Gulruxsor Tohirjonova @gulruxsors_blog Channel on Telegram

Gulruxsor Tohirjonova

@gulruxsors_blog


Shaxsiy blog - @gulikhans_blog

Gulruxsor Tohirjonova (Uzbek)

Gulruxsor Tohirjonova kanali sizga ajoyib bir imkoniyat tajrida turmushining so’zini olib bera oladi. Bu ma’lum shaxsiy blog, @gulikhans_blog kanaliga oid reklama uchun esa @gulruxsor_pr orqali bog’lanishingiz mumkin. Gulruxsor Tohirjonova bilan uning oilasi va dunyosi haqida ko’proq narsalarni bilib olishingiz mumkin. U tomonidan taqdim etilgan maqolalar va fotosuratlar orqali, siz o’z fikrlaringizni bayon etishingiz ham mumkin. Shuningdek, bu kanalga obunachilarga mahsulotlar va xizmatlar haqida xabarnomalar va chegirmalar yuboriladi. Agar siz ham yangiliklardan xabardor bo’lishni xohlasangiz, Gulruxsor Tohirjonova kanaliga obuna bo’ling va o’z fikrlaringizni ulashing!

Gulruxsor Tohirjonova

17 Feb, 09:46


Butun vujudimla sog’inganim rost…

@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

06 Feb, 19:39


​Xayoli dengiz sohillari kabi keng va dengiz havosi kabi toza odamlarni topish juda qiyin bo‘lib ketdi...

"Azizim"
Gi de Mopassan

Ancha bo’ldi o’qigan asarlarimga taqriz yozmay qo’ygandim. Hozirgi yozadiganlarimni ham taqriz deb bo’lmaydi shunchaki shaxsiy fikr, xulosalarim.
Roman voqealari XIX asrdagi fransuz burjua jamiyati haqida hikoya qiladi. Asarning bosh qahramoni qashshoq, kelishgan ochig’roq aytadigan bo’lsak chiroyidan boshqa qo’lidan tayinli hech narsa kelmaydigan yigit Jorj Dyuruadir. Jorj boylik, mansabga erishish uchun har qanday qabihlikka tayyor, odamlarning hissiyotlari bilan bemalol o’ynashadigan, o’zining hirsi yo’lida ko’ziga chiroyli ko’ringan ayolni yo’ldan ozdiruvchi razil bir kimsa… Oshirib yuborganim yo’q. Chunki bunday kimsalar bizni oramizda yo’qmi? Albatta bor… O’z ko’zim bilan ko’rgan, ular bilan suhbatda ham bo’lganman. Lekin doim meni ularning haqiqiy yuzi, ichki-kechinmalari, bu ishlarni qilishdagi xayollari judayam qiziqtirgan. Rost, shu asarni o’qigandan keyingina bu qadar ustamonlik bilan qilinadigan ishlarning sir-asrorini bilib oldim.
Mopassan shu darajada hammasini hayotiy yozganiga, qahramonning psixologiyasini zo’r ochib berganini tan olish kerak. Jorj birga bo’lgan hech bir ayolni sevmagan. Kimgadir hirs ko’zi bilan boqqan bo’lsa kimdir uni o’z maqsadlariga yetqazuvchi vosita sifatida rol o’ynagan xolos.
Boshida qarmog’iga ilinguncha qo’yarga qo’ymay ortidan qolmagan ayollari zerikkandan keyin ko’ziga “puff sassiq” bo’lib ko’rinadi.
Asarda shunday joyi bor: “Qizning bo’salari sof va beg’ubor, yigit esa ichidagi hirsni qo’lidan kelgancha yashirardi…” Sevgisi samimiy bo’lgan insonning tuyg’ulari bilan o’ynashish o’ta darajadagi qabihlik nazarimda. Va bu ishni o’sha inson o’ziga kasb qilib olgan bo’lsa. Bittasidan so’ragandim “Nega xiyonat qilasiz guldek xotiniz bo’lsa?” deganimda, “Ko’chadagisi boshqa, ayolimni farzandlarimni onasi bo’lgani uchun hurmat qilaman” degan. Ochiqchasiga xiyonat qilganidan faxrlanadigan, ko’cha-ko’yda “xiyonat qilmaydigan erkakni o’zi yo’q” deb keriladiganlarni toifasiga hecham tushunmaganman va ularni tortishib yengib bo’lmasligigayam aminman.
Faqat erkaklar emas ayollar ham xiyonat qiladi. Lekin ayol kishi sevsa ko’ziga na oilasi, na farzandlari ko’rinadi. Yomon tomoni esa ayol kishining sevgisi ishi bitguncha yo zerikkuncha emas…
Men xiyonatni his qilib ko’rmaganman. Ya’ni men uchun bu kechirilmas ish va men kimdir uchunam bu narsani hech qachon ravo ko’rolmayman. Shuning uchunam oilada o’zaro sevgi va ishonch bo’lishi muhim deb o’ylayman. Roman esa juda qiziqarli va real, xiyonatkor va boylikka mukkasidan ketgan insonni psixologiyasini o’rganish uchun zo’r qo’llanma desayam bo’ladi.

@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

14 Jan, 18:22


“Bobomning qilichi” harbiy drama, 10 qismli serialning tizeri. Bugundan O’zbekiston telekanalida efirga ketishni boshlagan. Barcha davlat telekanallarida efirga ketadi. Tomosha qilsangiz bo’ladi. Men ham serialda rol ijro qilganman. Qahramonimning ismi Xonzoda, serialning asosiy qahramoni Jaloliddinning yoqtirgan qizi, yosh, beg’ubor, aqlligina obrazda chiqqanman.

Baxtga qarshi serialni ko’p qiziq epizodlarini tomosha qila olmaysiz. Chunki efirga uzatishganda kesib tashlashgan. Sababini so’ramang. O’zimam afsusdaman bundan…
Ha, yana bitta tushgan proektim ekran yuzini ko’rdi.
@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

12 Jan, 15:15


“Men chiroyli edim seni sevgan payt…”

✍🏻 Malika Tavfiq

@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

17 Dec, 12:47


Kulganimda seni eslab yig’layman…

@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

08 Dec, 17:00


“Sevgi tarbiya masalasi emas!”
Remark
@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

02 Dec, 19:12


2-qism

Hali video probasidan o’tgan serialimni syomkasi boshlamasidan “Qodirxon” serialigayam taklif qilib qolishdi. Ancha tomoshabini ko’p serialligini lekin 4-5 yildan beri davom etayotganini ham o’ylab tavakkal qildim. (Hozir mahalladayam xolalar “Qodirxon” da chiqadigan qizmisiz deb so’rab qolishadi)
Orada bir-ikki epizodlarga novellalarda chiqib yurdim. Yangi serialni syomkalariyam boshlandi ( bu serial hali efirga ketmagan hozir syomkalari to’xtab turibdi yangi yildan keyin davom ettiriladi)
Katta aktyorlar bilan bir joyda rol ijro qilishni hayajoni, qo’rquvi umuman boshqa. O’xshamasachi? Qayerdan kelibdi bu “konfetka” deb yomon ko’rishsachi? O’zi to’g’ri qilyapmanmi? Ayniqsa, san’at institutida o’qimaganimni o’ziyam alohida tema bu sferada. Xullas, javobsiz savollar bilan tavakkal qilishda davom etdim. Yangi serialni syomkalarida tungi 2-3largacha yurdik, ko’chada sovuqda issiq kofe olib kelishganida qanchalar baxtliligim hatto yig’lash kerak joyida yig’lay bilayotganim uchunam o’zimdan faxrlanib ketardim. Shu lahzalardan boshlab men ishlamadim, men san’atni ichida yashashni boshladim, ijod menga zavq, energiya berdi, charchamadim, chekinmadim, yangi hayot boshladim.
Bir odam bir narsani qancha ko’p seva olsa kasbimni undan kam sevmadim.
Yana bir yarim hafta o’tgach telefilm tomonidan olinayotgan harbiy drama 10 qismli serialga geroinyaga taklif qilishdi. “Bobomning qilichi” serialini Xorazmda olib keldik. Ochig’ini aytish kerak u yerda sharoit havas qilgulik darajada bo’lmadi. Davlat serialiyu byudjet juda achinarli ahvolga kelgan… Lekin komanda yaxshi edi, rejissyorniyam hurmat qilardim. Aktyorskiy sostav ham yoshlar. Yaxshi xotiralar bilan qaytdim. Kelishim bilan yangi gost kino o’zbek film tarafidan olinayotgan film uchun kastingda qatnashdim. Bu mani ofitsialniy birinchi kastingim edi. Kastingga kelganlar juda ko’p edi, 1 yarim soat navbatdan keyin kirdim. Ijro qildim va rejissyordan “yaxshi, menga yoqdi” degan gapni eshitib chiqib ketdim. Buni javobiniyam kutish kerak edi. Man kastingdan o’tgandim, quvondimam lekin birinchi martasidagidek yig’lamadim. Endi manda ishonch bor edi lekin kino syomkasi mani serial syomkalarim kabi emasdi. Katta ploshadka, prof komanda, haqiqiy kinoni atmosferasini shu proektda his qildim. Bitta o’zizga 5-6 ta odam qarab turishini o’zi boshqa daraja. Oson bo’ldi deyolmayman albatta lekin mazza qildim. Debyut kinonggizni zo’r proektda boshlabsiz deb tabriklashdi. Ilohim shunday bo’lsin, bahorga yaqin premyerasi bo’ladi. Hali o’zim ijro qilgan rollarni qarsak chalib tomosha qilishga tayyorman deyolmayman. Lekin harakat qilyapman. Shunchaki havasga kirib keyin tashlab ketish niyatim yo’q kasbimni.
Qarindoshlar aytishdi “Kutmagan yo’limizdan ketding” deb. Lekin o’zim buni uzoq kutgandim. Bu baxtni menga ortiq hech bir narsa bera olmasligini tushunib yetib bo’ldim. Hattoki man bolaligimda ko’rib yurgan aktyorlarim mani zavqlanib ishlayotganimni ko’rib mazza qilishdi.
Aktrisa bo’lsam baxtli bo’lishimni bilardim, lekin bunchalik baxtli bo’lish xayolimgayam kelmagan.
Hammasini ich-ichimdan chiqarib aytyapman, hech biri balandparvoz gaplar emas. Hammasi zo’r, qiyinchilik yo’qmi? Bor albatta! Shou biznesni ichidagi qiz bolaga qanday qarashlarini o’zi alohida mavzu. Men esa hammasiga tayyor bo’lib kirganman. Endi ortga yo’l yo’q. Eng asosiysi hammasiga o’z mehnatim evaziga erishyapman. Tanish-bilish, pul, ayrimlar o’ylagandek qabih ishlar aralashuvlarisiz faqatgina sof va beg’ubor orzularim orqasidan kirdim bu yo’lga. Ilohim davomiyam ibtidosi kabi go’zal bo’lsin!

Gulruxsor Tohirjonova

02 Dec, 18:34


1-qism📌
Orzudagi kuz yoxud 19 yil kutilgan baxt 😅

Har yili kuzni boshqacha mehr, intiqlik bilan kutib olaman. Bu yilgi kuzni bolaligimdan beri kutib kelayotgandim. Ya’ni shu yil kuzda bo’lgan voqealarni…

Bu yoz manga har yilgidan og’irroq keldi - iyul-avgust oylari. Media sohasida ishlardim, brand facelik bo’yicha ham 6-7 ta proektim bor edi. Ikki oy hammasi to’xtab qoldi birdaniga, ayrim ishlagan joylarimdan ancha vaqt ish haqimni ololmadim ham. Lekin buni o’ylamadim. Raqsga bordim, spektakllarga tushdim, o’qidim ko’nglim nimani tusasa shuni qildim. Avgust oyida juda ko’p kino ko’rishni boshladim. Bolaligimda kinoga ko’rishga mukkasidan ketganman. Buvimga “manam televizorga chiqaman, aktrisa bo’laman” deganimni haligacha eslayman. O’sha payti olgan javobimni taxmin qilgandirsiz “Bizni oiladan san’atkor chiqmagan. Buvang baribir ruxsat bermaydilar.” Ha, bu gap meni bola ongimga singib qolgan, “Men aktrisa bo’la olmayman!” Lekin ich-ichimda baribir san’atga kirib ketishimni his qilganman va buni buvimam juda yaxshi bilardilar. Ovozim yo’q bo’lsayam buvimga qo’shilib qo’shiq aytib, raqsga tushish, maktab sahnalarida spektakllar qo’yish meni sevimli mashg’ulotim edi o’sha paytlari…
Xo’sh, qizaloq xayollarini davom ettiramiz jurnalist ham baribir televizorga chiqadi deb “hay, men jurnalist bo’laman” deb orzulanibam yurdim. O’sha oynayi jahonga jurnalist bo’lib chiqdimam. Universitetdayam jurnalistikada o’qiyman. Lekin shu o’qish davomidagi bir yil ichida menga doim nimadir yetishmay keldi. Meni asosiy xohishim tvga chiqish, mashhurlik, moddiyat emasligini tushundim. Qalb kasbimni topishim kerak edi. Zudlik bilan! Bunaqa yashab bo’lmaydi degan xayollar tinchlik bermasdan
nihoyat avgustda aniq qaroq qabul qildim.
“Men baribir aktrisa bo’laman!”

Sentabrniyam bir haftasi o’tdi. Dublyajdan kursga boryapman.(Lekin dublyaj aktrisasi bo’lishni unchalik xohlamayman, ovozimni ustida ishlash uchun qiziqishga kurs sotib olganman.) Dublyaj studiyasiga borganimda doskada yangi serialga aktyorlarni rasmi osig’liq turganini ko’rib ichimdan g’ayrioddiy hislar o’tdi: “Qaniydi maniyam rasmim shularni orasida tursa…”
O’zimda kuch topib rejissyordan ssenariy so’radim, zora bitta epizodga bo’lsayam tushsamu kinoni ichidagi atmosferani his qilsam degan niyat bilan. Shu o’y ichimdayu baribir geroinyaga tayyorlandim (bosh qahramon qizni roliga) Ertasi kuni video proba qilishdi. Rol ijro qiberdim, partnyor bilan ishladim, yig’la deyishdi yig’lab berdim. (Yig’lay olishimga o’sha payti ishonmaganmanam) Keyin javobini kutishni boshladim. 3-4 kun o’tdi, olinmadim deb o’yladim, endi umidimni uzdim deganda telefon keldi. Mani bosh qahramonni roliga olishgandi. O’sha paytdagi his qilganlarimni ifodalab berish qiyin, naqt yarim soat yig’laganman. Odam bir narsadan shunchalik quvonishi mumkinligiga o’zimam hayron qolganman…. Eng ko’p baxtni his qilgan lahzangiz qaysi deb so’rashsa aynan o’sha paytni aytardim.

Gulruxsor Tohirjonova

02 Dec, 18:28


Postni bitta butunligicha tashlaymi? Yoki 3-4 qismga bo’lib yuboraveraymi? Yozayapman juda uzun bo’lib ketyapti…

Gulruxsor Tohirjonova

02 Dec, 18:01


Noyabr oyi sarhisobi

Kino🎬

1. Elli hikoyasi (Eron) Asgar Farhadiy
2. Melena Juzeppe Tornotero
3. Kuzda gullagan daraxt(O’zbekiston) Alisher Uzoqov
4. Вкус вишни (Eron, Fransiya) Abbos Kiorastami
5. Rangsiz tushlar-Ayyub Shahobiddinov
6. Parizod -Ayyub Shahobiddinov
7. Pustoy dom - Kim ki duk
8. Platforma
9. Nafs -Farruh Soipov
10. Sevinch -Ayyub Shahobiddinov
11. Tayyormisan yoki yo’q?
12. Ayol ifori Martin Brest
13. Plaxoy paren - Kim Ki Duk
14. Ikki dunyo orasida

Korotkiy metraj📎

1. Kaseta Timur Murodov
2. Gastarbayter Timur Murodov
3. Bezori Mo’minjon Ismatillo

Spektakl🎭

Layli va Majnun
Fedra
Rayhon isi taratgan ayol
Masxarabozlar ishi

O’qilgan kitoblar📌

1. Evrilish - Kafka
2. Aktyorning o’z ustida ishlashi- Stainlavskiy


Kuz sarhisobi haqida yana bir qiziq postim bor…)

Gulruxsor Tohirjonova

19 Nov, 04:35


⭐️ “Daydi shamol” filmi: Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashni yorituvchi yangi kino loyihasi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan, Davlat Xavfsizligi Xizmati va Kiberxavfsizlik markazi hamkorligida “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan yangi badiiy film — “Daydi shamol” suratga olinmoqda. Ushbu loyiha zamonaviy jamiyatda o‘ta dolzarb mavzu bo‘lgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashni o‘zida aks ettiradi.

Film syujeti bugungi kunda tobora keng tarqalayotgan kiberjinoyatchilikning odamlar hayotiga va butun jamiyatga bo‘lgan jiddiy tahdidlari haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, ushbu xavflarga qarshi davlat va maxsus xizmatlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ham yoritiladi. Ushbu muhim ijtimoiy masalani yorituvchi loyiha tomoshabinlarga kiberxavfsizlikning ahamiyatini tushuntirish va ogohlikni oshirishni maqsad qiladi.

Film ijodiy guruhi quyidagilardan iborat:
Ssenariy muallifi: Sanjar Matkarimov
Postanovkachi rejissyorlar: Sanjar Matkarimov, Azamat Nurmatov
Postanovkachi operator: Dilmurod Turdiboyev
Postanovkachi rassom: Dilshod Nuritdinov
Film direktori: Ilhom Absalomov

“Daydi shamol” filmi faqatgina badiiy tasvirlar orqali kiberjinoyatchilikni yoritibgina qolmay, balki bu mavzuda jamiyatda tushunchani kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Filmning suratga olish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda va yaqin orada keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha nafaqat kiberxavfsizlik mavzusidagi bilimlarni oshirishga, balki o‘zbek kinematografiyasining yangi va dolzarb mavzularni o‘rganish yo‘nalishidagi qadamlarini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram

Gulruxsor Tohirjonova

12 Nov, 08:45


19-bahorimni yangi badiiy filmning syomichniy ploshadkasida qarshi olyapman.
“Daydi shamol” yoshlar hayoti, kiberxavsizlik haqida drama, ekshn, jangari janrdagi to’liq metrajli badiiy film. Rejissyor: Sanjarbek Matkarimov

Gulruxsor Tohirjonova

02 Nov, 14:22


Boshqa fasllarning borligi ro’yo
Bu dunyoda faqat kuz bor azizim!🍂

✍🏻 Shuhrat Orif
@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

02 Nov, 10:38


​Sentabr-oktabr sarhisobi:

Kino
1. Bugun bilan yasha (Turkiya) Ketdjxe
2. Berlin Oqqo’rg’oni (O’zbekiston) Zulfiqor Musoqov
3. Ishq xiylalari (Turkiya) Emre Kabakushak
4. Ko’zlardagi sir (AQSh) Billi Rey (tavsiya qilmayman)
5. Kechikkan hayot (O’zbekiston) Ayyub Shahobiddinov
6. Osmondagi bolalar 3 (O’zbekiston) Zulfiqor Musoqov
7. 3391 kilometr (Turkiya) Deniz Enyuksek
8. 172 kun (Turkiya) Hadrang Daeng Ratu
9. Maktub (O’zbekiston)
10. Ti moy dom (Turkiya) O’zdjan Deniz
11. Suv va olov (Turkiya) O’zdjan Deniz
12. Hammasi muhabbat tufayli (Turkiya)Andach Xaznedaroglu
13. Ikkinchi imkoniyat (Turkiya) O’zdjan Deniz
14. Один день (AQSh) Lone Sferfig
15. Legenda (AQSh) Brayan Tomas
16. Issiq non (O’zbekiston) Umid Hamdamov

Qisqa metrajli film:
1. Dushanba
2. Meni ham eshiting
3. Свадьба
Spektakl:
1. “Yulduzli tunlar”

Gulruxsor Tohirjonova

24 Oct, 19:29


Xorazmga “Bobomning qilichi” nomli yangi gost serial syomkasi bo’yicha kelgandim. 8 kunlik syomkadan keyin endi Toshkentga qaytyapman. Bu safar Xivani o’zim uchun qayta kashf qildim. Nechi marta borganimda olmagan taasurotlarim, xotiralarimni shu 8 kun berdi. Go’zal, yorqin va unutilmas xotiralar uchun rahmat Xiva🤍 haya, serial premyerasi bo’lsa aytaman sizlargayam:)

Gulruxsor Tohirjonova

27 Sep, 20:12


Men Xudbinman!

@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

22 Sep, 22:35


“Sen ham mening kabi haqiqatni bilasan,
Biz birga bo’lolmaymiz sen ham buni bilasan…”

Oxirgi paytda faqat turkcha qo’shiqlar va turk kinolarini ichida yuribman)
@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

22 Sep, 20:25


#nimadir
Kuz zaif emas. Kuz isyonkor, betakror, beqaror. U xuddi qahriqattiq go’zal qizga o’xshaydi. U shundoq yolg’iz ham go’zalligini namoyon qila oladi, mungli katta-katta ko’zlarida xazonning rangi kezadi, oltinrang sochlari, ko’z yoshga to’la jigarrang ko’zlari. Lekin hech qachon siz istaganinggizda bir tomchi ham yosh oqizmaydi. Ko’ngli to’lib ketsa ko’z yoshlarini ayamaydi. Kuz mening kabi telbalar fasli deyilgandi bir she’rda…

@guliruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

22 Sep, 12:40


“Bitta nigoh bilan qamal qilaman…”

Malika Tavfiq
@gulruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

17 Sep, 02:42


Tongim shunday boshlandi.
Zo’rg’a erta turib shaharni bir chekkasiga ot minishga bora olganim uchun kuz ham yomg’ir bilan siyladi. Yoqimli havo lekin yoqimsiz kayfiyat hukmron menda. Bitta capuchino ichib hammasini unutvorishlik vaziyat…

@guliruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

15 Sep, 06:19


Ilinj… Qo’rquv… Umidsizlik… Taqdirga tan berish…

@guliruxsors_blog

Gulruxsor Tohirjonova

14 Sep, 18:56


Serial syomkasi. 2-kun🎬
Bugun ancha o’rganib oldim. Haliyam charchaganim umuman sezilmayapti. Komanda bilanam yaxshi kelishib ketdik. Eng ko’p eshitadigan gaplarim “Buni beg’uborligini qarela”, “Peshanezni tirishtirmang” bo’lyapti.
Endi tushunyapman inson qalb kasbida ishlasa ko’ziga hech narsa ko’rinmaskan, dunyoda undan baxtli odam bo’lmaskan…
Baxtliman!

Gulruxsor Tohirjonova

13 Sep, 15:37


Serial syomka. Birinchi kun. 🎬
Man o’ylaganimdan biroz qiyinroq o’tdi. 3-4 kundan keyin o’rganib ketaman deb o’ylayman. Haliyam davom etyapti, ketma-ket ikki kun butun boshli syomka bor yana. Toshkent viloyatidan chiqib, shaharga ketyapmiz, avtobus vokzalida olinadigan epizod bor men bilan.