📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊 @ona_tilim_millat_ruhi Channel on Telegram

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

@ona_tilim_millat_ruhi


Respublikamizda eng birinchilardan bo‘lgan kanalimizga xush kelibsiz!
Kanalimizda ona tili va adabiyot, o'zbek tiliga oid ma'lumotlar, ta'lim yangiliklari yoritiladi.

Biz bilan bir qadam oldindasiz!
🌹🌹
BOSH ADMIN: @Dilda_Ollohim

ADMINKA: @TEACHER_KR

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊 (Uzbek)

Respublikamizda eng birinchilardan bo‘lgan kanalimizga xush kelibsiz! Kanalimizda ona tili va adabiyot, o‘zbek tiliga oid ma‘lumotlar, ta‘lim yangiliklari yoritiladi. Biz bilan bir qadam oldindasiz! BOSH ADMIN: @Dilda_Ollohim. ADMINKA: @TEACHER_KR. Ona tili — millat ruhi kanalimizda O‘zbekiston filologlari tomonidan o‘zbek tiliga oid ma‘lumotlar, adabiyot bilimlari, va ta‘lim yangiliklari yoritiladi. Kanalimizning bosh administratori @Dilda_Ollohim bo‘lib, kanalda o‘zbek tiliga oid har xil ma‘lumotlar, adabiyot darslari va yangilanishlar o‘qib ko‘rishingiz mumkin. Eng yangi ta‘lim metodlari, adabiyotning tanlagan muhim masalalari va o‘zbekiston tomoshabohlarining yangiligi kanalimizda o‘zbek tiliga oid ma‘lumotlarni o‘qishingiz va o‘rganishingizga yordam beradi. Kanalimizda ajoyib kompaniyalar, zamonaviy kitoblar va o‘quv materiallarining havolalari, qiziqarli adabiyot jadvali va boshqalar mavjud. Ona tili — millat ruhi kanaliga a‘zo boling va o‘zbek tilini sog‘lig‘ingizdan o‘rganing!

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

12 Jan, 01:43


Assalomu alaykum.
Yakshanba tongi muborak 🥰
Yakshanba - dam olish kuningiz oila davrasida maroqli o'tsin 🤲


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

12 Jan, 01:35


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

12 Jan, 01:00


СОҒЛИҒИНГИЗНИ  АСРАНГ

Маҳзунлик ўпканинг заифлашишига сабаб бўлади.

Асабийлик юрак ва ақлнинг заифлашишига сабаб бўлади.

Безовталик ошқозоннинг заифлашишига сабаб бўлади.

Ғазаб жигарнинг заифлашишига сабаб бўлади.

Қўрқув буйракнинг заифлашишига сабаб бўлади.


Барча ёмон ҳислардан қочинг! Чунки, ёмон ҳислар оқибати соғлиғингизга зарар келтиради.

Ҳар кунги тонгни хуш кайфият ила қарши олинг!


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

12 Jan, 00:48


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 17:14


Dard

Oh, og'ir dard, sen yana
azoblayapsan,
Olislarga yetaklab, ipsiz
bo'g'asan.
Nafas olmoq qiyin, qiynab
netasan?!
Shundog'am bezovta ruhim,
bilasan.

Jarliklarga qulab qolmoqda
omon,
Rangim ham kundan - kun
misoli somon.
Sensiz yashamog'im, axir,
dargumon,
Azaliy qiynog'ing tinch
qo'ymas hamon.

Darmon izlab topolmay
qolsam noiloj,
Tunlar sirlashgum Oy - la,
yulduzga hamroh.
Oftobning mehriday
bormikan ishonch,
Dard, sendan yiroqdan
izlaymi panoh?!

Gulchehra Jo'rayeva

https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 14:55


Уйқу олдидан китоб ўқишнинг фойдалари:

🔹 Яхшироқ ухлайсиз. Китоб ўқиш хотиржам ва соғлом уйқуни таминлайди, аммо элeкрон китоблар эмас.

🔹 Стрeссдан қутуласиз. Атиги 6 дақиқалик мутолаа стрeссни сeзиларли даражага камайтиради.

🔹 Мия фаолиятини яхшилаб, диққатни бир жойга жамлашга ёрдам бeради. Китоб ўқиш ҳeч қандай визуал матeриалларсиз, ахборотни мияда қайта ишлашга ёрдам бeради.

🔹 Сизни сeзгир қилади. Тадқиқотларга кўра: уйқу олдидан бадиий адабиётларни ўқиш, сизни сeзгир инсонга айлантиради.

🔹 Крeативроқ бўласиз. Тадқиқотларга кўра уйқу олдидан фантастик асарлар ўқиб, сиз ҳар сафар янги оламларга тушасиз, бу эса сизни янада крeативроқ инсонга айлантиради.

Сиз ҳам ухлаш олдидан китоблар ўқийсизми?


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 14:00


Qarolar falsafasi

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 13:55


"Birinchi sinov". Hojiakbar Shayxov

6 - sinf adabiyot 3 - chorak 1 - dars


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 09:13


Узоқ умр кўриш учун тавсиялар

1.  Ёшингизни эсдан чиқаринг

2.  Солиштирманг

3.  Гуруч енг, кўк чой ичинг, гўштни кўкатларга ўраб истеъмол қилинг,

4.  Оёқни иссиқ, бошни совуқ қилинг,

5.  Кўп жилмайишга ҳаракат қилинг,

6.  Ёмонликларни эсдан чиқаринг,

7.  Ҳалим бўлигг, ҳалим бўлсангиз сокин бўласиз,сокин бўлсангиз соғлом бўласиз.

8.  Инсонларни яхши кўринг, баъзиларни   яхши кўролмасангиз – уларга эътибор қилманг.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 06:51


🌧🌧🌧🌧

Бугун 11 - Январь Халқаро раҳмат куни

Хаммани Табриклайман, Борингиз учун рахмат🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗🤗
🌸🌸🍃🍃🍃


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 05:06


🎤🎧Pedkadrda bo'layotgan muloqotda

Yaqin kunlarda 70 foiz tasdiqlanishi aytildi

2 yilga amal qilar ekan

Spetsifikatsiya esa yanvar oyi oxiri yoki 10-fevralgacha e'lon qilinar ekan.

Barcha toifalar emas, faqat oliy toifali o'qituvchilarga berilishi kutilmoqda ekan.

Oldin oliy toifa bo'lganlar ham, umrbod toifa olganlar ham qayta topshirib 86dan o'tsa berilar ekan

2025-yilda ,albatta, joriy etiladi.

Psixologlar toifasi bo'yicha ham imtihon tashkil etiladi

Toifa testlari aprel-may oylarida bo'lib o'tadi.

Test formati o'tgan safargidek bo'ladi
35 /5/10


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 03:51


5-sinf Ona tili (II qism)
2024 yil Yangi darslik
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 03:51


5-sinf Adabiyot (II qism)
2024 yil Yangi darslik
@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 03:04


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 01:29


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 01:24


Уч ҳарф қай ҳолда ёнма-ён келади биласанми?

Ишқ дерсан...

Сен дерсан...

Мен дерсан...

Сен ва мен битар...

БИЗ дерсан...

Кун келиб, кет дерсан...

Хўш, тўхта жумласидан хабаринг борми!?

Тўхта дейишни билмасмисан?

Кет демоқ осон, тўхта дея олмоқ қадар юраклимисан?

Жан Южел


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

11 Jan, 01:10


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

10 Jan, 15:02


***
Тўғри ва ҳақ йўлдан юрган кишининг юриши арслон юришидан кўра маҳобатлироқдир.

Маҳмуд аз-Замахшарий

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

10 Jan, 14:45


Бугун Мусо Тошмуҳаммад ўғли Ойбек таваллуд топган кун

* * *
Хастамен… Фикрга, туйғуга тўлиб —
Ой менга ҳамқадам — сокин юрамен.
Соғайсам бир куни ёзамен тўйиб,
Ҳисларга қалбимни қўшиб ёзамен.

...Кечалар юрурмен телбадай ҳориб –
Бошимда ой борур — менга ҳамқадам.
Хаёллар учади машъалдай ёниб,
Тўйиб ёзажакман бир кун соғайсам...”

ОЙБЕК,
1959, 15-август.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

10 Jan, 14:43


#kun_tarixi

10-yanvar – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun!

Shoir, adib va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkentda tugʻilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.

Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuyg‘ular” she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning “Dilbar - davr qizi” (1931), “O‘ch” (1932), “Baxtigul va Sog‘indik” (1933), “Temirchi Jo‘ra”(1933) dostonlari o‘z davrining eng go‘zal she’riy solnomalaridir. Oybek tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan.

O‘zbek xalqining 1916-yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining “Qutlug‘ qon” (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, “Navoiy” (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning “Oltin vodiydan shabadalar” (1949) asarida xalqimizning urushdan keyingi davr yaratuvchilik mehnati, “Quyosh qoraymas” (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojialari o‘z ifodasini topgan.

Adibning avtobiografik qissasi — "Bolalik" 1963-yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya’ni Oybekning o‘zidir. Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir.

Oybek 1968-yil 1-iyul kuni 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan.

https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 15:01


📌2025-yilda Milliy sertifikat va Attestatsiya (toifa va 70 % li ustama) imtihonida ishtirok etadiganlar uchun ushbu turdagi kurslarimizga qabul boshlandi!

Ushbu kurs kimlar uchun?

🟢Abituriyentlar
🟢Maktab oʻquvchilari
🟢 Talaba va ustozlar

Kurs haqida👇

📚Kurs davomiyligi: Imtihonga qadar ( O dan boshlab oʻtiladi)
👩‍💻Dars davomiyligi: Haftada 5 kun
👩‍🏫Dars holati: Faqat jonli efir va saqlanmasi
👨‍💻Topshiriq holati: Individual tekshiruv
👩‍💼Kurs tarkibi: Ona tili va adabiyot, badiiy tahlil, badiiy asar, matn tahlili, gʻazal tahlili, esse yozish, diagnostik test
👩‍⚖ Pedagogik mahorat va kasb standartlari

💳Kurs toʻlovi:
ATTESTATSIYA: 200 ming soʻm (1 oy uchun)
MILLIY SERTIFIKAT: 250 ming soʻm (1 oy uchun).

Qabul: 10- yanvargacha

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar hoziroq roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin

Murojaat uchun:
👉
@BuMahbuba_Muallima

Namuna dars 👇👇👇

https://t.me/mahbuba_muallimanur

Natijalar 👇👇👇👇

https://t.me/+Gn09-UoIcXliOWYy



📣 Harakatni hozirdan boshlang 🤵‍♀🤵 gʻalaba sizniki boʻladi 🤴🫅👸

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 14:56


❗️1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Bunda banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda quyidagi hujjatlarning qog‘oz shakli talab etilmaydi:

🔹O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
🔹O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi;
🔹haydovchilik guvohnomasi;
🔹tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
🔹nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
🔹nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
🔹transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
🔹pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
🔹fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi);
🔹nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
🔹transport vositasining majburiy sug‘urta (fuqarolik javobgarligi) bo‘yicha sug‘urta polisi;
🔹oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
🔹talabalik guvohnomasi;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
🔹o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
🔹turar joy obyektlarining kadastr pasporti;
🔹jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.

Ushbu hujjatlarning portaldagi elektron shakllari ham tan olinadi.


©xushnudbek

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 14:55


‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 13:53


***
Жоним зулмат ичра
Бир ўжар шамдир.
Теграсида жаъми
Шамоллар жамдир.

Мени йўқ этажак
Улар бегумон,
Аммо ўчгунимча
Тун камдир, камдир...

Усмон Азим


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 12:01


#Бобосўз_изидан

ЭРТАКНИНГ ЎТМИШИ

Болаликдан энг кўп дуч келган сўзимиз эртак бўлади. Хўш, эртак сўзининг туб илдизи қандай маънони англатган? Қадимги тилимизда эрт деган сўз бўлиб, бу сўз “ўтмиш”, “кечмиш” деган мазмунни билдирган. Шундан ўтмиш ҳақида оғиздан-оғизга ўтиб келаётган ҳикоя маъносини англатган эртак сўзи келиб чиққан. “Ўзбек тилининг этимологик луғати”да бу сўзнинг пайдо бўлиши шу тариқа изоҳланган.
Эрта сўзи “аввал” маъносида ҳам тилимизда қўлланади. Масалан, эрта баҳор деганда баҳорнинг боши, аввали тушунилади. Эртакларимиз ҳам кўпинча “аввал ўтган замонда” деб бошланади.
Маҳмуд Кошғарий луғатида бу ҳақда аниқ бир гап айтилмаган. Фақат эртакка тузилиш жиҳатдан жуда яқин бўлган эрта сўзига “эрта тонг”, эртиш сўзига тортишиш, эртик сўзига “юрилган йўл” деб изоҳ берилган. Кошғарийда “ӧткüнч” (ўткунч) сўзи ҳикоя, эртак маъносида келган: “ӧткüнч ӧткüнди” деган гап “ҳикоя, эртак айтди” деган маънода қўлланган.Кўриниб турибдики, бу ерда ҳам “ӧткüнч” (ўткунч) сўзи ўтган мазмунида келаяпти.
Г.Вамбери эртак сўзининг туб илдизини эрта сўзига тақайди.
Хуллас, эрта сўзи “эрталаб маъносидан ташқари “олдин, илк пайтлар, бўлиб ўтган” маъноларини ҳам англатади. Масалан, “Экинни эрта эккан, ҳосилини эрта ўрар.”

Эшқобил ШУКУР, «Бобосўз изидан» китобидан.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 11:13


Доимо яхши гумонда бўлинг!

Бир аёл деди:
«Худо хоҳласа, мен албатта солиҳ инсонга турмушга чиқаман! У билан бахтли ҳаёт кечираман». Айтгани бўлди.
Деди:
«Мен университетда ўқишга қабул қилинишимга ишонаман ва шунга интиламан! Ўзим истаган мутахассисликга кираман!». Айтгани бўлди.
Унга дедилар:
«Етар шунча туққанинг! Болалар чарчатишдан бошқасига ярашмайди».
Деди:
«Аллоҳ ёрдам беради. Фарзандаларим қобил, кўзимнинг қувончи бўлишади». Айтгани бўлди.
Эри катта туҳматга қолиб қамалди. Дедилар:
«Эринг туҳматга қолиб қамалди. Яқин орада чиқмаса керак. Унинг фақат ўлиги чиқади».
Деди:
«Йўқ, Худо хоҳласа, албатта чиқадилар. Мен уларни жуда ҳам чиройли кутиб оламан». Айтгани бўлди. Эрининг қандай чиққани ҳаммани ҳайратда қолдирди.
Бир киши деди:
«Мен ишдан ҳайдалишдан қўрқаман. Шунинг учун ишсиз қоладиган кунларимга ҳам пул йиғмоғим керак!» Айтгани бўлди. Ишдан бўшатилди.
Нимага бизнинг айтганларимиз рўёбга чиқади?
Чунки Аллоҳ таоло: «Бандам Мени қандай ўйласа, шундайман!» дейди. Агар Аллоҳ ҳақида чиройли гумон қилса, ўзига яхши. Ёмон ўйласа, ўзига ёмон.
Шунинг учун ҳам Мусо алайҳиссалом Нил дарёсига келиб, қочишга йўл қолмаганда ҳам Роббилари ҳақида чиройли гумон қилдилар. Қавмлари: «Энди қўлга тушдик» дейишса ҳам, улар: «Йўқ! Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур» дедилар. Аллоҳ уларнинг айтганларини рўёбга чиқарди. Ақл бовар қилмас ҳолда дарё қоқ иккига бўлинди. Йўл очилди.
Ҳатто арзимас нарсалар ҳақида гапириш, ўйлашда ҳам диққат қилинг!
Доим некбин (оптимист) бўлинг! Аллоҳ ҳақида чиройли гумон қилинг! У - КАРИМ, РОҲИМ!
Ёмонлик ҳақида ўйламанг! Агар қийин вазиятга тушиб қолсангиз, Мусо алайҳиссалом айтганларидек:
У (Мусо) «Йўқ! Албатта, Роббим Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур», деди, деб айтинг

Тафаккур қилинг!

©Tafakkur3

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 11:09


Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani MMTB ga qarashli 55-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Otamurodova Gulchehraning Abdulla Oripovning "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni ?" sheʼri asosida tayyorlagan vedio lavhasi.

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 10:12


Ишонинг...

Қўлингиздан кетган бойликка, нарсаларга ачинманг, демак сизнинг насибангиз эмас экан...

Ҳаётингиздан чиқиб кетган ва чиқиб кетмоқчи бўлган инсонларни қайтаришга уринманг, демак ҳаётингизда ўз ролларини ижро этиб, бажариб бўлдилар..

Соғлиғингизга келган беморликдан кайғуга ботманг, демак Аллоҳ сизни севади, гунохларингизга каффорат бўлибди..

Йўқотганларимиз яхши эди, демак яратган унданда яхшисини беради, ишонинг...


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 04:01


​Togʻ oʻrnidan koʻchishi mumkin, lekin odamning tabiati oʻzgarmaydi.

©️Doktor Adham Bakar (Iroda tarbiyasi) kitobidan


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 02:02


ПИЁДА ЮРИНГ, УМРИНГИЗ УЗАЯДИ.

1. Юриш умрни узайтиради.
2. Кайфият кўтарилади.
3. Руҳлантиради.
4. Метаболик синдром хавфини камайтиради.
5. Ёшликни узайтиради.
6. Уйқуни нормаллаштиради.
7. Стрессни камайтиради.
8. Мияни фаолиятини рағбатлантиради.
9. Суякларни мустаҳкамлайди.
10. Ва умуман барча касалликнинг олдини олади.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 01:11


Assalomu alaykum.
Payshanba tongi muborak 🥰
Kun davomida a'lo kayfiyat tark etmasin 🤲


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 01:09


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

09 Jan, 01:08


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

08 Jan, 15:02


Устоз – Қутб юлдузи...

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

08 Jan, 15:02


8-yanvar kuni tug‘ilgan adiblar

Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri;

Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi;

Rifat Gumerov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Dildora Mardiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;

Inomjon Abdiyev, yozuvchi.

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlanayotgan barcha adiblarni qutlaymiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

08 Jan, 12:59


📌2025-yilda Milliy sertifikat va Attestatsiya (toifa va 70 % li ustama) imtihonida ishtirok etadiganlar uchun ushbu turdagi kurslarimizga qabul boshlandi!

Ushbu kurs kimlar uchun?

🟢Abituriyentlar
🟢Maktab oʻquvchilari
🟢 Talaba va ustozlar

Kurs haqida👇

📚Kurs davomiyligi: Imtihonga qadar ( O dan boshlab oʻtiladi)
👩‍💻Dars davomiyligi: Haftada 5 kun
👩‍🏫Dars holati: Faqat jonli efir va saqlanmasi
👨‍💻Topshiriq holati: Individual tekshiruv
👩‍💼Kurs tarkibi: Ona tili va adabiyot, badiiy tahlil, badiiy asar, matn tahlili, gʻazal tahlili, esse yozish, diagnostik test
👩‍⚖ Pedagogik mahorat va kasb standartlari

💳Kurs toʻlovi:
ATTESTATSIYA: 200 ming soʻm (1 oy uchun)
MILLIY SERTIFIKAT: 250 ming soʻm (1 oy uchun).

Qabul: 10- yanvargacha

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar hoziroq roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin

Murojaat uchun:
👉
@BuMahbuba_Muallima

Namuna dars 👇👇👇

https://t.me/mahbuba_muallimanur

Natijalar 👇👇👇👇

https://t.me/+Gn09-UoIcXliOWYy



📣 Harakatni hozirdan boshlang 🤵‍♀🤵 gʻalaba sizniki boʻladi 🤴🫅👸

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

08 Jan, 10:49


Afsona

Bizdan uzoqroqda, ancha
olisda,
Yashagan ekanmish bir go'zal
malika.
Husnidan to'lin oy xijolat
tortar,
Yuragi, yaralgan toshdan,
bir parcha.

Alp qomatli bir pahlavon
yigit,
U qizga bo'libdi oshiq - u
shaydo.
Yigit dil nidosin izhor
aylagach,
Malika shart qo'ydi,
" Bo'l menga fido " .

Yigit : " Senga Oyni olib
berayin,
Oftobdek boshingga nur
sochay " , dedi.
Malika indamay der
sekingina :
" Onang yuragini keltirsang
bo'ldi ".

Muhabbat ko'zini ko'r qilgan
shu choq,
Yigit ona qalbin sug'urib
oldi.
Yeldek uchib borar otning
ustida,
Bir toshga qoqilib, yerga
yiqildi.

Kaftidagi ona yuragi
shu on,
Tilga kirdi : " Bolam, lat
yemadingmi? ".
Ko'zlari ochilib, yigit
nobakor,
Iziga qaytdi - yu, nomusdan
o'ldi.

Gulchehra Jo'rayeva


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

08 Jan, 09:53


❗️50 % лик устама она тили ўқитувчиларига берилади, ўзбек тили ўқитувчиларига эмас!

Январдан ойликлари икки баравар ортишидан умид қилаётган рус ва қардош тилли мактабларнинг «ўзбек тили» ўқитувчилари мутасаддилардан она тили ва ўзбек тилининг фарқи нима эканлигини тушунтириб беришни сўрашмоқда.

Ушбу масалага аниқлик киритиш мақсадида Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ахборот хизматига мурожаат қилганимизда ҳақиқатдан ҳам рус ва бошқа тилли мактабларда ўзбек тилидан дарс бераётган ўқитувчиларга 50% лик устама берилмаслигини маълум қилди. Вазирлик вакили жавоби қуйида келтирилган:

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024-йил 21-февралдаги тегишли Фармонига асосан:

2025-йил 1-январдан — Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги умумий ўрта таълим муассасаларида она тили ва адабиёт, тарих фанларидан дарс берувчи ҳамда Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг миллий баҳолаш тизимида олинган тегишли даражадаги сертификатга эга бўлган педагог кадрларга уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида ҳар ойлик қўшимча устама тўланади (бунга қадар 20 фоиз миқдорида белгиланган).

Она тили ва адабиёти фани учун берилаётган мазкур янги устама миқдори таълим маълум бир тилда олиб борилаётган ва шу тилни она тили ва адабиёти фани сифатида ўтаётган педагогларга нисбатан татбиқ этилади. Яъни:

таълим ўзбек тилида олиб борилаётган мактабларда она тили сифатида ўзбек тили ва адабиёти фанидан;

таълим рус тилида олиб борилаётган мактабларда она тили сифатида рус тили ва адабиёти фанидан;

таълим қорақалпоқ тилида олиб борилаётган мактабларда она тили сифатида қорақалпоқ тили ва адабиёти фанидан дарс бераётган ўқитувчиларга амал қилади.

Таълим рус ва қардош тилларда олиб бориладиган мактабларда ўзбек тили (давлат тили) фанидан дарс бераётган ва тегишли миллий сертификатга эга педагоглар 20 фоизлик устама олишда давом этади.

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Dec, 01:41


Assalomu alaykum.
Chorshanba tongi muborak 🥰
Kun davomida a'lo kayfiyat tark etmasin 🤲


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Dec, 01:38


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Dec, 00:44


Ҳайқиргин,  ҳапқириб уйғонсин дунё,
Қорачиқларингда кенгайсин дунё.
Ғафлат қобиғидан сирғалсин дунё!
Дунёни уйғотмоқ муборак бўлсин!

Хабар олиб келса сенга насимлар,
Лабингдан бол тотса азиз  исмлар.
Муҳаббат тиз чўкса сўраб изнлар
Ишқдан маст бўлмоқлик муборак бўлсин!

Ўжар нигоҳларинг таъқиби ширин.
Нигоҳингда буюк севгинг яширин.
Сегоҳда ингратиб дилдаги сирин
Оғир хўрсинишлар муборак бўлсин!.

Айланса бошингдан шивирлаб сабо,
Дилингга ўт қалаб айласа адо.
Йўлингни оқликга ўраса Худо
Кўксингда иймонинг муборак бўлсин.

Юзингдан нур ёғса, кўзингдан зиё,
Нурларга чўмилиб кетаяпсан гўё
Киприклар остидан қилганча қиё
* Ўздан тонишларинг муборак бўлсин!  *

Ҳар саҳар саждага бош қўйган маҳал
Саҳарга етганинг муборак бўлсин!!!!

Zahro Shamsiyya


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Dec, 00:28


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 09:13


#Kerakli_ma'lumotlar

🔖SHE'RIY SAN'ATLAR HAQIDA

🔹Hojib –arabcha so’z bo’lib, pardali dorbozobon degan ma’noni anglatadi. Bunda qofiyadosh so’zdan oldin keladigan bir hil takror so’zga aytiladi.
Tig’ ila jigarim yonini,
Yerga oqizdi jigarim qonini.

🔹Tasbe - birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshidagi takrorlanadigan so’zga aytiladi.
Birida sencha ko’rmadim jur’at
Jurating bo’ldi maxlasinnga jihat.

🔹Tasdir –bayt boshidagi so’zning bayt so’nggida takrorlanishiga tasdir deb ataladi.
Yoz boshi dalalr soz,
O’z ko’rkini yozmish yoz.

©Ravshanova Gulnoza
🚫Koʻchirib olganda mualliflik huquqini saqlang, hurmatli admin(ka)lar

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test:  7 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test: 9 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan testlar

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test: 8 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test: 10 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test:  11 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test:  6 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 04:54


❇️ Test: 5 - sinf adabiyot mavzulashtirilgan

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 03:52


Бир киши туясини сотди. Сотиб олганлар туяни кушхонага сўйгани олиб боришди. Туя кушхонага кирмади. Қайсарлик қилиб оёқ тираб олди. Барча уринишлар бекор кетди.
Тажрибали бир киши келиб қолиб туянинг эгасини чақириб келишларини, фақат у туяни кушхонага олиб кира олиши мумкинлигини айтди.
Табиийки, туянинг эгаси келди. Арқондан ушлаб секин кушхона сари тортди. Туя секин юришни бошлади ва кушхонага кирди. Қассоблар дарров пичоқларини ҳозирлаб туяни сўймоқчи бўлишди. Аммо туянинг эгаси уларга деди:
- Дўстлар! Менга ишониб менинг изимдан юрган ҳайвонга мен қандай қилиб хиёнат қиламан?! Ахир бу туя менга ишонди-ку!

Туянинг эгаси уларнинг розилиги билан пулни қайтариб берди ва туяни олиб кетди. Сўнгра ўзига жонини ишониб топширганларга умуман хиёнат қилмасликка қасам ичди!

Сизга ишонганларга хиёнат қилманг. Алдаманг уларни. Хиёнат бу номуссизлик, разолат ва пасткашликдир...


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 01:57


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 01:18


❇️ Фақат яхши гумонда бўлинг, чунки дилингиздан, тилингиздан чиққан сўзлар ният деб қабул қилинади...

Бир аёл деди:
«Худо хоҳласа, мен албатта солиҳ инсонга турмушга чиқаман! У билан бахтли ҳаёт кечираман». Айтгани бўлди.

Деди:
«Мен университетда ўқишга қабул қилинишимга ишонаман ва шунга интиламан! Ўзим истаган мутахассисликга кираман!». Айтгани бўлди.

Унга дедилар:
«Етар шунча туққанинг! Болалар чарчатишдан бошқасига ярашмайди».
Деди:
«Аллоҳ ёрдам беради. Фарзандаларим қобил, кўзимнинг қувончи бўлишади». Айтгани бўлди.

Эри катта туҳматга қолиб қамалди. Дедилар:
«Эринг туҳматга қолиб қамалди. Яқин орада чиқмаса керак. Унинг фақат ўлиги чиқади».
Деди:
«Йўқ, Худо хоҳласа, албатта чиқадилар. Мен уларни жуда ҳам чиройли кутиб оламан». Айтгани бўлди. Эрининг қандай чиққани ҳаммани ҳайратда қолдирди.

Бир киши деди:
«Мен ишдан ҳайдалишдан қўрқаман. Шунинг учун ишсиз қоладиган кунларимга ҳам пул йиғмоғим керак!» Айтгани бўлди. Ишдан бўшатилди.

Нимага бизнинг айтганларимиз рўёбга чиқади?

Чунки Аллоҳ таоло: «Бандам Мени қандай ўйласа, шундайман!» дейди. Агар Аллоҳ ҳақида чиройли гумон қилса, ўзига яхши. Ёмон ўйласа, ўзига ёмон.

Шунинг учун ҳам Мусо алайҳиссалом Нил дарёсига келиб, қочишга йўл қолмаганда ҳам Роббилари ҳақида чиройли гумон қилдилар. Қавмлари: «Энди қўлга тушдик» дейишса ҳам, улар: «Йўқ! Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур» дедилар. Аллоҳ уларнинг айтганларини рўёбга чиқарди. Ақл бовар қилмас ҳолда дарё қоқ иккига бўлинди. Йўл очилди.

Ҳатто арзимас нарсалар ҳақида гапириш, ўйлашда ҳам диққат қилинг!

Доим некбин (оптимист) бўлинг! Аллоҳ ҳақида чиройли гумон қилинг! У - КАРИМ, У РОҲИМ!

Ёмонлик ҳақида ўйламанг! Агар қийин вазиятга тушиб қолсангиз «Инна маъия Роббий саяҳдийн»  (Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур) деб айтинг!


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Dec, 01:09


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

23 Dec, 12:16


Общий доступ CHSB-2_7-sinf_O'zbek tili_1-variant.pdf

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

23 Dec, 12:16


Общий доступ CHSB-2_7-sinf_O'zbek tili_2-variant.pdf

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

23 Dec, 12:16


Общий доступ CHSB-2_11-sinf_O'zbek tili(1-variant).pdf

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

23 Dec, 12:16


Общий доступ CHSB-2_11-sinf_O'zbek tili(2-variant).pdf

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 15:01


JUDA KOʻP TALABLARGA BINOAN

FAQAT ESSE YOZISHNI O'RGATADIGAN onlayn kurs ochilmoqda!


Biz sizga 🇺🇿 ,, Ta'lim fidokori " ko'krak nishoni sohibasi, MILLIY SERTIFIKAT egasi, Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistrant, yuqori toifali oʻqituvchi, 12 yillik repetitor tajribasiga ega  filolog-ustoz:
Mahbuba_Muallima  onlayn darslarini tavsiya etamiz

Dars har kuni sizga qulay vaqtda

Toʻlov - 150 ming soʻm

Plastik raqam👇

4073 4200 4973 1783

Dars : 30- noyabrdan boshlanadi
Muddati: 22- dekabrgacha
Qabul: faqat bugun

👩‍💻Videodarslar orqali esse yozish texnikasini mukammal o'rganasiz. Yuborilgan barcha ishlar ustoz tomonidan 100% qo'lda tekshiriladi va tahlil qilib beriladi .Har bir essening ovozli tahlili bilimlaringizni
mustahkamlaydi.
Ustoz bilan telifon orqali bogʻlanib savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
👉
@BuMahbuba_Muallima

Namuna dars 👇👇👇

https://t.me/mahbuba_muallimanur

Natijalar 👇👇👇👇

https://t.me/+Gn09-UoIcXliOWYy



📣 Imtihonga oz qoldi!

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 10:02


🌺

Кузнинг сўнгги нафаси...

Бугун - Тиллоранг фаслнинг сўнгги куни...

Хазонрез фасл --- Ўзининг дилрабо гўзалликларини, олтин саватидаги саховатини кўрсатган куз билан хайрлашиш онлари етди...
Шивалаган ёмғирларда маҳзун қўшиғини куйлаган, юзларни сийпалаган насимларда ҳазин рақсини намойиш этган кузакнинг сўнгги нафаси...

Қалбимизда мунгли сирларини яширган оламнинг сўнгги қадами..., сўнгги бекати...

Баҳорлар келса хазонлар яна кўм - кўк майсалар бўлиб унади, кўнгилларни хушнуд этади,
Сўнгги япроқларидан айрилган дов - дарахтлар эса кўклам ташрифидан нозланиб, оппоқ бўлиб гуллайди..майин саболар дилларни яйратади...

Алвида, Олтин Куз..!

Латофат

🍂🍁🐦‍🔥
https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 09:59


🍁Бугун 30 ноябр - кузнинг охирги куни. Эртадан, кўнгилларга оппоқ туйғуларни, зумрад қиш ташриф буюради.
Қорлари билан қувонтиргувчи қиш қалбларимизга қордек оқлик олиб келсин!

ЭРТАГА ҚИШ ❄️

Куни битган кузак  бечора,
Қўлин чўзар қишнинг роҳига.
Бериб оппоқ тонгдан ишора,
Қорлар чизар дарахт шохига,

Туширгайдир боғ ҳам бугун,
Елкасидан хазон юкини.
Зумрад осмон жилмаяр гулгун,
Бугун кузнинг охирги куни!

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 06:41


КУН ҲИКМАТИ

Саҳрода роҳиб яшар, у одамларга қудуқдан сув олиб берарди. Аммо негадир жуда камгап эди.
Бир куни ундан сўрашди:
– Нега сокинликни севасан? Жимгина яшаш сенга нима беради?
Роҳиб қудуққа ташлаб қўйилган челакни тортиб олди ва савол берган одамдан унга қарашни сўради:
– Қудуқда нимани кўряпсиз?
– Ҳеч нарсани! – жавоб берди савол берган киши. Роҳиб ундан бироз кутиб туришини илтимос қилди-да, яна сўради:
– Энди қаранг.
– Ўзимни кўряпман! – деди ҳалиги одам бу сафар.
Роҳиб айтди:
– Биринчи қараганингизда сув чайқалиб турганди, шунга ҳеч нарсани кўрмадингиз. Иккинчи қараганингизда у тинган эди ва сиз ўз аксингизни кўра олдингиз. Сокинлик ҳам худди шундай. Унинг ёрдамида инсон ўзини топмоғи мумкин.

Япон ривояти

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 03:30


Assalomu alaykum, azizlar 🥰
Sokin kuzning so'nggi kuni barchamiz uchun xayrli va mazmunli o'tsin 🤲

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 03:26


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 00:38


Абдулла Орипов

ВИЖДОН

Жаҳон шоирлари виждон ҳақида
Азалдан минг-минглаб байтлар ёзмишлар.
Виждон-ку, аслида собит ақида,
Кимлардир бу йўлдан гоҳо озмишлар.

Балки виждон дея тинмай чекиб оҳ,
Ҳайқириб юрмайди ҳар қандай одам.
Топилгай боболар ҳикматларин гоҳ,
Шунчаки насиҳат дегувчилар ҳам.

Қай битта нарсага муҳтож бўлса гар,
Энг аввал ўшанга топингай инсон.
Майли, уммон қадар ё зарра қадар,
Ҳар нечук қалбларда бор бўлсин виждон.

Магар кетар бўлса виждон бош олиб,
Иймон ҳам у билан бирга кўчгайдир.
Буткул марду номард таянчсиз қолиб,
Чоҳ узра чирпирак бўлиб учгайдир.

Девлар қутулгандек Сулаймон ўлиб,
Бетизгин туйғулар ҳар ён югургай.
Қалб деган истеҳком посбонсиз бўлиб,
Энг аввал нафс унга ўзини ургай.

Ҳақиқат аталмиш равшан қуёшни,
Очиқ дийдаларки, илғамас кўриб.
Авлиё дегайлар сўқир авбошни,
Адолат ўрнини эгаллар фириб.

Иложин топсалар ҳар қандай онда
Эл-юртни чалғитиб қўярлар осон.
Гар ҳакам бўлсалар бирор майдонда,
Мағлубни ғолиб деб этарлар эълон.

Куппа-кундуз куни киприк қоқмасдан
Ёлғон сўзлай бошлар даҳолар ҳатто.
Кимлардир умрида бир шам ёқмасдан,
Машъал бўлмоқликни қилгайлар даъво.

Виждон кетган жойда албатта бир кун,
Илондек қўзғолур бўҳтон ва туҳмат.
Бу ёруғ оламда одамзод учун
Бормикан улардан ортиқроқ кулфат.

Виждонсиз кимсага дуч келган нафас
Кофир ҳам дод солгай: Асрагил, ё Рабб!
Оддий Бисмиллони билмайдиган кас
Илтижо қилгайдир қиблага қараб.

Виждондан айрилиб қолган фурсатда
Бошланар тож-тахтга ружу дафъатан,
Не-не зукко халқлар қолиб ғафлатда,
Тўзғиб кетажакдир бутун бир Ватан.

Ҳа, ўзинг ёрлақа, яратган Эгам,
Иблис юракларга қутқу солмасин.
Виждондан мосуво этмагин ҳеч ҳам,
Токи у хотирот бўлиб қолмасин.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 00:36


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

30 Nov, 00:32


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 15:07


Yasmin

Yomgʻir hidi
Jannatning isi.
Bu ruhimda yangraydi azon.
Bizga baxtni yetaklab kelar
Ana,
Koʻchalarda daydib ramazon.
Saharlik boʻladi visol,
Iftor boʻlar menga husningiz.
Joynamozdan boshim koʻtarib ,
Yozaman havoga ismingiz.
Havo kuyib qolar muhabbatimdan.
Lablarim suv emas , sizni istaydi.
Xudodan intiqib soʻrayman,
Yorijon kelsaydi,
"Iftor" kelsaydi.
Keling ,
qoʻlimda bir quchoq yasmin gullari,
Ular faqat sizga,
faqat siz uchun.
Visolga ochiqqan bir Majnun deya,
Yorijon kuttirib kelmaysiz,
Nechun?

Kutaman qoʻlimda bir quchoq Yasmin...

©Mehriddin

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 08:00


Hozir tayyorladim...shoshildim..

Xatolar bo'lsa ,uzr...

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 08:00


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 08:00


Ҳикмат бўстони

Билганларингни англат, аммо ақл ўргата кўрма. Англатилганларни яхшилаб эшит, аммо ҳаммасини ҳам тўғри деб билма.
Сукут сақлашинг бирор нарсани билмаганлигингни билдирмаганидек, кўп гапиришинг кўп нарса билганингни кўрсатмайди.
Ҳар кимни ўзинг билан тенг кўр. Ким бўлишидан қатъий назар, бир инсонни менсимаслик ақлсизлик, жудаям юқори қўйиш қўрқоқликдир.
Жасорат ақлдан келса жасоратдир, билимсизликдан келса жаҳолатдир...

Жалолиддин РУМИЙ

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 08:00


#Slayd
5-sinf ONA TILI DARSLARI UCHUN IBORALAR MAVZUSIDA SLAYD.

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 08:00


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 08:00


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 04:55


JUDA KOʻP TALABLARGA BINOAN

FAQAT ESSE YOZISHNI O'RGATADIGAN onlayn kurs ochilmoqda!


Biz sizga 🇺🇿 ,, Ta'lim fidokori " ko'krak nishoni sohibasi, MILLIY SERTIFIKAT egasi, Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistrant, yuqori toifali oʻqituvchi, 12 yillik repetitor tajribasiga ega  filolog-ustoz:
Mahbuba_Muallima  onlayn darslarini tavsiya etamiz

Dars har kuni sizga qulay vaqtda

Toʻlov - 150 ming soʻm

Plastik raqam👇

4073 4200 4973 1783

Dars : 30- noyabrdan boshlanadi
Muddati: 22- dekabrgacha
Qabul: faqat bugun

👩‍💻Videodarslar orqali esse yozish texnikasini mukammal o'rganasiz. Yuborilgan barcha ishlar ustoz tomonidan 100% qo'lda tekshiriladi va tahlil qilib beriladi .Har bir essening ovozli tahlili bilimlaringizni
mustahkamlaydi.
Ustoz bilan telifon orqali bogʻlanib savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
👉
@BuMahbuba_Muallima

Namuna dars 👇👇👇

https://t.me/mahbuba_muallimanur

Natijalar 👇👇👇👇

https://t.me/+Gn09-UoIcXliOWYy



📣 Imtihonga oz qoldi!

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

29 Nov, 04:16


Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani 99-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Berdiqulov Oxunjonning 5-sinf o'quvchilari ona tili darsida ,,O'rtog'imga yondaftarcha " loyihasi taqdimoti 5 ta boshqichining yakuniy qismi.

Sana: 28.11.2024


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 05:55


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 05:55


💥 Бугун, 28 —ноябрь "Халқаро меҳр-шафқат куни"

Шу муносабат билан, бугун Ота-Оналаримиз, ака-ука, опа-сингилларимиз ва умуман жигарларимизга меҳр-эьтиборли бўлиб, ширин сўзларимиз билан эркалайлик, кўнгилларини олайлик!


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 05:55


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 05:55


Rangli qog'ozga chiqarib oling.


https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 01:26


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 01:18


Абдулла Орипов

БАЙРАМ

Токи тирик экан дунёда одам,
Унга ҳамроҳ эрур гоҳ шодлик, гоҳ ғам.
Эртанг не бўлишин билмасман аммо,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам.

Ёрдан айри кечса — ҳар лаҳза абас,
Вафосиз дўстни ҳам дўстим дема, бас.
Кенг жаҳон сен учун бўлмасдан қафас,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам.

Демагил, чопқирдир омадим маним,
Ҳеч қачон беланмас лойларга шаъним.
Устингдан ёзмасдан бир номард ғаним,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам.

Оддий нарсаларни кўзга илмай гоҳ,
Олис юлдузлар деб чекамиз оҳ-воҳ.
Бошингни қотирмай ёнингдаги моҳ,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатга, байрам.

Оламда базму айш учрар аломат,
Беморга бормикан ундан ҳаловат.
Майлига ёвғон ич, лекин саломат,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам.

Энг аввал тинч бўлсин кўксингда виждон,
Тинч бўлсин элу юрт, Ватан жонажон.
Ғуборга чулғанмай шу еру осмон,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатга, байрам.

Яшашнинг шавқин сур сира толмасдан,
Шеъринг ёз, пайсалга энди солмасдан.
Фақат қартайганда севиб қолмасдан,
Тинч ўтган ҳар кунинг, албатта, байрам.

1994

Абдулла Орипов


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

28 Nov, 01:02


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 17:43


Samarqanddan uy olib men bilan qo'shni bo'ling🏢

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 08:21


"Sadiy Iskandariy " dostoni

https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 08:21


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 08:21


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 08:21


Hozir tayyorladim...shoshildim..

Xatolar bo'lsa ,uzr...

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 08:21


Navoiy Xamsa mp3 shakli

©videodarslarkanali

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 08:21


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 01:06


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 01:00


Абдулла Орипов

ИНСОН

Шукрона айт доим, виждонинг қийнаб,
Турфа савдолардан бўғилганингда.
Бир умр яшардинг бамбукни чайнаб,
Агар панда бўлиб туғилганингда.

Худо кўрсатмасин, чаён бўлсанг гар,
Нобуд қилар эдинг ўзингни ўзинг.
Фахр этсанг арзийди осмонлар қадар,
Бордир Инсон деган шонли юлдузинг.

Одамга ярашмас тубанлик, пастлик,
Худбинлик эмасдир олий ғояси.
Инсоннинг кифтидан бошланар асли,
Чексиз коинотнинг пиллапояси.

Оёғинг остида пойандоз дунё,
Саховат бобида эрурсан Ҳотам.
Икки оёғингнинг орасидан то,
Туя ўтиб кетсин — дер эди отам.

Агар сен нолисанг, дарёлар қуриб,
Тоғларнинг ўрнидан кўчгани яхши.
Олис юлдузлар ҳам кўкка бош уриб,
Надомат комида ўчгани яхши.

Фалак фахр этмишдир Инсонни туғиб,
У асло ҳалокат недир — кўрмасин.
Прометей саҳрода хас-хашак йиғиб,
Алпомиш чумоли териб юрмасин.

✍️2016 йил 2 август


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

27 Nov, 00:56


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

26 Nov, 09:35


So'z birikmasi tarkibidagi so'zlarning o'zaro birikish usullari

Kelishik va egalik qo'shimchalari hamda ko'makchilar so'z birikmalari tarkibida so'zlarni bir-biriga bog'lashga xizmat qiladi. So'z birikmasi tarkibidagi so'zlar uch xil yo'l bilan birikadi:
1. Bitishuv. So'z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so'zning hech qanday qo'shimchalarsiz, faqat ohang va ma'nosiga ko'ra bog'lanishi bitishuv deyiladi. Masalan: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o'quvchi.

2. Boshqaruv. Tobe so'zning hokim so'zga tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida bog'lanishi boshqaruv deyiladi. Masalan: do'stlarni hurmat qilmoq, g'alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g'amxo'rlik qilmoq.

3. Moslashuv. Tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi moslashuv deyiladi. Masalan: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog'i.

Teng bog'lanish va tobe bog'lanish.

So'zlarning o'zaro bog'lanishi ikki xil bo'ladi:
1. Teng bog'lanish - ikki so'zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo'ysunmay bog'lanishiga aytiladi. Masalan: kitob va daftar, ustoz, va shogird, uy va tom.

2. Tobe bog'lanish - bir so'zning (tobe so'zning) boshqa bir so'zga (hokim so'zga) tobelanishi orqali bog'lanishi asosida yuzaga keladi. Masalan: universitetning hovlisi, bolalarning kattasi, opamning kitobi, uyning tomi.

So'zlarning tobelanish asosida bog'lanishi so'z birik- malarini hosil qiladi va so'z birikmasi ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo'lishiga qaramay, bitta tushunchani ifo- dalaydi. Masalan: bog'dan kelmoq, she'rni yodlamoq, qizil gul, uyga kirmoq.

So'zlarning teng bog'lanishi so'z qo'shilmalarini hosil qiladi. So'z qo'shilmasida har bir so'z ma'no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususi- yatini saqlab qoladi. Masalan: qalam va ruchka, stol va stul, opam va kitob, siz bilan biz.

So'z qo'shilmalarida so'zlar sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng bog'lovchilar vositasida birikadi.

So'z birikmasi va soʻz.
So'z birikmalari ham so'zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so'z - leksik hodisa, so'z birikmasi - grammatik hodisa- dir. So'z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so'zlarning oʻzaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. Masalan: kitob so'zi bir narsa- ning umumlashgan oti bo'lib, yolg'iz tushunchani ifodalaydi, o'rtog'imning kitobi birikmasida esa faqat „kitob" ma'nosining o'zi emas, balki o'rtog'imga tegishli kitob" tushunchasi ifodalanadi.

So'z birikmalarida ma'no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo'ladi. Qiyoslang: nor erkak tuya, g'o'nan ikki yashar ot. Shuning uchun lug'atlarda so'zning ma'- nosini ochib berishda so'z birikmalaridan foydalaniladi.

So'z birikmasi va qo'shma so'z.
So'z birikmasida ham, qo'shma so'zda ham qismlar bir xil so'z turkumiga oid bo'lishi, har ikkalasi bir xil grammatik shaklga ega bo'lishi mumkin. Bu ularning shakliy o'xshashligidir. Lekin so'z birikmasidagi qismlar ma'no mustaqilligini saqlagan bo'ladi. Qo'shma so'z tarkibidagi qismlarning ma'nosi esa saqlanmagan boʻlib, qo'shma so'zning umumiy ma'nosi orqali anglashiladi.

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

26 Nov, 06:06


КУН ҲИКМАТИ:

Жоҳиллар билан тортишманг, мен уларни ҳеч қачон енголмадим.

Имом ҒАЗЗОЛИЙ

https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Nov, 06:45


❇️ Камбағал — ишлайди ва ишлайди;
Бой — камбағалларни ишлатади;
Аскар — буларнинг иккаласини қўриқлайди;
Солиқ тўловчи — буларнинг уччаласига тўлайди;
Банкир — буларнинг тўртталасини талайди;
Адвокат — буларнинг бешовини алдайди
Доктор — буларнинг олтовининг пуллларини шилади;
Қароқчи — буларнинг еттовини қўрқитади;
Сиёсатчи — юқоридаги саккизтанинг ҳисобига бахтли ҳаёт кечиради.

©️ Марк Тулий Цицерон


❇️ Япония бош вазири Синдзо Абедан Япония тараққиёти, япон мўжизаси сири нимада деб сўрашганда: "Биз ўқитувчиларга вазир маошини, дипломатнинг дахлсизлигини ва императорнинг ҳурматини бердик", - деб жавоб қайтарган.




❇️ "Агар маошингиз фақат ейиш-ичиш ва ухлашингизга етаётган бўлса, буни ишлаш дейилмайди. Қадимда буни "қуллик" аташган".




❇️ Ўрта Шарқ таълимга эътибор қилмади. Мана энди шунинг ҳақини тўламоқда.

Виктор Шай



❇️ Агар мамлакат нотўғри идора қилинса, ҳамма ақлли кишилар уни тарк этади.

Ли Куан Ю, Сингапур собиқ бош вазири


❇️ Ҳар бир давлатнинг ўқитувчига бўлган сиёсий муносабатида ўша мамлакатнинг қудрати ёки заифлиги намоён бўлади.

Отто фон Бисмарк (1815-1898) Герман Империясининг биринчи канцлери


❇️ Ер майдони Мисрникидан кичик бўлган Японияда бир юз йигирма миллиондан ортиқ аҳоли яшайди. Шу билан бирга у ерда очлик ҳам, камбағаллик ҳам йўқ. Фаровонликда японлар Америкадан ҳам ўтади. Ваҳоланки, у ерда нефть ҳам, кўмир ҳам ва ҳатто темир ҳам йўқ.
Лекин бу мамлакатда энг қимматбаҳо хазина - ҳазрати Инсон бор.

Доктор Мустафо Маҳмуд

©konspektor


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Nov, 01:24


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Nov, 00:59


Абдулла Орипов

АССАЛОМ

Тонгда мактабига шошар болакай,
У ҳам ўз ишига масъул экан-да.
Ва лекин дуч келган одамга атай
Салом беришни у қилмайди канда.

Сен ишга борасан, остонадаёқ
Қоровул “Салом” деб, разм солади.
Бошлиғинг чорлайди, чиқасан шу чоқ,
Салом берсанг балки алик олади.

Бу олам шунақа қурилган ўзи,
Ҳидлашиб кўришар ҳатто ҳайвонот.
Қуръоний каломдир “Ассалом” сўзи,
Дўзахи саналур такаббур ҳар зот.

Ҳеч нарса йўқотмас салом берган ҳам,
Камайиб қолмайди ким олса алик.
Лекин қулфи дилинг очилгай шу дам,
Демак, дунё тинчдир, олам беҳадик.

Булут тўсса ҳамки боқабер Қуёш,
Тафтинг бўлмаса ҳам чиқабергин, Ой.
Майсалар салом деб кўтармоқда бош,
Бу ҳам бир мактабдир, бизга ҳайнаҳой.

✍🏻 2013 йил 20 ноябрь


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

25 Nov, 00:41


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Nov, 15:53


JUDA KOʻP TALABLARGA BINOAN

FAQAT ESSE YOZISHNI O'RGATADIGAN onlayn kurs ochilmoqda!


Biz sizga 🇺🇿 ,, Ta'lim fidokori " ko'krak nishoni sohibasi, MILLIY SERTIFIKAT egasi, Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistrant, yuqori toifali oʻqituvchi, 12 yillik repetitor tajribasiga ega  filolog-ustoz:
Mahbuba_Muallima  onlayn darslarini tavsiya etamiz

Dars har kuni sizga qulay vaqtda

Toʻlov - 100 ming soʻm

Dars : 25- noyabrdan boshlanadi
Muddati: 22- dekabrgacha

👩‍💻Videodarslar orqali esse yozish texnikasini mukammal o'rganasiz. Yuborilgan barcha ishlar ustoz tomonidan 100% qo'lda tekshiriladi va tahlil qilib beriladi .Har bir essening ovozli tahlili bilimlaringizni
mustahkamlaydi.
Ustoz bilan telifon orqali bogʻlanib savollaringizga javob olishingiz mumkin boʻladi.

Murojaat uchun:
👉
@BuMahbuba_Muallima

Namuna dars 👇👇👇

https://t.me/mahbuba_muallimanur

Natijalar 👇👇👇👇

https://t.me/+Gn09-UoIcXliOWYy



📣 Imtihonga oz qoldi!

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Nov, 14:51


ДАРАХТ

Дарахт, ўз томиридан ўсиб чиққан Ниҳолга айтган экан:
- Баҳорда гулга бурканганимда бошим устида арилар ғужғон ўйнаб, алёр айтди. «Сизлар кимсиз?» - демадим.
- Ёз палласи япроқларим зумраддек товланганда қушлар шоҳларимда паноҳ топиб, ошиён қурди. «Сизлар кимсиз?» - демадим.
- Саратон офтоби оламни ёндирганда йўловчилар соямдан баҳраманд бўлиб, жон сақлади. «Сизлар кимсиз?» - демадим.
- Куз келиб, меваларим ғарқ пишганда одамлар узиб, тўйгунча тановул қилди.«Сизлар кимсиз?» - демадим...
Ногаҳон бир номард танамга болта урган эди, ҳаммаси ҳар ёққа қочди- кетди! Улардан нажот сўрасам, «сен кимсан?» дейишди...
Ёнимда танҳо сен қолдинг!


«Дафтар ҳошиясидаги битиклар»дан

https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Nov, 09:10


🍁🍁🍁

Соғиниб боряпман, нафасма-нафас...

1
«Қишлоқдан нима олиб борай?»
(Укамнинг сўрови)

Кузнинг оқшомида осмон хўмрайган,
Олисда бир юлдуз титрайди дилгир.
Ечинган дарахтлар талвасасида —
Негадир қуёшдан олдим хавотир....

Кун сайин жонимнинг ичкарисида,
Улғайиб боради аллақандай чўғ.
Теграмдан айланиб ўтади кунлар,
Қачон яшаганим эсимда ҳам йўқ.

Деразамдан боққан хазонлар билан
Дарди ҳол қиламан телбаларга хос.
Ўйлайман гоҳида ўзимдан қочиб:
Дунёга шунчаки келганман холос...

Нега тирилишни истамаяпман
Менсиз ҳам ўликлар тўлган замонда?!
Дуч келган одамдан сўрайвераман:
Хабарингиз йўқми қуёш томондан?!

Сен қўнғироқ қилдинг қуёш томондан
Ёки хаёлимда бу бўлди содир.
Исо Масиҳдаги нодир нафасни
Ҳар бир ҳужайрамда сезаяпман ҳозир.

Ҳозир икки дунё ўртасидаги
Йўлдайин сархушман,
Йўлдайин музтар.
Кузнинг оқшомида бу совуқ симлар,
Қизиб кетди сендан келтириб хабар.
Шаъм эдим яна ҳам баландроқ ёндим,
Сенинг овозингни эшитган маҳал.
Хазон қамалида қолган уйимга.
Меҳринг кириб келди ўзингдан аввал.
Укажон,
Қишлоқ осмонида сузган булутнинг
Тўзғин хаёлини келтиргин менга.
Дадамни соғиниб сарғайиб кетган —
Боғнинг шамолини келтиргин менга.

Ҳануз уйимизда осиғлиқ турган,
Онам нимчасининг ҳидин қўмсар дил.
Унинг тугмасида бизни кўрганда,
Порлаб кетадиган нурни олиб кел.

Ҳеч кимдан сўрамай томорқамизда,
Фасл танламасдан ўсгувчи гулнинг
Шиддату шахдини олиб кел менга
Токи тирилтирай сўлган кўнглимни.

Олифта оҳанглар тегди жонимга,
Соғиндим ҳаётнинг ҳалол авжини.
Олиб кел қишлоқча куйлаган ўша.
Нотага сиғмаган ариқ мавжини.
— Жаҳон экиб берайми?
— Жаҳон экиб берайми?

3
Менга шодлик юбор,
Ва яшил умид,
Райҳонлар нафаси сўнаётган дам,
Ишқдай беғуборлик юборгин яна,
Ўзимда тонгларинг кўрайин мен ҳам...

Ва борай қушларнинг анжуманига.
Парвозни ўрганиш учун олай дарс,
Катталашиб борар ахир кундан кун,
Дунё билан менинг орамдаги дарз.

Менга шодлик юбор,
Қайғудан ортган.
Ва дил пардасида чалгувчи рубоб,
Сени маст айласа, ёзғирма мени,
Кўзим косасида чайқалган гулоб.

Менга шодлик юбор
Ва беғуборлик
Бунча кўп киряпман ернинг тушига,
Ҳолим ўхшаб борар лаҳзама-лаҳза,
Соҳилнинг денгизга талпинишига.

Шафақ кўзгусидан ўчирмай тургин,
Ҳали ҳам кўнглимга беряпман пардоз.
Руҳимдаги баланд туғёнлар билан —
Бандангман, бандангман, бандангман, холос.
Менга шодлик юбор,
Ғамдай чиройли,
Ва тундан сокинлик,
қалдирғочдан сас.
Дилимдаги дилни,
Жондаги жонни,
Соғиниб боряпман, нафасма-нафас...
Менга шодлик юбор,
Ғамдай чиройли.

4
Эй тун, саҳарим бор сендан айрилсам,
Шамсу меҳварим бор сендан айрилсам.

Юзинг оқ, қилмишинг бунчалар қора,
Эй дўст, зафарим бор, сендан айрилсам.

Кунларим кунларга уриб синдирдинг,
Зеру забарим бор сендан айрилсам.

Ғамнинг бутасида, гуллатдинг кўнглим,
Недан хатарим бор сендан айрилсам.

Нигоҳингни йиртсам заққум кўринди,
Ҳақдан назарим бор сендан айрилсам.

Кулган қуёшимни йиғлатдинг фосиқ,
Нурдан хабарим бор сендан айрилсам.

«Менсиз тупроқсан», — деб қўрқитма ҳаёт,
УНГА сафарим бор сендан айрилсам.

Ҳалима Аҳмедова

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Nov, 05:37


* Тарона

КУЙДИМ

Сирожиддин САЙЙИД ғазали

Шерали Жўраев ижросида

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Nov, 05:37


***
Мен ишқ элининг нолаю афғонида куйдим,
Кўнгил уйининг оташи армонида куйдим.

Меҳрин тилабон ўтса агар ошиқи зорлар,
Меҳримни бериб мен эса товонида куйдим.

Мушкул эди йўл, ранж ила изҳорига етдим,
Сизлар кўйида, мен эса домонида куйдим.

Дўст ким, рақиб ким, ҳақ бирла ҳаким ким, –
Билмай аслин лол ила ҳайронида куйдим.

Ҳар ён садо берди манинг зори дилимга,
Интилдим-у, лекин дағи ҳар ёнида куйдим.

Дунёйи азалнинг ғазалий матлаъи булдур:
Бошлаб ҳама ишни ани поёнида куйдим.

Ҳам мақсаду, ҳам матлабу, ҳам дарду ва ҳам ишқ,
Ҳам ишқ элининг нолаю афғонида куйдим.

Сирожиддин САЙЙИД

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

24 Nov, 05:37


* Кун ҳикмати

Яшаш ва эркинликка ҳар куни улар учун курашувчи одамгина лойиқдир.

Иоганн Волфганг ГЁТЕ

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

21 Nov, 01:39


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

21 Nov, 01:05


БИРОВНИНГ ГУЛИ…

Деворла ўралган ҳовли ичида
ариқча лабига эгилган куйи,
атиргул ўртанар кимнинг ишқида,
эпкиндан қалтирар,
тўзғиган ўйи.

Эй десам,
атиргул ёмон титради,
тўкилиб кетдими дедим ҳидлари,
нураган деворнинг берги ёғида
бузилган юрагим нозик питради.

Шундоқ гул…
кимсасиз ҳовли ичида,
бегона нигоҳдан титрайди мунча.
Мунчалар хокисор кимнинг ишқида,
авжида очилган,
эмасди ғунча…

Шундоқ гул…
ҳалиям боқар ҳаёсиз,
ахир сал яширса дейман дардларин,
эҳ, шўрлик,
тобора қуёш аёвсиз,
ҳадемай тўкилар бахмал барглари.

Бир ўтли нигоҳдан титрайди ёмон,
журъатли бир қўлнинг садқаси, қули.
Ўзиям гулмисан гул эди аммо
бировнинг гулийди,
бировнинг гули…

Шавкат  РАҲМОН


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

21 Nov, 00:48


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:23


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:23


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:23


ERGASHGAN QO’SHMA GAPLARNI BOSH VA ERGASH GAPGA OSON AJRATISH
    Bir so’z bilan aytganda      bosh +ergash  
   
 
    Bir so’z bilan aytganda         ergash  + bosh  
  1 Qaysi qatorda ergash gap bosh gapdan oldin kelgan ?
  2 Qaysi gapda ergash gap oldin bosh gap keyin kelgan ?
  3 Qaysi qatorda bosh gap ergash gapdan keyin kelgan ? 
  4 dumaloq+ to’rtburchak qolipli gap qaysi qatorda ?
 
Ergashgan qo’shma gaplarni nimadir bog’laydi . Ergashgan qo’shma gaplar vergul bilan ajratiladi . Bog’lovchi vosita ko’p hollarda verguldan oldin yoki verguldan keyin keladi . Ko’p hollarda dedim har doim emas ..
Siz quyidagi bog’lovchi vositalarning qayerda kelish o’rnini bilib olsangiz . Yapon bolasi bilan habash bolasini ,yoki rus bolasi bilan qirg’iz bolasini qanday ajratsangiz shunday aniqlab ketaverasiz . Bu ergash gap bu bosh gap deb .
 
 Bosh gap boshida keladi :
 Shuning uchun , shu sababli , shu bois , natijada ,oqibatda
1. Choyni damlaganimga ancha bo’ldi, shuning uchun sovib qolgan bo’lsa kerak.
Qolipi : ergash gap+   bosh gap  
 
Shuning uchun –dan .
2. Sinfimizda hamma bir jon-u bir tan, shuning uchun bizda qoloqlar yo’q.
3 Maktabimizda sport klubi faoliyat olib bormoqda , shuning uchun klub a’zolari turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo’lga kiritmoqdalar
 
 
 Bosh gap oxirida keladi : -ki
1 Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. (hokim+tobe)
2. Buning natijasi shu bo’ldiki, To’laganning qanshariga musht tushdi. (hokim+tobe)
 
 
 
Ergash gap boshida keladi : 
Agar , garchi , chunki , go’yo , bamisloli , zero ,zotan
 1. O’zingga do’st tanla, chunki bir o’zing baxtli bo’lolmaysan. (bosh+ergash )
 2 Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. ( ergash +bosh )
Ergash gap oxirida keladi : -deb
1. Ukam o’qisin deb,”Oygul bilan Baxtiyor" kitobchasini oldim.(ergash +bosh )
2  Ukam o’qiydi deb, kitobni kutubxonadan oldim. .(ergash +bosh)
3 Gul barglari uchishadi ,tushmayin deb qo’lingga (bosh +ergash )
 
Nisbiy so’zli qo’shma gaplarda :
So’roq olmoshlari ergash gap tarkibida ; Ko’rsatish olmoshlari ( ba’zan ular ifodalanmasligi ham mumkin ) bosh gap tarkibida keladi   
  1 Kim alam chekmabdi umrida bir bor, U meni anglamas, anglamas aslo. (ergash +bosh )
2. Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo’lmaydi.              (ergash +bosh )
3Har qancha uzr aytsam, iltimos qilsam ham, inobatga o’tmadi                   (ergash +bosh )
 4Qayerda janjalli ish bo’lsa, o’sha kishini ro’para qilamiz.                       (ergash +bosh )
    -Sa shart mayli ergash gap tarkibida keladi
1 Esli-hushli do’stlaringiz bo’lsa, biznikiga olib kelarsiz                    (ergash +bosh )
 
 
 
 
Nima uchun bu mavzuni esga oldik . Chunki 2019 DTM testlaridan boshlab shunday savollar juda ko’paydi . Ya’ni ergashgan qo’shma gapni berib qo’yib savolni istaganicha qo’yishyabdi . : Berilgan ergashgan qo’shma gapning bosh gap qismida nechta yasama so’z bor ?
Berilgan ergashgan qo’shma gapning egasi tarkibida nechta qo’shimcha bor ?
Berilgan ergashgan qo’shma gapning ergash gap qismida nechta so’z birikmasi bor ? qabilidagi savollar . ...
 
 TEST
1 Qaysi gapda bosh gap ergash gapdan oldin kelgan ?
A) Fikr ravshan bo’lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo’ladi. (P.Qodirov)
B) Haqiqiy olim o’zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o’zidan ham zo’r olim va fozil borligini biladi.
C) Kimning qalbi pok bo’lsa, u to’g’ri va baxtli hayot kechirishga haqli. (H.Razzoqov)

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:23


https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:23


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:23


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:22


Донишманд айтган экан:

Оқил одам бошқалар айбини кечира билади.
            
▪️Бузургмеҳрдан сўрабдилар :
–Қайси бебахо бойликни одамлар қадрламайдилар ?
–Камтаринликни ,– дебди у.


▪️«Муҳаббатда бахтли бўлиш учун кўр бўлиш шарт эмас, фақат вақти-вақти билан кўзни юмиб туриш керак »
           
▪️Тан гўзаллиги ошиқларни шайдо қилиши мумкин , уларни бир умр мафтун этиш учун эса қалб гўзаллиги талаб қилинади.

        К.Колтон
             

▪️Аёл киши эркакни жаннатдан олиб чиқиб кетган. Аммо эркакни жаннатга олиб кирадиган ҳам аёлдир.           

▪️Аввалги ғиштин қийшиқ қўяркан меъмор ,
Юлдузга етса ҳам қулар бу девор.

    Мирзо   Бедил
            

▪️Тилингда сўзлаганингни қалбингда ҳам сўзла , аммо қалбингдан кечирмаганингни асло тилингда айтма.

   Румий

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Биз билан бирга бўлинг👇
https://t.me/ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 08:18


* Achchiq fikr

Hozir hech kimni hech narsa bilan ajablantirolmaysiz. Hammaning qo‘lida bittadan telefon, boshqa hech narsa kerak emas...

Erkin A’ZAM,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Izoh: Maqolaning to‘liq variantini "Yoshlik" jurnalining 2023-yil 6-sonidan o‘qiysiz!

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 01:19


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 01:11


Деразани чертиб ёмғирлар ўтди
Кечагина бизлар қолдирган издан.
Паришон боғларни туманлар ютди,
Севгилим, не кечди хаёлингиздан?

Ташлаб кетганида маъюс турналар,
Ичида йиғларкан ҳатто тоғлар ҳам.
Севгилим, нечундир бағрим тирналар,
Кўзингиз ногаҳон тортмадими нам?

Дарахт шохларига қўнади бир қуш,
Ёмғирлар тагида ивиб, жунжиккан.
Балки у мендирман, кўраётиб туш
Яна олислардан сизга кўз тиккан.

Бир гўзал ишқ эди бизнинг севгимиз,
Ёруғ лаҳзаларнинг овози тинди.
Қўшилиб келганда хазонлар сели,
Севгилим, ким билан йиғлайсиз энди?

Мен-ку, ўлиб бўлдим, шудир ишқ расми,
Аммо сиз ғамларга чидайсиз қандоқ?
Севгилим, севгилим, оғир эмасми
Бир гўзал севгини топиб, йўқотмоқ?

....Севгилим, ким билан йиғлайсиз энди?...

Зебо МИРЗО


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

20 Nov, 01:09


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

19 Nov, 17:16


* * *

Шовуллаб тўкилди япроқлар,
Оғочлар бошини эгди жим.
Кўк бағрин титратди чақмоқлар,
Мен унга қўшилиб йиғладим.

Тун бўйи деразам ойнасин
Томчилар чертдилар басма-бас -
(Юракка ўй ботди бир ҳазин)
О, нега сен эмас, сен эмас?

Кузакий ёмғирлар остида
Кўнглингдан не кечди - билмадим.
(Соғинчли дунёнинг дастидан)
Мен бўлсам ўкиниб йиғладим...

Инобат РИЗАЕВА.


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

19 Nov, 15:12


JUDA KOʻP TALABLARGA BINOAN

FAQAT ESSE YOZISHNI O'RGATADIGAN 1 oylik onlayn kurs ochilmoqda!


Biz sizga 🇺🇿 ,, Ta'lim fidokori " ko'krak nishoni sohibasi, MILLIY SERTIFIKAT egasi, Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi boʻyicha magistrant, yuqori toifali oʻqituvchi, 12 yillik repetitor tajribasiga ega  filolog-ustoz:
Mahbuba_Muallima  onlayn darslarini tavsiya etamiz

Dars har kuni sizga qulay vaqtda

Toʻlov - 150 ming soʻm

Dars : 20- noyabrdan

👩‍💻Videodarslar orqali esse yozish texnikasini mukammal o'rganasiz. Yuborilgan barcha ishlar ustoz tomonidan 100% qo'lda tekshiriladi va tahlil qilib beriladi .Har bir essening ovozli tahlili bilimlaringizni
mustahkamlaydi.
Ustoz bilan telifon orqali bogʻlanib savollaringizga javob olishingiz mumkin boʻladi.

Murojaat uchun:
👉
@BuMahbuba_Muallima

Namuna dars 👇👇👇

https://t.me/mahbuba_muallimanur

Natijalar 👇👇👇👇

https://t.me/+Gn09-UoIcXliOWYy



📣 Imtihonga oz qoldi!


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

19 Nov, 10:29


* Қутлов

Бугун – таниқли шоира Ибодат Ражабова туғилган кун.
Шу муносабат билан Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими жамоаси ижодкорни муборакбод этиб, унга саломатлик ва ижодий зафарлар тилайди.

•┈┈•❀ ☘️ ❀•┈┈•

Қуш ин солди, обдон қарашдим...

Ибодат РАЖАБОВА

Шеърни шоираннинг ўзи ўқиган.

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

19 Nov, 10:29


* * *
Телефон... Бир лаҳза етмайди ҳаво,
“Севаман” сўзини эшитдим симдан.
Телефон! Бугундан ўлгунимча то —
Майлими, абадий Сенга суянсам?

Деразам ёпилган — қўриқлар парда,
Ҳаяжон, бунча кўп ичасан қасам.
Телефон, ҳеч кимим йўқ-у шаҳарда —
Телефон, майлими сенга суянсам?

Чақириб-чақириб чарчади эшик,
Ҳавога учади хавотирлар ҳам.
Телефон, қарагин бошларим эгик,
Телефон, майлими, Сенга суянсам?

Қара, севаяпман кўча — борлиқни,
Қара, одамлардек яшаяпман ман.
Телефон чинакам бахтиёрликни
Биласан... Биласан...
Сенга суянсам...

Хосият РУСТАМОВА

@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI

📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊

19 Nov, 05:58


@ONA_TILIM_MILLAT_RUHI