Hozirgi kunda telefonlarda namoz vaqtini eslatuvchi programmalar bor. Asosan yoshi katta ota-onalar, bobo-buvilar telefonida bu eslatmalar azon ovozi asosida keladi. Yani, namoz vaqti kirganida azon aytadi. Asosan azon ovozi eshitila boshlasa, oxiriga qadar o'chirishmaydi, hurmatsizlik bo'lmasin deb.
Jamoat joylarida, masalan peshin vaqti kimdir tashqarida ovqatlanayotgan bo'lsa, birdan azon ovozi jiringlab qolsa, bu odamlar orasida, aniqrog'i ayrimlar orasida "o'chirsa bo'lmaydimi ovozini?" Degan fikrni uyg'otadi. Kim ham bunday deydi axir deyishga shoshmang. Hamma ham dinga siz yo oila azolaringiz kabi hurmat bilan yondashmaydi.
Darsda ustoz shh mavzuni ko'tarib, iloji boricha eslatmaga azon ovozini qo'ymaslikni takidlagandilar. Kimdir behosdan "ovozini o'chiring" deb yuborsa, bu azonga nisbatan hurmatsizlik bo'lib qolishi mumkin. Azon ovozini eshitganda hurmat qilib, sukut saqlash, unga javob qaytarish sunnat hisoblanadi. Endi unga hurmatsizlik - din bilan bog'liq bir holatga hurmatsizlik sanaladi.
Oshirib yubormayapman, qo'rqmang. Shunchaki, u odam balki bilib, balki bilmay bu gapni aytib yubordi. U odamga bu holat haqida yo tushuncha beriladi yoki eng oson yo'li eslatmaga azon ovozini qo'yishdan qaytarish
Eslatma ovoziga boshqa xabar kelgandagi ovozni yo boshqa ovozni qo'yishga undash kerak deb xulosa qilgandim dars oxirida