Yondaftardan @yondaftardan Channel on Telegram

Yondaftardan

@yondaftardan


Qalbingizni gullating - Insonlar sizda Islomni topsin.
Tajribasiz yozuvchi qizning ijodxonasi🤍

Postlar manba bilan olinsin !

Yondaftardan (Uzbek)

Yondaftardan kanali sizga unchalik qiziq voqealar, ijodiy tasvirlar va fikrlabtiruvchi dasturlar taklif etadi. Bu kanalda ayollarning muntazam ravishda Islomiy maqola va maslahatlarini topishingiz mumkin. Yondaftardan xizmati sizning qalbingizni gullatish va ma'rifiy himoyalarni oshirish maqsadida yaratilgan.

Ushbu kanalda yozuvchi qizning ayollarga xos sahifasi mavjud va postlarini manbalar bilan chidlish imkoni mavjud. Agar sizga muntazam ravishda islomiy maqolalar va fikrlar kerak bo'lsa, Yondaftardan kanaliga obuna bo'ling!

Shaxsiy go‘zal hududimiz bilan tanishing: [Yondaftardan kanali](https://t.me/+HX59j_5ueM0xNTZi)

Murojaat va takliflar uchun @yondaftarga_maktubbotga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning e'tirofingiz, takliflaringiz va fikrlaringiz biz uchun muhimdir. Yondaftardan kanali sizni ma'noga to'laqib, qiziqlik bilan bilimlantiradi!

Yondaftardan

16 Feb, 07:57


Yorqinjon qori. Hazrat Ramazon Butiy haqida ma'ruza.
Ilm egalari uchun tavsiya etiladi.

Yondaftardan

14 Feb, 18:30


Baxtli yashashni istaysizmi ?

#tadabbur
Baxtsizlik tòrt narsada jam bòlmaydi

📌 1. Duo, duoni ixlos ila qilar ekanmiz, biz baxtsiz bòlmaymiz. " U dedi : " Robbim, mening suyaklarim mòrtlashdi, boshga oq tutashdi, Robbim, Senga duo qilish ila baxtsiz bòlmaganman" Maryam surasi 4-oyat.

📌 2. Birrul Volidayn. Ota-onaga yaxshilik qilar ekanmiz, aslo baxtsiz bòlmaymiz.
" Meni volidamga mehribon qildi va jabrchi, badbaxt qilmadi " Maryam surasi 32-oyat.

📌 3. Qur'on. Qur'on bilan birga bòlar ekanmiz, aslo baxtsiz bòlmaymiz.
"Senga Qur'onni baxtsiz bòlishing uchun nozil qilganimiz yòq "Toha surasi 2-oyat.

📌 4.Hidoyatga ergashish. Kimki Alloh taolo buyurganiga ergashsa, qaytarganidan qayta aslo baxtsiz bòlmaydi.
" Agar Men tomonidan sizga Xidoyat kelganida, kim xidoyatimga ergashsa, aslo adashmas va baxtsiz bòlmas " .Toha surasi 12-oyat
.
@yondaftardan

Yondaftardan

13 Feb, 18:52


Sahifangni dugonang ham kuzatsa)))
Har bir postimizga ahamiyat beradiganlarni qalban yaxshi kòraman.

(Smsda Navoiyning ğazalini tahlil qilmoqdalar..)

Yondaftardan

13 Feb, 18:29


Ona Sharq tojin kiyib zulmatda ushlatmang meni,
Bodai haq mastiman yolg‘onga uyg‘otmang meni,
O‘z xayolimga qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o‘xshatmang meni,
Kim bu rasvoi ajam, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas.

Yondaftardan

13 Feb, 18:22


Bu mavzuda gapiradigan gaplarim juda kòp ammo, yozgani erindim.

Yondaftardan

13 Feb, 18:19


Navoiyning asarlarini òqing…
Ichingizdan Ixlosni, ishqni his qilasiz…

Bilasizmi eng oğriqli jihat nima ? Alisher Navoiyni kòpchilik faqat “shoir” sifatida tanishi..
Yòq, Navoiy nafaqat shoir Allohga oshiq, “Nizomiddin”(dinning nizomi) deb atalgan, ònlab ilm sohibi, buyuk sòfiy va siyosatchi edilar..
Nega biz Navoiyning ğazallarini his qilolmaymiz bilasizmi?
Navoiyning ğazalini
his qilish,tushunish uchun, uning umri òtgan ilmlarni bilishimiz kerak. Ular bosib òtgan yòlni, bosib òtish kerak..
Bolaligidayoq, Qur’onni yodladilar, biz
oliy ta’limda òrganayotgan shar’iy va boshqa zaruriy ilmlarni, Navoiy maktab yoshidayoq yoddan bilgan..
Navoiyni tushunish uchun kamida ularning ilmlarini bilmoq kerak..
Ularni yetuklikda yozgan asarlarini his qilish uchun, hech yòqsa, bolaligidagi “sa’viyaga” chiqmoq kerak …

2 xil sa’viyadagi insonni gaplari bir biriga tushmagan bir vaqtda,bunday buyuk siymoni tushunish uchun adabiyotni qoyillatib, 4 ta ğazalni bilish kifoya qilmaydi)))


Albatta fikri ojizimcha))

@yondaftardan

Yondaftardan

12 Feb, 19:01


Abdulloh ibn Mas’udning oldiga qizlari kelsa, quchoq ochib kutib olar va shunday derdilar :
Ey Abdullohga doʻzaxdan parda boʻlguvchi qizalogʻim! Marhabo, xush kelibsiz..”

Yondaftardan

12 Feb, 13:24


…ana shundan soʻng vabo va boshqa kasalliklar koʻtarildi..

Yondaftardan

12 Feb, 11:29


Ushbu oyatda Alloh taolo Shaytonga xitob qilib, “Mening muxlis bandalarimga sening hukming ham, gaping ham oʻtmaydi. Ziynatlashing ham, yoʻldan ozdirishing ham ta’sir etmaydi. Sening bu narsalaring faqatgina senga ergashgan, yoʻldan adashgan gumrohlargagina oʻtadi va ta’sir qiladi”, demoqda.

Kitobdan

Robbim bizlarni muxlis bandalaridan qilsin.

Yondaftardan

11 Feb, 19:20


Biz muvaffaqiyatlarga oʻzimiz erishmadik…
Volidamizni duolari erishtirdi ..

Yondaftardan

11 Feb, 17:56


Tiniq suvga tushgan tuproq, suvni loyqalaydi va uni avvalgi holatiga qaytarolmaydi.

Qilib boʻlgan ishimiz va gapirib boʻlgan gapimiz ham huddi shunday..
Shu uchundir balki Alloh taolo insonga “fahm” bergan.Har bir ishimiz va soʻzimiz oldidan tafakkur qilaylik va doim shu savolga xolis javob beraylik : - “ Ushbu qilmishim ila Alloh taolo oldida nima deyman?”
@yondaftardan

Yondaftardan

11 Feb, 09:46


Qachongacha ?
(O‘zingizni aldaysiz)

Biz turmush qurganimizda hayot yaxshiroq bo'lishiga o'zimizni ishontiramiz.
Turmush qurganimizdan keyin esa, farzandli bo'lganimizda baxtli bo'lishimizga ishonamiz.
Hatto undan keyin boshqa farzandli bo'lganimizdan keyin hayot yaxshiroq bo'lishiga o'zimizni ishontiramiz...
Shunda bolalarimiz yosh bo'lgani uchun biz ular katta bo'lganda baxtli bo‘laman deymiz.
Farzandimiz katta bo'ladi, turmush qursa baxtli bo‘laman deymiz.
Farzandlarimiz turmush ham quradi, endi nabirali bo'lsak baxtli bo'lamiz deymiz.
Va unday bo‘lsa, bunday bo'lsa .......
Hayotimiz komil bo'ladi deb o‘ylaymiz.
Qachongacha baxtni kutamiz?
Haqiqat shundaki, hozirgidan baxtliroq vaqt yo'q sizda. Hozir bo'lmasa, qachon?...
Ishoning hayot hamisha kurashlarga boy bo'ladi. Eng yaxshisi, buni qabul qilish va nima bo'lishidan qat'iy nazar har oningizdan zavq olib baxtli bo'lishga qaror qilishdir.
Kelajakni o‘ylab havotirlanish - baxtga yo'l yo'qligini ko'rsatdi, aslida
Baxt bu yo‘l emasmidi ?
@yondaftardan

Yondaftardan

10 Feb, 17:08


Qanday insonlarni yaxshi ko‘rasiz ?
Fikri ojizimizcha muhabbat qilishga arziydigan inson - Allohda qo‘rqqan insondir.

Buni juft misolida ko‘rsak:
Allohdan qo‘rqqan juft - Seni tashlab ketmaydi, senga pok hayot baxshida etadi, senga xiyonat qilmaydi,senga qo‘l ko‘tarmaydi, xato qilsang Allohni eslatadi. Seni Allohning omonati deya his etadi.

Buni doʻst misolida koʻrsak,
Allohdan qo‘rqqan do‘st- Siringni sotmaydi, omonatingni saqlaydi, sening foydangni o‘ylaydi, zararlardan ogoh etadi. Ortingdan gapirmaydi, senga dushmanligi borlardan esa himoya qiladi.

Buni bir inson sifatida koʻrsak, Allohdan qoʻrqqan inson - Seni kim boʻlishingdan qat’iy nazar, haqingga xiyonat qilmaydi. Uni doʻsti yo dushmani boʻlishing ahamiyatsiz seni Allohdan qoʻrqishga chaqiradi. Sening mansabing, kasbing uni senga boʻlgan muomalasini oʻzgartirmaydi. U Seni shunchaki Alloh uchun bir musulmon sifatida hurmat qiladi.
@yondaftardan

Yondaftardan

09 Feb, 17:20


Bola ota-onasi huzuridagi omonat bòlib, uning qalbi pokiza gavhardir. U har qanday naqshni qabul qilaveradi. Ota-ona bolani kichikligidan, umrining avvalgi kunlaridan ehtiyotkorlik bilan kuzatib borishi kerak. "Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi" deganlaridek, emizuvchi "ona" dindor, axloqli ayol bòlishi kerak. Oilasini boquvchi erkak esa halol kasb qilishi kerak. Xarom aralashgan kasb tufayli, nafaqat òzini balki oilasini ham harom luqmali, duosi va ibodati qabul bòlmaydigan, noqobil insonlardan qilib qòyadi.


@yondaftardan

Yondaftardan

22 Jan, 18:50


#tarjima

Arzirli Inson bo‘ling 

Hamma narsaga arziydigan odam bo'ling!
Siz xafa bo'lganingizda u ham hafa bo'lsin, siz xursand bo'lganingizda u ham xursand bo'lsin. U siz his qilayotgan narsalarni his qilsin.
Siz uni tushunganingizdek, u ham sizni ko'rinishingizdan va sukutingizdan anglay olsin. Chunki sevgan inson, sevganini his qila olishi, tushuna olishi kerak. U sizning eng yaxshi do'stingiz, onangiz/otangiz, sirdoshingiz bo'lishi kerak. U sizdan qo‘rqmasligi, aksincha sizni qalban hurmat qilishi va ruhan qo‘llab-quvvatlashi, sizga ishonishi kerak. "U mening yonimda" deya olishingiz kerak.U ham "U mening yonimda" deya olishi kerak. Siz u bilan yig'laganingizdek, u ham siz bilan birga yig'lay olishi, u siz bilan birga kulishi, siz bilan birga maroq ila hayol sura olishi kerak. U jahli chiqqanda siz unga Sokinlik bo‘lganingizdek, u ham sizga sakina bo‘la olishi kerak. U sizga hotirjamlik, ishonch, sadoqat manbai bo‘lishi kerak. Siz uni qanday bo'lsa shunday yaxshi ko‘rganingizdek, u ham sizni kamchiliklaringiz bilan seva olishi kerak. Siz uni o'zgartirmaganingizdek, u ham sizni o'zgartirmasligi kerak, u sizni siz kabi qabul qila olishi kerak. Keyin, barcha muammolar, qiyinchiliklarni birga yengishi va kimgadir to‘nkamasligi kerak. Nihoyat siz uchun
"U hamma narsaga arziydi" deya olishi kerak. Va siz uning hamma narsasi bo'lganingizdek, u ham sizning hamma narsangiz bo'lishi kerak.
Qisqasi, u sizga uy bo'lishi kerak, xuddi siz unga "uy" bo'lganingizdek
...

Menimcha ana shunda Haqiqiy saodatli va sharafli oila bunyod bo‘ladi.
Ana shunda sog‘lom avlod va sakina vujudga keladi.
Ana shunda ajrimlar soni va tushunmovchiliklar kamayadi...

@yondaftardan

Yondaftardan

22 Jan, 15:02


Yaxshi bilan yomonni farqlolmaydigan darajada ojizmiz Robbim...
O‘zing bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin !
Bilmasak bildir.
Anglamasak, anglatgin..

Yondaftardan

22 Jan, 12:03


Shunday o‘tdi, o‘tdi bolalik
Nihoya yo‘q, armonlarimga
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she‘ru dostonlarimga

Mag‘rurligim hamon qolmagan
Hamon baland o‘tli ko'kragim
Yoshligimga burnim qonagan
Endi esa qondur yuragim..

Yondaftardan

21 Jan, 16:12


Unutmang, katta òzgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi !
Bu birgina salom-ku, desangiz adashibsiz.
Kun-u tun "Amiyn" deb turgan farishtalarning "Amiyn" ga sòzlarimiz, misli bir òq kabidir.

Yondaftardan

20 Jan, 10:22


Alhamdulillah bugun amaliyotimizning ilk kuni. Taassurotlar esa ajoyib. Muhit bo‘lsa, juda yoqimli, Robbim olgan ilmimizga amal qiladigan suyukli bandalaridan qilsin.

Yondaftardan

19 Jan, 13:20


Kishi, òzidan ilm darajasi baland bòlgan kishilarni havas qilib, òzini turgan holatidan norozi bòlmagunicha hech qachon Olim bòlolmaydi.

Umar ibn Hattob

p.s: Ya'ni men shuncha narsani bilaman deb emas, men hech nimani bilmayman. Qaniydi falon insondek men ham shu ilmlarni bilsam edi deb havas qilib, qalbi notinch bòlmagunicha hargiz ilmli bòlolmaydi !
Tinchimang! Izlaning! Qarang qancha insonlar qancha yuksaldi.Atrofga nazar soling, siz ulardan-da òtib ketishga qodirsiz. Allohdan tavfiq sòrang, harakat qiling. Bilmagan narsangiz chiqsa siqiling, "nega men shuni bilmasdim?" deng. Ana shunda qalbingiz uyģonadi. Ana shunda siz tòxtamay harakat qilasiz.
@yondaftardan

Yondaftardan

18 Jan, 03:51


Insonda "Adolat" hissi bormi yòqmi ? Bilmoqchi bòlsa, òziga boqsin:
Gunohlardan va pastkashliklardan qaytaradigan malakasi bòlsa, adolatning mavjudligidandir.

Yondaftardan

16 Jan, 12:19


Ustozimning bir o‘gitlari aslo yodimdan chiqmaydi :
- Biror narsaga "Ho‘p" yoki "Yo‘q" deb, qaror qabul qilishingizdan avval, "o‘ylab ko‘ray-chi" deyishni, o‘rganing. Va qo‘lingizdan kelganiga kirishing va bu yo‘ldagi bahonalardan voz keching !


@yondaftardan

Yondaftardan

16 Jan, 12:13


Inson o‘z hurmatini o‘zi yo‘qotadi

- Bir ishni qilaman dedingiz ammo qilolmadingiz.
- Bir insonga va'da berdingiz ammo va'dangizda turolmadingiz.
- Kòp rejalar tuzasiz lekin, bahonalar bilan rejangizni buzasiz.

Hòsh, endi izohlaymiz, miyyada bir signal borki, u sizga qilmoqchi bòlgan muhim ishlaringizdan ogoh etib turadi. Lekin siz, òsha muhim ishlarni bora-bora bahonalar ila qilolmasangiz, miyyadagi bu signal passivlashadi ya'ni tobora  hech narsaga jiddiy  yondashmaydigan bòlib qolasiz.
Buning oqibatida esa, sizda yangi signal paydo bòladi. "Baribir qilomayman" " Baribir bòlmaydi" "Aniqmas" degan, òziga-òzi ishonmaydigan, òzini òzi qòrqoq, qòlidan hech narsa kelmaydigan, uddalay olmaydigan deya baholaydigan tuyģu paydo bòladi.
Hamma narsaga oddiy qaraydigan, birovga va'da bersa ustidan chiqolmasa siqilish òrniga, qòl siltab ketadigan insonga aylanasiz.
Tartibsiz, sòzida turolmaslikni hazm qiladigan insonga aylanasiz.
Oqibatda esa òzingizga- òzingizni hurmatingiz tushadi " Men baribir qilolmayman" degan vasvasa bosadi.
Va atrofingizdagilarni sizga nisbatan  hurmati ham anchagina tushadi, " Baribir sòzida turmaydi" deya sòzlaringizga jiddiy qaramay qòyishadi.
Bu esa qadr qimmatni òta past sanashdir..
Ogoh bòling!
Siz Rosululloh sollallohu 'alayhi vasallamning ummatisiz.
U Zot bir ishga rozilik bildirsalar, aslo qaytmaganlar !
Mo‘min so‘zida turadi!

Muolaja Uslubi:

Gapirishdan oldin, va'da berishdan oldin "òylab kòray-chi" deng.
Va òzingizga-òzingiz ayting,
" - Qila olamanmi ? vaqtim bormi ?, òzi menga kerakmi?" Javobingizdan kelib chiqib qarshingizdagi shaxsga rozilik yoki rad javobini bering.
Bu muolaja orqali atrofingizdagi shaxslar sizni hurmat qiladi, vaqtingizni qimmat ekanini va aytilgan ishni qilishingizdan havotirga tushib sizga òylab taklif bildiradi. Miyyangizda esa òzini- òziga nisbatan ishonchi oshadi.
Biror ishga qilishga kirishganingizda
" Men qila olaman, chunki bunga kòzim yetadi" degan fikr òtadi.
Sòzlari qiymatli va hurmatli shaxsga aylanasiz. Bu nafaqat atrofdagilar uchun balki o‘zingizni, o‘zingiz hurmat qilishingizdir..

@yondaftardan

Yondaftardan

15 Jan, 18:41


Yakuniy imtixonlardan Islom tarixi bilan Xorijiy til imtixoni qoldi #Alhamdulillah
Keyin eeerkin nafas olaman hozir esa kislorod yetishmovchiligi bor )))

Yondaftardan

15 Jan, 16:13


#qalbimga_pichirlab

Sen hohlayotgan narsa buyukligi uchun sinovlaring ham kattadir balki...
Sen hohlagan xayot, boshqalarning xayotiga o‘xshamagani uchun yo‘llaring ham insonlar yo‘lidan farq qilar...
Sen niyat qilgan narsa, boshqalarning hayoliga ham kelmagani uchundir balki shu sinovlar qarshingda...
Unutma ! Sen hamma qatori emassan !
Undagi mashaqqat ham hamma qatori bo‘lmaydi !

@yondaftardan

Yondaftardan

15 Jan, 07:44


Bu insonni "inson" sifatida juda hurmat qilaman va kuzataman. Sizlarga ham ushbu suhbatlarini holis tavsiya qilardim..

Yondaftardan

15 Jan, 07:19


https://youtu.be/gc0u-Ufonfs

Yondaftardan

14 Jan, 14:49


Hammamizda bir xil ikkita kòz bor, ammo qarashlarimiz har xil...
Hammamizda aql, fahm bor, ammo tushunchalar har xil...
Hammamizda bir xil umr bor, ammo undan foydalanishimiz har xil..
Tafakkur qiling,
Ajdodlarimiz yoki buyuk zabardast Olimlarimiz ham sizda, bizda bor aql, kòz, umr bòlgan. Bizdan oshiqcha biror narsasi yòq edi...
- Yo'q, yolģon bòlmasin)))
Oshiqcha narsasi bor edi! Ularning,
Mas'uliyati bizdan kòra kòp edi !
Niyatlari biznikidan yuksak edi !
Gumonlari biznikidan yaxshi edi !
Qalblari esa biznikidan Pok edi !

@yondaftardan

Yondaftardan

13 Jan, 19:23


Har bir muvaffaqiyatli insonlar osmondan tushganmas, ichimizdagilardir. Ularni bizdan farqi bitta - Vaqtidan unumli foydalangan!
Siz ham Olim, olima bòlishingiz mumkin, men ham bòlishim mumkin.
Olim va yoki muvaffaqiyatli inson bòlish uchun kòz tòrtta, quloq oltita bòlishi kerak degan joyi yòq. Faqat sharti bitta oniy lazzatlardan voz kechib, uzviy shug‘ullanishdir !
Yo vaqtimizdan foydalanamiz, jamiyatni yetaklaymiz. Yo vaqtimizdan foydalanishadi, yetalanuvchi bòlib qolib ketamiz.
Tanlov esa hamisha bizda !

@yondaftardan

Yondaftardan

12 Jan, 05:08


Musulmonlar hech qachon gumonga ergashmaydilar.
Rosululloh alayhissalom aytdilar: Gumondan ehtiyot boʻlinglar, chunki gumon eng yolgʻon soʻzdir.

Yondaftardan

11 Jan, 16:05


🥳

Yondaftardan

10 Jan, 14:03


#ojizona_tavsiya
Omma orasida ma‘lum shaxsga qaratilgan so‘z aytilmagani yaxshi, o‘z nomi bilan axir, ommaviy joyda ommaviy gapirilishi va omma uchun birdek, muhim bo‘lgan mavzular aytilishi yoki yozilishi kerak.Ya‘ni bir insonning shaxsiga tegishli narsalar, masalan xato, kamchilik, nasixat va tavsiya kabilar omma oldida aytilmasdan, shaxsning o‘ziga aytilsa, nur ustiga a‘lo nur bo‘ladi.
"Donolik" qilaman deb, "nodonlik" qilib qo‘ymaylik, deyman-da ))
Zero "Satr qilganni - Alloh taolo Qiyomatda Satr qiladi".

@yondaftardan

Yondaftardan

10 Jan, 03:53


Unutmang-ki, Islom erkakka ham ayolga ham bir xil !
Mahramiyatga ayol ham erkak ham amal qilishi qat'iydir.
Erning ayoli ustida qancha haqlari bo'lsa, ayolning ham eri ustida shuncha haqlari bor. Siz oila qurganmisiz yo‘qmi bilmayman ammo oila qurganingizga yarasha unga oid ilmlarni bilishingiz shart, kerak bo'lsa Vojib ham. Ota yoki ona bo'lganingizdan keyin qo'lingizdagi "Omonat" farzandni munosib tarbiyalang!
Jamiyatga Islohotchilar kerak buzģunchilar emas, ummatga diyonatlilar kerak kushandalar emas !

@yondaftardan

Yondaftardan

10 Jan, 03:53


Parokandalik

Biri 14 yoshida homilador bo'ldi
12 ga ham kirmagan qizaloq esa, Maktabga ketib, jasadi ariq bo‘yidan topildi.
Ne-ne umidda ota-onasidan yiroqda o‘qiyotgan qizlar esa nomusi tobtalishi sabab joniga qasd qildi.
Chida, mahalla-ko‘y nima deydi, bolalaring bor axir deganlarni qizi esa o‘zini ham farzandini ham joniga qasd qildi.
Yana birini esa Eri kaltaklab o'ldirdi.
Aqlga sig'mas haqiqatlar to‘g‘rimi ?
Lekin haqiqat!
Bu kichik hikoyalar tagida juda katta va jirkanch ishlar bor...
Va ayollarning ayanchli taqdirida biz bilmagan "yopti-yoptilar" juda ko‘p...
Nega bu hali ham davom etmoqda?
Nega chora ko‘rilsa-da, befoyda ?
Sabablarini yozsam tugamaydi...
Ammo eng achinarlisi esa :
"U o‘g‘il bola o‘z yo‘lini topadi" deya yigitlar uchun hamma narsani "mumkindek" tarbiyalayotgan jamiyatda yashayabmiz !

@yondaftardan

Yondaftardan

08 Jan, 14:25


Kim o‘z vaqtini solih amal bilan band qilsa, Alloh taolo uni dangasalik, adashish, tortishish va xatodan himoya qiladi. Agar vaqtingiz manfaatli va sermazmun bo‘lishini hohlasangiz, maydonga chiqing va odamlarga foyda keltiradigan ishlar qiling.

@yondaftardan

Yondaftardan

07 Jan, 17:28


Bir haqiqat bor :
Ilmga yalqovlik qilgan inson,
Bola tarbiyasida ham,
oila ishlarida ham,
ibodat borasida ham, aniq aytadigan bòlsak hayotdagi barcha muhim jabhada yalqovlik qiladi. Va bu amaliyotda juda kòp bor òz aksini topgan.

Ogoh bòling, ilmga nisbatan beparvo va dangasa inson bilan aslo oila qurmang.

@yondaftardan

Yondaftardan

07 Jan, 12:57


In Shaa Alloh, bir kuni men ham Hazrati Usmondek "Allohga qasamki, bu qo‘llar Allohning kalomini yozgan" deyman...

p.s: Yozaverib qo‘li og‘rigan talabalarga motivatsiya ))

@yondaftardan

Yondaftardan

06 Jan, 19:49


Birimiz yaxshi hamroh qidiramiz..
Birimiz yaxshi juft...
Birimiz yaxshi kasb qidiramiz..
Birimiz yaxshi uy...
Birimiz yaxshi joy qidiramiz..
Birimiz yaxshi qo‘shni..
Maqsad bitta hamma yaxshisini qidirish bilan band!
Aslida, yaxshisi qidirilmaydi !
Siz munosib bo‘lsangiz U o‘zi keladi!

Yaxshi inson bo‘ling, atrofingiz yaxshilanadi. Huddi Rosululloh s.a.v johiliyat davrini axloqlari ila Saodat davri qilganidek (biIznillah).
Yaxshi bo‘ling siz borgan joy yaxshilanadi.
Yaxshi niyatda kasb o‘rganing, ishlang ishingiz yaxshilanadi.
Yaxshi gapiring, axloqingizni go‘zal qiling muomalalar yaxshilanadi.
Hamma muammo bizda))
Biz, siz, men yaxshisini qidirib shuncha umrimiz o‘tdi, undan ko‘ra o‘zimiz bilan ishlasak edi...
Bir o‘zimizni hisob-kitob qilsak edi...
Balki yaxshi(mas) bizligimizni bilarmidik..
Balki yaxshilarnarmidik..
Unutmang, yaxshilanmas ekanmiz atrofimiz yaxshilanmaydi
!
@yondaftardan

Yondaftardan

06 Jan, 19:40


Talabalarni vazifa tayyorlash emas, tayyorlanmagan vazifalarni òylash charchatadi !

@yondaftardan

Yondaftardan

05 Jan, 13:27


Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Do‘zaxga xarom kishini yoki unga do‘zax xarom bo‘lgan kishini sizlarga xabarini beraymi? U (birodariga hojat vaqtida) yaqin turadigan, tavozu’li va muloyim kishilardir”, dedilar. (Imom Termiziy rivoyati)
@yondaftardan

Yondaftardan

04 Jan, 18:14


Kòngilda qolish bor.
Kòngildan qolish bor...
Birin ziyorati dil obod etar.
Birining ziyorati dil barbod etar..
.
@yondaftardan

Yondaftardan

04 Jan, 05:34


Muazzin kabi bo‘l...
Uning ovozi haqni bildiradi, e‘lon qiladi. Kim namoz o‘qidi va kim tark etdi, bular uni azonni aytishdan chalg‘itmaydi.
Sening zimmangda ham haqni bildirish bor xolos. Qalblarning hidoyati esa Alloh taologa xosdir.


#arabicuz
@yondaftardan

Yondaftardan

03 Jan, 10:56


Onam Maryam alayhissalomning onalariga o‘xshaydi...
Hanna (Maryamning onasining ismi) ham boshqa onalardek farzandini bag‘rida olib o‘tirsa bo‘lardi, ammo qizini Allohning yo‘liga bag‘ishladi.
Maryam tug‘ilganida, soliha va taqvodor bo‘lsin deb, o‘stirdi..
Hannaning necha yilgi duosi farzandli bo‘lish, ulg‘aytirish edi..
U ham boshqa onalardek qizini xizmatidan ko‘zi quvnasa bo‘lar edi. Ammo u Allohning yo‘lini tanladi...
Mening Volidam ham shunday
Ular ushbu yo‘lni tanladi.
Garchi men Maryamdek bo‘lolmasam-da, onam Hannadek bo‘ldi!
@yondaftardan

Yondaftardan

03 Jan, 09:22


Odamlar bilan ishlaydigan, ko‘p muomalada bo‘ladigan kishi tahajjud namozini o‘ziga lozim tutishligi kerak.
Sababi " Odamlarni rioyasi kuchaygan sari, Allohga taqvo susayadi "
Qozilar qozisi, Shayx Abu Yusuf hazratlari qozi bo‘lib tayinlanganlaridan boshlab 120 ra‘kat tahajjud o‘qigan ekanlar. Ayniqsa yetakchi kishilar, ahli ilmlar, tolibi ilmlar ham ushbu narsaga e‘tibor berishligi kerak.

(Tahajjudga turishga ko‘zi yetmaganlar xuftonning vitridan oldin o‘qishlari tavsiya etiladi, tahajjudning ozi 2 ra‘kat ko‘pi 8 ra‘kat )

@yondaftardan

Yondaftardan

01 Jan, 13:29


Ba'zi jinoyatlar bor-ki, qonun hisobga olmaydi. Ammo, Alloh ko'radi, yelkangizdagi farishtalar yozadi. Sud esa qiyomatda bo'ladi..
U yerda pora olinmaydi, tarafkashlik bo'lmaydi, sizni hech kim himoyaga olmaydi ! Kimgadir yolg'on so'zlarsiz, tuhmat qilarsiz, g'iybat qilarsiz, indamaydi deb, diliga ozor berarsiz yoki fitna qo'zirsiz, unutmang-ki, bularni javobi ham, ijrosi ham qiyomatga qoladi.
Bu yerda jinoyat hisoblanmasa-da, iffatingizni, musulmonligingizni qiymatsiz qilib, nomahramga suykalishingizni jazosi qiyomatda juda og'irdir !
Suyaksiz tilingizdan nomahramga chiqqan izhorlaringiz, boshingizga balo bo'lmasin !
Pok bo'ling ! Qalbingizni, uyingizni, tilingizni va telefoningizni pok saqlang. Ushbularga aslo HAROM ARALASHTIRMANG !
Zero sizning yuzingiz - Telefoningizdagi materilallardir, gapirgan gapingiz, bosgan qadamingiz, qilgan amalingiz va tanlagan odamingizdir !
@yondaftardan

Yondaftardan

28 Dec, 04:37


Ilm ikki toifa inson orasida zoye bo‘ladi
- Hayo qiluvchi
- Kib qiluvchi


Hayo qilib, tortinib ilmda savollarini berolmay yoki tushunmaganini izhor qilolmay ilmni zoye qiladi.
Va yoki, "men asli bilardim" deb, darslarga bee‘tibor bo‘lib yoki boshqa masalada kibr qilib ilmni zoye qilarlar.
Afsuski ushbu illat sohiblari qancha chiranmasin ilm ahlidan bo‘lolmaydi va yoki ilmdan baraka topolmaydi...
@yondaftardan

Yondaftardan

27 Dec, 17:13


Siz o'zingizga turmush o‘rtoq tanlash huquqiga egadirsiz, ammo bo'lajak farzandingiz o‘ziga ota-ona tanlash huquqiga ega emas !
Ularga shafqat qiling...
Munosib tanlov qiling !
@yondaftardan

Yondaftardan

27 Dec, 07:28


Bu kishining ko‘zi ojiz. Undan so‘rashdi :
- Ko'zing ochilsa, nimani ko'rishni xohlarding?
- Onamni...!

©Ikrom Sharif sahifasidan

@yondaftardan

Yondaftardan

26 Dec, 18:08


Ummaviylar sultoni Hishom ibn Abrurrahmon taxtga chiqqanida hali uylanmagan edi. Turmush qurishi uchun, bo'lajak kelin Qur'oni karimni to'la yod olgan bo'lishini shart qilib qo'yadi.Shunda Galin degan joyning o'zidan 720 nafar Qur'on xofiza qizlari chiqdi. Keyin sulton, ikkinchi shartni qo'yishga majbur bo'ldi: Bo'lajak zavjasi Imom Molikning "Muvatto" sini ham yod bilishi kerak edi. Shunda ham kelinlikka nomzodlar kamaymadi, Qurtubaning o'zidan 500 nafar qiz Qur'onni ham " Muvatto" ni ham yod bilishi ma'lum bo'ldi..

p.s: O'zinga o'xshagani uchrasin deyilganda, òylanmasdan amiyn amiyn deyishlik nasib qilsin!
Zero, eng yaxshilari qidirilmaydi, eng yaxshisi bòling òzi taqdir bòlib keladi !

@yondaftardan

Yondaftardan

26 Dec, 17:18


“O’zingni ERTAYU KECH Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut! …”
(“Kahf” surasi, 28-oyat).

Yondaftardan

26 Dec, 09:04


Gaping boshqa, ishing boshqa bo'lmasin.Chunki eng yaxshi gap, ish bilan tasdiq topgan gapdir.

Sa‘id ibn Omir r.a.
@yondaftardan

Yondaftardan

26 Dec, 08:56


Har safar uyimga qaytib qilgan birinchi ishim "Kitoblarimni tekshirish" bòladi. Bu jarayon kòp vaqtimni oladi va oxir-oqibat 2 ta yo 3 ta kitobim albatta kam chiqadi)))
Bu safar "baxtini topib" ketgan kitoblarimga baxt tilab tekshirmadim ham, taqdirga tan berib, kutubxonamga siģmagan yangi kitoblarimni tokchalarimga joyladim ...

Yondaftardan

25 Dec, 15:02


Buni biz madrasada "Muhosaba" deb o‘tgandik. Dinimizda yozilgan ko‘p tavsiyalarni, mashur ingliz yozuvchilarining kitoblarida ko‘ryabman ))
Islom naqadar go‘zal va mukammal.
Kamchilik bizda bor ammo dinda emas. Odamlar pullarini sarflab har xil treningga boradi, ammo aksariyatini bilib olgan "yangiligi" diniy adabiyotlarimizda ancha oldin yozilgan.

Yondaftardan

25 Dec, 14:58


O‘zingizni-o‘zingiz tahlil qiling.
Har kuni tunda qilgan ayblaringizni yozing va ro‘parasiga shu aybni takror qilmaslik uchun nima qilishingiz keraligini ham yozing.
Bu orqali sizdagi illatlar asta-sekin yo‘qoladi.
Yolg‘on
Maqtanish
Kerak-kerakmas gapirish va hokazo..
@yondaftardan

Yondaftardan

25 Dec, 12:49


#tarjima
Hech kimni o‘zgartirishga urinma va kimnidir o‘zgarishiga ham ishonma ;
Avval boshidan o‘zingga o‘xshovchi bir ruhni qidir.


@yondaftardan

Yondaftardan

24 Dec, 12:32


Eng yaxshisini xohlagan inson, avval o‘zi eng yaxshisi bo‘lishi kerak !

Qanday hayot xohlayabsiz ? - Shu hayotga yetishish uchun mehnat qildingizmi ?
Qanday juft xohlayabsiz ? - Niyat qilgan juftingiz ham sizni tanlashiga ishonasizmi ?
Uni xohladingiz, buni xohladingiz ho‘sh o'sha istaklaringizga yetishish uchun nima qildingiz ?
Unutmang, Eng yaxshilari - faqat eng yaxshilari uchundir !

Bundaylarga "Telefon titkilab, quruq niyat qilib, hayol surib erishilmaydi"
Siz uchun, kimdir harakat qilmaydi, siz uchun kimdir kurashmaydi, siz uchun sizchalik hech kim qayg‘urmaydi.
Katta niyat qilgan odam - harakatni ham katta qilishi kerak.
Harakat qilmagan, orzusini tushida ko‘radi !
@yondaftardan

Yondaftardan

23 Dec, 15:03


Muvaffaqiyatning yagona sharti - Qilayotgan ishingni miqdori ustida emas, aksincha sifati va samaradorligi ustida ishlashingdadir.
Qachonki, biz amallarimizni miqdoriga emas, sifatiga qarasak, chinakamiga muvaffaqiyatli bòlamiz.
إن شاء الله
p.s: Videoda bizning go‘zal maskan🫠
@yondaftardan

Yondaftardan

23 Dec, 06:17


So‘zlar tillarda qolib ketgan bu zamonda...
Amallaring ila meni "lol" qoldir !

@yondaftardan

Yondaftardan

22 Dec, 13:11


Nega o‘qiyabsan ?

Diplom uchun o‘qiyabman;
Yaxshi yashash uchun o‘qiyabman;
Ota-onamni yuzini yoruģ qilish uchun o‘qiyabman;
O‘zim uchun o‘qiyabman ;
Bo'lajak farzandlarim uchun o‘qiyabman;
Ilmli insonga munosib yor bo‘lish uchun o‘qiyabman;

Fikri ojizimcha, yuqoridagi javoblar, asl javob emas...
O‘qish, o‘rganishda insonni asl maqsadi bo‘lishi kerak, tepadagi so‘zlar esa maqsad yo‘lidagi vosita ammo Oliy maqsadga yaramaydi.

Asl maqsad esa (ustozlarim aytganidek)
Eng buyuk Muallimga - Eng yaxshi o‘quvchi bo‘lishdir.
" Va U Odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi " Baqara surasi 31-oyat.
@yondaftardan

Yondaftardan

22 Dec, 09:03


Dunyodan roziman dema hech qachon,
Desang ham, so‘ylagil sahroga, toqqa.
Chunki seni tinglab, kimdir o‘sha on.
“Nega rozisan?”, deb tutgay so‘roqqa.

Dunyodan norizo bo‘lsang ham agar,
So‘z dema, bardosh qil azob, firoqqa.
Chunki seni tinglab, kimlardir battar,
“Nega?”, deb albatta, tutgay so‘roqqa.

Dunyo ishlariga boqma hech hayron,
Jimgina nazar sol ko‘hna bu korga.
Olis kechalari yolg‘iz qolgan on,
Dilingni och faqat Parvardigorga.

Abdulla Oripov
@yondaftardan

Yondaftardan

21 Dec, 14:42


Shunday Ota-ona bòling-ki, qo'lingizda tarbiya topgan farzandingizni ismi yozilgan har joyda, sizning
Tarbiyangiz...
Mehnatingiz...
Hayotingiz...
Òrnak tarzida òrganilsin, ismingiz duolarda eslansin !

Farzandlaringizni qanday inson bòlishini istasangiz, avval òzingiz shu borada tirik o‘rnak bòling.
Alloh bizni muvaffaq qilsin
(amiyn Ya Robb)


@yondaftardan

Yondaftardan

21 Dec, 13:52


Ilm oling !
O‘zingizni ustingizda ishlang !
O‘qing !

Avvalo o‘zingiz uchun ammo eng ko‘p jamiyat uchun ham òqing.
Keling buni bir oila misolida ko‘rsak, siz aynan siz, bir oilani eplab "munosib er yoki munosib xotin" bo'la olishingiz,
jamiyatda ajrimlarni soni 1 taga qisqarishi,
yetim bolalarni kamayishi,noshar‘iy va nomahramlar bilan muloqotni to'xtashiga o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz.
Birgina sizni oilangizda Sakina bo'lsa tug‘ilajak farzandlaringiz Sog'lom fikrli, jamiyatga, ummatga manfaati tegadigan shaxslar bo'lib yetishadi.
Va sizga o'xshaganlar tobora ko‘payadi, bu jarayon esa oilalarni farog‘atli bo'lishiga, tarbiyali, ilmli farzandlar yetishishiga, xalqni sa‘viyali bo‘lishiga ulkan hissadir .

@yondaftardan

Yondaftardan

21 Dec, 07:59


Odamlarning senga qilgan muomalasi senga ta'sir qilmasin. Kim qanday munosabatda bo‘lsa, bo‘lsin-u, sen hammaga yaxshi munosabatda bo‘l.
Hammaga yaxshilik qil, ular bunga loyiq bo‘lmasa-da, sen loyiqsan !
@yondaftardan

Yondaftardan

20 Dec, 17:00


Vanihoyat ta‘til, onamga ta'tilga 20-dekabr chiqishimizni ancha oldin aytgandim. Telefon qilib 20-dekabrni eslatdilar...
Ona-da...
Onangizga vaqtingizni ajrating, aks holda vaqt sizni ulardan ajratadi...

Yondaftardan

20 Dec, 15:13


Hech bir muvaffaqiyat tasodifiy bòlmaydi!
Munosib bo‘l - Munosibi keladi.
Munosib bo‘l - Munosibi tug'iladi.
Munosib bòl - Ortingdan munosiblar qoladi.
Munosib bo‘l - "Kel Jannatga Marhabo" deyiladi.
Barchasi senga boģliq. Munosib bo‘l!

@yondaftardan

Yondaftardan

19 Dec, 19:53


Goh yomon, goh yaxshi odam bo‘ldik- biz
Haqiqat so‘zladik, bir on bo‘lamadi iqror
Bizda ham his bor, og‘rir ko‘nglimiz
Yaxshiyam,yashirguvchi tabassumlar bor ))

#ijodimiz
@yondaftardan

Yondaftardan

19 Dec, 14:25


Eng achinarlisi nima bilasizmi ?
Sizni Musulmonligingizni "Men musulmonman" deganingizdan bilishlari...

Indoneziyaga musulmon tijoratchilar savdo-sotiq uchun borganida, aksariyati musulmonman deb aytib yurmagan, ammo ularni musulmonligi amallaridan bilingan. Ozodaligidan, ovqatdan oldin va keyin tahmid aytishidan, ko‘rganki insoniga tabassum ila salom berishidan, mehmondo‘st va ilmga chanqoqligidan, bag‘ri keng va evazsiz yordam berishidan bilishgan edi...
Shu darajada ularni axloqlari  indonezlarga ta‘sir qilgan-ki, aynan tijoratchilar sabab indonezlarda islomga muhabbat uyg‘ongan va musulmon bo‘lishgan.
Hozirda Islom dini eng gullab yashnagan davlat hamdir.

@yondaftardan

Yondaftardan

19 Dec, 04:08


Qanchadan qancha kitoblar yoqilganini..
Qanchadan qancha asarlar, bizga kelishi uchun,devorlar orasida saqlanganini bilishimiz kerak...

Yondaftardan

19 Dec, 04:06


Islom tarixidan bizga yoritib bergani "Millatimiz fidoiysi - Eshon Boboxon" mavzusi tushgandi. O‘qir ekanman, nega shu vaqtgacha shunday insonni tanimas edim deb, o'zimni malomat qildim. Chunki hamma qatori faqatgina ularni ismlarini va qisqa tarjimai hollarini bilar edim. Sarvari olam Muhammad alayhissalom davridan to O'zbekistonda Islomning bugunigacha tarixni o'rganish,go‘yo ko'z o'ngingizda bo'lib o‘tgan og'riqli xotira bo‘larkan. Bu vaqtdagi fidoiylarni tanimasligimiz esa naqadar uyatli holat.

(p.s: Islom tarixini o‘rganar ekanmiz, Rosululloh sollallohu ‘alayhi vasallam vafot etishi bilan o‘rganishni yakunlamaylik !
Hulafoi Roshidiynlar davrini, Ummaviy, Abbosiy va Usmoniylar davrigacha, balki bugungacha o‘rganaylik. Ana shunda yanada tushunib yetamiz.Bu tinchlik, bu erkinlik, bu din bizga qanday yetib kelganini.Biz o‘qishimiz,ilmli bo‘lishimiz va bugunimizni bilishimiz uchun bizgacha, qanchadan-qancha oyoqlar qonaganini, qanchadan-qancha ziyolilar otilganini, xibsda zaxlaganini anglashimiz kerak...)

Yondaftardan

18 Dec, 04:54


“Xalqaro arab tili kuni”
18-dekabr “Xalqaro arab tili kuni”

1. Dod tili. Chunki u dod harfi bilan dunyoda yagona til sifatida ajralib turadi.
2. 14 asrdan beri o’zgarmaydi va muomaladan chiqmaydi
3. 422 milliondan ko’proq odamlar arab tilida so’zlashadi
4. Arab tilidagi so’zlar soni 12302912 , ingliz tilidagi so’zlar sonidan 25 baravar ko’p.
5. Arab tili 16 mingta leksik asosga ega, lotin tilida 700 tagina leksik asos bor.
6. Boshqa tillar ham arab harflari bilan yoziladi , xuddi: kurdiy tili, malay tili, sobiq turk tili va fors tillari kabi.
7. Arab davlatlari jamiyatini tashkil etuvchi 22 davlatning rasmiy tilidir.
8. 2016-yildan dunyoda eng ko’p tarqalgan beshinchi tildir.

Yondaftardan

18 Dec, 04:54


Bugun bizning bayramimiz🌹
Sahifamizdagi arab tili yo‘nalishida faoliyat olib boradigan barchani qalban tabriklayman. Qilayotgan mehnatlaringiz ajrini Robbim ziyodasi ila bersin. Arab tili nafaqat - Dunyo tili balki U Jannat tilidir. Qur'on tilidir, Rosululloh sollallohu ‘alayhi vasallam tilidir. Bu tilni o‘rgangan inson tushunib yetadi-ki, hech bir til arab tilichalik fasohat va balog‘atga boy emasligini.

Yondaftardan

17 Dec, 19:02


Siz ilm olish uchun bo‘sh vaqt kelishini kutyabsiz - Qanday ham achinarli kasot..
Kimlardir ilm olish uchun hayotini sarflayabdi - Qanday ham go‘zal tijorat...


@yondaftardan

Yondaftardan

17 Dec, 13:18


Qizingiz bo'lsa ismini Asmo qo‘ying.
Islom tarixida Ota-Onasi, Bobosi, aka-singlisi, eri, farzandi Sahoba bo'lgan yagona Ayoldir.
Otasi Siddiq Abu Bakrdir, onasi sahobiya ayoldir.
Akasi Ulug‘ sahobiy Abdulloh ibn AbuBakrdir.
Eri Ashara‘i Mubashshara Zubayr ibn Avvomdir.
O‘g‘li Abdulloh ibn Zubayr, hijratda, Madinada ilk tug‘ilgan o‘g‘il Chaqaloqdir.
Singlisi Ulug' faqiha, Moʻminlar onasi Rosululloh s.a.v ayoli Oisha bintu Abu Bakrdir.
#fazilat

@yondaftardan

Yondaftardan

09 Dec, 16:11


Qaniydi tushunib yetsak, qaniydi ...
Qaniydi umrimizdan munosib foydalansak..
Qaniydi..

Biz o‘rnak olishimiz uchun yana qancha inson o‘lishi, qiynalishi kerak nahotki o‘rnak olmasak. Nahotki anglamasak..

Yondaftardan

09 Dec, 16:04


Hayotingizdan noliyotgan vaqtingizda ushbu videoni ko‘ring...
- Uyingizdagi taom yoqmasa- Afrika qit‘asida odamlar suvsizlikdan, ochlikdan o‘layotganini eslang.
- O‘qish og‘irlik kelsa - Maktabga ketayotib yo‘lda o‘lib ketgan Afg‘onistonlik qizlarni eslang..
- Ishingiz og'ir kelsa - Falastinda urushda ishxonalari, ofislari bombardimon bo‘lgan birodarlarimizni eslang..
- Vaqtingizni behuda sarflayotganingizda- Mozorda vaqtlariga pushaymon bo‘lib yotgan insonlarni,"eh yoshligim-a"deb orzulari armon bo‘lgan qariyalarni eslang."Qo‘limdan hech narsa kelmaydi"deb o‘ylasangiz,jonlantirish bo‘limida yotgan bemorlarni eslang. Asli ularni qo‘lidan hech narsa kelmayabdi.Go‘zal dunyoni ko‘rolmagan ko‘zlarni eslang.Oyog‘ida yurishni orzu qilgan- oyoqlarni eslang. Gapirishni istagan-zuvonsiz tillarni eslang...
Sizni yoshingizga yetolmay o‘lib ketgan, odamlarni eslang. Ular ham sizni o‘rningizda bo‘lib, hayotdan munosib foydalanib yashashni istardi...
Qanchadan- qancha insonlar uchun bizning hayotimiz orzu..
@yondaftardan

Yondaftardan

09 Dec, 10:41


Niyat-maqsadlari buyuk insonni, mashaqqatlari ham buyuk bo'ladi.
Va lekin buyuk mashaqqatlarning, baxti ham shunday "Buyuk" bo‘ladi.

ان شاء الله يا ربّ
@yondaftardan

Yondaftardan

08 Dec, 15:32


Eslanganda, chiroyli eslanishni istayman..

Huddi yomg'irdek, u tinganidan keyin yerdan shirin nafas ufurgani kabi...
Huddi shirin tushdek, uyg‘onganingdan keyin hursand bo‘lganing kabi...
Huddi Shakardek, u erigandan keyin choying shirin bo‘lgani kabi...

@yondaftardan

Yondaftardan

08 Dec, 10:11


Fiqh faniga kirishda mazhabboshilar bilan tanishilardi. Biz ham ilk fiqh ilmini o‘tganimizda olimlar hayot yo‘llarini o‘qib, ko‘zimizga yosh kelgandi... Chunki har bir buyuk Olim ortida zaxmat chekkan Ona borligini his qilganmiz. Qani endi, buni barcha ayollariniz bilsalar edi. Balki, "meni qo‘limdan nima ham kelardi ?!" demasmidi )))

Yondaftardan

08 Dec, 09:52


Shofe‘iynibg onasi unga ilm yo‘lida eng katta suyanchiq bo‘lgan. Faqir va yo‘qsil ekanliklari ilm olishda ancha qiyinchiliklar tug‘dirsa-da, to‘siq bo‘lolmagan. Bu qiyinchiliklardan biri yozish uchun qog‘oz topolmagan. Onasi farzandi bilan qog‘oz topish uchun hukumat binosiga borgan. U yerdan keraksiz deb tashlab yuborilgan qog‘ozlarni yig‘adi. Qog‘ozning bo‘sh joylarini topib, to‘g‘rilab, farzandiga beradi. Mana shu qog‘ozlarga imom Shofe’iy Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hadislarini yozib, hadis ilmida yuksak cho‘qqilarni zabt etgan. Keraksiz qog‘ozlarga yozgan ilmlari uni shu darajaga yetkazgan. «Sunnatning qo‘riqchisi» – naqadar buyuk unvonga erishtirgan. Bir kuni imom Shofe’iy madrasada ustozining u bilan shug‘ullanmay, boylarning bolalari bilan shug‘ullanayotganini kelib onasiga aytadi. Onasi ko‘ngli o‘ksigan o‘g‘liga shunday tavsiya bergan: «Bolam, sen ham ustozing qaysi talaba bilan ko‘proq shug‘ullansa, uning yoniga borib o‘tir. Faqat tingla va ilm o‘rgan.» Shu tavsiya bilan imom Shofe’iy «Sunnat qo‘riqchisi» unvonini olgan. Bu buyuk unvonning tagida dardli bir onaning imzosi bordir!

Yondaftardan

08 Dec, 09:48


Buyuk Mazhabboshi Imom Shofe‘iyning onalari fidoiylik ila farzandlarini ilm olishliklari uchun jada katta xizmat qilganlar. Hozirgacha qaysiki ulamo fiqhdan ta‘lim olar yoki ta‘lim berar ekan Shofe‘iyning
"Al Umm" kitobidan albatta foydalanadi. Ushbu kitob Islom fiqhidagi eng buyuk kitoblar sirasiga kiradi.
(Garchi nomi fiqh ilmiga aloqador bo‘lmasa-da, ushbu kitobni yozgan insonni shunday buyuk inson bo‘lishiga katta aloqasi bordir.)
Nomiga ahamiyat berdingizmi ?
Ushbu kitobni hozirgacha kimki o'qisa, Shofe‘iyning onasini eslaydi..
"Al Umm"

@yondaftardan

Yondaftardan

08 Dec, 09:41


Kimnidir yaxshi ko‘rsangiz, kimgadir havas qilsangiz eng avvalo uning onasini yaxshi ko'ring. Chunki siz yaxshi ko‘rib, havas qilgan insonni tarbiya qilgan Volidasidir.

Yondaftardan

07 Dec, 17:39


Olimning qadrini bilgan xalqdagina ilm rivojlanadi va shunday yurtda ilm taraqqiy etadi.
Kitobdan

p.s: Olimlarni aybini topar ekansiz, kommentlarni bema‘ni sòzlaringiz ila tòzitar ekansiz, na avlodingizdan va na yurtingizdan olim chiqadi. Zero ğiybatchi va fitnachilar tòplangan hudud eng "iflos" hudud deyilur !
Ilm esa Allohning ne‘mati bòlib pok joyda gullaydi !

Doimiy eslatma: O‘zingizni to‘g‘irlang! Aks holda sizdan keyingilarni buzasiz !
@yondaftardan

Yondaftardan

07 Dec, 17:37


Qalb juda nozik...
O‘ta ojiz...
Bitta sòzga, osmonlarga uchadi, undan baxtlisi yo‘q.
Bitta so‘zga, dili vayron bo‘ladi, undan badbaxti yo‘q !

@yondaftardan

Yondaftardan

06 Dec, 16:56


-"Hali ham o‘sha-o‘shasan qo‘ling muzdek, so'zing sovuq, qalbing esa qordek oq..."
@yondaftardan

Yondaftardan

06 Dec, 16:22


Dunyo- bir qadahdir, biz doimo unga quyganimizni ichamiz....
#tungi_suhbatlar

Yondaftardan

06 Dec, 07:08


Past niyatlilarga qòshilganingiz sari paslashaverasiz !
Òsishni istagan inson, katta maqsad qòyib, harakat qilganlar bilan bòlishi kerak. Agar atrofingizda bunday inson bòlmasa, birinchisi siz bòling !
@yondaftardan

Yondaftardan

06 Dec, 07:06


#talabalarga
Niyatingiz qadarsiz !

Ilm olishga kirishgan ekansiz, Alloh uchun ilm oling! Aksariyat ilm talabidagi yoshlarda "diplom olsam bòldi", "Bahoyim yaxshi bòlsa bòldi" degan òta past ģoyalar mavjud. Bu juda achinarli... Ba‘zida ularni umriga achinaman, ilm uchun ketkizgan pullariga, yillariga achinaman.
Nega, deysizmi ? Unda diqqat bilan tafakkur qiling. Diplom uchun òqiyotganlar ham majbur òqiydi, ilm olib uni yetkazish niyatida òqiyotganlar ham òqiydi, baho uchun òqiyotganlar ham majbur yaxshi o‘qiydi. Ammo biri umri va vaqtini past ģoyasi ila uvol qilib hatto savob ham ololmasa, biri esa buyuk niyatlari va ummat uchun foydali maqsadlari uchun ajr oladi. Biri puli va umrini tikib ham past niyati ila oddiy kadr bòlib chiqsa, biri ezgu niyatlari va katta maqsadlari ila eng yetuk kadr bòladi. Baho uchun òqish òrniga, ixlos bilan òqisak ham ana shu a'lo bahoni olamiz. Hamma gap ixlosda, hamma gap bizning niyatlarimizda. Hamma gap qarashlarimizda..
Unutmang, tolibi ilm martabasi Alloh huzurida maqtalgan martabadir. Unga erishish uchun esa holis ilm talab qilish kerak. Siz baho uchun, diplom uchun, yoki davomat uchun bilim yurtiga borar ekansiz bu shunchaki bekorchi vaqt va siz talaba emassiz ! Qòpol qilib aytganda, "Nomingiz uluģ, surpangiz quruq" . Iltimos,
"sizga ishongan, umid ila yetuk inson bòlishingizni kutayotgan qora kòzlar (ota-onangiz)ni aldamang!"
Umringzini esa zoye qilmang! Zero qiyomatda òtgan vaqtlarimizdan sòralamiz .. Maqsadsiz va past ģoyalar ila òqishga borib kelishimizni òzi bekorchilikning eng achinarli kòrinishi bo‘lsa kerak ))
Iltimos òzingizga rahmingiz kelsin...
@yondaftardan

Yondaftardan

05 Dec, 18:56


#Motivatsiya
Hamma hotirjam uxlashi uchun, sen uxlamasliging kerak ! Yechmoqchi bo‘lgan masalalaring, qilmoqchi bo‘lgan ishlaringni qil, toki Ummat xotirjam uxlasin !

p.s: Bajarayotgan ishimiz katta sanalmasa-da, eng birinchi qadam bu o‘zini o'zgartirishdir. Ya'ni Siz - Yo‘ldasiz.
@yondaftardan

Yondaftardan

05 Dec, 06:37


Ibratli rolik

Agarda o’qish yodingizdan chiqib qolgan bo’lsa, bir eslatma ….

Ota-onangizni sizdan umidi va mehnatlarini bir eslab qo’ying !

Chalg’ib qolmang, faqat o’qing !

Behuda yurmang, zarracha vaqtni g’animat biling !

Yondaftardan

04 Dec, 16:30


Ko‘z yoshlar har doim ham "G‘am" ni ifoda etmaganidek, tabassum ham doim "Baxt" ni ifoda etmaydi...

Baxtdan sarmast bo‘lib, quvonch ko‘zyoshi to‘kkanlar bo‘lganidek, hayot zarbalarini tabassumlari ortiga yashirganlar ham bor ))
@yondaftardan

Yondaftardan

04 Dec, 13:15


Ovqat hazm bòlmasa, oshqozon oģriydi uxlolmaysiz.
Ammo, sòzlar hazm bòlmasa, kòngil oģriydi uxlatmaydi..!

@yondaftardan

Yondaftardan

03 Dec, 20:20


من خادمة القرآن

Yondaftardan

03 Dec, 15:54


Siz hayotingizda nimani yoki kimni "Muammo" deb bilsangiz, ishonavering ana shu narsa yo kimsa albatta hayotingizga "Muammo" bòlib kiradi !
Boshqacha bòlishini istasangiz, avval qarashlaringizni tuzating !
@yondaftardan

Yondaftardan

03 Dec, 12:31


Talabaning Onasiga maktubi))


Garchi har kun ayta olmasman
Yoningizda bo'la olmasman
Suhbatingiz ola olmasman
Sizni yaxshi ko‘raman Ona !

Taqdir sizdan ayladi yiroq
Ilm deya ketdim olisroq
Sog‘inganda qalbimda titroq
Sizni yaxshi ko‘raman Ona !

Tarbiyangiz iftixor, faxrim
Sizdur mening ilk Muallimim
Jannatimsiz, mushkim anbarim
Sizni yaxshi ko‘raman Ona!

Sizni kutgay Karomat toji
Hofizlarning lu‘lu‘ Libosi
Sakkiz jannatning eng a‘losi
Sizni yaxshi ko‘raman Ona !

In Shaa Alloh, In Shaa Alloh
Diydor Ulug‘ maqomdir
Ahlulloh safida turamiz
Siz kutgan kunlarga yetamiz
Duolaringizda Yashaymiz 
Sizni juda Yaxshi ko‘ramiz Ona !


@yondaftardan
Kaminaning ijodi tuzatish kerak joylari bor, ammo tuzatishni istamadim.

Yondaftardan

03 Dec, 06:35


Bolaligimda buvim aytib bergan ertaklaridagi ogohlik :

- Yalmog‘izning tirnog‘i uzun bo‘ladi
- Yirtiq shimli Kishi
- Sochi paxmoqlar
- Tunda uyg‘onuvchi jinlar

Menga ta‘sir qilgan holat:
Tirnog‘i uzun ayollarni ko‘rsam yalmog‘iz deb o‘ylayveraman, yirtiq shimli yigitlarni esa firibgar deb o‘ylayman, qolganlarini aytmay qo‘yaveray ))

( Hurmatli ota-onalar farzandingizga o‘ylab ertak ayting, ta‘risini kelajakda ko'rasiz )

"Zolushka", "oppog‘oy", " Alovuddinnig sehrli shamchiroģi" kabi ertaklarni ko‘rib, eshitib o‘sgan bolalar kelajakda "sevgilisini" topib qochib ketsa, yoki kechasi "klublar" da yursa, yoki tajribali "o‘g‘ri" bòlsa hafa bo‘lmasak ham bo‘ladi, axir o‘zimiz ularga o‘rgatdik-ku ))

@yondaftardan

Yondaftardan

03 Dec, 04:33


Hayot bir qadamdir.
Bosgan bir qadamimiz ila hayotimiz obod bo‘lsa.
O‘ylamay bosgan qadamimiz ila hayotimiz barbod bo‘ladi !
Bitta qadam ila hammasi boshlansa, bitta qadam il hammasi tugaydi.
@yondaftardan

Yondaftardan

02 Dec, 16:11


Qayerdaki ustozlarimning ismlari yozilsa,"Qur'on Karim xodimi" degan nom ham turadi. Bir ichim g‘alati bo‘lib ketadi....
Men uchun "xizmat ko‘rsatgan" nimagadir erishgan, nimadir sovrindori emas aynan ushbu maqomni ahamiyati boshqacha )))

Yondaftardan

01 Dec, 13:06


Tanganing bu tomoni ham bor))
Ya'ni sizning tarbiyangiz gòzal bòlmasa, hayotingiz qilayotgan ishlaringiz yaxshi bòlmasa ortingizdan kim qoladi ? Hech òylab kòrganmisiz ?
Alloh kòrsatmasin.
Òzingizni tòģirlang! Aks holda sizdan keyingilarni buzasiz !
@yondaftardan

Yondaftardan

01 Dec, 13:03


Qo'lingizda tarbiya topgan farzandni, kun kelib tarix zarvaroqlariga ismi yozilar...
Buyuk inson bòlar...
Uning ismi yozilgan har joyda esa, sizning
Tarbiyangiz...
Mehnatingiz...
Hayotingiz...
Òrnak tarzida òrganiladi, ismingiz duolarda eslanadi.

: Albatta Alloh taolo roziligi uchun ilm oling, ibodat qiling Farzandlaringizga tirik o‘rnak bo‘ling.
@yondaftardan

Yondaftardan

01 Dec, 04:45


#kitoblarimga

Kitob javoniga siģmay, deraza tokchalarida qolib ketgan qadrli kitoblarim. Sizlarga ham katta kutubxonalar nasib qiladi In ShaaAlloh. Sabr qilinglar, tokchada faqat sizlar turmaysiz. Yana 6 ta yangi sherigingiz bor ularni ham siģdirishingiz kerak....

Yondaftardan

30 Nov, 21:03


Atrofingizdagilardan xatolik òtsa, ularning yaxshi tomonini eslay olasizmi?
Yoki ilk xatosi ila barcha fazilatlarini unutasizmi?
Har bir inson xato qilishi mumkin ,ammo aksariyatimiz birgina xato tufayli barcha yaxshiliklarni unutamiz. Lekin barcha yaxshiliklari ila birgina xatosini kechirish, osonroq emasmidi ?

@yondaftardan

Yondaftardan

30 Nov, 14:32


" Go‘zal Xotira bo‘lishni istayman"
Huddi kitob kabi o‘qib bo‘linsa-da, foydasi butun umrga yetganidek...

@yondaftardan

Yondaftardan

30 Nov, 04:17


Alloh ajrlarini bersin, darslaridan turli metodlar o'rganamiz, qariyb 4 oy ichida ustozimiz sharofatlari bilan 8 ta fanga oid kitob o'qidik. Kitob o‘qimaydigan talabalarni ham, o‘qitib yuboradilar ))
Xolis dars berdilar-ki, natijasini o'zimizdagi o‘zgarishdan sezdik.

p s: biz ham bir "trend" qildikda🫠

Yondaftardan

29 Nov, 16:05


Bizning yuragimiz katta edi, lekin o'zimizdan boshqasi sig'madi.
Manfaatlarimiz sig‘di, lekin ummat tashvishi, jamiyat g‘ami sig‘madi...
Orzu-havaslarimiz sig‘di, lekin yaxshilik silai-rahm sig‘madi...
Sevgi-muhabbat sig‘di, ammo sadoqat, sabr sig‘madi...
Hurmat, mulozamat sig‘di, samimiylik, mehr sig‘madi...
Qisqa qilib aytganda
"Dunyo" sig‘di lekin Iymon, insof ...!

@yondaftardan

Yondaftardan

28 Nov, 18:04


Ustozimizdan :
"-Sizlar qanday joyda o‘qiyotganingizni his qilyabsizmi ? Iffat, tarbiya, ixlos jamlangan makonda ilm olmoqdasizlar. Xolis bo‘lmasangiz, ilm ahllaridan foydalanmasangiz hali ko‘p nadomat chekasizlar.Men bu yerdan avval boshqa oliy ta‘lim muassasalarida ham ishlaganman, yigit qizlarni bir-biriga ishqiy qarashlarini yoki talabalarni ustozlariga gap qaytarganlarini ko‘rib og‘rinardim.Lekin bu maskanda qanchadan beri ishlasam-da,biror marta yigitlar qizlarga,qizlar yigitlarga suykalganini hattoki bir yo‘lakdan turtilib o‘tganini ko‘rmadim.Darslarda biror talabani gap qaytarganini,ustozni yuziga tikka boqqanini ko‘rmadim.Bu gapim bilan demoqchimanki, bu makonni qadriga yeting! Shunday kadr bo‘lingki,shogirdlaringiz ham tarbiyali, ilmli, ixlosli bo‘lishsin.Sizlarni shunday tarbiya qilgan nafaqat ota-onangiz balki mana shu joydagi ustozlar mehnati va duosi samarasidir.
p.s: Akademiya atmosferasi boshqa muassasalardan farqli.Buni nafaqat ustozlar, balki barcha kelgan,ketganlar aytgan.

Yondaftardan

28 Nov, 14:30


Siz o'zingizga turmush o‘rtoq tanlash huquqiga egadirsiz, ammo bo'lajak farzandingiz o‘ziga ota-ona tanlash huquqiga ega emas !
Ularga shafqat qiling...
Munosib tanlov qiling
!

@yondaftardan

Yondaftardan

28 Nov, 02:54


Vafot etganingda qanday inson edi? desalar ,

- Kòrinishi nur yuzli huddi musxafning varoģi kabi, ular bilan òtgan suhbatlar iymon ziyodalashishi, qalb yorishishi va muhabbat ortishi edi, deyishsin...

Hayotda topganingiz In Shaa Alloh gar shu bo'lsa, yo‘qotganlaringiz qiymatsizdir.


@yondaftardan

Yondaftardan

27 Nov, 18:01


Holatingdan insonlarga shikoyat qilma ! Yo ularga muhtoj bo‘lishni istaysanmi?
Holatingdan Allohga shikoyat qil, ungagina muxtoj bo‘l !

@yondaftardan

Yondaftardan

27 Nov, 17:56


Taqlid qilishingizga-ku, arzimaymiz bizdan-da afzal insonlar bisyor, lekin o‘g‘irlashingizga kelsak, bu to‘g‘ri ish emas )
Hech yo‘qsa ko'ngil uchun "foydalanaman" deng, "o‘zimcha" hursand bo‘lay 🤧

Yondaftardan

27 Nov, 14:04


Yolg‘onni kechirish qiyin..
Hoh u kichik bo‘lsin, baribir yolg‘onligicha qoladi. Sizni ko‘zingizga qarab yolg‘on gapirgan odam, sizni "shunchaki" qiymatsizlantirgan insondir. Unutmang, sizni qadrlaydigan inson sizni aldamaydi !

@yondaftardan

Yondaftardan

26 Nov, 19:29


Hech bir muvaffaqiyat tasodifiy bòlmaydi.
Muvaffaq bòlgunga qadar, qanchadan-qancha uyqusiz tunlar, halovatsiz kunlar, ruhiy-jismoniy zòriqishlar bosib òtiladi.
@yondaftardan

Yondaftardan

26 Nov, 14:36


#onamning_nasxatlari

Qachonki muvaffaqiyatga erishsang, biz ojiz edik Robbim qodir qildi.
Biz bilmas edik, Robbim bildirdi degin.
Alhamdulillah.

@yondaftardan

Yondaftardan

26 Nov, 11:19


Robbimning fazli ila nasib qildi.
Alhamdulillah...
Hursandchiligimiz g'oliblikdan emas, dinimiz Rosululloh sollallohu 'alayhi vasallamning tarixlarini bilganimiz va shu ilm ila ģoliblikka munosib bòlganimiz ..

p.s: IIAU aro Islom tarixi va Roshid xalifalar davri musobaqasidan esdalik 26.11.24
@yondaftardan

Yondaftardan

25 Nov, 17:50


Biz harakat qildik
Natija Allohdan!
Kutganimizdek natija bòlishi uchun, kutilgandek harakat qilmoq lozim.
@yondaftardan

Yondaftardan

25 Nov, 06:13


Rosululloh sollallohu 'alayhi vasallam Fazl ibn Abbos r.a bilan yo‘lda ketayotganlarida, ayollarning xavdajlari (taxtiravon bo‘lib ichida ayol kishi ketadi) ga yo‘liqdilar. Rosululloh quyi solib ketdilar ammo Fazl xavdaj tomon nazar soldi. Shunda Rosululloh Fazlning yuzini ushlab boshqa tomonga burdilar.

Iffat nafaqat ayolga balki erkakga ham yarashadi. Ayollarga emas, ayollarning xavdajlariga nazar solmagan Rosulning Ummatlari edik ))

@yondaftardan

Yondaftardan

25 Nov, 05:58


Rosululloh sollallohu ‘alayhi vasallamning vidolashuv Xajidagi so‘zlari:
- Ey Insonlar ! So‘zimni yaxshilab eshitib, aqlingizga joylab oling! Bilingki, har bir musulmon musulmonga birodar va barcha musulmonlar aka-ukadirlar. Hech kimga to dindosh birodari o'ziga tegishli narsani ko‘ngli rozi bo‘lib bermasdan turib, uni olish halol bo‘lmaydi. Bunday qilish bilan nafsingizga zulm qilmang!


Ey aka-ukalarimiz hozir qay ahvoldamiz holis aytingchi ?
Birimiz, bir musulmonga tegishli nomusi bo‘lgan "qizini" nomahramni o‘zimizga "mahram" qilib olmadikmi?
Nahotki, qizning otasi, bu qilmishingizdan rozi bo‘lsa ?
Qanchadan-qancha dindoshimiz haqlarini poymol qilingan bu zamonda, men sizga Rosulullohning oxirgi so'zlari ila ogoh bo‘lishingizni tiladim !

Qarshingizdagi musulmonni or-nomusi va g‘ururini his qilmaslik. Nomussiz insonligingizdan dalolatdir !

@yondaftardan

Yondaftardan

25 Nov, 05:29


Yig‘lagim keldi...
Botinimizni yashirib
Zohirimizni go‘zal qilgan Allohga hamd.
Foyda olsangiz Alloh taolodan, xato-kamchiliklar kamina xodimingizdan deb bilgaysiz )))

Yondaftardan

25 Nov, 05:28


Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
Kanal adminlari ahvollaringiz yaxshimi.

Kanalingiz postlari shunchaki ajoyib va ta'sirli. Ta'riflashga til ojizdir. "O'qishga ketgan vaqtimiz va yozaverib ba'zida og'rib ketadigan qo'llarimiz kun kelib Ota-onamizga Jannatda Toj kiydiradi In Shaa Alloh" degan videoni storymga otmetka qilib qo'ygandim va buni ko'rib menga javob yozibdi. Bu albatta sizning qancha mehnatingizning samarasi va rahmatidir. Ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman. Alloh rozi bo'lsin sizdan, bizdan hammamizdan🤍

Yondaftardan

24 Nov, 19:23


Hammasi yaxshi bo‘lishi uchun, hammasini yaxshilikka yo‘ymog‘imiz lozim...

@yondaftardan

Yondaftardan

24 Nov, 06:59


Bir insonni yaxshi kòrgan bòlsam, faqat ilmi va axloqi uchun yaxshi kòrganman. Chunki, ilm va axloq ila òziga maftun qilganlarni, boshqa tomonlariga e'tibor bergani hargiz vaqtingiz bòlmaydi...
Mana shu chinakam maftun bòlish bòlsa, ajab emas ))

@afiyetturkiy

Yondaftardan

23 Nov, 20:45


Papatya gulini yaxshi ko‘raman...
Chunki u, boshqa gullardek emas.
Qarasa ko‘zlarni quvnatadi,
Qurisa shifo bo‘ladi. Boshqa gullardek chiqindiga ketmaydi. U necha asrdan beri gul bo‘lib yashnaydi, shifo bo‘lib ist‘emol qilinadi. Ammo chiqindiga tashlanmaydi !
@yondaftardan

Yondaftardan

23 Nov, 20:30


O‘zgalarni rozi qilish uchun, o‘zingni o‘zgartirma !
Seni yaxshi ko‘radiganlar shundog‘am oldingda qoladi ...
Soxtalar ko'paygan zamonda, tabiiy bo‘l !
@yondaftardan

Yondaftardan

21 Nov, 20:51


Ba'zi jinoyatlar bor-ki, qonun hisobga olmaydi. Ammo, Alloh ko'radi, yelkangizdagi farishtalar yozadi. Sud esa qiyomatda bo'ladi..
U yerda pora olinmaydi, tarafkashlik bo'lmaydi, sizni hech kim himoyaga olmaydi ! Kimgadir yolg'on so'zlarsiz, tuhmat qilarsiz, g'iybat qilarsiz, indamaydi deb, diliga ozor berarsiz yoki fitna qo'zirsiz, unutmang-ki, bularni javobi ham, ijrosi ham qiyomatga qoladi.
Bu yerda jinoyat hisoblanmasa-da, iffatingizni, musulmonligingizni qiymatsiz qilib, nomahramga suykalishingizni jazosi qiyomatda juda og'irdir !
Suyaksiz tilingizdan nomahramga chiqqan izhorlaringiz, boshingizga balo bo'lmasin !
Pok bo'ling ! Qalbingizni, uyingizni, tilingizni va telefoningizni pok saqlang. Ushbularga aslo HAROM ARALASHTIRMANG !
Zero sizning yuzingiz - Telefoningizdagi materilallardir, gapirgan gapingiz, bosgan qadamingiz, qilgan amalingiz va tanlagan odamingizdir !
@yondaftardan

Yondaftardan

20 Nov, 17:43


In Shaa Alloh, bir kuni men ham Hazrati Usmondek "Allohga qasamki, bu qo‘llar Allohning kalomini yozgan" deyman...

p.s: Yozaverib qo‘li og‘rigan talabalarga motivatsiya ))

@yondaftardan

Yondaftardan

20 Nov, 17:18


Tashqaridan yoqimli video bo‘lib ko'rinsa-da, tasvirga olinmagan zahmatlari ko‘p...
#òxshamagan_videobyme

Yondaftardan

20 Nov, 04:57


Taqvo ulkan ne‘mat bo'lib, u har kimga ham berilmaydi !

Yondaftardan

19 Nov, 17:57


Duoyingiz ijobat bo‘lishini istar ekansiz, salovatingizni ko‘paytiring.

Yondaftardan

19 Nov, 16:57


🫠
Sahifaga ketkizgan vaqtimiz foydamizga hujjat bo'lsin..
#Alhamdulillah
Shu o‘rinda tajribasiz bo‘lishimga qaramay, kuzatib yondaftardan nimadir foyda olishingiz bu eng katta yutug'im🌹.

Yondaftardan

19 Nov, 16:03


Qachon bir birodaringizni toyilganini (xato qilganini, adashganini ko‘rsangiz) uni to‘g‘irlanglar. Musulmon kishi musulmonni aybini aytmaydi yoki beparvo bo‘lmaydi, balki uni to‘g‘irlaydi !
@yondaftardan

Yondaftardan

19 Nov, 06:03


📌

Yondaftardan

19 Nov, 05:52


Gaping boshqa, ishing boshqa bo'lmasin.Chunki eng yaxshi gap, ish bilan tasdiq topgan gapdir.

Sa‘id ibn Omir r.a.
@yondaftardan

Yondaftardan

19 Nov, 04:57


Guruhdoshimdan javob 😅
Bizda nafaqat arabist tarixshunos balki shoirlar ham bor))

Yondaftardan

19 Nov, 04:45


Ustozimdan "lux" tòrtlik òquvchilari uchun
(Beparvo bòlmaslikka tanbeh)

p.s: Òzlashtirishga (невозможно)

Yondaftardan

18 Nov, 18:21


Umar ibn Hattob kimdandir qattiq hafa bòlsa, undan yuz ògirar edi.

p.s: Shunday paxlavon, qattiq odam, kimdandir ranjisa yuz ògirganida bizni holimizchi...
@yondaftardan

Yondaftardan

18 Nov, 16:38


“Biz muhabbat haqida gapirsak, bu bizning Majnunligimizni bildirmaydi. Biz xiyonat haqida gapirsak, bu bizning xiyonatga uchraganimizni bildirmaydi. Sizga tungi namoz haqida gapirsak, bu bizning kechasi bilan joynamoz ustida tunaganimizni bildirmaydi. Sizga jamoat namozi haqida gapirsak, bu masjidning kaliti bizda ekanligini anglatmaydi.
Inson bir narsa o‘qiydi. O‘qigan narsasi unga yoqadi. Ana o‘shani o‘zgalar bilan bo‘lishadi. Qolaversa gaplar maqsadlarni tashiydi”.

©Abdulqodir Polvonov
@yondaftardan

Yondaftardan

18 Nov, 15:35


Eng pok tuyğu sevgi edi...
Biz uni nomahramlarga atab bulğadik!

Yondaftardan

18 Nov, 12:06


Òģlingiz bòlsa ismini Umar qòying.

Umar Foruq edi, u ila Islom aziz bòldi.

U ila Musulmonlarga, mushriklar berayotgan aziyat kamaydi.

Umar Rosululloh s.a.vning ham qaynotalari va kuyovlari edi.

Umarning kòp sòzlari Qur'onga muvofiq kelgan, ya'ni Rosulullohga taklif qilib bergan takliflari Qur'onda oyat bòlib nozil bòlgan edi.

Rosululloh s.a.v Umar r.a.ni , U yurgan kòchadan Shayton yurmas derdilar.

Zohidlik borasida ulardan òtadigani yòq edi.

Ilmga va ilm ahliga juda muhabbatli edilar.

Abdulloh r.a aytadilar :
Agar Umar r.a ning ilmi tarozining bir pallasiga, qolgan odamlarning ilmi tarozining ikkinchi pallasiga qòyilsa, uning ilmi oģir keladi, dedilar va yana
Umar ketgan kuni ilmning òndan tòqqizi ketdi, deganlar.

Bizning jamiyatga Umarlar kerak. Òģlingiz bòlsa Umarim deng-li, Islom Fotixi bòlsin. Ummat Foruqi bòlsin. İlm òchoģi bòlsin. Bizga Umarlar kerak !
@yondaftardan

Yondaftardan

17 Nov, 17:16


Olimning qadrini bilgan yurtdagina ilm rivojlanadi va òsha yurt ilmiy asosda taraqqiy etadi.
Kitobdan

p.s: Olimlarni aybini topar ekansiz, kommentlarni bema‘ni sòzlaringiz ila tòzitar ekansiz, na avlodingizdan va na yurtingizdan olim chiqadi. Zero ğiybatchi va fitnachilar tòplangan hudud eng "iflos" hudud deyilur !
Ilm esa Allohning ne‘mati bòlib pok joyda gullaydi !
@yondaftardan

Yondaftardan

17 Nov, 17:08


Zayd ibn Sabit vafot etganda Sahobalar bugun odamlarning olimi, ilm dengizi vafot qildi deganlar...

Yondaftardan

17 Nov, 16:30


Islom ilm dinidir !

Yondaftardan

11 Nov, 16:06


Bizning umrimiz aybdorni topish va aybimizni qidirish bilan o‘tib ketdi....
Aslida esa, go‘zal lahzalar ko‘p edi..

Yondaftardan

11 Nov, 16:01


Muvaffaqiyatni 2 asosiy dushmani
Dangasalik
Yomon dòst
Dangasalik sizni bòshanglik, beparvolik, mas'uliyatsizlikka olib borib oxiri qulatadi.
Yomon dòst esa sizga òz ģoyasini singdiradi va muvaffaqiyatingizga bolta uradi.
@yondaftardan

Yondaftardan

11 Nov, 05:00


Нафсингизни модомики тузатиш учун ҳаракат қилаётган экансиз, демак сиз яхши инсонсиз. Ҳаракат қилиш бузуқ қалбдан содир бўлмайди!

https://t.me/Abdulqodir_Polvonov

Yondaftardan

10 Nov, 17:11


Otaga ehtirom :
Abu Bakr Siddiq Madinadan Makkaga haj ibodatini qilgani bordi.Abu Bakrning otasi Abu Kuxofa xovlisining eshigini tagida o‘tirar edi. Odamlar :
- Ey, Abu Kuxofa ana o‘g‘ling kelyabdi,deyishdi.
Bu gapni eshitgan, ota dast o‘rnidan turib yurgancha o‘g‘li kelayotgan yo‘lga bordi. Otasi turganini ko‘rgan, Abu Bakr tuyasini to‘xtashini kutmay sakrab tuyadan tushdi va :
- Ey, Otajon o‘rningizdan turmang, deb yugurib borib otasini quchoqladi. Peshonasidan o‘pdi.Otasi o‘g‘li kelganidan hursand bo‘lib yig‘ladi...

p.s: Islom tarixi nafaqat bizga zohidlikni balki eng go‘zal xulqni, kuchli siyosatni va ustuvor g‘oyalarni ham o‘rgatadi. Shu uchun ham bu tarixni sinchiklab o‘rganishimiz kerak. Qur'on yodlasak, shariat ahkomlarini suv qilib ichvorsak-da, odob-axloq jihatdan qoqilsak bu kechirilmaydi !
Ilmning boshi Odob !
@yondaftardan

Yondaftardan

10 Nov, 17:11


٢:٢١٦

Yondaftardan

09 Nov, 19:27


Maqsadni sharti bitta - Holis niyyat qilsan, amalga oshishiga vujuding bilan ishonasan, harakatini qilasan va voz kechmay kutasan !

@yondaftardan

Yondaftardan

09 Nov, 17:37


.

Yondaftardan

09 Nov, 16:38


Abu Bakr Siddiqning taqvolari

Yondaftardan

08 Nov, 17:21


Past niyatlilarga qòshilganingiz sari paslashaverasiz !
Òsishni istagan inson, katta maqsad qòyib, harakat qilganlar bilan bòlishi kerak. Agar atrofingizda bunday inson bòlmasa, birinchisi siz bòling !
@yondaftardan

Yondaftardan

08 Nov, 17:16


... Shunchaki yashagan, "el qatori" hayot kechirayotganlarga qòshilishni, ular oqayotgan oqimda oqishni istamayman.
Balki men boshqacha odamdirman, hamma kamchilik mendadir balki.. Ular esa risoladagidek, hamma qatoridir. Ammo men hamma qatori yashashni istamayman !
Allohdan atrofimizni hidoyat nuri ila nurlantirishini va menga insof berishini sòrayman.

Yondaftardan

08 Nov, 17:10


#talabalarga
Niyatingiz qadarsiz !

Ilm olishga kirishgan ekansiz, Alloh uchun ilm oling! Aksariyat ilm talabidagi yoshlarda "diplom olsam bòldi", "Bahoyim yaxshi bòlsa bòldi" degan òta past ģoyalar mavjud. Bu juda achinarli... Ba‘zida ularni umriga achinaman, ilm uchun ketkizgan pullariga, yillariga achinaman.
Nega ? deysizmi ? Unda diqqat bilan tafakkur qiling. Diplom uchun òqiyotganlar ham majbur òqiydi, ilm olib uni yetkazish niyatida òqiyotganlar ham òqiydi, baho uchun òqiyotganlar ham majbur yaxshi o‘qiydi. Ammo biri umri va vaqtini past ģoyasi ila uvol qilib hatto savob ham ololmasa, biri esa buyuk niyatlari va ummat uchun foydali maqsadlari uchun ajr oladi. Biri puli va umrini tikib ham past niyati ila oddiy kadr bòlib chiqsa, biri ezgu niyatlari va katta maqsadlari ila eng yetuk kadr bòladi. Baho uchun òqish òrniga, ixlos bilan òqisak ham ana shu a'lo bahoni olamiz. Hamma gap ixlosda, hamma gap bizning niyatlarimizda. Hamma gap qarashlarimizda..
Unutmang, tolibi ilm martabasi Alloh huzurida maqtalgan martabadir. Unga erishish uchun esa holis ilm talab qilish kerak. Siz baho uchun, diplom uchun, yoki davomat uchun bilim yurtiga borar ekansiz bu shunchaki bekorchi vaqt va siz talaba emassiz ! Qòpol qilib aytganda, "Nomingiz uluģ, surpangiz quruq" . Iltimos, sizga ishongan, umid ila yetuk inson bòlishingizni kutayotgan ikki qora kòzlar (ota-onangiz)ni aldamang!
Umringzini esa zoye qilmang! Zero qiyomatda bekor òtgan vaqtlarimiz uchun qattiq sòralamiz .. Maqsadsiz va past ģoyalar ila òqishga borib kelishimizni òzi bekorchilikning eng achinarli kòrinishi. Iltimos òzingizga rahmingiz kelsin.
@yondaftardan

Yondaftardan

08 Nov, 06:48


Qalbi Alloh bilan tòlganlar, Alloh yòlida ilm olgan va berganlarga oshiq bòlarkan..

P.S: Ahli ilmni evazsiz yaxshi kòrishingiz, islomga muhabbatingizdandir...

@yondaftardan

Yondaftardan

07 Nov, 20:38


Inson òziga-òzi bino qòyishi ila òzini harob qiladi!

@yondaftardan

Yondaftardan

07 Nov, 15:32


Yaxshi narsalar ishonganingda...
Yanada yaxshilari sabr qilganingda..
Eng yaxshilari voz kechmaganingda keladi.
Ishon, sabr qil !
Orzularingga xiyonat qilma, ular keladi.
@yondaftardan

Yondaftardan

07 Nov, 11:43


Ilm òrganishlikdan insonni 2 ta narsa tòsadi.
Bu Kibr va Hayodir.

Yondaftardan

06 Nov, 17:35


Fidokorlik (Afiyet Turkiydan)

Katta auditoriyada òz yoshliklarini eslab shunday dedilar:

Men ilmdan bu darajaga erishgunimga qadar, eng katta fidokorlikni onam qilganlar.Men esa ular qilib bergan imkoniyatdan foydalandim va shu yo‘lda, Alloh bergan "azizlik" ne‘mati ila rizqlandim holos. Aksariyat onalar qizlari katta bo‘lganida, xizmatini qilishlarini hohlashadi. Ularni turmushga berib, farzandlarini ko‘rishni istaydilar, albatta bu ikki holat ham onalarning eng pok istaklaridandir. Ammo onam, meni aynan shunday yoshimda,kuch-quvvatga to‘lgan vaqtimda "Ilm olishim uchun" biz yashayotdan hududdan ancha uzoq joyga jo‘natganlar.Onam yolg‘iz edilar. Meni o‘qishim uchun ishlar, kichik yoshdagi ukalarimga qarar va uy ishlari ham o‘zlariga qolib ketgandi. Ko‘p qarindoshlar bitta qizing bor, nega senga qaramaydi?, nega turmushga bermagding? Qiz bolani o‘qishi shartmas, derdilar. Shu vaqtda onamni ichidan nima hislar o‘tgan bilmadim, ammo biror marta bu gaplarni menga aytmaganlar.Qiynlaganlarini bildirmaganlar. Endi aytingchi asli ilmga muhabbatli menmi yo Volidam? Endi aytingchi asli "Ustoz" nomiga munosib menmi yo Volidam ? Alloh ulardan Rozi bo‘lsin. Jannatul Firdavsi ila mukofotlasin Qiyomatda men va nabiralari boshlariga karomat toji kiydirishimizni nasib aylasin.Amiyn..

@yondaftardan

Yondaftardan

06 Nov, 11:00


#ustozimdan
Tòģri kelgan oq halatli odam, shifokor bòlavermaganidek, tòģri kelgan chiroyli gapirgan odam ham ilmli bòlavermaydi !

@yondaftardan

Yondaftardan

05 Nov, 13:57


Kishi, òzidan ilm darajasi baland bòlgan kishilarni havas qilib, òzini turgan holatidan norozi bòlmagunicha hech qachon Olim bòlolmaydi.

Umar ibn Hattob

p.s: Ya'ni men shuncha narsani bilaman deb emas, men hech nimani bilmayman. Qaniydi falon insondek men ham shu ilmlarni bilsam edi deb havas qilib, qalbi notinch bòlmagunicha hargiz ilmli bòlolmaydi !
Tinchimang! Izlaning! Qarang qancha insonlar qancha yuksaldi.Atrofga nazar soling, siz ulardan-da òtib ketishga qodirsiz. Allohdan tavfiq sòrang, harakat qiling. Bilmagan narsangiz chiqsa siqiling, "nega men shuni bilmasdim?" deng. Ana shunda qalbingiz uyģonadi. Ana shunda siz tòxtamay harakat qilasiz.
@yondaftardan

Yondaftardan

04 Nov, 18:19


Atrofingizda bòlayotgan noto‘g‘ri ishlarga qarshi chiqing!
Ko'z yumib ketmang!
Zero badbo‘y hid inson dimog‘iga ilk urilganida sezadi ammo chorasini qilmasa shu hidga òrnashadi (sezmaydigan darajada) !
@yondaftardan

Yondaftardan

04 Nov, 10:56


Boshingizga moddiy qiyinchilik yoki sinovlar kelsa, ushbu sòzlarimni eslang :

Muhammad alayhissalom Alloh taoloning eng suygan bandasi edi. Ularning boshlariga kòp sinovlar tushdi va faqirona yashadilar. Alloh yomon kòrgani uchunmidi ? Yòq! Alloh yaxshi kòrgani uchun.
Abu Bakrning iymoni, butun dunyodagi ummat iymonidan oģir kelardi. Ular eng afzal insondir. Ammo kòp ģamli kunlarga duchor bòlganlar, hayotlari hashamatli emas, oddiy bir musulmon hayoti edi. Alloh yomon kòrgani uchunmidi ? Yòq! Alloh yaxshi kòrgani uchun !
Va shu òrinda Umar ibn Hattobni ham eslang ! Ular ila Alloh Islomni aziz qildi. Ular ila musulmonlar fitna ko‘rmadilar. Ammo ular halifa bo‘lganida boylik oqib kela boshladi. Qo‘liga tushgan molni xalqi g‘amida, Islom ravnaqida sarf qildi. Ho‘sh, Alloh ularni yomon ko‘rgani uchun boylik berdimi ? Yo‘q, Alloh bularni yaxshi ko‘radi!
Sizga mol kelsa o‘rinli sarflang, ummat g‘amida foydalaning Alloh sizni ulardek yaxshi ko‘rsin.
Sizga torchilik hayoti kelsa, aslo nolimang! Harakat qilavering bersa Robbim ne‘mati va harakatingiz ajridir. Bermasa siz harakatini qildingiz, natijasini Allohdandir. Unutmang, Alloh suygan bandalarini har holatda va turlicha sinovlaydi.
Ana shu damda iymonimiz salomat qolsin amiyn Ya Robb

@yondaftardan

Yondaftardan

28 Oct, 19:09


Buncha ishonch qayerdan ? - deyishdi.

-Alloh taolo ushalmaydigan narsani xayol qildirmas, dedik...
@yondaftardan

Yondaftardan

28 Oct, 14:30


Angladim, bahorga atalmaganman
Kuzda tugʻilganman, demakki kuzman.
Eng soʻnggi yaprog'im to'kilgunicha,
Sen kelar yoʻllardan umidim uzmam.

Shuhrat Orifdan o‘zlashtirma
@yondaftardan

Yondaftardan

27 Oct, 16:40


So‘zlar tillarda qolib ketgan bir zamonda...
Amallaring ila meni "lol" qoldir !

@yondaftardan

Yondaftardan

27 Oct, 15:33


Tarix kitoblarida kelishicha, Ummaviylar sultoni Hishom ibn Abrurrahmon taxtga chiqqanida hali uylanmagan edi. Turmush qurishi uchun, bo'lajak kelin Qur'oni karimni to'la yod olgan bo'lishini shart qilib qo'yadi.Shunda Galin degan joyning o'zidan 720 nafar Qur'on xofiza qizlari chiqdi. Keyin sulton, ikkinchi shartni qo'yishga majbur bo'ldi: Bo'lajak zavjasi Imom Molikning "Muvatto" sini ham yod bilishi kerak edi. Shunda ham kelinlilkka nomzodlar kamaymadi, Qurtubaning o'zidan 500 nafar qiz Qur'onni ham " Muvatto" ni ham yod bilishi ma'lum bo'ldi..
Bu hodisalar ertak emas!!

Sh/f: Har bir nikohlanish arafasidagi yigit-qizlarga o'zinga o'xshagani uchrasin deyilganda,
O'ylanmasdan amiyn amiyn deyishlik nasib qilsin!
Shu o'rinda Jaloliddin Rumiyni bir gaplari esimga tushdi baxtli, saodatli oila qurishni sharti ikkita: 1- nikohlanishga munosib soliha juft tanlash
2- soliha umr yo'ldoshga munosib solih juft bo'lish!
Zero buning isbot va asosi Qur'onda bayon qilingan!

©YusufxonNizamov
@yondaftardan

Yondaftardan

27 Oct, 05:52


Zohirim go'zaldur, botinim vayron
Goho haq, gohida nohaq so‘zladim
Hidoyat nuring-la, qutqargin Alloh
O‘zimning holimga, o‘zim yig‘ladim..


Karimova Mohlaroyim
@yondaftardan

Yondaftardan

26 Oct, 13:18


Kuz faslini yaxshi ko‘raman...
Ob-havosi tafakkurga undaydi. Huddiki, insonning hayotida ham goh quyosh porlaydi, goh chaqmoq chaqadi. Gohida yomg'irli kunlarni boshidan o‘tkazadi, garchi bu kunlar bizni mahzun etsa-da, yerni ko‘kalam qilgan yomg'ir bo'lganidek, hayotimizdagi g‘amli onlar, saodatdan darakdir.
Umrimiz esa daraxtning barglariga o'xshaydi. Har daqiqamiz umrimiz kamayib borayotganidan, bir xabardir.
@yondaftardan

Yondaftardan

26 Oct, 11:30


Ibodat uchun imkon emas, istak kerak...
Istak !

@yondaftardan

Yondaftardan

25 Oct, 20:22


Ya Robb...
Qalbimni faqat òzing egallagin.
Uni bu dunyoga isrof qilma Ya Robb !

Yondaftardan

25 Oct, 18:28


#motiv

@yondaftardan

Yondaftardan

24 Oct, 18:45


...

Yondaftardan

24 Oct, 17:14


Agar fikringni o'qiydigan darajada suhbatdosh topsang, ruhing Jannatni topibdi.

Abdulqodir Samarqandiy
@yondaftardan

Yondaftardan

24 Oct, 14:55


"Inson ikki sabab bilan o‘zgaradi:
Birinchisi - ko'p o'qib, o'rgangani uchun, ikkinchisi - ko'p musibat chekkani uchun!"


Abdukarim Mirzayev
@yondaftardan

Yondaftardan

24 Oct, 00:41


Qachonki men Sendan soʻzlay boshladim,
Oʻzim unutganim eslay boshladim.

Aybning haddini bildim shu onki,
Aybni oʻzimga toʻnkay boshladim.

Oʻzgani oʻnglamoq boʻldim, chap ketdi,
Eng oʻngi oʻzimni oʻnglay boshladim.

Soʻzingni oʻzimga oʻngladim, kuydim,
Oʻzimni Soʻzingga oʻnglay boshladim.

Oʻzimni istadim, topdim shu damki,
Oʻzimdan Oʻzingni izlay boshladim.

Qabrga hozirlik koʻrishlik uchun
Vujudim qabrda anglay boshladim.

Oʻzimdan oʻzimga ulush qolgancha
Oʻzingdan haydading, boʻzlay boshladim.

Men bormi, Sen yoʻqsan, Sen bormi, men yoʻq,
Seni deb, “men”imni ilgʻay boshladim.

Yashashchun kurashib, yashay olmagach,
Oʻzimni oʻldirdim, yashay boshladim.

Oʻzimdan oʻtganin oʻzim bildimu,
“Oʻzimdan oʻtdi” deb, yigʻlay boshladim.
 

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

@yondaftardan

Yondaftardan

23 Oct, 19:04


Yaxshi insonlar tasodifan bir joyga kelmaydilar, ularni niyatlari birlashtiradi.

Jubron Halil Jubron
@yondaftardan

Yondaftardan

22 Oct, 16:34


Siz havas qilgan har bir insoningiz orqasida zaxmat chekib, hijronda qolib, tunlar bedor bòlib duo qilgan ota-onasi turadi.

@yondaftardan

Yondaftardan

22 Oct, 14:39


Achinarlisi nima bilasizmi ?

O‘g‘illarimiz " superman" "batman" kabi hayotda yòq, òziga hayvon va hashorotdan laqab qòygan qahramonlarni taniydi. Ammo mushriklarni titratgan Umarul Faruqni, janglarda faqat ģalaba qozongan Allohning qilichi Xolid ibn Validni, otdan-da tez yugurgan, kofirlarni sillasini quritgan Salama ibn Akvani, Ilm borasida tengsiz Sahoba Abdulloh ibn Mas‘udni, 9 yoshida sarkardalarni lol qoldirgan Amir Temurni tanimaydi. Farqlisi multfilm qahramonlari hayotda yòq, ammo, bu Zotlar esa hayotda bòlgan va Ular haqiqiy qahramonlardir.
Farzadlaringizni aldamang ! Aldanib òsgan biz yetamiz!
Ularga haqiqiy qahramonlarni kòrsating, òxshasa ularga òxshasin. Taqlid qilsa shularga taqlid qilsin. Yuziga hayvonni niqobini taqib men "batman" deyishmasin aksincha, boshiga dubulģani kiyib Men Xolidman desin !
Baģriga kitob olib Men ibn Mas‘udman desin !
Qòliga Vatanimiz bayroģin olib men Mus'abman desin!

@yondaftardan

Yondaftardan

22 Oct, 11:01


Bino go'zalligi uning devorlari bilan emas
Ahllari bilan..


Ustoz Muhammad Odil

@yondaftardan

Yondaftardan

21 Oct, 19:13


Atrofingda faqat yaxshi niyatli va yaxshi gumonli insonlarni qoldir...
Shum niyatli va yomon tarafini avval o‘ylaydiganlardan uzoq bo‘l !
Zero yuqish hissi bor, seni ularga o‘xshashingni istamayman!
Odamlar hayotin obod et - Barbod etma!
@yondaftardan

Yondaftardan

21 Oct, 15:22


Hech òylab kòrganmisiz, bu ketishimda ortimdan kimlarni qoldiraman ?
deb...
Agar holingizga achinsangiz, hozir òzingizni tòģirlang aks holda sizga boģliq insonlarni buzasiz !
@yondaftardan

Yondaftardan

21 Oct, 15:10


Ota qizning hayotida takrorlanmas kishidir. Uning òrnini biror kishi bosa olmaydi...
Na aka-uka, na er va na hatto farzand ham.

Ayman Yoģiy
@yondaftardan

Yondaftardan

20 Oct, 17:29


Oģriyotgan joyingga qarab Qur'on òqi !


p.s : Ketishdi armonning tuproģin sepib

Yondaftardan

20 Oct, 15:58


G‘azodagi genotsid: 2040-yildagi bolalarning savollari

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok

Yondaftardan

20 Oct, 15:57


Oxiratda so‘ralishimizdan avval,farzandlarimiz so‘raydi :
- Dada, Oyi siz ushbu holatga guvoh bo‘lib jim turganmisiz ?
- Shuncha musulmon o‘lganda siz qaysi vijdon bilan hotirjam uxladingiz
?
- Shu vaqtlarda siz biror yordam ko‘rsata olmaganmisiz axir iloji umuman yo‘q emasdi-ku ?
-Nimaga ?

Yondaftardan

20 Oct, 06:51


Islom tarixini òqiganimda, Uhud jangidanda meni kòp mahzun qilgan voqea Biru Ma'una va Raji' voqealari edi...
Har bir musulmon Islom tarixini òqishi kerak.
Bu din bizga qanday yetib kelganini, bizga soģ yetib kelgunicha qancha insonlar jonini fido qilganini bilishimiz kerak.

Yondaftardan

19 Oct, 15:32


Channel name was changed to «Yozuvchi qizingiz🌷»

Yondaftardan

19 Oct, 10:48


Sahifamiz ayollar uchun.Undagi mavzular ham shunga xosdir. Iltimos qilardimki, qadrli aka-ukalarimiz sahifadan chiqib ketsangiz.

Yondaftardan

19 Oct, 03:40


Sening yuraging betlamagan tavakkulni zimmasiga olib tavakkul qila bilganlar,
Sen orzu qilib yetisholmagan hayotda yashaydilar !


Suqrot
@yondaftardan

Yondaftardan

18 Oct, 15:43


Eng gòzal rizq-
Juftlari Hajidaning muhabbatini, Olamlarga rahmat payģambar:
"Alloh menga bergan rizqdir" deyishidir eng gòzal rizq..

Ali r.aga Fotimai Zahro r.ani juft qilib berilgani va jannatda ham davom etuvchi nikoh bòlganidir rizq..

Kulsum bintu Abu Bakrga Tolha ibn Ubaydullohdek insonni nasib bòlishidir rizq..

Eng gòzal rizq bu sizni, bizni Musulmon bòlib tuģilganimizdir !
@yondaftardan

Yondaftardan

18 Oct, 15:29


Mustafo afandidan sòrashdi :
- Hayotingizdagi eng tòģri qaroringiz nima ?
Javob berdi :
- Afiyet bilan turmush qurganim.


#havaslar
@yondaftardan

Yondaftardan

18 Oct, 03:42


#tarjima

Hutmatli O‘zim

Maqsading yo‘lidagi qiyinchilik seni qo‘rqitmasin.
Yorqin kunlarga qorong'u yo'llardan boriladi. Og‘ir kunlar, nozik qaddingni egib qo‘ymasin. Qilgan niyatlaringga tish-tirnog‘ing bilan yopish, "bo‘ladi" degin, bo'lsin !
"Uddalayman" degin, Robbim tavfiq bersin.
Oldingda, orqangda Alloh turibdi Unutma !
Bu yo‘lda hech qanday zarar ko‘rmasdan, oyog‘ing toshlarga urilmasdan, yuraginga qayg‘u oralamasdan yetishingni tilayman🤍.


@yondaftardan

Yondaftardan

17 Oct, 10:41


#tarjima

Farqimiz

17, 18, 19 yoshida bu dunyoning mohiyatini tushunib, nima uchun yaratilganini anglab, ilm olish uchun ketayotgan yoshlarga qoyil qolaman.

• Boshqalar kafelarda pitsa yeb o‘tirar ekan, ular esa shayxlardan ilm olmoqda.

• Ba'zilar kino, reels tomosha qilar ekan, ular esa kechayu-kunduz dars qilish bilan bandlar.

• Biz aktyorlarning tarjimai holini o‘rgansak, ular olimlarning tarjimai holini o‘rganishadi.

• Biz Rossiya Federatsiyasi qonunlarini o‘rganayotgan bo‘lsak, ular Qodir Alloh taolo tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni o‘rganishmoqda.

• Biz jarangli so‘zlardan foydalansak, ular Qur'oni Karimdan foydalanadilar.

• Biz tunlarimizni Ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazsak, ular tunlarini bodat va o'qish bilan o'tkazadilar.

Ular Dunyoga yorug'lik olib keladi.
Òzingizga savol bering "Menchi?"

Ular bizning vine, hazillarimizni tushunmaydilar, ular Doktor Xaus, Muhtasham yuz yil haqida bilishmaydi, ular boshqa teleseriallarning 10-mavsumini ko'rishmagan, ular zamondan orqadami?
Yo'q. Yolg'on !
Ular bizdan ancha oldinda.
Va men ular bilan rizqim qòshilishiga ishonaman va ularning qalblari va niyatlarini hech narsa buzmaydi deb umid qilaman.
Duolaringizda ularni unutmang.

Va Men sizlarga post yozayotganimda Ular esa òz hayotini òzgartirish yaxshilash bilan edi..

Bizga olimlar kerak.

Ular Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) merosini,
biz esa bu dunyoni olib yuribmiz.

@yondaftardan