2024-yil yanvar oyida Vinland Saga animesini ko’rgandim. Serialni ko’rishga asosiy turtkilardan biri youtube platformasida uning mavzusi ko’rsatilgan kichik bir video sababli edi. Agar tarixiy anime yoqtirsang VSni ko’r va “Qasos” haqida anime yoqtirsang VSni ko’r deyilgan videolar edi. Va kunlarning birida “Mening dushmanim yo’q!” (I have no enemies) frazasiga duch keldim. “Qasos” va bu gapning yonma yon kelganiga ishonqiramagandim. So’ng animeni boshladim va ko’p o’tmay manga ham tugadi.
Oldin aytganimdek manganing o’rni yo’q bu toplikni tuzishda va shu bilan ham serial o’zining 2-o’rnida mustahkam turibdi. 2ta mavsumga cho’zilgan va balki yaqin kelajakda 3-mavsumi ham chiqishi kutilayotgan anime, mangasiz ham men uchun peak. Serial 2-mavsumning o’zidayoq qandaydir manqtiqiy yakunga ega va men uchun eng kuchli ta’sir o’tqazgan (ya’ni serialdan rostan ham manaviy ozuqa olsa bo’ladi) loyiha bo’lib turibdi desam yanglishmayman.
Animening o’zi Grilandiya va Islandiyadagi keyinroq esa Norvegiya, Daniyada joylashgan Vikinglar hayotini ochib beradi, bu davrga kelib vikinglar hozirgi “Buyuk Britaniya” hududlarida bosqinchilik harakatlarini boshlagan bo’ladi. Bosh qahramonning deyarli to’liq hayotini hikoya qiluvchi bu animeda, syujet davomida bir-biridan qiziq va takrorlanmas qahramonlar chiqishi, nafratimiz ostiga olgan personajlarning yoqib qolishiyu, tasavvurimiz chegaralarini buzib yuboruvchi qahramonlardagi o’zgarishlar (buni personajlarning rivojlanishi va yozilishi yuqori sifatda ekanligi bilan ochiqlasak bo’ladi) va “Qasos” asosida qurilgan hayotning naqadar ayanchli ko’rinishda ekanligini ochib beradigan loyiha.
Serialning 1-mavsumi ekshin va bir muncha falsafiy qarashlarni ham yoqtiradigan va oddiy so’z bilan aytganda urushlardan iborat mavsum. Juda yaxshi yozilgan va o’zgarishga uchragan qahramonlar bor, Thorfinn, Canute yana bir qancha boshqa qahramonlarni aytsak bo’ladi, o’zining murakkab yozilishi va keyinchalik tarixi bilan qalblarimizga yaqin olgan Askeladd, shuningdek xurmatga sazovor Thors qahramonlari bilan o’zgacha ko’rinish oladi.
Aynan biroz qo’llanilgan falsafa, hissiyotlarga to’la sahnalar va urushlarga boy 1-mavsumdan so’ng 2-mavsum boshlandi. Ba’zilar fikricha, 2-mavsum juda zerikarli va Thorfinn o’zining oldingi “Cool” personaj sifatidan tushib qolibdi. Bunday gaplarni faqatgian shonenning animatsiya va ekshindan boshqa narsasini ko’rmaydigan muxlislargina aytgan bo’lsa ajab emas. Axir, 2-mavsumda biz eng kuchli o’zgarishlardan biri, inson o’zini o’zi taniy boshlashi-yu, hayotda qilgan xato ishlaridan dars olishini ko’rdikku? Chuqur kirishmayman, ammo Vinland saga shu 2-mavsumining o’zi bilan hayotimni anchagina o’zgattirib yubordi desam mubolag’a bo’lmaydi. Go’yoki Thorfinndagi o’zgarishlar menda ham kuzatilgandek.
Aynan, shu o’zgarishimga sababchi bo’lgan kuchli dialoglar, ajoyib hikoya va yozilish jihatidan juda kuchli bo’lgan qahramonlarga ega, ba’zi sekinroq, ba’zida tez bo’lishiga qaramay muvozanatni saqlagan syujet rivoji uchun ham bu anime men uchun juda qadrli bo’lib qolgan. Juda sifatli top animelardan biri, aytgancha, mangasning davomi ham juda juda zo’r, ayniqsa art style umuman boshqa daraja.
_Ahmad
#VS
#VinlandSaga
#anime
@shinavantopia