Sanduvoch @sanduvoch_uz Channel on Telegram

Sanduvoch

@sanduvoch_uz


“Sanduvoch” bulbul degani :)

Donat uchun: 8600570466868337

Aloqa: @qori_ishkamba | @sanduvoch_bot

Maʼmur: @usmonosphere

Sanduvoch (Uzbek)

"Sanduvoch" bir bulbul degani :) Bu kanalda, O'zbekistonda sevilayotgan qo'shiqlar, ertaklar va tanlovlar haqida ma'lumotlar topishingiz mumkin. Kanal a'zolari bilan musiqa haqida suhbatlashish, yangi qo'shiqlarni baham ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Agar sizga qo'shiqlar va ertaklar sozini yuqorili bir dozada oshirish yoqmasa, "Sanduvoch" kanali siz uchun! Kanaldagi sergalar bilan o'zingizni tanishtiring va yangi do'stlar toping. Donat uchun: 8600570466868337. Aloqa uchun: @qori_ishkamba | @sanduvoch_bot. Ma'mur: @usmonosphere. Siz ham "Sanduvoch" kanaliga a'zo bo'ling va O'zbekiston musiqasini sevib, ularga yana yarashing!

Sanduvoch

18 Nov, 14:14


Mana bu yerda ajoyib tanlov boʻlyapti ekan! Naq 5 ta kitob sizniki boʻlishi mumkin :)

Qoʻshiling: https://t.me/+_5ECovZkzWljMzMy

Sanduvoch

17 Nov, 16:27


#hafta_sheʼri #audio

Sheʼrni muallifning oʻzi oʻqigan

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

17 Nov, 16:26


​#hafta_sheʼri

MENING XATOLARIM

Bir suydirgi ichimda,
bir kuydirgi ichimda,
chiqib ketar sirgʻalib
oʻttiz ikki tishimdan.

Sahroyi dil savdoyi,
sheʼrdan nechuk qaytaman...
xato shudir: hammaga
hammasini aytaman.

Mening xatolarim-ay,
oʻ, mening xatolarim,
figʻon urdi Afgʻonzay —
u mening xatolarim.

Kecholmadim bu jonon
nozik adolarimdan,
kechmishlar kechdilar qon
mening xatolarimdan.

Etlarni sixlaganman,
Isoni mixlaganman,
vijdonga pichoq tortib,
ustida yigʻlaganman.

Xatodan chiqmaganman,
dunyoga sigʻmaganman,
Rasulullohni tinglab
esimni yigʻmaganman.

Mardi yoʻq maydon bilan
oʻlimlar sotganim chin,
zarsuluv shayton bilan
chirmashib yotganim chin...

Nechun sizni qoʻymayman,
oʻ, mening xatolarim!
Men oʻzimni oʻylayman —
shu mening xatolarim...

Farzandim — unut olam —
dilginangning darziman;
bolam, dorga os, bolam,
bolam, shunga arziyman.

Hirqirating — bezarar,
ey, Haqdan atolarim;
sirtmoqda siltaniblar
toʻkilsa xatolarim!

Qargʻang! Soʻking! Turmang jim!
Oʻylay jon chiqar oni
qoldirdim deb shu chirkin
toʻzib yotgan dunyoni.

Xatolarim oʻrnini
nahot bosmaysan, nolam;
oʻzim keldim doringga,
nechun osmaysan, bolam?..

Uv, mening xatolarim!
Huv, mening xatolarim!
Bolam, keldimi navbat,
yuv mening xatolarim.

Meros edi xatolar,
voris boʻlar boʻtam ham;
xato sabab jannatdan
quvilgandi Otam ham.

Tan olmasam — bu gunoh:
yasholmayman begunoh...
meni buncha sevasiz,
o, ishtiboh, ishtiboh!

Sizga rahmat qarz boʻlsin,
o, mening xatolarim!
Buyur, Xudo, dars boʻlsin
to mening xatolarim.

Dono, doro boʻlib gar
toʻradimmi Atodan?!
Qilingan xato!
Qaytar
qilinmagan xatodan!

Mansur Jumayev

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

13 Nov, 12:46


Shunchaki, biz bir-birini anglay olmasdan, yoʻlning qaysidir qismini tasodifan birga bosib oʻtgan begona insonlarmiz.

Remark, “Jannatdagi soyalar”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

11 Nov, 14:03


Mening qaysarligim oʻzim bilan bir kunda tugʻilgan boʻlsa kerak, butun umrim qalbimga yoki aqlimga qarshi qaygʻuli va muvaffaqiyatsiz qaysarlik qilish bilan oʻtdi.

Mixail Lermontov

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

10 Nov, 18:28


Mulki Turon kabi pora yuraklar,
Oyoq ostinda qon yigʻlar chechaklar,
Keltirgan bormi naysondan daraklar?

#hafta_sheʼri #audiosheʼr

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

10 Nov, 18:26


​#hafta_sheʼri

VATAN HASRATI

Yana javzo, chechaklar qorda qoldi,
Yana qirlarni tutdi lola dogʻi,
Bu ellarda koʻrinmas gʻam adogʻi,
Yana koʻzlar oʻzga diydorda qoldi,
Yana koʻzlar oʻzga diydorda qoldi.

Man bevatan qoldim vatan ichinda,
Na ifor bor, na rang chaman ichinda,
Yoshil baytlar soriq kafan ichinda,
Bogʻlar otash ichinda, norda qoldi,
Bogʻlar otash ichinda, norda qoldi.

Mulki Turon kabi pora yuraklar,
Oyoq ostinda qon yigʻlar chechaklar,
Keltirgan bormi naysondan daraklar?
Tanim kuzda, ruhim bahorda qoldi,
Tanim kuzda, ruhim bahorda qoldi.

Shafaqlar botdi Botu qonlarina,
Hech kim qiyo boqmas Choʻlponlarina,
Kim turar Qodiriyning yonlarinda,
Fitrat, Usmonlarim qay torda qoldi?
Fitrat, Usmonlarim qay torda qoldi?

Yor vaslidan soʻyla ey sanduvochim,
Erkdan bizga xabar keltir ey lochin,
Manga bundoq boqma ey dor ogʻochi,
Tufroqdan past bu boshim dorda qoldi,
Tufroqdan past bu boshim dorda qoldi.

Dorul fano, dorul xazan bu dunyo,
Bir yoni gul, bir yon tikan bu dunyo,
Bir bor emas, bir yoʻq ekan bu dunyo,
Kimlar yoʻq boʻldi, kimlar borda qoldi,
Kimlar yoʻq boʻldi, kimlar borda qoldi?

Yana javzo, chechaklar qorda qoldi
Yana qirlarni tutdi lola dogʻi,
Bu ellarda koʻrinmas gʻam adogʻi
Yana koʻzlar oʻzga diydorda qoldi,
Yana koʻzlar oʻzga diydorda qoldi.

Zarif Sultoniy

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

10 Nov, 13:10


Bolalar har doim ulkan orzular qilishadi. Mayda narsalarni tasavvur qilishmaydi. Afsuski, kattalargina ularning orzularini kichraytirishadi.

Shohrux Usmonov

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

04 Nov, 13:35


Volfgang Amadey Motsartdan iqtibos.

Videosini Instagramda. Marhamat:
👉🏿 https://www.instagram.com/reel/DB83IIDssDo/?igsh=MTd0bG1tdGNheWFrMw==

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

02 Nov, 15:11


Ular muhabbatdan qoʻrqishadi, chunki muhabbat ular nazorat qila olmaydigan olamni yaratadi.

Jorj Oruell, “1984”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

30 Oct, 09:36


Barchangiz unutmang, yomon hukmdorni saylovga borish shart emas, deb oʻylagan jonivorlarning oʻzi saylaydi. Yaʼni ovoz bermaganlar.

“Jonivorlar qiroli” multfilmidan

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

25 Oct, 12:42


Agar oshiqlik juda uzoq davom etganida edi, kishilar holsizlikdan, aritmiya yoki taxikardiyadan, ochlik yo uyqusizlikdan oʻlib ketishardi.

Yanush Vishnevskiy, “Tarmoqdagi yolgʻizlik”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

21 Oct, 13:28


Badavlat boʻlishni istasangiz, davlatingizni boshqalarga ham ulashish iqtidoriga ega boʻlishingiz kerak. Boy boʻlishning yagona sharti shu.

Muhammad Ali

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

17 Oct, 15:33


Dunyoda katta-katta yolgʻonlar bor. Ularning oldida bizlarnikini yolgʻon deyishga ham uyalasan kishi.

Abdulla Oripov, “Ehtiyoj farzandi”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

13 Oct, 06:11


Ruhsiz odam tutqun. Ruhsiz odam qul boʻladi. Ichida Ollohi bor odam erkin. Uning hech narsada qoʻrquvi yoʻq. Hamma narsadan erkin boʻladi.

Rauf Parfi

@sanduvoch_uz