📚 Introvert oshxonasi @introvert_oshxonasi Channel on Telegram

📚 Introvert oshxonasi

@introvert_oshxonasi


Qiziqarli va zerikarli psixologiya. Introvertning subyektiv fikrlari. Kitob qurti📚

Murojaat uchun: @lady120794
Bepul va pulli darslar: https://t.me/introvertdan_darslar

📚 Introvert oshxonasi (Uzbek)

📚 Introvert oshxonasi kanalimiz psixologiya sohasida qiziqarli va zerikarli ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Bu yerda introvertlik bilan bog'liq mufassal tushunchalar va fikrlar paydo bo'ladi. Agar introvertlik haqida ko'proq bilishni istasangiz, bu kanal siz uchun! Kanalda @introvert120794 ga murojaat qilishingiz mumkin va introvertlar uchun bepul va pulli darslar mavjud. Sizga qiziqarli va foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan bir joy kerak bo'lsa, 'Introvert oshxonasi' kanalimiz sizni kutmoqda! Endi siz ham biz bilan birgalikda introvertlikning o'ziga xos dunyasiga kirib, yangi narsalar o'rganing!

📚 Introvert oshxonasi

15 Feb, 05:32


* * *

Bahorga oz qoldi, yana biroz kut,
Kaftimda dovuchcha,
Qo‘ynim to‘la ishq –
Olib bormoqdaman!
Barini unut,
Yodingda qolmasin qirov bosgan qish.

Shudring o‘yin tushib,
Maysalar bilan
Barmog‘ingga tegar – aylanar nurga.
Sochlaringga yashil barglarin ulab,
Daraxtlar yelkangni quchar – pajmurda.

Kechagi qiynoqdan etgaydir xalos
Derazang raxiga qo‘ngan bir juft qush,
Bugun ham chidagin!
Yangraydi bexos –
Ko‘ksingda ichikkan ozurda tovush...

Uyg‘onsang –
Qoshingda bepoyon dengiz,
Yig‘laysan to‘ldirib erk ko‘zasini.
Men yuvib tashlayman yuzingdan, ey qiz,
Yengiltak dunyoning muz bo‘sasini!

Ko‘nglimdan uchgin-u,
Kel, qo‘limdan tut,
Xazonga aylangan – tutilgan gulim!
Bahorga oz qoldi, yana biroz kut...
To‘kilsang, qushlarga to‘kil, sevgilim.

© Muhammad Siddiq

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 20:04


💡 Shizotipik shaxs buzilishi haqida gap ketganda hayolimga asosan 2 ta personaj keladi: Harry Potterdagi Lili Lagvud va Charli va shokolad fabrikasidagi Villi Vonka.

🧐 Siz shu shaxs buzilishiga ega qaysi mashhur insonlar yoki qahramonlarni bilasiz?

UPD: bu tashxis emas, tahmin. Shunchaki meni fantaziyalarim

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 19:44


Davomi

7️⃣ Ekssentrik xulq-atvor/ epotaj ramkalaridan tashqariga chiqadigan darajada ekssentrik tashqi ko’rinish (попробуй пойми😅)

Biz bilamizki, o’zgacha fikrlaydigan insonlar kiyinishdagi o’zgacha, boshqalarnikiga o’xshamaydigan uslub bilan ham ajralib turadi. Hozirgi zamonda noyob tashqi ko’rinish bilan odamlarni hayron qoldirish qiyin, lekin aynan shizotipik shaxs buzilishida bu xulq-atvor va kiyinishdagi “o’zgachalik” haddan ziyod ramkadan chiqib ketgan bo’ladi va hech qaysi madaniyat normalariga to’g’ri kelmaydi.

8️⃣ Yaqin munosabatlarning yo’qligi

Yaqin munosabatlarning yo’qligi va hissiyotlarni tushunmaslik shizoid shaxs buzilishini eslatib yuboradi, ammo bu yerda ham ba’zi farqlarni aytib o’tish kerak: shizoid shaxs buzilishida insonda yaqin munosabatlarga nisbatan ehtiyojning o’zi deyarli bo’lmaydi, shizotipik buzilishda esa, insonda yaqin munosabatlarga nisbatan ehtiyoj bo’ladi, ammo ular o’zlarining g’ayritabiiy xulq-atvori va hissiy noadekvatligi sababidan bunday munosabatlar o’rnatishga qodir bo’lmasligi mumkin. Qolaversa, shizoid shaxs buzilishida hissiy sovuqlik va yaqin munosabatlarning bo’lmasligi markaziy belgi hisoblanadi va qolgan simptomlar shu belgining atrofida quriladi. Shizotipik shaxs buzilishida esa markaziy simptom g’ayrioddiylik hisoblanadi va qolgan simptomlar undan kelib chiqadi.

9️⃣ Yuqori ijtimoiy bezovtalik

Shizotipik shaxs buzilishidagi yuqori ijtimoiy bezovtalik sotsiofobiyadan farq qiladi. Sotsiofobiyadagi yuqori ijtimoiy bezovtalik insonning o’ziga nisbatan bahosi past bo’lishi (shu baholash so’zini yomon ko’rsam ham ishlatishga majbur bo’laman) va atrofdagilarning u haqida qanday fikrdaligi bilan bog’liq bo’ladi. Shizotipik buzilishda esa, yuqori ijtimoiy bezovtalik asosan shubxalanish va atrofdagilarning hislarini tushunmaslikdan kelib chiqadi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, shizotipik buzilish taxshisi qo’yilishi uchun ushbu simptomlardan kamida 5 tasi kuzatilishi va ular shaxsiyat buzilishlari uchun umumiy hisoblangan 3 ta kriteriyga ham javob berishi kerak, bular:

Simptomlarning stabilligi (o’smirlik yoki erta yoshlik davridan boshlab stabil davom etgan bo’lishi, inson hayotining uzoq muddati davomida saqlanib qolishi kerak). Bu simptomlarni stress natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik holatlardan ajratishga yordam beradi.

Simptomlarning totalligi – ushbu mezon shuni anglatadiki, normadan chetga chiqadigan shaxsiyat xususiyatlari odamning barcha hayot sohalarida namoyon bo'ladi, faqat alohida vaziyatlarda emas. Ular uning fikrlari, his-tuyg'ulari, xatti-harakatlari, boshqalar bilan munosabatlari va o'ziga bo'lgan bahosiga ta'sir qiladi.


Simptomlar ijtimoiy dezadaptatsiyaga (ijtimoiy yakkalanish) sabab bo’lishi – ushbu mezon shuni anglatadiki, shaxsiyatning o'ziga xos xususiyatlari odamning ijtimoiy, professional yoki hayotining boshqa muhim sohalarida sezilarli qiyinchiliklarga olib keladi. Bular munosabatlarda, ishda, o'qishda muammolar, ijtimoiy normalar va qoidalarga rioya qilishda qiyinchiliklar va boshqalar bo'lishi mumkin. Dezadaptatsiya atrof bilan kelishmovchiliklarda, ijtimoiy izolyatsiyada, past ijtimoiy yutuqlarda va boshqa salbiy oqibatlarda namoyon bo'lishi mumkin.
——

Shuni unutmaylikki, shaxs buzilishi tashxisini faqat psixiatr qo’yishi mumkin.

Maqola sizga yoqqan bo’lsa, uni reaksiyalar bilan qo’llab-quvvatlang va do’stlaringizni kanalga taklif qiling💗

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 18:41


Maqolani tugatgunimcha o’zingiz va atrofdagilarga tashxis ham qo’yib turishingiz mumkin, baribir oxirida bekor qilamiz 🤝

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 18:35


Kichkinaligimda onam meni “ajoyib ko’nglito’lmas, odam hidi yoqmaydigan ajoyib hayolparast” deb chaqirardilar. 😁

Sizda ham shunday holatlar bo’lgan bo’lsa, izohlarga yozing. 🤝 Men ungacha maqolaning davomini yozaman. 😎

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 18:33


Shizotipik shaxsiyat buzilishi (yoki ajoyib hayolparast)🌚

💡Shizotipik shaxsiyat buzilishi - bu insondagi o'ziga xos fikrlash, idrok etish va xulq-atvorning doimiy anomaliyalari, shuningdek, aql va sezgi bilan bog'liq g'ayrioddiy o'zgarishlar bilan tavsiflangan ruhiy buzilishdir. ShShB g'alati yoki o'ziga xos xatti-harakatlar bilan ajralib turadigan shaxsiyat buzilishlari guruhiga kiradi.

Odam tushunadigan tilda aytsak, o'zining g'alati dunyosida yashaydigan va "g'aroyib" fikrlaydigan insonlar.

📈 Shizotipik shaxs buzilishining diagnostik me'zonlari bilan tanishamiz. Ular ja’mi 9ta bo’lib, kasallik tashxisi qo’yilishi uchun simptomlardan kamida 5 tasi, shuningdek, barcha shaxsiyat buzilishlari uchun umumiy belgilar ham hammasi topilishi kerak.

1️⃣ Aloqadorlik g'oyasi

Aloqadorlik g'oyasini odamning atrofidagi voqealarni o'ziga bog'lashi, ularga ma'no berish ishonchi sifatida ta'riflashimiz mumkin. Bu g'oyalar ko'pincha aniq bo'lmasligi yoki yashirin bo'lishi va odamga o'ziga aloqador bo'lib tuyulishi mumkin.

Aloqadorlik g'oyasining (идея отношений) shizofreniyadagi alahsirashdan (отношения бреда, safsata) farqi bor. Shizofreniyada inson o'z qarashlariga 100% amin bo'ladi va bu galyutsinatsiyalar bilan mustahkamlanadi. Shizotipik shaxs buzilishida esa, inson atrofdagi hamma voqealar unga aloqador ekani haqida to'laqonli ishonchda bo'lmaydi. Shizotipik shaxs buzilishi shizofreniya spektriga tegishliligini hisobga olsak, uni shizofreniyaning yengil ko'rinishi deb olish mumkin. Ko'pincha, shizofreniya tashxis uchun yetarli simptomlar topilmasa, bemorlarga shizotipik shaxs buzilishi tashxisi qo'yiladi. (Shizotipik – shizofreniya tipidagi shaxs buzilishi).

2️⃣ G'ayrioddiy e'tiqodlar (магическое мышление)

Bunda inson turli fitna nazariyalari, g'ayrioddiy kuchlar, ruhlar, oltinchi his, telepatiya, yulduzlar yoki bashoratga ishonishi mumkin. Ammo, shu bilan birga bu e'tiqodlar u yashaydigan muhit va jamiyatdagi madaniy va submadaniy normalarga mos kelmasligi, diniy yoki falsafiy tarafdan ko'pchiliknikidan katta farq qilishi kerak.

🙂 Odam tushunadigan tilga o'g'irsak: aytaylik, Yakutiyada yashaydigan yoki Afrikalik qabilalar uchun qandaydir "ruh”larga ishonish o'sha jamiyat odamlari uchun patologiya hisoblanmaydi. (Bu yerda gap e'tiqodning to'g'ri yoki notog'riligi haqida ketmayapti). Chunki bunday e'tiqod shu region uchun normal madaniy hodisa hisoblanadi.

3️⃣ Haqiqatni buzib idrok etish

Insonga qandaydir ovozlar eshitilganday, ko’ziga g’ayrioddiy narsalar ko’ringandek bo’lishi, his qilish bilan bog’liq tana illyuziyalari kuzatilishi mumkin. Bu yerda yana shizofreniya bilan adashtirmaslik uchun illyuziya va galyutsinatsiyani farqlab ketishimiz kerak. Illyuziyada inson ko’rgandek, eshitgandek, his qilgandek bo’ladi. Galyutsinatsiyada esa aniq ko’radi, eshitadi va his qiladi. 😶‍🌫️

4️⃣ G’ayrioddiy fikrlash va g’ayrioddiy nutq

Bu yerda fikrlashdan ko’ra nutqdagi g’ayrioddiylik ko’proq sezilishi mumkin. Inson gapirganda murakkab so’zlar, aforizmlar, metafralar, noaniq so’zlardan ko’p foydalanadi. Nutq mantiqan bitta mavzuni ochib bersada, metafra va murakkab birikmalarning ko’pligini hisobiga uning nutqini tushunish qiyinchilik tug’diradi.📚

5️⃣ Shubhalanish yoki paranoid fikrlar:

Boshqalarga doimiy ishonmaslik, shubha qilish, boshqalar xavfli bo'lishi yoki unga nisbatan yashirin xusumatga ega bo’lishi mumkinligiga ishonish va bu shubxalarning hech qanday aqliy (yoki mantiqiy) asosi bo’lmasligi.

🌀 Bunday shubxalar paranoid shaxs buzilishida ham uchraydi, navbatdagi mavzuni tahlil qilganimizda ularning farqini tushuntirib ketaman.

6️⃣ Hissiy noadekvatlik

Hissiy noadekvatlik deyilganda, insondagi hissiy reaksiyalarning vaziyatga mos bo’lmagan darajada kuchli bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi tushuniladi. (Masalan, kulguli holatda yig’lash, yoki yig’lash kerak bo’lgan holatda reaksiya qilmaslik). Ba’zida o’rinsiz affektlar (boshqarib bo’lmaydigan darajada kuchli hissiy reaksiyalar) ham kuzatilishi mumkin. Yoki insonda hissiyotlarini ifodalash bilan bog’liq muammolar bo’lishi mumkin.👇

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 17:50


Ikki kundan beri shizotipik shaxs buzilishi haqida yozaman, biram qiynalib ketdim tushuntirishga. 🌚 Bugun maqolani tugatsam joylayman, yarmini bo’lsa ham

📚 Introvert oshxonasi

04 Feb, 17:02


Psixolog qabulida hazil qilasan. U esa kulishni o’rniga nimalarnidir yozib qo’yadi 🗒️

📚 Introvert oshxonasi

31 Jan, 18:48


Shaxs buzilishlari orasida boshqalarga eng kam zarari tegadigani shizoid shaxs buzilishi bo’lsa kerak. 👀

📚 Introvert oshxonasi

31 Jan, 17:34


😵‍💫 Introvertlar, o’zingizga shizoid shaxs buzilishi tashxisini qo’yishga shoshmang, siz uchun maqolani davomi bor 😉

📚 Introvert oshxonasi

31 Jan, 16:43


Ha aytgancha, gap shaxs buzilishi, ya’ni kasallik haqida ketyapti. PATOLOGIYA. (Kasallik bo’lmagan, shunchaki shizoid xarakterdagi qahramonlar esa ko’p: Ameli, Doktor Xaus)

📚 Introvert oshxonasi

31 Jan, 16:37


🤔 Men shizoid shaxs buzilishiga ega personajlarni deyarli bilmas ekanman. ChatGPT’dan so’rab ko’rsam, Kamyuning “Begona” asarining bosh qahramonida shunga o’xshash belgilar kuzatilishini aytdi. Asarni o’qiganlar, nima deysiz, Kamyuning qahramonida bu shaxs buzilishi bor deb tahmin qilish mumkinmi?

📚 Introvert oshxonasi

31 Jan, 16:35


🗿 Shizoid shaxs buzilishi

Shizoid shaxs buzilishini bir so’z bilan ta’riflash kerak bo’lsa, haddan ziyod ijtimoiy begonalashish va hissiy kambag’allik sifatida ta’riflash mumkin. Ta’rifimdagi “kambag’allik” so’zini ham miqdor, ham sifat jihatidan tushunish mumkin.

Shizoid shaxs buzilishining belgilari:

1️⃣ Yaqin munosabatlardan rohatlana olmaslik (natijada esa kim bilandur hissiy yaqinlikka extiyoj sezmaslik va buni qidirmaslik)

2️⃣ Yolg’izlikni afzal bilish (shuning uchun ularning hobbi va professional faoliyatlari ham jamiyat va insonlar bilan minimum muomila qilinadigan sohalardan tanlanadi). Yolg’izlikda o’zlarini qulay his qiladilar.

3️⃣ Jismoniy va taktil yaqinlikdan rohatlanmaslik (natijada jinsiy hayotga bo’lgan qiziqishning ham nihoyatda past bo’lishi). Quchoqlash, bo’sa olish kabi yaqinlikni bildiruvchi hatti-harakatlar ular uchun diskomfort tug’diradi

4️⃣ Aktiv faoliyatlardan zavq olishning yo’qligi – bekorga bu shaxs buzilishi va shaxs tipiga “programmistlar kasali” degan tamg’a yopishtirilmagan. Bu bilan hamma programmistlar shizoid yoki shizoid shaxs buzilishiga ega demoqchi emasman, hozirgi kunda dunyoni yarmi programmist bo’lib ketdi. Shunchaki kasb etikasi jihatidan shu kabi kasblar shizoid shaxs buzilishiga ega insonlar uchun eng qulay bo’ladi.

5️⃣ O’ta cheklangan sotsial doira — odatda ularning birorta ham yaqin do’sti bo’lmaydi (yoki bir dona do’sti bo’ladi) va faqatgina o’zlari o’sgan oila a’zolari bilan ijtimoiy yaqinlikka kirishadi. Shaxsiyat buzilishi haqida gap ketganda esa, ularning umuman yangi oila qurishini tasavvur qilish qiyin.

6️⃣ Maqtov va tanqidga nisbatan mutlaqo befarqlik – buning asosida navbatdagi belgi – hissiy sovuqlik yotadi. (Boshqa tarafdan qaraganda, qanday baxtli insonlar, birovni xoh yaxshi, xoh yomon fikriga e’tibor bermaydi).

7️⃣ Hissiy sovuqlik – shizoid shaxs buzilishiga ega insonlarni quyushqondan chiqarib yuborish nihoyatda qiyin ish. Hissiy sovuqlik bu shaxs buzilishining mohiyatini tashkil etadi. Shizoid shaxs buzilishiga ega insonlardan “Qayerda, qanday holatda biroz bo’lsa ham biror tuyg’uni his qilasiz?” – deb so’ralganda, ular odatda “Ijtimoiy faollik talab etiladigan vaziyatlarda hissiy diskomfort his qilaman” – deb javob berishadi.

🔖 Bu turdagi shaxs buzilishi autistik spektr kasalliklariga o’xshab ketadi. Chunki ikki turdagi kasalliklarning ham asosida hissiyotlar bilan bog’liq muammolar yotadi.

💡 Shaxsiyat buzilishi tashxisi qo’yilishi uchun ushbu kasalliklar guruhiga tegishli umumiy belgilar va yuqorida keltirilgan 7 belgidan kamida 4tasi kuzatilishi kerak.

📚 Introvert oshxonasi

26 Jan, 17:54


O’g’lim xonasini eshigiga yopishtirib qo’yibdi, aprelda 9 ga to’ladi

📚 Introvert oshxonasi

21 Jan, 03:37


Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilar! Ilmiy tadqiqot mavzuimiz uchun so'rovnoma o'tkazish zarur. 5 daqiqa vaqtingizni ayamay, ushbu anonim so'rovnomani to'ldirsangiz, nihoyatda katta ish bo'lardi. Oldindan tashakkur!

https://forms.gle/NvjK3swRpKoDzJiXA

📚 Introvert oshxonasi

18 Jan, 16:44


Ночь. В голове есть всё, кроме сна. Заманчивая кнопка воспроизведения берёт верх, клик - "....Маргаритка Ло-Антиль внимательно рассматривала магический шар..." В мысли хлынула ностальгия о прошлой зиме. Учитель английского, окутанный в тёплый шарф и пальто, возвращается домой. Идёт снег, на часах уже давно перевалило за вечер, в наушниках звучит аудиокнига диктора Кирилла Головина; одинокие столбы освещают окутанную снегом дорогу. Учитель этот думал о счастливом будущем, о лазурных берегах Средиземного моря и о хороших воспоминаниях, которые его ждут. Откуда же ему было знать, что старые добрые дни были тогда, когда выйдя с уютного дома его учеников, он возвращался в свою неменее уютную обитель, шагая по таинственному и по сему красивому, заснеженному ночному городу. Не знал он об этом точно так же, как и читатели этого текста, писатель, и так же, как и остальная равнодушная масса. Ибо откуда нам знать, людям обыкновенным, что старые добрые времена - именно сейчас. Не знал и он, и так никода и не узнал...

📚 Introvert oshxonasi

16 Jan, 04:04


G‘azoda bolalar tinchlik sulhini nishonlashmoqda..

"Albatta, har bir qiyinchilik ortidan..."

📚 Introvert oshxonasi

20 Dec, 14:45


Azizam, o'qiganlarning hammasi ham uqgan bo'lmaydi.

Tushun, diplomli bo'lish-ziyoli,farosatli bo'ldi degani emas. Aksincha,biror bir kasb faoliyati uchun yetarli kadr,mutaxassis bo'lish degani. Bu xuddi avtobus pattasiday bir gap, faqat manzilga yetib borish uchun kifoya qiladi. Avtobus ichida esa turli qiyofalar, turli xulqli insonlar bo'ladi.

Ma'lumotli bo'lib, hayvonday badxulqlarini uchratdim.

Ma'lumotsiz bo'lib, dunyoqarashi keng, so'zida,ko'zida ziyosi borlarni uchratdim.

Saviya,farosat,xulq diplom bilan berilmaydi. Uni diplomga umuman aloqasi yo'q. Ular umuman begona narsalar.

Malika Latipova

📚 Introvert oshxonasi

10 Dec, 14:12


📣 Do’stlar, sizga yana bir e’lon bilan keldim.

Xabaringiz bor, yaqinda kanalda bepul ingliz tili darslari haqida e’lon joylagandim. Endi huddi shu ustozimizning onlayn darslari ham yo’lga qo’yildi.

📚 Birinchi sinov darsida mutlaqo bepul qatnashib ko’rishingiz mumkin.

🎓 Ustoz @Kozimov_mmm 4 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega, yosh bo’lishiga qaramay yuzlab o’quvchilarni yaxshi natijalarga olib chiqqan. NYU, Buffalo, Michigan, Arizona va AQShning boshqa ko‘plab universitetlariga qabul qilingan. Hozirgi kunda Italiyada The University of Messina universtitetida 100% grand asosida ta’lim oladi.

👨‍💻IELTS — 8
👨‍💻SAT — 1510

Kurs narxi — 499 ming so’m
SAT kursining narxi — 650 ming so’m.

Ha aytgancha, “Introvert oshxonasi” kanalidan borganlar uchun qo’shimcha chegirma ham bor.

Birinchi dars sanasi 21-dekabr.
Sinov darsi uchun @Kozimov_mmm profiliga yoziling.

Ingliz tilini o’rganishni boshlash uchun dushanbani yoki yangi yilni kutmang) 🫢

📚 Introvert oshxonasi

01 Dec, 16:24


Qishning ilk kuni☁️

📚 Introvert oshxonasi

30 Nov, 18:11


https://youtu.be/eXxwDEBhi3E?si=DSWcYBmA7Cx_WI1S

📚 Introvert oshxonasi

18 Nov, 16:07


Ego — dushmaning kitobi nashrdan chiqdi!

Do’stlar, men va Odilxon Orifjonov birgalikda o’zbek tiliga o’girgan “Ego-dushmaning” kitobi nashrdan chiqdi. Shu bir yillik muddat davomida tarjima qanchadan-qancha diskussiyalar, bahslar va tahlillardan o’tdi)

Kitobning bosh g‘oyasi ego nafaqat insonning muvaffaqiyat sari yo‘lida to‘siq bo‘lishi, balki uning muvaffaqiyatini vayron qiluvchi kuch sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkinligi haqida.

Rayan Holiday bugungi kunning eng katta epidemiyasi bo’lgan muvaffaqiyatli muvaffaqiyat, shon-shuhrat ortidan quvish va xudbinlikka berilish oqibatlari haqida gapibgina qolmay, ego (nafs) tarbiyasi, qanday qilib u bizni boshqarishiga yo’l qo’ymaslik, kamtar bo’lish va amalga oshirayotgan har qanday ishingizni oxiriga yetkazish haqida amaliy tavsiyalar beradi.

“Ego – Dushmaning” nafaqat shaxsiy rivojlanishni targ‘ib qiluvchi kitob, balki ego bilan qanday ishlashni ko‘rsatadigan yo‘l xaritasi hamdir. U sizni maqsadlaringizga erishishda to’sqinlik qilayotgan, sizni to’xtatayotgan va pastga tortayotgan barcha illatlar haqida chuqurroq o’ylab ko’rishga undaydi va ularga qarshi kurashishda qimmatli vositalarni taklif etadi.

Kitob sodda, tushunarli va qisqa tilda yozilgan, insonning shaxsiy va professional hayotidagi o‘z-o‘zini anglashga yo‘naltirilgan, chuqur falsafiy va amaliy maslahatlar bilan to‘ldirilgan.

Kitobni albatta o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

📚 Introvert oshxonasi

18 Nov, 04:21


Bu yerda nima haqida gap ketyabdi? Qani kuzatuvchilar, bir tahlil qilingchi. Keyin men ham xulosamni yozaman 📚

📚 Introvert oshxonasi

18 Nov, 04:14


https://youtube.com/shorts/QX6Z_V5wkYc?si=1c_R9FKH_NK204R0

📚 Introvert oshxonasi

29 Oct, 15:47


Bu menman, piknikka ketayotgan emotiv))😊🫶

📚 Introvert oshxonasi

29 Oct, 15:46


Siz qaysi xabardan quvongan bo’lardingiz? 🥳

📚 Introvert oshxonasi

25 Oct, 09:47


2 haftalik kasal bilan kurashdan keyin va nihoyat o’zimni biroz yaxshi his qilyabman, shukur. Endi qolib ketgan ishlarni kelgan joyidan davom etamiz. Avval anonkast buzilish mavzusini yopamiz, keyin boshqa mavzularga o’tamiz.

📚 Introvert oshxonasi

25 Oct, 06:07


"Erkaklari latta bo‘lgan jamiyatning qariyalar uyi ko‘p bo‘ladi"

Keling, umumlashtirishdan oldin real keyslarga nazar solaylik: jamiyatimizda ayollar ko‘proq dominantmi yoki patriarxal struktura sababli, uyda abyuzer – ovqat tayyor bo‘lmagani uchun ayolini haqoratlaydigan, salga do‘pposlab, pampers yediradigan, ko‘cha xandoni, uy zindoni bo‘lgan erkaklarmi?

"Shuncha yurtlar kezib tushundimki.."

Shuncha yurt kezganingiz masalaga neytral qarashga yo‘l ocholmabdi. Qariyalar uyining ko‘payishi faqatgina ayollarning qistovi bilan bo‘lganmi? Yoki jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis, uydagi yetishmovchiliklar, qariyaning "yoshlikdagi xatolari" yoki shaxsiy qarori kabi kompleks sabablar ham bo‘lishi mumkinmi?

"...erkaklar, oiladagi rolingizni ayol kishiga topshirmang!"

Oiladagi erkak qanday bo‘lishini erkak sifatida ochiqlab ketish kerak edi, erkaklik faqat qorin qo‘yib, choyxonalarda kun o‘tkazish bilangina iborat deb o‘ylaydigan so‘taqo‘zilar uchun. Yoshlikda bolangga emotsional yaqinroq bog‘lan, kelajakda u sendan nafratlanishga asos qoldirma. Erkakning oiladagi o‘rni – himoya, mehr va mas'uliyat. Ota bo‘lish faqat moddiy tomondan ta'minot emas, balki ruhiy tayanch ham. Herolar ham qalbimizni faqat yaxshiliklar bilan qozongan ahir, degan maslahatlar ham zoye bo‘lmasdi.

Bir jamiyatga qarata bong urayotganda, u yerdagi aholining ijtimoiy, ruhiy holatini hisobga olish kerak. Agressiv qatlamga yanada agressivroq bo‘lishni uqtirish keskinlikni yanada kuchaytiradi xolos.

@psycho_sphere

📚 Introvert oshxonasi

24 Oct, 09:55


Assalomu alaykum! Do’stlar, yordamingiz kerak.

Orangizda disleksiya tashxisi qo’yilganlar, yoki kichik sinfdagi farzandiga shu tashxis qo’yilganlar bormi?


Bir singlimiz disleksiya bo’yicha tadqiqoti uchun aynan rasmiy tashxis qo’yilganlarni qidiryapti.


Sizdan ko’p narsa talab qilinmaydi. Bor yo’gi kichik intervyu savollariga javob bersangiz bo’ldi.

Murojaat uchun: @motylyoknsb

📚 Introvert oshxonasi

14 Oct, 15:04


Shularni qachondir merch qilib chiqaraman

📚 Introvert oshxonasi

12 Oct, 09:38


Siz ham o’z misollaringizni yozing 📌

📚 Introvert oshxonasi

10 Oct, 17:07


📌 Anonkast shaxs buzilishini tahlil qilishda davom etamiz.

📌 Moral va etiket qoidalari borasida murosasizlik

Anonkast buzilishli shaxsda dixotomik — oq-qora fikrlash ustun bo’ladi, shuning uchun ham hatto eng liberal muhitda o’sgan anonkastda ham nima to’g’ri va nima noto’g’riligi haqida aniq-tiniq belgilangan qonun-qoidalar bo’ladi. Masalan: anonkast siz bilan uchrashuv belgiladi va siz mutlaqo arzirli sabab bilan 5 daqiqaga kech qoldingiz. Bu vaziyatda anonkast uchun hech qanday yengillashtiruvchi sabablar yo’q, kech qolganingiz uchun siz dunyodagi eng tartibsiz insonga aylanasiz. Bu qoidalarga amal qilishni u o’zidan qanchalik talab qilsa, atrofdagilardan ham shunchalik talab qiladi.

Bri Van De Kamp misolida:
🟡 Bri mutlaqo liberal Amerika jamiyatida yashasa ham turmushga chiqquncha bokira bo’lgan
🟡 Eri o’lganida ich-ichidan tamom bo’lsa ham, g’amini tashqariga chiqarmaydi, chunki bu etiket qoidalariga to’g’ri kelmaydi
🟡Atrofdagilar bilan munosabatda “rasmiylik” u uchun birinchi o’rinda
🟡 Psixoterapevt qabulida uning eri Brida umuman “hislar” borligiga shubxa qiladi.


📌 Irratsional bog’lanib qolish

Anonkast shaxs buzilishida inson moddiy narsalarga, eski-tuskilarga g’ayrioddiy emotsional bog’lanish his qiladi. Bu narsalar moddiy u yoqda tursin, hissiy tomonlama ham hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin.

📌 Ehtiyotkorlik va shubxaga haddan tashqari moyillik

Bunday insonlar doim o’z imkoniyatlaridan pastroq darajada yashaydi. Masalan, 1000$ oylik olsa, 300 ga yashab, 700 ni “qora kun”ga olib qo’yadi. Biror yig’inda o’tirsa, eng kam buyurtmani aynan ular beradi va hisobni bo’lishda ham faqat o’zi uchun to’laydi, bundan bir tiyin ortiq ham, kam ham bermaydi. Albatta chekni tekshiradi.

Shimoliy Amerika klassifikatsiyasida (DSM V) faqat shu anonkast shaxs buzilishidagina “ziqnalik” (baxillik) kasallik kriteriysi sifatida keladi.

📚 Introvert oshxonasi

10 Oct, 16:32


🤍 Psixoterapevtlar butun dunyo ruhiy salomatlik kuni haqida nimalar degan bo’lardi?

Yung shaxsning soya tomonlarini integratsiya qilish sog‘liq uchun muhim deb aytardi.

Yalom hayotning cheklanganligini anglashning ahamiyatini ta’kidlardi.

Frankl ehtimol stimul va reaksiya o‘rtasidagi onlarni uzaytirish yo‘lini izlashni tavsiya qilardi.

Marcher insondagi o‘ziga xosliklarning jamiyat tomonidan qabul qilinish huquqini ta’kidlardi.

Kernberg identifikatsiya hissini rivojlantirish va tajovuzkor impulslarni boshqarishni muhokama qilgan bo‘lardi.

Terapevt bo‘lmagan ayrimlar ruhiy salomatlik kuni haqida nimalar degan bo’lardi?

Biz hech narsani bilmaymiz, bizni ham urishgan, mana normal bo‘lib o‘sdik, odamlar yomon noziklashib ketdi, qishloqqa borib ketmon chopsang bilarding, bizni zamonda depressiya degan narsa yo‘q edi, travmani psixologlar o‘ylab topishgan, sizlarga o’xshagan aqlsizlardan pul olish uchun, zavodga borib ishla!

🤍 Men nima degan bo’lardim?

Avvalo, eng muhimi — insonning o’z qadriyatlariga muvofiq yashay olishidir! Qolganlari uchun esa terapiya va serotonin ingibitorlari bor. 🌷

📚 Introvert oshxonasi

09 Oct, 20:07


Yana bitta)

📚 Introvert oshxonasi

09 Oct, 18:35


Mana yana bitta anonkast buzilishli personaj (Loraning eri, unda asotsial buzilish ham bor)

📚 Introvert oshxonasi

09 Oct, 17:31


Obsessiv-kompulsiv shaxs buzilishi belgilarini mashhur «Отчаянные домохозяйки» seriali qahramoni (meni eng sevgan personajlarimdan biri😃) Bri Van De Kamp misolida ko’rib chiqamiz.