Kitob O‘qi @kitoboqiuz Channel on Telegram

Kitob O‘qi

@kitoboqiuz


Ushbu kanal Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etildi. Bu yerda eng sara asarlar elektron shaklda yuklab boriladi.
@kitoboqiuz

Aloqa uchun: @infonatlib_bot

Kitob O‘qi (Uzbek)

Kitob O‘qi kanali - bu Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan. Ushbu kanalda eng sara asarlar elektron shaklda yuklab otiladi, bu sizga qimmatli o‘qish va o‘z bilimingizni oshirish imkoniyatini beradi. Agar sizning qiziqishingiz kitoblarga yonalgan bo‘lsa, @kitoboqiuz kanaliga azo bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling! Ertaga o‘qishning qiyinchiliklarini tezda hal qilish uchun Kitob O‘qi kanali sizga yordam beradi. So‘ngi qadamlar sizning kitob olamizda! Aloqa uchun: @infonatlib_bot

Kitob O‘qi

10 Jan, 05:33


#Iqtibos

Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek.

✍️ Zamaxshariy

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

09 Jan, 13:30


#Audiokitob

🎙 "Andisha va G'urur"
✍️ Jeyn Ostin
💽 4-qism

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

09 Jan, 10:33


#Elektron_kitob

📘 "Yolg'izlikning yuz yili"
✍️ Gabrail Garsia Markes


📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

09 Jan, 07:31


#Kitob_haqida

📘 Gabrail Garsia Markes "Yolg'izlikning yuz yili"
🎤 Rahmon Qo'chqor

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

09 Jan, 05:32


#Bilasizmi

Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining kitobi hisoblanadi. Bu oynali harflar yordamida qimmatbaho qog’ozga bitilgan «Lester kodeksi» va «Yerdagi suv va osmon ishlari» deb nomlangan asarlar bo’lib, uni Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan.

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

08 Jan, 13:31


#Audiokitob

🎙 "Andisha va G'urur"
✍️ Jeyn Ostin
💽 3-qism

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

08 Jan, 10:30


#Audiokitob

🎙 "Andisha va G'urur"
✍️ Jeyn Ostin
💽 2-qism

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

08 Jan, 07:30


#Audioqissa

🎙 Taqvodor o'g'ri

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

08 Jan, 05:31


#Iqtibos

📙 Ochig'ini aytsam, kitob o'qishdan boshqa yaxshiroq mashg'ulotni bilmayman. Boshqa ishdan odam birpasta charchaydi. O'zimning uyim bo'lganda o'z kutubxonam bo'lmasa, o'zimni eng baxtsiz odam deb hisoblayman.

Jeyn Ostin

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

07 Jan, 13:32


#Audiokitob

🎙 "Andisha va G'urur"
✍️ Jeyn Ostin
💽 1-qism

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

07 Jan, 11:00


📘 "Andisha va g'urur"
✍️ Jeyn Ostin

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

07 Jan, 10:31


#Kitobdan_parcha

Sen kimnidir entikib eslarkansan, u ham allakimni qumsab xotirlaydi. Ishq shunaqa beshafqat.

Ba'zan baxt uchun hatto o'zingiz bilan ham kurashishingizga to'g'ri keladi.

Hech qanday javob kutmay sevadigan bag'rikeng insonlar juda kam...

📙 "Andisha va gʻurur"

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

07 Jan, 07:34


Jeyn Ostin hayoti haqida qiziqarli faktlar

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

07 Jan, 05:32


#Bilasizmi

🎙 Dunyoning eng uzun audiokitobi deyarli besh kundir. Kitob 2008-yilda Yaponiyada faylasuf, shoir hamda adabiyotshunos Takaaki Yoshimoto tomonidan ma’ruza qilingan. Kitobning umumiy vaqti 115 soat-u 43 daqiqadir.

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

06 Jan, 13:34


📙"Qalb iffati"
✍️ Nuriya Cheleyen

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

06 Jan, 10:40


#Kitobdan_parcha

Quddusda qizlarga qalam taqiqlangandi.Qizlarga qalam yozganini o'qish ham mumkin emas edi.Maryam qalam bilan tanlangan qiz bo'ldi.Maryamning taqdiriga qalam tushdi.Maryam qalam bilan yozish kerak edi.Maryam ilmga yurishi shart edi...

Nuriya Cheleyen "Qalb iffati"

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

06 Jan, 07:32


#Kichik_hikoya

🏔 Tog’ yonbag’rida bir donishmand yashab, u juda kamgap edi. Bir kuni uning oldiga yosh yigit keldi.

– Menga aqlli bilan ahmoqning o’rtasidagi farqni ko’rsating, – dedi u donishmandga. Donishmand yigitga bir muddat qarab turdi. Keyin esa qo’li bilan ma’lum bir uzoqlikdagi qoyadan dumalab tushgan toshlarni ko’rsatdi.

– Bunda senga shu toshlar yordam beradi. Ularni qoya tepasiga tashib chiq. Yigit «Xo’p» deb, ishga kirishdi. Keyin qabarib, terga botib, ancha vaqt shu toshlarni tashish bilan band bo’ldi. Nihoyat ishni bitirgach, kelib:

– Tashib bo’ldim, – deb aytdi. – Lekin hech narsani tushunolmayapman, ularni aynan nima uchun tashidim? U qanday qilib mening savolimga javob topib berishi mumkin?

– Mana shu ahmoq bilan aqllining o’rtasidagi farqdir, – dedi donishmand.

– Aqlli bu haqida toshni tashishdan oldin o’ylab ko’rgan bo’lardi.

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

06 Jan, 05:30


#Iqtibos

Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.

✍️ Andrey Upit

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

05 Jan, 06:11


#Yakshanba_tuhfasi

Jaloliddin Rumiy hikmatlari

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

04 Jan, 13:32


#audioertak

🎅🏻 "Ayozbobo"
🇷🇺 Rus xalq ertagi

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

04 Jan, 10:34


📙"Qorbobo keladi"
✍️ Sh.Xolmirzayev

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

04 Jan, 07:33


#Kitobdan_parcha

Kishi o‘zini o‘zi aldashi yaxshi ish emasligini ham bilaman. Lekin nima qilay? Hamon o‘sha ikkilanish bor menda. Hatto, endi ko‘proq ishonib qolganman: «Qorbobo bor, u o‘rmonda, u sovg‘a olib keladi, u salom olib keladi, u bizni tabriklaydi...»
Bilmadim, bu xayol chol bo‘lib bukchayib qolganimda ham o‘zgarmasa kerak.


📙 Sh.Xolmirzayev "Qorbobo keladi"


📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

04 Jan, 05:32


#Bilasizmi

⛄️ Qorboboning vatani - Turkiya ...

🎄Bolaligimda doim archaning tagidan Qorbobodan sovgʻa olardim. Aslida "Qorbobo" kim ekanligini bilsam ham bilmaganga olib, har yili Unga yana xat yozardim.
Oradan vaqtlar oʻtib oʻzim ham "Qorbobo"ga aylandim...

✍️ Neysha Doushin

🎁 Siz-chi? Bu yil Qorbobodan nima sovgʻa oldingiz?
Yoki Siz ham "Qorbobo"ga aylanib ulgurdingizmi?


📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

03 Jan, 13:31


#Аудиокнига

📙 "Хроники Нарнии"
✍️ Клайв С.Льюс

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

03 Jan, 10:31


#Yangi_yil_tuhfasi

📙“Narniya yilnomalari”
✍️ Klayv S. Lyuis



Ingliz yozuvchisi Klayv S. Lyuisning “Narniya yilnomalari” nomli yetti kitobdan iborat asari qadimiy afsonalar va ertaklar, bolalikdagi taassurotlar olamiga yetaklaydi. Bu turkum asarlar asosida suratga olingan filmlarni sevib tomosha qilmagan inson boʻlmasa kerak?!

Kinoni koʻrish uchun👇

https://uzbeklar.biz/3204-narniya-saltanati-1.html

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

03 Jan, 07:31


#Kichik_hikoya

Baxtli odam

Kunlardan bir kuni bir podshoh kasal bo‘lib qolibdi. Uni davolash uchun butun dunyodan tabiblarni chaqirishibdi, lekin hech biri podshohni davolay olmabdi. Shunda ular maslahat qilib bir qarorga kelishibdi. Agar baxtli odamni topib, uning ko‘ylagi podshohga kiydirilsa, u tuzaladi. Baxtli odamni topish uchun dunyoning hamma tomoniga choparlar jo‘natilibdi. Lekin hech kim "Men baxtliman", degan odamni topa olmabdi. Kimdir boy, lekin kasal, yana kimdir sog‘, ammo kambag‘al, boshqasi boy, sog‘, biroq oilasi notinch – xullas, hamma nimadandir nolir edi.

Bir kuni tunda podshohning o‘g‘li shahar ko‘chalarini aylanib yursa, bir hovlidan kimningdir gapini eshitib qolibdi. U: "Yaxshi ishladim, pulimni oldim, qornim to‘ydi, endi maza qilib uxlayman. Mendan baxtli odam yo‘q", debdi. Podshohning o‘g‘li sevinib ketib, tezda xizmatkorlarini jo‘natibdi. Katta pul evaziga o‘sha odamning ko‘ylagini olib kelishni tayinlabdi. Xizmatkorlar hovliga kirib shahzodaning buyrug‘ini bajarmoqchi bo‘lishibdi, lekin qarashsa, haligi "baxtliman" degan odam shunchalar qashshoq ekanki, hatto egnida ko‘ylagi ham yo‘q ekan.

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

03 Jan, 05:34


#Iqtibos

Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob oʻqimoqqa barobar boʻlsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng boʻlsin.

✍️ A. H. Baxmanyor

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

02 Jan, 11:02


📘 "Qor malikasi"
Hans Kristian Andersen

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

02 Jan, 10:01


#Yangi_yil_tuhfasi

📘 "Qor malikasi"
Hans Kristian Andersen


❄️ "Qor malikasi" 7 boʻlimga boʻlingan muallifning eng uzun va eng mashhur ertagi 1844-yil 21-dekabrda chop etilgan.

Asarda Gerda va uning doʻsti Kay misolida yaxshilik va yovuzlik oʻrtasidagi kurash haqida hikoya qilinadi.

Ertak-filmni koʻrish uchun 👇

https://youtu.be/y1AqEJ7u3uM?si=5samJlRNRJ0xBtOS

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

02 Jan, 08:40


#Bilasizmi

❄️ Qor aslida oq rangda emas. U rangsiz va tiniq bo’lib, mayda kristallar (qor parchalari) yuzasida yorug’lik nuri akslanishi tufayli oq bo’lib ko’rinadi.

❄️ Qor parchalarining bir-birini takrorlamasligini fotograf Uilson Elvin Bentli 1885-yildan boshlab olgan minglab rasmlarni solishtirib aniqlagan.

❄️ Qor parchasi 2002-yil Solt Leyk Sitida o’tkazilgan Qishki Olimpiya o’yinlari ramzi bo’lgan.

❄️ Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan eng yirik qor parchasi diametri 15 dyum, qalinligi 8 dyum bo’lgan.

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

01 Jan, 13:35


#Yangi_yil_tuhfasi

📙“Qarsildoq va sichqonlar qiroli”
Ernst T. Amadey Gofman


“Qarsildoq va sichqonlar qiroli” bolalar ertagi XIX asr boshlarida nemis yozuvchisi Ernst Gofman tomonidan yaratilgan. U ertakchilikning o‘lmas durdonasi hisoblanadi. Deyarli ikki asrdan beri koʻplab mamlakatlarda Rojdestvo va Yangi yil bayramlari bu asarsiz oʻtmagan. Ertak asosida Chaykovskiyning mashhur baleti sahnalashtirilgan, koʻplab filmlar va multfilmlar yaratilgan.

Gofman bu kitobni bolalar uchun yozgan, lekin uni kattalar ham yaxshi ko‘radi,desak mubolag'a bo'lmaydi.

Multfilmni koʻrish uchun 👇

https://youtu.be/jKkkykmf-70?feature=shared

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

01 Jan, 12:04


#Yangi_yil_tuhfasi

📚 "Kitob oʻqi" kanalida
Siz azizlar uchun
❄️ Yangi yil taʼtilida issiqqina uyda qaynoqqina shokolad bilan oilaviy oʻqishingiz va koʻrishingiz kerak boʻlgan kitoblar hamda multfilm, kinolarni tavsiya etamiz!

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

01 Jan, 11:30


#Iqtibos

Men har doim yanvarni kutaman, chunki u umid olib keladi va menga kuch beradi.

Jeyms Smayli

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

31 Dec, 19:06


Mеn kanaldan chiqaman!

Xafa bo‘lmaysiz, ortiqcha gaplar ham kerak emas. Meni to‘g‘ri tushunarsiz, degan umiddaman!

🥹 Orqamdan ham yomon gap gapirmanglar, iltimos! Yaxshi-yomon gapirgan bo‘lsam yoki yomon ishlar qilib kimningdir dilini og‘ritgan bo‘lsam, chin yurakdan uzr so‘rayman!

Mening yilim nihoyasiga yetdi, — debdi baliq ilonga 🐠 🐍

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

31 Dec, 13:30


#Bilasizmi

🎄Dunyodagi birinchi yangi yil otkritkasi (ochiq xat) 1843-yilda Londonda chop etilgan.

🧧Siz ham ochiq xat yozdingizmi?
Sir boʻlmasa,kimga?😉

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

31 Dec, 11:30


Yangi yil - bolalarning orzulari ushaladigan moʻjizalar bayrami!

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

31 Dec, 05:30


#Yil_sarhisobi

2024 - yil "Kitob oʻqi" kanalining hisoboti

Bizni anchadan beri kuzatib kelayotgan sodiq obunachilarimizga va kanal statistikasidan soʻng qoʻshilgan yangi mehmonjonlarimizga
🎄YANGI 2025 - YIL muborak boʻlsin!

🥳 Bayramni oila davrasida aʼlo kayfiyatda maza qilib nishonlashingizga tilakdoshmiz!

🥹 Biz bilan birga ekanligingizdan minnatdormiz!
🎁 Oldinda sizni maxsus Yangi yil tuhfasi kutmoqda...

📖 @kitoboqiuz

Kitob O‘qi

26 Nov, 13:10


✈️ Ижтимоий тармоқларнинг болалар учун зарари ҳақидаги афсона: нима учун тақиқлар ишламайди ва нимани ўрганиш керак

Оксфорд интернет институтининг экспериментал психологи, одамларнинг виртуал муҳит билан ўзаро таъсирини ўрганувчи профессор Андрей Пшибилский фикрича, болалар учун ижтимоий тармоқларни тақиқлаш муаммонинг ечими эмас.

Бутун дунё сиёсатчилари ижтимоий тармоқларнинг ёш авлод учун зарари ҳақида ташвишланаётган бир пайтда, илмий маълумотлар бошқача манзарани тасвирлайди.

Сиёсатчилар ижтимоий тармоқларни болалар хавфсизлиги ва фаровонлигига "жиддий таҳдид" деб атаб, уларни тақиқлашга чақирмоқда. Аммо ижтимоий тармоқлар ҳақиқатан ҳам ёмонликнинг илдизи бўладими?

Сўнгги йигирма йил ичида ўтказилган илмий тадқиқотлар буни тасдиқламайди. Ижтимоий тармоқ фойдаланувчиларининг аксарияти ижобий жиҳатларни – дўстлар билан мулоқот қилиш, ўз қизиқишлари билан шуғулланиш, қийин вазиятларда қўллаб-қувватлаш имкониятини қайд этишади.

18 йил давомида 168 мамлакатда тўпланган руҳий саломатлик бўйича глобал тадқиқотлар маълумотлари интернетдан фойдаланиш ва ёшлар фаровонлиги ўртасида сабаб-оқибат алоқаси йўқлигидан далолат беради.

Ижтимоий тармоқларни тақиқлаш амалиётлари ҳам кузатилмоқда. Бироқ бу болаларнинг БМТ томонидан кафолатланган ҳуқуқларини, шу жумладан бўш вақт ва сўз эркинлигини бузиши мумкин.

Тақиқлар ўрнига профессор Пшибилский ота-оналарни фарзандларининг рақамли ҳаётида фаол иштирок этишга чақиради. Уларга ўзини ўзи бошқариш кўникмаларини ривожлантириш, ижтимоий тармоқлардан фойдаланиш бўйича соғлом одатларни шакллантиришга ёрдам бериш муҳимдир.

Бу уларни рақамли дунёда катта ҳаётга тайёрлайди. Тақиқлар эса болаларни онлайн макон билан масъулиятли ва хавфсиз ўзаро алоқани ўрганиш имкониятидан маҳрум этиб, хавфсизлик иллюзиясини яратади, холос.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Kitob O‘qi

18 Nov, 06:15


🇺🇿 18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун

Байроқ қадим-қадимдан ҳар бир халқда мустақиллик, озодлик, тинчлик ва барқарорлик тимсоли бўлиб келган.

🇺🇿 Байроғимиздаги ҳар бир ранг, ҳар бир белги ўзига хос маънога эга:

⏺️ Мовий ранг – куч-қудратни, тинчлик ва барқарорликни ўзида акс эттиради;

◽️Оқ ранг – поклик, беғуборликни ифодалаб келган;

⏺️ Яшил ранг – яшариш ва янгиланиш рамзи, шунинг баробарида она табиатимиз, асрий қадриятларимиз, иймон-эътиқодимиз тимсоли ҳисобланади.

⏺️Қизил чизиқлар томиримиздаги аждодлар қони – мангулик нишонасидир.

🌜 Навқирон ярим ой тасвири бизнинг тарихий анъаналаримиз билан боғлиқ. Айни пайтда у қўлга киритилган мустақиллигимиз рамзи ҳам.

Давлат байроғимиздаги 12 юлдуз тасвирини ўзбек халқи маданиятининг қадимийлиги, унинг комилликка, ўз тупроғида саодатга интилиши рамзи сифатида тушуниш лозим.

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

12 Sep, 07:10


Hamma narsaga “intellektual shubha” bilan qarang!

To‘g‘ri angladingiz, odamlarga, o‘zingizga, borliqqa “intellektual shubha” bilan qarash, har qanday ma’lumotni to‘g‘riligini tekshirish va hatto o‘zingizni tanqid qilish orqali tafakkuringizni o‘stirasiz.

Tanqidiy fikrlaydigan inson ko‘rsatmalarni ko‘r-ko‘rona bajarmaydi yoki yot g‘oyalar targ‘ibotiga uchmaydi.

Tanqidiy fikrlash tug‘ma qobiliyat emas, uni siz "intellektual shubha"lar asosida shakllantirasiz.

〰️〰️〰️〰️〰️

Ҳамма нарсага “интеллектуал шубҳа” билан қаранг!

Тўғри англадингиз, одамларга, ўзингизга, борлиққа “интеллектуал шубҳа” билан қараш, ҳар қандай маълумотни тўғрилигини текшириш ва ҳатто ўзингизни танқид қилиш орқали тафаккурингизни ўстирасиз.

Танқидий фикрлайдиган инсон кўрсатмаларни кўр-кўрона бажармайди ёки ёт ғоялар тарғиботига учмайди.

Танқидий фикрлаш туғма қобилият эмас, уни сиз "интеллектуал шубҳа"лар асосида шакллантирасиз.

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

04 Sep, 10:19


#Kichik_hikoya

Cho‘pon va futbolchi

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O‘g‘lim, qachon o‘yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo‘lib qolding. Uyat emasmi? Yaxshisi bor qo‘ylarga yem ber.
– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o‘ynagani chiqsam maylimi?
– O‘g‘lim foydali ish bilan shug‘ullansang bo‘lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o‘tlatib kel.
Oradan yillar o‘tib, bolakay yaxshi cho‘pon bo‘lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og‘iz ko‘pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo‘qligini iddao qilib o‘tiribdi.

Xulosa o‘zingizdan!

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

30 Aug, 06:33


🌐 O‘zbek adabiyoti
✍️ G‘afur G‘ulom
📚 Netay
⚙️ Qissalar
🔎 Toshkent - 1983
📖 37 sahifa
✔️ Kirill alifbosida
💾 pdf, 1.8 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

30 Aug, 06:33


📚 “Netay”
✍️ G‘afur G‘ulom
📝 G‘afur G‘ulomning “Netay” qissasi kompozitsiyasining o‘ziga xosligi mutolaa qiluvchi e’tiborini tortadi. Qiziq tomoni shundaki, hikoyaning asosiy qahramoni – Netay asarda darhol paydo bo‘lmaydi. Netay faqat asarning ikkinchi yarmida paydo bo‘ladi. Uning bolaligi, Semyon oilasidagi hayoti haqidagi hikoyadan oldin ko‘plab epizodlarni uchratishimiz mumkin. Toshkentdagi Andreevskaya (Poyqovok) ko‘chasining tavsifi, uning shafqatsiz qoidalari, bu yerga Samad va Polvonning kelishi, ularning “muassasa” egasi bilan suhbati, amirning uchrashuviga tayyorgarlik.

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

27 Aug, 05:17


#Iqtibos

🖇 Menga men hali o‘qib ulgurmagan kitobni bergan inson men uchun qadrli do‘stdir...

✍️ Abraham Linkoln

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

26 Aug, 03:53


#Kichik_hikoya

SANDIQDAGI PULLAR

Kampir yaqindan boshlab maktabga qatnab xat tanigan nevarasiga sandig‘ini ochtirdi. Sandiq ichida sochilib yotgan pullarni sanab chiqishdi. Buvisining puli ko‘pligidan nevara xursand edi. Momo bittasini “maktabingga” deb berdi. Pullar teng uchga bo‘lindi. Buvi aytib turdi, nevara yozdi: “O‘limlikka”. “Hayitga”. “Yilga”.
Nevarasi qing‘ir-qiyshiq qilib yozgan so‘zlardan iborat qog‘ozlarga pullar o‘ralib, rezina bilan bog‘landi va yana sandiqqa joylandi. Buvi o‘ringa yotar ekan, nevarasiga tayinladi:
– Agar uxlab qolib, uyg‘onmasam, pullarni ayang bilan dadangga aytgin.
− Buvi buncha pulni nima qilasiz? – qiziqib so‘radi bola.
− To‘yga, bolam, to‘yga.
Kampirning ko‘ziga uyqu ilinar ekan, bir oz xotirjam tortdi: “Shuncha pul yetib qolar, ishqilib bolalarimga og‘irligim tushmasa bo‘ldi”…

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

23 Aug, 08:50


🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Oftob oyim”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 13.8 Mb
Davomiyligi: 00:30:02

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...

Kitob O‘qi

23 Aug, 08:50


🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Oftob oyim”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 13.8 Mb
Davomiyligi: 00:30:02

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...👇