zouᴉɹɥǝW @mehrnoz_abbos Channel on Telegram

zouᴉɹɥǝW

@mehrnoz_abbos


telba-teskari olamimga xush kelibsiz)

zouᴉɹɥǝW (English)

Welcome to 'zouᴉɹɥǝW', a unique Telegram channel created by the talented user @mehrnoz_abbos. This channel is dedicated to providing a variety of thought-provoking and inspiring content for its audience. Whether you're looking for motivational quotes, beautiful artwork, or insightful articles, 'zouᴉɹɥǝW' has something for everyone. @mehrnoz_abbos, the creative mind behind this channel, is passionate about sharing positive messages and engaging with like-minded individuals. With a focus on personal growth and self-improvement, 'zouᴉɹɥǝW' aims to inspire its followers to strive for greatness in all aspects of their lives. So, if you're ready to embark on a journey of self-discovery and enlightenment, join 'zouᴉɹɥǝW' today and let the magic unfold. Welcome to a community where positivity and creativity thrive - telba-teskari olamimga xush kelibsiz!

zouᴉɹɥǝW

21 Feb, 09:29


* * *

Худоё, Аёлга куч бер, Худоё,
Қирқ жонига қирқ минг жаллод тикмиш дор.
Қачондир қўллари гул эди унинг
Бугун елкасида қушлар ини бор.

Худоё, аёлга ишқ бер,
Жунун бер
Ўз умри ичинда бўлмасин талош.
Йўл бер, кўзларидан томчи-томчилаб.
Сўнгида Ўзингга этувчи йўлдош.

Жангларга ташласанг
Зафар бер, шон бер
Зулм арқонига танғилмасидан.
Гар болам деб ўлса, қайтадан жон бер,
Иймон бер нафсига енгилмасидан.

Сўнгсиз тоқат берма,
Ўтдай исён бер
Севги бер шу ўтни ўчиргунингча.
Бир Одам кўксидан мутлақ қўрғон бер
Токи ҳузурингга кўчиргунингча.
Худоё,
Аёлга куч бер
!

https://t.me/Madina_Norchayeva

zouᴉɹɥǝW

20 Feb, 16:41


Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 8 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Charli Chaplinning qizi Jeraldinega maktubi

Izoh
: Bilasanmi, bolaligingda tunlari sening yotog’ing yonida o’tirib, “Uyqudagi go’zal”, “Hushyor ajdarho” ertaklarni aytib berganman. Ko’zlarimga uyqu kelganida unga kulib shunday derdim: “Ket! Uyqum, bular qizimning orzulari!” Men sening orzularingni ko’rardim, Jeraldine, kelajagingni, bugungi kuningni ko’rganman…

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/charli-chaplinning-qiziga-maktubi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/30hSXCN1l0Q

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

zouᴉɹɥǝW

20 Feb, 07:42


Odamlarga tilak bildirishga qo’rqaman. Hamma narsaning badali bor-da. Uzoq umrning, sog’likning, baxt-u saodat va muhabbatning ham to’lovi bor.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

19 Feb, 13:57


MehrNozimga

Dunyoga suhbat uchun kelganmiz,
Qay bir darajadan soʻng
faqat suhbat boʻlar ehtiyojimiz.
Duolarimiz,
namozlarimiz,
sheʼrlarimiz,
yaratgan suratlarimiz suhbatdir asli.
Hamma oʻz tilida suhbat qilar balki –
nonvoy non yopa turib,
temirchi temirlardan buyum yasarkan...
Hatto ateistlar shubha qilarkan –
izlanarkan suhbat istaydi,
ularning suhbat tili bu.

Biz hamma narsaga toʻyamiz,
ammo suhbatga emas.
Avval yaqinlaring bilan,
bora-bora faqat U bilan
soʻzlar,
koʻzlar,
ishoralar,
sukunatlar aro boʻlib boradi.

Suhbat uchun kelganmiz biz,
kel, suhbatlashaylik…

@FeruzaXayrullayeva

zouᴉɹɥǝW

19 Feb, 05:16


Sariq chaqalik sevgimga

Sen
Moyemning Striklendi eding,
Tubsiz edi tubanliklaring.
Ma’qul edi yashash betayin,
Qolmas eding yolvorsam ham ming.

Sen
san’atga saylanganding qul,
Xotirangdan o’chgandi oting.
Suvratimni chizib bo’ldingu,
Meni shartta yoqib yubording.

Yo’q,
yangi bir qahramonsan chin,
yozmaslikka qo’ymaydi shu dard.
Kitoblardan chiqib kelganding,
Kitoblarga qaytarmog’im shart.

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

18 Feb, 16:58


FARGʻONADA ILK BOR

SHE’RIY KONSERT
“DILI QANI BEDILNING?..”
AZIZ SAID

Shoshiling, chiptalarni tezroq xarid qiling. Joylar soni cheklangan!

Online xarid uchun:
📮 t.me/lirika_chipta
☎️ (91) 106-64-44

Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

zouᴉɹɥǝW

18 Feb, 08:42


Millat onalari shunday holatdayam o'qirkan, bolasiga ilm berarkan, she'r yozarkan, she;r o'qirkan. bu xalq, bu millat o'lmaydi! Madinam, to'xtamayotganing, jasorating uchun-da sen bilan faxrlanaman!

zouᴉɹɥǝW

18 Feb, 06:28


Bizning necha yil yashaganimiz necha marta o’lganimiz bilan belgilanadi.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

18 Feb, 04:49


ХИРГОЙИ

Сен мени ўйласангу ўйингни суриб турсам,
Тушингга кирганимни тушимда кўриб турсам.

Кўзларингга кирволиб, чиқмайман, деб турволиб,
Юрагингдан ер олиб, кўксингда уриб турсам.

Бировга бўйлар бўлсанг, ўзгани ўйлар бўлсанг,
Розингни сўйлар бўлсанг, фикрингни буриб турсам.

Фикру зикринг бурсаму, бир анжуман қурсаму,
Ичингда ўлтирсаму, юзингни кўриб турсам.

Кўриб ҳолинг афтода, андуҳлардан озода,
Меҳрингдан ичиб бода, айшимни суриб турсам.

Саман отингдан тушиб, қўйсанг бир кўз уришиб,
Жон деб жонимга қўшиб, жонингни ўриб турсам.

Ман аввалу охирдан, кўйингда мусофирман,
Не истайсан Носирдан, қошингда кулиб турсам?

https://t.me/Nosir_Abbos

zouᴉɹɥǝW

18 Feb, 03:39


Mehrnoz kanalini oʻqishga urinayotganimda)

🎨 ZakovArt

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 15:34


Dee, eslaysanmi?!

Talabalik vaqtimizda mushkul vaziyatlarimiz qolib, Boburning bir satri uchun yig’lab o’tirardik. O’sha eng go’zal yig’ilarimiz bo’lgan ekan…

✍🏻Me

To’liq video

@deemeDM

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 11:49


“Mumtoz davra” xonimlari Boburiy malikalar timsolida Boburdan sevimli baytlarimizni o’qigan edik. Ne baxtki, menga Zebiniso bo’lish nasib qilgandi.

#Bobur_kuni
#Bobur_day
#mumtoz_davra

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 11:22


Mana bu kanalimda musiqiy Boburxonlik bo’lyapti.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 08:16


Qaro zulfung firoqida parishon ro‘zgorim bor,

Yuzungning ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.

Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zumdin qon ravon qildi,

Nega holim yomon qildi? Men andin bir so‘rorim bor.

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 08:10


Har neniki ayladim xatoliğ bõldi...

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 08:10


Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur.

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 07:32


Bizni unutqonni unutmoq kerak😄

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 07:10


Sen gulsen u men faqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasen ul shu'lağa kuldurmen,
Nisbat yõqkim deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga vale senga quldurmen...

zouᴉɹɥǝW

14 Feb, 07:09


Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkuldur.

zouᴉɹɥǝW

07 Feb, 04:12


Ichidagi durni ko’rib qolgan odam tashqaridagi dengizga qaramaydi.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

06 Feb, 03:58


6-palata

Axxxaaxxaaxxaaxxaaaxa
6-palatada yashayapman,
qiziq -a?
Har kuni bir qissa yozilar,
Har kun tug’iladi yangi latifa.
Kulgularim chuqur edi qayg’ularim qadar.
Eng avj pardalarda xandon otardim.
Endi kulsam, og’riq beryapti, og’riq.
Chuqur kulolmayapman...
Nafasim yetmay qolyapti,
Uxlasam, o’lib qolaman, deb o’ylayapman,
uyg’onsam, yashashni eplolmayman, deb qo’rqyapman, ona.
Jin ursin,
tug’ilgan kuningiz edi-ku bugun,
6-fevralni 6- palatada kutyapmiz, kechiring.
Qachon o’rnashgandi ko’zingizga mung,
Qachon tikilgandim nigohingizga?
Iltimos, menga yig’latadigan dori ichiring.
osmonni to’ldirib yig’lashni istayman.
Dunyoni silkitib, siltab yig’lashni.
Kulaverib charchab ketgan ekanman,
Kulaverib, og’rib ketgan ekanman,
Sezmagan ekanman, ona.

Siz esa sokinsiz,
kulgungiz va yig’ingizni ajratib bo’lmaydi.
Jimir-jimir, mayin-mayin
inja-injadir bari.
Nuqul shoshilasiz joynamoz sari.
Istig’for aytasiz mening o’rnimga.
Gunohdan tiyilmas telba qizingiz.
Qayerdanam shoir tuqqan ekansiz
Esi kam, mehri oz qiz bo’ldim, essiz….

Holimdan bexabar, mast-u mastona,
Qanday shuncha yashadim,
Nechun shuncha yashadim,
Qachon shuncha yashadim, ona?

Axxxaaxxaaxxaaxxaaaxa
Butun xalq 6-palatada yashayapti,
qizziq-a?!

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

04 Feb, 03:43


Ayol. Jamol. Og’riq.

Og’rig’ini qushlarga sepdi
qushlar o’lib qoldi,
og’rig’ini gullarga quydi,
gullar so’lib qoldi.
Ayol yashayverdi, ayol yashnayverdi.

Og’rig’ini suvlarga sochdi,
Suvlar qurib qoldi
Og’rig’ini odamga ochdi,
odam jimib qoldi.
Ayol yashayverdi, ayol yashnayverdi.

Og’rig’ini Jamolga aytdi
Og’riq qiyofasida keldim, dedi U.
Og’rig’iga tikildi,
Og’rig’ini sevdi,
Og’rig’iga oshiq bo’ldi
Og’riqsiz yasholmasligini tushundi,
Og’riq bu – Xudo, deya pichirladi.
Ayol yashayverdi, ayol yashnayverdi…

✍🏻MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

04 Feb, 02:29


***

Ash-Shafidan salom keltirgan, ey dard,
Sindirmoqchi bo’lding tanim – qafasni.
Men sahnaga qaytdim – yashamoq–san’at,
Unutgandek edim hayot – nafasni.

Rejissor rol berar qayta va qayta,
Qanday ijro etmoq o’zimga bog’liq.
Men sahnaga qaytdim – bir so’zni ayta:
Go’zal iqrorlarni tug’adi og’riq!

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

25 Jan, 09:30


#bahramand
#Harriga_maktub

Ha, sen menga o’limni anglatding, Xudoni yodlatding. Rahmat, Harri!

Eslaysanmi Herminaga tengsiz muhabbat bilan tikilganingda, uning chiroyli ko’zlarida bir g’amgin haqiqat suzardi: “Bu xayrlashuv edi, bu kuz edi, bu qismat edi, lekin barchasidan barq urib ochilgan yozgi atirgulning xushbo’yi ufurib turardi”.

Sen haqingdagi kitob – kuz libosidagi bahor, dard niqobidagi davo, o’lim timsolidagi hayot, jahannam qa’ridagi jannat edi!

Harri, uzr, shu yerda maktubimni tamomlayman. Juda shoshyapman.

Janob Herman Hesse, boshqalarni ham kirish bahosi aql bo’lgan jinnilar teatriga taklif qilsam qarshi emasmisiz?

Rasmlar muallifi: Marjona Xidirova

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

25 Jan, 09:29


#mehrli_mutolaa

Harriga maktub

Men sen bilan ilk marta 20 yoshimda uchrashgan edim. Seni uncha anglamagan, sevib qolmagan bo’lsam ham yovvoyi tabiating, bo’rife’lingdan qattiq hayratlanganim rost. Xuddi sen minglab go’zal qizlar bilan oshiq-ma’shuq bo’lganing, ularning bari Herminada mujassamlashgani kabi sengacha va sendan keyin uchratgan insonlarim senda jam bo’laverdi.

Yigirma yosh odam sakkiz yildan keyin ellikka kirishi mumkin ekan.
Yo’qsa, men 28 yoshimda yana sen bilan to’qnashib, o’zimni 50 yoshli Harri bilan tengdosh his qilarmidim?

Devdek katta gunohlarim yelkamni bosib qolgan, ichimdan yovuz cho’l bo’risi chiqib, meni burdalab, g’ajib tashlayozgan chog’da sokin pichirlagan sen bo’lding: “Gunohsizlik–yaralmaganlikdir” Shu taskin yashatdi, nafasimga nafas qo’shdi.

O’lim bilan ko’chalarda yolg’iz sayr qiladigan, qahvaxonalarda capuccino ichib, miriqib suhbatlashadigan, u bilan birga yig’lashadigan, kulishadigan bo’ldim.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

24 Jan, 14:21


Iymon yangilanib tursa, iymon. Muhabbat yangilanib tursa, muhabbat.

Hukumat ham yangilanib tursa, hukumat.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

20 Jan, 14:30


#iqtibos

San’atkor – tuygʻular degustatori. Haddan tashqari koʻp va xilma-xil tuygʻuning ta’mini his qilganing sari, har olgan nafasing san’atga aylanib boraveradi.

Mehrinoz Abbosova

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

zouᴉɹɥǝW

20 Jan, 10:45


MUHABBAT

1.AYOL
U ayolning qo’llari dag’al,
U ayolning ko’ylagi dag’al,
Uni har kun kaltaklar eri,
Har kun yuzda ko’karar dog’lar.
Kecha nogoh yo’lning chetida,
Ko’rib qoldim o’sha ayolni –
U hidlardi men sezmay o’tgan
Mittigina marvaridgulni.

2.QAYG’U
Lattani ho’llar ekan
Qotib qoladi,
Yerga egib boshini
O’yga toladi.
Ajin bosgan yuzida
Aks etar qayg’u —
Kimni o’ylab, kimni eslab,
G’am chekadi u?

3.MUHABBAT
— Men sevaman,- shivirlar ayol,-
Kirlaringni yuvib beraman.
Dazmollayman ko’ylaklaringni
Seni quchgan qo’llarim bilan.
Faqat bir kun yoningda yotib,
Qulog’ingga shivirlasam bas:
«Yuragimning ostida kimdir
Xuddi sendek olmoqda nafas».

✍🏻XURSHID DAVRON

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

20 Jan, 10:45


Bugun katta shaxs va ulug’ shoir, tarixshunos olim, mohir tarjimon, davlat va jamoat arbobi, yurtimizda nomi ko’zga ko’ringan barcha yosh yozarlarning kashfiyotchisi, o’zbek internet maydonidagi eng yirik adabiy baza – “Xurshid Davron kutubxonasi” sayti asoschisi, sevimli ustozimiz– Xurshid Davron tug’ilgan kun.

Umrlari uzoq va barakali bo’lsin, ilohim. Millatimiz baxtiga omon bo’lsinlar.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

12 Jan, 06:10


Shoirlikning eng katta belgisi – yoshlik.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

12 Jan, 06:04


Yomon odamlar yo’q – o’zini tushuntirolmaydiganlar bor.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

08 Jan, 17:02


***
Shahar. Uy. Ishxona. Egizak kunlar,
Nuqul vaqt o'ynatar boshimda qamchi.
Umidim Sizifning toshidek qular,
Tag'in chorlayverar dunyo –aldamchi.

Yashayman–ongimda bodraydi savol,
Isyonim yoyilar ko'zimdan sizib.
To'satdan umrimda ro'y berib bahor,
To'satdan borliging qolgandek sezib.

G’irrom o’yinlarni tark etolsaydim,
O’zimni asrashga jur’atim yetsa.
Borim ehson qilib, so’ramay qaytim,
Ketish kerak paytda mardona ketsam.

Ammo, bir vatansan nochor va abgor,
Yoding qumsayurman olamlar kezib.
Bir kuni umringda ro’y berar bahor,
Bir kuni borligim qolasan sezib.

Xudo rahmat qilsin meni o’shanda…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

08 Jan, 12:09


💥 Yaqinroq keling! Uzoq kutilgan yil hodisasi - "Izlam-2" taqdimotiga oz fursat qoldi!

Kelmasangiz nimalardan bebahra qolishingizni bilasizmi? 🤫

— ijodkorlarning o‘zlari tomonidan o‘qiladigan she’r va monologlarni tinglash;
— mualliflardan maxsus dasxatlar olish;
— "Izlam" kitoblarini xarid qilish;

Demak, 11-yanvar (shanba) 11:00 da ko‘rishamiz! Boshqa rejalaringizni ortga surib turing😊


Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A
👉 Joylashuv | Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi

📘 @akademnashr

zouᴉɹɥǝW

07 Jan, 19:44


Shunaqa ekanmi? Bilmasam…

Ancha avval bir falsafiy rivoyat eshitgan edim. U vaqtda anglab-anglamay, shunchaki yaxshi hikmat ekan, deb o’tib ketgandim. Endi ma’nosini teran his qilyapman, ichimdan o’tkazyapman. Voqea bunday edi:

Bir qiz turmushga chiqmay turib, homilador bo’lib qolibdi. Buni bilgan ota-onasi qizni qattiq so’roqqa tutibdi. Qiz qornidagi bolaning otasi uylariga mayda-chuyda ishlarni qilish uchun keladigan faqir yigit ekanligini aytsa, uni o’ldirishlaridan qo’rqib, bu ishni rohib qilganligini aytibdi. Ota-onasi va qarindoshlari bir to’da bo’lib, rohibning huzuriga borishibdi va: “Sizni butun shahar aholisi boshiga ko’taradi, hurmat qiladi, nega bu ishni qildingiz, qizimiz sizdan homilador bo’lib chiqdi. Uyat sizga, sharmanda odam ekansiz”, deb malomat yog’dirishibdi. Haligi rohib ularga qarab jilmayibdi-da: “Shunaqa ekanmi, bilmasam….”, debdi.

Oradan yillar kechibdi, bola eson-omon tug’ilibdi. Suv tinib, hammasi o’tib ketgach, haligi sevishganlar bor gapni aytib berishibdi va to’qib chiqargan yolg’onlari uchun kechirim so’rashibdi.
Qizning ota-onasi va qarindoshlari rohibning oldida mulzam bo’lib, undan uzr so’ragani borishibdi: “Biz o’shanda nohaq bo’lgan ekanmiz, sizga tuhmat qilgan ekanmiz. Aslida, qizimiz uyimizda xizmat qiladigan faqir yigitdan homilador bo’lgan ekan. Iloji bo’lsa, bizni afv eting”, deb yig’lab yolvorishibdi.

Shunda rohib ularga qarab jilmayibdi-da: “Shunaqa ekanmi, bilmasam…” debdi…

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

03 Jan, 13:11


Gapirganda yolg’on gapirishim mumkin, lekin yozganda yolg’on yozolmayman. Istasam ham yolg’on yozolmayman. Shungami, ba’zan o’zimni shoirman, deb o’ylab qolaman)

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

03 Jan, 12:56


Odamlar nima derkin, degan odam yashamay qo’yaversin. Odamlar nima derkin, degan shoir yozmay qo’yaversin. Odamlar nima derkin, degan oshiq sevmay qo’yaversin.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

03 Jan, 04:48


DADAMGA

“ShamsiQamar” teatr studiyasining “Jaydari Martin” spektaklidan so’ng

***
Bir shoir bor edi, shoirmas –daho,
Shedevr yozardi xayolan har on.
Hayrat mo’l, ilhomi betinim edi,
U mening jaydari Martinim edi.

Og’rig’i basharga oid shaxs edi,
Bu mayda dunyoga hech sig’mas edi.
Bir qo’lda Navoiy, birida ketmon:
She’rga qorin to’ymas, topish kerak non.

Bir daho bor edi, nigohlari cho’g’,
Iste’doddan boshqa qurbonligi yo’q…
Hech kim tushunmadi, sezmadi uni,
Vatan kabi g’oyib bo’ldi bir kuni…

Shundan beri bo’zlar, o’zin izlarmi,
Tushlarida ko’rib chiqar SO’ZLARni,
Tunlari bo’ridek uvlaydi shoir,
Berkinib ko’zlarin suvlaydi shoir.

Dada, yig’laganing ko’rib qoldim-ku,
Endi buni qanday unutmoq mumkin?
Ko’z yosh kabi achchiq taqdirim, dadam,
Ey, mening jaydari Martinim, dadam.

Buyuk hasrat o’tdi qondan, otajon,
Dilda tug’ilmaslik orzusi pinhon.
Shundan beri gurlab yonadi bag’ring,
Armoning oqarar yongani saring,
Vatanni qutqarib qolardi balki,
Olovga tashlagan qo’lyozmalaring…

Eeeeyyy, mening jaydari Martinim, dadam….

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

02 Jan, 07:00


***
Olovli yilni kechdim, olovli,
Ishqorli ishqni ichdim, ishqorli.
Shivirlaydi bir nigoh erkalab:
“Viqorli bo’ling, xonim, viqorli”.

Savolli qaraydirman, savolli,
Har neki yangi bo’lsa – zavolli.
Suv kabi tindi ruhim–erktalab,
Viqorli bo’ling, xonim, viqorli.

Devorli boshim manim, devorli,
G’uborli ko’zlar qarar, g’uborli,
Anjuman ichinda xilvat qalb,
Viqorli bo’ling, xonim, viqorli.

Shoqolli to’da ko’p, shoqolli,
Alarga nazarim uvolli,
Sherlikning yuki bor shul sabab,
Viqorli bo’ling, xonim, viqorli.

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

31 Dec, 16:13


Kelayotgan yangi yil muborak, do’stlar.

2025- yil “Istisno” yil bo’lsin:)

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

30 Dec, 18:18


1000KITOB loyihasi yuzasidan

https://telegra.ph/1000KITOB-loyihasi-yuzasidan-12-30

Bayram arafasi boshingizni og‘ritayotganim uchun uzr, albatta :) Shunchaki, yaqin 2-3 kunda oilaviy bayramona shukuhda bo‘lamiz, ba’zi tushunmovchiliklarga hozir javob berib qo‘yib, keyin toki ish kunlari boshlangungacha bu haqda o‘ylamoqchi ham emasman.

To‘g‘ri tushunganingiz uchun rahmat.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

28 Dec, 05:26


Shu kunlarda xayolimni band qilayotgan o’ylar, miyamga qadalayotgan og’riqlarning sababi katta g’oyalar, millat uchun foydali loyihalar bilan bog’liq ekanligi biroz taskin beryapti ko’nglimga.

Mayda dardlar, xashaki muammolarga dosh berish eng qiyini, aslida.

Xudoyim buyuk baxt bergan bandalariga buyuk anduhlarni ham beradi, tabiiy bu…Behisob shukr….

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

27 Dec, 06:47


Rasman bugundan bayram boshlandi ichimda)) Ohista opa she'rimni qo'shiq qilibdilar!❤️

"Yaqinda bo'lib o'tgan konsertimizdan bir lavha. Unda "Misrlik" deb nomlangan qo'shiq ijro etilgan.
"K. Tarantinoning "Pulp Fiction" filmida ishlatilgan tarona aynan shu "Misirlou" qoʻshigʻi asosida yaratilgan. Usmonlilar davridan boshlab Sharqiy O'rta yer dengizi mamlakatlarida keng tarqalgan bu qo’shiq qadimdan yunon, arab, alban, arman, fors va turk tillarida yangragan. Men bu qo’shiqni yunoncha va oʻzbekcha aytdim. Oʻzbekcha matn uchun Feruza Xayrullayevaning she’rini moslashtirdim".

Rahmat!🥹❤️

@FeruzaXayrullayeva

zouᴉɹɥǝW

23 Dec, 05:55


Tug’ilgan kuningiz bilan, og’a!

***
Tangrim, meni "yo‘q" de so‘raganlarga,
Manzilimni o‘chir yuraklaridan.
Tush ko‘rganday bo‘lsin bul qari morboz,
Sira ko‘rinmayin istaklarida.

Yo‘q, qo‘l siltamadim, tushundim xolos,
Asli erta chiqdi mening savodim.
Buncha ko‘ngli nozik ko‘ngil bergansan!
Ruhimning taqvosin buzdi hayotim.

Tangrim, karaming keng, qattiq yashirgin,
Odam bo‘yi yetmas joylaring borku.
Qushlarning tushiga meni yashirgin,
Va’dangda tug‘ilmay yashash ham borku!

Yuragim sovqotdi, nazar qil, Egam,
So‘raganimni ber, so‘rmagandan qo‘rq!
Ustimni yopib qo‘y, ochilmas qilib,
Bilasan – ustimni ochgiligi yo‘q!

Shodmonqul SALOM

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

22 Dec, 17:26


#Izlam
#kitobli_yakshanba

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

21 Dec, 15:58


Kecha taqdimotda ishkal bo’masligi uchun mnovnaqa usuldan foydalandik:)

@mehrli_ishkal

zouᴉɹɥǝW

21 Dec, 09:06


Sen yaratgan o’yin voqealari va o’yiningda o’ynovchi qahramonlar xuddi o’ylaganingdek, xayolan chizib berganingdek bo’lmasligi tabiiy. Jarayon shuning uchun ham jozibali, sirli, dog’uli va dolg’ali bo’ladi.

Buni yozuvchilar “o’yin”i misolida tushuntiraman:

Yasnaya Polyanaga kelgan kishilardan biri Lev Tolstoyni Anna Kareninani o’zini poyezd tagiga tashlashga majbur etdingiz, deb berahmlikda ayblagan edi. Shunda Tolstoy kulimsirab bunday degan edi:

“Bu menga Pushkin bilan ro’y bergan tasodifni eslatdi. Bir kuni Pushkin o’rtoqlaridan biriga: “Tatyana menga qanday hazil qilganini qarang-a! U turmushga chiqdi. Buni undan hech kutmagandim” debdi.
Men ham Anna Karenina haqida ana shu gapni aytaolaman. Umuman, erkak va ayol qahramonlar gohida shunday qilg’iliklar qilishadiki, menga qolsa, o’shalarni hech xohlamasdim! Ular mening ko’nglimga yoqadigan ishlarni emas, balki chinakkam turmushda bo’lganidek, haqiqiy hayotda qilishlari kerak bo’lgan ishlarni qilishadi”.

Balzak barcha qahramonlarini tirik va yaqin odamlariday ko’rardi. U dam qahramonlarini yaramas va ahmoqlar, deb ovozi bo’g’ilguncha so’kar, dam ulardan kulib, xatti-harakatlarini ma’qullaganidan yelkalariga qoqar, dam ular musibatga yo’liqqanda, qo’lidan kelgancha tasalli berardi.

Buyuk ijodkorlar – buyuk o’yinchilardir.
Ular yaratgan o’yin, o’zlari o’yindan chiqib ketgandan keyin ham davom etadi. Ha, biz Navoiy yaratib ketgan o’yinda haliyam o’ynaymiz, VanGog o’ylab topgan o’yinda hanuz ishtirok etamiz.

O’yinni yaratib qo’yib, erkin qo’yib ber, yaratgan o’yiningdan lazzat ol, tamom. Ijodkorona yashash shu bo’lsa kerak.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

21 Dec, 09:05


O’yin falsafasi

Hayot – katta o’yin. Ba’zida kuching qolmaydi, shartta bu o’yindan chiqib ketging keladi.
Lekin nogoh miyangga kelgan bir fikr seni asrab qolishi, yashatib yuborishi ham mumkin: o’yin, o’yin, o’yin!!

Sen ojizliging, qo’lingdan hech narsa kelmaydigan odamliging uchun o’zingni baxtsiz his qilmayapsan. Sen birovlarning o’yinida o’ynashga ko’nmayapsan shunchaki.

Jimitdek paytimda tushunmay yozib qo’ygan bir satrim esimga kelyapti:

“Yorug’lik bor joyda, quyosh bor joyda
sham bo’lib yonishga rozi emasman”.


Endi angladim, bu satr odam o’z-o’zining o’yinini yaratishi, boshqachasiga rozi bo’lmasligi haqida ekan.

Ya’ni…tushunyapsanmi? O’yin ichida o’yin yarat o’zingga! O’yining qancha katta bo’lsa, zavqing shuncha baland bo’ladi. Sen yaratgan o’yinni buzmoqchi bo’layotganlarga “sen bilan o’ynamayman”, deb aytishga kuch top. G’olib, mag’lubliging emas, o’yindan oladigan zavqing muhim. Maydonni va o’yinchilarni ba’zan o’zgartirishingga, o’yin senga zerikarli tuyila boshlasa, tugatishingga to’g’ri keladi. Hech qisi yo’q, yangi o’yin, yangi zavq top.

To’rt yashar o’g’lim har gal o’ziga o’yin o’ylab topadi, hammamizni boplab o’ynatadi ham. Eng katta baxtni ham, zavqni ham u tuyadi. Mazza qiladi. Dunyoni qo’llariga olib o’ynaydi. O’ylayman, biz ham 4 yashar paytimiz shunaqa bo’lganmiz balki, keyin unutganmiz. Iloji bormi-yo’qmi bilmayman, lekin o’g’lim shu o’yin falsafasini esidan chiqarmasligini juda xohlayman.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

20 Dec, 04:56


ILTIJO

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

19 Dec, 15:11


Suhro Ziyo degan shoir yashaydi oramizda. Uning “Izlam” loyihasi doirasida go’zal kitobi chiqdi. Nomi – Daryo! Qizig’i, qizalog’ining ismi ham Daryo. Shoirning farzandi bo’lish baxti ismning go’zalligidan boshlanadi o’zi.

Suhrobni taniydiganlar bormi orangizda?

Bu galgi #kitobli_yakshanbada qatnashasizmi?

Yakshanbagacha “Daryo”
qo’lingizda bo’lsin -a?

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

19 Dec, 12:02


Bilasizlar, bu kanalga ijoddan boshqa olam xabarlarini tiqishtirishdan doim tiyilaman.

Lekin buni ulashmasam bo’lmasdi. Ish faoliyatim davomida shu ikki loyihani “tug’ib”, jamoa bilan birga voyaga yetkazyapmiz. Bu loyihalar ham katta ijodiy jarayonga aylangan. Besh-o’n yil o’tgach, asta-sekin bo’y cho’zib, ko’zga ko’rinadi. Ertaga shu ikki loyihaning chilladisi))

Har biringizni taklif qilamam. Bemalol kelaveringlar.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

16 Dec, 17:50


***
Baxt–muvaqqat, baxtsizlik –go’zal!
Baxtsizlikda ulkan ma’no bor,
Baxtsizlikda bordir yolg’izlik,
Yorug’lik bor unda tuganmas.
Toptalgan gul, xorlangan ayol,
dunyolardan katta iztirob,
Huquqi yo’q inson isyoni
baxtsizlikda mujassam mudom.
Baxtsizlikda munglig’ Vatan bor,
Ko’zi yoshlig’ xalq bor hech qursa.
Baxtsizlikda buyuk Turon bor –ushalmagan orzu bor, ajab.
Erkka tashna ruh bordir unda,
yaltoqlikdan jirkanish ham bor
Ta’malardan ozod, forig’dir
Baxtsizlarning yuzi yorug’dir.
Mazlumlikning yoniq timsoli,
Qayg’ulardan yaralgan olam.
Telbalarcha sevaman sizni,
Sizga ta’zim, ey, baxtsiz odam!

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

16 Dec, 05:49


“Dadamga maktublar” turkumidan

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

15 Dec, 17:30


#kitobli_yakshanba
#izlam

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

14 Dec, 08:02


​​#review #izlam

🕊"Avron"
📖Gulhayo Anorova

Madhiyadan baland aytsang azonni,
Ohlaring osmonni tebratsa oxir.
Ming yil qanotlari bog‘langan qushga
Erkinlik yelleri kelmasmi og‘ir?


Avron - ulug‘ fors lisonidagi bu so‘z toshqin ma'nosini anglatadi. Asosan bunday jimjimador, tilimizdan yiroq, qo‘llanmay qolgan so‘zlar, yosh shoir va nosirlarning kitoblari nomlarida ko‘p uchraydi. Ularning ko‘pchiligi bunday bizga "begona" nomlarni quruqdan-quruq oliftagarchilik uchun tanlashadi. Lekin Gulhayo Anorovaning kitobiga tanlangan nom, ayni u bop.

Gulhayo Anorova she'riyatida tizginlab bo‘lmas kuchli ruhiyat bor. Xuddi shoira ajdarhoni o‘z ichida saqlayotgan jajji musichaga o‘xshaydi, shuning uchun ham uning har bir satridagi nolishlarida avrondek so‘zlar otilib chiqadi. Unda mislsiz dard, firog‘ va iztirob chiziqlarini o‘quvchi darrov ilg‘aydi. Shoira ijodi g‘amnokligi bilan Feruza Xayrullayeva she'rlarini yodga solsa, jasorati bilan Mehrnoz Abbosovani esga keltiradi.

Lekin Gulhayoning eng katta muvaffaqiyati Halima Ahmaddek kamyob shoiralarimiz egalik qilayotgan quyuq metaforalar hosil qila olish iste'dodidadir. Chumoli inini jomga, yoki o‘zini o‘zanin bilmagan mavjga o‘xshatishlar bunga yaqqol dalildir. Ayniqsa shoira bokira so‘zini bir qator ayol jinslarga qo‘llaydi, u bir she'rida bokira o‘rmon desa, boshqasida Hilolni bokira deb nomlaydi. Bu sifatlashning eng cho‘qqisi esa "bokira havo" o‘xshatmasidir. Unda shoira bir so‘z bilan, ikki narsaning bokiraligini ta'kidlashga jazm qiladi.

Yana shoira uchun asosiy mavzu oila sifatida ko‘tariladi. Avvalo aka, so‘ng esa ota va ona munosabatlari she'rda yetakchilik qiladi. Shu oila stereotiplarini deb ham shoira beparda she'rlarga qo‘l urmaydi, unday she'rlar yozmoqlikdan qalamini tiyadi. Doim qiziqsinib bu singari mavzularga juda yaqin keladi-yu, teginishga jur'at etmaydi.

Shunday bo‘lsada, shoiraning qator muvaffaqiyatlari bilan birga kamchiligi ham bor. U o‘z iste'dodini to‘liq ishlatmayabdi. Gulhayo Anorova o‘zidagi iste'dod bilan o‘zbek nazmida tub burilish yaratishga qodir shoira deb bilaman va uning she'rlarini o‘qishingizni tavsiya qilaman. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K

P.s: 2024-yil o‘qilgan 40-kitob
#photo_by Santuagara

zouᴉɹɥǝW

13 Dec, 16:23


#kitobli_yakshanba
#izlam

Yoniq shoira Gulhayo Anorovani bilganlar biladi, bilmaganlar kitobli yakshanbamizda bilvoladi))

“Avron” kitobi haqida gaplashamiz, muallifdan she’rlar eshitamiz. Savollarimizni tayyorlab turaylik.

xarid

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 17:36


Shoir Najmiddin Ermatovning “Izlam” loyihasi doirasida nashr etilgan “Turon sog’inchi” kitobi
haqida suhbat.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 17:33


Live stream finished (1 hour)

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 16:00


Live stream started

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 16:00


Live stream scheduled for

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 12:47


Ustoz Abduvali Qutbiddinga

Ey, bori Xudovando,
O‘zing baridan avlo,
Bizga ko‘rganding ravo
valiysifat shoir-u,
shoirsifat avliyo.
Ayo, dilim, diloro,
g‘amim oq, yoshim qaro,
Saningdek tabib yo‘qtur,
bizimdayin bedavo.
Bulutlarga qoqildik,
yog‘mur bo‘lib yog‘ildik.
bosilmog’i dargumon
yurakdagi simildiq.
ona qiz Osimaning
sochi bo‘lsin chimildiq.
O‘tar siroti qildan
Nurlar girdikapalak.
Hazrati shoir keldi,
Hurlar girdikapalak,
Hurlar girdikapalak.
Qurshaganda sakinat,
Bir So‘z keldi g‘animat,
Bir So‘z ketdi g‘animat,
Shu So‘zni qilgil rahmat
Ey, bori Xudovando –
Lam yalid va lam yu(v)lad!

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 12:20


***

Yiyna urib tikib qo‘ying Farg‘onani ko‘zlarimga…
Atlas to‘qib hislarimdan Marg‘ilonni o‘rab bering,
Tilginamga holva topdim dildorimning izlaridan,

Ey yoronlar, qo‘llarini
so‘rab bering qo‘llarimga…

Andijonda jonim mani o‘krab chiqdi namozshomda,
Namanganda qonim qaynab faryod chekdi har oqshomda.
Sherlar keldi Samarqanddan, bu yigitning so‘zi rost deb,

Ey yoronlar, qamchi tegdi,
O‘tay desam bu dovondan…

Uchqo‘rg‘onda uchta qo‘rg‘on, barisida bitta armon,
Oltiariq tomonlardan shamol bilan yeldi hijron,
Vodiy uzra ucholsaydim, yordam bersa oymomojon,

Ey yoronlar, sevgilimning
Mijgonlari oromijon…

Haziniyday hazindirman, G‘aribiyday g‘aribdirman,
Muqimiyning hujrasida telbaxayol sanqibdirman,
Bo‘sh qadahga dardlarimni to‘lgunicha sipqibdirman,

Ey yoronlar, billalashib
Alam bazmin qizdiraylik…

Yiyna urib tikib bering Farg‘onani ko‘zlarimga,
Hislarimdan atlas to‘qib Marg‘ilonni o‘rab bering..
Hech qursa, bir ro‘molini hadya eting, o‘tinaman,

Tushib ketgan yuragimni
Chirmab bering ko‘kragimga…

@abduvali_qutbiddin

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 07:40


Bugun soat 21:00 da bo’ladigan ovozli chat esingizdami?

Kitobni shoirning vataniga obketyapman. Qashqadaryodan turib qatnashaman bu suhbatda.

Kim qayerdan turib ishtirok etadi, yozinglar-chi?

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

08 Dec, 03:25


***
Osmon oq gul sochar, vaʼdalar sochar
sodda daraxtlarning ko‘nglini xushlab.
Zamin ko‘rayotgan oppoq tushlarning
taʼbirin topmoqqa shoshilar qushlar.

Xazina otamning, olim otamning
chiroqsiz tunlarda qalami nishlar.
Shaharning yaltiroq davralarida
jarang sochaverar bo'm-bo'sh "idish"lar.

Hech yo‘q bo‘lsa edim bir o‘tin, bir has,
Yodim zulmatida onam qunishar.
Qishloqda ayollar tug‘ib charchamas,
O‘ylar tugamaydi, bitmas yumushlar.

Oqarib ko‘rinar maysalar nurday–
yorib chiqqan misol yerni sut tishlar.
Garchi qor ustiga qor yog‘ar bunda,
Yuragimda pinhon bir bahor qishlar.

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

07 Dec, 07:56


***

Tark etmoq xayoli naqadar jozib,
Qalbni uyg’oq tutar bu xil ishtiyoq.
Yillarni yashadim aqldan ozib,
Men qora odamman, boshqalar oppoq.

“Ket” deb sado berar har bir hujayram,
Yo’limni buraman, ochaman so’qmoq.
Kimningdir ishqida yongan chog’im ham,
Ayrilmoq istayman undan, ayrilmoq.

Hijrondan tug’ilgan tuyg’u ulkandir,
Ulg’aytsa, ayriliq ulg’aytar ko’proq.
Ba’zida kibrimga bo’laman bandi,
Ba’zida boshimdan sochaman tuproq.

Daraxtga o’xshayman shamolga oshiq,
Fasllar ishqimga qo’shar harorat.
Kun kelar, turg’unlik qiynamas ortiq,
Kun kelar, osmonni quchaman xushbaxt.

Dardga toqat qilar yuragim –sabiy,
Yasharman hayratga to’ldirib, to’lib.
Otamdan, onamdan ketganim kabi,
Dunyodan ketarman suyukli bo’lib.

Ungacha tark etmoq xayoli g’olib,
Ungacha umrimni qurshaydi farah,
Ungacha men uni sevaman yonib,
Ungacha shamolga aylanar daraxt.

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

05 Dec, 06:01


#Izlam
#Kitobli_yakshanba

Bu galgi “Kitobli yakshanba” da Najmiddin Ermatovning “Turon sog’inchi” kitobini tahlil qilamiz.

Orangizda kitobni o’qib tugatganlar bormi?

Yakshanbagacha sotib olib, o’qib chiqishga ulgurasiz.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

01 Dec, 17:53


#kitobli_yakshanba
#izlam

Muhammadxon Yusupovning “Deraza ortida” kitobi haqida suhbat

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

01 Dec, 11:40


Chiroyliligini bilib qolgan qiz boshqa chiroyli sanalmaydi. Iste’dodliligini anglab qolgan inson ham ortiq iste’dodli emas.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

01 Dec, 06:25


Yomg’irdan so’ng

Yomg’ir tindi, yupandi osmon,
Maysalarning bosildi tafti.
Yashasaydim yodingsiz oson
nechadir kun, nechadir hafta…

Ko’zlarimdan chiqmasang sizib,
Yuragimda olmasang nafas.
Qanotimni qo’ymasa ezib
xotirlardan to’ralgan qafas.

Yo’liqmasa eding zaminda
Uchratmasa edi ko’r qismat.
Esli ayol bo’lardim jinday,
Aylanardim odamga qisman.

Ko’z yoshimga ivitib ba’zan,
ochman – qotgan baxtimni yeyman.
Yomg’ir kabi oliy hodisam,
sodir bo’lding, nima ham deyman.

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

30 Nov, 19:09


Kechagina sevgilim Kuz bor edi
deraza ortida…

Kitobni o’qidinglarmi?

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

29 Nov, 09:00


#adiblar
#karikatura
#tanlov

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi shoir aks etgan? Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga shoir dastxati bilan kitob sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

zouᴉɹɥǝW

28 Nov, 15:29


Bir tuni rejissiyor do’stim Husnora bilan tonggacha she’rxonlik qildik. Mushoira orasida bundan ancha yillar avval yozilgan “Qismat” nomli she’rimni ham o’qigandim. Husnora o’sha oqshomdan beri “Ko’zing o’ylashim bilan ko’zimga suv keladi, Men hecham qo’rqmaydigan go’zal qo’rquv keladi” degan satrni takrorlab yurganini aytdi va to’liq matnni yuborishimni so’radi.

Kecha feysbukda shu she’rni juda go’zal ijro qilganini ko’rdim.

U bu satrlarni 16 yoshda yozganimga haliyam ishonmayapti, uning ajablanganini ko’rib, o’zimam shubhalanib qoldim:)

Shunaqa…aqldan tashqarida bir nimalar yozib qo’yarkansan-da, keyin hayratlanib o’tirarkansan😅🙈

O’zi postdan maqsad Mehrnozni mensib, she’rini o’qigani uchun Husnoraga rahmat aytish edi))

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

27 Nov, 14:08


Do’stlar, #kitobli_yakshanba ruknini “Izlam” loyihasining yangi to’plamini mutolaa qilish bilan davom ettiramiz.

Dastavval, Muhammadxon Yusupovning (men uni geniy deb chaqiraman) “Deraza ortida” kitobini o’qiymiz.

Yakshanbagacha bemalol sotvolishga, o’qib chiqishga ulgurasiz.

Muallifning o’zi ham suhbatda ishtirok etadi. Ayamay tanqid qilamiz, ehtiyot bo’lib maqtaymiz. Asar haqida yozuvchining xayoliga kelmagan tahlillarimizni aytamiz.

Xullas, deraza ortida nimalar borligini birga kashf qilamiz.

Shu kelayotgan yakshanba, 21:00 da mana shu manzilda ko’rishguncha.

Xarid: t.me/akademsavdo

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

27 Nov, 11:58


Biz ayollar fantaziyadan homilador bo’lib, yo fojia yoki baxt tug’amiz.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

24 Nov, 10:57


Bo’shlig’i bor odamning doim boshlig’i bo’ladi…)

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

24 Nov, 05:57


Kurashadigan narsangiz qolmagan joyda qulga aylanasiz…

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

16 Nov, 09:11


Meni malikadek o’stirdi dadam,
Osonroq yashardim qul bo’lganimda…

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

14 Nov, 04:34


Bilaman, yo’llarda ruhing toliqqan,
Davom etmoq kerak, ammo, azizim


✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbbos

zouᴉɹɥǝW

13 Nov, 13:42


Yumaloq falsafa

Anhor bo’yidagi suhbatdan

HusnOromga

Suvning oqishiga soatlab temulamiz —
oyning oqishiga,
quyoshning oqishiga,
tuyg’uning oqishiga,
qayg’uning oqishiga,
quvonchning oqishiga,
ishonchning oqishiga,
yurakning oqishiga,
tilakning oqishiga,
sabrning oqishiga,
umrning oqishiga
hadsiz termulamiz…
og’riqdan, azobdan, ishqdan qizargan
ko’zlarimiz allaqachon oqib ketganini sezmaymiz–
shafaqqa singishib ketadi anhor…

oqizoq qilamiz tasavvurlarni:
chayqalib, chayqalib keladi moziy.
Oqib kelayotgan Musomi, qara?
Qay birimiz ekan Osiyo?
Yo’q, yo’q, hali osiymiz! Osiy!

Sandiq ilinadi qo’llarimizga
ochmaymiz, qo’rqamiz Tohirdan–
baxtdan…
Yo’lidan qolmaydi, oqadi vaqt-da.

Olmadek oqib kelayotgan
hayotning yumaloq falsafasini
tutamiz nogoh:
yashamoq bu – davomli oqmoq.
Oqqan sari oqarar odam,
Tokay ko’lmak bo’lishga ko’namiz–
Dengiz chiqsin ayollardan ham!

yashamoq bu – davomli oqmoq…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

13 Nov, 13:14


Sevgilingizni mahkamroq quching,
Chunki bir kuz kechasi
Kulib turgancha
Xushdan ketib yiqilar
Va uyg‘onmas abadga.
Xayrlasharkansiz,
Uning sovuq lablaridan
Yig‘iga to‘la ko‘zlarining
Ta'mi kelar:
Kuzak yaproqlarining mazasidek
Achqimtil,
Namchil
Va
Nim yoqar negadir.

Sevgilingiz kunlarida baxtli yashar,
Orzulari mo‘l.
Uy, mashina,  sayohatlar,
Har kunlik shopping.
Ammo ishoning bir kun u
Yo‘lda ketarkan,
Baridan voz kechar
Va qayg‘uni quchgancha
Yig‘lay boshlar yosh bola misol.
Bu uning emas
Armonli hayotning yoshlari bo‘lar,
Hech qachon boqiyga do‘nmas hayotning,
qismatiga bir umr fanolik yozilgan Va
Yerga mahkum qilingan hayotning.

Titrab turar mag‘lub bo‘lgan kurashchi misol
Sochlari moviy Sevgilingiz,
Siz uni "sochlari dengizim" deysiz,
U esa o‘zini atar:
"Osmonrang maysa".
Va bir kuni quvray boshlar
Shafaq rangida.

Mahkamroq quching Sevgilingizni
Kuz yaproqlarin shitirlatib o‘tar kechada...

@FeruzaXayrullayeva

zouᴉɹɥǝW

13 Nov, 06:05


***
Mezon…ich-u tashimda yong’in,
Osmon shivirlaydi ruhimga.
Sen. Men. Nigoh. Jimlik va Yomg’ir,
O’rtada bo’lmagan muhim gap.

Ko’zlaring eslatar qahvani,
Sochlaring noyabr rangida.
Anglabsan sukunat zavqini
toblanib shamollar jangida.

Kuz kabi boqarsan donishmand,
Kuz kabi yoqarsan ruhimga.
Sen bilan shunchaki tanishman,
O’rtada bo’lmagan muhim gap.

Mezon–ich-u tashimda yong’in….

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

11 Nov, 07:26


Zigmund FREYD,
ruhshunos, faylasuf.
(1856-1939)


"MENI MAQTASHSA... OJIZMAN"

* * *
O‘zingizni qiyoslashingiz mumkin bo‘lgan yagona odam, bu – Sizning o‘tmishingiz. Siz o‘xshashingiz kerak bo‘lgan yagona odam, bu – Sizning ayni paytdagi o‘zingiz.
* * *
Hech narsa tasodifan sodir bo‘lmaydi, har narsaning ibtidoiy sababi bo‘ladi.
* * *
Bizlar bir birimizni tasodifan uchratmaymiz. Biz allaqachonlar ongostimizda mavjud bo‘lganlarni uchratamiz.
* * *
Ayol erkakni bo‘shatishi kerak emas, yumshatishi kerak.
* * *
O‘z o‘zingdan halollik talabchanligi – ajoyib mashg‘ulot.
* * *
Faqat bolalik olamidagi orzular odamni chinakam baxtli qiladi.
* * *
Baxtsizlikda ezilgan hissiyotlar o‘lmaydi, ular "og‘zini yopib" turishga majburlanadi, xolos. Ular insonga ich-ichidan asta-sekin o‘z ta’sirini o‘tkazaveradi. 
* * *
Har bir insonning o‘zgaga bo‘lishmaydigan istaklari va hatto o‘zi tan olmaydigan hohishlari bo‘ladi.
* * *
Har bir to‘kis odam faqat ma’lum narsalarda to‘kisdir.
* * *
Huzurning ta’qiqlanishi – huzurning narxini oshiradi, xolos.
* * *
Biz sevganimizda hech qachon himoyasiz bo‘lmaymiz va aksincha, sevgilimizdan yoki uning sevgisidan ayrilganimizda har qachongidan umidsiz va badbaxtga aylanamiz.
* * *
Sen kuch-qudratni hamisha tashqaridan axtarasan, ichkaridan emas, aslida u doim ichkarida bo‘lgan va bo‘ladi. 
* * *
Tushimiz qanchalar tushunarsiz bo‘lsa, u shunchalar ko‘p ma’no kasb etadi.
* * *
Inson hech qachon hech narsadan voz kechmaydi, u faqat istaklarini almashtiradi, xolos.
* * *
Hayotdan yagona maqsad – tiriklik jarayonini ta’minlash, bilaks, yashab qolish uchun mangu kurashdir.
* * *
Insonning qalb sirlari bolalik sahnasi fojealari ortiga yashiringan bo‘ladi, ana shu sahnalargacha yetib borsangiz, uni davolashni uddalaysiz.
* * *
Muammoni tan olish – muammoni hal qilishning yarmisidir.
* * *
O‘zlarini o‘ylaganlaridan-da  axloqli deb hisoblaydiganlar o‘zlari tasavvur qila olmaydigan darajada axloqsizdirlar.
* * *
Hayotda hech narsa bemorlik va ahmoqlik kabi qimmat turmaydi.
* * *
Har bir harakatimizning asosida ikkita sabab yotadi: buyuk bo‘lish istagi yoki muhabbat munosabatlari.
* * *
Muhabbat – hayoni uyg‘otadigan eng sinalgan usul.
* * *
Tashqaridan farishta ko‘ringan odamni ichida shaytoni ko‘p bo‘ladi.
* * *
Meni tanqid qilishganida, o‘zimni o‘zim himoya qila olaman. Lekin maqtashganida, ojizman.

Nosirjon TOSHMATOV tarjimasi


Manba

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

10 Nov, 19:48


Noyob iste’dod egalariga noyob qismat ham ato etiladi.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

10 Nov, 11:06


Skripkali xayollar

Shams sharqona tavoze bilan
ena boshlar asta mag'ribga
Huvillagan kuzgi bog'larda
o'rtanadi sariq skripka.

Daraxtlardek bo'lurman ozod,
Shamollardek kezgum telbarib.
Lazzatlanib simiraman, oh,
Noyabrning ohanglarini.

Ayolligim eslatar mezon,
Tug'ilganim –isyonmi, qasdmi?
Qiz uzatgan OTAdir osmon,
Yomg'ir –endi tuproqning hasmi.

Bu adoqsiz yo'llar Majnunruh,
Nigohlarim boqar Laylivor.
Sozanda ham tinglovchi ham yo'q,
Skripka bor, Kuy bor, Sog'inch bor...

MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

10 Nov, 05:41


Kecha ustoz Aziz Said va Firuza bilan suhbatda aslida shoir va yozuvchidan ko’ra, adabiyotshunos ko’p bo’lishi kerakligi, shunda adabiy jarayon yaxshi rivojlanishi haqida gaplashgandik.

Rasul Hamzatovning “Adabiyot institutiga kirganimda, birinchi bosqichda yigirmata shoir, to‘rtta yozuvchi va bitta dramaturg edik. Ikkinchi bosqichda o‘n beshta shoir, sakkizta yozuvchi, bitta dramaturg va bitta tanqidchi bo‘ldik. Uchinchi bosqichda sakkizta shoir, o‘nta yozuvchi, bitta dramaturg va oltita tanqidchiga bo‘lindik. Oxirgi – beshinchi bosqichda bitta shoir, bitta yozuvchi, bitta dramaturg qoldik, boshqalar tanqidchi bo‘lib ketishdi.” deb yozganlarini eslagandim. Biz tengqur shoirlardan kimlar adabiy tanqidchi bo’lishga salohiyati borligini muhokama qiluvdim o’zimcha. Tavba, bir kunda qaytdi. Mana, menga o’zim bexabar adabiyotshunos va xalqaro jurnalist degan yorliqni berishibdi rasman. Oxiri baxayr bo’lsin:)

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

09 Nov, 18:06


Talablaringizga binoan, ajabtovur sarguzashtlarimni yozib borish uchun alohida kanal ochdim. O’zim uchun ham qiziq esdalik.

Kulib ichagim uzilsayam mayli, desangiz, o’tvolaveringlar))

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

09 Nov, 16:11


#lirik_chekinish

“Pult”

Ertalabki mayda-chuyda ishkallarni tushirib qoldirib, tushdan keyingi ketma-ket uchta voqeani yozaman, mayli.

Yap-yangi mashinamning farasi yonmay qoldi to’satdan va ishxonada qoldirib, taksida ketdim.

Taksiga chiqmoqchi bo’lganimda, eshigi ishlamay qoldi. Haydovchi: “Iya, hech bunaqa bo’masdi, ustaga qaratvolishim kerak ekan”, deb eshikni o’zi amallab yopib berdi.

Firuza bilan ovqatlanishga kafega kirgandik, konditsioner ishlamayotgan ekan, “pult”ini bering, dedim, lekin ishlatolmadim, boshqa “pult”shekilli, deb ikkinchisini obkelishdi, rossa harakat qilsamam ishlamadi, uchinchisi shartmas, deb, konditsionerni tokidan uzib qo’ya qoldik.

Uyga keldim. To’rtinchi qavatga amallab chiqqanimda uy kaliti mashinam ichida qolganini bildim...

Kalitni taksida yuborvorishdi. Uyga sovqotib kirib konditsionerni yoqmoqchi bo’ldim. “Pult“ yana ishlamadi, Xushnud aka kelib o’sha “pult”ni bosishlari bilan ishlab ketdi.

Bir kunimning chorak qismidagi voqealarni yozdim xolos hozir. Butun bir kunimni aytsam, asabingiz dosh bermaydi, shu paytgacha bosgan umr yo’limni aytsam, umringiz qisqarib ketadi))) Shunaqa yashayman men.

Siz qanday yashayapsiz?

Menga o’xshab “pult”i ishlamaydiganlar bormi?))

Foto muallifi: yana o’sha
Firuza

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

09 Nov, 09:28


Venaning markaziy ko’chalaridan birida niyat qilib oldim shu suvratni.

Yillar o’tib, keksayganimizdayam mehr bilan xushnud bo’b yurish nasib qilsin, iloyim…
😊🤲

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

06 Nov, 07:25


Shoir og’am Mansur Jumayevga

Odamizod aslida zavol ichra yashaydi,
“Nega” degan ulkan bir savol ichra yashaydi.
Og’a, hech kim kutmagan faslni kutganmiding,
Dardni misqollab yig’ib, ichingga yutganmiding?

Axir Orzudan Bunyod bo’lgandi-ku hayoting,
Bexos osmon gumburlab, sindi ikki qanoting.
Qara, gul-gul bahoring kul bo’ldi, kuzak bo’ldi,
Bu hol ochiq yaramga sepilgan tuzdak bo’ldi.

Jo’ralaring zulmatda sarson tushdek ko’rindi,
Otang yomg’irda qolgan mitti qushdek ko’rindi.
Nechun o’limga qarshi borolmayman, og’ajon,
Volidangning ko’ziga qarolmayman, og’ajon.

Qachon buncha ojiz-u, chorasiz qolar shoir?
Millatning musibati ortganda o’lar shoir.
Ketar chog’da shodmonu, xotirjam eding, balki,
Mansuri Halloj kabi “Anal-Haq”, deding, balki.

Bulutlar bo’zrayadi, yig’lamoqqa holi yo’q,
Mezon to’zg’in sochini yig’moqqa majoli yo’q. Yuragim tugab qoldi, qurib bitdi ko’zlarim,
Boshqa o’lmang, do’stlarim, boshqa o’lmang, do’stlarim…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

06 Nov, 06:12


MENING XATOLARIM

Bir suydirgi ichimda,
bir kuydirgi ichimda,
chiqib ketar sirgʻalib
oʻttiz ikki tishimdan.

Sahroyi dil savdoyi,
sheʼrdan nechuk qaytaman...
xato shudir: hammaga
hammasini aytaman.

Mening xatolarim-ay,
oʻ, mening xatolarim,
figʻon urdi Afgʻonzay —
u mening xatolarim.

Kecholmadim bu jonon
nozik adolarimdan,
kechmishlar kechdilar qon
mening xatolarimdan.

Etlarni sixlaganman,
Isoni mixlaganman,
vijdonga pichoq tortib,
ustida yigʻlaganman.

Xatodan chiqmaganman,
dunyoga sigʻmaganman,
Rasulullohni tinglab
esimni yigʻmaganman.

Mardi yoʻq maydon bilan
oʻlimlar sotganim chin,
zarsuluv shayton bilan
chirmashib yotganim chin...

Nechun sizni qoʻymayman,
oʻ, mening xatolarim!
Men oʻzimni oʻylayman —
shu mening xatolarim...

Farzandim — unut olam —
dilginangning darziman;
bolam, dorga os, bolam,
bolam, shunga arziyman.

Hirqirating — bezarar,
ey, Haqdan atolarim;
sirtmoqda siltaniblar
toʻkilsa xatolarim!


Qargʻang! Soʻking! Turmang jim!
Oʻylay jon chiqar oni
qoldirdim deb shu chirkin
toʻzib yotgan dunyoni.


Xatolarim oʻrnini
nahot bosmaysan, nolam;
oʻzim keldim doringga,
nechun osmaysan, bolam?..

Uv, mening xatolarim!
Huv, mening xatolarim!
Bolam, keldimi navbat,
yuv mening xatolarim.

Meros edi xatolar,
voris boʻlar boʻtam ham;
xato sabab jannatdan
quvilgandi Otam ham.

Tan olmasam — bu gunoh:
yasholmayman begunoh...
meni buncha sevasiz,
o, ishtiboh, ishtiboh!

Sizga rahmat qarz boʻlsin,
o, mening xatolarim!
Buyur, Xudo, dars boʻlsin
to mening xatolarim.

Dono, doro boʻlib gar
toʻradimmi Atodan?!
Qilingan xato!
Qaytar
qilinmagan xatodan!

© Mansur JUMAYEV

She’rni muallifni o’zi o’qigan.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

05 Nov, 14:20


МЕН ҚАЙТАМАН

Мен қайтаман, кипригинг соясига қайтаман,
ирмоқларга – дунёнинг доясига қайтаман,
бошларини тошларга урган кекса бургутнинг
полапони кўз очган қоясига қайтаман.

Мен қайтаман, дилу ёд орасида қайтаман,
мен қайтаман, кўзларинг қорасида қайтаман,
бир қизчанинг кулгичли чеҳрасида порлагум,
бир жунунваш ўғилнинг оразида қайтаман.

Мен шундайин куюк дил порасида яшарман,
мен шундайин беғубор, норасида яшарман,
мен шундайин беқарор – тупроқ, ҳаво, ўт ва сув
ҳимматидан зарралаб бино бўлган башарман.

Англамайман қандайин туғилмоқда айтарим;
қулоғингга шивирлаб айтаётган байтларим
андозаси руҳимда яралгандир, эҳтимол,
раббим билан фалакда ваъдалашган пайтларим.

Мен қайтаман, кетди деб суюнма бир лаҳза ҳам,
ё қароқда жимирлаб ўйнамасин зарра нам,
ғам чекмагин, Сендаман – пок дилингда зиндаман;
шоирлар ўлиш учун туғилмайди, жонгинам!

© Мансур ЖУМАЕВ

zouᴉɹɥǝW

05 Nov, 11:40


***

Hamma yulduzini yashirdi osmon,
Eng qora ranglarni sochaverdi tun.
Yiqildim, yo‘q edi turmoqqa imkon,
Azizim, Sen meni yo‘qlamagan kun.

Bog‘larda bo‘riday uvillar shamol,
Uchirib yubordi yaproqlarini.
Yaxshiyam olamga qilmadi doston,
Sezmadi ko‘nglimning titroqlarini.

Azizim, ayt, Senda qandayin kunlar?
Nahotki, ishqsizlik solmasa qo‘rquv!
Axir, yetmayapti ko‘ksimga havo,
Ishon, kelmayapti ko‘zimga uyqu.

Bas, yetar, bu holda sinama ortiq,
Gar ozorlar ichra oshiqning baxti!
Taslimman, ichikkan ko‘nglim haqqi-yu,
Va Sening chiroyli ko‘zlaring haqqi…
Kel!

Shohsanam Nishonova

zouᴉɹɥǝW

05 Nov, 11:09


Men uni Mansur og’a deb chaqirardim. Og’amdek edi chindanam. Bitta fakultetda o’qiganmiz, keyinchalik Yosh ijodkorlar kengashida birga ishlaganmiz. Mansur og’a va Shohsanam aynan kengashda ishlayotgan vaqtlarida bir-birlariga ko’ngil qo’yib, turmush qurishgandi. Qo’shnilarim orasida eng ko’p ko’rishadiganim, muloqot qiladiganim ham shu ijodkor juftlik edi. Soatlab choy ustida gurung qilardik. Mansur og’a tugamaydigan xazina edi. Goh Jomiydan, goh Firdavsiydan, goh Nitshedan gapirardi. Arab, fors, turk, tojik, rus tillarini juda yaxshi bilardi, shu tilda yozilgan kitoblarni orginalida o’qirdi. “Qayerga shoshasiz, to’xtang, hali suhbat endi boshlandi-ku” derdi doim. Odamga tashna edi judayam. Ko’p sirni anglab qolgandi. Baland iste’dodli ijodkorlar orasida yaxshi farzand, yaxshi turmush o’rtoq, yaxshi jigar, yaxshi ota bo’lish juda noyob hodisa, ochig’i. Lekin, og’a mening nazarimda buni uddalayotgan ODAMSHOIR edi. Do’stijonni ovutishga so’z topolmayapman…Hech ishonolmayapman… Qo’limizdan keladigani faqat duo. Hammamizning boshimizda o’lim bor. Alloh rahmat qilsin, ilohim.

***
Koʻzyosh yarashmaydi erkakka harchand,
diydam qattiq deya nechuk aldandim:
xasta onasining boshida farzand
yigʻlaganin koʻrib koʻzim namlandi.

Bir ogʻriq kezarkan ikki ochunda,
boʻgʻzimni tirnadi yovvoyi ingroq;
doʻstim onasiga achingan kunda
men oʻz volidamga qildim qoʻngʻiroq...

Nogoh otasidan ayrildi doʻstim:
har ayriliq — nogoh,
hamma gʻam — nogoh,
birov qon yigʻladi,
birov qon qusdi —
ayrilish dardidan boʻldim men ogoh.

Bir ogʻriq kezarkan ikki ochunda,
diydam yumshadimi — tosh qotgan qadim,
doʻstim otasidan ayrilgan kunda
oʻz otamga umr soʻrab yigʻladim...

Bu bodi bolangni kechir, onajon,
uloqqan oʻgʻlingdan oʻkinma, ota,
har nechuk yodiga tushirsa al-on
yo gʻam,
yo xastalik,
yo dard,
yo motam.

Ikki ochundagi, ey, ikki habib,
diydam qotgan boʻlsa, oʻksimang hayhot,
bogʻbon gul ostini yumshatgan kabi
yumshatib turibdi diydamni hayot.

Toshkent, 2020

© Mansur Jumayev

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

04 Nov, 13:37


Bizlar uchrashmagan edik hech qachon,
Nechun qayta-qayta ayrilaverdik?

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

04 Nov, 04:28


Venadan maktub

Zarra lovullamas ichingda gulxan
Na javob yozasan ishq to’la xatga.
Axir mashg’ul eding shoh asar bilan
San’at, san’at…
ming la’nat
seni mendan olgan san’atga.
Ammo yashirmayman,
faqat sen bilan
tonglarning otishi
quyoshning botishi,
qushlarning uchishi
barglarning to’kilishi
yomg’irning yog’ishi
buyuk bayram edi,
marosim edi.
Tutqun ayolning ozod istaklariga
insof bitishini so’rardim Xudodan.
Xudo jim edi…

Yillarcha yolvordim San’atkorimga
ortiq tahrirlama, dedim,
oshiq qilma, tahqirlama, dedim.
San’atkor band edi,
men banda edim…

Qayerlardan uchib keldim bilasanmi
Qancha bulutlarni, baxtlarni yenga?
Bir lahza borligim his qilasanmi?
Motsartning abadiy tinglanajak
musiqasi kabi
Gustav Klimtning umrbod termulinajak kartinasi yanglig’
sehrli o’pich keltirdim senga…

Birga hech qayerga ketsak
bir lahza,
Bir lahza
ongingdan chekinib san’at,
Bir lahza dunyoni qoplab muhabbat,
Bir lahza,
tasavvur mavjlari tingach,
Bir lahza
ro’yolar aylanib chinga,
Bir bo’sa…
Bir lahza…
Na muhabbat qolsa,
na san’at qolsa,
hech kimga aylanib qolsak, hech kimga…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

28 Oct, 16:46


Istisno kitob qanaqa bo’lsa endi?😉

Eng dangasa muallifning kitobi shu

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

23 Oct, 11:54


Xullas, hamma ariza topshirgan qizlarni bir piyola choy ustida jonli suhbatga taklif qilmoqchiman. Vaqti va manzilini aytish uchun 2-3 kun oldin o’zingizga telefon qilamiz.

Ko’rishguncha…!

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

22 Oct, 14:52


Yodingizda bo’lsa, kanalda iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti e’lon qilgandim. Bugun g’oliblar – Mahliyo va Nafisaning bir yillik shartnoma pullari to’landi. Juda yengil bo’ldim, xursandman. So’nggi vaqtlarda anglayotgan haqiqatim shuki, insonning yer yuzidagi eng katta vazifalaridan biri – o’tkazish ekan. Hammamiz Yaratganning o’tkazgichimiz, aslida. Bergan ne’matlarini (moddiymi, ma’naviymi farqi yo’q) o’zimizdan boshqaga o’tkazganimizdagi lahza – ana shu baxt deyilsa kerak. Shoir she’ri, rassom ishlagan suvrati, sozanda musiqasi orqali Yaratganning o’tkazgichi bo’lish vazifasini o’taydi va ana shu vazifasini chin bajarayotgan lahzasidan zavq oladi.

Aytgancha, grant uchun tanlovda qatnashgan yana qo’shimcha 2 ta qizning (ularning nomi sir) yarim yillik to’lov shartnomasiga metsenat – o’tkazgich chiqdi😊 Baraka topsinlar.

Hamma ariza topshirgan qizlarga “syurpriz”im bor, degandim, eslasangiz.

Nima deb o’ylaysiz? Nima bo’lishi mumkin?

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

21 Oct, 13:48


Hali hammasi yo‘qotilmadi...

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

21 Oct, 09:36


Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

zouᴉɹɥǝW

21 Oct, 03:21


ONA TILIMGA

Sen – talosh xazina, arosat fasl,
Tugal bir mezon yo’q, qonun yo’q, kor yo’q.
Qasddan tahqirlanib kelding muttasil,
Seningdek to’kis yo’q, sendek abgor yo’q.

Pishmagan mevasan, na bahor, kuzsan,
Kimga nima foyda bor-u yo’qliging?
Ilmiliq xayolsan, na olov, muzsan,
Na tirik, na murda – sevgim, ko’hligim.

Ayoldek ulug’san, ayoldek nochor,
Faqat bayramlarda tushasan yodga.
Ongimni g’ajiydi dahshatli savol:
Ayt, qachon qaytasan, yorug’ hayotga?!

✍️MehrNoz

21-okt(y)abr, Toshkent

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

18 Oct, 16:25


“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.

Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).

1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook

zouᴉɹɥǝW

18 Oct, 08:26


Bugun 18- oktyabr – Samarqand kuni

Videoda Firuzam ustoz Xurshid Davronning Samarqand haqidagi she’rini ijro qilgan.


* * *

Samarqand – bu bir hovuch qayg‘u,
Bir qultum baxt, bir hovuch armon.
Samarqand – bu qadim qayig‘-u
Suzib borar kelajak tomon.

Samarqand – bu O‘zbekistonning
Ostonasi, birinchi so‘qmoq.
Biroq uni anglamoq uchun
Shartdir butun Vatanni o‘tmoq.

Samarqand – bu bobolar sozi,
"Munojot"ga aks-u sadodir.
Qo‘shig‘ini qoldirib, o‘zi
Ketib qolgan Hoji bobodir.

Samarqand – bu rangin bir isyon.
Vatanimning qoq o‘rtasida
Yuragimday ko‘tarib suron
Bobolarga o‘qir qasida.

1980

✍️Xurshid Davron

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

18 Oct, 05:29


Kuz haqiqati

Kuz – asli boyvuchcha, kuz –asli g’ani,
Taqdirin pesh qilar har giyoh, har xas.
Tuzuk kun ko’rdimi yurtda qolgani?
Uchib ketgan qushlar noshukur emas.

Sukunat bosadi borliqni zil-zil,
Barin anglab turar fitrati sog’lar.
Kimdan gumon qilsin, yonsin necha yil
oltini talangan Vatandek bog’lar…?!

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

17 Oct, 12:42


Rasmda #IZLAM'ning ikkinchi faslidan o'rin olgan 16 nafar yosh ijodkor ismlari gorizontal va vertikal holatda yashirilgan.

Kimlarni topdingiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✍️

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

zouᴉɹɥǝW

16 Oct, 10:21


Eksklyuziv she’riy spektaklga marhamat!

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.

• Dastur qahramoni: taniqli shoira Kumush Abdusalomova

• Dastur mehmoni: taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov

📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 22-oktabr (kuni) soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.

👇 Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/AnpwbeD8A2Qs2h398

BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!

Telegram | Instagram | YouTube

zouᴉɹɥǝW

15 Oct, 08:41


#kundalikdan

Firuzamga

Ming yillarki, takror yog’adi yomg’ir,
Samarqand yomg’iri har doim birinchi marta yog’adi.

Ming yillarki, takror chiqadi quyosh,
Samarqand quyoshi har doim birinchi marta chiqadi.

Ming yillarki, qo’shiq kuylayman –
nafasim yetmas Samarqand notasiga.

Ming yillarki, ishlayman suvrat,
chala qolar mudom Samarqand.

Ming yillarki, qo’limda qalam –
botinmayman
“Samarqand” so’zini yozmoqqa.

Ming yillarki, “Sherdor” naqshlariga termulaman,
Ko’zlarimga to’lib qolgan Registon.

Ming yillarki, firuza tushlarda yashayman,
uyg’onaman firuza gumbazlar yurtida.

Ming yillarki, qadim og’riqlar bilan
Samarqandsiz tonglarimning badalini to’layman.

Ming yillarki…

✍️MehrNoz

Foto muallifi: Samarqandlik Marjona🫶🏻

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

13 Oct, 18:56


***
Ko’p yig’labman shekil seni deb,
Yomg’irdan keyingi havodek
yeeengilman hozir.
Jonni yoqmas kutuv, gina, kek,
Sendan butkul roziman, rozi…
Shubhali darajada sokin bo’laolaman–
topilmas gapim
uchrasang gar shu on yo’limda
Avtobusdan tushib qolgan yo’lovchi kabi
qachon tushib qolding
ko’nglimdan?
Nima bo’lgan, nimalar o’tkan?
Topilmadi aytarli sabab.
Har kuni qayerdadir unutib qoldiradigan
buyumlarim orasida
bormiding…tavba…
Azob yutgum, sevgum pinhona,
tuyg’ularda bo’lmaydi yakun.
Farqi nima, borsan yo yo’qsan?
Yashirmayman… yomg’ir bahona
qayg’u chekdim…tamakitutun
singib ketdi havoga go’zal…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

13 Oct, 14:26


Ta’rif

Yillar hurkitar nega,
Qaydan buncha xavotir?
Ayol – yetilgan sevgi,
Kuz – ulg’aygan bahordir.

Baxt – bahaybat qo’rquvdir,
Tong tong emas– oqsoch tun.
Hayot – achchiq uyqudir,
Shodlik – eng chuqur huzun.

Ko’zlar – ko’zgudir siniq,
Sog’inchning bormi so’nggi?
Har nafasi xo’rsiniq –
Shoir – yetimning ko’ngli.

Yig’i–yig’ilgan kulgu,
Kulgu – sochilgan ko’z yosh.
Quyosh shaddod yulduzdur,
Hilol – iffatli quyosh.

Sokin kuzatar Alloh,
Neki so’rsam, sir, dedi.
Yozganlarim– ayon “oh”,
Yozilmasa, she’r edi…

✍️MehrNoz

Foto muallifi: Marjona Xidirova

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

13 Oct, 11:09


San’at bu – o’zingni ayamay fosh qilish va buning oqibatida senga keladigan toshlarga tayyor turish.

Biz o’tamiz, fosh qilgan sirlarimiz qoladi…

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

11 Oct, 10:56


Bugun 11-oktyabr– xalqaro qizlar kunida buni ulashmasam bo’lmasdi.

Ushbu she'r tug'ilishimdan bir yil avval yozilgan. Dadam
dunyoga kelishimni Xudodan she’riy munojot bilan so’raganlar. O’ylashimcha bu she’r qizli bo’lishni orzu qiladigan hamma dadalarning she’ri:


***

Agar qizim bo'lganida, o'sma ekib berardim,
Ammasidek qoshi hilol, ko'zi fatton bo'lardi.
Ko'kka chiqib yulduzlardan marjon terib kelardim,
Balki ul dam kunday porlab, xandon otib kulardi.

Kokillarini sollatib, ko'zmunchoq shodasida,
Bek inilari ichida erka bo'lib yurardi,
Mohlaroyim, Anbar Otin tirilib nafasidan,
Buvisining ignasiga ip o'tkazib berardi.

Agar qizim bo'lganida, onasiga kuymanchi,
Ko'ylaklikdan ortgan matoh quroq yostiq bo'lmasdi.
Ovoznigor yo'qligida, o'zi bo'lib o'lanchi,
Mening armonli dilimni ezilishga qo'ymasdi.

Agar qizim bo’lganida….

✍️Nosir ABBOS

1994-yil,
Namangan, Chortoq.

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

06 Oct, 19:03


Taslim

Gunohga chorlaydi nag’magar havo,
Sevgidan kuzargan bog’lar faromush.
Menkim – ishq sirriga topolmay javob,
Majnunvor tunlarda izg’ib yurgan tush…

(Ta’birim kimga ayon?)

Vasliga yetmasam, yetsam o’larim,
Muhabbat– Isodir, qo’yvormaydi xoch.
Voajab, uzansam, sinar qo’llarim,
Har kecha yodlagim kelar, nailoj…

(Ko’zlaring – ochiq Qur’on)

Ishq tilangan ayol –sharmisor xotin,
Esi bor yo’lovchi, boqmang so’zimga.
Barmog’ingiz bigiz qilib ko’rsating,
Ayamay tarsaki torting yuzimga.

(Nechun oshiqman hamon?)

Jannatda joy tanqis, do’zax ham tirband,
Nima yozgan bo’lsang, roziman, jimman.
Na shayton, na inson, na malakdirman,
Sira xabarim yo’q, ne qildim, kimman…?

(O’zing bilasan, Rahmon)

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

06 Oct, 08:01


Anna Kareninaga

Ko’zing – ichimdagi bir quyuq qayg’u,
Hozir taskin yoqmas, asabing tarang.
Ayta oladigan bitta gapim shu:
So’nggi bor osmonga, Quyoshga qara…

Qochasan, har yerda ta’qiq va ta’qib,
Yuraksiz olomon ko’zin qilar lo’q.
Hayot – muhabbatga azaliy raqib,
Aslida, o’limdan go’zal visol yo’q.

Kuyib ketgan qalbdan o’rmalaydi dud,
Vujudingni yoqar iztirob ichkin.
Axir ishq bor joyda foje’ ham mavjud,
Poyezd to’xtamaydi, qutqarmas hech kim.

Yozilgan taqdirni yashading adl,
Senda nima gunoh jonginam, Anna?
Do’zax jozibasin so’ndirolmadi
poyingga to’shalgan esa-da jannat.

Bari o’yin edi – tark etding nega?
Xudodan boshqaga mag’lublik tayin.
Butkul taslim edi senga, qalbingga
sho’rlik Vronskiy, qurbon Karenin.

Kapalakdek jussang yotar chilparchin,
Dilingda, tilingda mangu istig’for.
Kibor nigohlaring qazo topmasin–
Osmonga, Quyoshga qara so’nggi bor…

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

04 Oct, 12:49


QARG’ALAR uchsa qaraylik,
Marg’ilonning yo’liga!

(Xalq og‘zaki ijodi)

Rejissor, rassom, tasvirchi va montajchi:
Elnur EGAMOV

Qo’shiq:
FOZIL guruhi

Cho’lpon she’ri ijrochisi:
Erkin BOZOROV
——————————————————
Qo’shiq 1875-yildagi Marg’ilon qatliomi haqida. 1938-yil 4-oktabr esa millatimiz oydinlari qatag’on bo’lgan kun. Bugun qonli tariximizni yodga oldik. Hurriyat yo’lida jon berganlar yodi barhayot!
————————————

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

30 Sep, 08:05


YOMG‘IRQO‘SHIQ

1
Ko‘chalarda mezon yonadi,
Yer-u ko'kni qurshagan hadik.
Moʻjazgina qahvaxonada
«Capuccino» ichar yolg‘izlik.

Biram mayin shig‘alar yomg‘ir,
Sevgi isi tutdi shaharni.
Tashqariga imlaydi kimdir,
Qahvaxonadagi bahorni....

2

Shopen...Yomg‘ir valsi....Zulfi parishon,
Kuyga jo‘r bo‘ladi telba daraxtlar.
Bulutlar borliqqa tarqatar ehson,
Oshiq ko‘zlarida umid yaraqlar.

Ammo vujud jonni musofir bildi
va kofir tuyg‘ular keldi iymongga.
Afsus...ko‘zlar, qo‘llar, yo‘llar ayrildi,
Lek ruhlar chirmashib ketdi osmonga.

3
Kengliklar haqida kuyladi shamol,
Samoviy ohanglar yog‘ilib betin.
Muhabbat – visolga yetmagan visol,
Shirinligi pinhon, pinhonligi chin.

Ravomas odamdek zoti gumrohga,
Ishq bu – Xudo bilan bog‘liq nozik sir.
Muqaddas gunohga, go’zal gunohga
Guvohlik beradi Ya Kunda* yomg‘ir.

Ya Kun –qiyomat ma'nosida

✍️MehrNoz

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

28 Sep, 08:54


Jamiyatda 3 xil toifadagi insonlar har doim yordam va ko’makka muhtoj bo’ladi: go’daklar, keksalar va shoirlar)

@mehrnoz_abbos

zouᴉɹɥǝW

27 Sep, 06:11


27-sentyabr – Turon shoiri–Rauf Parfi O’zturk tug’ilgan kun.

Alloh rahmat qilsin, qoldirgan so’zlari qabrlariga nur bo’lib yog’ilsin, ilohim.

@mehrnoz_abbos