Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy) @nilufarbintuulugbek Channel on Telegram

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

@nilufarbintuulugbek


Har bir daqiqa g’animat!
Sizga ilinganlarim…

Konsultatsiya xizmati mavjud ⬇️

Murojaat uchun: https://t.me/Bintuulugbek_menejer

Instagram - https://instagram.com/nilufar_bintuulugbek?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==

Nilufar bintu Ulugʻbek (Rasmiy) (Uzbek)

Bu Telegram kanali Nilufar bintu Ulugʻbek tomonidan boshlangan va rasmiy hisoblanadi. Kanalda har bir daqiqa g’animatlar sizni kutmoqda! Ilg’or savollar, maslahatlar yoki fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, sizga bu kanalda konsultatsiya xizmati taqdim etiladi. Ulugʻbek_menejer Telegram profiliga murojaat qilish orqali siz istalgan so‘rovnoma, fikr yoki yordam uchun platformamizdan foydalanishingiz mumkin. Kanaldagi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Instagram profilimizni ham kuzatib boring! Nilufar bintu Ulugʻbek bilan yaqinroq bo‘lishingiz uchun sizni kanalimizga taklif etamiz. Har bir fikr va mulohazangiz biz uchun muhim!

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

15 Nov, 10:00


Yana qaysi manfaatli suhbat, podcastlar qolib ketdi. O’z tavsiyangizni yozib qoldiring.

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

15 Nov, 09:59


Bo’sh vaqtingizda eshitishingiz mumkin bo’lgan Podcastlar:
1. Subyektiv - hayotini to’yga tikkan o’zbegim

2. Bintu Sodiq - Kim muhibu, kim mahbub

3. Nilufar bintu Ulug’bek - Mukammallikka intilish fazilatmi yoki kasallik? | Sayyora Azlarova

4. Nilufar bintu Ulugbek - Hayotga qiziqishingiz yo’qligi sababi. Quvvatni so’rib oluvchi 6 sabab.

5. Aziz Rakhimov - Iqtibos Podcast to’plami

6. Alohida Mavzu podcastlar to’plami

7. Rozaliya Gabdulhaqova - farzandlarimizni qanday tarbiyalashimiz kerak?

8. Osmondagi bolalar - Islom to’g’ri o’rganilsa hamma zamonga mos keladi (Hasanxon Yahyo)

9. Subyektiv - semizlik o’ldiradi

10. Subyektiv - Ozbekistonda tiktok pandemiyasi

11. Alohida mavzu - aslida odamlar nimadir deydimi?

12. Shaha Dolimov - Natijamiz yo’qligi - doimiylik yo’qligidan | Aziz Rahimov

13. Ustozation - propaganda

14. Maqsad - maqsad izlaganlar. Shaxsiy mas’uliyat kuchi. | Abdusattor Abdurahimov

15. Maqsad - Shakar - ommaviy narkotik. Shakarsiz 30 kun! | Abdusattor Abdurahimov

16. Maqsad - Erkaklik inqirozi | Abdusattor Abdurahimov

17. DiziPro - Shaxsiy hikoyam. Hayotimni o’zgartirgan kasb.

18. Najot ta’lim - Insonning o’ziga bergan va’dasi boshqa va’dalardan ustun bo’lishi kerak. | MuhammadAli Eshonqulov

19. Osmondagi bolalar - Yuz yilda bir keladigan buyuk inson sizsiz | MuhammadAli Eshonqulov

20. Osmondagi bolalar - Umrida biror marta imtihon topshirmasdan magistr bo’lgan kimyo fidoiysi

21. Umidjon Ishmujhamedov - Bu podcastni har bir turmush qurgan va qurayotgan ko’rishi shart | Lola Zununova

22. Osmondagi bolalar - tarbiyani ta’limdan ustun qo’ygan murabbiy bilan suhbat | Ikrom Sharif

23. Sodiq school - Ochiq suxbat - MuhammadAli Eshonqulov

24. Najot ta’lim - Tartiblanmagan vaqt, jilovlanmagan ot kabidir. | Ikrom Sharif

25. Yo’ldagi odam - Muhim gaplar | 4x4

26. Najot ta’lim - Najot tamlimdadir | Ikrom Sharif

27. Muslimaatuz - O’smirlar tarbiyasi | Sayyora Azlarova

28. Everest offical - Ustozi yo’qning ustozi shaytondur | MuhammadAli Eshonqulov

@NilufarbintuUlugbek

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

14 Nov, 15:45


Bilasizmi 🥀

Bo’sh vaqtingizda ko’rgan maqsadiz seriallaringiz, kinolaringiz, o’ynagan video o’yinlaringiz sizdan qanchalik daraja ko’p quvvat so’rib oladi?

O’zingizni miyyangiz dam olayotgandek his qilishingiz mumkin, lekin bu vaqtinchalik⬇️
Kun davomida o’zingizni horg’in, layoqatsiz, maqsadsiz his qilasiz. Bundan tashqari ko’rayotgan kontentingiz dunyoqarashingiz va e’tiqodingizga katta ta’sir qilish kuchiga ega.

Iste’mol qilayotgan luqmangizning halolligi qanchalik muhim bo’lsa, ko’rayotgan kontentlaringizning sifatliligi va halolligi ham shunchalik muhim.


Musulmonlik faqat - halol luqma yeyishda emas.

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

11 Nov, 15:00


Baxt, saodat bu nimalargadir erishib bo’lganingizdan keyin, ma’lum hir muvafaqqiyat ortidan keladigan tuyg’u emas 💚

Baxt - to’g’ri tashkillashtirilgan hayotingiz hosilasi 💚
Baxt - bu sizning tanlovingiz
💚

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

28 Oct, 04:09


#podcast

https://youtu.be/s4gnAXyKiEs

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

27 Oct, 08:37


Kurs haqida to’liq ma’lumotni ushbu sahifalardan olishingiz mumkin.

https://t.me/xadichauz

https://t.me/oliymahad

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

27 Oct, 07:40


Vanihoyat uzoq kutilgan podcastimiz premyerasini Youtube sahifamizda ko’rishingiz mumkin.

Podcast bugun kechki soatda YouTube sahifamizga joylanadi.

https://youtube.com/@nilufarbintuulugbek?si=MRFg4FB8m-MLzxXU

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

26 Oct, 15:16


Unutilmas kunlarimdan biri...

📚 Hayajonli, faxr va minnatdorchiliklarga boy kun! Uch oy davomida o'quvchilarimga Xadichai Kubroda Qur’on va tajvid ilmini o’rgatdim.

🩵 Bugun esa ilk guruhim kursni yakunladi. O’quvchilarim Allohning yordami bilan harflarni to’g’ri talaffuz qilishni, tajvid qoidalarini va Qur’on yod olishni o’zlashtirishdi.

💕 Ularning xursandchiliklarini ko'rib, butun charchoqlarim ham aridi. Qizlarimizning ikki dunyo ilmlarini egallashlarida biroz bo'lsada o'z hissamni qo'shganimdan xursand bo'ldim.
Ularning ilm olishi, rivojlanishida yordam berib, qo'llab quvvatlagan ota-onalari, yaqinlariga ham minnatdorchilik bildiraman.

Eng muhimi Xadichai Kubro, Ko’kaldosh madrasalari yoki Toshkent Islom instituti va akademiyasi kabi ilm dargohlaridagi tajvid darslari rasmiy, xavfsiz, va ishonchlidir.

@NilufarbintuUlugbek

@xadichauz

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

23 Oct, 14:07


TANLOV O'Z QO'LINGIZDA!

📱 Har birimizning kundalik hayotimiz turli yo'llar, tanlovlar bilan to'lib-toshgan: bir qarashda telefonga bog'lanib qolishimiz mumkin. Seriallar olamiga g'arq bo'lish ham jozibador ko'rinadi.


🩵 Lekin, vaqt o'tib, boshqa kunlar kelib, bilim izlab kitob o'qib, yangi cho'qqilarni zabt etganlar rivojlanib, o'z maqsadlariga erishganda... Biz ularga o'sha telefonimiz yoki televizorimiz orqali havas ila boqib o'tiramiz...

😀 Xulosani biz aytishimiz shart emas. Buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz.
Hayotingizning yo'nalishini o'zingiz belgilaysiz – tanlov faqat sizning qo'lingizda! Xo'sh, bugungi tanlovingiz qanday bo'ladi?


Javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

20 Oct, 16:01


QUVVATNI BOSHQARISH SAN'ATI KURSI

🩵 U bizga nimalarni taqdim etadi? Bu kurs orqali qanday muammolarga yechim topa olamiz?

🩵 Shiddat ila davom etayotgan hayotimiz davomida, ko'pchilik o'z ustida ishlash, rivoj sari harakat qilmoqda. Lekin ba'zan vaqtni rejalashtirib olsakda, o'ylagan ishlarimizni amalga oshira olmay qiynalamiz.

🩵 Kundalik yumushlar bilan shug'ullansak, aqliy rivojlanish, jismoniy mashqlarimiz qolib ketadi, moliyaviy ishlarni tartiblaymiz desak oilaviy ishlarimiz, farzandlar tarbiyasiga e'tiborsizday ko'rinamiz
.

🩵Aslidachi? Barchasiga birday ulgurish, barcha sohada teng kamol topib, ularni hammasini teng olib ketish mumkinmi?

🩵Albatta mumkin. Bu aslida o'zimizga bo'g'liq. Siz ham qiziqdingizmi? Unda sizni o'z safimizda quvvatini boshqara olib, barchasiga ulgiruvchi Saodatli xonimlar davrasida kutib qolamiz!

Savol va murojaatlar bo'yicha:@Bintuulugbek_menejer

Nilufar bintu Ulug'bek (Rasmiy)

20 Oct, 14:03


Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

🩵 Bugun ahli jamoamiz uchun quvonchli kun!
Ushbu shodiyona kunimizni siz ila bo'lishishni ham istadik.
Bugun Nilufar bintu Ulug'bekni Alloh ikkinchi bor onalik baxti bilan siyladi.

🩵 Ushbu fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan Nilufarxonni ushbu baxt ila qutlaymiz.
Allohdan Nilufarga oilaviy baxt, kasbiy rivoj, ikki dunyo saodatini keltiruvchi farzandlar bilan siylashligini so'raymiz!


Nilufar bintu Ulug'bek jamoasi