Sanjar Xo'ja: Hayotimiz "Kenguru"lari
250 yil avval bir ingliz sayohatchisi Avstraliyaga borgan edi. Qitʼani aylanib yurar ekan, ilgari hech ko‘rmagan g‘alati bir hayvonga ko‘zi tushadi. Bu hayvonga qiziqib mahalliy kishi (aborigen)dan "bu nima?" deb so‘raydi. Mahalliy kishi esa «Kangru» («Kangaroo») deb javob qaytardi. Sayohatchi bu hayvonning rasmini chizib, mamlakatiga qaytganida hammaga ko‘rsatib, yangi kashf qilgan hayvonini taʼriflab berdi. Shu kishi sabab ko‘plab davlatlar qisqa vaqtda “kenguru” haqida maʼlumotga ega bo‘ldi va shu nomda atay boshlashdi.
Keyinchalik Avstraliyaning mahalliy tilini o‘rganishga borgan tilshunos, bu hayvon nomi boshqa so‘z bilan ifodalanishini aniqlagan. Aslida, “kenguru” degani "seni tushunmadim" maʼnosini berar ekan!
Hammamiz oiladan, yon-atrofdan, kattalardan ko‘rib o‘rganganlarimizga amal qilamiz. Sababini, maʼnosini, o‘tmishini surishtirmay o‘zlashtirib olaveramiz, kundalik odatlarimizga aylanib ketaveradi. Yomon tarafi ularning mohiyatini bilmasakda, "to‘g‘risi shu" deb qabul qilamiz, shunga ko‘nikib qolganmiz. Aslida, kundalik hayotimizga ziyraklik bilan nazar solsak, bir talay “kenguru”larni ko‘ramiz
Yoshlar...
Siz kimlarni yosh hisoblaysiz?
Men hayotda izlanishdan, intilishdan tolmaydigan, yuragi, qalbi uyg‘oq har bir insonni yosh deb hisoblayman.
Baʼzilar bor: bu dunyoda yigirma yildan buyon yashayotgan bo‘lsada, o‘qimayotgani, izlanmayotgani, vaqtini besamar o‘tkazayotgani uchun "keksayib ketgan"...
Baʼzi insonlar bor: umr bo‘yi doim izlanishda, intilishda. Yoshi yetmishga to‘lgan bo‘lsada, intilishdan, izlanishdan tolmaydi, hamisha yosh va navqiron, yashashga chanqoq.
Muqovasi yumshoq
Narxi: 45 000 so'm
Buyurtma uchun:
Telefon: +998 55 500-02-07
Telegram: @azboboooks
Buyurtmangiz O’zbekiston bo’yicha yetkazib beriladi.
@azbouzshop - eng sara kitoblar do’koni!