Rahmatullah Hanafiy @avan_ilmlar Channel on Telegram

Rahmatullah Hanafiy

@avan_ilmlar


❗️Manba bilan oling❗️

Arab tili ilmlari va İslomiy ilmlar.
Masalalar, hikmatlar, tarjimalar, qiziq xulosalar va mulohazalar.

🕌Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

https://instagram.com/r_hanafiy
https://www.facebook.com/usuli.fiqh?mibex

avan_ilmlar (Uzbek)

Rahmatullah Hanafiy kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Arab tili va Shar'iylar ilmlari ustoz Rahmatullo Hanafiy tomonidan o'qitiladi. Kanalda Sarf, Nahv, Balog'at, Usulul Fiqh, Fiqh, Mantiq, Aqida va boshqa aqliy va naqliy ilmlar haqida ma'lumotlar, darslar va ko'rsatmalar olishingiz mumkin. Agar siz ilmga qiziqqan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun ideal manzil bo'ladi. Barcha ma'lumotlar profesionallar tomonidan tayyorlangan va sodda va oson tushunarli bo'lib beriladi. Kanalga ulanib barcha yangiliklardan xabardor bo'ling! Sizni kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz!

Rahmatullah Hanafiy

22 Jan, 05:23


Maydondagi shaxslar, tortishuvlar va shaxsiy adovatlar qo’rshovidan tashqari chiqib, mushohadani keng olib qalbni poklagan holda, dilni xoli qilgan holda xolis nazar bilan islomiy ilmiy merosga nazar solish va unda tafakkur qilish musulmonlar boshiga tushayotgan ixtilof zarbalarini kuchsizlantirishga olib boradi.

R. Hanafiy
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

21 Jan, 19:53


📖Tafsir darslarimizda aytilgan gaplardan:

Kamtarona kuzatuvim bo’yicha kunimizdagi turk mus'haflari va Abdurahmoniy bosmalardagi vaqflar Abu Abdulloh Sajovandiyning 🤎 (560 h) “Alvaqf val ibtido” kitobiga asoslangan ekan.

🟤Vaqf va ibtidoga rioya qilish Qur’onning ma’nolarini o’quvchiga ham eshituvchiga ham ravshan, ochiq qiladi.

⬆️Mazkur mus'haflarga oid Qur’ondagi vaqf ilmini mana shu kitobga murojaat qilib hosil qilish mumkin bo’ladi.
Madina mus'hafidagi vaqflar esa bir necha vaqf va ibtidoga oid kitoblardan hay’at tarafidan tanlanib qo’yilgan. Buni ilmini hosil qilish uchun ular manba qilib olgan kitoblarni o’qib bilgan bo’lish kerak bo’ladi. Bu biroz qiyinlik tug’diradi.
Birinchisi asosan bir dona kitobga murojaat qilinadi, bu oson va qulaylik tug’diradi.

📌Foyda: vaqf va ibtidoni tushunish uchun asosan nahv va e’robni yaxshi tushunish kerak.

📕
R. Hanafiy.
@avan_ilmlar

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

20 Jan, 07:35


Tavhid

Aqida va tavhidni qur’on va sunnatdan olamiz. Kishilarning raylaridan emas.
Qur’onni tafsirlar bilan tushunamiz.
Sunnatni hadis sharhlari bilan tushunamiz.
İslom tarixida deyarli barcha tafsirlar va barcha hadis sharhlari ishonchli Ahli sunnat imomlari tarafidan bitilgan. Allohga hamdlar bo’lsin!

R. Hanafiy.
19.01.2025
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

18 Jan, 09:26


Tolibi ilm shaxsiyatini junbushga keltiruvchi o’ylar

Allohning yordami bilan ertadan tafsir darslarimizni boshlaymiz.
Shu yerda bir fikr keldi, tafsir darslarimizga qo’shiluvchilar soni kutilgandek emas, bu bosqichga olib chiqish uchun “Hamla” darslarimiz, undan oldin turli fanlardan ikki/uch bosqichda o’tilgan darslarimiz bilan yo’l bosib kelib mana keng va qiyinroq tafsirga, fiqhdan kattaroq kitob “İxtiyor”ga yetib keldik. Biz bilan boshidan kelayotganlarga tasanno! Alloh ilmlarini foydali qilsin. (İlk bor qo’shiladigan har bir o’quvhi shu yergacha sabot bilan yurib kelganda sonimiz yanada ziyodaroq bo’lar edi.) Endi mazali joylariga kelishdi. Buni o’zlari ham shaxsiyda ko’p takrorlab turibdilar, qanchalar yaxshi istifoda bo’lgani va bo’layotgani, Alloh bardavom qilishini so’rab turadilar. Amin ya rob!
Aytmoqchi bo’lganim, shu kishilar kabi sobit turilsa bir kitob keyingisiga eshik bo’ladi, yo’qsa eshik yopiq yo qariyb yopiqligicha qolaveradi. Zehningizni esa zamonaviy bema’ni , ahamiyati oz mulhiyotlar (chalg’ituvchi, ikkinchi, uchinchi darajali narsalar) egallab mashg’ul holda qolaveradi, umringizni kemiraveradi. Ular bosib o’tgan yo’lni bosib o’tmaganlar ular bilan barobar bo’lolmaydi fahmda. Aytib turilgan darslarni ham hamma bosib o’tgan ilmiy yo’li, qurgan asosi miqdorida tushunadi xolos.
Shunaqa…
Ha, chalg’ib ketdim, fikrimga kelgan narsa bu edi:
“tafsirni e’lon qilganda qatnashuvchilar soni kutilgandek bo’lmadi, endi Alloh fazl qilib bularni tugatib bundan keyingi kengroq tafsirga kirishish uchun nahvdan haybatli Abu Hayyonning katta bir kitobini kirish va tayorlov qilib Bahaybat Tafsirini o’rganib chiqamiz deb e’lon berishimizni nasib qilib e’lon berib qolgudek bo’lsak, masalan, bu darslarga yaraydigan ishtirokchikar nechta chiqarkin?!”

Azizlar yetkazmoqchi bo’lgan narsam, ilmda tadarruj(darajama-daraja)yurish muhim. Kitoblarni ham shunday tanlash kerak. Bir xil saviyadagi bir nechta oson kitobni o’qib yuraverish o’sish bermaydi. (Bir soatda o’qib qo’yadigan yengil bir kitobchani qayta - qayta goh u sharhi goh bu sharhi bilan o’qiyverib umrni faqat shunga sraflashni aytmay qo’ya qolay) Bir fanda bir kitob o’qigandan keyin ikkinchi kitobning saviyasi balandroq, uchinchiniki undan ham balandroq vahokazo bo’lish kerak. Shunday yuqoriga qarab tinimsiz harakatlanishda bo’lish kerak, yo’qsa bir joyda g’ildirak aylanaveradi. G’ildirakku mayli aql bir joyda qotib turib qolishi borda...)

Yana aytmoqchi bo’lganim, (aytmoqchi bo’laveryapman, aybga buyurmaysizlar ☺️)
Bu darslarimizga qatnashishga o’zingizda layoqat topsangiz albatta qatnashing. Fursatni, vaqtni, umrni boy bermang, “o’shanda men ham o’qib olsam bo’lardi ekan, hozir bularni o’qiy olardim” deb qolmang. Birgalikda bundan keyingi hali bosilmagan cho’qqilarni Allohning izni-la zabt etishga azm qiling. Talabi ilmda o’zaro yordam bilan tahqiq va tadqiqqa erishish yo’lini tanlaymiz. Har bir ma’lumotni tahqiq bilan (ya’ni tahgini surishtirib aniqlik kirtib) qabul qilishdek katta ilmiy darajaga erishish payida bo’lamiz, O’zi nasib qilsin.
Bu bosqichda biz bilan bo’lmaganlar keyingi bosqichga toqat qilolmasliklari mumkin, garchi qattiq istasalarda. Zero ilm tadrij bilandir, xohish-istak, kishini o’ziga ishonishining o’zigina yetarli bo’lmaydi, asos albatta lozim. 150/200 kilolik toshni birdan ko’taraman degan odam o’rnidan qo’zg’atolmaydi, 60/70/80/100/150 bo’lib orada mehnat bilan qodir bo’la boshlaydi. İlm ham aql toshidir. Tadrij bilan aql qobiliyati, ufqi, ma’lumotlarni hazm qilish, ishlab chiqarish kuchi polvonlashib boraveradi.
Nima bo’lganda ham, pirovardida manfaatli qilsin olayotgan ilmlarimizni, samarasini bersin, ummat uchun foydali va rahmatli qilsin!
Oxiratimiz uchun zaxira qilsin!

إنه ولي ذلك والقادر عليه والمتفضل به!

BUNİ ALBATTA BAHAM KO’RİNG YAQİNLARİNGİZ BİLAN
Sabot va rivojlanish ruhini hammada paydo qilaylik


R. Hanafiy.
18.01.2025
@avan_ilmlar

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

17 Jan, 09:45


Nahv haqida mutolaa asnosida kelgan firkrlar

Nahv ilmi faqat so’zlarni tushunish uchugina kerak deb o’ylasangiz adashasiz.
Nahv ilmi fiqhi ilmi, usul fiqh ilmi va boshqa ilmlardan ham iborat deyilsa mubolag’a bo’lmaydi.
Usul fiqhda hukmning voqe’ bo’lish bo’lmasligi haqida shart va sifatga taalluqli bir masalani bahs qilishadi usuliylar va bu bahsda arab tilini ham (aynan nahv) ro’li namoyon bo’ladi. Nahv imomlaridan naqllar qila boshlaydilar, u yo bu usuliy masalani asoslash uchun.
Shuning uchun aziz talabalar, arab tili nahvi boshqa tillardagi kabi oddiy grammatika deb o’ylamang, u ancha katta va o’ta foydali narsa. İlmiy malakani oshiradi, qiziqarli aqliy va lug’aviy mashg’ulot ham. U chuqur shar’iy ilmlar falsafasi, buyuk fan deyish mumkin. U bilan barcha ilmlarda fikr-mulohaza yuritiladi. Ko’p ilmlar uchun dalil va asos vazifasini bajaradi.
Mana nima uchun nahvga bu qadar katta ahamiyat qaratgan ulamolarimiz.
Vallohu a’lam!
R.Hanafiy
17.01.2025.
@avan_ilmlar

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

13 Jan, 19:43


Tafsir darslarimizning boshlanish sanasi:

1️⃣9️⃣🔣0️⃣1️⃣🔣2️⃣5️⃣🔣

Murojaat uchun 🌐 @r_hanafiy

🕌Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

07 Jan, 17:30


🍃 Qo’lini so’rab kelgan odamni rad etgan qizdan so’rashdi:

- Nega rad etdingiz?
- Kambag’al ekan, faqat mol-dunyoga ega ekan.

(Arabchadan tarjima)

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

29 Dec, 19:31


📣 💚💚💚💚

Mufassal Tafsir Saboqlari


💬 İlmlarning eng sharaflisi, asl maqsad boʻlgan ilmlardan Tafsir ilmi orqali Qurʼon maʼnolarini batafsil oʻrganib chiqishga bel bog’lang!

💚 Bu kursda İmom Abul barokat Abdulloh ibn Ahmad Annasafiy (710 h) rahimahullohning “Madarikut tanzil va haqoiqut ta’viyl” nomli tafsir kitoblaridan darslarga kirishamiz.

💚 İmom Nasafiy rahimahullohning Madarikut tanzil va haqoiqut ta’viyl” tafsirlari o’rta hajmli, puxta-metin tafsirlardan. Buni boshidan oxirigacha sobit turib o’qib chiqa olgan kishi anvoi xil islomiy ilmlar chashmalaridan bahramand bo’ladi, juda katta ilm, malakaga erishadi va inshoolloh amal-ixlosga yo’llaydi, ilhom etadi. Talabaning dunyosi butunlay o’zgaradi, hayotga, uning tafsilotlari, pastu balandiga bo’lgan qarashlari boshqacha tus oladi.
Qolaversa bu kitob tafsir dunyosiga kirishda o’z ichiga olgan turli xil ilmlari bilan qadamingizni sobit qilib, tafsir bog’larida huzur-la sayr qilishga imkoniyat beradi.

📝Allohning fazli bilan Tafsiri Nasafiydan 30-juz, Amma porasini tugatmoqdamiz.
Endi Allohdan yordam so’ragan holda Qur’onning boshidan Surai Baqaradan boshlab oxirigacha mutolaa qilishga kirishamiz.
Alloh bizlarga muvaffaqiyat va yengillik bersin, amin!

💚 Eslatma:
Tafsir darslariga hozirdanoq qo’shilib o’z joyingizni egallang.
Guruh to’lgandan so’ng darslar boshlanadi inshoolloh.
Kechikmay safimizga tezroq qo’shiling, birinchilardan bo’lib mutolaa qilib keyingi murakkab kitoblar uchun layoqat hosil qiling, ufqingizni kengaytiring.

💳 Oylik to’lov: 30$

📱 Murojaat va ro’yxatdan o’tish uchun:
@r_hanafiy

🍀
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

28 Dec, 12:18


Johil o’zining johilligini bilib olishi uchun ham biroz farosat kerak. U unda yo’qda, shuning uchun o’zini johil sanamaydi, aksincha bilag’on deb sanaydi.
Buni jahli murakkab deyiladi. Zero u ikki jaholatdan tuzilgan.
Johilligi, johilliga johilligi.
Alloh sizu bizni oqillardan qilsin!

R. Hanafiy.
🌐 @avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

28 Dec, 07:09


Ehh, qani endi uyingda bo’lmasa ham, yaqinigda katta bir kutubxona bo’lsa…
O’qimoqchi bo’lgan, murojaat qilmoqchi bo’lgan kitoblaringni, ko’rmoqchi bo’lgan hadis sharhi, oyat tafsiri, usuliy masala, hadis ilmlari, qo’yinki barcha ilmlarda turli xil muallif va ta’liflarga murojaat qila olsang, to’yib-to’yib izlansang, musulmonlarga foydasi tegadigan asarlar qoldirsang!
Har bir tolibi ilmni orzusi bo’lsa kerak!

🌐 @avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:29


Nahvdan o’rta bosqich. Talabani mutolaasini hal qiluvchi davr. Buni tushunib o’qib chiqqan talaba albatta o’zida katta o’zgarishmi sezadi. Bu maxfiy emas.

Bu Azhariyyadan keyin yoki durusun nahvni 4 chisi yoki tatbiqun nahv o’qiganlar boshlashlari mumkin.

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:26


✔️Nahvdan boshlang’ich bosqichingizni puxtalab mixlab tashlaydigan kurs.
Azhariyya sharhiga kiring!

Ajurrumiyyadan keyin o’qiladi.

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:24


🪶🔖 Qisqa sahifalarni o’z ichiga olsada qisman qiyin, manfaati zor ilm - Vaz’ ilmi darslariga ham ishtirok etishingiz mumkin.

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:22


📖 Nahvdan yaxshi bosqichga ko’tarilgan bo’lsangiz, uni mustahkamlab ziynatlaydigan darslar.
Shuzur sharhi

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:19


🔍 Munozara ilmi va qonuniyatlaridan xabardor bo’ling.

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:12


📖 Ajurrumiyya sharhini Shayx Xolid Azhariy rahimahulloh sharhlari asosida o’rganing.

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:09


📖 Fiqhdan Quduriy darslariga qo’shiling.
İbodot boblari yoki muomala boblaridan.

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:08


Tafsiri Nasafiy darslariga ham qo’shilishingiz mumkin.
Yaqinda Amma porasini tugatib Baqaradan boshlaymiz.
Nasafiy tafsirini to’liq o’qib chiqish bu kichkina narsa emas.
Shu yutuqni qo’lga kiritishga harakat qilaylik.
نسأله سبحانه التوفيق!

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 19:01


🎤Eslatma!

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 05:36


Rahmatullah Hanafiy pinned «💥Yangiliklarimiz davom etadi! Tahsil qilish dasturimizdagi kitoblarning 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 yangi guruhlar tashkil qilishga va talabalar bilan shug’ullanishga kirishamiz! Manhajdagi boshlang’ich va o’rta bosqichdagi kitoblardan qabul ochiq. İstagan kitobingizni…»

Rahmatullah Hanafiy

21 Dec, 05:15


💥Yangiliklarimiz davom etadi!

Tahsil qilish dasturimizdagi kitoblarning 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 yangi guruhlar tashkil qilishga va talabalar bilan shug’ullanishga kirishamiz!

Manhajdagi boshlang’ich va o’rta bosqichdagi kitoblardan qabul ochiq.
İstagan kitobingizni tanlab dars guruhiga marhamat qilishingiz mumkin!

Biz bilan har bir ilmda pog’onama pog’ona yuqorilab ko’nglingiz to’q bo’ladigan natijalarga erishasiz, Allohning izni bilan.

Vaqtni g’animat biling. O’zingiz ustingizda muntazam va izchil ishlasangizgina e’tiborga loyiq marraga erishasiz. Muntazam darslarni mahkam tuting, yo’l zerikarli tuyilsa ham, yaxshi natijalarga nafsga yoqmas yo’llar olib boradi ko’pincha. Bitta ikkita kitob bilan uzilib qoladigan darslardan chetlaning, bekorga vaqtingiz ketmasin. İlmga ilm uchun kiring, falonchilar shuni o’qishyapti ekan yoki falonchilar bilan birga bo’lay deb, yoki trendga ergashib emas. O’qiladigan kitoblar bor, o’qitadigan joylar bor. Buni tanlashni biling. İlm talabi umr yo’li unda faqat siz qolasiz, u bilan siz yashaysiz, his qilasiz va boshingizdan kechirasiz. Falonchilar yo trendlar o’tkinchi, qiziq bo’lishi mumkin, lekin foydasi kam va asosiy yo’nalishdan chalg’itadi.

Bu uchun albatta vaqt ham kerak. Vaqtni rejalangan, muntazam tarafga burib qo’ysangiz kuni kelib vaqtlaringizdan mo’l, barakali hosillarni yig’ib olasiz.

Bizning tahsil dasturimiz mana shu maqsadni ko’zlaydi.
Allohdan umidimiz, bu dasturimiz hamma ilmlardan, hamma kitoblardan bosqichma bosqich darslarni o’z ichiga oladigan bo’lib barcha tolibi lmlarga manzur va ahli ilmlar huzurida e’tiborli bo’lib tamomiga, kamoliga yetishiga muyassar qilishini so’raymiz!

Bu dasturimiz, bu loyihamiz hech qaysi ilmiy dargohdan kam bo’lmay Arab tili va ilmiy darslar saltanatiga aylanishini Allohning fazlidan so’raymiz!

إنَّ الفَضْلَ بِيَدِ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشاءُ واللَّهُ واسِعٌ عَلِيمٌ!
آل عمران ٧٣
Albatta fazlu karam Allohning qo’lidadir. Uni İstagan kishisiga berur. Alloh keng, bilimdon zotdir!
Oli imron 73

💟💟💟

Rahmatullah Hanafiy

19 Dec, 14:41


📚 Eng sharafli ilm din ilmidir.
Har zamonda din ilmini tanlash afzaldir. Zero u ruh bilan, nafs bilan ishlaydi.


Dunyo ilmini chetga surish degani emas albatta bu.
Dunyo ilmini ham odamlari bo’ladi o’zi, ular bilan farzi kifoya ado etilib ummatdan u ilmni bilmaslik natijasida keladigan guhoh soqit bo’ladi.

Shuningdek, mol topish ilmidan ham afzal ekani hammaga ma’lum.

Yoshlar yangi kasblar, texnikalarni o’rganishga o’ch bo’lishmoqda, ko’pincha daromadini ko’zlashadi, bu ham yomon emas agar me’yori bilan bo’lsa, din ilmi hisobiga bo’lmasa.

🍂Asosan ruhiyatga ishlov beradigan, uni boyitadigan va nafs bilan kurashadigan ilmlar insonga baxt keltiradi.

Qanchadan qancha dunyo egalari shu baxtni istaydi va mollari shu dunyoni o’zidaypq naf bermayotganini topadi.

Bu ilm din ilmidir.

⏺️Din ilmini ham o’rganish usuli bor.
Ko’ngilga yoqqan mavzularga cheklanib , boshqa jihatlarni e’tiborsiz qoldirish bilan bo’lmaydi.


Din ilmini asrlar osha Ahli sunnat imomlari uslubida, ular erishgan martabalarga erishish uchun ular ta’lim berib ketgan tariqada ilm yo’lini lozim tutiladi.

Shu baxtdir. Qolgani o’tkinchi…

▫️قد أفلح من زكاها وقد خاب من دساها▫️

Darhaqiqat uni [nafsni] poklagan kishi najot topibdi.
Darhaqiqat uni bulg’agan kishi ziyonga uchrabdi.

وفي الحديث:

▪️أعدى عدوك نفسك التي بين جنبيك▪️

Hadisda:
⭐️Eng ashaddiy dushmaning ichingdagi nafsingdir.⭐️

R. Hanafiy.
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

19 Dec, 08:18


Muloqot

Ba’zilar salom berib hol ahvol so’raydi.
Alik olib hol ahvol so’raysiz.
Bo’ldi… suv sepilgandek… na bir mavzuni gapirmaydi, na o’zini tanishtirmaydi, profilidan ham kimligini bilib bo’lmaydi.
Nima foyda bo’ldi unga shunda?
Yozmagani bilan yozganini farqi yo’qku… maqsad hol sörash bölsa men uni kimligini bilmadim )

Alloh rahm qilgurlar… o’zilarni vaqtinglarga achinmasangizlar boshqalarni tek qo’yilar…)

Muayyan odamga qaratilmagan, bir necha bor takrorlangani uchun yozildi.

Rahmatullah Hanafiy

15 Dec, 11:37


Hadis bog’i benihoya, huzuri benazir, zavqi totli, ichida yurib asti hormaysiz!

Hadis ilmi turfa xildir. Shu navlardan biri hadislarni taxrij qilish ilmi.

Taxrij ilmi borasidagi bu kitobni kuni kecha shayximiz hadiyya qilib tolibi ilmlarga shodlik bag’ishladilar.

Shayx hafizahulloh - rabboniy, haqni baralla aytuvchi, malomatchini malomatidan qo’rqmas, go’zal xulqlar egasi, tavoze’ sohibi, hadis ilmlari bilimdoni, suhbatida bo’lganlar yaxshi ko’rib qoladigan ajoyib bir zotlar: Muhammad Mujir Alxatiyb Alhasaniy, suratdagi kitob va boshqa manfaatli asarlar muallifi.
Alloh U Zotni hifzida qillsin, ilmlari bilan ummatni ko’p foydalantirsin! Amin!

R. Hanafiy
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

10 Dec, 18:26


🔆Chiroyli gap ekan

Hurmat qilib sizga egilgan odamni bo’ynidan bosaman demang.

Sizga egilishni bilgan odam dast turib yiqitib qo’yishni ham biladi.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

07 Dec, 17:39


Kitob do’konida ko’rib qoldim.
Yuqoridagi fikrlar xayolimdan o’tdi.

💚

Rahmatullah Hanafiy

07 Dec, 17:37


Bizi davrimizda “Tatbiqun nahv”dan rusum bo’lgan kitob mana bu kitob bo’lgan. Hozir ham ilmiy qiymati baland deb hisoblayman bu nom ostida keyin chiqqan kitoblardan.😊

Kitob👇

Rahmatullah Hanafiy

06 Dec, 09:58


3️⃣ kishining holig’a rahm qilmoq kerakdur🔤

1️⃣Sohibi aql odamki, aqlsiz odamning zerdasti* bo’lg’ay.

2️⃣Ojiz odamning bo’yni qaviy** odamga xam bo’lg’ay.

3️⃣ Karim kishi laim odamga muhtoj bo’lg’ay.***

Qobusnomadan iqtibos.

* tobe’, qo’l ostida.
**Ojiz, chorasiz odamning boshi kuchli, zo’ravon oldida quyi solinib, xam bo’lishi.
*** karim-olijanob, laim-tuban odam.

@avan_ilmlar

🗓🪥

Rahmatullah Hanafiy

05 Dec, 21:16


💫İXTİYOR kitobidan kelasi darsda tahorat va namoz kitoblari tugab zakotga ham kirish qilar ekanmiz, inshoolloh.

💫Tahorat va namoz kitoblari ibodat boblarida eng katta o’rinni egallaydi. Ya’ni Zakot, ro’za va haj kitoblarining hammasini jamlaganda ham tahorat va namoz kitobi kattaroq ekan.

💫Zakot, ro’za va haj kitoblari mendagi uch jildli bosmada jami 162 sahifani tashkil etsa tahorat va namoz kitoblari jami 202 sahifani tashkil etyapti.

💫2025 chiqib ketmasidan fiqhdan bitta katta kitob, tafsirdan bitta katta kitob o’qib o’rganib chiqishimiz va unga amalda bo’lishni nasib aylasin!
Biz bilan bo’lganlarga sabot bersin, bo’lolmaganlar haqqimizga duoda bo’lib turasizlar!

Alloh barchamizni muvaffaq aylasin!

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi @avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

02 Dec, 09:28


Shayx Usmon Xamis hafizahulloh o’sha videoda imom Navaviy, imom ibn Hajar kabi muhaddis-fuqaholarni takfir qiluvchi Haddodiylarga qarata aytyabdi:
“يا أخي اجتهدوا"
“Ey birodar ular ijtihod qildilar”

Ya’ni ijtihod qilib xato qilishdi, bid’atga tushishdi, do’zaxga ketadigan 72 firqalardan bo’lib qolishdi. Ular uzrli, kofir emas ular.

Bu gapingiz to’g’ri gap, ayni shaklda sizlarga ham qaratilishi mumkin:
“Sizlar ham ijtihod qilidingiz ey shayx Usmon!
İjtihod qilib ular xatoga tushgan deyish to’g’rimi yoki ijtihod qilib sizlar xatoga tushganingiz to’g’rimi, qaysi birini olamiz?!”
Sizlar ularni islomda imomlar ekanini tan olyapsizlar, ular tirik bo’lganlarida sizlarni imom deb tan olisharmidi yo’qmi bu ehtimoliy narsa.

Bu postlardan maqsad dashnom emas, ixtilof chiqarish emas, tushunchalarimizni isloh qilishga muhtoj ekanimizni ko’rsatish. İllatning ildiziga ishora qilish.
Bizga shariatni yetkazgan, islomiy ilmlar xazinalari bo’lmish buyuk allomalarni yoppasiga Allohning ism-sifatlarida xato qilishgan, bid’atda bo’lishgan degan fitnaga barham berish. U imomlar haqqida gumonni yaxshilash. Bu masalalarda ma’lumotlarni yangidan saralashha chaqiruv.
Ularni aqidada adashgan deyilganda o’ylanib ish qilish, kim kim haqida gapirayotganini tasavvur qilish.
O’sha imomlarning tarjimai hollarini o’qib o’rganib ularni xato qilgan deganlarni ham tarjimai hollari bilan tanishib keyin xulosa qilish.

Biz mana shunaqa bilim-manhaj qoldirishimiz kerak keyingi avlodga!
O’shanda tarix qaytalanadi bi iznillah!
Tahrir qiling, tahlil qiling deb ta’lim-tarbiya berishimiz kerak, yoshlarga.
U muhaddis-fuqaholarni aqidalaridan ogohlantirib, aqidalaridan cho’chitib emas.

والله أعلم وبه العون والتوفيق!

Rahmatullah Hanafiy

01 Dec, 18:11


https://youtu.be/cKLpc3GJSl4?si=ryBAvgYzmDraPXIE

Ha Shayx Usmon, aytganingizdek:
“بلغ السيل الزبى”
(pichoq suyakka borib taqaldi)

Shayx Usmon Xamis Haddodiylar (salafiylarning mujomala* qilmaydigan turi) Navaviy, İbn Hajar, Subkiy sag’iyr, Subkiy kabiyr, İbn Rushd, G’azoliy, İbnus Saloh, İroqiy, Boqilloniy , İbn Fuurak, Abul Hasan Al’ashariy kabi Ahli sunna İslom ulamolarini takfir qilishayotganidan toqati tog’ bo’lib kuyip-pishib gapiribdilar.

Shayxni o’zlariga ham aytgan bo’lardik, o’sha ulamolarni tabdiy’ qilish (bid’atga nisbatlash), ular sha’nlariga, ilmiy meroslariga nisbatan noloyiq gaplarni aytishdan ham to’xtalish kerak. Vallohi bas qilish kerak!

• Nima aqidaviy xato ekanki ular adashib xato qilsihibdi.
Ularda ilm bo’lmaganmi, muhitidan ta’sirlangan desak?
Yo’q, ularda hamma ilmlar bo’lgan, aqidada adashib qolmaslik uchun. Ularni shayx aytganlaridek “talbis” (لبِّس عليه) aldab qo’yishmagan birov. Ularni aldab qo’ygan deyish bizni asrdagilarga aytilsa o’xshaydi. Dinning eng nozik, xatarli nuqtasida (ya’ni Allohning ism sifatlarida) birov kelib aldab ketgan deyish durust mantiqli gap emas.

• Aqida haqida keltirilgan sanadli kitoblarni o’qimaganmikinlar?!
Bu ham bo’lishi mumkin emas.
Chunki ular hadis ilmi arboblari ham bo’lishgan, ularga maxfiy bo’lmagan. Ular qaysi hadisni olinishi qaysini olinmasligi, qanday tushuniladi, qanday tushunilmaydi, bularning barchasiga ular chevar bo’lishgan. Hadis san’ati jihatidan ham, diroyat-fiqhi jihatidan ham oxirgi asrimizdagilardan beqiyos ustun bo’lganlar.

• Yoki jur’at yetishmaganmi?
Bu ham emas. Chunki ular sultonidan ham xalifasidan ham qo’rqishmagan. Hatto o’z ustozlari, shayxlari bo’lsa ham odob saqlagan hollarida haqni tanlab ketaverishgan.

• Taqvo sustligi yoki malomatchilardan qo’rqqanmikanlar?
Ular haq turganda malomatchini malomati, kimnidir nazaridan qolishni, yo hajr qilinishidan qo’rqishmagan, haqni baralla ayta olgan rabboniy olimlar edilar.

• Kalavaning uchi ayni shu yerda.
Mana shu ulamolarni takfir qilish, bid’atchi deyish to’xtatilsa musulmonlarga ancha orom kirib qolardi. İshoning musulmonlar katta birlikka erishadilar. Quvvat, azizlik qaytib keladi.
Zero shayx zikr qilgan ulamolarning aqidaviy ixtiloflari bid’atni taqozo qiladigan masalalarda emas, (teranroq, kengroq nazar solinsa). Musulmonlarning jumhur ulamolari orasida u ixtiloflar bilan ikki tomon bir-birlarini bid’atga nisbat beradigan masalalar emas.
Shunisi to’g’ri.

Biz musulmonlarni ikkiga bo’lib turgan narsa shu.

• Bunga rozi bo’lmaganlar ixtilofni saqlab, musulmonlarni har doim achinarli holatda qolishiga hissa qo’shayotgan bo’ladilar.

• Yana ahamiyatga sazovar bir tomoni, bu shayxlar hozir shuday deyabdilar-u, boshqa tomondan o’zlari ham bu kabi ulamolar haqida achchiq, qattiq gaplarni gapirishda, ularni yomon sifatlar bilan haqorat qilishda qolishmaydilar.

Rahmatullah Hanafiy

01 Dec, 18:11


Masalan Shayx Abdurrazzoq
“safala”, “mutakallimun” (pastkashlar, kalomchilar) deganga o’xhagan gaplar bilan haqorat qilgan videolari chiqib qoldi bir safar. Nafrat bilan gapiradilar.
Mustafo Adaviy, Solih Oli Shayx , Shayx Usaymin, Abdulaziz Tarifiy, Sulaymon Ulvon, ro’yxat tugamaydi… Alloh rozi bo’lsin dinga, sunnatga qayg’urishlari to’g’ri, lekin bular ham adashishyabdi “bid’at”ga chiqarish masalalarida. Bular ham ma’sum emas deb bilish kerak, narigi olimlarga shunday deyilgani kabi. Dinga, shar’iy ilmga jonkuyar yoshlarimiz to’g’ri yo’nalishni tanlashlari kerak. Kelajakda musulmonlarni birlashtiradigan foydali ilm manhaj-yo’lini tutish kerak. İxtilofni meros qoldirmasligimiz kerak. Bu bizlarni bo’ynimizdagi omonat.
• Aytganimizdek, bular bid’atga tushib qolgan degan u olimlarni maqomi balandroq, imomat maqomlariga muxoliflari tomondan ham ittifoq qilingan zotlar. Shayx ham “İslom ulamolari” deb turibdilar, mana.

• “Nimani eksang shuni o’rasan” deganlaridek, axir bu urug’larni o’zlaringiz sepmadingizmi?!
Demak o’ylab ko’rishimiz kerak ekan, bunday urug’lar ijobiy salohiyatli mahsul bermayabdi emasmi?!
Urug’ni to’g’ri ixtiyor qilish kerak ekan, degan xulosaga kelish payti kelmadimi?!

• İlm tarixiga nazar soladigan bo’lsak arab diyorlarida ham bizning diyor odamlarining ham ko’pi har bir fanda muhaqqiqlardan, mujtahidlardan bo’lishgan.
Shuning uchun bu shayxlar aytdi deb Qur’ondek qabul qilib ketish, faqat bularniki to’g’ri deyish, islomiy ilmiy merosga faqat va faqat ularnigina tuynugidan qarash siz dono xalqlar avlodlariga yarashmaydi.
İslomiy meros juda keng va katta. Siz ham ular olgan joyga murojaat qiling. Ular ko’rmagan narsalarni ham ko’ra boshlaysiz. Bu gap hammamizga ham tegishli.

• Muhim narsa!
Mazkur olimlar haqida Uluhiyyat tavhidiga chaqirishmagan deganlari.
İsm sifatlarni inkor qilishadi deganlari.
Qur’onni maxluq deyishadi deganlari.
Amal imonga kirish kirmaslik masalasi.
Va boshqa shunga o’xshash masalalalar.
Bu ayblovlarning barchasi noto’g’ri ayblovlar. Buyog’idan xotirjam bo’ling. Gumonni yaxshilang, o’qing, izlaning - vallohi- bu gaplarimning tasdig’ini topasiz.
Arablar aytishadiku
"فكِّر خارج الصندوق"
“Qutidan tashqarida fikrlang!”.
والله أعلم وعلى رسوله صلى وسلم!

*murosa qilmay (принцип) asllariga sodiq turadiganlari.

Rahmatullah Hanafiy

29 Nov, 17:57


Ma’rifatulloh

Rahmatullah Hanafiy

29 Nov, 16:58


📙

Alloh O’zini bizlarga o’z sifatlari orqali tanitadi. Bu Allohdan xashyat (qo’rqish)ga olib boradi, u esa taqvoga. Taqvoga shu yo’l bilan erishiladi. Ya’ni Allohni tanish bilan.
Hukamolardan biri aytgan ekan:
“Allohni taningiz, kim Allohni tanisa Unga ko’z ochib yumguncha ham osiylik qilishga qodir bo’lmaydi”.
Xashyat (qo’rqish) ishning ko’zidir. Kim Allohdan qo’rqsa undan hamma yaxshilik keladi.
Kim U Zotdan eminlik-xotirjamlikda bo’lsa undan barcha yomonlikni kutish mumkin.

İmom Nasafiy rahimahulloh tafsiridan.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

28 Nov, 18:35


🎯
Subhanalloh! “Hikmat mo’minning yo’qotgan narsasi” degan asar judayam haq-da.
Qarang, Rus yozuvchisi Dostayevskiyning tilidan bu haqiqat, bu hikmat qanday gapirtirib qo’yilgan:

“Senga haqni aytish qiyinlik qiladi, agar sen botildan foydalanib turgan bo’lsang”.

Alloh ofiyatda qilsin bizlarni!

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

26 Nov, 13:12


💚💚💚3️⃣
🔠🔡🔡🔡 🔡🔡🔡🔡🔡🔡

(شرح قطر الندى وبل الصدى للإمام ابن هشام رحمه الله)

“Nahv karvoni” kurslarimizdagi ikkinchi bosqichda o'rganiladigan birinchi kitob Alloma Ibni Hishom rahimahullohning "Qatrun nado va ballus sado sharhi” kitobiga birinchi oy guruhi ochildi.

Bu kitob nahv ilmida chuqurlashish davri bo’lib o'rta bosqichni shakllaydi. Bunda boshlang'ich nahv kitoblarida uchramaydigan ko'plab qoidalar o'zlashtiriladi. Talabaning saviyasi bu kitobdan keyin keskin o’zgaradi. Shar’iy ilmlarda yurishi dadillashadi.

Hamda:
Ajurrumiyya sharhlari.
Azhariyya sharhi.
Durusun nahv.
Kabi kitoblardan dars bera oladi.

Qolaversa Bayna yadayk, Takallum kabi zamonaviy darslik qo’llanmalaridan dars o’tishda qoidalarni ishlatib erkin izohlar berib o’z talabalarini qoniqarli ilm bilan ta’minlay oladigan bo’ladilar.

💳To'lov bir oyga: 450 000
🎙Kurs muallifi: Rahmatulloh Hanafiy.

Guruhga qo’shilish uchun:
🌐https://t.me/R_Hanafiy

Rahmatullah Hanafiy

26 Nov, 13:09


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 2⃣
🔠🔡🔡🔡 🔡🔡🔡🔡🔡🔡

(شرح المقدمة الأزهرية للشيخ خالد الأزهري رحمه الله)

NAHV KURSLARIDA YURISH REJAMIZ DAVOM ETADI:

🔣Kursimizda o'rganiladigan navbatdagi kitob Shayx Xolid Azhariy rahimahullohning Muqaddimai Azhariyyasiga bitgan sharhi bo'ladi.

🔣Bu kitob nahv ilmida boshlang'ich darajani mustahkamlash bosqichi hisoblanadi.
Kursda Muqaddimai Azhariyyani alohida o'qilib izohlanadi, sharhi ham yana alohida o'qilib izohlanadi.
Bu usul har xil saviyadagi talabalarning har qaysisi o'z saviyasiga mos suratda to'la-to'kis foydalanishini ta'minlaydi, inshoolloh.

🔣Bu kitobda boshlang'ich nahv kitoblarida uchramaydigan ko'plab qoidalar o'zlashtiriladi. Talabaning saviyasi bu kitobdan keyin sezilarli darajada ijobiy tomonga o’zgaradi.
Hamda:
Ajurrumiyya sharhlari.
Durusun nahviya.
Kabi kitoblardan dars bera oladi.

🔣Qolaversa kelajakda Bayna yadayk, Takallum kabi zamonaviy darslik qo’llanmalaridan dars o’tishda qoidalarni ishlatib erkin izohlar berib o’z talabalarini qoniqarli ilm bilan ta’minlay oladigan bo’ladilar.

💳 To'lov bir oyga: 385 000
🎙 Kurs muallifi: Rahmatulloh Hanafiy.

Kursga yozilish:
🌐 https://t.me/R_Hanafiy

Rahmatullah Hanafiy

25 Nov, 08:00


▫️ Zamona pandi

وفي الأثر: وفي صحف إبراهيم:
" ينبغي للعاقل أن يكون حافظا للسانه عارفا بزمانه مقبلا على شأنه".
تفسير النسفي.

Asarda keladi: İbrohim - alayhi va ala nabiyyina assolatu vassalam - sahifalarida kelgan o’gitlardan:
"Oqilga tilini saqlovchi, zamonini biluvchi va o’z ishiga yuzlangan bo’lishi lozim bo’ladi”.

Tafsiri Nasafiy 📖

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

24 Nov, 20:37


Rahmatulloh Ustozning darslaridan oladigan foydam kóp Alhamdulillah. Va shulardan:

_Óqiladigan kitobni batafsil tanishtiradilar: darajasi, muallifi, foydalari;

_Bir masalada atroflicha fikrlar*ni berib sóng xulosalaydilar, u xoh nahv bólsin, xoh fiqh yoki tafsir..;
*Manbasi bilan ishonchli holda yetkazadilar;

_Óquvchining xotiriga kelishi mumkin bólgan masalani bilgandek ósha masalani ham batafsil aytib ótib ketadilar;

_Kitobdagi har bir jumlaga e'tiborli bólib, nega aynan shu ma'lumot kelayotganligini uqtiradilar.

_Kóp davom ettirsam bóladi.
Ustozdan Alloh rozi bólsin.

Muhyisunna

Rahmatullah Hanafiy

24 Nov, 20:35


“Hamla” kursimizni bitirib fiqh va tafsir darslarimizgacha yuqorilagan o’quvchilarimizdan birlari darslarimizdan olgan ba’zi taasurotlarini ilhomlanib yozibdilar.
Alloh ilmlarini yanada ziyoda qilsin!
Bizni yanada kattaroq ishlarga Alloh muvaffaq aylasin!
Niyyatlarimizni xolis qilsin!

Darslarimiz haqida tasavvur va unga targ’ib bo’lishi uchun ulashish foydadan xoli emas deb o’yladim, marhamat: ⤵️

Rahmatullah Hanafiy

19 Nov, 17:39


للنشر في أوسع نطاق
جزى الله كاتبه الرئيس محمد گورماز كل خير
ونحن مع هذا البيان

انشروه في كل ميدان بكل لسان

Rahmatullah Hanafiy

18 Nov, 16:16


Bitta simirsam munosabatlarini buzib qo’yamanmi deb qo’rqaman “

☕️

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

18 Nov, 16:07


“Maqsadi faqat seni xatokor qilish bo’lgan shaxs bilan bahslashma” debdi yana o’sha Alpachino )

To’g’ri aytibdi! 🙂
Aylansang ham o’rgilsang ham seniki xato bo’laveradi-da, qonun-qoidasi yo’q odam uchun!

📿

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

17 Nov, 18:04


💛💛💛

Bir hadisga hukm qilish uchun o’sha hadisning hamma tariqlarini jamlash kerak bo’ladi.
Jamlamasdan hukm qilsih bilmasdan gapirishga kiradi. Alloh taolo aytadi:
🔣ولا تقف ما ليس لك به علم🔣
وقال القتبي : المعنى لا تتبع الحدس والظنون
(Taxmin va gumonlarga ergashma)

Zamondosh hadischilarning ko’pi shu borada sustkashlikka yo’l qo’yishgan deydi ustozlar.

*Tariq - hadisning sanadi. Bir hadisning nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetib boradigan bir necha yo’llari bo’lishi mumkin.

R. Hanafiy
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

17 Nov, 16:40


📔
Hech kishi bila urushmag’il, nedinkim urushmoq oqil va muhtasham kishilarning ishi ermasdur, yosh o’g’lonlarning va xotunlarning* ishidur.
Agar ittifoqo bir kishi bila urushsang, og’zinga kelg’on dashnom va fahshlarni aytmag’il. Ul miqdor urushg’ilki, yarashmoqqa joy qolsun. Birdan besharmlik qilmag’il, bu ish bozori, avobsh**larning odatidur. Odatlarning yaxshirog’i tavoze’li bo’lmoqdur.
__
*oqila xotunlar bundan mustasnodirlar.
**qalang’i-qasang’i.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

15 Nov, 08:26


Mana qanday his qilish kerak so’z qudratini!

JUM’A muborak! 🕌 😅

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

14 Nov, 17:54


✉️ Ayol-qizlar uchun Qurʼon darslari

🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎

🌷 0 dan Qurʼongacha ( 2 oy)

🌷 Maxroj " Harflarning maxraji va sifatlarini yaxshilash" ( 1 oy )

🌷 Mukammal Tajvid ( 2 oy )

🌷 Tajvid ijoza darslari
" Tuhfatul atfol ", " Jazariyya " ( 1 oy )

🌷 Quron tas'hih

🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎🤎

🩷 Darslar 500 dan oshiq ayollarning sevimli, tajribali USTOZA si tomonlaridan olib boriladi.

🪶 Barcha kurslar yakunida shahodatnoma va ijozalar taqdim qilinadi.

Toʻliq maʼlumot olish uchun @r_hanafiy
🌷 Ustoza linkini beradilar

🩷

Rahmatullah Hanafiy

12 Nov, 19:56


▫️Assalomu alaykum va rahmatulloh▫️

📣Nahv karvoni davom etadi.

شرح شذور الذهب

darslarining birinchi oyiga
Qabul ochildi

▫️Bu kitob o’rta bosqichdagi ikkinchi kitob, " Qotrunnado " sharhidan keyin yo shuni saviyasida o’qiladigan kitoblardan.

📝Nahvdan mudarrislik qiladiganlar o’qimagan bo’lsa ko’p narsa yo’qotibdi.

▫️Xullas nahvda bu kitob nisbatan kamol darajalaridan hisoblanadi.

🖊Shuningdek nahv ilmining shirasini his qila boshlaydigan davrlar desak yanglishmagan bo’lamiz.

Qabulga yozilish uchun:

▫️ @r_hanafiy

Rahmatullah Hanafiy

11 Nov, 22:04


📚

Alloh ilmlarimizni katta, aqllarimizni undanda katta qilsin!

“Har kishining bilimi bo’lsa-yu ammo unga loyiq aqli bo’lmasa, bu bilim unga zarar yetkargusidir”.

Nafaqat o’ziga, o’zgalarga ham zarari tegadi.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

11 Nov, 20:45


🪶
Gapga sahih nazar orqali ishlov berib gapirish haqida ifoda:

“Har so’zki undan xunar isi kelmasa, bunday so’zni gapirmaslik lozim”.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

11 Nov, 20:13


Lug’at: 🪶

“Humoyun”ning ma’nosi - muborak

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

11 Nov, 17:40


📝

İlm andoq ganji nofe’dur bani odamg’akim
Kimda ul bo’lsa iki olam bo’lur obod ango

İlm odam bolasiga shunday manfaatli xazinaki, u kimda bo’lsa ikki dunyosi obod bo’lg’ay.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

11 Nov, 17:06


🪶

Hayratdan “lol bo’ldi” deyiladi.

“Lol”ning lug’atdagi ma’nosi soqovdir.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

11 Nov, 16:59


📜

- Hamma narsani kim biladi?
- Hamma narsani hamma biladi.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

09 Nov, 20:25


Ko’ra

Kabob pishirishni o’rgatayotgan odam sixlarni “qo’ra”ga qo’yamiz deyabdi. Oldin ham shunday deyilganini eshitgandim.
Qo’ra - qo’y turadigan joy.
Biron shevada “q” deyiladimi yo bular adashib aytishyabdimi?

Rahmatullah Hanafiy

09 Nov, 10:26


Ajurrumiyyadan keyin qaysi kursni tavsiya qilasiz

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

08 Nov, 21:35


Yechim bor!
Hamma tolib va tolibalar uchun!

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

08 Nov, 19:25


Hamma ta’lim sohasidagi ilm egalarini shu kabi atiq manhajda birlashishga da’vat qilaman.
Musulmonlarning azizlik davrlari edi bu.
Ammo oxirgi asrlarda paydo bo’lgan , ahli sunna namoyandalarining aksarini “isqot” - e’tibordan tushirish manhajiga qurilgan, ko’plab qadimdan kelayotgan kuchli darslik kitoblarni chiqarib yuborgan ta’lim va ta’limgohlar musulmonlarni parokanda qildi. Hatto bu parokandalik o’zlarining ichida ham keng tarqadi. 🪶

Rahmatullah Hanafiy

08 Nov, 19:06


🪶
Diyorimizda to’qqiz, o’n va o’nbirinchi asrlardagi ilmiy holat

O’sha davrda Samarqand shahrining o’zida 17 ta madrasa bo’lib, unda davrning mashhur olimlari dars berdilar. Marv, Nishopur shaharlaridagi madrasalar hukumat qaramog’ida bo’lib, mudarrislar maosh bilan ta’min etilgan edi. 11-asr boshlarida hukumat madrasalari tashkil qilinadi, bu madrasalarda din olimlarigina emas, balki aniq fanlar olimlari ham leksiya o’qirdilar. Shu bilan birga madrasalarni vaqflar ham ta’min etar edi. Buxoro va Samarqand madrasalarida ilohiyot bilan birga aniq fanlar ( riyoziyyot, falakiyot, handasa, tibbiyot va boshqalar), gumanitar ilmlar (mantiq, ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi bade’ va boshqalar) ham o’qitiladi. Shu munosabat bilan Buxoro, Samarqand, Xiva madrasalariga olimlar, ma’rifatparvarlar yig’ildilar va ular ilm egalarini tarbiyalab yetishtirdilar.

Qobusnoma. 🪶

R. Hanafiy
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

06 Nov, 08:39


🪶Foyda: من لغة الفقه

Akramakumulloh, “Valadi zino”ning antonimi “Valadi rishda” deyiladi. Ya’ni sahih nikohdan.

ولد الزنا✖️ ولد الرِّشْدة

İxtiyor

@avan_ilmlar

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

04 Nov, 08:19


Bugun TAFSİR safariga otlanadigan kun!

اليوم أمر وغدا أمر وبعد غد كذلك.. ) إلى ما شاء الله ونسأله سبحانه أن يرفع من هممنا وأن يتم علينا جميعا فضله ونعمته بختم الكتاب ختما كاملا تاما نافعا للعباد والبلاد مرضيا عنه! آمين آمين يا رب!🥲🤲

@avan_ilmlar

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

04 Nov, 06:51


Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Bugun dars boshlaymiz 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 dan.
Kunlari: Yak-Se-Pay
Ya’ni ertaga ham dars joylab mana shu kunlarga moslab olamiz.
Alloh boshlayotgan ishimizni barakali qilisin!

⏱️Darsga shoshiling!

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

02 Nov, 15:09


📣
💚💚💚💚

Mufassal Tafsir Saboqlari


💬 Xabar qilganimizdek ilmlarning eng sharaflisi, vosita emas balki asl maqsad boʻlgan ilmlardan Tafsir ilmi orqali Qurʼon maʼnolarini batafsil suratda oʻrganib chiqamiz.

💚 Bu kursda biz eʼtiborli tafsirlardan kengrogʻi
Imom Nasafiy rohimahullohning "Madorik" tafsirlarini tanladik.

💚 Tafsir darslarimizni
" Amma pora " sidan boshlaymiz. Zero "Juz’i amma " kundalik ibodatlarimizda koʻp qoʻllanadigan va ta'limlarimizda ilk bor oʻrganiladigan suralarni oʻz ichiga oladi.
💚 Ularning mazmunlarini yetuk anglash barcha uchun dolzarbdir.

⌛️Amma porasi uchun belgilangan muddat taqriban ikki oy.

👥Tafsir darslariga ilm o’qiganlardan tashqari faqat tarjima va izohidan eshitib foydalanaman deganlar ham qatnashishlari mumkin.

📅 Boshlanish sanasi: 04.11.2024.
💳 Oylik to’lov: 385 000



🌐 Murojaat va ro’yxatdan o’tish uchun:
https://t.me/R_Hanafiy

Rahmatullah Hanafiy

02 Nov, 07:50


تفسير النسفي
☎️ Тел: +998944505665
Bu bosma boshqa bosmalarga qaraganda afzallik tomoni texnik xato juda kam bo‘lib tafsirdan dars beradigan ustozlar shunday deyishgan ba'zi sharhlari shunday go'zal berilgani اِكليل danham topa olmaysiz deyishadi
📎 Каналга уланмоқчиман
https://t.me/ArabiyKitoblari
🛒 Сотиб олмоқчиман
@Kitobchi_1
📊 “Яхшиликка далолат қилувчи уни қилувчи кабидир”
P.s. Сиз ҳам онлайн китоб дўконимиз ривожига ўз ҳиссангизни қўшинг

Rahmatullah Hanafiy

01 Nov, 19:47


🌞

Maf’ulun maahning amaliy ko’rinishi.
سرت والشَّمسَ
Quyosh-la sayr etdim.

Video by me, midi )

Quyoshning chiqishi maroqli deyishadi, chindan ham shunday.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

31 Oct, 19:26


👍

Yana bir ma’lumot, sarfda تفعيل bobida فِعَّال ham bor.
Xullas o’sha فِعَّال bilasizmi kimlarni lug’ati?!
Yamancha fasohatli qo’llanish. Ular تفعيل o’rnida فِعَّال ni ishlatishadi.
Qadimgi lug’at olimi imom Farro’ aytdilar: “فِعَّال Yamaniy, fasohatli bir so’zlash tariqasidir” - deb bir voqeani eslaydilar. “Marvadaligimda Yaman a’robiylaridan biri kelib mendan shunday deb fatvo so’ragandi:
الحلق أحب إليك أم القصار؟”
tugadi.

Ya’ni qisqartirish (القصار=التقصير )

R. Hanafiy
@avan_ilmlar

💚

Rahmatullah Hanafiy

31 Oct, 19:16


🤔
Qiziq tilga oid ma’lumotlardan, برد - uyqu ma’nosida ham qo’llanadi.
Arablarda منع البرد البرد degan gap bor. Y’ani “sovuq uyquni qochirdi” degani.
İbn Abbos raziyallohu anhu
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا
oyatida بردا ga uyqu deb tafsir aytgan ekanlar.
Vallohu a’lam!

R. Hanafiy
@avan_ilmlar
🤔

Rahmatullah Hanafiy

28 Oct, 09:16


Rahmatullah Hanafiy pinned Deleted message

Rahmatullah Hanafiy

28 Oct, 09:15


Sizni İlmiy izlanishlarda, qaysidir to’xtamga kelishda tarafkashlik qilmay, adolatli qiladigan narsalardan:

Haqiqatni kimdan bo’lsa ham qabul qilish.
“Hikmat mo’minning yo’qotgan narsasi, qayerdan topsa olaveradi”.
Bu hadis zaif bo’lsada salaf tobe’iynlarda qabul qilingan naql va g’oya bo’lgan.
(Modomiki rofiziy yo mo’taziliy yo shu kabilar emasmi, Ahli sunnatdanmi, ming yildan buyon muvofiqlari ham muxoliflari ham ularni qoldirgan islomiy ilmiy meroslaridan boshlarini ko’tara olmayabdilarmi, demak siz ulardan sovituchilarni gaplariga yaxshi ishlaydigan bir tarozi tutib olishingiz kerak, tahqiq va tahrir tarozisi.)

Haqiqat bilan hursand bo’lish.
[Garchi odamlar nohaq narsani haq deb ergashib ketgan bo’lsalarda. Modomiki haqni ko’rdimi u bilan hursand bo’ladi. Falonchilar nima deyishi, ularni nazaridan qolib ketishi uni qiziqtirmaydi. Zero Haqiqat oldida falonchilar, jamoatlar, va ularning nazarlari o’z qiymatini yo’qotadi.]

Haq o’ta g’alabali ekaniga ishonch hosil qilish.

Haqni hech narsa yengolmasligiga imon, sidqidildan ishonishingiz.
Haqni hech narsa yengolmaydi.
O’ylamang uni qaysidir yo’l bilan yengsa bo’ladi deb, uni na jamoat bilan , na mol-dunyo bilan, na siyosat bilan, na davlat bilan yengib bo’ladi
yaltir-yultir kitobchalar, jild-jild tasniflar bilan ham haqiqatni yo’q qilib bo’lmaydi… hech narsa bilan uni yengib bo’lmaydi…
Haqiqat baribir botilni turtib tashlaydi, ertami kechmi.

(Shayx Hotim Alavniydan biroz tasarruf-la)

R. Hanafiy
@avan_ilmlar

🕌Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

Rahmatullah Hanafiy

27 Oct, 10:15


📣
💚💚💚💚

Mufassal Tafsir Saboqlari


💬 Xabar qilganimizdek ilmlarning eng sharaflisi, vosita emas balki asl maqsad boʻlgan ilmlardan Tafsir ilmi orqali Qurʼon maʼnolarini batafsil suratda oʻrganib chiqamiz.

💚 Bu kursda biz eʼtiborli tafsirlardan kengrogʻi
Imom Nasafiy rohimahullohning "Madorik" tafsirlarini tanladik.

💚 Tafsir darslarimizni
" Amma pora " sidan boshlaymiz. Zero "Juz’i amma " kundalik ibodatlarimizda koʻp qoʻllanadigan va ta'limlarimizda ilk bor oʻrganiladigan suralarni oʻz ichiga oladi.
💚 Ularning mazmunlarini yetuk anglash barcha uchun dolzarbdir.

⌛️Amma porasi uchun belgilangan muddat taqriban ikki oy.

👥Tafsir darslariga ilm o’qiganlardan tashqari faqat tarjima va izohidan eshitib foydalanaman deganlar ham qatnashishlari mumkin.

📅 Boshlanish sanasi: 04.11.2024.
💳 Oylik to’lov: 385 000



📱 Murojaat va ro’yxatdan o’tish uchun:
@r_hanafiy

🍀
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

23 Oct, 05:49


🎤🚩🚩🚩🚩🚩



Har bir ishda puxtalik sekin-sekinlik bilan bo’ladi.
İlmda ham shu, bir fandan birin ketin bir nechta kitobni kichiklaridan kattalariga yuqorilagan holda shoshilmay o’qib o’rganib chiqasiz, shu tariqa sizda bu ilmda puxtalik hosil bo’ladi.
Arab tilini o’rganish ham kunimizda keng tarqalib qoldi Allohga hamdlar bo’lsin!
Lekin har kim har xil yo’l tanlaydi.
Qaysi yo’l bo’lmasin baribir nahv ilmisiz hech qaysi uslub ip esholmaydi. Hamma ish baribir nahv ilmiga borib taqaladi. Buni puxtalamasa qilingan mehnatlar zoye ketaveradi.

⚙️ Bu ilm barcha uchun shu qadar ahamiyatli ekan, biz bu ilmlarda o’qiladigan eng afzal , barcha ahli ilmlar orasida e’tirof etilgan , e’tiborli sanalgan kitoblardan boshidan to puxtalikkacha olib boradigan darslarni tashkil qilib qo’ydik. (Boshqa fanlarda ham shu gap)
📝Ular quyidagi kitoblar:
▫️Ajurrumiyya sharhi
▫️Azhariyya sharhi
▫️Qatrun nado sharhi
▫️Shuzuruz zahab sharhi
▫️Alfiyya sharhi Avzahul masolik
(Bu kitoblardan keyin talaba - Allohning izni-la - mohir ustozga aylanadi)

☕️ Bu ilmda ustasi farang bo’laman degan himmati balandlar istagan vaqtlarida hozirlab qo’yilgan dars guruhlarimizga tashrif buyurib ustoz bilan muloqotda bo’lgan hollarida bilim hosil qilishlari mumkin.
Talabalar yuqori bosqichlarga ko’chishda bir birlariga bog’lanmaydilar. Bir bosqichni bitirgan talabalar yuqori guruhlarga o’tib ketaveradilar.

📖 Binobarin NAHV İLMİDA darslik qo’llanmalarimizdan birinchi kitob:
Ajurrumiyya sharhi - Xolid Azhariy
uchun guruh tashkil qildik!
(qolgan kitoblardan ham so’ragan talabalarga guruhlar ochiladi)💚


Ajurrumiyya darslari ikki oyni tashkil qiladi.
Darsga yozilgan vaqtingizdan boshlab darslarni boshlayverasiz.

Darslar oyiga: 385 000

Darsga yozilish uchun:
✈️@r_hanafiy ga yozing, izohga emas.

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

22 Oct, 18:30


👈 سأل رجل امرأة :
لماذا خلقتن جميلات و ناقصات عقل ؟
فأجابت :
جميلات لتحبونا وناقـصات عـقل لنحبكم

Bir kishi bir ayoldan so’radi:
- Nima uchun sizlar go’zal va aqllari noqis etib yaratilgansizlar?
- Go’zal qilib yaratildik, sizlar bizlarni sevishingiz uchun.
Aqllarimiz noqis etib yaratilgan, biz sizlarni sevishimiz uchun.

@avan_ilmlar

😂

Rahmatullah Hanafiy

20 Oct, 20:54


🔖🔖

Alloh taoloning Ahli sunnat val jamoatga bergan ko’plab in’omlaridan biri:
🫧NASAFİY TAFSİRİ🫧dir.

Zero u:

💡Balog’iy ma’nolarga to’xtalgan. (balog’at ilmini tatbiq qilganlar)

💡Ahli sunnat val jamoat qavllari bilan bezatilgan.

💡E’robga to’xtalganlar.(keraksiz cho’zib yubormagan holda)

💡Qiroatlarni bayon qilganlar (7qiroatdan)

💡Bid’at ahlining zalolati va botillaridan xolidir.
(Ularning havolariga radlarni o’z ichiga oladi)

💡Vasat-o’rtachaligi. Malollantiradigan darajada keng ham emas, xalal beradigan suratda qisqa ham emas.

💡Va boshqa sururbaxsh sifatlari...

🕌 Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

@avan_ilmlar
📚🕯️

Rahmatullah Hanafiy

16 Oct, 20:25


💚 Tasavvuf

Haq tasavvuf ham bor , u esa kitobu sunnatga asoslangan holda jibril hadisida kelgan ihson maqomini hosil qilishdir. Da’vogarlar ham bor.
Tarmoqlardagi turli xil jirkanch videolarni ulashib tasavvuf shu deb mutlaq qoralab haq tasavvuf va tazkiya arboblari va ularga ergashgan solih insonlar haqqiga tajovuz qilgan bo’lib oxiratda yukni og’ir qilib olmaslik kerak.

Dinimizda haqni nohaq deyish ham zulmdandir.
Chiqarayotgan hukmlarimizda nihoyatda ehtiyot bo’lib har bir gapimiz, hatti harakatimizni ilmga asoslab qadam qo’yishimiz kerak.
Vallohu a’lam!

@avan_ilmlar

💚

Rahmatullah Hanafiy

13 Oct, 04:25


🔊 Diqqat!

Assalomu alaykum.

Ertadan ya’ni Dushanba 14.10.2024 sana Quduriy guruhiga dars joylanadi.
Fiqh ilmini tushunarli va qoniqarli shaklda o’rganmoqchi bo’lganlar marhamat qilib darsni boshlayveradilar.

Quduriydan dars qilaman deganlar bo’lsa @r_hanafiy ga (izohga emas) yozib qo’shilib olingiz.

(Murojaat qilsihdan oldin belgilagan e’lonni ham diqqat bilan o’qib chiqing, lutfan!)

🕌 Aqliy Va Naqliy ilmlar akademiyasi

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

12 Oct, 07:03




💡 Kurslarimizga taalluqli bo’lgan yangiliklardan yana birini aytib o’tishimiz lozim.
Shu kungacha darslarimizning audiolarini yuklab olish imkoniyati berilardi.
Bu uslub darslarga haris bo’lish, har bir darsni o’z vaqtida qilib yurishda ba’zi talabalarni sustkashlikka yo’l qo’yishiga sabab bo’lar ekan. Va yana ba’zi sabablarga ko’ra bu imkoniyatni olib tashladik. Endi darslarni yuklab olmay guruhda berilgan yetarli muddatda darslarni qilib oladilar. Keyin qilib olaman degan mulohazaga eshik yopiladi.

💡 Darslar faqat guruhda o’rganiladi. Guruhdan tashqari darslar yuborilmaydi.

🤲 Alloh sizu bizga foydali ilm bersin!

🌷E’tiboringiz uchun tashakkur!

🕌Aqliy Va Naqliy İlmlar Akademiyasi

@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

11 Oct, 07:48


💥Yangiliklarimiz davom etadi!

Tahsil qilish dasturimizdagi kitoblarning 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 yangi guruhlar tashkil qilishga va talabalar bilan shug’ullanishga kirishamiz!

🌿🌿🌿🌿⚠️⚠️⚠️⚠️

Rahmatullah Hanafiy

10 Oct, 15:53


Rahmatullah Hanafiy pinned «📣 💚💚💚💚 Mufassal Tafsir Saboqlari 💬 Xabar qilganimizdek ilmlarning eng sharaflisi, vosita emas balki asl maqsad boʻlgan ilmlardan Tafsir ilmi orqali Qurʼon maʼnolarini batafsil suratda oʻrganib chiqamiz. 💚 Bu…»

Rahmatullah Hanafiy

08 Oct, 18:11


📣 💚💚💚💚

Mufassal Tafsir Saboqlari


💬 Xabar qilganimizdek ilmlarning eng sharaflisi, vosita emas balki asl maqsad boʻlgan ilmlardan Tafsir ilmi orqali Qurʼon maʼnolarini batafsil suratda oʻrganib chiqamiz.

💚 Bu kursda biz eʼtiborli tafsirlardan kengrogʻi
Imom Nasafiy rohimahullohning "Madorik" tafsirlarini tanladik.

💚 Tafsir darslarimizni
" Amma pora " sidan boshlaymiz. Zero "Juz’i amma " kundalik ibodatlarimizda koʻp qoʻllanadigan va ta'limlarimizda ilk bor oʻrganiladigan suralarni oʻz ichiga oladi.
💚 Ularning mazmunlarini yetuk anglash barcha uchun dolzarbdir.

⌛️Amma porasi uchun belgilangan muddat taqriban ikki oy.

💚 Eslatma:
Tafsir darslariga qabul boshlandi.
Guruh to’lgandan so’ng darslar boshlanadi inshoolloh.

👥Tafsir darslariga ilm o’qiganlardan tashqari faqat tarjima va izohidan eshitib foydalanaman deganlar ham qatnshishlari mumkin.

💳 Oylik to’lov: 385 000


📱 Murojaat va ro’yxatdan o’tish uchun:
@r_hanafiy

🍀
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

08 Oct, 08:28


📎مما عرّفوا به الشبهة: دلالة الدليل مع تخلف المدلول.
السغناقي شرح المنتخب

💚 ما أدق عباراتهم! كأنها ترينا المتناول للشبهة المتعامل معها كدليل ويخفى عليه عدم مساعدته لمراده ويتمادى عليه مع إضلال نفسه والناس.
والحال أن الذي اعتقده دليلا متخلف مدلوله، إذن ليس هو بدليل حقيقي بل هو شبهة دليل.

رحمة الله الحنفي✍️
@avan_ilmlar

Rahmatullah Hanafiy

08 Oct, 05:02


💚 ينبغي أن نتعلم العلم لنزن به أنفسنا ، لا لنجعله ميزانا على الناس
الشيخ حازم الكيلاني حفظه الله

İlmni o’zimizni taroziga solish uchun o’rganmog’imiz lozim. Odamlarni [o’lchaydigan] mezon qilib olish uchun emas.

R. Hanafiy
@avan_ilmlar


Rahmatullah Hanafiy

04 Oct, 10:00


“Our Muntaxabs lesson lasted for thirteen minutes yesterday”

“Kecha Muntaxab darsimiz 13 daqiqa davom etdi”

İnglizcha jumlani to’g’ri tuzdim shekilli a?

🕌

Rahmatullah Hanafiy

03 Oct, 18:27


Mayli sörabsizlar.
Topib berdim, vaqt sarflaganimga duo qilib qöysangizlar böldi )

📖ZOOR MAQOL KİTOBCHA

R. Hanafiy
@avan_ilmlar
☀️

Rahmatullah Hanafiy

03 Oct, 16:59


رب ساع لقاعد

Peshana teri qilmay bir narsaga erishish payida bölgan kishi haqida.

Yana bir ma’nosi:
Bizdagi - “yugurganniki emas buyurganniki” örnida ham ishaltilarkan.

R. Hanafiy
@avan_ilmlar