YAQIN @yaqinozbek Channel on Telegram

YAQIN

@yaqinozbek


Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz.

Iroda Ahmed

Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot

YAQIN (Uzbek)

YAQIN Telegram kanali Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar olib boradi. Bu kanalda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda ayollar haqida muzokaralar bo'lib o'tadi. Agar siz ham ayollarga oid mavzular bo'yicha bilimingizni oshirishni istasangiz, YAQIN kanali siz uchun eng qiziqarli joy. Kanalda Iroda Ahmed ko'z yumadi va ayollar haqida muhim masalalar haqida munozara qilinadi. Kanalda foydali ushbu munozaralar har bir ayolning ma'naviy va madaniy rivojlanishiga yordam beradi. Agar siz ham bu yarim so'zda yo'g'i yodga olishmang, YAQIN "Ayollar uchun yangi o'rganish maqomasi! kanaliga a'zo bo'ling va hayotingizni olgoq olishingiz uchun juda katta imkoniyatlar oching. Kanalga qanday kirishingizni va qanday boshlashni bilish uchun @Yaqin1Bot bilan bog'lanishingiz mumkin. Asosiy darslar uchun esa @Yaqindarsliklari_bot bilan aloqaga chiqishingiz mumkin. YAQIN kanalida ayollarga oid taniqli va taniqli masalalar mavjud va bu sizning ma'naviy rivojlanishingizga yordam bera oladi. Sizni YAQIN kanaliga azo bo'lishni va yangi bilimlar olishni tavsiya qilamiz!

YAQIN

22 Nov, 17:29


"2 ой ишсиз юрдим"

Ич-ичимдан ўйлардим. Мен ҳеч қачон ишсиз қолмайман.

Мабодо ишсиз қолсам ҳам:

а) Инглиз тили билан «любой» жойга кириб кетаман;
б) Диплом балим 96%. Давлат ишхоналари шундоқ ишга олади;
с) Иш тажрибага эгаман, умуман муаммо бўлмайди;
д) Рус тилини мулоқот даражасида биламан, талаб юқори;
э) Блогим бор. 1000 тача одам ўқийди;
ф) Амакимга алоқага чиқаман, мактабга жойлаб қўяди;
ҳ) Ўлдим деганда, устозларимга ёзаман — иш топиб беради.

Хуллас, ҳамма сабаблар бор. Ҳеч ким мени тўхтатиб қололмайди!

Ичимда ўйлаган кун келди. Бирдан ишсиз қолдим:

а) Инглиз тили мактаблари тўлган;
б) Диплом баҳойим билан итам қизиқмади;
с) Қаерларда ишлагансан дейдиган одам йўқ;
д) Рус тилини идеал билиш керак дейишди;
э) Блогимда ёздим. Ёрдам бўлмади;
ф) Амаким ишга жойлай олмади;
ҳ) Устозлар дуо қиламиз деёлди холос..

2 ой қийналдим. Қарзга ботдим. Эркак киши ишсиз қолиши азоб экан..

Охири тушундим — обрўли жойда ўқишим, яхши жойларда ишлашим, хуллас барчаси — тиришқоқлигимдан эмас, балки Аллоҳнинг раҳматидан экан.

Биз унутувчимиз. Сабаблар билан ўралашиб қоламизда, барча нарсанинг ортида Аллоҳ турганини эсдан чиқарамиз. Ўзим эришяпман деган ҳиссиёт ўтади.

а, б, с, д... алфавит тўла сабаб бўлмайдими — Аллоҳ изн бермаса бир тийн экан.

Сиз ишонаётган — амаки, тоға, амма. хола, оппоқ дода ёрдам беришга қодир эмас. Ишонаверинг.

Охири синиқлик билан таҳажжудда дуо қилдим.

Бирдан йўлим очилди. Бир нечта жой ишга чақиришни бошлади. Ҳаммаси жойига тушди.

Хулоса, дунёнинг илми сизда бўлса ҳам, 20 йиллик мутахассис бўлсангиз ҳам, 88 та тил билсангиз ҳам — Аллоҳ изн бермаса бир тийн.

Ва уларга: «Сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилиб ўтган бутларингиз қани?!

Улар сизларга ёрдам бера олурми ёки ўзлари ёрдам ола билурми?!», дейилди.

Шуъаро (92,93)"

✍️Ustoz kundaligi

https://t.me/YaqinOzbek

YAQIN

22 Nov, 04:41


#eslatma

Alloh bizni 3 xilda sinaydi

1. Alloh sizga hohlagan narsangizni darrov beradi va "SHUKR"ingizni sinab ko'radi. Ne'matlarga davomiy shukr qiluvchilardan bo'ldingizmi? Yoki tezda unutuvchilardan?

2. Alloh sizga bir oz kechikish bilan hohlagan narsangizni beradi va "SABR"ingizni sinovdan o'tkazadi. Sabr qiluvchilardan bo'ldingizmi yoki shikoyat qiluvchilardan?

3. Alloh sizga hohlagan narsangizni bermaydi va IYMONINGIZNI sinaydi. Iymoningizda mahkam turdingizmi?

Bu dunyo dam olish maskani emas - sinov joyi. To'qchilik ham sinov, yo'qchilik ham sinov. Alloh har bir sinovdan muvaffaqiyatli o'tishimizni nasib etsin. Alloh dunyo va oxiratda barchamizga muvaffaqiyatlar nasib etsin 🤲

Iroda Ahmed
@YaqinOzbek

YAQIN

21 Nov, 14:16


YAQIN pinned an audio file

YAQIN

21 Nov, 14:16


#dildan_suhbat #podkast #onalikmaktabi

Nozima Ziyodullayeva bilan bo'lib o'tgan dildan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Mavzu: Gadjetlarsiz bolalik

https://t.me/zukko0bolajon

https://t.me/YaqinOzbek

YAQIN

21 Nov, 14:15


Live stream finished (1 hour)

YAQIN

21 Nov, 12:49


Live stream started

YAQIN

21 Nov, 12:49


Yig'ilishib turamiz, 10 daqiqada suhbatni boshlaymiz insha'Allah 👆🏻

YAQIN

21 Nov, 08:33


#Ўйлар #odatlar

Hech o'ylab ko'rganmisiz o'zbek jamiyatida aksar insonlar nima hohlaydi? Nima uchun odamlar katta hovli, yangi mashina va dang'illama to'y hohlaydi? Bo'ldi, atiga shu uchta narsa.

Yana o'sha savol - Nima uchun? Aslida o'zlari ham bilmaydi - shunchaki boshqalar shu ishni qilgani uchun taqlid qilish va oqim bilan suzish osonroq. Lekin nima uchun shunday bo'lishi kerak? Bu uchta narsa ularga nima beradi? Nahotki hayotning ma'nosi/mazmuni faqat uy, mashina va to'yda bo'lsa?

Hop, qurbi yetsa qilsin, qandini ursin. Lekin nega qurbi yetmasa qarz qilib bo'lsa ham bu narsalarga erishishi kerak? Nima uchun?

Yaxshi yashash yaxshi, albatta. Yaxshi yashashga bo'lgan harakat ham yaxshi. Lekin moddiyatni birinchi o'ringa qo'yib olganimizdan keyin boshqa qadriyatlar sekin chetga o'tib turishiga to'g'ri keladida - halollik, omonatdorlik, ishonch, mehnatsevarlik, kasbini sevish, qo'yingki "yaxshi yashash mol-dunyoda" tushunchasiga ega bo'lganimizdan keyin oilaviy va diniy qadriyatlarni pastki o'rinlarga surib qo'yishga to'g'ri keladi.

Foizga kredit olamiz - Alloh harom qilgan riboga aralashamiz, qarzni vaqtida uzmaymiz - yolg'on gapiramiz, mehnatsevarlik o'rnini qanday qilib oz ishlab ko'p daromad topish, qisqa vaqt ichida tez pul qilish kabi tushunchalar egallaydi. Bu kabi qadriyatlarni o'zimiz sezmagan holatda farzandlarimizning ongiga ham yoshlikdan singdirib boramiz.

Salman Asif Siddiqi degan Pokistonlik mashxur yozuvchi, faylasuf va pedagog bor. O'sha insonning "Soxta Hudolar Qurshovida" (In The Siege of False Gods) degan kitobida materialism va molparastlik madaniyati butun Islomiy qadriyatlarni jamiyatda yo'qqa chiqarishini tushuntirib o'tgan.

Afsuski, aksar musulmon jamiyatlarda odamlar molparastlikka berilgani uchun jamiyat tanazzulga uchramoqda. Namoz o'qib ro'za tutamiz lekin yashashning mohiyati yaxshi yashashda va yaxshi yashashning yagona yo'li mol-dunyoda degan tushuncha ongimizga singib ketgani uchun boshqa diniy qadriyatlarni bir chetga surib qo'yaveramiz. Vaholanki Islomning faqatgina 1/3 siz va Robbingiz o'rtasidagi ibodatlarni (namoz, ro'za, zakot) o'z ichiga oladi. Islomning qolgan 2/3 qismi esa sizning boshqa insonlar bilan muomala-muosharat, munosabatlar, oldi-berdi va hayotning boshqa jabhalarida namoyon bo'ladi.

Bu haqida har birmiz jiddiy o'ylab ko'rishimiz kerak. Yaponlarni maqoli borku - 1000 milyalik sayohat bitta qadam bilan boshlanadi. Katta o'zgarishlar doimo kichik narsalardan boshlanadi. Buni o'qigan har birimiz hayotimizda molparastlikdan bir oz bolsada voz kechish uchun shu bugun nimadir qilsak, birinchi qadamni tashlasak - aytingchi u nima bo'lishi mumkin?

Iroda Ahmad
https://t.me/YaqinOzbek

Website | Instagram | Facebook

YAQIN

21 Nov, 03:21


#Ўйлар #niyat #eslatma

Inson faqatgina nima hohlashini emas, aynan nima uchun o'sha narsani istayotganini bilishi juda muhim. Nima uchun degan savol doimo muhim bo'lib kelgan, biznesda ham, ishda ham, oilada ham va hatto farzand tarbiyasida ham.

Afsuski siz nima uchunligi bir chetda turib tura qolsin, ko'p holatlarda aynan nima istashingizni ham bilmaysiz. Bilganingiz hozirgi holatingizdan norozilik, salbiy o'y-hayollar va his-tuyg'ular girdobidan chiqib ketish. Lekin buning uchun hech qanday harakat qilmasdan, nimadir sodir bo'lishini va hayotingizda qandaydur o'zgarish yuz berishini kutib yashaysiz. Ko'pchilik shunday yashab o'tib ketadi, har kunlik tanlov va qarorlari shunchaki yo'l yo'lakay kundalik voqea-hodisalarga nisbatan reaksiya holos.

Mana hozir ham siz bugungi kuningizdan aynan nima hohlayotganingizni bilasizmi? Nima uchunliginichi? Nima sababdan o'sha narsani hohlayabsiz? U sizga nima beradi?

Iroda Ahmed
@YaqinOzbek

YAQIN

20 Nov, 13:13


Siz uchun jon kuydiradigan xolis nasihatchi ustoz uchrasa etagidan mahkam tuting. Uning huzurida odob saqlang, uni hurmat qiling, qo‘lingizdan kelsa xizmatini qiling, koriga yarang. Ana shunda inshaalloh ilmingizda, ishingizda va hayotingizda baraka bo‘ladi.

Ustozsizlik, shayxsizlik, pirsizlik, murshidsizlik maqtaladigan holat emas.
To‘g‘ri, ustoz ham odam, unda ham nuqsonlar, xatolar ko‘rinib qoladi ammo sabr qilish va ko‘z yumish kerak .
Yoshlar bu gaplarni 40dan keyin tushunadi. Hali yoshlik chog‘ingizda vaqtingizni va fursatlarni boy bermay turib ustoz topishga harakat qiling.

Hozirgi tilda mentor, kouch, layf gayd deyilmoqda, o‘sha qadimiy an’anaviy tushunchalar qayta qadoqlanib zo‘r narsadek taqdim etilmoqda, aslida Islom olamida ming yildan beri amal qilib kelgan , bir asr oldin yo‘qotilgan xolos.

https://t.me/YaqinOzbek

YAQIN

19 Nov, 10:06


YAQIN pinned «#onalikmaktabi #podkast #dildan_suhbat 🛎 Dildan suhbat yana sizlar bilan birga.📍Bu safargi mehmonimiz Ziyodullayeva Nozima Habibullo qizi Mehmonimiz haqida qisqacha: 👇 1.Buxoro Davlat universitetini ona va tili adabiyoti(Rus tili va adabiyoti o'zga tilli…»

YAQIN

19 Nov, 10:06


#onalikmaktabi #podkast #dildan_suhbat

🛎 Dildan suhbat yana sizlar bilan birga.📍Bu safargi mehmonimiz Ziyodullayeva Nozima Habibullo qizi

Mehmonimiz haqida qisqacha: 👇

1.Buxoro Davlat universitetini ona va tili adabiyoti(Rus tili va adabiyoti o'zga tilli guruhlarda )yo'nalishini tamomlagan.

2.  3 nafar farzandning onasi.

3.Ona madrasadir kursi  talabasi.

4. Hozirgi kunda esa Alloh fazli ila Zukko bolajon loyihasini olib borayaptilar

https://t.me/zukko0bolajon

🎙 Suhbat mavzusi: Gadjetlarsiz bolalik

Vaqti: 21 Noyabr, Payshanba

📌 O’zbekiston vaqti bilan 18:00da

🖥 Jonli efirga ulanish uchun Yaqin kanalini kuzatib boring.

📮Postni yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang zero bu podkastlar barcha opa-singillarimiz uchun manfaatli.

🎉Barchangizni jonli efirda kutib qolamiz, inshaAllah!

@YaqinOzbek

YAQIN

19 Nov, 09:59


📢 Siz va biz kutgan o'sha kunlar kelmoqda!!!

📢 Yurtimizda ilk bor Montessori bo'yicha tadbir bo'lib o'tadi!

📢 Montessoriga oid asl Montessori manbaalari va chet eldan tashrif buyurayotgan Montessori ekspertlari bilan tadbirda qatnashmoqchi bo'lsangiz, keyingi so'rovnomada ovoz bering!


💡Ushbu e'lonni maksimal ulashib, qolgan barchaga yetib borishiga yordam bering!
💡Sizning qo'llab-quvvatlashingiz va yordamingiz biz uchun juda ham muhim!
💡Bizni kuzatayotgan kanal asoschilari ham iltimos yordamingizni ayamang🍀


Hurmat bilan @bambini_rasmiy jamoasi!

🌱 @bambini_rasmiy
🌱 @ims_tashkent
🌱 @englishmontessori_withmykids

YAQIN

19 Nov, 03:11


🔈Ongli onalik suhbati

Ustoza Iroda Ahmed bilan birgalikda-
@YaqinOzbek

Mavzu: G’arbda milliy/Islomiy ruhda farzand tarbiyalash

Bolalarni qanday qilib fitratini saqlagan holda tarbiyalash mumkin!

Asosiy muammolar:

Jamiyatga aralashuv
Til
Islomofobiya

Yechimlarni suhbatda tinglang! Suhbatdan olgan xulosangizni qoldiring!
💬

Yana kimlarni suhbatlarimizda ko’rishni istaysiz?

@GuzalMoonblog

YAQIN

18 Nov, 16:30


​​ЯПОН ВА ЎЗБЕК АЁЛИНИНГ ТОЗАЛИККА МУНОСАБАТИ!

Ассалому алайкум, хурматли ўқирманлар. Япониядаги саргузаштларимиз давом этади.
Бугун бир Ўзбек опамиз аудио хабар жўнатибдилар. Хабарнинг мазмунини ўзимни услубимда тушунтиришга ҳаракат қиламан) "Услубинг қурсин! 1,5 километр қилиб узуууунн қилиб ёзасанда бошқа нима ҳам қилардинг?" деб урушиб берманг тағин) Китоб ўқимай қўйганларга ҳеч бўлмаса пост ўқитиб, кўзларини узунроқ матнларга ўргатиб турайлик. Ажабмас, узун постдан китоб ўтиб кетишса))

Хуллас, у опамиз Япониянинг бир чекка вилоятида магистратурада ўқибдилар. Кейин, докторантурада ўқиш учун Токиога келишга мажбур бўлганлар. Токиога келганлар, янги уй олиш керак, ижара тўловлари дегандек. Бир сум пул қолмаган. Ўзбекистондагилардан сўрай деса, кимсан Японияда юриб яна қарз сўраб бўладими? Яқинларини наздида Японияда пул дарахтда ўсиб ётибди) Овқатланишга ҳам пул қолмаган. Сиқилиб осмонга қараб, "Доктор бўлишга бало бормиди менга, дугонам Шарапатга ўхшаб эрга тегиб, эримни топганини мазза қилиб еб ётмайманми?" деб хўрсиниб турса, телефонига тинг-тинг деган хабар келибди. Очиб қараса, олдинги ижара уйининг эгасидан:

МЕН 35 ЙИЛДАН БЕРИ УЙИМНИ ИЖАРАГА БЕРАМАН. ЛЕКИН, СЕНДЕК ТОЗА-ОЗОДА ЯШАГАНИНИ КЎРМАДИМ. СЕНИ МИЛЛАТИНГ ДУНЁДАГИ ЭНГ ОЗОДА МИЛЛАТ ЭКАН. КАРТАНГА ОХИРГИ 3 ОЙЛИК КВАРПЛАТАНГНИ ҚАЙТАРИБ ТАШЛАБ ҚЎЙДИМ. РАҲМАТ СЕНГА деган хат эмиш. Опамизни хурсандлигини тасаввур қилаверинг.

Энди бяғини мендан эшитинг. Анча йиллар олдин, оиламни Ўзбекистонга жўнатиб юборган эдим. Ўша пайт мен билан ишлайдиган бир МИЯЗАВА деган Япон уйга келди. Уйни тозалигини кўриб томи кетиб қолганди. Аслида, аёлим тозалайдигандек тоза эмасди. Лекин, кўпчилик Японларни уйини олдида тозамисан тоза эди-да. Бизни аёллар "Вой бу ҳамма жой ивирсиб кетибди-ку" дейдиган уй Японларни уйини олдида чинни-чироқдек сарой) Айтганча, расмдаги уйни расмини бир Япон қиз, "Сизларда ҳам шунақами, эй компанияда ишлайдиганлар?" деб ўз сахифасига қўйибди. Уни тарафдорлари "Ҳа" дегандек қилиб лайкни босиб ташлашган!

Шунақа гаплар азизлар. Биз кўча куйни қандай озода тутишни Японлардан ўрганишимиз керак. Японлар уйни қандай саранжом-саришта тутишни биздан ўрганиши керак. Бизни тозалик-озодаликка ўргатган онахон, момоларимизга гулдурос қарсаклар! Қадриятларимиздан айланай, динимиздан айланай, миллатимиздан айланай.

Айтганча, мен кўрганимни бор гапни ёзаябман. Мени дилимни оғритиб, калла қўювчилар бўлмасин. Мен жуда бошқача одамман. Айтишларича мен туғилган пайтимда роддомда чироқ ўчиб қолган экан. Бечора доя энди киндикни қандай кесаман қоронғуда кўзимни зренияси паст деб хавотир ола бошлаганда, минг йилда бир бўладиган ходиса юз берибди. Осмонда қаттиқ момоқалдироқ бўлиб, КАТТА АЙИҚ туркумидаги юлдузлар ерга яқин кела бошлабди. Ой ҳам бошқача чиқиб, Зухро юлдузи бутун бошли роддомни ёритиб юбориб, анави зренияси паст доя ҳам мени чиройимни кўриб кўзойнаксиз ҳам яхши кўрадиган бўлиб кетибди. Кейин... Бўлди, бўлди эртак бўлиб кетди а? 😁 Ҳеч нарса бўлмаган. Худди сизлардек вариллаб йиғлаб туғилганман)) Барчангизга яхши кайфият тилайман!

https://t.me/BahodirIskandarov