🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI @urgut_axborot Channel on Telegram

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

@urgut_axborot


🇺🇿Urgut tuman hokimligi telegram sahifasiga xush kelibsiz.

Tuman bo’ylab amalga oshirilayotgan islohotlarni kanalimizda kuzating!

Murojaat uchun:
@Urg_hk

www.urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI (Uzbek)

Xush kelibsiz! Urgut tuman hokimligi telegram sahifasiga! Bu kanal orqali tuman bo'ylab amalga oshirilayotgan islohotlarni tez va aniq ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Agar siz ham Urgut tumanidagi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'lishni xohlaysiz bo'sh voqea, iloji boricha kanalimizga obuna bo'ling. Siz uchun tuman hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, loyiha va yangiliklar Kanalimizda to'plangan. Aniqroq ma'lumot uchun @Urg_hk ga murojaat qilishingiz mumkin. Keyinroq tuman hokimligi faoliyatlarini va dasturlarini kuzatish uchun www.urgut.uz saytiga tashrif buyuring. Urgut tuman hokimligi telegram sahifasi - eng yaqin va tez xabardorlik.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

11 Feb, 07:11


🏵 Давлатимиз раҳбари сурхондарёлик тадбиркор Баҳром Рауповнинг кўп тармоқли фаолиятини юқори баҳолаб, уни “Дўстлик” ордени билан тақдирлади.

“SURKHON SANDVICH” МЧЖ таъсисчиси Баҳром Раупов 1500 дан ортиқ иш ўрни яратиб, хизмат кўрсатиш ва ишлаб чиқариш соҳаларида йирик лойиҳаларни амалга оширмоқда.

Унинг ташаббуси билан Денов туманидаги Қизилсув дарёси бўйида ёшлар сайилгоҳи барпо этилмоқда.

Термиз туманида базальт плиталарини ишлаб чиқарувчи завод қурилмоқда. 26 миллион долларлик бу лойиҳа ишга тушгач, 350 та янги иш ўрни яратилиши режалаштирилган.

Тадбиркор Олтинсой туманидаги базальт захираларидан фойдаланиб, импорт ўрнини босадиган ва экспортбоп маҳсулотлар ишлаб чиқаришни мақсад қилган.

🛎 Бу каби ташаббуслар нафақат янги иш ўринлари, балки мамлакатимиз иқтисодиётининг ўсишига ҳам улкан ҳисса қўшмоқда!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

11 Feb, 05:50


PIYODALARGA QULAYLIK YARATISH MAQSADIDA

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumanimiz bo’ylab piyodalarga qulaylik yaratish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar yo’lakchalari qordan tozalanmoqda.

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

11 Feb, 05:27


#Тайинлов
Вилоят ҳокимига матбуот котиби тайинланди

—-

#Tayinlov
Viloyat hokimiga matbuot kotibi tayinlandi

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/uzbz

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

11 Feb, 03:52


#tezkor

⚡️Erta tongdan, Urgut tumanida kuz-qish mavsumini betalofat òtkazish bóyicha tashkil etilgan shtab a’zolari, IIB YHXB va tuman yòllardan foydalanish korxonasi tomonidan asosiy va ichki koʻchalarda yuzaga kelgan muzlamalar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

10 Feb, 17:58


Ishlagan odam-boy bo'ladi, birlashgan-el bo'ladi

Urgut tumani 1-sektori hududidagi Algar mahallasida tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari, mahalla, mahalla hokim yordamchilari, mahalla bankirlari hamda mas'ullar ishtirokida "Ishlagan odam-boy bo'ladi, birlashgan-el bo'ladi" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar avvalida bir qancha mahalla faollari qimmatbaho va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Seminarda so’zga chiqqanlar “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” tamoyillari asosida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan to’xtalib o’tib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʻyicha o’zlarining ko’rsatma va topshiriqlarini berib o’tishdi.

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

29 Jan, 15:57


"SAMARQAND YANGILIKLARI" | DEPUTATLIK GURUHINING YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

29 Jan, 12:40


Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi G‘.Negmatov va tuman prokurorining o‘rinbosari T.Karimqulov hamda tuman IIB JXX probatsiya bo‘linmasi boshlig‘i mayor N.R.Alqorovlar ishtirokida Urgut tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi hisobida jazo o‘tayotgan 34 nafar shaxslar ishtirokida sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Sayyor sud davomida Urgut tumani IIB JXX Probatsiya bo‘linmasi hisobida jazo o‘tayotgan 19 nafar shaxslarga nisbatan Urgut tumani IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi. Ushbu shaxslar tayinlangan jazodan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarganliklari mehnatga halol munosabatda bo‘lganliklari hamda jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflanganligi sababli Urgut tuman IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar qanoatlantirilib sud tomonidan belgilangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildilar.

Aksincha sud tomonidan belgilangan jazodan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan mehnatga halol munosabatda bo‘lmagan hamda sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmagan 4 nafar nazorat ostidagi shaxslarni ozodlikni cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi  hamda 2 nafar Axloq tuzatish jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxsiyatni jazosi ozodlikdan cheklash jazosiga almashtirildi.

Shundan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi G‘.Negmatov tomonidan boshqa fuqarolarning murojaatlari eshitilib ijobiy hal etildi hamda tuman IIB JXX probatsiya boshlig‘i N.R.Alqorov tomonidan Probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmasliklari, sud tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etishlari va bugungi kunda Probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni mavjud bo‘lgan muammolari o‘rganildi hamda ushbu muammolarni hal qilish bo‘yicha Probatsiya xodimlari bilan birgalikda chora-tadbirlar belgilab olindi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

29 Jan, 09:41


Kenagas mahallasida to'ylarni ixchamlashtirish, isrofgarchiliklarning oldini olish, erta turmush, erta unashtirishlarga barham berish, milliy qadriyatlarimizni asrash, milliy liboslarimizni targ'ib qilish, ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, tibbiy sug'urtaning afzalliklari, oila va turmush bilan bog'liq masalalar bo'yicha davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari,Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i M.Qobilova, tuman bosh otinoyisi Z.Nurmatova, faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

29 Jan, 09:40


Bugun 29-yanvar kuni, tuman Xalq qabulxonasida viloyat hokimining o‘rinbosari  - "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari J.Haydarov, tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari hamda EIZ ishtirokchilari o‘rtasida muloqot o‘tkazildi.

Unda ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini lozim darajada bajarmagan korxonalar muammolari tahlil etilib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish choralari muhokama qilindi.

Ishlab chiqarish va eksport majburiyatlarini to‘liq bajarish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

22 Jan, 13:02


#tezkor

⚡️Ayni damda, Urgut tumani IIB YHXB tomonidan kuchaytirlgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

❗️Kechga yaqin viloyat IIB bilan hamkorlikda katta reyd boʻlishi ham kutilmoqda.

@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

22 Jan, 13:02


Respublika ishchi guruhi tomonidan Urgut tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, tumanda faoliyat olib borayotgan "GRЕEN KING URGUT" MCHJ korxonasida amalga oshirilgan loyihalari bilan yaqindan tanishildi. Ushbu korxonada hozirgi kunda Poyafzal maxsulotlari ishlab chiqariladi.

@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

22 Jan, 12:56


Respublika ishchi guruhi Urgut tumanidagi o’rganishlar davomida O’ramas mahallasida oyoq kiyim ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkor Usmonova Mamura xonadonida bo’ldi. Usmonova Mamura hozirgi kunda o’zi bilan birga 10 ga yaqin fuqaroni ish bilan ta’minlab kelmoqda.

@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

19 Jan, 14:27


Urgut tumanida “O‘zmilliybank” AJ Urgut BXM va  tuman hokimligi bilan hamkorlikda barcha banklar ishtirokida  “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada tuman hokimligi, tijorat banklari rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

“Loyiha yarmarkasida” Tadbirkorlar va Biznesga birinchi qadam qo‘yayotgan fuqarolar tomonidan “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” hamda “Gʻijduvon” tajribalari asosida tayyorlangan biznes loyihalar taqdimoti boʻlib o‘tdi. 

Mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari vakillari, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirok etgan  “Loyihalar yarmarkasi” doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlashni niyat qilgan aholiga 70 dan ortiq biznes rejalar taqdim qilindi.

Oʻtkazilgan tadbirda tadbirkorlik qilish niyatida boʻlgan fuqarolar uchun banklar tomonidan taklif qilinayotgan imtiyozlar, bandligini taʻminlash masalalariga ham alohida eʻtibor qaratildi.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

19 Jan, 14:26


Chorraha va Nurobod mahallasi aholisi uchun tumandagi 85-maktabda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri Azamat Xoliqov, Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi deputati Go‘zal Obloqulova, tuman hokimligi va mahallla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Aholi vakillari o‘zlarining ijtimoiy muammolarini bayon qilib, taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Murojaatlar o‘rganib, hal etish uchun mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.

----

Чорраҳа ва Нуробод маҳалласи аҳолиси учун тумандаги 85-мактабда сайёр қабул бўлиб ўтди.

Қабулда Халқ қабулхонаси мудири Азамат Холиқов, Халқ депутатлари Ургут тумани Кенгаши депутати Гўзал Облоқулова, туман ҳокимлиги ва маҳаллла еттилиги вакиллари иштирок этди.

Аҳоли вакиллари ўзларининг ижтимоий муаммоларини баён қилиб, таклиф ва мулоҳазаларини билдиришди.

Мурожаатлар ўрганиб, ҳал этиш учун масъуллар томонидан назоратга олинди.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

19 Jan, 14:24


Ургут туманида куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш учун барча имкониятлар ишга солинмоқда.

Бу борада ташкил этилган штаб фаолияти ҳам айни мақсадга қаратилган. 

Туман ҳокимининг  биринчи ўринбосари Улуғбек Камолов бошчилигида ўтказилган Штабнинг навбатдаги йиғилишида аҳоли мурожаатлари билан ишлаш, муаммоларни тезкор бартараф этиш, ижтимоий объектлар ва аҳоли хонадонларига энергоресурсларни етказиб беришда узилишларга йўл қўймаслик зарурати хусусида сўз борди.

Масъулларга тегишли топшириқлар берилди.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

19 Jan, 14:24


‼️ Мудофаа вазирлиги огоҳликка чақиради.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

17 Jan, 10:33


HOKIMLIK XODIMLARI UCHUN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL QILINDI

Bugun Urgut tumani hokimligi xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ular tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining malakali shifokorlari tomonidan tekshiruvlardan o‘tdilar.

Terapevt, endokrinolog, okulist, LOR, nevropatolog, kardiolog, xirurg va UTT, kardiogramma, EKG laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan hamda gripga qarshi vaksina olgan xodimlarga aniqlangan kasalliklar yuzasidan tibbiy maslahatlar berildi.

-----

ҲОКИМЛИК ХОДИМЛАРИ УЧУН ТИББИЙ КЎРИК ТАШКИЛ ҚИЛИНДИ

Бугун Ургут тумани ҳокимлиги ходимлари учун тиббий кўрик ташкил қилинди. Улар туман тиббиёт бирлашмаси кўп тармоқли марказий поликлиникасининг малакали шифокорлари томонидан текширувлардан ўтдилар.

Терапевт, эндокринолог, окулист, ЛОР, невропатолог, кардиолог, хирург ва УТТ, кардиограмма, ЭКГ лаборатория текширувларидан ўтган ҳамда грипга қарши вакцина олган ходимларга аниқланган касалликлар юзасидан тиббий маслаҳатлар берилди.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

27 Dec, 13:44


Tuman tibbiyot birlashmasida bolalar kasalliklar bo’limidagi bemor bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashilib sovg’alar tarqatildi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

27 Dec, 12:56


🔸MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YANGI YIL BAYRAM TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Urgut tumanidagu  1-DMTTda  “Yangi yil mo‘jizasi” bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlar barchaga zavq bag‘ishladi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

27 Dec, 12:54


🔶 URGUT TUMAN "BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABIDA YANGI YIL BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILMOQDA

⚡️Bugun Urgut tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida   “Yangi yil" bayram tadbiri o‘tkazildi.

🎄Tadbirda bolajonlar tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlar barchaga zavq bag‘ishladi.     

 👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

30 Nov, 14:28


🌳Ургут туман прокуратураси ходимлари кўчат экиш акциясида фаол иштирок этди

🍀Ургут туманида экологик ҳолатни яхшилаш ва муҳитни кўкаламзорлаштириш мақсадида амалга оширилаётган ташаббуслар доирасида, туман прокуратураси ходимлари ўз ҳиссаларини қўшди.

🌳 Ургут туман прокурори бошчилигида ходимлар экологик ташаббусда фаол иштирок этиб, жами 63 дона мевали ва манзарали дарахт кўчатларини экишди.

🍀Ушбу амал, нафақат табиатни асрашга, балки кўркам ва саломатликка фойдали муҳит яратишга хизмат қилади.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

30 Nov, 12:48


Urgut tuman 1-sektor rahbari B.Jabborov tomonidan sektor hududidagi Qayroqli mahallasida joylashgan 26-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

@urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

30 Nov, 12:48


📃 Navbatdagi hokim va yoshlar uchrashuvi tumanimizning Quyi Algar mahallasida bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar tinglandi. Ko‘pchiligi shu yerning o‘zida hal etildi va ba’zilariga belgilangan muddat bilan mas’ullar biriktirilib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

@urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

26 Nov, 12:58


Axborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

26 Nov, 12:37


“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Urgut tumani FVB xodimlar tomonidan ''Yong‘in xavfsizligi oyligi'' doirasida aholi xonadonlari, ta'lim muassasalari va ijtimoiy soha obyektlarida yongʻinlarning aksariyati kishilarning loqaydligi, beparvoligi, yongʻin xavfsizligi qonun qoidalariga rioya qilmasliklari hamda bolalarning olov bilan oʻynashlari natijasida yuzaga kelishi mumkinligi, shu sababli kutilmaganda yongʻin sodir boʻlganda qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan tushuncha berildi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

26 Nov, 07:54


⚡️ HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Urgut” podstansiyasidagi 16000 kVA T-3 transformatori o‘rniga 25000 kVA kuch transformatori o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli joriy yil 26-27-noyabr kunlari Urgut tumanidagi Bog‘ishamol, Chorraha, So‘fiyon, Chorchinor, Kamongaroncha, Shodlik, Andak, Guliston, Do‘stlik, Navbog‘, Yangi hayot, Ipakli, Xalqobod, O‘ramas, Torinjak, Toshariq, Ispanza mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

26 Nov, 05:57


Ёшлар коррупцияга қарши

Ургут туман ҳокимлиги оила ва хотин қизлар бўлими томонидан Ургут туман 154-умумтаълим мактабида 9 декабрь-Халқаро коррупцияга қарши курашиш куни муносабати билан “Ёшлар коррупцияга “ЙЎҚ” дейди!” мавзусида тадбир ўтказилди.
Унда фуқаролик ишлари бўйича Ургут туман суди судьяси Ш.Мухамматкулова сўзга чиқиб, ўқувчиларга коррупция иллатининг жамият ва давлат ривожига салбий таъсири, унинг олдини олишдаги муҳим чора-тадбирлар ҳақида тушунтириш берди.
Тадбирда ўқувчилар ўз билимларини синаш мақсадида ташкил этилган бир қатор танловларда иштирок этишди.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

26 Nov, 03:56


🔺ENG FAOL SEKTOR RAHBARI (1-SEKTORLAR KESIMIDA)🔺

📣Samarqand viloyati shahar/tumanlararo eng faol Sektor rahbarini fuqarolar ovozi aniqlab beradi, sizlardan ularning olib borayotgan faoliyatiga baho berishingizni so’rab qolamiz.

⚡️Eng faol shahar/tuman Sektor rahbariga ovoz bering!

So’rovnoma 1 hafta davom etadi hamda 29-noyabr kuni 23:00 da faol Sektor rahbari aniqlanib munosib taqdirlanadi.

🔹OVOZ BERISH:⤵️

https://t.me/SamarqandTezkor/758
https://t.me/SamarqandTezkor/758

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

26 Nov, 03:35


“Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik” doirasidagi profilaktik tadbirlar Urgut tumani boʻylab davom etmoqda

Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

25 Nov, 14:22


Ер тўғрисидаги қонунчиликни бузганлик учун белгиланган жазо чоралари янада оғирлаштирилди

Ер ресурсларига оид бўлган қонунчиликда айрим бўшлиқлар мавжудлиги оқибатида ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш ва ноқонуний қурилмалар қуриш, шунингдек, ерлардан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари кўп учраётган эди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/660789

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

25 Nov, 14:21


Ўзбекистонда онкологик касалликка чалинган аёллар бепул даволанади

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/110338

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

25 Nov, 14:21


Тожикистон ва Ўзбекистон юк ташиш учун рухсатномаларни бекор қилди

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/110335

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

25 Nov, 07:39


Bugun jahon hamjamiyati Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barxam berish kunini nishonlamoqda

25-noyabrdan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi.  Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

Sana munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi o'z logotipi rangini olov rangga o'zgartirib ushbu  rolikni taqdim etdi.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

25 Nov, 05:11


Urgut tuman 4-sektor rahbari S.X.Qurbonov tomonidan Davlatimiz rahbarining Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Urgut tuman "Katta torinjak" mahallasida yashovchi fuqarolar, nuroniylar va mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolar órganilib joyida bartaraf etildi bundan tashqari kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📌 oʻrganishlar davom etadi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

21 Nov, 12:51


#Тезкор
⚡️Энди Шаръий никоҳ ўқиган имомлар 50 млн сўмгача жарима тўлашлари мумкин.

Никоҳ ёшига етмаган шахсларни никоҳлаш ёки қонуний никоҳ бўлмай туриб шаръий никоҳ ўқиган домлалар БҲМнинг 15 бараваридан 30 бараваригача жарима тўлаши мумкин.

БОШҚАЛАРНИ ХАМ ОГОҲЛАНТИРИБ ҚЎЙИНГ.

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

21 Nov, 03:29


Urgut tumanida jamoatchilik nazorati haftaligi davom etmoqda.

👨‍💼Jamoatchilik nazorati haftaligi davomida tumanning "Quyi Algar" mahallasida tuman mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Xoliqov, tuman gaz ta’minoti bo‘limi hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan "mahalla yettiligi" va fuqarolariga  hisobot berildi.

🔍Hisobot davomida mavjud muammolarni o‘z vaqtida yechish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

20 Nov, 17:12


ТУМАН ҲОКИМИНИНГ ҚАБУЛИ ЎТКАЗИЛАДИ

Ҳафтанинг Пайшанба куни Ургут тумани ҳокими Б.Жабборовнинг фуқароларни қабул қилиш куни ҳисобланади.

Шунга биноан, бугун 21 ноябрь куни соат 10:00 дан бошлаб, Ургут Истироҳат боғи ҳудудида жойлашган 31 мусиқа ва санъат мактабида туман ҳокимининг навбатдаги қабули бўлиб ўтади.

Сизни қийнаётган муаммо, таклиф ва мулоҳазаларингиз бўлса қабул жараёни давомида мурожаат қилишингиз мумкин.

Бизни ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз орқали кузатиб боринг!


👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

20 Nov, 17:06


"Mahallamiz islohotchilari" ko'rsatuvi

👨‍💼Mahallalar infratuzilmasi yaxshilanayotganligi xususida

📍Urgut tumanining "Xalqobod" mahallasi misolida

👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi

Telegram | Facebook

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

20 Nov, 17:06


DIYOR YANGILIKLARI | 360 NAFAR FUQAROGA INSONPARVARLIK YORDAMI KO‘RSATILDI

19.11.2024-YIL


#samarqandmtrk

👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi

Telegram | Facebook

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

20 Nov, 17:05


Urgut tuman 4-sektor rahbari S.X.Qurbonov tomonidan Davlatimiz rahbarining Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Urgut tuman "Toshariq" mahallasida yashovchi fuqarolar, nuroniylar va mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mahalla hududida joylashgan 97-son maktab hamda tibbiyot maskanlarida kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📌 órganishlar davom etadi.

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

18 Nov, 10:00


Urgut tuman 3-sektor raxbari M.M.Kuziyev tomonidan Davlatimiz raxbarining Navoiy viloyatida o‘tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Urgut tuman "Mirzabog‘lon" mahallasida yashovchi fuqarolar, nuroniylar va mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mahalla hududida joylashgan 14-son maktabning kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

18 Nov, 02:30


⚡️ ТАДБИРКОРЛАР 
ДИҚҚАТИГА

Ургут тумани ҳокими Б.Жабборов томонидан тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг мурожаатларини кўриб чиқиш ва муаммоларини ўз вақтида ҳал этиш мақсадида ҳафтанинг ҳар душанба куни тадбиркорлар қабули ўтказилади.

🕰 Қабул вақти соат 11:00 да бошланади.

❗️Манзил: Ургут тумани Қуйи Алгар маҳалласи (
Ургут тумани Педагогика коллежи)

☎️ Мурожаат ва қабулга ёзилиш учун 98.150-36-37 телефон рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин.

Бизни кузатишда давом этинг👇

👉 @urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

16 Nov, 15:36


DIYOR YANGILIKLARI | "MAHALLA RAISI BOG‘I" BARPO ETILDI

16.11.2024-YIL


#samarqandmtrk

@urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

16 Nov, 14:11


Fargʻona viloyatida sport vazirning 2024 yil 8-noyabr 03/1690-A/F-sonli buyrugʻiga binoan voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasida U-14 "Doʻslik kubogi" musoboqasida Urgut tuman qizlar jamoasi faxrli  III-oʻrinni egalladilar qizlarimizga kelgusidagi musoboqalarda omad tilaymiz.

@urgut_axborot

📝Facebook 💻Instagram
🎞Youtube 🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

24 Oct, 06:39


#диққат

УРГУТ ТУМАНИ АҲОЛИСИ ДИҚҚАТИГА!

Об-ҳавонинг кескин ўзгариши туфайли коммунал соҳаларда кўплаб муаммолар юзага келиши мумкин. Шу муносабат билан куз-қиш мавсумини беталафот ўтказиш ҳамда вужудга келган муаммоларни ўз вақтида бартараф этиш мақсадида, Ургут тумани ҳокимлигида узлуксиз навбатчилик штаби ташкил этилди.

Ҳурматли фуқаролар, ўз мурожаатларингизни мутасадди раҳбарлардан ташкил топган штаб аъзоларига тезкор етказишингиз мумкин.

Штабнинг асосий вазифаси – аҳолидан келиб тушадиган мурожаатларни тезкор (оператив) равишда бартараф этиш чораларини белгилаш ва амалга оширишдан иборат.

📞 Мурожаат учун телефонлар:

☎️Ургут тумани марказий Штаби;
66-483-16-64

🏘️Ургут тумани Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи Очилов Боходир
97-395-30-02
94-587-84-89

💨Ургуттумангаз" газ таъминоти бўлими бошлиғи Холиқов Ноил,
(Суюлтирилган газ балон ) Худойназаров Шоназар
97-613-56-56
99-776-32-92
88-405-30-80

💡Ургут электр тармоқлари корхонаси раҳбари Холиқов Ойбек
93-720-28-83
90-457-55-66
95-324-01-53


💡Деҳқонобод электр тармоқлари корхонаси раҳбари Кучибоев Хушнуд
94-280-26-72;
95-324-01-72;
99-949-87-18

66-240-16-18

💦"Самарқанд сув таъминоти" МЧЖ Ургут тумани филиали раҳбари в.б Абдуназаров Жафар

94-028-79-99
93-995-95-41
93-499-34-28

🏢Ургут туман Мактабгача ва мактаб таълим бўлими бошлиғи Зоитов Жавлон Зокирович

93-100-85-40;
94-477-79-40

🏩Туман Тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Қудратов Отабек
97-897-46-44;

97-390-88-04 (103)

🚒 Туман Фавқулодда вазиятлар бўлими бошлиғи Каршиев Хуршид Узакбаевич

77-001-21-20;
99-063-64-11 

66-240-45-99 (101)

🚓 Ички ишлар бошқармаси, Йўл ҳаракати ҳавфсизлиги бўлими бошлиғи Очилов Асқар
90-212-02-12
93-344-27-24

🚚 Кўмир етказиб беришни таъминлаш учун масъул Хўжамуродов Рофе 99-777-13-53


Энг сўнгги хабарларга обуна бўлинг ва яқинларингизга ҳам улашинг!

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

24 Oct, 05:00


#Бугун

Ургут туманидаги 154-умутаълим мактаби фаоллар залида мактабгача таълим тизимини ислоҳ қилиш ва ривожлантириш чора-тадбирлари асосида туманда олиб борилаётган ишларнинг бажарилиши юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.

Унда вилоят ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Ҳусан Тўхтаев, туман ҳокими ўринбосари Муҳиддин Холиқов, Ургут туман прокурори катта ёрдамчиси Илҳом Ҳалимов, Ургут туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Жавлон Зойитов, тумандаги мактабгача таълим ташкилоти мудирлари, мутасадди корхона ва ташкилот раҳбарлари иштирок этди.

Йиғилишда вилоят ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Ҳусан Тўхтаев ва бошқалар сўзга чиқди.

@Urgutsadosigazetasi

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

24 Oct, 03:48


ТУМАН ҲОКИМИНИНГ ҚАБУЛИ ЎТКАЗИЛАДИ

Ҳафтанинг Пайшанба куни Ургут тумани ҳокими Б.Жабборовнинг фуқароларни қабул қилиш куни ҳисобланади.

Шунга биноан, бугун соат 10:00 дан бошлаб, Ургут Истироҳат боғи ҳудудида туман ҳокимининг навбатдаги қабули бўлиб ўтади.

Сизни қийнаётган муаммо, таклиф ва мулоҳазаларингиз бўлса қабул жараёни давомида мурожаат қилишингиз мумкин.

Бизни ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимиз орқали кузатиб боринг!

👉
@Urgut_Axborot

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

24 Oct, 02:38


“25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”

Siz to‘yib uxlagan bitta tun qayda...

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

24 Oct, 02:29


Is gazi - hayot uchun xavfli!

👉
@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

23 Oct, 13:12


Urgut tumanida viloyat FVB boshlig‘i o‘rinbosari U.Axrorov, tuman sektor rahbarlari va FVB xodimlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obуektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kuz-qish davrida tuman hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda kelgusida samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.

Boshqa yangiliklar👇

samarqand.fvv.uz | Facebook | Telegram | instagram | Youtube

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

23 Oct, 07:42


🔴Is gazi xayot uchun xavfli!

☝️Ko‘mir, o‘tin va gaz yoqishda xushyor bo‘linglar, yaqinlarga xam yuborib ogohlantirib qo‘yamiz...
_
_
👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

22 Oct, 14:17


Ayni paytda sahnada Bahriddin Zuhriddinov kuylamoqda, konsert dasturi yomg’ir bo’lishiga qaramasdan yuqori haroratda o’tmoqda…

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 06:36


🔥Estradamiz yorqin yulduzlari ishtirokida Gala konsertga barcha urgutliklarni hamda tumanimiz mehmonlarini taklif etamiz!

🔺Ertaga 22-oktabr kuni soat 16:00da Urgut istirohat bogʻidagi amfiteatrda estradamiz yorqin yulduzlari ishtirokida Gala konsert boʻlib oʻtadi.

Konsertga kirish bepul!

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 06:19


Tumanimiz Kenagas mahallasida joylashgan hazrat Alisher Navoiy haykali yonida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlishi hamda Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, tuman tashkilotlari, yozuvchi va shoirlar, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchi va talabalari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi.

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

21 Oct, 02:06


⚡️ ТАДБИРКОРЛАР 
ДИҚҚАТИГА

Ургут тумани ҳокими Б.Жабборов томонидан тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг мурожаатларини кўриб чиқиш ва муаммоларини ўз вақтида ҳал этиш мақсадида ҳафтанинг ҳар душанба куни тадбиркорлар қабули ўтказилади.

🕰 Қабул вақти соат 11:00 да бошланади.

❗️Манзил: Ургут тумани Қуйи Алгар маҳалласи (
Ургут тумани Педагогика коллежи)

☎️ Мурожаат ва қабулга ёзилиш учун 98.150-36-37 телефон рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин.

Бизни кузатишда давом этинг👇

👉@urgut_axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

19 Oct, 05:42


Давлатимиз раҳбарининг “Буюк қомусий
олим ва машҳур давлат арбоби Мирзо Улуғбек таваллудининг
630 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлаш мақсадида Тароқли маҳалласидаги 78-маданият марказида буюк аждодимиз асарларининг мазмун-моҳиятини тарғиб этиш ҳамда Мирзо Улуғбек илмий-маърифий меросини янада чуқур ўрганишга қаратилган тадбир бўлиб ўтди.

Унда  туман ҳокимлиги, Республика Маънавият ва маърифат маркази Ургут тумани бўлинмаси, туман Маданият бўлими, Мактабгача ва ва мактаб таълими бўлими, Ёшлар ишлари бўлими ходимлари, фахрий устозлар, ўқувчи ва ўқитувчилар ҳамда жамоатчилик вакиллари иштирок этишди.

Тадбир давомида туман Маданият бўлимига қарашли  "Халқ ҳаваскорлик театри", "Бешқарсак" халқ хаваскорлик жамоаси, СамДУ Ургут филиали талабалари ва мактаблар ўқувчилари томонидан  саҳна кўринишлари, куй-қўшиқлар ва  спектакллар намойиш этилди.

Саҳнада буюк аждодимиз сиймоси гавдалантирилди.

@urgutsadosigazetasi

🇺🇿 URGUT TUMANI HOKIMLIGI

19 Oct, 05:27


Инсон ижтимоий хизматлар маркази ходимлари дам олиш кунидан унумли фойдаланиб, марказ биноси атрофини ободонлаштирмоқда.