shu ham yo‘q
Padarla’nat!


📖🪶📚

Tabriz muslimasi

Dedim:"Isming nadir ey mohi tobon?"
Dedi: "Ismim yolg‘iz Xudoga ayon!.."

Dedim: "Nahot shuncha sirlidir isming?"
Dedi: "So‘rma meni gunohkor qilding!.."

Dedim: "Osiylarga to‘ladir dunyo!.."
Dedi: "Men bilmasman... Bilar Kibriyo!.."

Dedim: "Men shoirman.Hofiz naslidan."
Dedi: "Men Tabrizning muslimasiman!..."

© Asqar Mahkam

Sizda shoirning qaysi kitoblari bor?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

25 Nov, 04:01


🗓 #bugun #kuntarixi

25 noyabr — Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin (1892-1956) tavallud topgan kun

   Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912).

Asarlari:
 📚 «Eski oshna» (1917),
 
📚  «Xanjar» (1918),
 
📚  «Sirli qo‘l» (1921),
 
📚  «Choliqushi» (1922)
 
📚  «Tamg‘a» (1925),
 
📚  «Shafqat qiling»,
 
📚  «Yashil tun» (1928),
 
📚  «Xazonrezgi» (1930) va b.

    Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar to‘plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to‘plami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari o‘zbek tilida nashr etilgan.

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

20 Nov, 07:15


📚 Kitob qanday tanlanadi?

Eng ko‘p so‘raladigan savol bu “Qaysi kitobni o‘qishni tavsiya qilasiz?” degan savoldir. Bu savolga aniq javob berib bo‘lmaydi. Sabablari ko‘p. Masalan:

1⃣.Kitob kitobxonni yoshiga qarab tanlanadi.
4-5 sinfni tugatgan o‘quvchiga eng mashhur jahon bestseller romanlarini tavsiya qilsangiz xato qilgan bo‘lasiz.Chunki u yoshdagi bolalarning aksariyati endi ertaklar olamidan kichik hikoyalar dunyosiga o‘tayotgan bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, yoshi 50-60 yoshga yetib, hayotning pastu balandliklarini bosib o‘tgan insonga ba'zida hikoyalardan ko‘ra, diniy, yoki xalqaro siyosiy mavzulardagi kitoblar qiziq bo‘lishi mumkin.

2⃣.Kitob kitobxonni dunyoqarashi, qiziqishiga qarab tanlanadi.
Asarlarni janri turli mavzuda. Kimdir sarguzasht asarlarga qiziqsa, kimdir detektiv izquvarlar haqidagi kitoblarni mazza qilib o‘qiydi. Kimgadir avtobiografik ya'ni qaysidir milliarder hayoti haqidagi kitoblar yoqadi. Yoshi katta insonlarga islomiy, diniy, payg‘ambarimiz hayotlari, sahobalar qilgan ulug‘ ishlar haqidagi kitoblar ko‘proq qiziq bo‘lishi mumkin.

3⃣. Kitob kitobxonni sohasiga qarab tanlanadi.
Biznes sohasida ishlaydiganlar uchun aynan shu sohaga oid kitoblar qiziq. Yoki ba'zi kitobxonlarga psixologik, ruhiy motivatsiya beradigan mazmunda yozilgan asarlar yoqadi. Uy bekalari uchun qiziqishiga qarab pishiriqlar tayyorlanishi haqidagi kitoblar, yoki bola tarbiyasi haqidagi kitoblar tanlanadi.

4⃣. Ayni mashg‘ul bo‘lib turgan ishiga qarab tanlanadi.
Bu toifa masalan abituriyent bo‘lishi mumkin. Ularga oliygohga kirishga yordam beradigan test kitoblari, yoki o‘rganayotgan fanini yanada oson va chuqurroq o‘rgatadigan kitoblar tavsiya etiladi. Bundan tashqari IELTS yoki boshqa xalqaro sertifikat olmoqchi bo‘lganlarga shu yo‘nalishdagi eng yaxshi kitoblar tanlanadi.

Umuman olganda kimgadir kitob sovg‘a qilmoqchi bo‘lganlar, yuqoridagi jihatlarni hisobga olgan holda kitob tanlasa, sovg‘ani olgan kitobxon albatta xursand bo‘ladi. (#kuzatuvlar #xulosalar)

Xo‘sh, sizga qanday kitoblar yoqadi?
____
💬📹📹 @komiljon_aslonov

Mutolaa sehri

19 Nov, 07:35


🖋Valeriy Sinelnikov “Dardingni sev” asarini o’qib...

Valeriy Sinelnikov - psixolog, psixoterapevt vrach. Kasalliklarning barchasini ruhiyat bilan bog’lab, ulardan shifo topishdagi o’z yo’lini ishlab chiqqanmidik.

📚Sinelnikovning “Dardingni sev” kitobi insonlarni kasalliklardan shikoyat qilib nolib yurishga emas, balki har bir narsadan to’g’ri saboq chiqarib, kasalliklarning kelib chiqish sababini aniqlashga, bu sabablarni ichki dunyodan, ong ostidan qidirishga o’rgatadi.

Biz dunyoni ong va ong osti bilan anglaymiz. Ongli ravishda anglagan dunyomiz esa ong ostining anglaganlariga to’g’ri kelmasligi mumkin. Kitobni o’qish davomida shunga amin bo’ldimki, ong ostidagi sirlardan ko’pchilik bexabar, uni anglashga, tushunishga harakat qilmaymiz.
Hayotimizdagi kasalliklar esa ong ostining bizga yuborgan signallari, bizni himoya qilish maqsadida yuborgan ultimatumi hisoblanadi.

Atrofimizda sodir bo’layotgan voqealarda biz ko’pincha boshqalarni ayblaymiz, aybni o’z bo’yniga olish kimga ham yoqardi? Boshqalarni ayblash orqali o’z vijdonimizni tinchlantirarmiz, balki? Aslida, o’ylab ko’ringchi, shu voqealarning kelib chiqishiga o’zimiz, bizning o’y-fikrlarimiz sabab bo’lmayaptimikin? Fikrlar moddiylashadi degan gapni ko’p eshitganmiz. Bizning fikrlarimiz biz bilan yuz berayotgan hamma voqeani sababchisidir. “Dardingni sev” kitobi orqali o’quvchi barcha javobgarlikni o’z bo’yniga olishga, hamma voqea uchun o’zi sababchi ekanligini anglashga, boshqalarning ham xuddi o’zi kabi alohida olam sohibi ekanligini his qilib, ularning dunyosiga daxl qilmaslikka o’rganadi.

Shuningdek, insondagi kasalliklarga sabab ong ostida yashirinib yotgan sirlar, turli ichki kechinmalar ekanligi, davo topmoqchi bo’lgan inson esa o’sha kasallikka sababchi tuyg’ulardan qutulishi kerakligi turli hayotiy misollar bilan ochib berilgan.

📖Asardan olgan xulosalarim (amal qilishni boshladim)):

1⃣. Men qanday huquqqa ega inson bo’lsam, boshqalar ham xuddi shunday, o’z olamiga va dunyosiga egadir, ularning olamiga aralashishga menda hech qanday huquq yo’q.

2⃣. Atrofimda sodir bo’layotgan yaxshi va yomon voqealarning barchasiga (bu yerda yaxshi va yomon tushunchalari ham nisbiydir, men uchun yaxshi bo’lgan narsa boshqalarga aksincha bo’lishi mumkin) o’zim va mening fikrlashim sababchi. Qachonki o’zimni va fikrlashimni o’zgartirmas ekanman, boshqalardan buni kutishim befoyda.

3⃣. Manmanlik, boshqalarni va o’zimni ayblash, shikoyat qilish, qoralash, nafrat, achinish, jahl... kabi salbiy illatlardan to’liq qutulmaguncha, o’zimni o’zgartira, kasalliklarga qarshi kurasha olmayman. (Bulardan qutilish uchun 1-bandga doim amal qilishim kerak)

4⃣. O’tib ketgan ishlarga aybdorlik hissidan to’liq ozod bo’lish, ularni unutib, xayolni faqat va faqat yaxshi fikrlar bilan band qilish (o’tmishdagi voqealarni unutib xotirani qayta programmalash usuli kitobda ko’rsatilgan, diqqat bilan bajarilsa, haqiqatda, ishonchli usul ekan)

5⃣. Barcha kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bizning ichki olamimiz, hayotimizda sodir bo’lib ong ostiga o’rnashgan voqealardir. Ularni o’zgartirmaguncha to’liq davolanmay, faqat kasallikni vaqtincha to’xtatib yuraveramiz. (Kitobni o’qish jarayonida turli kasalliklarga uchraganim va o’sha paytdagi ichki kechinmalarim haqida eslashga harakat qildim, kitobga ishonch kuchliligidan shekilli, yuqoridagi fikrlar o’z tasdig’ini topdi)
Asardan chiqargan va hayotimga tatbiq etishga harakatni boshlagan fikrlar ko’p, faqat boshqa fikrlarni kitobni o’qigandan so’ng o’zingiz bilib olasiz.


P. S. Ishonuvchan, boshqalarning fikrini ham erkin qabul qila olganim uchun kitob menga yoqdi va o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faqat o’zini haq deb hisoblab, boshqalarning fikrini e’tiborga olmaydigan insonlarga bu kitob quruq safsata bo’lib tuyulishi mumkin)))

Sadoqat Holmonova
📖 @mutolaa_sehri
___
#ValeriySinelnikov #dardingnisev

Mutolaa sehri

17 Nov, 09:34


📃 Ularni kimdir mehmon qilsa, eng yaxshi sovg‘a shu bo‘ladi, ular uchun.

📃 Ularga "mana shuni ishlatib tur" deb, ozgina pul bersa, katta miqdordagi pul bergan hisoblanadi.

📃Oyda bir yig‘ilishib, oddiy lag‘mon, yoki fasfut (lavash, donar) yegan kun ular uchun bayram.

📃Birovdan ko‘chiribmi, "shpargalka" tayyorlabmi, yoki oz-moz esiga qolgan ilmlaridan foydalanibmi, oraliq imtihondan o‘tib olsalar, "huh" deb, yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek, xursand bo‘ladiganlar ham ular.

📝 Qarz olib bo‘lsa ham ko‘ngil qo‘ygan kursdoshini ko‘nglini zabt etish uchun kino, park, kafeelarga olib boradiganlar ham shulardir.

📚 Ular orasida qorin qo‘yvorganlardan ko‘ra, ozg‘inlari ko‘p. Do‘mboqqinalaridan ko‘ra, qotmaginalari ham.

📚Bugun ularning, ya'ni talabalarning bayrami ekan. Bayramingiz bilan hurmatli, ishyoqmas, dangasa talabalar!

💬📹📹@komiljon_aslonov

Mutolaa sehri

13 Nov, 11:09


Usmon Nosir fojiasi
Manba: azon (sobiq)
____
💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

13 Nov, 08:02


Usmon Nosirning og‘ir kunlari haqida Muhammad Yusuf xotiralari...

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

13 Nov, 04:44


🗓 #bugun #kuntarixi

13 noyabr — XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir Usmon Nosir (1912 — 1944) tavallud topgan kun.

Shoirni qaysi she'rini yoddan aytib bera olasiz

@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

12 Nov, 04:23


Agar hozir qaysi kitobni o‘qishni so‘rashsa, shuni tavsiya qilgan bo‘lardim. Imkon bo‘lsa, bu voqealarning tarixini Vikipediadan bo‘lsa ham o‘rganib olish zarur. Bu Madinaning qo‘ldan boy berilishi tarixidir. Uning bugungi voqea-hodisalarni anglashga yordam beradigan ko‘p jihatlari bor.

Unda alam bor, dard bor, xiyonat bor.

© Said Komil Muhammad Karim

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

11 Nov, 04:00


🗓 11-noyabr rus yozuvchisi F. Dostoyevskiy (1821-1881) tavallud topgan kun.  (#kuntarixi #bugun)

📚 Asarlari:

📚“Bechora odamlar” (1846)
📚“Qiyofadosh” (1846)
📚 “Oydin tunlar” (1848)
📚 “Stepanchikov qishlog‘i va uning aholisi” (1859)
📚 “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar” (1861)
📚 “O‘lik xonadondan maktublar” (1861—62)
📚 “Jinoyat va jazo” (1866)
📚“ Telba” (1868)
📚 “Kambag‘allar”
📚 “Jinlar” (1871—72)
📚 “O‘smir” (1875)
📚 “Og‘a-ini Karamazovlar” (1879—80) va b.

Siz yozuvchining qaysi asarlarini o‘qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

09 Nov, 12:53


📖 Adam Veymut, "Yukon qirollari—Alyaska bo‘ylab daryo sayohati"

Bahorning salqin bir kunida Adam Veymut Kanada shimoli g‘arbidan Alyaska orqali Tinch okeaniga oqadigan Yukon daryosi bo‘ylab sayohatga otlanadi.

Maqsadi—asrlar davomida daryoning yuqori qismiga bolalash uchun qaytib keladigan ajoyib baliq—"qirol lososi" (king salmon)—yuradigan yo‘lni teskari yo‘nalishda bosib o‘tish bo‘ladi.

Veymut an’anaviy transport—kanoeda Yukon oqimi bo‘ylab, yozda umuman botmaydigan shimol quyoshi ostida g‘arbga suzadi. Yo‘l-yo‘lakay ko‘rgan-kechirganlarini, baliqchiyu mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlarini mohirona ta’riflaydi. Kitobni sayohatnomalarni sevganim uchun o‘qiy boshlagandim, ammo Veymut ayni paytda zamonaviy iqtisod sharoitida oziq yoki foyda ortidan quvib, Ona Tabiatni vayron qilayotgan inson zotini tanqid ham qiladi.

Tabiat haqida asarlar (nature writing), ekologiya, sayohatnomalarga qiziqadigan o‘quvchilarga alohida tavsiya qilaman. (#books)

© Prof. Sherzod
💬📹📹@kungil_kundaligi

Mutolaa sehri

07 Nov, 03:30


7 noyabr — yozuvchi Nabijon Boqiy tavallud topgan kun #bugun #kuntarixi )

Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1996).

Kitoblari:
▪️«Bir muhabbat qissasi» (1990),
▪️«Qatlnoma» (1992),
▪️«Gulzamira» (1994),
▪️«Chingiz afandiga maktublar» (2004),
▪️«Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006)
▪️“Qizil toshbo‘ron”
▪️“Rohila”
▪️“Madfun Turkiston”
▪️“Qodiriy qidirgan kitob”
▪️“Poliz boshidagi dala”
▪️ “To‘ra Sulaymon kutubxonasi”

Tarjimalari:
▪️«Merosxo‘r» (Robert Luis Stivenson)
▪️«Katriona» (Robert Luis Stivenson)
▪️«Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» ( Yo. Xo‘jamberdiyev bilan)
▪️«Tushlarimga kirar Hazora» (Georgiy Pryaxin)

Yozuvchi Sadriddin Ayniyning «Sudxo‘rning o‘limi» qissasi asosida 10 qismdan iborat kinoqissa yozgan (2007).

Siz yozuvchining qaysi kitoblarini o‘qigansiz?

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

02 Nov, 06:48


📝 #iqtibos “Yaxshi ko‘raman seni” degani bu...

Siz, ushbu ta'rif(izoh)ga qo‘shilasizmi?

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

31 Oct, 10:02


​"Har bir fikrimiz va sözimiz kelajakni boshqaradi. Bizning ongimiz sof va ijobiy holatda - baxtli hayotning kuchli yaratuvchisidir!" (Luiza Xey)

Bu ikki kitob bir - biri bilan uzviy boğliq, ya'ni insoniyat uchun psixologik, mustahkam bilim resurslari!
Luiza Xeyda siz nazariy psixologiyani puxta egallab sekin - asta amaliyga ötish prosessini boshlaysiz.
Haqiqatda, bu amaliyotning mukammal shaklini esa, 6 daqiqa kitobida amalga oshirasiz. Undagi kun, hafta, oy affirmatsiyalar - tasdiq fikrlar, eslatmalar, maqsad, reja va xulosalar yozish uchun alohida sifatli, qati'y tartibli jadval zonalari ajratilgan bŏlib, huddi kundalik kabi yuritiladi.

Ayni moment, bu ikki kitobni birgalikda yonma - yon öqilishi, men uchun fundamental axborot manbai bõldi. Ya'ni, Luiza Xey asarlari 6 daqiqa kitobi uchun komfort baza bo'lib xizmat qildi. Ular uyğunlikda ajoyib kompazitsiya böla olishdi.

Kitoblar tushunarsiz, ilmiy jumlalardan holi. Sodda tilda bŏlib, anglashinish intelektingizni, barqaror, amaliy, mutolaa fokusingizni yuqori darajada oshirib boradi. Ba'zi lavhalarda ŏzingizni, ba'zilarida sizga tanish bo'lgan odamlar, yaqinlaringizni gavdalantirib, solishtirib o'qiysiz. Bu degani, asar qahramonlari - siz va siz tanigan subyektlar! Ŏzingizni va özgalarni anglashdan boshlangan nigoh, tobora ravshanlashib boraveradi. Taningizga quvvat, ruhingizga sof ma'naviy ozuqa olasiz. Faqat qati'yatli bŏling!

Hayot özingiz uchun qulay bo'lgan hudud tugaydigan joyda boshlanadi.
Nil Donald Uolsh

Hech bir inson muammolar, tushkun kayfiyat ichra barqaror qolishi kerak emas. Jismoniy, hissiy va ruhiy travmalar hammamizda mavjud va kuni kelib, ularning ta'qibidan charchaganimizda psixologiya va psixologga muxtoj bõlamiz. Ŏzi hamma vaqt ham, bu ilm kömagida yashash, bizdagi bor narsalar - kasalliklar, ehtiyojlar, muammolar, munosabatlar, hislar, ğoyalar, maqsadlar, yechimlarni oson kechishini ta'min etadi. Ayniqsa, shu, biz yashayotgan zamon odamlari bu ilmga juda muxtoj.
Qisqasi kishi ŏzi, hayot va boshqalar oldida talablar qöyayotganida ŏzini "talamasligi", erklovchi, taskin iboralaridan ko'proq foydalanmoği shart. ŎZINGIZGA ŎZINGIZ BÖLISH IMKONINI BERING! Kimdandir emas, kechagidan yaxshi bölishga harakat qiling! Bunday munosabatda bölish hamma uchun hayotga ishonib, uni döstona qabul qilishi, fikriy tiniqlikni, yaxshi moslashuvni, ochiq muvaffaqiyatlar eshigini olib keladi.
Quvonchning bitmas-tuganmas manbai - bu özingizdir!

✍️ Mahbuba Ubaydullayeva
@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

26 Oct, 11:18


Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlari arab tiliga tarjima qilinib, chop etil(ib)di.

“O‘tkan kunlar” romani Misr universiteti va Sadat Akademiyasi kafedrasi mudiri, professor Muhammad Nasriddin al-Jibaliy, “Mehrobdan chayon” romanini esa vatandoshimiz Sayyid Mahmud Sayyid Mubashshir arab tiliga tarjima qilgan.

Mazkur romanlar bundan avval ingliz va xitoy tillariga tarjima qilingan edi.

____
💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

22 Oct, 17:30


"Sukut suiqasdi yoxud Stalindan Saddamgacha"

Nurali Qobul – bugungi kunda Markaziy Osiyoda eng ko‘p o‘qiladigan va kitoblari eng ko‘p chop etiladigan mashhur yozuvchi. Chingiz Aytmatov ta’biri bilan aytganda, “haqiqiy yozuvchi, undagi yangilik va beg‘uborlik hech kimda yo‘q”.

Uning “Oyqor”, “Sening bolalik osmoning”, “Salom tog‘lar”, “Unutilgan sohillar”, “Bo‘ri ovi”, “Sangzor”, “Qulon quduqqa qulasa” kabi qissalari, “Temuriylar” roman-epopeyasi kitobxonlar orasida ancha mashhurlikka erishgan.

Uning “Sukut suiqasdi yoxud Stalindan Saddamgacha” nomli roman-pamfleti xalqimizning XX asrdagi fojeaviy tarixi, Sovet Ittifoqi deb atalmish mustabid tuzum davrida boshidan kechirgan ko‘rguliklari haqida hikoya qiladi. Asarda nafaqat o‘zbek xalqining boshiga tushgan ayanchli qismat, balki butun dunyoda ro‘y bergan va berayotgan siyosiy hamda iqtisodiy bo‘hronlar, qurolli ziddiyatlar, mustabid hukmdorlarning o‘z xalqi boshiga solfgan kulfatlari ham yodga olinadi. Roman-pamfletning nomlanishiga izoh sifatida yozuvchi biror insonning sha’ni, hurmat-e’tibori, haq-huquqi, qadr-qimmati va mol-u joniga tajovuz etilganda loqayd qarab turishni sukut suiqasdi deb atagani keltirilgan.

Asarning birinchi bobi – “Dor tagidagi daho”da muallif XIX asr rus jamoat arbobi, yozuvchisi va publitsisti Nikolay Chernishevskiyning ayanchli taqdirini qalamga olgan.

Batafsil...
____
💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

21 Oct, 03:14


21 oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
____

ONA TILIM O‘LMAYDI


Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda”.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

“Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi”.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”.

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”.

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurillab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

© Erkin VOHIDOV



ONA TILIMGA

Ming yillarkim, bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman...

© Abdulla ORIPOV
__
📖
@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

20 Oct, 17:57


Бугун Одил Ёқубов(1926 — 2009) таваллуд топган кун

Одил Ёқубов 1926 йил 20 октябрда ҳозирги Жанубий Қозоғистон вилоятининг Қарноқ қишлоғида туғилган. Ўзбекистон халқ ёзувчиси (1985). ТошДУнинг филология факултетини тамомлаган (1956). Дастлабки асари — «Тенгдошлар» қиссаси 1951 йилда эълон қилинган.
Ҳамза номидаги Ўзбекистон Давлат мукофоти лауреати (1977), «Дўстлик» (1994), «Эл-юрт ҳурмати» (1998) орденлари билан мукофотланган.
Одил Ёқубов 2009 йил 21 декабр куни Тoшкент шаҳрида вафот этди.

Асарлари:
📚«Дастлабки қадам» (1953),
📚«Икки муҳаббат» (1955),
📚
«Муқаддас (1960),
📚«Тилла узук»,
📚«Бир фелетон қиссаси» (1961),
📚
«Қанот жуфт бўлади»,
📚«Матлуба» (1970)
📚 «Эр бошига иш тушса…» (1966),
📚
«Улуғбек хазинаси» (1973),
📚«Кўҳна дунё» (1982),
📚«Диёнат» (1977),
📚«Оққушлар, оппоқ қушлар» (1988),
📚«Адолат манзили» (1998)

Киносценарий ва песалари:
📚 «Чин муҳаббат» (1955),
📚«Айтсам тилим, айтмасам дилим куяди» ва б.

👉 @mutolaa_sehri 👈

Mutolaa sehri

11 Oct, 13:43


📖 Qizlarga kitob sovg‘a qilmoqchi bo‘lganlarga #layfxak.

Yaqinda "Hilol" nashriyotidan bir kitob chiqdi — "Qulog'im, senda qizim" degan. Ushbu kitobda qiz-ayollarning tushkunlikka tushishiga, g‘am chekishiga nimalar asosiy sabab bo'lishi keltirilgan.

E'tiborlisi bu holatlarni boshidan o‘tkazgan qizlar hikoyasi bilan ularning yechimlari, Qur'on oyatlari, payg‘ambarimiz hadislari asosida mavzulashtirilgan kitob.

Kitobdan ayrim sahifalar va mundarijaning ayrim joylarini yuqoridagi suratda joyladim.

Bu kitob, faqat qizlar yoki ayollar uchun emas. Sababi onasi, opasi, singlisi, ayoli, qizi bor har bir erkak ham o'qish kerakki, toki oilasidagi "jannat gullari"ni nima tushkunlikka tushiradi, ularni qanday qilib, bu qayg'u va g'amginlikdan asrash mumkin, degan savollarga javob topib, oilasidagi qiz-ayollari, opa singillarini bu sinovlardan asrashni o'rganadi.

Kitob - 400 sahifa.

Hurmatli, yigitlar, sizlarga esa kitob sovg'a qilish uchun yaxshi #Lifehack bu. Ishonib, aytamizki, sizdan bu kitobni sovg'aga olgan ayolingiz, qizingiz, opa-singlingiz bosh ko'tarmay o'qib chiqadi va eng sevimli kitobiga aylanadi bu.

Reklama bo'lsa ham, maqtab, yubordim. Kitob reklamasi ayb emasku, to'g'rimi? ))

© K. Aslonov

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

04 Oct, 04:08


​​⚫️ Bugungi sanada, ya’ni 1938 yilning 4 oktyabr sanasida  tuhmat va nohaq ayblar bilan qatl qilingan bir guruh millat ziyolilari: Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Po‘lat Soliyev, Gʻozi Olim Yunusov, Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov, Anqaboy Xudoybaxtov, Sanjar Siddiq, Qurbon Beregin, A’zam Ayyub, Otajon Hoshimov.  

     Oxiratlari obod bo‘lsin.

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

01 Oct, 03:40


📚 ODDIY MUALLIM 📙

Qadri bilinadi endi menga goh,
Oddiy maktabimning o‘sha behasham,
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o‘qitgan-ku Alisherni ham!
Shunday buyuk zotga harf o‘rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ayagan hayotning sanchiqlaridan,
Yiqilsa ko‘targan to‘siqlaridan,
Otadek ezilgan, g‘ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan.
Uyquda shogirdin o‘ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Yo‘qdan Beruniyni binolar qilgan,
Husaynni Ibn Sinolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan.
Abdulloning tilin burrolar qilgan,
Ilon o‘ynatgandek so‘z o‘ynatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Yuzga kiraman men Xudo xohlasa,
Ehtimol, yuzdan ham o‘tarman bir kun.
Qaynoq quchog‘ida hurlar chorlasa,
Hech kimdan qarzim yo‘q ketarman bir kun.
Bo‘lsa ham, bir zotda bo‘ladi qarzim,
Oddiy muallim u, oddiy muallim!

© Muhammad Yusuf.
💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

27 Sep, 07:33


27 - sentyabr — Rauf Parfi(1943-2005) tavallud topgan kun (#bugun #kuntarixi )

Rauf Parfi
(Tursunali Parfiyev) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). O‘zbekiston xalq shoiri (1999).

She’rlar to‘plami:
▪️«Karvon yo‘li» (1968)
▪️«Aks-sado» (1970),
▪️«Tasvir» (1973),
▪️«Xotirot» (1974),
▪️«Ko‘zlar» (1976),
▪️«Qaytish» (1981),
▪️«Sabr daraxti» (1986),
▪️«Sukunat» (1991),
▪️«Tavba» (2001),
▪️«So‘nggi vido» (2006) va b.

Tarjimalari:
▪️«Manfred» (Bayron),
▪️«Inson manzaralari» (Nozim Hikmat),
▪️«Dengiz xayoli» (Karlo Kaladze)

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

21 Sep, 06:44


Adabiyotning maqsadi nima?

Yozuvchi Shukur Xolmirzayev ushbu savolga javob beradi
___
📹📹💬@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

15 Sep, 04:59



📖Oybek: "Qutlugʻ qon"

Oybekning "Qutlugʻ qon" romani o‘zbek adabiyoti va ma’naviyatining yetuk namunalaridan biri sifatida katta e’tiborga loyiq. Ushbu asar milliy o‘zlikni anglash, tarixiy voqealar va ijtimoiy hayotning turli qirralarini teran tahlil qilgan epik roman sanaladi.

Roman 1940 yilda yozilgan. Turkiston o‘lkasida sodir bo‘ladi. Bu davrda ijtimoiy va iqtisodiy hayotda muhim o‘zgarishlar yuz berib, xalqning an’anaviy turmush tarzi qiyin sinovlardan o‘tadi. "Qutlug‘ qon" asarida esa aynan shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy voqealar tasvirlangan bo‘lib, Oybek o‘sha davrning muhim masalalarini, xususan, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tabaqalanishni, xalqning milliy-madaniy uyg‘onishi jarayonlarini tasvirlaydi.

Asarning asosiy mavzusi va qahramonlari

Asar markazida o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onishi va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayoni turadi. Bosh qahramonlar Mirzakarimboy va Tantiboyvachcha kabi obrazlar orqali Oybek ijtimoiy adolatsizlik, boylik va kambag‘allik o‘rtasidagi ziddiyatlarni teran yoritadi.Yoʻlchi kambag‘al dehqon sifatida o‘z hayoti uchun kurashadi va shu orqali xalqning umumiy taqdiri bilan bog‘lanadi. Uning obrazida mehnatsevarlik, qadr-qimmatga sadoqat, kuchli iroda namoyon bo‘ladi.

Tantiboyvachcha obrazida esa ijtimoiy tabaqalanishning salbiy qirralari ko‘rsatiladi. U faqat o‘z boyligini orttirishga qiziqadi va boshqalar ustidan hukmronlik qilishga intiladi. Bu obraz orqali Oybek boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tengsizlikni keskin tanqid qiladi.

Ijtimoiy ziddiyatlar va kurashlar

Roman boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi ziddiyatni, adolat va zulm o‘rtasidagi kurashni yoritib, ijtimoiy hayotdagi muhim muammolarni ko‘taradi. Asar voqealari orqali Oybek sinfiy kurashning turli ko‘rinishlarini ochib beradi. Tabaqalanish, boylarning zulmi, kambag‘allarning esa sabr-matonati va kurashga bo‘lgan tayyorligi asarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.

Ma’naviy xulosalar

"Qutlug‘ qon" romani nafaqat tarixiy voqealarga, balki ma’naviy qahramonlikka ham bag‘ishlangan. Oybek hayotdagi murakkabliklarni, xalqning og‘ir taqdirini chuqur tasvirlab, o‘zining badiiy mahorati bilan har bir qahramonning ruhiy kechinmalarini haqqoniy va hayotiy aks ettiradi.

Oybekning ushbu asari milliy ruhiyatni tarbiyalashda, xalqning ma’naviy qadriyatlarini anglashda muhim o‘rin tutadi. "Qutlug‘ qon" romani O‘zbekiston adabiyoti va madaniyatining boy merosi sifatida ko‘plab avlodlar uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilmoqda.

© Aisha Hilall
💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

08 Sep, 15:53


🔔10 daqiqa qoidasi

Har kun kitob oʻqishga odatlanish uchun foydali usul

💬📹📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

01 Sep, 04:19


Tinchligimiz, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Dunyodagi barcha urushlar tugab, tinchlik hukmron bo‘lsin!

💬📹📹 @mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

24 Aug, 06:25


📖 "Odamiylik mulki" asarining yozilish tarixi haqida muallif Tohir Malik fikrlari

(Alloh har ikki insonni ruhlarini shod, oxiratlarini obod qilsin)

📹💬📹@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

18 Aug, 05:01


Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr" asari haqida

" Biz bir-birimizga mangu muhojirmiz, lekin toki tirik ekanman, toki yuragim urib turar ekan, uni sevishdan to'xtamasligim tayin..."

Menga shunaqa asarlar rosa yoqadi: bosh qahramon bilan yoshlikdan birga ulg'ayasiz, u sizga barini o'z tilidan so'zlab beradi. Shunda o'zingizni u bilan birga qahvaxo'rlik qila turib suhbatlashayotgandek his qilasiz😇.

Jeyn Eyr... Ota-onasidan yetim qolgani yetmaganidek mehribon tog'asi ham vafot etgach, uning xotini (muallif tasviri bo'yicha tog'aning xotini suratini chizib ko'rsangiz tap-tayyor maxluqqa ega bo'lasiz😁) va farzandlari davrasida ko'p xo'rliklar ko'rgan Jeyn... Maktabda ham ko'rgan kunlarini tasvirlar ekan bir o'y kechadi xayolingizdan- nega bir go'dak shunchalar qiynalishi kerak? Ulg'ayib u ishga kirgan xonadonida vanihoyat halovat topdim deb o'ylaydi. Toki u-xonadon egasi uyga tashrif buyurmagunicha. Uning keyingi og'ir kechinmalari boshqacha tuyg'u bilan nomlanardi. Ha, to'g'ri topdingiz- MO'HABBAT😅. Eheeee, birgina qiz baxtli bo'lganini eshitish uchun uzoooq kutasiz, kitob varoqlarini ochaverasiz, ochaverasiz... Xo'sh shuncha o'qiganingizga yarasha baxtli yakunni o'qiy olasizmi yoki aksinchami?

Yoqimli mutolaa tilayman, qadrli kitobxon☕️📚!

📌 ASARDAN IQTIBOSLAR

💬 Agar odamlar hamisha yovuzlik va nohaqlikka quloq tutganlarida hamma narsani o'z izmiga bo'ysundirib, o'zlari xohlagan ishni qilgan bo'lardilar.

💬 Nohaqlik mushakning kuchi bilan tekislanmaydi.

💬 Arosat azobidan achchiqroq iztirob yo'q bu dunyoda.

💬 Unutma, agar butun dunyo seni yomon deb hazar qilgan taqdirda ham o'z vijdoning oldida pok bo'lsang, yakkalanib qolmaysan.

💬 Xatoliklar vijdonni bulg'aydi, vijdon azobi esa umrni zaharlaydi.

💬 Yuraging va ruhiyatingni ularga ehtiyoji yo'q insonga tiqishtirma...

💬 Nazarimda, mening yuragimning qaysidir bir nuqtasidan tortilgan ip sizning tanangizdagi baayni shunday bir nuqtasi bilan bog'langandek bo'lib tuyuladi.

© Librariy Titan
______
📹💬@mutolaa_sehri

Mutolaa sehri

13 Aug, 02:48


#bugun #kuntarixi

13 avgust — O‘zbekiston Xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun! U kishiga uzoq umr, tani-sog‘lik tilaymiz!

* * *
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida,
Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq.
Jonim, qalbim she’riyatning pichog‘ida. . .
Zamin — tilsim, osmon — tilsim... she’r — beshafqat!

Men qiynaldim. Xayolimning qanotida
Dengizlarni ko‘targancha tolib uchdim.
Yulduzlarni ko‘p ko‘rganman hayotimda,
Dengizdagi yulduzlarni keldi quchgim.

Ko‘kka boqdim, o‘t tutashdi jonim aro...
Qat-qat bulut qatlarida ne sir-asror!
Hayrat ichra o‘ldirgusi meni samo,
Ona zamin, ucha qolay, qo‘yib yubor!

Men yor dedim... Laylimi yo, Shirinmi yo!
Yoki endi tug‘ilajak biror malak?
Mana, men, deb ko‘z oldimda bo‘ldi paydo,
Mana, men, deb she’rdan boqdi yakto yurak.

Yulduzlarni o‘chirmoqda gulgun shafaq,
Tong titraydi kech kuzakning quchog‘ida.
She’r yozilar... Qiynoq, senga bo‘lsin sharaf,
Jonim, qalbim she’riyatning pichog‘ida. . .

Hali butun ro‘yi jahon she’r bo‘lajak,
Faqat bekor bilib orom quchog‘ini —
Bu dunyoni sirga ko‘mib yashash kerak,
Qalbga sanchib she’riyatning pichog‘ini!
____
📹💬📹@mutolaa_sehri |