Yupiterlik Markayeva @yupiterlik Channel on Telegram

Yupiterlik Markayeva

@yupiterlik


I have a lot to say to you.
Sizlarga aytadiganlarim ko'p.

pulli psixologik konsultatsiya haqida ma'lumot: t.me/healingtakestime

psixologik soat va sessiya uchun bot: @psychologicalconsultbot

faqat ladies: t.me/lady_inblackk
chuqurlik: t.me/moodswitches

Yupiterlik Markayeva (Uzbek)

Yupiterlik Markayeva Telegram kanali sizga qaysi mavzular haqida so'zlashganini aytmaktadi? Eng yangi modaga yoki so'nggi oshxonaga kirilganimizda nima aytishimiz kerak bo'lishini qonun qiladi. Bu kanalda sizga qiziqarli va foydali ma'lumotlar taqdim etiladi.

Kanalning asosiy maqsadi - odamlarga maslahatlar berish, ularni ilgari ko'ringan vaqtining ustidan o'tirib, ularni yaxshilashda yordam berishdir. Kanalda qiziqarli psixologik konsultatsiya ma'lumotlari, tajribalar, fikrlar va boshqa foydali ma'lumotlar mavjud. Agar sizga yordam kerak bo'lsa, @psychologicalconsultbot orqali psixologik soat va sessiyalar uchun xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanaldagi barcha ma'lumotlar faqat noaniq bo'lib turmagan ayollar uchun mo'ljallangan bo'lib, agar bu sizga qiziqroq kelgan bo'lsa, @lady_inblackk va @moodswitches kanallariga a'zo bo'lishingiz mumkin. Bu kanallar sizni boshqa noayiniq ayollar bilan bog'liq tajriba va muloqotlarga xush kelishi mumkin. Yupiterlik Markayeva kanaliga a'zo bo'lish orqali o'z o'zini yaxshilashda yordam oling va yangi do'stlar, tajribalar bilan tanishing. Sizga qanday yordam berishimiz mumkinligini ko'rishimizni hohlaysizmi? Obuna bo'ling va o'zingizga yordam bering!

Yupiterlik Markayeva

11 Feb, 20:46


Yaxshi bo'ldi juda)

Hammaga rahmat❤️

Yupiterlik Markayeva

11 Feb, 20:42


Live stream finished (2 hours)

Yupiterlik Markayeva

11 Feb, 18:19


voicechat)

Yupiterlik Markayeva

11 Feb, 18:19


Live stream started

Yupiterlik Markayeva

11 Feb, 17:51


That dream was planted in your heart for a reason.

THAT dream was planted in your heart for a reason.

That DREAM was planted in your heart for a reason.

That dream was PLANTED in your heart for a reason.

That dream was planted in YOUR HEART for a reason.

That dream was planted in your heart for A REASON.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

11 Feb, 00:08


@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

10 Feb, 23:54


Bizzare...
I had a brief yet surreal dream. It was the 1950s, somewhere in Italy, where a faceless figure was writing letters to me and casting them into the nearby harbor. In one of these letters, the name of a hill—one I had never heard of—was inscribed.
I remember feeling that it held some significance, something I was meant to understand. But now, no matter how hard I try, I can’t recall what it was...

Yupiterlik Markayeva

09 Feb, 17:19


Eski o'zbek filmlaridan o'zingiz sevgan gapni yozib keting, qolganlar kommentda topishga harakat qiladi, qani ko'ramiz)

Men boshlab beraman:

"Ena morojnini non bilan yeydimi?"

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

09 Feb, 17:15


Chet ellik o'zbek tilini o'rganishni boshlagan do'stingizga, birinchi bo'lib qaysi o'zbek filmini tavsiya qilardingiz?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

09 Feb, 17:10


"O'zbekiston" teleradiokanalidan "Otalar so'zi - aqlning ko'zi" degan tarbiyaviy va qismlari bir-biriga bogliq bo'lmagan serialni ko'rganlar, shulardan eng esingizdan chiqmaydigani qaysi?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

09 Feb, 17:02


O'zbek xalq maqollari deganda birinchi esingizga keladigan maqol qaysi?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

08 Feb, 18:22


Rasmdagi kitoblarning yarimidan ko'pi o'qib tugatilgan. Qolganlarini yanvar boshida sotib oldim yilni kitoblarga invest qilib boshlashni istadim.

Ba'zilari haqida qisqacha bitta gap bilan, izoh berib ketaman, shunga qarab tanlashingiz mumkin:

1. Fyodor Dostoevskiy – Eng sara asarlari– Inson qalbi va ichki kechinmalarni chuqur tasvirlaydigan falsafiy asarlar to'plami: Kambag'allar, Telba va hkz.

2. Graf Monte Kristo (Aleksandr Duma)– Adolat, o‘ch va kechirim haqida unutilmas klassik qissa. Bu men uchun boshqacha qadrli. Rahmatli amakim tavsiya qilganlarida e'tibor bermaganimdan doim afsuslanaman.

3. Dark Psychology– Odamlarning ruhiy manipulyatsiyalarini tushunishga bag‘ishlangan qo‘llanma.

4. Ular o‘nta edi (Agata Kristi)– Detektiv klassikasi, barcha jinoyat muxlislari uchun.

5. Show Your Work!– Kreativ jarayonni boshqalar bilan bo‘lishish bo‘yicha motivatsion qo‘llanma. Art odamlari uchun)

6. A Little Life (Hanya Yanagihara)– Do‘stlik va travmalarning chuqur tasviri bo‘lgan emotsional roman.

7. Virginia Woolf – The Waves– Hayotning falsafiy oqimi haqida poetik roman. (uncha buncha advanced leveldagilar tushunishi qiyin badiiy ifodalarga)

8. XXI Asrda Muvozanat– Zamonaviy hayotda balans topish haqidagi maslahatlar.

9. The Bell Jar (Sylvia Plath)– Depressiyani chuqur ochib beruvchi klassik roman. So Lana Del Rey and me-coded.

10. A Good Girl’s Guide to Murder– Sirli jinoyat hikoyasi, yoshlar uchun psixologik triller.

11. Men Without Women (Haruki Murakami)– O'sha hamma biladigan "Murakami" uslubidagi hissiy hikoyalar to‘plami.

12. Surrounded by Idiots– Turli fe’l-atvor turlarini tushunish uchun psixologik qo'llanma

13. Read People Like a Book– Odamlarning xatti-harakatlarini, psixologiyasini tahlil qilish uchun qo'llanma.

O'zingiz uchun saqlab qo'ying, va o'qishni sevadigan do'stlaringizga postni ulashing:)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

08 Feb, 18:09


Bitta narsani tushuning,

nechta kitob o'qib tugatishingiz muhim emas, muhimi - qanchasi sizni pozitiv tomonga o'zgartira olishi, zavq bera olishi.

Maqsad - kitobni tugatishmas, maqsad - "o'qish" odatini shakllantira olish.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

08 Feb, 18:02


Bir vaqtning o‘zida bir nechta kitob o‘qish: Foydalimi yoki yo‘qmi?

Ko‘pchilik bir vaqtda bir nechta kitob o‘qishni foydali deb bilsa, ba’zilar uchun to‘liq diqqatni bitta kitobga jamlash -muhimroq. Lekin aslida bu shaxsiy tanlov va o‘qish odatlaringizga, sizdagi xilma-xil janrlarga bo'lgan qiziqish va miyangizni qabul qilishiga bog‘liq.

Bir vaqtda yoki ketma-ket bir nechta kitob o‘qish - qanaqasiga foydali bo'lishi mumkin?

Diversity. Turli mavzularni bir vaqtda qamrab olish, bir kitobdan chindan zerikkaningizda yoki uni "shunchaki" o'qiyotganingizni his qilganingizda, o'sha vaqtda janrni o'zgartirish - kitoblardan uzoqlashtirib yubormaydi sizni.

Maqsadga mos yondashuv. Ish uchun ilmiy kitob, zavq uchun badiiy asarni parallel ravishda o‘qish - odatiy hol, albatta ketma-ket bajara olasiz agar diqqatingizni to'g'ri nazorat qilsangiz.

Lekin, ko'pchilik uchun bu qiyin masala, va ha, parallel yoki ketma-ket "genre switch" ning kamchiliklari yo'q emas.

1. Diqqat masalasi. Har bir kitobni alohida anglash qiyinlashishi mumkin.

2. Tugallash qiyinligi. Kitoblarni oxirigacha yetkazish uzoqroq vaqt olishi mumkin.

3. "Core" g‘oyalarni unutish. Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mavzular, agar yaxshi qiziqmagan taqdiringizda, aralashib ketishi ehtimoli bor.

Men shaxsan qanday yondashaman?

Men kitoblarga nisbatan "multitasking" qila olaman va menga har xil janrlarni birga o‘qish yoqadi. Masalan, Kafka asaridan keyin yengil she’riyat, klassik adabiyotdan keyin contemporary hikoyalar, yoki bitta biznesga oid kitobni biografiya bilan parallel o‘qish– bu usul menga qo'limda turgan kitobning o‘ziga xos muhitini "to‘liq va birga" his qilishga yordam beradi.

Lekin, lekini bor. Bir-biriga o‘xshash yoki og‘ir mazmundagi asarlarni ketma-ket o‘qish meni ruhan charchatishi mumkin. Shuning uchun janrlar o‘rtasida tez-tez almashib o‘qish menga ko‘proq zavq bag‘ishlaydi, kim uchun qanday bilmadim.

Esingizda bo'lsa bir oyda 7 ta kitob o'qishim haqida post qilgandim o'tgan yili bahorda, o'sha post tufayli menga shunaqa savol berishdi, javoban post yozdim.

Sizchi? janrlar almashuviga miyangiz qanday javob beradi😅?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

08 Feb, 17:59


Qaysilari sizga tanish yoki sevimli?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:16


1 soatda berilgan 842 ta ovozga ko'ra, bizda science o'lgan. Demak aynan shu sohani rivojlantirish kerak.

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:13


Biz dvd disklarda film tomosha qilib o'sgan oxirgi avlodmiz.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:11


O'ylamagansiz, 20-30 yoshimda bolaligimdagi oddiy narsalarni shunaqa muhabbat va nostalgiya bilan eslayman deb. Chunki hammasi o'shanda sizga odatiy va bir xil tuyulgan, hechnima "special" bo'lmagan.

Va hozir ham hayotingiz sizga shunday tuyuladi, ba'zan rangsiz, bir xil. Lekin ertaga qachondir 50 ga kirganingizda hozirgi o'zingizni qanday eslashingizni bir o'ylab ko'ring-a)

Odamzod doim yo'qotgandan keyin ko'proq qadrlaydi, ko'proq sog'inadi. Lahzalarda yashashni unutmang)

Lahzalarni ehtiyot qiling, yillar shunda o'zini ehtiyot qiladi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:06


okay shu oxirgisi🥲.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:04


Mak-mak, tochka tochka )

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:03


shu ikkita o'yinni nomlari nima edi sizlarda?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:02


yaramas tuzuk uchmasdi, semechkachi momadan olardik qurut saqichlar bilan.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 15:01


maktabdagi yelpig'ichlar)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:59


pul birligimiz edi😁

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:58


bu o'yinni hamma joyda nomi har xil bo'lgan😁

sizlarda nima edi?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:56


robotcha gapirib ko'rganmisiz ashnaqa, tepasidan barmog'ni bir tiqib ko'rmasa ko'ngil joyiga tushmasdi baribir.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:54


qishloqqa to'yga borsang, butun qishloqni bollarini qo'lida bitta bittadan shu bo'lardi .

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:52


Bizni sevimli shirin sigaretimiz, 100 so'm edi donasi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:50


tagi qirilsa og'izdan havo chiqarib artardik, baribir bo'masdi, keyin spirt bilan artardik.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:49


haligacha bormi sizda ham?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:48


hammani uyida shular ustma ust bo'lardi..

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:47


esingizdami?😅

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:46


Siz ham shunday qilib ko'rgansiz bilaman.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Jan, 14:31


1-sinfdagi partadoshingizni ismi?

Yupiterlik Markayeva

29 Jan, 16:36


For those who want to learn turkish, Shahlo offers her classes)

Yupiterlik Markayeva

29 Jan, 16:34


#Diqqat_e‘lon

– Turk tili online kursiga qabul e‘lon qilaman. Aslida bir oy kutishim kerak edi. Ammo may oyidagi imtihonlarga ulgurish uchun guruhni hozir ochishga qaror qildim.

– Darslar haftada uch kun va qo‘shimchasiga yakshanba – konuşma kunlaridan iborat bo‘ladi. Soati va kunlarini kelishamiz.

– O‘zim hamma darsliklarni ancha avval tugatganimga qaramasdan, yaqinda imtihon topshirdim. Uning javoblari bir oydan keyin chiqadi. Shu sabab faqat menga ishongan va til o'rganishni istaganlarni taklif qilaman.

– Tajribam nol emas, anchadan buyon yordamchi o‘qituvchiman. O‘zimga ishonmasam e‘lonni yozib ham o‘tirmasdim.

– Kurs narxi: 200 ming so‘m. Va darslar 5-fevralda boshlanadi. Murojaat uchun: @Xayitova_Shahlo

@quyoshtaraflarda

Yupiterlik Markayeva

27 Jan, 12:26


O'zbek onalari tomonidan tez-tez aytiladigan top 10 ironic gaplar va ularning asl ma'nolari: (onamning gaplari aslida)

10. "Ha, o'zlaringdan o'zlaring katta bo'p qogansan senlar"
ma'nosi: Meni aytganimni qil.

9. "Battar bo'l deydigan odam yo'q senlaga"
ma'nosi: Meni aytganimni qil deganmidim senga?

8. "Taklifnoma kerakmi senlaga?"
ma'nosi: ovqatingni keb ye bolam. pishirishgaku pishirmisan.

7. "Hozir borib topsam nima qilay seni?"
ma'nosi: Hayolingni joyiga qo'yib qarasang topasan.

6. "Hammasiga sabab shu telefoning"
ma'nosi: chindanam hammasiga sabab shu telefoning.

5. "Yig'ishtir voyschat moyschatingni yarim kechasi"
ma'nosi: shuncha odam ahmoqmi yarim kecha uxlamasdan seni eshitib?

4. "Ha qara yana o'zingga"
ma'nosi: Bekoringni aytibsan, meni aytganimni qilasan baribir

3. "Tur o'rningdan 11 bo'ldi soat"
ma'nosi: 15 takam 6 boldi soat sen turaman deguningcha 8 bo'ladi.

2. "Men bilmiman dadangdan so'ra"
ma'nosi: dadang nima deyishini yaxshi bilaman, baribir bormisan.

1. "Bitta bola borekan..."
ma'nosi: Osmondagi oymisan nima, bo'ldida endi.

Onajon sizni yaxshi ko'raman❤️😁

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

25 Jan, 15:20


Men sevadigan top 5 ta "quote/aforizm" lar va nega ular menga ta'sir qilganligi haqida:

5. "If it costs your peace, it's too expensive"

"Agar biror nimani narxi - tinchligingga, xotirjamligingga teng bo'lsa, demak u haddan tashqari qimmat"

Hechnima - xotirjamligingchalik muhim bo'lishi mumkinmas. Absolyut hechnima. Buni tushunish uchun, xotirjamliksiz yashab ko'rgab bo'lishing kerak.

4. "What you're not changing - you're choosing"

"O'zgartirmayotgan narsangni - tanlayapsan"

Bunga ortiqcha izoh kerakmas menimcha. Hechnima o'zgarmasa, hechnima o'zgarmaydi, unutmang.

3. "Do what you can, with what you have, where you are"

"Hozir turgan joyingda, o'zingda bor narsalar bilan, qo'lingdan kelganini qil"

Teodor Ruzveltning gaplari bu. Hech qanaqangi bahona - qilmoqchi bo'lgan ishingni boshlamay turishingga sabab bo'lmasligi kerakligini o'rgatgan menga.

2. “Do not go where the path may lead, go instead where there is no path and leave a trail.”

"Yo'l - qayerga olib borishiga qarab yurma, yo'l yo'q joylardan yur va izingni qoldir"

Ralph Waldo Emersonning so'zlari. Gap asfalt yo'l haqidamasligini hamma bildi menimcha. Bu har bir odamning hayotiy "safar"i haqidagi so'zlar, boshqalarga o'xshamaslik va jasorat haqida o'rgatgan menga.

1. "It always seems impossible until it's done"

"Nimadir bajarib bo'linmaguncha, doim imkonsiz tuyuladi"

Nelson Mandelaga tegishli so'zlar.
Senga imkonsiz tuyuladigan har bitta ish - sendan shunchaki izchillik, matonat va hech qachon to'xtamaslikni talab qilishini o'rgatgan.

Top 10 ta edi aslida, lekin uzun postlarni o'qishga shular baribir erinadi deb 5 ta yozdim)

Saqlab qo'ying va kerak bo'lganda tez-tez eslab turing.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

20 Jan, 10:11


Jarohatni tuzatish:

1. Tegma unga.
2. Izolyatsiyada qoldir.
3. G'am tort ozgina.
4. O'rgan.
5. O's, o'sha o'rganganingdan.
6. Tuzal.

P.S: Gap jismoniy jarohatlar haqida emas.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

20 Jan, 09:38


Qale bo'lyapti dushanba?)

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 20:30


My mom better not see this rn

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 20:30


Live stream finished (3 hours)

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 17:18


Live stream started

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 17:16


Hay boshladik voicechatni, fayzimizni bersin😅

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 16:46


O'qishga kirsam qo'y so'yaman degandim, so'ymadim.

Bakalavriat bitirsam qo'y so'yaman degandim, so'ymadim.

Magistraturani bitirsam aniq so'yaman qo'y degandim, so'ymadim baribir.

PhD ga topshiryapman mana, dissertatsiyam yozib bo'lsam so'yaman deyapman baribir so'ymasam kerak.

Ha azizlar, men qo'ylarni sevaman.
Bechoralarda nima ayb.

"Haq berish" degan narsa bizda madaniylashgan, milliylashgan.

Bu narsani men doim ma'qullay olmayman. Garchi proud O'zbek bo'lsam-da.

Zo'r, odamlar bilan baxtli onni baham ko'rish.

Lekin bu degani har ogan maqtov yorlig'ingga bittadan xalqqa qo'y so'yib berishing kerak deganimasda)

Muvaffaqqiyatga jimgina erishiladi, baxtli manzillarga baqirmay, og'izni yumubgina ketiladi. Ba'zan aytilmaydi, chunki chindan odamlar yaxshi ko'radi qo'li tekkan narsani vayron qilishni.

Men shuning uchun jimlikni afzal ko'raman ko'p narsa haqida gap ketsa.

Va hamma bilishi shart emas otangizni nechta qo'yi borligini, qoqindiq.

O'sha gap.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 16:18


Voicechat qilmaganimizgayam 1 yil bo'pti.

Yupiterlik Markayeva

17 Jan, 16:10


hayy, qaysi biriga siqilasilar endi.
joylashadi.

Yupiterlik Markayeva

15 Jan, 10:52


Erinchoqlik - mental kasallik belgisi.🙂

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

15 Jan, 10:29


"Нервный" misiz?

Asabiylik, jahl - aysbergning sizga ko'rinadigan qismi.

Aysbergning quyi qismiga yaxshilab nazar solsangiz, jahl aslida qanday, nima tufayli kelib chiqishini ko'ra olasiz. Lekin afsus, ko'pchilik buni ko'ra olmaydi.

Nimalar bo'lishi mumkin tub sabablar?

1. Qayg'u.

Xafa bo'lish boshqa, jahli chiqish boshqa. Uzoq muddat xafa bo'lib, g'amga botib, melanxoliyasini nazorat qilolmagan odam - eng qo'rqinchli jahl egasiga aylanadi. Buni hammangiz his qilganingiz aniq.

2. Kunlik stress.

Har kuni ish bosimi, charchoq, bir xil jadvallar, ulgurolmaslik, yetkazolmaslik, uxlab qolish, uxlay olmaslik, ko'p yeyish, to'yib yeyolmaslik, mashina signallari, tirbandlik, qo'shnini bolasini ovozi o'chmasligi, ortiqcha socializing, scrolling - bular hammasi odatiy kunlik stressga sabab bo'ladi va odam o'zi bilmagan holda jahlini nazorat qilolmaydi.

3. Xavotir yoki umidsizlik:

Hali sodir bo'lishi aniq bo'lmagan voqealarni ortiqcha o'ylayverish, keraksiz xavotirga tushish - odamni jizzaki qilib qo'yadi va reaksiyasini tezlashtirib yuboradi. Miyasida yaratgan soxta senariylar tufayli- umidsizlik paydo bo'ladi va oxiri u jahlni nosog'lom holda ko'satishga olib keladi, baqirish, urish, tepish, sindirish va hkz.

Aslida juda ko'p emotsiyalar sabab bo'la oladi, adolatsizlik, xijolat bo'lish, qasoskorlik, sovuqqonlik va boshqalar. Tepada yozganlarim - eng asosiylari.

Qanday qilib sog'lom usulda jahlni chiqarvorish mumkin tashqariga?

1. Jismoniy mashqlar: tosh ko'tarish, kikboksing, yugurish. Sport - g'azabni pozitiv energiyaga aylantiradi va endorfin ajralib chiqadi)) Shaxsan men jahlim chiqsa, zalda odatdagidan 2 marta ko'proq qolib ketaman.

2. Nafas mashqlari: (underrated) Ko'pchilik inobatga olmaydi qanchalik nafas mashqlari tinchlanishingizga haqiqatdan yordam berishini.

3. Yozish: Nima his qilayotganingizni aniq, erkin yozing kundaligiz yoki daftarchangizga. G'azabingiz kamayadi.

4. Creative Outlet: Istalgan san'at turidan foydalaning jahlizni ko'chaga obchiqib yo'q qilib tashlashda) Musiqa, raqs, chizish, yasash, bo'yash. Men eng sevgan metodim bu.

5. Gaplashish: Qochmang sog'lom suhbatlardan, nima his qilayotganingizni tushuna oladigan kimdir bilan shunchaki gaplashing, "deep talk" lar chindan yordam beradi.

Istalgan emotsiyani ustidan nazorat o'rnata olasiz, hatto yovvoyi maxluqlarnikidek bo'lgan jahlingizni ustidan ham.

Jahl qilmang🙃

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

14 Jan, 08:00


Erkak - tug'ma himoyachi, protektiv tabiat uni qonida bor.

Vatan esa - qadrli bo'lgan hamma narsa.

Oila, ota-ona, singil, opa, aka, uka.
Ustoz, do'st, qo'shni, qarindosh, sevgan inson, juft, farzand, jiyan, nabira, hatto ko'chani boshida turadigan nogironlar aravachasidagi qiz.

Shaxsan men uchun xavfsizlik doim 1-o'rinda. Xavfsizlik hissini bera oladigan inson bo'lganingiz uchun tashakkur, hurmatli "himoyachilar")

Bayramingiz muborak,
biz uchun qadrlisiz.
o'zingizni asrang)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

13 Jan, 10:01


Onangiz-chi? Ular eng ko'p aytadigan gaplari nima?

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 18:05


Yana bir narsani bilmoqchi edim.

Orangizda biror ko'zi tug'ma ojiz oila a'zosi yoki yaqin do'sti, tanishi borlar bormi?
Braille alifbosini bilishadimi?
Ranglar haqida savol berib ko'rganmisiz hech?

va qanday qilib ular bilan bog'lanishim mumkin?)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:54


Hay, zakovat dasturi o'z nihoyasiga yetdi, 😅
Va bitta sir: tepadagi 5 ta savol sizdagi 5 ta psixologik kasalliklarni aniqlash uchun tuzilgan savollar edi)
Menimcha ko'pchilikda muammolar o'xshash) ishtirok etganlarga rahmat.

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:47


Menga berilgan savolni bermoqchiman:

Tanlang, o'zingizdan odamzodga shulardan faqat birini qoldira olasiz:

1. Kitob
2. Rasm
3. Kuy
4. Kino

Qaysi birini tanlardingiz?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:43


Savollarni hammasini o'zim tuzganman, menda hali ko'p. Lekin uzoq o'ylashingizga to'g'ri keladi, keling shuning uchun easy mode ga qaytamiz) 😅

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:41


charchab qoldingizlarmi o'ylayverib)😂

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:37


5. Siz Alsgeymer kasalligiga chalingansiz (xotira tez-tez yo'qoladi) va tasodifan bir farroshni o'limida qotillikda ayblanuvchiga aylanib qoldingiz. Jinoyatni sodir etgan-etmaganingizni bilmaysiz hatto. Va sizni bu holatingizni inobatga olib, sizga ikkita tanlov qoldirishdi:

15 yil ozodlikda tekin farroshlik qilish (boshqa ish qilish mumkin emas)
15 yil qamoqda arzimagan pulga farroshlik qilish.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:26


qani tepadagi 234 ta kommentlar))
IQ darajangizni ishga solingchi bir)

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:20


4. Yolg'onchi inson "yolg'on gapiryapman" dedi. Va siz o'ylanib qoldingiz, u rost ham yolg'on ham gapirayotgan bo'lishi mumkin.
Siz yoningizda turgan 3 ta obyekt, stakanda suv, oyna va butilka dan foydalangan holda buni aniqlay olasiz.
Obyektlardan qanday foydalangan bo'lardingiz, yaxshilab o'ylang.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:12


3. Tasavvur qiling, siz shunday olamda yashaysizki, u yerda istalgan yoshingizda 10 yil qotib qolishingiz shart. Faqat siz qaysi yoshda qotib qolishni tanlasangiz, ota-onangizdan biri xuddi o'shancha vaqtga tez qarishiga to'g'ri keladi. Savol, qaysi yoshingizda qotib qolishni tanlardingiz?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 17:04


2. Tasavvur qiling, xotirangizdan mutlaq ayrildingiz, va atrofingizda sizga o'zini "yaqinlaringiz" qilib ko'rsatayotgan odamlar paydo bo'ldi. Va siz ikkita imkondan faqatgina birini tanlab ularni eslay olishingiz mumkin:

birinichisi: rasmlar va videolarni ko'rib.
ikkinchisi: ovozingiz yozilgan audiolarni eshitib.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 16:58


1. Agar ertadan boshlab butun dunyodagi jamiki obyektlar, hayvonlar va insonlar bir xil rangga kirib qolishiga to'g'ri kelsa, qaysi rangda bo'lishini afzal ko'rardingiz, yaxshilab o'ylab javob bering.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 16:50


Menda savollar bor sizlarga, javoblaringizga qiziqyapman, vaqtingiz bormi?)

Yupiterlik Markayeva

05 Jan, 16:45


Hayrli kech🙃

umid qilamanki, sizlarda hammasi yaxshi)

Yupiterlik Markayeva

01 Jan, 21:27


Shu videoni saqlab qo'yingda, har safar o'zingizga va qobiliyatlaringizga noto'g'ri baho berganingizda ko'ring, menga doim foyda beradi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

01 Jan, 20:46


Bitta gap-da hammaga,

bayram - kalendarda belgilangan qizil kunmas.

bayram - his va energiya.

his va energiyaga qachon ongli ravishda ruxsat bersangizgina u chiqadi tashqariga.

bo'lmasa, bir tiyin bari.
To'yiz kuniyam shkafni ichiga qamalib yig'lab o'tirasiz miyangizga to'g'ri buyruq bermasangiz.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

01 Jan, 20:35


Hay maylida, kechadan qogan bodom-pistalarni qachongacha qitir-qitir qilib o'tirasilar endi)

Yupiterlik Markayeva

01 Jan, 20:09


Ha azizlar.

Ketadiganlarni qo'lidan ushlaysanmi, oyog'idan tortasanmi, befoyda, sen yerga yotvolsang ham ular ketadi.
Va ichida "Ahmoq ekan yalinib" deydi.

Shuning uchun kimdir ketmoqchimi, u eshikdan chiqishigacha qarab o'tirma, u sumkasini zamogini ochib narsalarini yig'ishtirishni boshlagan zahoti - sen borib eshikni ochib kel.

Va ruhan xotirjamlik bilan, odamlar qarorini hurmat qil, u - seni do'stingmi, ishchingmi, hamkasbingmi, kanalingdagi uzun postlarni o'qimay prosta scroll qib qo'yadigan zerikarli odammi, indama.

Avval aytganman va yana aytaman:
Senikilar - senda qoladi.

Va ba'zi narsalar va odamlarni yo'qotish - mag'lubiyat emas, yutish ekanligini anglaysan.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

01 Jan, 19:58


Hamma chiroyli yil sarhisobi yozib, borgan joylari, qilgan ishlari, o'qigan kitoblarini post qilayotgan bir paytda men ko'chamiz boshidagi Anya opa nega hech qachon turmush qurmagani haqida o'ylab, devorga suyanib Chortoq ichib o'tiribman LDR ni albomlari bilan.

Qurbonlik hissi.
Ba'zan o'ylab qolaman, men qanchalar ulkan jasoratga ega bo'lishim kerak, kimdir yoki nimadir uchun o'zimni qurbon qilishga? Yoki barcha gumanitar aktlarim va individualligimdan kelib chiqqan holda "ha, o'zimni bag'ishlay olaman" deya olamanmi?

Anya opa ko'chamizni boshida onasi Katya momo bilan yashardilar, opa hech qachon oila qurmagan, bir ajoyib salatlar qilib, bozorda savdo qilardilar, esimda yakshanbada osh pishishidan avval darvozasini tagida 5 minglikni g'ijimlab, soatlab karam salat kutib o'tirgan paytlarim. Opa ko'p bo'lmasdilar uyda, Katya momoni esa qulog'i og'ir edi.

Opa o'z onasiga g'amxo'rlik qilish uchun uning yonidan jilmagan, aytishlaricha. Katya momo olamdan o'tdilar 3-4 yilcha burun. Opani shundan beri ko'p ko'rmayman ko'chada, (xuddi ko'chaga chiqib qo'shnilar bilan yaxshi networking yo'lga qo'ygandek gapirishimni, tovba)

O'ylayman,
men qanchalar insonparvar bo'lsam, odamlar "keraklilik" hissini tuyadi, va o'zini biroz yaxshiroq his qiladi deb.
Lekin bir nimalardan voz kecha olamanmi, ularga yaxshiroq bo'lishi uchun, o'z komfortimdan, issiq joyimdan, pulimdan, ba'zan vaqtim va asablarimdan?

Kechgan ekanman. Anchagina.
Lekin bu doim ham menga plyus bo'lib ishlamagan. Aksincha, ba'zida mutlaq qadrsizlantirgan. Lekin gap qachonki ota onam va oilam haqida ketsa, men qadrsizlanishga hatto tayyor ekanman. Ular uchun.

Ko'chada yuraman, ishga boraman, odamlar bilan ishlayman, bayram nishonlayman, yaxshi gapiraman, yomon gapiraman, do'stlar bilan vaqt o'tkazaman, suhbatlashaman, odamlarni dardini eshitaman. Lekin baribir kun oxirida, onamga borib arz qilaman. Onamga borib yorilaman, erkin nafas olaman o'zim bo'lib. Otamni maslahatiga muhtoj bo'laman.

Va oilaviy trauma bilan ulg'aygan, kuch va og'riqni jamiyatdan o'zlashtirgan odamlarga qarayman, ular hammadan chidamliroq va kuchliroq. Oilaga nimanidir bag'ishlash - ularda trauma response ga aylangan. Ba'zan qiyin bu.

Aytmoqchi bo'lganim,

Oila, ota-ona mehri - hamma narsadan ustun turadigan tuyg'u.
Undan to'yib ulg'aygan odam - yopinchiq kiymaydigan super qahramonlardek o'zini qurbon qila oladi, ular baxti uchun. Va shu bilan birga, shu mehrni ko'p his qilmagan odam - hayotda har bir qaroriga shubha bilan qaraydi, ikkilanadi, "menda bu holat takrorlanmasligi kerak" deb ekstra ehtiyot bo'lib yashaydi.

Shunday ekan,
ruhiy siniqlarga tuzattirish kiriting oilada, va hech sabab bo'lmang o'sha siniqlarga.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

31 Dec, 16:29


Nafas ob nafas ob yeymiz xalq

Yupiterlik Markayeva

30 Dec, 13:42


Kuningiz qanday o'tyapti🙃

Yupiterlik Markayeva

22 Dec, 14:41


Odamlarga nimanidir isbotlashga urinish - ichki tinchlikni ta'riflab bo'lmaydigan darajada buzadi.

Bu shunaqangi og'riqli ehtiyojki, u odatda, o'zini qabul qila olmaslik va boshqalar oldidagi rolidan qoniqmaslik hissidan kelib chiqadi.

Jamiyatga sig'ish uchungina, odamlar tomonidan "qadrli" deb topilish uchungina joningizni jabborga berib bir nimalarni isbotlashga urinish kerak emas.

O'z kuchingizni isbotlashingiz kerak bo'lgan yagona inson: bu o'zingiz.

Savol bering: Meni hechkim ko'rmaganida yoki bilmaganida, shunday harakat qilishni davom etarmidim yoki yo'q?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

21 Dec, 16:28


8 yillik yo'qolgan ilhom parilarim uchib kep qoldi:)

Yupiterlik Markayeva

21 Dec, 16:28


"Men boshqachaman" deya,
Ko'kragingni kermagin.
Begonaning bog'idan
O'g'irlab gul termagin.

Sen emassan yagona,
Sen bir narsa erursan:
Unutuvchi sen inson,
O'zgarasan har on-a.

"Men bittaman" yo'q afsus.
Sendaqalar - har yona.
Sen tupurgan yo'llarda
Kimdir yashar shohona.

"Mendek sevolmas" - yolg'on,
Jahling rost seni faqat.
Sen yig'latgan ko'zlardan,
Kimdir o'par pinhona.

"Menman ustun" - pastga tush,
Kibringga choy damlaymiz.
Nafsingdan kul - hur ona,
To'ldi bugun paymona.

Sen uzib ketgan gulni,
Kim terdi dona-dona?
Sendan nur kutganlarga
Mehring qilding durdona.

Bugun boshing olib ket,
O'zingdan sen nolib ket,
Onang yopgan kulchani
Tugunchangga solib ket.

Kimsan, vayron qilguvchi?
Yormisan yo yovmisan?
Sof qalblarni tilguvchi,
Farzand, do'st, "birov"misan?

Gulruh Markayeva
"Anglov".

Yupiterlik Markayeva

21 Dec, 14:55


Markayeva jangda o'lib po'lib qoldimi deganlar uchun, o'rtolar men qurollarim yetib kelishini kutyapman haliyam🥸

Minde o'ylab qarasam menga невыгодно ekan qurolsiz hujumga o'tish.

so we'll see what happens

Yupiterlik Markayeva

21 Dec, 14:26


Qanday o'tyapti kuningiz, bugun qanday his qildingiz o'zingizni)

Nimalar bilan bandsizlar, bayram shukuhi bormi?

I miss reading your comments, khalq
😄

Yupiterlik Markayeva

21 Dec, 14:18


🙃❤️.

Yupiterlik Markayeva

14 Dec, 06:49


Jangga kirmoqchiman, lekin qurolim juda kuchli emas. Dushman askarlari esa o'ta kuchli qurollangan. Lekin men kuchli qurol topgunimcha vaqt yo'qotishni istamayman. Yo shu kuchsiz ahvolimda ham himoya va hujumga o'taman, o'lim bilan qarshi kelib. Yoki shunchaki ularning qurboniga aylanaman.

Qaysi biri afzalroq?

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

14 Dec, 06:32


Shunday 3 ta qoida bor. Yodda tutishingiz shart bo'lgan:

1. Jahlingiz chiqqanida hech qachon javob bermang.

2. Xursand bo'lganingizda hech qachon va'da bermang.

3. Xafa bo'lganingizda hech qachon qaror qabul qilmang.

Simple)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

13 Dec, 15:05


Muvaffaqiyatsizlik aslida mag'lubiyat emas.

Muvaffaqqiyatsizlik:

Muvaffaqiyatning Bir Qismi: Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatning teskari ta'rifi emas, balki uning eng muhim bosqichidir.

Qimmatli Dars Beradi: Muvaffaqiyatsizlik biz shu paytgacha ko'rmagan kamchiliklarimizni ochib beradi va muvaffaqiyat bilan sira o'rganib bo'lmaydigan saboqlarni o'rgatadi.

Bardoshlilikni Mustahkamlaydi: Qiyinchiliklar orqali insonda sabr shakllanadi va doim davom etishga undaydi.

Ijodiy Fikrlashga Undaydi: Yiqilish, omadsizlik yangi yechimlarni izlashga sabab bo'ladi, juda ko'p buyuk kashfiyotlar va dunyo tan olgan san'at asarlari bunga misoldir, J.K.Rowling ni eslang, Garri Potter asari necha marta rad etilgan?

Kamtarlik shakllanadi:
Muvaffaqiyatsizlik bizni tap etib yerga tushiradi va har doim yana nimalarnidir o'rganishga ehtiyoj va imkoniyat borligini eslatadi.

Aniqlikni Ta'minlaydi: Yo'ldan adashish aslida bizni yaxshiroq maqsadga yo'naltirishi mumkin.

Muvaffaqiyatsizlikni To'g'ri Qabul Qiling

O'rgangan saboqlaringizni tahlil qiling.
Uni muvaffaqiyatga erishish uchun bir qadam sifatida ko'ring.
O'zingizni bardoshli, kreativ va maqsadga erishishga tayyor shaxs sifatida shakllantiring.

"G'alaba qilishni o'rgangan kishi muvaffaqiyat qozonadi. Ammo mag'lubiyatni o'rgangan kishi g'olibga aylanadi"

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

09 Dec, 18:10


Biror narsani tezroq o'rganishni istasangiz, jarayonni qiziqroq, zavqliroq qiling.

Biror narsani yaxshiroq o'rganishni istasangiz, tez va qisqa tanaffuslar qiling.

Hayotni yaxshiroq tushunishni istasangiz, o'qing.

O'zingizni yaxshiroq tushunishni istasangiz yozing.

Kayfiyatingiz yaxshilanishini istasangiz, jismonan aktiv bo'ling.

Tiniq va aniq fikrlashni istasangiz meditatsiya qiling.

Boshqalarga yordam berishni istasangiz, o'zingizga yordam bering.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

08 Dec, 20:08


Live stream finished (2 hours)

Yupiterlik Markayeva

08 Dec, 17:45


boshladik.

o'zingizni qiziqtirgan savollarni qoldiring:)

Yupiterlik Markayeva

08 Dec, 17:44


Live stream started

Yupiterlik Markayeva

08 Dec, 17:36


General English o'qituvchilar his qiladi og'riqni)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

08 Dec, 16:51


hay.

Yupiterlik Markayeva

08 Dec, 16:34


Bollar uxlayapti yo ko'chada daydib yuribdi yo band

Yupiterlik Markayeva

01 Dec, 09:33


Presidential Tech Awards ga qatnashayotganlar bormi?)

Yupiterlik Markayeva

30 Nov, 15:47


no long posts and deep talks today, i can only give you deep hugs.

wear warmer, eat well, sleep enough and love yourself a little more today.
you are loved and important.

ALWAYS and FOREVER.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

30 Nov, 15:42


Har kuni post yozgim keladi, lekin mana bu narsani his qilganimdan keyin jim bo'lib qolaman:

Kam gapiradigan odam gapirganida hamma ESHITADI.

Ko'p gapiradigan odam gapirganida HAMMA eshitadi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

30 Nov, 15:31


Darz ketgan joydan nur kiradi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

27 Nov, 17:26


eski repost:

https://t.me/yupiterlik/1150

Yupiterlik Markayeva

27 Nov, 17:24


Odamlar: Yurakmi, miyami...qaysi birini eshitay?

men: oshqozonni eshit.
qogani bekor.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

27 Nov, 15:58


Qachondir o'zingizni qadrsizdek his qilsangiz, shularni o'qing:

1. Kimdir haligacha siz jo'natgan qo'shiqlarni eshitib, sizni eslaydi.

2. Kimdir haligacha siz aytgan latifa yoki hazilni eslab kuladi.

3. Kimdir haligacha sizni qanday uchratib qolganini boshqa birovlarga kulib aytib beradi.

4. Kimdir haligacha siz bergan kichik sovg'ani asrab avaylaydi, hatto boshqalar ko'rishini istamaydi.

5. Kimdir haligacha siz tavsiya qilgan kitobni "eng sevimli kitobim" deb hisoblaydi.

6. Kimdir haligacha siz aytgan gaplarni eslab, davom etishga kuch topadi.

7. Kimdir haligacha sizning o'sha kichik yordamingiz tufayli muammosi yengillashganini eslab, sizni duo qiladi.

8. Kimdir haligacha sizni sizga bildirmay ardoqlaydi, sevadi. Garchi buni siz hech qachon bilmasangiz ham.

9. Kimdir haligacha siz tavsiya qilgan filmlarni ko'rib yig'laydi va o'sha film obrazlaridan sizni qidiradi.

10. Kimdir haligacha biror yaxshi yomon narsani his qilsa, birinchi bo'lib sizni eslaydi.

Gap shundaki,
siz o'ylaganingizdan ko'proq qadrlanasiz, sevilasiz.

Va buni hech qachon to'liq anglay olmaysiz. Shudir hayotning chiroyli tragediyasi, balki.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

27 Nov, 15:40


Ha, hammamiz vaqt kamligidan noliymiz, vaqt yo'qligidan noliymiz. Juda ko'p vaqt istaymiz. Lekin u bizda bo'la turib, undan juda yomon foydalanamiz. Judayam yomon.
Va uni behudaga sovuramiz.

Masalan o'tib ketgan, ortiq o'zgartirib bo'lmaydigan narsalarni o'ylab.

Qo'lingdan ketgan narsa - miyangdan ham chiqib ketishi kerak.

Odamlar - tajribalar.
Narsalar - tajribalar.
Vaziyatlar - tajribalar.

Hayot - o'tib ketgan tajribalarni muhokama qilib yashash uchun o'ta qisqalik qiladi.

Bugunni kecha bilan yashaydiganlar uchun "ertaga" hech qachon kelmaydi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

23 Nov, 14:51


"Kimdir mendan ko'proq azob chekyapti" deyish o'zingni og'rig'ingni pasaytirib qo'ymaydi.
Og'riqda miqdor va daraja bo'lmaydi.
U taqqoslanadigan nisbiyat emas.
U mavjud va boshqa barcha hislar kabi,
o'tkinchi.

Kuchli bo'ling.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 18:01


Quyidagi 3 ta vaziyatni "eng xavflidan eng xavfsiz" iga qarab joylashtirib chiqing.

Jinoyatga guvoh bo'lib qolish va ayta olmaslik;

Jinoyatda gumondor shaxs bo'lib qolish va o'zini oqlay olmaslik;

Jinoyatni bilmagan holda o'zingiz sodir etganingizni tan ololmaslik.

Xo'sh?)

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:54


Hech kim bilmaydigan bir haqiqatni sir tutish vazifasi topshirildi sizga. Va shunday vaziyatdasiz, o'zingizni himoya qilishingiz uchun sirni aytishingiz kerak.

A. Aytaman, ilojim yo'q.
B. Aytmayman. Ilojim yo'q.

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:51


"Begona" so'zini eshitganingizda birinchi qaysi jins vakili hayolingizga keladi?

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:47


Bekatda yoki jamoat transportida g'ird begona inson sizni yoningizga yaqin o'tirib oldi. (boshqa bo'sh joylar bo'la turib) Nima qilasiz?

A. G'alati qabul qilib, boshqa joyga o'tvolaman.

B. Indamay ketaveraman.

C. Nimaga oldimga o'tirvoganini so'rayman.

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:44


Hozir ko'rasizlar qizlarni 90%i C deydi

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:44


Telefonda suhbatlashyapsiz. Zaryadingiz kam qoldi. Nima qilasiz?

A. Zaryadkaga qo'yib, davom etaveraman.
B. Suhbatni tugataman.
C. Kim bilan suhbatlashayotganimga bog'liq.

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:40


ana ko'rdizmi) qanaqa savolga kop odamlar javob beradi. 3 daqiqada 100 ta komment.

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:37


Telefoningiz zaryadi necha foiz hozir?

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:35


Bog'cha boshqa deb 15 marta aytingchi?

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:32


Hay. sizlarga hayotiy, hissiy va o'zlaringiz haqida savollar berish yaxshiroqmi deyman)

Yupiterlik Markayeva

19 Nov, 17:29


4. Qaysi mamlakatda 76 kun qorong'u bo'lmaydi? Kun umuman botmaydigan mamlakat?)

Yupiterlik Markayeva

14 Nov, 18:31


Kimdir "undan ko'ra 2:0 da qogani yaxshi edi" deb molxonaga chiqib ketdi.

Yupiterlik Markayeva

14 Nov, 18:12


Tushlar - signallardir. Hechnima shunchaki safsata emas, ayniqsa bu miyangiz va ruhingizga bog'liq bo'lsa.

Tushda hatto hayotda ko'rmagan, lekin eshitgan insonlaringizni yuzini ko'rishingiz mumkin, biroz boshqacharoq formada.

Tush insonning tasavvur qilish qobiliyatiga qarab, janr va ranglarga bo'linadi.

Kimnidir tushingizda ko'p va qayta-qayta ko'raversangiz, bu inson bilan o'rtada emotsional bog'liqlik va siz yoki u bilishni istaydigan mavzular, narsalar, yechilmagan muammo va jumboqlar borligini bildiradi.

"Nima haqida o'ylasa, tushiga kiradi" degan stereotip yolg'onligini menimcha hamma biladi.

Ko'p tush ko'radigan insonlarning ichki sezgisi tush ko'rmaydiganlarnikidan kuchliroq bo'ladi va ular uyqu paralizizga chalingan, yoki umuman yaxshi uxlay olmaydigan insonlar bo'ladi.

Shunaqa gaplar)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

14 Nov, 17:57


Deja-Reve yoki Deja-vu: Shu voqeani tushimda ko'rganmanmi yoki chindan boshimdan o'tkazganmanmi?

Hayotimda shunday paytlar bo'ladi, yangi biror mashg'ulot, yoki begona yo'l, yo bo'lmasa, biror begona insonning chehrasi - shunday tanish tuyuladiki, go'yo bu holat menda avval ham bo'lgandek, bu yo'ldan avval yurgandek, mana shu inson bilan avval suhbatlashgandek his qilaveraman. Shunday miyamni sirli bir nimalar qitiqlashni boshlaydi, elas-elas, siniq xotiralar paydo bo'ladi. Tush ko'rib unutgan holatimmi bu? Yoki esim og'ib qoldimikan?

Ko'pchilikda bunday holat uchraydi. Va odamlar tilida bu holatga "deja-vu" deb nom berilgan. Aslida u nima? Haqiqatdan shunday bo'lishi mumkinmi? Deja-vu bu - hayotda hech qachon avval tajribangizdan o'tmagan narsalar sizga tanish tuyulishi, siz aniq bilasiz bu holat sizda hech qachon bo'lmagan, lekin qanday qilib qabul qilishga hayron bo'lasiz.

Unda "Deja-reve" nima? Fransuz tilidan tarjima qilinganda, "allaqachon tushda ko'rilgan" degan ma'no kelib chiqadi bu atamadan. Sizga tanish tuyuladigan biror joy, yoki begona odamning yuzi, ovozi - hammasini qachondir tushda ko'rganingizni eslaysiz, ha azizim, bu haqiqiy, mavjud fenomen.
Misol uchun, siz ziyofatdasiz va siz ilgari hech qachon ko'rmagan odam sizga o'zini tanishtiradi. Siz bu odamni, xuddi shu ssenariyda, avval ham uchratganingizni his qilasiz. Lekin unday emas, chunki siz bu joyda hech qachon ziyofatda bo'lmagansiz va bu odam bilan uchrashmaganingizni ongli ravishda bilasiz. Va tushingizda bo'lgan voqealar, ranglar va detallar sekin esingizga tushishni boshlaydi. Garchi to'liq eslay olmasangiz-da.

Deja-reve ni 3 ta turi mavjud:

1. Epizodik: Xotirangizga darhol o'sha aniq bir tush kelishni boshlaydi.
2. Familiarity: Hammasi tanish tuyuladi, tushda ko'rgandek bo'lasiz, lekin hechnimani eslay olmaysiz.
3. Dreamy-state: Bu eng g'alati va abstrakt turi. Tush paytida bo'ladi bu. Hammasi aniq va yorqinlashadi, tush ko'rayotganingizni anglab, uyg'onasiz va yana ikkinchi tushga o'tganingizni his qilasiz. Shunchaki uyg'onib keta olmaysiz. Va birinchi tushda ko'rganlaringizni ikkinchisiga bog'lab ketolmaysiz)

Ana shunaqa)
Qanaqa odamlarda bunday bo'lishi va bu haqida psixologlarni fikri haqida alohida boshqa post tayyorlayman. Qiziq, sizda ham shunday holat hech bo'lganmi? O'z tajribalaringizni kichik hikoyalar bilan ulashing!

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

14 Nov, 16:23


Nima yozishni bilmayabman anchadan beri)

Yupiterlik Markayeva

10 Nov, 16:03


Endi shu savollaringizga o'zingiz javob bering:)

Yupiterlik Markayeva

10 Nov, 15:53


Xuddi o'zingizga o'xshaydigan odamni uchratsangiz unga birinchi bo'lib qanday savol bergan bo'lardingiz?

Yupiterlik Markayeva

09 Nov, 14:06


Pauza qilib, energiyangizni qayta tiklashingizga ruxsat bering. Bu shunchaki ruxsat bersangiz "bo'ladigan" narsamas. Bu zarurat.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Nov, 16:49


Ko'pchilik mendan Redpill loyihasi haqida so'rab yozgan ekan, avval bir marta mazkur loyihada guest speaker bo'lib ishtirok etgandim.
Blog kuzatuvchilari orasidan loyihaga qiziquvchilar ancha ko'paygandi, xursand bo'lgandim.

Yana shu haqida menga yozishibdi, o'zi nima u deb)

Redpill - shaxsiy rivojlanish maqsadida bo'lgan yoshlarni birlashtiradigan va turli xil yo'nalish va bosqichlarda sizni intizomli, vaqtini to'g'ri boshqara oladigan, kuchli shaxs bo'lishingizga yordam beradigan istiqbolli loyiha. Shu paytgacha 2000+ yoshlar ishtirok etgan ekan, o'zim ham biror keyingi sonida qatnashsammi deyapman😅

5 ta yo'nalish bo'yicha kunlik challenge lar bo'lar ekan:

1. Aqliy
2. Ruhiy
3. Jismoniy
4. Ijtimoiy
5. Moliyaviy

Qiziq)

Intizom va matonatini kuchaytirmoqchi bo'lganlar va jamoa bilan birga qilinadigan challenge larga qiziqadiganlar uchun ancha yaxshi imkoniyat deb o'ylayman)

Feedbacklar ni o'qishni istasangiz:
https://t.me/redpill_feedback

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Nov, 15:40


Don't forget:

1. Immediate pleasure < long-term happiness

2. Small talk < deep talks

3. Destination < Journey

4. To be seen < to be felt

5. To be loved < to be respected

Unutmang:

1. vaqtinchalik zavq < uzoq muddatli baxt

2. maqsadsiz suhbatlar < chuqur suhbatlar

3. Manzil < yo'l

5. Ko'rilish < his qilinish

6. Sevilish < hurmat qilinish.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Nov, 07:26


Ba'zi narsalar qidirishni to'xtaganingizda topiladi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

02 Nov, 15:19


Tasavvur qiling, hayotingiz haqida film suratga olinyapti, nima deb o'ylaysiz, sizni rolingizni qaysi aktyor/aktrisa zo'r o'ynagan bo'lardi?

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 18:31


Live stream finished (2 hours)

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 16:25


boshladik)

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 16:25


Live stream started

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 16:13


O'zingizni qiziqtirgan savollarni qoldirishingiz mumkin)

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 16:12


Mana shu mavzularda gaplashamiz:

1. Self- sabotage and the importance of self-love.
O'ziga o'zi to'sqinlik qilish, o'zini azobga qo'yish. O'zini sevishning ahamiyati.

2. Soul ties, Soul mates

3. How your home environment scultps you as an indvidual - Oilangizdagi muhit sizni shaxs bo'lishingizda qanday o'rin tutishi

4. Rejali hayot vs rejasiz hayot. Jadvallardan boshi og'riydigan milliarderlar.

5. Takerlar va giverlar, kim uzoq yashaydi?

10 daqiqada boshlaymiz)

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 15:16


Voicechat qilamizmi kechroq)🙃

Yupiterlik Markayeva

01 Nov, 14:49


O'qituvchi, psixolog va spiker sifatida sizdan nimadir o'rganib, nimagadir erishgan o'quvchingiz qachon sizni o'ta baxtli qila oladi bilasizmi?


5. Qo'rquvlarini yengib, katta maqsad qo'ya olsa va o'shanga qarab harakat qila olsa.
4. Siz kutgan natijani qo'lga kiritsa.
3. Sizdan yuqoriroq natijani qo'lga kiritsa.
2. Sizni doim eslab, xotirlasa.
1. Universitetga kirgach, qaysidir fandan "Eng zo'r notiq", "Mening role modelim" mavzusida bir to'da auditoriyaga siz haqingizda prezentatsiya qilib bersa.

Bir o'quvchim bo'lardi, Janona degan) 2021-yil o'quv markazim ochilganida Elementary guruhga kelgandi, ingliz tilidan faqat "to be" va hello deyishni bilardi) U shaharchamizning chekkasidan qatnardi, birinchi kun kelganida hatto taksiga o'tirishga qo'rqib "Ustoz, taksigacha men bilan bora olasizmi" deb so'ragani haligacha esimda.

O'ziga ishonchi ozroq pastligidan va introvertligidan ancha qiynalardi, darsdan keyin men bilan qolib, psixologik bir narsalar o'rganishga qiziqardi. Menga darsga kelib, dunyoqarashi o'zgargani uchun hatto sinfdoshlari tomonidan tanqid qilinardi) Lekin mana, u hammaga isbotladi, sertifikatlarini qo'lga kiritdi, Toshkent Davlat Yuridik Institutiga grant asosida talaba bo'ldi. Men 1 emas, 10 qarich o'sdim.

Bugun menga yozibdi. "Ustoz siz haqingizda hammaga prezentatsiya qilib berdim, hamma Bill Gates, Brian Tracy, Kennedy lar haqida qilgan, bitta meniki hammanikidan boshqacha bo'ldi, o'qituvchimiz rosa maqtadi" dedi) Va videolar ulashgan bir olam.

Birinchi o'zim tomosha qilib ozgina yig'ladim, keyin onamga ko'rsatdim, birga yig'ladik. 😄

Kimnidir hayoti biroz bo'lsa-da yaxshi tomonga o'zgarishiga sababchi bo'lish - boshqacha his, men sizga aytsam. Muhimlilik, qadrlilik - o'ta boshqacha.

600 dan oshiq o'quvchilar bilan ishlagan bo'lsam, hammasi o'z joyini, o'rnini allaqachon topishga ulgurdi. Va men nihollarim daraxt bo'lganidan cheksiz baxtiyorman va Ollohga shukr qilaman. Nihol ekishni yuragimga solgani uchun)

O'quvchilarimning heartfelt commentlarini kutaman, qani qaysi nihollarim bor ekan yonimda.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

27 Oct, 09:32


Quyosh yo'qligi va havo ancha sovib qolganligi tufayli, kayfiyatingizda biroz apasetik va melanxolik o'zgarishlar bo'lishi mumkin, o'zingizni shunaqa kunlarda ko'proq seving)

Telefon va boshqa qurilmalardan, sizni quritadigan suhbatlardan sal uzoqlashgan holda dam oling.

Issiq kofe, qalinroq kiyimlar, komfort shou yoki filmlar, o'qilmay qolib ketgan kitoblar, boshlayman deb boshlamay yurgan biror hobbyingiz, to'yimli ovqat va albatta yetarlicha uyqu.

Quchoqlar ham muhim. Pingvinlar sovuqotmaslik uchun bir birini qattiq bag'riga bosib turadi)

Sending you hugs🫂.
Take care.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

27 Oct, 09:24


I hope this message reaches wider audiences and finds its way through people's souls.

I do hope.

Yupiterlik Markayeva

27 Oct, 09:19


Qotillik.

"Atrofimdagi hammani hayoti menikidan yaxshiroq, kimdir doim mendan yaxshiroq, zavqliroq, muhimroq ishlar bilan band, men esa hechkim, hechnarsaman"

Insondagi biror bir o'zgachalikni eng tez o'ldirish usuli bu - taqqoslash.

O'zingizni kimgadir solishtirish
- sizning o'lchamingiz bo'lmagan boshqa birovning oyoq kiyimini oyog'ingizga majburlab kiyishga urinishdek gap.

Hayot - bir safar. Sayohat.
Hamma har xil sayohat qiladi, kimdir mashinada, kimdir poyezdda, kimdir eshak aravada, yana kimdir oyoqyalang piyoda.

Piyoda bo'la turib, yo'lni tez bosib o'tadiganlarga o'zingizni taqqoslamang. Sizdagi o'sha faqat o'zingizgagina ma'lum boshqacha iste'dod yoki hali amalga oshmagan maqsad - mana shu usulda safarga chiqishingizni talab etishini tushuning.

Ko'zingizga minus yoki negativ bo'lib ko'rinadigan har bir vaziyatdan yarimta bo'lsayam pozitivlik qidiring.

Unutmang, bitta daraxtdan 1000 ta gugurt tayyorlash mumkin va bitta gugurt bilan 1000 ta daraxtga o't qo'yish ham mumkin.

Bitta negativ fikr barcha pozitiv tomonlarni yondirib yuboradi. Va siz hechnimani aslidagi kabi ko'ra olmaysiz.

Orzularingizni qotili bo'lmang.
Bu jinoyat uchun qamoqxonalar emas, qabrlar javob beradi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

26 Oct, 08:19


Shanbangiz yaxshi o'tsin)🙃

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 16:06


Kimgadir berishingiz mumkin bo'lgan eng qimmat sovg'angiz - vaqtingizdir.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:56


matchmaking haqida update berib ketay)

Yo bu nima ahvol, odamlarrrr)

Ariza qoldirgan qizlarni ko'pchiligi 1999,2000,2001,2002,2003,2004.

Yigitlarni 90% i esa - 2004-2005-2006.

8 % - 2002-2003.
qolgan 2% - 2000-2001

🙂.

Bu degani, yigitlar ancha uddaburon va shu yoshgacha topadigan odamini topib bo'lgan.

Va mana bu 18-19 yoshli yigitlar ayni qiziqqon davri, va shunchaki tekshirib ko'rmoqchi relationship degan narsani.

Afsus bu yerda maynavozchilikka yo'l qo'yilmagan holda match qilinadi juftliklar, bir qator faktorlarni inobatga olgan holda.

Holat hozircha shunday, e'tiboringiz uchun rahmat va sabr qiling🙂

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:46


2 hafta oldin qilgan voicechatimizdan inspired bo'lib yozilgan post!

shunchaki ajoyib.

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:46


Keshegi audiochattan....

Insan sharshaydı, ózin jalǵızlıqqa urıp dem alǵısı keledi. Sol waqıtta óshiw hám janıw arasındaǵı waqıt uzaq bolıp ketpewi kerek.

Kóp waqıt jalǵız qalıw insandı ruwxıy tárepleme sındıradı. "Comeback" qılıwdı keshiktirmeń, ol óz waqtınan erte da, kesh ta bolmay, óz waqtında orınlawı - bul haqıqıy qaytıw.

Jeke rawajlanıwda "ghost mode" or "team" methodlarınan paydalanıń. Bolmasa eń maqulı "Do it alone, go with team" mottosı.

Self-manipulyaciyadan paydalanıw sırtqı faktorlardan kóre jaqsıraq bolıwı múmkin. Bul biraq hámmede hár qıylı isleydi.

Qálegen zatıńdı ózińde barday sezin, óziń qálegen atmosferańdı jarat hám sonda jasa. Bara-bara soǵan sanań maslasıp, oyıńdaǵı zatlardı reallıqqa qaray alıp keleseń. Bul jerde "isenim" ahmiyetli faktor.

Keyingi háreket sennen. Tek ǵana aldıǵa qaray barıw.

Neni nege qáleytuǵınıńdı anıqlawǵa háreket qıl. Maqsetińnen sebepler dárejesi úlken bolıwı kerek. Bolmasa oǵan qaray barıw ańsat bolmaydı.

Heshkim belgilep bergen "time-line" joq, qısqası basqalardıń gápine bir sóz benen túpiriń.

Úmitińizdi heshqashan sóndirmeń, jámiyet belgilep bergen qaǵıydalar boyınsha emes, haqıqıy ózińiz bolıp jasań hám qanday jerde bolıwıńızǵa qaramastan háreket qılıwdan toqtamań.

Niyet-arzıwlardı heshqashan keshiktirmeń.

Disciplina, tártip júdá kerek. Biraq, ómirde ózińizdiń tiri ekenligińizdi sezip turıwıńız hám sezindiriwińiz da ahmiyetli. Salamatlıq, shańaraq hám doslar ortalıǵı.

Maqsetler tek materiallıq zat bolmastan, basqa haqıqıy joqarı nárselerdi qoya alıw insan sipatında ózgelerden ajiralıp turıwımızǵa imkan jaratadı.

Jetiskenlik bul hár bir jeńilisten keyin jáńe bir márte hárekettiń nátiyjesi!

Baxt - ózińde barına shúkir qılıw hám qálbtiń tınıshlıǵı!

CeoTony
YupiterlikMarkayeva
Abbaz Turdıbaev

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:36


Kelajagingiz haqida ishonchingiz komil bo'lmasligi - normal holat. Belgilangan algoritm bo'yicha qadam tashlashdan bosh tortib, endi buyog'iga nima qilishingiz kerakligini aniqlay olmaslik hatto nima xoxlashini bilmay qolish - xavotirli emas, o'zingizni ko'p qiynamang.
Shunchaki oddiy qabul qiling barchasini.

O'zingizga vaqt bering.

Hamma narsani 20 yoshlaringizda anglab yetishingiz aslida kerak emas.

22 yoshingizda orzuyingizdagi karyeraga qadam bosgan bo'lishingiz shart emas.

23 yoshingizda esa sevib qolib, butun umr birga bo'ladigan "odam"ingizni tanlashga majbur emassiz.

30 yoshgacha hammasi ideallashgan, barqaror ish, oila, bola-chaqa, garajda mashina, qo'shimcha biznes va ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda "gapirib turadigan" bir nechta odamlaringiz bo'lishi ham shart emas.

Hechnima, hech qanaqasiga.

Aniq yosh,
aniq vaqt chizig'i uchun harakat qilmang. Boshqalarning hayot yo'liga va raqamlariga o'zingizni majburlab moslashtirishga urinmang.

Shunchaki, barcha tajribalarga "ochiq" bo'ling. Sinab ko'ravering barchasini. "Yo men nimani xoxlayman-a? Nima qilishim kerak o'zi, shumi endi meni kasbim? Shumi men yashaydigan joy? Men sevadiganlarim shumi?" deb hadeb savol beravermang o'zingizga.

Barchasini bir vaqtda aniqlashtirishga urinish - ortiqcha bosim ruhingizga.

Qiyin hobbylarga sho'ng'ing.
Uzoq masofaga yuguring.
Tatib ko'rmagan taomlaringizni sinab ko'ring.
Qo'rqadigan ishlaringizni qilib ko'ring.
Begona odamlar bilan suhbatlashing.
Ommaviy transportda odamlarni kuzating.
Qiyin tillarni o'rganing.
Dalalarda surat chizing.
Kichik detallarni kamerangizga muhrlang.

Aslida, siz orzu qiladigan ideal hayot - ideal kasb, ideal juft va ideal bank hisobidan iborat emas.

Hayot faqat shularga fokus qaratib yashashga o'ta qisqalik qiladi.

Idealist bo'lib, hayotni asl mohiyatini o'tkazib yuborish qayerda-yu, original obraz bo'lib yashash qayerda.

Eh.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

17 Oct, 14:26


Qalinroq kiyinib yuring.
Issiqroq ichimliklar iching.
Vaqtida ovqatlaning va yetarlicha dam oling.

Siz muhimsiz.
Anglaganingizdan-da ko'proq.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

16 Oct, 18:45


https://youtu.be/ukxZOwS4Obo?si=XO_WAm5ULrsDJfiT

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 15:10


Nomzodlar ichidan ukang chiqib qolganda: "oilaviy gruppaga screenshot has been sent"

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:59


Ey 2007-yil yigitlar qizlar, darslaringni qilsanglar bolmaydimi botga yozguncha a)😄

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:55


hurmatli botga yozayotgan yolg'izlar, hamma ma'lumotni bittada yozing, alohida alohida tashlamang, xabariz aralashib ketadi mingta xabarni ichida.

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:51


ahahah yigitlar молодцы 👏😁 tayyor turgan ekansilarku a) bot to'lyapti

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:47


Munosabatlar boshlashga tayyor bo'lgan, o'ziga mos juft qidirib charchab ketganlar diqqatiga)

mana bu @Wassup_in_jupiter_bot degan botga quyidagi ma'lumotlarni qoldirasiz:

1. Ism-familiyangiz
2. Tug'ilgan kun, oy, yil.
3. Yashash manzilingiz
4. O'qish/ish joyingiz
5. Hobby laringiz
6. O'zingiz haqingizda 3 ta qiziqarli fakt.
7. Bo'yingiz:)
8. 3 ta so'z orqali xarakteringizni ta'riflaysiz.
9. Qo'shimcha savol yoki taklifingiz.

Qani nechta juftliklarni birlashtira olarkanmiz)🙃 Birinchi 2 ta to'yga o'zim borib, kelin salom aytib beraman mayli, hehe.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:41


Matchmaking ni boshlaymiz bugundan🙃

https://t.me/yupiterlik/5003

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 13:37


Diqqat, qidiruv:

1995-1998-yillarda Taurus, Pisces, Scorpio signi ostida tug'ilgan Temur ismli yigit va xuddi shu yillar oralig'ida Capricorn, Taurus, Scorpio, Pisces sign lari ostida tug'ilgan Xurshid ismli yigit qidirilmoqda.

Shunday tanishi borlar kommentga yozib qoldiring, rahmat🙃

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

14 Oct, 07:35


Hayrli yomg'irli kun)
qanday his qilyapsiz o'zingizni bugun?

Yupiterlik Markayeva

07 Oct, 17:18


Hech qachon radikal bo'lmaganman, hech qanaqa mavzuda. Hech kimga.
Lekin bir tola sochim qolgunicha radikal feminist bo'lishga majburman butun dunyoda qizlar bilan bo'layotgan voqealardan keyin.

Shu yilning 4-oktyabr kuni Turkiyada 2 ta 19 yoshli qizlar, Ikbal Uzuner va Aysenur Hali - o'zining psixopat sinfdoshi Semih Celik tomonidan vaxshiyona o'ldirilgan. Holat juda qorong'u va chuqur.

Butun dunyo bo'ylab, Turkiyada femicide (ayollarning o'z joniga qasd qilishi) darajasi judayam baland. Sentyabr oyining o'zida 34 ta femicide, shu yil hisobidan esa 240 ta ayollar o'limi kuzatilgan.

Bu holat faqat Turkiyada emas. Hamma joyda bor. O'zimizda ham, yon-atrofingizda ham. "Ijtimoiy tarmoqlarda yoki televideniyeda broadcast qilinmaydi" degani bu holat mavjud emas deganimi?
Aslo. Shunchaki, ularning "og'zi, ko'zi bog'langan" xolos.

Martda Erondagi daxshatli voqealar, Avgust oyida Hindistonlik doktor voqeasi, Oktyabrda esa bunday mudhishlik. Dilim siyoh, miyam qabul qilishni istamaydi, ich-ichimdan "female rage" portlayapti.

Xabardorlikni, ogohlikni oshiring, qizlar. O'zingizni maksimal himoya qilishni o'rganing. Tegishli idoralarga xabar bering hatto cyberbullying, virtual tahdidlarni boshingizda o'tkazayotgan bo'lsangiz, yoki qandaydir noqulaylik his qilsangiz ham.

Jimlik - eng qo'rqinchli hikoya.
Jim turmang.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

06 Oct, 14:54


O'tgan hafta yakshanbada bo'lishi kerak bo'lgan, lekin ayrim sabablarga ko'ra bekor qilingan voicechat - bugun 21:00 da bo'lib o'tadigan bo'ldi.

Qiziqarli va manfaatli bo'ladi, bo'sh vaqti borlarni meni nomimdan auditoriyani to'ldirib, qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman) Hammaga rahmat🙃

https://t.me/ceotony/566

they have some crazy stuff going on with the questions 😄

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

06 Oct, 14:18


Yakshanba qanday o'tyapti)

Yupiterlik Markayeva

05 Oct, 08:33


Lahzalarni ehtiyot qiling, yillar o'zini o'zi ehtiyot qiladi shunda.

Yashab o'tgan yillaringiz emas, qanchasini mamnun, zavq bilan yashaganingiz muhim.

Kichkina narsalardan ham sabab toping kuningiz yaxshi o'tishiga, baxtli his qilishingizga.

O'zingizni hislaringizni his qila olmasangiz, atrofdagilarnikini o'g'irlab oling.

Jamoat transportidagi keksa juftlik, birinchi oyligini olib bolalariga shirinlik olib qaytayotgan amaki, bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan kimdir, maktabdan "ko'ppala" 5 olib qaytayotgan bolakay, qizalog'ini bog'chadan olib qaytayotgan dada, yomon ko'rgan ishidan va nihoyat bo'shagani haqida telefonda dugonasi bilan gaplashayotgan qiz.

Boshqalar uchun ham xursand bo'lishni o'rgansangiz, o'zingizni quvonchingiz tabiiy oshib ketaveradi, ishoning.

Momentlarni qadrlang, lahzalarni ehtiyot qiling siz. Hayot o'zini o'zi ehtiyot qiladi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Oct, 08:14


Hammasi yaxshilik bilan tugaydi.
Yaxshilik bilan tugamasa, demak hali davomi bo'ladi. Yashashda davom eting.

@yupiterlik