“Lison ut-tayr” asari haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Qushlar o’ziga shoh topa olmay, xaos boshlanib ketganida Hudhud qushi ularga Simurg’ haqida aytib beradi. Motivatsiyalangan qushlar yo’lga otlanib, o’sha qushni topish payiga tushadilar. Yo’lning turli azob-uqubatlaridan o’tib, ko’plab mashaqqat va qurbonliklardan so’ng Simurg’ o’tirgan yerga borishsa, o’sha fano vodiysida ko’zgulardan faqat o’zlarining aksi chiqadi, ya’ni mukammal Semurg’- 30 qush aslida o’zlari ekanligi ayon bo’ladi (spoyler uchun uzr).
Aslida turlicha talqin qilsa bo’ladigan epizod. Har bir qush - insonning turli xususiyati, ruhiy holatlari ramzi, uning o’z ichki qiyinchiliklarini yengib, haq yo’lini topishi, sayohat va mashaqqatlari orqali inson ruhiyatini o’zi o’rganishi va shu bilan yuksalib borishi talqin etilgan. Navoiyning umri oxirlab qolganida butun umr davomida to’plagan bilim va donishmandliklari qayd etilgan nodir asar. Navoiy o’z buyukligi siri bilan bo’lishgan ko’rsatma sifatida qabul qilish ham mumkin. Qisqa talqinini yozganim bilan asar yirik va har bir bo’lim chuqur mushohadaga undaydi sizni, shuning uchun to’liq o’qib chiqishni tavsiya qilaman.
“Haq vujudi dengiz mayjlarini yuzaga keltiradi. Mayj naqshidan dengizga ne ziyon yetadi? Dengiz, xoh u mavjli boisin, xoh mayjsiz, o'zidagi suv bilan dengiz sanaladi. Suvsiz mayj hosil bo'lmaydi. Mavjning boru yo'qligi dengizga bog'liqdir”.
Millatimizning Semurg’ini bir bor yodga solib, biror asaridan o’qib qo’ying bugun, balki aynan shu misralar sizning ham xotirangizda qolar.
Credits: Rauf Nabiyev