𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 @paradise_pg Channel on Telegram

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

@paradise_pg


"Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?"

instagram.com/paradise___pg

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 (Uzbek)

Assalomu alaykum, sevgli do'stlar! Sizga tanish bo'lishiga ajoyib bo'lgan Telegram kanalimizga, paradis_pg ga xush kelibsiz! Bu kanal O'zbek tilidagi ayrim ma'noli so'z va iboralar haqida ma'lumotlarni taqdim etadi. Agarda siz o'zingizni hayron holda topib, hidoyatga boshlamagan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun. Qiziqarli hadislar, foydali ma'lumotlar va zahiri qiziqarli voqealar sizni kutmoqda. Kanalimizda oila, mazal, dunyo va boshqa turli mavzularda ma'lumotlar bor. Buning bilan birga, hadislar, izohlar va boshqa diniy muhokamalar ustida ham charchab turish imkoniyati mavjud. Siz ham paradis_pg kanaliga obuna bo'ling va hayotda muhim bo'lgan, aynan bu turdagi ma'lumotlarga ega bo'lishingizga yordam bering!

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

18 Feb, 17:22


🌺 Ayollar uchun top 3 ta vitamin

1️⃣ Alive multivitamini - ayollar uchun kerak boʻladigan 20 dan ortiq vitaminlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan, B vitamini - soch va tirnoqlar uchun, A va E vitaminlari saraton kasalligiga qarshi himoya hisoblanadi. Ushbu multivitamin kuniga 2 mahaldan iste’mol qilinadi.

2️⃣ Vitamin A - immun tizimi mustahkamligi, koʻz salomatligi haqida qaygʻuradi. Teri qarishi va ajin tushishining oldini oladi. Ayollar salomatligi uchun eng muhim vitamin hisoblanadi.

3️⃣ Selen - yurak qon tomir sogʻligʻini saqlaydi. Jismoniy va ruhiy stressning kuchayishini oldini oladi. Qalqonsimon bezning faoliyatini yaxshilaydi.

📩 Ushbu vitaminlarni doʻkonimizdan xarid qilishingiz yoki buyurtma berishingiz mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998932172772 / @bito_minocall
📍 Manzil: Qatortol bozori, akvarium 27-doʻkon.

🔶Telegram | 🔸 Instagram

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Feb, 20:01


Dunyoning eng goʻzal hissi, oʻzinga oʻzing yetarli boʻlishing.
Moddiy, ma’naviy. Hech kimga muhtoj boʻlmasdan.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Feb, 15:35


Collagenni ichida, Vitamin A, Vitamin C, Vitamin E, B6, B12, Sink, Selen bor ekan. Oyim koʻrib xursan boʻp kettilayeee 🥲

Anchadan beri oberaman dib, esimdan chiqib ketgandi. Bir duolarini oldim bugun, mezza 🥰

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Feb, 15:29


Bugun Oyijonimni va Opamni xursand qildim))

Vitaminlar - @bito_mino dan 💚

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

14 Feb, 19:42


Rejalari bilan qalbimga taskin bergan Robbimga hamdlar boʻlsin.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

14 Feb, 13:50


Eng yaxshi va qadrli hadya - kitob 🤩

Bugun “Qamar”da kitob ulashish kuni boʻldi. Kitoblarni hadya qilgan hamkasbimga katta rahmat.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

13 Feb, 08:04


Avval, ”qo’limdan kelmaydi” deganlaringni qilishni boshla.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

12 Feb, 12:20


“Uy qayerda?”, deb soʻrasangiz:

“Tushunilish uchun tortishishga hojat qolmagan joydir”,
deyman.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Feb, 11:30


Yana uchta jumadan soʻng:
Bahor, Ramazon… 🌸

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Feb, 10:55


Arab tilini oʻrganmoqchi boʻlsangiz, siz uchun yaxshi imkoniyat 😊🌹

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Feb, 10:55


Arab tilini 0 dan oʻrganamiz!

Arab tilini boshlangʻich darajada oʻrganishni istagan ayol-qizlarni arab tili onlayn kursiga taklif qilamiz!

➡️ Kurs davomiyligi: 3 oy
➡️ Bir oy uchun toʻlov: 250.000 soʻm
➡️ Haftada 3 kun dars, 1,5 soatdan
➡️ Bitta guruhga 5 nafar talaba qabul qilinadi
➡️ Birinchi sinov darsi bepul
➡️ Darslar onlayn tarzda olib boriladi
➡️ Darslar kechki payt boʻlib oʻtadi

Kurs davomida nimalarni oʻrganasiz:

✔️ arab harflarini oʻrganish
✔️ soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish
✔️ soʻzlarni toʻgʻri yozish
✔️ soʻzlarni toʻgʻri oʻqish

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga ustozamiz tomonidan hadyalar taqdim qilinadi.

🌸 Murojaat uchun:

@pltvamina | +998900413222

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

09 Feb, 11:38


Ramadan is coming soon 🌙

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

09 Feb, 10:46


Bugun. Yakshanba

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

06 Feb, 07:50


Nimadir yaqin ☕️

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

06 Feb, 06:35


Allohni eslash shifodir.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

05 Feb, 17:56


“Yashamoq, Yashamoq… Bu kitobning nomi “Yashamoq” deb nomlanibdi-yu, ammo qahramonlarning hech biri yashamabdi”…

Tanlov shartini eslatib oʻtaman. Birburchak va Paradise kanallariga a’zo boʻlishingiz kerak.

“Qatnashaman” tugmasini bosishingiz kerak.

Ertaga tanlovning oxirgi kuni 😊

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

04 Feb, 18:18


Ayollar haqida koʻp yozaman. Bu galgi satrlarim boshqacha boʻladi.

Erkaklar.
Ularning yelkasida katta mas’uliyat bor. Ba’zan koʻzlariga qarasangiz, koʻp narsani oʻqisangiz boʻladi. Koʻzlar yolgʻon soʻzlamaydi. Agar chin dildan ularni tushunaman deya qaray olsangiz, shularni koʻra olasiz:

• Mas’uliyat, javobgarlik;
• Oila himoyasi, ota-ona, farzandlari, ayolining majburiyatlari;
• Uyga olib kiriladigan non uchun ba’zan pul yetmay qolgandagi aybdorlik hissi;
• Katta tavakkal qilib boshlangan ishni, ba’zan oʻxshamay qolishidagi tushkunlik;
• “Oilamni qanday boqaman?”, degandagi chorasizlik;
• Kuni boʻyi ishlab kelgandan keyingi charchoq;
• Uni ba’zan hech kim tushunmasligidagi yolgʻizlik.

Jim boʻlib qolishadi ba’zan.
Oʻsha vaqtda, erkakni tushunmay qolib, ba’zan biz ayollar noliymiz. “Unim kam, bunim kam”, deya muammolarimizni ayta boshlaymiz. Ayolligimizga borib, “U menga vaqt ajratmayapti”, deymiz. Oʻzi biz, hech muammolarimizni aytishdan avval ulardan soʻraganmizmi:

• “Sizda hammasi joyidami?”…
• “Sizning roziligingizni olish uchun, koʻnglingizdagi ishlarni qila olyapmanmi?”…
• “Ba’zida sizga koʻp gapirib qoʻyaman. Oʻsha vaqt aytgan gaplarimdan ranjimaysizmi?”…
• “Ishlaringiz joyidami?”…
• “Sizga moddiy taraflama yordam bera olmasam ham, sizni eshitaman, menga hammasini ayting”…

Bizdan koʻra koʻproq mehr istashadi ba’zan. Bizdan koʻra koʻproq yosh bola boʻlishadi. Ularni ham eshiting. Qiziqishlari, maqsadlarini tinglang. Yaxshi eshituvchi boʻling. Suhbatdosh boʻling. Eng muhimi, ularga Robbisiga yaqin boʻluvchi amallarni koʻproq eslatib turing.

Tushunaman, qiyin bizga ham, ba’zida qoʻpol gaplar bilan bizni ranjitib qoʻyishadi. Lekin, vaqt oʻtgach, barbir ayblarini tan olishadi. Va bilasizki, koʻnglimizni olishga harakat qilishadi. Shu sababli, bir oz muddat sukut qilib barchasi oʻz iziga tushishini kutaylik.

Ba’zan shunchaki tushuning ularni.
Eng chiroyli soʻzni ayting: “In shaa Alloh birgalikda hammasini uddalaymiz, hali hammasi yaxshi boʻladi”. Va kuting.

Robbim barchani yuqorida sanab oʻtganim kabi, mas’uliyatli erkaklarga yoʻliqtirsin va bizni ham soʻraganimizga munosib boʻlishimizni nasib qilsin.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

04 Feb, 17:56


Hozir katta burilish boʻladi kanalda. Nima deb oʻylaysiz?

Post kimlar haqida?

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

04 Feb, 12:04


Sening nasibing hech qachon kech ham, erta ham emas, oʻz vaqtida keladi.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

04 Feb, 12:02


Soʻng Robbing seni bir kuni, hech ham xafa boʻlmagandek rozi qiladi.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

03 Feb, 06:16


Tanlov!

🔥 Gʻolib 4 kishi boʻladi va har biriga “Yashamoq” kitobi sovgʻa qilinadi.

Shartlar juda oddiy:
Birburchak va Paradise kanallariga a'zo bo'lasiz;
Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz, gʻolib boʻla olmaysiz.

Natijalar 6-fevral kuni 20:00 da e'lon qilinadi.

🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

02 Feb, 08:55


⚠️⚠️⚠️⚠️

Xoʻsh, Bito_Mino (vitamin, BAD kanali) ni tavsiya qilaman sizlarga.

©️Oʻzim ham tabobat doʻkonida ham maslahat berganim uchun, odamlarni ishontira olishim, ya’niki, vitaminlarga boʻlgan ishonchni insonlarga uqtirishim qiyin.

✔️ Lekin, ishonchli boʻlgan doʻkonni sizga ulashyapman. Doʻkon oʻzimning yaqin insonimniki. Shaxsiylari ham kanal linkida berilgan. Konsultatsiya ham olishingiz mumkin.

🔶 Telegram sahifalariga ulanib oling: @bito_mino
📎 Murojaat uchun: @bito_minocall / +998932172772

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Jan, 15:51


Unutma, Allohning boqiy yerlari bor.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Jan, 11:58


Qizlar, sizlarga eng yaxshi kanallarni ilinaman doim.

Ushbu sahifada nafaqat qizlar, balki yosh onalar uchun ham foydali maslahatlar berib boriladi 🌷

Eng sevimli kanalimdan biri 🌸

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Jan, 11:57


http://t.me/+PzTW4Ij-z-9jZWQ0

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Jan, 10:49


Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Jan, 10:18


🔔 "O'zbek yozuvi" onlayn kursiga qabul boshlandi!

🔔 Xattotlik bo‘yicha tajribali ustoz "Xattota Bintu Bilal" tomonidan tashkil etilgan ushbu kurs endi 3 xil tarifda o‘tiladi:

👍Premium tarif
👍Standart tarif
👍Mini tarif

🔔Kurs davomida siz 7 bosqichda oddiy va maxsus kaligrafiya ruchkasi bilan yozishni mukammal o‘rganasiz.

🔔Chiroyli yozishni bilmaganlarni ham go‘zal yozа olishiga kafolat beramiz!

🔔Sifat – biz uchun ustuvor!
Qo‘shiling va yozuvingizni san’at darajasiga olib chiqing!

🔔 OBUNA BO'LING

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

30 Jan, 12:36


Robbing sendan voz kechmaydi.
U yordam berganiga, hech kim ziyon bera olmas.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

29 Jan, 15:20


Nima desammikin, ba’zi xayrlashuvlar qalbni mahzun qiladi. Men bilgan eng qalbi toza, oʻz ishiga mas’uliyatli va bu yoʻlda hammani boshini qotiradigan, tirishqoq, Qamarni sevuvchi va albatta oʻzgacha olami bor boʻlgan @jalolovna_j oilamizni tark etdilar.

Jasmina, siz eng yaxshilardansiz. Qamar sizni sevadi, men buni aniq bilaman 🤍

Oʻsha gapim, muhimi qalbingizni asrang 🌟

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

29 Jan, 08:51


Shunaqa ekan :)

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

19 Jan, 16:17


Sizlar ham oʻqiyapsizmi?

Bejizga “Meni oʻzgartirgan voqea” mavzusini tanlamadim. Ba’zi voqealarni oʻqib, saboq olyapman oʻzim ham…

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

18 Jan, 14:56


“Kitoblarni qanday olamiz, yutib olsak?”, degan savolga javobni ham yozib oʻtaman. Viloyatdan yutsangiz BTS pochtasi orqali chiqarib yuboraman. Shahar ichiga boʻlsa, uni ham bir amallaymiz. Yetkazib berishga oʻzingiz toʻlab qabul qilib olasizda faqat 😊

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

18 Jan, 14:54


✔️✔️📎

Kanalda kichkinagina konkurs. Ba’zi kitoblarimni hadya qilmoqchiman. Sharti “Meni oʻzgartirgan voqea”, asosida kichik hikoya yozib, shu postning izoh qismida qoldiring.

21-yanvar kuni
hammasini oʻqib, gʻoliblarni aniqlayman. Iloji boricha imlo xatolarsiz boʻlsin.

G’oliblarga quyidagi kitoblar taqdim etiladi:
1-oʻringa:

1. Iz (Muhammad Anas Toʻpgul);
2. Yashamoq sokinlik istar;
3. Asuman;
4. Barchasi senga atalgan.

2-oʻringa:
1. Ishqparast;
2. Mahram javoblar;
3. Qalbingni sohibiga taslim et.

3-oʻringa:
1. Bonu (Iqbol Mirzo);
2. Keldim, koʻrdim, angladim.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Jan, 08:37


Va oʻsha Bahor yaqinda keladi, Ramazon, iftor, kechki sayrlar va koʻngilga yaqin iliq kunlar

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Jan, 08:20


🌙🌟

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Jan, 06:21


🇵🇸

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

15 Jan, 17:00


“Xayrlisi” degan uzun bir yoʻl bor. Boshi huznli boʻlsada, oxiri faqat huzur

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

13 Jan, 17:54


Hammasini uddalay olasan, bunga ishonaman.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Jan, 16:10


Avvalo shifo Allohdan. Ammo, 13 yashar qizaloqning sogʻayishiga oʻz hissamizni qoʻshaylik.

Kanali bor barcha yaqinlarimiz, oʻz sahifangizga joylab bering.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Jan, 16:06


Uzcard:
6262570065366553

9860010127500592
Хамрокулова Махфуза

Imkon boricha tarqating.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Jan, 16:05


Yusupova Nigina

Artemis kasalxonasining Onkologiya bo'limi boshlig‘i doktor Mukesh Patekar tavsiyasiga ko'ra bemorning tahlillarini ko'rib chiqdi. Unga ko'ra bemorda Glioma aniqlangan. Bu holatda bemor Hindistonda o'tkazildigan Mrt va Pet kt tekshiruvi kabi mukammal tekshiruvlardan o'tishi kerak. Tekshiruvlar natijasiga ko'ra bemorga jarrohlik va Nur terapiyasi kurslari tavsiya etlishi mumkin. Yakuniy davolash rejasi tekshiruvlar natijasiga ko'ra belgilanadi.

Tekshiruvlar uchun 1500$,
Jarrohlik uchun 7000$,
Nur terapiyasi uchun 5400$ atrofida mablag' sarflanadi.

Bemor kunduzgi shifoxonada davolanadi, faqatgina jarrohlikdan so'ng 2 kun kasalxonada va 3 oy davomida mamlakatda bo'ladi.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

09 Jan, 14:14


Mehrdan bir lavha

- Shomollavomman…

Azgina vaqtdan keyin, tabobat doʻkondan olingan “Immune plus” parashogini damlab obkelib:

- Sovitmasdan ich, chundimmi?


Tabobatniyam reklamasi ketdi buyoda 😎

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

08 Jan, 18:05


Imkon qadar tarqatishga yordam bering. Yaqin oʻrtogʻimni tanishlari ekan.

Kanali borlar ham oʻz sahifangizga joylab berishingizni iltimos qilib qolaman.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

08 Jan, 18:00


Азизлар кизалогим согайиб кетиши учун имкон кадар оз булса хам ёрдам килинглар.Фарзандимда бош мия саратони аникланди ,бу касаллик фарзандимни силласини куритиб куйди. Хидистонда утказиладиган операция учун имкониятингиз даражасида ёрдам килишингизни сурайман. Охирги илинжимиз аввало Аллох ва саховат пеша сахий юртдошларимиздандир. Манзил:Сир. Вилояти Ширин шахар Фарход МФУ Мунаввар 45 уй.


Тел.ракам +99899 472 33 87



💳Uzkard
6262570065366553
9860010127500592
Хамрокулова Махфуза


Аллох фарзандларимизни сог саломат килсин🤲🤲

🤲Аллох йулида килган эхсонларингизга Аллохим уз ажирлари билан мукофотласин🤲🤲🤲🤲

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

06 Jan, 15:58


- Sevish oson, qizim, - dedi buva. - Muhimi, uzoq yillar bu sevgini yashatadigan, sevgisini har doim his qiladigan turmush o‘rtog‘ining bo‘lishidir. Zavjam mening bu dunyodagi jannatim. U mening yozdagi quyoshim, qishda esa ko‘nglim o‘chog‘i. Qishning ayozida ham uni o‘ylasam, birdan isib ketaman, - dedi. 🌷

(c) kitobdan

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

05 Jan, 16:29


Sabablarini qilmasang, vaqt seni barchasidan ayiradi.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Dec, 21:52


🌸

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Dec, 16:09


Xullas, bu yilgi olgan rasmlarimdan bir nimalar qilib video qildim. Video ketgunicha, shu yerga yozib turaqolaman.

Har bir postimni e’tibor bilan oʻqib, qalbdan his qila olganingiz uchun rahmat aytaman har biringizga. Bilaman, yetarli darajada oldingidek faol emasman. Lekin kanalim - men uchun oilamdek. Sababi, eshitishni, oʻqishni bilganingiz uchun yozaman shu yerga. Ochilgandan beri kanalni kuzatib kelayotganlar, yaqinda qoʻshilgan obunachilarga ham katta rahmat.

🌷Kunlarimning eng chiroylilarini boʻlishaman doim. Ba’zan, kayfiyatim yoʻqligida ham shu yerga yozaman. Xullas, har nima boʻlganda ham bilganlarimni ulashgim keladi sizlar bilan.

Koʻp yozishni yaxshi koʻraman va uni e’tibor bilan oʻqiganlarni qattiq hurmat qilaman. Chunki, qadrlangan joyingizda yashash ham boshqacha boʻladi. Sizlarni har biringiz shundaysiz.

📌 Bu yilda ham xursandchilik, ham pand yegan kunlarim boʻldi. Dars oldim. Xatolar qildim va xatolarni qayta takrorlamaslikka harakat qildim. Ishimda yana ham tezlik va mas’uliyat bilan ishlashni kuchaytirdim. Oʻzim ham kuchli boʻlishga intildim. Yilning eng yaxshi xabari esa - hayotimda Osiyoyimning dunyoga kelgani boʻldi, Osiyoxon - opamning qizalogʻi.

Gapirsam gap koʻp, yozsam yozaveraman. Nasib qilsa, Allohning izni bilan hali koʻp postlar yozaman va sizlar buni oʻqishga majbursizlar :)

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

31 Dec, 15:54


Telegramda videolar yaxshi ketmayaptimi? 🤨

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

30 Dec, 08:32


рамазонга 60 кун қолди

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

28 Dec, 15:03


Va sizning harakatlaringiz siz haqingizda soʻzlaringizdan koʻra koʻproq narsani aytsin.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

28 Dec, 07:46


🍇

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

26 Dec, 08:52


Bir yoʻl tugasa, boshqasi boshlanadi 🩶

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Dec, 19:21


Videodagi soʻzlarni ishxonada oʻtirgan vaqtim koʻz yosh bilan yozdim.

Soʻzlarni oʻqib bergan Mushtariyimdan ham shunday xabar keldi: “Zoʻrgʻa aytdim toʻgʻrisi, yuragim tez-tez urib, nafas yetmadi. Yigʻlab, keyin oʻzimni tutib aytdim”…

Bekorga emas, Ona haqida boʻlganligi uchun…

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Dec, 19:18


Shukrona kuningiz bilan Omonatim.

Har bir daqiqangizni, har bir nafasingizni biz uchun yashadingiz, oʻzingizni ham hech oʻylaysizmi? Navbatni endi bizga bering…

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Dec, 16:46


Vaqt oʻz ta’sirini koʻrsataverar ekan.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Dec, 15:25


Faxr. Barchasi Allohning fazli bilan 🤍

Shukr aytaman.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Dec, 09:53


Men eng zoʻr sovgʻaman 😎

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

23 Dec, 19:18


Bu hayotda hammamiz yaxshi aktyormiz.

Ishga borganda, uydagi muammolarni olib kirmasdan, barchaga huddi hech nima boʻlmagandek munosabat qila olamiz.
Uyga kelganda, eshik ortidan ishdagi muammolarni tashlab, kuni boʻyi asablarimiz charchagan boʻlsa-da, kulib kirishga majburmiz.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

22 Dec, 11:48


Hullas man uchun yil tugadi 🥳

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

22 Dec, 11:41


Dekabr

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

06 Dec, 09:47


“Менга бир насиҳат қил“ деди…
Дедимки: “Ҳеч ким сени Аллоҳга шикоят этмасин”

©kutubun

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

02 Dec, 07:29


Muqaddima - “Chunki ular tarixning foydalarini bilishmaydi”.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

01 Dec, 10:25


Bugun sen egalik qilayotgan narsalarning bari omonat.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

01 Dec, 06:28


Qish, yakshanba.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

30 Nov, 09:20


❤️

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

26 Nov, 10:55


- Ishq nimalarga kerak boʻlmaydi deysiz. Odam zotining aqli noqis-da. Odamning ishqi qora tuproqqa ham, bir tomchi suvga ham, bir parcha qogʻozga ham tushaveradi. Ishqni nega bir narsaga cheklab qoʻyaverasiz?

Ishq degani har bir narsaning mohiyatida mavjud narsa emasmi?… 🫀

(c) Ishq

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Nov, 15:13


Boʻpti, meni bezovta qilmanglar 🫶

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Nov, 12:47


Shunday insonlar borki, ular bilan o‘tirsang, “Qaniydi soat millari to‘xtab qolsa”, deysan 🪽

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Nov, 10:52


Oʻqiganlar bormi?

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

23 Nov, 08:46


Çok yakında 🩷

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

23 Nov, 04:30


Robbingga boʻlgan ishonch - nima xohlayotganingdan qat’iy nazar, u sen uchun foydanggami yo zararinga, ammo ich-ichingdan “Allohim, Oʻzing men uchun eng yaxshisini bilasan”, deya olishlikdir.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

22 Nov, 16:07


- Obbo, yanami?
- Ha, yana kitob 🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

22 Nov, 12:34


Sabr bu - asablaring buzilib, dunyo ostun-ustun boʻlib ketganida ham, tirjayib:

“Assalomu alaykum, Qamar doʻkonlari bilan bogʻlandingiz”, deya olishlikdir ☕️

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

21 Nov, 11:18


– Boshida shunaqa, qiyin boʻladi.
– Keyin oson boʻladimi?
– Yoʻq. Koʻnikasan..!

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

18 Nov, 09:54


“Albatta seni ranjitishim mumkin. Sen ham meni. Bir-birimizni albatta xafa qilib qoʻyishimiz mumkin. Bu mavjudlikning asosiy shartidir.

Bahor boʻlish bu - qishga jur’at bilan tura olishlikdir. Bor boʻlish ham - yoʻqlikka jur’at qilish demakdir”.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

16 Nov, 05:09


Soon…🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

15 Nov, 18:55


Erkak togʻ kabi boʻlishi kerak. Chunki ayol dengiz va shamol kabidir. Uning oʻziga xos tomonlari bor. Ayol qulaydi, sen oʻsha vaqtda jim turishing kerak. U orada mayin shabada kabi esadi. Ammo sen, oʻzgarmasliging kerak.

(c) Turk tilidan tarjima

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

15 Nov, 11:47


Kimdir siz bilan bog'liq ko'p detallarni eslab qolganmi?

Unda uni qadrlang 💭

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

14 Nov, 15:06


Sevimli insonlar mohir mergan otgan o’qlariga o’xshaydi.
Ko’krak qafasingni teshib, qalbda qolib ketadilar
🫀

@paradise_pg

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

14 Nov, 14:42


Takror aytaman: Sevgi uyiga qaytadi 🌙

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

14 Nov, 13:18


❤️

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

13 Nov, 13:42


Baxt bu - koʻcha sovuqligida, yoʻlda issiq joʻxorini koʻrib qolib, erkalik qilib uni opangga oldirishing ☺️

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

13 Nov, 08:31


@imxamidas_pg - yordam uchun katta rahmat 💜

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

13 Nov, 06:39


11.11 🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

12 Nov, 10:53


Qamarim 🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

12 Nov, 08:10


♾️

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

11 Nov, 18:20


Ishlavommande haliyam, aybga buyurmela)

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

11 Nov, 14:20


11.11 bu sana hayotimdagi eng ayanchli sanalardan biriga aylandi 🥴

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

11 Nov, 14:07


Baʼzi insonlar bo‘sh vaqtlari bo‘lsagina sen bilan gaplashadilar, baʼzilar esa sen bilan gaplashish uchun vaqt ajratadilar. Bu munosabatlarning farqini yaxshilab bilib olish kerak.

(c) IkromSharif

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Nov, 04:05


Qoʻlimni koʻksimga qoʻyganimdagi, osmonga qaraganimda soklinlikni his qila oladiganim eng goʻzal taskinimsan Oʻzing Allohim.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

10 Nov, 04:03


Robbim, doim Oʻzing eng toʻgʻri yoʻlni menga koʻrsatgansan. Men eng koʻp Senga ishonaman. Qarorlarimni qabul qilishda eng koʻp Senga tavakkal qilaman va tavakkalimga eng ijobiy javobni ham Sendan olaman.
Robbim, qalbimni va hayotimni Oʻzing rozi boʻladigan darajada ber. Zero, bundan ortigʻi menga hech ham kerak emas.


@paradise_pg

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

09 Nov, 18:28


Ishonuvchanlik, soddadillik, samimiylik, hilm va rahm shafqat hissiyotlaringiz ichida eng oldilaridan boʻlsa, xursand boʻling!
Jannat ahlining xulqlari shu hissiyot va sifatlar ustiga quriladi.

(c) Ikrom Sharif

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

09 Nov, 04:36


Oilam 🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

08 Nov, 19:50


Bir yanım yandı, en güzelinden..

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

08 Nov, 16:17


Eng goʻzal taslimiyat - istagan narsalaring boʻlmagan vaqtda “Allohim, Sen eng yaxshisini bilasan”, deya olishlikdir.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

08 Nov, 16:09


Muloyimlik zaiflik emas - tarbiyadir.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

08 Nov, 14:22


🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

06 Nov, 16:30


Aşık olduğum yerler…

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

04 Nov, 07:34


Yolgʻizlik qiyin emasmi, ey Abu Zarr?

- Odamlar undan-da qiyin!

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

03 Nov, 17:57


Yaşattığını - yaşarsın.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

02 Nov, 16:59


Ertalab ishga ketayotgan vaqtim daraxtlarga qarasam, tepadan yerga birin-ketin tushmoqda. Oʻylab qoldim. Yozda avvaliga barglar yashil rangda, undan oldin, kurtak ochadi… Va hammasi ayni vaqtida boʻladi. Kechikmaydi. Bu Allohning rahmati, bu Uning “Boʻl!”, desa, boʻlishining isboti. Barglar toʻkilishi, ung amr berilsagina oʻsha daraxtdan uzilishi muqarrar, agar U xohlamasa, bir dona barg ham uzilolmaydi. Alloh har narsani oʻz joyiga qoʻyib yaratgan.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

02 Nov, 16:45


Oʻtayotgan narsa faqat - vaqt.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

02 Nov, 05:22


Oʻzimdan oʻtganin oʻzim bilaman…

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

01 Nov, 06:23


🩶

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

30 Oct, 09:10


🌌

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

29 Oct, 15:38


Hayotni yangidan boshlasa bo’ladimi?

🌧️ Har kuni reja qilgan ishlarimizni qila olmasligimiz, orzularimizni amalga oshira olmayotganimiz bizni tushkunlikka olib keladi!

Eng katta dushmanimiz kim bilasizmi? U o’zimiz!

- “Faqat o’tiribsan hali ham bitta ish qilmading!”
- “Har kuni ertaga boshlayman deysan lekin bitta ishni eplamayabsan!”
- “Agar man o’sha ishni qilmaganimda hammasi yaxshi bo’larmidi…!”


Har kuni shunga o’xshash gaplardan yuztasini o’zingizga aytasiz-u, lekin holsiz, hech narsa yoqmay kunlaringizni o’tkazib yuborasiz.

🥹 Sizga ham tanish holatmi?

Hech birimiz mukammal emasmiz, bo’lishimiz ham shart emas. Nomukammalligimiz bilan go’zalmiz aslida. Asosiysi sizda umid va orzular bo’lishi! Qolganini esa yangidan boshlasa bo’ladi)

🔤Qanday qilib desangiz:
Intizom va davomiylik orqali!


Ismi.gulshan- shaxsiy rivojlanish bo’yicha ekspert! Ularning klublari esa hayotingizni tartiblashda albatta, ko’maklashadi InShaAlloh.

💜 - “”Paradise” dan keldim” desangiz klubning hamma tariflari uchun 10% chegirma bor!

🌊 Ko’proq malumot uchun asosiy kanal:
https://t.me/+S9TmsNgnlBY4NmQy

Murojaat uchun menejer: @atikazavjatunur

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

28 Oct, 18:00


Oʻzbekchada biz:
“Boʻldi qil, koʻp gapirma”, deymiz.

Lekin turk tilida:
“Gözünü seveyim, sesine kurban olduğum. Tamam, her sözünü dinliyorum”.

Oʻzbekchada biz:
“Men hali hech narsaga tayyormasman, sabr qil”, deymiz.

Turkchada:
“Seninle her şeye varım. Sen hayatımdaki en güzel şeysin”, deymiz.

Oʻzbekchada biz:
“Vaqtim yoʻq, ishlarim koʻp”, deymiz.

Lekin turk tilida:
“Ben seninle birlikte yaşlanmak isterim. Her meseleyi seninle çözmek, her konuda seninle konuşmak isterim”, deymiz.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

28 Oct, 17:28


Sen yashirin xolda yig’layotgan bir vaqtda, men kulishdan qo’rqaman.

Juda charchatibdilar, juda xafa qilibdilar seni. Qo’limdan kelsa-yu yo’q qilsam barcha dardingni.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

27 Oct, 14:59


Oramizda Agata Kristining kitoblarini oʻqiganlar bormi?
Oʻqib koʻrmoqchi edim, qiziqmi? 🤔

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Oct, 15:17


We don’t say: “I love you”

We say… 📚🩶

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Oct, 13:55


Qachon choy ichamiz? 🦦

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

25 Oct, 12:45


Daraxt novdalaridan gul yaratgan Robbing, seni ham yaralangan joyingdan gul oʻstirishiga ishon 🤍

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

23 Oct, 05:06


“Lekin shuni anglab yetdimki, inson oʻzini kimgadir anglatib, yoki oʻzi haqida gapirib oʻzini tushuntirolmas ekan. Inson, avvalo, boshqalar tomonidan tushunilishi kerak ekan. Chunki qachonki sizni tushunadigan odam boʻlsagina oʻzingizni tushuntira olishingiz mumkin”.


(c) A’mo 🌹

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

22 Oct, 15:35


Ne’mat uzra ne’matdasan. Boshqa hech narsadan ranjima..💕

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

22 Oct, 05:57


Vaqt oʻtishi bilan hech narsa tuzalmaydi. Faqatgina tuzatishga qaror qilsang, vaqt oʻtgan sayin iziga tushishi mumkin. Urugʻni ekding, lekin darhol meva bermaydi. Vaqtga muhtoj u. Ammo, urugʻni ekmasang, lekin vaqtning oʻtishi bir ishga yaraydi deb oʻylaysanmi?

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

21 Oct, 16:46


@aart_flowers — uyingiz hamda ofisingizga chiroy bagʻishlab turadigan, asosiysi qoʻl mehnati bilan ishlangan turli xil hajmdagi dekorativ va doimiy gullarni xarid qilishingiz mumkin 🌹

Buyurtma uchun: @artflowers_admin

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

21 Oct, 07:54


Alloh har narsani oʻz joyiga qoʻyib yaratgan.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

21 Oct, 05:37


Kim oʻzini koʻrdi? 😄

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

21 Oct, 03:55


Imkon, sabablar boʻla turib, ulardan foydalanolmasang va qilmasang, bunda taqdirni emas, oʻzingni aybla.

Toʻgʻri, harakat — qiyin. Harakat qilmasdan turib erishishni istayotgan boʻlsang adashasan. Xohlayotgan narsang uchun kurashmasang, unda hali hech narsaga erishmabsan.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

19 Oct, 12:44


“Qoʻyseeenchi, qoʻlindan kemidigan ishshi gapirmagin”.

Hayotimdagi mani qilolmaydigan narsamni qildirishga undaydigan gap.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

19 Oct, 07:01


Inson hech narsa bilan keladi, har narsaning ortidan yuguradi.
Soʻng, har narsani qoldirib, hech narsa bilan ketadi.

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

11 Oct, 18:30


Oldindan aytib qoʻyay, hamma ham tushuna olmaydi.

Chunki ba’zida butun aytilganlarni faqatgina bir kishi tushuna olishi mumkin.

c) A’mo 🌹

𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

11 Oct, 17:07


🌑 böyleydim,

🌕 şimdi böyle oldum…