Talabalik onlarim👩🏼🎓
Turkiyaga kelgan vaqtim,
Ne qilarim bilmasdim.
Maqsadsiz yurgan onim,
Telefondan turmasdim. 🤳🏻
Keyin nima boʻldi-yu,
Paydo bo'ldi qalbimda.
Bir uchqunday uchdi- yu,
Kirib keldim ilmga.🧕
Avval Odina ustoz,
Madrasalarin koʻrdim.
U yerda ta'lim olib,
Ilm ta'mini bildim.👩🏻🏫
U yerdagi ustozlar,
Bir-biridan ilmli.
Kursdoshlar, dugonalar,
Fe'llarichi halimdi. 👩🏽🤝👩🏾
Bir sabablar bilan men,
U yerlardan ketgandim.
Yana oʻqish niyatda,
Madrasalar kezgandim. 🏢
Juda koʻplab joylarni,
Ko'rib, har yon chopgandim.
Eng aʼlosi men uchun,
"Mezana"ni topgandim.
Vanihoyat men juda,
Sevindim ham quvondim.
Juda koʻp umid bilan,
Oʻqishimga otlandim. 🚶🏻♀️
Birinchi kun u yerda,
Juda ko'p qizlar koʻrdim.
Eng birinchi eng yaqin,
O'ktam opamni ko'rdim. 🥰
Sinfimda bor edi,
Muharram-u, Muhlislar,
Mubarak-u, Oydina,
Mavluda-yu, Rayhonlar. 👩🏼🤝👩🏿
Birin-ketin kamayib,
"Состав"imiz oz qoldi.
Sodiqligin bildirib,
Hislat opamiz qoldi. 👍🏼
Oramizda juda zoʻr,
Raqobatlar qilardim.
Qizlardan qolmayin deb,
Oʻzim oʻqqa otardim. 👩🏼💻
Imtihon paytida-chi,
Ajib ishlar qilardik.
Opam bilan yana men,
Oʻynoqi ko'z qilardik. 👀
Zaynab degan bir qiz bor,
"Актив" edi oʻqishda.
Mohigulni bilarsiz,
Chempiondi qoʻrqishda. 🏆
Men koʻplarga teginib,
Qizlarni tinch qoʻymasdim.
Ayniqsa-chi bir qizni,
"نما" deya qo'ymasdim.
Sinfimiz faxridir,
Odob-axloq naqshidir,
Kimligini toping-chi!
Ha, oʻsha qiz Oyshadir! 😍
Bizda yana bor edi,
Anisalar, Nasrinlar,
Madina-yu Oydina,
Ketdi essiz zo'r qizlar. 🥴
Ha aytgancha Ismigul,
Kelaman deb aldaydi.
Kutib-kutib koʻzlarim,
Oxir qurib boʻzlaydi. 🥵
Madrasamda bolalar,
Bog'chasi ham boʻlardi.
Kirib qolsang u yerga,
Toming aniq ketardi. 😇
Yusuf degan bolakay,
Odob bilan oʻtirar.
Yonida-chi Hafsamiz,
Doim unga termular. 🥰
Agar Hojar qizimiz,
Kelsa bormi bog'chaga.
Yusufimiz yonida,
Qolmaydi biron qizcha. 🙀
Yusro degan bir qiz-chi,
Koʻzlari chaqnab turardi.
Onasin darsi payti,
Doim "мозги" qilardi. 🤦🏼♀️
Undan bizlar koʻp xursand,
Seviniblar ketardik.
Chunkiy ustoz chalgʻisa,
Kitobga tez qarardik. 🙇🏼♀️
Ustozlar-chi u yerda,
Mehribondir farishta.
Safura ustozimiz,
Doim chaqqon har ishda. 👏🏼
Rostin aytaymi sizga,
Fiqh bilan aqida,
Darsini qilmasak gar,
Koʻzlar ustoz sharfida. 🧕
Nima uchun deysizmi?
Sababin aytay sizga,
Chunki sharfin rangini,
Oʻrar ustoz kayfida. ☀️
Oq boʻlganda bizga zo'r,
Kayfiyati zoʻr bo'lar,
Qora bo'lsa agarda,
Bahoing ham yoʻq boʻlar. 🙅🏻♀️
Shu onda bizlar uchun,
Himoyachidek kelar.
Bilasizmi kim ular?
Osima ustoz boʻlar! 🤩
Ha aytgancha eng quvnoq,
Ustozimni aytmabman,
Kirganlarida ular,
Muhsinahon demabman! 😘
Arab ustozlarni men,
Tariflarin aytmayman.
Aytay desam ham baribir,
Arab tilin bilmayman. 😁
Mezananing har birin,
Ustozlarin sevaman!
Chunki ilmiy hayotiy,
Koʻplab bilim olaman!
Bunga sabab boʻlganlar,
Katta ustoz boʻlarlar.
Biz qizlarni ilmli,
Qilgan ular boʻlarlar. 📚
Shunday sharoit qilib,
Bizlarni oʻyladingiz,
Ilm olsin va bersin,
Deya mamnun qildingiz! 🇺🇿
Mubashsir Ahmad domla,
Sizga juda koʻp rahmat!
Alloh uchun qilganingiz,
Jannatda koʻring albat! 🤲🏼
Qo'shmurodova Soliha