Martin Eden @economist_martin Channel on Telegram

Martin Eden

@economist_martin


Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy mavzularda fikrlarimni yozaman hamda tadqiqotlarim bilan boʻlishaman. Kanal kundalik sifatida yuritiladi.
Instagram: https://www.instagram.com/economist_martin?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==

Martin Eden (Uzbek)

Economist Martin kanali - bu IQTISODIY, SIYOSIY VA IJTIMOIY mavzularda fikrlarini ulashuvchi va tadqiqotlari bilan birlashgan Telegram kanali. Kanal kundalik sifatida olib boriladi, shuningdek, kanal egasi foydali ma'lumotlar berishda, yangiliklarni taqdim qilishda va o'z fikrlarini foydali hisoblab chiqishda eng yuqori sifatga ega. Economist Martin kanali orqali foydali bilimlar olish, yangiliklardan xabardor bo'lish va o'z fikrlarini izoh qoldirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanal egasinining Instagram sahifasi: https://www.instagram.com/economist_martin?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==

Martin Eden

01 Feb, 07:25


DeepSeek effekti haqida.

Ikki hafta oldin ommaga taqdim etilgan DeepSeek-R1 AI modeli butun dunyoda katta shov-shuv uyg’otti. Xitoyning kichik startapi tomonidan yaratilgan model bozorni yaxshigina silkitib qo’ydi desak ham bo’ladi.

Buning sababi, DeepSeek bor-yo‘g‘i 55 kun davomida taxminan 2000-ta Nvidia H800 GPU yordamida o‘z AI modelini ishlab chiqdi va buning uchun atigi 5,6 million dollar sarfladi. Bu ko‘rsatkich AQShdagi boshqa yirik raqobatchilarnikiga nisbatan ancha arzon. Solishtirish uchun, ChatGPT-4 ni ishlab chiqish uchun OpenAI 100 million dollar sarflagan edi, Google esa Gemini-ga 191 million dollar sarflagan.

DeepSeek'ning mablag‘i chegaralanganligi sababli, ular LLM trening jarayonlarini optimallashtirib, arzonroq chiplarni samarali ishlata olishdi. Sodda qilib aytganda, xitoyliklar sifatli Sun’iy Intellekt modellini yaratish uchun kuchli AI-hardware chiplari shart emasligini isbotlay oldi.

Yani, NVIDIA va boshqa chip ishlab chiqaruvchilarga bo‘lgan talab endi keskin pasayadi. Texnologiyalar bozoridagi deyarli barcha yirik firmalar AI chiplarga katta sarmoya kiritgani tufayli, butun bozor katta yo‘qotishga uchraydi.

Xozirning o'zida, NVIDIA aksiyalari 18%ga, Broadcom 17%ga, Microsoft (ChatGPT) esa 3%ga tushdi. Umumiy hisobda, DeepSeek tufayli AQSh fond bozori 1 trillion dollar yo‘qotdi.

Bu holat, AQSh va Xitoy kompaniyalari o‘rtasidagi raqobat kundan-kunga siyosiylashib ketishiga olib kelishi mumkin...

@req404

Martin Eden

31 Jan, 05:03


Doʻstlar, doʻstimiz Abdurashid Ibrat farzanlari bilan birgalikda yangi loyiha boshlamoqda. Loyiha barcha kitobxonlar uchun kitob oʻqishni yanada oson va qulay qilishga qaratilgan. Oʻylaymanki, barchamiz uchun manfaatli tizim yoʻlga qoʻyiladi. Keyinroq bu haqida batafsil ma’lumot beramiz, albatta. Ammo hozir bir yordamingiz kerak.

Quyida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazish uchun havola qoldiraman. Ozroq vaqtingizni ajratib, kitoblar haqidagi qiziqishlaringizdan kelib chiqqan holda soʻrovnomada ishtirok etsangiz, loyihaning kelajagiga toʻgʻridan-toʻgʻri ijobiy ta’sir koʻrsatgan boʻlardingiz.

https://forms.gle/Y8nec6ZfSyFdT1hX7

Yana bir iltimos, havola bilan ijtimoiy tarmoqlarda boʻlishsangiz bagʻoyat mamnun boʻlardim!
Rahmat!

Martin Eden

30 Jan, 04:29


Martin Eden pinned «1/2 Baxt va Adolat bir-biriga teskarimi? Boylikning taqsimlanishi borasida turli yondashuvlar mavjud. Har bir yondashuv oʻziga xos asoslarga ega. Ba’zilar boylikning teng taqsimlanishi adolatli desa, boshqalar noteng taqsimlash adolatni ta’minlaydi deydi.…»

Martin Eden

30 Jan, 04:23


Andijonlik boʻlmaganlar ham bogʻning saqlab qolinishiga oʻz hissalarini qoʻshishi mumkin! Shunday vaziyatlarda insonlar oʻzining fuqarolik pozitsiyasini koʻrsata olishi kerak, nazarimda. Ushbu postda barchasi batafsil tushuntirilgan. Tanishib chiqing va oʻz yordamingizni ayamang)

Martin Eden

28 Jan, 10:21


Do'stlar bir qancha birodarlarimiz o'z tadqiqotlari uchun so'rovnoma qilishibdi. Ular insonlarning xulq-atvori va uning savdoga ta'sirini o'rganishmoqda (saqich misolida).

Soʻrovnomada qatnashib saqich tanlash odatlaringizni biz bilan bo‘lishing! 👇

https://ee.kobotoolbox.org/f7MCLKh3

Martin Eden

26 Jan, 15:56


#essay

Differensial Tenglamalar va Sevgi: Murakkablik, Muvozanat va Cheksizlik

Sevgi — inson qalbining eng chuqur, eng nozik va bir vaqtning o'zida eng murakkab tug'ularidan biri. Differensial tenglamalar esa tabiat qonuniyatlarini matematik nuqtai nazardan ifodalash uchun xizmat qiluvchi vosita. Tashqi dunyo va ichki olam o'rtasidagi bu kutilmagan bog'liqlik, aslida, hayotning o'zi kabi murakkab va go'zal. Ushbu ikki tushunchani qiyoslash orqali biz sevgining falsafiy mohiyatini anglashimiz mumkin.

Murakkablik: Differensial tenglamalar va inson qalbi
Differensial tenglamalar hayotning har bir o'zgarishini ifodalashda ishlatiladi. Tabiatda sodir bo'ladigan kichik o'zgarishlar, kuchlar, dinamikalar — bularning barchasi matematik tenglamalar orqali tahlil qilinishi mumkin. Sevgi ham xuddi shunday murakkab va ko'p qirrali: inson qalbidagi his-tuyg'ular, orzular, qo'rquvlar va quvonchlar doim bir-biriga bog'langan holda o'zgaradi.

Sevgi birinchi qarashda "aniq" yoki "mantiqiy" ko'rinmaydi. Lekin uning murakkablik darajasini ifodalash uchun tasavvur qiling: ikki qalbni, ikki shaxsni o'zaro birlashtiruvchi munosabatlar qanday qilib o'zgaradi? Bu munosabatlar differensial tenglamalarning (nonlinear)aks-chiziqli tizimlariga o'xshaydi: kichik bir xatolik yoki e'tiborsizlik butun tizimni o'zgartirishi mumkin.

Muvozanat: Stabillik va harmoniyaning izlanishi
Differensial tenglamalar ko'pincha muvozanat nuqtasini izlaydi — biror tizim barqaror bo'lishi uchun qanday sharoitlar talab qilinadi? Sevgi ham muvozanatni talab qiladi. Har bir munosabatda bir tomonning boshqa tomondan ko'proq sevishi yoki e'tibor qaratishi tizimning barqarorligini buzishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, sevgining muvozanati ikki shaxs o'rtasidagi o'zaro hurmat, ishonch va bir-birining ehtiyojlarini tushunishda namoyon bo'ladi. Xuddi differensial tenglamadagi stabillik nuqtalari kabi, sevgida ham muvozanatga erishish uchun doimiy harakat talab qilinadi.

Cheksizlik: Sevgi va vaqtning o'lchovsizligi
Differensial tenglamalarda cheksizlik tushunchasi juda muhim. Ba'zi tenglamalar vaqt o’tishi bilan o‘zgarishlarni abadiy davom ettiradi yoki biror aniq nuqtaga yaqinlashadi. Sevgi ham shunday — u vaqtning cheksizligida yashaydi. Sevgi nafaqat hozirgi onni, balki o'tmishni va kelajakni ham qamrab olishi bilan e'tiborga molik.

Bir qarashda, sevgi ikki shaxsning bir lahzada tug'ilgan hissiyotidek tuyulishi mumkin. Ammo, aslida, bu hissiyotning ildizlari o'tmishda yotadi va u kelajakda qanday shakllanishi ko'pincha hozirgi harakatlarga bog'liq. Xuddi differensial tenglamalar vaqtga nisbatan o‘zgaruvchan jarayonlarni ifodalagani kabi, sevgi ham doimiy o‘zgarish va rivojlanishda.

Nima demoqchiman: Matematik go'zallik va insoniy hislar
Differensial tenglamalar tabiatning go'zalligini va murakkabligini ochib beradigan vosita bo‘lsa, sevgi — inson qalbining shunday murakkabligining ko‘rinishi. Ikki shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni matematik tenglamalar orqali to‘liq tushuntirish, albatta, imkonsiz. Lekin ularning o‘xshashliklari bizga shuni ko‘rsatadiki, hayotning har bir murakkab jihati o‘z ichida mukammal bir uyg‘unlikni yashiradi.

Sevgi xuddi bir differensial tenglama kabi — murakkab, lekin hal qilishga arziydigan sirli masala. Balki inson qalbining go‘zalligi va boyligi ham aynan shu murakkablikda yotgandir.

Dilshodbek Ikromov
22.01.2025
Toshkent, O'zbekiston.

Martin Eden

26 Jan, 10:21


The Economist нашри Ғайрат Дўстов кейси призмасида янги Ўзбекистонни яна бир бор эслапти. Фақат бу сафар янги сўзи қўштирноққа олинган. 5 йил аввалги умидларга тўла мақола чиққанда кўчириб босмаган нашр қолмаганди.
Бу сафар кўчириб босиш тугул, мақола чиққани ҳақида бирон йирик нашрда эслангани йўқ.

Мана шу жараён биз босиб ўтган 5 йиллик эволюция (ёки атавизм) мазмуни ва йўналишини кўрсатади.

Bakiroo

Martin Eden

25 Jan, 20:21


Oʻzimizni yangi qiz uzatgan oʻzbek oilasidek his qildik-a?)

@phaziloff

Martin Eden

25 Jan, 13:11


“Yangi O‘zbekiston va So‘z Erkinligi: G‘ayrat Doʻstov Ishi Iqtisodiy va Ijtimoiy Muammolar koʻzgusi sifatida

Kecha The Economist jurnalida “Haqorat qilgan haydovchining taqdiri “Yangi” O‘zbekiston haqida shubha uyg‘otmoqda” nomli maqola chiqibdi. Xunuk eshitilsa ham, oʻqib xursand boʻldim. Chunki global e’tibor va xalqaro bosim hukumatni islohotlarning naqadar jiddiyligini tushinishga va oʻzgarishlar qilishga majburlaydi. Qolaversa, ichki muhokamalarning faollashishi muammolar haqida koʻproq oʻylashga va konstruktiv yechim topilishiga koʻmaklashadi.

Umuman olganda, Doʻstovning chiqishi oddiy iqtisodiy muammolardan kelib chiqqan bo‘lsa ham, u mamlakatdagi kengroq muammolarni ko‘rsatib berdi. O‘zbekiston tabiiy gaz bo‘yicha dunyoning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlsada, har yili qish mavsumida yoqilg‘i tanqisligi aholini qiynab kelyapti. “Bozor Iqtisodiyoti” deya bong urilishiga qaramay, energiya ta’minoti kabi asosiy sohalarda davlat aralashuvi samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, hokimiyatga ikkinchi ma’muriyat kelgach, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni e’lon qilgan edi. Boshida hammasi yaxshi ketayotgandek edi ham, biroq, Doʻstov ishi davlatning tanqidga qanday javob qaytarishini ko‘rsatdi. Sud uning chiqishini “bezorilik” sifatida talqin qildi. Ammo jamoatchilik bu hodisani oddiy fuqaroning haqli dardini ifodalashi deb baholadi.

Agar davlat fuqarolarning asosli muammolarini hal qilish o‘rniga ularni jazolash yo‘lini tanlasa, bu islohotlarga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi, tashqi mamlakatlar oldida ijobiy tasavvur qoldira olmaydi. Doʻstovning ozod etilishi esa jamoatchilik bosimi muhim rol o‘ynashini koʻrsatdi.

Bu hodisa atrofida yuzaga kelgan norozilik davlatning fuqarolar bilan muloqot qilish uslubini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston aholisi nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki o‘z fikrini erkin bildirish huquqini ham istaydi. “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasining amalda o‘zini oqlashi uchun iqtisodiy islohotlar bilan birga huquqiy kafolatlar ham kuchaytirilishi kerak, albatta!

Oʻzingiz nima deb oʻylaysiz, sizningcha, fuqarolar o‘z dardlarini erkin bayon eta olishi jamiyat taraqqiyoti uchun qanchalik muhim?

@economist_martin

Martin Eden

24 Jan, 06:29


#marketing 📈

👋 Doʻstlar yordamingiz va qoʻllab-quvvatlashingiz zarur. Oldinroq aytganimdek, marketing tadqiqot boshlaganman. Kitobxonlarning kayfiyatini bilish va shunga munosib harakat qilish uchun kichik soʻrovnoma tayyorladim. Vaqtingizni ayamay savollarga javob bersangiz minnatdor boʻlardim.

Soʻrovnoma linki ⤵️

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc7fCSIWy-yo1dt2efwtN5tBfJAx1enwNQkr0BoArNfZxh4fg/viewform?usp=dialog

*️⃣Aytgancha, soʻrovnomadan oʻtganlar va telefon raqam qoldirganlar uchun sovrinli oʻyinimiz ham bor.

🔠 Agar blogingiz boʻlsa, soʻrovnomani ulashib koʻproq kitobxonlarga yetib borishiga sababchi boʻlsangiz, xursand boʻlardim.

👉KitobHouse👈

Martin Eden

14 Jan, 18:00


#tavsiya

O‘zbekiston bookblogerlar jamiyati a'zolarining telegram sahifalari📖

Martin Eden

14 Jan, 13:48


Hatto kambag‘allar ham erkin iqtisodiyotli mamlakatlarda yaxshiroq hayot kechiradilar!

Eng erkin davlatlardagi eng kambag‘al 10 foiz aholi yiliga 10,660 dollar daromad qiladi — bu eng kam erkin mamlakatlardagiga nisbatan 7 barobar ko‘p degani.

Martin Eden

14 Jan, 13:48


Har bir davlatdagi ekstrim kambag'allik darajasi ko'rilganda ham qancha erkin bo'linsa, ularning ahvoli ancha yaxshidek.

Qisqa qilib aytilganda: boy davlatlarning kambag'ali kambag'al davlatning boyi!

Martin Eden

14 Jan, 13:48


Chaqaloqlar ham erkinlikni sevishadi!(?)

Eng erkin mamlakatlarda chaqaloqlar o‘limi har 1000 ta tug‘ilgan chaqaloqqa 6 tani tashkil etadi. Eng kam erkin mamlakatlardachi: 42 tagacha!

Iqtisodiy erkinlik hayotlarni saqlab qoladi!

Martin Eden

14 Jan, 13:48


Erkinroq davlatlarda, odamlar o'zlarini ko'proq baxtli (=erkin) xis qiladilar!

Martin Eden

14 Jan, 13:48


Erkin jamiyatlar nafaqat boyroq bo‘ladi, balki odatda inson huquqlariga nisbatan ham ko‘proq hurmatli bo'lishadi.

"Shaxsiy erkinlik" qonun ustuvorligi, xavfsizlik va himoya, erkin harakatlanish, din, o'zlikni ifoda qilish kabilarga e'tibor qaratadi.

Shaxsiy erkinlik va iqtisodiy erkinlik o‘rtasida yaqqol bog‘liqlik mavjud (rasm).

Martin Eden

14 Jan, 13:48


Hammasi iqtisodiy erkinlikdan boshlanadi!

Eng erkin mamlakatlarda aholi jon boshiga daromad 40,376 dollarga yetadi. Eng kam erkin davlarlardachi? Atigi 5,649 dollar, xolos (bizniki shuning yarmiga teng).

Erkinlik nafaqat qalb xotirjamligi uchun yaxshi, balki hamyonga ham foyda!

Martin Eden

12 Jan, 12:55


Samolyotlarning halokatga uchrash sabablari haqida qiziqarli video boʻlibdi. Videoda texnik nosozliklar, inson omili, ob-havo sharoitlari va boshqa omillar batafsil yoritilgan. Havo transporti xavfsizligiga oid yangi ma’lumotlarni bilib olishni xohlasangiz, ushbu videoni ko‘rishni tavsiya qilaman. Qisqa, mazmunli va qiziqarli ekan

https://youtu.be/KPYQTIBiZqQ?si=ZdgnvZhDMJLpgiD2

Martin Eden

10 Jan, 02:10


Kapitalizm yaxshi yoki yomonligi haqida hech kim och qorin bilan sovuq uyda o'ylashni xohlamaydi. Eshitishimcha shu kapitalizm jamiyatlarni boyroq qilarkan va material muammolarni hal qilarkan. Shunga, kelinglar shu tizim bilan boyib olaylik, keyin o‘ylayveramiz uni yaxshi yoki yomonligi haqida)

Martin Eden

10 Jan, 01:06


Podcastni oxirida suhbatlashilgan mavzu tugamay qolibdi. Ya’ni energetika muammosi qay tarzda hal qilinishi kerakligi haqida. Shuning uchun 2 ta maqola bilan ulashaman. Qanday qilib energetika muammosini hal qilish mumkinligi haqida batafsil oʻqib olishingiz mumkin.

1. https://kun.uz/news/2022/05/17/energetika-muammolarining-yechimi-xususiylashtirishga-borib-taqaladi-shahzod-yoldoshboyev

2. https://kun.uz/news/2022/05/31/energetika-qanday-isloh-qilinsa-xalqqa-foyda-boladi

Martin Eden

10 Jan, 01:03


https://youtu.be/tCognfLn7jE?si=p6Cy7vAM3PiKeXrd

Martin Eden

03 Jan, 15:37


Do'stov sud zalidan ozod qilinibdi.

@lazizhamidov

Martin Eden

02 Jan, 15:35


Аёлларнинг ишламаслиги: маданий чекловми ёки иқтисодий?

Аёлларнинг маош тўланадиган ишда ишламаслиги гендер тенгсизлик, эркакларнинг бунга қарши бўлиши каби маданий омиллар билан боғлиқлиги ҳақидаги стереотип кенг тарқалган. Лекин тадқиқотлар камбағал мамлакатларда аёлларнинг меҳнат бозорида фаол эмаслиги соф иқтисодий асосларга эга эканини кўрсатади.

👉 https://kun.uz/kr/31405208

Kun.uz расмий канали

Martin Eden

01 Jan, 14:19


Adolatning kuchi haqida
(bu yerda adolat qiz bolaning ismi emas)

Agar xalq adolatni his qilsa, juda ko‘p muammolarga sabr bilan chiday oladi. To‘g‘ri, muammolardan norozi bo‘lib, e’tirozini baralla aytadiganlari ham ko‘p bo‘lishi tabiiy, chunki xalq bu yaxlit tana emas, 37 million xil insondan tarkib topgan. Ammo gapirib-gapirib, baribir muammolarga sabr qilishda, tishini-tishiga qo‘yib, turmush tashvishlari bilan o‘ralashishda davom etaveradi. Axloqsizlikka o‘tmaydi. Dardini aytib, sal yengillashishi mumkin, chunki bu jinoyat emas.

Ammo xalq adolatni his qilmasa, har qadamda adolatsizlikni ko‘rsa, unda bu yomon. Bunaqada taranglashgan asablar axloq chegarasini kesib o‘tadi, oqibati kafolatlanmagan.

Og‘zidan shodi kirib, bodi chiqqan hokimlar bitta uzr bilan qutulsa, o‘zining vakolati doirasidan chiqib, qonunlarga tupurib qo‘yadigan ayrim mas’ullar oddiy ogohlantirish bilan cheklansayu, lekin uzoq vaqt metanda navbat kutib, endi navbati kelganda "zapravka" yopilib qolganidan fig‘oni ko‘kka chiqqan botinkasi teshik oddiy bir xalq vakilini qamab qo‘yishsa, bechora Yangi yil bayramini oila davrasida emas, panjara ortida kutib olsa, bunda xalq adolatsizlik ko‘radi. Va bu adolat ham emas, albatta.

Yilni katta xato bilan boshladik. Afsus, ming afsus. Zig‘irchalik foydasi bo‘lmagan, ammo xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi nuqtayi nazaridan juda katta zarar olib keladigan ushbu tashabbus kimdan chiqqani bilmayman. Ammo bu xatoning o‘rnini qoplash uchun juda ko‘p ish qilinishi kerakligini aniq bilaman.

Afsus, ming afsus...


👉 @xushnudbek 👈

Martin Eden

01 Jan, 11:43


Progressiv soliqlar - iqtisodiy o’sishga qarshi vaktsina.

Manba - "The Uneasy Case for Progressive Taxation"

Progressivchilar tomonidan o‘ylab topilgan “Robin Gud” soliq tizimi mamlakatdagi tengsizlikni yo‘qotish o‘rniga, iqtisodiyotning mahsuldorligini pasaytiradi.

Progressiv soliqlar, g‘oyaga ko‘ra, ko‘proq daromad topadiganlardan ko‘proq soliq yig‘ib, moliyaviy qiynalayotgan qatlamga yordam sifatida ishlatilishi uchun joriy etilgan. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar o‘rtasidagi daromad tafovutini kamaytirishga va tenglikni o‘rnatishga xizmat qiladi, degan tushuncha mavjud.

Bir tarafdan bu tizim samarali yechimdek ko‘rinishi mumkin, lekin aynan shu vaziyat o‘z mehnati bilan muvaffaqiyatga erishgan odamlarni ham jazolanishiga olib keldi. Masalan, shartli ravishda farrosh va shifokorning oyliklari o‘rtasidagi farq katta bo‘lishi mumkin, lekin soliqlardan keyin bu farq sezilarli darajada qisqaradi va ular deyarli bir xil daromad topishadi. Bu esa, o‘z navbatida, shartli shifokorning qiymatini shartli farroshnikiga tenglashtirishga olib keladi. Ya'ni, jamiyat uchun muhim bo‘lgan kasb egalari va yangi ish joylarini yaratadigan tadbirkorlar jazolanadi.

Natijada, bu yosh avlodning ta’lim olishga va muvaffaqiyatli bo‘lishga bo‘lgan ishtiyoqini susaytiradi. Kanadada shunga o‘xshash holat yuzaga kelgan: ishsiz inson soliq siyosati tufayli davlat tomonidan ishlayotgan insonning daromadiga teng miqdorda ijtimoiy yordam (social welfare) oladi. Bu esa, ishlashni jazolab, ishlamaslikni rag‘batlantiruvchi holatni yuzaga keltirdi.

Natijada ambitsiyali va o‘qimishli yoshlar mamlakatdan chiqib keta boshlaydi (Brain Drain). Ko‘pchilik uchun samarali mehnat qilish va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan rag‘bat yo‘qoladi. Shu kabi holat yuzaga kelgan mamlakat jahon bozorida raqobatbardoshlikni yo‘qotadi va oxir-oqibat iqtisodiy tanazzulga duch keladi.

Diskleymer: Sotsial paketlar va soliq tizimi iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lib, ushbu postda aynan progressiv soliqlar haqida so‘z yuritilgan.

@req404

Martin Eden

31 Dec, 13:02


Shu yil eng koʻp qiziqtirgan mavzu bu tengsizlik, adolat va qayta taqsimlash kabi mavzular boʻldi. Boylardan olib kambagʻallarga berish naqadar jozibador koʻrinasada, adolatsiz va mantiqsiz ekanligi haqida yuqorida bir necha marta yozganman. Ammo har safar oʻylar edim, agar tengsizlik asoslangan boʻlmasachi? Ya’ni odamlar oʻzlarining bilim va malakalari orqali emas balki noiqtisodiy, korrupsion yoʻllar bilan muvaffaqiyatga erishayotgan boʻlsa ham yuqori soliq stavkalarini belgilash toʻgʻri qaror boʻlmaydimi?

Koʻpchilikka sir emaski, Oʻzbekiston ham klanli kapitalizm (oʻzinikilar uchun kapitalizm) oʻrnatilgan mamlakatlarga misol boʻla oladi. Shunday sharoitda boylarga yuqori soliq stavkalarini qoʻyish toʻgʻri qarordek koʻrinishi mumkin. Ammo, asossiz tengsizlik sharoitida ham soliqlarni oshirish notoʻgʻri va samarasiz boʻlar ekan. Adolat nuqtai nazaridan qaraganda ham shunday. Uzoq vaqtdan beri oʻylantirgan savolimga pastdagi maqolani oʻqib javob topgan edim. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

Rus tilida Oʻzbek tilida

@economist_martin

Martin Eden

29 Dec, 15:21


Nega birinchi bo‘lganlar yutqazadi?

Martin Eden

29 Dec, 13:55


Demokratik siyosiy taqsimot samarali emas.

Aynan shuning uchun ham resurslarni demokratik ovoz berish orqali taqsimlashning bozorga muqobil sifatida koʻrilishi xato gʻoya.

Demokratik tizimda qarorlar koʻpchilik ovozi bilan amalga oshadi. Demak, koʻpchilik irratsionallik bilan xayrixohlik bildirgan loyiha amalga oshganda, kamchilik bunga qarshi boʻlsa ham, oʻz soliqlari bilan toʻlashgan majbur boʻladi. Bozor esa aksincha, odamlarning oʻzaro kelishuvi va ixtiyoriy ayirboshlash ustiga qurilgan. Shuning uchun, bozorda har bir kelishuv har ikki tomonga foyda keltirsagina tuziladi. Ya’ni yutuq-yutuq tamoyilida ishlaydi.

Agar koʻpchilik uy-joy subsidiyasi, tekin tibbiy xizmat yoki tekin ta’lim uchun ovoz bersa, bu kamchilik uchun manfaatsiz boʻlsa ham daromadlarining bir qismini boshqalarga berishga, soliq koʻrinishida toʻlashiga olib keladi. Hattoki, tannarxi uning foydasidan yuqori boʻlgan loyihalar ham, ovoz berish orqali aniqlansa, amalga oshishi mumkin. Vaholanki bozor bunga yoʻl qoʻymagan boʻlar edi.


Masalan, tasavvur qiling 7 kishidan iborat jamiyat bor. Ma’lum bir loyihaning amalga oshishi uchun 14$ talab etiladi. Loyihadan faqat 4 kishi manfaat koʻradi va har biri 3$ foyda oladi. Qolgan 3 kishi ushun esa loyihadan hech qanday manfaat yoʻq.

Koʻrinib turibdiki loyiha uchun koʻproq odam ovoz berishi, foydasi tannarxidan kichikligi bois iqtisodiy mantiqqa zid boʻlsada (4x3$=12$<14$), uni amalga oshishiga olib keladi.
Xarajatlar barcha soliq toʻlovchilarga teng taqsimlansa, har bir kishi 2$ dan toʻlaydi. Ammo, 3$ dan manfaat koʻrgan 4 kishi 1$ foydada chiqsa(3$-2$), manfaat koʻrmagan 3 kishi -2$ zarar koʻradi.

Agar ushbu loyiha bozor sharoitida amalga oshganda loyiha tannarxi faqat foyda oluvchilarga taqsimlangan va 4 kishidan har biriga 14$/4=3.5$ dan tushar edi. Har biri koʻradigan foyda toʻlangan narxdan kichik ($3<3.5$) boʻlgani bois, loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlardi.

Tushunganingizdek, bozor odatda, har qanday davlat aralashuvidan koʻra muvaffaqiyatli. U jamiyatni taraqqiyot sari yetaklaydi. Hatto demokratik siyosiy taqsimot ham bozordan koʻra samarasiz. Shuning uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvining cheklanishi bizni boyroq qiladi.

@economist_martin

Martin Eden

27 Dec, 22:06


Hikmat izlab

Kecha bir “noxush” voqea boʻldi. Mashgʻulot qilgani zalga otlanib ketayotgandim. Suv olish uchun doʻkonga toʻxtab oʻtishim kerak edi. Chapga burilayotganimda, oʻng tomon parkovkadan nexia3 orqaga yurib chiqayotganini koʻrdim. Ammo, man oʻtib ketgach chiqadi deb harakatni davom ettirdim. Shu payt gursillagan ovoz eshitildi va mashina chayqalib ketdi. Haligi nexia3 mashinamni orqasidan urib, davomiy, doʻkonning hovlisiga kirib ketguncha gazni bosdi va toʻxtab qoldi. Mashinani chetga olib narigi mashina haydovchisining oldiga bordim. Yoshi, tahminan 45-50 lar atrofidagi rusiyzabon ayol ekan.

Suhbatlashishni, umuman olganda kelishishni imkoni boʻlmadi. Yetkazilgan zararni qoplash uchun hozir puli yoʻqligini, garovga hech narsa bermasligini, va katta-katta tanishlari borligini aytdi. Qoʻshimchasiga ovozini koʻtarib, doʻq-poʻpisa bilan urishni boshladi. Juda bir noqulay vaziyatga tushib qoldim. Keyin esa spirtli ichimlik ichkanini hididan sezib qoldim. Oxir-oqibat ichki ishlarga qoʻngʻiroq qilishga toʻgʻri keldi.

Natijada, mani ham uni ham mashinasini jarima maydoniga qoʻyishdi. Tibbiy ekspertiza natijasi ayolni mast ekanligini tasdiqladi. Ertaga, mashinani olib chiqishim uchun har ikkalamiz ham sudga borishimiz kerak ekan. Xullas ovoragarchiligi koʻpga oʻxashayapti.

Shunday boʻlsada, ayolning man bilan toʻqnashib ketgani yaxshilikka boʻldi degan xulosaga keldim. Chunki, bilishimcha u ayol mast holida mashina boshqarib Chirchiqqacha ketmoqchi boʻlgan ekan. Ya’ni, agar man bilan kichik toʻqnashuv boʻlmaganida, yoʻlda bundan kattaroq toʻqnashuv boʻlishi, kimdir yoki kimlardir hayotdan koʻz yumishi mumkin edi. Tanlovda, birini tanlash uchun tabiiyki boshqasidan voz kechish kerak. Aytmoqchimanki, tanlash imkoniyati berilganda ham, biz kattaroq zarar keltirishi mumkin boʻlgan variantdan voz kechib, kichikroq zarar keltiruvchi variantni tanlagan boʻlar edik.

Agar mani ovora boʻlishim, narigi ayolning haydovchilik guvohnomasini yoʻqotishi va hammasi joy-joyiga tushguncha yoʻqotiladigan vaqtning muqobil qiymati bundan ham kattaroq baxtsiz hodisaga (masalan oʻlimga) teng boʻlsa, demak, hammasi yaxshi boʻldi deb xulosa qilish mumkin.

Albatta, bundan ham kattaroq baxtsiz hodisa boʻlish boʻlmasligi mavhumligicha qoldi. Ammo mavhumligicha qolganini ham yutuq deyish mumkin, nazarimda.

@economist_martin

Martin Eden

27 Dec, 21:21


Rossiyaliklar yana bir bor begunoh insonlar bilan to‘lgan fuqarolik samolyotini urib tushirishdi. Qanday katta tragediya.

Martin Eden

26 Dec, 13:20


Nega O‘zbekiston qonunchiligi rivojlanishimizga to‘sqinlik qilmoqda?

Yaqinda Buxoroda 17 yoshli bola kriptovalyuta orqali 3 million dollar atrofida daromad qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida xabar tarqaldi. Haqiqatan ham, O’zbekiston Jinoyat kodeksining 278-8-moddasiga binoan, kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

O‘ylab qaralsa, bu holat bizning o‘sha eski "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunimizni eslatadi. Aynan shu qonun tufayli, 2017-yilgacha bozor va Markaziy bankning valyuta kurslari sun’iy ravishda farqlangan. O‘sha davrda so‘mni tashqi valyutaga rasmiy ravishda aylantirishning deyarli imkoni yo‘q edi. Shu sababli, O‘zbekiston sarmoya kiritish uchun nomaqbul davlat deb hisoblangan. Bundan tashqari, import va eksport qilish ham tadbirkorlar uchun qiyin masala bo‘lgan.

Yuqoridagi muammolarning barchasi davlatning regulyatsiya siyosati sababli yuzaga kelgan edi. 2017-yilda konvertatsiya to'siqlarini olib tashlanishi ushbu sun’iy yaratilgan muammolarni osongina hal qildi.

Biz uchun yechim — shu kabi keraksiz regulyatsiyalarni yo‘q qilish. Kriptovalyutaga oid modda ham shu toifaga kiradi.

Kriptovalyuta bo‘yicha qonunni valyutaga oid qonunlar bilan solishtirayotganimning asosiy sababi shundaki, kripto — bu kelajak. Hozirning o‘zida ham VISA va MasterCard orqali amalga oshirilinadigan umumiy tranzaksiyalarning hajmi bitta Bitcoinning tranzaksiyalar hajmiga tenglashmaydi. Agar boshqa kriptovalyutalarni ham hisobga olsak, bu trillion dollarlik bozorga aylanadi.

Bu O‘zbekiston kabi o‘sayotgan davlatlar uchun juda katta imkoniyat, ko‘plab tadbirkorlar uchun yangi sektor hisoblanadi. Va eng muhimi, oldingi postlarda aytganimdek, O‘zbekiston uchun IT sektori qanday katta imkoniyat bo‘lsa, kriptovalyuta ham shunday ulkan imkoniyatdir.

Qonunchiligimiz va regulyatsiyalarimiz sababli o‘zimizning oyog‘imizga o‘zimiz bolta urmoqdamiz. O‘sha buxorolik yigit mamlakatga 3 million dollar atrofida pul olib kirsa-yu, uni taqdirlash o‘rniga qamab qo‘ysak, bu bizning qonunlarimizning 21-asr talablariga mos emasligidan dalolatdir.

@req404

Martin Eden

25 Dec, 15:24


Ertaga shu yerda koʻrishamiz, esinglardan chiqmadimi?

Martin Eden

25 Dec, 01:03


Ўзбекнефтегаз Оруэлл антиутопиясини Ўзбекистонда жорий этдими?

Ўқиганлар билади, Океанияда шоколад нормаси 30 граммдан 20 граммга туширилиши ортидан телекран орқали “шоколад нормаси 20 граммгача оширилди” дея эълон қилишади.

Ўзбекнефтегаз раиси 1984’ни синчиклаб ўқиган бўлса керакки, газ қазиб олиш суткасига 88 млн.кубдан 76 млн.кубгача тушиб кетганига қарамай, “газ қазиб олиш кўпайиб, суткасига 76 млн.кубга етди” дея эълон қилинмоқда.

Ўзбекнефтегаз раиси кулиб юбормади, уни эшитаётган юқори мартабали масъуллар ҳам кулиб юборишмади (худди Уинстон Смит сингари). Жиддий эшитишди.

Бу кулгули эмас, шунақа жиддий бўлса, Ўзбекнефтегаз Оруэлл антиутопиясини амалда жорий қилдими?

Martin Eden

18 Dec, 07:25


3/3

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, hozir Oʻzbekiston uchun sotsialistik yoki egalitarian gʻoyalar bilan ijtimoiylashuv yoʻlidan yurishi emas, haqiqiy kapitalizm va minimal davlat tamoyilini ilgari suruvchi Libertarian gʻoyaga ergashishi zarur. Botir aka aytgandek, biznesni tiyib turishdan koʻra hukumatni oʻzini oʻzi tiyib turuvchi kuchlar haqida oʻylash zarur.

Martin Eden

18 Dec, 07:25


2/3

Tashqi ta’sirlar siz tranzaksiyada (oldi-sotdi) ishtirok etmasangiz ham xarajat qilganingizda yoki manfaat topganingizda yuzaga keladi.

Tashqi xarajat uchun misol: siz hech qachon krassovka sotib olmasangiz ham krassovka ishlab chiqaruvchilari havoga chiqargan zararli moddalardan aziyat chekishingiz mumkin. Bu zarar krassovka sotib olayotganlarning oʻrniga, sizning va boshqa krassovka sotib olmaydiganlarning hisobidan qoplanadi. Chunki, krassovka ishlab chiqaruvchisi havoga chiqarilgan zararni tannarxga kiritmagani uchun tannarx kichraytirib koʻrsatiladi. Natijada, aslida krassovka sotib olishni xohlamaganlar ham ularni sotib oladi. Kislorodning xususiy emasligi, buning imkoni yoʻqligi tufayli shunday muammo yuzaga keladi. Aks holda korxona kislorod egasiga keltirilgan zararni toʻlagan va tannarxni toʻgʻri belgilagan boʻlar edi. Demak, bu yerda bozor muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun davlat ushbu muvaffaqiyatsizlikni yumshtaish maqsadida korxonaga keltirilgan zararni qoplash uchun soliq solishi kerak.

Tashqi manfaat uchun misol: farmatsevtika korxonasi virusga qarshi yangi vaksina oʻylab topdi. Shahar aholisi vaksinani sotib olsa oʻlimlar kamayadi, odamlar oʻz ishi bilan bemalol shugʻullana oladi. Demak, odamlar uchun vaksinaning qiymati uning tannarxidan yuqori. Bunday tovar bozor sharoitida ishlab chiqarilishi kerak. Ammo, bunday boʻlmaydi. Chunki vaksina olganlar hisobiga vaksina olmaganlarning kasal boʻlish ehtimoli kamayadi. Ya’ni vaksina olganlar qancha koʻp boʻlsa vaksina olmaganlar shunchalik manfaatdor. Lekin vaksinadan foydalanmaganlar oʻz manfaatlarini ishlab chiqaruvchiga toʻlab beradi deyish qiyin. Bunday holatda, vaksina ishlab chiqaruvchilar mahsulotni keragidan kam miqdorda ishlab chiqarishi yoki umuman ishlab chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun davlat odamlardan soliq yigʻishi va korxona mahsulotni ishlab chiqarishini subsidiyalashi mumkin. Bu bilan davlat bozor muvaffaqiyatsizligini yumshatgan boʻladi.

Tibbiy xizmat yoki ta’lim kabi xizmatlar, odatda, bunday xususiyatlarga ega emas. Bu xizmatlarni odamlarning oʻzi, oʻzlari uchun sotib olishi mumkin. Bozor bunday xizmatlarni davlatdan koʻra samarali ishlab chiqara oladi.

Yana bir narsa, biz yurilgan yoʻl qayerga olib borishini bilganimiz uchun u haqida gapiramiz. Ammo, yurilmagan yoʻllar qayerga olib borishini bilmaymiz. Bozor iqtisodiyoti bizga qaysi yurilmagan yoʻl eng samaralisi ekanligini koʻrsata oladi!

Martin Eden

18 Dec, 07:25


1/3

Davlat, Jamiyat va Iqtisodiyot haqida

Yevropa Ittifoqi va AQSHda davlatning roli, iqtisodiy tizim va ijtimoiy hayot tubdan farq qiladi. Birinchisida davlatning roli ijtimoiy-iqtisodiy hayotda keng ishtirok etsa, ikkinchisida minimal darajada cheklangan. Odatda, odamlardan: “bozor samarali ishlaydigan sohalarni bozorga qoʻyib berish va davlatning rolini qisqartirish toʻgʻri boʻladimi” deb soʻrasangiz, “ha, albatta” deb javob berishadi. Lekin, savolni aniqlashtirib bersangiz, masalan: “tibbiy xizmat yoki ta’lim kabi sohalarda davlat sektori boʻlishi kerakmi yoki xususiy?” deb soʻrasangiz, “bu vazifa bilan davlat shugʻullanishi kerak” degan javobni olamiz. Vaholanki, bu kabi xizmatlarni bozor davlatdan koʻra samarali ishlab chiqaradi.

Xoʻsh, davlat nima uchun kerak? Qanday vazifalarni amalga oshirishda odamlar muvaffaqiyatsizlikka uchradiki davlatga ehtiyoj paydo boʻldi? Aynan shunday savollar davlatning rolini aniqlab olishga yordam beradi.

Odamlar oʻz mulkidan foydalanishi uchun kimdir ularning mulki daxlsiz ekanligini kafolatlashi va uning mulkiga undan boshqa hechkim egalik qila olmasligini kafolatlashi kerak. Kimdir boshqa birovning individual erkinliklarini buzmasligi kerak. Odamlar ishlashi, savdo qilishi va mulkini uzoq muddatda saqlay olishiga ishonch hosil qilgandagina ushbu faoliyatlar bilan shugʻullanishni boshlaydi. Shunday ekan, davlatning eng birinchi, fundamental vazifasi bu himoya qilish!

Bozor iqtisodiyoti cheklangan resurslarimizni eng optimal ssenariyda taqsimlaydi degan gapni koʻp eshitamiz. Shuning hisobiga biz jamiyat sifatida tezroq boyishimiz mumkin. Ammo shunday tovar va xizmatlar borki, ularni ishlab chiqarishda bozor muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bular: jamoat mollari va tashqi ta’sirlarga ega tovarlar.

Jamoat mollari bu umumiy iste’mol qilinadigan va toʻlovda istisno qilib boʻlmaydigan tovarlardir. Umumiy iste’mol - bu bir guruhni tovar bilan ta’minlash bir vaqting oʻzida boshqa bir guruhni ham u bilan ta’minlashiga nisbatan aytiladi. Bunday tovarlarning toʻlovida, toʻlashga qobiliyati boʻlmagan yoki toʻlashni istamagan iste’molchilarni inkor etib boʻlmaydi.

Masalan, tasavvur qiling, shahar uchun toʻgʻon qurish kerak. Aks holda daryo toshib, shaharni suv bosishi mumkin. Ya’ni toʻgʻonning shahar aholisi uchun qiymati uning tannarxidan yuqori. Talab bor ekan, kimdir oʻz taklifi bilan bu talabni qondirishi va koʻprik qurilishi kerak. Ammo bunday boʻlmaydi. Bozor toʻgʻon qurilishida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Sabab: toʻgʻon uchun toʻlashni istamaydiganlarning ulushi, toʻlamoqchi boʻlganlarga yuk boʻladi. Natijada toʻlamoqchi boʻlganlar ham toʻlashni istamay qolishi mumkin. Bu umumiy iste’mol qilinadigan va toʻlovda istisno qilinmaydigan ne’matga misol boʻladi. Armiya, jamoat bogʻlari, koʻpriklar, toza havo kabi ne’matlar ham xuddi shunday xususiyatga ega. Ana shunday xususiyatga ega tovarlarni ishlab chiqarishda bozor muvaffaqiyatsizliklarini yumshatish uchun davlat fuqarolardan soliq yigʻib, bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan sotib olishi kerak.

Martin Eden

17 Dec, 20:51


20-dekabrgacha 25% chegirma ham bor ekan, ulgurib qolinglar!

Martin Eden

17 Dec, 20:46


Bachala, shuncha muammo qolib, konsert chiptasiga narx belgilashda ancha o‘ylandim va yakuniy qarorga keldim)

Qatorlarga qarab narx belgilash fikri bor edi bugungacha. Lekin o‘zi mittigina zal, birinchi va oxirgi qatorlar o‘rtasida katta masofa yo‘q. Shunday ekan barcha chiptalarga bir xil narx belgilashni to‘g‘ri deb topdik.

Xullas, chiptalar 100 ming so‘mdan. Kimga boshqacha, har xil narx aytgan bo‘lsam, uzr)

O‘sha qadrdon 6262730053313948 kartamizga pul o‘tkazib, @abubakrfozilov'ga skrinshot tashlasanglar, onlayn chipta beriladi.

Barchani kutib qolaman!

Martin Eden

13 Dec, 14:10


Aytgancha, agar matematika bilan shugʻullansangiz, sizga ushbu kanalni tavsiya qilaman. Foydali materiallarni tashlab boradi.

Martin Eden

13 Dec, 11:35


Matematika, hayotni oʻzgartiradigan san’at!

Matematika haqida o‘ylaganda, ko‘p odamlar faqatgina murakkab tenglamalar va sonlarni tasavvur qilishadi. Lekin aslida, matematika – bu hayotning o‘zi! U har bir nafasimizda, har bir harakatimizda yashiringan. Faqat uni ko‘ra olish kerak xolos.

Masalan, musiqa haqida tafakkur qilib koʻraylik. Yoshligimda pianinoga borganman. Ungacha, qogʻozga tushirilgan bitiklarni oʻqiyotgan musiqachilarni koʻrib hayratlanar edim. Axir, koʻrinmas ohanglarni qanday qilib yozish, qandaydir belgi bilan ifodalash mumkin?! Keyin bilsam, bu raqamlar uyg‘unligi ekan. Ya’ni notalar orasidagi masofalar – bu matematik proporsiyalar edi. Har bir oktava 12 ta teng yarim tonga ajratilgan va har bir yarim tonning chastotasi geometrik progressiyaga muvofiq oʻsadi. Bu esa birinchi oktavadagi nota bilan ikkinchi oktavadagi xuddi oʻsha notaning chastotasi roppa-rosa ikki barobarga oʻsishini ta’minlaydi va uygʻunlik hosil qiladi.

Tabiat haqida oʻylaganda ham barglarning o‘sishi (Fibanachchi sonlari), qor parchalari(molekulalar muzlaganda 120 daraja burchakda bogʻlanishi va 6 qirrali geometrik shakl hosil qilishi), hatto okean to‘lqinlari ham matematik qonuniyatlar asosida shakllanishi haqida tafakkur qilish mumkin.

Yoki, barchamiz boshdan oʻtkazadigan muhabbat haqida mulohaza qilsak, statistik ehtimolliklar va to‘g‘ri insonni topish uchun yuz bergan “tasodiflarning” ajoyib kombinatsiyasini koʻrishimiz mumkin. Muhabbatning manga yoqadigan tomoni, uni oʻyinlar nazariyasi orqali ham tushuntirish mumkin. Ya’ni, har bir kishi oʻz foydasi va sherigi foydasini muvozanatda saqlashga harakat qilganda muhabbatga erishiladi. Agar aksincha, bir tomon oʻz manfaatini ikkinchi tomon manfaatidan ustun qoʻysa, muhabbat amalga oshmaydi va har ikki tomon muhabbatdan quruq qoladi. Aytmoqchimanki “Nash muvozanati”, ayniqsa, muhabbatda mavjud. Muhabbatga shunday matematik ta’rif berish mumkin: Muhabbat — bu har bir tomon oʻz harakatlarini boshqa bir tomonning harakatlarini inobatga olgan holda optimallashtiradigan holat!

Umuman olganda, matematikasiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Chunki u hayotning har jabhasida mavjud. Usiz, eng kamida, birinchi marta tayyorlagan ovqatimizni ikkinchi marta takrorlay olmagan boʻlardik. Usiz, tafakkur zindonida mahkum boʻlib qolardik. Aytmoqchimanki, koʻp narsalar cheksiz jumboq bo‘lib tuyulganida, matematika bizga uni qanday o‘qish va tushunish kerakligini o‘rgatadi!

Shunday ekan, matematika shunchaki raqamlar emasligini tushunishga harakat qiling. U sizga dunyoga boshqa ko‘z bilan qarashni o‘rgatishi mumkin. Balki, u orqali hayotdagi eng qiyin muammolarni hal qilish uchun o‘z “tenglamangizni” toparsiz.

@economist_martin

Martin Eden

13 Dec, 10:30


XUDONI O‘LDIRISH MUMKINMI?!

Martin Eden

09 Dec, 17:06


First Economic Hackathon Organized by YESU at New Uzbekistan University

"Market Economy Enthusiasts" - what a strange name to name the team, but I couldn't come up with a better one because of the approaching deadline to submit a form.

It was an unforgettable experience. To say it was tough barely scratches the surface. Nevertheless, it was nice to meet so many familiar people and to get to know new ones.

It was a 48-hour hackathon with 34 teams competing. Every team was assigned an underdeveloped region in Uzbekistan with specific strengths and weaknesses. The task was to analyze the data and propose a feasible development plan taking into account the district's unique features. All teams had a chance to consult with experienced mentors to get valuable insights.

We were allowed to work on the project and stay at the university until 10 am. Our team was the last to leave. Straight after that, we walked to KFC next to WIUT, since it was one of the few facilities that was said to work 24/7. After a hearty dinner there, we decided to continue analyzing the data. It was barely past midnight when we wanted to go home. But here's the thing: the metro was closed, no library worked after 11 pm, and Yandex was showing 4X the regular price (probably because of the first snow and consequent low supply of cabs). We had no choice but to stay there and continue working with the team.

When we went upstairs, I was impressed to see the other competing team from this hackathon, working on a different region. They were laser-focused on their laptops. Their determination impressed me, and I thought we were probably on the right path. Everything was smooth until we were told that KFC closes in 10 minutes. At 4 a.m., we and the guys from the other team were kicked out. It was freezing cold, and we had to urgently find a place to spend the rest of the night, preferably with a socket to plug in our gadgets.

We took an overpriced taxi to Caffee'issimo at Minor and worked there on polishing our presentations. Snow was gently falling on the street, and rare cars were passing when I looked out of the window during a small break. I finished working on my part of the draft at 7 am.

The next day, we worked on polishing the presentation and making better visuals. Despite minor disagreements in the team (probably because of increased irritation from lack of sleep), we reconciled, and everybody tried to do their best.

There were many promising proposals from the other teams, so I was pleased to find out that our proposal was in the top 10. But I was flabbergasted when our team was announced as the winner of this challenging competition.

I would like to thank the organizers, volunteers, my teammates (from left to right: Muhammad, Dilfuza, Dilshodbek, Xadyatillo, and Amirkhon), as well as the other teams for making these two days filled with a sense of true competition and curiosity.

@Abdurashid_writes

Martin Eden

28 Nov, 23:27


2/2

Baxt haqida mulohaza.

Jamiyatning umumiy baxti va farovonligi oshirish uchun boylikni qayta taqsimlash zarurligini iqtisodchi Artur Pigu asoslab bergan. Unga koʻra, biror kishining qoʻlida qancha koʻp boylik boʻlsa, uning qoʻshimcha boylikdan oladigan foydasi shuncha kam boʻladi. Masalan, $100ming topadigan odam bilan $700ming topadigan odamning baxtlilik darajasi oʻrtasidagi tafovut 7 barobar emas.

Kambag‘al odamning ozgina qo‘shimcha boylikdan oladigan baxti, boy odamning o‘sha boylikdan oladigan baxtiga qaraganda ancha yuqori. Shuning uchun boylikni qayta taqsimlash orqali jamiyatning umumiy baxtlilik darajasini oshirish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, progressiv soliqlar (ya’ni, daromad oshgan sari yuqori soliq stavkalari) orqali yuqori daromadli odamlardan ko‘proq soliq olib, past daromadli odamlarga yordam berish baxt prizmasidan qaraganda oqilona qaror. Bu jamiyatning umumiy baxtliligini maksimal darajaga yetkazadi.

Xulosa

Demak, Adolat va Baxt kabi ikkita ezgu tushuncha bir biriga qarama qarshi. Agar shunday boʻlsa, siz qaysi birini tanlagan boʻlardingiz, baxtmi yoki adolat?!

Mavzuga doir: post1

@economist_martin

Martin Eden

28 Nov, 23:26


1/2

Baxt va Adolat bir-biriga teskarimi?

Boylikning taqsimlanishi borasida turli yondashuvlar mavjud. Har bir yondashuv oʻziga xos asoslarga ega. Ba’zilar boylikning teng taqsimlanishi adolatli desa, boshqalar noteng taqsimlash adolatni ta’minlaydi deydi. Tushunganingizdek, bugun bu mavzu haqida iqtisodiy mexanizmlar va oqibatlar prizmasidan emas, koʻproq axloq (мораль) prizmasidan yondashib yozmoqchiman.

Birinchi yondashuv: Libertarianizm.
Libertarianlar shaxsiy erkinlik va mulk huquqining ustuvorligini asos qilib olishadi. Odamlar oʻz mehnati va iste’dodi orqali erishgan mulkiga toʻliq egalik qiladi. Davlat minimal hajmda boʻladi va faoliyati bozor muvaffaqiyatsizliklarini yumshatish bilangina cheklanadi! Koʻproq boylik jamiyatdagi iste’dodli va muvaffaqiyatli insonlarda bozor erkinligi orqali toʻplanadi va bu adolatli taqsimot sifatida koʻriladi.

Ikkinchi yondashuv: Meritokratiya.

Meritokratlar ham Libertarianlar bilan juda yaqin gʻoyaga ega. Ular jamiyatdagi lavozimlar, boylik va imkoniyatlarning qobiliyat, bilim va mehnatga qarab taqsimlanishi tamoyilini asos qilib olishadi. Ammo, odamlarning raqobati turli xil “start pozitsiyalari”dan boshlanishiga qarshi boʻlishadi. Chunki, nega endi odamlar oʻziga bogʻliq boʻlmagan omillar tufayli uzoq muddatli natijalar uchun javob berishi kerak? Ya’ni, masalan biz qanday oilada tugʻilishni hal qila olmaymiz.

Kambagʻal oilada tugʻilgan bola boy oilada tugʻilgan bola bilan 50 yildan keyin bir xil darajada boʻlishi uchun koʻproq mehnat qilishi kerak. Shu nuqtai nazardan, davlatning roli kambagʻal oila vakillariga yordam berish, ta’lim va tibbiy xizmat bilan ta’minlash kabi masalalarni ham qamrab olishi zarur. Bunday tizim hammaning start chizigʻini tenglashtirib beradi va yanada koʻproq adolatni ta’minlaydi.

Uchinchi yondashuv: Egalitarizm.

Egalitaristlar, meritokratiya ham adolatni yetarlicha ta’minlay olmasligini iddao qilishadi. Ularning fikricha, hammaning start chizigʻi teng boʻlsada, finishga eng iste’dodli inson birinchi boʻlib yetib keladi. Nega endi, insonning oʻziga bogʻliq boʻlmagan tabiiy omil boʻlmish iste’dod tufayli kimdir boshqa birovdan boyroq boʻlishi kerak? Biz, iste’dodli yoki iste’dodsiz boʻlishni oʻzimiz tanlay olmaymiz, shunday ekan, iste’dodli boʻlgani uchun boyroq boʻlganlar qoʻshimcha soliqlar bilan boshqalarning iste’dodsizligini kompensatsiya qilishi kerak. Ya’ni, davlatning roli boylikni teng taqsimlash vazifasini ham qamrab olishi zarur.

Qaysi tizim Adolatni koʻproq ta’minlaydi?

Bu savolga javob berish uchun, qaysi tizim adolatsizroq degan savolga javob berishimiz ham mumkin.

Egalitarizm — insonlarning tabiiy qobiliyatlarini tan olmaydi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatning asosida faqat omad yotganiga ishora qiladi. Menimcha, Ronaldoga yoki Elon Muskga “siz shunchaki omadli boʻlganingiz uchun boysiz” desak, qattiq xafa boʻlgan boʻlardi.

Qolaversa, Egalitaristlar davlat “Oʻgʻri Robingud” boʻlishi kerakligini aytadi. Bu bilan insonning tabiiy huquqi boʻlmish mulk huquqini poymol qilish kerakligiga ishora qiladi.

Yana bir adolatsiz jihat shundaki, egalitaristlar boylar bir tranzaksiya (bitim, ayirboshlash) uchun 2 marta toʻlashi kerakligiga da’vo qilishadi. Ya’ni, har bir inson jamiyatda nimadir ishlab chiqaradi va uni sotadi yoki xarid qiladi. Oxir oqibat, ushbu tranzaksiyalar tufayli kimdir boshqa birovga nisbatan tezroq boylik toʻplaydi. Agar boylar boyigani uchun kattaroq foiz stavkasida soliq toʻlashi kerak desak, bir tranzaksiya uchun bir martadan koʻp toʻlashi kerakligiga da’vo qilayotgan boʻlamiz.

Qisqa qilib aytganda, egalitaristlar muvaffaqiyatli insonlarni muvaffaqiyatli boʻlgani uchun jazolash kerakligini ta’kidlashadi.

Libertarianizmni adolatsiz deya olmayman. Ammo avlodlararo mobillik toʻxtab qolmasligi hamda start chizigʻi hammada har xil pozitsiyada boʻlmasligi uchun ham Meritokratik tizimga ehtiyoj bor.

Menimcha, eng adolatli tizim bu Meritokratiya. Ya’ni qobiliyat va mehnatga asoslangan taqsimoq modeli.

Martin Eden

28 Nov, 20:50


Assalomu Alaykum🔹

📱UZERA LIVE — PODCAST eshittirishlarimizga hush kelibsiz.

Ushbu yangi loyihamizda O’zbekiston hamda xorijiy davlatlar bo’ylab ilm-fanda, sportda va boshqa muhim sohalarda faol harakat qilib kelayotgan yoshlar bilan foydali suhbatlar olib boramiz.

•Siyosat
•Iqtisod
•Tibbiyot
•Sport
•San’at

…ga oid mavzularda faol yoshlarimiz bilan podcastlar uyushtiramiz. Loyihamizni qo’llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz.

💠UZERA

Martin Eden

15 Nov, 05:09


Strategik vaqt tanlovi haqida

Yangi tadqiqot g'oyalari paydo bo'lsa, ularni tezda qayd qilishga odatlanib qolganman. Vaqt topganimda, bu g'oya ilgari o'rganilganmi yoki yo'qmi, internet orqali tekshiraman. Agar g'oya batafsil o'rganilmagan bo'lsa yoki avvalgidan yaxshiroq ma'lumot to'plamlari mavjud bo'lsa, shu mavzuga yaqin tadqiqot olib borayotgan professorlarimga bu g'oyani og'zaki tahlil qilish uchun elektron pochta orqali murojaat qilaman. Odatda uch xil natija kuzatiladi: bu mavzu oldin batafsil o'rganilgan bo'ladi, mavzuga oid ma'lumot to'plamlari deyarli yo'q bo'ladi yoki professor yaxshiroq mavzuni o'rganishni tavsiya etadi. Men iqtisodiy rivojlanish va unda siyosatning roli bilan bog'liq mavzularga qiziqaman.

Kecha Yale universitetida tahsil olgan professorim bilan AQShda siyosiy reklamalarning mazmuni va ularning bir qator ko'rsatkichlarga ta'siri haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, internetda hali yaxshi o'rganmagan, ammo anchadan beri intuitiv ravishda o'ylab kelgan bir g'oyam ham bor edi. Uni professorim bilan asosiy suhbatdan so'ng baham ko'rishga qaror qildim.

Suhbatdan parcha:

Men: "Menda shunday taassurot paydo bo'ldiki, Isroil hujumlarini asosan AQShda muhim hodisalar yuz berganda kuchaytiradi. Masalan, The New York Times gazetasida asosiy maqola shu mavzuda bo'lib, Falastinda 20 dan ortiq tinch aholi halok bo'lganligi haqidagi xabarlar boshqa yangiliklar orasida e'tibordan chetda qoladi. Masalan, Al Jazeerani o'qiganimda, urush mavzusi baribir bosh sahifada bo'ladi. Isroil hukumati uchun amerikalik fuqarolarning fikri eng muhim hisoblanadi. Bugun erta saylovlar ham bor. Menimcha, Isroil o'z hujumlarini AQShda bosh sahifani egallaydigan boshqa yangiliklar paydo bo'lganida ko'paytiradi. Shu mavzuni o'rganib ko'raymi?"

Professor kulib javob berdi: "Bu mavzuda 5-10 yil oldin yetakchi jurnalda chop etilgan maqola bor. Uni Ruben Durante va Ekaterina Juravskaya yozgan, bir o'qib ko'r, ajoyib maqola", dedi. "Ular ham aynan shu natijani tizimli ravishda topishgan".

Maqolani bu yerdan topishingiz mumkin. Uning mazmuni qisqacha quyidagicha:

"Siyosatchilar ommabop bo'lmagan choralarni ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni chalg'itadigan muhim yangiliklar bilan bir vaqtda amalga oshirishni strategik ravishda rejalashtirishlari mumkin. Biz bu gipotezani Isroil-Falastin mojarosi doirasida sinovdan o'tkazdik. Tadqiqotimiz shuni ko'rsatadiki, Isroil hujumlari AQShda keyingi kundagi yangiliklar muhim va oldindan ma'lum bo'lgan voqealar bilan band bo'lganda ko'proq sodir bo'ladi. Strategik vaqt tanlash fuqarolik qurbonlari xavfi mavjud bo'lgan va kechiktirish juda qimmatga tushmaydigan hujumlarga tegishli. Mazmuniy tahlil Isroil strategiyasining ayniqsa salbiy hissiy mazmun bilan to'ldirilgan keyingi kundagi yoritishni minimallashtirishga qaratilganligini ko'rsatadi. Falastin hujumlari esa AQSh yangiliklariga mos ravishda vaqt tanlanmagan ko'rinadi".

@musofir_iqtisodchi

Martin Eden

14 Nov, 19:42


Qoʻshilaman shu fikrga

Martin Eden

14 Nov, 18:49


Qatar terma jamoasi hakamning ishonchini oqladi)

Martin Eden

10 Nov, 06:02


Badiiy Tarjima Darslariga Barcha Qiziquvchilarni Taklif Qilamiz.

Darslar uch oy, haftada ikki marta davom etadi.

Bu jarayonda sizga o'rgatiladiganlar:

- Badiiy Tarjima
- Tarjima Uchun Matn Tanlash
- Mualliflik Huquqlarini Olish
- Nashriyot Topish
- Tarjima Metodlari

Dars narxi oyiga 600.000 so'm
Faqat ingliz va turk tillarini kamida B2 darajasida biluvchilar qabul qilinadi.

Murojaat uchun: @willemesque

Martin Eden

09 Nov, 15:26


Shekspirning 5ta tomlik asarlari Ivan Karamazov kanalida, kim oshdi savdosida sotilyapti. Kimga qiziq boʻlsa oʻtib olinglar.

Martin Eden

06 Nov, 10:06


Here is the original version

Martin Eden

06 Nov, 10:06


I guess I have seen this before😅

Martin Eden

05 Nov, 18:54


AQSh saylovlaridagi matematik xatoliklar.

Amerikadagi prezident saylovlarida ko’pchilkning ovozi muhim degan noto'g'ri fikr mavjud. Aslida, AQSHda saylov tizimi shunday ishlaydiki, unda bir kandidat ikkinchi kandidatdan ancha kam ovoz yig'ib turib ham saylovda g'olib chiqishi mumkin. Statistik hisobga ko'ra, saylovda atigi 22% ovoz olgan kandidat 78% ovoz olgan kandidatdan o'zib ketishi ham mumkin. Bu hodisa Amerikada demokratiya yo'qligidan emas, balki saylov tizimining noyob tarzda ishlashidan kelib chiqadi.

AQShda saylovlar to'g'ridan-to'g'ri emas, balki o’rtadagi vakillar (electoral college) orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, fuqarolar prezidentga ovoz berish o'rniga, prezidentni ularning o'rniga saylaydigan vakilga ovoz beradi.

Umumiy hisobda 538 vakil bor, Amerikada aholi soni 335 mln, ya'ni bir vakil taxminan 620 ming kishiga vakillik qilishi kerak. Lekin bu raqam bir shtatdan ikkinchi shtatga o'tganda o'zgaradi.

Misol uchun, Wyoming shtati aholisi 580,000 kishi va shtat 3 vakilga ega, Kaliforniya aholisi esa 39,5 mln va 55 vakilga ega. Lekin muammo shundaki, Wyomingdagi 193,000 (580000/3) kishining ovoz qiymati Kaliforniyadagi 718,000 (39500000/55) kishining ovoz qiymati bilan bir xil. Ya'ni, Wyoming shtati fuqarosining ovoz qiymati Kaliforniyalik fuqaronikidan deyarli to'rt barobar ustun.

Saylovda: 1 Wyominglik = 4 Kaliforniyalik (50% va 50%), lekin aslida 1 Wyominglik < 4 Kaliforniyalik (20% va 80%) (bir-biriga nisbatan). Bu kabi holat katta va kichik shtatlar o'rtasidagi nohaq farqni keltirib chiqargan.

Ikkinchidan, "winner takes all" tizimi, ya'ni ikki partiya o'rtasidagi farq bir shtatda 0.01% bo'lsa ham (50.01% va 49.99%), butun shtatning ovozi ozgina ustun bo'lgan partiyaga o'tib ketadi. Amerika elektoral tizimi uchun: (50.01% va 49.99%) == (100% va 0%).

2016-yilgi saylovda Klinton Trumpdan 3 millionga ko'proq ovoz olgan, lekin Trumpni qo'llovchi vakillar ko'proq bo'lgani uchun Trump g'alaba qozongan.

Bu tizim Amerika yangi davlat bo'lib paydo bo'lganida ish bergan, chunki o'sha paytda faqat oq tanli, yerga ega bo'lgan erkaklar ovoz bergan. Lekin vaqt o'tishi bilan bu tizim ko'plab nomutanosibliklarga olib kelmoqda.

@req404

Martin Eden

04 Nov, 22:21


Adam Smit’mi yoki Jon Nesh?
Adam Smit’ni toʻldirgan Jon Nesh!


Taxminan III asr oldin yashab oʻtgan olim, iqtisodiyot otasi Adam Smit oʻzining “xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqida tadqiqot” kitobida bozorning erkin boʻlishi raqobat muhitini shakllantiradi va unda har bir ishtirokchi oʻz ulushini maksimallashtirishga harakat qilib, jamiyat farovonligini oshiradi deb aytgan edi. Shuningdek, u raqobat va bozor erkinligi har bir ishtirokchiga oʻz qobiliyatlari va resurlaridan maksimal darajada samarali foydalanishga imkon beradi deb ta’kidlagan. Bu nazariyani biz “Koʻrinmas qoʻl” deb ataymiz. Menimcha, bu nazariya amaliyotda ham ishlaydigan nazariyalar ichida eng samaralisi boʻlsa kerak.

Biroq, hayotining soʻngi yillarini XXI asrda yashab oʻtgan matematik va oʻyinlar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan professor Jon Nesh Adam Smitning gʻoyasi har doim ham toʻgʻri boʻlmasligini, ba’zi hollarda individual manfaatlarga asoslangan raqobat eng optimal natija bermasligini koʻrsatgan. Unga koʻra, ayrim hollarda har bir ishtirokchi oʻz manfaatini koʻzlab harakat qilsa , umumiy natija na individ uchun va na jamiyat uchun optimal boʻlmasligi mumkin. Bunga klassik misol sifatida “mahbus dilemmasi” («дилемма заключенного») ni keltirish mumkin. (Izohda mahbus dilemmasini tushuntirganman)

Demak, agar ishtirokchilar oʻz ulushini maksimallashtirishga intilib raqobatga kirishsa, har ikkalasi kelishuv orqali erishishi mumkin boʻlgan kattaroq manfaatdan ayriladi. Buni biz “Nesh muvozanati” deb ataymiz.

Jon Nesh bu orqali individual manfaatlardan kelib chiqib raqobat qilish ba’zi hollarda umumiy manfaatni potensialdan pastroqda belgilashini, shuning uchun “Nesh muvozanati” bor nuqtalarda kooperatsiya (hamkorlik) qilish koʻproq foyda olib kelishini koʻrsatgan.

Xoʻsh, Nesh’ning gʻoyasi Smitning gʻoyasini inkor etadimi? Menimcha, yoʻq! Chunki, Smitning “koʻrinmas qoʻl”i asosan jamiyat farovonligi va resurslarni maksimal darajada toʻgʻri taqsimlashga qaratilgan boʻlsa, Nesh, ba’zi hollarda individual manfaatlarni koʻzlab raqobat qilganda har bir oʻyinchining manfaati hamkorlik qilingan ssenariyda olinishi mumkin boʻlgan manfaatdan koʻra kamroq boʻlishi haqida gapirgan. Ya’ni ikkisining yondashuvi ikki xil tizim va sharoitlar uchun edi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Nesh Smit’ni inkor etmagan balki toʻldirgan.

@economist_martin

Martin Eden

31 Oct, 10:36


Iqtisodchilar nafasi sovuqmi?

19-asrda yashagan Thomas Karlayl iqtisodni "yoqimsiz" deb ataydi. Kapitalistlardan bezigan xalq orasida bu ma'lum mashhurlikka erishgandi. Darhaqiqat, iqtisodchilarning da'volarini eshitsangiz, ularning aksari juda yoqimsiz. Keng ko'cha va yo'llarimizni toraytirib, avtomobilda yurish narxini oshirish va shu orqali o'rta qatlamni avtobusga tiqib, faqat oz sonlio boylar avtomobilda yuradigan eko-shahar qurish. Ishsizlarni ishlatish uchun ularga beriladigan nafaqalarni to'xtatish. Davlatning saxiylik bilan qiladigan bayramoldi narxlarni tushirishni tanqid qilish. Tekin ta'lim va tibbiyotni qisqartirish. Taqchillik yuzaga kelib, xalq boshiga kulfat tushganda narxlarni oshirish qo'llab-quvvatlash. O'zlari ham amin bo'lmagan qandaydir uzoq muddatli o'sishni o'ylab bugungi baxtli onlarni "qurbon qilish".....

Sirtdan qaragan inson uchun bular juda razil, xudbinona ko'rinadi. Biz ishongan yorug' va baxtli jamiyatga qarshilik qilishayotgandek go'yo. Aslida-chi ?

Biz insonlar ko'pincha dalillarga emas, balki ishonishni xohlagan “haqiqatimiz”ga ishonamiz. Bizning ma’lumotlarni qabul qilishimiz, voqelikni kuzatishimiz o'zimiz va atrofimizdagi dunyo haqida tasavvurlarimizga moslashadi. Biz nafaqat kognitiv tarafkashliklarga duchor bo'lganmiz, balki ularni mustahkamlaydigan asoslarni ham qidiramiz. Biz faktlarni e'tiqodimiz prizmasi orqali izohlaymiz; biz gazetalarni o'qiymiz va unda e’tiqodimiz tasdiqlaydigan xabarlarni qidiramiz. Yel universitetining huquq professori Den Kaxan demokratlarga ovoz bergan amerikaliklar antropogen omil (insonning global isishga ta'siri)ning ilmiy isbotlari bilan to’qnash kelganida ularni chin dildan qabul qilishganini, biroq, respublikachilar shu ma'lumotlarga skeptiklik qilishgan kuzatgan. Bundan ham hayratlanarlisi, bu ta'lim yoki aqliy salohiyat bilan bog’liq emas. Respublikachilarning yuqori salohiyatli vakili, o’rta ta’limni arang tamomlagan trampchilar kabi faktlarni rad etishgan. Hech kim bunga qarshi immunitetga ega emas. O'z kelajagimiz haqida o'zimizni ishontirish istagi ham iqtisodiy hodisalarni tushunishimizda muhim rol o'ynaydi. Biz global isishga qarshi kurashish va bir vaqtda iste'molimizni kamaytirmaslikni xohlaymiz. Shu sababli siyosiy munozaralarda "yashil o'sish" tushunchasi mashhur. Bu atrof-muhitga zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, shu bilan birga, avvalgi narxda sotishni anglatadi. Ammo agar bu shunchalik oson bo'lsa, nega mamlakatlar allaqachon yashil o’tishni amalga oshirmadi? Biz baxtsiz hodisalar va kasalliklar ancha uzoqda, faqat boshqalarga ta'sir qiladi deb o'ylashni yaxshi ko'ramiz. Bu xavfsizlik
kamarisiz mashina haydashga yoki nosog’lom ovqatlanishga sabab bo’ladi. Davlat qarzining ko’payib ketishi bizning ijtimoiy xizmatlarimizga xavf tug'dirishi mumkinligiga ishonishni xohlamaymiz - yoki hech bo'lmaganda, boshqa birov hisobni to'lashiga aminmiz. Biz hamma odamlar yaxshi xulq-atvorga ega bo’ladigan, kompaniyalar ixtiyoriy ravishda ifloslanishni va soliqlardan qochishni to'xtatadigan, odamlar politsiya xodimlarisiz ham ehtiyotkorlik bilan harakatlanadigan dunyoni istaymiz. Shuning uchun Gollivud rejissyorlari bizning kutilmalarimizga mos yakunlarni havola etishadi. Bu baxtli yakunlar adolatli dunyoga ishonchimizni, yaxshilik yomonlik ustidan g’alaba qozonishini tasdiqlaydi. Populistlar tomonidan ilgari suriladigan utopik iqtisodiy takliflarni rad etadiganlar esa insoniyatning dushmani sifatida ko’rinadi. Shu bois, chiroyli xayolotdan ko’ra, achchiq haqiqatni namoyon etuvchi iqtisodiyot ko'pincha "yoqimsiz" deb ataladi.

Iqtisodchilar ham insoniyatning baxtli va farovon yashashini hech birimizdan kam xohlashmaydi. Ular shunchaki, imkoniyatlarimiz chegarasini yaxshi bilishadi. Ular biz hamma narsani yarata oladigan Xudo emas, ojiz bandalar ekanimizni eslatib turishadi. Kuchsizligimizni, imkoniyatimiz yetmasligini eslatadigan narsalar pushti ko'zoynakni yechishga majbur qiladi va bu og'riqli. Garchi "og'riq" foydali bo'lsa-da, biroq hammaga ham yoqavermaydi.

@Fan_choyxonasi

Martin Eden

28 Oct, 11:16


Tug‘ilish haqida

Yil boshidan buyon qariyb 694 ming ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nistan 3,2 foizga pasaygan (birinchi uch oyda bu farq 4,3 foiz edi).

Yaqin tariximizda 2016 hamda 2017 yillarda ham tug‘ilish mos ravishda 1,3 foizga va 1,4 foizga pasaygan edi. Bundan tashqari, 2011 (-1 foiz), 2010 (-3,3 foiz), 2005 (-1,3 foiz) hamda 2003 (-4,6 foiz) yillarda ham tug‘ilishning pasayishi qayd etilgan.

Mustaqillikdan yangi asrgacha bo‘lgan iqtisodiy qiyinchilik va tiklanish davrida esa tug‘ilishning pasayishi odatiy holga aylanib qolgandi. 1992-2000 yillarda faqatgina 1995 yilda tug‘ilish 3,2 % o‘sgan bo‘lsa qolgan barcha yillarda tug‘ilishning chuqur pasayishi kuzatilgan.

Xo‘sh, joriy yilda kuzatilayotgan pasayish yaqin tariximizdagi kuzatilgani kabi bir yillik pasayishmi yoki uzoq davom etuvchi demografik muammolarning boshlanishimi?.

Bu savolga aniq javob topish qiyin. lekin menimcha hozirgi pasayish chuqur muammolarni ifoda etmaydi. Hozirgi pasayishni asosiy sababi esa 1992-2001 yillardagi tug‘ilishning pasayishi hisoblanadi. O‘sha yillarda tug‘ilishlar soni qariyb 30 foizga pasaygan. Masalan, Mustaqillikning ilk yillarda 700 mingdan ko‘proq bola tug‘ilgan bo‘lsa, yangi asrga kelib bu ko‘rsatkich 500 mingacha pasaygan.

Hozirga kelib mustaqillikning ilk davrida tug‘ilgan insonlar farzand ko‘rish davridan o‘tmoqda va ayni chuqur pasayish davrida tug‘ilganlar mamlakatdagi tug‘ilishlar sonida asosiy rol o‘ynay boshlagan. Bu esa tabiiy ravishda tug‘ilishning kamayishiga olib kelayotgan bo‘lishi mumkin.

Masalan, hozirgi tug‘ilish darajasi va 27 yil oldingi (erkaklar uchun o’rtacha turmush ko’rish yoshi) tug‘ilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik (korrelatsiya) 0,46 foiz atrofida. Bu hozirgi tug‘ilishlar soni 27 yil oldingi tug‘ilishlar soniga sezilarli darajada bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Bu tendensiyani so‘ngi yillarda nikohlar sonining pasayish tendensiyasidan ham ko‘rish mumkin. Xususan, nikohlar soni 2024 yil 9 oyda 2,8 foizga, 2023 yilda 4,3 foizga hamda 2022 yilda 2,8 foizga pasaygan. Bu holat birinchidan nikoh yoshining biroz ko‘tarilayotganligi bilan izohlansa, ikkinchidan, Mustaqillikdan yangi asrgacha bo‘lgan davrda tug‘ilishlar sonining doimiy pasayish tendensiyasi ta’siri ko‘rina boshlaganligi bilan izohlanishi mumkin.

Shuningdek, aholi orasida nisbatan kamroq farzand ko‘rish haqidagi qarorlari ham hozirgi pasayishga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin har bir onaga tug‘ish darajasi (fertility rate) so‘nggi yillarda o‘sish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 2,4 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 3,3 ga yetgan. Ya’ni odamlar ko‘proq farzand ko‘rishga qaror qilishmoqda.

Umuman olganda, joriy yilda tug’ilish bilan kuzatilayotgan tendensiya ko’proq tug’ish yoshidagi insonlar sonining oldingi avlodga nisbatan kamligi bilan izohlansa kerak. Boshqacha aytganda, joriy yildagi pasayish chuqur demografik muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rsatmaydi, balki "mavsumiylikka" xos xususiyatga ega, xolos.

grafik

@Mirkonomika

Martin Eden

21 Oct, 02:39


Nega Urush Muqarrar. Jahon tartiblari o'zgartirishi - Ray Dalio.

Hozirda eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan kitob haqida qisqacha intro rolik.

@req404

Martin Eden

20 Oct, 21:54


https://youtu.be/LIj0raIdjLY?si=4nvUvX5kallYeXRw

Martin Eden

18 Oct, 04:42


https://www.gazeta.uz/uz/2024/10/17/nobel-economic-sciences/

Martin Eden

14 Oct, 12:43


Нобель

Martin Eden

12 Oct, 10:49


Martin Eden pinned Deleted message

Martin Eden

04 Oct, 00:38


Премия Просветитель имеет, как известно, в составе своем специальную награду «ПолитПросвет» - за лучшую просветительскую книгу на социально-политическую тему на русском языке. Вручение всех премий будет 21 ноября, а вчера опубликован короткий список «ПолитПросвета», сформированный жюри. Состав жюри: Анна Наринская, Максим Трудолюбов, Николай Эппле и я, почтенный председатель.

Выбранные книги - на картинках (в алфавитном порядке по именам авторов). Всякие новости о премии можно смотреть на канале https://t.me/p_prosvetitel

НАСТОЯЩИЙ МАТЕРИАЛ (ИНФОРМАЦИЯ) ПРОИЗВЕДЕН И (ИЛИ) РАСПРОСТРАНЕН ИНОСТРАННЫМ АГЕНТОМ [ФИО] ЛИБО КАСАЕТСЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНОСТРАННОГО АГЕНТА [ФИО]

"📕 Сергей Гуриев*, Даниел Трейсман
«Диктаторы обмана: новое лицо тирании в XXI веке» @BNFF_notifications**

📕 Коллектив авторов под ред. А. Ю. Даниэля
«Энциклопедия диссидентства: СССР, 1956–1989» @nlobooks @polniypc* @toposmemoru*

📕 Антон Долин*
«Плохие русские. Рождение путинизма из коммерческого кинематографа» @meduzalive**

📕 Александр Кынев
«Кто и как управляет регионами России: система управления и административная устойчивость власти российских регионов» (Рутения)

📕 Дмитрий Травин
«Русская ловушка» @euspb"

https://t.me/p_prosvetitel/1315?single

Martin Eden

28 Sep, 11:56


McKinsey & Company-ning AI va Iqtisodiyot haqidagi tadqiqoti.

Martin Eden

21 Sep, 06:58


Iqtisodiy o'sish va IT haqida. (1-qism)

Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiy jihatdan dominant bo‘lgan davr Buyuk Ipak Yo‘li, quruqlikdagi eng katta savdo yo‘lining gullagan paytiga to‘g‘ri keladi. Lekin, ohirgi 3-4 asr davomida asosiy savdo va innovatsiyalar suv orqali yura boshlagan. Savdo yo‘llari quruqlikdan suvga o‘tganidan keyin, mintaqada iqtisodiy va texnologik tanazzul kuzatilgan.

Dunyoning eng rivojlangan mintaqalari — Shimoliy Amerika, Yevropa, Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq (ayrim davlatlari) — barchasida okean va katta dengizlarga chiqish imkoni mavjud. O‘zbekiston esa ushbu asosiy savdo yo‘llaridan chetda qolgan mintaqaning qoq markazida joylashgan. Quruqlikdagi logistika xarajatlari suv transportiga nisbatan ancha qimmat bo‘lgani sababli, eksport va import narxlarida boshqa davlatlarga yutqazib kelganmiz.

Baxtimizga, hozir yangi bir iqtisodiy sektor shakllangan — bu IT bozori, uning qiymati $5.3 trillion dollar. Solishtirish uchun, neft bozorining umumiy qiymati $2.1 trillion. Sun'iy intellektdan keyin esa IT bozorining eksponensial o‘sish koeffitsienti yanada oshdi.

Qisqa qilib aytganda, aynan shu bozor O‘zbekistonni botqoqdan olib chiqishi mumkin bo‘lgan tayoqdir. Chunki eksport jarayoni internet orqali soniyalar davomida amalga oshadi. Hammaning imkoniyatlari teng va geografiya to‘sqinlik qilmaydigan yagona yo‘nalish — bu IT.

Tayvan, 23 million aholisi bilan, dunyoning asosiy chip ishlab chiqaruvchisiga aylana olgan. O‘zbekistonning aholisi 40 millionga yaqin va asosan yoshlar. Agar biz kelajakda IT-xizmatlari bo‘yicha Top-10 ga kirmasak, rivojlangan davlat bo‘lishimiz juda murakkab masala bo‘lib qoladi…

@req404

Martin Eden

19 Sep, 20:25


Mana voqea qanday boʻlgan ekan:

Kecha The New York Times jurnalida “Isroil zamonaviy “Troya oti”ni qanday qurdi: portlovchi pagerlar” nomli maqola chiqdi. Unga koʻra, Isroil yillar mobaynida ushbu rejani amalga oshirishga tayyorlangan.

Eron va Eron qoʻllovi ostidagi guruhlar yillar davomida zamonaviy texnologiyalar orqali Isroil tomonidan qilinadigan hujumlarga qarshi zaif boʻlgan. Hizbullohning yuqori lavozimli komandirlari ham Isroil tomonidan nishonli suiqasdlar bilan yoʻq qilingan. Shundan soʻng Hizbulloh yetakchisi shayx Nasrulloh shunday xulosaga kelgan: agar Isroil yuqori texnologiyalardan foydalansa, biz pastga qarab harakatlanamiz. Ya’ni oddiy va sodda texnologiyalardan foydalanamiz. Mendan agent qayerda deb soʻraysiz, men sizlarga aytaman: sizning, xotiningizning va bolalaringizning qoʻlidagi telefon - agent!

Shayx Nasrulloh zamonaviy qurilma boʻlmish telefonni Isroil hakerlari buzib kirib kamera va gps orqali bizning harakatlarimiz va joylashuvimizdan xabardor boʻlayapti deb oʻylagan. Bunday oʻylashiga sabab Isroilning shunday loyihalarga katta pullarni investitsiya qilayotgani toʻgʻrisidagi hisobotlar boʻlgan. Tushunganingizdek, koʻpchiligimiz kechagina nima ekanligini bilganimiz - payjerlarga Hizbullohda mana qayerdan ehtiyoj paydo boʻlgan.

Nega peyjerlar? Chunki bunday qurilmalar foydalanuvchining harakatlari, joylashuvi va boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmay xabar uzatish imkoniyatiga ega. Hizbulloh yetakchisi Nasrulloh barcha telefonlardan voz kechishni buyurgan va peyjerlarga sarmoya kiritishni boshlagan. Bunday imkoniyatdan xabar topgan Isroil peyjer ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniya tuzish rejasini boshlagan.

Vengriyada joylashgan B.A.C Consulting kompaniyasi frontning Isroil tomonidagi kompaniya boʻlgan. U barcha uchun oddiy peyjerlarni ishlab chiqarsada Hizbulloh uchun maxsus, PETN portlovchi moddasi bilan toʻldirilgan batareyali peyjerlarni ishlab chiqargan. Hizbulloh harbiylari uchun peyjerlar muntazam aloqa vositasi boʻlsa, Isroil razvedkasi uchun bu portlatish “tugmacha”si hisoblangan.

Davomi qanday boʻlganidan xabaringiz bor. Seshanba kuni soat 15:30 dan keyin peyjerlarga arab tilida goʻyoki Hizbulloh yetakchilaridan xabar joʻnatilgan, ammo bu xabarni dushman - Isroil joʻnatgan edi. Peyjerni qoʻliga olganlar shu zahoti portlash qurboniga aylangan.

Voqea natijasida Bir vaqtning oʻzida 3000 ga yaqin odam jarohatlangan, 8-15 nafar odam vafot etgan. Ularning orasida tinch aholi vakillari ham koʻp boʻlgan. Hatto, vafot etganlar orasida afsuski bolalar ham boʻlgan. Ha, oddiy aloqa vositalarini oʻlim qurollariga aylantirish mumkin boʻlgan zamonda yashayabmiz. Umuman olganda, ushbu hodisa insoniyatga zamonaviy urushning yangi chegaralari haqida ma’lumot berdi va bu haqidagi tasavvurlarni tiniqlashtirdi.

Martin Eden

19 Sep, 16:59


Газ конида ёқиб қўйилган оловнинг Бойсун шаҳридан кўриниши, 14 сентябрь. Манба.

Martin Eden

19 Sep, 09:20


Nega samaradorlikni oshirish va korrupsiyani bartaraf qilish uchun davlat aralashuvi qisqarishi kerakligi haqida:

https://youtu.be/k9j8CCeiUz4?si=6oXAEshzf2q0c85q

Martin Eden

18 Sep, 13:20


Mehnat kodeksiga oid qoidabuzarliklar bilan shugʻullanuvchi mas’ullar bu kabi qonunbuzarliklarga bee’tibor boʻlmaydi va oʻzbekistonliklarning huquqlarini himoya qiladi degan umiddaman!

Martin Eden

18 Sep, 13:16


Ishcomuz telegram kanalida chiqqan e’longa koʻra, Growth oʻquv markazi xodimlarni ishga olishda mahalliychilik qilar ekan. E’lonni oʻqisangiz, ish berish boʻyicha talablarda “Toshkenli boʻlishi lozim”, “toshkenlik boʻlsin” deb yozilgan. Bu nafaqat umuminsoniy normalarga, balki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga ham zid! Ya’ni ishchanlik qobiliyatidan tashqari talablar - ortiqcha va bu kamsitish deb qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasida: “O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo'lishi shart” deb yozib qoʻyilgan.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, 4-moddasida: “Mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipi” batafsil yozilgan.

Martin Eden

18 Sep, 09:13


Олимларни Ўзбекистонга жалб қилиш, яхши университетлар қуриш, яхши факультетлар яратишдан маъно йўқ, токи муҳим маълумотлар барча учун очиқланмас экан.

Висконсин университетининг социология бўйича профессори Феликс Элверт билан қисқа суҳбатда менга энг кўп ёққан қисм маълумотлар очиқлиги бўйича фикрлар бўлди.

Элверт айтяпти: «— Ҳа, маълумотлар муҳим. Фактлар маълумотларни англатади. Фактлар сиёсатни режалаштириш учун зарур, чунки фактларни билмай туриб, оқилона сиёсат юритиш жуда қийин. Муҳим нарсалардан яна бири шуки, маълумотлар нафақат ҳукумат, балки фуқаролик жамияти учун ҳам очиқ бўлиши лозим. Ҳукумат қанчалик даҳо бўлишидан қатъи назар, фактларни аниқлаш ва уларни тегишли контекстга қўйишда тадқиқот ҳамжамияти билан алмашишдан фойда олади».

...

«Мен каби одамни нима ўзига жалб қилади? Ҳа, одамга муносиб маош тўлаш керак. Бу одамлар ўйлайдиган биринчи нарса. Аммо ҳақиқатан ҳам тадқиқот қилиш учун маълумотлар керак. Биз каби тадқиқотчилар Ўзбекистонга келиб, бу ерда охир-оқибат Буюк Британия ёки Франция ҳақида тадқиқот олиб боришга мажбур бўладиган ҳолатга тушишни истамаймиз. Улар Ўзбекистон бўйича тадқиқот олиб боришга қодир бўлиши керак».

Тўлиқ кўриш учун:
Видео
Матн