•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎• @taqwatiy Channel on Telegram

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

@taqwatiy


Qullikdan oʻzga vasfim yoʻq

https://t.me/taqwa_hamkorlik

𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎 (Uzbek)

𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎 is a Telegram channel with the username @taqwatiy. This channel focuses on providing spiritual and motivational content to its followers. With a mix of Islamic teachings and inspirational messages, 𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎 aims to help individuals strengthen their faith and find inner peace. The channel also shares quotes and reflections to encourage personal growth and self-improvement. If you are looking for a source of positivity and guidance in your daily life, make sure to join @taqwatiy on Telegram. Follow along for daily doses of inspiration and motivation to uplift your spirit and nourish your soul.

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Jan, 22:45


Diqqat!!!!!

Telegramni algoritmidan foydalanib birovni kanaliga boshqa biri reklama joylashiga rozi emasmiz!

Yaqinda shu haqida eshitgandim. Nima emish yulduzcha(stars) evaziga avtomatik kanallarga reklama joylasa boʻlar emish?!

Mualliflik huquqi, mehnati, haqqi qayerda qoladi? Odam bu darajada past boʻlishi uchun nechta oliygohni bitirishi kerak?!

Buni oʻchirish uchun 50-darajaga chiqish kerak. Bunga esa ozmuncha pul ketmaydi. Iltimos!

Shu kanalni egasi meni yozganimni oʻqib turgan boʻlsangiz reklamangizni oling! Bizdan oʻtgan obunachini haqqi halol emas. Eplagan qaddini ursin qavlida xoxlagan kanalingizga reklamasiz “saviyasiz” kanalingizni tiqishtirmang!

Oʻzingizni blogingizga oʻxshagan “lifestyle” bloglarga qoʻying. Vallohi rozi emasmiz!!!


Ps/ bu bizni reklamamiz emas, telegramdan oʻzlari qoʻyishgan! Bu musulmonni ishi emas. Moʻmin bitta ignani olganiga javob beradi. Reklamaga rozi emasman!

Biz reklama joylasak matn soʻnggida *reklama deb ta’kidlab ketamiz. Shunday ekan telegram oʻzi qoʻyadigan kanallarga obuna boʻlmaslikka chaqiramiz!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Jan, 19:38


Asosiy adminimiz tarmoqqa kirmaganliklari sabab konkursni ertagalikka qoldiramiz.

Noqulaylikar uchun uzr soʻraymiz
💭

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Jan, 05:53


Demak bizda keyingi kitobli oʻyin:)

“Kundalik sunnat amallar” 3ta
“Moʻminlarning onasi” Oisha 2ta
“Islom va ahloq” 2ta
“Baxtli boʻlay desangiz” 2ta
“Nafs tarbiyasi” 2ta
“Niyyat, ihlos, sidq” 2ta
“Umringizni oʻgʻirlayotgan illatlar” 2ta

Jami 15ta
kitobni hech qanday sahifaga obuna boʻlishlarsiz, holis Alloh uchun yutib olishingiz mumkin^_^

Shartlarini kechki soat 22:00da e’lon qilaman inshaalloh:)

Aktiv boʻlib berasizlar degan umiddaman
🌷

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

28 Jan, 20:23


📚

Yangi olingan kitobni oʻqimay turib kitob javoniga qoʻyish va boshqa kitoblarga aralashtirish joiz emas. Zero, oʻqilmagan kitob oʻqilgan kitoblarga mahram hisoblanmaydi, nomahram boʻladi.

©️javoni toʻla “nomahram”larni saqlayotganlarga joʻnatib qoʻyoʻrasilar sekin, tagiga “sotvolovirmasdan sal minde oʻqigin” deb qoʻshib qoʻyselaram boʻloradi☕️

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

28 Jan, 11:55


🪶

Hech narsadan qo‘rqmasangiz ham “Seni Allohga havola qildim”, degan jumladan qo‘rqing.


Chunki u jumlada oxirat kunidagi qasos bor,mazlumning alami bor,ijobat bo‘lguvchi duo bor,Yaratganga suyanish bor,shikoyat bor,sizni eng odil Zotga taslim etish bor,qiyomat kunidagi ulush bor,Yaratganga kuchli tavakkul bor,sabr bor,Allohning madadidan umid bor,Rob bilan kelishuv bor.

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

28 Jan, 09:11


📕

"Ehtimol, sizni kamtar qiladigan gunoh sizni kibrli qiluvchi yaxshi amaldan afzalroqdir".

Shayx Hamza Yusuf

▫️@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Jan, 12:08


Bugun koʻp iltimos qilingan narsani qildim!

Bilasizlar mualliflik huquqim sifatida ochilgan “Rayhonim” kursim ba’zi sabablarga koʻra oʻchirilgan edi.

Shu kursni “Rayhonim 0.2” nomi bilan takomillashtirib, mustahkamlab, ma’lumotlar bazasini koʻpaytirib qayta ochishga erishdim Alhamdulillah)

Kurs otzivlarini oʻchirmaganmiz
@otziv_rayxonim dan oʻqishingiz mumkin

Kurs kimlar uchun:

🟤faqat ayol-qizlar uchun! Ayol profilidan kirib oladigan “erkak”lar uchun emas!
🟤kursni asosini shari’at doirasidan chiqmagan holda ishlab chiqdik
🟤kurs davomiyligi 1 oy 4ta modul har bir hafta uchun
🟤kurs tugagandan keyin sizda 6 oy qoladi

Yana qoʻshimcha ma’lumotlarni
@ummu_xanzala adminimizdan soʻrab olishingiz mumkin.

©️kursni ayolingizga, opa-singlingizga, dugonangizga sovgʻa qilish imkoniyatiga egasiz)

Sotuv va savollar uchun
@ummu_xanzala

Kurs sharhlari uchun
@otziv_rayxonim

Qabul 1-xafta davom etadi
🌷

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Jan, 09:53


Yetkazildi:)

Yana shunaqa yutuqli oʻyinlar qilaylikmi?

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Jan, 07:10


Bugun kechqurun konkurs shartlarini va kitoblar roʻyhatini qoldiraman^_^

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Jan, 06:19


Kechagi kitobga nom berish konkursida “Onam-oq ka’bam” deb video yuborgan ishtirokchimiz gʻolib boʻldilar.

Hammaniki goʻzal edi. Jannatim, sabrligim, mehrligim, beminnatim. Juda koʻp ta’riflar kelgan. Ammo ichida aynan “Onam oq ka’bam” ta’rifi boshqacha yoqdi:)

Iltimos bizga yozib yuboring
@ummu_xanzala

Ishtirok etgan barchaga tashakkur)

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Jan, 23:51


📗

Allohim hayollarimga tartib va sakinat ber…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Jan, 16:13


👆

Tibbiyot kitoblarida yozmaydi ammo, haromga qarash unutuvchanlikni oshiradi.


Imom Nuriy shunday naql qiladi:
« Shayximizning uyida uch yil istiqomat qildim. U kishining olti qizi bor edi. Allohga qasamki, ularga hattoki ko‘z qirimni ham tashlamadim. Shunda Alloh taolo xotiramga baraka berib uch oyda to‘qsonta kitobni yod oldim».

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Jan, 10:26


Yaqinda 1-fevral butun jahon hijoblilar kuni^_^

N-namyok qilib qoʻyyapman. Tushundilaru oʻzilar
😌

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Jan, 10:12


Kitoblar tekinga yetkazib beramiz ekan^_^

Borasizlar pochtadan olasizlar, oʻqiysizlar, duo qilib qoʻyasizlar tamom:)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Jan, 08:51


Konkursga hali sotuv rastalariga chiqmagan “tandirgan yangi uzulgan” kitoblardan qoʻysam nima deysizlar:)

Ha deyish uchun
🇧🇯 bosvoradigan joyi lekin

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Jan, 06:33


#tabassum

-Sen o‘qib berasan deb olib qo‘ygan kitoblarim bor.
-Siz o‘qib berasiz deya olib qo‘ygan kitoblarim bor.

Shunday qilib ikkisi ham ilmsiz bo‘lib yuripti
😁

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Jan, 23:00


Qalbga orom beradigan qiroat…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Jan, 17:18


➡️

"Namoz o'qimasam ham Allohdan
qo'rqaman" deydiganlarga:


Ko'pincha bu gapni ibodatlarga
erinadigan, dunyo hayotiga
aldanib qolgan birodarlarimiz
aytishadi. Hammaligiga yuzlanib
shuni aytamizki Allohdan
qo'rqishni amalda ham isbotlab
qo'ying
. Bu kabi gaplar dinni
tushunmaslikdan kelib chiqadi.
Umringizni oxirigacha o'zingizni
aldab kelmang. Musulmon degan
sharafli nomingizni oqlang.

⏺️“Sizlarni do’zahga nima kiritdi?
Ular:” Namoz o’qiydiganlardan bo’lmagan edik”.

(Mudassir 42-43)

⏺️“Namozni to'kis ado etinglar. Albatta namoz mo'minlarga vaqtida farz qilingandir.”
(Niso 103)

⏺️Payg'ambar🕋 aytadilar:
“Bandaning qiyomat kunida birinchi hisob-kitob qilinadigan narsasi namozdir. Agar (namozi) durust bo'lsa, boshqa amallari ham durust bo'ladi. Bordi-yu, (namozi) yaroqsiz bo'lsa, qolgan amallari ham yaroqsiz bo'Iadi”
(Tabaroniy rivoyati)

⏺️Abu Hurayra 🇧🇳dan, Rasululloh🕋: "Qiyomat kuni
bandaning eng birinchi hisob
kitob qilinadigan amali namozidir.
Agar namozidan najot topsa
boshqa amallardan ham
shubhasiz najot topadi. Agar
namozidan najot topmasa,
boshqa amallardan ham najot
topmaydi"
, - dedilar.
(lmom Bayhaqiy rivoyati)

⏺️Abdulloh Ibn Mas’ud 🇧🇳dan rivoyat qilinadi:
Rosululloh
🕋dedilar: «Qiyomat kuni besh narsa haqida so‘ralmagunicha Odam bolasining qadami Robbisi huzuridan siljimaydi:
1. umrini qanday o‘tkazgani,
2. yoshligida qanday ishlar qilgani,
3. boylikni qayerdan topgani,
4. boylikni qayerga sarflagani
5. bilgan narsalariga qay darajada amal qilgani»

(Imom Termiziy rivoyati)

⏺️“Kim Alloh va (Uning) payg’ambariga itoat etsa, uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa ulkan yutuqdir”.
(Niso 13)⠀

⏺️“... Albatta, taqvodorlar uchun go’zal oqibat. Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir”.⠀
(Sod, 49-50)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Jan, 10:43


Qush uyasida koʻrganini qiladi!

Qur’on ilmlariga oshno vaqtim qur’on qissalarini hafizalardan eshitish oʻzgacha bir shavq berar edi. Xasanxon domlani uylarida ichki-tartib qoidasiga binoan bolalar 7 yoshgacha murattab qori boʻlishadi va maktabga toʻliq 30 porani koʻtarib chiqadi deyilgandan keyin tarbiyaga qiziqishim ortdi. Unga koʻra
⬇️

🟢bolalar uydagi muhitni 100% shakllantiradi
🟢oʻzimiz telefonda oʻtirib bolaga kitob ushlatishimiz uning nazdida “zulm” deb qaraladi
🟢nomozda haris emasligimiz va erinib ibodat qilishimiz dinni “qiyin va ogʻir” qilib gavdalantiradi
🟢bolani savollariga “dadangdan soʻra” “bilmayman” “bunaqa savollarni qayerdan olasan” kabi jumlalar bilan javob qaytarishimiz ular bilan ruhiy kontaktni uzadi
🟢biror ishni qilmasa yoki xato qilsa “Alloh jazolaydi” texnikasini ishlatishimiz ularni miyyasida “Alloh zulmkor, Allohni qahri qattiq, Alloh yovuz” degan fikrni uygʻotadi.

Natija: islomni sevish oʻrniga undan bezish, xato qilishdan qoʻrqish va qilgan ishini yashirish. Hattoki islomofobiyagacha borishi mumkin.

Qoriyalar suhbatida ukasini majburlab qur’on yodlatgani uchun ukasi bir kun xonasida yigʻlab “seni deb men oʻynay olmayman, seni deb uxlamayman, seni deb seni deb” degan xolda qur’onni urayotganini koʻrganini aytib bergan edi.

Islomni sevdirish tartib bilan boʻladi, bolalar robot emas. Ular bolaligicha yashashga haqli. Doimiy ta’kidlash soʻzim: eng goʻzal da’vat-amaldir! Amal qilmaganingizni bolangizdan talab qilmang!

©️kamera ortida men:)

Alloh qur’onga oshno qalblardan qilsin amiyn^_^

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Jan, 09:11


@ummu_xanzala bu admin profil. U yerda reklamaga joy bandlashingiz mumkin faqatgina!

Agar kurs ochsak toʻlovlarini shu profil orqali amalga oshira olasiz. Rasmiy bot yoʻqligi sabab. Bizga tegishli botni vaqtinchalik oʻchirganimizda qaysidir “uddaburon” ochib olgan!

Kezi kelganda eslatma: link oʻgʻirlash yaxshi ish emas! Kimnidir kanalini linkiga 1 raqam yoki probel qoʻyib, hullas 1-2ta harf oʻzgartirib kanal ochish ham umuman xurmatsizlik!

Ya’ni demoqchi boʻlganim, admin profiliga dardingizni aytib, pul soʻrab, qarz soʻrab, maslaxat soʻrab, ehson post soʻrab yozadigan “qabulxona” emas! Muomila madaniyati va umumiy qoidalarni unutmagan xolda yozishingizni soʻrab qolamiz!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Jan, 08:40


🤎🤎🤎 🤎🤎🤎🤎

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Jan, 03:51


📌

Imom Zahabiy🇧🇬 dedi: “Ayol uchun rioya etishi vojib amallar:

1️⃣Eridan hamisha hayo, andishada turishi.
2️⃣Uning oldida ko‘zini yerga tikishi.
3️⃣Amrlariga itoat etishi.
4️⃣So‘zlaganda sukut saqlashi.
5️⃣Kelgan vaqtda o‘rnidan turib qarshilashi.
6️⃣Gʻazabini keltiradigan narsalardan uzoq bo‘lishi.
7️⃣Uydan chiqayotganda u bilan birga eshikka kuzatib chiqishi.
8️⃣Uyqu orom vaqtida o‘zini (mehri muhabbati, e’tiborini) ko‘rsatishi.
9️⃣Eri yo‘q vaqtida uning mol-mulkida, uyida va to‘shagida xiyonat qilmasligi.
🔟Eri uchun Xushbo‘y bo‘lishi.
1️⃣1️⃣Og‘zini misvok bilan, jismini mushku anbar va xushbo‘yliklar bilan parvarish qilishi.
1️⃣2️⃣Uning oldida ziynatlanib, bezanib yurishi.
1️⃣3️⃣Uni ortidan g‘iybat qilmasligi.
1️⃣4️⃣Erining oilasi va qarindoshlarini izzat- ikrom qilish.
1️⃣5️⃣Uni (topgan tutganini) kam bo‘lsada, ko‘p o‘rnida ko‘rishi.

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 23:08


Qalblar orom olsin….)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 20:52


📌

Avvaliga qoʻlini kitoblar bilan suratga tushirib sahifasiga joylaydi. Keyin koʻzini, “niqobdamanku” deb iddao qiladi, keyin butun tanasi koʻrinadiyu, “kiyimim keng, yuz avrat emasku” deya “bahona”lar qidira boshlaydi….)

Va soʻnggida iffat pardasini olib tashlaganiga amin boʻladi. Ammo unda kech boʻladi!

*oʻzimga oʻlaroq sizga ham eslatma!

Hayo qilaylik!

@taqwatiy🪶

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 19:23


✍️

Bir kunda 5400 ta ajr-savob


Mus
hafdagi bir satrga – qatorga taxminan 36 ta harf sig‘adi. Bir sahifada esa 15 ta satr bo‘ladi. Bir harfga o‘nta savob beriladi. Alloh O‘zi istagan kishiga undan ham ko‘proq savob berishi mumkin, ixlosga qarab…
10 ko‘paytiruv 36 = 360
15 ko‘paytiruv 360 = 5400
Demak, bir sahifada taqriban 5400 ta hasanot bor. Alloh istasa, ixlosingizga qarab bundanda ziyoda qilishi mumkin.
Bir kunda 5400 ta ajr-savobga ega bo‘lishdan sizni qanday ishlar mahrum qilayotganini bir ko‘zdan kechirib qo‘ying. Unda xayr bo‘lmasligi mumkin.

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 17:19


🌿

"Sevimli ayol - ovozi erining ovozidan baland yangramaydigan,uning g‘azabiga g‘azab ila javob qaytarmaydigan va o‘zini hijolatga qo‘yadigan ishlarni qilmaydigan ayoldir"

✍️Imom Navaviy🇧🇬

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 11:47


🌸
Kim kimga qul?

Ijtimoiy tarmoqlarni oʻz yoʻnalishlari bor va oʻz kuzatuvchilari ham. Kimdir foodblogger, kimdir bookblogger, yana kimdir kontentmaker, ba’zilar esa lifestyle…)

Bir inson turli-tuman kanallarni kuzatishi undagi chalkashlikni keltirib chiqaradi. Diniy kontentlar oʻyga solsa, lifestyle kanallar ba’zan noshukurlik hissini targʻib qilib qoʻyishi mumkin. Sogʻlom fikr bilan sahifa kuzatish uchun ruhiyatni ham sogʻlom qilish kerak deb koʻp ta’kidlaganman. Shu uchun ham deyarli har bir anonim suhbatda eng kami 5-6ta habar oʻzidan qoniqmaslik, taqdiridan norizolik haqida boʻladi. Hammamiz ham inson, yaxshi tarafimizni koʻrsatib sahifa yuritamiz, aslan bizda ham kamchiliklar, yetishmovchiliklar bor. Siz koʻrgan “ideal” hayot ortida qanchadir mehnat, sabr, va matonat boʻlishi mumkin.

Havas qilish bilan, yotib olib kuzatishni farqi bor. U ijtimoiy tarmoqqa qoʻyib borayotgan narsalarga erishyapti, rivojlanyapti, yashayapti. Siz-chi? Siz faqat “faol kuzatuvchi” siz. Izohlariga 1 raqamini birinchi yozganingizga kun davomida suyunib yuradigan insonsiz. Va bu sizni juda tez charchatadi ishoning. Telefoningizdan boshingizni koʻtarganingizda esa hech-vaqoingiz boʻlmaganini koʻrasiz. Yana “dangasaman, muqim davomiy ish qila olmayman, kallamga kirmayapti” deb nolib ham qoʻyasiz.

Kuzatuvchilik yaxshi, lekin filtr qiling. Kimni kuzatyapsiz? Nega? Undan nima manfa’at olyapsiz, diningizga, dunyoyingizga qanday foyda beryapti?!

Tafakkur qilish kerak. Alloh bejizga “Aql yuritmaysizlarmi?” oyatini nozil qilmagan. Vaqt-ortga qaytmaydigan va juda tez oʻtib ketadigan tushuncha. Uni boshqargan inson, hayotini, orzu-maqsadlarini ham boshqara oladi. Unutmang! Qoʻlingizdagi telefon sizga “qullik” uchun yaratilgan. Uni vazifasi ilm olishingizda koʻmak, uzoqni yaqin qilish. Siz unga “qul” boʻlishingiz uchun emas!

Shu oʻrinda sahifa egalariga (oʻzimga ham) eslatma: kanalingizni nazorat qilib odamlarga nima beryapman? degan savolni oʻrtaga qoʻyish vaqti kelmadimikan? “Vaqtingizga rozi boʻlsangiz kuzating” soʻzini bahona qilib vaqt oʻgʻrisi boʻlish yaramaydi!

Alloh hammamizni vaqtimizga barokatidan yogʻdirib qoʻysin amiyn
🌷

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 07:52


Nihoyat 3-kitob egasiga yetib bordi:)

Alloh manfa’atli qilsin. Konkurs omonatlari egalarida. Shukur:)

Hammaga rahmat
🩷

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Jan, 01:18


🌵

Xaqiqiy ogʻriqni satrlar ifodalay olmaydi. Uni tovush ohangi, koʻz qarashi va soʻz titrashidan uqib olinadi. Lekin yozilmaydi. Aslo yozib boʻlmaydi….)

©️Ayman Yogʻiy

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

19 Jan, 18:10


Asabiylashsangiz sayr qiling.

Qachondir kayfiyatim boʻlmasa, odamlarni tushuna olmasam, munosabatlarda muammolar paydo boʻlsa sayr qilaman. Oldinlari uydan chiqmasdan qorongʻu honada oʻtirib olardim. Keyin battar “depressiya”ga kirib yanayam siqilib qolar edim. Keyinchalik piyoda yurishni shakklantirdim. Chetga ketganda ayniqsa. Dengiz, odamlar, mahalladagi mushuklar….)

Hammasi ijobiy ta’sir qilishni boshladi. Tanimagan odamlar orasida inson oʻzini komfort qilishini yana bir bor his qildim. Piyoda yurish nafaqat jismoniy balki ruhiy holatimga ham ta’sirini oʻtkaza boshlaganini angladim. Toʻgʻri Oʻzbekistonda shunchaki uydan chiqib piyoda yurib kelishga doim ham sharoit yoʻq. Mahallalar, yoki boshqa joylarda ham gavjum, tiqilinch, havo ham toza emas. Lekin uydan chiqib turishni tarafdoriman. Onam ayol kishini uy kasal qiladi desa nega unday derkan deb hayollanib qolar edim. Dinimizda ham sababsiz ayollarni koʻchalarda yurib fitnaga sabab boʻlishlarini durust hisoblashmagani uchun ham sababsiz koʻchaga chiqmaslikka harakat qilar edim. Lekin ruhiy charchoqlik hissi, umuman ruhiyatga ta’sir qiladigan narsalarda asosan toza havo va sayr yordam berishini tajribamda sinadim.

Gapni poʻst kallasini aytsam, tabiyat qoʻynida, dengiz boʻyida, sahroda, qayerda boʻlsa ham albatta sayr qilib turing. Sogʻlom tana, sogʻlom ruhiyat insonni asosi)

Hammangizga yaxshi kayfiyat:)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

19 Jan, 13:18


🤍

Donishmandlardan biri aytadi: Ey ayollar, sizlarga xalol sehrni o‘rgataymi? Eringizni xuddi to‘yga yasanganday chiroyli holatingizda kutib oling. U yoqtirmaydigan so‘zlarni tark etib, ochiq chehra va shirin so’z bilan uni qarshi oling. Eringiz bechora olib bergan qimmatbaho kiyimlarni faqat shkafda osilgan xolatda ko‘rmasin, balki ularni sizlarning ustingizda ko‘rib, ko‘zlari quvonsin. Shunda sizning ba’zi bir ayb-nuqsonlaringiz ham unga sezilmaydi. Shunday qilishingiz bilan sizga berilajak ajru mukofot ham yoningizga qolur va oilangizdan fayzu barakot ham arimas.

📚Jannat sog’inchi”

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

19 Jan, 10:44


Asli nopoklik tashqarida emas, ichkarida bo‘ladi.Libosda emas, qalbda bo‘ladi. Uning tashqarisidagi har bir dog‘, mayli qanchalar xunuk ko‘rinsa ko‘rinsin, yuvildimi toza bo‘ladi, suv bilan poklanadi. Yuvish bilan ham pok bo‘lmaydigan birgina nopoklik, qalblarda hasaddan iborat bo‘lgan zang va yomon niyatdir.

Hazrati Shams Tabriziy quddisa sirruhu

Allohim sendan qalb pokligini so‘raymiz
🤎🤎🤎🤎🤎

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

19 Jan, 07:12


Qohirada kitoblar koʻrgazmasi boshlanyapti. Robbim keyingisiga bizni ham borishlikka nasib qilsin

Amiyn
💕

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Jan, 19:36


🩷

Alloh uchun bo’lgan
Muhabbatda na gumon bordir va na gunoh bordir…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Jan, 16:31


Shom diyorining muhaddisi Shayh Badriddin Hasaniy🇧🇬:

Dinini mahkam tutgan kishi cho‘g‘ ushlovchidek bo‘ladigan zamondamizmi? - deya so‘raldilar.

– U zamon o‘tdi ketdi. Biz:
Kishi mo‘min holda tong ottirib, kofir holda kech kirgazadigan. Yoki mo‘min holda kech kirgazib, kofir holda tong ottiradigan zamondamiz
, deya javob berdilar.

1935-yilda vafot etganlar(Alloh rahmatiga olsin).

Yuqoridagi ikki holat ham muborak hadislarda aytilgan..!

@taqwatiy📌

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Jan, 14:31


2-kitob egasi:) Alhamdulillah yetib boribdi..)

3-gʻolibdan ham foto hisobod kutamiz

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Jan, 13:59


📌Haram ibn Hayyon🇧🇬 dedi:

"Jannatni talab qiluvchiga hayronman, koʻziga qanday uyqu keladi-ya?
Doʻzaxdan qochuvchiga hayronman, koʻziga qanday uyqu keladi-ya?".


📚("Siyari aʼlom an-nubalo", 4/48)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Jan, 10:30


🎀🎀🎀 🎀🎀🎀🎀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

17 Jan, 08:35


🎀🎀🎀 🎀🎀🎀🎀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

17 Jan, 06:47


Juma sunnatlarini qilishni erta tongdan boshlang)

Gʻusl
Misvak
Yangi yoki yuvilgan toza kiyim
Juma nomoziga ertaroq borish
Kahf surasini oʻqish qodir boʻlmasangiz tinglash
Habibimiz❤️ ga salovat aytish
Kun davomida zikrda boʻlish(sababi bir vaqt borki duo soʻzsiz qabul boʻladi shuning uchun kun davomida duoda va yaxshi niyyatda yuring)
Tirnoq, soch-soqollarni kaltalatish
Ota-onangiz va Ahlingizga shirin soʻzlar aytib hadya berish(qodir boʻlsangiz)


Jumaning xoyri va barokati ustingizdan yogʻilsin Allohumma Solli va Sallim va Barik Alayhim
❤️

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

17 Jan, 00:10


Reklama boʻyicha @taqwa_hamkorlik dan shartlar va admin profilini olasizlar)

Yanvarga joylar toʻlgan fevralning ham 1-yakshanbasi band. 9-fevraldan qoʻydira olasizlar…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 23:33


🇵🇸Gʻazoda yana urish boshlanibdi….Kimga ishonishni ham bilmaysan kishi. Alloh yengillik bersin deb duo qilib qoʻyinglar….🇵🇸

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 23:12


❤️

Qalb eshigini hamma ham baxtli qilish uchun taqqilatmaydi. Kimga ochayotganingga qarab qoʻy…..)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 23:08


☑️

وَقُلۡ جَاۤءَ ٱلۡحَقُّ وَزَهَقَ ٱلۡبَـٰطِلُۚ إِنَّ
ٱلۡبَـٰطِلَ كَانَ زَهُوقࣰا.


Haq keldi va botil yoʻq boʻldi. Zotan botil doimo yoʻq boʻlguvchidir!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 13:22


Seni sogʻinaman Dengizim🌊

©️telefonni aylantirib koʻring:)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 12:20


Konkurs hadyalari egalariga bormoqda sekin-astalik bilan:)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 11:11


“Muqaddima” ta’qiqqa tushibdi degan gaplarni eshitdik….)

Sotib olganlar, yutib olganlar mazza qildinglar-da….)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 08:32


🤎🤎🤎 🤎🤎🤎🤎

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 08:16


🎀

Moddiyat-imkoniyat.

Kuzatish orqali anglaganlarimni qoralab qoʻymasam keyin soʻzlarimni bosh-ketini topa olmay qolaman. Buyogʻi temirni qizigʻida bos deganlaridek:)

Musofir, toliba, kuzatuvchi inson sifatida anglab borayapmanki, erkakning moddiy erkinligi ayni zamon talabi. Yashashdagi komfort, ilm, taomlanish, erkinlik, ruhiyatga ham aynan moddiyatni ahamiyati katta ekan.

Turmushdan keyingi “asal hayot” ni hamma oshxonada birga ovqat qilishu, iqtido qilib oʻqilgan nomozlarda koʻrishi juda sayoz fikr. Tanganing ikkinchi tomonida uy harajatlari, komunal toʻlovlar, oziq-ovqat, ma’naviy ehtiyojlar ham turadi. Issiq jon, kasal boʻlishga ham avvalo sabablarini qilishga pul kerak. Ilm olishga ham pul kerak.

Farzand tugʻilgandan keyin onada kechadigan tugʻruqdan keyingi depressiyani yengib oʻtish uchun ham qaysidir ma’noda moddiy erkinlik ustun. Uygʻoniboq ishga ketish, kun boʻyi charchab kelib yostiqqa emaklab kelib olib uxlab olish evaziga keladigan pullarning qadri qimmati oshib bormoqda tobora.

Qizlarni turmush qurishda moliyaviy holatga keyingi yillarda urgʻuni berishi koʻpayib ketishi ham be’jizga emas. Yashash sharoitiga qarab koʻryabdiki: erkakni moddiy holati yaxshi boʻlsa, erkin grafikda ishlasa, oilasiga koʻproq vaqt ajratsa demak turmush qursa boʻladi. Aksar oilali ayollar orqasiga bir nazar soʻlsa 3-4 yil yashagan lekin qandayligini bilmaydi. Chunki odatiy hayot, er robot kabi ishlaydi, bola uxlayotganda ishga ketib uxlaganda keladi. Dam olish kuni esa oʻz nomi bilan dam olish kuni. U kunda erkak choyxonada, playstation da, fudbolda dam oladi.

Shunda bola tarbiyasi, uni nazorati toʻlaqonli onani zimmasiga oʻtib ketadi. Keyinchalik esa bolalarda “otamga pul kerak, bizga qaramaydi, mehr bermaydi, vaqt ajratmaydi” degan notoʻgʻri tushunchalar paydo boʻladi. Ayni paytda “bolam, shunday erkin yashashimizni ta’minlovchisi dadang boʻladi. Rizqni bergan Alloh, uni terib kelish esa bandalar qoʻlida, otangda mas’uliyat katta” deydigan ayol boʻlsa berdi xudo. Aksiga olib “oʻzi otang shunaqa, ish ish deb yuraveradi, bola bitta menga kerakmi?” deb ertalabdan jagʻi ochiladiganidan boʻlsa urdi xudo….)

Shunday ekan nimani qayerda qachon ishlatish juda muhim. Qizlarni ayni moddiyatga urgʻu berishlari uylanmagan yigitlarni hamiyatiga tegmasin. Bunga yashash sharoitimizni oʻzi taqazo qilmoqda. Pul asos emas, lekin muhimlilik darajasi kundan kun ortmoqda. Yigitlar biz qizlarni toʻgʻri tushunasiz degan umiddamiz.

Mahrga “Gelik” soʻrayotganlarni tushunmasangiz ham mayli:) lekin shunchaki topish-tutishingizni surishtirsa bu sizni gʻazablantirmasin)

Alloh hammamizga rizq eshiklarini keng qilib qoʻysin amiyn….
💞

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

16 Jan, 06:49


Bizni gunohlarimizni satr qilib savoblarimizga martaba qoʻshuvchi karami keng Allohim. Sen satr qilmasang holimizga voy ekanini, Sen bizni ardoqlamasang oʻzgalarning xurmatlarining ahamiyati zarra qadar emasligini bilaman…..)

Satr qilki, tavba qilishga ulguray. Allohim, bizni avf etki, rahm qilinganlar qatorida boʻlaylik amiyn
💗

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

12 Jan, 11:59


Hamma kanallarda “Muqaddima”ga “namyok” olib bersanglar oʻqir edim, hadya qilinglar kabi…..)

Men oʻzim sotib olgan boʻlardim Oʻzbekistonda boʻlganimda degim kelyapti^_^

Yaxshilar kitob doʻkonlar bor shunday sotib olinglar, musofirdagilarga qadri oʻtyapti shundoq ham….❤️‍🩹

Eh, shu yeriga qanaqadir siqilgan emoji bor, oʻzingiz tasavvur qilib olaverasizlar)

#ich_toʻkish

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Jan, 21:30


Yusuf🤩

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Jan, 17:33


Kalom ilmi📚


Kalom ilmida quyidagi boblar asosida aqidaviy hukmlar bayon qilinadi:

Avvalo, muqaddimalar:

🎀Ilm

Bu bobda ilmning ta‘rifi, qismlari, turlari, vosita va sabablari kabi mavzular o‘rganiladi. Mashhur nomlaridan biri – Ma‘rifat nazariyasidir.

🎀Fikr

Bu bobda fikrning mohiyati, to‘g‘ri fikrning shartlari, ta‘rif va dalilning turlari va ta‘riflari kabi mavzular o‘rganiladi.

🎀Umumiy tushunchalar

Bu bobda vujud, mohiyat, illat, birlik, ko‘plik va shu kabi Vojibul vujud va mumkinul vujudga tegishli bo‘lgan umumiy tushunchalar o‘rganiladi. Mashhur nomlaridan biri – الأمور العامةUmumiy tushunchalardir.

🎀Xos tushunchalar

Bu bobda javhar, araz, miqdor, o‘rin, joy, holat va shu kabi mumkinul vujud(hodis)ga xos tushunchalar o‘rganiladi. Mashhur nomlaridan biri – المقولات العشرO‘nta kategoriyadir.

So‘ngra, asosiy maqsadlar:

🎀Ilohiyot

Bu bobda Alloh taoloda bo‘lishi vojib, imkonsiz va joiz sifatlar bayon qilinadi.

🎀Nubuvvat

Bu bobda Payg‘ambarlar alayhimussalomda bo‘lishi vojib, imkonsiz va joiz sifatlar, Rosululloh
▪️Alloh taoloning haqiqiy rostgo‘y payg‘ambari ekanlari bayon etiladi.

🎀Sam‘iyyot

Bu bobda jinlar, farishtalar, qabr azobi va ne‘mati, jannat va do‘zax, qayta tirilish va shu kabi vahiy orqaligina bilish mumkin bo‘lgan e‘tiqodiy hukmlar bayon qilinadi.

🎀Imomat

Bu bobda sahobalar roziyallohu anhumning fazilatlari, Rosululloh
▪️dan keyin xalifalikka eng munosib va haqli zotlar kim ekani, ularning sifatlari va shartlari kabi masalalar o‘rganiladi.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

©️aqoid darslaridan

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Jan, 14:42


Sizlar ham shishaga muzqaymoq almashtirganmisizlar:)

Yoshlikni eslab turinglar qolgan savollarga birozdan soʻng javob yozaman^_^

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Jan, 10:47


🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Jan, 00:15


📚

200 ga yaqin kitob yozdim. Ayrim masalalarda mening gapim oʻtmay, ayollarning “fatvo”si oʻtib ketyapti…

©️Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf🇧🇬

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Jan, 20:57


🎀

Bugun odobnoma qilib bir ustozani chaqirtirdik. Qizlar davrasidamiz. Ustoz aytyaptilarda:

“Shu 14-yanvar 8-mart yana tugʻilgan kunlarda beriladigan sovgʻalarda nomahramlar mahramlarga nisbatan ilgʻorligiga achinaman. Shunday payti narhini 2 barobar oshirib oladigan sovgʻa-salom sotuvchilariniyu gapirmasam ham boʻladi. Hech shular nomahramlarga beradigan sovgʻani sotib savdosidan baraka qilarmikan? Nega savdo ilmini oʻrganishmaydi? Abdulloh ibn Muborakdek savdogarlar borku, Rosulimiz
🕋 ham savdoda halollik boʻlishi kerak degan emasmidi?” dedilar…)

Hamma jim boʻldi. Menimcha hamma oʻtmishida qilgan hatolariyu atrofidagi odamlarni harakatlarini tahliliga oʻtdi.

Esimda 1ta online shop boʻlar edi. Telefonga nakleykalar sotishni endigina urfga kirgazgan payti. Hozir u shop faoliyati toʻxtagan. Bir kuni men ham juftliklarga nalkeyka buyurtma qildim. Akam ikkimizga. Nomahramlarga boʻlsa qilmaymiz Allohdan taqvo qiling deb habar keldi. Akamga dedim qayta-qayta. 4 kunlar orasida tayyor boʻldi. Andijonlik edi koʻrishib ovolaman dedim. Koʻrishdik, sha’riatga 100% amal qilingan libosda bir salobatli qiz keldi oldimga. Qoʻlida kalyaska bor, ichida mitti qoricha, rido va doppichasi bor. Keyin berish oldidan yana “aniq akangiz bilan ishlatasiz-a?” dedi. Ha ana mashinada akam ham oʻtiribdi dedim. Alloh rozi boʻlsin deb hayrlashdik. Shu shu boshqa online shoplardan biror narsa buyurtma qilsam “nomahramlarga sotmaymiz” degan soʻzni eshitmadim.

Hozirda hamma “soqqani qilish” bilan band. Hatto soʻramaydi ham kimga deb^_^ balki zamon shuni talab qilayotgandir, balki yashash qiyin, pul topish uchun odamlar oʻzini oʻqqa-choʻqqa urishlari mumkindir. Qaydam….)


Ajiyb fikrlar keldida) siz ham bir oʻylab koʻring. Zarracha iymoningizga foyda bersa maqsadimga yetibman)

Alloh hammamizni taqvo libosi ila satrlantirsin, boʻlmasa holimizga voy….)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Jan, 08:31


🎀🎀🎀 🎀🎀🎀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Jan, 08:26


Juma kungi sunnatlardan biri bu Kahf surasini oʻqish, qodir boʻlmasangiz eshitish hisoblanadi. Bu sunnatni qilish orqali odatni shakllanitirish, qur’onga muhabbat va albatta sabrni oʻrganasiz….)

Jumangiz hayrli boʻlsin
🌷

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Jan, 08:21


Bizga 40 ming ta salovat aytish boʻyicha 2 kishigina shart bajarganligi haqida rasm (otchot) keldi)

Ism manzil raqam olib qolib hadyalarimizni joʻnatamiz inshaalloh. Hammaga rahmat..)

40 mingga bormaganlar, sizlar ham yutdingiz, sovgʻani kattasini ohiratda olasizlar inshaalloh. Robbim muvaffaq qilsin.

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 22:33


Juma sunnatlarini qilishni erta tongdan boshlang)

Gʻusl
Misvak
Yangi yoki yuvilgan toza kiyim
Juma nomoziga ertaroq borish
Kahf surasini oʻqish qodir boʻlmasangiz tinglash
Habibimiz❤️ ga salovat aytish
Kun davomida zikrda boʻlish(sababi bir vaqt borki duo soʻzsiz qabul boʻladi shuning uchun kun davomida duoda va yaxshi niyyatda yuring)
Tirnoq, soch-soqollarni kaltalatish
Ota-onangiz va Ahlingizga shirin soʻzlar aytib hadya berish(qodir boʻlsangiz)


Jumaning xoyri va barokati ustingizdan yogʻilsin Allohumma Solli va Sallim va Barik Alayhim
❤️

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 15:59


Ayol-qizlar uchun umumiy online shop sotiladi.

700ta jonli obunachisi bor


Sotish sababi: chet eldaligim sabab yurgaza olmayotgandim. Boshqa sabab yoʻq.

Narx va ma’lumot boʻyicha
@ummu_xanzala

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 13:44


🎀

Uyda siz “arzimagan” degan narsalaringiz ham bolalaringizda islomga boʻlgan fikrini oʻzgartira oladi)

Har joyda islom boʻlsin^_^

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 12:28


Farzand-ne’mat

Yashasang koʻraverasan deganlaridek atrofimda kuzatishlar orqali koʻp narsalarni guvohi boʻlaman.

Mahallamizda bir tikuvchi ayol bor 9ta qizlari bor mashaalloh) katta qizini farzandi eng kichkina qizi bilan teng. Tasavvur qilyapsizmi? Xola va jiyan teng^_^ ajoyib:) har safar mahallada falonchi homilador ekan deb shu ayolni aytishsa eshitganki inson “Allohim oʻgʻil bersin, oʻgʻil tugʻib olsin” deb duo qiladi. Qiz tugʻilsa ismi nima deb soʻrashganda Ominaxon, Roziyaxon, Munisaxon kabi ismlarni eshitganda yana “irim qilib Oʻgʻiloy qoʻymapti-da” deb ham qoʻyishadi….)

Kursdoshlarim orasida 88-89 yilgi opalar ham bor. Ma’lumotini oliy qilish uchun, diplom uchun oʻqishgan. Kursdosh qizlar guruhimizda esa eshitib qolaman bir opa 4-sini ham oʻgʻil tugʻdi. Bugun ham bir opamiz 3-sini ham oʻgʻil koʻribdi. Hozir tabrikladik, yozyaptida “eh qiz koʻrmoqlik ham ne’mat ekan juda qiz boʻlishini xoxlagan edim. Qiz boshqa-da baribir, endi inshaalloh 4-si qiz boʻlsin deb duo qilyapman” deydi….)

Odamlarni tahlil qilar ekanman, doim oʻzimizda yoʻq narsani baxt deb oʻylashimiz, boriga qanoatlanmasligimizni anglayapman. Rostan ham Robbim kimga nimani hayrli qilsa shuni beradi. Ahir bu Qur’onda ham kelganku:)

🎀لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْض يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ ۚ يَهَبُ لِمَنْ يَشَاءُ إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَنْ يَشَاءُ الذُّكُورَ

Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. U zot xohlagan narsasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadiya etur va xohlagan kishisiga oʻgʻillar hadiya etur.

🎀أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا ۖ وَيَجْعَلُ مَنْ يَشَاءُ عَقِيمًا ۚ إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ

Yoki ularni juftlab o‘g‘il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. Albatta, U zot o‘ta bilguvchi va o‘ta qodirdir. (Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida ko‘rinadi. Ayni shu masalada inson o‘zining ojizligini xis etadi. O‘z xohishiga ko‘ra biron narsani bor qila olmasligini, Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj bo‘lib turishini anglab yetadi)

Oyatlarini tafakkur qilishimiz kerak. Oyatda ham aynan birinchi boʻlib qizlar beradi deb qizlarga urgʻu berilmoqda. Qiz farzandni oʻgʻildan 1 pogʻona pastda sanashni yigʻishtirish vaqti keldi. Alloh kimga nimani ravo koʻrsa shu boʻladi. Banda faqat shukur qiladi, sababini qiladi, tavakkul qiladi, natijasini Allohga havola qiladi. Taqdirga isyon qilmoq iymonni zaiflashtiradi.

Unutmang, siz tanlanganlardansiz. Sizda bor qiz kimlargadir orzu, sizda bor oʻgʻil kimlarnidir yillab qilingan duolarida….)

Muhimi farzand ne’matligini, uni omonat ekanini, uni haqqida soʻralishingizni unutmang)

Robbim etagingizni bolaga toʻldirsin
💞

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 11:12


🌿🌿🌿🌿

Ramazongacha qur’on oʻqishni xoxlab Otzivlarini oʻqib oʻqishni xoxlab lekin moddiy sharoiti toʻgʻri kelmayotgan qizlar yaqinroq keling) 0 dan qur’ongacha 2 oyda inshaalloh Ramazongacha boʻlgan muddatda tajvid⬇️

Sizlarga “mustaqil rivojlanaman” tarifini taklif qilmoqchiman. Dars “birgalikda rivojlanamiz” kursi bilan bir hil boʻladi faqatgina:

🟤ustoz nazorati yoʻq (mustaqil rivojlanasiz)
🟤mahsus kunlarda savol-javob qilinmaydi (guruhingizdagilar bilan alohida savol-javob qilishingiz mumkin)
🟤davomat ahamiyatga ega emas kirsangiz ham kirmasangiz ham kirgan tolibalarga dars oʻtib ketilaveradi

Qolgan hammasi “birgalikda rivojlanamiz” kursi bilan bir hil boʻladi.

🟢 darslar jonli oʻtiladi
🟢har darsdan keyin ustozdan tushunmagan narsangizni soʻrashingiz mumkin
🟢dars yozib olinib guruhga tashlanadi.

Narhi: 250ming soʻm. Ertaga 1-dars ulgurib yozilib olish uchun
@ummu_xanzala ga murojaat qiling)

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 08:50


🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️🅰️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 04:57


☀️

Shayton Alloh la’natlagan hamma narsani ziynatlaydi. Ehtiyot boʻling…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Jan, 04:38


📖

Rosululloh ﷺ o'qib yurgan duolari:

اللَّهُمَّ إنِّي أَسْأَلُكَ عِلْماً نَافِعاً، وَرِزْقاً طَيِّباً، وَعَمَلاً مُتَقَبَّلا

"Allohumma inniy asaluka 'ilman naafi'an va rizqon toyyiban va 'amalan mutaqobbalan"

(Ma'nosi: Allohim! Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo'ladigan amal so'rayman)

©️Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyati

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Jan, 16:58


🌧️

Qurʼoni karim fazilatlari:


Qurʼon ahli - Allohning ahlidir.
– Qurʼon tilovatining savobi dunyodagi eng nafis mol-mulkdan ham ulkandir.
– Har-bir harf uchun oʻnta hasanot beriladi.
– U insonga osmonda va yerda rohat-farogʻat hamda goʻzal xotirani ulashadi.
– Musulmon kishini har-bir yodlagan oyatiga Alloh jannatda darajasini koʻtaradi.
– Qurʼonga mohir boʻlgan kishilarni Alloh eng afzal farishtalarga yaqin qiladi.
– Odamlarning eng afzali Qurʼonni taʼlim olib, boshqalarga ham oʻrgatgan kishidir.
– Qurʼonni yod olib unga amal qilgan kishini Alloh taolo azoblamaydi.
– Dunyoda Qurʼonga amal qilgan kishilarni Qurʼon shafoat qiladi.
– Qurʼon sohibini Paygʻambarimiz Muhammad Alayhissalom ulamolar martabasiga koʻtaradilar.
– Qurʼon ahlining ota-onasini Qiyomat kuni Alloh taolo eng ulkan mukofot bilan siylaydi.
– Qurʼon Alloh taologa yaqin qilib, Uning muhabbatiga sazovor etuvchi eng ulkan amallardandir...!

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Jan, 14:46


📖

Har bir musulmon tongda, boshqa ishlarga kirishishidan oldin ozgina bo‘lsa ham Qur’on tilovat qilishni odatga aylantirishi, agar ortiqcha vaqti bo‘lmasa, bir porani to‘rtdan birini hech bo‘lmasa bir bet o‘qishi lozim. Shunday qilinsa, nomai a’molda kundan-kunga savob zaxirasi ko‘payib boradi.

Hazrati ibn Abbos
🇧🇳dan rivoyat qilinadi: "Rasululloh 🕋: "Kimni xofizasida Qur’oni karimdan ozgina ham bo‘lmasa, u bir vayrona uy kabidir" dedilar. (Imom Termiziy rivoyati).

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Jan, 11:01



🐾☔️🦔🌞🌺🍁🍡 🌸


А это значит, что 📎

— нужно прочитать суру аль-Кахф.

— нужно как можно больше благословлять лучшего из людей — Пророка 💗

— совершить как можно больше благодеяний.

-дуа в последний час асра.

@taqwatiy🌷

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Jan, 22:37


🤎

#ona_tarbiyasi

Mana soliha bo‘lib uyini ham solihlarga to‘ldiruvchi ayol shudir!

Bir kun yonimga Qur’ondan tahsil istab bir bolakay keldi. Bolakayga bir razm solgach, men undan so‘radim:

- Qur’ondan biror surani yoddan bilasanmi?
- Ha.
- Ammadan Qur’onni 30 oxirgi qismidan bilasanmi?
U o‘qib berdi.
- Taborak surasini bilasanmi? Uni tilovatiga lol qolgan edim. Yana bir tilovat eshitish istagida undan “Nahl” surasini so‘radim. Va qarangki uni ham yoddan bilar edi. Endi yana bir imtixon uchun bolakaydan uzun suralardan bo‘lmish “Baqoroh” surasini so‘radim. U “Baqoroh” surasini o‘qiy boshladi. Bolakay so‘ralarni shunday go‘zal va tiniqlik bilan o‘qib berdiki men lol qolgan edim.

- O‘g‘lim Qur’onni to‘liq bilasanmi?
- Ha.

Ertaga otasi bilan kelishini so‘radim. Shunday oqil va ilmli farzandga kim ota ekanligini ko‘rgim keldi. Ammo uni padarini ko‘rgach yana ham hayron bo‘lib qoldim.
U sunnatga yergashgan odamga o‘hshamas edi.
U meni xayronligimni ko‘rib:
Mani shunday farzandni otasi ekanligimga ishonmayatganingiz ko‘rinib turibdi. Xozir sizga hammasini tushuntirib beraman.
- Bu bolani orqasida 1000 nafar erkak o‘rnini bosa oladigan odam turibdi. Mani 3 nafar o‘g‘lim bor. Har biri Qur’onn yoddan biladi. 4 yoshli qizalog‘im ham bor. Qizalog‘im "Amma" qismini yodlagan.

- Qanday qilib?
- Ayolim farzandlarimiz gapirishni boshlashganida ularga Qur’on yodlatishni boshlaydi va albatta farzandlarimizga maqtovlar va samimiy so‘zlar bilan dalda bo‘ladi. Bolalarimizdan qaysi biri birinchi bo‘lib yodlasa, o‘sha farzandimiz kechki taomdan nima yeyishini o‘zi tanlaydi.

Kim birinchi bo‘lib qaytarib bersa, dam olish kunlari qayerga borishimizni tanlaydi. Birinchi bo‘lib Qur’onni bitirgan esa, ta’tilni qayerda o‘tkazishimizni tanlaydi.

Ayolim Qur’on yodlashda ular orasida raqobat ruhini tarbiyalaydi..)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Jan, 07:48


🌷

...Qur’on ahliga tuhfa...

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:
" آل القرآن آل الله "

Rasululloh
🕋aytadilar:
"Qur’on ahli Allohning ahlidir".

Ibn Arabiy bunday deydi: "Arabmi yoki boshqa millat vakilimi Qur’onni xatosiz va ma’nosini o‘zlashtirgan holda tilovat qilsa Qur’on ahli deyiladi.
Agar bilganiga amal qilsa bundan ham yaxshidir".
Ushbu hadisni Imom Xatib Bag‘dodiy Anas ibn Molik
🇧🇳dan rivoyat qilgan.

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Jan, 21:15


🌷

Agar biror narsani haqiqatdan ham amalga oshishini xoxlasang tahajjudga uygon…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Jan, 20:56


🎞️

Qalblaringizga borsin…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Dec, 22:18


1-radjab:)

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Dec, 19:04


💡

Rajab oyingiz muborak boʻlsin:)

@taqwatiy🌷

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Dec, 11:28


📕

Har yarim soatda bir daqiqani Allohning zikri uchun xoslash ruhning doim yangilanib turishiga yetarlidir.

Ayman Yog‘iy

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Dec, 07:11


📌

Olimlarning, dindorlarning xatosiga qarab dindan sovuyotganlardan,
boylarning xatolarini ko‘rib, nega puldan sovumayotganlarini so‘rang.

Mujaddid Shayx Mahmud afandi hazratlari quddisa sirruhu.


@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Dec, 20:38


#daydi_hislar

Tun, bizda 22:27. Odatdagidek aylanishga chiqqandim, oila a’zolarim bilan. Energetik ichmayman, zararligi uchun ham yoqmagani uchun ham. Lekin doʻkonda bir qiz olganini koʻrib qayerdandir ichgim keldi shu zormondani…)

Oldim, yomgʻirda ichib keldim, nafsim qondi. Uyga kelib oʻzimni gʻalati his qildim, koʻz oldim qorongʻulashdi. Boshimni orqasi, gejga qismimda avval tuman kabi quyuq keyin esa yaxshigina ogʻriq boshladi. Sogʻlom paytim ham qon bosimi past yuradiganlardanman. Yaqinda qon bosimi oshishi tufayli kasalxonada davolanib chiqqan edim. Menimcha qon bosimim koʻtarildi deb tahlil qildim. Maslahat olgan boʻlib limon choy ichdim. Ogʻriq sal teparoqqa, boshni orqasiga oʻtdi. Kecha tuni bilan uxlamaganim sababmi bilmadim, mazam yaxshigina qochdi.

Sabablarini qidira boshladim, yashayotgan joyimni havosi toza, ilgʻasa shu kungacha ilgʻashi kerak, kamiga yomgʻirli havoda yurdim. Qornim toʻq, chiqishdan oldin yengil tamaddi qildim. Energetik va uyqusizlikdan boshqa variantim qolmadi. 1 dona analgin ichdim. Osmonga qarab yotibmanu nafasim tiqila boshladi. “Joningiz halqumingizga kelib qolsachi?” oyati miyyamda aylandi. Qayerdan u oyatni esladim bilmayman. Nafasim qisishi keskinlashyapti yoki men vahima qilyapman.

Koʻz oldimdan ota-onam oʻtdi. Ularni koʻra olmayman? Nahotki oʻlaman? Nahotki shu mening nihoyam? Bu yerda(Yevropa)da musulmonlar kam, boʻlsa ham meni kafanlab gʻassol bilan yuvishib, goʻrkov bilan koʻmishmaydi. Nahotki menga shunday oʻlmoq bitilgan?

Beihtiyor istigʻfor va kalima kela boshladi. Hatto qoʻrquvdan she’r ham yozibman. Yozgani iymandim boʻlmasam yozib qoldirar edim.

Atrofni unutaman, telefondan habar olayotgan yaqinlarimga yaxshiman deyman, oʻlish yoʻq deymanu ichimdan zil ketaman.

“Musofir boʻlmaguncha musulmon boʻlmaysan” deganlari rost deb amin boʻlaveraman. Ehhe bir lahzada butun hayotimni koʻz oldimdan oʻtkazdim. Jon shirin ekan deymanu, aslida jon shirinmi, oʻlim qoʻrqinchlimi, yoki amallardan havotir oladimi inson deya yana oʻyga tolaman….)

Chalkash hislar ogʻushida boʻldim bir necha soat. Yetkaza oldimmi, yoʻqmi bilmadim. Ammo ibrat boʻlsin…)

Oʻlimning kelish soati yoʻq ekan. Amallarimizdan habar olib qoʻyaylik. Zero qiyomat kelishini kutib yashaydigan omi musulmon boʻlmaylik, illoki oʻlim har bir insonning qiyomatidir…!

©️energetik va zararli ichimliklar ichmang!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Dec, 07:50


↖️

Har go’zallik islomni yashashda…


Bayramlar ko’payib ketgan hozirgi kunda. Insonlar har hafta bir bayram nishonlab umrlarini faqat “eglence” bilan o’tkazishmoqda. Dinimiz 2 bayramimiz borligini takidlaydi: ramazon hayiti va qurbon hayiti. Xalqaro bayramlar nishonlansa tushunaman, lekin boshqa din bayramlarini bir musulmon nishonlaganini tushunmayman? Balki man boshqalar nishonlashiga indamasligim kerakdir? Hurmat qilishim kerakdir… Lekin sog’lom hayot va jamiyatda yashash meni ham haqqim, o’rtoqlar. Meb farzandlarimni “Yangi yilda archa atrofida aylanadigan” musulmonlar ichida yashashini istamayman. Meni haqlarimga kim rioya qiladi? Nimaga men farzandlarimni yashirib yurishim kerak? Balki sizlar bayramingizni yashirib nishonlarsiz? Ana shunaqa zid fikrlashlar keladi menda… hurmat, hurmat deya bir hurmat qolmadi o’rtada, odob qolmadi o’rtada.

Oddiy misol, atr sepish. Dinda ko’chaga sepib chiqish qaytarilganidan ziyoda nimaga men birovlarni zavqiga ko’ra sepilgan atrni hidlashga majburman? Balki menda allergiya bordir? Balki boshimga og’riq kirar?

Ne bo’lsa ham hamma odob va boshqalarni haqqiga rioya qilish islomda. Robbim aslimizga bir on avval qaytishimizni nasib qilsin!


©️olindi

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Dec, 01:24


Alloh tavfiq bermasa nahiy munkar bir tiyn deb shunga aytadimi bilmasam….

Alloh tavfiq bersin, Oʻzini yoʻlidan adashtirmasin, Haqda sobit qilsin amiyn amiyn amiyn…!

Allohumma amiyn)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Dec, 21:02


HANAFIY MAZHABI SANADI

🎞️Rosululloh🕋
🎞️Abdulloh ibn Masʼud🇧🇳
🎞️Alqama an-Naxaʼiy.
🎞️Ibrohim an-Naxaʼiy.
🎞️Hammod ibn Abu Sulaymon.
🎞️Imom Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobit.

Ushbu sanadda hanafiy mazhabining Rosululloh
🕋ga qanday bogʻlangani koʻrsatilgan.

Imom Moturidiy hanafiy boʻlib ayni Abu Hanifa
🇧🇬 aqidasini tartiblagan. Shu sababli hanafiy mazhabining aqidaviy taʼlimotiga Moturidiy nomi berilgan.

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Dec, 09:02


#yil_sarhisobi

Bu yil 15K bilan yakunlashni xoxlagan edim. Mayli xoyrun*_*

Biz bilan boʻlganingizdan mamnumiz.

Hurmat bilan
@taqwatiy🌱

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Dec, 08:20


🌱

Chechaklar ochiladi. Muhimi kutishdir…)

Sabr
🌱

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

29 Dec, 05:11


🏙️

Insonlarni oʻzini oʻzi yupatadigan manzillari bor. Ular hech unutilmaydi….)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

28 Dec, 07:46


💡

HAR BIR HAQORAT UCHUN JAVOB BERISH SHART EMAS!

Goʻzal xulqlar:

Bir kuni bir kishi ilmli va taqvoli boʻlgan kishilardan birini haqorat qildi va u zot unga javob qaytarmadi.

Odamlar soʻrashdi : „Nega javob qaytarmadingiz?“

U inson aytdiki: „Ilmni nega oʻrgandim?“

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Dec, 20:27


🎀

Inson o‘laroq bu hayotda ikki muhim vazifamiz bor.

Birinchisi, bu borliqning Sohibini tanish.

Ikkinchisi, borliqning Sohibi yaratgan eng sharafli maxluq bo‘lmish odam bolasi uchun dunyo va oxiratda manfaatli bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish va shul tariqa Yaratganning roziligini topish.

Bu ikki haqiqatni bizga tanitadigan, o‘rgatadigan va buni qalbimizga joylab, axloqimizga singdiradigan, qisqa qilib aytganda yashashning mazmunini kashf etishimizda bizga yo‘l ko‘rsatadigan zotga «ustoz», «muallim», «murabbiy» va «murshid» deyiladi.

Ustoz shuning uchun ham qadrli, moʻtabar, aziz va mukarramdir.

Muallim va murabbiylarning eng ulug‘i, eng sharaflisi, eng go‘zali va eng marhamatlisi janobimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar.

Shunday ekan, bizlarga, xoh dunyomizga oid, xoh dinimizga oid bo‘lsin - bir harf bo‘lsa ham - o‘rgatgan, ta’lim bergan, tarbiya bergan va hayot yo‘limizni yoritgan ustozlarimiz, muallimlarimiz, murabbiylarimiz va murshidlarimizning haqqini ado etish g‘oyat og‘ir bir ishdir.

Qo‘limizdan kelgani esa, ulardan o‘rgangan hikmat, ilm va irfon haqiqatlari ila qo‘l urgan xayrli ishlarimizdagi savob va ajrlarga aziz ustozlarimizni sherik qilish va ularning haqqiga xayr duolari qilishdir.

Maktabga ilk qadam bosgan kunimizdan tortib to bugunga qadar bizga ustozlik, murabbiylik, murshidlik va muallimlik qilgan barcha azizlardan Alloh rozi bo‘lsin! O‘tganlarini o‘z rahmatiga olib, hayot bo‘lganlariga sihat, salomatlik, ofiyat va omonlik, yuksak va xayrli xizmatlar qilish ne’matini bardavom qilsin.

Xususan, bu ojiz qulning ilm va ma’rifat ufqida quyosh bo‘lib balqqan o‘z ustozlarim va mashoyixlarim, murabbiylarim hamda bugun olib borayotgan ta’lim va tarbiya faoliyatlarimizda bu faqirga yelkadosh va dartdosh bo‘lgan uztoz do‘stlarim, ustoz talabalarim va ilmiy jamoamizga dunyo va oxirat saodatini, rizoyi ilohiy va qabuliyatni, tavfiq va zafarni, ixlos va sovabdan aslo mosuvo bo‘lib qolmasliklarini har olib chiqargan nafasimda va har lahzamda Robbimdan yolvorib niyoz etaman!

Sizlar biz uchun har on qadrlisiz va har lahza, har bir kunimiz sizning bayramingiz bo‘lishga loyiqdir, aziz Ustozlar!

Alloh yor va yordamchingiz bo‘lsin!

So‘zimning oxirida muallima o‘laroq yashab, ta’lim va tarbiya yo‘lida musofir yurtlarda g‘urbat hayoti kechirgan va yana muallima o‘laroq vafot etgan aziz volidamga Allohdan rahmat va mag‘firatlar so‘rab qolaman!

Ustoz AbdulQodir Al-Azhariy

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Dec, 18:26


🎀


Bir kuni orzularingda yashashing mumkin. Shu sabab duoni goʻzal qil….)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Dec, 10:55


🤩

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

27 Dec, 10:46


🤎

Ular xurmo bilan arpa nonini yeb, dag‘al to‘shaklar ustida uxlashardi va ularga ushbu oyat nozil bo’ldi:

«So‘ngra, o‘sha kunda, albatta, hayoti dunyoda sizlarga berilgan neʼmatlardan so‘ralasizlar».


Takasur 8

Biz qanday javob beramiz?!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Dec, 23:46


Juma sunnatlarini qilishni erta tongdan boshlang)

Gʻusl
Misvak
Yangi yoki yuvilgan toza kiyim
Juma nomoziga ertaroq borish
Kahf surasini oʻqish qodir boʻlmasangiz tinglash
Habibimiz❤️ ga salovat aytish
Kun davomida zikrda boʻlish(sababi bir vaqt borki duo soʻzsiz qabul boʻladi shuning uchun kun davomida duoda va yaxshi niyyatda yuring)
Tirnoq, soch-soqollarni kaltalatish
Ota-onangiz va Ahlingizga shirin soʻzlar aytib hadya berish(qodir boʻlsangiz)


Jumaning xoyri va barokati ustingizdan yogʻilsin Allohumma Solli va Sallim va Barik Alayhim
❤️

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Dec, 18:46


🌙

Ramazon yaqin….)

Allohim, bu ramazonni oldigilariga qaraganda taqvoda, muhabbatda, ilmda, amalda oʻtkazishlikni oʻzing nasib et. Robbim, bu ramazon avvalgilaridan ham fayzli, barokatli kelsin. Allohim, ibodatlarimizga quvvat, vaqtimizga barokat, ilmimizga amal ber…)

Robbim, bizni ramazonga yetkaz. Rizqimizni bu yilgi ramazonga ham qoʻsh….)

Allohim, Ramazonni sogindik…)

@taqwatiy💗

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Dec, 18:01


Avvalo onam sogʻ boʻlsin, qolgani bir gap boʻlar….)

@taqwatiy🌷

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Dec, 15:32


💗

Gʻazab qilmang! Gʻazab shaytondandir…!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Dec, 12:38


🌷

Mehribon, kechirim so'rovchi va "bilmayman"ni ko'p aytgan odamni hurmatini joyiga qo'ying..!
Chunki u odamda eng kichik nafs va shu nafsidan kattaroq Allohdan qo'rquvi bor...)

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

26 Dec, 03:51


🌷

Unutish fazilatini bergan Allohga hamd)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

25 Dec, 15:56


Meni tabriklamang yangi yil bilan!

Meni tabriklamang yangi yil bilan,
Mo'min ekanimga shubha uyg'otmang.
Uzoqlashib ketmay dil yaqin bilan,
Meni bir tilakka alishmang, sotmang.

Buzmangiz uyqumni cho'kkanida tun,
Cherkov zangisidek urilmasin bong.
Kecha shovqinlarga bo'lmasin tutqun.
Oddiygina otsin ertangi u tong.

Qorbobo yubormang bolamga atab,
Shirin tushlarini buzmang, iltimos.
Ko'ziyu ko'nglini Qur’onga qadab,
Bazor yolg'onlardan etyapman xalos.

Archa keltirmadim hovlim sahniga,
Shifo bo'lsa hamki muattar hidi.
Yashnagan novdani kesayin nega,
Ko'ngil istaklari podshomi edi!?

Meni tabriklamang yangi yil bilan,
O'tgan bu umrimdan quvonay nechun?
Gunohkor vujudu shunday dil bilan,
Tarixim yozildi, do'stginam, tushun.

Qordayin oqlikni tilamang aslo,
Oyoqlar ostida qolmoqchimasman.
Yaxshi niyat ila bersangiz hatto
Bu kun hadyalarni olmoqchimasman...

Meni tabriklamang yangi yil bilan...


©️O'tkirbek Muhammadsobir

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Dec, 22:58


Ruhi ruhiga yaqin odamlar degan gap haqiqat! Men onamni qattiq sogʻinib habar qoldirdim. Kun boʻyi ish bilan yurdim telefonga umuman qaramadim.

Hozir esa Maryamni onalari foniy dunyodan chin dunyoga rihlat qilganini oʻzlaridan eshitdim. Alloh joylarini jannatda, soʻroq-savollarini oson, qabrlarini keng qilsin. Maryamni onasi yolgʻiz oʻstirgan edi ikki qizini. Uyda erkak yoʻq edi, ularni hayotini ancha-muncha bilar edim. Maryam bilan bir oqimdamiz, koʻp hislarimiz oʻxshash. Doim maslahat soʻrab yozadi, dardlashadi, yordam soʻrasam hech yoʻq demagan. Oʻquvchim, singlim, mehribon va samimiylarimdan biri edi.

Onasi uchun hammangizdan duo soʻrab qolaman, onasini haqlariga duo qilib qoʻying iltimos. Ha yana kim qodir boʻlsa hatmona qilib bizga aytsa ham xursand boʻlar edik. Bu sizlardan iltimosim. Hatm qilganlar albatta bizga bogʻlaning
@ummu_xanzala

Maryam, siz kuchlisiz, siz onasiz, siz opasiz, siz rafiqasiz. Singlingiz va Yusufingiz uchun sabrli boʻling. Jannatlarda kutadi inshaalloh onangiz. Jannatda hech gʻam boʻlmas. Oʻtar-ketar dunyosi uchun kuyinmang. Ayriliq abadiy emas. Alloh jannatida jamlaydi hali inshaalloh. Alloh sizga va oilangizga goʻzal sabr bersin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un….)

@taqwatiy💓

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Dec, 21:25


Daydi hislar

Soat 23:15. Bizda hayot qaynayapti. Men esa daydi hislar qurshovidaman. Onamni sogʻindim ochigʻi. Musofirchilikda 1-marta yigʻlayapman. Kelganimga 14 kun boʻldi. Hali biror marta onamni ovozini eshitmadim. Bu yerdan raqam olib watsapp ochmadim hali ham. Onam telefon tutmaydilar aksiga olib. Biz 3 soat orqadaligimiz hisobiga darslarimni ham bazoʻr tartiblab olyapman. Ertaga yugur-yugurlarning ohirgi kuni boʻladi deb umid qilaman inshaalloh. “Oilaviy” guruhimizda yurgan-turganimni videohabar qilib joʻnatib turaman.

Kecha “Ozbekiston sovuq deyishyapti, kelayotganimda onamni koʻzi ogʻriyotgandi, yaxshimi?” desam akam tuzalib qolganiga ancha boʻldi dedi.

Balki ertalab bu habarni oʻchirib yuborarman. Lekin ayni damda onamni qattiq sogʻindim. Ilk bor bir-birimizni minglab kilometrlar ajratmoqda. Oldida ekanimda bilinmas edi ekan, yani men bilmas edim menimcha.

Hammamizdan erta turib hammamizdan kech uxlaydigan, charchadim deb ba’zan bahona qilsam yotib oling deb joylarimni toʻgʻrilab beradigan, ovqatidagi goʻshtni sekingina oldimga surib qoʻyadigan, darslarimdan ortmasam kiyimlarimni yuvib dazmollab qoʻyadigan, har kuni oʻqishdan kelganimda oʻzimga bildirmay oyoq kiyimimni tagini tozalab qoʻyadigan, sut pishirib beradigan…..xayotimdagi eng qadrli insonim boʻlgan onamni sogʻinibman. Subhanalloh bir marta ham gaplasha olmabmiz-a? Men shunchalar band boʻldimmi? Yoʻq, kanalimga dunyo-dunyo postlar tashadimku?!

Eh, men qanaqa farzand boʻldim-a?

Oʻzimdan toʻlib bir yigʻlab oladigan kunim ekan. Ertaga ham ishimiz bor menimcha kun yarmigacha yuramiz. Inshaalloh boʻshashim bilan onam bilan gaplashaman. Dadamga yoki akamga aytaman. Uyda boʻlib turinglar, telefon qilaman deyman….)

Onamni rostan ta’riflab bera olmaydigan darajada sogʻindim.

Onasi oldidagilar sizlarga chin dildan havasdaman. Men uchun onangizni bir quchib qoʻying)

@taqwatiy💓

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Dec, 04:05


Gullar xohlayman, lekin sizga buni aytgim kelmayapti

Aytsam men xohlaganim uchun olib bergan bo’lasiz-da

Men istaymanki, o’zingiz xohlaganingiz uchun sovg’a qilishingizni
🌵

Tushundingizmi:)

#biroz_tabassum

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

23 Dec, 23:14




Oʻzingizga qulay joyga joylashib oldingiz degani siz u joyga tegishlisiz degani emas!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

23 Dec, 23:11


💓

- Odamlar o’zlarida yo’q narsaga intilib yashashni maqsad qilib olishgan , aslida haqiqiy maqsad boriga shukur qilish edi...!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

23 Dec, 21:15


Shu yerda tursin….)

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

23 Dec, 15:25


Oilada islomni urugʻini sochib nabaviy tarbiya berilsa bolalar qorbobodan emas barcha hadyalarni Allohdan kutishadi…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 21:02


Qalblaringizgacha borsin…)

@taqwatiy📜

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 18:55


Bu yil hayotimda boshqa barcha yillarga qaragandan ko’proq voqea sodir bo’ldi. Hammasi shunchaki kichik va ahamiyatsiz bir bo’lakdek bo’lishi mumkin, ammo butun hayotimni tubdan o’zgartirib yubordi.
Eng birinchi insonlarga nisbatan ishonch xissi yo’qoldi, ularga bo’lgan munosabatlarim ham o’zgardi. Bu yil hayotimdagi eng og’ir, eng kuchli saboqlarni oldim. Hammasi iyul oyidan boshlandi. 3 oy meni shunchalik o’zgartirdiki yillar ta’sir qila olmaganni aynan shu oylardagi saboqlar o’z ta’sirini o’tkazdi.

Inson hayoti davomida qarshilashgan har bir narsasi tasodif emas balki sinov ekanligini tushunib yetdim. Suhbatlarga ishonchim qolmadi. Xatto eng yaqin insonlarimni o’zimdan uzoqlashtirdim. Bir kun ular haqida o’ylab ularga zulm qilganimni xis qilishimni ham bilar edim lekin ba’zan stressli holatda yolg’izlik shu qadar insonga yoqar ekanki, bu holatda o’zligini tushunishga intiladi.

Bir yil oldin yaqinlarimdan juda qattiq xafa bo’lgandim va kechira olmaganim uchun ular bilan shu darajada yuzaki muomala qildimki o’zimni huddi soxta insondek xis qildim. Ha, xafa bo’lsam kechirishim juda qiyin va ba’zan imkonsiz lekin oiladagi munosabatlar uchun, siylai rahim yuzasidan kechirishga majbur bo’larkan inson. Va aynan shu 3 oydagi stressli kunlardan keyin men ularni kechira oldim. Oldingidak iliq munosabat qila olmayotgandirman lekin yangidan taniyotgandek yaxshi munosabat qilishga xarakat qilyapman.

Oila, turmush borasida shu darajada mukammallik talab qiladigan insonlar bilan yuzlashdim ammo ularda talab qilayotgan mukammalligiga oid hech bir narsa yo’q edi. Meni shu darajada ideallik tipiga tiqishdiki o’zim uchun yashaganimni hech xis qila olmadim. Ideal hayot, ideal ayol, talab qiladigan oilalar ba’zan o’tirib o’zlarini oz bo’lsada tushunib olishlarini xohlar edim.

Bu yil qilgan jiddiy tanlovlarimdan 10/ 2 tasi yanglish bo’lib chiqdi. Tanlov hayotim borasida bo’lgani uchun shu darajada ta’sir o’tkazibdiki xatto oila a’zolarimni tinglamaslik darajasiga yetib kelibman. Odatda hayot o’zimniki demak tanlov ham deb qaror chiqarar edim. Keyin birgina noto’g’ri tanlovim sababli men hali ham ota-onamni mendan umidi katta bo’lgan birgina qizi ekanligimni esladim. Hayotimga doir jiddiy tanlovlarni yolg’iz qilmasligimni tushundim.

Bu yil shu darajada ikkiyuzlamachi insonlar bilan tanishdimki, taniganim uchun pushaymon qildirishdi. Ishim yuzasidan ko’p muloqotda bo’ldim. Insonlarni tanidim va hammasi ham aynan ko’ringanidek emas ekan. Va hech qachon eng yaqinimni ham tavsiyasiga ishonmaydigan bo’ldim. Senga mos deb tavsiyalar qilib, keyin ortimizdan kuluvchi bir razil insonni ham kashf qildim o’zimga.

Oilamni yangidan kashf qildim. Hali ham bir birimizga tirgak bo’lishimiz kerakligini xis qildim. 20 dan oshsak ham kechalari biz uchun duolar qiluvchi onani xis qildim. Ba’zan ularga nisbatan nohaqsizlik qilib qo’ysakda lekin duosida bardavom bo’luvchi onam borligini va biz hech qachon bularni badalini o’tay olmasligimizni ko’pdan ko’p tushundik.

©️hislar tanish-mi?)

@taqwatiy☀️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 14:40


Oʻzicha sogʻlom turmush tarziga oʻtayotgan men)

@taqwatiy📜

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 14:37


"من تداوى بحرام لم يجعل الله له فيه الشفاء"

“Kim harom narsa bilan davolanadigan bo’lsa, Alloh u narsani shifo qilmaydi”

Bu kabi ma’nolarda bir qancha sahih hadislar mavjud. Boshqa rivoyatda “Harom narsada shifo yo’q” deyilgan. Harom davolanishga; kuydirish, hamr, harom maxsulotlar va mana shu suratdagidek kohin, folbinlar kabi g’ayritabiiy yo’llar bilan “davolash” usullari kiradi. Hashaki tabiblarga aldanib qolmang!!!
Bundaylarni tarafini olib chiqayotgan insonlardan ham ehtiyot bo’ling.

"وذكر فإن الذكرى تنفع المؤمنين"


@taqwatiy📜

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 12:39


Bolalikni nimalarga alishganimizga bir qara….❤️‍🩹

@taqwatiy📜

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 10:50


Fajr🪽

@taqwatiy📎

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 05:50


📕
  
Kunlarning birida Imom Shofe’iy
🇧🇬 ertalab bomdod namozidan keyin uyga qaytayotganlarida,
yo‘lda bir kishiga yo‘liqdilar.U kishi salom berib,Imom Shofe’iydan
hol-ahvol so‘rab,“qanday tong ottirdingiz?” dedi.
    Imom Shofe’iy
🇧🇬 qanday tong ottirganlarini quyidagicha bayon qildilar:
   - Mendan sakkiz narsa so‘ralgan holda tong ottirdim!
   Haligi kishi hayron bo‘lib:
   - Hazrat, sizdan kim boror narsa so‘rashi mumkin? Sizning birovga ishingiz tushmaydiku? – dedi.
   - Imom Shofe’iy
🇧🇬 tabassum qilib, so‘zlarini quyidagicha izohladilar:
   - Eshit, mendan kimlar nima so‘rayapti:

  
📌Birinchidan, Robbim mendan farzlarini so‘rayapti.

  
📌Ikkinchidan, Rosululloh mendan sunnatlarini so‘rayaptilar.

  
📌Uchinchidan, oila, bola-chaqam kunlik rizqlarini so‘rayaptilar.

  
📌To‘rtinchidan, nafsim unga ergashishimni so‘rayapti.

  
📌Beshinchidan, shayton ortidan ergashishimni so‘rayapti.

  
📌Oltinchidan, kiroman kotibiyn farishtalari yaxshi amallarni yozdirishimni so‘rayaptilar.

  
📌Yettinchidan, o‘tayotgan kunlar qarishimni so‘rayapti.

  
📌Sakkizinchidan, Azroil tayyor turishimni so‘rayapti.

   Shunday qilib men mana shu so‘rovlar bilan tong ottirayapman. Har kuni
ertalab bu savollar o‘z javobini kutyapti.
   Imom Shofe’iy
🇧🇬ni eshitgan kishi o‘ylanib turib, birozdan keyin so‘radi:
   - Ey imom, bu narsalar faqat sizdan so‘ralyaptimi, yoki mendan ham so‘raladimi?
- Buyog‘ini bilmadim, o‘zing o‘ylab ko‘raver!
   Kishi boshini quyi solib, davom etdi:
- Har kuni ertalab mendan qancha narsalar so‘ralayotgan ekan, bilmagan ekanman. Bularning javobini o‘ylab ko‘rish kerak ekan
.

*Siz nima deb o‘ylaysiz, sizdan ham bu sakkiz narsa so‘ralayotganmikin?
   Siz ham ertalab har kuni ishingizga ketayotganingizda mana shu narsalar haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?


@taqwatiy🌱

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 04:55


📜

Ajoyib tush koʻribman.

Odatda tushlar eslab qolinmaydi va aytilmaydi deb tarbiyalashgan lekin men bugungisini esimdan chiqarmasimdan aytmasam boʻlmaydi)

Bizda soat 6:39 bomdod 6:67da. Hullas yaqin 10 daqiqa ichida turib ketdim, odatda budilnik turgazar edi. Tushimda dadam bilan ayam (onam) juda shoshiltirib “kiyining”deyapti ekan. Nega desam “ish gaplashib keldik ishga borasiz, bir koʻring yoqsa ishlaysiz” debdi. Xop deb kiyinib tayyorlanib tashqariga chiqsam ota-onam yoʻqmish. Ketib boʻlganlar ekan. Kech qoldim deb taksi chaqirayotgan ekanman.

Uygʻoniboq “oilaviy” guruhimizga kirib dadamga rahmat debman( onam telefon tutmaydilarda boʻlmasam ularga ham alohida yozar edim) uzoqda boʻlsangiz ham meni ibodatda boʻlishimga sababchi boʻlayotganlaringizga shukur dedim…)

Ota-onalarimiz, minnatsiz mehr sohib(a)laridir. Ularni asrashimiz bizni farzandlik burchimizdir. Kanalimda borsiz dada, bilaman buni oʻqiysiz. “Sizni qizingiz boʻlmoq menga fahr, sizni Alloh uchun yaxshi koʻraman, yaxshiyam siz meni dadamsiz, yaxshiyam men sizni qizingizman”

#fahr

@taqwatiy📎

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Dec, 04:29


🎞️🎞️

Bomdod- tur bomdod boʻldi tur tur deb boshlanib, oʻqilgandan keyin “yaxshiyam turgazdingiz, raxmat” bilan tugatiladigan ajoyib ibodat….)

Orasidagi huzur endi boshqa mavzu^_^

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Dec, 19:40


🌷

When you truly love Islam, you adorn yourself with the sunnah, you admire the prophet and eager to meet your Lord ....)

@taqwatiy📎

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

04 Dec, 17:57


Lekin ular….
Ilk tanishganimizda boshqacha edilar…..
❤️‍🩹

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

04 Dec, 17:52


Yoʻqliging ularni bezovta qilmasa, bilginki borliging muhim emas…!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

04 Dec, 10:52


Ayolni qiymatini agar er bilmasa, butun olam uni qadrlasa ham foydasi yoʻq. Buvimning bir gaplari bor edi:

“Kim boshqalar oldida ayolini haqorat qilsa, boshqalar uning xotini koptok qilib oʻynaydi”

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

04 Dec, 10:18


Hamma archa yasatib yangi yilni kutayotgan bir vaqtda sen bilan joynamoz ustida “Robbim Ramazonga yetkaz” deya duo qilishni qanchalar xoxlashimni bilmaysan-da….)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

04 Dec, 08:02


Men qachon ulgʻaydim ona?

Oldingidek dardlarimni aytolmayapman, toʻkilib sizga men yigʻlolmayapman. Balki malol kelar degan fikr kelyapti, malol kelmasligini bilsam ham, men uchun hamma narsaga tayyor ekaningizni bilsam ham nega sizni oldingizda biroz noqulay boʻlmoqda menga? Nega sizni quchoqlab yigʻlolmayapman? Men shunchalar ulgʻaydimmi? Bunga qachon ulgurdim?

Oldingidek u kam bu kam deyishni emas balki onamga nima olib bersam ekan, onamga umra hadya qilishim kerak deb oʻylaydigan yoshga qachon keldim? Bozorni eng oldi kiyimlarini olib, bu ufrda deb olishdan tiyilib, onamga bu tusharmikan, holajon onam falon yoshda boʻylari bunday deb oʻlchamlarni aytishga, oyoq razmerimiz onam bilan bir xil eng yaxshi oyoq kiyimingizni koʻrsating deyishni qachon oʻrgandim?

Men qachon ulgʻaydim ona….?

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Dec, 09:29


📖Ilm olish har bir Muslim va Muslima uchun farzdir...
Ummatga yaxshi bo'lishi sizning qo'lingizda.
Ilm olishning erta-kechi yo‘q. Ilm olishdan, o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik lozim. O'g'lingizga ilm berishingiz o'zingizga yaxshi, qizingizga ilm berishingiz esa ummatga yaxshidir. Chunki ilm ona tomonidan ko'proq yuqadi. Ilmli ona o'z farzandini ma’rifatga va ma’naviyatga chorlaydi.

📖Dunyoda ilmning turlari juda ko'pdir, ularning eng boshida Allohdan qo'rqish ilmini bilishlik turadi...

أللَّهُمَّ ارْزُقْنَا الْعِلْمَ الَّذِي حَتَّى نَصِلُ بِهِ جَنَّتِكَ
Ey Alloh bizlarga shunday ilm berginki u bilan Jannatingga yetishaylik...

بسم الله الرحمن الرحيم
📖

QUR'ONI KARIMNI YODLASH USULI.

Qur'oni karimni yodlashning tajribada o'tgazilgan variantini sizlarga ulashmoqchiman.

🤎Qur'oni karimni yodlashga kirishishdan oldin shu Allohning kalomini falon falon kunigacha yodlayman deb yaxshilab niyyat qiling!

🤎Faqat bir Mushaf (qur'on kitob) da yodlang!

🤎O'zingizga bir ustoz (tekshirib turuvchi (tajvidi bo'lsin)tanlab oling.

Qur'oni karimni yodlashda ish qiluvchi kishi 1 kunda o'rtacha 1 bet yodlashga qodir.

Ish qilmaydigan kishi esa 1 varoqdan 7-8 varoqgacha yodlashga qodir.

Ba'zilarning zehni boshida sust bo'lishi mumkin buning hech qo'rqinchilik joyi yo'q. Siz sababini qilsangiz (yodlashga kirishsangiz) Allohning o'zi nusrat beradi inshaAlloh. Ba'zilarni zehni esa yaxshi bo'ladi, bu Alloh taoloning ne'matlaridandir, bu ne'matdan unumli foydalanish kerak. Bu ne'matning ertaga savol javobi bor.

©️Endi bizning yoshimiz o'tib qoldi, zexnimiz susayib qolgan va yana shunga o'xshash gaplar bularning hammasi baxonadan o‘zga narsa emas.

📖 Ilm -nurdir va undan xursandchilik hosil bo'ladi...)

Ilmsizlik- zulmatdir va undan
yomonlik hosil bo'ladi...!

Bugungi kunda ilmsizlik asosiy muammoyimiz ekan, ishsizlik ko‘payaveradi. Bekorchilik oqibatida gunohning turli ko‘rinishlari sodir bo‘laveradi. Inson avvalo o‘zligini anglamas ekan, Allohni tanimas ekan, har qanday razillikdan qaytmasligi mumkin. Allohdan uzoqlik jahannamga yaqinlikdir. (nauzubillah)

📖Ey Tolibi ilm!
Seni bir kunda biror (manfaatli)kitobdan:
20 varoq o'qimasliging musibat,
10 varoq o'qimasliging fojiya,
1 varoq ham o'qimasliging o'limdir. Bas! Hech bo‘lmaganda o‘lmaslikka harakat qil!

📖Ilm olishlikning fazilati haqida ko‘plab postlar yozish mumkin, biz esa shu bilan cheklanamiz va quyida Ulamolarimiz fikrlarini sizlarga taqdim etamiz.

📖Ilm nuri, iymon nuri hech qachon qalbingizni va yuzingizni tark etmasin.

@taqwatiy🪶

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Dec, 05:49


Kun oyati📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Dec, 03:16


Ibn Rushddan qancha kitob o’qigani haqida so’rashganda, shunday degan ekan:
“Ikki kecha kitob o’qiy olmaganman xolos. Nikoh kecham va otam vafot etgan kechada”

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Dec, 03:10


«Ey inson!
Sen zamonning Yusufisan
▪️, bu olam esa quduq. Seni bu quduqdan esa Alloh taoloni pishiq arqoni - Qur’oni karim qutqaradi.
Ey vaqtning Yusufi
▪️ bo’lmish musulmon!
Qo’llaringni uzat va bu arqonni mahkam tut, shundagina quduqdan chiqa olasan»

©️Jaloliddin Rumiy

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Dec, 13:20


Tez kunda…..🤍

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Dec, 12:16


Sabr bilan kutganlar-erishadilar..!

@taqwatiy🤍

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Dec, 03:46


Kimdir seni uzoqdan jim kuzatadi.
Sezmaysan..
Sezdirmaydi….)

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Dec, 03:40


Shunday insonlarni koʻrdim, hayot ulardan qancha olsa ham boy boʻlib qolaverdilar. Va yana shundaylarni koʻrdimki, hayotdan qancha olsa ham faqirligicha qoldilar….)

@taqwatiy🎀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Dec, 19:02


Duch kelgan bilan choy ichilmaydi…!

@taqwatiy🎀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Dec, 08:05


1 oycha oldin sinfdoshimni toʻyi boʻldi. Keyin biz kelin koʻrishga bordik, qizlar bilan oʻrtada yigʻadigan pulimiz bor edi shuni olib sovgʻa-salomlar bilan Andijonni u chekkasidan bu chekkasiga (naqt 4 soat uyini qidirdik) borib 20 minutda qaytgandik. Shunda oʻrtogʻimni uyida zikr ring tasbehim qolib ketgandi. Shundan buyon qayta koʻrishmadik, menimcha hali beri koʻrishmaymiz ham…(

Shunga yana qaytadan shunday tasbeh-uzuk olishni niyyat qildim:)

Alloh tez orada yetishtirsin amiyn^_^

#ich_tokish

@taqwatiy🤍

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Dec, 05:33


Inson qalbi yaralanganda, dard chekkanda, dili ogʻriganda Allohga goʻzal gumon va chin taslimiyat qilsa Robbim unga albatta goʻzal yechim va sabriga ajr beradi inshaalloh)

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Nov, 19:06


Ba’zi narsalar kuzda qoldi….
*odamlar ham!

Moʻminning bahori-qish hayrli boʻlsin
😄

@taqwatiy🎀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Nov, 17:58


Alloh sizga yuzini o‘zgartirib turli rangga kirmaydigan kishini nasib qilgan bo‘lsa ancha baxtli inson ekansiz!

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Nov, 17:29


Yaqin 10 kun ichida bir yangilik e’lon qilamiz inshaalloh:)

Duo qilib turinglar Alloh hayrli qilsin


@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Nov, 15:23


Hech bir ish behikmat emas!

Esingizda boʻlsa sizlarga 1-dekabrda qaytaman deb yozib ketgan edim. Shundan 2-3 kun oʻtar-oʻtmas yaqinim (oilaviy pediatrimiz) shahsiyimga “bepul telegram premium” degan link yubordi. Aslida profilimda 1 yillik obuna boʻlsa ham negadir boshim aylanibmi, ehtiyotsizlik qilibmi bilmasam shu linkni bosdim. Telegramim 2-3 sekundga qotib qoldida birdan yoʻq boʻlib qoldi. Ochishga urindim kod kelmadi. Keyin vrachimizga sms yozdim
⬆️ular menda ochilib ketdi dedi. Hullas juda koʻp urinish deb 24 soatga bloklab qoʻyildi. Har kuni shunday zaylda oʻtdi yani kod kelmadi. Programmistlarga, IT sohasidagi tanishlarimizga hatto hakkerlarga murojaat qildik. Ochishni imkoni yoʻq deyishdi. Umidim butunlay uzulgandi. Alam qiladigani:
🎀kanalda bir oʻzim admin edim
🎀butun ma’lumot 1000$ dan ortiq pul sarflangan kurslarim shu profilimda
🎀darsliklarim oʻquvchilarim shu profilda va men pullarini olib qoʻygan darslar 70ga yaqin tolibalar bor
🎀savdo kanalimni adminligi ham shunda buyurtmalar olingan pullari olib qoʻyilgan

Shulardan qoʻrqdim, kira olmasam qayerdan topib pullarini beraman dedim. Hammasidan ham kanalim. 15K obunachim…. Lekin depressiya boʻlmadim mayli Alloh 0 dan yana qayta boshlashimni xoxlabdi dedim. Xoyr dedim, lekin oradan 12 kun oʻtib Allohni fazli bilan ochilib ketdi. Har kuni kod kelmasa ham terib koʻrishdan toʻxtamadim. Kecha shunaqa paytda ochildi. Qarasam 22ming ta habar….

Hullas shunaqa gaplar, bir eslatma: kimdan kelishidan qat’iy nazar har qanday linklarni bosmang. Telegram ham havfsizligini yoʻqotib bormoqda.

Yoqimli qaytishlar, kutganlarga cheksiz hurmatdamiz:)

@taqwatiy🤍

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 16:49


Hoʻsh, bugunni shu post bilan yakunlaymiz:)


17 kundan keyin nasib qilsa koʻrishamiz shu yerda. Bizni tashlab qoʻymaysiz va aksincha koʻpayasizlar degan umiddaman…)

Balki kelganimda 15K boʻlarmiz^_^

Oʻzingizni asrang. 1-dekabrgacha:)

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 16:39


#sarkazm

-Amaki biz sovchilikka qizingizni qoʻlini soʻrab kelgan edik)
-Qizim? Uni qayerda koʻrdingiz?
-Biz uni qoʻlini watsapp da, oyogʻini instagramda, yuzining bir qismini facebook da, ikkinchi qismini Twitter da koʻrdik. Biz bu qismlarni fotosuratda toʻpladik va bizga yoqdi…)

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 14:24


🔥🔥🔥DUBAY SHOKOLADI🍫

Har bir inson ushbu zamonaviy desert uchun katta pul yig'ayotgan bir paytda, keling, uning hashamatli o'rami ostida nima yashiringanini va nima uchun siz undan zavqlanish orqali sog'lig'ingizni xavf ostiga qo'yganingizni ko'rib chiqaylik.

U NIMALARDAN TASHKIL TOPGAN
⬇️:

🤎Kataifi xamiri - vermishel kabi yupqa, yuqori sifatli bug'doy unidan (kleykovina) tayyorlangan yangi xamir, ko'p miqdorda sifati noma'lum yog'da qovuriladi. Qanchalik keraksiz yog'ni iste'mol qilayotganingizni tasavvur qiling!
Shokoladni ichidagi mayda hamirchala nazarda tutilgan.Kotta miqdorda rafinadlangan yog’da qoviriladi

🤎Pista va kunjut pastasi - tabiiy pista pastasi hech qachon och yashil rangda bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa, demak, unga bo'yoqlar va, ehtimol, boshqa kimyoviy qo'shimchalar qo'shilgan.

🤎Achchiq yoki sutli shokolad - ko'pincha shakar miqdori yuqori va tarkibi noma'lum

OQIBATLARI ayanchli bo'lishi mumkin:
📢Pankreatit - yog'lar va shakarning ko'pligi tufayli oshqozon osti bezi ishlamay qolishi mumkin.
📢Xoletsistit - bu o't pufagi bilan bog'liq muammolarning kuchayishi, ayniqsa tosh bo'lsa.
📢Ich ketishi va oshqozon-ichak traktining buzilishi ovqat hazm qilish tizimiga keskin zarba.
📢Anafilaktik shok - Agar yong'oq yoki xandon pistaga allergiyangiz borligini bilmagan bo'lsangiz, jiddiy reaktsiya xavfi yuqori.

IKKI MARTA O'YLAB KO'RING: U SIZGA HAQIQATDA KERAKMI


©️Ummi Sofiya

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 14:08


Kechikib kelayotganinga yarasha, goʻzal boʻlib kel…) Hulqing ila baxtli qil meni….

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 11:17


Kel bugun yomgʻirda ivib qolamiz:)

@taqwatiy☀️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 10:58


#biroz_tabassum

Puling koʻp boʻlsa-da (kooooooop deb oʻqinglar)
Kitoblar, Misrdan shar’iy liboslar, yuz parvarishi uchun kosmetikalar olib yuraversang…)

*qizlar uygʻoninglar
^_^

@taqwatiy☀️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 10:45


Fokusni pul yigʻishga qaratib ilmi chetga surib qoʻyganim yoʻq)

Yaqin kunlarda(oylarda balki) lekin 2025-ga qolmaydi inshaalloh. 2ta katta loyihaga start beraman
📌:

🔖Nomozingizga hushu’ va muhabbat bilan yondoshishingizga sabab boʻladigan✔️

🔖Tajvidingizni mustahkamlaydigan✔️

Bu borada izlanish, saralash, mazvulashtirish ishlari allaqachon boshlangan. Alloh ilmimga va vaqtimga barokat berib tursa ovozlashtirish va yozish qoldi:)

©️darsliklar faqat ayol-qizlar uchun:)

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 09:23


Yiqilgan kurashga toʻymas deganlaridek, kamina baribir yumronqoziqdek pul yigʻishga yeng shimargan^_^

Bu ilovada esa har oy harajatlarimdan tashqari tishimni kovagidagilarni solib solib shuncha qilibman:) Mashaalloh tabarakalloh Alloh barokatini yogʻdirib qoysin ameen…)

Sentyabrga umumiy foydadan menga 72ming soʻm sof foyda tushibdi (havodan desak ham boʻladi)

Hali oktabrga tushum bermadi. Qancha koʻp pul solsa shuncha koʻp foyda olinadi. Alloh baraka berib qoʻysa tez orada umraga pul yigʻa olishimga ishonyapman. Shu postimni eslab qolinglar, tez va hayrli fursatda umraga bilet oldim deb yozaman inshaalloh:)

Duolaringizga muhtojligimiz bor, duosi qabul, Allohni doʻstlari bor kanalimda ishonaman. Bir men va ota-onam uchun duo qilib qoʻyinglar…)

#hislar

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 05:19


Ichingizdagi “qadrsizlik” hissi juda ogʻriqli a…?

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

13 Nov, 03:49


Allohumma soyyiban nafi’an🌧️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

12 Nov, 17:01


#joyi_kelganda

Abror Muhtor Aliy aytganidek: “meni tilimni qichitmanglar, men gapirsam yotgani qabr topolmay qolasizlar”…)

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

12 Nov, 10:28


#hislar

Koʻrib turganingiz pul…) oddiy qogʻoz. Lekin men uni mehnat qilib topdim. Uyimizga ogohlantirishsiz uzoqroq qarindoshlar hijoma qildirishga kelishibdi. Yaqinda toʻyda xolam hammaga hijomani tamomlab sertifikat olganimni maqtagan ekan^_^

Qarindosh boʻlganliklari sabab faqat bonka, lezvi, umumiy ishlatilgan mahsulotlarni pullarini oldim. Mehnatimga olmayman dedim. Yana 10 kunda 2-seansga kelamiz ancha yengillab qoldik rahmat deyishdi. Bundan oldin ham darsliklar, tikuvchilik, kurslar, savdo orqali pul topganman. Lekin bunaqasi boshqacha boʻldi…)

Ha arzimagan pul. Anchagina arzon. Lekin menga judayam ajoyib hislar berdi. Puldan ham ularning “yengil boʻldim, ogʻriqlarim kamaydi” deganlariga chin dildan quvondim. Asli ukol qilishdan qoʻrqqanim sabab tibbiyot sohasini tanlamagan boʻlsam-da hijoma qila oldim. Bir aqlimga tibbiyot institutiga topshirish kabi daydi pikrlar ham kelib turibdi^_^

Tabiiylik, nabaviy tabobatga shunney bir qiziqib ketyapman. Mashaalloh tabarakkalloh deb qoʻyasizlar:)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

12 Nov, 09:29


#ich_tokish

Hullas yaqinda 17-noyabr onajonimni shukrona kunlari. Odatda biz tugʻilgan kun nishonlamaymiz, shunchaki tabriklab qoʻyamiz ikki ogʻiz shirin soʻz)

Yil boshidan niyyat qilgan edim, onamni tugʻilgan kuniga inshaalloh dadam ikkalasiga umraga yoʻllanma beraman deb. Yani akalarimni yordamisiz, oʻzim, mustaqil)

Ammo ba’zi sabablarga koʻra pulni boshqa joyga sarflaydigan boʻldik. Bu ham yaxshi yaxshilikka albatta:)

Men faqat duo qilyapman. Robbim hayrli qilsin, tez fursatda Oʻzi gʻoyibidan bersin, men ham havas qilganim kabi ota-onamga kutilmagan ammo tez fursatda ularni suyuntiray. Robbim men orqali ularni Baytida mehmon qilsin…)

Allohimdan umid qilyapman, Undan soʻrayapman, Ungagina suyanyapman. Bilaman Alloh zoye qilmaydi inshaalloh…)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

12 Nov, 09:22


Do/posle:)

Bizga ham nasib qilsin gullarni shunday saralash^_^

Yoqimli ekanini qizlar biladi…)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

12 Nov, 01:43


Ertalabdan bomdodga turgazadigan yaqinlaringni borligi…..

*baxt:)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 16:47


Va bir kun hamma(miz)si hotiraga aylana(miz)di…)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 16:24


Alloh ayirgan insonlarni hikmati boʻladi. Biroz qiyin, ammo bejizga emas…)


Shunchaki, inna lillahi va inna ilayhi roji’un

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 14:49


Erkak bir ayolni sevib qoʻlsa, bu sevgini yoʻq qiladigan yagona inson bu uning oʻzidir…! Qolgan sabablar esa shunchaki “bahona”.

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 14:29


Yoʻqotganlaringizga Allohdan goʻzal “toʻldirish” kutishga tayyorlaning..)

Tez orada qalbingizdan gullar ochiladi^_^

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 14:20


Kelsa Allohdan kelgan edi, ketsa Allohga ketdi. Musulmon hech zararda emas)

Mahzun boʻlma birodar…)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 13:05


Masalan Alloh kumushingni olsa oʻrniga oltin beradi:)

Qoʻlingdan ketganiga achinma sira…)

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 12:45


Bakir Ali Devning bobosi bilan bo’lgan ajoyib voqea.
U kishi aytadi:

86 yil yashab o’tgan bobom har doim uchoqlarga(samalyotlar) ishonmay o’tdi, qarang bobo osmonda uchoqlar uchyapti desam ham qaramas edi osmonga. Universitetda o’qib yurgan vaqtim edi, bir kuni onam qong’iroq qildi va: “O’g’lim bobong o’lim to’shagida, ilojini qilolsang kel, vidolash”
Darrov uchoqqa bilet olib bordim. Shunda sen qanday kelding? dedilar. “Uchoqda keldim” dedim. Bobom har doimgidek ishonmadi va miyig’ida kuldi. Katta akam sho’x edi va bobomga aytdi: “Bobo oxirgi daqiqalaringizni yashayapsiz balki, qaysarlik qilmang, osmonda chindan xam uchoqlar uchadi”. Shunda bobom hammamizni chaqirdi va aytdi: “Aslida men uchoqning uchishiga ishonaman, bilaman. Ammo quraysh ahlining ko’pchiligi mening sevikli Payg’ambarim sollollohu alayhi va sallam qilgan mo’jizalari, oyning ikkiga bo’lganiga ishonishmadi va aytishdi: “Abu Tolib yetimining sehr-jodusi osmonni ham qopladi”, ular mening Xabibimning mo’jizasiga ishonmas ekan, men nega ularning mo’jizasiga ishonay!”

@taqwatiy📖

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 11:22


Individual tajvid kursimizda oʻqiyotgan tolibalarimizni konspektlari….)

#mashaalloh deb qoʻyamiz)

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 09:14


O’qigan sari ovozi ochiladi yaramasni :)

➡️Ustoz Husayn Buxoriy Hafizahulloh

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

11 Nov, 07:38


11.11 namyok qilishni xoxlamayman, shunchaki kitob va gul hadya qilish uchun chiroyli sana…)

Yana xafta boshidan

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Nov, 16:54


Qalbingizni uch oʻrinda izlang➡️

Qurʼon eshitganda.
Zikr majlislarida.
Xilvatda qolganda.

Agar uni bu oʻrinlarda topmasangiz, Allohdan qalb bermogʻini soʻrang. Chunki sizning qalbingiz yoʻq ekan.

- Abdulloh ibn Masʼud
🤎

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Nov, 16:08


Hech qayerga sigʻmayapman Robbim, bir duoga sigʻdir meni….)

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Nov, 14:38


Dunyosida vafo yoʻq, odamlari vafo qilarmidi….?!

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Nov, 05:31


Kun oyati✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

10 Nov, 02:31


Ibnul Qoyyum🤎 aytadi:

فكر في الموت ، فسيكون من الأسهل التحلي بالصبر ...!

"O'limni o'yla shunda sabr qilish osonlashadi..."

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Nov, 17:14


تبرر الثقة من يؤمن بك ، ولا تخون من يخونك.

Senga ishonganlarning ishonchini oqla va senga xiyonat qilganlarga xiyonat qilma.

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Nov, 13:46


Odatda instagram sahifasiga asosan kiyim doʻkonlari va umuman oʻzimga kerakli narsalar uchun kiraman. Bir magazin bor, sha’riy liboslar sotuvi bilan shugʻullanadi. Kiyimlarni chetdan olib kelgani uchun qimmat turadi. Eng arzoni ham 100$ dan baland. Doim havas bilan kuzataman. Bir kuni ayni menga yoqqan stilda kiyim qoʻydilar. Beihtiyor shu gapni yozdim. Odatda boshqa magazinlarga nimadir yozilsa, savol yoki narh soʻrashdan tashqari, javob yozishmaydi. Ammo bular zum oʻtmasdan javob yozdilar….)

Oʻqib juda hursand boʻlib ketdim. Matohni ustida oqibatni yoʻqotmaganliklari, kibrli koʻrinmaganliklari, va har bir odamni hurmat qilganliklari uchun. Men ham kichkina boʻlsada biznescham bor. Oʻzim uchun bilib oldim, hushmuomilalik va hammaga birdek boʻlish tashqaridan qanchalik yoqimli koʻrinishini…)

*eslatmacha siz bilan oʻzimga

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Nov, 10:26


Adolatga loyiqmizmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda xalqning pulini yeb yutvorayotgan haromxo’r amaldorlar haqida postlar juda ommabop, izohlarga ko’z yugurtirsangiz hamm ularni qarg’agan, la’natlagan va hkz. Ba’zan-ba’zan “Umar o’lib, adolat ham ketdi”, qabilidagi so’zlar quloqqa chalinadi. Keng miqyosda qaralsa, rostanam jamiyat zulmga to’la: qishloqlarda gaz-svet yo’q, tappi yoqib qish o’tkaziladi, ta’lim bir chekkada yig’layapti, tibbiyot o’zini molxonaga osgan, iqtisod mardikorlikka ketgan. Biz bilan 24/7 faqat qarzimiz, muammolarimiz va “tepaga” shukrona aytadigan maddohlarimiz.

Nimadir g’alati to’g’rimi? Axir, bunday bo’lishi kerakmas-ku? Qayerdadir kimdir xato qilayotgandek tuyilmayaptimi? Balki o’sha kimdir Sizdirsiz? Yoki men?

Adolatli Umarni orzu qiladigan kishilar uyda bitta xotiniga adolat qilolmaydi, boshi aylanib xotinning sanog’ini ko’paytirgan bo’lsa, hayotini adolat so’zi tark etsa kerak. Qaynonalar kelinga adolat qilmasa, onalar bolalarga, qo’shni qo’shniga, qarindosh qarindoshga, do’st do’stga, boshliq xizmatchiga, ustoz shogirdga, musulmon musulmonga adolat qilolmasa, yo molini yo sha’nini halollab yeb yotgan bo’lsa, nima bo’lishi kerak? Qaysi holimizga boshimizga Umar kelishi kerak? Axir, Umarni Umar qilgan adolatparvar, taqvoni mahkam ushlagan sahobalar emasmidi?

Xotiniga nafaqa berishga yo onasinikiga ruhsat berishga qo’li qaltirab turadigan erkaklar izohlarda bo’g’ilib adolat, desa. Kelinning oyligiga yeb-ichib, kiyinib, o’zini itday ishlatayotgan qaynonalar pensiyaning oshmasligi-yu, narx-navoning qimmatligidan nolisa. Bolasini bo’lar-bo’lmasga urib, alamini oladigan ayollar eri yo qaynonasidan doimiy shikoyat qilsa, nima ham deyish mumkin? Har qachon bir adolatsizlikka uchrab, zulmdan bo’g’ilsangiz, o’zingizga nazar soling. Balki kalavaning uchi qo’lingizdadir? Bugun qaysidir mazlumni yordamsiz qoldirsangiz, ertaga xuddi shu holatda siz bo’lishingiz mumkin.

Allohning shar’iy buyruqlari: itoat, silayi rahm, adolat, yaxshilik kabilarni bajarmaydigan isyonkor bandalar mana shunday Allohning kavniy elagida kimlardir tarafidan ezg’ilanib, qovurilib xorlanaveradi. Toki qilgan xatosini anglab, o’zini isloh qilsin.

(C) ummu Umayr

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Nov, 05:58


#kishlakvibe

🍁🍂

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

09 Nov, 04:57


Zino yomg'ir kabi yog'ayotgan bu zamonda,
Quruq qolish iffatdir...)

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 19:03


Tabassumimga qarab meni yaxshi inson deb o'ylamang.
Gunoh deb atalmish shaxsiy okeanim bor...!

@taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 17:47


Farosat haqida💜

الفراسة علي حسب قوة الايمان، فمن كان ايمانه اقوي كان احدُّ فراسة.

حدائق الحقائق

Farosat - Iymon quvvatining xisobiga ko'radir. Bir kishi-ki kuchli iymon soxibi bo'lsa, farosati charxlanadi

Xadaiqul-Xaqoiq
📚kitobidan

taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 17:31


Hijobda sen chigʻanoq ichidagi marvarid kabisan muslimam….🐚

taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 14:20


❗️Baʼzi muslimalar eʼtibor bermaydigan muhim masala

🎀Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“صِنْفَانِ مِنْ أَهْلِ النَّارِ لَمْ أَرَهُمَا قَوْمٌ مَعَهُمْ سِيَاطٌ كَأَذْنَابِ الْبَقَرِ يَضْرِبُونَ بِهَا النَّاسَ وَنِسَاءٌ كَاسِيَاتٌ عَارِيَاتٌ... لاَ يَدْخُلْنَ الْجَنَّةَ وَلاَ يَجِدْنَ رِيحَهَا وَإِنَّ رِيحَهَا لَيُوجَدُ مِنْ مَسِيرَةِ كَذَا وَكَذَا”.

“Doʻzax ahlidan boʻlgan ikki toifa odamlar borki, men hali ularni koʻrmaganman. Birinchisi qoʻllarida sigirning dumiga oʻxshash qamchilari boʻlgan, ular bilan odamlarni uradigan toifadir. Ikkinchisi esa (badanini toʻsmaydigan darajada) kiyim kiygan, aslida esa yalangʻoch, erkaklarga moyil boʻlgan, (jamolini koʻz-koʻz qilish bilan) erkaklarni ham oʻziga moyil qiladigan ayollardir. Ularning boshlari (sochlariga oʻralgan yoxud qistirilgan narsalar sababidan) tuyaning egik oʻrkachi kabi doʻmpayib turadi. Bunday ayollar jannatga kirmaydilar, uning hidini ham topmaydilar. Jannatning hidi falon-falon masofadan kelib turadi” (Muslim rivoyati).

🎀Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning moʻjizalari boʻlgan bu hadisda jahannam ahli boʻlgan ayollarning sifati aytildi.

Muslima ayollar mazkur jirkanch illatdan uzoqda, Allohga hamd boʻlsin. Lekin unga oʻxshash boshqa bir yomon illat borki, ayrim muslimalar unga beparvo qaraydilar.

🎀Munzir ibn Zubayr Iroqdan kelganida onasi Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhumoga Xurosonda tikiladigan yupqa koʻylak olib keldi. U vaqtda Asmo roziyallohu anhoning koʻzlari koʻr boʻlib qolgan edi. Asmo roziyallohu anho koʻylakni qoʻli bilan paypaslab koʻrib: “Olib kelgan koʻylagini oʻziga qaytarib beringlar”, dedi. Munzir ajablanib: “Onajon, axir bu koʻylak shaffof emasku?!” dedi. Shunda Asmo roziyallohu anho: “Ha, u shaffof emas, ammo (yupqaligi bois) tanani bildirib turadi”, deb javob berdi. (Ibn Saʼd “At-tabaqot al-kubro”da (8/252) keltirgan).

Sahobalar tanani bildirib turadigan tor koʻylak kiyishdan ayollarni qaytarar edilar.

🎀Abu Yazid al-Muzaniy aytadi: “Umar roziyallohu anhu ayollarga «qabotiy”* kiyishni taqiqlar edi. U kishiga: “U kiyim tanani koʻrsatadigan (yupqa) emasku?” deganlarida, Umar roziyallohu anhu: “Toʻgʻri, badanni koʻrsatmaydi, biroq qomatni bildirib turadi”, deb javob bergan edi (Ibn Abu Shayba “Musannaf”da (5/164) rivoyat qilgan).

Ajabo, sahobalar oʻsha zamonga oid yupqa va tor liboslardan qaytargan boʻlsalar, bizning davrimizdagi (zamonaviy tikuv dastgohlarida tikilgan) tor koʻylaklar hamda aksar ayollar nazdida urfga aylangan “jinsi” shimlar haqida nima degan boʻlar edilar?!

Alloh taolo barcha muslima ayollarni koʻcha-koʻyda shariatga mos hijoblanishga va uylarida (mahramlari huzurida) sahobiya ayollar odobiga muvofiq kiyinishga muvaffaq aylasin.

* Misrda toʻqiladigan, badanni bildirib turadigan tor liboslardan.

taqwatiy✉️

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 12:46


Kanalni oldingi egasi biroz muddat yuritmaydi shu sabab men yuritaman. Ularni oʻrtogʻi, opasi desa ham boʻladi. Bizni adashtirmanglar.

Men Gulshanoy Ummu Mehrinoz
Ular esa Muvahhida Ummu Sa’d kunyasida!!

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 05:30


Kun oyati

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

08 Nov, 02:01


Dunyo va ohirat yaxshiligi besh hislatda jam boʻlgandir:

nafs toʻqligi
ozor berishdan tiyilish
halol luqma yeyish
taqvo libosi
barcha holatlarda Alloh taologa ishonish

Ali ibn Abu Tolib
🤎


taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 19:53


#kitobdan

Umuman olganda sevgi insonni qaytadan shakllantiradi, biroq har bir sevgi ham oshqilikni kamolotga yetishtirib, yuksaltirmaydi. Sevgining jon tomiriga singib ketgan manfa’at, shahvat, nafs degan tuygʻular bor. Muhabbatni niqob qilib olgan bu kabi jirkanch tuygʻular inson sha’nini pastga urib, uni qadrsiz va hurmatsiz qilib qoʻyadi. Bunday kishilarning asosiy maqsadi mol-dunyo toʻplash va shuhratga erishish yoki hayvoniy nafsini qondirishdir. Bu kabi joʻn, beshafqat va oʻtkinchi tuygʻular sevgiga oʻxshab koʻrinsa ham, aslida, unday emas, chunki muhabbatda manfaat emas, aksincha, behojatlik ustuvor boʻladi. Muhabbatdan murod Alloh roziligini topish boʻlmas ekan, albatta, u zavolga mahkumdir.

taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 19:41


Ey Robbim! Senga jannatni ta’ma qilib va yo doʻzaxdan qoʻrqib ibodat qilmadim. Balki ibodatga munosib deb bilganim uchun yukindim.

taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 19:35


Qalblar oʻz egalarining uylaridir. Agar ularni qoqmoqchi boʻlsangiz, ohista cherting!

taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 19:05


Juma sunnatlarini qilishni erta tongdan boshlang)

Gʻusl
Misvak
Yangi yoki yuvilgan toza kiyim
Juma nomoziga ertaroq borish
Kahf surasini oʻqish qodir boʻlmasangiz tinglash
Habibimiz❤️ ga salovat aytish
Kun davomida zikrda boʻlish(sababi bir vaqt borki duo soʻzsiz qabul boʻladi shuning uchun kun davomida duoda va yaxshi niyyatda yuring)
Tirnoq, soch-soqollarni kaltalatish
Ota-onangiz va Ahlingizga shirin soʻzlar aytib hadya berish(qodir boʻlsangiz)


Jumaning xoyri va barokati ustingizdan yogʻilsin Allohumma Solli va Sallim va Barik Alayhim
❤️

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 17:48


Kitobingni va qalbingni birovga berma. Ikkisini ham sen kabi asray olishmaydi….!

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 15:54


- Нега уйланиш ҳақидаги энг яхши насиҳатларни баъзида бўйдоқлар беради?
- Чунки мураббийлар ўйнамайдилар-да.

😁

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 12:58


Va ichingni toʻkib oladigan bir birodar bilan siylanishing ham ne’mat ekan….)

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 06:31


Onangga otangni “yaxshiyam borsan onasi” degan gaplari qanchali yoqimli eshitiladi a…? Singling yoki opangga zavji “raxmat onasi” desachi….?!

Nega ularga ya’ni onang, singling, opangga berilgan e’tibor seni quvontiradiku, ayolingga kelganda “bunga yaxshi gapirsam boshimga chiqib oladi, xotin quli boʻlib qolamanku, повод berib qoʻygan boʻlamanku” degan gumonda yurasan…?!

Unutma, seni ayoling ham kimgadir opa, kimgadir singil, kimgadir qiz, va farzandingga ona…!

Adolatli boʻl…!

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 06:25


Uyingdagilar makaron yeb oʻtirganda seni ogʻzingdan oshni hidi kelib turishi…..

*gʻalatimasmi…?!

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 05:39


Allohim ummat onalariga asl erkak, haqiqiy rijollarni tarbiyalashda Oʻzing tavfiq bergin amiyn….!

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 05:30


Kun oyati📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 05:11


“Rayxonim” kursi…. Bunga ancha ilm, mehnat, filtr singan edi. Lekin ba’zi sabablarga koʻra oʻchirildi.


Har biringizga alohida yozishga imkon yoʻq. Kanalda ham ogohlantirish bera olmadim. Bu uchun ming bor uzr. Shunchaki oʻchirib yuborishdan boshqa chora qoldirishmadi. Kechagi stress va va’dani buzib savol-javob qilishni ham sabablaridan biri shu edi.

Hammadan yani kurs sotib olgan 710 kishidan uzr soʻrayman. Umid qilamanki ancha-muncha foydalanib olgansiz.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

07 Nov, 04:13


Ayollar fitnasidan saqlaning!

Xorisadan rivoyat qilinadi: u kishi: “Men Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Oʻzimdan soʻng erkaklarga ayollardan koʻra zararliroq fitnani qoldirmadim” deb aytayotganini eshitdim”, dedi.

Ibnul Musayyab rohimahulloh: “Shayton bironta (Allohning) doʻstidan hech ham umidsizlanmagan, magar unga ayollar tarafidan kelgan”

Ibni Jadʼon rohimahulloh aytdi: Ibnul Musayyabdan eshitdim, u kishi sakson qanchayam yoshda edi. Bir koʻzi gʻilay, ikkinchisi esa yaxshi koʻrmasdi. U kishi aytardi: “Dinimda oʻz nafsimga ulardan boshqasidan qoʻrqqan holimda kech kirgizmadim”.

Abdulmalik ibn Xabib aytdi: Menga baʼzi shayhlarimiz aytgandi: Oisha roziyallohu anho aytardi: “Bizni baxtiqaroligimizdan Alloh taolo bizni shahvatlarning avvalgisi qildi. Ularni zikr qilishda bizdan boshladi”, deb soʻngra Allohning ushbu soʻzini oʻqidi:

“Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga koʻngil qoʻyish chiroyli qilindi”. (Oli Imron: 14)

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

06 Nov, 20:13


Haqqa da’vat qilishimning sababi ularga yetarlicha amal qilganimdan emas, balki o‘zim ham ularga muhtoj ekanligimdandir.

Meni hech bo‘lmaganda o‘zim bilganim qadar taniganingizda edi, bir zum yonimda turmas edingiz.

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

06 Nov, 19:02


Sen uchun hech nima qilmaganlarga hamma narsa qilishga tayyor boʻlishing gʻalati….?!

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

06 Nov, 16:36


Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va oralarida shunday suhbat bo'lib o'tdi:
-"Ey Allohning suyukli quli! Menga bir nasihat qiling!"
-"Alloh taoloni bilasanmi?"
-"Ha, bilaman!"
-"Unday bo'lsa, Alloh taolodan o'zga narsalarni bilma. Uning o'zi senga kifoya qiladi!"
-"Ey hazrat, menga yana bir nasihat qiling!"
-"Nima deysan, Alloh taolo seni biladimi?"
-"Ha, albatta biladi!"
-"Unaqada, Allohdan o'zgasi seni (kimligingni) bilmasin. Alloh taoloning bilishi, sening uchun kifoyadir!"

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

03 Nov, 05:13


Erkakning bahosi uning lavzi bilan oʻlchanadi….!

@taqwatiy📚

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Nov, 13:14


Kun hadyalari….)

“Imomi A’zam” ni istigʻfor tanlovida yutib olgandim:)

Anchadan beri kitob olmagandim na sotib na hadyaga….^_^

Tanish ammo sogʻinilgan hislar. Tashakkurlarim

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Nov, 11:19


Ibn Abbos ❤️ aytadilar : “ Ilmni yo’qolishi nima bilasizlarmi ?
- Yo’q …
- Ulamolarni yo’qolishi - deb javob berdilar ..”

انا لله وانا اليه راجعون


@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

02 Nov, 05:30


Kun oyati

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Nov, 14:11


Hayo 4 ta turga bo’linadi:

Hissiy - Urf odatlar natijasida shakllangan hayo
Aqliy - Insonlarga yaxshi ko’rinish maqsadida o’zini uyatchanga solish, vaziyatga qarab uyatchang bo’lib olish.
Tabiiy - Tug’ma uyatchang yo’ki tug’ma shaddod bo’lish.
Shar’iy - Alloh taolo buyurgan ishlarni qilmaslikdan, qaytargan ishlarni qilishdan hayo qilish.

Shar’iy hayosi bo’lgan kimsanigina hayoli deyish o’rinli bo’ladi

Sizni oldingizda o’zini uyatchanga solsayu o’zi Alloh buyurgan ishlarni qilmay, qaytarganlardan qaytmay yurgan kimsani hayoli, uyatchang deyishimiz to’g’ri bo’lmaydi

Masalan bir qiz bor u o’zi bir bola bilan gaplashib yuradi lekin sahnaga chiqishga insonlarga fikrini bildirishga hayo qilib uyalib turadi tashqaridan qarab judaham hayoli ekan deysiz

Aksincha bir qiz namozlarini to’liq ado qilib Alloh qaytargan ishlardan qaytib sahnada ham, insonlarga ham o’z fikrini to’liq ochiq ifodalab huddaki hayosizdek tuyilishi mumkin

Lekin aslini olganda kim hayoligu kim hayosiz nima deb o’ylaysizlar?

Shuning uchun mezonlarimizni tog’ri qo’yishimiz, hech kimga oldindan hukm chiqarmasligimiz kerak bo’ladi

Bir hadisda Sahobaning qilgan fe’llaridan ustoz hayoning mohiyitini shunday tushuntirib berdilar


©️benimle

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Nov, 03:06


Juma sunnatlarini qilishni erta tongdan boshlang)

Gʻusl
Misvak
Yangi yoki yuvilgan toza kiyim
Juma nomoziga ertaroq borish
Kahf surasini oʻqish qodir boʻlmasangiz tinglash
Habibimiz❤️ ga salovat aytish
Kun davomida zikrda boʻlish(sababi bir vaqt borki duo soʻzsiz qabul boʻladi shuning uchun kun davomida duoda va yaxshi niyyatda yuring)
Tirnoq, soch-soqollarni kaltalatish
Ota-onangiz va Ahlingizga shirin soʻzlar aytib hadya berish(qodir boʻlsangiz)


Jumaning xoyri va barokati ustingizdan yogʻilsin Allohumma Solli va Sallim va Barik Alayhim
❤️

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

01 Nov, 03:03


Shunchaki, faqat Allohga ishon…)

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Oct, 10:16


Koʻzlar goʻzallik koʻrsin:)

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Oct, 02:45


Uylanadigan qizingdan “nechta bola bilan gaplashgansiz?” deb soʻrashdan oldin, oʻzingni gaplashgan qizlaringni hisobla. Ana oʻshanda u qizni gaplashgan yigitlari soni kelib chiqadi….)

#tegib_ketmasa_hisobmas

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

31 Oct, 02:33


Soʻzlar davolaydi agar tinglashni bilsang….)

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Oct, 19:43


Nomahramning yuziga boqish bilan ko‘zing junub bo‘lgach, unga nadomat yoshlari ila g‘usl qildir...

©️Mulla Abdurrohman Jomiy Rohimahulloh

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Oct, 15:16


Toshkentni aylanish niyyatim bor…)masalan menga metroga tushish, tiqilinch insonlar, “ehtiyot boʻling eshiklar yopiladi, keyingi bekat….” degan ovozni eshitish, tanga solib kupon olish, Yunusobod koʻchalarida, Teleminora tagidan Tennis maydonidan Mega Planet taraflargacha kuz havosida piyoda yurish, oʻsha hamma ogʻzini toʻldirib gapiradigan “Qamar” “Ildiz” kitoblar doʻkoniga, Chorsuga… eh juda koʻp joylarga borish orzuyim bor…)


Bilasizlarmi bu narsalar hozir koʻpchiligingizga tanish, balki har kuni yuradigan koʻchalaringiz, balki bezib ketgan hayotingizni bir boʻlagi boʻlishi mumkin. Lekin men shu narsalarni juda ham yaxshi koʻraman va orzu qilaman. Bularni qachon orzu qilganimni ham, sanasiyu soatlarigacha esimda. Ilk bor Toshkentga borganimda, keyin CEFR topshirgani borganimda. Balki men xoxlagan koʻchalarni hozir nomlari boshqachadir, balki aytgan joylarimda hozir umuman boshqa atmosfera bordir. Lekin men ilk koʻrgan joylarim, muhrlangan hotiralarimga hamonki sodiqman…)

Ha shunday, ba’zilaringizni odatiy kirib chiqadigan metroyingizu, kunda 3-4 mahal boradigan kitob doʻkonlaringizga umrimni 4 dan 1 qismini yashab oʻtgan boʻlsam ham hali bir bor qadamim yetmagan….)

Toshkent bilan bogʻliq ajiyb hotira va orzularim bor^_^

#birnarsalarda

@taqwatiy🌴

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Oct, 08:17


Sovuq tushib qoldi. Issiqroq kiying. Baribir senga buni onangdan boshqa hech kim aytmaydi….)

Shu sabab men aytdim^_^

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

30 Oct, 05:59


Yetim tabassumlarimiz bor edi bizning, hech kimning qalbiga farzand bo'lmagan..)

@taqwatiy🌷

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Oct, 19:14


Xotirangiz zaifmi?

Ulamolarning xotirani kuchaytirish tajribalaridan: Qirq bir kun mobaynida har kuni tongda Aʼla surasining 6-oyatini yetti marta oʻqishni tavsiya qiladilar.

سَنُقْرِئُكَ فَلَا تَنسَىٰ إلّا مَا شَآءَ اللَّه

📖 Oʻqilishi: “Sanuqriʼuka fa laa tansaa illaa maa shaa Alloh”.

📚 Maʼnosi: “Biz sizga qiroat qildiramiz va siz Alloh Oʻzi (unutishingizni) xohlagan oyatlardan boshqasini unutmassiz."

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Oct, 18:59


Balki sening rizqing qalbingni yumshoqligidir….)

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Oct, 18:31


Sizni qalbingizdagini men yozsam demak darddosh ekanmiz…)

*tanishganimdan hursandman^_^

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Oct, 16:44


#juftimga

Namozimda chap tarafga salom berganimda sizni koʻrsam…)

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

24 Oct, 09:32


#yaxshilik_bilan_keldim

Esingizda boʻlsa bir onaxonga dori darmonlari uchun ehson post qoʻygan edik. Baribir operatsiya qildirib stend qoʻymasa boʻlmas ekan. Oʻzim gaplashib koʻrishganman sbor ishonchli
💯

Imkon boʻlsa ayni miqdori yoʻq Juma kungacha shularga nabor ochsam ehson yigʻsak nima deysizlar?

Ahir olganimiz emas berganimiz bizniki emasmi?!

9860 0301 7856 1962 ASH (humo)
8600
3129 8790 9385 KSH (uzcard)

Eplagan pul, boʻlmasa repost, jillaqursa duo bilan yordam qilasiz degan umiddaman. Qizni shaxsan oʻzi bilan gaplashmoqchi boʻlsangiz
@abdatullah_bot ga yozing

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

23 Oct, 07:45


Ilmda bahona boʻlmas….! Bahona bormi u ilm emas..)

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

23 Oct, 03:27


Sevgiga nafs aralashsa u shahvoniy hirsga aylanadi. Shu sabab nikohsiz munosabatni oxiri hayrli emas….!

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Oct, 13:05


Sahifaga kitobdan iqtibos yoki chiroyli rasm tashlanmasa bu sahifa yurutuvchini kitob oʻqimasligidan dalolat emas. Yegan ovqatiniyu, kiygan kiyimini ommaga taqdim qilmasa bu uni kiyimi yoʻqligi yoki ovqatlanmayapti deganini anglatmaydi…!

Balki, ular bu narsani ommaga taqdim qilish uchungina qilmayotganini balki ayni oʻsha baxtli lahzalardan lazzatlanayotganini bildiradi….)

©️aslan olib qaralsa bundan foyda ham yoʻq ekan….!

#daydi_pikrlar

@taqwatiy🌵

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

22 Oct, 07:50


O'zingizni isloh qiling!

Hayotda sizni xafa qiluvchilar koʻpaysa, demak, kechirishni unutibsiz. Kechiruvchan, rahmdil boʻling, shunda xafa qiluvchilar kamayganini koʻrasiz. Yigʻgan molu-davlatingiz qoʻldan ketdimi, demak, qalb boyligi toʻplashni unutibsiz. Endi qalb boyligiga erishish yoʻlida sabr yigʻish vaqti keldi. Boshingiz qarzdan chiqmay qoldimi, demak, shukurni unutibsiz yoki Yaratganning amriga xilof ish qilibsiz. Atrofingizda sizdan xafa boʻluvchilar koʻpaysa, biling, dilozor va takabbur boʻlib qolibsiz. Aql-hushingizni yigʻib oling, kibr-havoni yigʻishtirib, dillarga mehr ulashing, ana shundagina hayotingiz oʻzgaradi. Farzandingiz qaysarlik, oʻzboshimchalik qila boshlasa, biling, oʻzingiz shundaysiz. Oʻzingizni oʻnglang, chunki farzand ota-ona uchun koʻzgudir!


“Qalbga taskin bitiklar” kitobidan

@taqwatiy🏠

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

21 Oct, 12:08


-Gullarni yoqtirasanmi?
-Albatta)
-Qanday gullar? Atirgul yoki lola…?
-Men uchun atalgan barchasini:)

@taqwatiy🍓

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Oct, 10:04


Qalb ogʻrib turganda yoki bezovtalansa unga zikr va istigʻfordan oʻzga davo yoʻq…!

@taqwatiy

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Oct, 03:31


Baxtli yashashning oltin qoidasi:

🟢sendan kichkinalar seni ranjitsa, ichingda 15 gacha sanab keyin javob qaytar,
🟢sen tenglar seni ranjitsa, ichingda 30 gacha sanab keyin javob qaytar,
🟢sendan kattalar seni ranjitsa, ichingda 50 gacha sanab keyin javob qaytar,
🟢ayoling seni ranjitsa ichingda sanab tur, lekin javob qaytarma:)

#biroz_tabassum

@taqwatiy🍪

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

20 Oct, 03:18


Har taraflama boy, dinda ham peshqadam, taqvoni mahkam ushlagan, oʻzini rivojlantirgan insonni orzu qilishimizdan oldin oʻzimizga ham bir nazar solsak yaxshi boʻladi deb oʻylab qoldim bugun…)

Kuzatishlarim natijasida rivojlangan kishilarni ayollari ham eng kami oʻzlaridek ekan. Yani qoloq uy ayoli emas. Uyda oʻtirib, masofadan rivojlanishadi. Ta’lim sohasida tajvid kurslarimdagi tolibalarimni asosiylari onalar…)

Ba’zan darsdan tashqari suhbat qilinganda oilaviy savodhonligi haqida ma’lumotlar berishganida shuni guvohi boʻlaman. Erim topayaptiku, meni vazifam tansiq taom, uy tozaligi, bolalarga qarash deb cheklanishmayapti. Toʻgʻri aslida ayollikni oʻz mashaqqati bor. Lekin inson oʻziga talabchan boʻlsa, eng koʻp nimani xoxlashini avvalo oʻzidan talab qilsa rivojlansa boʻladi. Bir qoʻlida qur’on birida chaqaloq bilan dars topshiradigan tolibalar ham yoʻq emas…)

Muhimi insondagi harakatdagi davomiylik. Va bildimki erkaklarga ham uy ichiga oʻralashgan emas aynan shu uyni ichida dunyo bilan hamnafas (dinini arqonini mahkam tutgan holda) boʻladigan ayollar koʻproq hurmat va sevgiga loyiq koʻrilar ekan.

Anglaganlarimga kelsak: erli toʻkisman, erni hizmati, qaynona qaynotani koʻngli, uy ishlari, bolalar tarbiyasi deb oʻzingizni unutmang. Tansiq taom uchun ham eng kami you tube ni izlanasizku…) Izlanishdan, rivojlanishdan toʻxtamang. Bunda fokusingizni pul topishga qarating demayapman. Shunchaki toʻrt devor ichida yashash itoat deb qarab juda qoloqlashib ketmang.

Avvalo ayolsiz, shuni unutmang)

#daydi_pikrlar

@taqwatiy🫀

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

19 Oct, 05:30


Kun oyati🏡

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Oct, 18:21


Uylanishni yoshing yetganida emas toʻgʻri insonni topganingda amalga oshir birodar….)

*toʻy qachon endi😁?

@taqwatiy🏡

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Oct, 09:10


Bir janoza tugagandan keyin shunday deya saslanardi Abu Hurayra🤎:
Ket! Biz ham boramiz..)

@taqwatiy📕

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Oct, 08:47


Payg‘ambarimiz alayhissalom bu borada shunday deganlar:

"ثَلَاثٌ جِدُّهُنَّ جِدٌّ، وَهَزْلُهُنَّ جِدٌّ: النِّكَاحُ، وَالطَّلَاقُ، وَالرَّجْعَةُ"

ya'ni: “Uch narsaning jiddiysi ham – jiddiy, hazili ham – jiddiy: taloq, nikoh va raj'at”, – deganlar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Hokim rivoyati).


@taqwatiy📕

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

18 Oct, 05:30


Tong hayrli boʻlsin…)


@taqwatiy📕

•𝒯𝒶𝓆𝓌𝒶𝓉𝒾𝓎•

17 Oct, 19:32


Juma sunnatlarini qilishni erta tongdan boshlang)

Gʻusl
Misvak
Yangi yoki yuvilgan toza kiyim
Juma nomoziga ertaroq borish
Kahf surasini oʻqish qodir boʻlmasangiz tinglash
Habibimiz❤️ ga salovat aytish
Kun davomida zikrda boʻlish(sababi bir vaqt borki duo soʻzsiz qabul boʻladi shuning uchun kun davomida duoda va yaxshi niyyatda yuring)
Tirnoq, soch-soqollarni kaltalatish
Ota-onangiz va Ahlingizga shirin soʻzlar aytib hadya berish(qodir boʻlsangiz)


Jumaning xoyri va barokati ustingizdan yogʻilsin Allohumma Solli va Sallim va Barik Alayhim
❤️

@taqwatiy