Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev @arobiyya_uz Channel on Telegram

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

@arobiyya_uz


Bu yerda arab tili o'ylaganingizdan koʻra osonroq!

🚀 Yana bir loyiha: @arab_talimi

📬 Aloqa uchun: @arobiyyaadmin

© 𝗦𝗮𝗿𝘃𝗮𝗿𝗯𝗲𝗸 𝗦𝗼𝗹𝗶𝘆𝗲𝘃:
- Xalqaro islom akademiyasi
- KSGAFAL g'olibi | Saudiya Arabistoni

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev (Uzbek)

🚀 "Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev" kanali arab tili o'rganuvchilar uchun joylashgan eng yangi va foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Kanal orqali arab tili o'rganishning oson yo'llarini topishingiz mumkin!📬 @arabiyyauz_bot orqali aloqa qilishingiz ham osonlik bilan amalga oshiriladi. Kanal egasi Sarvarbek Soliyev tomonidan olib borilayotgan arab tili darslari va qiziqarli faktlar bilan sizni qiziqtirib qoladi. Bu kanalda aloqali va foydali ma'lumotlar bilan tanishing! © Sizga mo'ljallangan ma'lumotlar ham mavjud: - Xalqaro islom akademiyasi - KSGAFAL g'olibi | Saudiya Arabistoni. Arab tili bilimlaringizni oshirish uchun Arobiyya_uz kanaliga obuna bo'ling!

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

11 Jan, 15:14


Arab tilida badiiy kitob o’qiymiz

Qishning sovuq kunlarida, bo’sh o’tirgan paytda arab tili o’quvchisi uchun badiiy kitob o’qishdan foydaliroq narsa topish qiyin. Lekin qaysi kitobni o’qish kerak?!

📖 Kitob: “Gulliverning sayohatlari”
💼 Muallif: Komil Kiyloniy

💡 Yuqoridagi uch kitob o’sha mashhur, siz bilgan Gulliverning sayohatlari haqidagi arab tilidagi to’plamcha. Harakatli va rasmli tarzda, o’rta-yuqori darajalar o’qishi uchun.

👉 Gulliver haqida arab tilidagi multfilm

👉 “Gulliverning sayohatlari” o’zbek tilida

Mazza qilib o’qib chiqing, arab tilini shunday qiziqarli uslub va kitoblardan o’rganing

@arobiyya_uz | #elektronkitob

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

11 Jan, 14:07


Turk tilini o’rganish uchun tavsiya

Arab tili o’quvchilarining orasida turk tilini o’rganishni niyat qilgan, turk seriallari va kitoblarini ko’rib tushunishni istaydiganlar talaygina topiladi albatta.

🇹🇷 «G’ulomjon Sobirov» o’zim yaqindan bilgan va tanigan xalqaro toifadagi turk tili ustozi. Silsilaviy va bepul videodarsliklar to’plami muallifi hisoblanadi.

🔥 Turk tilini o’rganishni niyat qilgan o’quvchilar uchun esa bugun ularning telegram kanalidan yaxshirog’ini topish muammo (kundalik darslar berib boriladi).

👉 Kanalni ko’rishingiz uchun havola

Dunyo tillarini o’rganishda dangasalik qilmang, til bilganga ming tanga

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

11 Jan, 10:03


Arab tilidagi kun hikmati

Imom Shofe’iy rohimahulloh: «G‘am-g‘ussa va qiyinchilik yetgan paytda odamlar sizni tashlab qo‘yishsa, bilingki, ishlaringizning boshqaruvini Alloh o‘z zimmasiga olishni xohlamoqda», deganlar.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

11 Jan, 05:10


Arab tili o’rganuvchilarining orzusi

Yig’lab-yig’lab o’z maqsadiga erishmoqchi bo’ladi mug’ombir o’quvchi degan zot (yig’i ham aslida bir niqob) 😂

Bu ko’ngilga qo’yib bersa nimalar qilgisi kelmaydi, til ham o’zi o’rganilib qolsa

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

10 Jan, 15:14


Mana bu siz o’rganayotgan arab tilidir

🟡Boylik - arab tili dunyodagi eng boy til hisoblanadi, 12 millionga yaqin lug’at boyligi mavjud.
🟡Vosita - butun dunyoda bugungi kunda 400 milliondan ortiq kishi arab tilida gaplashadi.
🟡Rasmiylik - bugun 20 dan ortiq davlatlarning rasmiy davlat tili arab tili hisoblanadi.
🟡Asos - bugungi kundagi fanlar: kimyo, algebra, falsafa bularning barchasi arab tili orqali rivojlangan.
🟡Muqaddaslik - Qur’on arab tilida nozil qilingan, musulmon bilishi kerak bo’lgan muqaddas til.
🟡Go’zallik - o’zining go’zalligi bilan she’riyat, xattotlikni yuqori darajaga olib chiqdi.
🟡Joziba - arab tilida dunyo tillarida mavjud bo’lmagan bir necha harf mavjud, yozuv o’ngdan chapga yoziladi.

Agarda yana kimdir sizga “Eskichani o’rganyapsanmi?” deb savol beradigan bo’lsa unga shular haqida aytib bering!

@arobiyya_uz | #arabtilijozibasi

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

10 Jan, 10:03


Arab tilidagi kun hikmati

Eng daxshatli yo‘qotish kengligi osmonlaru yercha bo‘lgan jannatda sen uchun joy topilmasligidir. Allohim! Bizlarni ziyon ko‘ruvchilardan qilma!

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

10 Jan, 05:10


Juma kuni bajariladigan ishlar haqida

Juma kunining sunnatlari va bajariladigan ishlarni arab tilida ham bilib olish o’quvchi uchun zarar qilmaydi.

🟢Masjidga barvaqt borish.
🟢Juma uchun g’usl qilish.
🟢”Kahf” surasini o’qish.
🟢Xushbo’yliklar bilan xushbo’ylanish.
🟢Rasululloh ga salovatni ko’paytirish.
🟢Chiroyli, pokiza kiyimlar kiyish.
🟢Duolar ijobat bo’ladigan soatni qidirish.
🟢Misvok ishlatish.

🚨 JUMANING SUNNATLARI HAQIDA

Ularning arab tilida qanday aytilishi va yozilishi yuqoridagi rasmda berilgan.

Endi esa yuqoridagi ishlarga amal qilish va arab tilidagisini esa yodlab olish qoldi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

09 Jan, 15:14


Arab blogerlaridan arab tili oʻrganish

Siz ham qaysi arab blogerlaridan arab tilini oʻrganish mumkin degan savolga duch kelgansiz. Keling, oʻzim kuzatadigan arab blogerlarini tavsiya qilsam

🇸🇾 Ahmad Faxuriy (Suriya)
Asli "Aljazira"ning jurnalisti hisoblangan Faxuriy oʻz videolari bilan arab dunyosida juda mashhur. Buning asosiy sabablaridan biri esa uning adabiy arab tilida (fus'ha) chiroyli va ravon gapirishi. YouTubeda obunachilari soni 1 milliondan koʻp.

🇵🇸 Orif Hijjaviy (Iordaniya)
Oʻzining sehrli ovozi bilan mashhur Orif Hijjaviy "BBC" va "Aljazira"dagi faoliyati bilan arab tili oʻrganuvchilariga tanish. Adabiy arab tilida chiroyli gapirishi bilan birga uning ovozi ham juda ajoyib. Yevropa davlatlari ham bugun uni taniydi.

🇸🇦 Ahmad Shuqayriy (Saudiya)
Madina shahri va saudiyaliklar hayoti haqidagi ko'rsatuvlardan keyin butun dunyoda mashhur Ahmad Shuqayriy bugungi kunda "Aram TV" kanalida oʻz faoliyatini olib boradi. Adabiy arab tilida gapirishi bilan birga juda qiziqarli koʻrsatuvlar tayyorlaydi.

Yuqoridagilarning hammasi adabiy arab tilida gapirishgani uchun tanlangan

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

09 Jan, 10:04


Arab tilidagi kun hikmati

Rejalaringni ovoza qilmay, jimgina amalga oshirgin, muvaffaqiyat qozonganingda o‘sha yutug‘ingning o‘zi shov-shuv bo‘lib, mashhurlik keltiradi.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

09 Jan, 05:10


Arab tilidagi bitta ibora kuchi

Arab tilini o'rganayotganim uchun opamga arab tilida yaxshi ko'rishimni aytgim keldi. Google translatedan eplab arabcha tarjima qildim-u, opamni yoniga bordim:
- Opa "أَنْتِ كَلْبِي"
- Nimaa?
- Eshitmadingizmi, "أَنْتِ كَلْبِي"
Bunga javoban esa opam tuxum qovurayotgan tovasi bilan boshimga soldi...

Shunday qilib googlega doim ham ishonib bo'lmasligi va arab tilini hali o'rganishim kerakligini tushunib yetdim...😁

© Arab tili talabasi kundaligidan.

Qo'shimcha qilsam:
▪️
Sen yuragimdasan - أَنْتِ قَلْبِي
▪️
Sen mening kuchugimsan - أَنْتِ كَلْبِي

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Jan, 15:14


Arab tilini o’rgangan bo’lib qolmaysiz

Arab tili o’quvchilari qiladigan va kundalik uchraydigan shunday ishlar borki, ularga duch kelgansiz. Leking ularni qilgani bilan arab tilini o’rgangan bo’lib qolmaydi…

▪️Profilingizga arab tilidagi rasmlarni tushunmasangiz ham qo’yib olsangiz.

▪️Arab tilidagi kitoblarni sotib olsangizu, uyingizda sizni kutib chang bosib yotsa.

▪️Arabcha kinolar, multfilmlarni ko’raman deb saqlab qo’yib, umuman qaramasangiz.

▪️Arab tili haqidagi zarur kanallarga obuna bo’lasizu, biror marta qarab qo’ymasangiz.

▪️Tushunmaysiz, lekin arab tilida bo’lgan narsalarni eshitib, takrorlab yuraversangiz.

Xo’sh, innankeyin o’zingiz qilib turadigan xatolaringizdan qaysilarini eslaysiz?!

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Jan, 14:03


Arab tili o’qituvchisi qidirilmoqda

Arab tilini o’rgangan har bir o’rganuvchi ta’lim berishni ham xohlaydi albatta. Hozir ta’lim uchun eng yaxshi joy bu - xususiy maktablar.

🧭 “Rahimov school” jamoasi Farg’ona filiali uchun malakali arab tili o’qituvchisini izlamoqda (e’longa befarq bo’lmang, balki bu siz bo’lishingiz mumkin).

Ish bo’yicha qo’yilgan talablar:
• Tegishli sohada oliy ma'lumot
• CEFR, C1 va C2 sertifikati
• 3 yildan ortiq ish tajribasi
• Bolalar psixologiyasini yaxshi tushunish
• Tashkilotchilik va muloqot qilish qobiliyati

🖥 Batafsil ma’lumot olish va ariza berish uchun @RahimovSchool_jbot orqali Farg’ona filialini tanlagan holda yozib qoldirishingiz mumkin.

Arab tilini o’rgatishni niyat qilib yurgan o’qituvchilarga albatta ulashib qo’ying

@arobiyya_uz | #elon #arabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Jan, 10:04


Arab tilidagi kun hikmati

Bir yillik foydani reja qilsang, guruch ek. Yigirma yillik foydani reja qilsang, daraxt ek. Yuz yillik foydani reja qilsang, odamlarga ta’lim ber.

©️ Xitoy xalq maqoli.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Jan, 05:10


Arab tili o’quvchilari uchun yangi kitob

Arab tilini o’rganayotgan o’quvchilarning dardi, ular bilan bo’lgan qiziqarli voqealar, quvnoq maslahatlar jamlangan bu kitobni mendan ko’p so’rashardi. Nihoyat bugun o’sha kitob tayyor bo’ldi!

📖 Kitob: “Arab tili talabasi kundaligidan”.
💼 Muallif: Sarvarbek Soliyev

🔥 Kitob qisqacha qilib aytganda o’z nomi bilan arab tili talabasining kundaligidagi ajoyib voqealar jamlanmasi. Kitobdagi hamma narsa arab tili haqida hikoya qiladi.

🎉 Yangi yilni yangi kitob bilan boshlaymiz. O’qib chiqing, fikr bildiring, eng asosiysi yil davomida yana shunday arab tiliga oid kitoblar chiqishini xohlasangiz albatta bizni qo’llab-quvvatlang.

Bu yildagi birinchi kitobim, Alhamdulillah!

Har qanday ijobiy fikr, ulashish va qo’llab-quvvatlash keyingi kitoblar uchun foyda

@arobiyya_uz | #elektronkitob

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

07 Jan, 15:14


Tarjimon qanday bo'lishi kerak
(tarjimon mahoratidan 🇯🇵)

Yaponiya kollejlarining birida 1981-yilda o'quvchilarga ma'ruza qilishi kerak bo'lgan o'sha davr AQSH prezidenti Jimmi Karter chiqishini hazil bilan boshladi. Ammo eng qizig'i, prezidentdan tezroq tarjima qilgan tarjimon butun zalni kuldira oldi. Prezident undan hazilni qanday qilib tarjima qilganini so'raganda, tarjimon prezidentga tarjimani so'zma-so'z takrorladi: “Prezident Karter kulgili voqeani aytib berdi. Hamma kulishi kerak!"

🆘 Tarjimon bo’laman deyotgan arab tili o’rganuvchilari uchun yaxshigina dars.

Mohir tarjimon shunday nozik vaziyatlarda ham bemalol chiqib keta olishi kerak

@arobiyya_uz | #qiziqarlitarix

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

07 Jan, 10:04


Arab tilidagi kun hikmati

Dunyo ikki qavs oralig‘idadir: birinchi qavs – tug‘ilish, ikkinchi qavs – o‘lish. Ikki qavs orasiga foydali jumla yoz!

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

07 Jan, 05:10


Eshmatvoy va arab tili haqida

Eshmat va unga o’xshash judayam ko’p arab tili o’rganuvchilariga tekkan kasalni yuqorida she’riy uslubda ko’rsatib berdim (ilhom kelib qoldi qisqasi) 🔥

👉 She’rni yozma shaklini ko’rish uchun

Qissadan hissa esa: bahona va iloj doim topiladi, o’rganishning payida bo’ling

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

06 Jan, 15:14


Arab tilida soat aytilishi haqida

Ko'chada ketayotganingizda yo'lingizdan arab chiqib qolsa va "كَمِ السَّاعَةُ الآنَ؟" desa qanday javob qaytarardingiz? Uyalib qolmaslik uchun esa arab tilidagi soat aytilishida eng kerakli maslahatlarni ko'rib chiqamiz.

🟢Arab tilida soat tartib sonda
Soatlarni ifodalash uchun arablar tartib sondan foydalanishadi. Masalan:
▪️Soat to'qqiz - السَّاعَةُ التَّاسِعَةُ
▪️
Soat yettida - فِي السَّاعَةِ السَّابِعَةِ

🟢Vaqtni belgilash haqida
Arab tilida soat aytilishidagi vaqtni belgilashda 12 dan yuqori sonlar ishlatilmaydi (bu xuddi o'zbek tilidagidek). Shuning hisobiga vaqtni belgilashda quyidagi qoʻshimchalar qoʻshib aytiladi:
▪️Ertalab - صَبَاحًا
▪️
Peshindan oldin - قَبْلَ الظُّهْرِ
▪️Peshindan keyin - بَعْدَ الظُّهْرِ
▪️
Kechqurun - مَسَاءً
▪️
Tungi - لَيْلاً

🟢Daqiqalarni aytish haqida
Daqiqalar miqdori soatni bildirgan raqamga "o'tdi, oshdi - وَ" bogʻlovchisi yoki "kam - إِلَّا" yuklamasi bilan ifodalanadi.

🖤 Youtubeda soat aytilishi darsi (arabcha)

🆘 Shuningdek soat aytilishida qo'shimcha: "yarim - نِصْفٌ", "uchdan bir - ثُلْثٌ" va "to'rtdan bir - رُبْعٌ" soʻzlari ham qo'shiladi.

@arobiyya_uz | #grammatika

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

06 Jan, 10:04


Arab tilidagi kun hikmati

Tabassum do‘stlarni jalb qiladi. Qovoq solaverish ajin tushishini tezlashtiradi.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

06 Jan, 05:10


Arab tilining dunyo tillariga ta’siri

Arab tili oʻz tarqalishi davomida qator dunyo tillari: ispan, ingliz va oʻzbek tiliga ham ta'sir oʻtkazgan. Kundalik hayotimizda foydalanadigan koʻp soʻzlarimiz asli arab tilidan kelib chiqqan.

🛍 Magazine (magazin)
Ushbu soʻz arab tilidagi "مَخْزَنٌ" soʻzidan olingan boʻlib, dastlab fransuzlar va ular orqali italiyaliklar ushbu soʻzdan foydalana boshlashgan.

🍭 Candy (shirinlik)
Ushbu soʻz asli ingliz tiliga "قَنْدٌ" soʻzidan kirib kelgan boʻlib, shakarqamishdan tayyorlangan sharbatga nisbatan arablar shu soʻzni ishlatishgan.

☕️ Coffee (qahva)
Ingliz madaniyati ramzi boʻlgan bu soʻz arab tilidagi "قَهْوَةٌ" soʻzidan kelib chiqqan. Birinchi bo'lib Yamanlik dehqonlar bu so'zni ishlatishgan. Keyinchalik turklar orqali gollandlar kofeni inglizlarga yetkazishgan.

▪️Arab tilidan kelib chiqqan soʻzlar

Arab tili boʻlmaganida edi, kim biladi inglizlar kofeni nima deb nomlardi


@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

05 Jan, 15:14


Arab tili o’rganuvchilarining orzusi

Mana shunday “uchaman” deb oyoq-qo’li singan, baland joylarga chiqib sakragan o’quvchilarning soni juda ko’p 😂

Qissadan hissa esa: oson narsalar doim ham siz o’ylagandek tez kelmasligi mumkin

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

05 Jan, 10:04


Arab tilidagi kun hikmati

Niyat bilan orzuning farqi nimada?!
Niyat jiddiylar uchun, orzu esa ojizlar uchundir!

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

05 Jan, 06:11


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: "Smurflar"
🇸🇦 Tili: adabiy arab tili
📍 Davomiyligi: 1 soat 17 daqiqa

Siz yoshlikdan sevib tomosha qilgan o’sha mashhur smurflar haqida yana bir ajoyib, noodatiy multfilm. Multfilmda ularning rivojlanishganini, yangi smurflar saflariga qo’shilgani va eng asosiysi bo’lsa: qiziqarli voqealarni tomosha qilasiz. Siz izlab yurgan adabiy arab tilida.

🔗 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

04 Jan, 15:14


Arab tilida “bilmayman” deyish uchun

Arab tili o’rganuvchilaridan ba’zida shunday ko’p narsa so’rab yuborishadiki, bu savollarga va vaziyatga qanday yechim topishni bilmay qolishadi.

🔥 Mana shunday paytda esa arab tilida “bilmayman” iboralarini aytish yordamga keladi. Bunday ma’noni ifodalovchi bir nechta iboralar bor.

▪️لَيْسَتْ لَدَيَّ مَعْلُوْمَات - Menda maʼlumot yoʻq

▪️لَا أَعْلَم - Men bilmayman

▪️لَا أَعْرِفُ شَيْىًٔا - Hech narsani bilmayman

▪️لَسْتُ أَدْرِي - Bilmayman

▪️لَيْسَ عِنْدِي فِكْرَة - Menda fikr yoʻq

▪️العِلْمُ عِنْدَ اللّٰه - Alloh bilguvchiroq

▪️وَمَا أَدْرَانِي؟! - ?Qanday bila olaman

▪️اللّٰهُ أَعْلَمُ - Alloh bilguvchiroq

Endi arab tili o'qituvchingizni xursand qilib, bilmasligingizni arab tilida ham ayta olishingiz mumkin 😄

Arab tilini o’rganayotgan o’quvchi gohida ba’zi narsalarga “bilmayman” desa bo’laveradi

@arobiyya_uz | #iboralar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

04 Jan, 10:05


Arab tilidagi kun hikmati

Do‘stlar liftga o‘xshaydi: seni yo yuqoriga, yo pastga olib tushadi. Qanday liftdan foydalanayotganingga hushyor bo‘l!

©️ Ahmad Shuqayriy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

04 Jan, 05:10


Arab tilidagi yuklama mavzusi haqida

Arab tilida shunday yuklamalar borki, ular "opa-singillar" hisoblanadi. Ya'ni bir-biriga o'xshash va doim birgalikda eslanadi. Keling, ularni o’rganib chiqsak.

1️⃣«Albatta, haqiqatda - إِنَّ»
Masalan: إِنَّ البُخْلَ عَيْبٌ لِلإِنْسَانِ العَاقِلِ
Haqiqatda baxillik oqil inson uchun ayb.

2️⃣«...ki;...cha;...ni - أَنَّ»
Masalan: سَمِعْتُ أَنَّ عُثْمَانَ أَصْبَحَ عَالِمًا مَشْهُورًا
Eshitdimki, Usmon mashhur olim bo'libdi.

3️⃣«Xuddi, go'yo - كَأَنَّ»
Masalan: كَأَنَّ هَذَا الكَلْبَ ذِئبٌ
Bu it xuddi bo'riga o'xshaydi.

4️⃣«Ammo, lekin - لَكِنَّ»
Masalan: المَنْزِلُ صَغِيرٌ وَلَكِنَّ مَوقِعَهُ جَمِيلٌ
Uy kichkina, lekin o'rni chiroyli ekan.

5️⃣«Balki, shoyadki - لَعَلَّ»
Masalan: لَعَلَّ النَّصْرَ قَرِيبٌ
Shoyadki g'alaba yaqindir.

6️⃣«Qani edi, koshki - لَيْتَ»
Masalan: لَيْتَ الجُهَلاَءَ عَالِمُونَ
Qani edi, ilmsizlar ham ilmli bo'lsa!

Bu yuklamalardan gaplar, so'z birikmalariga bemalol qo'shimcha ma'no yuklayverasiz

@arobiyya_uz | #grammatika

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

03 Jan, 15:14


Arab tili o’rganuvchilariga tanish holat

Bu holat imtihonga tayyorlanayotgan, arab tilini o’qiyotgan har bitta o’rganuvchining boshidan o’tadi 😂

So’zlashuv imtihonidan esa yolg’on gapirmay turib ham yaxshi ball olishingiz mumkin

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

01 Jan, 15:14


Bu yildan aniq arab tilini boshlayman

Bu yil aniq mening yilim bo’ladi. Arab tilini yaxshi o’rganishni boshlayman, imtihonga jiddiy tayyorlanaman, sertifikatlar olaman. Dangasalikni yig’ishtirib ana endi o’qishni boshlayman. Hali butun qishlog’imiz menga havas bilan qaraydi…” deb yil boshida yozib qo’ygan daftarini yangi yil kechasi Teshavoy to’satdan topib oldi.

Bu yil meniki bo’ladi, 2025 yilda aniq arab tilini yaxshi o’rganishni boshlayman” dediyu, otasiga shashlik pishirishga ko’mir olib ketdi…🔥

© Arab tili talabasining kundaligidan

Har yili siz uchun qayta-qayta imkoniyat berilavermaydi, foydalanishni o’rganing

@arobiyya_uz | #talabadardi

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

01 Jan, 10:06


Arab tilidagi siz izlab yurgan duo

Robbim! Tug‘ilgan kunim meni yig‘latib, atrofimdagilarni kuldirganingdek, vafot qilgan kunim atrofimdagilar yig‘laganida meni kuldirgin. Allohim, bizlarni yaxshi xotima bilan rizqlantir, bizdan rozi bo‘lib vafot ettir!

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

01 Jan, 05:10


Yangi yilda arab tilini yaxshiroq o’rganish

1️⃣ Arab tilida o’qishingiz kerak bo’lgan, imtihonlaringiz va arab tilini o’rganishda eng zarur kitoblar ro’yxatini tuzib o’qishni boshlang.

2️⃣ Arab tilida gaplashishni endi arablar bilan mashq qiling, arab tanishlar orttirish uchun imkoniyat izlang.

3️⃣ Har kuni eng kamida 10 ta yangi lug’at yodlashga yoki ko’rishga, lug’at daftar tutib uni to’ldirishga harakat qiling.

4️⃣ Arab tili grammatikasini (qattiq tavsiya) mustahkamlang, agarda keyin dars berishni va arab tilida haqiqatda ham eng zo’ri bo’lishni istasangiz sarf, nahvni o’rganing.

5️⃣ Eng asosiysi: til o’rganishda o’tgan yili qilgan xatolaringiz, dangasalik va sho’xligingizni bu yil takrorlamaslikka harakat qiling.

Yuqoridagi kichik tavsiya va rejalarga amal qilsangiz 2025 yil sizning yilingiz bo’lishi aniq, harakatdan to’xtamasangiz bo’lgani!

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

31 Dec, 15:14


Sun’iy intellekt va arab tili

Sun’iy intellekt bugun barcha sohalar singari arab tiliga ham kirib kelyapti. Tepada hatto Ronaldoni arabcha kuylatib yuborgan 😂

👉 Alafasiy ijrosida videodagi nashida

Yangi yilda sun’iy intellekt yanayam rivojlanib arab tilida yordamchingiz bo’lishi aniq

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

31 Dec, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Insonlarning ichida aqli noqisi - o‘zini boshqalardan yuqori qo‘yib, fazilatli sanovchi kishidir. Insonlarning eng aqli sobiti esa o‘z nafsini eng ko‘p malomat qilib, ayblovchi kishidir.

©️ Abu Homid G‘azzoliy rohimahulloh.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

31 Dec, 05:10


Arab tilini bepul o’rganishingiz uchun

Sifatli va yaxshi ta’lim doimo qimmatroq bo’lgan. Bu qadimda ham va hozir ham shunday bo’lib kelyapti. Ayniqsa arab tili uchun (achinmaysiz albatta).

🎮 Lekin shunday saytlar va platformalar borki, ular orqali arab tilini nafaqat bepulga o’rganishingiz, har kuni siz istaganingizcha mashq qilishingiz ham mumkin.

🔍 “Loecsen” saytining manbalari

🔍 “Duolingo” saytining manbalari

🔍 “Kaleela” saytining darsliklari

🔍 “Madinaharabic” sayti manbalari

🔍 “Arabicforbeginners” saytidan

🔍 “Aljazeera” saytining manbalari

Bepul va sifatli arab tilini kamdan-kam topasiz, saqlang va ulashib qo’ying

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Dec, 15:14


Arab tilini o’rganishga maxsus ko’rsatuv

Arab tilini o’rganish uchungina maxsus ishlab chiqarilgan ko’rsatuvlar soni ko’p emas. Ya’ni bir ko’rsatuvning boshidan oxirigacha hamma qismlari arab tilni o’rganish uchun.

🇦🇪 «Ochil ey simsim» - Arab Amirliklari ijodkorlari tomonidan ancha avval suratga olingan ushbu qo’g’irchoqli ko’rsatuv arab tilini o’rgatuvchi kam sonlilaridan bittasi.

💡 Ko’rsatuv haqiqatda judayam foydali. Arab tilini o’rgatishda noodatiy uslublardan yaxshi foydalanilgan va eng muhimi qiziqarli uslubda, adabiy arab tilida (yuqorida birinchi qismi).

👉 «Ochil ey simsim» to’liq ko’rish uchun

Arab tilini o’rganishingiz uchun maxsus ko’rsatuvlar borligi ham baxt o’zi aslida

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Dec, 11:01


Arab tilidagi kun hikmati

Abu Dovud Sijistoniy rahimahullohdan: "Sizdan keyin kimlar bilan ilmiy majlislar qilib o‘tirishimizni buyurasiz?" deb so‘ralganida, u kishi: "Kitoblar", deb javob berdilar.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Dec, 05:10


Arab tili o’quvchilari yaxshi tushunadi

Arab tilini o’rganayotgan o’quvchi uchun doskaga chiqib mashqlarni bajarishdanda mushkulroq ish yo’q dunyoda 😂

Arab tili o’rganuvchilariga eslatma: asablarni asrang, hali siz o’qitishingiz ham kerak

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Dec, 15:14


Arab tilidagi to’plam videodarsliklar

Arab tilini o’rganish uchun maxsus ishlab chiqarilgan shunday videodarsliklar borki, ularni avval ko’rmaganligi uchun achinadi ba’zi o’quvchilar.

💡 Hozir sizga tavsiya qiladiganim ham arab tilini o’rganish uchun katta yordam beradi. Ingliz-arab tilida ammo tushunish qiyin emas (o’zingiz sinab ko’ring).

🟢 Arab tilida kundalik kerakli so’zlar

🟢 Arab tilida kundalik kerak iboralar

🟢 “30 kun arab tili bilan” chellenji

🟢 Lug’atlarni video orqali yodlang

🟢 Boshlang’ichlar uchun arab tilida

Darslarni ko’ring, yoqsa saqlab qo’ying: keyin qidirib yurmasligingiz uchun

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Dec, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Kitobga oshno bo‘lish ba’zan odamlar bilan do‘stlashishdan afzaldir. Chunki u doim bilim, manfaat ulashadi, aslo hech narsa talab qilmaydi.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Dec, 05:10


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: "G’aroyib hiyobon"
🇸🇦 Tili: adabiy arab tili
📍 Davomiyligi: 1 soat 25 daqiqa

Oyisi bilan hayoliy sehrli parkni o’ylab topgan va loyihasini yasagan “Jun” ismli bir qizaloq oyisining vafotidan keyin bu parkka ishonmay qo’yadi. Keyinchalik bo’lsa o’zi buzgan park loyihasining ichiga tushib qoladi va endi uni yovuzlardan himoya qilib, asrab qolishi kerak bo’ladi. Qizaloq parkni va do’stlarini saqlab qola oladimi?! Batafsil arab tilidagi multfilmni tomosha qilib bilib olasiz.

🔗 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Dec, 15:14


Arab tili o’rganuvchilarining dardi

Agar siz ham tomosha qilmoqchi bo’lsangiz “Kalmar o’yini” seriali arab tilida “لُعْبَةُ الحِبَار" deb qidiriladi 🦑

Hayot arab tili o’rganuvchilarini qiynamaydi, arab tilini qiynaganini o’zi yetadi ularga

@arobiyya_uz | #arabchameme

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Dec, 14:01


Arab tili o’rganuvchilariga tavsiya

Arab tili o’rganuvchilarining ko’pchiligi arab tilidan dars berishni, ishlashni istaydi. Lekin o’zi xohlagan ishni qayerda izlash kerak?

💼Beminnat vakant” ushbu platforma o’zi xohlagandek ish va vakansiya izlab yurganlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan (arab tili ham topiladi albatta).

Platformada o’zingiz istagandek ish e’lonlar topishingiz yoki bo’lmasa joylashingiz ham mumkin. Beminnat dastyor xullas.

👉 E’lonlarni ko’rish va obuna bo’lish

Arab tili o’rgataman va ishlayman deb yurgan tanishlarga yuborish vaqti

@arobiyya_uz | #tavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Dec, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Bir kishi taksiga mindi. Mashinaga o‘tirgach, radioda Qur’on tilovatini eshitib: “Biror kim o‘lganmi?” dedi. Shunda haydovchi: “Ha, mening sening qalbing”, deb javob berdi.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Dec, 05:10


Arab tilini bundaylar aniq o’rganolmaydi

Arab tili qiyin, bu yil ham o’rganolmadim” degan o’quvchi aslida yil bo’yi shu holatda yotgan bo’ladi 😂

Arab tilini o’rganish uchun eng kamida telefonni o’chirib o’rnidan turish kerak

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Dec, 15:14


Butun dunyoga arab tilida bepul sayohat

Uyingizdan chiqmay turib butun dunyoni eng sara qadimiy joylariga sayohat qilish haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Eng asosiysi bular barchasi arab tilida bo'lsa…

📺 "Dunyo yodgorliklaridan" - bu arab tilini o'rganayotganlar uchun ishlab chiqarilgan ko'rsatuvlardan biri desak ham bo'laveradi. Ko'rsatuvda bo'lsa dunyoning siz bilgan va bilmagan joylari haqida hikoya qilinadi.

🗺 Nemislar qal'alaridan tortib, to hindlarning saroylarigacha hikoya qiladi bu ko'rsatuv. Eng asosiysi esa yangi ma'lumotlar va arab tilini o'rganishingizda yangi bosqich.

🔗 "Dunyo yodgorliklaridan" to'liq qismlari

🔗 "Arab yodgorliklaridan"ni to'liq qismlari

Sayohat qiling, yayrang va albatta arab tilini o'rganishlik esingizdan chiqib qolmasin 🚗

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Dec, 10:00


Ular mana shunday hurmat qilardi

Bir kuni imom Navaviy, birga ovqatlanish uchun ustozlari Kamol Irbiliyni ziyofatga chaqirdilar. Ustozlari kelgach: “Ustozim, afv eting, shar’iy uzrim bo‘lgani uchun hozir ovqatlana olmayman”, deb dasturxondan turib, chiqib ketdilar.
Shunda ba’zi birodarlari: “U qanaqa uzr edi?” deb so‘rashgan edi, imom Navaviy: “Men bir luqmani yeyish uchun olganimda, mendan avval o‘sha luqmani ustozim yegilari kelib ko‘zlari tushgan bo‘lsa, men sezmay qolib, beodoblik qilib qo‘yishdan qo‘rqdim”, deb javob bergan ekanlar.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Dec, 05:10


Arab tili o’rganuvchilarining dardi

Tan oling, har bitta arab tili o’rganuvchisining yonida bitta shunday dardisar do’sti bo’ladi (eng kami deganda bitta topiladi) 😂

Bunday vaziyatga tushmay desangiz undan o’zib ketibgina qutulasiz, boshqa yo’l yo’q

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Dec, 15:14


Arab alifbosini bitta postda o’rganish

Arab tilini yaxshi bilsangiz ham doim yoningizda arab tilini bilmaydigan, undan umuman xabari yo’q tanishingiz topilgan. Keling, shu muammoni yechamiz.

💡 Hozir sizga tavsiya qiladigan darslarim, to’plamlarni ko’radigan bo’lsa arab tilini bilmaydigan tanishingiz bittagina post bilan alifbo va o’qishni o’rganib oladi (kamiga esa bularning hammasi bepul).

🟢 Arab alifbosi to’liq qo’shiqli tarzda

🟢 “Muallimi soniy” Alijon qori darsligi

🟢 O’zbek tilidagi alifbo darsi to’plami

🟢 Ayol ustoza bilan arab alifbosi darslari

🟢 Zakariyo bilan arab alifbosini o’rgan!

🟢 Arab alifbosi darsi to’plami rus tilida

🚀 Buni arab tilini o’rganishni niyat qilib yurgan tanishlaringizga yuborib qo’ying.

Arab tilini bilgan o’quvchilar uni o’rganishni xohlaydigan yaqinlariga eng yaxshi ustoz

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Dec, 14:02


Yilning eng yaxshi telegram kanallari

Shunday blog va kanallar bor: oʻqigan sari oʻqigisi kelaveradi kishining. Ularda ulashilayotgan maʼlumotlar va yangiliklar aynan siz izlab yurganingiz boʻladi.

📲 Bu yilning eng yaxshi, foydali telegram kanallari qaysi ekanini bilasizmi?! Biz oʻtgan yilda oʻzining sifatli kontenti, postlari bilan oʻquvchilarga manzur kelgan bloglarni bir yerga jamlab chiqdik.

👉 Eng yaxshi kanallarni koʻrish uchun

❗️Yuqoridagi havola orqali kirib, kanallarni oʻz telegramingizga qoʻshib olsangiz boʻladi.

Eng yaxshi kanallarni kuzatib boring, sifatli kontentni qoʻllab-quvvatlang

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Dec, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Garchi ming martalab gunoh sodir etgan bo‘lsangda, Allohga qaytgin, tavba qilishdan aslo to‘xtamagin.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Dec, 06:10


Yangi yil doim ham quvnoq boshlanmaydi

Bunday “og’riqli” topshiriqlarni o’qituvchisidan olib kechasi bilan yig’lab bajarganlar yaxshi xis qilishadi 😆

Bir xalq maqolini unutmang: lug’atlar - lug’atni yodlash arab tilida gapirishga yetaklar

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Dec, 15:14


Arab tili o’rganuvchilari uchun xazina

Hamma arab tili o’rganayotgan o’quvchilar qidiradigan eng zaruriy narsalar bor. Ularni siz ham aniq qidirib ko’rgansiz, yaxshisi havolasi bilan tavsiya qilib o’tsam.

Arabcha-o’zbekcha tarjima uchun:
🌐 “Google translate” tarjimasi
🔍 “Yandex translate” tarjimasi

Arab tilidagi fe’llarni tuslash sayti:
⚙️ “Qutrub” arab fe’llari sayti

Arab tilida so’zlar ko’pligini topish:
🌐 “Google” orqali topish uslubi

Arab tili grammatikasini o’rganishga:
📘 Grammatika darslari to’plami

Arab tilida onlayn test yechishga:
🌐 Bepul onlayn arab tili testlari

Arab tilida videomaterial ko’rishga:
🖤 Youtubedagi top arab kanallari

Arabcha-o’zbekcha elektron kitoblar:
📚 O’zbek tilidagi elektron kutubxona

Buncha ko’p ma’lumotni olgandan keyin ularni saqlab va ulashib qo’yish kerak

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Dec, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Molik ibn Dinor: “Hasanga dedim: “Agar dunyoga muhabbat qo‘ysa, u olimga nima uqubat bo‘ladi?”. U dedi: “Qalbi o‘ladi. Dunyoni yaxshi ko‘rarkan, uni oxirat amali bilan talab qila boshlaydi. So‘ngra esa, undan ilmning barakasi ketadi va faqat surati qoladi”, dedi.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Dec, 06:10


Siz eshitmagan yaqin tarix haqida

Saudiya Arabistoniga ziyoratga boruvchi arab tili o’rganuvchilari arab tilini o’rganishning o’zi bilan cheklanib qolishadi, arab tarixiga deyarli qiziqishmaydi.

🇸🇦 Yuqorida 1979 yildagi Makka, “Masjidul haram”da bo’lib o’tgan qonli voqealarga bag’ishlangan ko’rsatuv. O’ylashimcha siz uchun ham yangilik bo’ladi.

🕋 Arab tili bilan birgalikda yo’l-yo’lakay arab tarixini ham o’rganib ketishi kerak o’quvchilar. Tepada sizga qiziq bo’lgan mavzuda ajoyib ma’lumotlar yotibdi.

🖤 Youtubeda ko’rsatuvni ko’rish uchun

Arab tili bilan birgalikda arab tarixini ham o’rganing, tushunish ancha yaxshilanadi


@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Dec, 15:14


Arab tilini o’rganmaslik falsafasi

Arab tilini o’rganaman deb o’quv markaziga har oy pul to’laysan, darslarga tushunmay qiynalasan, keyin siqilib yig’laysan. Siqilib yig’laganingdan keyin qon bosiming oshadi, kasal bo’lasan, kasalxonaga olib borishadi, yotganingdan keyin oxiri o’lasan…

O’lish uchun hali ancha yoshlik qilaman, yaxshisi buguncha yotib uxlashim kerak.

© Arab tili talabasining kundaligidan

Dangasalar arab tilini o’rganmay yurishi uchun qancha bahonalar izlashadiyu 😂

@arobiyya_uz | #talabadardi

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Dec, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim ilm izlab yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi”.

©️ Imom Muslim rivoyati.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Dec, 05:10


Siz izlab yurgan arab tilidagi ko’rsatuv

“Arab tilida bo’lsa ko’raman” deb izlab yurgan shunday ko’rsatuv, multfilmlar bo’ladiki, ularni izlab topishi bilan o’rganuvchilar xuddi yosh boladek sevinib ketadi.

💡 «Bu qanday yasalgan?» maxsulotlarning qanday tayyorlanishi haqidagi bu ko’rsatuv butun dunyoda katta mashhurlikka erishgan (“Yoshlar” telekanalidan efirga berar edi, esladingizmi?).

⚙️ Bu ko’rsatuv arab tilida ham chiqarilgan va mashhurlikka erishgan. Arab tili imtihonlariga tayyorlanayotgan va oson o’rganish niyatida bo’lganlar uchun ayni muddao ko’rsatuv.

👉 Ko’rsatuvning barcha qismlarini ko’rish

Arab tilini o’zingiz yaxshi ko’rib tomosha qilgan ko’rsatuvdan o’rganish boshqacha

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

23 Dec, 15:14


Do’stingiz arab tilini o’rganayotganda

Bu xursandchilikni qanday ekanini faqatgina “ع" harfini talaffuz qilishni o’rganib olgan o’quvchilar yaxshi biladi 😂

👉 Arab tilidagi “ع" harfi talaffuzi videosi

Videoni qaysi do’stingizga jo’natib azoblash kerakligini o’zingiz juda yaxshi bilasiz

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

23 Dec, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Inson ilm olishga butun fikri, aqli va jismini ishga solmas ekan, u ilmdan biror narsani qo’lga kirita olmaydi.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

23 Dec, 05:10


Arab tili o’rganuvchilarining dardi

Arab tilini yillab o’rgansangizu, arab davlatiga sayohat qilib arab tilida mashq qilaman deb turganda sheva, lahjada gaplashishsa…😂

Arab davlatiga borib gaplasholmay qaytib kelganlar yaxshi tushunishadi buni

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

22 Dec, 15:14


Arab tilidagi ko’makchilar haqida

Arab tilida ko’makchi gapda katta vazifani bajarib gaplarni to’ldirib keladi. Gaplaringiz gapdek chiqishi uchun ham ularni o’rganib olishingiz kerak.

🔴 فِي (da, ichida…)
Masalan: فِي الخِزَانَةِ - javonning ichida

🔴 عَلَى (da, ustida…)
Masalan: عَلَى الخِزَانَةِ - javonning ustida

🔴 إلَى (ga, …gacha…)
Masalan: إلَى الخِزَانَةِ - javonga

🔴 مِنْ (dan…)
Masalan: مِن الخِزَانَةِ - javondan

🔴 عَنْ (dan, haqida…)
Masalan: عَن الجَامِعَةِ - universitetdan

🔴 عِنْدَ ( oldida, ixtiyorida)
Masalan: عِنْدَ العَمِيدِ - dekan oldida

🔴 لَدَى (huzurida, ixtiyorida)
Masalan: لَدَى زَيدٍ - Zaydning ixtiyorida

Ko’makchilarni yaxshilab yodlab olsangiz arab tilida ko’p narsada qiynalmaysiz

@arobiyya_uz | #grammatika

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

22 Dec, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Ilmdan azizroq narsa yo’q. Podshohlar insonlar ustidan hukmrondir. Ulamolar bo’lsa podshohlar ustidan hukmrondirlar.

©️ Abul Asvad rohimahulloh.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

22 Dec, 05:10


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: "Ruhlar olami"
🇸🇦 Tili: adabiy arab tili
📍 Davomiyligi: 2 soat 5 daqiqa

Ushbu multfilm “Barcha davrlarning eng yaxshisi” ro’yxati o’ntaligida turadi va Oskar mukofotiga sazovor bo’lgan. Voqealar ota-onasini afsundan ozod qilish, ularni insonlar dunyosiga qaytarish uchun ruhlar olamiga kirib qolgan yosh qiz haqida hikoya qiladi. Bejizga bu multfilm jahon reytinglarida yuqori o’rinlarda turmaydi, albatta tomosha qiling (ketgan vaqtingizga achinmaysiz).

🔗 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

21 Dec, 15:14


Arab tilini qiziqarli o’rganish uslubi

Arab tilidagi predloglar, “harfi jarlar”ni qanday qilib oson qilib yodlab olish uslubi yuqoridagi videoda ko’rsatib berilgan 😎

👉 Arab tilidagi predloglar haqida o’qish

Arab tilini hamma mavuzlarini mana shunday ajoyib qilib o’rgatsa bo’ladi harakat qilsa

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

21 Dec, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Barcha musibatlar ichida eng ulkani – inson Robbisi amr etgan, buyurgan narsadan boshqa narsa bilan oʻz umrini zoye qilishidir.

©️ Arabiy ibn Ahmad Darqoviy

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

20 Dec, 15:14


Arab tilidan vazifalarni bajarish

Arab tilidan vazifalarni bajarmaslik uchun bahonalardan eng kattasi mana shu bo’ladi (bundan o’tadigan bahona yo’q o’zi) 😂

Bahonalar qilishni to’xtatib, arab tili o’qishni boshlasangizgina rivojlanish bo’ladi

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

20 Dec, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Vatan uch kishining yelkasida tik ko’tarilgandir. Ular: uni boqadigan dehqon, himoya qiladigan askar va tarbiya qiladigan muallimdir.

©️ Jubron Halil Jubron.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

20 Dec, 04:30


Juma kuni bajariladigan ishlar haqida

Juma kunining sunnatlari va bajariladigan ishlarni arab tilida ham bilib olish o’quvchi uchun zarar qilmaydi.

▪️Masjidga barvaqt borish.
▪️Juma uchun g’usl qilish.
▪️”Kahf” surasini o’qish.
▪️Xushbo’yliklar bilan xushbo’ylanish.
▪️Rasululloh ga salovatni ko’paytirish.
▪️Chiroyli, pokiza kiyimlar kiyish.
▪️Duolar ijobat bo’ladigan soatni qidirish.
▪️Misvok ishlatish.

🚨 JUMANING SUNNATLARI HAQIDA

Ularning arab tilida qanday aytilishi va yozilishi yuqoridagi rasmda berilgan.

Endi esa yuqoridagi ishlarga amal qilish va arab tilidagisini esa yodlab olish qoldi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

19 Dec, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Namozdagi Fotiha surasi va tasbehlarni oʻqishing tezligini xuddi odamlar bilan soʻzlashishdagi tezlikda ham tajriba qilib koʻrgin. Ular senga qanday javob qilishlarini koʻrasan. Bilginki, sen ham Robbing bilan mana shunday gaplashmoqdasan.

©️ Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

19 Dec, 05:10


Arab tili o’rganuvchilari uchun tanish

Tasavvur qiling: arab tilini endigina boshlagan paytlaringiz, harflarni o’rganyapsiz va “و”ning talaffuzini mashq qilayapsiz 🥲

Tashqaridan qaraganda o’quvchilarning holati aniq mana shu mushukday ko’rinardi

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

01 Dec, 05:10


Arab tilidagi multfilmlar to’plami

Arab tilida bo’lgan va o’zingiz yaxshi ko’rgan multfilmni ba’zida qidirib topa olmay qolasiz. Keling, yaxshisi bugun shularning barchasini bir yerga jamlab chiqsak (oson izlab topish uchun).

👉 “Uy jonivorlari sirli hayoti” multfilmi
👉 “Etik kiygan mushuk 2” multfilmi
👉 “Ajdar o’rgatuvchilar” multfilmi
👉 “Kung fu panda 3” multfilmi
👉 “Hayvonlar shahri” multfilmi
👉 “Pishloq yomg’iri 2” multfilmi
👉 “Elemental” multfilmi
👉 “Rango” multfilmi
👉 “Ralf” multfilmi
👉 “Vall I” multfilmi
👉 “Muzlik davri 2” multfilmi
👉 “Nemoni izlab” multfilmi
👉 “Yangi uy” multfilmi
👉 “Robotlar” multfilmi
👉 “Yomon yigitlar” multfilmi
👉 “Maxluqlar ta’tilda 2” multfilmi
👉 “Spongebob qidiruvda” multfilmi
👉 “Olafning sarguzashtlari” multfilmi

🎁 Arab tilidagi multfilmlar 1-qismi

Arab tilidagi multfilmlar ko’rish qoidasi: ko’rdingmi boshqa do’stingga ulash


@arobiyya_uz | #multfilmlar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Nov, 15:14


Arab tilini o’rganishdan ham qiyinroq

Bunday vaziyatda to’g’ri gapirtirib olish arab tilini o’rgatishdan ko’ra ham qiyinroq bo’ladi ishonavering 😂

“Dada” so’zi nafaqat arab davlatlari, butun dunyo xalqlarida deyarli bir xil aytiladi

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Nov, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Agar muallim uch narsani oʻzida jamlasa, oʻquvchida neʼmat mukammal boʻlibdi: sabr, tavozeʼ va goʻzal xulq.
Agar oʻquvchi uch narsani oʻzida jamlasa, muallimda neʼmat mukammal boʻlibdi: aql, odob va goʻzal fahm.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Nov, 05:10


Arab tilidagi o'xshash so'zlar haqida

Yaqin do'stim doskaga chiqib yodlagan lug'atlarini yozishini ustoz vazifa qilib bergandi. Do'stim bir so'zga kelganida ustozimiz to'xtatdi.
- Bu qaysi so'z?
- Bu "عَذَابٌ" va "bo'ydoq" degani ustoz
(Ustoz bilan qo'shilib hammamiz kuldik)
- Unda "عَزَبٌ" degani "azob, uqubat" bo’lar ekanda dangasa...

Shundagina arab tilidagi bu ikki so'z ham ma'no, ham yozilish va ham dard jihatidan bir-biriga o'xshashini tushunganmiz 😂

© Arab tili talabasi kundaligidan

Takrorlash uchun lug'atlar esa:
Bo'ydoq - عَزَبٌ Azob - عَذَابٌ

Arab tilidagi bu ikki so’z bilan “o’zbekcha” qilib yaxshi bir maqol to’qisa bo’ladi

@arobiyya_uz | #qiziqarli

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Nov, 15:14


Misrliklar bilan gaplashishni o'rganamiz

Arab lahjalari (shevalar) orasida eng mashhur va ko'p foydalaniladigani bu misrliklar lahjasi. Agarda arab tilini o'rganib borib misrcha gaplashaman desangiz adashasiz...

🇪🇬 Yuqoridagi videoda Qohira ko'chalari bo'ylab sayohat qilinib misrliklar ertalab qanday nonushta qilishi haqida intervyu olishgan. Undan tashqari esa ularning bayramlar, misrliklar hayoti haqidagi qator videolari ham bor.

🛒 Bu to’plam videolar orasida boshqa arab lahjalari haqida ham ko’rsatuvlar bor. Videolar subtitr va inglizcha tarjimasi bilan. Ko'rsangiz arziydi, lahjalar haqida ancha bilib olasiz.

👉 Arablar hayoti haqida misr lahjasida

Lahjalar arab davlatiga sayohat qilganingizda sizga eng kerak bo’ladigan bo’limlardan

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Ilmning maqomi yuksak, intilishi shiddat, ergashilishi ohistadir. Uni tushda koʻrib egallab boʻlmaydi, ota va amakilardan meros qilib ham olinmaydi. U nafslarda, koʻngillarda ekilgan daraxtdir, uni dars qilish va oʻrganish orqali sugʻoriladi, ilmning tolibi charchoqlik va tunlari bedorlik orqali ziyoda boʻlishiga erishadi. Kunini faqat mol-mulk toʻplashga, tunini esa ayoli bilan huzurga sarflagan kimsa bu yurishi bilan ham dinning faqihi-bilimdoni boʻlib yetisha olaman deb oʻylaydimi?! Hayhot, unday emas!

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Nov, 15:14


Arab tili o’rganuvchilariga tanish holat

O’rganuvchilarning hayotida bir marta bo’lsa ham sodir bo’ladigan va judayam noqulay holatlardan bittasi ishonavering 😂

Bu holatga tushganlargina bu holatdan qanday qilib chiqib ketishni bilishadi

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

«Kimki ilmni oxirat uchun talab qilsa, oʻrgangan ilmi uni siniq qiladi, qalbi esa qoʻrquv va xushuʼda boʻlib, oʻz nafsini ustidan kuzatuvchi boʻlib qoladi».

📖 Imom Zahabiy rohimahulloh.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Nov, 15:14


Arab tilida gap boshlash iboralari

Arab tilida biror gap boshlashingizdan avval qo’llashingiz mumkin bo’lgan iboralar bor. Agar ularni bilib olsangiz gap boshlashingiz anchagina osonlashadi😎

▪️إذَ تَكَرَّمْتَ!
- Agarda iltifot qilsangiz

▪️مِنْ فَضْلِك! - !Marhamat (qilib)

▪️بَعْدَ إِذْنِك! - !Ruxsatingiz bilan

▪️أَرْجُوْك! - !Iltimos (qilaman)

▪️إِذَ سَمَحْتَ - Agarda ruxsat bersangiz

▪️إِنْ لَمْ تُمَانِع - Agar qarshi boʻlmasangiz

▪️أَتَأذَنُ لِي ؟! - !?Menga ruxsat berasizmi

▪️أَسْتَأْذِنُك! - !Agarda ruxsat bersangiz

🚨 Iboralar foyda bersin desangiz albatta ularni bor daftargako'chirib yodlab oling.

Endi arab tilida nima deb gap boshlashni yaxshi bilasiz, sherik topilsa bo’ldi

@arobiyya_uz | #iboralar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Kechasi dori-darmonlarga ehtiyojsiz holda bemalol uxlasangiz, oh tortmasdan uyoq-bu yoqqa oʻgirilib yotsangiz, ogʻriq va alamlarsiz uygʻonsangiz, birovning yordamisiz oʻzingiz mustaqil yura olsangiz, xohlaganingizni yeya, xohlaganingizni icha olsangiz, unda “alhamdulillah”ni takror-takror aytib yuringda?!

📖 Doktor Mustafo Mahmud.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Nov, 05:10


Arabcha gapirishni so’rab qolishganda

Baribir tushunishmaydi, agar bilishmasa yuqoridagidek vaziyatdan “silliq” chiqib ketishingiz ham mumkin 😂

Atrofingizdagilarning arabchani bilmasligi ba’zida sizning foydangizga ishlaydi

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Nov, 15:14


Arab tili o’rganuvchilari izlagan sayt

Arab tilini o’rganayotgan o’quvchi iboralarni osongina yodlab olishga yordam beradigan va o’ynab o’tirib til o’rgatadigan platformani izlaydi. Bormikin shunaqasidan?!

🖥 «Loecsen» asli chet tillarini o’rgatishga ixtisoslashgan ushbu platforma sayt orqali 50 dan ortiq tillarni o’rganishingiz mumkin. Albatta arab tili darslari ham bor.

☀️ Arab tili darslarida kundalik 10 dan ortiq mavzulardagi eng zarur iboralarni o’rganish mumkin. Rasm, ovoz, o’yinlari bilan va yana kamiga mashqlar yozuvli tushuntirilgan.

👉 «Loecsen» arab tili darslarini ko’rish

Bunday qiziqarli platformalar doim ham topilmaydi: saqlab, ulashib olish payti


@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Kim ilmni oxirat uchun talab qilsa, oliy boʻladi va najot topadi. Kim ilmni dunyo uchun talab qilsa, past va xor boʻladi, halok boʻladi.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Nov, 05:10


Siz uchun qaysi biri muhimroq?!

Bir soat arab tilini o’rgan: “Vaqt yo’qda!
Bir soat instagram: “Kuniga ikki marta

Kuniga 10 ta arabcha lug’at: “Uyqum keldi
Kuniga 10 minglab g’iybat: “Mazza!”

Arabcha kitoblarga 50$: “Qimmatku bu!
Ovqat va kiyimlarga 300$: “Kerakda”

Bir oyda bitta kitob tugatish: “Juda qiyin
Bir oyda o’nta serial ko’rish: “Bo’laveradi

🚨 O’zingiz uchun qaysi biri muhim ekanligi va unga qancha vaqt ajratayotganingizni taftish qilib turing.

Arab tilini o’rganish qiyin emas, qachonki atrofingizni tartibga solmas ekansiz

@arobiyya_uz | #foydalimaslahat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Nov, 15:14


Arab tilini yaxshiroq o’rganib ketish

Qachon sizga ham shunday “quvnoq” savol berib qolinsa qanday qilib javob qaytarishni o’rganib oling (tekin master klass) 😂

Arab tili o’rganuvchilariga yoqmaydigan savollar to’plamining boshida turadi bu

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Nov, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Insondagi baxtsizlikning sababi, u doimo oʻsha kungi baxtiga eʼtibor qaratmaydi-da, ertangi kun baxtiga ovora boʻladi. Ertangi kun kelsa, kechagi kuni bugungi kunidan yaxshiroq ekanini his qiladi. Bu bilan u buguni va oʻtmishidagi baxtsizlikdan xalos boʻla olmay yashaydi.

📖 Mustafo Lutfiy Manfalutiy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Nov, 05:10


Bahonalarsiz arab tilini o’rganing

Hayotimda o’rganishga qaror qilgan eng yaxshi narsalarimdan biri bu shubhasiz arab tili bo’lgan. Uni o’rganish uchun esa tabiiyki ma’lum miqdorda harajat talab qilingan.

💡 Agarda siz ham uni o’rganishga kirishgan bo’lsangiz hozir eng yaxshi maslahatlardan birini beraman. Tekinga arab tilini o’rganishingiz uchun!

▪️ “Arabicpod101” tekin platforma!

▪️ “Spacetoon” multfilmlar ba’zasi!

▪️ “Aljazira” tekin arab tili testlaridan!

▪️ “BBC arabic” tekin arab telekanali!

▪️ “Madinaharabic” tekin til ba’zasi!

▪️ “Hidaya center” tekin til markazi!

▪️ “Almaany” tekin arab tili lug’ati!

Arab tilini o’rganmaslik uchun bahonalarni yig’ishtiring, imkoniyat doim topiladi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Nov, 15:14


Arab tili o’rganuvchilariga yoqmaydi

Shunday savollar borki, ularni eshitgandan keyin arab tili o’rganuvchilarining faqatgina jahli chiqishi mumkin. Keling, shundaylarini bitta joyga yig’ib chiqsak 🤪

▪️Mana shu qo’shiq arab tilida ekan tarjima qilib bera olasanmi menga?!

▪️Qachon endi sertifikat olasan?!

▪️Ismimni arab tilida yozib bera olasizmi?!

▪️Arab tilini qanday qilib tezda o’rganib olish mumkin, agar iloji bo’lsa bir haftada.

▪️Do’stim qara bu video arabcha ekan, arab tili o’qiysanku tarjima qilib ber.

▪️Bolam, kel manovi xolangga bitta arabchalab gapirib ber ishonmayapti.

🚨 Savollar blogga yana qayta joylanyapti, sababi aktuallligini hali ham yo’qotmagan.

Xo’sh, sizning ham qalbingizdan «joy olgan» shunday savollardan bormi?!

@arobiyya_uz | #talabadardi

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Nov, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Kishining umri undan qanday oʻgʻrilanishini bilasizmi? U bugunini ertangi kunni kutish bilan oʻtkazadi. Shu tariqa norozi kayfiyatda yashashda davom etadi va umri tugab, ajali yetadi. Oqibatda biron xayr va yaxshiliklarsiz quruq qoʻl bilan ketadi.

📖 Muhammad Gʻazzoliy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Nov, 05:10


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: «Uyga yo’l»
🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida
📍 Davomiyligi: 1 soat 35 daqiqa

Avstraliyadagi hayvonot bog’ida yashovchi hayvonlar o’z hayvonot bog’laridan qochib ketishadi. Yaxshi sharoitga o’rganib qolgan hayvonlar yovvoyi tabiatda nima qilishadi, yomon odamlar qo’lidan qanday qutuladi va eng asosiysi o’zlariga uy topa oladimi yoki yo’q?! Hammasini multfilmni tomosha qilib bilib olasiz (ishonavering juda qiziqarli).

👉 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

17 Nov, 15:14


Arab tili haqida bir insho tarixi

O’qituvchi “Arab tili sizga nima berdi?” mavzusida o’quvchilariga insho yozdirdi. Ular orasida bir qitmir o’quvchi inshoni qisqa, lekin kulguli qilib yakunladi.

Insho quyidagicha edi: «Arab tili menga nima berdi: stress, ko’z yoshlar, uyqusiz tunlar, depressiya, siqilib ko’p ovqat yeyish natijasida ortiqcha vazn, qon bosimiga qarshi dorilar, yaqin orada psixologga borish niyatidaman…».

(Yarim hazil, yarim chin bu inshodan keyin o’qituvchining ham mazasi qochibdi 😂).

© Arab tili talabasi kundaligidan.

Arab tili sizga nima bergani emas, siz arab tiliga nima bera olishingiz muhimroq

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

17 Nov, 10:02


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: «Muhammad (s.a.v) so’nggi payg’ambar»
🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida
📍 Davomiyligi: 1 soat 35 daqiqa

O’zim yoshligimda tomosha qilib yaxshi ko’rib qolgan va Payg’ambarimiz ﷺ hayotlari haqida ishlangan eng yaxshi multfilm. Multfilm “Al Azhar” tomonidan ma’qul deb topilgan. Bu multfilmni ko’rgandan keyin vaqtingizga aniq achinmaysiz. Oilaviy o’tirib, ayniqsa arab tilini o’rganayotganlar ko’rishi tavsiya qilinadi.

👉 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

16 Nov, 15:14


Arab tilida kishilik olmoshlari

Arab tilida kishilik olmoshlarini o’zi qanday uslubda yodlayman deganlarga layfhak 🤓

Yodlashga yangi lug'at esa:
🚨 Olmosh - ضَمِيرٌ

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

16 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Imom Ahmad ibn Hanbal dedilar: «Albatta bizning shunday doʻstlarimiz borki, ular bilan yilda bir marta koʻrishamiz. Lekin ularning muhabbati va sadoqatiga har kuni koʻrishadiganlarimizdanda koʻproq ishonamiz».

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

16 Nov, 05:10


Arab tilida adashib qolish haqida

Siz arab tilida duch keladigan va kulguga sabab bo'ladigan xatolar bor: bitta so'zni o'rniga umuman boshqa bir so'zni qo'llab qo'yishingiz mumkin. Keling, misollar bilan batafsil ko'rib chiqsak 😩

🙂 بَسْمَةٌ - tabassum
✋🏻 بَصْمَةٌ - barmoq izi

👨🏻‍🌾 مُزَارِعٌ - fermer
🍅 مَزَارِعٌ - ferma

💼 عَمَلٌ - mehnat
🎓 أَمَلٌ - orzu, umid

⛔️ إِثْمٌ - gunoh
🔤 إِسْمٌ - ism, nom

🗑 سُفَارَةٌ - chiqindi
🏛 سِفَارَةٌ - elchixona

Bittagina harf, harakat butun gapingizni "oyog'ini osmondan" qilib yuboradi

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

15 Nov, 15:14


Arab tilida kundalik lug’at to’plami

Kundalik lug’atlar arab tili o’rganuvchilari uchun eng zarur bo’limlardan biri. Keling, kanalda berilgan hamma lug’atlarni bitta yerga jamlab chiqsak 😎

▪️Kasallikga oid kundalik lug’atlar
▪️Doktorlarga oid kundalik lug’atlar
▪️Qurilishga oid kundalik lug’atlar
▪️Qushlarga oid kundalik lug’atlar
▪️Kosmosga oid kundalik lug’atlar
▪️Transportga oid kundalik lug’atlar
▪️Tana a’zolari kundalik lug’atlari
▪️Bog’ ishlariga kundalik lug’atlari
▪️Hasharotga oid kundalik lug’atlar
▪️Dorixonaga oid kundalik lug’atlar

💼 Kundalik lug’atlar to’plami 1-qism

Kundalik lug’atlarni yodlashni eng oson yo’li: saqlang, ulashing, va takrorlang

@arobiyya_uz | #kundaliklugat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

15 Nov, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Garchi ming martalab gunoh sodir etgan boʻlsangda, Allohga qaytgin, tavba qilishdan aslo toʻxtamagin.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

15 Nov, 05:10


Juma kuni bajariladigan ishlar haqida

Juma kunining sunnatlari va bajariladigan ishlarni arab tilida ham bilib olish o’quvchi uchun zarar qilmaydi.

▪️Masjidga barvaqt borish.
▪️Juma uchun g’usl qilish.
▪️”Kahf” surasini o’qish.
▪️Xushbo’yliklar bilan xushbo’ylanish.
▪️Rasululloh ga salovatni ko’paytirish.
▪️Chiroyli, pokiza kiyimlar kiyish.
▪️Duolar ijobat bo’ladigan soatni qidirish.
▪️Misvok ishlatish.

🚨 JUMANING SUNNATLARI HAQIDA

Ularning arab tilida qanday aytilishi va yozilishi yuqoridagi rasmda berilgan.

Endi esa yuqoridagi ishlarga amal qilish va arab tilidagisini esa yodlab olish qoldi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

14 Nov, 15:14


Bu iboralardan har kuni foydalanasiz

Har kuni ishlatiladigan iboralar haqida o'ylab ko'rgan bo'lsangiz kerak. Ulardan kundalik foydalanasiz, arab tilidagilarini bilib olish esa zarar qilmaydi 🤓

🤝 Uchrashuv vaqti iboralari:
السَّلَامُ عَلَيكُم / مَرْحَبًا / أَهْلًا وَسَهْلًا

😴 Uxlash vaqti iboralari:
تُصْبِحُ عَلَى خَيْرٍ / أَهْلامًا سَعِيدَةً / طَابَتْ لَيْلَتُكَ

🎡 Tanishuv vaqti iboralari:
تَشَرَّفْتُ بِكَ / سَعِيدٌ بِلِقَائِكَ / فُرْصَةٌ طَيِّبَةٌ

🍔 Ovqatlanish vaqti iboralari:
بِالصِّحَّةِ والعَافِيَةِ / بِالهَنَاءِ وَالشِّفَاءِ / هَنَّأكَ اللّٰه

🎁 Rahmat bildirish iboralari:
شُكْرًا جَزِيلًا / جَزَاكَ اللّٰهُ خَيْرًا / العَفْو

👋 Xayrlashuv vaqti iboralari:
مَعَ السَّلاَمَةِ / إِلَى اللِّقَاءِ / فِي أَمَانِ اللّٰهِ

Iboralarni yodlashda esa bu iboralarni albatta do’stlar bilan sinab ko'ring

@arobiyya_uz | #iboralar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

14 Nov, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

«Agar tijoratchi boʻlganimda, atirdan koʻra boshqa narsani ixtiyor qilmagan boʻlardim. Chunki, uning savdosidan foyda koʻrmasamda, xushboʻy hidi mendan aslo ketmaydi».

📖 Umar ibn Xattob roziyallohu anhu.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

14 Nov, 05:10


Arab tilidagi tinish belgilari haqida

Faraz qilaylik arab tilidan insho yoki diktant yozib o’tiribsiz. Mana shu paytda esa tinish belgilarining arab tilidagi nomlanishini bilish sizga suv va havodek zarur bo’ladi 🤓

▪️(,) Vergul - الْفَاصِلَةُ
▪️(.) Nuqta - النُّقْطَةُ
▪️
(-) Tire - الشَّرْطَةُ
▪️
( ) Ikki qavs - الْقَوْسَانِ
▪️(:) Ikki nuqta - النُّقْطَتَانِ الرَّأْسِيَّتَانِ
▪️
(…) Uch nuqta - عَلَامَةُ الحَذْفِ
▪️(?) So’roq belgisi - عَلَامَةُ الاِسْتِفْهَامِ
▪️(!) Undov belgisi - عَلَامَةُ التَّعَجُّبِ
▪️(«») Qo’shtirnoq - عَلَامَةُ التَّنْصِيصِ
▪️
(;) Nuqtali vergul - الفَاصِلَةُ الْمَنْقُوطَةُ

Arab tilida o’rganishingiz va yodlashingiz kerak bo’lgan mavzular turkumidan

@arobiyya_uz | #grammatika

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

13 Nov, 15:14


Masjidun Nabaviyda bepul onlayn dars

Ko’pchilik arab tili o’rganuvchilari Masjidun Nabaviyda bo’lib o’tadigan dars halqalari va darslarni ko’rib ishtirok etgisi keladi. Lekin buning osonroq imkoni bormi?!

💻 Agarda siz ham u yerdagi ustozlardan bepul dars olish va o’z o’rganganlaringizni tekshirtirib olishni istasangiz endi onlayn xizmat yo’lga qo’yilgan (namozlardan keyin va asosan 8:00 dan 10:00 gacha).

🇸🇦 Ko’p tillarda gaplasha oladigan ustozlar, ayollar uchun darslar va o’zbek tilidagilari ham mavjud. Avval esa tizimdan ro’yxatdan o’tib keyingina dars olishingiz mumkin.

🚨 Bu darslarni judayam ko’p o’quvchilar so’rashdi, saqlab qo’ying, takror joylanyapti.

👉 Onlayn dars olish uchun tizimga kirish

Eng yaxshi ustozlardan bepul dars olib, o’rganganingizni albatta sinab ko’ring

@arobiyya_uz | #yangilik

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

13 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Yulduzlar osmonning ziynati, bezagi boʻlsalar, xuddi shuningdek, ulamolar yer yuziga ziynat, bezakdirlar.

📖 Ibn Qoyyim rohimahulloh.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

12 Nov, 15:14


Arab tilidagi eng kerakli mavzular

Arab tilini o’rganishni endi boshlagan va o’rtasidagi o’quvchilar uchun eng kerakli shunday mavzular borki, ularsiz judayam qiynalib qolgan bo’lishardi 😩

🧭 Keling, ushbu mavzularni yettitasiga eng yaxshi videodarslarni jamlab chiqsak. Albatta asosan lug’atlar va mavzuga kirish bo’ladi (pastda mavzular nomiga bosing).

🌦️ Ob-havoni arab tilida nomlanishi

🏠
Uyning tuzilishi haqida arab tilida

🛒
Arab tilida bozorlik qilish haqida

🕒
Soatlar haqida arab tilida batafsil

🦧
Hayvonlarni arab tilida nomlanishi

🏫
Maktabga oid eng kerakli lug’atlar

🍓
Mevalar va sabzavotlar arab tilida

Eng kerakli mavzular havolasini osongina topib o’rganishga yana nima yetsin?!

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

12 Nov, 10:05


Arab tilidagi kun hikmati

Gʻam-gʻussang ulkanlashib ketsa ham iztirobga tushma, bezovta boʻlma. Bilki, Allohning atrof-borliqdagi lutfu karami undanda ulkandir.

📖 Doktor Majid Abdulloh.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

11 Nov, 15:14


Arab tilidan ayol ustozalar haqida

Arab tilini o’rganish uchun ayol ustozalar topish doim «global» muammolardan biri bo’lgan. Lekin izlagan imkon topadi 🤓

☀️ Hozir sizlarga tavsiya qilmoqchi bo’lgan kanallarimda darslarni faqat ayol ustozalar tushuntirgan. Siz izlab yurgan va oxiri topib olgan sahifalar bo’ladi.

👉 Arab tilini ustoza Toqa bilan o’rganing

👉 Arab tilini ustoza Maha bilan o’rganing

👉 Arab tilini ustoza Safaa bilan o’rganing

👉 Arab tilini “Emirati arabic”da o’rganing

👉 Arab tilini amerikalik ustozada o’rganing

Darslar esa albatta o’zbek tilimizda emas, tushunishga harakat qiling, o’rganing

@arobiyya_uz | #arabustoza

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

11 Nov, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Ilm inson koʻksini ochadi, keng qiladi, uni kattalashtirib, kengaytiradi, hatto (qalb) dunyodanda kengroq boʻlib ketadi.

📖 Imom Ibn Qoyyim rohimahulloh.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

10 Nov, 15:14


Arab tilini o’rganish uslubi haqida

Dushanba kuni yomg’ir yog’di, seshanbada qor ham qo’shildi. Chorshanbada chiroq bo’lmagan, payshanbada ammamnikida osh chiqib qoldi. Juma kuni bilganingizdek kasal bo’ldim, shanba kunida shanbalik qilib kino ko’rish. Ertaga bo’lsa yakshanba dam olish kerak, dushanbadan boshlaymanda…

Teshavoy mana shunday qilib arab tilini 3 yildan beri «tinimsiz» o’rganib keladi…

© Arab tili talabasi kundaligidan

🚨 Bu uslub bilan esa yaqin 15 yil ichida aniq arab tilini mukammal o’rganib olasiz.

Teshavoydek dushanbani kutsangiz hali ko’p dushanbalar keladi, kutavering 😂

@arobiyya_uz | #talabadardi

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

10 Nov, 10:01


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: «Shafqatsiz va mehribon»
🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida
📍 Davomiyligi: 1 soat 41 daqiqa

Josuslar hayoti va ularning sarguzashtlari haqida ko’pchilik o’quvchilar albatta tomosha qilgisi keladi. Ushbu multfilm josus erkakning sarguzashtlari va uning qanday qilib oddiygina kabutarga aylanib qolgani, bu voqealardan qutulib chiqqanini ko’rish mumkin. Tomosha qilishingiz uchun eng yaxshilaridan biri.

👉 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

09 Nov, 15:14


O'zbek maqollari arab tili talqinida

Arab tili o'rganayotgan o'rganuvchilarning dardlariga o'zimizning mashhur maqollar "malhamdek" tushadi. Demak o'zbek xalq maqollari arab tili talqinida 🎮

▪️Gapni tarjimasini yashirsang,
“google translate” oshkor qiladi.

▪️Dunyoni suv bossa, arab tilidan vazifasini bajarib qo’yganga ne g’am?!

▪️O'quvchi yodlashiga 40 lug'at oz.

▪️Haqiqiy do'st kulfatda sinaladi,
sertifikat olmoqchi bo'lgan o'quvchi imtihonda.

▪️Yomon gap bilan qilich qinidan chiqar. Arab tilida matn ochsang, yodlanmagan lug'at inidan chiqar.

▪️Ming marta mashq qilgandan,
bir marta arab tilida gapirgan yaxshi!

Xo'sh, yana qanday "arabcha-o’zbekcha" maqollarni bilasiz yozib qoldiringchi 💡

@arobiyya_uz | #maqollar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

09 Nov, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Solihlardan birlari gʻamga botib qolgan kishini koʻrib qoldi. Undan: “Senga nima boʻldi?” deb soʻradi. U kishi: “Gʻamu tashvishlarim qiynab yubordi” deya javob berdi. Shunda solih kishi: “Jannatdan mahrum boʻlganing yoki qabul boʻlmasligi xabari keldimi? Unday emasmi, unda ey kishi, bu tashvishlarni yuragingga yaqin olib, koʻpam kuyinaverma. Chunki jannatdan quyi boʻlgan barcha narsa quyidir, arzimasdir”.

📖 Doktor Rotib Nablusiy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Nov, 15:14


Siz tomosha qilgan arab tilidagi ertaklar

Kuzning sovuq kunlarida issiqqina uyingizda, oyingiz avval yopib qo’ygan murabbolarni yeb ko’rishingiz uchun multseriallar kerak. Ularni yoshlikda ko’rgan bo’lsangiz yana yaxshi 😎

📺 “Aka-uka Grimm ertaklari” - bu nafaqat butun dunyoda, balki o’zimizda ham katta mashhurlikka erishib ulgurgan multserialdir. Uni tomosha qilmaganlar kam topiladi.

🏰 Multserial turli ertak qahramonlari hayoti haqida hikoya qiladi: etik kiygan mushukdan tortib malikalargacha. Ko’rishingiz uchun esa qulay tilda (yuqorida bitta qismi).

👉 “Aka-uka Grimm ertaklari” to’liq ko’rish

Yaxshi ko’rgan multserial bilan, issiqqina uyda arab tili o’rganishga nima yetsin?!

@arobiyya_uz | #multserial

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Odamlarning gap-soʻzlarini ishlaringga taʼsir etishiga yoʻl qoʻyma. Balki ishlaring odamlarning gap-soʻzlariga taʼsir etadigan boʻlsin.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

08 Nov, 05:10


Juma kuni bajariladigan ishlar haqida

Juma kunining sunnatlari va bajariladigan ishlarni arab tilida ham bilib olish o’quvchi uchun zarar qilmaydi.

▪️Masjidga barvaqt borish.
▪️Juma uchun g’usl qilish.
▪️”Kahf” surasini o’qish.
▪️Xushbo’yliklar bilan xushbo’ylanish.
▪️Rasululloh ga salovatni ko’paytirish.
▪️Chiroyli, pokiza kiyimlar kiyish.
▪️Duolar ijobat bo’ladigan soatni qidirish.
▪️Misvok ishlatish.

🚨 JUMANING SUNNATLARI HAQIDA

Ularning arab tilida qanday aytilishi va yozilishi yuqoridagi rasmda berilgan.

Endi esa yuqoridagi ishlarga amal qilish va arab tilidagisini esa yodlab olish qoldi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

07 Nov, 15:14


Eng yaxshi arab tili ustozlari to’plami

Arab tili o’rganuvchilari arab tilini qanday ustozdan o’rganishi kerak?! Bu savolga esa yuqoridagi maxsus to’plam videodan javob topishingiz mumkin 😎

Arab tilini o’rgatishda mana shunday ajoyib ustozlar sonini yana ko’paytirish kerak

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

07 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Baxtiyor yashamoqchi boʻlsang, qalbing goʻdakning qalbiday boʻlsin. U faqat pokiza, begʻubor tuygʻularni oʻzida jamlagan. Xotirang boʻlsa oʻta qari, keksa kishiniki kabi boʻlsin. Uzun narsalarni eslab, yodda saqlab yurmasin.

📖 Ahmad Alg’izziy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

06 Nov, 15:14


Eng yaxshi arab o'qituvchisi

Arab tilini o’rganishni endigina boshlagan, boshlang’ich darajadagi o’quvchilar ko’rishi kerak bo’lgan video 😂

Bunday o’qituvchi bilan dars o’tgandan keyin o’quvchi aniq birorta kasal orttirib oladi

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

06 Nov, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Qushning rizqi uning uyasiga kelib qolmaydi. Sherning ovqati uning iniga keltirib berilmaydi. Chumolining yemishi uning maskaniga olib kelinmaydi. Bularning barchasi rizqni izlaydilar, qidiradilar. Sen ham ular talab qilganidek talab qilsang, ular topganidek topasan.

📖 Doktor Oiz Qarniy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

05 Nov, 15:14


Arablar ham tez ayta olishmaydi

Ba’zida shunday tez aytishlar topiladiki, ularni hatto arablarning o’zi ham bir aytishda ko’p takrorlay olmaydi. Keling, shulardan bittasini ko’rib chiqsak.

▪️لَحْمُ الحَمَام حَلال وَلَحْمُ الحِمَار حَرَام

🔈 Tez aytishning tarjimasi esa: «Kabutar go’shti halol va eshak go’shti haromdir».

😂 Hatto arablar ham bu tez aytishni ayta olmayotganini bo’lsa tepadagi videoda ko’rishingiz mumkin.

Arab tilini o’rganishda shunday qiziqarli tez aytishlar bilan tilingizni charxlab turing

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

05 Nov, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Hadeb qiyinchilikni oʻylayversang, oʻsha qiyinchilik boshingga tushadi. Yaxshilik haqida oʻylaversang, tezda oʻsha yaxshilik ham keladi. Bu xuddi gipnozga oʻxshaydi.
Masalan, “Uxladim, uxladim”, deyaversang, uxlab qolasan. “Men kasal boʻldim” deyaversang, kasallikka chalinasan. “Shifo topdim” deyaversang, shifo topasan. “Kunim bitdi” deyaversang, oxirlab qolasan. Irodaning alanga misol sehri barcha narsani roʻyobga chiqaradi.

📖 Doktor Mustafo Mahmud.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

04 Nov, 15:14


Arab tili o’rganuvchilari uchun mem

Tushunib olishingiz uchun:
👤 Men - أَنَا
🌏 Hayot - الحَيَاة

Hayot arab tilini o’rganadigan o’quvchilarni qanday balolar bilan sinamaydi-ya! 😂

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

04 Nov, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Ixtirodagi eng muhim narsa bu muvaffaqiyasizlikdan qoʻrqmaslikdir.

📖 Ahmad Zuvayl (Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi musulmon olim).

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

04 Nov, 05:30


Arab klaviaturasida tez yozish uchun

Arab tilida telefon yoki kompyuterda yozib foydalanayotganda ba’zi til o’rganuvchilari harflarni qidirib qiynalib qolishadi. Buning yechimi bormi o’zi?! 🤕

🚨 Shunday saytlar mavjudki, siz u yerda shug’ullanib arab tilidagi yozish tezligingizni oshirsangiz bo’ladi.

👉 “10 fastfingers” sayti arab tili testi

👉
“Typingtop” saytining arab tili testi

👉
“Typeracer” saytining arab tili testi

👉
“Fast typing” saytining arab tili testi

👉
Grand ta’limning maxsus test sayti

💡 Sertifikat imtihonlarida klaviaturada tez yozishni bilish sizga kerak bo’lib qoladi.

Klaviaturalarni qizdirib yuboradigan darajada shug’ullanish vaqti keldi

@arobiyya_uz | #klaviatura

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

03 Nov, 15:14


Arablar ishlab chiqargan multseriallar

Chet tillarini tomosha qilib o’rganmoqchi bo’lsangiz, albatta o’sha til egalari ishlab chiqargan narsalarni topib tomosha qilish yaxshi natija beradi.

🇸🇦 Arab tilida ham shunday bir multseriallar mavjudki, ularni asl arablar ishlab chiqargan. Eng yaxshi va mashhurlarini tavsiya qilsam.

👉 “Siroj” arab til o’rganish multseriali

👉
“Toriq” iordaniyaliklar multseriali

👉
“Favvaz va Nura” arablar multseriali

👉
“Imom Buxoriy” misrliklar multseriali

👉
“Mansurning sarguzashtlari” multseriali

🚨 O’zingiz xohlagan multserial qismlarini ko’rish uchun uning nomi ustiga bosing.

O’zi yaxshi ko’rgan tilning asl egalari ishlab chiqargan multseriallarni ko’rish mazza!

@arobiyya_uz | #multserial

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

01 Nov, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Solih zotlar ertalabdan yaxshi savdo qilishsa, tush payti kelgan xaridorlarga: “Yonimizdagi doʻkonga kiringlar, u yerda ertalabdan beri savdo boʻlmadi”, deyishar edi.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

01 Nov, 05:10


Juma kuni bajariladigan ishlar haqida

Juma kunining sunnatlari va bajariladigan ishlarni arab tilida ham bilib olish o’quvchi uchun zarar qilmaydi.

▪️Masjidga barvaqt borish.
▪️Juma uchun g’usl qilish.
▪️”Kahf” surasini o’qish.
▪️Xushbo’yliklar bilan xushbo’ylanish.
▪️Rasululloh ga salovatni ko’paytirish.
▪️Chiroyli, pokiza kiyimlar kiyish.
▪️Duolar ijobat bo’ladigan soatni qidirish.
▪️Misvok ishlatish.

🚨 JUMANING SUNNATLARI HAQIDA

Ularning arab tilida qanday aytilishi va yozilishi yuqoridagi rasmda berilgan.

Endi esa yuqoridagi ishlarga amal qilish va arab tilidagisini esa yodlab olish qoldi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

31 Oct, 15:14


Arab tilidagi eng ajoyib harflar

Arab tilidagi “h”larni to’g’ri talaffuz qilib olguncha o’qituvchilardan katta sabr va o’quvchidan ko’zyosh talab qilinadi 😂

Arab tilini o’rganish harflarni to’g’ri talaffuz qilishni yaxshilashdan boshlanadi

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

31 Oct, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Hind podshohi vaziriga: “Uzugimga shunday jumla yozginki, uni oʻqiganimda xafa boʻlsam shodlanay, baxtli boʻlsam mahzun boʻlay”, dedi. Vazir uzukka “Bu onlar ham oʻtar-ketar” deb yozdirdi.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Oct, 15:14


Arab tilidagi bepul ibora darsliklari

Arab tilini o’rganuvchilarining arab tilidagi iboralarni o’rganishi suv va havodek zarur. Agar siz ham bepul darslarni qidirib yurgan bo’lsangiz, ulardan eng yaxshilarini tavsiya qilsam (kirib tomosha qilaverasiz) 🧭

1️⃣ Boshlang’ichlar uchun ibora darslari

2️⃣ Bir soatlik iboralarni yodlash darslari

3️⃣ «Madinah» platformasi ibora darslari

4️⃣ Kundalik eng zaruriy iboralar darslari

5️⃣ Misrliklar ishlatadigan iboralar darsi

🚨 Darslar esa ingliz tilida tushuntirilgan, lekin ko’rganda tushunib olish qiyin emas.

Ko’ring, saqlab qo’ying va arab tilida gapirib bu iboralardan foydalaning

@arobiyya_uz | #iboralar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

30 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Bir yillik foydani reja qilsang, guruch ek. Yigirma yillik foydani reja qilsang, daraxt ek. Yuz yillik foydani reja qilsang, odamlarga taʼlim ber.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Oct, 15:14


Arab tili bilan munosabatlarim haqida

Arab tilidan kaltak yeb-yeb oxiri hech narsa bo’lmaganday yana o’qiyveradigan o’quvchilar ham bor bu olamda 😂

Arab tilini o’rganish uchun kuchli intizom va katta sabr talab qilinadi o’rganuvchidan

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Hayot oʻlimdan soʻradi: “Nima uchun odamlar meni yaxshi koʻrib, seni yomon koʻrishadi?”
Oʻlim dedi: “Chunki sen goʻzal yolgʻonsan, men esa achchiq haqiqatman”.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

29 Oct, 07:01


Imtihondan yiqilish uchun uslublar

Arab tilini o’rganish davomida sizga doimo imtihonlardan qanday qilib yaxshi o’tib olish haqida gapirishadi. Keling, bugun biz bu an’analarga ozgina o’zgartirish kiritamiz. Imtihondan yiqilishingiz uchun “eng kerakli” maslahatlarni bersam 😎

1️⃣ Darslarga doim kech qolib boring, agarda iloji bo’lsa ko’p qatnashmang.

2️⃣ Uyga vazifalaringizni bajarmang, yangi lug’atlarni umuman yodlamang, yozmang.

3️⃣ Darsda “og’zingizga talqon solgandek” jim o’tiring, ustoz so’rasa ham gapirmang.

4️⃣ Imtihonlaringizga bir-ikki kun qolganda tayyorlanishni boshlang, yaxshisi dam oling.

5️⃣ Ko’p uxlab, faqatgina vaqt topsangiz arab tilini o’rganing (imkon bo’lsa albatta).

Uslublarga amal qilmang, o’zingiz bilgan uslublardan bizlarga ham bo’lishing

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Oct, 15:14


Bularning “ona”si aslida arab tili

O'zbek tili mayli, lekin g'arb tillari orasida mashhur so'zlarning ham asl "katta onasi" arab tili bo'lib chiqyapti. Buni esa lingvist olimlar tadqiqotlarida aniqlashyapti.

Masalan quyidagi so'zlarni olaylik:
👕 Yubka - qiz bolalarning kiyimi
🍵  Sirop - ichish uchun suyuqlik
☁️ Magazin - oldi-sotdi qilish joyi
🍷  Sharob - mast qiluvchi ichimlik
🎭  Maska - yuzga taqiluvchi niqob
🚙  Avariya - baxtsiz hodisa
✔️ Admiral - harbiy qo'mondon
⚽️  Arsenal - ingliz futbol jamoasi

Xo'sh, bu so'zlarni arab tilidan kelib chiqqaniga hali ham ishonmaysizmi?! Unday bo'lsa daryo.uz aynan shunday "bilmasvoy"lar uchun arab tilidan kelib chiqqan so'zlar haqida yaxshi maqola tayyorlab chiqarishibdi.

🔗 MAQOLANI TO’LIQ O’QISH UCHUN

Albatta o'qib chiqing va arab tilidan kelib chiqqan mashhur so'zlarni bilib oling

@arobiyya_uz | #foydali

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

28 Oct, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Chiroyli xulqing boʻlmasa, har qancha ilm-idrokli, kuchli xotirali, fiqh va hadis bilimdoni boʻlmagin, olgan ilming eshigingning ostonasidan ham nariga oʻta olmaydi.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Oct, 15:14


Arab harflarini talaffuz qilish darslari

Arab tili boshqa tillardan farqli ravishda ajoyib fonetika tizimiga ega. Bu tilda bor ba’zi harflar hatta dunyoning boshqa tillarida uchramaydi.

📺 Hozir Shayx Alijon qori ustoz tomonidan fonetika va harflarni talaffuz qilishga oid eng kerakli mavzulargi videodarslarini bo’lishsam. Arab tilini o’rganuvchilar bilishi shart bo’lgan narsalar (har bir darsga havola bor).

▪️Arab alifbosidagi «ه» harfining mahraji

▪️Arab alifbosidagi «ع» harfining talaffuzi

▪️Arab alifbosidagi «ض» va «ذ» mahraji

▪️Arab alifbosidagi «و»ning noto’g’ri talaffuzi

▪️Arab harflarini to’g’ri talaffuz qilish haqida

🚨 Arab tilini o’rganishni boshlagan, harflarni talaffuz qilishda qiynalgan o’quvchilar uchun.

Arab tilini o’rganayotgan har o’rganuvchi arab harflarini talaffuzini bilishi shart

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Doʻstlar liftga oʻxshaydi: seni yo yuqoriga, yo pastga olib tushadi. Qanday liftdan foydalanayotganingga hushyor boʻl!

📖 Ahmad Shuqayriy.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

27 Oct, 05:10


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: «Epik»
🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida
📍 Davomiyligi: 1 soat 37 daqiqa

Uzoq ayriliqdan so’ng professor otasi bilan uchrashgan qiz otasining noodatiy tadqiqot bilan bandligini ko’radi. Ota o’rmondagi kichik odamchalar borligini isbotlash uchun hamma yerga tuzoq qo’yib tashlagan bo’ladi. Qiz o’zi bilmagan holatda ushbu kichik olamga tushib qoladi va siz umuman o’ylab ko’rmagan ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.

👉 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Oct, 15:14


Arab tili haqida 100 savol-javob

Arab tilining tarixi, uni o’rganish, rivojlanishi haqida kimdir sizga o’tirib 100 savolga javob berganmi?! Hozir tavsiya qiladigan kitobimdan aynan shularni topa olasiz.

📚 «100 ta savol» deb nomlangan ushbu mo’jaz kitob o’zim bitirgan “Qirol Salmon xalqaro arab tili akademiyasi” mutaxassis-ustozlari tomonidan tuzib chiqilgan jamlanma kitobdir.

🪶 Kitobda arab tili tarixi, unga ta’sir qilgan tillar va umuman arab tilini o’rganishga doir qiziqarli, savollarga javob topishingiz mumkin. Masalan bittagina savolni ko’rsak: “Arab tilini ustozsiz o’rganish uslubi bormi?”.

👉 KITOB RASMIY HAVOLASINI KO’RISH

Kitob adabiy arab tilida, o’qishingiz uchun qiyin darajada emas, albatta foydalaning

@arobiyya_uz | #elektronkitob

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Buyuk yoʻlboshchi nima qilishing kerakligini aytib bermaydi, balki buni qanday qilishing kerakligini amalda koʻrsatib beradi.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

26 Oct, 05:10


Dunyoga mashhur arab tili ustozlari

Arab tilini o’rgatish uchun butun dunyo tan olgan va eng yaxshi arab tili ustozlari bor. Ularning darslarini albatta bir marta bo’lsa ham ko’rishingiz kerak 🚨

🇹🇷 Turkiyalik ustoz Kemal Ayyildiz

🇸🇦 Saudiyalik ustoz Muxtor Deira

🇪🇬 Misrlik o’qituvchi Zakrly arabic

🇪🇬 Misrlik o’qituvchi Suwayfi Fathi

🇳🇬 Nigeriyalik ustoz Imran Alawiye

🇪🇬 Misrlik mashhur ustoz Mahmud

🇮🇹 Italiyadagi ustoza Maha Yoqub

🇷🇺 Rossiyalik ustoz Khasu Atsayev

Darslarga kirib ko’ring, xalqaro darajadagi ustozlardan arab tilini o’rganing

@arobiyya_uz | #ustozlar

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Oct, 15:14


Arab tilida berilib kuylayotgan paytda

Har bitta arab tili o’rganuvchisining boshidan o’tgan va kulguli holatlarning bittasi bu (tan oling, siz ham sinab ko’rgansiz) 😂

Eng qiyini kuylayotgan odamga emas, uni yonida eshitayotgan odamga bo’ladi

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

25 Oct, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Bitta daraxt agʻdarilsa, gumburlaganini hamma eshitadi. Ammo butun boshli bir oʻrmon oʻsib-ulgʻaysa, hech bir shovqin eshitilmaydi. Odamlar ham sening oʻsib, kamolga yetishingga eʼtibor berishmaydi, lekin xato qilib, qulashingga esa eʼtibor qaratishadi.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Oct, 15:14


Arab tili ustozi va o’quvchi haqida

Ustoz buyurganda doim juda qiyin, bajarib berganda esa negadir osonroq ko’rinaveradi topshiriqlar o’quvchiga 😂

Vazifalarni to’g’ri bajarganingingizni bilish uchun ham kamida ustozlarni asrang

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Choʻntak quruqligini kambagʻallik deb oʻylagan odam xato qilibdi. Haqiqiy kambagʻallik qalb qashshoqligidir.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

24 Oct, 05:10


Misrlik ustozlarning arab tili darslari

Arab tili darslari va bepul manbalar bilan bo’lishishda davom etamiz. Bu safar avval ham tavsiya qilgan asl arablar uslubidagi maxsus markaz kanali 😋

Misrlik ustozlarning “Hidaya center” nomli kanali haqida avvalroq ham bir tanishtirib o’tgan edim. Bugun bu markazning bepul va yangi manbalari haqida batafsil 💵

💨 “Konooz” kitobining videodarslari

💨 “Bir daqiqada arab tili” ko’rsatuvi

💨 Arab tili grammatika darslaridan

💨 Arab tilini o’rganish uchun vloglar

💨 “Dunyo bo’ylab arab tili” ko’rsatuvi

🚨 O’quvchilar tomonidan ko’p qidirilgani va so’ralgani uchun qayta tavsiya qilindi.

Arab tilini asl arablardan o’rganish sizga o’ylaganingizdan katta yordam beradi


@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

23 Oct, 15:14


Arab tilidagi bog'lovchilar haqida

🔴 Teng boglovchilar
Teng bog'lovchilarga: ...وَ- va”, “...فَ - keyin”, “ثُمَّ - keyin” kabilar kiradi va gaping ikki bo'lagini bog'lash uchun xizmat qiladi.

Masalan: دَخَلَ مَحْمُودٌ وَعُمَرُ فَجَلَسَا ثُمَّ المُعَلِّمُ
(🪑 Mahmud va Umar kirib o'tirishdi, so'ngra muallim kirdi.)

🔴 Zidlov bog'lovchilar
Zidlov bog'lovchilariga: “لاَ - emas”, “بَلْ - emas”, “لَكِنْ - lekin” kabilar kiradi va uyushgan bo'laklardan birini zidlashga xizmat qiladi.

Masalan: مَا جَاءَ زَيدٌ بَلْ عُمَرُ
(🙅🏻‍♂️ Zayd emas, balki Umar keldi.)

🔴 Ayiruv bog'lovchilar
Ayiruv bog'lovchilarga: “أَوْ - yoki”, “أَمْ - yoki” (so'roq gaplar uchun), “وَإِمَّا... إِمَّا - yoki,...yoki” kabilar kiradi va uyushgan bo'lakni bittasini ajratib ko'rsatish uchun ishlatiladi.

Masalan: أَتَشْرَبينَ قَبْلَ النَّومِ لَبَنًا أَوْ عَصِيرًا؟
(🍶 Uyqudan avval sut yoki sharbat ichyapsanmi?)

Arab tilida bog'lovchilar haqida "ozginagina" bo'lsa ham bilish kerak ma’lumotlar bular

@arobiyya_uz | #grammatika

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

23 Oct, 10:00


Arab tilidagi kun hikmati

Qanoat qilsang, oz narsa ham koʻpdir.
Taʼmagir boʻlsang, koʻp narsa ham ozdir.
Yaxshi koʻrsang, uzoq kishing ham yaqindir.
Yomon koʻrsang, yaqin kishing ham uzoqdir.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

22 Oct, 15:14


Arab tilida so'zlashuv uchun kitob

Arab tilida so’zlashishni rivojlantirish uchun o’quvchilar judayam ko’p kitoblar qidirishadi va topa olishmaydi. Keling, yaxshisi o’zim shundaylaridan eng yaxshisini tavsiya qilsam (ishonavering bunaqasini ko’rmagansiz).

☀️ Tanishing: «المحادثة العربية» kitobi. Ushbu kitob arab tilini o’rganayotgan o’quvchilarning so’zlashuv ko’nikmasini rivojlantirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan.

🚨 Kitob esa kichik matnlar, savol-javoblar ko’rinishida ishlab chiqarilgan. Mashq qilish va matnlarni tushunish, gapirib berish uchun ajoyib uslub qo’llangan. Qisqasini aytganda, qidirib yurgan kitobingiz.

Arab tilida so’zlashuvga oid kitoblarni o’qing, bulbuldek sayrab yuring undan keyin

@arobiyya_uz | #elektronkitob

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

22 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Hayotdagi aksar muammolarimizning sababi ikkita:
– Oʻylamay ish qilamiz.
– Oʻylayveramiz, lekin ish qilmaymiz.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

22 Oct, 06:01


Arab tilini o’rganish uchun eng yaxshisi

📺 Toriq - bu iordaniyalik arab ijodkorlari tomonidan arab tilini o'rganishlik uchun chiqarilgan kamsonli multfilmlardan bo'lib, qiyindan osonga qarab tuzilgan.

🎮 Multserial esa oddiygina bir arab bolasi "Toriq" va uning oilasining sarguzashtlari haqida. Qismlar subtitr-tarjimali va voqealar turli shaharlarda bo'lib o’tishi bilan boshqa multseriallardan ajralib turadi.

🚨 Tarjima qilish va arab tilidagi sinxron tarjimani rivojlantirish uchun o'zim sinab ko'rgan va sinalgan multfilmlardan. To'g'ri foydalansa, sizni bir oyda "bulbuldek" qilib sayratib yuboradi.

👉 "Toriq" multfilmi to'liq qismlarini ko’rish

👉 "Toriq" multfilmi subtitr matnini ko’rish

Arab tilini maxsus til o’rganish uchun ishlab chiqarilgan multfilmlar bilan o’rganing


@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

21 Oct, 15:14


Arab tili bilan munosabatlarimiz haqida

Hamma narsani unutib, mazza qilib o’yin-kulgi qilayotgan paytda arab tili esga tushib qoladi albatta o’quvchining hayoliga 😂

Bunday vaziyatlarda eng oqilona yechim arab tilini yupatib, tezdagina o’qishga o’tirish

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

21 Oct, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Allohim, Sendan rad etilmaydigan duo, hisob-kitob qilinmaydigan rizq va yopib qoʻyilmaydigan jannat eshigini soʻrayman.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

21 Oct, 05:10


Arab tilini darajaviy o'rganish

Chet tili o'rganuvchilar uchun darajaviy o'rganish kerakli narsalardan biri. Arab tili o'rganuvchilari uchun ham darajaviy tarzda o'rganishga manbaa tavsiyasi zarur bo’ladi albatta.

👨‍💻 Boshlang'ich daraja (A1-A2)
▪️Zakariyyo bilan arab tilini o'rganing
▪️Arab harflari yozilishini o'rganing
▪️Eshitib tushunish mashqlari (A1-A2)
▪️Sertifikat uchun boshlang'ich test
▪️"Toriq" multseriali ko'rish uchun

🧐 O'rta darajalar uchun (A2-B1)
▪️"Aljazira" yangilik videodarsliklari
▪️"Hidaya" misrlik ustozlar darslari
▪️Eshitib tushunish mashqlari (A2-B1)
▪️"Madinah arabic" darajaviy testlari
▪️"Smurflar" multseriali ko'rish uchun

😎 Yuqori daraja uchun (B2-C1)
▪️"BBC" arab xizmati yangiliklari
▪️Eshitib tushunish mashqlari (B2-C1)
▪️Sertifikat uchun yuqori daraja testi
▪️"Ertug'rul" ko'rish uchun serial
▪️O'zini sinashga yig'ilgan testlar

Darajaviy o'rganish sirilaridan: o'qing, o'rganing va albatta ulashib yuring

@arobiyya_uz | #darajaviyarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

20 Oct, 15:14


Arab tilida tushunib eshitamiz

Eshitayotgan narsalarini tushunish va uni tarjimasini bilish o’rganuvchiga boshqacha zavq beradi. Hozir esa sizlar bilan shunday ajoyib bir misol ko’rib chiqamiz.

🎮 Yuqorida Anas Abusattorning «هَل نَلتَقِي؟» nashidi va uning o’zbek tilidagi tarjimasini ko’rishingiz mumkin. Hozirgi kunda trenddagi narsani o’z tilida tushunib eshitib ko’ringchi.

📺 To’liq eshitib ko’rishingiz uchun havola

Arab tilidagi narsani tushunib eshitish baribir boshqacha bo’ladi, albatta eshitib ko’ring

@arobiyya_uz | #qiziqarliarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

20 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Muammolar qanchalik katta boʻlmasin, sabr qilaver. Moʻjiza soniyalar ichida yuz beradi, yillar mobaynida emas.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

20 Oct, 06:00


Yakshanba uchun arab tilida multfilm

📺 Multfilm nomi: «Maymunlar qiroli»
🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida
📍 Davomiyligi: 1 soat 36 daqiqa

Oddiy maymunning qanday qilib nag san’atini o’rgangani va maymunlar qiroliga aylangani sizga ham qiziq bo’lsa kerak. Xitoy afsonalari asosida ishlab chiqarilgan bu multfilm aynan shu haqida. Maymun qanday qilib sirli tayoqni topib olgani, undan janglarda foydalanishni o’rgangani batafsil multfilmda. Yakshanbada tomosha qilish uchun yaxshi tanlov.

👉 Barcha multfilmlarni ko'rish uchun

Maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish

@arobiyya_uz | #multfilm

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

19 Oct, 15:14


Arab tili haqida so’rab qolishganda

Uydagilar bilan birga o’tirgan paytda eng og’riqli va eng alamli nuqtalar arab tili bilan bog’liq gaplar bo’ladi o’quvchilarga 😂

Hamma savollarga chidash mumkin, lekin arab tili bilan bog’liq bo’lganlariga emas faqat

@arobiyya_uz | #quvnoqarabtili

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

19 Oct, 10:02


Arab tilidagi kun hikmati

Alloh sen uchun taqsim qilib qoʻygan narsaga rozi boʻl, shunda oʻzing bilmagan holda eng boy odam boʻlasan.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

18 Oct, 15:14


Arab tilini o’rganish uchun ilk qadam

Ko’pchilik arab tilini o’rganishni niyat qilgan o’quvchilar ilk qadamlarni qanday qo’yishni bilishmaydi. Ularga sinovdan o’tgan, ajoyib bir maslahat bermoqchiman: “Hoziroq telegramdan chiqing va o’qishni boshlang!”.

© Arab tili talabasi kundaligidan.

Bundan yaxshiroq va bundanda foydaliroq maslahatni topa olmaysiz dunyoda

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

18 Oct, 10:01


Arab tilidagi kun hikmati

Bir aʼrobiyga: “Robbingga chiroyli duo qila olasanmi?” deyishdi. “Ha”, dedi u. “Qani, duo qil-chi?” deyishdi. “Allohim! Soʻramasak ham bizga Islom neʼmatini ato qilding. Endi soʻraganimizdan – jannatdan bizni mahrum qilma!” dedi u.

📖 Arab ijtimoiy tarmoqlaridan.

@arobiyya_uz | #hikmat

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

18 Oct, 05:10


Juma kuni bajariladigan ishlar haqida

Juma kunining sunnatlari va bajariladigan ishlarni arab tilida ham bilib olish o’quvchi uchun zarar qilmaydi.

▪️Masjidga barvaqt borish.
▪️Juma uchun g’usl qilish.
▪️”Kahf” surasini o’qish.
▪️Xushbo’yliklar bilan xushbo’ylanish.
▪️Rasululloh ga salovatni ko’paytirish.
▪️Chiroyli, pokiza kiyimlar kiyish.
▪️Duolar ijobat bo’ladigan soatni qidirish.
▪️Misvok ishlatish.

🚨 Jumaning sunnatlari haqida batafsil

Ularning arab tilida qanday aytilishi va yozilishi yuqoridagi rasmda berilgan.

Endi esa yuqoridagi ishlarga amal qilish va arab tilidagisini esa yodlab olish qoldi

@arobiyya_uz | #foydalitavsiya

Arobiyya_uz | Sarvarbek Soliyev

17 Oct, 15:14


Arab tilidan vazifa boshlanishi bilan

Miyangiz o’z-o’zidan ishlamay qolishi yoki uyqu kelib qolishi arab tilini o’rganayotgan o’quvchilarga tanish holat 😂

Qissadan hissa: uyqingiz keldimi, miyangizni ozgina qiynab o’qishda davom eting

@arobiyya_uz | #hikmat